Vazifa berganimda qilish shart bo’lgani oldida doim ixtiyoriylari ham bo’ladi. Boshida ixtiyoriysini 90% o’quvchilar qilishmas edi.
Xohlashmaganidan emas, xohishlarini boshqarolmasliklaridan.
OTMlarga grantga kirganlar, olimpiadada natija qilganlar va 10-sinf bo’liboq to’garak o’tishni boshlaganlar 10% ichidagi o’quvchilar bo’lishgan.
Matematika bo’yicha mendagi bilimlar kitoblarda oshig’i bilan bor. Internetda ham.
Shu sababdan oxirgi yillarda fokusimni mustaqil o’rganishni o’rgatishga qaratyapman.
Buning uchun o’quvchilarda o’rganish uchun aniq missiya va yo’nalish ko’rsatib turuvchi ustoz bo’lsa bas.
O’quvchilarning aynan shu harakterlari kayfiyat, vaziyat, ustoz va muhit tanlamasdan o’rganishga undaydi.
Bunday o’quvchilar kam resursim evaziga ham yaxshi natijalar qilishadi. Ulardan ortganini fanni endi o’rganishni boshlagan o’quvchilarimga qo’shib sarflayman.
@javokhir_toshpulatov