Shaha Dolimov @shahadolimov Channel on Telegram

Shaha Dolimov

@shahadolimov


Shaxsiy fikr va mulohazalarimni ulashib borish uchun ochilgan kanal.
Hamkorlik va reklama: @nurullox_77

Shaha Dolimov (Uzbek)

Shaha Dolimov kanali - bu o'zingizning shaxsiy fikrlaringizni va mulohazalarini ulashishingiz uchun ochilgan eng yangi Telegram kanali. Bu yerda siz o'z fikrlaringizni ko'rsating va ulashing, boshqalar bilan ulashing va o'zingizning dunyoqarashlarizni o'rtacha bilimlarni o'z aholisiga ko'rsatishingiz mumkin. Shaha Dolimov kanalida sizning fikrlaringizga qarashli boshqa fikrlar bilan tanishtirishingiz va o'z so'zingizni ko'rsatishingiz mumkin. Agar siz o'zingizning fikrlaringizni ko'rsatish va ulashishni istasangiz, Shaha Dolimov kanali siz uchun eng yaxshi joy. Kanalda birgalikda do'stlaringiz bilan birgalikda amaliy vaqtlarning keyfini chiqaring. Hamkorlik va reklama uchun @nurullox_77 ga murojaat qiling. Sizni Shaha Dolimov kanalida kutib olishimizdan mamnun bo'lamiz!

Shaha Dolimov

20 Oct, 05:10


Matoh!

"Matoh"ini ko'z-ko'z qiladigan odamda ichki hotirjamlik yo'q. U haliyam tashqaridan boshqalar uni "tan olishini" kutayotgan yosh bolaga o'xshaydi.

Yangi olgan uyimni yoki mashinamni ko'rsatsam, va nihoyat odamlar meni "qabul qilishadi" deb o'ylashadi.

"Matohlar" maqsad emas jarayonni bir bo'lagi bo'lishi kerak.

Narsalaringizni ko'z-ko'z qilib, o'zingizdan kuchsizlarnigina "lol" qoldirasiz.

Sizdan kuchlilarni narsalari yetarli va ularga buni isbotlashingiz ham shart emas.

O'zingizdan kuchli shaxslar ishonchini, qo'pol qilib aytganda "farosatingiz" bilan qozonasiz.

Tanlov o'zingizda.

#xulosalar

@shahadolimov

Shaha Dolimov

25 Sep, 04:26


Ikki xislat!

To'g'ri kitobni muqovasiga qarab xulosa qilib bo'lmaydi.

Lekin...

Erkak kishining avtomobilini ichki ko'rinishiga va tanasini tashqi ko'rinishiga (kiyim nazarda tutilmagan) qarab ko'p narsani xulosa qilish mumkin.

Nega unday?

Chunki biri A dan B ga olib borib uzog'ini yaqin qilsa, ikkinchisi esa omonat topshirilgan bo'ladi.

Ikkisini qadriga yetmayotgan odam haqida (ayniqsa ikkinchisini) ko'p xulosalar qilishingiz mumkin.

#xulosalar

@shahadolimov

Shaha Dolimov

13 Sep, 09:46


Oddiylikdagi go’zallik!

Ko'zi ojiz insondan, "bugun senga ko'rish imkoniyati berilganda nima qilar eding?" deb so'rasangiz, "mazza qilib kino ko'rardim" deb emas, "tabiat bag'riga chiqib daraxt va osmonni to'yib tomosha qilardim" deydi

Oyog'i yo'q insondan, "bugun senga oyoqlar berilsa nima qilarding?" deb so'rasangiz, "yugurish uchun ilova qidirar edim" deb emas, "tashqariga chiqib mazza qilib yugurardim" deb javob beradi.

Sizda bor lekin oddiy tuyuladigan narsalar, har kuni yuz minglab insonlarga orzu.

Sizga ham orzu bo'lib qolmasdan, borida mazza qilib undan foydalaning va qadriga yeting.

