LEGAL MIND @legal_mind Channel on Telegram

LEGAL MIND

@legal_mind


Xalq tushunadigan tilda huquqiy fikrlar! 😎

— Qo‘lida portfeli bor bir qonunshunos qo‘lida avtomati bor yuz nodonga nisbatan ko‘proq narsani o‘marib ketadi!

🎸 Live kanalim: https://t.me/+cFitdhDyuLxlN2Ri

🤝Reklama uchun: https://t.me/+fUQkQrX8w8piMTdi

LEGAL MIND (Uzbek)

LEGAL MIND kanalimiz sizga huquqiy fikrlarni o'rganishga yordam beradi! Xalq tushunadigan tilda huquqiy fikrlar bilan tanishib chiqing. Kanalimizda qo‘lida portfeli bor bir qonunshunos qo‘lida avtomati bor yuz nodonga nisbatan ko‘proq narsani o‘marib ketadi. Sizga ushbu huquqiy fikrlar orqali o'z bilim va ko'nikmalarizni oshirishga yordam beramiz. Huquqiy sohalar bilan shug'ullanishni istayotganlar uchun yaratilgan bu kanalga obuna bo'ling va foydalaning!

LEGAL MIND

12 Jan, 19:41


Shu saytda ruscha sharhda, qotmasdan ko'rsa bo'ladi:

https://mediamaniya.ru/tv/match-tv?ysclid=m5tyvx0oif357515432

LEGAL MIND

12 Jan, 11:30


Nima uchun hech kim komment yozmayapti deb ikki kundan beri «depressiyaga tushib» qolgandim. Qarasam, komment yozishni ta'qiqlab qo'yganim esimdan chiqib ketibdi. Uzr, bosingiz))

LEGAL MIND

12 Jan, 10:31


Small country mentality

Bitta futbolchining eng zo'r klublardan biriga o'tishi — butun millat yutug'i darajasidagi voqea emas. Husanovning transferida biz va bizdagi tizimning o'rni nolga teng bo'lsa kerak. Bu individual yutuq.

Bunyodkorda aynan shu Abduqodirga sendan futbolchi chiqmaydi deb futbol eshiklarini yopishgan. Bundan xulosa qilish mumkinki, juda ko'plab iqtidorlar shunday tizim qurboni bo'lgan, bo'lmoqda, bo'ladi.

Bu transferni millat yutug'i uyoqda tursin, o'zbek futboli yutug'i sifatida baholash ham qiyin. Chunki Husanovni o'zbek futboli yetishtirmagan. Unga ishonch bildirib asosiydan joy bergan Belorus klubiga rahmat aytilishi kerak.

Tizimsizlikdan yetishib chiqqan fenomen bir marta bo'lishi mumkin yoki yo'q. Abduqodir Husanov — bu lotereyadan jekpot chiqqandek gap. Lotereyalarda yutish ehtimoli esa shunchaki omadga ishonib qil ko'prikdan o'tishga o'xshaydi.

Husanovning transferidan xursandman. Hatto men eng yomon ko'radigan klubga o'tganidan so'ng, bir kechada o'sha klubga nisbatan o'zimda simpatiya ham paydo bo'ldi. Husanov o'zbek devori sifatida o'n yillar termada to'p suradi.

Yamaykaliklar Useyn Bolt bilan faxrlanib yurganidek, biz Abduqodir Husanovga millat yutug'i sifatida qarayveramiz va mana shu kichik millatlar mentaliteti hisoblanadi.

@legal_mind

LEGAL MIND

11 Jan, 14:42


O'zbek jamiyatida korrupsiyaga jinoyat sifatida qaralmaydi. Doimiy bo'ladigan va tabiiy qabul qilinadigan hodisa deb qabul qilinadi. Korrupsionerga o'g'ri yoki qotilga qaragandek aybdor nigoh bilan nazar solinmaydi.

Bizda korrupsiya oldi-berdisida bergan ham, olgan ham rozi. Bergan ishi tezroq bitganidan yoki hal bo'lganidan, olgan esa past oylik olgani, boshqalarga qaraganda ko'proq ishlagani sabab moddiy boyiganidan o'zini shunga loyiq deb hisoblaydi.

Maishiy korrupsiya bilan birga yirik ya'ni elitar korrupsiya mavjudligini barcha biladi. Qirg'iziston Prezidenti bir paytlar unga Kanada tomonlardan 100 million dollar evaziga sotilish taklifi bo'lganini aytgan edi. Bu Markaziy Osiyo uchun jiddiy signal aslida.

Ya'ni Qirg'izistonga bo'lgan taklif bizga, qozoqlarga, tojik va turkmanlarga ham bo'ladi. Elitar korrupsiyada miqdor yirik bo'ladi. Strategik muhim maqsadlar amalga oshirilishi ko'zlanadi. Bugun bir necha yuz ming dollar olgan xizmatchi, ertaga million dollarlik porani ham rad etmaydi.

Kunda yoki kunora tarmoqlarda qaysidir tashkilot xodimini, hokimning yordamchilarini, o'rinbosarlarni pora bilan qo'lga olingani xabarlari chiqib turadi. Lekin hech qachon hokim yoki o'sha tizim rahbari qo'lga tushganini eshitmaymiz.

Adolatliligi bilan tanilgan xalifa Umar davlat ishida doim bitta prinsipda faoliyat olib borgan: daryoning boshlanishi toza bo'lsa, uning davomi va undan chiqadigan jilg'alar ham toza bo'ladi. Shunga amal qilib o'zi faqir hayot kechirganini ham bilsangiz kerak.

Qachondir bizda ham korrupsiyaga qarshi mansabiga qaramasdan ov boshlansa, yordamchilar yoki o'rinbosarlar emas, ulardan kattalari ham qo'lga olinganini eshita boshlasak, korrupsiyaga qarshi keskin kurash ketyapti desak bo'ladi.

@legal_mind

LEGAL MIND

09 Jan, 17:01


Sifatli va faol auditoriyaga ega, kontentlari sizga foyda beradigan, mustaqil ijod qiladigan va fikrlarini yozib boradigan, eng sara kanallarni tavsiya qilamiz. Yoshlar — yoshlar uchun!

Fikrlashingiz va hayot tarzingizni yangi darajaga olib chiqadigan TOP 5 kanal 📇

LEGAL MIND

08 Jan, 19:41


Chap tomonda: HMQA munosabatida keltirilgan PF - 257, 7 - bandi;

O'ng tomonda: lex.uz saytidagi asl PF - 257, 7 - bandi;

Qiziq: «boshqa yuridik oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari» tushunchasi farmonda yo'q-ku?)

@legal_mind

LEGAL MIND

08 Jan, 19:10


Prokuratura va tergov organlarida qaysi OTMni tugatganlar ishlashi mumkin.

Bugun bir nechta tarmoqlarda “Endi faqat Huquqni muhofaza qilish akademiyasini tugatganlar prokuratura va tergov organlarida ishlay oladi, deb Oʻzbekiston 24 da xato maʼlumot tarqatildi” degan xabar paydo boʻldi.

Shundan soʻng Huquqni muhofaza qilish akademiyasi rasmiy axborot eʼlon qildi. Ramiy axborotda ham akademiya bitiruvchilari ishlay olishi taʼkidlangandek. Chunki munosabatda “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi PF–257-son Farmonning 7-bandida boshqa yuridik oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari Akademiyada davomiyligi 6 oy (576 soat) boʻlgan qayta tayyorlash kursini oʻtashi va tegishli diplomga ega boʻlishi talab etiladi. deb izohlangan. Biroq farmonda sal boshqacharoq yozilgan.

Prezident farmonida bu band quyidagicha aks etgan.

7-band Vakolatli davlat organlari xodimlari uchun Akademiyada quyidagi oʻquv dasturlari boʻyicha kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirishning majburiy tartibi joriy qilinsin: birinchi marotaba vakolatli davlat organlariga xizmatga qabul qilinib, surishtiruvchi yoki tergovchi lavozimlariga tayinlangan hamda prokuratura organlariga ilk bor xizmatga qabul qilingan xodimlar uchun — davomiyligi 576 soatdan kam boʻlmagan majburiy birlamchi ixtisoslashuv shaklida kasbiy qayta tayyorlash kurslari.

Yaʼni yaʼni mazkur banddan anglashiladiki, Prokuratura va tergov organlariga yangi ishga kirgan har qanday xodimlar Huquqni muhofaza qilish akademiyasini tugatgan yoki tugatmaganligidan qatʼiy nazar 6 oy (576 soat) boʻlgan qayta tayyorlash kursini oʻtashi lozim.

Bundan tashqari prokuratura toʻgʻrisidagi qonunning 43-moddasiga koʻra, Prokuratura organlarida prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar va ish oʻrganuvchilar lavozimiga oliy yuridik maʼlumotga ega, zarur kasbiy fazilatlari boʻlgan, zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sogʻligʻi imkon beradigan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari tayinlanadi.

Yaʼni yuqoridagi normativ xujjatlardan xulosa qiladigan boʻlsak, Prokuratura va tergov organlarida faqat Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bitiruvchilari ishlay oladi degan fikirlar notoʻgʻri hisoblanadi. Hech bir normativ hujjatda bunday qoida oʻz aksini topmagan. Yaʼni TDYU yoki boshqa oliy yuridik taʼlim muassasasini tugatganlar ham prokuratura va tergov organlariga ishga kira oladi.

