Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog @v_turakulov Channel on Telegram

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

@v_turakulov


🔖Iqtisodiy va shaxsiy rivojlanish
💡Fikrlar: @v_turakulov_stories
💼 Xalqaro savdo professori
🎯"An excellent example is Uzbekistan that has liberalized its economy and..." -The NY Times, 08.07.2039
📮Admin: @XSB_bot
🕊 Contacts: @VTurakulov

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog (Uzbek)

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog kanali Toshkent Akademik Universiteti Iqtisodiyot fakultetining professori Valijon Turakulov tomonidan yaratilgan. Kanalda iqtisodiy va shaxsiy rivojlanish, investitsiyalar, moliya sohasi, vaqtincha diqqatga sazovor yangiliklar haqida eng so'nggi ma'lumotlar va tahlillar paydo bo'ladi. Valijon Turakulov tarix boyunca mukhlislik va tadqiqotlar uchun mashhur bo'lib, The New York Times tomonidan muntazam ravishda qo'llanma va fikrlarini ma'lum etadi. Kanalda Valijon Turakulovning tajribalarini, fikrlarini, va yangiliklarini o'qish uchun @v_turakulov_stories guruhiga a'zo bo'lishingiz mumkin. Kanal boshqaruvchisi @XSB_bot. Azo bo'lish va kontaktlar uchun @VTurakulov bilan bog'laning.

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

20 Feb, 16:11


AI zamonida bundan bir necha asrlar oldin aytilgan "Savol ilmning yarmiga teng" hikmatli gapi yanada o'rinli bo'lib qoldi. Siz qanday savol so'rasangiz, AI ham shu saviyada javob beradi. Undan hikmatni va mag'izni chiqarib olish to'g'ri savol so'ray olishda.

Xabaringiz bo'lsa kerak Elon Musk ham o'zining GROK nomi AI'ni taqdim etdi. Ishlatib ko'rdim, yengil va oson ishlayapti. Javoblari ham o'zgacha, tushunarli. (O'zbekchasi hali yaxshi emas, muloqotni Inglizchada qilasiz. Premium versiyasi ham ChatGPT'dan 10$ qimmatroq)

Qiziqib bir eksperiment boshladim:*

- GROK, ChatGPT bilan gaplashasanmi?
- "Davay", dedi :)
- Undan sen ChatGPT'dan O'zbekiston iqtisodining kelajagi haqida bir savol so'raysan...
- Xo'sh, xo'sh...
- U javob beradi va u ham sendan bir savol so'raydi. Shunday davom etaverasizlar: savolga javob beriladi va bitta savol so'raladi. Qaniy qayergacha borasizlar ekan.
- Kelishdik!
- Aytib qo'yay: bir-birlaringni "ayash" yo'q. You can grill each other with critical questions!
- Qiziqib ketyapman!


Birinchi savolni GROK boshladi. Men esa javob va savollarni bir-biriga ulashib turibman. Qaniy iqtisodimiz kelajagi haqida qayergacha borishar ekan. Bu savol javoblar ertagacha davom etsa kerak. Juda ham siyosiylashib ketmaydi deb umid qilaman.

Xulosani shu joyda baham ko'raman.

*Albatta, biroz badiiylashtirilgan! ChatGPT ham bittada rozi bo'ldi!

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

20 Feb, 15:18


​​Manhattanda congestion pricing (shaharning ma'lum ko'chalariga ma'lum soatlarda mashinada kirish pullik amaliyoti) haqida bir necha safar yozgandim va jarayonni kuzatyapman degandim. Avval u loyiha shaklida muhokama qilinayotganda, va keyin ishlashni boshlaganda yozdim.

Qisqasi, Manhattaning quyi qismi, eng zich ko'chalariga mashina haydab kirishni cheklashdan maqsad O'zbekistonliklarga ham tanish - shaharda mashina qatnovini kamaytirish, piyodalarga ko'proq imkoniyat berish, ularni xavfsizroq qilish, mashinadan havoga chiqadigan chiqindilarni kamaytirish, havo sifatini yaxshilash, vhkz. Shu yildan boshlab ishlashni boshlagandi va natijada mashinada Manhattanga kirish keskin kamaydi.

Xullas, bugun o'zini AQSh qiroli deb aytgan D.Tramp Nyu York shtatida congestion pricing amaliyotini to'xtatmoqchi ekanligini yozdi va Oq uyning rasmiy sahifasi esa toj kiygan Trampning rasmini qo'ydi. Avvalambor, AQSh qiroldan 250 yil oldin bir amallab qutilgan edi. Mayli, masala hozir bunda emas. Gap shundaki, iqtisodiy savodsizlik va mutlaqo populizmga asoslangan Trampning bu istagi noqonuniy. Nyu York shtati hokimi Hochul Trampga yaxshi eslatmalar beribdi va sudda ko'rishishni eslatibdi. Nyu Yorkliklar osonlikcha taslim bo'lmaydi, ayqnisa o'zini mamlakat qiroli deb ataydiganlar aholining suverenetitiga hujum qilganda.

Iqtisodiy savodsizlik haqida gap ketar ekan, yangi Transport vaziri ham "oddiy aholi" qiynalmoqda, soliqlari evaziga qurilgan "tekin" yo'ldan foydalanishlari cheklanmoqda, bu adolatli emas debdi. Vaholanki, janob vaziri bilmaydiki, aksariyat Manhattanda yashaydiganlarda mashina bo'lmaydi, bo'lsa ham asosan o'ta boylarida. Manhattanda yashaydiganlarning 85 foizi metroda, jamoat transportida foydalanadilar. "Oddiy odamlar" emas, aksincha boy odamlar Manhattan ko'chalarida benzin yoqib, tirbandlikda turib mashinada yuradilar. Albatta, congestion pricingdan eng ko'p aziyat chekkanlar bu Nyu Jersidan Manhattanga ishga mashinada qatnaydiganlar. Lekin, ularga ham yechim bor - jamoat transporti! Axir, NyuYork-Nyu Jersi dunyodagi eng mukammal jamoat transportiga ega bo'lgan shaharlardan. Manhattanning kirish pullik bo'lgan zonasida yashaydiganlar bir ovozdan congestion pricingdan xursand edilar - yo'llar mashinadan bo'shab qolgani, piyoda yurish xavfsizroq bo'lgani, nafas olish osonlashganini sezib.

Gubernator Hochul aytganidek, ijro hokimiyatining bir shaharning o'z ko'chasini tartibga solish bo'yicha harakatlariga tajovuzi bilan sudda, qonun orqali gaplashiladi.

@uzbekonomics

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

20 Feb, 13:32


Eslatma!

“Vatandosh” intellektual klubining bu safargi yig‘ini “O‘zbekistonda kommunal to‘lovlar narxi oshishining aholi daromadlariga ta’siri” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

🗓 Sana: 2025-yil 22-fevral
Vaqt: 10:00
📍 Manzil: “Impuls” tadbirlar zali,
Toshkent shahri, Shota Rustaveli ko'chasi 01, 6-uy

O‘z fikrlaringizni bildirish uchun bizga qo‘shiling, muhokama ochiq! Har kim taklif etiladi.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

20 Feb, 04:48


Donald Trump postida "Ukraina urushi AQShning emas, Yevropaning muammosi. Axir oramizda chiroyli okean bor" deb yozibdi. O'ylab qoladi odam odam: Janob Trump globallashuv davrida geografik to‘siqlar o‘z ahamiyatini yo‘qotganini – iqtisodiy, xavfsizlik va siyosiy oqibatlar AQShga ham ta’sir qilishini bilmasmikan?!

To'g'ri AQSH Ukrainaga juda ham katta yordam ko'rsatdi. Achinarlisi mana shu sarflangan mablag'larni tashvishini qilgan Trump birgina posti bilan butun boshli mablag'ni "bir tiyin" qildi!

2/4

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

15 Feb, 16:57


#lekin

Raqamlar hech qachon yolg‘on gapirmaydi.
#Lekin ularni yolg‘on "gapirtirsa" bo‘ladi.

AI insonlar o‘rnini bosa olmaydi.
#Lekin "AI'li inson" lar "AI'siz inson" larning o‘rnini bosadi.

Ko‘p kitob o‘qish sizni aqlli qiladi.
#Lekin noto‘g‘ri kitob o‘qish sizni yanada johilroq qiladi.

Pul yomon narsa emas.
#Lekin pul ortidan quvish sizni yomon odamga aylantira oladi.

Muvaffaqiyat faqat mehnat bilan keladi.
#Lekin noto‘g‘ri yo‘nalishda qilingan mehnat sizni yanada pastga tortadi.

Vaqt hammasini davolaydi.
#Lekin noto‘g‘ri odatlar bilan yashasangiz, vaqt ularni yanada chuqurlashtiradi.

Dunyoni g'oyalar o‘zgartiradi.
#Lekin faqat keng tarqalgan g'oyalargina ta’sir o‘tkaza oladi.*

___
*Shuning uchun dunyoda axborot platforma egalari yutishadi. Elon Musk Twitter'ni bekorga sotib olmagani AQSH saylovlari jarayonida yoqqol namoyon bo'ldi. Vazir bo'lgach esa bu yanada oydinlashdi. Shuning uchun sizlarga "kamida Telegram kanal yurutinglar" deb bot-bot aytib kelaman. Yuqoridagi #lekin fikrlarni izohlarda davom ettiring yoki postni kanalingizga o'z #lekiningizni qo'shish orqali ulashing. Eng yaxshilaridan bir "guldasta" qilib kanalda ulashaman!

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

14 Feb, 03:41


Bugun Jeyms Robinson bilan Nobel olganidan keyin birinchi bor ko’rishdik. Dubayga Dunyo Hukumatlari Sammitiga kelgan ekan, obedga chaqirdi.

Asosiy gaplashgan mavzuyimiz - Robinsonni yangi yozayotgan Afrika haqidagi kitobi ba Donald Tramp prezidentligi haqida bo’ldi.

Nobel olgan bo’lsa ham - dam olish yo’q, “har qachongidan ko’p ishlayapman” dedi.

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

13 Feb, 13:01


#savdo #kunlik_dayjest
12-fevral, 2025

🇺🇸 O‘zbekistonning Suveren Yevroobligatsiyalari
O‘zbekiston 2025-yilda suveren yevroobligatsiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda. Ularning miqdori hozirda aniqlanmagan bo‘lib, bu xalqaro bozordagi sharoitlardan kelib chiqib belgilanadi. – [Spot]

🇵🇰 Pokiston bilan Farfor* Sanoatida Hamkorlik
O‘zbekiston delegatsiyasining Pokiston Islom Respublikasiga tashrifi doirasida 12-fevral kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Pokiston bilan farfor sanoatida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bordi. – [Chamber]

🇬🇧 O‘zbekiston va Xalqaro Moliya Institutlari Hamkorligi
Prezident qarori bilan 2025-yilda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi. – [Gazeta.uz]

🇮🇩 Termizdagi Xalqaro Transport-Logistika Xabi
Termiz shahridagi xalqaro transport-logistika xabi BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining Global ta’minot tarmog‘iga qo‘shildi. – [Gazeta.uz]

#izoh
O‘zbekiston 2019-yilda bir millard dollar va 2020-yilda esa 500 million dollar miqdorda suveren yevroobligatsiyalarni chiqargan edi. Bu obligatsiyalar aslida xorijiy sarmoyadorlardan qarz olib turish degani. O'shanda bu qarzlar xorijiy qarzlarimiz miqdorini mos ravishda 5% va 2-3%ga oshirgan edi. Bu narsa albatta 2025-yil yakunlarida ham aks etadi.

