Azimjon's Fikrlog @fikrlog Channel on Telegram

Azimjon's Fikrlog

@fikrlog


Fikrlar, Hazillar, Sayohatlar

Asosiy kanal: @lazyprogrammer

Azimjon's Fikrlog (Uzbek)

Azimjonning Fikrlog'i nn Azimjonning Fikrlog'i Telegram kanali sizga eng so'ngi fikrlar, hazillar va sayohatlar haqida ma'lumotlar beradi. Bu kanalda siz har kuni yangi va qiziqarli maqolalar o'qiy olasiz. Agar siz fikrlar sohasida yangi narsalarni o'rganishni istasangiz, Azimjonning Fikrlog'i kanali sizga yordam beradi. nn Ushbu kanal asosiy ravishda @lazyprogrammer nomli kanalda mavjud bo'lgan ma'lumotlarni tarqatadi. Bu orqali, siz o'z fikrlaringizni rivojlantirish va yangi mashhur odamlardan o'rgangan narsalarni baham ko'rish imkoniyatiga ega bo'lasiz. nn Agar siz ham fikrlar, hazillar va sayohatlar sohasida yangiliklarni bilishni istasangiz, Azimjonning Fikrlog'i kanaliga obuna bo'ling va eng so'ngi yangiliklardan xabardor bo'ling!

Azimjon's Fikrlog

05 Nov, 10:16


10 yil.

2014: Westminster litsey imtihonidan yiqildim
2016: IELTSdan 6.0 bal oldim (speaking: 5.5)
2017: Inha universitetiga 4-o'rinda kirdim
2018: Universitetdan ketdim - qimmatlik qildi
2018: Ta'limga oid startup - tajriba yetmadi
2018: Ish topdim (workly) - 3 oyda haydaldim
2019: Varshavaga o'qishga kirdim - viza kechikdi
2020: Universitetdan 2-marta ketdim, pandemiya
2021: Yandex, Bloomberg - suhbatdan yiqildim
2022: Facebook (Meta) da amaliyot o'tadim
2023: Amazonda 1 yildan so'ng, ishdan ketdim
2024: PJAIT universitetini qizil diplomga bitirdim
2024: 9-5 Googleda ishlab, 5-9gacha 42.uz da
2025: 42.uz da 10,000+ kishi tahsil olyapti

Azimjon's Fikrlog

04 Nov, 08:24


Nega Azimjon Pulatov?

Polshada J harfi Y deb o’qiladi:
Azimjon - Azimyon bo’ladi. 5 yilda kamida 5000 marta Azimyon emas, Azimjon deb o’qiladi degan bo’lsam kerak.

Ammo bu o’zgarish familiyamdan -ov (-ev) suffiksini olib tashlash bilan boshlandi.

Bunga sabab ko’p - eng asosiylaridan biri bu xorijda shunchaki familiyangizga qarab: Sen Sobiq Sovet davlatidansan deya olishi bo’ldi. Buni ortidan esa diskriminatsiya kelishi mumkin.

Google Nyu Yorkdan bir qiz "hey familiyamiz bir xil ekan" deb yozdi. Familiyasi “Pulodi” - ha o’xshash ekan dedim, keyin u - yo’q men “Pulatova”man, o’zgartirganman dedi.

Hamma familiyasi -ov/-ev bo’lgan joyda buning ahamiyati yo’q, ammo xorijda yaxshigina ajratib qo’yadi.

Hamid Olimjonni sovetchasiga “Hamid Olimjonovich Azimov” deb atasak u qanchalar O’zbek shoiri bo’lardi? Ular ijodkor bo’lishgan deysizmi?

Demak familiyamiz bizni ijod qilishimizga to’sqinlik qiladi deb aytsak bo’ladimi? Menimcha yo’q - ammo paxta terishga chaqirgan.

Azimjon's Fikrlog

04 Nov, 07:14


Ijod qildik 🎨

Natijasini instagram.com/azim_pulat da topasiz.

Azimjon's Fikrlog

02 Nov, 13:01


Qo'shiqlarda:
Kechalari yoqimli, yoqimli
Kechalari sehrli, sehrli
Kechalari orzuli, orzuli


Hayotda:
Kechalari yolg'izli, yolg'izli
Kechalari homushli, homushli...


Yechim topdim:
Ertaroq uxlash kerak!

3 kundan buyon soat 8da uxlab, 4da turishni boshladim. Yordam beryapti.

Azimjon's Fikrlog

01 Nov, 09:12


🗓️ 1-noyabr, 42.uz ta'lim platformasi tug'ilgan kuni 🎂

⚡️ Bugun jamoamiz siz bilan suhbat quradi va yangiliklar bilan bo'lishadi.

👇 Qo'shiling, 18:00da:
youtu.be/MmJWmFsbkcw

Azimjon's Fikrlog

26 Oct, 10:04


Quloqchin nima uchun kerak?
- Musiqa eshitish uchun
- Ishlayapman, menga tegma deyish uchun.

Dasturchilar kelishgan qoida.

Azimjon's Fikrlog

26 Oct, 09:49


Quloqchin:
- 4.5 yil ishlab berdim, endi ketsam bo’ladimi?

Men:
- Mana yangi yostiqchalar, yangidek bo’lding.

Azimjon's Fikrlog

25 Oct, 09:16


$1000 ga nechta kitob beradi?
Tahminan shuncha!

Texnik kitoblar qimmat.
Arziydimi? Ha - o’qisangiz.

Azimjon's Fikrlog

25 Oct, 08:53


Oylik tugadi - kitob sotib oldim.

Azimjon's Fikrlog

25 Oct, 08:36


Oyligim tushdi (76 USD).

