Abdulboriy Qodirov @abdulboriyqodirov Channel on Telegram

Abdulboriy Qodirov

@abdulboriyqodirov


Abdulboriy Qodirov (English)

Are you a fan of inspirational quotes and motivational content? Look no further than the Abdulboriy Qodirov Telegram channel! This channel is dedicated to sharing empowering messages and words of encouragement to help you stay motivated and inspired. Whether you're looking for a daily dose of positivity or just need some words of wisdom to brighten your day, Abdulboriy Qodirov has got you covered. With a focus on personal growth and self-improvement, this channel is perfect for anyone looking to make a positive change in their life. Join the Abdulboriy Qodirov Telegram channel today and start your journey to a more inspired and motivated you!

Abdulboriy Qodirov

05 Jun, 18:04


Hayolda to'zg'inlik,
Aqlda tarqoqlik,
Qalbda tushkunlik
hukmron...

To'zim qidirgan,
Tartib izlagan,
Taskin istagan
ahvoldaman...

Isloh qil! Isloh qil! Isloh qil!

Abdulboriy Qodirov

01 Jun, 17:30


Butun dunyo turbulentlikka qarab ketmoqda.

Ikkinchi jahon urushidan keyin o'rnatilgan dunyo tartiboti o'zgaradi. Biz bilgan, biz tanigan dunyo o'zgarmoqda. Undagi qoidalar, talablar va tushunchalar o'zgarmoqda.

Bu turbelentlikdan biz xalq va davlat o'laroq butun o'tib olishimiz muhim!
O'zimiz va avlodlarimiz uchun muhim!

Yangi dunyoda O'zbekistonni o'rni qayerda bo'lishi bugungi kundagi qarorlarimizga bog'liq!

Abdulboriy Qodirov

27 May, 18:34


Agar xalq va xalq ichida men ham farovon yashay desangiz, proteksionizmdan to'g'riroq yo'l yo'q!

Xalq boyligi tashqariga CHIQIB KETMASAGINA xalq boy bo'ladi!

Istemolchi sifatida har birimiz bu masalada ma'sulmiz!

Abdulboriy Qodirov

26 May, 18:10


O'zbekistonning 4 dushmani bor:
1. Poraxo'rlik
2. Savodsizlik
3. Boshboshdoqlik ( Birlik yo'qligi )
4. Yozilmagan qonunlar

Abdulboriy Qodirov

25 May, 16:13


Oshiqdan so'rashdi:
Nega bunchalar hotirjamsan?

Javob berdi:

Nimadan hovotirlanay?!
InshaaAlloh yashasak erishamiz,
yashamasak yetishamiz!

Abdulboriy Qodirov

15 May, 17:47


Dunyo muvozanati o'zgarayotgan bir vaqtda, "ko'k jiguli" deb sakrayotgan millat taqdiri o'ylantiradi...

Abdulboriy Qodirov

27 Apr, 06:25


Xodimning qadri SADOQATi bilan,
Rahbarning qadri HIMMATi bilan!

Abdulboriy Qodirov

15 Mar, 10:33


O’rta yer dengizi usulida muvaffaqiyat

Karyera qurishning 5000 yildan beri sinalgan yo'li bor.

O’rta yer dengizi usulida muvaffaqiyat deyiladi.

1. Yo’nalish tanlaymiz. (Yordamga video yoki Clifton Strengthfinder kitobi)

2. Eng zo’r mutaxassis bo’lamiz. Die empty, So good they can't ignore you kitoblari, kuniga 1 soat ustimizda ishlash yordam beradi.

Ko'pchilikka shuni o'zi yetadi. To'xtamayman deganlarga keyingi uchta yo’l bor.

Karyeradan muhimroq hayotiy maqsadlar bo’lsa - Erkin (freelance) mutaxassis bo’lish. Two weeks notice.

Lider va jamoaga havas qilsa - ishxonada qolib, aksioner (ulushdor) bo’lishgacha ko’tarilish.

Yuk olish va riskdan qo'rqilmasa - mutaxassislikni biznesga aylantirish. (Gerber tizimi bo’yicha)

Uzog’i o’n yil ketadi. Keyin ham ish to’xtamaydi. Shunchaki pul, tirikchilik, stabillik, kasb haqidagi qayg’ular yo’qolib, boshqalari boshlanadi)

P.S.

