An Ordinary Man @rakhmonalievs_blog Channel on Telegram

An Ordinary Man

@rakhmonalievs_blog


Bo‘shliqni to‘ldirish uchun o‘qi,
Ichingni bo‘shatib olish uchun yoz.

Bu kanalda shaxsiy fikrlarim va sizlarga ilinishni istagan narsalarim bor...

https://t.me/kitoblar_arxiv1
https://t.me/+jPXaSs3Cbr0yNTEy
https://t.me/+8cUO6DmmoAk3MmQy

An Ordinary Man (Uzbek)

Rakhmonaliev's Blog kanali orqali sizga o‘zgacha va odatdagicha odamlar haqida, ularning hayotlaridagi kuchli va kamchiliksiz joylar haqida ma'lumotlar olib keladi. Kanalda eng muhim narsalar haqida fikrlarini, kitob haqida izohlarni, va o‘zi qanchalik qiziqarli bo‘lsa shuningdek, yangi narsalar bilan tanishib chiqishga doim ham tayyor bo‘lgan odamning qiziqarli fikrlarini topishingiz mumkin. Rakhmonalievs_blog kanali sizga kishilarning dunyodagi eng kuchli talantlari va ularning yaratilish usullari to‘g‘risida yirik ma'lumotlar olib keladi. Kanalga obuna bo‘ling va o‘z fikringizni qo‘shing! Bu siz uchun ilg‘or va qiziqarli bo‘ladi!

An Ordinary Man

09 Jan, 15:32


@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

08 Jan, 12:21


"Izlam-2" taqdimotiga taklif etildik xalq. 11-yanvarga boshqa reja tuzmay oʻtinglar.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

08 Jan, 03:56


Qay birini tanlardingiz?

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

06 Jan, 15:21


16K bilan ham endi shikoyat qilsa boʻlmaydida)

An Ordinary Man

27 Dec, 11:48


Bu yil qayd etgan natijalarimiz.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

27 Dec, 07:31


Eslatma.

Mobodoga kerak boʻlib qolsa

https://t.me/kitoblar_arxiv1

Oʻqigan yoki oʻqimoqchi boʻlgan kitoblarimning elektronini shu yerda saqlayman.

https://t.me/+jPXaSs3Cbr0yNTEy

"Bookclub" guruhimiz. Shu paytgacha "Jinoyat va jazo", "Martin Iden", "1984", "Dorian Greyning portreti", "Jallod changalidagi oshiqlar" asarlari muhokama qilindi. Keyingi asar "Lolazor".

https://t.me/+8cUO6DmmoAk3MmQy

Ikkinchi kanalım. Faqat tanlanganlar qoʻshila oladi. Qurultoy qilib undan-bundan chaqchaqlashamiz. Bu yerda ancha erkin gurunglashaman.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

26 Dec, 16:22


Ayni kunlarda Fyodor Dostoyevskiyning “Oydin tunlar” asari G‘arb mamlakatlarida, ayniqsa, yoshlar orasida chinakam xitga aylanib bormoqda.

Kitobning bunday mashhurligiga ikkita asosiy sababi bor:

– Birinchisi qisqa format – 200 sahifaga ham bormaydi. Bu zamonaviy TikTok avlodi uchun qulay.

-Ikkinchi sabab esa, bosh qahramonlarning yolg'izliklarini ta'kidlaydigan qaygʻuli hikoyasi. Hamma faqat kimnidir sevib, baxtli bo'lishni orzu qilgan, lekin buning oʻrniga o'z virtual olamlarida yolg'iz qolishgan internet davri odamlari uchun bu aktual.

Kitob asosida hatto pleylistlar yaratishmoqda. Bu orqali rus madaniyatini romantizatsiyasini yangi bosqichga olib chiqishyapti.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

26 Dec, 15:37


"Qoʼling muzday, meniki esa yonmoqda olov ichra. Qandayin koʻr ekansan, Nastenka!"

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

26 Dec, 14:39


Bu esa men AI talqinida. Avvalroq ham urinib koʻrgan edim.

An Ordinary Man

26 Dec, 07:03


Sizlarga yangi yilga motivatsiya olib keldim)

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

25 Dec, 17:45


Postning davomi

1.Nil Geyman - Amerika xudolari
2.Sodzi Simada - Tokio burji
3.Met Xeyg - Yarimtun kutubxonasi
4.Jan-Mishel Genassiya - Tuzatib boʻlmas optimistlar klubi
5.Kotaro Isaka - Qotillar mehmonxonasi
6.Kadzuo Isiguro - Meni qoʻyib yuborma
7.Li Chjongvan - Seullik taqlidchi
8.Fransua Moriak - Ilon kalavasi
9.Agustina Basterrik - Maxsus goʻsht
10.Xvan Porim - "Xyundamondagi kitob doʻkoni"ga xush kelibsiz
11.Mishel Byussi - Usiz samalyot
12.Maykl Nyuton - Qalb sarguzashti
13.Bruno Bettelheym - Sehrgarlikning foydasi haqida
14.Pol Linch - Paygʻambar qoʻshigʻi

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

25 Dec, 11:54


Kelayotgan yilda qaysi kitoblarni oʻqimoqchiman?

