MJ @mayoquz Channel on Telegram

MJ

@mayoquz


Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar

MJ Telegram Channel Promotion (Uzbek)

MJ telegram kanali Muhammadjavohirning fikrlari, frontend dasturlash va boshqalar haqida ma'lumotlarni o'z ichiga olgan ilmiy, so'roviy va ilinsiy bilimlar bo'yicha o'z fikrlarini izohlaydigan bir platforma ega. Kanalda Muhammadjavohirning shaxsiy fikrlari, front-end dasturlash sohasidagi eng so'nggi yangiliklar, yangi texnologiyalar va boshqalar haqida ma'lumotlar keltiriladi. Bu, front-end sohasida faol ishlayotganlar, yangi talabalar va soha bo'yicha mustaqil fikrlashni o'rganmoqchi bo'lganlar uchun yaxshi bir manba. Siz ham Muhammadjavohirning fikrlaridan foydalanish va front-end dasturlash sohasidagi yangiliklar bilan tanishib borish uchun 'MJ' telegram kanaliga obuna bo'ling!

MJ

08 Feb, 21:48


Kimligingizni bilmoqchimisiz?
- Xarajatlaringizga boqing.

2005-yil bir olis tumanga to’yga bordik. Sevinch Mo’minova kelgan - rosa qimmatga, aniq eslay olmayman - aytaylik hozirgi $10,000.

Soat 2. O’yin-kulgu, bo’kkuncha yeyish va qittak-qittak oxiriga yetgan. Hamma uxlashga ketdi, qornim og’rib qoldi. Uy yaqinida hojatxona yo’q. Hovlining boshqa bir burchagida, qo’yxona ichida pahsali xonaga bordik. Kesak olib kir deyishdi…

Xullas o’zingizga qilgan eng yaxshi xarajat - bu hayotingiz sifatini oshirish uchun qilingan xarajat. Maqtanish uchun yoki kayfu-safo uchun ham qilingan xarajat emas.

1. Ta’lim
2. Sog’lom hayot tarzi
3. Bo’sh vaqtingizni oshirish

uchun qilingan har qanday xarajat aslida xarajat emas balki o’zingizga bo’lgan investitsiyadir.

Ta’lim > To’y

MJ

25 Jan, 10:41


No codeda sayt tuzish haqida sayt koʻrinishidagi taqdimot
https://uzgeeks-nocode.framer.website/

MJ

25 Jan, 04:31


Bugun soat 14:00 da UzGeeks Meetup bo'ladi.

"Kambag'alga shashlik AppSheet ham ovqat yechim" mavzusida AppSheet bo'yicha bilganlarimni aytib, ko'rsatib berishga harakat qilaman.

MJ

23 Jan, 13:14


🎨 Ko‘ngilli UI/UX dizayner qidiryapmiz!

📚 Kitobsevarlar va ta’limga mehr qo‘yganlar uchun! Toshkentda joylashgan bepul Mehr Kutubxonasi loyihasida ishtirok etib, o‘z ijodingiz bilan millionlab insonlarning bilim olishini osonlashingiz mumkin

Mehr Kutubxonasi haqida
Istalgan inson kitobni uyga olib ketishi va oqib qaytarishi mumkin. Mutlaqo bepul. (batafsil)

– Har kuni o'rtacha 100 ga yaqin kitob o‘quvchilar tomonidan olib ketiladi yoki qaytariladi
– Hozirga qadar 50 mingdan ziyod kitob o‘qilgan
mehrkutubxonasi.uz kuniga 1000 dan ziyod tashrifni qabul qiladi
– batafsil natijalarni sayt orqali bo'lishingiz mumkin

🌐 Lekin hozirgi dizayn foydalanuvchilar uchun qulay emas. Siz esa bu muammoni hal qilishga yordam berishingiz mumkin!

🎯 Sizdan nima kutamiz?
mehrkutubxonasi.uz uchun zamonaviy, qulay va intuitiv dizayn
– Foydalanuvchilarning ehtiyojlarini inobatga olgan chiroyli interfeys yaratish

🎁 Sizga nima beramiz?
– Portfolioga ajoyib loyiha qo‘shish imkoniyati
– Ishlab chiqarilayotgan va real foydalanuvchilarga xizmat qiladigan loyiha tajribasi
– Ta’limni rivojlantirish va kitobsevarlar jamoasiga o‘z hissangizni qo‘shish
– Kutubxona jamoasiga qo'shish

⚠️ Agar siz ko'p yillik tajriba ega mutaxassis bo'lsangiz jamoamizga maslahatchi sifatida qo'shilishingizni so'rardik

💡 Eslatma: bu ko‘ngilli loyiha, moddiy mukofot berilmaydi

🚀 Bepul bilim tarqatishga hissa qo‘shmoqchimisiz?
Quyidagi havola orqali biz bilan bog‘laning va jarayonga qo‘shiling:
🔗 https://forms.gle/2Lxsqgv2rVTxVwmQ6

MJ

21 Jan, 15:15


O'ta subyektiv fikrlarim

Mana 3 oydirki shu mavzu miyyamda aylanadi, O'zbekistonda ayniqsa oxirgi 5 yilda dasturlash, suniy intelekt shu kabi sohalar trend, hype bo'ldi, buni soyasida esa aslida O'zbekiston sharoitida eng kerak sohalar soya ortida qoldi. Biz O'zbekistonda yashaymiz va bu yerda asosiy bizneslar bu kichik va orta biznes hisoblanadi, bu bizneslarga esa katta vaqt va summa talab qiluvchi murakkab kodli yechimlar kerak emas.