*Farfor bu chini idishlar sanoati

@v_turakulov

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

12 Feb, 04:32


#savdo #kunlik_dayjest
11-fevral, 2025

🇰🇿 O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo hajmini $10 milliardga yetkazish dasturini yakunlamoqda
Ikki mamlakat vakillari o‘zaro savdo aylanmasini $10 milliardga yetkazish maqsadida maxsus dastur ustida ish olib bormoqda. – Trend

🇮🇩 Indoneziya O‘zbekiston bilan savdo hamkorligini kuchaytiradi
Indoneziya hukumati O‘zbekiston bilan savdo va investitsiya ekotizimini mustahkamlashga sodiq ekanligini bildirdi. – Antara News


#izoh
O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo hajmini hozirgacha ikkilik raqamga o'tmagan edi. $10 milliardga yetkazish uchun hozirgi savdo hajmi deyarli 2.5 barobar oshishi kerak bo'ladi. Bu oson emas!

Ma'lumot o'rnida (O'zbekistonning top beshtalik savdo hamkorlari):
🇨🇳 China: $11.3 billion
🇷🇺 Russia: $10.7 billion
🇰🇿 Kazakhstan: $3.9 billion
🇹🇷 Turkey: $3.0 billion
🇰🇷 South Korea: $2.6 billion

@v_turakulov

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

11 Feb, 06:37


#savdo_yangilik #kunlik
10-fevral, 2025

🇲🇳 O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston savdo-iqtisodiy vakolatxonalar ochishga kelishib oldi
Ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘zaro savdo-iqtisodiy vakolatxonalar ochishga kelishib oldilar. Bu kelishuv Ulan-Bator va Toshkent shaharlarida vakolatxonalar tashkil etishni nazarda tutadi. – MONTSAME

🇮🇷 Eron Toshkentda oziq-ovqat sanoati bo‘yicha savdo ofisini ochdi
Eron O‘zbekiston bilan oziq-ovqat mahsulotlari savdosini kengaytirish maqsadida Toshkentda maxsus savdo ofisi ochdi. Ushbu ofis ikki mamlakat o‘rtasidagi oziq-ovqat sanoati bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. – Tehran Times

#izoh
Savdo-iqtisodiy vakolatxona va oziq-ovqat sanoati bo‘yicha savdo ofisi o‘rtasidagi farq nimada?

Savdo-iqtisodiy vakolatxona – bu ikki davlat o‘rtasidagi umumiy savdo va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan rasmiy idora bo‘lib, turli sohalarni qamrab oladi. Oziq-ovqat sanoati bo‘yicha savdo ofisi esa faqat oziq-ovqat mahsulotlari savdosiga ixtisoslashgan bo‘lib, ushbu sohadagi eksport-import operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga xizmat qiladi.

@v_turakulov

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

11 Feb, 03:32


Yangiroq va aniqroq raqamlar bilan:


Trillionlar qayerga ketyapti?

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

10 Feb, 05:12


Yanvar oyida Telegram suhbatimizni ma'lum sabablarga ko'ra o'tkaza olmay qoldik. Endi uning o'rnini fevral oyidagisi bilan qoplashga harakat qilamiz.

Bu safar takliflarga binoan talabalar uchun ilmiy ish uchun mavzu topish borasida yurtimizning ajoyib yosh olimlarini suhbatga tortamiz.

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

09 Feb, 12:59


#qisqa

Bozorga hukumatning (meyoridan ortiq) aralashuvi eng go'zal niyatlar bilan qilinsa ham o'zining salbiy oqibatlari (unintended consequences) bilan namoyan bo'laveradi.

Talabalarga yuqori kontrakt to’lovlarini to’lashga subsidiyalar ajratilishi, oliy o’quv yurtlarida ta’lim olishga bo’lgan talabni oshiradi, talab oshganda esa narx ham oshadi (ya’ni, kontrakt yana ham qimmatlashadi). Bu esa hukumatning ayni maqsadiga zid natijani olib keladi.

Undan tashqari bu kabi aralashuvlar ortiqcha “diplom”larni paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi (“overeducation” phenomenon) va jamiyatda “diplomli ishsizlar” hodisasi yuz beradi.

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

08 Feb, 13:26


Utilizatsiya monopoliya uchun yangi bahonami?

Kuni kecha Vazirlar Mahkamasining “Elektrodvigatelga ega bo‘lgan transport vositalari akkumulyator batareyalarini utilizatsiya qilish infratuzilmasini tashkil etish ishlarini moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. “Daryo” bu mavzu atrofida iqtisodchi Valijon To‘raqulov va bloger hamda jamoatchilik faoli Umid Gafurov bilan suhbatlashdi.

Batafsil — https://daryo.uz/rnoA2RVS

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

08 Feb, 11:46


“Utilizatsiya qarori ortidan O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lolmaydi” – ekspertlar bilan suhbat

Shu yilning 1 mayidan import qilinuvchi elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi keskin ravishda oshirilmoqda. Shu asnoda respublikada ekologik toza elektromobillarga oshib borayotgan talab sun’iy ravishda bo‘g‘ilyapti. Kun.uz bu mavzuda ekspertlarga quloq tutarkan, ekologiya bahonasida ekologiya jazolanmoqda, deydi ular. Bundan tashqari, qaror – monopoliya tomiriga suv quyadi, iste’molchilarning oxirgi najoti – elektromobillarni “menyu”dan olib tashlaydi.

📹 TO'LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

08 Feb, 06:15


#qisqa

Agar mexanizmlar to’g’ri ishlab chiqilmas ekan, kambag’allikni qisqartirish uchun sarflangan millardlab dollarlar ham ish bermaydi. Bilaks, teskari effektni beradi:

Masalan, kambag’al bir odamga oyiga 500 mingdan berib turilsa-yu, u odam ish topgach 1 million oylik olsa va undan 20 foizi daromad solig’iga ketsa. U odamda ikki xil tanlov bo’ladi:

🦥Hech narsa qilmasa: 500 ming
👷Ishlasa: 800 ming

Albatta, ko’pchilik birinchi variantni tanlaydi. Natijada kambag’allikka qarshi kurashish siyosati o’zini oqlamaydi. Rasmda ko’rib turganingizdek AQSHda kambag’allikka qarshi kurashish uchun ajratilgan summa yillar davomida deyarli 10 barobarga oshgan, lekin bu kambag’allik darajasini kamaytira olmagan.

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

08 Feb, 04:32


Umuman, olganda utilizatsiya uchun $3,000-$6,500 oralig'idadagi sonni qaysi hisobga ko'ra oldingiz?

Axir bu kabi sonlar aniq iqtisodiy xarajatlar bilan asoslanib berilishi kerak-ku?! Hozir esa bunday qilishni imkoni yo'q, chunki hali ham 347-qaror 3-bandida ko'rsatilgan vazifalar amaliyotda joriy qilinmagan!

2️⃣0️⃣2️⃣6️⃣Ha, aytganday, bu holatda O'zbekistonning kun tartibida turgan 2026-yil JSTga a'zolik ham kechikishini o'ylab ko'rdingizmi?!

Bu savollarning ko'plari javobi aniq ritorik savollar hisoblanadi, afsus!

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

08 Feb, 04:28


2020-yil 1-avgustdan boshlab yig'ilgan va 1-maydan boshlab to'rt barobargacha oshirilgan tartibda yig'ilishi reja qilingan utilizatsiya "o'lpon"lari qayerga ketmoqda?

Nima uchun 347-sonli qarorda keltirilgan:

✏️"eskirgan transport vositalarini ixtiyoriy ravishda utilizatsiya qilish uchun jismoniy va yuridik shaxslarni rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish"

va

🚘"transport vositalarining chiqindilari bilan ishlash infratuzilmasini tashkil etish"

kabi 3-bandda belgilab qo'yilgan vazifalar nega besh yil o'tib ham-ki amalga oshirilmayapti?

Utilizatsiya yig'imining shaffof emasligi va aniq dasturning mavjud emasligi korruptsiyaga yaratilgan "imkoniyat" emasmi?!

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

08 Feb, 04:23


Javobi yo'q savollar:
Nima uchun yangi qarorga ko'ra utilizatsiya yig'imi

↗️3 yilgacha bo'lgan yangi elektromobillar uchun 4 barobarga,
↘️3 yildan yuqori bo'lgan (nisbatan eski)lari uchun 2 barobarga oshirildi?

Axir mantiqan olib qaralsa yangisiga kamroq, eskilariga ko'proq bo'lishi kerak emasmidi?

Bu qaror elektromobillarga, xususan, yangilariga ochilgan-ochiq "urush"ku?!

Demak, asl maqsad
🌳ekologiyani himoya qilish emas, balki
monopoliyani himoya qilish bo'lib chiqyaptimi?!

(Chunki endi odamlar elektromobillardan qochib yana GM mashinalarini olishga majbur bo'lishadi)

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

07 Feb, 17:09


Butun dunyo ekologiyani yaxshilash maqsadida dizel yoqilg'i avtomobillardan voz kechmoqda.

Ularda:
- Elektromobil sotib olinglar. Mana sizlarga naqd pul subsidiyalari va soliq imtiyozlari!

Bizda esa:

- Agar elektromobil sotib olsang, 78 million so'mgacha "jarima" to'laysan! 😲

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

07 Feb, 03:01


Jamiyatimiz va hukumatimiz o'rtasida eng katta qarama-qarshiliklarga sabab bo'lib kelayotgan hamda ikkinchi tomondan hech qachon ochiqchasiga tushuntirishlar berilmaydigan ikkita masala bor.


...Ikkinchisi bu utilizatsiya yig'imi

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

06 Feb, 05:52


1970-yillarda Buyuk Britaniyada eng yuqori daromadli biznes egalari 98% marjinal soliq to‘laganlar

💰 Masalan, agar tadbirkor 150£ ming foyda topsa, 50£ ming oddiy daromad solig'iga, qolgan 100£ mingi esa marjinal soliq stavkasiga tortilar edi.

Ya'ni bunda, 100£ mingdan 98£ mingi soliq sifatida hukumatga ketardi.

Bunday sharoitda biznes egalari o‘z foydasini soliqqa yo‘naltirish o‘rniga, hashamatli xaridlarga yo‘naltirishgan. Masalan, Rolls-Royce sotib olish kompaniya xarajati sifatida qayd qilinib, soliqqa tortilmagan. Bu esa soliqqa tortilgan foydadan ko‘ra, qimmatroq mashina sotib olishni mantiqiyroq qilib ko'rstagan.

Lekin hukumat keyinchalik marjinal soliq stavkasini 70% ga tushirganida, endi tadbirkor 100£ ming foyda topsa, undan 30£ mingi o‘zida qoladigan bo‘lgan. Bu esa Rolls-Royce sotib olishning iqtisodiy mantiqdan uzoqlashtirgan go'yo.

Bu soliq tizimining biznes qarorlariga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatadigan ajoyib misollardan biri bo'lib tarixda qolgan!

2/2

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

06 Feb, 05:31


#Rolls_Royce #soliq
Avvalo soliq stavkasi va marjinal soliq stavkasi o‘rtasidagi farqni tushunib olishimiz kerak bo'ladi.

📌 Soliq stavkasi – bu daromadning ma’lum bir foiziga soliq solish stavkasi.
📌 Marjinal soliq stavkasi esa (belgilangan miqdordan o'tib ketgan) qo‘shimcha daromadga solinadigan soliqni anglatadi.

#masalan
0-50 million daromadga – 20% soliq
50 milliondan yuqori daromadga – qo'shimcha 50% soliq

Ya'ni, agar kimdir 60 million topsa, u:
50 million uchun 20% (ya’ni 10 million) soliq to‘laydi.
Qo‘shimcha 10 million uchun esa yana 50% (ya’ni 5 million) soliq to‘laydi.

