مع فدرية @fadriyyafarkhod Channel on Telegram

مع فدرية

@fadriyyafarkhod


• Fadriyya Farhodning shaxsiy kanali

• Savol, taklif va mulohazalar uchun: @fadriyyaacademy_manager

مع فدرية (Arabic)

مع فدرية هو القناة الشخصية لـ فدرية فارهود، حيث تقدم محتوى مميز ومثير للاهتمام على مدار الساعة. سواء كنت تبحث عن نصائح حول الحياة، العمل، العلاقات أو أي موضوع آخر، فهذه القناة هي المكان المثالي لك. يمكنك أيضًا المشاركة بأسئلتك واقتراحاتك من خلال التواصل مع الإداريين على الرابط التالي: @fadriyyaacademy_manager. انضم إلينا اليوم وكن جزءًا من مجتمعنا المتنوع والمفيد!

مع فدرية

18 Nov, 17:30


Ushbu seminarlarga 24 soat davomida qabul ochiq

Murojaat: @fadriyyaacademy_manager

مع فدرية

18 Nov, 08:41


O’zi millionlar nima qilinadi?

Ko’pchilikda moddiy boylikni xohlash bor, ammo negaligini anglash yo’q. Yohud xohishning chegarasi 100.000$, ammo inson baribir millionlarni xohlaydi,
biroz tahlil:

Yaxshi yashash?
Subhanalloh, solishtirilsa hozir kambag’al deb ataladiganlarning aksari, insoniyat tarixida bo’lmagan qulaylikda yashashadi

Ehson?
Ehson o’zini pulidan qilinadi, eriniki/ otanikidan emas. Va to’g’ri niyat ila qilingan 10.000 so’m, riyo qorishgan 10.000$dan afzal bo’lishi mumkin

Ilm?
O’qish uchun grantlar bor, ishtiyoq va harakat bo’lsa - dunyoni top 10ta univerida ham bepul o’qish mumkin

Farzandlar kelajagi?
Bola uchun eng muhimi ona ruhan, ma’nan sog’lom bo’lishi. Iymon, IQ va EQ darajasiga boy bo’lishning aloqasi yo’q


Dunyo - pashshaning qanotichalik qadrga ega emas. Ha, unga to’g’ri maqsad va niyat ila ega chiqish yomon emas, hatto kerak. Faqat ana shu maqsadlarni durust qo’ya bilish va niyatni yangilab turish darkor. Shayton vasvasa, fitna qilishga doim shoshadi


Sizga nega pul kerakligini aniq biling. Foniylikka emas, abadiyat uchun xizmati og’irroq kelsin tarozida

Xayringizga xujjat bo’lishiga ko’proq ishonsangiz — ilm ila harakat va duo qilish qoladi. Alloh Siz uchun nima afzal ekanini Siz va har kimdan yaxshi biladi. Qaysi rizqingizni, qachon yetkazishni Unga topshiring, zero boshqa uslubni qancha chiranmang, ko’tara olmaysiz ham

Va yodingizda tuting, dunyodagi mahrumlik, Oxiratdagi egalik bo’lishi mumkin

مع فدرية

10 Nov, 12:37


Бу ишлар ортида нима бор?

@MubashshirAhmad

مع فدرية

09 Nov, 10:34


Ey iymon keltirganlar! Sizga hayot beradigan narsaga chaqirganlarida Alloh va Rasuliga javob bering va bilinki, albatta, Alloh kishi bilan uning qalbini ajratib qo‘yadi…
8:24

Tafsir:

«Hayot beradigan narsa» – iymon va Islomdir. Qur’oni Karim ta’biri bo‘yicha, haqiqiy hayot iymon va Islomdir. Inson bularsiz o‘likdir. Alloh inson bilan qalbining orasini ajratgandan keyin u o‘zini o‘nglay olmay qoladi. Inson o‘z qalbiga molik bo‘la olmay qolmaydi.


Buyuk Zot o‘z bandalarini itoatsizlikdan ogohlantirdi va U insonning o‘z ruhi bilan bo‘lgan bog‘liqlikni uzishga qodir ekanini bildirdi.

Odamlar Allohning buyrug‘ini birinchi marta bilganlarida rad etishdan ehtiyot bo‘lsinlar, aks holda, ular keyinchalik uni bajarish imkonidan mahrum bo‘lishlari mumkin.

Ularning qalblari chalg‘ishi mumkin, chunki Alloh insonning qalbi bilan bo‘lgan bog‘liqligini uzishga qodir. Alloh o‘z bandalarining qalblarini xohlaganidek boshqaradi va ularni xohlagan yo‘lga yo‘naltiradi.

