a vida de Ifeekkhan @avidadeifeekkhan Channel on Telegram

a vida de Ifeekkhan

@avidadeifeekkhan


Student lifestyle & Study skills
Books & Book reviews
Ifeekkhan's daily life🎈
@kitobees ➡️ pictures of books from me and my friends
@ifeekkhan ⬅️ bog’lanish uchun

a vida de Ifeekkhan (Portuguese)

O canal 'a vida de Ifeekkhan' é o lugar perfeito para estudantes que desejam melhorar suas habilidades de estudo, descobrir novos livros e ler críticas literárias. Ifeekkhan compartilha um pouco do seu dia a dia, adicionando um toque de magia e diversão com emojis como ✨ e 🎈. Além disso, você pode conferir fotos de livros postadas por Ifeekkhan e seus amigos no canal @kitobees. Se você deseja se conectar com Ifeekkhan, basta acessar o canal @ifeekkhan. Não perca a oportunidade de fazer parte dessa comunidade vibrante e aprender mais sobre a vida de um estudante dedicado. Junte-se a nós e embarque nessa jornada de conhecimento e amizade!

a vida de Ifeekkhan

11 Jan, 05:29


Reportni yaxshilab tekshirishdan oldin sukunatda 3 soniya o’tirmoqchi edim.

AI is going to destroy humanity!!!

shunchaki fake rasmlar. Sun’iy intellekt yordamida yasalgan. Sun’iy intellekt yong’indan ham xafvli❗️

#🎈

a vida de Ifeekkhan

09 Jan, 08:48


To’qish blogini yurgizishni boshladim. Qiziqadiganlarni chaqiring. Qiziqsangiz siz ham qo’shilib oling

https://t.me/griin_aa

a vida de Ifeekkhan

03 Jan, 16:27


🤎Ichmadim, chakmadim. Yomon yo’lga kirmadim. Hali ham o’sha yaxshiga yaqinman.

2024-yildagilar:

1 Universitetni bitirdim. Ko’k diplomga. GPAni ko’tarish uchun harakat qilgandim va u o’xshadi.
2 Diplom olmasimdan ish topdim va qabul qilindim.
3 Kitob o’qimadim hisob. Yarmidan tashlab ketganman hammasini.
4 Qanaqadir kino, serial, multfilmlar ko’rdim. (Kinoni nomi va personajlar ismini odatda kamdan-kam holda eslab qolaman)
5 Sport bilan muntazam shug’ullanishni boshladim.
6 Ilm bo’yicha rivojlanish pasaydi. Focus ishga qaratildi va ko’proq dam olishga.

Bu yil men chill girl bo’ldim. Ishda ham omadim kelgani hisobiga ham shunday yil bo’ldi.

#🎈

a vida de Ifeekkhan

01 Jan, 11:42


👒 Oilaviy beanie shapkalar

🥺 Shunchaki cozy, sifatli va mehrli

Griin.aa ‎♡⃕

@griinaa murojaat uchun💌

a vida de Ifeekkhan

31 Dec, 19:21


Yangi yil oldi ishda ancha og’ir mehnat qildik. Dushanba kuni 2025-yil uchun plan va 2024-yil sarhisobini qilaman.

~dushanbaaadaaaa


#🎈

a vida de Ifeekkhan

26 Dec, 12:46


https://youtu.be/2OSpP5bzQ0I?si=PPfEHDD4HEQGEgBC

a vida de Ifeekkhan

19 Dec, 19:07


Ritual. Oddiy. Sodda. Va zerikarli.

Qolipga solinmagan ammo aslida qolipdan chiqib keta olmayotgan hayotim. Kallayi saharlab 04:55 dan to 06:00 gacha chinqirib, tomog’i qirilgan budilnikim.