Hisob-kitoblar daftartda yoki excelda pala-partish yuritiladi. Agar kimgadir korsatish kerak bolsa telegramdan rasmga olib yoki file sifatida tashlab beradi va bu uchun orada ancha vaqtlar ham yoqotiladi. Tajribam davomida har xil bizneslar va uni moliyasi va buxgalteriyasini boshqaruvchi odamlar bilan ishladim, deyarli hammasi bir-biriga oxshash vaziyatda. Bittasi haqida aytadigan bolsam - yillik aylanma pul 5mlrd som atrofida, men shu ishni excel faylini korganman, shu odamni oziga agar ayxshi 4ta savol bersez hisobotida adashib qoladigan darajada murakkab tuzilgan, qolgan vaziyatlar ham shunga juda yaqin. Endi buni shunaqa pul aylanadigan joyda ishlovchi odamni ishi bundan past pul aylanadigan joylarda vaziyat qanday ekan?

Kop bizneslarda B nuqtaga qanday borish uyoqda tursin, hali A nuqta aniq emas. Bu narsalarni korsatib beradigan tizimi yoq, qaerdan qancha kelib qancha ketyatgani va nimaga kamayib nimaga kopayatganini korsatib beruvchi qurollari yoq. Dashboardlar haqida gapirmasa ham bolaveradi. Nimaga sabab ular bu narsani qildirish juda qimmatga tushadi va kop vaqt oladi deb oylashadi. Lekin bu ishlarni tezkor qila oladigan yaxshi insteumentlar borligini bilishmaydi ham. Masalan Google sheets, AppSheet, Looker studio, Powe BI, Zapier, Trello, Notion va boshqalar

Ushbu dasturlar yordamida kichik va orta biznes uchun
- Ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan tarzda boshqarish va vizuallashtirish.
- Tezkor va sodda hisobotlarni yaratish.
- Arzon va moslashuvchan tizimlarni joriy etish.
- Xodimlar va biznes jarayonlarini optimallashtirish.

Bu kabi sohalarda ishlovchilar tezkor yechim taklif qila olgani uchun yaxshi summa ishlab ham topsa boladi, qidirib kordim chet elda ham aynan shu kabi odamlarga talab ham soatlik maoshlar ham yaxshi ekan.
Yakun: bizda shunday muammolardan togri foydalanib, imkoniyat sifatida baxolasak va oz xizmatlarimizni ularga tushintirib taklif qila olsak, bizga ham ularga ham manfaatli boladi degan fikrdaman.

Mavzuga oid videolar
https://www.instagram.com/reel/DDULmmdqJzn/?igsh=OWw0ZXRqdzZ2OTY4
https://youtu.be/tBtbu1N782s?si=5_c97G5c5W0BaOXN

@google_sheets_demo

MJ

20 Jan, 15:03


Ulug'bek Telegramga qaytibdilar 🔥
https://t.me/ulugbeksamigjonov

MJ

16 Jan, 07:26


Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da No-Code kuni!

📆 25-yanvar, shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks January2025 No-Code Day Meetup" bo'lib o'tadi.

1️⃣. “No code 5 yillik tajriba. Nima uchun Wix?” - Jamshid Xoliqulov (CEO @ Fido Studio)
2️⃣. “Kambag'alga shashlik AppSheet ham ovqat yechim” - Muhammadjavohirbek Sur'atov (AppSheet dasturchi, Frilanser)
3️⃣. “No-Codeda web sahifalar” - Sa'dulloxon Fatkhullayev (Team Lead @ UIC Group)

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A (Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida)

Hamkorlar:
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
Thinkland

Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate
https://uzgeeks.uz/

MJ

14 Jan, 19:01


Nasib qilsa, shu hafta oxiri sport kompleksi uchun tayyorlayotgan dasturimni tugatib topshiraman. Ancha vaqt olgan, shu kungacha tuzgan dasturlarim ichida eng ish hajmi kattasi bo'lyapti.

Rasmda dasturning bosh sahifasidagi menyu bilan tanishishingiz mumkin. 27 ta menyu elementi bor o'ziyam 😅

MJ

14 Jan, 06:32


https://youtu.be/PkWvorDmP5w?si=L_ZI7lpduC1MMjK1

MJ

14 Jan, 05:31


Ilmni "estetik" narsa deb tushunmaylik.

Chiroyli yozuv, chiroyli daftar, chiroyli parta, chiroyli rasm - umuman dars qilishga "chiroyli muhit" degan narsa qadriyatlarimizni buzyapti.

Ijtimoiy tarmoqlarda bizga ko'rsatiladigan qulaygarchilik bo'lmasa, dars qilolmaydigan bo'lib qolyapmiz.

Ilmning mashaqqati qayerda qoldi?
Xunuk yozuvda bo'lsa ham qaydlar, to'lib ketgan daftarlar, hoshiyasiga ham o'tib ketgan yozuvlar, beli bukilib dars qilishlar, sharoiti bo'lmasa ham imkon qidirish, kitoblar varaqlash qayerda qoldi? Peshona teri qayerda qoldi?

Ilmni mashaqqatsiz qilib ko'rsatishning oqibatlari:
- unga yuzaki munosabat;
- "xo'ja-ko'rsin"ga o'qish/o'rganish;
- matonat va sabrning yo'qolishi;
- va ilmning qadrsizlanishiga olib boradi.
Biroz qiyinchilikka yuz tutsa, ortga tisariladigan bo'lib qoladi o'rganuvchi. Shunday bo'lyapti ham.

@weareululalbab

MJ

12 Jan, 16:28


Тўп ортидан қувиш

1982-йили Вайне Гретзкий хоккей бўйича дунёдаги энг кўп тўп киритган спортчига айланади.

Муваффақиятининг сири — оддий.

Барча тўпга етиш учун рақобатлашганда — мен тўп қаерга келишини кўриб, ўша ерга туриб олардим, дейди Вайне.

Менимча, таълим тизими орқада қолаётганининг сабаби ҳам шу — мактаблар тўп учун курашади.

