Ota-onalar | Rahimov School

@rs_otaonalar


@RahimovSchool maktabidagi eng qaynoq yangiliklar va jonli ma'lumotlar shu yerdan uzatiladi.

Admin / jamoa bilan bog'lanish:
@rahimovschool_admin / @rs_aloqabot

Maktab direktori bilan aloqa:
@AzizRahimov
97 769-0007

Ichki raqam:
78 113-0006

Ota-onalar | Rahimov School

23 Oct, 14:36


🏀 Basketbol to'garagi ochilmoqda

O'quvchilarimizni jismoniy tomondan ham rivojlantirib borish uchun basketbol to'garagi tashkil qildik

Ilk darsimiz 22-oktyabr, soat 17:30 da boshlandi va buyog'iga haftaning Seshanba, Payshanba kunlari bo’lib o’tadi.

To'garak faqat 7–11-sinflar uchun va unda qatnashish mutlaqo bepul 😊

Ro'yxatdan o'tish uchun @rs_aloqabot orqali Abubakir Muhammad ustozga murojaat qiling

@rs_otaonalar

Ota-onalar | Rahimov School

21 Oct, 12:41


Rahimov Kids — farzandingiz kelajagi haqida qayg'uramiz!

Farzandlarimiz yetuk, o'z fikriga ega shaxs bo'lishlari uchun Rahimov School maktabi tashkil topdi

Biz bu yo'lni davom ettirish uchun Rahimov kids ilk bolalar bog'chasiga asos soldik 🎉

Agar bog'chamiz imkoniyatlari va sharoitlari haqida ma'lumot olishini istasangiz, izohlarda "+" belgisini qoldiring.

@rahimovkids

Ota-onalar | Rahimov School

21 Oct, 12:20


Planetariyaga sayohat qildik! ☄️

O’quvchilarimiz uchun Rahimov Schoolning o’zida Planetariy shousini tashkillashtirdik 💫

Jajji 1-sinfdan to 11-sinfga qadar barcha o'quvchilarimiz koinotga sarguzasht qilishdi

🪐 Bu orqali o'quvchilar yuduzlar sayyoralar, kometa va boshqa osmon jismlari haqidagi qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

@RahimovSchool

Ota-onalar | Rahimov School

20 Oct, 05:37


Do’kon yopiladi

Hurmatli ota-onalar, maktabimizdagi do’kon masalasi bo’yicha murojaatlarni o’rganib chiqib, II chorakdan boshlab do’konni yoptirishga qaror qildik

Ungacha farzandlaringizga ortiqcha pul berib yubormasligingizni yana bir bor iltimos qilamiz

Sabringiz va tushunganingiz uchun rahmat 😊

@rs_otaonalar

Ota-onalar | Rahimov School

16 Oct, 16:04


I chorak dam olish kunlari

I chorak tugashiga oz muddat qoldi

Ota-onalarimizni oldindan ta'til kunlaridan xabardor qilish niyatida ma'lum qilamizki, I chorakdan ta’tillari

• 4-5-6-noyabr

sanalari etib belgilandi.

II chorak darslari 7-noyabrdan boshlanadi

@rs_otaonalar

Ota-onalar | Rahimov School

16 Oct, 07:44


Isitish tizimi yo'lga qo'yildi

Sovuq tushishi munosabati bilan maktabimiz binolarida isitish tizimi ishga tushdi.

Bu orqali xonalar zaxlamaydi va xona harorati iliqroq bo'ladi.

@rs_otaonalar

Ota-onalar | Rahimov School

10 Oct, 10:00


Bolalarga ortiqcha pul bermang!

Aziz ota-onalar!

Ayrim o'quvchilarimiz maktabga judayam ko'p pul olib kelishmoqda. Do'kondan xarid qilgan mahsulotlarini sinfxonada, do'stlar davrasida iste'mol qilishlari maktabga pul olib kelmayotgan o'quvchilarimiz ruhiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatyapti

Bu holat maktabimizdagi sog'lom muhitga, o'quvchilarning darslarni yaxshi o'zlashtirishiga xavf solayotgani uchun sizlardan farzandlaringizga ko'p pul yoki umuman pul berib yubormasliklaringizni so'raymiz.

Maktabimiz uchun eng muhimi sog'lom muhit va o'quvchilarning darslarni yaxshi o'zlashtirishidir!

@rs_otaonalar

Ota-onalar | Rahimov School

01 Oct, 15:08


Eslatib o’tamiz, ertaga dars bo’lmaydi

Ustozlar kuniga qo’shimcha dam olish kuni.

O’qish indin, 3-oktabrdan odatiy tarzda boshlanadi.

@rs_otaonalar

Ota-onalar | Rahimov School

27 Sep, 07:18


Ассалому алейкум.
Аввалом бор хаммага Жума муборак булсин.
Хурматли Устозларимиз сизларга
Оллохим куч -кувват берсин.
Борийларга бехисоб шкур бераетган илмийлар учун Оллохим ажрини берсин.Фарзандларимиз ва узимиз сизлардан миннатдормиз.
Шу мактабнинг барча Ходимларига уз миннатдорчилигимизни билдирамиз

Ota-onalar | Rahimov School

27 Sep, 07:18


Ассаламу Алайкум. Рахимовга бергунимга қадар фарзандимга уйғон ўғлим мактабга кеч қоласан, дарсингни қилиб олдингми дердим. Хозир бу сўзларга хожат қолмади. Масъулият билан ўзи уйғонади, дарсларини хам яхши кўриб этмасам хам бажаради. Хар сафар мактабдан қайтиб тўлиб тошиб устозлари хақида гапириб беради. Алхамдулиллах. Рахимов жамоасидан, устозларидан Аллох рози бўлсин ва доим юзлари ёруғ бўлсин👏🏻