Jami soliq: 10 + 5 = 15 million so'm

Bu kabi soliqlar odatda o'ta boy odamlardan olinadi va jamiyatda tengsizlikka shu orqali kurashiladi. Lekin ko'p hollarda boylar bu kabi joylardan boshqa davlatga ko'chib ketish yoki shunchaki fuqaroligini olish orqali aylanib o'tishga harakat qilishadi.

1/2

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

04 Feb, 04:16


#davlat_va_soliq

Soliq siyosati shunchaki pul yig'ish emas, balki butun boshli iqtisodiyotni harakatga keltiradigan tizimdir.

Masalan, 1970-yillarda Buyuk Britaniyada hukumat marjinal soliq stavkasini 98% dan 70% ga tushirganida, Rolls-Royce avtomobillari savdosi sezilarli darajada kamaygan. Odatda soliq pasaytirilganda xaridlar oshishi kutiladi, ammo bu yerda aksincha bo‘ldi. Nima uchun bunday bo‘lishi mumkin deb o‘ylaysiz?

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

03 Feb, 11:53


#biznes_goya

Bilasizlar, ba'zan biznes g'oyalar kelib qolsa ulashib turaman.

O'zbekistondan kofe madaniyati endi shakllanyapti. Bu haqida yurtga 3-4 yil oldin yurtga qaytganimda yozgan ekanman.

Shu kunlarda kofelarga ham talab ancha shakllanib qolgandek. Lekin baribir bizning xalq choy shinavandasi. Shunga bugun "qani endi choy bilan tayyorlangan kofe bo'lsa" deb o'ylab qoldim (ko'p yangi bizneslar aslida "qabi endi..." deb nomlangan savoldan boshlanadi). Va men yana kechikibman: choy+kofe ichimliklar ba'zi davlatlar (Gong Kong, Singapur kabilar)da allaqachon urf bo'lgan ekan. Lekin har bir davlatning o'zi "ta'mi" bo'ladi. O'zbekistonliklar uchun balki boshqacha bir retsept kerakdir. Agar O'zbeklarga yoqadigan ta'm ishlab chiqilsa, menimcha yaxshigina kafeshop brendi yaratilgan bo'larmidi?!

Ha, aytganda, nom ham topdim:
Coffee + Tea = CoTea 😀

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

31 Jan, 15:50


Maqolalarini imkoni boricha tushunarli qilib yozadi.

Bu grafikda, masalan, hamma (ayniqsa Respublikachilar) Bidenni infliyatsiyani oshirib yuborganlikda ayblab turgan bir vaqtda real daromadlarning undanda ko'ra ko'proq oshganligini ham eslatib qo'yish bilan go'yo ularga osongina rad javobini beradi.

Buni yanada tushunarli va hajvli qilish uchun:

🟠Sariq chiziq: "Buni Biden qildi"
🔵Ko'k chiziq: "Bu mening daromadim"


deya ma'lumot orqali taqdim etgan.

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

31 Jan, 15:27


Nobel mukofoti sovrindori Amerikalik iqtisodchi Paul Krugman yaqinda New York Times'dan ketdi (u haqida). Va endi siz uni Substack'da o'qiy olasiz.

Substack bu oddiy ijtimoiy tarmoqlardan farq qiladi. Bu joyda ekspertlar ilmiyroq va tahliliyroq ma'lumotlarni berib boradi.

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

31 Jan, 08:33


Bugun qiziq kun ekan AQShda.

"Iqtisodchini quchoqlash kuni" ekan.

Keloraslar :)

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

29 Jan, 13:48


Xitoyliklarning bepul DeepSeek sun’iy intellektini ishlatib ko’rdim.

OpenAIning pullik ChatGPTsidan yaxshiroq.

OpenAI shu holga 18 mlrd$ bilan kelgan.

Xitoyliklar esa bir necha million bilan erishishdi. Qanday qilib?

Amerika nVidia chiplarini Xitoyga import qilishga ruxsatlari bermagandi. Asosiy xarajat ham shu edi. Shu chiplardan ko'p ishlatmasdan yechim qilishga majbur bo'lishdi.

Buni kuzatib 1993 yilda Kaliforniyalik Professorning Yaponlar haqida yozgani esimga tushib ketdi:

“Yaponlar tejamkor, ko’p ishlab, ko’p mahsulot ishlab chiqarishadi. Bizlar esa ko’p iste’mol qilamiz, kam tejaymiz, ko’p pul ishlatamiz. Yaponlarga oson, ularning raqobatchilariga qiyin bo’lib boryapti.”

Ha, ba’zan imkoniyatlarimiz cheklanganligi ham imkoniyat bo’ladi.

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

29 Jan, 11:37


Ривожланган мамлакатлар билан муҳим фарқимиз шуки, у ерда газ билан бошқа ресурслардан қайси бири қимматроқ эканини истеъмолчига бозор айтади, амалдорлар эмас. Албатта, бунинг учун авваламбор бозорнинг ўзи мавжуд бўлиши керак.

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

25 Jan, 18:57


Hayajon bo'ldi, albatta!

Lekin umuman olganda yaxshi o'ynadi. Almashishdan oldin o'zining 'signature action' – yelka bilan o'ynab bergani zo'r bo'ldi va muxlislar tomonidan qarsaklar bilan kuzatib qo'yildi.

ManCity'ga omad!

P. S. Aytganday, bu o'yin nafaqat Abduqodir uchun debyut balki butun boshli o'zbek futboli uchun ham. Ana Salahning ortidan ko'plab misrlik yosh futbolchilar chiqqani kabi (ManCity'dagi Omar ham), Abduqodir ham hali ko'p yangi yulduzlarning porlashiga sabab bo'ladi!

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

25 Jan, 15:47


#qisqa

Siyosatchilar har doim o'zlaridan yaxshi narsa qoldirib ketishni istaydilar. ("Yaxshi narsa" ning ta'rifi hammada har xil bo'ladi.)

Buning uchun albatta mablag' kerak. Ularda esa ikki xil tanlov bo'ladi: soliqlar va xorijiy qarz.

Soliq stavkalarini ko'tarishni istamaydilar, chunki bunday siyosatchini xalq yoqtirmaydi.

Qarz olish esa ayni muddao, chunki uni kelajakda keladigan boshqa siyosatchi soliqlar orqali qayta to'lashga majbur bo'ladi.

Qarz bu kelajak avlod uchun manfiy me'ros!

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

21 Jan, 01:05


ManCity'ning muxlisi yana 38 millionga ko'paydi :)

Abduqodir har qalay Yevrosiyoda ko'pchilik tushunadigan rus tilida emas, o'zimizning O'zbek tilida murojaat qilayotgani juda ham yoqyapti.

20-yanvar ham AQSH'liklar, ham O'zbeksitonliklar uchun tarixiy kun bo'ldi. Har ikki voqea ham to'rt yillik shartnomaga ega :)

Bu O'zbek futbolining jahon arenalariga chiqish debochasi bo'lsin, Abduqodir!

P.S. Ba'zilar yozmoqda "Namumcha xursand bo'lyapsizlar o'zlaringni yerga urib?". Yo'q, bu tabiiy holat: koreyslar ham Son bilan, misrliklar Salah bilan huddi shunday faxrlanishadi! Abduqodir(lar) bizning faxrimiz!

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

20 Jan, 11:24


Ha, bu joyda ko’pchilik narxni belgilash nuqtai nazaridan qaradi. Ya’ni, agar mahsulot narxi 5$ bo’lsa, sotuvchi undan yuqori narxga sotishni o’ylaydi, oluvchi esa undan pastroq narxga sotib olishni xohlaydi. Ya’ni:

P(s)>P(b)>P(x)

#Lekin bu yerda men narx bo’yicha savol bermadim, balki o’sha mahsulotga sotuvchi va oluvchining bergani qadr-qiymati nuqtai nazaridan savol berdim.

Tasavvur qiling siz kichik sexingizda paypoq ishlab chiqarasiz va uning narxi 5 ming so’m. Siz uni 5 ming so’mga bemalol sotaverasiz, chunki, sizning nuqtai nazaringizda paypoqning (qadr-)qiymati 5 ming so’mdan kichik [P(s)<P(b)]. Siz aynan shuning uchun, ya’ni, paypoqning umumiy xarajati (qiymati) 5 ming so’mdan oshib ketmasligi uchun bosh qotirib mehnat qilgansiz. Agar umumiy xarajatlar 7-8 ming bo’lib ketganidan edi, siz uni 5 ming so’mga sotishga rozi bo’lmas edingiz. Unga siz ko’proq qiymat berar edingiz.

Oluvchi ham unga 5 ming so’m berishga rozi, chunki, uning uchun bu paypoq 5 ming so’mdan ko’proq foyda (utility) olib keladi. Boshqacha qilib aytganda xaridor paypoqning qiymatini eng kamida 5 ming so’m yoki undan yuqori deb bilgani uchun ham uni shu narxga sotib oladi [P(b)<P(x)].

✔️P(s)<P(b)<P(x)

*Bozor mexanizmi ajoyib narsa: unda real qiymati qandaydir birlikka ega bo’lgan bir mahsulot, shaxsning xohish-istaklari va holatiga qarab turlicha baholanadi.

**Aslida, agar har bir mahsulotning narxi uning real qiymatiga qarab baholanganida edi, bir paypoqning narxi 100-200 ming ham bo’lishi ham mumkin edi. Chunki, odamlar, ayniqsa sovuq kunlarda, unga juda ham muhtojlar (shu darajada yuqori qadr-qiymat beradilar). Yaxshiyamki, mahsulotlarga narx mutloq emas, nisbatan beriladi… narx nisbiy talab va taklifga nisbatan shakllanadi.


***Bu post iqtisodiydan ham ko'ra ko'proq falsafiy. Bir tafakkur qilib ko'ring.

@v_turakulov

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

20 Jan, 11:00


#qisqa
.
Boylik yaratish ish o’rinlarini yaratish* bilan emas, qiymat yaratish bilan yuzaga keladi. “Creative destruction” (bunyodkor vayronkorlik) - bu samaraliroq qiymat yaratishga e’tibor beradi va ish o’rinlarini kamaytiradi almashtiradi (bir sohadan boshqa bir sohaga). Shuning uchun AI zamonamizga kelib kasb egalari ‘life-long learner’ ga emas, ‘life-long readyness’ ga asoslanishi kerak bo’lib qo’ldi.

*siyosatchilar ayni shu nuqtada xato qiladilar.

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

20 Jan, 06:22


Mendan ko'p moliyaviy maslahatlar so'rab turishadi. Masalan, qanday aksiyalar olish, qaysi moliyaviy instrumentlarga sarmoya qilish… Bunday maslahatlar berishdan men o'zimni doimo tiyib turaman.

Lekin, bugun bir maslahat bermasam bo’lmaydi. Ya’ni, teskarisi - nima qilmaslik haqida ogohlantirmoqchiman.

Kriptovalyutalar, turli tokenlar, tangalarga sarmoya qilishdan o’zingizni saqlashni tavsiya etaman.

Pul nuqtai nazardan ham, vaqt nuqtai nazardan ham.

Tushunaman, FOMO ko’pchilikda bo’ladi. Lekin, irratsional bozorda ratsional bo’la turish cho’ntakka ham, ruhiy salomatlikka ham foydali. Ayniqsa hozirga, ijtimoiy tarmoqlarda inflyuenerlarning odamlar e'tibori va hissiyotlari bilan o'ynashib ularni bir narsaga ishontira olish imkoniyatlari oshgan zamonda.

@uzbekonomics

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

19 Jan, 17:06


Avtomobillar savdosi bo'yicha avj olib borayotgan firibgarliklar bo'yicha gaplashdik.