1.Salmon Rushdiy - "Yarim tun bolalari", "Shaytoniy sheʼrlar"
2.Oldos Xaksli - "Orol", "Maymun va mazmun"
3.Fredrik Bakman asarlari
4.Richard Dokinz asarlari
5.Yu Nesbyo asarlari
6.Irvin Yalom asarlari
7.Frans de Vaal asarlari
8.Jared Daymond - "Uchinchi shimpanze"
9.Nil Degrass Tayson asarlari
10.Karl Sagan asarlari
11.Lars Kepler asarlari
12.Orxan Pamuk asarlari
13.Kamilla Lekberg asarlari
14.Jonatan Kellerman asarlari
15.Niklas Natt-o-Dag - "1793"
16.Richard Osman - "Iblis uchun tuzoq"
17.Richard Feynman asarlari
18. Daniel Kaneman asarlari.

Siz qaysi asarlarni oʻqimoqchisiz? Bularning qaysilarini oʻqigansiz?

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

24 Dec, 13:52


AI dan "Jinoyat va jazo", Raskolnikov va Dostoyevskiyni Van Gog uslubida tasvirlashini soʻragandim.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

22 Dec, 12:09


#video

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

22 Dec, 04:49


#senzura

🚫 Siyosatchilar, katoliklar va rus podshosi tomonidan taqiqlangan kitob

"Tom togʻaning kulbasi" - bu qullar hayotining dahshatli suratini yoritib berish maqsad qilingan roman.

Yozuvchi Garriet Bicher Stou odamlarning qullikka qarshi qoʻzgʻalishini xohlardi.

1852-yilda, “Tom togʻaning kulbasi” nashr etilganda Amerikada qullik mafkuraviy munozaralar markazida edi.

Qullikdan uzoqda yashayotgan shimolliklar bunday shafqatsizlikka ishonmasdi.

❗️Qo'shma Shtatlar janubida roman darhol taqiqlangan.

Ammo kitob nafaqat qullik tizimi uchun xavf tug'dirdi. Tenglik g'oyasi ko'pchilikka haqoratdek tuyuldi va qo'rqitdi. 1852-yilda roman Rossiyada Nikolay I tomonidan taqiqlangan. 🤴 Podshoh va zodagonlar gullab-yashnar, quyi tabaqalar esa arzimagan chaqaga ishlardilar. Romanda tasvirlangan g‘oyalarning erkin aylanishi podshohga xavfli tuyulardi.

⛪️ Katolik cherkovi ham Tom togʻaning kulbasi haqidagi senzura hikoyasidan chetda qolmadi. Cherkov bu shafqatsiz tuzumning mavjud bo'lishiga yo'l qo'ygan degan g'oya papaning romanni taqiqlashiga sabab bo'ladi.

☝️ Oradan bir asr o'tib, 1955-yilda AQShda kitob irqchilikda ayblanib yangi taqiqlar to'lqini boshlandi.

1984-yilda Illinoys shtatida shahar boshqaruvi a'zosi talabalar va ularning ota-onalari noroziligiga sababchi bo'ldi. O'shanda hukmga "irqchilik" va "kitob tili" sabab bo'lgan. 📚 Bu roʻyxatga Mark Tvenning "Geklberri Finning sarguzashtlari", Xarper Lining "Mazaxchi qushning oʻlimi" va Margaret Mitchellning "Shamollarda qolgan hislarim" asarlari ham kiritiladi.

Ushbu norozilik natijasida Mark Tvenning kitobi o'qish kerak bo'lgan kitoblar ro'yxatidan chiqariladi 😔, chunki faqat ugina maktab o'quv dasturiga kiritilgan edi.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

21 Dec, 08:18


Dostoyevskiyning "Telba" romani turkchada. Bunday muqovaga nima deysiz?

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

21 Dec, 04:11


Kundalik maishiy gaplar uchun alohida kanal ochdim. Formatdan tashqari. Lifestyle desa ham boʻlar. Kimgadir qiziq boʼlsa. https://t.me/+8cUO6DmmoAk3MmQy

An Ordinary Man

20 Dec, 18:14


@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

20 Dec, 10:42


#senzura

🚫 Bulgakov "Ityurak"

Mixail Bulgakovning 1925-yilda yozilga "Ityurak" asari muallif hayotiligida hech qachon nashr etilmagan.

Bir qarashda “Ityurak” syujetida hech qanday provokatsion matn yo‘qdek. Ammo asar shu qadar dadil yozilgan ediki, o‘sha paytda yozilgan har bir so‘z bilan birga yuradigan senzura romanni chop etishga imkon bermagan.

