Aziz Rakhimov | Mini @azizrakhimov_mini Channel on Telegram

Aziz Rakhimov | Mini

@azizrakhimov_mini


Aziz Rakhimovning mini kanali. Ilhom kelganda yozaman. Asosan kitoblar.

Aziz Rakhimov Mini Channel (Uzbek)

Aziz Rakhimov Mini kanali - bu o'zbek tilida yozilgan vaqtincha joylashmalar. Bu kanalda ustoz Aziz Rakhimovning qisqacha maqolalari va fikrlari joylashadi. Ilhom kelganda yozaman, degan Aziz Rakhimovning so'zlarini o'qib, o'z o'zgartirish va rivojlantirishga ilhomlansangiz, bu kanal siz uchun to'liq tanlash manbai bo'ladi. Asosan kitoblar, maqolalar va boshqa ilmiy materiallar haqida barcha ma'lumotlar bu kanalda mavjud. Aziz Rakhimov Mini kanalida eng maqbul vaqtincha joylashmalar mavjudligi tufayli, bu kanal ikkita narsa uchun ideal manba sifatida taniladi: ilm va ilhom.

Aziz Rakhimov | Mini

14 Oct, 09:08


Yangi loyiha boshlayapmiz.

Ommaga e'lon qilishdan avval bizni o'qiyotganlarning asosiy og'riq va muammolarini yaxshiroq tushunib olish biz uchun muhim.

Shu sababdan kichik so'rovnoma tashkil qildik. Siz qoldirgan javoblardan loyihani rivojlantirish yo'lida foydalanamiz.

So'rovnomada ishtirok etsangiz, loyiha sizga qiziq bo'lsa birinchi ishtirokchilardan bo'lishingiz mumkin.

So'rovnomada qatnashish

Aziz Rakhimov | Mini

22 Mar, 06:41


10% ni qidirib

Internetdagi kontentning 90%i axlatligiga hech kim shubha qilmasa kerak.

Negadur kitobga kelganda hech kim shunday o’ylamaydi. Kitob ham kontent. Kitoblarning ham 90% i befoyda (yoki zarar)

Kitob chiqishidan avval uni faqat nashriyot tekshiradi. Aksariyot nashriyotlarga faqat sotuv kerak. Ichkaridagi ma’lumotlar o’ninchi darajada.

Til o’rganing. Bo’ladigan mualliflarni o’qing. Kitob soni emas, qanday kitoblarni o’qiyotganingiz muhim.

Men uchratgan 10% ga kiradigan mualliflar ro’yxati:

Horis Muxosibiy, Ibn Xoldun, Jaloliiddin Rumiy, Shayximiz, Ibn Ataulloh Sakandariy, So’fi Olloyor

Nassim Taleb, Matt Ridley, David Deutch, Vaclav Smil, Fyodr Dostoevskiy, Viktor Pelevin, Richard Feynman

Seneka, Mark Avreliy, Aristotel

Biznesda:

Tony Fadell, Ben Horowitz, Ken Iverson, Andy Grove, Vladimir Mojenkov

Ta’limda:

Makarenko, Soloveychik, Barbara Oakley, Ushinskiy, Karol Dweck, Ken Robinson. Adam Gunesh

Yuqoridagi hamma mualliflarni umumiy ikkita xislati bor:

Gapirayotgan mavzusini o’zi yaxshi tushungan, amal qilgan. Tushunarli va sodda yozgan.

Tushunarli yozadigan amaliyotchilardan o’rganing.

Aziz Rakhimov | Mini

20 Jan, 17:33


2023 kitoblari

What if - Randall Munroe 10/10

Absurd savollarga, ilmiy javoblar. Fikrlashni kengaytirish uchun, bolalarga fanni sevdirish uchun ideal kitob.

The learning game - Ana Lorena Fabrega 4/10

O’yin orqali o’rgatish haqida. Ta’lim haqida umuman o’qimaganlar uchun foydali bo’lishi mumkin. Men ko’p narsa o’rganmadim.

