Anvarov’s blog @anvarovsblog Channel on Telegram

Anvarov’s blog

@anvarovsblog


“Yonish kerak, yondirish kerak”

Hamkorlik | Reklama : @baraka_ra

Anvarov’s blog (Uzbek)

Anvarov's blog Telegram kanali sizga zamondagi eng so'nggi yangiliklarni va maqolalarni taqdim etadi. Bu kanal orqali, Anvarovning eng yangi fikrlarini, xabarlarini, va tajribalarini o'qishingiz mumkin. Anvarovning blogida siz turli sohalar bo'yicha savollar va maslahatlar topishingiz mumkin. Bu kanal orqali o'zingizga kerak bo'lgan, tajribangizni oshiradigan voqealar haqida bilib olishingiz mumkin. Agar sizga yangiliklar va maqolalar o'qish, o'rganish yo'li yoqqan bo'lsa, Anvarov's blog kanaliga a'zo bo'ling va yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling!

Anvarov’s blog

06 Jan, 15:49


Yangi yilni bir haftasi o’tmay dangasalikka ikki qo’lingizni ko’targan bo’lsangiz, bir video tavsiya qilaman, ko’ring:

https://youtu.be/RIca_MOMgrA?feature=shared

Mavzuni juda tushunarli va tartibli qilib yoritib beribdilar Mirjalol Akam:

OBUNA BO’LISH 📹

Anvarov’s blog

06 Jan, 05:08


Umrilarda hech dumi bor odam ko’rganmisizlar?

Ko’rmagan bo’lsangiz — menman o’sha, dumim bor, 1.65 metrlik. Ismi Madina😊.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

05 Jan, 16:40


Qizlar uchun ajoyib taklifim bor: MuhammadHalidni yonidaman.

5 minut videozvonokda yakkama-yakka suhbat tashkil qilib beraman.

Faqat 3ta qizga joy bor.

Xizmat narxi: 50$/daqiqasi.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

05 Jan, 14:41


Sinfdoshlar choyxonasi zo’rda. Osh berish navbati jurnaldagi tartib bo’yicha belgilanadi🤣.

Anvarov’s blog

05 Jan, 14:21


Andijonda oshni sho’rvasi bo’ladi, ko’pchilik bilmas ekan. Ko’rsatishim uchun qora oy bosing.

Anvarov’s blog

05 Jan, 14:13


Hazil-hazil bilan-u, lekin, uylangan jo’ralar to’ydan keyin rostdan choyxonaga kelmay qo’yarkan. Unaqa bo’melar qizlar😊.

Anvarov’s blog

05 Jan, 14:03


Choyxonadaman, Andijonda. Bugun sinfdoshlar bilan oshimiz bor edi. Butun binoda 20ta xona bo’lsa hammasi to’la, ko’cha lim mashinalar.

Kech bo’lganda qo’y yog’i - qo’y go’shtida osh yeyiladi, sho’rvasi bilan.

Oshdan keyin 4ta non, 4ta suv va bir necha kilo yeryong’oq bilan to yarim kechasigacha suhbat bo’ladi.

Oila, uylanish, ish, o’qish, biznes, siyosat, sayohat-u, maktab davrlari haqida miriqib gurung qilamiz.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

05 Jan, 11:27


Yangi kiyim olsang uydagilar:

•O’lchami katta ekan, bo’lmaydi
•Zo’r ekan, yanagi yilam kiyasan

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

05 Jan, 09:00


Kiymaganman demelar, yolg’on gapirib.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

04 Jan, 09:13


Biror kiyimni kapyushonkasini boshimga kiysam, o’zimni repper his qiladigan faqat menmi?

Anvarov’s blog

04 Jan, 06:09


Bu og’riqni dushmanimga ham ravo ko’rmasdim

Kecha bobomni (oyimni dadasi) ko’rgani bordim. Miriqib suhbatlashdik. Avval gapirishga kuchi yetmagan mavzularda ham suhbat qilishga jur’at qildilar.

Bundan 3 yil avval ayni shu kunda onam bilan birga borgan edik bobomni holidan xabar olgani…

Gapdan gap ochilib, onamni vafoti haqidagi xabarni qanday eshitgani haqida gapirib berdilar.

Gaplarni zo’rg’a bir-biriga ulab, dard bilan so’zlar ekan, ularni tilidan chiqayotgan har bir harf yuragini shilib o’tayotganini his qilish mumkin edi. Ota o’z qizining vafoti haqida gapirib berishi…

Bilmadim. Qo’rqdim. Juda og’ir his bo’lsa kerak bu. Hech kimga ravo ko’rmasdim.

Bobomni matonatini kuchli, umrini barakali, amallarini xayrli qilsin. Ko’p yashasinlar.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

04 Jan, 05:36


Xayrli kun guys!

Kechagi g’oliblari e’lon qilinmagan shart natijalari bo’yicha random 518, 603, 1662 raqamlarini tanladi va g’oliblar:

518

603

1662

— Tabriklaymiz va ishtirok uchun hammaga rahmat deymiz.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

03 Jan, 17:52


Mazza qildim. Hammaga rahmat. Uxlanglar endi.

Men yuqoridagi shart g’olibini topishim kerak. 6000ga yaqin kommentlar ichidan sanab chiqaman. Ertalab esa g’olibni e’lon qilaman.

Uxlamay, g’olibni qidirganimga yarasha sizlar ham kechasi bilan o’ylab chiqinglar☺️.

O’yinlar haqida taassyrotlaringizni yozsangiz, o’qiymiz)

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

03 Jan, 17:49


O’zingiz guvohi bo’lganingizdek, g’olib:

https://t.me/anvarovsblog/27432?comment=2053658

Anvarov’s blog

03 Jan, 17:47


Qorbobomiz oppoq lekn mani peshonam sho'r😕🙁

Anvarov’s blog

03 Jan, 17:46


💅🏻💅🏻

Anvarov’s blog

03 Jan, 17:46


Comentimni izlab zo‘rg‘a topdim

Anvarov’s blog

30 Dec, 18:36


🏔️ Qamchiq dovoni, 30.12

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

30 Dec, 16:01


Yangi yil uchun sovg’ani biri.

2024-yilda tushgan barcha READING testlarni Muxriddin (8,5/R9) analiz qilib beryapti.

💠 REAL-EXAM TESTS 2024
💠 REAL-EXAM TESTS 2023

Anvarov’s blog

30 Dec, 15:48


Madinga tel qilsam ko’tarmadi. Keyin qilsam “kanalim obunachilari siznikiga yetay deb qoldi. Bitta tel qilishizda ko’tarmasligim normal holat. O’ylab gaplashing” dedi ☺️😊☺️😊☺️☺️😊😊☺️😊

Anvarov’s blog

30 Dec, 15:21


Opamga link olib beray do’stlar, support qilib yuboringlar🤣🫶

Anvarov’s blog

30 Dec, 15:21


“NewMe” BEPUL KURS

— Siz 2025-yilga o’zingizni o’zgartirib, o'z loyihalaringizni ishlab chiqishni, moliyaviy mustaqillikka erishishni, blog yuritishni va chet elda o'qishni xohlaydigan yosh ambitsiyali qizmisiz?

AGAR BU SIZ bo'lsangiz, BEPUL KURSIMIZ SIZ UCHUN 🫂

📝 2 ta o'quv haftasi, 14 ta jonli dars, 7 ta challenge sizni kutmoqta

🔥Yangi yil - Yangi men

Oʻzgarish sizning qolingizda, bu imkoniyatni o'tkazib yubormang👇🏼
https://t.me/newme_qabulbot?start=5870181165

Anvarov’s blog

30 Dec, 15:00


“NewMe” BEPUL KURS

— Siz 2025-yilga o’zingizni o’zgartirib, o'z loyihalaringizni ishlab chiqishni, moliyaviy mustaqillikka erishishni, blog yuritishni va chet elda o'qishni xohlaydigan yosh ambitsiyali qizmisiz?