Manba: Advokat_Esonaliev

@legal_mind

LEGAL MIND

07 Jan, 15:29


Do'stim bilan ketayotganimizda ko'chani boshida moshna kutib turgan qizlarni ko'rib, ularni tashlab qo'ymaymizmi deganimda, u:

LEGAL MIND

06 Jan, 18:54


Bankdan kredit yoki odamlardan pul olib qochib yurmagan bo'lsang, xbetda stavkaga pul tikib yutqazmagan bo'lsang, ichib ko'chada mast bo'lib dumalab qolmagan bo'lsang, foxishalarga pul sarflamagan bo'lsang — shularni o'zi ham seni plyusdaligingni, hali umid borligini va harakat qilaverishing kerakligini bildiradi broo:)

@legal_mind

LEGAL MIND

05 Jan, 17:33


Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega. (Konstitutsiya, 31-modda)

Boshqalarning shaxsiy hayotiga eng ko'p aralashaveradigan xalq biz bo'lsak kerak. G'ishmat qancha topishi, xotini bilan qanday postelda uxlashi, zavtrakka nima yeyishi — shu kabi narsalar xalqimizni doim qiziqtiradi.

Yigirma beshga kirgan Sharapatning nega haliyam turmush qurmagani, qachon turmush qurishi, yigiti bor yoki yo'qligi, telefonda kim bilan gaplashishi, oyligini qayerga sarflashi va hokazo narsalar mahalla yettiligidan tortib qo'shnilargacha qiziq.

Yaqinda gaz yo'qligini gapirgan fuqaroning favqulodda qahramonligini yo'qqa chiqarish uchun go'yoki oilasini tashlab qo'yganini xotinining tilidan ayttirib obro'sizlantirishga urinishdi. (O'sha ayolni kim nima maqsadda gapirtirgan, qiziq)

Davlat va inson munosabatlarida shaxsiy hayot, ijtimoiy kelib chiqish rol o'ynamaydi. Hatto piyonista alkashning ham vazirdan hisob so'rab, hokimning faoliyatiga qiziqishga haqqi bor. Chunki u kamida aroq sotib olayotganida aksiz solig'ini to'lagan.

Shaxsiy hayoti ibrat bo'ladigan kimni bilasizki, zapravkadagi G'ayratni tanqid qilyapsiz? Agar shaxsiy hayotga qarab baho bersangiz, xotinboz domlalarni, amaldorlarni ham gapiring, ularni ham nomunosiblikda ayblang.

Biz to'da, olomon emas, jamiyat sifatida shakllanishimiz uchun bir-birimizni eshitishimiz, fikrlarimizni tinglashimiz, zapravka masalasi ko'tarilganda bitta pozitsiyadan xulosa qilishimiz kerak: gaz eksport qiladigan davlatda metan muammo bo'lmasligi kerak, tamom!

@legal_mind

LEGAL MIND

01 Jan, 13:05


Shu 2025-yilda bizdagi eng og'riqli muammolardan biri bo'lgan, oxirgi marta dinozavrlar davrida yangilangan Jinoyat kodeksimiz yangi tahrirda qabul qilinishini, любой fuqaroni qamoqqa tiqib qo'yishga imkon beradigan moddalar yo'qolishini duolaringizda so'ranglar:)

@legal_mind

LEGAL MIND

01 Jan, 13:02


Siyosatga aralashmay yashanglar. Tinchligimizga ko'z tegmasin. Ana Suriya, Afg'oniston, Falastinni qaranglar — aholisi notinch. Ikki oy sabr qilsanglar Quyoshbobo 90% muammolarimizni hal qiladi:)

@legal_mind

LEGAL MIND

31 Dec, 19:00


Keyingi Yangi Yillar boshqacharoq, qiziqarliroq, qandaydir kutilmalarga boyroq bo'lishi uchun uyimizga yangi kelin kerak, manimcha :)

@legal_mind

LEGAL MIND

28 Dec, 16:02


Qaysidir yilda nimadirga erishish, umuman, natijalarni 365 kunga yoki davrlarga ham bog'lash xato va bu ham nisbiy tushuncha. Chunki ellik yoshdan keyin yildan-yilga nabiralar soni ko'payadi, xolos.

Ba'zi harakatlar natija berishi uchun esa yillar ketadi. Bir yilda ham, bir oyda ham, besh yilda ham erishiladigan rejalar bo'ladi. Bir yil bekor ketdi deb siqilib yurmanglar :)

@legal_mind

LEGAL MIND

27 Dec, 17:39


Shu kanalda yozishni o'rgandim. Har bitta postda qandaydir xotira yoki xulosa yashaydi. Yillar o'tib o'sha yosh, qiziqqon, yangilikka o'ch davrimda nimalarni o'ylaganman, dunyoga qanday o'lchovlar bilan qaraganman — blogim orqali bilib olaman.

Biz auditoriya bilan birga ulg'ayyapmiz. Barchangizga rahmat!

@legal_mind

LEGAL MIND

26 Dec, 17:04


Mana, masalan tasavvur qiling: Rossiyaga ishlashga ketgan o'zbek yigitlari yong'inda yonib ketib vafot etdi. Uylariga ularning o'ligi keldi.

Nega ular Rossiyaga ketdi? Chunki uni o'z vaqtida o'qish uchun sharoiti bo'lmagan, kurslarga boray desa pul topa olmagan, ishga kiraman desa tanish-bilish, korrupsiyaga duch kelgan.

Nega puli bo'lmagan? Chunki dadasining ishlari yaxshi emasdi, oilasini boqadigan va ro'zg'or tebratadigan bitta eski mashinasiga qishda oddiy metan gaz quya olmasdi.

Nega gaz quya olmasdi? Chunki har yili ta'mirlanadigan, budjetdan milliardlab pul ajratiladigan gaz quvurlari minus gradusda bosimni tushirib yuborardi.

Nega gaz quvurlari bunday edi? Chunki qog'ozda boshqa, sifati boshqa bo'lgan gaz quvurlari qo'yilib, qolgan pullar "tuya" qilingandi.

Nega pullar tuya qilingandi? Chunki rahbarlari ishga katta miqdorda pora berib kirgandi. Nega pora bergandi? Chunki ular o'qishga ham pul bilan kirib, kallasida hech narsa yo'q bitirgan edi.

Xulosa o'zingizdan:)

@legal_mind

LEGAL MIND

26 Dec, 16:13


Buni unutishma ☝️

@legal_mind

LEGAL MIND

25 Dec, 18:58


Erkinlik va erksizlikning qilichi ikki tomonga ham uradi-da, Surayyo. Masalan, shu qorbobolar paradidagilarni ta'qiqlasak yoki ta'sir chorasi qo'llasak, ertaga musulmonlarning ham bayramida shunday ta'sir yoki ta'qiq qo'yilmasligiga kafolat qolmaydi.

@legal_mind

LEGAL MIND

20 Dec, 13:42


Yana qayta kelsam dunyoga,
Yana seni degan bo'lardim,
Senda bo'lar darslarga
Yana borim tikkan bo'lardim.

Talabalik davri de-fakto tugadi. Manga saboq bergan, dialektikani o'rgatgan ustozlarimga doimo ta'zimdaman. O'sha gap: Toshkent davlat yuridik universitetida o'qish huddi Real Madridda o'ynashga o'xshaydi, buni ta'mini his qilganlar biladi:)

@legal_mind

LEGAL MIND

18 Dec, 15:08


Masalan, bitta sohada haqiqiy islohot qilish uchun shu sohani hozirgi abgor holatga kelishiga sabab bo'lgan arxitektorlari ya'ni rahbarlari ketib, o'rniga reformatorlar kelsa keyin soha o'zgaradi. Arxitektor hech qachon o'zini-o'zi reforma qilolmaydi.

@legal_mind

LEGAL MIND

17 Dec, 18:45


O'zbekistonda qizlarning ko'rinishi shartli ravishda ikki xil davrga bo'linadi: iPhonegacha va iPhonedan keyin:)

@legal_mind

LEGAL MIND

17 Dec, 17:00


Qanday qilib firibgarlarga aldanish mumkin?

1. Instagramda qiziqarli kinodan parcha ko'rib qolasiz. Shu kinoni topish uchun profil shapkasidagi botga o'tasiz.

2. Botga kino kodini yozasiz, bir nechta kanallarga a'zo bo'lishingiz so'raladi. A'zolik uchun so'rov yuborasiz va kinoni olasiz.

3. Bir necha kundan keyin lentangizda 🕋 HALOL INVESTITSIYA, SUPER DAROMAD 💵, ONLAYN PUL ISHLASH 💸 va hokazo krinj nomdagi kanallar paydo bo'lib qoladi.

Jarayon shu bilan boshlanadi. O'sha kanallarda 600 ming so'm kiritsangiz, ikki soatda 12 mln so'm qilib ko'paytirib olishingiz haqida propaganda ketadi.

Sizni ishontirish uchun mijozlardan otzivlar, skrinshotlar, bankomatdan pul yechilayotgani, qishloqdagi G'ishmatning ikki pochka pul bilan videolari ko'rsatiladi.

Masalan, basharasi ham sun'iy intellektda yasalgan @jasmin_invest ga o'xshagan hijobbasharalar dubaydan turib sizga daromad qilish haqida gapiradi. Rent carni ichida rasmga tushadi.