Same as Ever - Morgan Housel 8/10

Insoniyatning o’zgarmas axloqlari haqida. Tarixiy voqealarning takrorlanishi haqida yozilgan. O’ta qiziq. Faqat o’qib bo’lib nima o’rgandim o’zi deb o’ylaysiz.

Numbers Don’t lie - Vaclav Smil 9/10

Dunyoga tandiqiy qara olish uchun faqat raqamlardan foydalangan muallif. Fikrlashni o’stiradi.

THe Pleasure of Findings things out - Richard Feyman 7/10

Feynmanning turli ma’ruzalari yig’ilgan kitob. Fizikaga qiziqqanlarga foydali bo’ladi.

Compound Effect - Darren Hardy 6/10

Istiqomat, murakkab foiz haqida. Ilhomlantiradi. Atom odatlarni o’qiganlar uchun deyarli hech qanday yangilik chiqmaydi.

Letters on Ethics - Seneca 10/10

Senekaning shogirdiga turli mavzularda yozgan xatlari.

Risolatul Mustarshidyn - Xoris Muxosibi 10/10

Muallif amalda kuchli bo’lgani uchunmi tavsiyalari qattiq ta’sir qiladi.

Aziz Rakhimov | Mini

04 Jul, 01:51


Oxirgi 6 oylik mutolaa

Olti oy oldingi o’zim - o’zimga ahmoq bo’lib ko’rinyapti.

Demak o’rganish to’g’ri tezlikda.

O'qigan kitoblarim orasida eng yaxshilari:

Plain Talk - Ken Iverson

CEO, managerlarga o’qitish kerak. Kichik tegirmonni Amerikani eng katta gigant zavodlaridan (Nucor) biriga aylantirgan menejerning boshqaruv prinsiplari. Nucor Good to Great kitobidagi 8ta tanlangan kompaniyaning bittasi ham.

Наедине с собой. Размышления - Mark Avreliy.

2000 yil oldin yashab o’tgan Rim imperatorining tafakkurlari. O’zgarmas inson tabiati haqida. O’qib ko’p narsalar o’sha-o’shaligini tushunasiz.

Trust me, I’m lying - Ryan Holiday

Media, Manipulatsiya ijtimoiy fikrning shakllantirish uchun yolg’onlar qanday ishlatilishi haqida. Shu ishlar bilan shug’ullanib yurgan odamning o’zi yozgan kitob. O’qigach yangiliklarga boshqa qaraysiz.

Fooled by Randomness - Nassim Taleb

Uchinchi marta o’qishim. Agar kitob qayta - qayta o’qishga arzimasa, bir marta o’qishga ham arzimaydi. Taleb ko'p marta o'qishga arziydigan muallif.

Six easy pieces - Richard Feyman.

Maktabdagi 3 yillik fizika darslaridan ko’ra 4 soatlik shu kitob ko’proq foyda keltirdi fan bo’yicha.

Tao of Charli Munger - David Clark

Charlining iqtiboslari sharhlangan kitob.

Excellent advice for Living - Kevin Kelly

Kevinning maslahatlarini bobomnikidek qabul qilaman. 71 yosh bo’lgani uchunmi, yoki ta’sirli yozgani uchunmi bilmadim.

Influence - R. Cialdini

Ikkinchi marta o’qishim. Marketingda kerak bo’ladi.

Братья Карамазовы - Достоевский

Badiiy asar o’qimasdim. Dostoevskidan boshlashga qaror qildim. Adashmabman. So’z boylik va tasavvurni kuchaytiryapti asar.

Profit first - Mike Michalawicz

Biznesdagi pul oqimi bo’yicha ko’p kutilmagan narsalar o’rgandim.

Courage is Calling - Ryan Holiday

Jasorat va uning foydalari haqida.

The Almanack of Naval Ravikant

Ikkinchi marta o’qishim. Bu safar ham 2 kunda tugadi.

Riyozus Solihin - Imom navaviy. Mavzulashtirilgan Oyat va sahih hadislar to’plami.