AGAR BU SIZ bo'lsangiz, BEPUL KURSIMIZ SIZ UCHUN 🫂

📝 2 ta o'quv haftasi, 14 ta jonli dars, 7 ta challenge sizni kutmoqta

🔥Yangi yil - Yangi men

Oʻzgarish sizning qolingizda, bu imkoniyatni o'tkazib yubormang👇🏼

LOYIHAGA QO’SHILISH
LOYIHAGA QO’SHILISH
LOYIHAGA QO’SHILISH

Anvarov’s blog

30 Dec, 14:53


10 minutdan keyin bu qizlarni katta loyihasi qabuli ochiladi va ular hozir:

Anvarov’s blog

30 Dec, 14:39


20:00 da loyihalariga start beradilar. Bitta kanalga 250 dona kvota ekan.

Qabul ochilishi bilan yopilsa kerak.

Qatnashish niyatingiz bo’lsa, 20:00da online bo’ling.

Anvarov’s blog

30 Dec, 14:24


Ixmm, “bitta qo’y nima bo’ladi?” deganlaridek…

#NewMe loyihasini eng yaxshi 10ta ishtirokchilariga mendan kitob sovg’a.

Qizlar loyihada qatnashib, foyda olib, rivojlansa biz xursand :)

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

30 Dec, 14:20


Ixmmm, “NewMe” tashkilotchilari hammasi loyiha ishtorokchilariga har xil bonuslar beraman deyapti, o’qiyapsizlarmi?

Bir tarafdan Gulasal videodarsliklar beraman desa, ikkinchi tarafdan Madina men olib kelgan dubayskiy shokolad, duxilarni sovg’a qilaman deydi, eeey)

O’zi loyiha bepul bo’lsa. Qoyil qolasan kishi.

Shu joyida shartta men ham nimadur sovg’a beraman deymi? Yangi loyihaga omad tilab?

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

30 Dec, 14:00


Madinani kanalida loyihasini guest speakerlarini ko’rdilarmi?

Qoyil. Ustozidan o’tyapti bu qizlar, loyiha tashkil qilishda.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

30 Dec, 13:44


Promokodni ishlatib, izohga tashlanglar qani, Dubayskiy shokolad bermayman)

Anvarov’s blog

30 Dec, 13:34


Ha aytgancha, “Mutolaa” ga “Asaxiy”ni 50ta bestseller kitoblari ham joylangan, Premium obuna bilan maza qilib mytolaa qilsangiz bo’ladi. Atom odatlari, Samaradorlikni 21 usuli, Bir varoqli marketing va hokazo.

Qolaversa, premium obuna bilan siz kitoblarni yuklab olib, offline eshitishingiz ham mumkin.

Bugun shunday qilib, mazza qilib tinglab ketaman.

Premium obuna bo’yicha esa alohida sovg’am bor, qora oy yig’ib turinglar, aytaman.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

30 Dec, 13:28


Yo’lda “O’gay ona”ni mutola qiling debdilar, bir hodisani aytib beray.

2021-yili ayni shu kunlarda Toshkentdan, o’qishdan uyga qaytishimda mashinada shu kitobni o’qib qaytganman. Ahmad Lutfiy Qozonchi juda mahorat bilan qalam yugurtirgani sabab, kitobni bir nafasda o’qiganman.

Keyin, ichimda: “Alloh hech kimni onasiz qoldirmasin. Onasizlarga Fotimadek insonlar uchasin” deb duo qilib, kitobni yakunlaganman. To uyga yetib borgunimcha kitobni boshlab-tugatganman.

Ne ajib bo’lsin-ki, uyga borganimdan 2 hafta o’tib onam bu dunyoni tark etganlar. O’zim ana o’sha kitobdagi asosiy qahramonni hayotiga tushib qolganman. Ajib, juda ajib.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

30 Dec, 13:23


Nechta kitob o’qidingiz bu yil?” degan savolga javob berishga uyalsangiz, kam kitob o’qigan bo’lsangiz: “bilmadim, sanamayman. Barakasi uchmasin deb” deng, suvdan quruq chiqasiz😊.

“Sinalgan usul☺️

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

30 Dec, 13:19


Hozir Andijonga yo’lga chiqib ketyapman. Bizgacha 6 soatlik yo’l. O’tgan safar uyga ketishda “Mutolaa” orqali “Galaktikada bir kun” asarini yuklab olib, uygacha tinglab ketgandim.

— Bugun yo’lda qaysi kitobni yuklab olib, tinglab ketishni tavsiya qilasizlar?

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

28 Dec, 07:01


Hamd🤍

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

28 Dec, 05:51


Aeroportdamiz, mehmonxonadan chek out qilib chiqdik.

Kecha sherigimdan rosa iltimos qilgandim, “bitta dubayskiy shokoladizi yeylik, ko’p-ku” deb.

Taqdir hazilini qarang-ki, hozir uni hamma shokoladlari mehmonxona muzlatkichida qolib ketibdi.

Siqilib o’tiribdi hozir. Meni ichimdagi xudbincha esa negadur baxtli😊.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

28 Dec, 04:39


Macbookim qayerdadur biror joyda yoki kafe/restoranda almashib qolibdi” degandim-ku, topdim uni. Hozir bir joyga kelib, alishtirib “thank u” deb mehmonxonaga qaytyapman.

Appleda xavfsizlik tizimi yuqori ekan. Telefonim va Macbookim bir-biriga ulangani sabab men telefon orqali noutbukni bemalol boshqarishim, unga signal yuborishim va uni masofadan turib bloklashim ham mumkin ekan. Qolaversa, ayni qayerda turganini ham bemalol kuzataman ekan. Qoyil.

Dubayga kelib, bir yo’qolib-topilmagan narsam qolmadi. Hamma narsamni yo’qotib qo’yib, qayta topdim. Sherigimdan boshqa😊.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

27 Dec, 12:44


Ayni yolg’iz qolib, kelajak, maqsadlar haqida xayol qiladigan joy ekan :)

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

27 Dec, 09:08


Tug’ulgan kunimga 27 kun qolganini ko’ray deb qo’limdagi soatga qarasam, menda SMART WATCH yo’qligi esimga tushib qoldi😊.

Yo’q, bu namyokmaaaaas☺️

Anvarov’s blog

27 Dec, 08:18


Yilni tahlil qilib, oxirgi gapimni aytmoqchiman:

2024 — yilda kimnidur xafa qilgan bo’lsam, iltimos, o’zingizni ustingizda ishlang, bu ishni 2025-yilda ham qaytarishga majbur qilmang😊

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

26 Dec, 08:59


Qoyil qolamanda ba’zan.

Bersang — olasan” degan qoida har kimda, har zamonda ishlaydi.

Bir ajoyib ish bo’ldi. Oq yurakcha yig’ib tursangiz aytaman.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

25 Dec, 14:39


Bugun o’sha eng kuchli adrenalinni beradigan ko’p narsalarni sinab ko’rdim.

Kamida 5-6 marta “hozir o’lib ketaman” deb kalima keltirdim. Lekin, tirikman, atraksionlari qo’rqinchli bo’lgani bilan xavfsizlik darajasi yuqori ekan.

Xulosam: hayot qisqa, turli xil emotsiyalarni his qilib ko’rish uchun ham mana shunday ishlarga qo’l urib turish kerak ekan.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

25 Dec, 05:40


Kechagi vlogdagi “O’zbeklarda pul yo’q” degan haydovchi arab bor edi-ku. O’sha bilan bog’liq holat bor yana, videoda aytilmapti.

Xullas, bu yerlarda oʻzbeklarni statusi baland emas ekan. Bunga bir qancha sabablar bor, eng katta sabab deb — qizlarimizni bu yerlarga xunuk ishlar qilishga kelishini aytish mumkin😔.

Qisqasi, o’sha arab bizni olib yurdi, kech bo’lganida mehmonxonamizga tashlab ketishi kerak edi. Keyin, mehmonxonamizni aytsak “iyaaaa, bu mehmonxona juda qimmat-ku, qanday bu yerda turibsizlar?” dedi, yana asabim buzuldi. “Turib bo’lmaydimi do’stim?” desam, “Yo’q, bu mehmonxona narxi qimmat-da, TOP hisoblanadi, ancha odam ko’tarolmaydi” degandi.