Маъно муҳим эмас, беллашув муҳим:

Минглаб болалар тақдири қизиқ эмас — 4-5 таси олимпиадада ўрин олса бўлди;

Тушунганининг аҳамияти йўқ — тестда яхши натижа кўрсатса бўлди;

Ўқувчилар тарбияси муҳим эмас — ўқишга кўпроқ кириб, мактаб рейтингини кўтарса бўлди.

Рейтинг учун курашиш = хоккей тўпини ортидан қувишдек гап:

Мактаблар беллашув билан банд — лекин келажакда бу кўникмаларга жамиятда эҳтиёж йўқ.

Ишсизлик сонининг йилдан-йилга ортиб боришининг асосий сабаби ҳам шу.

2008 йил, 150 та корхона раҳбарлари уларга тестни яхши ишловчи эмас, балки тарбияли, тез кўникишга мойил ва ташаббускор битирувчилар кераклигини айтиб ўтади.

Яъни замонавий бозор иқтисодиёти учун — ўқувчиларнинг қизил дипломи, тест натижалари, фахрий ёрлиқлари қизиқ эмас. Уларнинг кўникмалари қизиқ.

Мактаб эса бу кўникмаларни ўлдиряпти, афсуски..

Хулоса

Тўғри йўлда беллашинг!

@Ustoz_kundaligi

MJ

05 Jan, 12:17


AppSheetdagi 1-dasturni tuzish ko'rsatilgan video darslar to'liq yozib bo'lindi.

Darslarga mana bu guruhdagi pin qilingan xabarda jamlangan.
https://t.me/+5KPH1NfDdM1lNmFi

MJ

04 Jan, 18:43


Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.

🤲 Shukrullo Turgunov (@vodiylik).

Oʻzbek IT olamida koʻp foydalari tekkan inson.

Duo qilib qoʻysangiz.

MJ

04 Jan, 08:51


Sotuvni oshirish uchun nimalar qilishmaydia?
https://youtube.com/shorts/CnYQXVX5BLY?si=uThLWpP5AWjJWWxs

MJ

03 Jan, 11:28


Guruhda AppSheet boʻyicha keyingi rejalarim haqida savol boʻlgan edi. Unga javobni bu yerda ham eʼlon qilyapman.

===

Qisqa koʻrinishdagi rejam:
1. 8 ta loyiha yordamida AppSheet asoslarini ommaga oʻrgatish. Tajribali mutaxassislar ham bu videolarni koʻrishsa, yaxshi tajriba almashinuvi boʻladi deb oʻylayman (kamida men uchun).

2. Bulardan keyin qiziquvchilarni saralab bir necha kishi bilan test loyihalarda tajriba orttirishga ishlash. Oldin tuzgan loyihalarim TZlari asosida + qoʻshimcha boshqa loyihalar.

3. 2-bosqichda oxiriga yetganlarni saralab rezervga, alohida guruhga yigʻish. Loyiha chiqib qolsa, shu rezervdagilarga yuboriladi. Imkoni boʻlganlar bilan loyiha birga tuziladi.

===

Endi uzunroq.

Oʻzi moʻljaldagi maqsad buyurtmalar keti uzilmay tursa, jamoa yigʻib buyurtma olib ishlash.

Uning uchun oʻzim texnik tomondan ishona oladigan mutaxassislar kerak boʻladi. Hozircha AppSheetdan ommaviy kurslar boʻlmagani, materiallar nisbatan kam boʻlgani uchun oʻzim boshlangʻich mavzular boʻyicha qoʻllanmalar chiqarmoqchiman.

Loyihalar roʻyxatidagi oxirgi 2 tasining koʻlami kattaroq va koʻproq vaqt oladi. Dars materiallarini tayyorlayotganimda oʻzim buyurtma olib ishlashga ulgurolmayman. Shu sababli ular pullik boʻlyapti.

===

AppSheetga parallel FlutterFlowda ishlashga ham oʻtishim kerak aytgancha.

MJ

01 Jan, 21:37


Amaliy AppSheet turkumidagi birinchi 4 ta video yopiq guruhga yuborildi.
https://t.me/+5KPH1NfDdM1lNmFi

Yopiq guruhga qo'shilishda tasdiqlashdan o'tishni vaqtincha olib tashladim.

MJ

01 Jan, 08:30


Roʻyxatdan oʻtish hali ham ochiq.
Videolarni bugundan boshlab yuboraman nasib.

MJ

31 Dec, 19:06


Salyutingni koʻtingga tiqib otlaring juda qistab ketgan boʻlsa 🤬

MJ

26 Dec, 19:12


Colin va Samirning o'zi ko'p videolari foydali, YouTuber ish faoliyati detallari bilan tanishtira oladi.

Linus Tech Tips asoschisi bilan suhbati esa juda zo'r bo'lsa kerak.
https://youtu.be/nmNzEf7dXsw?si=sRuM9F6ec1OTmaYD

MJ

26 Dec, 06:16


O'qing 😎(Yusuf surasi, 100-oyat)

Sizning ham shunday vaqtingiz keladi.
Hammasi iziga tushadigan bir kun keladi.
So'nggi puzzle bo'lagi o'z o'rnini topadigan vaqt keladi.

O'shanda o'zingizga o'zingiz:
- "mana shu ilgari ko'rgan tushimning ta'biridir, Parvardigorim uni rost qildi;
- U Zot menga buyuk in'om qildi"
, deysiz.

Ungacha Yusuf alayhissalomdek rozi va qat'iy ishonch bilan ayting:
- "Robbim O'zi xohlagan narsani sezdirmay lutf bilan amalga oshiruvchidir;
- Albatta, Uning O'zigina bilim va hikmat Sohibidir"
.

@weareululalbab

MJ

23 Dec, 16:59


https://ulbitv.ru/frontend

MJ

22 Dec, 08:43


🤣

MJ

18 Dec, 11:30


# System admininstrator

System Administrator with strong focus on Linux systems, Junior+, Middle position.

Description:
We are looking for an assistant to our System Administrator who will grow his technical skills and in future will be able to take responsibilities we’ve described below.

