Havro @havro_sahifasi Channel on Telegram

Havro

@havro_sahifasi


Postlarni olganda manbaa bilan joylashni unutmang.
@murojaat_uchunnn
متزوجة/oilali💍

Havro Telegram Channel (English)

Welcome to the Havro Telegram channel, where you can stay updated on all the latest posts and content. Don't forget to share your source when reposting. For inquiries, contact @havro_admin. This channel is dedicated to providing valuable information and insights on various topics. Whether you're looking for tips on relationships, marriage, or family life, you'll find it all here. Join us on this journey of learning and growth. Don't miss out on the opportunity to connect with like-minded individuals and expand your knowledge. Follow @havro_sahifasi for daily updates and valuable content. Stay informed, stay engaged, with Havro Telegram channel.

Havro

18 Feb, 11:59


Endi boshlang’ich sinflarga chiqqan vaqtimda Hilol nashrga bir katta olim inson kelgan edilar. Qur’on yodlash bo’yicha nechadir kun uzooq vaqt arabchada bizga tavsiyalar bergan edilar. Shunda bir gaplari qulog’imda qolib ketgan va qattiq ta’sr qilgan.


Yoshlikda zehn kuchli bo’ladi. Aql pas bo’ladi. Ulg’ayganing sari bil aks zehning pasayib, tafakkuring ya’ni aqling rivojlanadi. Shu bois ilk ishing Qur’on yodlash bo’lsin” degan edilar.

Buni qarangki bugungi kunda mazkur gaplar o’z isbotini topti.

Piaget nazariyasi – bolalar dastlab faqat sezgi va harakatlar orqali tushunishadi, keyin esa mantiqiy fikrlash rivojlanadi.

📌 Nevrologiya – neyronlar yosh bolalikda juda faol bo‘lib, har qanday ma’lumot tez so‘riladi, lekin yoshi ulg‘aygan sari bu jarayon sekinlashadi.

Havro

18 Feb, 11:47


Bolalar o‘zgacha yuz ifodalariga yoki notanish qiyofalarga boshqacha munosabat bildiradi, bu esa ularning vizual xotirasi kuchli ekanligini ko‘rsatadi. Ya’ni ko’z orqali ko’rib o’rganish. Shu sababli ham bolajonlar kitoblar rang barang, qiziqarli bo’lishi juda zarur.

O’zim ham esimni tanibman-ki uyimizda ensiklopediya bo’lar edi. O’qishni bilmasam ham undagi hayvonlar suratiga soatlarcha termulardim.

📌 Tahlil qilish va mantiqiy tushunish esa keyinchalik rivojlanadi, chunki bu murakkab kognitiv jarayon bo‘lib, tajriba va o‘rganish talab qiladi.

Bu fikr ilmiy jihatdan isbotlangan.
Bu, ayniqsa, bolalar til o‘rganishida va murakkab belgilarga (masalan, iyerogliflar) moslashishida namoyon bo‘ladi. Bolalar yoshligida bevosita shakllarni eslab qolishga moyil bo‘lsa, keyinchalik ularga mantiqiy tahlil qilish ham qo‘shiladi.

Havro

18 Feb, 11:44


Jean Piaget (bolalar psixologiyasi bo‘yicha mashhur tadqiqotchi) bolalarning dastlabki kognitiv rivojlanishi sezgi va harakatlar orqali sodir bo‘lishini ta’kidlaydi.

Havro

18 Feb, 07:07


Ahmoq odam xato qiladi va xatosidan dars oladi. Aqlli odam o’sha ahmoqning xatosidan dars oladi.

Havro

18 Feb, 06:47


Shahzodalarni nega qatl etilishi haqida va qonun qachon to’xtatilgani, o’rniga joriy etilgan qonun qiziqmi🙂?

Havro

17 Feb, 20:42


Achinarlisi shundakiii….

Ularning aksariyati 8 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan, ya’ni hali hech qanday siyosiy tajribaga ega bo‘lmagan yosh shahzodalar edi….


19 ta yosh shahzoda bo‘g‘ib o‘ldirilgan, bu Usmoniylar tarixidagi eng yirik shahzoda qatliomi hisoblanadi. Shahzodalar “bo‘g‘ib o‘ldirish” usuli bilan yo‘q qilingan, bu esa qon to‘kilmasligi uchun amalga oshirilgan Usmoniylar an’anasiga ko‘ra bajarilgan.

Bu qatliom keyinchalik “katta shahzoda” tizimi (taxtga eng katta o‘g‘il chiqishi kerakligi) paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.)

@Havro_sahifasi

Havro

17 Feb, 20:34


Mehmed III ning otasi Murad III (1574-1595) bo‘lib, u haremda juda ko‘p farzand ko‘rgan. (Tushunishingiz uchun Murad bu Hurremning navirasi shunda Mehmed unga evara bo’ladi😁) Murad III vafot etgach, Mehmed III uning eng katta o‘g‘li bo‘lgani uchun taxtga chiqdi.


Lekin yosh shahzodalar (aka-ukalar) hali ham tirik edi, va agar ulardan biri qo‘zg‘olon ko‘tarsa, Mehmed III ning hayoti xavf ostida qolardi. Shu sababli, Mehmed III taxtga chiqqan kunining o‘zida barcha aka-ukalarini o‘ldirish buyrug‘ini bergan.

Murad III Usmoniylar saroyining eng ko‘p farzand ko‘rgan sultonlaridan biri bo‘lib, uning 20 dan ortiq farzandi bo‘lgan. Shahzodalarning onalari haremning turli malikalaridan iborat edi. Mehmed III ning onasi Safiye Sulton bo‘lib, ( Nurbonuning kelini. Muradni unga Mehrimah Sultan hadya qiladi.

@Havro_sahifasi

Havro

17 Feb, 20:31


Sulton Mehmed III va 19 shahzodaning fojiali o‘limi(((

Sulton Mehmed III (1595-1603) Usmoniylar tarixidagi eng shafqatsiz vorislik qonunlarini qo‘llagan sultonlardan biri bo‘lib, taxtga chiqishi bilan 19 ta aka-ukasini qatl qilgan. Bu Usmoniylar tarixidagi eng yirik shahzoda qatliomi sifatida tarixga kirgan.

Nega Mehmed III 19 ta shahzodani o‘ldirdi?

Usmoniy sultonlari orasida “taxt vorislik qonuni” (Qonunname-i Ali Osman) mavjud bo‘lib, davlat siyosati uchun sultonlar barcha aka-ukalarini o‘ldirishgan va bu yozilmagan qonun bo’lgan.

@Havro_sahifasi

Havro

17 Feb, 06:56


Bunga nima deysiz😁?

Havro

17 Feb, 06:21


O’ylashim bo’yicha Selim va Murodni ham taxtga chiqishida Nurbonu juda katta ta’sr o’tkazgan. 🤔

Chunki Selim shahzodalar ichida zaifroq va sharob, o’yin-kulguga berilgan edi. Katta ehtimol bilan Boyazid ko’proq mos edi.

Mustafo tabiiyki eng ko’p mos ammo Hurrem bu musobaqada g’olib bo’lgan.

Havro

17 Feb, 06:20


Nurbanu Sulton nafaqat go‘zalligi, balki aqlli strategiyasi, siyosiy mahorati va Usmoniy imperiyasini yashirincha boshqargan kuchli ayol sifatida tarixda qolgan. U tarixda birinchi rasmiy Valida Sulton bo‘lib, imperiyani soyada boshqarish an’anasini boshlab bergan. Shuningdek, u diplomatik va harbiy jihatdan Usmoniylarning barqarorligini saqlashga yordam bergan.


😌ayollarda gap katta!

Havro

17 Feb, 06:18


Usmoniylar saroyida Valida Sulton (Sulton onasi) unvoni ancha oldin ham mavjud bo‘lgan, lekin Nurbanu birinchi bo‘lib rasmiy ravishda davlat ishlariga aralashgan Valida Sulton bo‘lgan.

Undan oldin ham Hurrem Sulton davlat siyosatiga aralashgan, ammo Hurrem hech qachon rasmiy Valida Sulton maqomida bo‘lmagan. Nurbanu esa taxtdagi sultonning onasi sifatida imperiyaning eng qudratli ayoli sifatida tan olingan.

Nurbanu faqatgina o‘z o‘g‘lini taxtga chiqarish bilan cheklanmagan – Murad III ning hukmronligida ham ta’sir ko‘rsatgan.

Murad III o‘z onasining maslahatlariga juda e’tibor bergan va ko‘plab muhim davlat qarorlarini onasining fikriga asoslanib qabul qilgan.

Shuning uchun ham ba’zi tarixchilar uni “soya sulton” deb atashadi.


U Istanbul, Edirne va boshqa shaharlar bo‘ylab ko‘plab mol-mulklarni boshqargan.
Ko‘plab waqf (xayriya) tashkilotlarini ochgan. Uning nomi bilan Atik Valida masjidi qurilgan bo‘lib, bu yirik masjidlar kompleksidan biri hisoblanadi.

Havro

17 Feb, 06:14


Siyosatdagi roli va diplomatik aloqalari

Venetsiyalik diplomatlar Nurbanu bilan maxsus aloqalar o‘rnatib, uning yordamida Usmoniy imperiyasi bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishga harakat qilishgan.

U Venetsiya bilan Usmoniy imperiyasi o‘rtasida urush chiqishining oldini olgan. Ko‘pgina tarixchilarning fikricha, u Makkiavelcha siyosat olib borgan va “imperiya ichida soyada hukmronlik qilgan”.

Nurbanu va Kosem Sulton o‘rtasidagi o‘xshashliklar

U va keyinchalik Kosem Sulton davlatni bevosita boshqargan eng kuchli ayollardan bo‘lishgan.
Kosem Sulton singari Nurbanu ham taxt vorisligida katta rol o‘ynagan va o‘z o‘g‘lini taxtga chiqarish uchun kurashgan.

Havro

17 Feb, 06:11


Hurremning kelini Nurbonu. Sulton Selim ||ning sevimli rafiqasi


U ham Usmoniylar tarixida chuqur iz qoldirgan.