Masnaviy terapiya - Nevzat Tarxan. Mavlono rumiyning hikmatlari sharhlari bilan. Zamonaviy holatga moslashtirilgani yoqdi.

Xislatki hikmatlar sharhi - Ibn Atoulloh Sakandariy. Bittada o’qib bo’lmaydigan. Qayta - qayta qaytish kerak bo’lgan asar. Har bir hikmatni kunlab o’ylab yursa bo’ladi.

Aziz Rakhimov | Mini

28 Jun, 17:18


Yaqinometr:

Tabrik uchun shablon yoki samimiy tilak kelgani.

Aziz Rakhimov | Mini

29 Apr, 06:48


Pul borligi uchun qilinadigan xarajatlar bor:

Yordamchi, qulay mashina (kiyim, uy) trener, kurslar. Ya’ni vaqt bo’shatish uchun qilinadigan xarajatlar.

Pul borligini ko’rsatish uchun qilinadigan xarajatlar bor:

Isrofli to’y, instasayohat, qimmat brendlar.

Adashtirib qo’ymang.

Aziz Rakhimov | Mini

17 Mar, 14:57


Yozish = sekin o’ylash

Uch yil oldin shu kuni telegramda blog boshlagan edim. Pandemiyaning avji. Ishlar to’xtagan. O’ylashga vaqt paydo bo’lgandi.

Fikrlarni ommaga olib chiqish, intizom bilan yozishga harakat qilish, yozishga arzigulik narsa o’rganish atrofida auditoriya yig’ildi.

Yuzmingtalik kanallar oldida 18k o’quvchi kamdek ko’rinishi mumkin. Lekin shuncha odam istiqlol va turkiston saroylarini qo’shganda ham sig’maydi.

Yozganlarim o’quvchilarga foyda va o’zgarish olib kelganiga ishonaman. Lekin eng ko’p o’zgarib, foyda olgan o’zim bo’ldim.

Chunki

Yozish = sekin o’ylash. Boshqalarga tushuntiraman deb o’zingiz yaxshiroq tushunib olasiz.

Doim yozishga targ’ib qilaman. Botga esa yozishdan qiynalayotganlar murojaat qilaverishadi.

Aslida yozmoqchi bo’lgan odamga ko’p narsa kerak emas:
1. Boshlash uchun sabab
2. To’xtatmaslik uchun sabab
3. Yozish uchun mavzu
4. Yozgan ishiga doimiy feedback

Shularni yechishga yordam beradigan, yozish orqali o’ylashga o’rgatadigan yangi loyiha boshlayapmiz.

Essays loyihasi.

Qo’shimcha ma’lumotni bot orqali olishingiz mumkin.

Aziz Rakhimov | Mini

09 Mar, 15:11


Time killer

Appstoreda best 10 time-killing games bo’limi bor ekan.

Time killing degani vaqtni o’ldirish.

Vaqtimizdan boshqa hech narsamiz yo’q. Biz vaqtni o’ldirayotgan paytimizda u bizni o’ldirayotgan bo’ladi.

Aziz Rakhimov | Mini

20 Jan, 10:57


Anchadan beri doimiy kitob o'qiyman.

Lekin haqiqiy foydani,

Kitoblar uchun pul to'lashni boshlaganimdan keyin olishni boshladim.

Aziz Rakhimov | Mini

06 Jan, 11:53


2022 kitoblari

2022 o’qigan kitoblarim, men uchun reytingi va ularni kim o’qishi kerakligi haqida:


Жесткий Менеджмент — Дэн Кеннеди 8/10

Kichik biznes boshlagan yoki yurgazayotganlarga

Жесткий Тайм-Менеджмент — Дэн Кеннеди 8/10

Biznes egalari uchun vaqt menejmenti

Humor, Seriously — Jennifer Aaker and Naomi Bagdonas 7/10

Hazillashishning hayotda va biznesda foydasini bilmoqchi bo’lganlar uchun.