“Yur ichkarini ko’rsataman. Ichi to’la O’ZBEKLAR. Biznikilar mana shunaqa joyda dam oladilar
” desam, “mmmmm, men adashgan ekanman” deb kulib yubordi o’zi ham.

Mehmonxona aytilganidek qimmat, ammo, to’g’risi ham bu mehmonxonada o’zbeklar oz emas. Ro’paramizdagi xonada oilaviy o’zbeklar, yonimizda ham. Maza qilib dam olyapmiz ular bilan gaplashib, kulishib. Millatimiz obro’si jahon maydonlarida doimo baland bo’lsin. Hamd bo’lsin.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

25 Dec, 05:18


Kecha yaxtada qozoq yoshlari bilan tanishayotgandik, bittasi kelib “Ismim Nuur, sizniki-chi?” degandi, beixtiyor kulvoribmanda🤣.

Keyin o’zim hijolat bo’lib ketdim.

“Tanishganimdan xursandman, mushugimni adashi” deb qo’ydim.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

24 Dec, 16:28


Vlog ham bitib qolibdi. Oq yurakcha yig’ib tursangiz, ko’rvoramiz.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

24 Dec, 16:22


Ulgurdim. Hamd.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

01 Dec, 18:27


Хамма хумо аренада концертда буса ман Анваровди каналида тугридан тугри жонли каонцерт куряппан хечам афсусланмадм бормаганмга концертга 🫶🏻😊

Anvarov’s blog

01 Dec, 17:35


Random 330ni tanladi va g’olib:

https://t.me/anvarovsblog/26710?comment=1992717

Bugungi ishtirok uchun hammaga rahmat🫶

Osoyish tun!

Anvarov’s blog

01 Dec, 17:23


Tamam. 1580.

Hozir g’olibni topib kelaman.

Anvarov’s blog

01 Dec, 17:05


Tezkor oʻyin: foydali obuna!

Boya storisda e’lon qilganim aka-ukalarni kanalini maximum qoʻllab-quvvatlaymiz.

Bu o’yin sharti: https://t.me/+yJ6giu-72JtkMWFi kanaliga obuna bo’lib, yoki qo’shilish so’rovoni yuborib izohga skrinshot tashlanglar. Ishtirokchilar orasidan random orqali g’olibni aniqlaymiz.

Shart 22:22 da yakunlanadi.

Anvarov’s blog

01 Dec, 17:00


Keyingi shart: 22:05

Random o’yin.

Anvarov’s blog

01 Dec, 16:59


2-dagi odam 1-ga kitob sovg’a qiladi xullas. Yo’q desalar muammosiz, o’zim beraman🤝

Anvarov’s blog

01 Dec, 16:49


Izohga birinchi bo’lib qora oy yuborgan odamga, ikkinchi bo’lib qora oy yuborgan odam kitob hadya qiladi.

Anvarov’s blog

01 Dec, 16:48


Hozir.

Anvarov’s blog

01 Dec, 16:44


Sallani olib kel, desa, kallasi bilan olib kelasizlarda😊.

Keyingi shart: 21:48da

Anvarov’s blog

01 Dec, 16:41


Musr titib endi keldim xonamga😨

Anvarov’s blog

01 Dec, 16:41


G’olib:

https://t.me/anvarovsblog/26694?comment=1990071

Anvarov’s blog

01 Dec, 16:39


Baklajka baklajka db baqirib ketimman🤦‍♀hamma hayron yugurib borib bonkani rasmga ovotganimda u bonkaligi esimga tushdi🥲

Anvarov’s blog

01 Dec, 16:37


Axaxaxax, rostdan bor edikan. Ryukzakni cho’nchagida🤣

Anvarov’s blog

01 Dec, 16:37


Topdiiiim😊

Anvarov’s blog

01 Dec, 16:35


Men endi o’tirib, hozir baklajkani qidiraymi😊?

Anvarov’s blog

23 Nov, 09:41


O’ylab qolaman ba’zan, menga dushman kerak emas-a, axir, sizlardek obunachilarim bor😊.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

23 Nov, 09:33


Qizlar. Sevimli blogeringiz Anvarovaga aytib qo’ysangiz, 10 daqiqada tayyor bo’lishini 40 daqiqadan beri mashinada Hatikodek kutib o’tiribman 😊

Anvarov’s blog

22 Nov, 17:56


Shu kishimni blogging bo’yicha darslarini qayta-qayta ko’raman. More than teacher’deee, ko’z tegmasin 😊

Anvarov’s blog

22 Nov, 16:25


Maza qilyapman, loyihalar bilan. Endi yana o’zimni haqiqiy Anvarovdek his qilyapman. Loyihalar-u darslarni juda sog’ingandim ekan. Yetkazganiga Hamd.

Anvarov’s blog

22 Nov, 12:08


🎙️ Bugun suhbat kuni!

🌟 Bugun 19:00 da “Mutolaa” marafonida “Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi” mukofoti sohibi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va “ЦСКА” klubi hujumchisi Abbosbek Fayzullaev bilan suhbat boʻlib oʻtadi.

• Suhbatimizning yana bir mehmoni: bolalar yozuvchisi, Sa’dullo Quronov

— Roʻyxatdan oʻtish uchun:
@mutolaamarafon_bot

Anvarov’s blog

22 Nov, 06:31


“Qarshida dieta yo’q” — dadam

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

22 Nov, 05:05


Bitta qirolicha opang, malika singling bo’lsa shu, bularni hammasini vaziasidan tortib, narxlari, brendlarigacha bilaman😌

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

22 Nov, 04:55


Grim ustasi: aka, ozroq yuzizga grim qilamiz.
Men: singlim, bu yuz uyqusirayapti xolos, grim bilan ketmaydi u 🤣

Anvarov’s blog

22 Nov, 04:48


Radiodagi chiqish tugadi va undan chiqib, “Renessans minbari” ko’rsatuviga keldim.

Eng qizig’i, bugun My5’dagi yana bitta ko’rsatuvga boraman va kechka “Mutolaa” marafonida Abbosbek Fayzullaev bilan suhbatlashamiz.

Mmm, yaxshi)

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

22 Nov, 03:47


Rahmat❤️‍🔥🫶

Anvarov’s blog

22 Nov, 03:43


Choiroyli o’tirganimni skrinshot qilib beringlar :)

Anvarov’s blog

22 Nov, 03:13


🎙️Ertalabdan “Oriat Dono” dan gapiramiz.

https://www.youtube.com/live/BKXx-MPW-jQ?feature=shared

Anvarov’s blog

21 Nov, 17:52


Qarshi, 24-kuni uchrashamiz!

American Hub o’quv markazi tashabbusi bilan yakshanba kuni 1 soatlik trening tashkil qilyapmiz.

Men bir olam sovg’alar va yaxshi gaplar bilan boraman. Sizlar ham American Hubga yig’ilinglar, bir maza qilib suhbatlashamiz.

📍Manzil:
American Hub (Yandex харитада)
Қарши, Чевар, Ислом Каримов кўчаси

Келиш учун ушбу Google Formани тўлдиринг, имконни қўлдан бой берманг! 🚀

https://forms.gle/us7SJXUzKby2c86KA

Anvarov’s blog

21 Nov, 17:43


Tom Ford: manda nima ayb🗿

Anvarov’s blog

20 Nov, 17:52


Hamma ishlarni tugatib, o’rtog’ing bilan kelib, bir samovar turk choyi ustida uzoq suhbatlashishga nima yetsin?)

Anvarov’s blog

20 Nov, 15:48


“Sizni kanalingizda sodiq obunachiman, har bir postingizni qoldirmay o’qiyman, hatto izohlarni ham o’qib chiqaman”

Muhammadali Eshonqulov

*
Shunaqa dedilar, his qilinglar mas’uliyatni)

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

20 Nov, 13:03


😊 “Mutolaa”da bugun muhim kun!