Nurbanu Sulton (taxminan 1525-1583) Salim II ning rafiqasi va Murad III ning onasi bo‘lgan. U Valida Sulton (sulton onasi) sifatida Usmoniylar imperiyasining siyosiy hayotida katta rol o‘ynagan va davlatni deyarli soyada boshqargan.

Ba’zi manbalarda u venetsiyalik yahudiy yoki ital’yan bo‘lib, haqiqiy ismi Cecilia Venier-Baffo ekanligi aytiladi.Boshqa manbalarga ko‘ra, u yunon yoki yahudiy qizi bo‘lgan va Usmoniylar haremiga olib kelingan.

1574-yilda Salim II vafot etgach, uning o‘g‘li Murad III taxtga o‘tirdi, va shu bilan Nurbanu Sulton Valida Sulton (sulton onasi) maqomiga ega bo‘ldi.

U Usmoniylar davlatining eng qudratli ayollaridan biriga aylandi va o‘g‘li Murad III ni boshqarishda katta ta’sir ko‘rsatdi.

Havro

16 Feb, 17:33


Savollar yo’qmi?)

https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=b857d084323644

Havro

16 Feb, 17:30


Tulki daryoning narigi qirg‘og‘ida turib, suvning bu tomonida turgan tuyadan daryoning chuqurligi qancha ekani haqida so‘radi. Tuya: "tizzagacha" deb javob berdi. Tulki o‘zini daryoga bir otgandi, suv uni cho‘ktirib yuboray dedi. U bor kuchini ishga solib, ming mashaqqat bilan boshini suvdan chiqardida, suv o‘rtasidagi bir katta tosh ustida chiqib oldi. Chuqur nafas olib tuyaga qarata: "Axir suv tizzagacha xolos, deb aytgan edingku?!" dedi. Tuya esa: "To‘g‘ri, lekin meni tizzamgacha yetadi, deb aytgan edim", dedi.

Xulosa: Hayotiy ishlarda biror kishi bilan maslahatlashsangiz, u ham o‘zining tajribasidan kelib chiqib, o‘ziga munosib yechim haqida va o‘zi bundan ko‘p naf olgani uchun senga maslahat beradi. Ehtimol u maslahat sizga munosib kelmas. Shuning uchun boshqalarning tajribalarini yuz foiz va qat’iy holda qabul qilib olmang. Chunki u ham sizni cho‘ktirib yuborishi mumkin.
@Havro_sahifasi

Havro

14 Feb, 11:18


Mazkur ko’rsatuvda aytilgan turlar faqat turmush o’rtoq uchun emas. Lekin turmushda ham yaxshigina as qotadi. Opa-singil, qaynona va qaynota umumiy aytganda muomala madaniyatini bilishda yaxshi as qotadi deb o’yladim. Erkaklar ham ko’rsa zarar qilmaydi.


https://youtu.be/-jAB4RqduR8?si=laLd2Iv1qsLLfFP9

Havro

13 Feb, 19:47


Eskicha multfilimlarni ko'rsangiz g'ich g'ich ma'no topasiz.

Shulardan biri "Kung fu panda". Birinchi qismida panda shuncha harakat qilib jangchi bo'ladi va o'sha kutubxonadagi eng tepadigi nomaga ega chiqgisi keladi, ichida nima yozilganiga qiziqadi. Lekin uni ochganda, hafsalasi pir bo'ladi boshida.

Xo'sh, what is the moral of the story? Ko'p eshitganmiz, til o'rganuvchi yoki umuman o'rganuvchi odam sirli bir narsa qidiradi. Ana shuni bilvosada, bir uhlab turgandan keyin zo'r o'rganvosa o'sha tilni. Tabletka bo’lsa-da, ichsa miyyasiga o’z o’zidan kirib qolsa.

Bekorga videolarda "speakingda tez gapirishni 3 ta siri", “3oyda cfer” kabi sarlavhalar qo'yilmaydi. Chunki ko'pchilikka shunaqa "sirli" usullar yo'qadi.

Afsuslar bo'lsinki, pandani otasini gapi "sirli masalliqning o'zi yo'q, hammasi o'zingda." Ha, hech qanday sir yoq, sir hech kimga aytilmaydi o'zi. Aytilasa, sirligi qolmaydi, mantiqan. Hammasi o'zimizga, harakatlarimizga, maqsadlarimizga bog'liq. Pandadek tirishib harakat qilsak, ana shu "sirli" narsalarni keyinchalik kuzatib, "whaaat" deymiz. To'g'risi men ko'rib hayron qolaman ana shu sirli nimadirlarni o'rgatadiganlarga.

Nega bu yerda yillarini o'qishga sarflagan odam, bir sirli damlama bilan kuchayib ketgan odamga teng bo'lishi kerak ?

Havro

05 Feb, 08:57


Harakatsiz muvaffaqiyat bo'lmaydi!
Muvaffaqiyatning yarmi mehnat, ikkinchi yarmi esa qat'iyatdir

لا نجاح بدون تعب!
النجاح نصفه عمل والنصف الآخر عزيمة

https://t.me/IDAedu

Havro

04 Feb, 15:53


Tungi istanbul)

Havro

03 Feb, 16:07


O’quvchim Muhammad Rizo ning uy ishi bajarishdagi kreativligi.

Sizning farzand/uka/o’quvchi ngizda qanday kreativliklar ko’rgansiz, izohda qoldiring.

Havro

30 Jan, 09:43


@nafis_turkiya dan ajoyib kumushlar.

Havro

29 Jan, 18:03


Biznikilar “necha yoshda erkak kishida mashina bo’lishi” yoki “mahrga Gelik yoki 3 xonali uy so’rash kerakligini” hal qilayotgan mahalda Xitoyni sun’iy intellekt kompaniyasi- DeepSeek’i bilan Amerikaning sun’iy intellekti odamlarni fikri ustidan dominantlik uchun kurash qilmoqda.

Yangiliklarni o’qiyapsizmi, DeepSeek’ka 36 yoshlik Liang Wenfeng asos solgan, DeepSeek’ni falsafasi esa ChatGPtdan ancha aqilli va qadriyati baland.

DeepSeek- sekundiga dunyoni o’rganyapti, tahlil qilmoqda. BBC undan Xitoyning 1989-yildagi katta Tianamnen voqeasi haqida so’raganida u javob bermagan. Undan tashqari DeepSeek xatolarini tan olmoqda.

Tramp esa “uyg’oninglar, bu raqobatda biz yutishimiz kerak” degan signallar ham bergan.

Havro

25 Jan, 17:12


Sarhoş Selim

Sulton Sulaymon Qonuniy va Hurramning o’gli. To’g’ri ular juda kuchli juftlik bo’lishgan ammo avlodlari Selim nega davlat ishlarida uddaburon bo’lmagan?🤔

Uning “Sarhoş Selim” (Sharobxo‘r Selim) laqabi uning shaxsiy hayotiga nisbatan tanqid sifatida ishlatilgan va bu uning boshqaruvdagi yetarli qat’iyat ko‘rsata olmaganligini aks ettiradi.

Havro

24 Jan, 14:22


Bu haqida Borokko va Pokoko postida o’qib olsangiz bo’ladi👇🏻

https://t.me/Havro_sahifasi/5164

Havro

24 Jan, 13:53


Hozir yana ham ancha tabiiylik ommalashdi ammo yoshligimda eslayman. Mazkur suratdagi kabi sun’iylik ommalashgan edi. Yasama soch, yasama kiprik, yasama ko’z rangi, o’rdaknikidek lab, tim qora qosh, yirtiq, tor shimlar vakazo.

Bizdan nechadir asrlardan so’ng avlodlarimiz bizni ham ko’rib, “Astag’firulloh” deyishiga sabab bo’lmasligimiz va Alloh taolo ato etgan tabiiylikni saqlab qolishimiz darkor. Zero zamonlar almashaveradi, go’zallik standartlari o’zgaraveradi. Biroq Allohning adolati barcha uchun bir.

Alloh hidoyatidan adashtirmasin.

O’sha gap👌🏻

Havro

24 Jan, 13:41


19-asrda Eronning go’zallik standarti.

O‘sha davrda to‘lishgan tana boylik, sog‘lomlik va unumdorlik belgisiga ega edi. Zotan, bu ijtimoiy maqomni ham ifodalaydi. Qancha to’lishgan bo’lsa, shuncha boy

Qalin va aniq qosh shakli ayolning go‘zalligini ta’kidlagan. Ba’zan mo‘ylov ham go‘zallik va nazokat belgisi sifatida ko‘rilgan.

O‘sha davrda ayollar ortiqcha pardozdan ko‘ra, tabiiy go‘zallikni afzal ko‘rishgan. Bu esa o‘ziga xos go‘zallik idealini shakllantirgan.

Siz xunuk emassiz, shunchaki boshqa zamonda tug’ilib qolgansiz😁🤝🏻

Havro

24 Jan, 13:34


Masalan Yaponiya tarixida ayollar tishlarini maxsus qora bo‘yoq bilan bo‘yashgan. Bu “ohaguro” deb atalib, go‘zallik, boylik va voyaga yetganlik belgisi hisoblangan.

Qora tishlar sog‘lomlik va zodagonlik ramzi sifatida qaralgan. Shuningdek, bu tishlarning chirishini oldini olishga yordam bergan.

Havro

24 Jan, 13:31


Mohinuri sahifasidan oldim. Yaxshi ma’lumotlar ekan.

Har bir davrning ajoyib go’zalligi bo’lgan. Siz qaysi birini bilasiz?

Havro

24 Jan, 13:17


Bunday oyoq kiyimlar bir ko’rinishda ajoyib-a?, ammo o’ziga xos tarixga ega.

Har bir davrning o’ziga xos go’zalligi mavjud. Bu xitoyda XX asrgacha go’zallikning asosiy belgisi hisoblangan.

Havro

23 Jan, 20:53


Video ovozini tarjima qilib ko’ringchi?

Havro

17 Jan, 12:08


Aka singil birga o’qishadi. Singlisi Maryam bizning eng kichik o’quvchilardan.

هذا و هذه da biroz chalkashishgan. V

Aslida yaxshi o’zlashtirishgan edi videoda menimcha hayajonlanishdi jijintoylar🥰

Havro

17 Jan, 11:52


Bolajon loyihamizdagi o’quvchimizning uy ishi.