What You Do Is Who You Are — Ben Horowitz 9/10

Kompaniyada qadriyat qurish haqida. Tarixiy shaxslar misolida tushuntirilgan

Dopamine Nation — Anna Lembke 6/10

Dofaminga qaramlik nimalarga olib borishi haqida. Konkret yechimlar berilmagan

Dopamine Detox — Thibaut meurisse 6/10

Dofaminga qaramlikni yengish haqida, lekin kitob shu darajada kichkinaki, maqola qilib qo’ysa ham bo’lardi

The Great Mental Models Vol 1,2 — Shane Parrish 10/10

Qaror qabul qilish uchun foyda beradigan usul va modellar haqida kitob

$100M Offers — Alex Hormozi 9/10

Sotish bilan shug’ullaniganlar uchun foydali bo’ladigan kitob. Takliflarni qurish haqida yozilgan.

Fossil Future — Alex Epstein 8/10

Neft qanchalik muhimligi, bergan foydalari va kelajakda qanchalik kerak bo’lishi haqida. Energetika sohasida dunyoqarashni kengaytiradi

Sell Like Crazy — Sabri Subry 8/10

Internetda sotuv bilan shug’ullanidanlar juda ko’p foyda olishadi

Тридцать Миллионов Слов — Dana Suskind 10/10

Bola bilan ko’p gaplashish unga kelajakda ko’p foydalar olib kelishi haqida.
Yangi uylangan va yosh farzandlari borlar katta foyda olishadi.

33+ — Лариса Парфентьева 9/10

Muallif tanishlaridan yig’ilgan hikoyalar to’plami. Ko’plari ta’sirchan. Har bir hikoyaga xulosa bor.

Rocket Man — Jessica Easto 5/10

Ilon maskning gaplari mavzular bo’yicha yig’ilgan kitob. Arzon bo’lganiga olgandim. Qimmat bo’lsa arzimasdi.

Шпаргалки для боссов — Т.Горяев 9/10

Boshqaruvdagilar uchun amaliyoti katta boshqaruvchidan maslahatlar. Juda ko’p foydali maslahatlar olsa bo’ladi

Hold on to Your Kids — Gordon Neufeld, Gabor Mate

O’smir farzandlar bilan do’st bo’lish haqida. Ota-onalar uchun

The Psychology of Money — Morgan Housel 10/10

Har bitta odam o’qishi kerak. Muallif — daho. Moliyaviy qiyin mavzularni oddiy tilda tushuntirgan.

How Will You Measure Your Life? — Clayton M. Christensen, James Allworth, and Karen Dillon 7/10

20-25 yoshdagilarga foydali bo’lishi mumkin. Hayotdagi maqsadlar, strategiya, munosabatlar haqida.

Barking Up the Wrong Tree — Eric Barker 7/10

Muvaffaqiyat haqida ilmiy izlanishlar to’plami. Qiziq o’qiladi. Amaliy foydasi kam

How Not to Die — Michael Greger MD and Gene Stone 7/10

Noto’g’ri Ovqatlanish qanday kasalliklarga olib borishi haqida. Sog’lig’i haqida o’ylaydiganlar uchun. Dietamni o’zgarishiga sabab bo’ldi

Trillion Dollar Coach — Eric Schmidt, Jonathan Rosenberg, Alan Eagle 7/10

Milliarderlarning ustozi Bill Kampbellning biografiyasi, usullari haqida. Liderlarga yaxshi mos keladi.

Просто делай! Делай просто! — Оскар Хартманн 10/10

Oddiy go’yani oddiy misollar bilan tushuntirilgan. Ko’p bilsa ham kam qiladiganlar uchun

Бизнесхак на каждый день 2 — Игорь Манн, Ренат Шагабутдинов 7/10

Tadbirkorlar uchun turli maslahatlar to’plami. Ikkitasini ishlatishni boshladim.

