Bergan bahoyim: 7/10
7.12.24 — 10.12.24
201 bet
Kitob Kreativlik haqida Harvard Business Review'da chop etilgan Top11 ta maqolani o'z ichiga olgan. Kitobda har qanday inson kreativ fikrlay olishi mumkinligi haqida urg'u beriladi. Muammolarda qanday qilib nostandard yechimlar berish mumkinligi haqida misollar bilan tushuntirilgan.
Ko'pchilik insonlar o'zini kreativ emas deb o'ylashadi, lekin aslida unday emas. Balki, aslida ularda noaniqlikdan qo'rquv, odamlar muhokama qilishidan qo'rquv, birinchi bo'lib boshlashdan qo'rquv va nazoratni yo'qotib qo'yishdan qo'rquv bor, shuning uchun ham ko'pchilik o'zini kreativ emas deb hisoblaydi, shular to'g'rilansa har qanday inson kreativ bo'lishi mumkin degan messej beriladi kitobning bir qismida.
Kitob menga juda nazariydek tuyuldi. Keys kamroq kelgan.
Olgan ba'zi insaytlarim:
— Kreativlik bu — tug'ma talant emas, balki uni mashq qilsa va rivojlantirsa bo'ladi.
— Atrofga boladek nazar soling, atrofingizda nimalar sodir bo'layotganini tushunishga harakat qiling. Mohiyatni anglashga harakat qiling.
— O'ziga ishonch bu — faqatgina g'oyalaringiz yaxshi ekanligiga ishonish emas, balki sog'lom kritika qila olish hamdir.
— Siz qanaqa jamoada yoki qayerda ishlashizdan qat'iy nazar — tashqaridan beriladigan fikrlar ichkaridagiga taqqoslaganda ko'proq bo'ladi.
— Mardlik bu shunchaki kichik qadamlardan tashkil topgan yo'ldir.
— "Innovatsiya qilish yoki o'lish — bu biznesning yakuni deb qaralsa nega bugun bizneslar ikkinchi yo'lni tanlayapti?"
— Xodimning dunyoqarashi qanchalik keng bo'lsa, unda izlanish uchun va muammolarni yechish uchun shunchalik ko'p imkoniyat bo'ladi.
— Xodimlarga qaysi tog'ga chiqishni ko'rsating, ular esa o'zlari qanday qilib chiqish kerakligini hal qilishsin.
— Tashkilotlar ko‘pincha kreativlikni buzib, uni sun’iy ravishda tezlashtirishga harakat qilishadi. Bu esa ishonchsizlikka olib keladi va bajarib bo‘lmaydigan muddatlarni belgilash orqali insonlarni jismoniy va ma’naviy jihatdan charchatadi.
— Xodimlarga ularning ishlarining ahamiyatini his qildiring.
— Pul o'z-o'zidan insonni ishiga muhabbatli qilib qo'ymasligini tushunish kerak. Inson qalbining tubidan ishini zerikarli deb bilsa, unda uni hech qanday miqdordagi pul mukofoti uni ishiga muhabbatli qilib qo'ya olmaydi.
— Menejerlarning eng ko'p tarqalgan xatolaridan biri bu — jamoasiga bir xil fikrli insonlarni yig'ishidir. Oqibatda esa ish jarayonida turli fikrlar kam bo'ladi.
— Pixar misolida, xodim biror muammoni hal qilmoqchi bo'lsa unda, u har qanday bo'limga kirib uni hal qila olish imkoniyatiga ega edi, hattoki u yerdagi odamlar bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlamasa ham.
— O'zingizdan aqlliroq odamlarni ishga olish bu — normalno. Shunaqa qilish kerak.
— Multfilm ishlab chiqarilishida, boshqaruvda Producer va Rejissor bo'lishi shart. Hamda, jamoa to'liq produkt g'oyasi ustida ishlashi kerak. G'oyani detaligacha kirishish kerak. Kunlik qilingan ishlarni kun oxirida to'liq jamoa bilanbrif qilish foydali.
— ""Oltin" qoidalar haqida unuting, unaqasi yo'q"
— Tanqid oxir oqibat baribir sizning yaxshi qaror chiqarishingizga xizmat qiladi.
— Har qanday muammoni hal qilish ikki bir-biriga bog'liq harakatdan iborat: maqsadni belgilash va ushbu maqsadga erishish uchun resurslarni hozirlash.
— Qiziquvchan insonlar ishda samaradorligi yuqori bo'ladi.
— "Xodimlarning o'qib/rivojlanib ketib qolishi, o'qimasdan bizda qolganidan afzaldir".
— Savol berishdan cho'chimang, ahmoqona savol bo'lsa ham beravering. Edvin Lend (Edwin Land) kichkina qizi "Nega rasm chiqishini buncha kutishimiz kerak?" deb savol berganidan keyin Polaroid fotoapparatni ixtiro qilgan.
— "Biz hozir qilib turgan ishimizni qilishdan to'xtasak nima bo'ladi?"
— Ba'zida o'zingizning qanchalik ahamiyatli ekanligingizni bildirish uchun savol berishning o'zi kifoya bo'ladi.
Kitobda ko'plab juda yaxshi xulosalar kelgan. Juda ilmiy va instruksion kitob bo'lganligi uchun menga oldingi va bundan keyingi o'qigan kitoblarimga taqqoslaganda unchalik yoqmadi. Lekin ancha ma'lumot oldim.
Sizga qaysi insaytlar yoqdi?)
@alizairov