Darsimizda xonalarni o’zlashtirayotgan edik. Uxlash xonasidagi jihozlarni aytib video qilishni uy ishi qilib bergan edim.

Havro

15 Jan, 19:16


Qalblarga huzur bag’ishlaydigan ramazonga ham oz qoldi🥰😍

Havro

15 Jan, 19:04


Yosh bolalar tarbiyasidagi muhim jihat: shaxsiy hududning o‘rni

(
Post boshlanishidan avval eslatma o’laroq ma’lumotlar nazariy ekani va ona bo’lmay, aqllilik qilishdan yiroq ekanimizni aytib o’tmoqchi edim. Tajribali onalar, xatolarga ko’zingiz tushsa albatta izohda bildirib o’ting)

Abdulloh domlaning bir maruzalari chuqur o‘yga toldirgan edi: “Farzandlarga kichik yoshidan kattalardek munosabatda bo‘ling.” Bu so‘zlar farzand tarbiyasida biz ko‘p hollarda e’tibor bermaydigan, ammo juda muhim bir jihatni yodimizga soladi — shaxsiy hudud va hurmat.

Har bir yosh bolaga shaxsiy hudud, shaxsiy buyumlar va o‘ziga xos erkinlik zarur. Hatto uyda joy kam bo‘lsa ham, bolaning kichkina bo‘lsa-da, o‘ziga tegishli bir burchagi bo‘lishi uning ruhiy va aqliy rivojlanishi uchun suv va havodek zarur. Bu burchakda uning shaxsiy buyumlari, kitoblari yoki shunchaki o‘zini erkin his qiladigan joyi bo‘lsa kifoya.

Bolaga kichikligidan o‘z joynamozini taqdim etish, o‘z kiyimlarini o‘z tartibida saqlash imkoniyatini berish yoki unga javobgarlik yuklash uni mustaqil shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. Bu esa uning o‘zini qadrlash hissini oshirib, kelgusida jamiyatda faol, mas’uliyatli inson bo‘lib yetishishiga poydevor yaratadi.

Shuningdek, farzandga o‘z fikrlarini aytishga ruxsat berish, u bilan maslahatlasha olish, hatto uning qarashlariga jiddiy qarash ham katta ahamiyatga ega. Bolaning yoshlikdan “mening so‘zimning qiymati bor” deb his qilishi uni ham ota-onasiga hurmat qilishga, ham o‘z fikrini dadil ifoda etishga o‘rgatadi.

Shaxsiy hudud nafaqat jismoniy, balki ruhiy jihatdan ham ahamiyatlidir. Farzand bilan muloqotda uning his-tuyg‘ulariga e’tibor qaratish, uning ichki olamini tushunishga harakat qilish, ba’zan esa unga xoliq qolish uchun vaqt va makon yaratish ham shaxsiy hududga kiradi.

Shu sabab, bolalarimizga kichik yoshidanoq kichik-kichik mas’uliyatlar yuklaylik, ularning shaxsiy makoniga hurmat qilaylik va ularni erkin, mas’uliyatli shaxslar sifatida tarbiyalaylik. Bu nafaqat ularning kelajagi, balki jamiyatimiz kelajagi uchun ham katta sarmoyadir.

Havro

15 Jan, 18:57


👩‍👧Ramazon oyida yosh bolalarni ro‘za tutishga muhabbatini oshirish vositalari:

☁️Ilgari Shom ahlining odati, ular yosh bolalariga ro‘za tutishni o‘rgatib, uni "Minora zinasi", deb nomlashar edi.

Demak yosh bola bomdoddan peshingacha ro‘za tutadi. So‘ng peshindan asrgacha ro‘za tutadi. Keyin asrdan to quyosh botib, kattalar bilan og‘izni ochgunicha ro‘za tutadi.

🎁Birinchi ro‘za tutgan kuni u bola uchun maxsus dasturxon yoziladi. O‘sha dasturxonni "Iftorlik dasturxoni", deb nomlanadi. Dasturxon ustida kichik lagan va turli xil alvondagi ovqat ichimlik va har-xir shirinliklar hamda o‘sha paytda mavjud bo‘lgan mevalar qo‘yiladi.

💕Bola markazda turadi. Ahli uni o‘rab olib, maqtab, olqishlaydilar. Allohga qanday hamd aytishni o‘rgatadilar. Unga Alloh huzurida qanday ajrlar borligini tushuntiradilar. To iftor bo‘lganini bildiruvchi zambarak otilgunicha shunday qiladilar. Mazkur dasturxon yosh bolalarni ro‘zaga muhabbatini oshirishda iz qoldiruvchi eng muhim vositalardan biridir.

📕Ali Tantoviy.

Havro

11 Jan, 07:48


Yana bitta o’quvchimdan dars yodlash uslubi

Havro

10 Jan, 19:57


Bolajon loyihasidagi onalarga boqib, uzoooq tafakkurga ko’milib qoladi kishi. 1soat dars undan tashqari ba’zan qo’shimcha takror dars 1soattan oshiqroq. Birga o’tirishadi. Uy ishilarni birga shunday kerativ qilib, farzandlariga shu qadar toqat bilan vaqt ajratishadiki. Havas ko’zi bilan qaraysan kishi.

Ajoyib onalarni kashf qildim. Va beg’ubor ajoyib farzandlarni ham.

Havro

10 Jan, 19:53


“Bolajon” guruhimizdagi tirishqoq o’quvchimning so’z yodlash uslubi!

MashaAlloh ko’z quvnaydi. Bir ko’rinishidan oddiy harakatga o’xshaydi ammo bolalar ko’zi bilan boqsa, juda quvonarli holat.

Havro

08 Jan, 20:04


Baxtning siri – kutuvlarni kamaytirishda.

Hayotdan, turmushdan, ishdan, o’qishdan ko‘p narsa kutmaganingizda, kichik narsalar ham sizni xursand qiladi. Oddiy lahzalardan zavq oling, chunki baxt ularda yashiringan.

@Havro_sahifasi

Havro

08 Jan, 08:23


Ish qilayotganda tinglashga tavsiyalar🙃?

Havro

08 Jan, 05:41


Tongi darslar matcha bilan yanada zavqli!☕️( turmush o’rtog’imga tayyorlab berdim)

Matcha choyi o‘qish paytida diqqatni oshirish va uyquga qarshi kurashishda foydali. Bu choyda kofein va L-theanine moddasi bor, bu ikkalasi ham miyada diqqatni kuchaytirishga va tinchlantirishga yordam beradi. Coffedan 2barobar kuchli energiya desa ham bo’ladi.

E’tibor bergan bo’lsangiz yevropa talabalarining you tube blogida asosan matcha choy tayyorlab olib, dars qilishadi. U energiya berish bilan bir qatorda organizimni tozalaydi.

Tavsiyamga ko’ra matcha ichganlar bormi🙃?

Havro

07 Jan, 14:54


O’sha vaqtda ko’pchilikka javob berolmay qolibman🥲 qatnahish istagida bo’lganlar qo’shilib olsa bo’ladi.

2ta dars o’tilgan. O’tilgan 2ta darsni qayta o’tib beraman yangi qo’shilganlarga.

Bo’sh joy-4ta

@Murojaat_uchunnn

Havro

07 Jan, 12:42


Katta ehtimol bilan yaqin yillar ichida kirmoshinadek ommalashib, oddiy holga aylanadi. Aksar mamlakatlarda esa aylanib ulgurgan.

Lekin eng ko’p bizning yurtga kerakdek tuyuladi.

Havro

07 Jan, 12:39


Idish yuvadigan mashina qulaymi🤔?
-keling ko’rib chiqamiz😉

-Vaqtni tejaydimi?
-
biroz u qadar ko’p emas. Nega desangiz idishlarni moslab tahlash ham noqulyroq bo’lgani uchun baribir vaqtni oladi. Solishtirganda qisman tejaydi u qadar ko’p emas.


-Suvni tejaydimi💧
-ha!

Qo‘lda yuvish 30–60 litr
Idish yuvish mashinasi 8–15 litr sarflaydi. Bu aniq ma’lumot.

- Toza yuvadimi?🧼
-Ha

Idish yuvish mashinalari odatda suvni 60–70°C haroratgacha qizdiradi. Bu nafaqat yog‘ va oziq-ovqat qoldiqlarini samarali tozalaydi, balki mikroblarni yo‘q qiladi ham. Idish yuvish geli qoldiqlari ham qolmaydi.

- Hamma idishlar uchun mosmi?
-yo’q
Yog‘och, bo‘yalgan yoki nozik materialdan tayyorlangan idishlar mashinada yuvilmasligi mumkin.

Idish yuvish mashinasi, ayniqsa, katta oilalar va band insonlar uchun qulay texnika.

Dangasa qilib qo’yishiga kelsak, idish yuvish mashinasi o‘z-o‘zidan odamni dangasa qilmaydi. Bu asbob insonning vaqtini tejash va hayotini qulaylashtirish uchun xizmat qiladi. Dangasalikka olib keluvchi narsa — texnikadan qanday foydalanishni bilmaslik yoki uni haddan tashqari o‘rinli-o‘rinsiz ishlatishda.

Agar texnikadan to‘g‘ri foydalanilsa, bu hayotni osonlashtirishda yordam beradi va dangasalikning oldini oladi. Aksincha, noto‘g‘ri yondashuv esa dangasalikni kuchaytirishi mumkin. Sizning yondashuvingiz va mas’uliyatingiz bu jarayonda hal qiluvchi omil hisoblanadi!

O‘zingiz uchun mos bo‘lgan qarorni qabul qiling va hayotingizni qulayroq qiling!

Biz o’zbek ayollariga Dyson emas, kir yuvish moshinasi hadya qiling😁! Shunchaki taklif-da:)

Havro

07 Jan, 12:13


“Bolajon” loyihasi ko’z tegmasin hozircha alo darajada ketmoqda. Umid qilamanki yakuniga qadar shunday bo’ladi.

Bolalar bilan ishlashni yoqtirgan insonga bu ish kayfiyat bag’ishlar ekan.

Ular hozir bir-birlari bilan tanishishni, oilalarini tanishtirishni asta sekin o’rganib olishyabti. Quvonarli tarafi bolalarni o’zida rag’bat kuchli bo’lganida ekan.