Investitsiya qilish uchun pul o'tkizasiz va shu bilan uxlaysiz. Sizga o'xshagan va ketini ko'tarmay oson pul topishni xohlagan minglab G'ishmatlar aldanib qolaveradi.

Tekin don tuzoqda bo'ladi. Oson pul topish yo'q narsa. Bizda «tridirlaringni» (bularni treyder demayman) katta qismi moshennik. Treydingdan emas, kursdan soqqa qiladi.

Iqtisodiy nochor davlatlarda OMAD-SHOUga o'xshagan lotereyalar, STAR HOUSEga, Halol avtolizingga o'xshagan loxatron proyektlar gullab-yashnayveradi.

Chunki odamlar oson pul topishga, oson uy va mashina olishga o'ch bo'ladi. Yuqoridagi kabi «halol daromad»larning tashkilotchilari, odatda, chet eldan turib onlayn profillashtirish orqali ishlaydi.

O'zbek insta segmentidagi loxatronlarning asosiy belgisi — lyuks hayot, inomarka mashina, fitness, kofe, dacha, dollar bilan videolar ishlash orqali mijozlarni propaganda qurboniga aylantirish hisoblanadi.

Sen joningni bervorib cho'qinadigan o'sha insta kumiring soha, kasb orqali emas, o'zidagi komfort hayotni ko'rsatish orqali seni manipulatsiya qiladi va oxir-oqibat pullaringni shiladi.

Xullas, ishonmanglar, skeptik bo'linglar va postni egasiga yuborib qo'yinglar!

@legal_mind

LEGAL MIND

08 Dec, 18:25


Ustozing oraliqdan past baho qo'ydi lekin yakuniydan 60/60 olib yorvorgan sen:

@legal_mind

LEGAL MIND

08 Dec, 17:22


Sevgan qizing o'zi pishirgan narsalardan dostavka qivorsa sen:

@legal_mind

LEGAL MIND

08 Dec, 16:45


Siz hozirgi kunda turmush qurish uchun bir oyda o'rtacha qancha daromad topish yetarli deb hisoblaysiz?

@legal_mind

LEGAL MIND

07 Dec, 11:35


O'zi eng zo'ri: bitta qizni yaxshi ko'rdingmi, shuni umringni oxirigacha ushlab qolish kerak. Birinchisi doim birinchiligicha qolishi, ikkinchisiga yo'l bermaslik kerak.

Ikkinchisi o'zi bilan uchinchi, to'rtinchilari va hokazolari hayotingda paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Monogamiya nima, poligamiya nimaligini ChatGPTdan bilib olasan.

@legal_mind

LEGAL MIND

06 Dec, 14:56


Instagramda ko'p tanishlaringizda siz ko'radigan kognitiv dissonans: o'zi huquqshunoslikka o'qib mafia, вор в законе Po'lat Alemdar, Asadbek, Korleonelarga taqlidan video qo'yib yurilishi bo'lsa kerak :)

@legal_mind

LEGAL MIND

06 Dec, 07:27


Ustoz oraliq bahosini qo'yib bo'lganini eshitgandan keyin talabalarning darslarga munosabati:

@legal_mind

LEGAL MIND

05 Dec, 19:27


Uni rostdan sevasanmi yoki simpatiya ta'siridamisan bilib olishning yagona yo'li — birga uzoq vaqt yashab ko'rish, xolos. Boshqa yechimi yo'q. Odam aynan birga yashaganida bir-birining asl basharasini bilib oladi.

Shu muddat davomida bir-biriga yordam beradi, kasal bo'lsa qaraydi, ovqat pishirib beradi, bir-birini xursand qiladi, muammolarga yechim topadi, urushib ketsa kompromissga keladi va shuncha ishdan keyin ham tuyg'ulari o'lmasa, demak sevarkan.

Har ikkala jins vakillarining sensiz yasholmayman degan gaplariga ishonmanglar. U seni uchratguncha ham shuncha yil yashagan, sendan keyin ham yashayveradi. Shunchaki gormonlar ta'sirida har balo deb qo'yadigan yoshdasan, bo'ldi:)

@legal_mind

LEGAL MIND

02 Dec, 18:54


Bir paytni o'zida ham motivatsiya, ham depressiya berish uchun aytaman: kelajakda daxshat hayotda yashash uchun hozir barcha imkoniyating bor va sen bu imkoniyatlarni birontasidan foydalanmay vaqtingni bekorga sarflayapsan :)

@legal_mind

LEGAL MIND

30 Nov, 18:33


Tizimning qanday ishlashi, kuchayishi yuqoridagi rahbarga bog'liq. Bunga yaqqol de-fakto misol Davletovning adliyadagi yillari va u qilgan o'zgarishlar hisoblanadi. Noyob vazir, kamyob kadr. Davletov top edi.

@legal_mind

LEGAL MIND

30 Nov, 09:35


Endi shu logikani to'g'ri deb ochiq-sochiq kiyinganlarni haqorat qilish mumkin deb hisoblasak, ertaga ochiq kiyinganlarni jinsiy zo'rlab ketish ham normal hisoblanadimi?

Diniy tomondan olib qaralsa, ayollarga avratini yopib yurish buyurilganini gapirayotgan vaqtingizda erkaklarga ko'zni tiyish farz ekanligini ham bir eslab qo'ying, masalanda:)

@legal_mind

LEGAL MIND

30 Nov, 09:20


Kanizani kommentda haqorat qilgan fuqaro javobgarlikka tortilibdi. Kaniza keysi boshqalar uchun ibrati olam vazifasini bajarishi kerak.

Aynan haqorat masalasida qolgan shou-biznes vakillari ham bir nechtasini javobgarlikka tortilishiga sabab bo'lsa, butun xalq uchun yaxshigina huquqiy targ'ibot vazifasini bajargan bo'lardi.

Ochiq kiyinishi, likillab o'ynashi o'sha shaxsni haqorat qilishingiz uchun sizga huquq bermaydi. Bizda haqorat qilish bilan bog'liq juda ko'p huquqbuzarliklar mavjud. Shular tuzalishi kerak.

Har qanday holatda ham kontent iste'molchisi qanday video ko'rishni o'z ixtiyori bilan qabul qiladi. Traditsiyalaringizga to'g'ri kelmaydigan kontentlarni kuzatmaslik imkoniyati doim bor.

Insonni jannat yoki do'zaxga tushishi, u dunyoda qanday javob berishini o'ziga qo'yib beraylik!

@legal_mind

LEGAL MIND

29 Nov, 17:11


Viloyatlarda va Toshkentda bu ob-havoni ikki xil tushunishadi:

LEGAL MIND

29 Nov, 16:30


Ba'zi o'qituvchilar talabalarni yiqitib yoki ularga past ball qo'yib kayf qiladi va bu bilan boshqa hamkasblari oldida ko'krak ham keradi.

Agar butun guruhga asossiz past ballar qo'yilgan bo'lsa, o'qituvchi ustidan kafedra mudiriga, o'quv-uslubiy boshqarma boshlig'iga, oxirida rektorga kirish kerak. Hal qilinadi, ishonaman.

Aslida baholash tartibi biz uchun og'riqli mavzu. Chunki bizda baholash nizomi umuman mavjud emas. Tekshiruvchi o'z subyektiv qarashlariga ko'ra talabani baholaydi va bu noto'g'ri.

Har bitta ishga har bir kishida har xil, shaxsiy yondashuv mavjud. Inson omili faktori oshib ketadi. Natijada, siz yozgan ishingizga Alfa o'qituvchi maksimal qo'ysa, Betta o'qituvchi o'rtacha yoki past ball qo'yishi mumkin.

O'qituvchilarning subyektivlik faktorini pasaytirish va talabalarni adolatli baholash uchun har bir beriladigan ball uchun nizom ishlab chiqilishi kerak.

O'sha nizomga qarab talaba tayyorlanadi, o'qituvchi ham baholashda nizomdan chetga chiqib keta olmaydi. Shu adolatli :)

@legal_mind

LEGAL MIND

28 Nov, 16:35


Bizda ayollarni ham fikrlarini chuqurroq shakllantirish kerak.

Ya'ni ular ko'r-ko'rona emas, rostdan ham fikrlashni boshlashi kerak. Imtiyozlarsiz ham o'qimishli bo'la olishi, pozitiv diskriminatsiyalarsiz ham parlamentda o'z o'rniga ega bo'la olishi kerak.

Masalan, zamonaviylikni shim kiyish, ochiq kiyinish, ro'molni esa eskilik deb baholaydigan ayollar zamonaviylik kiyinish bilan bog'liq emasligini tushunishi va o'ta primitiv fikrlamasligi kerak.

@legal_mind

LEGAL MIND

28 Nov, 16:23


O'zbekistonda aholining juda katta qismi musulmon bo'lgani bois, har qanday idealogiya, yo'nalish, falsafa va oqimlar islom dini bilan hisoblashishga majbur. Biz o'tish bosqichidagi jamiyatmiz.

Ya'ni jamiyatda hali to'liq pozitsiyalar va qutblar o'rtasida muloqot qilish shakllanmagan. Dindorlar va liberallar, zamonaviylar va konservatorlar, sotsialistlar va kapitalistlar va hokazo shunga o'xshash qatlamlar o'rtasida ziddiyatlar mavjud.

