JR TwitGram 🥂 @jr_twitgram Channel on Telegram

JR TwitGram 🥂

@jr_twitgram


Opinions, observations, photos, videos and personal thoughts by Jakhongir Rakhmonov.

Main IT channel: https://t.me/jakhonrakhmonov

Contact: [email protected]

JR TwitGram 🥂 (English)

Welcome to JR TwitGram 🥂! This Telegram channel is the place to be for all things related to the opinions, observations, photos, videos, and personal thoughts of Jakhongir Rakhmonov. If you're looking for a mix of insightful content along with engaging visuals, then this channel is perfect for you. Jakhongir Rakhmonov shares his unique perspective on a variety of topics, providing followers with a glimpse into his world. Want to dive deeper into the world of IT? Make sure to check out Jakhongir Rakhmonov's main IT channel at https://t.me/jakhonrakhmonov for even more tech-related content. Join JR TwitGram 🥂 today and start exploring the mind of Jakhongir Rakhmonov!

JR TwitGram 🥂

15 Feb, 11:16


Chana uchyapti polvon

JR TwitGram 🥂

15 Feb, 10:45


Qachondir o’z jamoamni boshqarsam, shu prinsiplarga asoslanaman.

Menimcha juda to’g’ri.

JR TwitGram 🥂

14 Feb, 17:24


To succeed abroad you need very good soft skills.

To succeed in Uzbekistan you need extremely good soft skills.

JR TwitGram 🥂

12 Feb, 12:06


Ertalab turding, ishga chiqding, hayotingni yashaaab yuribsan. Bir mahal, nobel mukofotini olgan odamdan SMS kelyapti: “akaxon, ketdik birga obed qilamiz”.

Bu qanday hissiyot ekan…hayronman.

https://t.me/iqtisodchi_kundaligi/3195

JR TwitGram 🥂

11 Feb, 20:20


Qo’lidagi o’yinchoq mashinaga qarab turib bugun polvon shunday dedi:

- Dada, svetofor krasniy ekan. Yursam maylimi?
- Yo’q. Yashil bo’lganda yurasan. Bo’lmasam, politsiya keladi. Politisiya kelsa keyin nima qiladi, bilasanmi?
- Ha
- Nima qiladi?
- Viyu, viyu, viyu qiladi
- 😮‍💨😆

#TechnicallyCorrect

JR TwitGram 🥂

11 Feb, 09:10


Furstadan foydalanib botga kelgan qiziq-qiziq gaplardan bir nechtasiga sizlar ham bahramand bo’linglar. Privacyni saqlagan holda, albatta.

JR TwitGram 🥂

11 Feb, 08:52


Bog’lanish uchun telegram botni o’rniga emailni ko’rsatib qo’yganimdan so’ng, kelayotgan savollarning saviyasi ancha oshib qolgan.

Qiziq, bunga nima sabab bo’ldi ekin 🤔

JR TwitGram 🥂

10 Feb, 11:26


Polvondan yana bitta sanat asari 🎹

JR TwitGram 🥂

10 Feb, 08:31


Ofis kafesida

JR TwitGram 🥂

10 Feb, 08:09


Bugun Berlindagi BVG kompaniyasida ish tashlash bo’lyapti. Avtobus, metro, tramvay kabi public transport vositalariga javob beradigan kompaniya.

Oylikni oshirib, ish sharoitini yaxshilab beringlar deb so’rashyapti.

Hamma hamma joyga kech qoladigan kun.

JR TwitGram 🥂

09 Feb, 12:41


“Aka men har bitta postga qo’lda ssh qilib kirib, har bir log fileni grep qilib tekshirib chiqaman”

#ChadDev

JR TwitGram 🥂

09 Feb, 12:35


Loyihangizda logging va metrics uchun nima ishlatasizlar? Va maslahat berasizlarmi?

Graylog? DataDog? CloudWatch? Boshqasi?

JR TwitGram 🥂

08 Feb, 11:22


Yerdagi shu belgiga ko’rsatib polvon bugun shunday dedi:

- Ana oyoqlar, ana qo’llar
- Tepadagisi nima?
- Avacado
- 😮‍💨😆

JR TwitGram 🥂

07 Feb, 12:17


Bo’lar ekanku shunaqa vakansiya yozsa ham.

Nima taklif qilinishi yaxshilab yozilgan.

Odatda talablar yoziladi holos o’zimizda.

JR TwitGram 🥂

07 Feb, 09:16


Kimdir Machine Learning, LLM bo’yicha loyiha qilish uchun idea qidirib yurgan bo’lsa:

Shu va asosiy kanaldagi postlarni va men yozgan kommentlarni scrape qilib, birorta LLMga “yedirib”, “shu odam kabi javob ber kelayotgan xatlarga” deb prompt qilib Telegram bot yasash. Kahogi Bot.

JR TwitGram 🥂

07 Feb, 09:05


Yuqsin yuqsin

JR TwitGram 🥂

07 Feb, 08:59


Ofisdan Yunusobod ko’rinib turadi

JR TwitGram 🥂

07 Feb, 08:52


ChatGPT dan shu kanal haqida sher yozishni so’radim. Mana natijasi:

———————————————

Kahogi qayerda?

Bir kun kelar, bu kanalda,
Shrek yo‘q, jimlik har qadamda.
Juma kuni gifu yo‘q desa,
Ko‘ngil g‘ashlik sezib tursa.

O‘yga tolasiz bir damda,
“Nima bo‘ldi unga?” — deya.
Qayoqqa ketdi Kahogi?
Sukut cho‘kdi har joyda.

Balki u yuribdi izlab,
Yangi gifu, yangi zavq.
Yoki shunchaki banddir u,
Qaytadi albat bir kun!

JR TwitGram 🥂

05 Feb, 18:58


- Dadaaa, молоко хочууу
- Nemischasiga nima bo’ladi moloko? Aytsang beraman
- Sut bo’ladi
- 🤩 ma ol, 1 litr

JR TwitGram 🥂

05 Feb, 09:37


Yana bir savol.

Ohirgi vaqtlarda IT o’quv markazlariga bo’lgan talab qanday?

Kamayish kuzatildimi? Yoki o’sishda davom etmoqdami?

JR TwitGram 🥂

05 Feb, 09:03


Orangizda dastrurlashni tashlab boshqa sohaga o’tganlar bormi? Nima sabab bo’lgan?

JR TwitGram 🥂

03 Feb, 13:43


Hozirgi setup:

1. Laptop: Macbook Pro
2. Chair: Autonomous ErgoChair Pro
3. Monitor: LG 34 inch Curved Ultra Wide
4. Keyboard: Apple Magic Keyboard
5. Mouse: Logitech G PRO Wireless Mouse
6. Table: IKEA Alex
7. Headsets: Apple Airpods
8. Webcam: eMeet C960
9. Energy: Turkish Coffee
10. Mood: Kiki

JR TwitGram 🥂

03 Feb, 12:54


Kikini tanimaydiganlar ko’p bo’lsa kerak. Shu kanalda “Kiki” deb qidirib postlarni ko’rib chiqishni maslahat beraman, kayfiyatni oshirish uchun.

JR TwitGram 🥂

03 Feb, 10:26


We miss you #kiki

JR TwitGram 🥂

03 Feb, 10:21


Kimni ko’rib qoldim?

JR TwitGram 🥂

03 Feb, 10:07


Kikini eslab...

#bringkikiback

JR TwitGram 🥂

03 Feb, 09:10


Kunni yaxshi bir kofe bilan boshlash men uchun eng zo’r rituallardan biri bo’lsa kerak.

Donishmandlar aytganidek: “I like my coffee like my code in Rust—strong, smooth, and with no bugs in it.”