🌟 Bugun 20:00 da “Mutolaa” marafonida “Yuksalish” akademiyasi va maktablari asoschisi, “Kelajak bunyodkori” medali sohibi Muhammadali Eshonqulov bilan suhbat boʻlib oʻtadi.

— Roʻyxatdan oʻtish uchun:
@mutolaamarafon_bot

Anvarov’s blog

20 Nov, 12:25


Jamoadagi xodimlarni bilim va salohiyatini tekshirish uchun imtihon😊.

Anvarov’s blog

19 Nov, 16:30


Mmm, kitobli oʻyinlarimizni ham ko’chirishiti-da😏😊

Anvarov’s blog

19 Nov, 10:00


• Hoodie
• Uy


@anvarovsblog

Anvarov’s blog

19 Nov, 07:54


Bunaqa mehr, e’tiborni uncha munchasi berolmasa kerak)

Singlim menga bunaqa komfort yaratib, bo’lajak kelnoyisiga qiyin qilib qo’yyapti🤣

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

19 Nov, 04:55


Nuurni ko’rib, hatto DADAM mushuk boqishga qiziqib, uyda shu mushukni parvarish qilishni boshlabdilar 😍

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

18 Nov, 18:02


Hammaga osoyish tun.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

18 Nov, 17:56


Sizlar ham muaxni menga o’xshab o’qidilarmi😊?

Anvarov’s blog

18 Nov, 17:56


Kanalizga qoshlganmga 1haftayam boʻmadi men szi anvarjon deb yurardm🤣 kegn chqb ketmoqchidim nmadur bolb qob ketibdi va bugun oyn orqali sekn sekn tandm va menga kanal faoliyati vashe yoqdi kanaldanda obunachilar muax ekan😂🤦‍♀

Anvarov’s blog

18 Nov, 17:52


Hammaga ishtirok va yaxshi kayfiyat uchun tashakkur, yaxshi odamlar🫶

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

15 Nov, 18:10


Ishdan charchab keldim. Yuz qo’limni yuvib chiqsam, issiq ovqatimni suzib, tayyorlab qo’yibdi.

Madinani obunachilari, bu bloggerilar nimcha yaxshi qiz😂❤️‍🔥

Anvarov’s blog

15 Nov, 12:30


🫶

Anvarov’s blog

15 Nov, 05:33


Va nihoyat, chaloldim shuni🫶

Anvarov’s blog

15 Nov, 05:18


Xullas, Bethovenni birorta yaxshi qo’shig’ini qo’yib, bir vaqtda shu videoni ko’rilar. Montaj qilishga erindim.

Anvarov’s blog

14 Nov, 18:24


Yigitlarga rahmat, takrorlanmas emotsiyalar uchun⚡️

Anvarov’s blog

14 Nov, 18:01


O’tgan kuni gaplashganimda Qatarga o’yinga boraman degandi. Endi intiqlik bilan kutaman⚡️

Kutganimizga yarasha natija ko’rsatyapfi🔥

Anvarov’s blog

14 Nov, 18:00


Abbosbeeeeek!

Anvarov’s blog

14 Nov, 17:55


Abbosbek bilan 1 haftadan keyin Mutolaa marafonida suhbatlashamiz hali)

Mazzami?)

Anvarov’s blog

14 Nov, 17:55


Abbosbeeeek⚡️

Anvarov’s blog

14 Nov, 16:52


Bu imkoniyatni qo’ldan chiqarmaslik kerak, omalekin)

Anvarov’s blog

14 Nov, 16:26


• “No-Code” nima?
• U qanday zamonaviy kasb?
• Undan qancha daromad qilsa bo’ladi?
• Kimlar uchun?


“UIC academy” kanalida mana shu hamma savollarga javob berib, online suhbat tashkil qilinadi.

Sohaga qiziqsangiz, albatta, kanalga kirib, online chatda qatnashing:
https://t.me/+6Az9e36jbOQxM2Fi
https://t.me/+6Az9e36jbOQxM2Fi
https://t.me/+6Az9e36jbOQxM2Fi

Anvarov’s blog

14 Nov, 15:45


Xullas, biror sohani o'rganishga kirishmoqchi bo'lsangiz, men ishonch bilan No-Code'ni o'rganishni tavsiya qilaman. O'tgan safar tavsiya qilganimdan keyin o'rganishni boshlab, natijaga chiqqanlarni ko'rib sizlarga yana qayta ulashishga qaror qildim🤝

Saldan keyin batafsil ma'lumot va havola yuboraman)

Anvarov’s blog

14 Nov, 15:35


👨‍💻Uning eng katta afzalligi dasturlashni bilmasdan ham loyihalar yaratish.

Bundan tashqari no code'da yaratilgan saytlar kam vaqt va resurs talab etadi. Narxi ham shunga yarasha arzonroq.

Bu degani siz mijoz topishda muammoga uchramaysiz.

Anvarov’s blog

14 Nov, 15:24


🧐 Keling, no code haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz

Kod yozmasdan dastur yoki ilova yaratish imkonini beradigan texnologiyalar ya'ni platformalar "no-code" deb ataladi.

Bu platformalar tayyor bloklar va vositalar yordamida ishlaydi, ya'ni siz kod yozmasdan, oddiygina "drag-and-drop" usuli bilan turli elementlarni joylashtirib, o'zingizga kerak veb-sayt yoki ilova yaratishingiz mumkin.

Anvarov’s blog

14 Nov, 14:55


Bularni orasida meni tavsiyam orqali “No-Code” dasturlashni o’rganishni boshlaganlar ham bor!

Natijaga chiqayotganiga, yo’lini topib, daromad qilayotganlariga men sababchi bo’lganimni o’ylab, juda xursand bo’lyapman. Masalan.

Siz no-code dasturlash nimaligini bilasizmi?

• Haaa - 🔥
• Yo’q - ❤️‍🔥


@anvarovsblog

Anvarov’s blog

14 Nov, 14:34


O’ylab qarasam, o’zimni loyihalarimdan tashqari, eng foydali tavsiyam bu — UIC academy loyihalarinu tavsiya qilish bo’lgan ekan.

Avvaliga No-Code bo’yicha dasturini e’lon qildik, ko’p obunachilarim qatnashib o’qidi, keyin esa 400.000$ lik grantni e’lon qildik, undan keyin esa targetni o’rgandi ko’pchilik.

Xullas, bugun ham bir yangilik bor. Qora oy yig’ib tursangiz aytaman)

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

14 Nov, 14:23


Shu paytgacha sizlarga tavsiya qilgan eng katta imkoniyatim qaysi edi?

Anvarov’s blog

14 Nov, 08:19


Bugun “Mutolaa” marafoni boshlanadi. 20:00da ilk suhbat, UrikGuli bilan. O’zim moderator bo’laman 🫡

Bugungi suhbatni o’zida ishtirokchilarga 50ta kitob sovg’a qilishni reja qilganmiz)

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

13 Nov, 13:52


Xullas, bugun pochtaga borib, avval kitob yutib olganlarga kitoblarini va sovg’alarini chiqarib yubordim.

Kitobli o’yinlarni sog’ingan bo’lsangiz, bu haftadan yana boshlaymiz.

“Let’s goo” deyish uchun — “🙂

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

11 Nov, 07:25


Baxtning retsepti qanaqa?

Anvarov’s blog

10 Nov, 12:12


Missiya bajarildi, 20ga yaqin kichik intervyu oldim. Bugun kechgi 21:30da chiqaraman. Ungacha bittadan qora oy.

— Kimni intervuchasi sizga qiziqroq?

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

10 Nov, 06:12


Bu odamlar bilan blog olib bo’ladimi-a?🥲😭

Anvarov’s blog

10 Nov, 02:07


Xayrli tooooong!

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

09 Nov, 07:00


Singlim va Nuur haqida qisqacha:

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

08 Nov, 17:24


Oy bugun chiroyli, shunday emasmi?

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

08 Nov, 14:06


Har haftada bir futbol, haftada 3 kun zal va haftada 2 kun suzish hayot sifatimni sezilarli darajada oshirdi.

Gazli ichimliklar, fast-food va shirinliklar hayotimdan butkul chiqib ketdi.