Shuning uchun ham biz to'liq radikal jamiyatmiz. Chunki bir toifa boshqasini hurmat qilmaydi. Dindorlar liberallarni, feministlar dindorlarni kamsitadi, bir-birini haqorat qiladi. Odamlar shaxsiy qarashlari uchun boshqalar tomonidan bosimga uchraydi.

Liberalizmning markazida inson, islomning markazida Xudo turadi. Liberalizmda inson doimo komfortga intiladi. Yaxshi yashashga, yaxshi kiyinishga, barcha resurslar inson o'zi uchun qaratishga urinishi aynan liberalcha fikrlashdir.

Masalan, ayollarning mashina minish, ko'p pul topish, doimiy komfortga intilishi, erkaklarga bog'lanmaslikka harakat qilishi — bu liberal tafakkurning belgilari hisoblanadi. Ya'ni ayollar liberallashib, erkaklar esa konservatorlashib boryapti.

Bu esa juda ko'p o'zbek erkaklariga yoqmaydi. Ular tobora o'z qobig'iga o'ralib ayollardagi o'zgarishlarni normal hisoblamayapti. Ayol kishida kapital va qudrat, mustaqillik va boshqaruvchilik bo'lishini o'z o'rnini berib qo'yish deb qabul qilishyapti.

Konstitutsiyaning muqaddimasida, 13-moddasida inson oliy qadriyat deb belgilangan. Bu esa biz kunning oxirgi qismiga borib baribir liberal jamiyatga aylanishimizni bildiradi. Shuning uchun ham ayollardagi o'zgarishlardan fojea yasamaslik kerak.

Davlatlar, jamiyatlar ayol atrofida aylanadi. Demografiya to'liq ayollarga bog'liq. Ular qanchalik o'qimishli bo'lsa, shunchalik kam farzand ko'radi, shunchalik kam oila quradi yoki oilasiz yashaydi. Bu esa erkaklarni ayollarga moslashishga majbur qiladi, baribir.

Masalan, hozir bakalavrda qizlar soni nisbatan ko'proq. Oxirgi imtiyozlardan keyin esa magistr ayollar soni erkaklardan de-fakto karrasiga ko'proq. Bu shuni anglatadiki, ayollarning o'qimishlilik darajasi erkaklardan o'tib ketgan.

Xullas, haligi psixolog opaning «er nimaga kerak?» degan gaplari Yangi O'zbekiston jamiyatida bo'layotgan o'zgarishlarga umumiy baho bersa kerak.

@legal_mind

LEGAL MIND

28 Nov, 15:50


Fikringizni yozishingiz uchun komment ochiq:

LEGAL MIND

27 Nov, 19:19


Ijtimoiy tarmoqlarga nimalar pishirgani, qanday ovqatlar qilganini food bloggerlarga o'xshab kontent qo'yadigan qizlarga uylaning :)

@legal_mind

LEGAL MIND

26 Nov, 18:13


Fikr bildirish uchun inson biror narsaga erishgan bo'lishi shart emas. Brend asoschilari, milliarderlar, ommaviy personalargina fikr bildirishi kerak degan qoida yoki o'lchov yo'q.

Biror mavzu borasida fikr bildirsangiz, o'zing nimalarga erishgansan qabilida munosabat bo'lishi noto'g'ri. Fikr kuchli bo'lishi uchun shunchaki fikrligi kifoya qiladi. Boshqa sabablar shart emas.

Dostoyevskiydan Kafkagacha, umuman, buyuk yozuvchilar, g'oya egalari, o'sha davr jamiyat qarichi bilan olganda hech kim edi. Ya'ni ularni odamlar hozirgidek eslamasdi, hurmat qilmasdi.

Daholarning fikrlari odamlar uchun ahmoqgarchilikdek ko'rilgan doim. Jamiyat nazdida olib qaralsa, ko'p masalalar xato bo'lib chiqadi. Jamiyat — bu omma, omma esa doim adashib yuradi.

Masalan, hozir siz biror fikr bildirsangiz odamlar sizga bosim qiladi, to'g'rimi? Aynan shu odamlar qachonlardir Ibn Sinoni shahardan quvib Mirzo Ulug'bekni bo'ynidan osib yuborgan mutaassiblar edi.

Fikrlash bilimdan kuchli. Barcha jarayonlar aynan fikrlashdan boshlanadi. Kitoblar, kinolar, asarlar — barchasi fikrlashga xizmat qilishi kerak. Ko'p o'qiysan lekin seni hech kim eshitmaydimi?

Demak, seni miyang kitoblar uchun konteyner vazifasini bajaryapti, xolos. Fikrlamayapsan. Ezmalanib, ma'nosiz leksiyalar qiladigan botanikka aylanib qolasan agar fikrlamasang.

Xullas, men sizlarga aytsam aynan talabalik yillarida fikrlashni o'rganinglar:)

@legal_mind

LEGAL MIND

21 Nov, 13:31


O'zing biladigan va qiziqadigan lekin jamiyat nazarida esa past statusdagi kasbda professional bo'lish, o'zingga yoqmaydigan presstij kasbda oddiy, o'rtacha darajada yurishdan yaxshiroqdir. (c)

@legal_mind

LEGAL MIND

20 Nov, 17:22


Keyin yana bitta muhim masala bor. Instagram storieslarda tug'ilgan kun bilan tabriklash o'zi kerakmi? Bu narsa qachondan ommaviy ma'daniyatga aylangan bilmayman-ku lekin o'ylab qaralsa mantiqsiz, ahmoqona ish.

O'zim ham tabriklardim, meni ham tabriklashgan, qancha ko'p odam istoriyasiga qo'yishiga qiziqardim oldinlari. Rostdan ham meni tug'ilgan kunim haqida o'rtog'im hikoyasiga joylashini menga nima foydasi bor? Kimga qizig'i bor?

Huddi shu logika bilan o'ylab ko'ring: har kuni bir nechtasini hikoyasida doimiy ravishda tabriklaydiganlar bor. Bu juda they ball ish aslida. Postga rasm qo'ymagan odamni avatarkasidan rasmini yulib olib stories qo'yishadi, masalanda.

Aytishingiz mumkin networking, xursand bo'ladi, oqibat va hokazo deb, lekin haqiqiy oqibat tug'ilgan kuningizni mustaqil o'zi eslab ikki qator yozgan tanishingizning tabrikchasida bo'ladi. Boshqasi bekor to'g'risi. Har kuni tabriklayvermanglar onasini emsin.

Hikoyalar — bu xotira sifatida qoladigan, esda qolarli voqealar uchun chiqarilgan narsa o'zi. O'sha hikoyalarda do'stingiz G'ishmatning tug'ilgan kunini emas, sizning bugungi kuningiz, hoziringiz, nimalar qilayotganingiz haqida xabar topaylik.

To'g'risi, majburiyat sifatida qiladi ko'pchilik. Qaysidir tanishi storiesda tabriklamasa anavi tug'ilgan to'nka ham xafa bo'lib oladi. Bu to'g'ri ish emas. Sizni пздс rasmingizdan tortib tug'ilgan kuningizgacha hech kimga qizig'i yo'q, ochig'i.

Gapning po'stkallasini aytganda insta storiesda kimnidir tabriklash yosh bolalikdan boshqa narsa emas. Oxirgi uchta tug'ilgan kunim og'ir o'tganining sababi: shu kun davomida qilingan отметкалар energiyani tugatvorgan ekan. Sizda ham shunday bo'lgani aniq.

Xullas birodar va birodarkalar: storieslarda tabriklashni to'xtatinglar. Haqiqiy oqibat «ekta» non ko'tarib ko'rib kelishda, ikki og'iz telefon qilib tabriklab qo'yishda bo'ladi. Qolgani esa shunchaki qolgani:)

@legal_mind

LEGAL MIND

20 Nov, 16:48


Metro keyingi bekatga to'xtashi bilan men o'tirgan tomonga bitta qiz to'g'ri yurib kelib oldimda to'xtab qoldi. Joy beradi deb o'yladi. Keyin yuzini burishtirdi.

Aslida joy bersam bo'lardi, odatda, qizlarga joy beraman ham. Lekin bu majburiyatim emas, umuman. Ixtiyorimdagi tanlov. Shunchaki, odob-axloq qoidasi bo'lishi mumkin.

U qiz ham ibo-hayo bilan indamay turganida keling, o'tiring deb joyimni bo'shatib berardim:)

@legal_mind

LEGAL MIND

18 Nov, 17:06


Shaxsiy brend deganda faqat instagramda aqllilik qilish, o'zining bir kuni haqida video vlog qilishni, ya'ni, ertalab turib suzishga borish, keyin bookcafeda MacBookda o'tirvolib ishlashni tushunmaslik kerak.

Shaxsiy brendingizni oilangiz, do'stlaringiz, mahalladagilar, qarindoshlar, qishloqdoshlar oldida ham quring. Har qanday inson o'zi aytmasa ham ich-ichidan tan olinish va e'tirof etilishni xohlaydi.

To'g'ri so'zligingiz, lavzingiz, va'daga vafo qilishingiz, xarakteringiz, insonlar bilan o'zaro munosabatingiz, davralarda tutgan o'rningiz yoki aksincha — bular barchasi statusingizni belgilab beradi.