Do’stimiz Abdulboriy (Ricomel, Dinay) bilan karyeramni o’stiraman degan yigitlardan management yo'nalishida shogird qidiryapmiz. Qiziq bo’lsa ariza topshirib ko’ring. Suhbatni ikkalamiz o'tkazamiz. Ma'qul bo'lganlarni jamolarimizga chaqiramiz.

@azizrakhimov_blog

Abdulboriy Qodirov

27 Jan, 07:19


InshaaAlloh tez kunlarda bozorga yangi mahsulotni taqdim qilamiz.

Umid qilamizku bu mahsulotimiz ham insonlar uchun manfaatli va sevimli bo'ladi.

Abdulboriy Qodirov

15 Jan, 12:51


Suratdagi 3 narsani nima bog'lab turadi deb o'ylaysiz?

Bu 3 buyum o'z sanoatidagi eng ideal mahsulot sifatida mashhur.

Ularning mashhurligiga esa Dizayn sababchi.

Yo'q, bu siz o'ylagan dizayn emas. Mahsulotning faqat tashqi ko'rinishi bu dizayn emas, bu dizaynning bir kichik qismi halos.

Unda Dizayn nima deyilsa Charlz Imzning tarifi yordam beradi:
" Detallar bular aslida mayda narsalar emas. Aynan detallar dizaynni yaratadi. [...] oxir oqibat hamma narsa bog'liqdir - inson, g'oya, buyumlar. Va aynan anu shu bog'liqlikning sifat darajasi - biz buyum sifati deb qaratdigan o'lchovni yaratadi" *

Bir muammo uchun yaratilgan uchun buyum shu muammoni qanchalil yahshi yecha olsa shu buyum dizayni yahshi deyish mumkin. Bunga hammamiz yahshi bilgan pult misol.

Bazi pultlarni ishlatganda o'ylaysiz, uning dizayneri qarshiz ostida bo'lsa kerak.

Qilayotgan ishimizda yuqoridagi bog'liqlik sifati ustida ishlaylik. Tez kunlarda biz qaysi mahsulotning dizaynini o'zgartirganimiz va nima uchun bunday qilganimizni bilib olasiz.

* Manoni keltirish uchun so'zma so'z tarjima qilinmadi.

Abdulboriy Qodirov

09 Jan, 18:46


Kichik qadam.

Ulkan safarlar kichik qadam bilan boshlanadi. Inson shu kichik qadamlarni bosishda davomli bo'la olsa bas.

Inson aqli doim yangilik, o'zgarishlarga qiziqadi. Bir ishni davomli qaytarishdan zerikadi. Lekin haqiqiy natijalar inson zerikish chegarasidan o'tganda boshlanadi.

Zerikding, lekin bugunga reja qilgan 10 bet kitobingizni o'qi!

Bugunga belgilangan sport mashqlarini oxiriga yetkiz!

Zerikding, lekin qilishing kerak bo'lgan ishni qil!

O'rtacha va ulkan natijalar orasini bizning zerikishga bo'lgan sabrimiz belgilab beradi!

Abdulboriy Qodirov

08 Jan, 14:03


Strategiya bu pozitsiyadagi o'yin!

Bugun malum harakatlarni amalga oshirish hisobiga, ertaga raqobatchiga nisbatan pozitsiyadagi yutuqqa erishish!

Taktik qarorlar tez kunda natijasini ko'rsatsa, strategik qarorlar kelajakda natijasini ko'rsitadi. Lekin bugun aynan shu natijani prognozi bilan reja qilish kerak bo'ladi!

Ertaga Amazon kabi gigant reja bo'lsa - bugun kuchli IT komanda.

Ertaga B2C savdoda kuchli kompaniya rejang bo'lsa - bugun kuchli kommunikatsiya.

Ertaga Kuchli distributsiya reja bo'lsa - bugungi kunda logistik markazlar va kuchli savdo komanda.

Ertangi rejalar ustida bugundan ishlash kerak! Aks holda erta kelganida kech bo'ladi.