Responsibility:

- Install, configure, and maintain Linux servers.
- Manage server infrastructure, including web servers, application servers, and database servers.
- Perform regular system updates, patches, and security enhancements.
- Monitor system performance and ensure high availability of infrastructure.
- Provide technical support to internal teams and resolve system-related issues.
- Maintain comprehensive documentation of system configurations, processes, and procedures.

Technical skills:

- Proficient in managing Linux servers in a production environment.
- Strong knowledge of networking protocols and services (DNS, DHCP, SMTP, HTTP, etc.).
- Understanding of database systems (MySQL, PostgreSQL).

Experience:

- Minimum 1 year of experience in Linux system administration.
- Uzbek: Excellent
- Russian: Upper intermediate
- English: Upper intermediate (would be big plus, but not required.)

Conditions:

- work at office
- 8 hours a day/5 days a week

Salary: negotiable, starting from 500$ - 1.500$ after testing period

Please contact for further conversation: +99890 3210892, @alishermakhmudov_com

MJ

18 Dec, 09:15


“Jajji akademik kutubxonasi”

To‘plam narxi: 230 000 so‘m 180 000 so‘m

Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

MJ

16 Dec, 12:37


FlutterFlowda "Sketch to Component" nomli alfa versiyadagi AI imkoniyati bor ekan. Avval ko'rgan videomda juda bir a'lo natija chiqarib berilgan edi. O'zim bir dizaynni generatsiya qildirib ko'rdim.

Birinchi urinishda bor sahifaning faqat bottom navigationinigina chiqarib berdi.

Ikkinchisidagi natija rasmlarda.

---

Keyin "sketch to COMPONENT" deyapti deb, kichikroq, komponent deb olish mumkin bo'lgan bo'lakni joyladim. Natija qoniqtirmadi.

MJ

15 Dec, 08:17


"Uashshe zo'r dizayn qanday dunyoga keladi?" nomli efir.

https://www.youtube.com/live/gFCAUVUzDl0?si=bc1fWy2rBjtgJUIj

MJ

13 Dec, 06:44


Endi esa natijalarni ko'ring. Odatda yangi sahifa dizaynini chizayotganda 2 xil variant beradi.

So'rov bilan natijalar orasida qanday farqlarni topdingiz?

#galileo #ai

MJ

03 Dec, 17:12


Ba'zi sabablarga ko'ra Microsoft Confga bora olmadim oldingi hafta. Bu safargisini o'tkazib yuborish niyati yo'q, Xudo xohlasa.

MJ

01 Dec, 17:46


🚀 Boshlovchidan boshlovchilarga prompt yozish haqida
https://t.me/promptchi

---

Jamshid aka sunʼiy intellekt instrumentlariga toʻgʻri soʻrov berish boʻyicha maslahatlar beryaptilar. Oʻrganib olinsa, koni foyda.

MJ

01 Dec, 14:46


💯

MJ

26 Nov, 17:39


30-noyabrda Microsoft Community Conf 2024 bo'layotgan ekan.

Shu shanba ekan. Oz qolibdi.

MJ

26 Nov, 04:40


GDG DevFestga boramizmi?
https://t.me/gdgtashkent/1737

Networking uchun zo'r joy bo'ladi.

MJ

24 Nov, 12:13


Figma bilan ishlashni o'rganmoqchi bo'lganlar uchun juda qimmatli ma'lumotlarga ega YouTube kanal
https://www.youtube.com/@alexeybychkov_

Yaqin orada 2 xil mobil ilova dizaynini chizishga ehtiyojim tushadigan. Shunga men ham Aleksey Bichkovning Figma bo'yicha darsligini ko'rib chiqishni boshlashim kerak.

Uning Boosty sahifasida ham ma'lumotlar anchagina ekan.

YouTube kanali bo'yicha xarita kerak bo'lsa, mana:
https://www.youtube.com/watch?v=ye_qA-HEV78

MJ

22 Nov, 14:01


AppSheet uchun formula A1 emas, R1C1 formatida bo'lishi kerak ekan.

ChatGPTga yana bir bor rahmat

MJ

22 Nov, 12:03


"ChatGPTni chiqarganga sumalak berish kerak"

Belgilangan sanadan oy oxirigacha nechta dushanba yoki boshqa hafta kunlari kelishini hisoblash uchun formula yozib berdi.

Loyihaga moslashtirsak, masala hal )

MJ

20 Nov, 08:27


https://youtu.be/ZAbhEDDQUlM?si=8zSc7TwxHvJpWFX6

MJ

17 Nov, 17:27


⚠️ Eshitgan saundtreklaringiz so'zlariga e'tiborli bo'ling.

Tepadagi postdan qiziqib Woodkidning Arcane uchun yozgan saundtreki videosi izohlarini o'qiyotandim. Fonda xor aytgan so'zlar qaysidir dindagi duoniki ekan.

Astag'firulloh.

Ashula eshitish tamom. Noisli.com yoki YouTubedagi "Rain on tent" deganlaridan qo'ymasin.

MJ

13 Nov, 16:45


2 ой ишсиз юрдим

Ич-ичимдан ўйлардим. Мен ҳеч қачон ишсиз қолмайман.

Мабодо ишсиз қолсам ҳам:

а) Инглиз тили билан «любой» жойга кириб кетаман;
б) Диплом балим 96%. Давлат ишхоналари шундоқ ишга олади;
с) Иш тажрибага эгаман, умуман муаммо бўлмайди;
д) Рус тилини мулоқот даражасида биламан, талаб юқори;
э) Блогим бор. 1000 тача одам ўқийди;
ф) Амакимга алоқага чиқаман, мактабга жойлаб қўяди;
ҳ) Ўлдим деганда, устозларимга ёзаман — иш топиб беради.

Хуллас, ҳамма сабаблар бор. Ҳеч ким мени тўхтатиб қололмайди!