Aslida esa bu firibgarliklar shunchaki hukumat siyosatining oqibati. Oqibatlar bilan kurashilmaydi, balki sabablar bilan kurashiladi...

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

19 Jan, 03:28


Inaguratsiyasidan ikki kun oldin Donald Tramp nima qildi?
To’g’ri. Butun kripto sanoat vakillarini, milliarder do’stlarini yig’ib bazm qildi va eng muhimi $TRUMP degan meme-tanga chiqardi. Va, bir kechada o’z boyligini bir necha milliardga oshirib oldi (qog’ozda hozircha). MAGA harakatini monetizatsiya qildi-da endi.
Qizig’i shundaki, bu tanganing 80% investorlari insayderlar va ular tangani keyingi 3 yil ichida sota olishmaydi, bu degani prezidentlik davrida nima bo’lsa ham Tramp shu tanganing narxi oshishidan to’g’ridan to’g’ri manfaatdor.

Navbatdagi scam, navbatdagi ichki qiymati bo’lmagan kripto-tanga. Adliya vazirligi ham, qimmatli qog’ozlar regulyatori ham pro-Tramp, ya’ni pro-kripto ekanliklarini inobatga olsak, bunisi uzoqroq davom etadiganga o’xshaydi.

Xullas, inaguratsiyadan ikki kun oldin kripto-tanga chiqarib targ'ibot qilyapti. Ular esa do'konlardagi tuxum narxini tushirish, uy narxlarini tushirish, urushlarni to'xtatish bilan band bo'ladi deb o'ylashgan edi.

@uzbekonomics

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

18 Jan, 10:26


iPhone misolida AQSH savdo defitsiti
Spoiler: oversimplified!

Globallashuv qaysidir ma'noda savdo balansi nazariyasiga qayta ta'rif berishni taqoza aytmoqda. Masalan, Made in China nomi bilan Xitoydan AQSHga iPhone'lar eksport qilinadi hamda 1000-1200 dollar narx Xitoyga profitsit, AQSHga esa defitsit bo'lib yoziladi. Go'yo bu yerda Xitoy yutmoqda, AQSH esa yutqazmoqda. Aslida esa statisik ma'lumotlarga ko'ra bu summaning atiga 20-25 foizigina Xitoy "cho'ntagi"ga tushadi. Qolganlari global qiymat zanjirining boshqa ishtirokchilariga taqsimlanadi:

Janubiy Koreya:
OLED displey (Samsung): $110
Xotira chiplar (SK Hynix): $44.45

Yaponiya:
Texnik komponentlar (Toshiba): Flash xotira
Sony kameralar: iPhone’ning ilg‘or kamera tizimi

Tayvan:
Chiplar (TSMC): $20-30 – iPhone protsessorlari

Yevropa:
Bosch (Germaniya): Sensorlar
STMicroelectronics (Fransiya-Italiya): Harakat sensorlari.

Albatta, eng katta daromadni AQSH (Apple Inc.) qo‘lga kiritadi. Apple dizayn, intellektual mulk va marketing orqali qiymatning $300-$400 qismini o‘zlashtiradi. Bu esa AQSHning joriy hisobida aks etadi, savdo balansida emas.

Shunday qilib, savdo balansi o‘zi mustaqil ko‘rsatkich sifatida doimo to‘liq manzara bermaydi. Bu ayniqsa rivojlangan va global qiymat zanjiriga kuchli integratsiya qilingan davlatlar misolida yaqqol namoyon bo‘ladi. AQSH savdo defitsitiga ega bo‘lsa-da, uning kuchli xizmatlar sektori va yuqori samaradorligi global iqtisodiyotda ustun bo‘lishini ta'minlaydi.

2/2

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

16 Jan, 04:57


Bu narsalarni yaxshiroq va to'liqroq tushunish uchun, Obama davrida Export-Import Bank'ning prezidenti Fred Hochberg tomonidan yozilgan kitobni o'qishni (yana bir bor) tavsiya qilaman.

Kitob to'liq holatda Trumpning savdo bo'yicha qilingan ahmoqona qarorlari tahlili va aslida erkin savdo amerikaliklarga katta daromad keltirishi kreativ tarzda tushuntirib berilgan. Trump qayta prezident bo'lganidan keyin bu kitobning aktualligi yana oshadi.

Trade Is Not a Four-Letter Word: How Six Everyday Products Make the Case for Trade (Fred P. Hochberg)

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

15 Jan, 11:11


Ibn Xaldunning "Muqaddima" asari O'zbek tiliga tarjima qilinibdi! Xalqimizga muborak bo'lsin.

Ibn Xaldunning daholigi haqida Behzod Hoshimovdan izoh.

Bunisi Vatandoshdan.

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

15 Jan, 04:48


#bonus
Tarixdan saboqlar

Janubiy Koreya ilgari ham shunga o‘xshash qiyinchiliklarga duch kelgan, masalan, 2017-yilda prezident Pak Gen Xening impichmenti. Bu vaqtinchalik uzilishlarga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, bu voqea oxir-oqibat demokratik institutlarni mustahkamlashga olib kelgan. O'shanda bu voqealar Janubiy Koreyaning inqirozlarni qonuniy va shaffof tarzda hal qila olish qobiliyatini namoyish etgan edi. Bu barqarorlik global investorlarga ishonch bag‘ishladi va Janubiy Koreya demokratiyasi hatto notinch davrlarda ham mustahkam va o‘zini-o‘zi tuzatishga qodir ekanini ko‘rsatib berdi!

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

15 Jan, 04:40


Lekin qisqa muddatda...

Siyosiy notinchlik qisqa muddatli beqarorlikka olib kelishi mumkin. Investorlar iqtisodiy islohotlarning kechikishi yoki noroziliklar va noaniqliklar tufayli yuzaga kelgan qisqa muddatli uzilishlardan xavotirlanishlari mumkin. Riskdan xavotirlanadigan biznes turlari aynan shular jumlasidan.

Janubiy Koreyada dollar narxining oshib ketishi va buning oqibatida remmitanslarning kamayishi ham shu qisqa muddatli beqarorlikning natijasi.

3/3

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

06 Jan, 04:34


Yaponiyaga ta'lim olish uchun bormoqchi bo'lganlarga, mana shu markazni xolis #tavsiya_qilaman!

🎙 Yaponiya Universitetlariga kirish, yoki JLPT imtihonidan muvaffaqiyatli o'tishga tayyormisiz?

📢Xalqaro Ta'lim va Almashinuv Markazida Intensiv Yapon tili kurslariga yangi qabul boshlandi.

ONLAYN VA OFLAYN INTENSIV YAPON TILI KURSLARI KIMLAR UCHUN

🇯🇵Yapon tilini:
• 0 dan, boshlang'ich (N5), elementar (N4), o'rta (N3~N2) saviyada biluvchi,
• va, 2025-yil Iyunda JLPT N3, N2 va N1 darajasiga topshiruvchilar

🚀 Yaponiya universitetlariga:
• 2025-yil Noyabrda Toshkentda imtihon topshirib,
• 2026-yil Apreldan Yaponiyada Bakalavr, Magistr yoki PhD o'qimoqchilar

✉️ Ro'yxatdan o'tish ushbu link orqali: https://forms.gle/ia6wNBL3PkTYHscBA

Murojaat uchun: @cgee_uz

✍️ Har bir daraja kursida sanoqli joylar qoldi. Shoshiling!

👏Keyingi postlarimizda tepadagi kabi Yaponiya universitetlariga o'tgan talabalarimiz o'zlaridan qisqa lavhalar ham berib boramiz.

😎 Telegram 😎 Instagram 📱 Facebook

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

03 Jan, 19:39


Bilasizlar, ta'limda gap katta.

Xususiy bizneslarning sarmoyadorligi qanchalik yuqori bo'lsa, xususiy ta'limning sarmoyadorligi ham huddi shunchalik yuqori ekanligini isboti bilan ko'rib kelyapmiz.

@rahimovschool asoschisi Azizbek Rahimov "Ta'lim Podkasti" nomli asosli mavzularni olib chiqadigan yaxshi podkast boshlabdi.

Bu podkast ota-onalarga ham, talabalarga ham bir xil foydali deb ishonganligim uchun eshitishni tavsiya qilaman:

Ta'lim podkasti #2: https://youtu.be/tHIxXppH3IQ?si=npcNzKvbcPAVw_IF

Tarix ustoz chiroyli gaplarni aytibdilar.

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

03 Jan, 15:18


G’ayrat Do’stov ozod etildi!

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

01 Jan, 16:25


#amaldorlar_harakatini
#qoralayman

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

01 Jan, 13:58


Adolatning kuchi haqida
(bu yerda adolat qiz bolaning ismi emas)

Agar xalq adolatni his qilsa, juda ko‘p muammolarga sabr bilan chiday oladi. To‘g‘ri, muammolardan norozi bo‘lib, e’tirozini baralla aytadiganlari ham ko‘p bo‘lishi tabiiy, chunki xalq bu yaxlit tana emas, 37 million xil insondan tarkib topgan. Ammo gapirib-gapirib, baribir muammolarga sabr qilishda, tishini-tishiga qo‘yib, turmush tashvishlari bilan o‘ralashishda davom etaveradi. Axloqsizlikka o‘tmaydi. Dardini aytib, sal yengillashishi mumkin, chunki bu jinoyat emas.

Ammo xalq adolatni his qilmasa, har qadamda adolatsizlikni ko‘rsa, unda bu yomon. Bunaqada taranglashgan asablar axloq chegarasini kesib o‘tadi, oqibati kafolatlanmagan.

Og‘zidan shodi kirib, bodi chiqqan hokimlar bitta uzr bilan qutulsa, o‘zining vakolati doirasidan chiqib, qonunlarga tupurib qo‘yadigan ayrim mas’ullar oddiy ogohlantirish bilan cheklansayu, lekin uzoq vaqt metanda navbat kutib, endi navbati kelganda "zapravka" yopilib qolganidan fig‘oni ko‘kka chiqqan botinkasi teshik oddiy bir xalq vakilini qamab qo‘yishsa, bechora Yangi yil bayramini oila davrasida emas, panjara ortida kutib olsa, bunda xalq adolatsizlik ko‘radi. Va bu adolat ham emas, albatta.

Yilni katta xato bilan boshladik. Afsus, ming afsus. Zig‘irchalik foydasi bo‘lmagan, ammo xalqning davlatga bo‘lgan ishonchi nuqtayi nazaridan juda katta zarar olib keladigan ushbu tashabbus kimdan chiqqani bilmayman. Ammo bu xatoning o‘rnini qoplash uchun juda ko‘p ish qilinishi kerakligini aniq bilaman.

Afsus, ming afsus...


👉 @xushnudbek 👈

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

01 Jan, 09:03


#yil_hisobi #mutolaa

1. Men (Fotih Duman)
2. Noldan birga: Startaplar haqida qaydlar* (Piter Til)
3. Sir (Fotih Duman)
4. Lol (Fotih Duman)
5. Dam (Fotih Duman)
6. Katta o'yin* (Peter Hopkirk)
7. Yolg'onlar shahri* (Ramita Navai)
8. Rich dad, poor dad* (Rober Kiyosaki)
9. Alif* (Paulo Koelo)
10. Raqamli qala* (Den Braun)
11. Sarmoyador (Teador Drayzer)
12. Kichkina shahzoda** (Antuan de Sent-Ekzyuperi)
13. Beparvolikning nozik san'ati (Mark Menson)
14. Sarvqomat dilbarim* (Chingiz Aytmatov)
15. Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi* (Stiven Kovi) ⭐️
16. Trade is Not a Four-Letter Word (Fred Hochberg)

#tugatishga_ulgurmadim
17. Aso (Fotih Duman)
18. Anna Karenina* (Lev Tolstoy)
19. Nabaviy tarbiya (Adham Sharqoviy)
20. Yalang'och iqtisodiyot (Charlez Uilan)

bu kitobni hammaga tavsiya qilaman. Odatda kitoblarning eng boshlang'ich mumtozi bo'ladi. Bu kitob ham shaxsiy rivojlanish ilmining mumtoz adabiyotlaridan biri. Zamonaviy kitoblardan farqli o'laroq bu kitobda shaxs, o'zlik va "men" emas, balki oila, jamiyat kabi ulug' tuyg'ular ham markazga qo'yilgan.
* audio kitoblar
** bolalar tilini tushinish uchun eng yaxshi kitoblardan biri. Yoshi kattalar uchun ham tavsiya qilinar ekan, yana bir marotaba tugatib qo'ydim.