O’zimni juda erkin va yengil his qilishni boshladim.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

08 Nov, 06:30


Ertalabdan radioga chaqirishgan edi, “Mutolaa” haqida suhbatlashishga keldik.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

07 Nov, 17:02


Mushuk og’riqni oladi!

2 hafta avval mushuk boqishni foydalari haqida faktlar yozgandim va uni ichida “mushuk o’z egasini tanasida biror og’riq bo’lsa, u o’sha joyga borib yotib oladi va og’rig’ini oladi” degan ma’lumot ham bor edi.

O’zim his qilmaganim uchun, uncha ahamiyat bermagandim.

2 kun avval zalda biroz oyog’imga bosim bo’lgani sabab, kecha oyog’imda juda kuchli og’riq paydo bo’ldi, oddiy yurishda ham qiynalib yurdim.

Keyin, uyga kelib uxlaganimda tongga yaqin uyg’onsam, mushuk aynan oyog’imni og’riyotgan qismiga (orqa son) kelib, uxlabdi.

Eng ajablanarlisi, og’riq ham yo’qolgan. Zirqirab og’riyotgan joyim, issiqqina, og’riqsiz bo’lib qolibdi.

Juda hayron qoldim. Haqiqat ekan.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

06 Nov, 16:54


Link berilgan bo’lsa, undan faqat bir kishi kanalga qo’shila oladi.

Agar siz link olgan bo’lsangiz, hech kimga yubormagan bo’lsangiz ham link eskirgan (expired) deyotgan bo’lsa ham muammo yo’q.

Bot sizga ertagacha qayta link yuboradi.

Do’stim, siz shartni to’liq bajargan bo’lsangiz bo’ldi, umuman o’ylanmang. Sizni o’zim loyihaga qabul qilib olaman)

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

06 Nov, 16:03


To’liq ro’yxatdan o’tib, shartni bajargan bo’lsangiz bo’ldi. Bot marafon kanali linkini beradi, faqat kechroq, hozir emas.

10 ball yig’gan bo’lsangiz bo’ldi, siz marafonga muvaffaqiyatli qo’shildingiz!

Anvarov’s blog

06 Nov, 15:42


📚 Yilning eng foydali loyihasiga marhamat!

📌 “Mutolaa” jamoasi tomonidan tashkil qilingan marafonda siz turli xil sohalarning eng kuchli mutaxassislari bilan olib boriladigan manfaatli suhbatlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo'lasiz!

🔥 Eng qizig'i - loyihada ishtirok etish mutlaqo BEPUL.

Mutolaa vaqti keldi!

👇 Ishtirok etish uchun:
@mutolaamarafon_bot
@mutolaamarafon_bot
@mutolaamarafon_bot

Anvarov’s blog

06 Nov, 15:41


Biz tayyor🤝🎉

Anvarov’s blog

06 Nov, 15:34


10-15 daqiqa kutamiz ekan, botga bir yangilik kirityapmiz. Shu yerda bo’lib turinglar.

Anvarov’s blog

06 Nov, 15:31


Ozroq sabr do’stlar)

Anvarov’s blog

06 Nov, 15:13


⚡️Meni @mutolaaxona loyihasining marketing bo'limi jamoasi Jasurbek Anvarov onlayn mutolaa marafoniga taklif qilishdi. Albatta, ishtirok etamiz, Xudo xohlasa.

"To'yga borsang, to'yona bilan bor deganlaridek" onlayn mutolaa marafoni ishtirokchilari;

1. 1000 nafar faol ishtirokchilar, 1 tadan ajoyib bir kitob, imzosi bilan taqdirlanishadi

2. 100 nafar faol ishtirokchilarga mutolaa premium sovg'a qilinadi

Eslatma, marafonda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish kerak ekan.

Anvarov’s blog

06 Nov, 15:00


🔥 Bu tarkibga bir qaraaaaaaaang!

— Bu men uchun ham, obunachilarim uchun ham yangi daraja! Bu yangi imkoniyat!

• 30 daqiqa qoldi…

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

06 Nov, 14:56


Bu hali hammasi emas ekaaaan😭

Marafonning 100ta faol ishtirokchilariga “Mutolaa premium” uchun 15 million so’mlik vaucherlar ham berilar ekan!

Bu haqida keyinroq batafsil ma’lumot beraman.

Suhbatda maximum ko’proq do’stlarimizni taklif qilishimiz kerak! Loyiha ko’pchilikka yetib borishi uchun hammamiz teng harakat qilishimiz kerak!

— Kelishdikmi? “❤️‍🔥

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

06 Nov, 14:47


Bunisini o’zim ham kutmagandim!!!

Alisher Sadullayev tomonidan “Mutolaa” marafonining 1000 nafar eng faol ishtirokchilariga qiymati 100 million so’mlik kitoblar sovg’a qilinar ekan!

Alisher Sadullayev imzolari bilan!

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

06 Nov, 14:43


Menga bir xabar keldiiiiiiiii!

Anvarov’s blog

06 Nov, 13:56


Yarim soatdan keyin 6-speakerimizni e’lon qilaman. Undan 1 soat o’tib esa, qabul🤝

Anvarov’s blog

06 Nov, 13:28


Ay, Mutolaa marafonining faol ishtorokchilariga atalgan sovg’alar haqida gapirmabman-ku…

Bu rasmlardagidek shopperlar, fudbolkalar, bomberlar, xatchoʻplarni biz marafonimiz ishtorokchilariga tayyorlab qo’ydik.

Aslida, bir-biridan manfaatli suhbatlar oldida bu sovg’alar hech kimga qiziqmas ham bo’lsa kerka)

Bugun 20:30da qabul ochiladi 🤝

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

06 Nov, 12:22


🚀 Qabul ochilishi vaqti aniq! Bugun, 20:30da!

Hamma telefonlariga budilnillarni qo’yib, 20:30da shu kanalda bo’lib tursin. Ro’yxatdan o’tgan ilk 3000 ishtirokchi qabul qilinadi!

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

06 Nov, 12:06


Kvotadan gapiray!

• Mutolaa marafoniga bu safar faqatgina 3000 ishtirokchi qabul qilinadi.

• Qabul bugun kechga ochiladi va ro’yxatdan o’tgan ilk 3000 ishtirokchi qabul qilinadi.

Bugun kechga kanalda umuman uzoqlashmang. Qolib ketsangiz qancha foydani qo’ldan boy berishingizni bilasiz…

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

04 Nov, 16:26


SMM loyihalar bilan ishlash, brand face’lik, bu yo’nalishda nutq ustida ishlash, image, kamera bilan ishlash.

Shu va shunga o’xshash yo’nalishlar bo’yicha o’qitadi.

Obuna bo’lish uchun havola:
https://t.me/+lYiz6DY9Du0yODVi

Anvarov’s blog

04 Nov, 16:19


“Ish ko’p, kadr yo’q” dedi.

Hozir SMM bo’yicha o’qitmay qo’ydim. Faqat SMM loyihalarim bilanman. Lekin, shu mehmonxona, xususiy maktab, bog’cha loyihalarimda brand face bo’la oladigan qizlarga talab juda katta, ammo, kadr yo’q” dedi.

Hozir o’zim shu bo’yicha tavsiyalar berib, qizlarni o’qitib boryapman kanalimda, dedi. Shuni linkini ulashib qo’yaman, obuna bo’lib, o’rganinglar:

https://t.me/+lYiz6DY9Du0yODVi
https://t.me/+lYiz6DY9Du0yODVi
https://t.me/+lYiz6DY9Du0yODVi

Anvarov’s blog

04 Nov, 16:12


Marjona SMMni bilasizlar, ko’p gapirganman u haqida.

Yaqinda tavsiya qilganimdan keyin obunachilarim bilan offline uchrashuv va nonushtalar qilganini ko’rib, xursand bo’lgandim.

Kecha xabarlashib qolganimizda suyunib gapirib bergandi. Yangilik bor dedi, ha desam, uy oldim o’zim yig’ib-terib dedi.