JR TwitGram 🥂

29 Jan, 18:19


- Polvon, katta bo’lsang kim bo’lasan?
- Большой bo’laman
- 😲😮‍💨

#TechnicallyCorrect

JR TwitGram 🥂

27 Jan, 10:31


Nahotki tushunarsiz bo’lsa 🤦‍♂️

JR TwitGram 🥂

26 Jan, 11:38


Balance deb yozaman deb kichik xato qilgan edim bu AI o’lgur “Baklava” deb yozishni taklif qilyapti.

Baklavani yoqtirishimni qayerdan bildi bilmadim.

JR TwitGram 🥂

25 Jan, 12:47


Senior NodeJS brat qidirishyapti ekan.

JR TwitGram 🥂

25 Jan, 11:37


- Dada, salyut qani? Feyrverklar qani?
- Salyutlar faqat bir yilda bir marta bo’ladi. Happy New Year bo’lganda bo’ladi. Hali aaancha bor keyingisiga.
- Yo’q, bugun Happy New Year 😼

JR TwitGram 🥂

25 Jan, 11:25


Velosiped haydagani chiqdik

JR TwitGram 🥂

24 Jan, 20:16


Rust dasturlash tili hozirgi kunda qaysi tilda yoziladi bilasizmi?

Rustda. Tugadi.

JR TwitGram 🥂

23 Jan, 12:23


Oilaviy ketayotgan edik, uzoqdan 2 yosh yigitlar biz tarafga qarab yurib kelishayotgan edi.

Men darhol: “O’zbekistonlik yigitlarga o’xshashyapti ko’rinishlaridan” dedim.

Yonimizga yetib kelib, o’tib ketayotgan mahal ularning bittasi:

“Eee onasini emsin…” desa bo’ladimi.

To’g’ri topibman.

JR TwitGram 🥂

22 Jan, 09:35


Toyota internship e’lon qilibdi. Faqat Rustga qiziqqanlar uchun. O’tsangiz Yaponiyaga 3 oyga taklif qilishadi (visa bilan yordam beradi)

https://woven.toyota/en/careers/detail/?jobID=d7889ca1-5170-453b-b143-c070803b3210

JR TwitGram 🥂

22 Jan, 08:12


Computer oldinlari odam bo’lganini bilarmidingiz?

Ha, eski zamonlarda raqamlarni hisob kitob qilish (compute qilish) uchun odamlarni ishga olishgan. Va shu odamlarni computer deb atashgan.

JR TwitGram 🥂

20 Jan, 10:10


Germaniya bilan O’zbekiston orasida 4 soat farq bor va men bu yerda yashayotganimga 5 yildan oshdi.

Lekin hali hanuz uydagilarga (ayniqsa buvimga) nimaga soat 6da telefon qilishsa olmaganimni har safar tushuntirishga majbur bo’laman.

JR TwitGram 🥂

20 Jan, 08:50


Ofisga kelayotganimda avtobusda shunaqa so’zlar jangradi:

“Berlin is tough but sincere. Please, be kind to each other”

Siz yashayotgan shaxarni qanday tasvirlangan bo’lar edi?

JR TwitGram 🥂

18 Jan, 15:59


Berlin Texnik muzeyiga bordik polvon bilan. Samalet va poyezdlarga juda qiziqadi o’zi.

“Ooo dada, samalet 😮
“Oooo dada, колесо kaput”

degan hype gaplari bilan qiziqtirib tashladi meni ham.

JR TwitGram 🥂

18 Jan, 11:55


Unhandled Exception

JR TwitGram 🥂

18 Jan, 11:42


Bugungi suhbat:

Men: Polvon, qayerga ketyapmiz?
U: Potsdamer Klatz
Men: Klatz emas, Platz.
U: Klatz
Men: P, p, p - Platz
U: P, p, p - Klatz 👼

👴👴👴

JR TwitGram 🥂

17 Jan, 09:19


Qolib ketgan savollarni keyingi safarga saqlab qo’yinglar. Har 1-2 oyda AMA qilamiz.

Hozir esa boraylik. Men Jeffni siz esa o’z boshlig’ingizni boyitgani.

JR TwitGram 🥂

17 Jan, 09:12


Hammaga rahmat. Foydali bo’ldi degan umiddaman.

JR TwitGram 🥂

17 Jan, 08:26


Ask Me Anything.

Amazonda ish boshlaganimga 2 yil, Germaniyaga ko’chganimga 5 yildan oshibdi.

Shu munosabat bilan hohlagan savolingizni so’rang, qo’ldan kelgancha javob beraman.

Ofisga ketyapman. Avtobusda. 30-40 minut vaqt bor.

JR TwitGram 🥂

16 Jan, 15:24


Polvonda asosan 3ta tilga katta exposure bor. Men o’zbekchada, ayasi o’zbekcha/ruschada, qo’shnilar ruschada, bog’chada nemischada gapiramiz. Haftasiga bir marta ingliz tili darslari ham bor bog’chada.

Shuning uchun ham ora-orada “Aya, buva bilan гаплащаться хочу” degan gaplarni eshitishingiz mumkin.

JR TwitGram 🥂

16 Jan, 15:07


Polvon bilan ayasini o’rtasida tahminan shunaqa suhbat bo’ldi:

👩‍🦰: “Imron, bog’chada qanaqa ovqat beradi sizlarga?”
👶: “Pizza”
👩‍🦰: “Rostdan? Senga yoqadimi?”
👶: “Juda yoqadi. Yeb bo’lib yana beringlar deb so’rayman.”
👩‍🦰: “Ular nima deydi keyin?”
👶: “Bo’ldi, yetadi deydi.”
👩‍🦰: “Ie, sen nima deysan keyin?”
👶: “Baland ovozda yig’lab beraman. Keyin yana pizza olib kelib berishadi 😈

🥶🥶

JR TwitGram 🥂

16 Jan, 11:17


Bir Rust dasturchidan “Nega sen juda ko’p kofe ichasan?” deb so’rashibdi.

“Men kodimni ko’p compile qilaman. Bo’sh vaqtimda esa kofe ichishni yoqitraman” deb javob bergan ekan.

JR TwitGram 🥂

15 Jan, 16:15


Amazonga qo’shilganimga roppa rosa 2 yil bo’libdi bugun.

Oldik 🥂

JR TwitGram 🥂

10 Jan, 20:06


Product Management yo’nalishida ketmoqchi bo’lganimda albatta topshirgan bo’lar edim.

Rustam aka bilan ancha yillar oldin ishlagan edim. Bunaqa professional bilan ishlash omad.

JR TwitGram 🥂

10 Jan, 10:55


JR TwitGramdagilar ham katta kompaniyalarda ko’payib bormoqda.

Birinchi bo’lib menimcha Dilmurod Teslaga kirib boshlab bergan edi.

JR TwitGram 🥂

09 Jan, 15:40


Qishlog’imizda qor

JR TwitGram 🥂

08 Jan, 14:55


AI menga quyidagi ishni qilish uchun juda katta yordam bermoqda.

Har kuni jamoamizdagi boshqa dasturchilarning ishini tekshirish kerak bo’ladi. Ular ham menimg ishimni tekshiradi.

Hammamiz har xil davlatlardan kelganmiz va hammaning ingliz tilini bilish darajasi har xil. Bazida bilib bilmasdan yoqmaydigan komment qoldirishimiz mumkin.

Agar yozayotgan kommentimning manosi to’g’riligiga va men hohlagan tonda yozilganiga ishonchim komil bo’lmasa ChatGPTdan yaxshiroq yozib berishni so’rayapman.

Ingliz tilini mendan yaxshiroq biladi har qalay.

Masalan screenshotdagi Pull Requestda qoldirgan kommentimni ichki Amazon AI yordamida yozganman.