Bu degani ertadan-kechgacha harakat qiling demoqchi emasman. Ba'zida hammamizni dangasalik tutadi. Lekin vaqti-vaqti bilan sizdagi bor narsalar boshqalarga butun umrlik orzu ekanligini eslab turing.

Oddiy narsalardan huzr tompayotgan odam, matoh sotib olib hech qachon huzr topmaydi.

#xulosalar

@shahadolimov

Shaha Dolimov

12 Sep, 02:55


Loyiqmisiz?

Muzqaymoqni paqqos tushirib, "shuni bekor yedimda, endi vaznimga ta'sir qiladi" kabi gaplarni vati-vaqti bilan o'zimizga gapirish holatlari bo'ladi.

Zarar ekanligini bilamiz lekin afsusini qilib bo'lganimzdan keyin sezamiz.

Afsuslarni kamaytirish yo'li bor!

Masalan: bugun do'stingiz tavsiya qilgan filmni ko'rmoqchisiz. Film ko'rishingiz uchun, unga loyiq biror foydali ish qilgan bo'lishingiz kerak. 5 km yugurish yoki idish-tovoqlarni yuvib qo'yish yoki telegram kanalingizga post yozib qo'yish.

Shu kabi sinovlarni o'zigizga qo'yib olsangiz, film tugagandan keyin "bekorga shunga vaqtimni ketkazdim, uni o'rniga biror foydali ish qilsam bo'lardi" degan gaplar ancha kamayadi.

Sinovlar qancha qiyin bo'lsa, kalibr'ingiz kattalashayotgan bo'ladi.

Mana shunga shaxsiy ma'suliyat deyishadi. Ya'ni hech kim ko'rmayotgan paytda ham o'zingizni bir ishga loyiq yoki loyiq emas ko'rishingiz.

Esingizdan chiqmasin, eng muhimi birovlarni siz haqingizdagi fikri emas, o'zingizni siz haqingizdagi fikringiz.

#xulosalar

@shahadolimov

Shaha Dolimov

08 Sep, 02:01


Gapirmasdan gapirish!

Tasavvur qiling sizni katta sahnaga so'zga chaqirishdi.

Qo'lingizdagi mikrofon bilan to sahna markaziga borguningizga qadar, tomoshabin sizni jim kuzatib turadi.

Va bu payt davomida, og'zingizdan avval sizni tashqi ko'rinishingiz gapiradi.

Tomoshabin shunga qarab sizni eshitish kerak yoki kerak emasligi haqidagi qarorni qabul qiladi.

Egningizdagi kiyim sizga qanchalik yarashib turganidan (ya'ni qomatingiz) to yuzingizdagi tabassumgacha.

Ya'ni inson gapirmasdan gapirishi mumkin.

Manashu ilk taasurotni berishdi sizdagi AURAni o'rni judayam katta.

Shu mavzu bo'yicha kanalimga yangi video joyladim.

Ushbu videoda siz:

- AURA nima?
- Qanday qilib kuchli AURA egasi bo'lish mumkin?
- AURAga ta'sir qiluvchi 7 omil

va boshqa qiziqarli ma'lumotlar haqida bilib olasiz.

Videoni ko'rish uchun👇
📹Kuchli auraga ega bo'lish uchun bu videoni ko'ring!

#youtube

@shahadolimov

Shaha Dolimov

05 Sep, 06:02


Raqamlar haqiqatni gapiradi!

Ortiqcha vaznni yo'qotishga qo'yilgan eng samarali qadam parhez yoki badantaribaydan ko'ra, inson oynadagi o'z aksiga tik qarab ortiqcha vazni borligini tan ola bilishdir.

Xuddi shunday, moliyaviy holatni yaxshilashga qo'yilgan eng birinchi qadam har tongda bank raqamingizga qarab, holatingizni to'g'ri baho bera olishingizdir.