Ичимда ўйлаган кун келди. Бирдан ишсиз қолдим:

а) Инглиз тили мактаблари тўлган;
б) Диплом баҳойим билан итам қизиқмади;
с) Қаерларда ишлагансан дейдиган одам йўқ;
д) Рус тилини идеал билиш керак дейишди;
э) Блогимда ёздим. Ёрдам бўлмади;
ф) Амаким ишга жойлай олмади;
ҳ) Устозлар дуо қиламиз деёлди холос..

2 ой қийналдим. Қарзга ботдим. Эркак киши ишсиз қолиши азоб экан..

Охири тушундим — обрўли жойда ўқишим, яхши жойларда ишлашим, хуллас барчаси — тиришқоқлигимдан эмас, балки Аллоҳнинг раҳматидан экан.

Биз унутувчимиз. Сабаблар билан ўралашиб қоламизда, барча нарсанинг ортида Аллоҳ турганини эсдан чиқарамиз. Ўзим эришяпман деган ҳиссиёт ўтади.

а, б, с, д... алфавит тўла сабаб бўлмайдими — Аллоҳ изн бермаса бир тийн экан.

Сиз ишонаётган — амаки, тоға, амма. хола, оппоқ дода ёрдам беришга қодир эмас. Ишонаверинг.

Охири синиқлик билан таҳажжудда дуо қилдим.

Бирдан йўлим очилди. Бир нечта жой ишга чақиришни бошлади. Ҳаммаси жойига тушди.

Хулоса, дунёнинг илми сизда бўлса ҳам, 20 йиллик мутахассис бўлсангиз ҳам, 88 та тил билсангиз ҳам — Аллоҳ изн бермаса бир тийн.

Ва уларга: «Сизлар Аллоҳни қўйиб ибодат қилиб ўтган бутларингиз қани?!

Улар сизларга ёрдам бера олурми ёки ўзлари ёрдам ола билурми?!», дейилди.

Шуъаро (92,93)


@Ustoz_kundaligi

MJ

12 Nov, 17:29


Kanalning "qariya" obunachilari tushundi 😉

MJ

12 Nov, 15:02


Frontend bilan shug'ullanmayapti degani u bo'yicha foydali manbalarni ulashmaydi, degani emas.
https://t.me/khumoyun_codes/755

Texnik intervyuga, albatta, yaxshilab tayyorlanish, imkoni boricha o'rtoqlar yoki tajribali tanishlar bilan test intervyular o'tkazib o'ziga bo'lgan ishonchni oshirish kerak.

MJ

12 Nov, 09:53


Halol ishdan topgan puli bo'lib kimligini oshkor qilmay ixlos bilan 180 mln ehson qilish zo'r bo'lsa kerak-a?
https://t.me/muhtoj_oilalar/1666

MJ

12 Nov, 04:31


Baxtimizga shunday doʻstlar bor boʻlsin.

"Tinchmisan, jigar?"
"Ha, norm, yaxshiman"
"Sogʻ boʻsen boʻldi. Xavar opqo'yi didimde"

Pastdagi rasm foniga eʼtibor bering 😁

MJ

11 Nov, 07:05


Bunisi ham zo'r qisqa metrajli multik
https://youtu.be/3Bs4LOtIuxg?si=MGuQoL-U2vFZqMtL

⚠️ SPOYLER: Yuragingiz siqilishi mumkin.

MJ

11 Nov, 06:36


Frilans 🤣🤣🤣🤣🤣
https://youtu.be/WAvchbP2kXM?si=IserQ0r0mg-_V4LE

MJ

10 Nov, 09:58


"Arcane" serialining 2-fasli boshlandi.

Syujet, animatsiya lol qoldiradigan darajada.

Menga bularga qo'shimcha har bir seriya boshidagi o'ziga xos animatsiya qo'shilgani yoqdi.

Lekin shu ifloslar multga LGBTni aralashtirgani yomon-da.

MJ

09 Nov, 17:36


Videoning shu nuqtasida ekranda o'zimni ko'rib xursand bo'ldim 🤩
https://youtu.be/7V6ZWOzDD2Y?t=37

MJ

09 Nov, 09:35


"Negativchi" degan gap qayerdan chiqdi o'zi?

MJ

08 Nov, 12:33


"Five Points From Gryffindor"

Xususiy maktab sifat belgisi = o'quvchilarni o'qishdan chetlashtira olishi va buni ommaga e'lon qila olishi.
https://t.me/rs_otaonalar/679

MJ

07 Nov, 10:38


eliminate half-work

the era of distractions. it's easy to split attention between what should be done and just scrolling and consuming. multitasking doesn't work no matter what we believe

if you want to do tasks right, make them your priority and truly focus on crushing them, there is no other way

MJ

04 Nov, 17:06


System Administrator with strong focus on Linux systems, Junior+, Middle position.

Description:
We are looking for an assistant to our System Administrator who will grow his technical skills and in future will be able to take responsibilities we’ve described below.

Responsibility:
- Install, configure, and maintain Linux servers.
- Manage server infrastructure, including web servers, application servers, and database servers.
- Perform regular system updates, patches, and security enhancements.
- Monitor system performance and ensure high availability of infrastructure.
- Provide technical support to internal teams and resolve system-related issues.
- Maintain comprehensive documentation of system configurations, processes, and procedures.

Technical skills:
- Proficient in managing Linux servers in a production environment.
- Strong knowledge of networking protocols and services (DNS, DHCP, SMTP, HTTP, etc.).
- Understanding of database systems (MySQL, PostgreSQL).

Experience:
- Minimum 1 year of experience in Linux system administration.
- Uzbek: Excellent
- Russian: Upper intermediate
- English: Upper intermediate (would be big plus, but not required.)