مع فدرية

04 Nov, 07:08


Ibn Hazm aytadilar:

“Men oddiy odamlar orasida shunday insonlarni uchratdimki, ular o‘zlarining halimlik va go‘zal xulqlari bilan hayotini o‘z-o‘zini tarbiyalashga bag‘ishlagan donishmandlardan ham ustunroq edi. Lekin bunday insonlar juda ozchilikni tashkil etadi.

Shuningdek, men ilm o‘rgangan, payg‘ambar alayhissalomlarning vasiyatlarini va ularmolarning nasihatlarini bilgan insonlarni ham ko‘rdim. Ammo ularning ichidagi yovuz tabiatlari, buzuq xulq-atvori va oshkora hamda yashirin illatlari eng yomon insonlardan ham o‘tib ketardi. Bunday odamlar juda ko‘p. Shunda men tushundimki, bu Alloh Taoloning bergan ne’mat va mahrumliklaridir.”


«Al-axloq va as-siyar fi mudovat an-nufus», 32-bet

مع فدرية

27 Oct, 17:15


Ижтимоий тармоқлар моддиюнчиликни, моддиятпарастликни ва шаҳватпарастликни ақл бовар қилмас даражада кучайтириб ташлади. Авваллари ҳеч бир кино, ҳеч бир сериал ва ҳеч бир шоу ўзгартиролмаган онгларни ижтимоий тармоқлар ва ундаги кўз-кўз қилинаётган фаровон ҳаёт имитацияси ўзгартириб ташлади.

Яхши инсонмисан ё ёмонми, аҳамияти йўқ. Агар яхши даромад қилаётган бўлсанг - зўрсан, намунасан, ёшларга ўрнаксан. Ахлоқсиз нусха, фоҳиша ё жирканч қалбли махлуқ бўлсанг ҳам сени қаҳрамонга айлантирадиган нарса - моддий фаровон ҳаётинг бўлиб қолди.

Ҳатто диний маърузалар, халқ орасида сал-пал танилиб қолган диний ходимларнинг гапларини ҳам монтажда қиммат машина, шоҳона уй ва чиройли манзиллар фонида кўрсатиш урфга айланди. Худдики "Боймисан, демак Аллоҳ сени яхши кўради" деган ғоя сингдирилди. "Пулинг камми, демак ўзинг ахмоқсан, Аллоҳга хуш келмаган нимангдир бор, шунга сенга бойлик бермаяпти. Негативсан" деган тушунча онгларни эгаллаяпти.

Бугунги кунда ажримларнинг асосий қисми ҳам моддий етишмовчилик сабаб эмас, сабр етишмовчилиги сабаб кўпайди. Эр оддийроқ ва арзонроқ машинада бўлса, ёки жамоат транспортидан фойдаланса аёл ўз ҳаётидан қониқмай қолди.

Ахир тармоқларда кимнингдир эри замонавий машинада юрибди. Аёлини қўғирчоқдек кийинтириб қўйибди. Аёли маликалардек яшаяпти.

Эр ҳам аёлидан мутлақо қониқмай қолди. Ахир тармоқларда мутлоқ идеал қоматли ва ўша бўртган жойларига ишлов берган минглаган аёллар унинг ҳаёлини эгаллаяпти. Хотини эса уларга яқин ҳам келолмаяпти.

Руҳий хотиржамликдан, ўз ҳаётидан розиликдан асар ҳам қолмаяпти. Инсоният (жумладан аксар мусулмонлар ҳам) руҳий инқирозда.

© Абдулазиз Саидалихонов

مع فدرية

16 Oct, 20:00


“Fadriyya Academy”da ILK BOR ❤️‍🔥

Sizda oldindagi 5 kun ichida
- hozirgi holatingizga koʻra eng qulay tanlovni qilish📝
- qabuli butunlay yopilgan loyihalarga bepul ega boʻlish🔥
- kuzni oldindagi hayotingiz sifatiga, biiznillah, sezilarli ta’sir koʻrsatuvchi ilmlar oyiga aylantirish imkoni bor 📚

🔈Oʻtkazib yubormang
↪️ @fadriyyaacademy_manager

مع فدرية

24 Sep, 13:45


Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh😊

Masjid oshiqlariga yetkazing! Qalbi Allohning baytiga bog'langanlarga bu xushxabarni yetkazing🥳

Masjidlar tozaligi va obodligi uchun ehson hisob raqami:

💳Uzcard:
8600020427878074
A. A.

Naqd pul yoki homiylik masalasi uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qiling:
+998998237276 Xojiakbar

Telegram I Instagram I TikTok