Havro

06 Jan, 12:16


Uzoq o’ylab bugungi mavzuni “idish yuvish mashinasi” haqida bo’lishini tanladik.😁

Xo’sh-xo’sh idish yuvish moshinasi kerak deb o’ylaysizmi?)


Yaxshi va yomon taraflarini ko’rib chiqamiz.

Havro

04 Jan, 12:52


Ayolning aqli va qalbi bo‘m-bo‘sh bo‘lsa, ya’ni uning madaniyati ham, ibodati ham bo‘lmasa, undan kutilgan farzand tarbiyasi qanday bo‘lardi?!

Ayollari faqat ovqat pishirish va rohat bag‘ishlashga yaroqli jonzot bo‘lgan jamiyat isloh bo‘lmaydigan jamiyatdir.

Shayx Muhammad G‘azzoliy.

Havro

02 Jan, 14:40


Nafis-ham nafosat ham sifat uyg’unligi🩷


•Bolalar uchun kiyim
•Uy uchun pastel va kerakli jihozlar
•Qizlar uchun kiyimlar
•Sarpo uchun hamma narsa

https://t.me/Nafis_Turkiya

Havro

29 Dec, 19:24


sheriklarimiz bilan bir masjidda dars qilayotgan vaqtimiz bir arab yonimizga keldi. Darsimizni tugatguncha biror narsa demay, Qur’on tilovat qilib oʻtirdilar. Bitirganimizdan soʻng gapga tuttilar:
- Ilmdan boʻlishni xohlamay, tugatishingizni kuttim. Siymoyingizdan Oʻzbekka oʻxshayabsizlar. Sizlarga bir narsani aytmoqchiman. Xohlaganingiz Arab, Turk yoki boshqa millat vakillariga borib, O’zbeklar haqida taasurotini soʻrang, barchasining hayoliga Oʻzbeklar deganda Muhaddis, Hofiz, Faqihlar keladi. Shu paytgacha koʻrganim qaysiki Oʻzbek boʻlsa, bu yerlarga barchasi faqatgina ilm uchun kelgan. Sizlar oʻz yurtingizdan safar qilib, ilm olish uchun keldingiz. Lekin bu yerliklarning oʻzi ham siz Oʻzbeklarchalik imkoniyatidan foydalanmaydi. Alloh ilm yoʻlingizni oson, bardavom qilsin”. deb chiroyli duolar ila hayrlashib, bizlarga kuchli “motiv” berib kettilar)

Havro

28 Dec, 20:40


Ramazomga ham oz muddat qolibti. Qandaydir challenge qilamizmi deb o’ylayapman🙃?

Havro

28 Dec, 20:39


Izohlarni o’qib juda quvondim. 🥰

Romantikada ma’lum bir qoida yo’q. Turmush o’rtoqlarimizga , “uni eri mehribon. Unga doim unday qiladi. Bunday qiladi” kabi solishtirishdan biz muslimalar yiroq bo’lishimiz darkor.🥰

Har bir ekak/ayolning e’tbor berishi o’ziga yarasha bo’ladi. Har kim mehrini o’zgacha ifodalaydi. Muhmi samimiy, qalbdan chiqsa kifoya.😊


Tabiiyki har bir narsada payg’ambarimiz 📖 sunnatlaridan o’rnak olganimiz kabi mazkur mavzuda ham sunnatga yuzlanamiz.


📖aytganlar:

“Sizlarning eng yaxshingiz — o‘z ahli oilasiga yaxshilik qilganingizdir.”

Oisha onamiz shunday deganlar:
“Bir safar men Payg‘ambar bilan poyga qildim va uni yutdim. Vaqt o‘tib men biroz semirdim, yana poyga qildik va bu safar u meni yutdi. Keyin Rasululloh: ‘Bu safargi yutug‘im avvalgi uchun o‘rniga,’ dedilar.”
(Abu Dovud, Adab: 120)

📖o‘z umr yo‘ldoshlari bilan ochiqdan-ochiq mehribon bo‘lganlar. U zot Oisha onamizni doim erkalab, ularni “Humayro” (qizilchan yuzli) deb chaqirganlar.
📖 sevgi va mehrni faqat so‘z bilan emas, balki amalda ham ko‘rsatganlar. Bu oilada o‘zaro muhabbatni mustahkamlagan.

📖umr yo‘ldoshlariga kichik, ammo samimiy amallar orqali mehr ko‘rsatganlar. Masalan, Oisha onamiz bilan bir piyola suvdan ichganlarida, ular ichgan joydan ichishni afzal ko‘rganlar.


📖uy ishlari bilan shug‘ullanishda ham umr yo‘ldoshlariga yordam berganlar. Anas ibn Molik (r.a) rivoyat qiladilar:
📖 o‘z oilalariga xizmat qilishar edi.”
(Buxoriy, Adab: 568)

U zot umr yo‘ldoshlari bilan birga ovqatlanar, ularni ovqatlanishga rag‘batlantirar va ba’zan o‘z qo‘llari bilan taom berib, mehr-muhabbat ko‘rsatar edilar.

📖 umr yo‘ldoshlarining his-tuyg‘ulariga ahamiyat berganlar. Bir kuni Oisha onamiz Payg‘ambarimizdan 📖):
“Meni qanday sevishingizni qanday bilaman?” — deb so‘raganlar. Rasululloh:📖
“Sen mening uchun tugunning bog‘langan joyidirsan,” deb javob berganlar. Aisha onamiz:
“Bu tugun qachon ochiladi?” — deb so‘raganlarida, Rasululloh:
“Hech qachon,” deb javob qilganlar.
Bu ularning bir-biriga bo‘lgan muhabbatining chuqurligini ko‘rsatadi.


📖umr yo‘ldoshlari bilan ba’zan hazil qilishni ham yaxshi ko‘rganlar. Bir kuni Oisha onamiz bilan hazillashib, ularga shunday deganlar:
“Sen mening dunyodagi eng sevimli odamsan.”

Siznichi siyratda 📖ning ayollariga nisbatan qilgan aynan qaysi hislatlari ko’nglingizni tub tubida chuqur iz qoldirgan? 🤔

Havro

28 Dec, 20:22


BUNDAN HAM GO‘ZAL HUSHXABAR BORMI..


Mashhur alloma shahid Muhammad Sa’id Ramazon Butiy rahmatullohi alayh uylanganlaridan tahminan bir hafta keyin o‘zlari bilan bog‘liq bo‘lgan bir qissani aytib beradilar;
Bir kuni ertalab hujram eshigi taqillab qoldi. Men masjidda namoz o‘qib bo‘lgandan keyin kelib uxlayotgan edim.

Bu ish uylanganimdan tahminan bir hafta o‘tib bo‘lgan edi. Otam baland ovoz bilan meni chaqirib; «Sen hali ham uyqudamisan, senga kelgan hushxabarlar seni kechasi bilan shukr sajdasini qilib o‘tkazishingni talab qiladi-ku»!! - dedilar.
U kishining qichqiriqlaridan uyg‘onib ketdim va chiqib u kishi dalolat qilayotgan hushxabar haqida so‘radim.

Otam aytdiki; «Bu kecha tushumda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning kelganlarini ko‘rdim. U zot bilan birga bir necha kishilar ham bor edi. Bildimki, ular u zotning sahobalari ekan..»
U zot menga; «Sa’idni uylanganligi bilan muborakbod etgani keldik», dedilar.
Bu xabar menga ushbu uylanish saodatini his qildirgan narsalarning birinchisi edi. Keyin Alloh hadya qilgan ushbu ulug‘ yaxshilik va mo‘l-ko‘l saodat bugungacha davom etdi.

«Bu mening otam» nomli kitobidan Abdulloh Gʻulomov.

Havro

27 Dec, 08:45


To’ydan oldin barcha qizlar kabi “ romantika”desa ko’z oldimizga sha’mlar, atir gullar qisqa qilib aytganda media marketing o’laroq bizlarga ko’rsatib kelgan narsalarni tushunar edik.

Turmush qurgandan so’ng qarashlarimiz mutloq o’zgardi.

Romantika odamning qarashlariga, hayotiy tajribasiga va turmush o’rtog’idan nimani kutishiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin ekan.

Bizningcha, romantika — bu Yurakdan keladigan e’tibor.

Gul, sham yoki sovg‘a emas, balki odamning hislarini ifodalashdagi samimiy harakatlari. Masalan, seni tinglash, nima yaxshi ko‘rishingni bilishga intilishi, bir-birini tushunish, qadrlash va quvontirishga intilish. Masalan, eringning mehribonligi va sen uchun qayg‘urishi, qo‘llab-quvvatlashi, Hayotning yaxshi-yomon kunlarida birga bo‘lish, bir-birini dalda bilan siylash. Toliqqaningda ko’chadan ovqat buyurtma qilishi, ba’zan ulgurolmay qolgan ishlaringa yordamlashishi ekan. Media bizga marketing o’laroq namoyish etayotgan aldovlariga ishonib qolmasligimiz kerak.

Sizningcha romantika nima?)

Havro

25 Dec, 14:18


Tarixiy kinolar har doim ham to‘liq tarixiy haqiqatni aks ettirmaydi. Ular tomoshabinga qiziqarli bo‘lishi uchun badiiy unsurlar bilan boyitiladi. Shu sababli, kinoni faqat bitta tarixiy manba sifatida qabul qilishdan oldin qo‘shimcha o‘rganish kerak.

Tarixdagi voqealar har doim qiziqarli bo‘lavermaydi, shuning uchun rejissyorlar dramatik unsurlar qo‘shadi. Masalan, sevgi hikoyalari yoki xayoliy qahramonlar kiritiladi.

Film vaqt chegarasiga ega. Tarixdagi uzoq jarayonlarni tomoshabinga tushunarli qilib yetkazish uchun qisqartirish yoki soddalashtirish amalga oshiriladi.

Ayrim hollarda, muayyan guruhlar yoki davlatlar bilan mojaroga sabab bo‘lmaslik uchun tarix o‘zgartiriladi yoki siyosiy maqsadlar bilan moslashtiriladi.

Tarixiy aniq va badiiy film o‘rtasidagi farq:

Tarixiy aniq filmlar:

Maksimal darajada tarixiy haqiqatga rioya qiladi.
Masalan: “Schindler’s List” (Shindlerning ro‘yxati).