Biroz uyqu aralash turgan va nonushta tayyorlab, uylarni yig’ishni boshlagan men. Bu vazifalar badan tarbiya o’rnini o’tab, tapir-tupur ishga tayyorgarlik boshlanadi. Mashinadagi tasvir bunday, avval jiddiylik, yo’lni o’rtasida kulgu oxirida mizg’ib olgan yuz. Ofisga kelib, biroz o’zimga kelish uchun shitir-shitir qilib yurgan men. Keyin ishga sho’ng’iyman. Orada bo'ynimni boshim ko'tarolmay qoladi. O’tirganimcha shu bo’yi ish tugagandan keyin turaman. Uyga shoshilaman. Hayot bu kurash deb 16 kishilik joy uchun 40 kishi turib, marshrudka kutamiz va kelishi bilan hamma birlikda otilamiz. Uyga borishim bilan tayyor issiq ovqat, shirinliklar kutib turibdi. Yeyman, yig’ishtiraman. Hayrli tun tilab, xonamda bir nimalar qilgandek bo’laman. Uxlayman. Yana tong. Yana o’sha quyosh. Yana o’sha hayot.

#🎈

a vida de Ifeekkhan

21 Nov, 05:38


AAAAAAAA

u endi menda🎉

#🎈

a vida de Ifeekkhan

13 Nov, 12:35


Kalizeyda “dengiz janglari” tomoshalari o’tkazilgan. Qani bo’lsa yana borib ko’rsak🤩

a vida de Ifeekkhan

07 Aug, 11:32


https://youtu.be/Z-eG8if5xoQ?si=TuLU_e1CO1pAjcxg

a vida de Ifeekkhan

13 Jul, 08:16


Commencement ceremony🎓

07.12.2024
#🎈

a vida de Ifeekkhan

03 Jul, 17:09


Katta bo’lishni xohlayman deganda shu narsani hisobga olmagan ekanman😭😭

#🎈

a vida de Ifeekkhan

15 Jun, 15:14


Ummumiy 5 yilim uvoli🎓

Yeojuda birinchi bo’lib, podkursda o’qidim. Yaqin do’st va singil topdim. O’qishga qabul qilindim. Do’stlarni koniga kirdim. Oltinlarini qazib aynan men o’qiydigan guruhga taqdim qilishdi. Bizda bor yo’g’i xotiralar qoldi. Birga o’tkazgan kunlarimiz, imtihonlarga uxlamasdan tayyorlanib chiqqanimiz, 30tadan 28ta topsak ham yig’laganimizni eslasam yig’i aralash kulaman. Shunday ruhda o’qiganimiz uchun hech qachon ortga qaraganimda afsuslanmayman. Doim bir-birimizni qo’llab quvvatlaydigan, yordamini ayamaydigan guruh bo’ldik. Yangi talaba qo’shilsa, imtihonga shunday tayyorlanishimizni ko’rib boshida “voy-booov” degan bo’lsa, ikki kunda o’zi ham muhitni tuzog’iga kirib, qattiq tayyorlanishni boshlardi.

Doim sizlab, 7 qavat ko’rpachaga yana to’riga bir-birimizni chiqarardik. Xato qilganda esa achchiq gapirib uzvolardik. Hech ham bir-birimizga qovoq-tumshuq qilmadik. Urshmadik, talashmadik. Sog’lom raqobat qilish qiyin bo’lsa-da, bildirmay, netmay amalladik. Qizlar o’qiydigan chiqdi. Universitetni bitirmaguncha ikki kishini aytmaganda turmushga chiqmadik. Boshimizni silab “kallalilar” guruhi dedik. Ajoyib guruh bilan 4 yil birga yo’qchilikda, to’qchilikda yashaganimdan Allohdan minnatdorman.
Ustozlarimizga esa alohida rahmat. Mehnatlarini samarasini bitirmasimizdan ko’ra olishdi. Har qanday vaziyatda hatto to’ying bo’lsa ham o’sha kuni ertalab darsga kelgin deb, darsda uxlab qolsak, “turib yurib kel” yoki “turib tingla. uxlab qolmaysan” degan. Turmushga chiqsangiz, to’yingiz kuni “bu meni o’quvchim” deb sudrab olib ketaman. Birinchi o’qing deb qo’rqitishgani uchun rahmat. Men hali ham turmush qurmadim🤣