Abdulboriy Qodirov

03 Jan, 14:08


"Madaniyat Strategiyani har kuni nonushtadayoq yeb bitiradi!"
Piter Druker

Kompaniyada ishni bajarishdan ko'ra bahona qidirish muhimroq bo'lsa, bu kampaniya tez fursatda qulaydi!

Oldin Kompaniyang "skeleti" yaratiladi. Quyidagi savollarga javob bermaguningcha kompaniya qayerga ketayotganini bilmaysan:

- Kompaniyaning oliy maqsadi qanday? ( Missiyasi nima? )
- Kompaniya 5 yildan keyin qay holatda? ( Bu Vision. Uni Matn ko'rinishida yoz, keyin raqamlar ko'rinishiga keltir! )
- Shu 5 yillik holatga yetish uchun kompaniyaning har bir hodimida qanday 5 sifat-hislat bo'lishi kerak?
- Shu 5 hislatni shakllantirish uchun kompaniyada qanday tadbirlar va qanday muhit bo'lishi kerak?

Endi shu hislatlarni avval o'zingda shakllantir va shu hislatlarni rag'batlantiradigan madaniyat yarat. Ularga to'sqinlik qiladigan odatlarni esa kamaytiradigan mexanizm yarat!

Chunki korxona bu asoschining aksidir. Sen qanday bo'lsang korxonang, hodimlaring ham shunday bo'ladi. Yoki tez fursatda yo'llar ayriladi.

Abdulboriy Qodirov

28 Dec, 08:55


Har soxaning talabi bor!

O'qituvchining va Prokurorning ishida farq bor. Birinchisi hatoni bag'rikenglik bilan qabul qiladi. Ikkinchisi hatoni jazolashi shart! Aks holda hato takrorlanaveradi.

Biri hato qiluvchini qo'lidan ushlab tuzatsa ikkinchisi qo'liga kishan taqib tuzatmoqchi bo'ladi.

Qondan qo'rqqan jarroh bo'la olmaydi. O'likdan qo'rqqan go'rkov.

Har soxaning o'z talabi bor. Har soxaning o'z tabiati!

Toshdan yumshoq bo'lish, suvdan qattiq bo'lish talab qilinmaydi.

Sen uchun oson kasb tanla. Sen qila oladigan ishni emas, "FAQAT sen qila oladigan ishni tanla" *

Hozir, yo'l oldida nima kasbni tanlashingni hal qil! Tabiating ko'tarmaydigan ish, ishing tabiati bo'lmasin!

* do'stim Aziz Rahimovdan iqtibos )

Abdulboriy Qodirov

23 Dec, 17:51


InshaaAlloh ertaga yana bir Massdar do'koni ochiladi.

11ta do'kon ochib 8 tasini yopdik. Har xil sabablarga ko'ra. Lekin har biri nimalarnidir o'rgatdi.

Sog'lom odam tadbirkor bo'la olmaydi. Qo'lidagi naqdini keladigan nasiya uchun sarflash sog'lom aqlning ishi emas.

Biz esa qo'rqmaymiz!
Oldimizga qo'ygan ulkan maqsadlarga ishonamiz!

Maqsadlarimiz:
- Istemolchini sifatli va hamyonbop mahsulot bilan ta’minlash!
- O'zbekiston bozorida O'zbek mahsulotlarini qo'llab quvvatlash!
- Ko'plab Ish o'rinlari yaratish va ko'pchilikning qora qozoni qaynashiga sababchi bo'lish!
- O'z sohamizda eng zo'ri bo'lish!

Bizga ishonmaganlar natijalarimizni darslik qilib o'rganishadi InshaaAlloh!

Abdulboriy Qodirov

22 Dec, 10:14


Baxslashib qolsak "tosh, qaychi, qog'oz" o'ynardik. Doim u yutardi.

Omadim kelmadi deb ketaverardim. Uni aytgani bo'lardi.

Bilsam gap omadda emas ekan. U tahlil qilarkan. Odatda "qaychi" ko'rsatishimni bilar ekan.

Tahlil qilishni; o'yinga o'yin emas, "jang" deb qarashni boshladim. Shundan beri biron martta yuta olmadi.

Tahlil qilgan yutuqqa yaqin ekan.
Omadga ishongan esa mag'lubiyatga.

G'arbni g'alabasi ham shundandir balki...