Номер 1 — Игорь Манн 6/10

Qayerdan boshlashni, nima kitob o’qishni bilmayotganlar uchun yaxshi manbaalar to’plami. Sohasida eng zo’r bo’lish haqida.

The Almanack of Naval Ravikant — Eric Jorgenson 7/10

Naval Ravikantning twitter, youtubedagi gaplari bir joyga yig’ilgan kitob.

Principles for Dealing With the Changing World Order — Ray Dalio 9/10

Makro iqtisod, Dunyo tartibi, siyosat qanday ishlashini bitta tushunib olishga yaxshi yordam beradigan kitob

The Boron Letters — Gary Halbert, Bond Halbert 10/10

Kopirayting orqasida millioner bo’lgan odamning o’g’liga yozgan xatlari. Yaxshi maslahatlar sodda tilda berilgan

Финская система обучения — Т.Уокер 6/10

Muallif (amerikalik o’qituvchi) 2 haftaga Finlandiyaga borib, ko’rgan narsalari haqida yozgan kitob.

Aziz Rakhimov | Mini

29 Dec, 12:08


Ikkinchi tarafni eshitish niyating bo'lmasa, birinchi tarafni ham eshitma

Aziz Rakhimov | Mini

31 Oct, 16:35


Ustozingdan manbaa so'radingmi - noto'g'ri ustoz tanlabsan

Aziz Rakhimov | Mini

11 Oct, 07:56


Faqat yaxshi ko’rgan narsangni qilish uchun ham, avval yomon ko’rgan narsangni qilishga majbursan.

Aziz Rakhimov | Mini

15 Jul, 14:03


Yozgi mutolaa

Tinkoff bank komandasi yozgan “Бизнес без MBA” kitobi bizni bozor holatimizga juda mos yozilgan ekan. Yosh tadbirkorlar uchun “Good to great”, “Zappos”, “Zero to One” kitoblaridan 10 marta foydaliroq. 2 kunda tugatib qo’ydim. 5 yil oldin o’qishim kerak edi. Kitob 3 yil oldin chiqqan bo’lsa ham)

Amerikadagi ota-onalar bolalari ustidan nazoratni to’liq yo’qotib bo’lganini eshitib yurardim. Leonard Saxning “The collapse of Parenting kitobi buni tasdiqladi. 20 yillik tajriba va dataga asoslanib muallif juda ayanchli xulosalarni bergan. Bizdagi holat ota-onalar uchun ne’matligini tushundim.

Hayotga va o’rganishga intilishi yuqori bo’lgan farzand tarbiya qilish haqidagi “Self-Driven Child” kitobi. Sohamiz shu bo’lganigami, farzand tarbiya qilayotganimgami, juda qiziq o’qilyapti.

Apple, Google, Twitter, Facebook asoschilari va prezidentlarini ustozi bo’lgan Bill Campbell haqidagi “Trillion dollar coach” kitobi. O’qish jarayonida uning usullarini ko’rib, bir necha marta bu usul tanish degan hayol keldi. Sunnatdan tanish ekan o’ylab qarasam.

“BIG money Принципы первых” Youtube dagi big money intervyularining eng qiziq joylarini kitob qilib chiqarishibdi. Intervyularni ko’rganlar va ko’rmaganlar juda ko’p biznes insaytlar olishadi.

Amerika bestsellaridan ko’ra rus biznes kitoblari O’zbekistondagi kichik biznesga ko’proq tushishini kuzatardim. Top managerlar uchun yozilgan “Владимир Моженковнинг Ген Директора” Kitobi ham shunday bo’lib chiqdi. Juda foydali, samimiy yozilgan. 1,5 kunda tugatdim. Boshqaruv maslahatlaridan ham ko’proq, hayotiy hikoyalari juda yoqdi. Mojenkov sevimli muallifimga aylandi.

Aziz Rakhimov | Mini

13 May, 17:43


O'qiyotgan kitoblarim (Fevral - May update)

Creative Schools -- Ken Robinson
Maktablar qanday qilib bolalarni bezdirayotgani va kreativlikni o'ldirayotgani va uning yechimlari haqida.