🍉 @v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

29 Dec, 14:32


Markaziy Osiyo davlatlarining investitsiyalarni jalb qilish reytingi (BMT ma’lumotlariga ko‘ra 2024):

🇰🇿 15,7 mlrd dollar | +88%

🇺🇿 4 mlrd dollar | -49%

🇰🇬 2.1mlrd dollar | +310%

🇹🇲 339 mln dollar | +47%

🇹🇯 281 mln dollar | +19%

_
Qozog'istonga hajm bo'yicha havas qilinsa-da, Qirg'izistonga o'sish jihatdan yaxshigina havas qilsa bo'ladi.

Afsus, O'zbekistonda o'zgarish deyarli 50 foizga manfiy! 2023-yilgi ko'rsatkichda ham 55% atrofida manfiy bo'lgan ekan. Qirg'izistonda esa ham shu kabi 300% atrofida o'sish bo'lgan ekan. (Eng qizig'i Qirg'izistonga asosiy sarmoya oqimi Qozog'iston va O'zbekistondan ekan.)


Bu hukumatimizga "nimadir ishlamayapti" (= something is off) degan signal berishi kerak!

@v_turakulov

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

28 Dec, 13:06


"Hamkor bo‘lmasak, nimani yo‘qotamiz?" – O‘zbekistonning BRICS’dagi ishtiroki haqida suhbat

Asosiy maqsadi AQShga qarshi koalitsiya tuzish bo‘lgan tashkilot - BRICS’ga yangi yildan O‘zbekiston ham hamkor bo‘lmoqda. Buni esa Toshkent emas, Putinning yordamchisi, Kreml vakili e’lon qildi. Hamkorlik Respublikaning JSTga a’zoligini yana cho‘zib yuborishi mumkin.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

27 Dec, 12:41


O‘zbekistonda AES qurilishi: umid va xavotirlar

O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida atom elektr stansiyasi qurilishi mumkinligi haqida ilk xabarlar 2017-2018-yillarda paydo bo‘lgan va o‘shanda bu xabarlar hali unchalik jiddiy, ishonchli emasdek taassurot qoldirgan edi. Lekin oradan 6-7 yil vaqt o‘tib, 2024-yilda bu xabarlar ikki tomonlama imzolangan qator hujjatlar orqali reallikka aylandi. Nafaqat reallikka aylandi, balki, ushbu kelishuvlar asosida bugun Jizzax viloyatida kichik quvvatli AES qurilishi ishlari boshlab yuborilgan.

Ammo qator tahlilchilar O‘zbekistonda AES qurilishi va bo‘lib ham loyihaning tanlovsiz Rossiyaga berilganidan xavotir bildirib keladi. Unga ko‘ra, AES qurilgan taqdirda ham ishlar keng jamoatchilik bilan maslahatlashilgan holda, demokratik va shaffof tarzda amalga oshirilishi lozim.

“Vatandosh” intellektual klubining navbatdagi soni odamlarning AES qurilishi borasidagi savol va tushunmovchiliklari, hukumatning bu borada jamoatchilik bilan yetarli bo‘lmayotgan muloqotlaridan kelib chiqqan holda AES qurilishi masalalariga bag‘ishlandi. Quyida soha mutaxasisslari, hukumat vakillari va jamoatchilik faollarining qizg‘in bahs-munozaralari asosida o‘tgan yig‘ilishni tomosha qilishingiz mumkin.

📹👉https://youtu.be/pfEGPkoJG14

@haqiqatdaIlyos

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

22 Dec, 09:53


Xalqaro savdo!*

*yanada ochiqroq savdo rejimi bo'lganida edi, mahsulot turlarining shu qadar serobligi nafaqat Korzinka peshtaxtalarida balki boshqa kichikroq do'konlarda ham bo'lgan bo'lar edi!

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

21 Dec, 07:06


- Lekin afsus bu yerda hukumatning o'zinigina istagi emas, Rossiya tomonidan ham bosim bo'lyapti.

- Juda ham ko'p ma'lumotlar ochiqlanmayapti.

- Hozir Rossiya taklif qilayotgan 'kichik' AES lar yetarli elektr energiyasi bilan ham ta'minlab bera olmaydi. Uning ustiga uranni yo'qotish xarajatlari juda ham qimmat.

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

21 Dec, 07:02


"O'zbekistonda energiya xavfsizligi va atom elektr stantsiyasi masalalari" tadbiridaman.


- Tadbir mavzusiga qaysidir jihatdan isbot o'laroq, tadbir boshida svet o'chib qoldi.

Kimyo fanlari doktori Husan Tursunov:

- Atom elektr stantsiyasi xavfsizlik va atrof-muhit jihatdan juda ham xavfli!

- Shuning uchun ko'pgina davlatlar ulardan voz kechyapti. Mana yaqinda Germaniya yaxshigina ishlab turgan AES larini buzib tashladi.

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

20 Dec, 12:20


🥙"Trade is not a four letter word" kitobi xalqaro savdoning oddiy odamlar uchun naqadar foydali ekanligini juda ham kreativ usulda tushuntirib bera olgan kitoblardan biri. Masalan, kitobda amerikaliklarga juda ham tanish bo'lgan, kundalik eng ko'p iste'mol qilinadigan tako salati (taco salad)ni misol qilib oladi. Shu bilan go'yo savdoning (iste'molchilar uchun eksport yaxshi, import yomon degan narsa yo'q) foydalarini xalqchil usulda tushuntirib beradi. Sababi bu salat nafaqat eng ko'p iste'mol qilinadigan salat turi balki unga ishatiladigan masalliqlarning aksariyati import tovarlar hisoblanadi:

🥑 - 🇲🇽
🍅 - 🇲🇽🇨🇦
🥬 - 🇲🇽
🫘 - 🇲🇽🇧🇷
🌶 - 🇲🇽🇮🇳
🍋 - 🇲🇽🇧🇷
🌽 - 🇦🇷
🥩 - 🇨🇦🇦🇺🇧🇷
🧀 - 🇳🇿🇪🇺
🧅 - 🇲🇽🇮🇳
🫒 - 🇪🇸🇮🇹

Savdo bu amerikaliklarga serobchilikni taqdim etadi va shu bilan go'yo "American Dream of Abundancy" (Amerikacha serobchilik orzusi)ni taqdim etadi.

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

20 Dec, 11:43


🌍 Amerika supermarketlari qanday qilib Yelsinni va butun boshli Sovet Ittifoqini o‘zgartirganligi haqida hikoya

1989-yilda Rossiyaning bo'lajak prezidenti Boris Yelsin (1991-1999) AQSHga tashrifi chog'ida Texasdagi supermarketga tasodifan kirib qoladi. U ko‘rgan manzarasi oldida lol qoladi: supermarketda nafaqat mahsulotlarga navbatlar ko'rinmayotgan edi (Sovet Ittifoqidagi kabi), balki, iste'molchilar uchun 30,000 dan orqtiq turli xil mahsulotlar peshtaxtalarga terib qo'yilgan edi. U paytlarda Sovet Ittifoqida pishloq deyilsa faqatgina bir pishloq turi tushunilar edi, bu yerda esa pishloqlar turini sanash uchun qo'ldagi barmoqlar yetmas edi.

Keyinchalik prezident bo'lgan Yelsin bu lahza unga chuqur ta’sir qilganini tan oladi. U hatto bu hodisa o‘z xalqiga shunday farovonlikni ta’minlay olmayotgan sovet tizimiga qarshi chiqishiga turtki bo‘lganini ham aytadi. Atigi 15 oydan so‘ng, Sovet Ittifoqi parchalanib ketadi va Yelsin yangi Rossiya Federatsiyasining rahbari sifatida iqtisodiy islohotlarni qabul qilib, mamlakat bozorlarini ochadi.

Yopiq, markazlashgan rejali iqtisodiyotdan ochiqroq, bozorga asoslangan tizimga o‘tish qiyinchiliklarni ham, imkoniyatlarni ham keltirib chiqaradi. Savdo Rossiyani jahon iqtisodiyotiga bog‘lashda muhim vositaga aylanadi, odamlarga ilgari hech qachon ko‘rmagan tovarlar va xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.

Umuman olganda esa erkin savdo nafaqat iste'molchilarni ko'proq va sifatliroq mahsulot va xizmatlar bilan ta'minlaydi, balki, bizneslar uchun ham raqobat sababli rivojlanish arenasi vazifasini o'tab beradi!

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

14 Dec, 12:20


Ingliz tili endi qaysidir millatga tegishli bo'lmay qoldi. U dunyo tili hamda ilm tiliga aylanib ulgurdi.

Yoshlarimizning bu tilni chuqur o'rganib borishlari iqtisodiyotimizga ham yaxshigina foyda olib keladi: zamonaviy ilmlar olinadi, innovatsion tajribalardan xabardor bo'lib boriladi, katta korporatsiyalar O'zbekistonda o'z ofislarini ochishlariga turtki bo'ladi...

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

08 Dec, 19:01


⚖️ Endi unga 364 kun amal qilsak bo'ldi!

9-Dekabr, 2024

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

03 Dec, 06:00


Omonat yuzasidan aytib qo'yay:

Bu tadbirda men panel ishtirokchisi sifatida ishtirok etmaydigan bo'ldim.

Rejalari "qaysidir sabablar"ga ko'ra o'zgarib qolibdi.

#shuna_gaplar

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

23 Nov, 13:32


Shu paytgacha o'tilgan 15 termindan 10 tasi:

Birinchi beshlik:
1. Yo‘qotishdan qo‘rqish
[Loss Aversion]
2. Ramkaga solish ta’siri
[Framing Effect]
3. Qaytmas xarajatlar falsafasi
[Sunk Cost Fallacy]
4. Psixologik hisob-kitob
[Mental Accounting]
5. Egalik effekti
[Endowment affect]

Ikkinchi beshlik:
6. Yuqori ishonch tarafkashligi
[Overconfidence Bias]
7. Beg‘araz yordamga moyillik
[Altruism Bias]
8. Tasdiqlash tarafkashligi
[Confirmation Bias]
9. Mavjudlik tarafkashligi
[Availability Bias]
10. Status-kvo tarafkashligi
[Status-quo Bias]

⭐️Yuqoridagi so'rovnomaga ko'ra eng ko'p yoqqan mavzu

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

22 Nov, 06:12


Hozirgacha hibsga olish orderini qo‘llab-quvvatlayman deb e'lon qilgan davlatlar:
🇳🇱Niderlandiya
🇮🇪 Irlandiya
🇫🇷Fransiya
🇮🇹Italiya
🇯🇴Iordaniya
🇱🇹Litva
🇳🇴Norvegiya
🇿🇦Janubiy Afrika
🇪🇸Ispaniya
🇸🇪Shvetsiya
🇨🇭Shveytsariya
🇹🇷Turkiya
🇪🇺Yevropa Ittifoqi

Bu orderga qarshi chiqayotgan davlatlar:
🇺🇸AQSH
🇦🇷Argentina
🇭🇺Vengriya

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

21 Nov, 03:56


Ma’lumotlarni vizual taqdim etish (Data visualization) juda ham yoqadi. Buni Ma'lumotlar ilmi (Data Science) orqali o'rganib, ma'lum dasturlar orqali videodagi holatda qilinsa bo'ladi.