Shuning uchun ham insonlar har xil maskalarni kiyib yurishga majbur. Faqat o'ziga munosib niqobni tanlash kerak, masala shunda. Asliyatingizni olganda gunohkor, nafsga qul, shahvatparast bandasiz, xolos.

@legal_mind

LEGAL MIND

16 Nov, 19:28


Mavzuni o'zgartiramiz, mayli. Bugun talabalar kuni ekan. Kursdoshlar bilan yig'ilinglar. Super introvert bo'lsangiz ham davralardan qolmaslikka harakat qiling. Ehtimol, hazillaringizga hech kim kulmas, sizni umuman tushunishmas.

Indamay borib yeb-ichib kelsangiz ham mayli lekin guruhdan qolib ketmang. Bu juda qisqa va sanoqli bo'ladigan davr. Kelajakda kasb bayramini bir necha o'nlab marotaba nishonlash mumkin lekin talabalar kunini emas.

Ishoninglar, hayotingizda kursdoshlarchalik bir-biriga yaqin davra bo'lmaydi. Sizlarni bitta soha, bitta qiziqish birlashtirgan, umumiy jihatlaringiz juda ko'p. Kursdoshlar shunisi bilan sinfdoshlardan farq qiladi.

Masalan, kursdoshlaringizni ahmoq deb hisoblasangiz katta ehtimol bilan o'zingiz ham ahmoqsiz. Chunki maktabni bitirgandan keyin siz shu davrani tanlov qilgansiz. Yoki aksincha, ularni aqlli deb hisoblasangiz, siz ham shu.

P/s: qayerda o'tiryapsizlar yoki o'tirdingiz? Send photos:)

@legal_mind

LEGAL MIND

16 Nov, 19:06


Metro atrofida lo'lilar bilan tortishib yurgan ichki ishlar xodimi metroning oldida bodroq sotayotgan, ellik yoshlar atrofidagi xolani haydab yubordi. Bu menga g'alati kognitiv dissonans berdi.

Endi lo'lilar doimiy bosh og'riq mavzu, tushunsa bo'ladi. Chunki ular metroga chiptasiz, baqir-chaqir bilan kirishga urinadi. Kirgandan keyin tilamchilik qilib yo'lovchilarga ham xalaqit beradi, xo'p.

Metrolar oldida, odatda, gul, bodroq, paypoq, quloqchinlar, qurt va hokazo arzon mahsulot sotadigan sotuvchilar bor. Qonunda tartib-taomili qanday bilmayman lekin bodroq sotayotgan xolani haydamaslik kerak edi.

Odatda, ba'zilar bozorlar oldida va shunga o'xshash kichik rastalarda mahsulot sotadi. Ularga IIB ham, soliq ham, bozorqo'mlar ham tegmasligi kerak. Aslida ularga sharoit qilib berish kerak.

Chunki o'sha fuqarolar eng kamida tilamchilik qilishi, muammosini aytib sektor rahbari oldiga boraverishi, har xil toifadagi daftarlarga kirib olib boqimandalik qilishi ham mumkin edi, masalanda.

Lekin ular past daromadli va qiyin bo'lsa ham, to'g'ri yo'lni tanlagan. Aslida jamiyatimizda boqimandalik eng pikka chiqqan davrdamiz. Odamlar ishlash o'rniga davlatdan, hokimdan, boylardan yordam kutib yashaydigan bo'lib ketgan.

Aslida budjet pullari to'g'ridan-to'g'ri qandaydir "yordam" sifatida fuqarolarga berilmasligi kerak. Davlatning funksiyasi teng imkoniyatlar muhitini yaratib berish bo'lishi kerak.

@legal_mind

LEGAL MIND

15 Nov, 18:53


Jiddiyroq ko'rinish uchun kirill alifbosida yozadigan va har bitta gapining oxiriga uchtalab undov (!) qo'yadiganlardan boshqa barchaga xayrli tun:)

@legal_mind

LEGAL MIND

13 Nov, 18:33


Masalan, ba'zilar (ustozationga o'xshagan) instagramdagi vaynlarni saviyasizlikda, faqat +18 mavzu, ichish-chekishni olib chiqishda ayblashadi. Aslida auditoriya shunaqa kontent talab qiladi.

Masalan, bugun bo'lgan anonim savol-javobda ham 70-80 mavzu sevgi, munosabatlar haqida bo'ldi. Sababi oddiy: siz yozdingiz, men javob berdim, bo'ldi. Va shundan xulosa qilib bitta narsani aytmoqchiman:

Bilaman yoshsiz, qiziqishlaringiz endi shakllanyapti. Hozir shunaqa davr aslida, men ham sizni ayblamoqchi emasman lekin bitta kichik nyuans bor: sevgi har doim prioritet bo'la olmaydi.

Sevgi ya'ni munosabatlarga ikkilamchi ehtiyoj sifatida qaralishi kerak. Umuman hech kim bilan gaplashma deb aqllilik qilmayapman. Bundan qaytarmayman ham aslida.

Mustaqil ravishda yaratilgan munosabat oila qurish bilan davom ettirilsa, bundan mustahkam rishta bo'lmaydi. Lekin sevgini eyforiyasiga berilib vaqtni, imkoniyatlarni qo'ldan chiqarmaslik kerak.

Muvaffaqqiyatli bo'lishga faqat bollar majburmas hozir. 18-22 yosh oralig'ida har ikkala jins vakillari juda ko'p protsesslarni boshidan o'tkazadi. Aynan shu davrda qilingan bitta harakat kelajakda 10x natija beradi.

Va eng yomon tomoni sen G'ishmatdan yaxshiroq variant chiqsa sevgiling Oypat hech narsa bo'lmagandek boshqasi bilan davom ettirib ketishini esdan chiqarma. Qizlar o'zini o'zi tushunmaydi shunday vaziyatlarda.

Huddi shunday qizlar ham doimiy rivojlanishga, yuksalishga majbur. Erkak kishi doim yangi levellarni xohlaydi. Tabiati shunaqa. Sen qomatingdan tortib dunyoqarashing ustida ham ishlashga majbursan.

Sevgi-sevgi o'yinlaridan biz ham o'tganmiz, biz ham qiziqqanmiz lekin mana hozir bular hammasi o'tkinchi davrdek ko'rinyapti. Bu yomon emas, normal holat aslida. Bu uchun aybdor qilmoqchimasman.

Lekin eng muhim narsa: jamiyatga qiymat berib tura oladigan richaglaring (ishing, puling, potensialing) ni doim prioritetda tut. Ulardan voz kechma. Aynan shu richaglarga erishish yo'lingda sevgi hamroh bo'lsin.

Kompas strelkasini qandaydir shaxsiyatlarga emas, kattaroq marralarga qarat!

@legal_mind

LEGAL MIND

12 Nov, 09:54


Bir tomondan o'ylab qarasa — bu yil talabalikning oxirgi yili, 17-noyabrni kursdoshlar bilan oxirgi marta nishonlab o'tirishimiz mumkin. Boshqa tomondan, ko'pchilik qizlar/bollar engaged 💍 bo'lgan, уже ularga не интересно ):

@legal_mind

LEGAL MIND

11 Nov, 10:06


🤩 Are you ready for the Winter party?

🔥 Coming soon...
🤝 Be prepared

@legal_mind

LEGAL MIND

10 Nov, 02:40


Bugun yakshanba lekin kunni aktiv boshlab yubordim. Ikkinchi smenada o'qiganim uchun uyqu rejimim buzilib tun bilan kun almashib qolardi.

Oxirgi paytlarda darslarga ham fokus qaratishga qiynalib qoldim. Kokteyl tayyorlab ichib yurishimni ko'pchilik bilardi. Lekin uni ham tashlab qo'ygandim.

Ijtimoiy tarmoqlar, ayniqsa, instagramdan juda ko'p foydalanib yuborganim uchun vaqtimning katta qismi befoyda reels ko'rishga ketib qolayotgandi.

Oxirgi haftada hisoblab chiqsam kirimga nisbatan chiqim ko'payib ketgan. Befoyda narsalarga ko'p pul sarflab yuborganman. Baribir, talabaman. Bu bilinadi.

Ijtimoiy hayotda ham ba'zilar bilan aloqalarim yomonlashib qoldi. Aslida sababi nima o'zim ham bilmayman. Balki muammo o'zimdadir. Tahlil qilish kerak.

Bularning barchasi yig'ilib stressga sabab bo'layotgandi. Yo'q, bugundan kunlik missiyalarni bajaraman, hammasi iziga tushib ketadi, nasib.

P/s: men tan olaveraman, kibrimga yengilib o'zimni mukammal ko'rsatmayman.

@legal_mind

LEGAL MIND

09 Nov, 06:51


Ketini ko'tarib harakat qilganlar yutaveradi doim. Avval o'zini, nafsini qiynab maqsadi uchun borganlar erishaveradi. Harakat qilsang beraman degan Xudo va'dasini bajaradi. Harakat qilganlar quruq qo'l bilan qolganini ko'rmaganman.

Instagramga qaramlik, tartibsiz uyqu rejimi, maqsadsiz hayot bilan kunlar shunchaki befoyda o'tib ketaveradi. Hech kim siz uchun harakat qilmaydi. Osmondan tushadigan baxtni kutmaslik kerak.