Badiiy-tarixiy filmlar:

Tarixiy asos bor, lekin hikoya yoki voqealar badiiy jihatdan o‘zgartirilgan. Masalan: “Gladiator” yoki “Braveheart”.


Agar film tarixiy voqealarni o‘rganish uchun tomosha qilinsa, quyidagi amallarga amal qilish kerak:


Film asoslangan voqealar haqida ishonchli manbalardan o‘qing.
Filmni ko‘rib, undagi badiiy qo‘shimchalarni tanlashga harakat qiling. Kino va tarixiy voqealar orasidagi farqni topish uchun tahlil qiling.

Havro

25 Dec, 11:35


“Kichik daho”
Ibn Sinoga oid kino. Juda zo’r ishlanibti👍
1-qisim

Qolgan qisimlari izoh guruhida

https://t.me/c/1375003934/43381

Havro

24 Dec, 19:08


Oddiy qog’ozlardan ajoyib decoratsiya)

Havro

24 Dec, 17:23


Biroz suhbatlashamizmi?)

https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=b857d084323644

Havro

22 Dec, 08:09


Nega nofaolsizlar🤔?

Havro

22 Dec, 08:07


Bugun qabul qiligan qarorlarimizda ertaga faqat o’zimiz yashaymiz.

Havro

21 Dec, 13:55


Arab tilidan boshlang’ichdan biroz yuqori bo’lgan, boshlang’ich qoidalarni o’qigan-u lekin yaxshi eslab qola olmaganlar. Yoki takrorga ehtiyoji borlar bormi🙂?

Havro

21 Dec, 13:52


Tarbiya- shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yig’indisi. Boqish, mehr bilangina cheklanish hayvonlarga hos hislat bo’lib, tarbiya berish deyilmaydi.

💡Ota-ona farzandga tarbiya berish vazifasi, biroq ota-ona burchini ado etsada, farzandlar kamolotga yetgan bo’lib, tarbiya bo’lib qolavermaydi. Biror sabab bo’lib Allohning qadari bilan noqobil farzand bo’lib qolishi ham mumkin.

Aytmoqchi bo’lganim: doim olimlar olimlarni tarbiya qilmaydi. Yoki doim johillardan johil zurriyod qolmaydi. Buni Qur’oni karimda yaqqol misolini ko’rsak bo’ladi. Bizga ibrat o’laroq nozil bo’lgan oyatlarda, johil Fir’avnning ayoli Osiyo onamiz barcha mo’minalarga ibrat o’laroq namunalar. Yoki Nuh a.s ning oilalariga bir nazar tashlaylik? Bunday misollarni keltirsak, olimlar hayotida ham ko’p uchragan bo’lib sanog’iga yeta olmaymiz.

 Shunday ekan nasl-nasabingizga suyanib, taqvoni tark qilmang!  📌

Islom Salmon Forsiyning qadrini koʻklarga koʻtarib, sharafli nasab sohibi boʻlgan Abu Lahabni tuban mushriklar darajasiga tushirdi.

Azizlik Islom bilandir. Chunki baribir Firʼavn sultonligi bilan, Qorun mol dunyosi bilan va Abu Lahab naslu-nasabi bilan  aziz boʻla olmadilar.
@havro_sahifasi

Havro

19 Dec, 13:24


Yuqorida “jazo”haqida sizlardan so’rab qo’yib, endi fikrlarni jamlash jarayoni.

Havro

19 Dec, 07:05


Yaxshi kitob ekan. O’qishga arziydi.

Kitobdan ilhomlandim chog’i “jazo” haqida biroz gaplashsak. Odatdagidek avval sizlarni fikringizni eshitish qiziqroq.

Jazo qo’llash o’zi to’g’rimi? To’g’ri bo’lsa, masalan qanday?

Havro

18 Dec, 15:57


Paula set – bu yumshoq, paxtali trikotajdan tikilgan, sovuq mavsum uchun ajoyib tanlov bo‘lgan sviter-libosdir.

Qora, Jigarrang, Xakki ranglari mavjud


MashaAlloh bu ham juda chiroyli dizayn bo’libti!

@nuun_uz 🥰

Havro

18 Dec, 15:56


RAYA set - minimalizm va nafislikni o‘zida mujassam etgan.

Ushbu set uzun kofta, keng olti bo’lakli yubka va tirsakgachan perchatkadan iborat.

Bu go’zallikni😍barchasini o’zlari ishlab chiqarishadi. Ko’zlar qamashadiyee

Harid uchun @nuun_uz

Havro

18 Dec, 15:52


@nuun_uz ga takrorlanmas, istaganim kabi liboslar hadyasini yuborishgan edi. Bu yozgi kolleksiya.

Odatda liboslar tavsiyasini deyarli qilmayman. Tajribadan a’lo darajada o’tgani uchun hech ikkilanmay tavsiya qila olaman.

Havro

29 Nov, 12:14


Sizga bir savolim bor.

Ijtimoiy tarmoq odobi deganda, nimani tushunasiz ?
Qanday holatlar sizni g'ashingizni keltiradi, ko'zingizga xunuk ko'rinadi ?
Ijtimoiy tarmoqda o'zini tutishiga qarab, insonlarning saviyasini bilish mumkinmi ?

Havro

28 Nov, 13:12


eski va yangi kitoblarimdan arzon narxda olib, manfaat oling hech qanday aldovlarsiz

kitobning oshiqchasi va keraksizi bo’lmaydi💕

kitob doimiy sotish bilan shug’ullanmayman lekin beramanu ketaman ^^

Havro

26 Nov, 21:11


Baribir orttirilgan go’zallik gen bo’lib yuqmaydi, lekin ilm qoladi,yuqadi va davom ettiriladi.

Havro

26 Nov, 21:10


Ilm va go’zallik.

-go’zallik mayli dunyoni qutqarar, lekin kim mavzu tashqi ko’rinish haqida ketayotganligini aytdi ?


“Beso’naqay, semiz, besaramjon, burni katta, doim biror narsa kavshanib yuradigan ayol”

Usmoniylar elchilaridan biri Hyurremni shunday ta’riflagan.


Mahidevran tarix kitoblarida yozilishicha, oq yuzli, uzun bo’yinli, qora kiprik-qoshli juda go’zal aristokratka bo’lgan.

***

Hyurrem 5 ta tilda gaplasha olgan, saroyga kelishi bilan bilim olgan.Boy va shoh oilasiga tanish oila bo’la turib Mahidevranda bilimsizlik kuchli bo’lgan.Siyosat, ichki tartib intizom hammasini o’rganish ko’p vaqt ketmagan ikki ayolga ham.Lekin ilk ayollik saltanatini o’rnatgan, tartibni o’zgartira olgan, elchilar bilan siyosiy mavzularda fikrlashgan-bu go’zal ayol emas edi, u ilmlisi edi.


Shunda tarixda kim yutib chiqdi ?

Ilmli va dono ayol.

Go’zallik nisbiy,go’zal jamolni ikki og’iz xunuk so’z rohatlanayotgan ko’zlarga parda tushirib qo’ya oladi.

Nima deb o’ylaysiz, Amir Temurni ham 4 ta ayoli bo’lgan nega aynan Bibixonim u uchun tanlangan edi. Go’zalligi sabab davlat ishlarida maslaxat solmagandir? Bibixonimni farzandi bo’lmagan lekin saroy farzandlariga tarbiya bergan, go’zalligi sabablimi ?
Nega erkaklar ayollariga quloq tutmaydilar? Nazoratni olmagan ilmli ayolda zaiflik va donolik o’rnida, “kuchlilik” va “aql o’rgatish” ko’rishadi. Sohibjamol ammo ilmga vaqtini bermaganlarda chiroy ko’zlarini ko’r qiladiyu, xulq va ilmga ixlos yo’qlik tanlovini afsusga aylantiradi.

Tarozisi o’zgaryotgan zamonda, orttirilgan go’zallik ortidan quvguvchi bo’lmang:

Baribir orttirilgan go’zallik gen bo’lib yuqmaydi, lekin ilm qoladi,yuqadi va davom ettiriladi.

Havro

24 Nov, 10:28


Afsuski biz odatda mehmonxonalarga kelganda tillalik buyumlar, eng qimmat stol stul va hashamatlarga e’tibor qaratib, bolalar xonasi hatto yodimizdan ham chiqadi.

Havro

24 Nov, 10:27


Bolalar xonasi: Mustaqillik va Ijod Maskani

Bolalar xonasi nafaqat ularning yashash joyi, balki rivojlanish va shaxsiy shakllanish makoni hamdir. Bu yerda ular mustaqillikni his qiladi, ijodkorlik bilan shug‘ullanadi va o‘z dunyosini kashf etadi. Shaxsiy xonaga ega bo‘lgan bola tartibga rioya qilishni, o‘z fikrlarini erkin ifodalashni va mas’uliyatni o‘rganadi.

Xonani tashkil qilishda qulaylik va bolaning qiziqishlari muhimdir:

• O‘yin va ta’lim burchagi: O‘yinchoqlar, kitoblar va ijodiy materiallar uchun maxsus joy.
• Ranglarning ta’siri: Yorqin va iliq ranglar bolaning ruhiy holatini ko‘taradi.
• Shaxsiylashtirish: Bola o‘zini xonada erkin his qilishi uchun sevimli ashyolar va mavzular qo‘shish.

Bolalarga o‘z dunyosini yaratish imkonini bering – bu ularning xotiralarida abadiy saqlanib qoladi!

Havro

23 Nov, 20:26


Ushbu kitobni o’qiganlar bormi🤔?
Juda ko’p maqtvolar eshitgandan so’ng kishini o’qigisi keldi.

Havro

23 Nov, 20:05


Bolalarning o’zining shaxsiy xonasi bo’lishi haqida suhbatga nima deysizlar🙃?

8 va 14 yoshli jiyanlarimning xonasini abzor ham qilmoqchiman. Balki yaxshi ideyalar ham bo’lar. Chunki tomosha qilib, mazza qilib, dars qilgisi kelaveradi odamni.