Universitetda o'qib yurgan paytlarim, "sonlar meni sohamda (marketing) kerak emas. Kreativ bo'lishni o'zi yetarli" degan gaplarni o'zimga aytib, moliya, buxgalteriya, statistika kabi fanlarni olishdan qochganman.

Hozir esa sonlar bilan do'stlashish nafaqat ma'lum bir sohada o'sish, balki hayotdagi qiladigan katta-kichik qarorlarga ham ta'sir qilishini tushundim.

Qo'lingizdagi telefondan tortib yashayotgan uyingizgacha sonlar va ularni to'g'ri yig'indisidan tashkil topgan.

Yaqinda Millat Umidi Universiteti asoschisi ustoz Umid akani bergan intervyusida "Hisob-kitobni bilgan odam biznesni tilini bilgan odam hisoblanadi va shuning uchun universitetdagi talabalarimizni sonlar bilan do'st qilishga harakat qilamiz" degan gaplarini eshitib qoldim.

Har qanday ta'lim dargohi, o'quvchilarni sonlar bilan yaqinlashtirishi shart deb o'ylayman.

Chunki sonlar aniq va sovuq. Unga tik qaray olsangizgina sizda o'zgarish bo'ladi.

Qochish o'rniga do'stlashing. Sizga kech bo'lgan bo'lsa, farzandlaringizni do'stlashtiring.

Afsuslanmaysiz!

#xulosalar

@shahadolimov

Shaha Dolimov

02 Sep, 09:17


Ikki xil inson bor!

Biri avtoturargohdagi eng birinchi ko'rgan bo'sh joyga avtomobilini qo'yadi.

Boshqasi esa asosiy kirish yaqinidan joy qidiradi.

Ikkinchisiga o'xshab fikrlaydiganlar talaygina bo'lgani uchun, u yerda deyarli joy bo'lmaydi.

Joy topa olmaganidan keyin, sal uzoqroqda ko'rgan joyiga qaytib borsa, birinchi shaxsga o'xshagan kimdir band qilib qo'ygan bo'ladi.

Bu xuddi qulay va mukammal imkoniyat poylashga o'xshaydi.

Ba'zi odamlar bor, oyog'ini tagidan chiqqan har qanday ishni imkoniyat sifatida qilib ko'radi.

Ba'zilar esa, o'ziga ma'qul va qulay vaqtni poylab turishadi.

O'zi umrimizni 26 yili uxlashga, 11 yili ekranga, 4 yili ovqatlanishga ketsa, sizni bir ish qilishga qulay vaqt poylashingiz o'zingizga zarardan boshqa narsa emas.

#xulosalar

@shahadolimov

Shaha Dolimov

22 Aug, 03:00


Vaqt xiyonati!

Men belgilayotgan uchrashuvlarga odamlar ko‘p marotaba kechga qolishayotgan bo‘lsa, faqatgina ularni emas, balki o‘zimni ham ayblashni boshladim.

Ularni oldida muhimliklik darajam past bo‘lgani uchun menga nisbatan shunday munosabat qilishyapti.

Chunki xuddi o‘sha insonlar birorta amaldor yoki obro‘li inson bilan uchrashuvga bunday layoqatsizlik qilishmagan bo‘lar edi.

Demak ayb menda ham bor...

Odatda bundaylardan yaxshi hamkor yoki sherik chiqmaydi.

Birovni vaqtini hurmat qilmaydigan odam, o‘zini vaqtini ikki barobar hurmat qilmaydi. Natijada ishni ham vaqtida bajarmaydi va bergan va’dasini ustidan ham chiqmaydi.

Vaqtga xiyonat ketidan xiyonat qilib yuraveradi.

#xulosalar

@shahadolimov

Shaha Dolimov

19 Aug, 12:30


Niyatga ko'p narsa bog'liq deymiz. Aslida shundaymi?

Pora olayotgan amaldor ham farzandlarim yaxshi joyda o'qisin deb niyat qilgandi.

Ichkilikka mukkasidan ketib qolgan odam ham tashvishlardan ozgina chalg'ishni niyat qilgandi.