JR TwitGram 🥂

08 Jan, 10:42


Qishlog’imiz ko’chalari

JR TwitGram 🥂

07 Jan, 16:32


Global Warming sababini topdik menimcha.

Yechim ham aniq.

JR TwitGram 🥂

07 Jan, 16:17


2 yilcha oldin qishni Andijonda o’tkazgandik. Svet va gaz o’chib qolaverardi.

O’ylab o’ylab sovuqqa yechim topdim.

Windows o’rnatilgan kompyuterni yoqib Javada kod yozdim.

Komyuter shunchalik isib kettiki - muammo hal bo’ldi.

JR TwitGram 🥂

07 Jan, 09:45


24 soat ichida IELTSdan 8.5 olganim haqida ham yozganman asosiy kanalda:

https://t.me/jakhonrakhmonov/52

U paytda inglizchada yozar edim. Sal pastroq tushsangiz o’zbekchada yozilgan varianti ham bor. Umuman olganda agar yaqin orada qo’shilgan bo’lsangiz shu postdan boshlaaaab barcha postlarni o’qib chiqishni maslahat beraman. Ko’p qayta takrorlanadigan savollarga javoblar bor.

JR TwitGram 🥂

07 Jan, 09:40


Kirish ballari 100 ballik sistemada o’lchanar edi.

4chi o’rinda kiribman.

Birinchi o’rin bilan 0.5 farqimiz bor ekan. Ha, 100 ballik sistemada.

Tepamdagi 3chi o’rin bilan esa 0.1 farqimiz bor ekan. 5chi o’rin bilan ham 0.1 farqimiz bor ekan.

Aytganimdek, byudjetga 20ta o’rin berilgan holos o’sha yillar. 20chi o’rin bilan 21chi o’rin orasida, ya’ni ohirgi byudjet va birinchi kontrakt orasida ham 0.1 bal bo’lgan.

Shunchalik competetive bo’lgan. Kimdir kirish oson degani uchun yozyapman.

3chi o’rinda kirgan bola o’zimning o’rtog’im. Ingliz tilidan o’zim yordam berganman. Shogird ustozdan o’tgan. Hozir Yaponiyada yashaydi.

21chi o’rinda kirgan bola esa hozir Googleda. Californiada yashaydi. Ha, Sherali.

Zo’r vaqtlar.

#StoryTime

JR TwitGram 🥂

07 Jan, 09:29


WIUTga kirish ham oson bo’lmasa kerak degan savol keldi shu post tagida.

Nima desam ekin…

Kontraktda o’qish variantni menda umuman bo’lmagan. Byudjetga kirsamgina o’qishim mumkin edi.

WIUTda esa faqat 20ta byudjet o’rni bor edi. Butun respublikaga.

Kirish uchun 3ta narsa qilish kerak edi:

1. IELTS
2. Maths
3. Logic

IELTSdan 7.5 olgandim. Sertifikatni borib topshirganman WIUTga. Maths va Logic imtixoni alohida bo’lgan. Topshirib chiqqanimdan so’ng kira olmadim deb o’ylaganman.

Natijalar chiqqan kun haligacha esimda.

Malayziyaning qaysidir universitetiga imtihon topshirgani Toshkentdagi elchixonasiga ketayotgan edik. Namangandam Toshkentga qarab yo’lga chiqqan edik.

Yo’lni o’rtasida natijalar chiqqanini bilganmiz.

Qo’llar qaltirab ketgan.

Kiribman. Byutjetga. Yonimdagi sherigim ham kiribdi. Byudjetga.

Baqirganmiz. Baland ovozda.

Buvimga birinchi bo’lib telefon qilganman. Chunki vada bergan edim.

Sababi Westminster haqida birinchi bo’lib buvimdan eshitgandim bir necha yil oldin.

“Bolam qara qo’shnimiz westminster degan joyga kiribdi. Zo’r ekan” degan edilar. Nimaligini ham bilmas edim. “Minister bo’lar ekanmi?” deb so’raganman o’shanda.

Zo’r vaqtlar.

#StoryTime

JR TwitGram 🥂

07 Jan, 09:06


2012chi yilda WIUTda o’qishni boshlaganman. Tahminan 12 yilcha oldin. Viloyatdan kelib, yotoqxonada turar edik.

Menimcha hozirgi studentlarning hayoti ancha boshqacha. Texnologiyalarda bo’lgan o’zgarishlar sababli, biz qilgan ba’zi ishlarni qilishga majbur emas ular. Bu juda yaxshi.

Masalan, menda oyiga 1.5GB internet bo’lar edi holos. USB orqali ulanar edim. 5 minut ishlatganimdan so’ng, qo’rqib, o’chirib, qancha qolganini tekshirar edim. WiFi faqat eng pastki etajdagi kompyuter xonasida bor edi. Omadingiz kelib ulana olsangiz ham shilliq-qurtdan sekinroq qimillar edi.

Uydagilardan pul olish ham oson emas edi. Hozir click mlicklar chiqib ketgan. Oldinlari dadam uydan chiqib, taksilar turadigan joyga borib, birortasi bilan kelishib jo’natib yuborar edilar. 400 ming so’m edi birinchi kursda. Ha, bir oyga shuncha. Cheksiz minnatdorman. Keyin 6-7 soat haligi taksistni kutib o’tirar edim. Olib kelib berganda hursand bo’lib nishonlar edim. Makaron yeb.

Zo’r vaqtlar.

#StoryTime

JR TwitGram 🥂

04 Jan, 20:01


Men odatda 12dan so’ng uhlayman.

Polvon oldinlari 9:30larda uhlar edi. Hozir esa 10larda uhlaydi.

Jismoniy harakatlar qilish orqali uni charchatib, eski vaqtiga qaytarishga harakat qildim.

Rosa yugurdik, sakradik, o’yinlar o’ynadik, raqsga tushdik.

U 10da uhladi.

Men ham 10da uhladim.

JR TwitGram 🥂

03 Jan, 13:47


Matrasni yangilagan edik. Eskisini tashlab yubormasdan ikkiga bo’lib, ustiga mato tikib shunaqa divan qilibdi.

Qoyil-e.

JR TwitGram 🥂

03 Jan, 13:44


Xotinim uydagi ofisimda chill zone yaratib berdi. Qahva ichib, kitob o’qigani.

Endi devorga nimadir ilish kerak. Shrekni rasmi sotilarmikin 🤔

JR TwitGram 🥂

03 Jan, 11:46


Perform for the job you want, not the job you have.

JR TwitGram 🥂

03 Jan, 08:47


Eslatmaysizlar ham

JR TwitGram 🥂

02 Jan, 19:26


#OneDay and #DayOne deyisharmidi )

#microsoft_life

@Janob_Musayev

JR TwitGram 🥂

02 Jan, 12:11


Katta televizordan chiqibmizku

JR TwitGram 🥂

02 Jan, 11:15


#StoryTime

2020chi yilda bir 15 yoshlik 10chi sinf o’quvchisi networking qilish uchun va maslahatlar so’rash uchun yozgan edi.

Dasturlashga endi kirib kelayotgan vaqti.

Ora-orada gaplashib turdik. Savollariga javob berib keldim.

O’tgan yili Sentabr oylarida Berlinga keldi. Amazon ofisini ko’rsatdim.

31chi dekabr kuni yangi yil bilan tabriklab yozdi.

Googlega ishga kirganini aytdi.

JR TwitGram 🥂

02 Jan, 09:46


Agar men O’zbekistonda joylashgan 2-3 yillik tajribaga ega dasturchi bo’lganimda, hoziroq Googlening Varshavadagi ofisiga topshirgan bo’lar edim. 60ga yaqin ish o’rni bor ekan. Amalda undan ham ko’p bo’lsa hayron bo’lmagan edim.

https://www.google.com/about/careers/applications/jobs/results?location=Warsaw%2C%20Poland&q=%22Software%20Engineer%22

JR TwitGram 🥂

01 Jan, 21:35


Nima deyapti?