Rossa quvondim. Ayol-qizlar rivojlanishi, zamonaviy kasblarni o’rganishi juda quvonarli hol.

Xullas, harakat qilaverish kerak :)

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

04 Nov, 16:07


Kunni yana bir yaxshi tavsiya/imkon bilan yakunlamoqchiman:

Anvarov’s blog

04 Nov, 13:14


Xullas, katta yangilik yaqin. “Mutolaa” bilan birgalikda jonga oro, miyalarga ancha-muncha go’sht beradigan bir loyihani taqdimot qilaman.

Bugun-erta kanalda faol bo’lib, ko’z-quloq bo’linglar.

Uzoq gapirilmaydi. Bitta e’lon va 1 kun qabul. Keyin, loyiha.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

04 Nov, 13:01


Kanalga yaqin yarim yilda qo’shilganlar bu rasmlarni nimaligimi tushunmasligi mumkin.

Ammo, bu loyihalarda qatnashib ko’rganlar bu rasmni ko’rib, hayolan bir-biridan yoqimli xotiralarni yodga olishi tabiiy.

Ha, bu o’sha mashhur “Bunyodkor stadioinini egallagan kitobxonlar”.

Qisqa qilib aytaman: bu rasmlar bizning ijtimoiy loyihalarimizdan lavhalar. Barcha loyihalarda qatnashish BEPUL. Maqsadimiz - kitobxonlik madaniyatini yoyish, rivojlanish, rivojlanishni xohlaydiganlar uchun munosib muhit yaratish.

Exxx :)

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

04 Nov, 12:53


2023-yil 30-iyulda BY ni bitiruv marosimi bo’lgandi, biz oilaviy Toshkentga borgandik, juda zo’r jamoa, do’stona muhit shakllangandi, BYdagi jamoadoshlar bilan haligacha gaplashib turamiz

BY tufayli ancha intizom shakllangandi , BY ni hech qachon unutmayman, haligacha uyimdagilar ham eslashadi 🏆

Anvarov’s blog

04 Nov, 12:43


Bundan roppa-rossa 1 yil avval, 4-noyabr 2023-yili shu kunda “Renessans” loyihasiga start berilgan ekan.

Yangi tajriba, yangi bilimlar va yangi ko’nikmalar bo’lgan edi.

Oradan 1 yil o’tib, ayni shu kunda yoshlar uchun yana bir yangi imkoniyatni e’lon qilish arafasidaman!

Juda ajoyib tasodif.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

04 Nov, 12:35


Vaaaaay, ajoyib bir tasodif…

Anvarov’s blog

04 Nov, 12:02


Ayayayayayyayaayay🥳

Anvarov’s blog

02 Nov, 20:11


Bizga yana Birgalikda Yuksalamiz-u, Renessandek ijtimoiy loyihalar, kitob, ilm targ’ibotini qiladigan o’sha mashhur MEGA jamoalar, yoshlarni bo’sh vaqtini manfaatli suhbatlar bilan to’ldiradigan Ezgu Amal ishlari-yu, Mayoqning suhbatlari juda-juda zarurligini tushundim.

Bugun yakshanbamda dam olmayman. Shu loyihalarimiz bo’yicha yaxshilab ishga kirishaman.

Yengimizni yaxshilab shimarib, ishhni boshlamasak bo’lmaskan.

Najot - bitta. Najot - ilmda. Najot - ta’limda.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

02 Nov, 14:58


Ha, topdilar - Xurshid Germany!

Bu kishim Yevropada o’qib, yashaydilar, hozir ozroq muddatga O’zbekistonga kelib, mentorlik darslarimda qatnashyapti.

Ko’pchilik biladi, bular talabalarni “Work and Travel” dasturi bo’yicha chet elga yuborishga xizmat qilish bilan shug’ullanadi. Bu juda qiziq, foydali yo’nalish.

Shu sabab, bir yangilik tayyorladik. Tez aytaman, tezda o’tib ketadi, ulgurgan ulgurib qoladi.

Ertaga kechga alohida kanal ochib, u yerda Xurshid aka bilan voice chat qilamiz, aynan chet elda sayohat qilib, ishlab kelishga qiziqqan talabalar uchun.

Ertaga kanalda ko’z-quloq bo’lib turinglar. Hozir esa bittadan Ota Smurf.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

02 Nov, 13:41


Kim bu kishim?

Hozir mentorlik darsimizni tugatdik, bu kishim o’zimni o’quvchilarimdan biri va ko’pchilik taniydi.

— Bir yangilik tayyorlayapmiz)

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

02 Nov, 06:10


Xoʻp boʻladi

Anvarov’s blog

01 Nov, 17:46


Bu video sizni yig’latadimi, yuzingizga tabassum ulashadimi bilmayman, ammo, emotsiya bera olishiga ishonaman❤️‍🔥)

Anvarov’s blog

01 Nov, 16:55


Uxlab qolmanglar)

Anvarov’s blog

01 Nov, 13:01


Bugun 22:00da bir video yuboraman kanalga, uxlab qolmanglar.

*bu rasm eski, ammo, bugungu mavzuga yaqin.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

01 Nov, 10:46


😍

Anvarov’s blog

01 Nov, 10:21


Yangi reaksiya :)

Anvarov’s blog

01 Nov, 07:25


Orzum ushaldi!

Bolaligimdan multfilmlarga mehrim bo’lakcha, har doim multfilm ko’rganimda “qani endi shu qahramonlardan birortasini ismi Jasur(bek) bo’lsa, adashim bo’lsa” derdim.

Kuni kecha Alisher Sa’dullaev e’lon qilgan yangi, “Yashil Makon” nomli multfilm loyihasi bosh qahramoni ismi - Jasur ekan.

Hozirda eng dolzarb mavzu bo’lgan ekologiya yo’nalishida nafaqat O'zbekiston balkim butun dunyo bolalari uchun tabiatni ardoqlash uni anglash yo'lida katta loyihaga start berildi.

“Yashil Makon” multserialini qo’llab-quvvatlang, o’zingiz tomosha qilib, obuna bo’ling:
https://youtu.be/06pN8vb5XiI?si=VQD_TqoL7HJJWQXh

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

01 Nov, 04:32


Hammasidan ham yomoni, ertalabdan tilingga “синий трактор” o’rnashib qolishi ekan, hammaga xayrli tong!

“Pa palyam, pa palyam…😊

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

31 Oct, 17:26


Shunchasi yetmagandek, sizga yana bir xushxabar:

Dastlabgi joylar uchun reklama xizmatlariga 15% chegirma amal qiladi.

Faqat, joylar soni cheklangan ikki kanal uchin ham har bir tarif bo’yicha 2tadan, jami 10 dona joy ochiq!

Uxlamay, shu vaqtgacha postlarimni o’qiganingiz uchun, sizga qo’shimcha imtiyoz!

Narxlar: @baraka_ra
Murojaat: @baraka_menejer

— Admin akkauntga qaysi kanalga qaysi kunga qaysi tarif bo’yicha reklama joylamoqchiligizi yozing.

Bosinglar!

Anvarov’s blog

31 Oct, 17:17


Meni va singlimni kanali reklama xizmati narxi:

@baraka_ra

Buni boshqa bloggerlarga ko’rsatsam, “bunaqa arzon qilib, bozorni o’ldirmang” deyishdi :)

O’z mahsulotiga, taklifiga ishongan odamlarga juda qulay takliflar 🤝

Anvarov’s blog

31 Oct, 17:14


Bitta gap aytaman. WAW demasangiz, hisobmas!

Shuncha qo’shimcha harajatlar qo’shilgani va jamoa ishlayotganiga qaramay, reklama narxi avvalgidan 1 so’m ham oshirilmadi!

Baraka agentligi - barakali reklama🤝

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

31 Oct, 17:09


Shuncha katta yangiliklar va yangi jamoa ishini ko’rib, hamma “reklama narxlari avvalgidan ancha qimmat bo’larkanda” deb yozibdi.

Avval reklamadan tushadigan pul faqat o’zimga edi.

Hozir esa butun jamoa, xizmatlar, cashbacklar, taqdirlash va bir qancha harakatlar bo’ladi.