Soatlab ijtimoiy tarmoqlarda birovlarni hayotini kuzatayotganlar ham, bir kun kelib o'zini hayoti yaxshilanishini niyat qilgandi.

Qimorda pulini yutqazib qo'ygan ham boyib ketishni niyat qilgandi.

Yo'q do'stim. Faqatgina niyatga emas amalga ham ko'p narsa bog'liq.

Niyat qilish oson, unga yarasha amal qilish eng qiyini.

#xulosalar

@shahadolimov

Shaha Dolimov

17 Aug, 04:33


Sodda qiling!

Zamonaviy kasblarni bir muammosi bor. Ularni hamma ham tushunavermaydi.

Taksidagi amaki "o'g'lim nima ish qilasan?" deb so'rasa, "merketologman" deyish o'rniga "reklama bilan shug'ullanamiz", "IT mutaxassisman" deyish o'rniga "kompyuter bilan shug'ullanamiz" deb qo'ya qolamiz.

O'zimiz shunday qilamiz-da, keyin bizni "reklamachi" yoki "kompyuterchi" deyishsa xafa bo'lamiz.

To'g'ri bu kasblarni ba'zi sohalar (o'qituvchilik, shifokorlik, quruvchilik) kabi hamma ham tushunmasligi mumkin lekin bu degani kasbingizni boshqacha qilib tushuntirish kerak degani emas.

Aksariyat narsalarni soddalashtirish mumkin bo'lganidek, kasbga tavsifniyam soddalashtirsak bo'ladi.

Yaqinda yozgan postimda marketing nima ekanini yosh bolaga tushuntirishga harakat qildim.

Ha yosh bolaga. Chunki yosh bolaga nima qilishimni tushuntira olsam demak buvimga ham anavi taksidagi amakiga ham tushuntira olaman.

Endi sizga vazifa!

Tasavvur qiling 10 yoshli jiyaningiz kelib kasbingizni ta'riflab berishingiz so'radi.

Nima deb javob bergan bo'lardingiz?

#xulosalar

@shahadolimov

Shaha Dolimov

10 Aug, 15:32


Orzu qiling!

Orzularingizni amalga oshirish uchun hunar tanlang

Tanlagan hunaringiz bo’yicha ilm o’rganing

O’rgangan ilmingizni biror korxonada qo’llab, tajriba orttiring

Orttirgan tajribangiz yetarli bo’lsa, boshqalarga maslahat bering

Maslahatingizdan baraka topishsa, sohangiz bo’yicha tadbirkorlik qiling

Tadbirkorlik o’xshasa, ilmingizni ulashing

Ulashgan ilmingiz, boshqalarni orzu qilishga undasin

Shu mavzu bo'yicha YouTube kanalimga yangi video joyladim.

Ushbu videoda siz:

- universitetgacha qilishingiz kerak bo'lgan muhim qarorlar
- ekspertlikka 4 qadam
- kasb tanlay olmay yurgan do'stlarimizga kasb tavsiya

va boshqa qiziqarli ma'lumotlar haqida bilib olasiz.

Videoni ko'rish uchun👇
📹 O'zingizga mos kasbni qanday topish mumkin?

#youtube

@shahadolimov

Shaha Dolimov

09 Aug, 12:58


Ustozlarni faqat nazariy bilimlar berib, tadbirkorlik qilmaganlikda ayblashni bas qiling!

Tishingizni og'riqsiz olib tashlash uchun, doktorlar minglab bemorlarga azob berishga majbur bo'lgan.

Natijada tishni og'ritmasdan olish nazariyasi yuzaga kelgan.

Nazariya bu bir necha o'n/yuz/ming/million amaliyotlardan olingan xulosadir.

Ustozlar amaliyotlardan olingan xulosalarni o'rgatishadi.

To'g'ri, sohasi bo’yicha tadbirkorlik qilmasligi mumkin, lekin o'quvchilari amaliy ishlar qilishi uchun zamin yaratadi.