JR TwitGram 🥂

01 Jan, 21:00


Eng ko’p ko’rilgan post:

https://t.me/JR_TwitGram/2443

JR TwitGram 🥂

01 Jan, 20:57


Top Reactionni kutgan edim.

Lekin eng popular post qaysiligini tushunmadim.

JR TwitGram 🥂

01 Jan, 09:47


O’ylaaaab qarasam, ishdan tashqari qiladigan ishlarim juda ko’p ekan.

Faqat ish paytida ishlamagani vaqt bo’lar ekan.

Paradox.

JR TwitGram 🥂

31 Dec, 15:32


Qor-bobo keldi biznikiga ham.

Hammaga 2025 omadli kelsin.

JR TwitGram 🥂

29 Dec, 15:01


Navnatdagi asarini boshladi

JR TwitGram 🥂

28 Dec, 09:49


Har safar sovuq kunlar kelganda yangiliklarni ko’rib shu qo’shiqni eslayman:

https://www.youtube.com/watch?v=LPTKcovO2X0

JR TwitGram 🥂

27 Dec, 11:44


🤔

JR TwitGram 🥂

27 Dec, 11:39


NASA Rustchi intern qidiryapti ekan:

https://stemgateway.nasa.gov/s/course-offering/a0BSJ000000KS9p2AG/flight-software-in-rust

JR TwitGram 🥂

26 Dec, 15:57


Qishloqda tuman 😶‍🌫️

JR TwitGram 🥂

26 Dec, 10:24


LeetCodeni qancha ishlamay, LinkedListni reverse qilish degan easy masala har safar boshimni aylantiradi

🤕

JR TwitGram 🥂

25 Dec, 10:57


Roast qilib email yuborishibdi link bilan 😂

Qanaqa zamonda yashayapmiz, hayronman.

Roastni eshitmoqchi bo’lsangiz:

https://muhu.ai/holiday-roast/r/8264b44d-d17f-4dbc-b6f6-b0f4b18ebe50

JR TwitGram 🥂

24 Dec, 13:29


Amazonda qilingan zakazlarga qarab hayotingiz qanday o’zgarganini his qilishingiz mumkin ekan.

Kindle -> Kitoblar -> Uyga buyumlar -> Ayollar uchun bir nimalar -> Bolalar uchun bir nimalar -> etc.

JR TwitGram 🥂

24 Dec, 10:12


PHPchilar boshqa tilda yozib maza qilib yurganlarni ko’rishganida

JR TwitGram 🥂

23 Dec, 15:27


Hali hanuz hamma meni litseyning eng na’munali talabalaridan biri bo’lgan deb o’ylashadi.

Men ham indamasdan kulib qarab turaveraman.

#StoryTime

JR TwitGram 🥂

23 Dec, 15:24


Bir yakshanba bora olmadim litsey yotoqxonasiga. O’sha kuni o’rtoqlarim mensiz chiqib ketishibdi, devor oshib.

Ertasi kuni kelsam hamma yo’q topolon. “Ha?” desam, devor oshayotganlarida qorovul amaki ushlab olibdi. Direktorgacha borgan. Ota-onalar chaqirilgan.

Omadni qarang.

#StoryTime

JR TwitGram 🥂

23 Dec, 15:05


Litsey devorlaridan yarim kechasi oshib tushib kompyuter xonaga Counter Strike o’ynagani borar edim

Namangandagi sobiq Turk Litseyida o’qiganman. Yotoqxonada turar edim. Yakshanba borar edim va Juma kuni uyga qaytib kelar edim.

U litseyga kirishdan oldin esa chala professional Counter Strike o’yinchisi bo’lganman. O’z jamoam ham bo’lgan. Jamoamning sponsori ham bo’lgan. 7chi sinfni boshlashimdan oldin.

Bu jamoa bilan bir nechta musobaqalarga qatnashganmiz. Ularning birida o’sha paytdagi Namangandagi eng kuchli jamoa - Alliance - bilan finalda uchrashganmiz. Yutqazganmiz. Lekin finaldagi o’yinlarda men juda yaxshi o’ynaganman. Allianceni “qiynaganman”.

Shuning uchun ular meni o’z jamoasiga taklif qilgan. Ularga qo’shilganman. 3-4ta chempionatlarda g’olib bo’lganmiz.

Keyin Turk Litseyga kirganman va ular bilan o’ynagani kechalari yotoqxonadan qochib game clubga borar edim.

Keyin Toshkentdagi eng katta chempionatga taklif qilishdi. Tabiiyki, menga uydagilarim borishga ruhsat berishmadi. O’rnimga boshqasini olishdi. Shu bilan professional gamer karyeram o’z nixoyasiga yetdi.

#StoryTime

JR TwitGram 🥂

21 Dec, 11:14


“Dada, qarang. Sport qilyapman”

JR TwitGram 🥂

20 Dec, 11:44


Shu gifni teskarisini qilib beringlar. Dushanba uchun.

JR TwitGram 🥂

19 Dec, 23:28


Advent of Codeni Pythonda yechganda, 1 soatdan so’ng: “Uhhh, masalani ishlab bo’ldim.”

AoCni Rustda yechganda, 1 soatdan so’ng: “Uhhhh, inputni parse qilib bo’ldim. Endi yechishga kirishsam bo’ladi”

#TrueStrory

JR TwitGram 🥂

19 Dec, 17:20


Yaqin orada launch bo’lishi kutilayotgan Learnify degan loyihaga PHPchi qidirilayotgan ekan. Topshiringlar qiziq bo'lsa:

https://www.linkedin.com/jobs/view/4103884058/

JR TwitGram 🥂

18 Dec, 11:13


Anacondada ishlagan paytimda Advent of Code juda qiziq payt edi. O’zimizning private leaderboardimiz bor edi. Fun fact: hozir bo’layotgan leaderboardlaning hammasi shundan boshlangan. Kompaniyada ishlaydigan ko’pchilik ohirigacha yechishga harakat qilar edi.

Bunga bitta katta sabab bor. Ish oson edi. Hammada vaqt va kuch bo’lgan.

Amazondagilardan private leaderboard qilamizmi deb so’rab ko’ring. “Bruh” degan javobni olasiz.

JR TwitGram 🥂

18 Dec, 10:47


Bir haftalik tanaffusdan so’ng ishga qaytdim bugun. Ofisimizni adresini hech kim bilmaydimi?

JR TwitGram 🥂

01 Dec, 17:48


Kofeni yoqtirganimiz uchun haftada bir uyimiz atrofidagi kafelarga borib turamiz.

Bittasi boshqalardan ajralib turadi. Uning ichida hamma quvnoq, hursand va bir biri bilan gaplashib o’tiradi. Boshqalarida esa ko’pchilik jim jit, kofesini ichadi ketadi.

Keyin e’tibor bersam u kafeda internet ishalamas ekan.

Genius.

JR TwitGram 🥂

30 Nov, 12:29


Narigi xonadan turib:

Polvon: “Dadoooo”
Men: “Hoooov”

Polvon:

“Dado-Nado, nihalaii
Dado-Nado, nihalaii
Dili-dali doom-doom!”

🎵


https://m.youtube.com/watch?v=4nVaVBfqYyI&pp=ygUJRGFkbyBuYWRv

JR TwitGram 🥂

30 Nov, 10:35


Kirgan joyini egallab oladi shunaqa qilib

JR TwitGram 🥂

30 Nov, 01:14


📱 Microsoftdan taklif oldim

🔗 Erinmasdan o'qib chiqish :)

#microsoft #interviews #software_engineering

@Janob_Musayev

JR TwitGram 🥂

29 Nov, 08:49


https://m.youtube.com/shorts/u5CZz4rrRY8

JR TwitGram 🥂

28 Nov, 11:48


Manzilimga keldim. Hammaga rahmat.