Koreys professorlarimizdan nafaqat til, adabiyotni balki har qanday holat uchun madaniyatni kashf qildik. Odobnoma, o’qish kitoblarini qayta ochdik. Ular shunchaki kulib, ikkita konfet hadiya qilgani uchun-mi, bilmadim aytganlarini qilishni boshladik. Men mana shular uchun minnatdorman.Bu Universitetdagi 5 yillik umrim uchun roziman!

#🎈

a vida de Ifeekkhan

14 Jun, 18:19


Universitetni bitirganingizdan so‘ng hayot boshlanadi

Agarda shu gapni kimdandir eshitgan bo‘lsangiz mutlaqo to‘g‘ri gapni aytishgan. Dars qilish, imtihonga tayyorlanish hiqildog‘ingizga kelib darsdan qochishni istaysiz. Lekin mana shu holat uchun shukr qiling.

Hah, men shu yil universitetni bitirdim. Diplomni iyulda berishadi. Haqiqatdan tezroq tugashini istaganim uchun ba’zan yig‘lagim keladi. 

Ish qidirishdan ko‘ra o‘qishda vazifa berilganda “ey, ertaga qilaman” degan yaxshiroq. O‘qiyotgan vaqtingizda bir necha narsalar bo‘yningizda bo‘lmaydi. Pul, tashvish, balans, shaxsiy rivojlanish. 

Hali ham universitetni bitirmagan bo‘lsangiz ko‘proq o‘zingizga fokus qarating. Ishda bu narsalarga ko‘p vaqt ajrata olmaysiz. Faqatgina ajrata olmayotganingizni o‘ylash bilan vaqt o‘tkazasiz.

#🎈

a vida de Ifeekkhan

14 Jun, 12:35


Bugun uyda urush bo’ladi. Ruhan tayyorlanyapman. Bechora 3 ta yangi kitobim uyga qanday kirish yo’llarini puxta rejalashtirgan deb umid qilaman🗡️

#🎈

a vida de Ifeekkhan

06 Jun, 09:27


Bu degani istasam istamasam ham endi aktivlikka o’taman degani)

#🎈

a vida de Ifeekkhan

06 Jun, 09:16


BookTalks qaytmoqda

a vida de Ifeekkhan

30 May, 15:11


hayot meni sinashda davom etmoqda. ishga kelishda va ketishda dietadaligimni doim aytardim-a!

#🎈

a vida de Ifeekkhan

30 May, 09:29


Bolalarcha muhabbat quyidagicha qoidaga tayanadi: “Sevganlari uchun men ham sevaman”. Yetuk muhabbat negizi esa: “Sevganim uchun meni sevadilar”. Dumbul muhabbat aqidasi esa quyidagicha: “Menga zarur-kerakli bo’lganing uchun sevaman”.

Yetuk muhabbat negizi: “Seni sevaman, shu bois menga keraksan”.

Erix Fromm “Sevgi san’ati”

a vida de Ifeekkhan

28 May, 20:57


Ertaga student blogini student hayotidagi oxirgi imtihoni bo’ladi.

#🎈

a vida de Ifeekkhan

24 May, 12:58


Meni auram komiksni quvlaydi yoki u bizni jamoaga qo’shilgisi kelaveradi))

#🎈

a vida de Ifeekkhan

19 May, 14:43


Eng sevgan shoiringiz va sevgan she’ringiz qaysi?

Mening sevimli shoirim Sa’diy Sheroziy. Go’zal eshitilsin mening sevimli she’rim yo’q)

#🎈

a vida de Ifeekkhan

10 Apr, 05:59


*Hayitlarila moro bo’sin bolala🥳