Sizningcha, shu holatda reklama xizmatini avvalgidan qimmatroq qilish adolatdan bo’ladimi?

Ha, albatta - 🔥
Yo’q, avvalgi narxi yaxshi - ❤️‍🔥


@anvarovsblog

Anvarov’s blog

31 Oct, 17:04


Baraka | 5-imtiyoz:

Har bir mijoz uchun alohida e’tibor.

Bugundan boshlab 2ta kanalimizdan reklama sotib olgan mijozlarlarimizning har biriga mana shunday qadoqlangan kitob, imzo qo’yilgan, esdalik sovg’alar yuboriladi.

Veeeey, bir reklama berib ham hadya olsa, ham cashback olsa, ham yutuq olsa.

Xo’sh, qalay ekan yangi tizim?

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

31 Oct, 16:52


4-imtiyoz eng zo’ri va uni faqat mijozlarni o’zlariga aytamiz🤝

Anvarov’s blog

31 Oct, 16:45


Baraka | 3-imtiyoz:

Tavsiya uchun cashback.

Bugundan boshlab 2ta kanalimizdan reklama sotib olgan mijozlar bizning xizmatni kimgadur tavsiya qilsa, tavsiya orqali reklama olgan odam qilgan to’lovidan 10% tavsiya qilgan odamni Reklama Kartasiga tushuriladi.

Bu degani, ummuman pul sarflamasdan ham kartada pul yig’ib, reklama joylashtirishingiz mumkin degani :)

Bunga nima deysiz?

Anvarov’s blog

31 Oct, 16:40


Eng faol mijozlar” uchun har oylik hadyalar:

👑 1-o’rin uchun:
1 million so’mlik vaucher va 20ta kitob;

🥈 2-o’rin uchun:
700 ming so’mlik vaucher va 10ta kitob;

🥉 3-o’rin uchun:
500 ming so’mlik vaucher va 5ta kitob;

Har oy yakunida bu reyting g’oliblari aniqlanadi va taqdirlanadi. Har oyda bir shunday sarhisob qilib, sovg’alar berib boriladi.

Mazzamiiiiiii?

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

29 Oct, 17:58


Himmat - eng oliy fazilat!

Bugun ertalab yo’lda ketayotib, tezda og’riq qoldiruvchi biror dori olishim kerak bo’lib qoldi. Yo’ldan chiqqan ilk dorixonaga kirib, bitta dori olsam, 8ming so’m bo’ldi. To’lov qilaman deb telefonimni olsam, quvvati tugab o’chib qolibdi. Odatda naqd pul olib yurmasdim, hamma pulim telefonimdagi ilovalarda bo’lardi.

Keyin, nima qilishni bilmay, telefonimni sotuvchiga qoldirib, “shu dorini berib turavering, men hozir mashinadan naqd pul olib kiraman dedim”. Keyin, mashinaga chiqsam, hamyonim ham uyda qolib ketibdi-da…

Endi tasavvur qiling, 8 ming pul topolmay qolsam-da. Dorixonada telefonimni quvvatlab, shunday to’layman desam, quvvatgichim ham uyda qolidbi-da :)

Ishonasizmi, keyin yo’limdan uchragan odamdan 8ming so’m so’rashni boshladim :)

Tezroq telefonimni olib, ishga ketishim kerak edi.

3 kishidan so’radim, “naqd pulim yo’q” dedi. Bitta bola (2007-yillar) “7ming so’m pulim bor ekan” dedi, keyin, “kartam bor, yechib olsa bo’ladi”, dedi.

Kartasini olib, birga kirdik dorixonaga, pullarni to’ladik, keyin telefonimni oldim.

Akadan (2007-yil bola) karta raqamizni bering, telefonim yonishi bilan pul o’tkazib qo’yaman desam. “Aka, shu pulni menga emas, boshqa odamga nimadur qilib berib, xursand qilib qo’ying dedi”.

Shunda bolani himmatiga qoyil qoldim.

Keyin, o’zimga niyat qildim: “bola bergan shu 8ming so’mni 100 barobar qilib boshqalarga beraman va hammadan o’sha bolani haqqiga duo qilishini so’rayman” dedim.

Shu sabab, 800ming so’mlik kitoblar oldim va hammasini shu blogdagi kitobxonlarga tarqatishni niyat qildim. Duolaringizda o’sha bolani eslab qo’ysangiz bo’ldi.

Akamiz 8 ming so’m bilan minglab odamlar duosini oldi va millionga yaqin pulni ilm yo’lidagilar uchun ehson qilgan bo’ldi :)

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

29 Oct, 17:20


Guys, singlimni kanalida reklama xizmati hozir yo’q.

Shu kunlarda 100ga yaqin murojaat bo’ldi-ey, singlizni kanalida reklama bermoqchiman, degan. Bir tarafdan hasad qilging keladi🤝

Hozir biz %larinu kelishib olaylik, ustozlik qilganim uchun daromadni necha % menga, necha % o’ziga🤣

Shu kunlarda katta yangilik bo’ladi, menda ham, unda ham. Shularni tayyorlab, yaxshi tizim qilib olsak, keyin boshlaydi.

Ungacha sabr)

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

29 Oct, 15:34


30 minutda 2200+ o’quvchilar qo’shilishga ulgurishdi.

🔠 Bepul, odam qo’shish yo’q, faqat darslarga active qatnashsangiz bo’ldi.

Sizdan active lik 5ta professional teachers dan ajoyib darslar 😊

Marathonga qo’shilish uchun
➡️ @Expert_Teachers_bot

Anvarov’s blog

29 Oct, 15:03


Online IELTS Pro Marathon


➡️ Yuqoridagi ustozlardan ketma-ket jonli dars
➡️ 4ta bo’limga ham professional yondoshuv
➡️ Har xil qimmatli materiallar va sovg’alar
➡️ Eng asosiysi mutlaqo bepul
➡️ Odam qo’shish yo’q, do’stni taklif qilish bo’lmaydi


Marathon ga qo’shilish uchun
➡️ @Expert_Teachers_bot

Anvarov’s blog

29 Oct, 14:50


666 ❤️‍🔥 ta reactions dan keyin marathon ga link share qilaman.

Bepul bo’ladi, odam qo’shish yo’q va hammaga manfaatli bo’ladi

Anvarov’s blog

29 Oct, 14:24


Eng muhimi bu Online IELTS pro marathon ga


Qatnashish mutlaqo bepul

Hech qanday odam qo’shish, do’stni taklif qilish ham yo’q

Faqat sizdan talab, darslarga jonli va active qatnashish


bo’lsa, marathon ga qo’shilishga tayyormisizlar
— Yeeeees 💯

Anvarov’s blog

29 Oct, 13:50


Tassavur qiling


5ta ustoz allaqachon o’z sohasini yetakchi va professional laridan, sizlarga ketma-ket jonli darslar o’tib bersa

4ta bo’limga ham (Speaking, writing, listening and reading) bo’yicha darslar olib borilsa

Qimmatli IELTS materials berilsa

Active o’quvchilar uchun har xil maxsus sovg’alar ham berilsa


Qatnashgan bo’lar edingizmi

Anvarov’s blog

29 Oct, 13:18


Bitta katta yangilik bor.


1000
🐳 yig’ilsa e’lon qilaman.

Anvarov’s blog

28 Oct, 17:40


Hay, yechim:

• Ularni haqqiga duo qilib qo’yish

• Ularni o’rnida biz va yaqinlarimiz bo’lmaganiga shukur qilish

• Rizqimizni doim barakali qilishini so’rab duo qilish

• Imkonimiz boricha muhtoj odamga yordam qilish

Menimcha, har doim shunday odamlarni ko’rganda shu ishlarni qilsak, oz bo’lsada halovatni his qilsak kerak.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

28 Oct, 17:18


Bugun zalga kelib, zalimizni oldidagi moykaga mashinamni topshirib kirib ketgandim.

Hozir chiqsam zo’r, toza qilib yuvilgan.

Lekin, to’lovini qilishga mashinani yuvgan odamni qidirib borsam, dadamdan yoshi katta amaki ekan.