O'rganilgan nazariyalar ustida amaliyotlar qilinadi, natijada yangicha nazariya shakllanadi.

Uni o'rgatish uchun ham ustozlar kerak.

Chunki bir ishni yuqori darajada bajarish bilan uni boshqalarga o'rgatish o'rtasida katta farq bor.

Odatda zo'r futbolchilardan zo'r murabbiy chiqmaydi.

Lekin futbolchi sifatida omadi yurishmagan kuchli murabbiylar talaygina.

Nazariya amaliyotsiz bo'lmagandek, amaliyot ham nazariyasiz bo'lmaydi.

Kuchli mutaxassis bo'lmoqchimiz, avval nazariyadan boshlang.

#xulosalar

@shahadolimov

Shaha Dolimov

04 Aug, 04:11


Eng pastiga rozi bo'lib nimani isbotlamoqchisiz?

Imtixonlari qiyin universitetga kirishni eplay olmasdan, "pulingiz bo'lsa bo'ldi, kelavering!" deyidigan universitetga borib nima qilasiz?

O'sha "universitetlarga" borib huddi o'zingizga o'xshaganlar bilan o'qimoqchimisiz?

Hozirdan o'qishga uyaladigan joyingizdan, keyinchalik ham uyalasizku.

O'zingizni bunday haqoratlagandan, 1 yil "o'zingizni topish tanaffusi" qilsangiz yaxshi emasmi?

Sizni qadringiz diplomingiz bilan o'lchanmaydiku ahir.

"Kuyov universitetda o'qimaganmi?" degan zamondan o'tdik.

Hozir informatsiya davri. Informatsiya esa TEKINga yoki OZGINA pul evaziga internetda to'lib yotibdi.

"Pulingiz bo'lsa bo'ldi"ga o'xshagan universitetga beradigan pulingizni yarimini, 6 oy ingliz tili o'rganishga va 6 oy o'zingiz qiziqqan sohani o'rganishga sarflasangiz, o'sha universitetdagilarni 99%dan o'tib ketgan bo'lasiz.

Imtixonlari qiyin va hammani ham qabul qilavermaydigan universitetga borsangiz, HECH bo'lmaganda tanish-bilish orttirasiz.

Lekin "ilojsizlik"dan borgan joyingizga esa, o'zingizdek "ilojsizlar" bilan tanishasiz.

@shahadolimov

Shaha Dolimov

28 Jul, 14:12


🗝Hammasi xato!

Hozir sizdan “agar hammasini boshidan boshlash imkoni bo’lganda, nimani o’zgartirgan bo’lar edingiz?” deb so’rashsa, siz “ko’p narsani” deyishingiz aniq.

Lekin siz o’sha paytdagi holatingizda eng to’g’ri yechim bo’lib ko’ringanini qilgansiz.

Shunday ekan…

Bizni qarorlarimizni barchasi xato.

Biz xatolar orasida eng to’g’ri bo’lib ko’ringanini qabul qilamiz, tamom.

#xulosalar

@shahadolimov

Shaha Dolimov

21 Jul, 10:45


Kiyimlar haqiqatimizni gapiradi!

Torayib qolgan kiyimlar intizomsizligimizdan gapiradi.

Qorayib qolgan kiyimlar tartibsizligimizdan gapiradi.

Teshilib qolgan kiyimlar e’tiborsizligimizdan gapiradi.

Terlab ketgan kiyimlar kuchli harakatimizdan gapiradi.

Katta logo tushirilgan kiyimlar e’tibor talabligimizdan gapiradi.

Ha do'stim, kiyimlar gapiradi va ko'proq haqiqatimizni gapiradi.

#xulosalar

@shahadolimov

Shaha Dolimov

19 Jul, 18:39


Erkak kishini yaxshi ko’rishingiz kerak emas. U bu dunyoga yaxshi ko’rilish uchun kelmagan.

Uni vazifasi bor.