Bilaman, hammada har xil muammo mavjud. Kimdir moliyaviy, boshqasi munosabatlar, yana kimdir shaxsiy muammolar sabab doimiy depressiyada yuradi. Negativga aylanadi.

Bilasizmi, hayotda doimo hukumatdan, korrupsiyadan, O'zbekistondan nolib yuraveradigan toifa mavjud. Ular o'zining hozirgi yoqimsiz hayoti uchun jamiyatni, siyosatni bleyming qiladi.

Ishga kira olmagani uchun tizimni ayblaydi. Bular uchun doim kimdir aybdor. O'zing qanday harakat qilding degan savolga tayinli javobi yo'q bo'ladi. Umuman, hayotda shunaqa luzerlar toifasi mavjud.

Hokimiyatning 48 qoidasi kitobi zo'r kitob. Shu kitobdagi qoidalardan bittasi: yuqumli kasallikdan qochganday omadsiz va baxtsiz odamlardan qoching deyilgan. Tushunyapsizmi?

Bu qoidaning yana bir mohiyati shuki: shifo topish uchun talpinganday omadli va baxtli odamlar tomonga intilish kerak. G'oliblar bilan o'tiring, suhbat boshqacha bo'ladi degan gapning ma'nosi ham shu.

Keyinchalik «Men orzuuuu qilgan hayot boshqacha edi, boshqacha edi» deb yurmaslik uchun hozir nima qilyapsiz?! (savol ritorik)

@legal_mind

LEGAL MIND

08 Nov, 08:54


Ehtimol, administratordagilar UTC time bilan e'lon berar, bilmaysiz-ku. Lekin bugun bo'ladigan uchrashuv haqida e'lonni o'sha uchrashuv tugaganidan, (ehtimol, davom etayotgan vaqtda) keyin berish uchun qanday fikrlash kerak, hayronmiz.

E'tibor bermanglar: biz negativmiz, o'ta ketgan perfeksionist ko'nglimiz aziyat chekdi :) 😅

@legal_mind

LEGAL MIND

06 Nov, 19:33


Sud ishida yutib chiqding va senga konvertda qancha pul tashlab ketishganini uydagilarga aytyapsan:

@legal_mind

LEGAL MIND

06 Nov, 17:11


Gender tengligi haqida dissonans g'oya beradigan video uchun idea:

Metroda bitta bola gender tengligi haqida gapirayotgan ekspertlar videosini ko'rayotgan paytda keyingi bekatda vagonga yoshi kattaroq ayol kishi chiqib keladi.

Bola o'rnidan turib ayolga joy berishga taraddudlanayotgan vaqtida videodagi gender ekspert ayol «erkaklar va ayollar teng huquqli bo'lishi kerak» deb jar soladi va bola fikridan qaytib sekin yana joyiga qaytib o'tirib oladi.

Orqa fonga bironta ma'ruza yoki «erkakcha» gaplar aytilgan bironta jiddiy, aqlli gap qo'yvoriladi.

———————

Aslida gender tengligi bu metroda ayollarga joy bermaslik yoki ular bilan og'ir ishlarni teng taqsimlanishi emas, bilaman. Biroq bizning jamiyatda uni shunday sodda, jo'n va o'ta primitiv tushunib xeyt qilishadi.

Populizmga va ommaviy ura-uralarga o'ch xalqimiz uchun yuqoridagi idea asosida video ishlansa, gender tengligi va ayollar huquqiga nisbatan yana ham nafrat kuchayadi.

@legal_mind

LEGAL MIND

05 Nov, 17:45


Ko'plab talab va takliflarni inobatga olgan holda bitta idea bo'yicha fikringizni bilmoqchimiz: agar universitet talabalari uchun Winter Ball tashkil qilinsa, unda qatnashgan bo'larmidingiz?

Ko'pchilikka yetib borishi uchun postni tarqatish kerak, zero Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek: sharing is caring

Agar qatnashsangiz, reaksiya go — ❤️

@legal_mind

LEGAL MIND

05 Nov, 08:37


Auditoriyada ovqatlanadigan mol bo'lmanglar. Bu mollikni hech qanaqasiga oqlamanglar ham. Masalan, sen yegan somsani xidi xonani sasitib yuborsa, shu normal holatmi?

Mayli, suv ichish, shokolad yeb o'tirish boshqalarga xalaqit qilmas, biroq auditoriya xonasida to'liq ovqatlanishni kechirib bo'lmaydi. Bufetlar bekorga yaratilmagan.

@legal_mind

LEGAL MIND

04 Nov, 11:25


Ustoz yo'qlama qilayotganda talabalar tomonidan ikki yoki undan ortiq so'z ishlatganlarni ma'muriy javobgarlikka tortish kerak. 😏

@legal_mind

LEGAL MIND

04 Nov, 10:04


Finlandiya ta'lim sifati bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turishini bilasiz. Sohaning sifati undagi kadrlar bilan uzluksiz bog'liq. Bizda ham ta'lim tizimida Finlandiya yo'li, fin darsliklari asosida kabi balandparvoz gaplar bilan nimadirlar qilishdi.

Ta'lim sifati o'quv dargohidagi sharoit, moddiy resurslardan ham ko'ra o'qituvchiga bog'liq. Aynan o'qituvchilar har qanday holatda sifatni belgilab beruvchi asosiy divigatel hisoblanadi. Masalan, siz ham ba'zi darslarni o'sha fan o'qituvchisi sabab zo'r o'qigansiz.

Eng qiziq tomoni, Finlandiyada yiliga nari borsa 800 ta o'qituvchi yetishib chiqadi. Bitiruvchilar soni minglab lekin o'qituvchi bo'la oladiganlari juda kam. Nomzodlar kamida magistr darajasiga ega bo'lgan holatda o'qituvchilik uchun imtixon topshiradi.

Ya'ni diplomning mavjudligi o'sha kasbda faoliyat yuritish uchun kamlik qiladi. Huddi shu taktikani boshqa sohalarda qo'llasa ham bo'ladi. Bizda sifatli doktorlar yoki yuristlar kamligiga ham haqiqiy sabab aslida shu. Natijada, o'sha soha yaxshi rivojlanmaydi.

O'zbekistonni kelajakda sifatsiz, diplomli lekin ishsiz kadrlar muammosi kutib turibdi. Professionalizm bilan juda ko'p sohalar katta inqirozga kirib keladi hali. Oldin talaba bo'lish qiyin edi, hozir esa oson, natijada barchada diplom bor.

Bozor qoidalari sharoitida bilimsiz kadrlar ishsiz qolib ketishi kerak lekin bizda davlat sektori tanish-bilish, korrupsiya, nepotizm bilan qorishib ketganini hisobga olsak, sizning farzandingizni o'qishni nari-beri bitirgan G'ishmat davolashi mumkinligini e'tiborga olish kerak.

Aytmoqchimanki, bitta soha gullab, gurkirab rivojlanishi, xalq o'sha sohadan rozi bo'lishi — shu sohadagi kadrlar bilan bog'liq, qolganlari ikkilamchi sabablar hisoblanadi. Sohadagi kadrlar sifatini esa faqatgina diplom berish yoki bermaslik bilan ta'minlay olmaymiz.

Dunyodagi juda ko'p davlatlarda faqatgina diplom bilan yurist va shifokor bo'la olmaysiz. O'qishni bitirgandan keyin abituriyentlikda DTMdan test yechgandek, huddi shunga o'xshash malakani, G'ishmatni shu kasbga loyiqligini isbotlovchi imtixon shakli bo'lishi kerak, nazarimda.

Ehtimol, qanchadir muddatlik, majburiy va haq to'lanmaydigan amaliyot, keyin esa shu sohada oid bilimni baholovchi bitta qattiq imtixon bo'lishi kerak. Shu imtixon hayot-mamot masalasi bo'lishi, undan nari borsa 25-30 foiz nomzodlar o'ta olishi kerakdir, bilmadim. Xullas, shu imtixon talabani to'rt yil universitetda o'qishga majbur qila olishi kerakda.

Masalan, men yurist sifatida eng chekka hududlardagi fuqarolarga 100-150 kun majburiy xizmat ko'rsatishim, shifokor bo'lsam ularni davolashim, umuman, shu sohadagi eng og'riqli nuqtalarni ko'rganimdan keyin rasmiy ishga kirishishim kerak.

Hozirgidek, o'qishni bitiriboq markaziy apparatga, boshqarmaga kirib olib, bir necha yildan keyin men chiqaradigan buyruqlar quyi tuzilmadagilarni so'kinishiga sabab bo'lmasligi uchun ham pastni, qora xalq ahvolini tushib o'rganishga majbur bo'lishim kerak.

Endi siz masalan, Harvard yoki Yale bitiruvchisi bo'lsangiz ham, Surxondaryoning Uzun tumani, Biybozor mahallasida yashovchi Toshmat akaning hayotini osonlashtiruvchi islohotni bilmaysiz aniq. Ya'ni quyida, chekka hududlarda, umuman, oddiy odamlar duch kelayotgan muammolarni bilish kerak.

Xullas, biz sifatli kadrlar bilan davlat xizmatini ta'minlamoqchi bo'lsak, diplom berib, keyin darrovda ishga olmasligimiz kerak. Diplom shu sohada o'qilganini bildiradi lekin uqqanini emas. Diplomdan keyin ham saralovchi, universitetlardan alohida bo'lgan imtixon mexanizmi bo'lishi kerak.