Siz yuvdizmi desam, ha dedi. Qo’llari muzlab ketgan ekan.

Har doim shunaqa qiyin sharoitda ishlaydigan, yashaydigan yoshi katta odamlarni ko’rsam birdan ichimdan nimadur uzuladi. O’z-o’zidan kayfiyatim tushib ketadi.

Ichimda qani endi hamma shunday odamlarni hayotini o’zgartirib yuboradigan darajada davlatli bo’lsam deb, siqilaman. Bir tomondan esa, bu hayot bu amakini tanlovlarini natijasi. Qo’l-oyog’i but holda Shuncha yil yashadi va shu hayotga o’zi rozi bo’lgan deyman.

Ezilib ketaman, o’ylanaverib.

Hozir ham o’sha amaki hayolimdan ketmayapti.

Sizlarda qanday his bo’ladi shu holda va bu o’ylardan qanday qutulish mumkin?

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

28 Oct, 16:35


Telegramda blogi, biznesi va online kursi bor obunachilarim uchun ertaga juda katta yangilik e’lon qilaman.

Telegramda bloglarda reklama xizmatida hali tarixda bo’lmagan yangilik bo’ladi.

Mustahkam bir tizim tuzdik. Ertaga batafsil gapirib beraman.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

28 Oct, 16:08


Oramida blogi borlar, online biznesi bor yoki online kurs o’tadiganlar bormi?

Nechtamiz?

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

27 Oct, 19:19


Bugundan boshlab mushukchamni “Nuur” deb chaqirishingiz mumkin, shu ismni qoʻydik 🐈

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

27 Oct, 12:04


Garshok va qumini tayyorladim. Endi unga qanday o’rgataman😊?

Anvarov’s blog

27 Oct, 11:02


🐈 Sotuvchidan so’radim, “mushuk boqishni qanaqa foydalarini sezgansiz o’ziz?”, deb. Ular 3ta sabab sanab berdilar:

1. Egasini kasal bo’lish ehtimoli kamayar ekan. Stressni oldini olishga, uni yechishga katta yordam berarkan mushuk (buni o’zim ham sezganman). Qolaversa, yurak hastaligi bor odamlarga shifokorlar mushuk boqishni tavsiya qilarkan.

2. Egasini tanasida qayeridur og’risa, mushuk uni sezarkan. Sezib, o’sha joyga borib, yotib olarkan va og’riqni olarkan, tadqiqot qilib, isbotlangan ekan. (Tishim og’risa nima qilishni bilaman endi)

3. Mushuk islom dinida e’zozlangani sabab, qaysi uyda mushukka g’amxo’rlik qilinsa, o’sha uyda baraka bo’lishiga sabab bo’larkan.

Bu hozircha men bilganlarim. Qani endi hayotda ko’ramiz asta-asta.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

24 Oct, 18:29


Eng qizig’i hali ism qo’ymadik. Sizlar tavsiya qilinglar:

Anvarov’s blog

24 Oct, 18:24


Hay. Hammasini o’tkazdik. Yuzimiz yorug’ bo’ldi.

Endi sekin mushukni olib kelgani yo’lga chiqyapman. 1-1.5 soatlik yo’l.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

24 Oct, 11:33


Endi bizda “🐈” bor!

Anvarov’s blog

24 Oct, 11:26


Sheff mushuk boqishimizga rozi bo’ldi❤️‍🔥

Men uchun bu juda katta xushxabar!

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

24 Oct, 11:09


Uraaaa!

Anvarov’s blog

24 Oct, 06:58


Hammaga xayrli kun!

Kechagi taqdimot kanaliga qo’shilganlar uchun eslatma: bugun 20:30da jonli efir, o’tkazib yubormanglar.

U kanalda tanishuv ham boshlandi, qarab qo’ying.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

23 Oct, 16:52


Qo’shilishga ulgurgan barchani tabriklayman. Ertaga katta taqdimot qilaman va sizlarga katta imkoniyatni e’lon qilaman❤️‍🔥

Anvarov’s blog

23 Oct, 15:38


Xo’sh, kimlar kutyapti? - “🌚

Anvarov’s blog

23 Oct, 15:29


Singlimga ham kanalni o’shanda ochamiz va 0dan yaxshi daromadga olib chiqish yo’llarini ham barchasini o’sha loyihada ko’rsatib, o’rgatib boraman🤝.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

23 Oct, 15:15


Mana bu video blogging har kim uchun to’g’ri kelishi va har kim unda yaxshi natija qila olishi haqida.

Buni bugun kechroq o’sha qabul qilinadigan 3100 kishiga beraman.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

23 Oct, 14:55


🥩” kontentlarga nima deysiz?

15 kunlik masterclass o’tganimdan keyin tushundim-ki, bu sohaga haqiqatda qiziqadigan obunachilarim juda-juda ko’p ekan.

Shu sabab, yuqorida aytgan barcha ish, bilim, jarayonlarni yorotib boradigan bir loyiha tayyorladim.

Uni ertaga taqdimot qilib beraman.

Taqdimotga esa hammani ham qabul qilmayman.

Faqat eng qiziqishi baland bo’lgan 3100 kishini qabul qilaman.

Chunki, u loyihani o’ziga ham 500 dona odam qabul qilinadi.

Demak, bugun 21:00da link beraman. Blogging va marketingga eng qattiq qiziqadigan, birinchilardan bo’lib qo’shilgan 3100 kishini u kanalga qabul qilaman va ertaga ularga loyiha taqdimotini qilib beraman.

Bu kurs yoki mentorlik emas, bu ummuman boshqacha, hali hech kim qilmagan yangilik.

Kelishdik” deyish uchun — “🌚

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

23 Oct, 13:25


Hammangiz yaqinroq kelib, joylashib olsangiz, bugungi yangilik haqida gapirishni boshlayman 🤝

*Ha yana, cho’ntagingizga ko’proq reaksiyalardan solib kelinglar, ko’p-ko’p ishlatasizlar bugun.

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

23 Oct, 12:48


Bugun, 21:00da⚡️

Anvarov’s blog

23 Oct, 09:34


Qarelarda, sizlarga uydan soboy qilib berilgan ovqatga qo’shib qaynatilgan tuxumni solishni o’rniga, qaynatilmagan tuxumni solib berishganida va siz ishga kelib uni ishtaxa bilan sindirganingizda… ha mayli, ahamiyat bermanglar🥲.

Anvarov’s blog

22 Oct, 18:28


⚡️3100 kishi bilan qiladigan ishlarimiz rejasi tayyor!

Masterclassimiz daxshatli ravishda zo’r o’tganidan keyin, mentorlikka esa minglab odamlar qabul qilinmay qolib ketganidan so’ng, tezda telegram bloggingga oid yana yangi loyiha qilmasam bo’lmasdi.

Telegram tarixida bo’lmagan, “WAAAW” darajadagi bir ish qilamiz!

Unga ko’ra:
• Men yangi kanal ochaman, ertaga 21:00da u kanal linkini sizlarga yuboraman.
• Blog yuritadigan, yoki endi boshlamoqchi bo’lgan, bu sohaga qattiq qizziqqan 3100 kishini u kanalga qabul qilaman.
• Indinga kechki payt esa bitta katta webinar o’taman va unda loyiha taqdimotini qilaman.

— Ertaga kun davomida esa bu haqida ma’lumot berib boraman.

“Kutamiz” deyish uchun - “❤️‍🔥

@anvarovsblog

Anvarov’s blog

22 Oct, 18:13


3100 kishi bo’yicha qaror qabul qildim!

Anvarov’s blog

22 Oct, 15:40


Shirincha-ku, to’g’rimi?

Siz bu mushuk bilan birga yashagan bo’larmidiz?

• Albatta, iyeee - “❤️‍🔥
• Qo’rqaman - “💔


@anvarovsblog

Anvarov’s blog

22 Oct, 15:37


Kimdur singlimga tushuntirsin, mushuk bilan yashash qo’rqinchli emasligini🥲.

Ko’ndirolmayapman💔