Havro

22 Nov, 17:52


Turmush o’rtog’imni ham matcha choyiga o’rgatyapman))

Havro

22 Nov, 07:48


Kitoblardan “Qofjon” kitobi juda ma’qul kelgan edi. Va yuqoridagi uslublardan foydalanish ham yaxshi samara bergan.

Harflarni qo’shishda ham bitta kichik qoida as qotadi. “A ga Ba ni qo’shamiz” emas, “A ga b ni qo’shamiz “ deb, qo’shilayotgan harfni sukunlik aytish kerak. Shunda bola qiynalmay, qo’sha oladi.

Xo’sh siz qaysi uslublardan foydalanasiz, bolangiz (jiyan, o’quvchingiz) harflarni qiyinchiliksiz o’zlashtirib olishlariga qancha muddat ketgan?

(Bizda qoidalari bilan mukammal o’zlashtirishga 2-3oy orasida ketar edi)

Havro

22 Nov, 07:42


Yuqoridagi postda ko’rsatilgan joyni bosgandan so’ng to’liq matn ko’rinadi.

Havro

21 Nov, 06:26


Bu ayollar uchun taklifnoma. Bir-biridan go’zal. So’ngi suratda esa, erkaklar taklifnomasi. Hech e’ribor qaratganmisiz? Hatto eng boy insonlarda ham erkaklar oshi taklifnomasi oddiy bo’ladi. Oshdagi dasturxon ham ayollarnikiga nisbatan ancha oddiy.

To’y oldi volidam “pishriq ham pishiraymi” desalar otam “babir erkaklar yemaydi” deganlari kechagidek yodimda. Rostan ham erkaklar dasturxoni moddiy jihatdan yuqori oilalarda ham ancha oddiy solinadi. Bu faqat to’y haqida edi. Bunday misollarni ko’p keltirsak bo’ladi.


Menimcha mash-mashalarni biz ayollar ko’paytiramiz. Otam aytmoqchi, “ayollar bo’lmaganida, erkaklar oddiy kulbachada ham yashab qo’yaverar edi”

Havro

21 Nov, 06:21


To‘g‘risini aytsam, taklifnomalar masalasida o’ylanib qolganmiz. Bizga yoqqan taklifnoma donasi 150.000 so‘m edi. Bir martalik taklifnoma o’rniga onlayn taklifnoma tarqatish zamonaviy va tejamkor fikr. Shu bilan birga, atrof-muhitni ham asraysiz.

1. Kitobning muqovasini orqasiga yopishtirish yoki kitobni ichiga maxsus bookmark solib berish.

Kitobni ochilgandagi ilk sahifaga bosmaxonada qog’oz chiqartirib, yopishtirish. 15.000 so’m atrofida ham yaxshi kitob topsangiz bo’ladi. A’lo darajada bo’lishini istasangiz 40.000larga ham juda zo’r kitoblar keladi.

O‘z so‘zlaringiz yozilgan maxsus yorliq yoki bookmark (kitob belgilagich): Shu ham o‘ziga xos va esdalik sifatida qabul qilinadi.
Bu yondashuv barchani hayratga solishi va to‘yingizga alohida e’tibor olib kelishi aniq! Qolaversa, shunchaki qolib ketmaydi.


2. Online taklifnoma. Biz aynan shundan foydalanganmiz.

Yaqinlarimizga ijtimoiy tarmoq orqali video va shirin gaplar orqali taklifnoma yuborilgan. Nafaqat tejamkor balki kreativ g’oya. Taklifnomaning harajati o’rniga, kelgan yaqinlarim uchun estalikka kichik hadya tayyorlaganmiz.

Bu uchun “Canva” ilovasidan foydalansagiz bo’ladi. Bepul.
Appstore
Play market

Videoni ham aynan canvada tayyorlaganmiz. (Shaxsiy malumotlarga ruhsat bo’lmagani uchun taklifnoma bo’shroq)

Havro

20 Nov, 09:53


Ba’zi sabablarga ko’ra post qayta joylandi. Izohlarda fikr qoldirishni unutmang.

Navbatdagi mavzu: kreativ, foydali taklifnoma.


Aktivlik menga motivatsiya beradi😉

Havro

20 Nov, 09:52


Odatda to’yga qo’shiqchilar aytiladi. Bizni to’yimizda (qiz bazmimda) biroz o’zgartirish kirittik.

Turmush arafsida turgan, kelinlar asosiy qismni egallashgani uchun ularga @psixolog_rozaliya taraflaridan qiziqarli, foydali suhbat tashkillashtirdik.

- An'analarni boyitish: To‘y faqat o‘yin-kulgu emas, balki hayotiy maslahat va bilim olish uchun imkoniyat bo‘lishi mumkin.
- Motivatsiya va ilhom: Psixolog yoki trenerning nutqi kelin-kuyov va mehmonlarga ilhom bag‘ishlaydi. O’zim ham Odinaxon Muhammad Sodiqni tadbirlariga borganimda jonli suhbat orqali qandaydur motivatsiyaga to’lib ketaman. Odatiy gaplar bo’lsa-da.
- O‘zgacha tajriba: Mehmonlar uchun bu odatiy to‘ylardan farq qiladi va ularni hayratda qoldiradi.

Nutq mavzulari bo‘yicha takliflar
1. Psixolog tomonidan oilaviy maslahatlardan iborat nutq:
- Oiladagi baxt va totuvlikni qanday saqlash.
- Stressni boshqarish va oila a'zolari bilan sog‘lom muloqot qilish.

2. Kasb egasidan hayotiy maslahatlar:
- Biznes treneri: Oilaviy moliyaviy boshqaruv haqida.
- Shifokor yoki salomatlik mutaxassisi: Oila a'zolarining sog‘lig‘ini asrash haqida.

3. Ma'rifiy mavzular:
- Ruhiy sog‘liqni saqlash.
- Yaxshi ota-ona bo‘lish bo‘yicha maslahatlar.

4. Shaxsiy rivojlanish treneri:
- Yangi bosqichda o‘z-o‘zini rivojlantirish yo‘llari.
- Kelin-kuyovga hayotiy motivatsiya.


Tavsiyalar

1- Mashhur yoki mehmonlar uchun qiziqarli bo‘lgan shaxsni tanlang.

2. Nutqni qisqa va mazmunli qiling:
- Nutq 10-15 daqiqadan oshmasligi kerak, shunda u qiziqarli va samarali bo‘ladi.
- Foydali va qiziqarli misollar bilan boyitilsin.

3. Interaktivlikni qo‘shing:
- Trener yoki psixolog mehmonlarni o‘z nutqiga jalb qilsin (savol-javob, qisqa testlar).

Mumkin bo‘lgan xavotirlar va echimlar
1. Mehmonlarning qiziqmasligi:
- Nutqni barcha uchun qiziqarli mavzuda tanlang (masalan, oilaviy baxt, shaxsiy rivojlanish).
2. Nutqning cho‘zilib ketishi:
- Har bir nutqni qisqa va aniq qilib tuzing.
3. An’anaviy mehmonlarning munosabati:
- Bu yangi format ekanligini oldindan tushuntiring va nutqni jiddiy emas, qiziqarli qilishni so‘rang.


Suhbat yakunida turmush o’rtog’imni nega tanalaganim, umuman olganda nega turmushga chiqish qaroriga kelganim borasida shaxsiy fikrlarim bilan ham bo’lishdim. Bu juda qiziqarli jarayon bo’ldi.

@Havro_sahifasi

Havro

18 Nov, 14:27


O'ynayman o'rganaman

#uynayman_urganaman

1-dars
2-dars Birinchi suhbat
3-dars. Ikkinchi suhbat
4-dars. Sonlar
5-dars. Sonlar mashqi
6-dars. Fe'llarni o'rgan
7-dars. Fe'llar bo'yicha mashqlar
8-dars. Ismim, isming ........
9-dars. Ismi ishora.
10-dars. Ismi ishora davomi va qo'shimcha fe'llar.
11-dars. Mashqlar.
12-dars.
13-dars.
14-dars.

2-bo'lim

15-dars. Oilam.
16-dars.
17-dars.
18-dars.
19-dars.
20-dars.
21-dars.
22-dars.
23-dars.
24-dars.
25-dars.

Havro

13 Nov, 15:04


Diqqat masalasi juda aktual. Ayniqsa giperaktivlar bilan juda qiyin. https://t.me/Havro_sahifasi/5542 shu uerda giperaktivlarga ta’lim haqida yozgan ekanman.

Giperkativ ustozlar bo’lsa alohida mavzu.

Havro

13 Nov, 15:00


Oramizda ustozlar bormi? Nimadan dars berasizlar va sizlarni asosiy qiynaydigan muammo nimada?)

Havro

13 Nov, 14:52


Dinimizda shaxsiy chegaralar o‘rnatish va o‘z qadr-qimmatini saqlash masalasida ko‘plab ko‘rsatmalar mavjud. Islomda insonga o‘zini hurmat qilish, chegaralarini saqlash, boshqalarning haq-huquqlariga e’tibor berish, hamda ularning shaxsiy hududiga aralashmaslik ko‘p bor ta’kidlanadi. Mana ba’zi ko‘rsatmalar:

Qur’onda Alloh insonni hurmatli va qadrlanadigan qilib yaratgani aytilgan: _"Biz albatta, Odam bolalarini aziz qildik."_ (Isro, 70). Bu oyatda inson o‘z qadrini bilishi, o‘zini hurmat qilishi kerakligi eslatiladi.

- O‘z shaxsiyatini hurmat qilgan inson boshqalarga nisbatan ham xuddi shunday hurmat bilan yondashadi va ularni ham o‘z qadrini bilishga undaydi.

Boshqalarning huquqlarini hurmat qilish
- Islom boshqalarning haqqini hurmat qilishga katta e’tibor beradi. Rasululloh (s.a.v.) _"Musulmon musulmonga birodardir. Unga zulm qilmaydi va zulmga topshirmaydi"_ deganlar. Bu hadisi sharifda har kimning o‘z shaxsiy chegaralari borligi va boshqalarga zarar yetkazmaslik kerakligi ko‘rsatilgan.

- Shaxsiy chegaralar boshqalarning hayotiga aralashmaslik va ularning huquqlarini hurmat qilish orqali himoyalanadi. Dinimizda har bir insonning o‘z hududi va shaxsiyati hurmatga sazovorligi ta’kidlangan.

