Abdurazzoq Khanov @abdurazzoq_khanov Channel on Telegram

Abdurazzoq Khanov

@abdurazzoq_khanov


Aspiring Teacher and Marketer

🔛Kurslar uchun: @KhanovAdmin

Reklama uchun: @Khanov_ads

Abdurazzoq Khanov (Uzbek)

O'zingizni o'zlashtiruvchi va o'rganishga qiziqgan odam bo'lsangiz, Abdurazzoq Khanov Telegram kanaliga obuna bo'lishingizni tavsiya qilaman. Kanalda oliy ta'lim olish niyatida bo'lgan Abdurazzoq Khanov o'z bilim va tajribasini siz bilan ulashishni istaydi. IELTS sertifikatiga ega bo'lgan Abdurazzoq 8.5 band yig'ib o'tgan. U 17 yoshida Blog yuritish orqali mashhur Kia K5 modelini sotib oldi. 3000 dan ortiq o'quvchilarga ta'lim beruvchi kurslaridan biriga qo'shilgan. Agar siz ham yangi narsalar o'rganishni, o'z bilimingizni oshirishni xohlaysiz, Abdurazzoq Khanov kanaliga obuna bo'lishingiz tavsiya etiladi. Kurslar haqida ma'lumot olish uchun @KhanovAdmin bilan bog'lanishingiz mumkin. Reklama uchun esa @Khanov_ads ga murojaat qilishingiz mumkin.

Abdurazzoq Khanov

21 Nov, 12:36


CHIQIBDI GUYS 🤩

Linkdan o'tib ko'ring 👇

https://youtu.be/h4ctMNPL3U8

Abdurazzoq Khanov

21 Nov, 09:47


Bir YouTube kanalga intervyu bergandim. Bugun chiqarkan, ko'rvoramizmi guys?

Abdurazzoq Khanov

21 Nov, 08:22


Hech qachon noumid boʻlmang...

Shau Ling Li  AQSH vizasini qoʻlga kiritish uchun shu darajada koʻp uringan-ki, u hatto elchixona vakillari uchun eng taniqli insonga aylangan. Ammo uning talabi rad etilgan.

Shunda ham taslim boʻlmadi.

Muhojir sifatida Kanadaga ketishga kirishdi. 15 marta urinishiga qaramay, bu istagi ham amalga oshmadi.

Xitoy dengiz kuchlari safida xizmat qilmoqchi boʻldi, ammo uni qabul qilishmadi.

Elektronika sohasini tushungani bois katta bir shirkatga hujjat topshirdi.  124 kishidan 122 tasi qabul qilindi.  U rad etilgan ikki kishining biri edi.

Muvaffaqiyatsizlik ketidan muvaffaqiyatsizlik kelishiga qaramay u taslim boʻlmadi. Kurashishda davom etdi.

Ammo hech qanday mablagʻi yoʻq edi uni.  Kurashishda davom etdi va maqsad sari olgʻalab, ayolining taqinchoqlarini sotdi va bir yaqin doʻstidan qarz olib ishini boshladi. Uzoq yillik urinishlar va mehnat natijasida shirkati inqirozga yuz tutdi. Hozirda u qamoqda.

Abdurazzoq Khanov

21 Nov, 06:45


Day 39 in the gym.

👋Hayrli kun, sizchi hozir qayerdasiz?

Abdurazzoq Khanov

20 Nov, 17:03


It's quite possible to be a good man without anyone realizing it. Remember that.

— Marcus Arelius

Abdurazzoq Khanov

20 Nov, 08:27


Stop trying, that’s the secret

Bugun Mark Mansonning oxirgi podkastidan “Backward’s law” — the more we try, the more we lose — haqida gaplashamiz.

Hayotimizda mehnatga aloqador bo’lgan ishlarda harakat va rag’bat bir xil tezlikda yuradi. Qancha ko’p harakat qilsangiz, shuncha ko’p narsaga erishasiz. 1 soat xona tozalagandan ko’ra 2 soat tozalasangiz, 2 karra tozaroq xonaga ega bo’lasiz.

Ammo hissiyotlar va biz boshqara olmaydigan hodisalarga kelganda bu qoida ishlamaydi.

Jahlingiz chiqqan paytingizni eslay olasizmi? Qancha uni yo’qotishga harakat qilsangiz, battar jahlingiz chiqadi. Endi jahlingizni to’xtata olmayotganingiz uchun jahl qilasiz.

Yoki siqilgan holatingizni oling. Kamroq stressda bo’lishga harakat qilib, battar stressga tushib qolasiz.

Muammo shundaki, biz yaxshi hodisalar bo’lishini haddan tashqari ko’p xohlaymiz. Lekin, sekret hammasi yaxshi bo’lishi uchun harakat qilishda emas, balki yomon holatlarni qabul qila olishda.

More effort = More punishment

Odamlarni hurmatini qozonishga harakat qilmang, ko’proq hurmat qozonasiz. Kimnidir sevishiga majburlamang, ko’proq sevilasiz. Harakat qilmang, shunda yutasiz.

@Abdurazzoq_notes

Abdurazzoq Khanov

18 Nov, 16:18


Shunaqa postlardan ko'proq bo'lsinmi?

Ha ! 🔥

Abdurazzoq Khanov

18 Nov, 16:03


Always, always invert

Muammosiz insonni o'zi yo'q. Lekin, ularga bo'lgan yondashuv hammada har xil.

Amerikalik kuchli investor Charli Munger fizika va matematika fanlarida ishlatiladigan "inversiya" usulini hayotda qo'llash haqida juda ko'p gapirgan.

Muammoni yechimini topishni o'rniga, xato usullarni aniqlab oling. Shunda, to'g'rilari qoladi.

Keling, misollarda ko'ramiz:

— Nima ovqat yemaslik kerakligini aniqlab olsak ( Fast food, yog'li, og'ir botadigan ), to'g'ri ovqatlanamiz.

— Til o'rganayotganda hamma qiladigan qo'pol xatolarni qilmasak ( So'zlarni yodlab o'rganish, faqat grammatikaga bog'lanib qolish ), to'g'ri yo'lda tezroq o'rganamiz.

— Qanday insonlar hayotimizda bo'lmasligini aniqlab olsak, har doim vaqtimizni o'zimizga yoqadigan insonlar bilan o'tkazamiz.

Yana qanday misollar bilasiz? Yozib qoldiring 👇

Abdurazzoq Khanov

17 Nov, 14:20


Hozir Londonda bo'lishim kerak edi 💔.

Abdurazzoq Khanov

17 Nov, 14:15


Visa haliyam chiqmadi 💔.

Bugun uchishim kerak edi, biletlarni qaytarib berdim Uzairwaysga.

Abdurazzoq Khanov

17 Nov, 14:12


Xullas, bitta gap

Abdurazzoq Khanov

17 Nov, 14:07


Pichoqlar ham bor edi, egasiga qaytardim.

Abdurazzoq Khanov

17 Nov, 13:58


Bugun mashinamni tozalagandim. Chiqqan ba'zi odamlarni ushbu buyumlari qolib ketgan ekan.

Otvyorkaga nechchi?😂

Abdurazzoq Khanov

17 Nov, 08:58


Listening 7.0 ⚡️

Abdurazzoq Khanov

15 Nov, 15:11


Listening kursimdan 2 ta chyotkiy natija chiqqan.