Videoda Amerikaliklar kunning turli soatlarida vaqtlarini qanday o'tkazishlari interaktiv holatda tasvirlab berilgan ekan. Ranglar quyidagi yumushlarni aks ettiradi:

Qizil: Bo‘sh vaqt (TV ko‘rish, muloqot)
Ko‘k: Diniy ishlar
Yashil: Ko‘ngilli ishlar
Oq: Sayohat qilish
Binafsha: Uy ishlari
Moviy-yashil: Ish (ofisda)
Sariq: Uyqu
To‘q sariq: Ovqatlanish
Och yashil: Xarid qilish
Och binafsha: Ta’lim olish
To‘q ko‘k: Shaxsiy parvarish

Magister yoki PhD ni aynan shu sohada ham qilsangiz bo'ladi. Ma'lumotlar erasida bu ilmga talab juda ham yuqori!

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

19 Nov, 08:15


Demak, ovoz berganlarning 13% yolg'on gapirayotgan bo'lyaptimi shunda?

Menimcha nima haqida gap ketayotganini bildingiz, a?

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

18 Nov, 14:28


Shoshmang, shoshmang! Bu dunyo o'zi umuman (shuncha ma'lumotlardan keyin) yashashga xavfsizmi?

Aslida istalgan narsa bo'lishi mumkin. Lekin har doim bu "istalgan narsa" bizga emas, boshqalarning boshiga tushadi. Unutmang, biz ham qachondir "boshqa" bo'lamiz!

Men ChatGPT'ga
"Vengeriyada tug'ulib, O'zbekistonga turist sifatida kelib, harakatlanayotgan mashinaga tosh qulashi natijasida vafot etishning matematik ehtimolligini hisoblab ber" deb so'radim.

Anchagina hisob kitobdan so'ng: yillik ehtimollik 0.00548% (~1 kishi har 18,250,000 kishiga) ekan. Bu deyarli "bo'lmaydigan voqea"! Ya'ni bu bo'lmaydigan voqea boshqalar uchun, lekin taqdir egasi uchun buning ehtimolligi 100%!

Bir o'ylab ko'ring.

3/3

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

18 Nov, 14:28


#misollar
🌴Odamlar akula hujumi haqidagi yangilikdan so'ng, akula hujumidan qo'rqib "sizlar cho'milaveringlar, men kakos darxtining soyasida dam olib o'tiraman" deb aytishlari aslida "xavfliroq" ekanligini bilarmikinlar? Akulaning odamga hujum qilish ehtimoli 3,7 milliondan birni tashkil etadi (juda kam ehtimollik). Akulalar butun dunyo bo‘yicha yiliga o‘rtacha 10 ta o‘limga sabab bo‘ladi. Har yili taxminan 150 kishi esa kokos yong‘oqlarining boshlariga tushishidan halok bo‘ladi.
.
🎟Lotoreya o'yinlarida yutkan bir insonni ko'rib ko'pchilik loterayada o'ynashga qaror qilaveradi. Aslida, yutkan inson bir misol bo'lsa, yutkazgan million odam ham bor misol sifatida.
.
🥇Hakamlar oldida chiqish qilinadigan musobaqalarda oxirgi navbatda chiqqan guruhning yutish ehtimoli ko'proq bo'ladi. Sababi hakamlarning xotiralarida so'ngi guruhning chiqishi yaqqol aks etib turadi.
.
🫀Matbuotda terrorizmni va uning oqibatidan o'lib ketishni juda ham vahimali qilib ko'rsatishadi. Aslida sizning yurak kasalliklaridan vafot etishingiz terror hujumdan ko'ra 50 marotaba ko'proq ehtimolligi borligini bilasizmi?

2/3

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

17 Nov, 12:38


⚽️⚽️ Superliga-2024 ramziy terma jamoasi

Afsuski, so‘nggi vaqtlarda yurtimizda ko‘plab insonlar yo‘l-transport hodisasi tufayli jabrlanmoqda. BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasiga ko‘ra, noyabrning uchinchi yakshanbasi — Butunjahon yo'l harakati qurbonlarini xotirlash kuni sifatida belgilangan.

Liga Superliga ramziy terma jamoasini ushbu tarzda e'lon qilish orqali, yo‘llarda harakatlanuvchi barchani xushyorlikka va yo‘l harakati qoidalariga qat'iy rioya qilishga chorlaydi. Mazkur rolik Gazeta.uz nashri hamda Toshkent shahar IIBB YHXB bilan hamkorlikda tayyorlandi.

2023-yilgi mavsum terma jamoasi quyidagicha e’lon qilingan edi.

♻️ Artel | 💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | 🔵 BMB | ⚫️ Apex

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

16 Nov, 10:19


KunUz'dagi eng kuchli suhbatlardan biri bo'libdi.

Eng yoqqan joyidan:
Pora stavkasining oshib ketishi, hattoki, davlat suverenitetligiga ham ta'sir qiladi. 20 million dollar(!) olayotganganlar ertaga sud va kuch ishlatar tizimlarni ham sotib oladigan darajada joriy hukumatga ham jiddiy xavf tug'diradi!

Albatta ko'rib, tafakkur qilib ko'rishni tavsiya qilaman!

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

16 Nov, 04:51


Biznesda madinyatlar turliligi hisobga olinishi kerak!

Do'konlarda shu saqichdan sotishayotgan ekan. Lekin rasmda ko'rib turganingizdek, saqichning shakli ataydan "nimagadir" o'xshatilgan. (Va bu ispan tili gapiruvchilar orasida yaxshigina muvaffaqiyatli bo'lgan ekan.)

Balki bu marketing ispan tilli madinyatlarda kuchli usul hisoblanar, lekin, bizda emas. Bizneslar madaniyat va an'analarni hurmat qilishi kerak. Aks holda, quyidagi misollar kabi ehtiyotsiz marketing katta xatolarga sabab bo'ladi:
.
Afrikada Gerber: Chaqaloq tasviri tushirilgan bolalar oziq-ovqat idishlari iste’molchilarda mahsulot tarkibida chaqaloq go‘shti bor degan o'yga olib borgan. Chunki marketologlar Afrikaning o'sha hududlarida mahsulot idishlariga o'sha mahsulotda nima bo'lsa o'shaning surati tushirilishi kerak degan oddiygina an'anani hisobga olishmagan. (Chunki Afrikaliklar hammasi ham o'qiy olishmaydi va mahsulotni nima ekanligini rasmlarga qarab aniqlab olishadi.)
.
Tarjima xatolari: Meksikada Parker ruchkalarining "Cho'ntagingizda siyoh oqib ketmaydi" degan shiori "Homiladorlikka sabab bo'ladi" deya, Xitoyda esa "Pepsi sizni hayotga qaytaradi" shiori "Pepsi ajdodlaringizni qabrdan qaytaradi" deb noto'g'ri tarjima qilib qo'yilgan ekan.

Pepsining "Yanada chanqoq bo'l" slogani to'g'ri tarjima qilingan deb o'ylaysizmi?

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

14 Nov, 13:35


Bundan roppa-rosa 5 yil oldin mana shu postni qo'ygan ekanman.

O'sha kuni milliy terma jamoamiz Saudiya bilan o'ynagan edi:
🇸🇦$253,000 vs. 🇺🇿$16,500

⚽️3:2

Mana bugun yana bir o'yin bor:
🇶🇦$671,000 vs. 🇺🇿$22,000

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

13 Nov, 04:45


G'irt ahmoqkarchilik!

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

13 Nov, 04:44


Ahmoqgarchilikning cho’qqisiga chiqdik.

Endi chet eldan kelgan avtomobil sotib olayotganlar o’z mashinasini shu yerda tekshiruvdan o’tkazishlari kerak.

Monopoliyani qo’llab-quvvatlash ham evi bilan-da…

-

Идиотизм во всей красе…

Теперь те, кто покупает импортные машины, должны проверять каждую из них их вот таким вот образом.

Ради поддержки монополии чего только не придумывают.


@trolluz

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

12 Nov, 09:13


Shu paytgacha o'tilgan 15 termindan 5 tasi:

1. Yo‘qotishdan qo‘rqish
[Loss Aversion]
2. Ramkaga solish ta’siri
[Framing Effect]
3. Qaytmas xarajatlar falsafasi
[Sunk Cost Fallacy]
4. Psixologik hisob-kitob
[Mental Accounting]
5. Egalik effekti
[Endowment affect]

🔥 Davomini kanalda kuzatib boring!

Iqtisodiy kanal
@v_turakulov

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

10 Nov, 16:13


Boshqa misollar:
.
Odamlar ko‘pincha bonuslar, mukofot pullari yoki soliq qaytarimlarini "qo'shimcha" pul sifatida ko'rib hashamatli narsalar, sayohatlar yoki shunchaki yeguliklar uchun sarflab yuboradilar. Aslida bu pullardan samarali foydalanilsa ham bo'lar edi.
.
Kimdir lotereya yoki kazinoda oz miqdorda yutganida, ularning psixologik buxgalteriya hisobi ko‘pincha buni "tekin" pul sifatida qabul qiladi. Aslida yutuqdan bir necha marotaba ko'p bo'lgan dastlabki sarmoya u kishining o'z pullari edi. Shuning uchun ular lotereya o'ynashni davom ettiraveradi.

Biznesga oid misollar:
.
Hodimlar ko‘pincha keyingi yilgi byudjetni qisqarib ketishidan xavotirlanib, yil oxirigacha ajratilgan barcha byudjetni sarflab tashlashga "majbur" bo‘lishadi, hatto ular uni tejashlari va keraksiz xarajatlardan qochishlari mumkin bo‘lsa ham. (Office supply'lar ham bunga zo'r misol bo'ladi.)
.
Startaplar mablag‘ yig‘ishi (fund raising) va uni mentalniy hisob-kitoblari bo'yicha "o‘sish xarajatlari"ga ajratib qo'yishadi. Shuning uchun ular bu yig'ilgan mablag'larni yararli darajada ehtiyotkorlik bilan ishlatmasliklari ham mumkin (chunki bu pullar maqsadli yo'naltirilgan, agarki yig'ilgan pullar yetarlidan-da ko'p bo'lsa ham)!

2/3

P.S. Uzum Market ham bu usuldan zo'r foydalanadi. Bu haqida ertaga.

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

09 Nov, 16:22


Boshqa misollar
Yoki aytaylik siz bir kitob sotib oldingiz. Ko'rdingizki kitob siz o'ylaganchalik emas ekan. O'sha sarflangan pulni oqlash uchun ham siz kitobni oxirigacha o'qishga o'zingizni majbur qilasiz. Vaholanki, noto'g'ti kitob sotib olib qo'yish bir xato qaror bo'lgan edi, endi siz vaqtingizni yomon kitobga sarflash orqali yana bir xato ish qilyapsiz!
.
Biznesda ham bu xatolar ko'p uchraydi. Qaysidir mahsulotni noldan ishlab chiqish uchun sarmoya kiritdingiz, deylik. Ko'rdingizki, mahsulotni xaridorlar siz o'ylaganchalik qabul qilishmadi. Endi siz sarflangan kuch va sarmoyadan voz kechib (vaholanki, ular sizdan allaqachon "voz kechib" bo'lishgan), yangi mahsulotning ustida ishlash o'rniga, biznesingizni yanada pastga tortib boraverasiz. Aslida o'sha muvaffaqqiyatsiz mahsulot o'rniga boshqa narsaga kuch sarflaganingizda edi, vaziyatingiz ancha yaxshilanishi mumkin bo'lar edi.