P/s: shifokor va yuristlar shunchaki misol sifatida aytildi:)

@legal_mind

LEGAL MIND

03 Nov, 08:31


Haqiqiy prokuror — ishni oxirigacha olib boradi, haqiqatni tagiga yetadi, berilgan ish ochilmay qolmaydi:)

@legal_mind

LEGAL MIND

02 Nov, 14:12


Xa bo'pti, ko'ndirdinglar: samarqand oshi osh emas:)

LEGAL MIND

02 Nov, 13:26


Shahidlar xiyoboni, Yunusobod.

Aslida Toshkent o'zining talabalari, sevishganlari, muammolari va quvonchlari bilan go'zal. Kimdir ishga endi ketayotgani bilan, boshqasi ishdan hozir chiqqani bilan shaharga oqshom tushdi.

@legal_mind

LEGAL MIND

02 Nov, 13:21


G'ishmat rasmga tushyapti:) 😂

LEGAL MIND

02 Nov, 11:46


Gabriel Garsiya Merkes: Yolg'izlikning yuz yili.

Borib gapiramizmi? If yes — ❤️

@legal_mind

LEGAL MIND

02 Nov, 11:38


Agar qoracharoq qizga uylanmasam, qizim aniq shunaqa tug'ilsa kerak:)

@legal_mind

LEGAL MIND

02 Nov, 11:10


Sezganingizdek, bu yerda yosh oilalar farzandlari bilan, sevishganlar esa o'zlari bilan o'z ustilarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradilar. O'zbekiston kelajagi buyuk davlat!

@legal_mind

LEGAL MIND

02 Nov, 10:58


Bugun butun Toshkent Botanika bog'iga ko'chib kelibdi.

LEGAL MIND

01 Nov, 15:32


Ular ko'cha changitib, sigaretni qanday chekishga vaqt sarflab yurganida sen tishingni tishingga qo'yib kitoblarni yodlaysan, repetitorda chiriysan.

Ular tayinli ish yoki hunarni etagidan tutmay, ko'chama-ko'cha sang'ib, bormagan klubi, qilmagan kayfi qolmagan paytda sen qiynalib o'qishda sessiyalarni yopasan.

Ular qizlar yoki kalyan bilan rasmga tushib storieslarda maqtanayotganida, sen boshlig'ing yoki ustozingdan qilgan xatoying uchun tanbeh eshitib yurasan.

Indamaysan, jimsan, to'g'ri yo'lda maqsadlaring tomon ketaverasan. Lekin vaqti kelib yangi, o'zing olgan mashinangda, bitta mansab egasi bo'lib kelsang:

— Davralarda: «Ha, endi siz kattakonsizku, kuchayib ketgansizku, kibrsizku» degan gaplarni eshitasan va ichingda I won in this life deb qo'yasan:)

@legal_mind

LEGAL MIND

01 Nov, 08:45


Muhabbatning yozilmagan qoidasi: sevib qolgach qiz jurʼatli, yigit esa tortinchoq boʻlib qoladi.

@legal_mind

LEGAL MIND

31 Oct, 15:48


Xalqaro huquq, V potok, 2-guruh, 4-kurs, 2024-yil
M — MAFIA
:)

LEGAL MIND

30 Oct, 18:39


Yuridik talabalari uchun special xayrli kech! 🤩

Biz yangi loyiha boshladik. Universitetimiz tarixida bunday proyekt bo'lmagani aniq.

😎 TSUL anonymous kanalini ochdik!
Bu kanal barchamiz uchun xizmat qiladi. Ushbu sahifa orqali biz tekinga e'lonlar, fikrlar, savollar, yordam, sevgi izhorlaridan tortib bir-birimiz uchun komplimentlargacha anonim tarzda bildirishimiz mumkin.

TSUL anonymous sahifasiga a'zo bo'lish uchun link:
https://t.me/+Z6eQmA3Z-ixjZDAy

Kursdoshlarga tashlab qo'yamiz :)

@legal_mind

LEGAL MIND

30 Oct, 15:17


Xurosonda bir darboza bor,
Ostonasi gulga ko'milgan,
Unda yashar bir pari ruxsor.
Xurosonda bir darboza bor,
Hayhot, uni ocholmadim man

— degan ekan Mavlono Rumiy

LEGAL MIND

30 Oct, 13:59


Agar kutubxonadagi WiFi kodli bo'lganida, men undan WiFi kodini so'rash orqali suhbat boshlashim, shu sabab u bilan yaqindan tanishishim, keyinchalik uchrashuvlarga chiqib unga offer yuborishim, oradan vaqtlar o'tib biz turmush ham qurib baxtli oilaga aylanishimiz mumkin edi.

«Kutubxonada qolgan hislarim» kitobidan

@legal_mind

LEGAL MIND

29 Oct, 12:02


Kutubxonada noutbuk, kitoblarini qoldirgan holda joyni занят qilib o'zi darsga kirib ketadiganlardan boshqa barchaga xayrli kun!

@legal_mind

LEGAL MIND

28 Oct, 19:36


Zamonaviy futbol — bu taktikalashib, jamoaviylashib ketish natijasida individuallar kamayib ketayotgan, shuning uchun ham ma'lum bir muhitda va qaysidir murabbiyning taktikasida yaxshi o'ynaydigan o'yinchilar porlaydigan davr.

Aslida Ronaldoning ham, Benzemaning ham ortida Modrich, Kroos kabi maestrolar turgani uchun ham ular to'purar bo'lgan. Hozir Vinisius yoki Mbappe kuchli pleymeykerlarsiz qanchalik qiynalayotganini ko'ryapmiz, masalanda.

Shuning uchun Rodrining ahamiyati oshib ketdi. Rodri bilan Manchester har qanday jamoani qamal qildi, Ispaniyaning maktab o'quvchilari ortida Rodriga ishonib Yevroni yutib ketdi.

Aynan hal qiluvchi o'yinlarda Rodri jamoasini qiyin vaziyatdan olib chiqqanda. Rodri bo'lmasa hatto Gvardiolaning ham taktikalari ish bermay qolyapti-ku, masalanda:)

@legal_mind

LEGAL MIND

28 Oct, 15:52


No adekvatlikda ayblamasligingiz uchun aytaman: men Manchester Sityning ham, Germaniyamni turnirdan chiqarvorgan Ispaniyaning ham xeyteriman aslida. Shundan kelib chiqib Rodrini maqtamasligim kerak aslida.

Adekvat bo'lib aytadigan bo'lsam: Manchester Sity ham, Ispaniya ham shu darajada yorqin futbol, ideallikka yaqin o'yin ko'rsatadiki, raqib jamoa ko'rinmay qoladi va shuning uchun ham ularni yomon ko'raman.

Har qancha tortishsangiz ham UEFA chempionlar ligasidan Yevropa chempionatining mavqeyi ancha baland. Yevro — bu daraja borasida mundial bilan raqobatlashadigan dunyodagi yagona turnir.

Shuningdek, to'rt yilda bir bo'ladigan musobaqalardagi ishtirok tarozida og'ir tosh bosadi. Chunki Modrich Oltin to'p olgan 2018-yilgi mavsumida u kuchsiz Xorvatiya bilan finalgacha borgandi.

Oxirgi Oltin to'p egasi Messi bundan oldingi mavsum klubida hech narsa qilmasdan turib nima uchun bu sovrinni yutdi? Chunki u Jahon chempionatida zafar quchgandi, bo'ldi.

Aynan terma jamoalarning to'rt yillik turnirlari bo'ladigan mavsumlar va undagi ishtirok muhim hisoblanadi. Vinisius Braziliya uchun deyarli hech narsa qilmadi. Terma va klub statistikasida hatto Lautaro ham undan yaxshiroq.

Xullas, yorqin va chiroyli futbol tarafdori bo'lsak, bitta savol: o'tgan mavsum eng yorqin va total futbol ko'rsatgan klub va terma jamoa qaysi edi? Manchester Sity va Ispaniya.

Shu jamoalarning eng asosiy va futbol uning ustiga qurilgan o'yinchisi kim edi? Rodri. Tugadi.

@legal_mind

LEGAL MIND

28 Oct, 10:53


TDYU guruhlariga rasmdagi krinj tarqalayotgan ekan. Bu profilni menga umuman aloqasi yo'q. Bitta ham so'zni imlo xatolarsiz yoza olmaydigan bu savodsizga siz ham oraliq ishingizni ishonib topshirmang. Nomimizdan foydalanishlariga qarshimiz!

@legal_mind

LEGAL MIND

27 Oct, 17:48


Prezidentimiz ovoz berdi🫡
Biz to'yda edik, siz-chi, Yangi O'zbekistonning ilg'or yoshlari?!

@legal_mind

LEGAL MIND

25 Oct, 14:32


Prezidentimiz saylovga tayyor!
Biz tayyor!
Senchi, qishloqdagi tengdoshim?!

@legal_mind

LEGAL MIND

24 Oct, 22:09


Gender tengligi hech qachon oilada mavjud bo'la olmaydi. Bu imkonsiz. Sababi: oilada o'g'il farzand va onaning bir xil maqomda bo'lishi yoki qiz farzand va dadaning teng o'rinda bo'lishini qaysi mantiq bilan izohlamoqchisiz? Then shut up your mouth!