JR TwitGram 🥂

28 Nov, 10:57


AMA - Ask Me Anything

Keyingi 45 minutda yo’lda bo’laman. Bekorchilik.

Hohlagan savolingizni bering. Javob berishga harakat qilaman.

JR TwitGram 🥂

28 Nov, 10:33


Bro single handedly pushing the whole community to get married 😭

JR TwitGram 🥂

28 Nov, 08:46


Uydagilar bilan video qong’iroq ohirida:

Men: “Polvon, bo’pti de. Tugatamiz”

U: “Btdi”

Men: “Yaxshilab ayt”

U: “Yaxshilab btdi”

😶‍🌫️

JR TwitGram 🥂

26 Nov, 16:38


9 yil oldingi rasm ekan. Facebook eslatdi. Kimlarni tanidingiz?

JR TwitGram 🥂

26 Nov, 12:06


🤫

JR TwitGram 🥂

26 Nov, 09:04


Yaqinda GDG va boshqa konferensiyalar bo’ladi. Boringlar. Borganda quyidagilarni yodingizda tuting.

Konferensiyalarda eng asosiysi talklar, prezentatsiyalar emas.

Ularning 2-3tasidan tashqari barchasi odatda unchalik ham foydali va qiziq bo’lmaydi.

U yerda eng asosiy narsa bu siz uchratib tanishib olishingiz mumkin bo’lgan odamlar.

Networking.

Men kerak bo’lsa talklarga kirmasdan birorta odam bilan gaplashib o’tiraman konferensiyalarda.

Buning foydasi ancha ko’proq. Kerak bo’lsa talklarni keyin YouTubeda ko’rib olaverasiz.

JR TwitGram 🥂

25 Nov, 17:13


Ishxonada men bir ham-kasbning oldiga borib:

- Siz jinoyatchimisiz?
- (hayron bo’lib) yo’q, jinoyatchi emasman. Nega unday deysiz? 😳😳
- Nega sizning code editoringizda OQ BACKGROUND?
- 😳😟😊😂

Yusufning postini ko’rib yodimga tushib ketdi: https://t.me/androidyusuf/186

JR TwitGram 🥂

24 Nov, 21:54


(Hamma uhlagandan keyin men ham ozgina yig’lab oldim, to’g’risi)

JR TwitGram 🥂

24 Nov, 21:44


Kecha osh qildik uyda. Kechki ovqat uchun.

Maza qilib yedik. Odatdagidek keyingi kun uchun ham oshib qoldi.

Tushlikda ham osh yedik.

Kechi ovqat vaqti kelganda polvon yana osh so’radi. Yo’qligini aytdik. Yig’ladi.

Ota bola!!!

JR TwitGram 🥂

24 Nov, 20:55


Polvon: “Dada, hozir mashi красная машина bam bo’ladi”

Men: “Qandey qilib?”

Polvon: “Mndey”

Men: “Anjancha shevangdan o’rgilay 🥺

JR TwitGram 🥂

24 Nov, 08:08


Mid level Full Stack Engineer(Node+React)

We:
We are building a digital Digital Workforce here at Numeo.ai. It is AI first solution. US based company. Founders located at US West Coast.

Tasks:
Independently develop and maintain backend services and Data pipelines, with some front-end work (HTML, CSS).
Design scalable, secure backend infrastructure.
Actively communicate progress and roadblocks with the team.

Requirements:
- 3+ years in software engineering,
- Strong Node.js expertise.Backend infrastructure(cloud) knowledge; basics in HTML and CSS.
- Proactive, takes full ownership, excellent communication skills.
- Must be full time(No side hustlers)
- Our infra: GCP for compute and storage, Azure for inference, In-house GPU clusters for testing and experimentations

We offer:
- 1000+ USD
- Remote, potential relocation after 2 years.
- Competitive salary with stock options.

Send CV to: @coder_off

JR TwitGram 🥂

22 Nov, 12:27


Aytib o’tish joizki MIT, Harvard va boshqa top universitetlarda admission need-blind hisoblanadi.

Yani, siz qabul qilinish qilinmasligingizga oilaviy sharoit umuman tasir qilmaydi. 100% meritocracy.

Va kirganlarga katta-katta yordam qilishadi odatda.

Hadeb bahona qilavermasdan, topshirish kerak.

“E bu USdagilar uchun ekan, blah blah blah”😮‍💨

JR TwitGram 🥂

22 Nov, 12:17


MIT 2025chi yildan boshlab agar oilangiz yiliga $200.000dan kam topsa tekinga o’qitar ekan.

Agar $100.000 dan kam topsa esa, hatto turar joy ham tekin ekan.

https://www.cbsnews.com/boston/news/mit-tuition-financial-aid-free/

JR TwitGram 🥂

21 Nov, 09:56


“Bu yerdagilarni ko’pchiligi to’g’ri kelmas ekan” deb yozmoqchi edim. Yozmaslikka qaror qildim.

JR TwitGram 🥂

21 Nov, 09:55


2 kun oldin “Xalqaro Erkaklar kuni” bo’lgan ekan.

Aytmabsizlar ham.

Tabriklaymiz hamma erkaklarni.

JR TwitGram 🥂

21 Nov, 08:53


“Bu yerdagilarni ko’pchiligi to’g’ri kelmas ekan” deb yozmoqchi edim. Yozmaslikka qaror qildim.

JR TwitGram 🥂

21 Nov, 08:50


Qiziq vakansiya ko’rib qoldim:

https://jobs.gusto.com/postings/system76-inc-you-ya-beautiful-person-a119561f-8a34-4962-a3d5-446812adaf64

JR TwitGram 🥂

20 Nov, 09:57


Yaqin orada yaxshi yaxshi konferensiyalar bo’lyapti ekan o’zimizda. Boringlar, hadeb JR TwitGramda o’tiravermay. Bu kanaldan tashqarida ham hayot bor ahir.

- Microsoft Community Conf 2024 📅 30-Noyabr, 2024 | 📍Al-Xorazmiy Maktabi. 🔗 Ro’yxatdan o’tish uchun: mdcuzbekistan.com

- GDG DevFest 2024 📅 7-Dekabr 2024 | 📍Alisher Navoiy Kinoteatri. 🔗 Ro’yxatdan o’tish uchun: gdg.community.dev

JR TwitGram 🥂

20 Nov, 09:34


Qaysi biringlar hack qilishga harakat qilyapsizlar?

JR TwitGram 🥂

20 Nov, 09:13


😌

JR TwitGram 🥂

20 Nov, 07:57


Ota bola. Ertalabda nimadirlar ichaman deydi

JR TwitGram 🥂

19 Nov, 17:34


Bo’lmadi bu anonim savollar. Anonim ekanman deb bo’lar bo’lmas savollar jo’natar ekansizlar.

O’zimizning public AMA yaxshi.

JR TwitGram 🥂

19 Nov, 16:32


Javob berish uchun suring deyishibdi.

Qayoqqa suray yana? Surib bo’lganmanku.

JR TwitGram 🥂

19 Nov, 16:31


Mana buni sinab ko’raylikchi. Anonim tarzda savol bersangiz bo’lar ekan:

t.me/anonimsavol_bot?start=JR_TwitGram

JR TwitGram 🥂

19 Nov, 10:38


Project structure in other languages:


.
└── my-app/
├── src
├── tests
├── README.md
└── .gitignore


Kotlin (and Java) be like:


.
└── my-app/
├── src/
│ └── main/
│ └── kotlin/
│ └── com/
│ └── example/
│ ├── domain
│ └── something
├── tests/
│ └── kotlin/
│ └── com/
│ └── example/
│ └── domain
├── README.md
└── .gitignore

JR TwitGram 🥂

19 Nov, 10:32


Bugun kayfiyat yaxshi. Kotlinda ish tugadi. Rustga qaytamiz.