Sentabrda “unpaid leave” olib O’zbekistonga borgandim.

Ishlamagan tishlamaydi-da.

Azimjon's Fikrlog

21 Oct, 12:03


42.uz ni boshlaganimizga 1 yil to’ldi.

5 yil haqida bilmayman ammo keyingi 3 oy uchun 3 rejamiz bilan bo’lishaman.

1. Matematika:
Dasturchilar uchun muhim bo’lgan elementar va diskret matematika, chiziqli algebra hamda statistika o’qitishni boshlaymiz.

2. Ingliz tili:
Yer usti va yer osti tirbandliklar siz uchun emas. Endi ingliz tili bo’yicha eng yaxshi repetitorlar darslarida onlayn qatnashishingiz mumkin bo’ladi.

3. Dasturlash:
Tizim dizayni, Ma’lumotlar ombori, Cloud & Kubernetes va boshqa yangi darsliklar qo’shishda davom etamiz.

Azimjon's Fikrlog

21 Oct, 11:41


Sizdan 1 yilda nimalarga erisha olasiz deb so'rasam, qilishingiz mumkin bo'lgan ishlarga aslidan ko'ra ancha ko'p baho berasiz - (overesimate qilasiz).

Ammo 5 yilda nimalarga erisha olasiz savoliga esa aslidan ko'ra ancha kam baho berasiz - (underestimate qilasiz). 10 yil haqida gapirmasa ham bo'ladi.

Chunki o'sish chiziqli emas. 1 yilda erishgan darajangizni 5 yil bilan solishtirganda 5x ga farq qilmaydi - balki 50x yaxshiroq bo'lishi mumkin. Muhimi to'xtash kerak emas.

5-6 yil ilgarigi men: youtu.be/EtnkJnA76Cw
Super Dispatchda endi junior dasturchi bo'lib ish boshlagan paytimda yozgan ekanman.

Azimjon's Fikrlog

19 Oct, 10:42


Polyaklarga yo’l ko’rsatvordim

Azimjon's Fikrlog

18 Oct, 12:46


Quvur tiqilib, suv ketmay qoldi.
Santexnik kelib, naqt pul so’radi.
Yaqindagi ATM ishlamay qoldi.
Metroda o'tirib, markazga bordim.

ATM topdim - yirtiq pul berdi.
Magazin olmadi, bankga bor dedi.
Bankga borsam, hisob och dedi.
Hisob ochishga passport yo’q edi.

Qizili o’tmay, yashil o’tarkan.
Hammasi endi ertaga qoldi.

Azimjon's Fikrlog

18 Oct, 10:25


To’y-hasham, bayram, musiqa va raqslardan ko’ra shunchaki quyosh botishini tomosha qilish mazza (men uchun).

Oxirigi marta to’yga borganimga ham 10 yil bo’p qoldi. Hatto oilam, yaqin do’stim va qarindoshlarim to’ylariga ham bormadim (vaziyat taqozosi bilan).

Bizni to’ylar afsuski isrofgarchilik, maqtanish va hashamat va shovqin ustida qurilgan. Aynan men yoqtirmaydigan narsalar.

Bu mavzuga hali yana qaytamiz.

Azimjon's Fikrlog

18 Oct, 10:02


Google’da doimo bayram.

Google ko’p millatli kompaniya, har bir millat bayramlarini kalendarga kiritsangiz, har kuni nimadir bor.

Hayitni nishonlagandik, endi Diwali, sal turib Helloween, keyin yangi yil. Martda Navruz ham nishonlanadi.

Azimjon's Fikrlog

17 Oct, 09:54


Rahmat hammaga!

UPD: 100ga yaqin inson qo’llab-quvvatladi.

Bu so’ralgan yordam pul haqida emas, balki kuch-quvvat, harajat va harakat haqiqiy manfaatli ish uchun sarflanayotganligi uchun kichik tekshiruv, test edi.

Azimjon's Fikrlog

17 Oct, 08:50


YouTube kanalimda 11,000 obunachi yig’ilibdi.

Dasturchi hikoyasi va yana ko’plab O’zbek tilida doimiy kontentlar qurish xohishi bir necha yillardan buyon bir zumga ham tark etgani yo’q.

Shu desangiz kamera olmoqchi bo’lib yuribman, Sony a7 iii deganidan. Ammo YouTube kanalim $42 da to’xtab qolgan (reklamani o’chirganman).

Ko’p so’ralgan savollar:
- Google berayotgan oylik yetmayaptimi?
- Siz Google’da ishlardiz, nima bo’ldi?

O'z hissangizni qo’shing: tirikchilik.uz/azim

Azimjon's Fikrlog

10 Oct, 14:34


Bugun ish o’rniga toqqa chiqdik.

Ishlamadik deb o’ylamayman - ish bo’yicha ko’p gaplashdik, 10 kilometrdan ortiq yuribmiz.

Świętokrzyskie Mountains, Poland

Azimjon's Fikrlog

09 Oct, 16:59


youtu.be/-264GKrTF2E

Azimjon's Fikrlog

01 Oct, 08:07


Ustoz va murabbiylar kuni bilan!

Azimjon's Fikrlog

27 Sep, 08:19


Shvetsariya dunyodagi eng boy davlatlarlardan, lekin:

- Baland binolar qurmaydi, qishloqqa o’xshaydi, siti emas.

- Velosipedda yurish urfda, gentra haqida eshitmagan.

- Ovqat kam yeyishadi. Yana yog’ni qizg’anadimi-ye?

- Havosi burunni achishtiradi. Atrof o’rmon, shaharni bo’g’ib qo’ygan.

Yana nima deyish mumkin?