Conditions:
- work at office
- 8 hours a day/5 days a week

Salary: negotiable, starting from 500$ after testing period

Please contact for further conversation: +99890 3210892, @alishermakhmudov_com

MJ

04 Nov, 15:56


https://t.me/khamidulla_inoyatov/86
Ozgina "xapsala qb" tayyorlaninglar intervyularga 🙄

"Vaqtim uvol bo'ldi" deyishmasin intervyu olayotganlar.

MJ

03 Nov, 08:51


"Unaqqimela, okala" 😁️

Biron joyda savol so'raganingizdan keyin vaqt o'tib javobni o'zingiz mustaqil topdingiz.

"Bo'lli, toptim, bolla. Addushi" demang.

U muammoning sababi va nima yechim berganingizni yozib keting. Duoga qolasiz.

MJ

01 Nov, 08:57


"Sotsang, aybini aytib sot"

Ishlab chiqarish va menejerlar uchun dastur tuzgandim AppSheetda. Shu dasturlar buyurtmachisi boʻlgan aka bilan ko'rishdim kecha.

Xodimlarning AppSheetdan eʼtirozlari bor ekan. Asosan 2 ta:
1. Ishlashi sekin.
2. Profildan chiqarib yuboryapti (sessiya tugagani sababidan balki).

Shu sababli yoki AppSheetdagi dasturni tezlashtirish, yoki boshqa instrumentda tuzish yoʻlini topish kerak boʻlyapti.

===

Umumiy olib qaraganda Telegram, Instagram va shu kabi ommabop dasturlarni ishlatib yurganlar uchun AppSheet aniq sekin tuyuladi.

Tashqaridan qaraganda sekin boʻlsa ham ishlatsa boʻladigan darajada, faqatgina dastur ochilayotganda kutish kerak.

Sessiyadan chiqarib yuborganda esa qayta login qilinsa boʻldi.

===

Bunyod bilan koʻrishganimizda Glide, Bubble, FlutterFlow instrumentlari bilan ham tanishib chiqishni tavsiya qilgandilar (oʻzi uchrashuvda gaplashib oʻrgangan narsalarim haqida alohida post yozishim kerak).

Shu tomonlarni bir oʻrganib koʻraman, nasib.

Boshqa tuzayotgan dasturlarimda bunday vaziyat kuzatilmadi hali. Lekin ularda va yuqoridagi loyihalarda boshidagi kelishuvda AppSheet cheklovlari haqida oldindan ogohlantirganman.

AppSheetga qiziquvchilar uchun yopiq guruh ochayotganimni e'lon qilgandim. Shu qiziquvchilar yuqoridagi kabi noqulayliklardan xabardor boʻlishlari uchun bu postni yozdim.

"Unda biratoʻla boshqa instrumentni oʻrgangan yaxshi emasmi" degan savolga javob esa keyingi postlarda boʻladi.

MJ

28 Oct, 09:17


#appsheetchi_kundaligidan

Dasturni mijoz telefoniga oʻrnatib berishda "Malika"dagi ustalarning koʻnikmalari boʻlishi kerak.

- Play market ochilmagasligi toʻgʻrilash
- Google profil parolini tiklash
- Google profil ochib berish
- Samsung internet brauzeri ishlamagani uchun Chrome oʻrnatish

😁😊

Shuning uchun internetdan izlash va debugging koʻnikmalarini rivojlantirish kerak.

MJ

27 Oct, 16:50


Google Sheetsni o'rganmoqchi bo'lganlar uchun o'zbek tilidagi videolar
@google_sheets_demo

Ishoning, Google Sheets/Excel bo'yicha olgan bilimlaringiz sizga katta ehtimol bilan ko'p qo'l keladi. O'rganib qo'yishga arziydi.

MJ

25 Oct, 17:12


Hozirgacha guruhga qo'shilishga yuborilgan hamma so'rovlarni ko'rib chiqdim.

Bir necha kishi formani to'ldirishmagan yoki formada o'z usernamelarini qoldirmaganlari uchun qabul qilinmadi.

MJ

25 Oct, 09:51


Formani to'ldirganlar mana bu link yordamida yopiq guruhga qo'shilishlari mumkin.

https://t.me/+5QG6Awrn_JczMWEy

Guruh hali bo'sh. Guruhga qo'shilish uchun so'rov qoldirish so'raladi.

Guruhga kirish uchun formada ko'rsatgan usernamedagi profilingizdan foydalaning.

P.S. Kompda biroz bemalol bo'lishim bilan so'rovlarni ko'rib guruhga qo'shib chiqaman.

MJ

25 Oct, 05:11


Bu formani hozirgacha 89 kishi to'ldirishibdi.
Birma-bir ko'rib chiqyapman. Yaqin kunlarda yopiq guruhga qo'shilishga link yuboraman shaxsiydan.

Formani to'ldirib qiziqishni bildirganlarga bir savol bor:
Forma to'ldirgan vaqtingizdan hozirgacha AppSheetni o'rganish bo'yicha nima ishlar qilib ko'rdingiz? Qanday test loyiha tuzishga harakat qilib ko'rdingiz?

Kettik, izohlarda yaxshi xabarlar bilan bo'lishamiz.

MJ

24 Oct, 16:05


#menejerga

G’ayrat, menejerlikda hammasi o’zgaradi

Loyiha menejeri bo’ldingmi, endi kunbo’yi kod yozmasliging kerak.

Bosh hisobchimisan, endi umring excelda o’tmasligi kerak.

Marketing menejer ekansan, kontent plan bilan vaqting isrof bo’lmasligi kerak.

Xullas, avval nimani zo’r qilgan bo’lsang, buyog’iga shu bilan eng kam band bo’lishing kerak.

Vaqtingni 85% qismi ishni o’rgatish, 1x1 suhbatlar, jamoa treyninglari, majlislar va jarayonlarni optimallashtirish kabi ishlar bilan o’tishi kerak.

Tabiiy, “o’t ketgan” holatlar bo’lib turadi, unda hamma qatori sen ham o’tni o’chirish bilan band bo’lishing, o’zing ham ishni bajarishing mumkin.