Siz qalaysiz?

JR TwitGram 🥂

18 Nov, 09:25


Ofisga quloqchinsiz kelibman. Uyda qolib ketibdi.

Send help.

JR TwitGram 🥂

17 Nov, 14:18


Украина Бош прокуратураси 2024 майида шундай бир маълумот берганди: уруш бошланганидан бери, яъни, 2022 йил февралидан то 2024 йил майига қадар (май ойини ҳам қўшиб ҳисоблаганда) Украинада бевосита урушнинг касофати деб 547 бола ҳалок бўлган. Яъни, Россиянинг ракета зарбалари, бомбардимонлари, қатлиомлари оқибатида икки йилдан кўпроқ вақт ичида 547 бола ҳалок бўлган. Икки йил деб олсак ҳам, уруш йилига 270 дан зиёд боланинг ҳаётига зомин бўлган.

Сизга бир ғалати нарсани айтайми? Осмони мусаффо, қўшнилари билан муносабатлари яхши, тинч Ўзбекистонда 2023 йилда йўл-транспорт ҳодисалари оқибатида 263 нафар бола ҳалок бўлган. Ҳа, Украинада бир йилда 270 нафар бола Россия босқини оқибатида ҳалок бўляпти, Ўзбекистонда эса тахминан шунча бола шунчаки йўлларда ўлиб кетяпти. Қайси бирини тезлик чекловига риоя қилмайдиган дабба босиб кетган, бошқа бирови эса давлат ва беқарор жамият тарбиялаган автотеррорист ҳайдовчини деб ёки шундай ҳайдовчи билан бирга ҳалок бўлган.

Ўзбекистон йўлларида бир йилда салкам 300 нафар боланинг ҳалок бўлиши – бу умуммиллий фожиа. Сифатсиз доридан салкам 70 бола шунчаки ўлиб кетганида на ҳамдардлик билдиришга, на чалажон ҳолида омон қолган болаларга тайинли ёрдам қўлини чўзишга яраган давлат бу фожиани, эҳтимол, сезмас. Балки, сезишни хоҳламас. Давлат бу фожиани сезишни хоҳламаётгани аслида жамиятнинг айби, унинг беқарорлиги белгиси. Жамиятда бу борада якдиллик бўлса эди, давлат сезишга мажбур бўларди.

Якдиллик дегани нима? Менимча, “ҳеч ким кўчага бугун бир болани босиб кетай деб чиқмайди”, деб сафсата сотмаслик; “ота-онаси қараса бўлмасмиди?” деб маҳмадоналик қилмаслик; “бола йўлни белгиланмаган жойдан кесиб ўтган” деб расмиятчилик қилмаслик ва ҳоказо. Жамиятнинг барча қатламлари мана шундай баҳонатўқарликдан қутулса, аксинча, ЙТҲга сабаб бўлаётган омиллар устида бош қотирса, муҳокама қилса, муаммоларни кўрсатса, ҳаммага яхши. Асосийси, йўлдаги ўлим камаяди.

Жамият якдил қиладиган нарсалардан яна бири – идора ва ташкилотларининг бу муаммога муносабати. Бу борада ҳар ким имконияти доирасида, қўлидан келганича нимадир қилса кифоя. Шу жиҳатдан, ЎзПФЛ жамоасининг ташаббусини олқишлайман – бир футбол ташкилоти ўлароқ, орасида ҳайдовчилар ҳам кам бўлмаган ўз аудиторияси эътиборини креатив йўл билан муаммога қаратяпти, уларни одам, хусусан, бола ўлдирмасликка чақиряпти. Бу каби тарғибот билан ҳар ким, ҳар куни шуғулланиши керак.

Шунда жамиятда, бошланишига, юқоридаги каби баҳоналарга нисбатан тоқатсизлик шаклланади, давлат эса йиллар давомида сўралаётган ислоҳотларни кечиктирмай қилишга киришади. Ҳа, ҳаммаси шундай осон. Менимча.

JR TwitGram 🥂

17 Nov, 10:09


Turib turib odam shu qizni sog’inadi 😼

#Kiki

JR TwitGram 🥂

15 Nov, 13:03


Uzumda ishlaydiganlar bormi?

Backendning har xil qismlarida qanaqa tillar ishlatiladi?

JR TwitGram 🥂

15 Nov, 11:09


Bugun Juma. Kayfiyat zo’r. Uyquga to’ygansan. Kuchga to’lasan.

Kofe ichding.

Maza qilib Rustda kod yozishga tayyorgarlik qilding.

Ofisga kelding. Darhol kayfiyat buzildi.

Sababi bugungi qiladigan ishingni Kotlinda yozish kerak ekan.

JR TwitGram 🥂

14 Nov, 12:29


IntelliJ ishlatasizmi, VSCode ishlatasizmi, NeoVim ishlatasizmi, Zed ishlatasizmi…buni farqi yo’q.

Qaysi birini ishlatishingizdan qatiy nazar, VIM motions ishlatishingiz kerak. Typing skillar ancha oshadi va umuman olganda juda foydali.

Har bir IDE uchun vim plugin/extensionlar bor. O’rnatib oling.

JR TwitGram 🥂

13 Nov, 23:38


Bugun AWS Lambda paydo bo’lganiga 10 yil bo’libdi.

Oyiga o’nlab trillion requestlarni ko’tara olar ekan.

O’nlab trillion qanaqa raqamligini anglashni o’zi qiyin masala, bunday service qura olish uyoqda tursin.

https://aws.amazon.com/blogs/aws/run-code-cloud/

JR TwitGram 🥂

13 Nov, 10:04


Oops, sal yolg’on gapirdim.

Delivery Heroda monolitdan tashqari central servicelar ham bor edi. 2-3 ta.

JR TwitGram 🥂

13 Nov, 10:01


delever.uz loyihasining arxitekturasi ekan.

Ko’rinishidan keragidan ortiq murakkablashtirib yuborishganga o’xshayapti.

Lekin tashqaridan aytish qiyin. Balki bu narsa kerakdir.

Delivery Heroda Austria uchun #1 delivery service qilganimizda bitta Django monolit hamma ishni qilardi.

JR TwitGram 🥂

12 Nov, 09:22


Akaning biografiyasi juda impressive: https://en.m.wikipedia.org/wiki/Bret_Taylor

Aka Standfordda o’qigan ekan. Undan tashqari:

“His father, mother, and older sister also attended Stanford.”

Oilani kuchini qarang.

JR TwitGram 🥂

12 Nov, 09:19


Google Maps kodini shanba bozor o’tirib boshqatdan yozib chiqqan ekan Bret Taylor.

“He is not even a 10x engineer. He’s like 100x, or 1000x engineer. He is just really good”

JR TwitGram 🥂

09 Nov, 21:33


Django, FastAPI, Flask…bular namuncha ko’p bo’lmasa-a?

Undan ko’ra o’zingizning frameworkingizni yozishni o’rganing:

https://skillup.uz/courses/building-your-own-python-web-framework

JR TwitGram 🥂

09 Nov, 21:03


😌

JR TwitGram 🥂

09 Nov, 09:34


Ofisga kirsam….dokumentlarimni titiiib o’tiribdi 🤨

JR TwitGram 🥂

08 Nov, 08:55


https://m.youtube.com/watch?v=1TewCPi92ro&pp=ygUObXVmYXNzYSBmcmlkYXk%3D

JR TwitGram 🥂

08 Nov, 03:00


What day is it today?