Kodakda shunday bo'lgan. Plyonkali kameralarga katta sarmoya kiritgan. Keyin esa raqamli kameralar chiqib ketgan. Oldin qilib qo'ygan xarajatlarini o'ylab (vaholanki ular qaytmas xarajatlar edi) innovatsiyaga yetarlicha sarmoya kiritmagan. Shundan so'ng o'sha afsonaviy Kodak kompaniyasi 2012-yilda o'zini bankrot deb e'lon qilgan.*

*2013-yildan shu brend ostida kichikroq biznes sifatida yana faoliyatini boshlagan.

2/2

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

09 Nov, 09:03


Tongi mutolaa!

Kitob xalqaro savdo va uning hayotimizda naqadar muhim ekanligi haqida.

📚 Trade Is Not a Four-Letter Word: How Six Everyday Products Make the Case for Trade (Fred Hochberg)

🍉
@v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

08 Nov, 12:48


Hojatxona indeksi: hojatxona narxlaridagi siz bilmagan haqiqat!
Aytilmaydigan lekin aytilishi kerak bo'lgan gaplar.

Men suhbatlarda ko'p aytaman, balki endi buni ommaviy bir indeks sifatida ham ishlatsam bo'lsa kerak.

O'zbekistonda "qora bozor" infliyatsiyasini o'lchaydigan eng yaxshi indekslardan biri bu hojatxona narxlari deb o'ylayman.

Esimda, 2018-19-yillar edi. Koreyadan ikki yil deganda uyga qaytgan edim. O'shanda ketishimda cho'ntagimda qolib ketgan 200 so'mlik pulni vodiyga ketishda hojatxonachi opaga uzatganimda "Iya, bu pul muomaladan chiqib ketgan-ku. Xizmat haqi 500 so'm bo'lgan" degan. O'zimni tarixdan qaytgan odamdek his qilganman o'shanda.

Keyin 2021-yilda vatanga butunlay qaytganimda hojatxona narxlari 1000 so'mga ko'tarilibdi. Qarang hojatxona narxlari har ikki yilda tahminan 100%ga ko'tarilyapti. Demak, bu yillik rasmiy 12-15% infliyatsiyadan ko'ra ko'proq 50% ni tashkil qilmoqda. Balki BigMac Index, Palov indeksi kabi indekslar qatorida hojatxona indeksini ham ishlatsak bo'lar?!

1/2

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

07 Nov, 12:38


🔥 Rahimov School bilan yaqindan tanishing!

🎒 Farzandingiz uchun har tomonlama mos keluvchi maktab izlayapsizmi? Ayniqsa, bunda malakali pedagoglar taʼlim berishi va farzandingiz atrofida sinfdoshlari qanday ekanligi siz uchun muhim.

🏫 U holda, hech ikkilanmay Rahimov School xususiy maktabida boʻlib oʻtadigan “Ochiq eshiklar kuni”ga tashrif buyuring va maktabimizdagi:
• Oʻqituvchilarimizning kasbiy mahoratlari;
• Darsdan tashqari qoʻshimcha mashgʻulotlar;
• Maktab muhiti va sharoitlarni;
• Demo(sinov) darslariga qatnashish boʻyicha yaqindan tanishish imkoniga ega boʻlasiz.

Baribir ming eshitgandan bir kelib ko'rganga nima yetsin! 😉

🗓 Sana: 9-noyabr, 11:00

👉 Quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting:
https://bit.ly/rs_ochiqeshiklar

📍 Maktab joylashuvi
📩 Murojaat uchun: @rahimovschool_admin

Telegram | Instagram | YouTube

Reklama

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

06 Nov, 14:36


Oldingi savdo urushida ham O‘zbekistonda inflyatsiya yaxshigina ko'tarilgan edi.

Albatta bu infliyatsiyaga Trumpnigina ayblab bo'lmaydi. Chunki bizda 2016-yillardan boshlab:

Statistik shaffoflikka ahamiyat berila boshladi: Bu davrda qtisodiy ma’lumotlar yanada ochiqroq bo‘ldi. Oldinlari ma'lumotlar o'zgartirib ko'rsatilar edi.

+
COVID-19 pandemiyasi ham bo'ldi: Karantin va global yetkazib berish tizimidagi uzilishlar asosiy mahsulotlar narxining 5-10 foizga oshishiga olib keldi, natijada O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 2020-yilda 11,1 foizga chiqib ketdi.

Mana shu ikki va boshqa sabablar bo'lsa-da, ko'p ehtimol bilan huddi shuningdek grafikni keyingi to'rt yilda ham ko'rish ehtimolimiz yuqori!

2/2

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

06 Nov, 11:29


Hali hammasidan uyalib qolamiz! Nabiralarimiz oldida uyalib qolamiz!

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

06 Nov, 08:31


Трамп АҚШ президентлигидан кетишига 1536 кун қолди.

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

06 Nov, 07:33


Trump davrida har qanday xalqaro institutlarga qiyin, ayniqsa Jahon Savdo Tashkilotiga!

Tashkilotning obro'yi oldingi safar rosmana qulagan edi. Endi o'ziga kelayotgan edi.

O'zbekiston JSTga endi a'zo bo'laman deganda tashkilot shunchaki nomigagina tashkilot bo'lib qolishi alam qiladi!

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

06 Nov, 07:31


АҚШ ва дунё учун мураккаб давр бошланмоқда

Аввалги тўртйилликда институтлар ва тийиб туриш механизмлари бардош берганди.

Бу сафар анча қийин бўлади.

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

06 Nov, 07:31


D. Tramp - prezident.

Yana. 

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

06 Nov, 05:56


Hammayoq qizillashib ketdi! 🔴

Donald Trump ikkinchi marotaba prezident bo'ladigan ko'rinadi!

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

05 Nov, 14:50


#bugungi_xabarlar

Chirchiq shahri hokimi o‘rinbosari 1 mln dollar* olgan vaqtida ushlandi

Shahrixonda ham hokim yordamchisi 9 mln. soʻm pora olgan vaqtida ushlandi

Xatirchida hokim yordamchisi oʻz xizmati uchun 10 mln soʻm pora olgan vaqtida ushlandi

Dehqonobod tumani hokimining oʻrinbosari** 5 ming dollar pora olgan vaqtida ushlandi

*🤯
** haqiqiy islohat zanjirning bir bo'g'inini isloh qilish bilan bo'lmaydi

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

27 Oct, 11:31


Ko'proq yoshlarga imkon berish kerak deb o'ylayman va shunday ham qildim...

Ovoz berdingizmi?

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

27 Oct, 10:04


Jahon Bankining davlatlardagi biznes qilish qulayligi bo'yicha yuritib borayotgan Doing Business indeksi ma'lum sabablarga ko'ra to'xtab qolgan edi. Bu indeks investorlar uchun juda ham foydali indeks sifatida tanilgan edi.

Hukumatlar, xususan O'zbekiston hukumati uchun har yili qilayotgan islohatlarini natijasini baholash uchun qulay indeks edi. O'zbekiston qo'yilgan talablarni bajarib 190 davlat ichidan 69-o'ringa chiqib olgan va eng top islohatchi davlatlar yigirmatallikka kirib olgan edi.

Jahon Banki endi Doing Business o'rniga B-Ready indeksini taqdim qilibdi. Lekin O'zbekiston hali baholanmabdi...

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

27 Oct, 05:23


Mana yaqinda Qozonda BRICS yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. G‘arbning ikkiyuzlamachiligidan charchagan dunyo endi unga o‘rinbosar o‘laroq BRICS (Brazil, Russia, India, China, South Africa) ni ko‘rayotgandek. Bu tashkilotga Turkiya, Qozog‘iston, Jazoir, Indoneziya, Misr, BAA va Saudiya kabi katta iqtisodga ega bo‘lgan davlatlarning qo‘shilishga bo‘lgan harakatlarini hisobga olsak, BRICS G7’ga muqobil tashkilot maqomiga chiqayotgandek. BRICS G‘arbga moliyaviy qaram bo‘lmaslik natijasida SWIFT o‘rniga BRICS Bridge’ni hamda Dollar va Yevro o‘rniga o‘z valyutalarini taklif qilayotgani ham bejizga emas.

Bu xavotirlimi?
Albatta, yo‘q! Monopol kuchga muqobil kuchning paydo bo‘lishi potensial jabrlanishlarni oldini oladi. Lekin bu yerdagi xavotir yangi kuchning paydo bo‘layotganida emas, balki o‘sha yangi kuchga boshqa xalqqa zulm qilayotgan davlatning bosh-qosh bo‘layotganida! Va bu holat yangi standart va normaga aylanib qolayotganida.

2/3

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

27 Oct, 05:02


#adolat #muhabbat #BRICS #Russia #Palestine
Dunyoni muhabbat qutqaradi deb aytishsa-da, aslida uni barqaror tutib turuvchi narsa adolat hisoblanadi.

Sababi siz hammaga ham muhabbat qila olmasligingiz mumkin (chunki u qalbning ishi, siz boshqara olmaysiz), lekin hammaga adolat qila olishlik qo‘lingizdan keladi (chunki u aqlning ishi, siz boshqara olasiz).

Kuzatgan bo‘lsangiz adolatsizlik sababidan dunyo ikkiga bo‘linib oldi, vaholanki, barqaror farovonlik birlikda edi. Ruslarning Ukraina yeriga bostirib kirishlari hamda u yerdagi xunrezliklariga butun dunyo qarshi chiqdi: qoralandi, sanksiyalar joriy qilindi, ijtimoiy tarmoqlarda dunyo adolat deya birlashdi...

Keyin esa xuddi shu kabi ishlar minglar chandon yomonroq va vahshiyroq darajada falastinliklarga qarshi Isroil tomonidan qilindi. O‘zini lider deb biladiganlar endi bu holatda Isroilga ruslarga qilgan munosabatlarini qilishmadi: isroilning xunrezliklari qoralanmadi, sanksiyalar joriy qilinmadi, ijtimoiy tarmoqlarda dunyo ikkiga bo‘lindi...

Adolatsizlikdan charchagan dunyo o‘ziga yangi lider qidira boshladi. 
Nadomatki, ular noilojlikdan o‘zlariga nisbatan adolatliroq (aslida adolat mutlaq bo‘ladi, nisbatan emas) deya Rossiya va Xitoyni topishdi (vaholanki, har ikkisida ham bu sifatlarda nuqson bor edi). Endi ruslarning ukrainlarga qilayotgan xunrezliklari anchagina yaxshidek ko‘rinib ketdi. Bu vaziyatda Xitoy ham (vaholanki, Xitoyda maynoriti guruhlar, xususan musulmonlarga qarshi yaxshigina xunrezliklar bor) o‘z statusini yaxshilab oldi. To‘g‘rirog‘i, "Sen yaxshi bo‘lishing shart emas, yoningdagilar yomonroq bo‘lsa sen yaxshi ko‘rinaverasan" degan gapga amal qilindi.

1/3

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

26 Oct, 12:24


#saylov #partiyalar

Demak, ertaga 27-oktabr kuni O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligi saylovlari bo‘ladi.

1. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP): Milliy farovonlikni ta’minlash uchun iqtisodiy erkinlashtirish, xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va davlat aralashuvini kamaytirishga e’tibor qaratadi.*
#fokus: iqtisodiy erkinlik, tadbirkorlik, xususiy sektorni rivojlantirish

2. "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi: O‘zbekistonning madaniy merosini asrash va milliylikni yuksaltirishga urg‘u beradi, shuningdek, konservativ iqtisodiy yondashuvni qo‘llab-quvvatlaydi.
#fokus: madaniy merosni saqlash, millatparvarlik, an’anaviy qadriyatlar

3. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP): Ta’lim, sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida ijtimoiy farovonlik islohotlarini ilgari suradi.
#fokus: ijtimoiy ta’minot, kambag‘allikni kamaytirish, davlat xizmatlari

4. "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi: Ijtimoiy adolat, shaffoflik va fuqarolar ishtirokini, ayniqsa infratuzilma va davlat sektori islohotlarida ustuvor vazifa sifatida ko'rishadi.
#fokus: ijtimoiy adolat, shaffoflik, fuqarolar huquqlari

5. Ekologik partiya: Atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanishga bag‘ishlangan bo‘lib, chiqindilarni boshqarish va iqlim o‘zgarishi kabi muammolarni hal etishga intiladi.
#fokus: atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish, ekologik tashabbuslar

*Prezident va bosh vazir shu partiyaning a'zolari hisoblanadi

Yutib chiqqan partiya Oliy Majlisda eng ko'p o'ringa ega bo'ladi va qonun qabul qilishda yuqori mavqega ega bo'ladi. Bu qanday bo'ladi: batafsil

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

26 Oct, 04:34


#qisqa
Yo'l va metro atrofidagi bino va yerlar (odatda) qimmat bo'ladi.

Endi buni kelajak zamonida o'qib ko'ring:
Yo'l va metro atrofidagi bino va yerlar (kelajakda) qimmat bo'ladi.

#yani
Masala yo'l va metrolarda emas, balki yo'l va metro kabi infratuzilmalarni boshqara olishda.

#demak
Odamlar yo'l va metro atrofidan joy sotib olish orqali biznes qiladi. Kimlardir esa oddiy joylardan choychaqaga joy sotib olib, o'sha tomonga yo'l va metro quradi. O'ylab ko'ring ikkinchisi juda ham katta foyda olib keladigan sarmoya, axir!

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

23 Oct, 18:49


Bugun iqtisodiyot fani bo'yicha Nobel mukofotini olgan 23ta olim Harrisga endorsement qilib xat yozishibdi. Ya'ni, iqtisodchilarning fikricha, Harrisning iqtisodiy dasturi Trampnikidan ko'ra kuchliroq iqtisodiy ko'rsatkichlarga, o'sishga, barqarorlikka olib keladi.

Aslida ikkala nomzodning iqtisodiy siyosat dasturini haligacha to'liq bilmaymiz. Lekin, iqtisodchilar hozirgacha ma'lum bo'lgan ishoralar orqali xulosa qilishmoqda, masalan Trampning tarif siyosati. Qo'shimcha qiladigan bo'lsam, bu iqtisodchilar Harrisdan kutilayogan siyosat mutlaqo to'g'ri, yoki mutlaqo yaxshi deyishmayapti, shunchaki Trampnikiga solishtirilmoqda.

@uzbekonomics

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

23 Oct, 06:06


Ba’zi avtokratik davlatlarda saylovlar bo‘yicha ikki xil qarash bo‘lar ekan:

- Saylovlarda qatnashaman, chunki saylovlar demokratiyaga olib boradi. Ovozim nimanidir hal qilmasa-da, lekin befarq emasligimni ko‘rsatish orqali keyingi saylovlar davomiyligi uchun hissa qo‘shaman.

- Saylovlarda qatnashmayman, chunki bu kabi saylovlar demokratiya sababidan emas, balki hukumat o‘zining legitim (qonuniy) ekanligini isbotlash uchun tashkil qilinadi. Aniq-ki, ovoz(lar)im(iz) baribir hech narsani hal qilmaydi. Demakki, bu o‘rinda ikki xil holat bo‘ladi:

Holat #1:
Saylovda hamma ishtirok etadi va shaffof bo‘lmagan (yoki teng kuchli nomzodlar ishtirok etmagan) saylovda baribir joriy hukumat yutib chiqadi. Saylovda yutib chiqdimi, demakki, bu hukumat jahon hamjamiyati oldida o‘zini oqlab oladi va o‘zini legitim deya e’lon qiladi.

Holat #2: Saylovda ko‘pchilik ishtirok etishdan bosh tortadi va shuning uchun saylov legitim deb qabul qilinmaydi (ko'p davlatlarda 50% ishtirok kuzatilsagina saylov haqqoniy deb tan olinadi). Demakki, joriy hukumatning ham legitim emasligi jahon hamjamiyati oldida oydinlashib qoladi.*

Ikkala holatda ham avtokratik hukumat hokimlikdan ketmaydi. Lekin birinchi holatda go‘yo hammasi qonuniy bo‘lgan hisoblanadi, ikkinchi holatda esa aslida holat avtokratik tizimligi aniqlashadi. Biz birinchi holatni siyosiy tizimlar mavzusida psevdodemokratiya (pseudo-democracy), ya’ni shakli demokratiya lekin asli, mohiyati avtokratiya bo‘lgan siyosiy tizim deb o‘rganamiz.


*Ikkinchi holat Bangladesh, Ukraina, Janubiy Afrika, Albaniya, Belarus kabi davlatlarda bo'lgan ekan.

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

11 Oct, 17:54


Haftalik g'oyalar almashuvimiz (brainstorming)dan ba'zi lavhalar. Tarjimonlar
- Dr. Behzod Alimov,
- Dr. Hayotbek Saydullayev,
- Dr. Bekzod Zokirov,
- Dr. Iqboljon Kosimov
- va kamina.


Ha aytganday, yuqoridagi "expected" ni 'kutilayotgan' deb tarjima qilishga qaror qildik. 'Kutilgan' deyilsa ko'proq o'tkan zamonda kutilganlik ma'nosida kelib qolar ekan.
3/3

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

11 Oct, 17:54


1000Kitob loyihasi doirasida Principles of Economics - Iqtisodiyot asoslari kitobini Ingliz tilidan O'zbek tiliga tarjima qilishni boshladik. Bu kabi iqtisodiy darslik kitob birinchi marotaba O'zbek tiliga tarjima qilinayotgani sababidan bu ish biz tarjimonlarga ham sharaf, ham ma'suliyat yukini yuklayapti.

To'g'risi iqtisodiy terminlarni O'zbek tiliga tarjima qilishda qiyinchiliklar talaygina bo'lyapti. Ba'zi tarjimalar esa O'zbek tilida umuman topilmayapti. Masalan, 'equality' va 'equity' so'zlari. Har ikkisi ham 'tenglik' deb tarjima qilinsa-da, aslida, 'equity' bu ko'proq 'adolatli tenglik' degan ma'noda keladi. Demak mana shu 'adolatli tenglik' degan terminni bir so'z bilan ifodalash mumkinmi yoki yo'q, bu ham masala.

Dr. Behzod Alimov balki 'equity' so'zini ham 'equitet' deb O'zbek tiliga kiritish kerakdir deb taklif berdilar (xuddi, 'university' - 'universitet', 'committee' - 'kommitet' kabi).

Bu fikr nima uchun o'rinli?

1/3

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

10 Oct, 04:31


Times Higher Education saytida World University Rankings 2025 e'lon qilinibdi. Britaniya va AQSh universitetlari birinchi 10 talikni band qilib ulgurgan bo'lsalarda, Xitoyning 2 universiteti va Singapur Milliy Universiteti keyingi 10 talikdan joy olgan.

Xitoyning boshqa universitetlari ham keyingi yillarda shitob bilan kuchli 100 talikka kirib kelishmoqda. Bir muncha yillardan keyin ular kuchli 10 talikka kirib olishsa ham kerak. Zotan uning ostonasi oldida turibdilar.

Rossiyaning Lomonosov universiteti esa 'haqli' ravishda 170-orinni egallab turibdi. Bu ham davlatning qay darajada ta'limga investitsiyasini bildiradi.

Yapon universitetlaridan faqatgina Tokyo va Kyoto universitetlarigina 100 talikka kira olganlar. Xatto, ozim bitirgan va bir vaqtlar kuchli 100 talik ichida bo'lgan Nagoya universiteti ham 201-250 orinlar ichiga tushib qolgan. Dunyoda raqobat juda qattiq. Siz qaysi universitetda kelajakda o'qimoqchisiz?

https://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings/latest/world-ranking#

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

08 Oct, 05:00


IMF missiyasi O'zbekiston iqtisodi bo'yicha rasmiy bayonatidan ba'zi muhim joylarini sizlar bilan baham ko'rmoqchiman:

#Makroiqtisodiyot
- Kishi boshiga YIM 2024-yilda vanihoyat 3000$ dan oshishi kutilyapti
- YIMning o'sishi 2024-2025 yillarda 5.5% atrofida bo'ladi lekin dunyo energiya bozoridagi va O'zbekistondagi energiya islohati sababli sezilarli darajada infliyatsiya bo'lishi aytilyapti.

#Fiskal_siyosat
- Budjet taqchilligini oldini olish maqsadida soliq bo'yicha berilayotgan imtiyozlarni qayta ko'rib chiqish kerak.
- QQS va boshqa soliqlarni yig'ish mexanizmlarini yanada takomillashtirish lozim. (Aks holda, bu hukumatni budjetni to'ldirish maqsadida soliq yukuni oshirishga rag'batlantirib qo'yishi mumkin.)
- Energiya subsidiyalari keskin kamaytirilishi kerak

#Monetar_siyosat
- Infliyatsiya bosimini va target qilingan 5% ni saqlab turish uchun qisqartirilgan pul-kredit siyosatini olib borish kerak

#Strukturaviy_o'zgarish
- Xususiylashtirishni jadallashtirish va xususiy hamda davlat korxonalari o'rtasidagi raqobatni kuchaytirish lozim (buning uchun davlat aralashuvni kamaytirish kerak bo'ladi).

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

05 Oct, 14:40


AI dan endi qo'rqsak ham bo'ladi, lekin baribir rivojlanish 'creative destruction' – 'bunyodkor buzg'unchilik'* bilan bo'lishini ham tan olishimiz kerak.


Ya'ni sun'iy aqlni endi to'xtatib bo'lmaydi, faqat uni Daron Ajamoglu kabi olimlar aytganlaridek daromad tengsizligiga salbiy ta'sir qilmaydigan tomonga yo'naltirish kerak, xolos.

#xullas
Quyidagi podkastni bir eshitib ko'ring va "rostan ham bu 100% sun'iy aqlmi... Gapirayotgan qiz va yigit ham, a?" degan savol hayolingizda yangrashiga tayyor turing.

Podkast Ziyo.Uz onlayn kutubxonasi asoschisi Davronbek Tojialiev va kaminda haqida bir akamiz tomonidan tayyorlanibdi.

Shunchaki mana shu ikki inson haqida podkast tayyorlab ber deb buyuruqlar berilgan, xolos.

Qanday qilish: link

Qisqasi xavf AI'ni o'zida emas, balki hali ham(?) AI'dan foydalanmayotgan yokida uni biznesga integratsiya qilmayotgan sizda!

*ikki antonim so'zlardan tashkil topgan bu atama innovatsiyalar eski tizimni "buzib", yangi yo'nalishlarni "bunyod" qiladi degan ma'noni beradi.

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

30 Sep, 16:24


Toshkent davlat agrar universiteti hududida yong‘in videosi

👉 @kunonline

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

30 Sep, 16:24


Bu juda ham katta yo'qotish!

O'qituvchilar kuniga juda ham yomon xabar!

Ishqilib, talabalar bazasi online (cloud) xotirada saqlangan bo'lsin!

Barcha ustozlar va talabalarga sabr va bardamlik tilayman! 👇