Shuningdek, gender tengligisiz hech qaysi jamiyat rivojlanmaydi. Ayollar ikkinchi darajaga tushirilgan va shu bilan birga rivojlanib ketgan davlat dunyoda yo'q. Rivojlangan jamiyatlarning barchasida ayollar qadr topgan.

Muammo shundaki, siz obyektiv va subyektiv olamni aralashtirib tashlab fikr bildirasiz. Obyektiv olam — bu mahalla, ishxona, universitet, jamoat transporti, to'y, saylov va hokazo. Subyektiv olam — bu sizning oilangiz, bo'ldi.

Gender tengligi umumjamiyat ishlarida biz uchun kerak. Chunki, biz yillar davomida ayollarni savodli bo'lishdan, maktabda o'qishdan, universitetga kirishdan, ishlashdan to'sib kelgan johil xalq bo'lganmiz.

Shuningdek, bizda oila institutiga hali zarba berilmagan. Bu borada eng top jamiyatlarga ham dars bera olamiz. Chunki bizda ota ham, ona ham, farzandlar ham o'z pozitsiyasida o'ynaydi. Tug'ilish, g'amxo'rlik va hokazolar nisbatan o'z o'rnida.

Yaponiyadan tortib G'arbgacha bizdagi oila institutiga havas qilsa bo'ladi, buni tan olish kerak. Oila instituti mustahkamligi — xalqning, millatning barqarorligini, kelajagini ta'minlaydi. Demografik yoki qirilib ketish muammolarini paydo qilmaydi.

Obyektivlarni subyektivlashtirmang. Subyektivlarni obyektivlashtirmang. Oilada er va xotin munosabatlari — bu shaxsiy zona, qizil chiziq. Kim tepada, kim pastda bo'lishini ular hal qiladi. Feminizm yoki gender tengligi idealogiyalari emas.

Orzudagi O'zbekistonda prokuror xotin o'zining sotuvchi eriga bo'ysunadi. Rahbar ayolning vakolatlari ishxonada mavjud lekin oilada emas. Agar Kusherboyevni nohaq desangiz, postning boshidagi savolga javob bering!

@legal_mind

LEGAL MIND

22 Oct, 14:31


Xmm🤔

LEGAL MIND

21 Oct, 18:20


#tilbayrami
#21Oktabr

Bugun kun tugab qolmasdan menam postcha yozib qo’yay! Axir hamma faqat bir kun bayram qiladiku…

Bir chetni aylanib kelganimdan beri o’zbeklarga ko’p aytadigan gapimni aytmoqchiman hozir.

Bilasizmi? Dunyo o’zbek xalqini tanimaydi. Ular rusiyzabon o’zbeklar haqida eshitgan xolos. Har bir davlatga borganimda turli xalq vakillari bilan gaplashdim va ularda bir experiment o’tkazdim. Ular bilan tanishib, o’z davlatim haqida eshitganmi? Yoki nimadirlarni biladimi? Shuni bilmoqchi bo’ldim.

90% dan ko’prog’i balki 98% dir o’zbek xalqini tanimaydi. Ularni o’zbek ekanligini bilishmaydi. Faxrlanib O’zbekistondanman deganimda, eshitganmisiz deb qo’shib qo’yaman. Vaholangki, ha Rossiyani mustamlakasimi bu davlat deydi yoki davlat tilingiz rus tilimi? Sizlar rus tilini bilasizlar-a? kabi dilni xira qiluvchi gaplarni eshitdim.

Judayam achinarlia-a? O’zbek tilining mavjudligini dunyo bilmaydi. Bunga esa o’zimiz sababchimiz. O’ylab ko’ringchi? O’zbekistonning qancha aholisi rus tilini? Uzr-a😅 davlat tilimiz o’zbekkuuu?! O’zbek tilini imlo-xatolarsiz yoza oladi?

Telegramda yozishmalar hammasi o’zingizga qulay holda qisqartirib olgansiz go’yo, yoki o’zingizdan “aqlli”ni yasab olib krill alifbosidan foydalanasiz😄. Bularku mayli…

Farzandlaringiz, jiyanlaringizni rus bog’chaga, rus maktabga qo’ygingiz keladi… Bola o’zbek tilini bilmasdan qanday qilib O’zbek xalqini tanisin?

Menda ajoyib voqea bor. Toshkentda yashaydigan shaharlashgan jiyanlarim bor, qishloqdan kelgan o’zbek maktabda o’qiydiganlari mehmonga kelishgan. Shaharni bolasi rus alifbosini o’rgangan, qishloqni bolasi lotin alifbosini. O’zlaricha ismlarini yozib o’ynayapdi. Bilasizmi? Ular bir-birini tushunmadi. Shaharlashgan jiyanim bu qaysi harf deb so’rayapdi(lotin alifbosini), keyingisi bo’lsa bu harf qaysi deydi(rus alifbosini)?

Xulosa o’zingizdan. Albatta har kimning o’zini ishi dermiz… Lekin biz o’zimizdan boshlaylik…

Misol uchun men farzandlarimni rus bog’chaga bermayman😅

Aytgancha Bayram Muborak bo’lsin😄

@okhmonova_blog

LEGAL MIND

21 Oct, 12:03


Universitetda leksiyada uxlaydigan talabadan va maktab bitiruv kechada sevgan qizi bilan valsga tushadigan boladan baxtli odam yo'q dunyoda.

@legal_mind

LEGAL MIND

20 Oct, 16:02


Munosabatlar yakunlanganidan keyin qizlar:
— Taqdirim emas ekan, duo qilaman, undan ham yaxshisi keladi ☺️

Munosabatlar yakunlanganidan keyin bollar
:
— Ketding soxta baxtning qasriga, endi daxshat kuchayib ketib armoningga aylanaman 😭

@legal_mind

LEGAL MIND

19 Oct, 16:15


— «Opa uyga borgunimcha biror narsa tayyorlab tur, qornim ochdi» deydigan davrlarni sog'indim lekin uyda emasman, opam ham boshqa uyda, afsuski):

@legal_mind

LEGAL MIND

19 Oct, 10:38


O'ttiz yoshdan keyin qorning chiqib sochlaring to'kilishni boshlasa sen noto'g'ri yashayapsan, shu ketishda 60 yoshlar atrofida yurak, qon-tomir kasalliklaridan o'lib ketish xavfing bor:)

@legal_mind

LEGAL MIND

18 Oct, 16:53


Ijtimoiy tarmoqda baxtli oilalar ko'p. Instablogerlarga qarab ko'pchilik baxtli hayot illuziyasini shular orqali ko'radi. Bitta oila haqida yozmoqchiman. Yosh, siz bilan bizga o'xshagan, ijodiy faoliyatni ham tashlab qo'ymaydigan, tinib-tinchimaydigan bir akamizning oilasi.

Masalan, men Abdulaziz akaning oilasiga havas qilaman. Bu kishini menga birinchi marta reklama bergan kunlaridan boshlab taniganman. Shundan keyin telegram kanallarini muntazam o'qib boradigan va bu orqali oilalari, Turkiyadagi hayot haqida bila boshlaganman.

Turmush qurishganidan keyin ayollari Turkiyaga o'qishga kiradi. Abdulaziz aka esa ayollarini o'qitish uchun Turkiyaga oldinroq borib, harakatga tushadi. Ungacha Toshkentda yaxshigina daromadli ishda ishlagan bu akamiz ayolini o'qitish uchun barchasidan voz kechib Turkiyaga uchadi.

Tasavvur qilyapsizmi? Yaxshi daromadli, issiq o'rinni bo'shatib ayolining o'qishi uchun barchasini tashlab ketish ko'pchilik erkaklarning qo'lidan aniq kelmaydi. Bu oilani aslida hozirgi yosh o'zbekistonliklar uchun etalon sifatida ko'rsatishga arziydi.

Endi musofirdagi hayotni yashab ko'rganlar biladi. Tirikchilik, ro'zg'or, o'qish xarajatlari va hokazo maishiy masalalar barchamizga ma'lum. Ular tinch o'tirishmaydi. Kitob buyurtmasi uchun Book Express, Anqaradagilar uchun onlayn O'zbek oshxonasini ochishadi.

Haqiqiy harakat qilish deb shuni aytishsa kerak har holda. Book Ekspressda O'zbekistondan topa olmagan kitoblaringizni Turkiyadan buyurtma qilishingiz mumkin. Ishonchli. Anqarada yashaydiganlar bo'lsa, o'zimizning o'zbekcha taomlarimizni oldindan buyurtma bersangiz, shaxsan Abdulaziz aka yetkazib beradi.

O'shanda, birinchi barakali reklamamni olganimda, qachondir yana bu oilaning faoliyatini boshqalarga aytib beraman degandim. Bular reklama emas, o'zim tavsiya qilishni, qo'limdan kelganicha qo'llab-quvvatlashni xohladim, xolos.

Bu mo'jazgina baxtli oilani quyidagi kanallarga a'zo bo'lish orqali support qilishingiz mumkin:

@ijoddardi — Abdulaziz akaning shaxsiy kanali;
@sitoraqarshiyeva — turmush o'rtoqlarining sahifasi;
@uzbek_sofrasi — taomlar buyurtma qilish uchun;
@bookexpress_uz — Turkiyadan kitoblar yetkazib beriladi.

@legal_mind