JR TwitGram 🥂

07 Nov, 08:02


Ertalabda bog’chaga ketayotganimizda:

🧔‍♂️: “Polvon, senga qanaqa moshina yoqadi? Kaaattasimi yoki kichkinasimi?”

👶: “Yo’q, сиииниий (ko’k rang) yoqadi”

🧔‍♂️:->👴

JR TwitGram 🥂

06 Nov, 18:38


Wife bugun:

“Oldinlari mening gaplarimni post qilar edingiz, endi faqat polvonning gaplarini yozyapsiz. Arazladim 😒

JR TwitGram 🥂

06 Nov, 18:00


Kodim compile bo’lsa men:

https://t.me/vovopapcom/695

JR TwitGram 🥂

06 Nov, 17:50


Polvonga yordam so’rashni, rahmat aytishni va arzimaydi deyishni o’rgatyapman.

Yordam so’rashni zo’r o’rgandi. Lekin:

👶: “dada, yordam beriiing”
👨‍🦰: “mana senga yordam”
👶: “arzimaydi”
👨‍🦰: 🥲

JR TwitGram 🥂

06 Nov, 01:36


Boshlandi

JR TwitGram 🥂

05 Nov, 08:12


Bugun bog’chaga polvonni olib ketayotganimda svetofordan qizilda o’tib ketdim.

Kech qolayotgan edik.

O’tishni boshlashimga polvon:

“Ie, qizil dada qizil” desa bo’ladimi 🥶

“To’g’ri aytasan o’g’lim, dadang noto’g’ri qildi” dedim.

Ichimda esa “bu sen Germaniyada tug’ilgansan, dadang esa O’zbekistonda” degan hayollar o’tdi.

JR TwitGram 🥂

04 Nov, 10:24


Keyingi qadam -> mechanical keyboardga qiziqishni boshlaysiz.

JR TwitGram 🥂

04 Nov, 10:22


Lekin NeoVim ishlatishni boshlasangiz, hayotingiz “before” va “after” ga bo’linadi. Eng kamida kanal ochib “Men NeoVim ishlataman” deydigan bo’lasiz. Bu aniq.

JR TwitGram 🥂

04 Nov, 10:18


IDE Journey

Universitetda Visual Studio ishlatganmiz - .NET uchun.

Birinchi ishda PHP uchun JetBrains mahsulotlarini ishlatganmiz - PHP Storm edi adashmasam.

Keyin Pythonga o’tib PyCharm ishlatishni boshlaganman.

PyCharm ancha hizmat qildi. Amazonga kirginimcha PyCharmda yurdim.

Amazonga kirib esa VSCodega o’tdim. Yodimda yo’q, nimaga o’tganim. Lekin o’tdim. Boshida juda yoqdi.

Keyin yarim yilcha oldin NeoVimga o’tdim. Chunki Amazonda siz o’zingizning kompyuteringizda kod yozmaysiz. Remote desktop yaratib, kompyuteringizdan ssh qilib kirib o’sha yerda kod yozasiz. Buning uchun hamma ishni terminalda qilish juda qulay. Shuning uchun NeoVim juda mos keladi.

Yaqinda Kotlin uchun IntelliJni yana ishlatib ko’rdim, undan so’ng esa Rust uchun Zedni sinab ko’rdim.

NeoVimdan so’ng, kod yozish uchun yana bitta alohida application ochib, har bitta proekt uchun alohida window ochish umuman yoqmay qolibdi.

Terminalda cd project_folder & vim . qilishni o’zi yetadi. Tmux bilan birgalashib hohlagancha windowlar yaratib tezda bir biriga o’tishim mumkin. Hullas, juda tez va qulay.

Bu degani siz hozir hamma qilayotgan ishingizni tashlab NeoVimga o’ting degani emas. Meni gaplarimga umuman e’tibor bermang. Kodingizni yozing. IDE unchalik muhim emas. Nosni kayfidek kayf holos.

Oldik 🥂

JR TwitGram 🥂

04 Nov, 09:50


Wrist rest uyda qolib ketibdi 🥲

JR TwitGram 🥂

04 Nov, 09:21


gg wp

JR TwitGram 🥂

02 Nov, 17:21


Joyimni olib qo’ydi polvon

JR TwitGram 🥂

01 Nov, 07:39


https://m.youtube.com/watch?v=1TewCPi92ro

JR TwitGram 🥂

31 Oct, 12:13


Amazonda ishlashning eng zo’r taraflaridan biri, kuchli Principal level engineerlar bilan 1:1 meeting qilsa bo’ladi.

JR TwitGram 🥂

31 Oct, 11:00


Bir narsani kuzatdim.

Amerikaga ketgan tanishlarim, amerikaliklarga o’xshab ketmaydi.
Germaniyaga ketgan tanishlarim, nemislarga o’xshab ketmaydi.

Lekin.

Koreyaga ketgan tanishlarim, g’irt karis bo’lib qoladiya negadir. Sochlar o’zgacha, kiyinish o’zgacha.

JR TwitGram 🥂

31 Oct, 09:26


“Zed” da remote development qo’shilibdi.

Endi buni ham sinab ko’rish kerak. Aynan shu feature menga yetishmayotgan edi.

JR TwitGram 🥂

31 Oct, 09:16


Yapping.

Tahminan 2018-19chi yillar bo’lsa kerak.

JR TwitGram 🥂

28 Oct, 09:00


Oylik qancha deganlar uchun:

https://mkorostoff.github.io/1-pixel-wealth/

JR TwitGram 🥂

28 Oct, 08:42


Bo’pti, boray endi. Jeff so’kmasin.

JR TwitGram 🥂

28 Oct, 07:54


AMA (Ask me anything) - hohlagan savolingizni so’rang.

Hozir avtobusga chiqib ofisga yetib olginimgacha javob berib ketaman. Tahminan 30 minut.

#AskKahogi

JR TwitGram 🥂

27 Oct, 10:10


🍂🍁

JR TwitGram 🥂

27 Oct, 09:54


Osh va kofeni qo’shish esimdan chiqibdi ro’yxatga

JR TwitGram 🥂

23 Oct, 22:14


Yana bir qiziq tuyilgan produkt bu https://tandir.app/.

Python, JavaScriptga o’xshagan tillarni o’rganishni gamifikatsiya qilishgan.

JR TwitGram 🥂

23 Oct, 22:13


Bizdan chiqqan eng zo’r produktlardan biri bu https://tahrirchi.uz/.

Post yozishga yaxshigina yordam beradi.

Ayniqsa kommentga kirib olib “e aka, xato emas oshibka bo’ladi” deydiganlarni hisobga olsak.

JR TwitGram 🥂

23 Oct, 16:15


Huddi horror kinolarga o’xshab qolibdi tashqari

JR TwitGram 🥂

23 Oct, 15:29


Boshqa joylarda maqtanish:

“Qara qanday qimmat narxga oldim buni 😎

Jonajonda:

“Qara qancha arzonga oldim 😎

JR TwitGram 🥂

23 Oct, 10:09


Hamkasblarni hursand qilaylik bir

JR TwitGram 🥂

23 Oct, 08:48


O’zimga mos klaviatura qidirishda davom etyapman.

Bu safargi experiment - HHKB.

O’ziga hos layoutga ega. Aynan dasturchilar uchun deb marketing qilishadi.

Keycaplarda yozuvlar ham yo’q. Chiroyini deb shunaqa versiyasini tanladim. O’zi shundoq ham 90% qaramasdan yozaman.

Hozircha yaxshi ketyapti. Qo’lim og’rib qolmadi.

Agar bu ham o’xshamasa, Magic Keyboardni eng zo’r deb tan olaman (o’zim uchun).

#GeoHotStyle

JR TwitGram 🥂

22 Oct, 08:21


Siz nima bilan bandsiz?