O‘z haq-huquqlarini himoya qilish
- Payg‘ambarimiz (s.a.v.) _"Kuchli mo‘min Alloh nazdida zaif mo‘mindan yaxshiroq va azizroqdir"_ deb aytganlar. Bu hadisdagi kuchlilik faqat jismoniy kuchni emas, balki o‘z qadrini saqlash, huquq va manfaatlarini himoya qilishni ham anglatadi. Shaxsiy chegaralar o‘rnatish esa o‘z haq-huquqlarini himoya qilishning muhim bir qismi hisoblanadi.

Muloqotda hurmat va odob saqlash
- Odamlar bilan muloqotda, dinimizda odob va hurmat me’yorlariga rioya qilish katta ahamiyatga ega. Rasululloh (s.a.v.) _"Sizlarning yaxshilaringiz boshqalarga eng yaxshi muomalada bo‘lganlaringizdir"_ deb aytganlar. Bu, shaxsiy chegaralarga rioya qilish orqali yaxshi munosabatlarni saqlashni ham o‘z ichiga oladi. Har kimning his-tuyg‘ulariga e’tiborli bo‘lish va ularning chegaralarini hurmat qilish dinimizning go‘zal xulq-atvori hisoblanadi.


- Rasululloh (s.a.v.) dedilar: “Musulmon – boshqa musulmonlar uning qo‘lidan va tilidan zarar ko‘rmagan kishidir.”* (Buxoriy va Muslim rivoyati).


- Rasululloh (s.a.v.) Vido xutbasida shunday deganlar: “Albatta, sizlarning qonlaringiz, mollaringiz va obro‘laringiz (bir-birlaringizga nisbatan) bugungi kuningiz, oy va joyingiz kabi muqaddas va daxlsizdir.” (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Qalb og‘rig‘idan ehtiyot bo‘lish:
- Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar: “Kimda kim birodarini og‘ir so‘z bilan ranjitsa, Alloh u kimsaning qalbini qayg‘u va afsus bilan to‘ldiradi.” (Abu Dovud rivoyati).

Shunday qilib, Islom shaxsiy chegaralar o‘rnatishning inson o‘ziga va jamiyatga foyda keltirishi, insoniy hurmat va odobni saqlash borasida keng ko‘rsatmalarga ega. Chegaralar saqlangan va hurmat qilinadigan jamiyatda insonlar o‘zini xavfsiz his qiladi va ularning qadr-qimmati himoya qilinadi.

@Havro_sahifasi

Havro

11 Nov, 19:54


Shaxsiy chegarasini o’rnatgan insonlarni nega ko’pchilik xushlamaydi?

O’zi siz shaxsiy chegarangizni o’rnatishda eng ko’p e’tibor beradigan jihatingiz qaysi?

Va eng ko’p omma tarafidan buziladigan chegarangiz qaysi?

Havro

11 Nov, 14:39


Kim yana oila davrasida kichkintoylar bilan tomosha qildi?🥰

Havro

09 Nov, 18:46


Toza havoda dars qilishni mazasini bilib olganingdan so’ng:

Havro

09 Nov, 13:48


Dars qilish vaqtida uyqudan qochish uchun kichik tanaffuslar qilish, qahva ichish yoki faoliyatni biroz o‘zgartirish (masalan, turib yurish yoki mashq qilish) yaxshi yordam beradi.

Men o’zim foydalanadiganim asosan matcha choyi yoki qahva!

Matcha choyi o‘qish paytida diqqatni oshirish va uyquga qarshi kurashishda foydali bo‘lishi mumkin! Bu choyda kofein va L-theanine moddasi bor, bu ikkalasi ham miyada diqqatni kuchaytirishga va tinchlantirishga yordam beradi.

E’tibor bergan bo’lsangiz yevropa talabalarining you tube blogida asosan matcha choy tayyorlab olib, dars qilishadi. U energiya berish bilan bir qatorda organizimni tozalaydi.

Havro

09 Nov, 13:40


Dars qilganda nega uyqu keladi?💻

🧠Miya charchaydi

Dars qilish — miyaga katta yuk bo‘ladi, ayniqsa yangi ma'lumotlarni o‘zlashtirayotganda. Bu miya uchun qiyin vazifa va charchoqni keltirib chiqaradi, natijada tanangiz dam olishni xohlaydi.

🩸Qon oqimi pasayadi

O‘qish yoki dars qilish vaqtida uzoq vaqt o‘tirish tanada qon aylanishini sekinlashtiradi, ayniqsa, miya kamroq kislorod oladi va bu ham uyquchanlikka sabab bo‘lishi mumkin.

🧶Monotonlik

Bir xil ish bilan uzoq vaqt shug‘ullanish (masalan, kitob o‘qish) miyani zeriktirishi va diqqatni susaytirishi mumkin. Zerikkan paytda miyaning faolligi pasayadi va uyqu keladi.


😴Yetarli dam olmaslik

Uyqu rejimi buzilgan bo‘lsa yoki yetarli dam olmasangiz, dars paytida uyqu kelishi tabiiy. Miyangiz o‘qish bilan shug‘ullanishga tayyor bo‘lmaydi.

Havro

03 Nov, 16:01


Husayn Buxoriy tomonlaridan 5 ta kitob sharh qilinmoqda.⤵️

⏺️ «Risalatul-Mustarshidiyn» («Toʻgʻri yoʻl soʻraganlarga risola»)

⏺️ «Iyqozul himam» («Himmatlarni uygʻotish»)

⏺️ «Shifo» (Muhammad sollallohu alayhi vasallamning haqlarini tanitish)

⏺️ «Tibyan fi adabi hamalatil Qurʼan» («Qurʼon koʻtaruvchilar odoblarining bayoni»)

⏺️ «Arba'in Navaviyya» @husaynbuxoriybot ga startni bosilsa, chiqadi.

Havro

30 Oct, 07:13


Kecha chamadonda ba’zi narsalarimni berib yuborishgan ekan. Ichini ochsam, birinchi bo’lib ushbu qog’ozga ko’zim tushdi. Biroz yoshlandi ham.

Havro

30 Oct, 06:59


Bugun ushbu video meni biroz o’ylantirdi. Va o’zimni ham pazandachilik ishlarim yodimga tushdi. 3-4-sinflik chog’larimda hamrli qiyin, yangicha ovqatlar qilib ko’rar edim. Har safar har xil xatolar bilan o’xshamay qolsa ham, uydagilar meni qo’llab, maqtab-maqtab yeyishar edi. Agar o’shanda buni ijobiy qabul qilishmaganida, balki men taslim bo’lardim.

Videoni qisqa tahlil qiladigan bo’lsak:
Xatolardan o‘rganish

Videoda ona bolaning xatosini oddiy bir qism sifatida qabul qilmoqda va unga ortiqcha e'tibor qaratmayapti. Bu bolaning o‘z xatolarini to‘g‘ri tushunishga va ulardan qo‘rqmaslikka yordam beradi. U o‘rganish jarayoni orqali xatolarni qanday tuzatishni o‘rganadi.

Stressni kamaytiryapti

Bola xato qilganida onasi unga qattiq munosabat bildirmayapti, bu esa bolaning o‘ziga ishonchini yo‘qotishiga yoki asabiylashishiga sabab bo‘lmaydi. Bola xotirjam va ishonchli muhitda bo‘lsa, o‘rganish jarayoni samaraliroq bo‘ladi.

Sabr va mehr ko‘rsatyapti

Onaning muloyim javobi sabr va mehr ko‘rsatishni bildiradi. Bu bolada ham boshqalarning xatolariga nisbatan sabrli va mehribon bo‘lish ko‘nikmasini rivojlantiradi.

O‘zini ayblamaslik

Bola “uzr” deganda, onasi "hech qisi yo‘q" deb javob berib, bolani o‘zini aybdor his qilishdan xalos qilyapti. Bu uning ruhiy holati uchun juda muhimdir, chunki bola xato qilganda o‘zini jazolash o‘rniga tuzatishga va kelajakda yaxshiroq qilishga intiladigan bo‘ladi.

Havro

25 Oct, 22:33


Ajoyib-a? Qiziqarlisi 85% narsalar qo’l mehnati. Hatto yoritgich ham.

Bu xona menga emas, dugunamga tegishli.

Havro

25 Oct, 22:29


Kecha opam turmushga chiqishimdan avvalgi xonamda dars stolimda o’tirib video yubordilar. Unda quyidagi jumlalarni ishlatgan edilar. “Anchadan beri yozish qobiliyatim o’lgan ekan. Stolga o’tirganimdan beri ilhom parilarim tinch qo’ymay, nimadirlar yozdim” debtilar. (Stolim karomatlimikin deb o’ylab ham qoldim😃)

Turmushdan so’ng menda biroz yangi hayot, yangi shaharga ko’nikish uchun ko’proq energiya kerak bo’ldi. Endi joylashdim biroq o’zimda yozishga nisbatan avvalgidek kuchli hissiyot his qilmayapman.


Shunda tushundim-ki, dars stol va dars qilish uchun alohida muhit bo’lsa, samaradorlik yanada oshar ekan. Hozirda yangi uyimda shu sharoitni yaratish payidamiz. Tez orada yangi dizayn bilan bo’lishaman inshaAlloh.

Izohlarda o’z muhitingiz bilan bo’lishing. Bu men uchun juda qiziqarli va maroqli. Dars stollarni o’zgacha yoqtiraman huddi o’sha insonnig ichki olamidan xabar berayotgandek tuyiladi.

Havro

25 Oct, 14:19


Birinchi darsimizni yakunlab ham oldik. Darsga ham biroz creativ yondashishga urundim.

Havro

24 Oct, 13:20


Online talim va offline talim o’rtasida debat ketganida qaysi tarafda turgan bo’lar edingiz?

Sabablarini ham bayon qiling.