The Knowledge Gap - Natalie Wexler
Maktablarda dunyoni tushunishga qaratilgan bilimlar o'rniga testlarga tayyorgarlik kuchayib ketayotgani haqida.

Просто делай! Делай просто! -- Oscar Hartman
Bilganiga amal qilish, ko'p oddiy harakatlarning kuchi haqida

Resonate -- Nancy Duarte
Odamlar e'tibor beradigan prezentatsiyalar qilish haqida

G'iybat o'zi nima? -- Muhammad Abdulhay Lakhnaviy
G'iybat haqida bundan to'liqroq kitob ko'rmagandim.

Chatter -- Ethan Kross
Ichki ovoz va uning bizga zararlari haqida

Black Box Thinking -- Matthew Syed
Tanqidiy fikrlashni kuchaytirish uchun

How to live -- Derek sivers
Umrni yashab o'tishning 27 xil usuli berilgan kitob. Muallif juda qiziqarli yozadi.

How not to Die -- Micheal Greger
Bizdagi ko'p kasalliklar ovqatlanishim sababli ekanligi va u bilan qanday kurashish haqida.

Skip the line -- James Altucher

Ko'plab ekperiment qilish foydalari haqida

Hazrati Umar -- Ahmad Lutfi Qozonchi

Measure What matters -- John Doerr
Menejmentda samarali o'lchovlar qo'yish usullari

Note olish jarayonini osonlashtirish uchun readwise appini ishlatishni boshladim. Kitobdan belgilagan qiziq joylarini o'zi bir joyga yig'ib, orada takrorlatib, notionga ham tashlab beryapti. Kitob mos keladimi yo'qmi tekshirish uchun yangi libraryga link qoldiraman.

https://rahimov.notion.site/Readwise-ee8183070387479988afda5070508e78

Aziz Rakhimov | Mini

18 Mar, 19:09


Informatsiya va integratsiya

1. O'rganganlaring - informatsiya deyiladi. Ularni hayotga tatbiq etish - integratsiya deyiladi.

2. Hayotinggni yaxshi tomonga o'zgarishi, informatsiyaga bog'liq emas. Integratsiyaga bog'liq.

3. Ko'p narsani bilishing emas, bilganlaringgni ko'pini integratsiya qilishing, sanga natija olib keladi.

4. Oxirgi ikkita o'qigan kitobim, oddiy telefon ishlatishimga turtki berdi. Pepsi va Cola haqida o'qiganlarim esa, ularni boshqa og'zimga olmaslikka majburladi. Suvni foydalarini o'qiganimdan keyin, odamlar mani qora термос bilan ko'radigan bo'lishdi.

5. O'tgan yili ko'p kitoblardan faqat informatsiya olgan ekanman. Endi ularni integratsiya qilishim kerak.

6. Integratsiya qilishing kerak bo'lgan eng birinchi informatsiya - namoz o'qish hisoblanadi.

P.S
-Man nima qilay admin?
-Yotib uxla, kech bo'ldi.

👉 @khasanov_blog

Aziz Rakhimov | Mini

14 Feb, 20:23


Aziz Rahimov tomonidan tavsiya qilingan kitoblar

“Merit”
o‘quv markazi hamda “Merit” xususiy maktabining asoschilaridan biri bo‘lgan Aziz Rahimov tomonidan quyidagi kitoblar o‘qishga tavsiya etildi:

1. “Saodat asri qissalari”;
2. “Sahifalar”;
3. “Yengil amallar”;
4. “Tavba”.

📚 Siz ushbu kitoblardan qaysi birini mutolaa qilgansiz? Ulardan qanday taassurot olgansiz?

Yana kimlarning kitob o‘qish bo‘yicha tavsiyalarini bilishni istaysiz? Bu haqda izohlarda yozib qoldiring!

• Admin: @qamar_delivery
Tel: +998998454400

Manzil: Alisher Navoiy ko'chasi, 42-uy.

Instagram | Telegram