Shu 15%ni tashkil qiladi.

@boshqaruvchiga

MJ

21 Oct, 12:16


AppSheet asoslarini amaliy loyihalarda ko'rib o'rganish va keyinchalik jamoaga qo'shilmoqchi bo'lganlar uchun ro'yxatdan o'tish formasi
https://forms.gle/UsyBiyjEK8oaLroc6

MJ

21 Oct, 11:02


Siz qanday fikrdasiz?

MJ

21 Oct, 10:50


Hozirgi kundagi ko'pchilik + men

MJ

21 Oct, 09:43


Brendlar nomi o‘zbekcha bo‘lganda

O‘zbekiston Marketing Uyushmasining Milliy Marketing Qo‘mitasi va 605 Agentligi hamkorlikda brendlarning nomlarini o'zbekchalashtirdi.

Hurmatli brend egalari, 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan atiga bir kunga logotiplaringizni o‘zbekcha shakliga almashtirib, ijtimoiy tarmoqlaringizda joylashtirish orqali tilimizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin.

Eslatma! Biz kompaniya nomlarining chet tilida bo‘lishiga qarshi emasmiz.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi

MJ

20 Oct, 21:34


1-sodda dastur - Kontaktlar App tayyor

Endi buni qanday tuzishning videosini olishim kerak

+- 40 daqiqada bitdi menimcha.

MJ

19 Oct, 12:24


Loyihalar papkalarini ochdim. Endi ozgina dam olvolsa bo'ladi 😁

Endi birma-bir mustaqil tuzib chiqsam bo'ladi.

Loyihani ommaga ko'rsatib tuzishda birinchi qadam tayyor demoni ko'rsatib loyiha imkoniyatlarini tanishtirish bo'ladi.

Yaqin orada yopiq Telegram guruh ochib qiziquvchilar bilan shu guruhda fikr almashib boshlayman.

MJ

16 Oct, 16:58


Просмотрел видос и кукуха стала на место: чел запилил советскую панельку в медидативном симуляторе постройки замков Tiny Glade.

Шедевр

MJ

16 Oct, 16:58


Qoyil-e 😁
Bir shu o'yinga qiziqqandim. Bunaqa bino qursa bo'lishini bilmasdim lekin.

MJ

15 Oct, 08:41


https://www.reddit.com/r/TwoSentenceHorror/s/aF6LWrWrKd

MJ

15 Oct, 06:41


Bu post bo'yicha Abdulloh bilan maslahatlashgandim.

"Boshidan mavjud loyihalarga tushib olish qiyin bo'ladi, avvaliga soddaroq loyihalar yordamida AppSheet bilan tanishtirgan ma'qul" dedilar. Yaxshi taklif bo'ldi.

"Qanday loyihalar qilsam ekan" deb ba'zi fikrlar kelgandi. "Zamonaviy muammolar zamonaviy yechimlarni talab qiladi" dedim-da "ChatGPT, myaxke" deb so'rov berdim.

So'rovga link

Shunga ko'ra mana bu ketma-ketlikdagi loyihalarni qiziquvchilar bilan birga tuzib chiqish kerak, deb o'ylayapman.
1. 📗 Kontaktlar dasturi
Ism, telefon raqami va Telegram profili saqlanadigan sodda dastur. Ko'p loyihalarda shu kabi bo'lim uchraydi. Masalan, ta'minotchi (поставщик), xaridor, korxonadagi xodimlar bo'limlari.

2. 🤝 Qarz oldi-berdi dasturi
1-dasturning mantiqiy davomi. Biron kimga qarz berilgan yoki biron kimdan qarz olingan bo'lsa, shu hisoblarni yuritish uchun dastur.

3. 📊 Kirim-chiqim dasturi
Oldingi dasturlar asosida davom etamiz. Tushumlar va xarajatlarni kategoriyalarga bo'lib yuritiladi. Ma'lumotlarni mos bo'lgan grafiklar ko'rinishida taqdim qilinadi. Ma'lumotlarni oylar kesimida ko'rish mumkin bo'ladi.

4. Todolist
Dasturlash sohasidagi hammaga qadrdon bo'lgan vazifalar dasturi. Vazifa yaratish, vazifa bajariladigan sana yoki dedlaynini belgilash, statusini boshqarish kabilar bajariladi. Taqvim ko'rinishi bilan ishlash ko'rib chiqiladi.

5. 🛒 Ro'zg'or yuritish dasturi
Oldingi 4 ta dasturda xarajatlarni yozyapmiz. Pullik ishlarni ham.
"Ishdan qaytishda uyga nima olvolay" deb so'rash o'rniga hamma oziq-ovqat mahsulotlarining qoldig'ini yuritsakchi? Kam qolganlarini alohida sahifada ko'rib o'zimiz sotvolaberamiz. Chek rasmini saqlab qo'yishimiz mumkin.

6. 📚 Shaxsiy kutubxona dasturi
Ziyouz portali asoschisi Davronbek akani taniysizmi? Yaxshigina katta shaxsiy kutubxonalari bor, adashmasam. Kitoblar ro'yxatini yuritish, biron kimga qarzga berib turish va shu kabilar uchun ishlatilishi mumkin. Bu dasturni kamera jihozlari yoki qurilish instrumentlarini ijaraga beruvchilar uchun moslab ko'rish ham mumkin.

7. 🎫 Tadbir davomati dasturi
Tadbir va unga taklif qilingan mehmonlar davomati yuritiladi. Vaziyatga qarab qo'shimcha imkoniyatlar kiritilishi mumkin.

8. 📆 HR yordamchi - Ishchilar davomati va oylik hisoblash dasturi
Ishchilarni ishga olish, oyliklarini boshqarish va hisoblash, ta'til va pul so'rovlarini boshqarish imkoniyatlari bor dastur.