Oilasi va jamiyat oldidagi majburiyatlarini ma’suliyat bilan bajarishi.

U bu majburiyatlarini bajarish uchun tashqarida huddi o’ziga o’xshagan yoki undanda kuchli erkaklar bilan raqobatda bo’ladi.

Doimiy raqobat uni charchatadi.

Charchagan paytda unga shovqin emas tinchlik kerak.

Mana nima uchun erkak kishi shovqinni emas tinchlikni yaxshi ko’radi.

U tinchlik bor joyga doim intiladi chunki tinchlikda qayta kuchlanib olib yana “hayot jangida” davom eta oladi.

#xulosalar

@shahadolimov

Shaha Dolimov

18 Jul, 12:31


99% odamdan o'tib ketish formulasi

Bir ishni boshlay olmasligimizga eng katta sabablarda biri, o'sha narsa haqida haddan ziyod ko'p o'rganib yuborishimizdir.

Har bir narsani me'yori bo'lganidek, ilm olishniyam me'yori bor.

Ko'pchilik hali boshlab ko'rmagan ishi ustida 10 ta kitob o'qiydi, 40 ta podcast eshitadi, va 17 ta video ko'radi. Oradan 4 oy o'tib "Biznes boshladingmi?" deb so'rasangiz, "Yo'q yaxshilab o'rganib olay" deb javob beradi.

Yaqinda yozgan postlarimdan birida "eng xavfli odam bu - ambitsiyali dangasa odam" degan edim.

"Ambitsiyali dangasa" bo'lib qolmaslikni yagona yechimlaridan biri bu avval boshlab keyin o'rganishdir.

Shu mavzu bo'yicha kanalimga yangi video joyladim.

Ushbu videoda siz:

- bir ishni boshlay olmasligimizga asosiy sabablar
- Hayotiy misollar
- Avval boshlab keyin o'rganish formulasi

va boshqa qiziqarli ma'lumotlar haqida bilib olasiz.

Videoni ko'rish uchun👇
📹99% odamdan o'tib ketish formulasi

#youtube

@shahadolimov

Shaha Dolimov

17 Jul, 09:20


📖Bugun sizlar bilan Noah Kagan tomonidan yozilgan "Million Dollarlik Dam Olish Kuni" kitobi haqida gaplashamiz.

Muallif haqida: Noah Kagan amerikalik tadbirkor va ko'pchilikka mashxur AppSumo kompaniyasi asoschisi. O'z kompaniyasiga asos solishdan avval u Metaning (oldingi Facebook) 30-hodimi va Mint'ning 4-hodimi bo'lgan. YouTube kanali orqali, endi boshlayotgan tadbirkorlarga, foydali va qiziqarli maslahatlar berib keladi.

Kitob haqida qisqacha: Hozirgacha tadbirkorlik haqida o’qigan eng amaliy kitobingiz shu bo’lishi mumkin. Muallif, berayotgan maslahatlar nima ekanligidan tashqari, har bir maslahatni qanday qilish kerakligiga alohida misollar bilan to’xtalib o’tgan. Kitob 3 ta katta bo’limlarga bo’lingan. 1. Boshla 2. Qur 3. O’stir. Boshla bo’limini tugatib keyingi bo’limga o’tishdan avval, o’ylab yurgan g’oyangizni boshlab ko’rish tavsiya etiladi. Bu haqida bir necha oy oldin yozma post ham chiqargan edim.