Menga juda qiziq)

Havro

23 Oct, 13:27


📚𝑈𝑚𝑚𝑢𝑙𝑄𝑢𝑑𝑑𝑢𝑠𝑖𝑦 Erta ta'lim blogidan gapiraman🗣

Blogimizda sizga farzand tarbiyasiga oid:


● Bepul pdf kitoblar,
○ Bepul audiokitoblar,
● Bepul marafonlar,
○ Mentalarifmetika,
● Qiziqarli matematika,
○ Arab harflari kursi,
● Islomiy ta'limiy multfilmlar,
○ Farzand tarbiyasiga oid suhbatlar,
●Uy sharoitida laminat va busy book tayyorlash ,
Farzandim bilan kunlik dars jarayonlarimizdan lavhalar ulashib boraman✔️

📍 Kanalni yo'qotib qo'ymaslik uchun tezda pastdagi havola orqali ulanib olishingizni tavsiya qilaman
👇

https://t.me/ummulquddusiy

https://t.me/ummulquddusiy

Havro

23 Oct, 13:26


Savollar bo’lsa, marhamat:)

https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=b857d084323644

Havro

22 Oct, 10:20


XVII asrda qurilgan va Turkiyaning olti minorali birinchi masjidi hisoblangan Sulton Ahmad jome masjidi Istanbulning eng ko‘zga ko‘ringan me’moriy inshootlaridan biri sifatida mahalliy va xorijiy sayyohlarning e’tiborini tortib kelmoqda. Masjidning o’zgacha shukuhini kirgan oningizdan his qilasiz.

Havro

22 Oct, 10:17


Sulton Ahmad masjidi 1609-1616 yillar oralig‘ida Sulton Ahmad I tomonidan me’mor Sedefkar Mehmed og‘aga qurdirilgan. Turk-islom madaniyati nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega bo‘lgan bu masjidning qurilishiga ko‘pchilik ishtirok etgan.
Sulton, davlat arboblari va ko‘plab aholi ishtirok etgan masjid qurilishi 7 yil 5 oy 6 kun davom etgan.

Havro

21 Oct, 15:25


Sabr- iztorob o’rinlarida qalbning sabot bilan turishidir. Umuman, din sabr-toqatga muhtojdir.

“Sabr” so’zining asli “tiymoq, to’smoq, hibs qilmoq” manolarini bildiradi.

Uning mohiyati esa- nomaqul va nomunosib ishni qilishdan to’sib turuvchi go’zal xulqdir.

“Hidoyat ilm bilangina erishiladi. Unda bardavom bo’lish esa sabr bilangina erishiladi.”

Mutolaadan

Havro

20 Oct, 11:50


Dars bo’yicha savollarga javob:

Darsda qatnashish uchun nimalarni bilishim kerak?
-arab so’zlarini qiynalmay o’qiy olish. Kamida 200ta lug’at boyligi bo’lishi.


Davomiyligi qancha?
-2 uzog’i bilan 3oy


Chegirmalar mavjudmi?
-
Albatta! Dars davomida coin yani ballar tashkil etiladi. Darsga kirganingiz, uy ushi qilganingiz va hakazo kabi. Eng ko’p coin (bal) yig’gan talaba uchun 50% to’lov qaytariladi.

O’zi nimalar o’rganamiz?
- 2uzog’i bilan 3oy davomida tarkiblash, sodda jumlalarni tarjima qilish va boshlang’ich saviyadan o’rta saviyaga ko’tarilasiz inshaAlloh.


Yana savollar bo’lsa, izohda qoldirishingiz mumkin.)

Havro

18 Oct, 16:16


Dars faqat ayollar uchun bo’lib, darslarni o’zim olib boraman inshaAlloh.

Havro

18 Oct, 16:07


📚 BOSHLANG'ICH NAHV

📌Talablar:

Darsga tayyorlanib kirish, ko'p dars qoldirmaslik, kuniga 2-3 soat dars tayyorlash uchun vaqt ajrata olish.

🔴 Kitob:
🔸النحو للمبتدئين
🔸الدروس الشفاهية
🔸قصص النبيين

📆 DU - CHOR - JUM
18:00
⌛️ 2 oy
Haftada 3 kun, 1soatdan.

Anketa↩️
1- Nimalarni o'qigansiz? (arab tili bo'yicha)
2-Ism, sharifingiz
3-Hozirda qayerda o'qiysiz?
4-yoshingiz


Murojaat uchun: @murojaat_uchunnn
Oylik to'lov: 400.000 - 300.000 so'm

Dars boshlanish sanasi:
25-oktabr

Havro

18 Oct, 16:06


Bitta kichikroq yangiligim bor..🙃)

Havro

18 Oct, 08:40


Aya Sophia

1500 yil davomida bir joyda turgan bino. Pravoslav xristian olamining bosh qarorgohi va Istanbuldagi birinchi masjid. U atigi 5 yil ichida qurilgan.

Sofiya ismli avliyodan olingan deb hisoblashadi. Biroq, bazilar “Ayasofiyaning asl nomi qadimgi yunon tilidan kelib chiqqan bo'lib, "Ilohiy donolik" degan ma'noni anglatadi” deyishadi. Bu ism binoning Iso Masihga bag'ishlanishini aks ettiradi.

Ayasofya nomi bilan tanilganidan oldin, strukturaning asl nomi Megalo Ecclesia bo'lib, "Buyuk cherkov" yoki "Mega cherkov" deb tarjima qilingan. Bu nom uning pravoslav nasroniylikning markaziy cherkovi maqomini ifodalagan.

Qurilganidan keyin bino Usmonlilar davrigacha cherkov vazifasini bajargan. Usmonlilar imperiyasi 1453-yilda Istanbul shahrini bosib oldi. Fatih Sulton Mehmed Ayasofiyani masjidga aylantirishga buyruq berdi. Sultonning buyrug'i bilan bino ichidagi mozaikalarning yuzlari qoplanib, minoralar qo'shildi va yangi mehrob (Makka yo'nalishini ko'rsatadigan joy) o'rnatildi. Respublika davrigacha bino masjid vazifasini bajargan. 1935 yilda parlament qarori bilan ushbu tarixiy masjid muzeyga aylantirildi.

Va u 2020-yildan beri prizident farmoni bilan yana masjid sifatida faoliyatini boshladi.

Masjidga kirish pullik aslida. Lekin namozga azon aytilgan vaqtga taqab kirilsa, bepul kirsa bo’ladi.

Istanbulga sayohat chog’ida kelish lozim bo’lgan eng yaxshi joylardan biri. Inson o’zgacha shukuhni his qiladi qandaydir.)

Havro

18 Oct, 08:39


Aya sophia

Havro

17 Oct, 12:19


Ustoz:
-endi sekin-sekin har kuni bittadan hikmatli so’z yodlanglar. O’zbekchada maqol bor-ku shunga o’xshagan.
-xo’p, ustoz Buxoriy Hadislarini ham yodlasak bo’ladimi?
-yo’q bo’lmaydi.
-iyee, nega yaxshi emasmi?
-Muammo hadisda emas, qarang misol keltiraman. Endi ovqat yeyishni boshlagan bolaga go’sht berasizmi?
-yo’q
-muammo go’shda emas, go’sht o’ta foydali mahsulot hisoblanadi. Muammo bolada. Uni hazm qilish uchun hali oshqazoni tayyor emas, huddi siz hadisni hazm qilishga miyyangiz tayyor bo’lmagani kabi.

Havro

17 Oct, 12:16


#otamning_nasihatlari

Chigirtka muntazam, tartibli hayot kechiradi, qayerga borayotganini biladi. Kapalak esa uynoqlab, o‘ta tartibsiz uchadi. Qiyomat kunida insonlarning ahvoli kapalaklaring ahvoliga kabi bo‘ladi: “U Kunda odamlar to‘zib ketgan kapalakka o‘xshab qolarlar”, Qori’a surasi, 4-oyat.

Qayta tirilish, ba’s kunida bo‘lsa, ular Mahshar maydoni tomon tartib bilan yo‘nalib boradilar: “...go‘rlardan ko‘zlari qo‘rqinchga to‘lgan holda, xuddi yoyilgan chigirtkaga o‘xshab chiqib kelurlar”, Qamar surasi, 7-oyat.

Qur’on balog‘ati naqadar buyuk! Chigirtka kabi tartibli hayot kechirgin!

Havro

14 Oct, 16:18


O’quvchimdan dars uchun ajoyib izoh.

Rostan ham miya ishlagani sari mazza qiladi. Ma’lumot o’rgangani sari o’tkirlashib boraveradi. Masalan shu postda ham yaxshi tushuntirish berib o’tganman. https://t.me/Havro_sahifasi/5838

Miyangizni bor kuchingiz bilan massaj qilib turing. Bu faqat foydangizga ishlaydi😉

Havro

09 Oct, 07:09


Aniq bir qolip yo’q bu borada. Masalan menga tunda dars qilish samaraliroq. Ma’lumotlarni yaxshiroq o’zlashtiraman. Miyam ham ertalabgiga qaraganda yaxshiroq ishlaydi va hamma uxlagan, atrof tinch bo’ladi.

Asosiysi asr va shom orasida dars qilmaslik tavsiya etiladi.

Umumiy olganda mizojga ham bog’liq.

Havro

09 Oct, 07:08


Dars qilish uchun eng samarali vaqt har bir insonning biologik ritmi va kundalik rejimiga qarab farq qilishi mumkin. Biroq, umumiy tavsiyalarga ko‘ra:

⏺️Ertalab (6:00-9:00):

Uyg‘onganingizdan keyin, miyaning yangilangan va toza holatda bo‘lgan vaqti o‘rganish uchun samarali hisoblanadi. Ayniqsa, mantiqiy va ijodiy fikrlash talab qiladigan vazifalar uchun bu vaqtda ishlash yaxshi samara beradi.

⏺️Kunduzgi vaqt (10:00-12:00)

Konsentratsiya va xotira yaxshi ishlaydigan vaqt bo‘lib, yangi ma’lumotlarni o‘zlashtirish uchun mosdir.

⏺️Tushdan keyingi vaqt (14:00-16:00):

Bu vaqtda odatda organizm biroz charchagan bo‘lsa-da, muhim fikrlarni tahlil qilish va ko‘rib chiqish uchun foydalanish mumkin.

⏺️Kechqurun (19:00-21:00):

Kunning oxirida o‘qish jarayoni ko‘pincha yengil va qiziqarli mavzularga bag‘ishlanadi


Eng asosiysi, o'zingizni eng tetik va kuchli his qiladigan vaqtda o'qish samarali bo'ladi.