===

Bu ehtimoliy ro'yxat. Bu loyihalarni tuzish davomida o'zaro fikr, tajriba almashish mumkin bo'ladi.

===

Bularga qanday fikrdasiz?

MJ

13 Oct, 13:43


MJ pinned «AppSheet no-code instrumentida ishlaydigan jamoa yig'moqchiman AppSheetdagi tajribam va ba'zi natijalarim haqida yozgandim. Alhamdulillah, oxirgi 1.5 oy ichida loyihalar ko'payyapti. Bir o'zim ulgurmayapman. Yordam beradigan jamoa kerak. Jamoa yig'ish jarayonini…»

MJ

13 Oct, 13:43


Yaxshi imkoniyat chiqib qolganda joyida ulashib qo'yaverdim.

MJ

13 Oct, 10:49


AppSheet no-code instrumentida ishlaydigan jamoa yig'moqchiman

AppSheetdagi tajribam va ba'zi natijalarim haqida yozgandim.

Alhamdulillah, oxirgi 1.5 oy ichida loyihalar ko'payyapti. Bir o'zim ulgurmayapman. Yordam beradigan jamoa kerak.

Jamoa yig'ish jarayonini quyidagicha ko'ryapman:
1. 50 tagacha bo'lgan qiziquvchilarni yopiq guruhga yig'ish (qaysidir ko'rinishdagi saralash yordamida).
2. 2-3 oy davomida real buyurtmalarni tuzishimni Zoom-ga o'xshash instrumentda jonli ko'rsatish.
3. Ora-orada saralash uchun test/imtihon vazifalarini berish.
4. Oxirida katta imtihon yordamida tahminan 5 ta mutaxassisni tanlab olish.

Mos kelishi mumkin bo'lgan qiziquvchilarda nimalar bo'lishi kerak?
1. Maktabni bitirgan.
2. Mustaqil o'rganish ko'nikmasiga ega.
3. Ingliz va/yoki rus tilini biladi (eng kamida mustaqil tarjima qila oladi).
4. Dasturlash va ma'lumotlar omborlari haqida tushuncha/tajribaga ega.
5. Kuniga 4-6 soat atrofida vaqt ajrata oladi.
6. AppSheetda mustaqil loyiha tuzib ko'rgan.

Miyada bir muddat aylanib yurgan g'oya-fikrlar shu edi. Konstruktiv fidbeklar bo'lsa, izohlar ochiq.

Post mavzusi qiziq bo'lsa, izohlarda + va fikrlar qoldirishingiz mumkin.

⚠️ Bu kurs emas ⚠️

MJ

13 Oct, 10:42


Bir vaqtning o'zida 2 ta loyihada ishlagandagi holat

Bu video mavzusiga aloqador post yo'lda...

MJ

13 Oct, 08:41


A customer asked me how much it cost to do this job....
I answered him: $ 1500
He said: So expensive for this job?
I asked: How much do you think it would cost you?
He answers me: $ 800 maximum... That's a pretty simple job right? !"
- For $ 800 I invite you to do it yourself.
- But.... I don't know how to.
- For $800 I'll teach you how to. So besides saving you $700, you'll get the knowledge for the next time you want
- It seemed right to him and he agreed.
- But to get started: you need tools: A welder, grinder, chop saw, drill press, welding hood, gloves etc...
- But I don't have all these equipment and I can't buy all of these for one job.
- Well then for another $300 more I'll rent my stuff to you so you can do it.
- Okay, he says.
- Okay! Tuesday I'm waiting for you to start doing this work
- But I can't on Tuesday I only have time today.
- I'm sorry, but I'm only available Tuesday to teach you and lend you my stuff. Other days are busy with other customers.
- Okay! That means I'm going to have to sacrifice my Tuesday, give up my tasks.
- I forgot. To do your job yourself, you also have to pay for the nonproductive factors.
- That is? What is this?"
- Bureaucratic, tax, vat, security, insurance, fuel etc.
- Oh no!... But to accomplish these tasks, I'm going to spend more money and waste a lot of time!
- Do you have them? You can do it to me before?"
- Okay!
- I'll make you all the material you need. Truck loading is done Monday evening or Tuesday morning you'll have to come by 6 loading the truck. Don't forget to be on time to avoid traffic jams and be on time
- At 6??? Nope! Too early for me! I used to getting up later.
...
- You know, I've been thinking. Y ' all better get the job done. I'd rather pay you the $1500. If I had to, it wouldn't be perfect and it would cost me a lot more.
When you pay for a job, especially handcrafted, you pay not only for the material used, but also:
- Knowledge
- Experience
- Study
- Tools
- Services
- Time to go
- punctuality
- Accountability
- Professionalism
- Accuracy
- Guaranteed
- Patents
- Sacrifices
- Safety and security
- Payment of tax obligations
Critiquing the work of others based on pricing is not fair. The fees I would charge for a similar task are considerably higher than what is indicated here, but the emphasis lies in the principle rather than the specific amount.
Only by knowing all the elements necessary for the production of a certain work can you estimate the actual cost.

Manba: https://www.facebook.com/share/p/jcSuRSUYirs5k4mq/

MJ

12 Oct, 18:29


Zo‘r bolalar bilan. )))

Bugungi taqdimotda.

MJ

12 Oct, 14:17


Lola Animation jamoasi bir qismi 🔥🔥🔥

MJ

12 Oct, 13:16


Biz premyeraga ketyapmiz 😎

MJ

09 Oct, 05:35


Sohil bo'yidagi uy rasmidan keyin reallikka qaytamiz.

Katta ehtimol bilan obunachilarning hech birining uyi bu ahvolda emas. Shu sabab shukr qilib yashaymiz.

Dunyo ishlarida o'zidan imkoniyati kamroqlarga qarash tavsiya qilinadi.

https://t.me/muhtoj_oilalar/1362

Kanaldagi rasmlardan keyingi postda uy holati haqida ma'lumot berilgan.