JR TwitGram 🥂

22 Oct, 08:09


Endi PHP hater topish qoldi holos.

JR TwitGram 🥂

22 Oct, 08:08


STREAM!!!

PHP Hater PHPni o’rganishga harakat qiladi.

Qalay?

JR TwitGram 🥂

22 Oct, 08:07


Hech 9.000ga chiqqisi kelmayotgan edi. Ohiri chiqibdi.

10kga chiqishi uchun nima qilish kerak?

JR TwitGram 🥂

21 Oct, 16:59


Biz esa bitta so’z bilan qutilishga harakat qilamiz:

Java?

JR TwitGram 🥂

21 Oct, 16:53


Savol so’rash ham bir sanat.

Tepadagi screenshotda juda zo’r so’ralgan savolga misol ko’rishingiz mumkin.

3ta qismga bo’lingan:
1. Summary
2. Efforts
3. Questions

Maza.

JR TwitGram 🥂

21 Oct, 12:23


42.uz ni boshlaganimizga 1 yil to’ldi.

5 yil haqida bilmayman ammo keyingi 3 oy uchun 3 rejamiz bilan bo’lishaman.

1. Matematika:
Dasturchilar uchun muhim bo’lgan elementar va diskret matematika, chiziqli algebra hamda statistika o’qitishni boshlaymiz.

2. Ingliz tili:
Yer usti va yer osti tirbandliklar siz uchun emas. Endi ingliz tili bo’yicha eng yaxshi repetitorlar darslarida onlayn qatnashishingiz mumkin bo’ladi.

3. Dasturlash:
Tizim dizayni, Ma’lumotlar ombori va boshqa yangi darsliklar qo’shishda davom etamiz.

JR TwitGram 🥂

21 Oct, 08:52


Oldik ☕️

JR TwitGram 🥂

19 Oct, 12:11


Java 22ga nima bo’ldi? Yoki omadsiz raqam hisoblanadimi Javachilarda?

JR TwitGram 🥂

19 Oct, 11:52


Kotlin bo’lmay….nima balo bu…black magic everywhere

JR TwitGram 🥂

19 Oct, 10:51


Dam olish kuni qanday o’tyapti? Menda bunaqa 👆

JR TwitGram 🥂

17 Oct, 14:18


O’zi asli PaaS va SaaS lar birinchi bo’lib O’zbekistonda chiqqan.

- Plov as a Service
- Somsa as a Service

🥁

JR TwitGram 🥂

17 Oct, 08:38


O’zimga 100% to’g’ri keladigan keyboard topa olmayapman.

Lofreeni sotib yubordim. Qo’limni og’ritdi. Wrist rest yordam bermadi.

Kecha rasmdagi Logitech MX Keys ni oldim.

Type qilish yoqdi. Lekin bir nechta muammolari bor:

- juda katta, sichqoncha tegib qolyapti o’ng tarafdan
- chap tarafdagi shift juda kichkina
- “~” va “`” belgilari chap tarafdagi shift yonida. Tepadagi raqamlarning chap tarafida emas. WTF?
- Remap qiladigan software nimagadir ishlamayapti.

Menimcha experiment qilishni davom ettiraman bu turishda.

Keyingi variantlar yoki Moonlander yoki NupPhy Gem80. Ko’ramiz.

JR TwitGram 🥂

16 Oct, 16:18


ChatGPTga yaqinda hotira qo’shishdi. Yani siz bilan “gaplashgan” narsalarni eslab qoladi.

Shuning uchun ham undan o’z haqingizda savol so’rasangiz bo’ladi.

Unga quyidagicha yozing va natijani kommentda ulashing. Screenshotda meniki.

“From all of our interactions what is one thing that you can tell me about myself that I may not know about myself”

Source: Linkedin

JR TwitGram 🥂

16 Oct, 10:04


Menimcha dasturlash haqiqiy “engineering” hisoblanishi uchun zo’r type system bo’lishi shart.

Hozir ko’pchilik dasturlarda “tahminan ko’p holatlarda ishlasa kerak” degan darajaga olib chiqilsa bo’ldi. Buzilib qolsa osmon uzilib yerga tushmaydi ko’p holatlarda.

Lekin bu haqiqiy engineering emas.

Siz yashab turgan uyni ham shunday qursa nima deb o’ylaysiz? “Aka, yashab turavering. Hudo hohlasa yaxshi bo’ladi. Tahminan qo’ldan kelgacha qurdik. Lekin 100% garantiya bera olmaymiz.” desa?

Shuning uchun ham bu narsalar haqiqiy engineeringa asoslanadi. Haqiqiy engineeringda qurilgan narsa ishlashiga isbot bor.

Dasturlashda esa yo’q. Shuning uchun ham dasturlash hozircha haqiqiy engineering emas.

Bu tarafga endi sekin sekin yuryapti.

Automated reasoning, verification, prop testing degan narsalar bor. Ular yordamida yozilgan kodni ishlashiga qaysidir darajada “garantiya” bersa bo’ladi.

Amazondagi men ishlayotgan jamoa ham Automated Reasoning bilan shug’ullanadi. Biz yozgan Cedar tili masalan shu tushunchalardan foydalanib yozilgan. Yani uni ishlashiga matematik isbotlar mavjud.

AI rivojlangan sari ham bu narsalarning muhimligi oshib boradi. AI yozgan kodlarni isbotlash uchun.

Type System ham qaysidir manoda shu isbotlarning bir qismi. Compiler kodingiz ishlashiga type systemdan foydalanib garantiya bera oladi.

JR TwitGram 🥂

16 Oct, 09:45


Dasturlash tillari haqida hozirgi hulosalarim quyidagicha.

1. Python, PHP, Ruby -> Spektrumning chap tarafida. Tezda qanaqadir loyiha qilish uchun zo’r lekin kuchli type system yo’qligi sababli jiddiy loyihalar uchun eng zo’r variant emas.

2. Rust -> Spektrumning o’ng tarafida. Type system juda zo’r, lekin bosh og’riq ko’p. Tilni yaxshi biladiganlar ko’p emas, natijada jamoa yig’ish qiyin.

3. Go, Kotlin -> Spektrumning o’rtasida. Tez, type system yaxshi, bosh og’riq Rustchalik ko’p emas.

JR TwitGram 🥂

15 Oct, 18:50


Eminem qo’shig’ini eshitib o’tirsam, polvon kelib:

👶: “dada, ges huz bek”

desa bo’ladimi 🥲

JR TwitGram 🥂

15 Oct, 09:29


Lamorghini minish maza bo’lsa kerak a?

JR TwitGram 🥂

15 Oct, 09:26


Kim PHP ishlatadi?

JR TwitGram 🥂

15 Oct, 09:24


Bir dona class yozish uchun 32-inch monitor olib ishlatasizlarmi shunda?

JR TwitGram 🥂

15 Oct, 09:22


Kim Java ishlatadi?

JR TwitGram 🥂

15 Oct, 09:20


Nimaga o’zingizni yomon ko’rasiz?

JR TwitGram 🥂

15 Oct, 09:18


Kim git uchun qandaydir alohida UI dastur ishlatadi?

JR TwitGram 🥂

12 Oct, 17:50


Tushunmaganlar uchun

JR TwitGram 🥂

12 Oct, 17:40


Nega dasturchilar “Designing Data Intensive Applications” kitobini juda yoqtirishadi:

JR TwitGram 🥂

11 Oct, 14:17


Fun fact: Amazon ofisidagi kafeda kuniga bir dona kofeni tekinga olsa bo’ladi.

Olganingizda rasmdagi kartaga sanani yozib qo’yishadi. Kartani bermasangiz kofe ham bermaydi.

Bir donadan ko’p ichmoqchi bo’lsangiz pul to’laysiz.