Kitob kimlar uchun:
- Tadbirkorlikka ilk qadamini qo’ymoqchi bo’lganlar
- Tadbirkorlikni boshlab, biznesini to’g’ri qurishni bilmayotganlar
- Tadbirkorligini o’stirishni yangicha yo’lini qidirib yurganlar

Kitobdan olgan top 3 xulosam:
1. Ko’pchilik birinchi $ ni topmasdan $million topish haqida o’ylashadi. Bu huddi hali fitness klubga chiqib ko’rmagan odam, Arnold Shvarzneger’ga o’xshamoqchi bo’lishdek gap.
2. Tadbirkorlik avval boshlab keyin o’rganilsa qiziq. Nafaqat tadbirkorlik, bu maslahat hayotni deyarli hamma jabhalariga to’g’ri keladi.
3. Mijozga g’oyalar emas yechimlar qiziq. Lekin negadir tadbirkorlar maxsulotini funksiyalari haqida gapirishni yaxshi ko’rishadi. Funksiyalarni yaxshi ko’radigan tadbirkor, mijozni emas ko’proq o’zini yaxshi ko’radi.

Muallifdan iqtibos: "Aksariyat insonlarning muammosi shundaki ular so’rashdan ko’ra umid qilishni yaxshi ko’rishadi. Biznesni oltin qoidasi bu SO’RASH"

Afsuski kitob o'zbek tiliga tarjima qilinmagan. Ingliz tilida o'qish niyatidagilar quyidagi havola orqali sotib olishingiz mumkin. Kitobni elektron, qog'oz, va audio formatlari mavjud.

(agar foydali bo'lgan bo'lsa, bu kitobni o'qishi kerak bo'lgan yaqinlaringiz bilan ulashib qo'ying)

#kitobtavsiya

@shahadolimov

Shaha Dolimov

16 Jul, 07:12


Qisqa qiling!

Bir insondan pullik konsultatsiya oldim.

Savollarimni har biriga 2-3 daqiqadan javob berdi.

1 soatga olgan konsultatsiyam 30 daqiqada tugadi.

Javoblarni qisqa va lo’ndaligi jahlimni chiqardi.

“Bu inson ham kibrga berilibdi” deb ichimda uni aybladim.

Lekin bergan maslahatlarini hammasiga amal qilib, muammolarimga yechim topdim.

Shogirdim maslahat so’rab keldi.

2 ta savoliga 1 soatdan ortiq bilganlarimni oqizmay-tomizmay, ortiqchasi bilan aytib berdim.

Maslahatimga amal qilmadi.

Ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi shogirdlarimda ham shunday bo’ldi.

“Shuncha narsani o’rgatsam ham bular amal qilmaydi” deb jahlim chiqdi.

Shu payt boshqa shogird maslahat so’rab yozdi.

So’ragan savoligagina qisqa va lo’nda javob berdim.

Uni ham jahli chiqqan bo’lsa kerak, lekin maslahatimga amal qildi.

Ba’zida savollarga ko’p javob berib yaxshilik qilyapmiz deb o’ylaymiz.

Aslida keragidan ko’pi ularni qo’rqitib qo’yar ekan.

Javoblarimni qisqartirish orqali ularniyam o’zimniyam vaqtimni tejashni boshladim.

(Ushbu post bundan ham uzun edi, eng qisqa qilganim shu bo’ldi)

#xulosalar

@shahadolimov

Shaha Dolimov

15 Jul, 09:47


Rasmdagi aktyorning asl ismi Sung Kang.

Ko’pchiligimizga “Fast and Furious” kinolari orqali Han nomi bilan tanish.

U ijro etgan aksariyat sahnalarda doim nimadir yeb turganini ko’rasiz.

Aktyorga birinchi marta ssenariy berilganda, qahramon yegulik o’rniga tamaki mahsuloti chekishi kerak bo’lgan.

Kinoni maqsadli mijozi asosan yoshlar ekanligini tushungan aktyor, tamakidan yegulikka o’zgartirishni so’raydi.

Uni bunday talabi rolidan quruq qoldirishi ham mumkin edi, lekin u o’zi to’g’ri deb o’ylagan ishni qildi.

Tamoyil deb shunga aytadi.

Insonni ham aynan u qo’ygan tamoyillar (qadriyatlarlar) go’zal qiladi.

Tamoyilga sodiqlik ko’p hollarda hoziringizga noqulaylik kelajagingizga qulaylik beradi.

#xulosalar

@shahadolimov