-Meni ishga olmaysizmi?
-Nima yutug’ingiz bor?
-IELTS writingdan 8.0 olganman.
-Ertadan ishga chiqavering.
Bir yil avvalgi suhbat.
Serial ko’rib, podkast eshitib listeningdan baland olish mumkindir.
So’z yodlab, maqola o’qib, readingdan baland olish mumkindir.
Yozmadan baland olish uchun esa jurnalist darajasida yoza olish kerak.
Writingdan 8.0 olish qiyinligini his qilmoqchi bo’lsangiz, o’zbek tilida insho yozishga harakat qilib ko’ring. 40 daqiqa vaqtingiz bor.
Yozma nuqtning zo’rligi faqat yozma nutq zo’rligini ko’rsatmaydi. Yozuvchida fikrlash, sabr, eruditsiya borligini ko’rsatadi.
Yozma ishlarini sun’iy intellektga to’liq yozdirayotganlar zalga chiqib, yukini damkratga ko’tartirayotganlarga o’xshaydi.
Shaxmatda yutish uchun o’z o’rniga kompyuterini o’ynatayotganlarga o’xshaydi.
Yozishdan maqsad matn emas. Ijodiy o’sish. Fikrlarni tartiblash. Ishontirishni o’rganish.
Bular bor bo’lsa, matn o’zi chiqaveradi.