Ota-onalar | Rahimov School

27 Sep, 06:51


🎯 Rahimov School'da yuqori davomat

Ushbu hafta davomida o'quvchilarimizning darslarga kelish ko'rsatkichi 94-95% ni tashkil qilmoqda

Bunday ko'rsatkichga chiqishimiz uchun farzandlarini maktabga yuborib, ularning ta'limida bizga yelkadosh bo'layotgan barcha ota-onalarimizga minnatdorchilik bildiramiz

Ishonchigiz uchun yana bir bor rahmat 💚

@rs_otaonalar

Ota-onalar | Rahimov School

26 Sep, 05:34


Dam olish kunlari

Xabaringiz bor, yana bir necha kundan so’ng, yurtimiz bo’ylab “Ustoz va murabbiylar kuni” keng miqyosda nishonlanadi

Rahimov School barcha ustozlarni bayram bilan muborakbod etgan holda 1-2-oktyabr — Seshanba va Chorshanba kunlarini dam olish kunlari deb e’lon qiladi

O’qish 3-oktyabr — Payshanba kunidan davom ettiriladi

Eslatma: 30-sentyabr o'qish kuni!

@rs_otaonalar

Ota-onalar | Rahimov School

25 Sep, 11:59


Ota-onalar uchun maxsus platforma

Bir necha kun oldin 5-8-sinflar ota-onalariga parent.rahimovschool.uz — Rahimov School ota-onalari uchun maxsus ishlab chiqilgan platformaga ro'yxatdan o'tish va to'liq foydalanishga imkon berildi

Ushbu platforma orqali siz farzandingizning baholari, yig'ayotgan ballari va ustozlar tomonidan ularga bildirilgan fikrlarni nazorat qilib borishingiz mumkin bo'ladi

Texnik ishlar yakunlanganidan so'ng, bugun kechki vaqtda 9-11-sinflar va yana bir necha kundan keyin 1-4-sinf ota-onalari ham platformamizdan to'liq foydalanishlari mumkin bo'ladi

Farzandlarimiz kamoloti yo'lida ularning ota-onalari bilan zamon talablariga mos, qulay platforma orqali ishlayotganimizdan mamnunmiz

parent.rahimovschool.uz haqidagi keyingi xabarlar ichki guruhlarimizda e'lon qilinadi

@rs_otaonalar

Ota-onalar | Rahimov School

24 Sep, 05:07


Farzandingiz ta’limidan xotirjam bo’ling

Assalomu alaykum, aziz ota-onalar!

Ichki guruhlarimizda o’quvchilarning ta’limidan boshqa masalalarda, masalan, rasm yoki video yuborish so’rovlari ko’payishi ustozlarimiz ish jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Albatta, ustozlarimiz va tarbiyachilarimiz lozim bo’lgan o’rinlarda dars va o’quv mashg’ulotlari jarayonidan rasm va videolar ulashib turishadi.

Lekin, ota-onalarimiz tomonidan “Meni farzandimni ham oling” kabi ortiqcha talablar qo’yilishi ustozlar va kuratorlar ish sifatini tushiryotganligi tufayli ulardan bunday qilmasliklarni so’rab qolamiz.

• Tez orada parent.rahimovschool.uz platformasi ishga tushadi, shunda siz farzandingizning akademik va axloqiy baholaridan xabardor bo’lishingiz mumkin.

• Shuningdek siz @rs_aloqabot orqali ustoz va tarbiyachilar bilan bog’lanib farzandingiz ta’limi haqida ma’lumot olishingiz mumkin

@rs_otaonalar

Ota-onalar | Rahimov School

23 Sep, 16:28


1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni

Assalomu alaykum, hurmatli ota-onalar!

Kelayotgan bayram munosabati bilan barchamizda farzandlarimizning ustozlarini tabriklash, qanday qilib bo'lsa ham ularning ko'nglini olish niyati bo'lishi tabiiy.

Ammo, oldin suhbatlashganimizdek, ustozlarga gul, pul va boshqa sovg'alar berish qat'iyan taqiqlanadi.

Eng maksimal berilishi mumkin bo'lgan sovg'a — o'quvchilar tomonidan yasalgan va tilaklar yozilgan xat (открытка) boʻlishi mumkin.

Shunday xatlarni ustozlarga yetkazish oson boʻlishi uchun biz "Bayram qutilari" ni tashkillashtirdik. Farzandingiz oʻzlari yasagan xatlarni shu yerga tashlashlari mumkin.

Bayram kunida esa ularni ustozlarimizga yetkazamiz. Bu tashabbus albatta ixtiyoriy.

Keling, farzandlarimizga birgalikda korrupsiyaning eng kichik formasidan ham uzoqda boʻlishni oʻrgatamiz.

P.S. Bayram qutilarini adminstratsiya stoli oldidan topish mumkin.

@rs_otaonalar

Ota-onalar | Rahimov School

23 Sep, 05:15


@rs_davomatbot ga ulanganmisiz?

Assalomu alaykum hurmatli ota-onalar!

Bolalarning xavfsizligini ta’minlash uchun maktabga kirish va chiqishlari haqida xabar beruvchi @rs_davomatbot ishga tushirilgan.

U orqali siz farzandingizning turniketdan o’tish vaqtlaridan xabardor bo’lib turishingiz mumkin.

Botga hali ham ulanmagan bo’lsangiz, hoziroq ulanib olishingizni so’raymiz.

👉 @rs_davomatbot

@rs_otaonalar