Asarda tasvirlangan mamlakat - noqulay iqtisodiy vaziyatdagi yangi Rossiya bo'lib, odamlar har kuni isitish va elektr energiyasini uziladigan tor kommunal kvartiralarda yashashga majbur bo'lishlariga qaramay, optimistik kayfiyatni saqlab qolishadi.

Bulgakov birinchi marta o'z asarini adabiy yig'ilishda o'qigan. Yozuvchilar “Ityurak”ni mamnuniyat bilan qabul qilishadi.

Muallifning baxtiga qarshi tomoshabinlar orasida asarning adabiy qiymatini qadrlamagan militsiya xodimlari ham bor edi. Bulgakovning kvartirasida tintuv o‘tkazilib, romanning ikki nusxasi musodara qilinadi. Ular faqat uch yil o'tgach, Maksim Gorkiyning yordami bilan qaytarildi.

❗️ Lekin nashrga qo'yilgan taqiq bekor qilinmaydi. Shu sababli muallif bilan Moskvaning yetakchi teatri o‘rtasidagi kitob asosida spektakl qo‘yish bo‘yicha shartnoma bekor qilinishiga to‘g‘ri keladi.

Roman qahramoni, professor Preobrajenskiy singari, Bulgakovning o'zi ham uning ijodini doimiy senzuraga olib kelganiga qaramay, SSSRda qoladi.

"Ityurak" birinchi marta Bulgakov vafotidan 40 yil o'tgach, 1987-yilda nashr etiladi.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

20 Dec, 03:09


Tongda koʻchaga chiqsam

An Ordinary Man

18 Dec, 04:49


#video

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

17 Dec, 13:04


@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

17 Dec, 08:46


#video

Sizning yuragingizni qaysi kitoblar parchalagan?

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

17 Dec, 05:32


Doʻstimiz Abubakr Fozilov konsert beryapti. 20-gacha biletlarga 25 % lik chegirma eʼlon qilibdi. Agar Toshkentda boʻlsangiz bunday imkoniyatni qoʻldan boy bermang.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

16 Dec, 18:58


Hamma kuratorlar oʻzini maqtab yotibdi. Men ham yozib qoʻyay nimalarga qodir ekanligimni. Albatta xazil. Oʻz jamoasiga qiziqtira olishi uchun nimalar bera olishini aytishmoqda, taklif berishmoqda. Meni endi jaa unaqa yorvorib qoʻygan joyim ham, natijam ham yoʻq. Oddiy bir kitobxon yigitman. Oʻqish hayot tarzim. Bunday loyihalar birinchisi men uchun ham. Endi nima taklif qila olishimga kelsak: katta ketish yoʻq, qoʻlimdan kelganicha oʻzim bilgan barcha bilimlarni berib borishga vaʼda beraman. Blog yuritish, taqriz yozish, til oʻrganishga doir maʼlumotlar va hokazolar. Quiz testlar, savol-javoblar, chellenjlar, topshiriqlar va ularning nazorati albatta boʻladi. Xullas sizlarga manfaat bera olish uchun harakat qilaman. Bu oʻzim uchun ham jiddiy imtihon. Qoʻllab-quvvatlaysiz degan umiddaman.

Imkonim boʻlganida BYDni kalitini bervorardim. 😁

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

16 Dec, 15:28


Yangi yilni yangi loyiha bilan boshlayapmiz. Qisqacha tushuntirsam, bir oylik marafonda jami 4ta kitob oʻqilib, har hafta tahlili qilib boriladi, testlar ishlanadi. Eng yaxshilar saralanib taqdirlanadi. Bunda siz oʻzingizga maʼqul koʻrgan blogerning jamoasini tanlab u bilan birga oʻqib muhokama qilishingiz mumkin. Qatnashish uchun bot orqali roʻyxatdan oʻtasiz va referal link olib 10ta doʻstingizni taklif etasiz. Loyihaning 1-mavsumi uchun tuzilgan 3ta kundalikni (30 000) sotib olasiz. Kundalik jarayonni tahlil qilib borish uchun zarur. Yakuniy bosqichda oʻzingiz qatnashishni istagan jamoani tanlaysiz. Oy oxiri sarhisob boʻladi. Agar mening guruhimda qatnashish istagini bildirsangiz @Rakhmonalieff akkauntiga yozing.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

16 Dec, 15:02


😎 2025-yilni «Hur fikrlar» bilan boshlang!

🤓 «Hur fiklar»da siz:

1. Yigirmaga (20) yaqin bookblogerlar bilan birga kitob oʻqish;

2. Oʻqilgan kitoblarni bookblogerlar bilan tahlil qilish;

3. Mashhur insonlar bilan suhbat qilish imkoniyatiga ega boʻlish;

4. Har kitob yakunlangach kitob yutib olish.


Marafonda qatnashish uchun quyidagi tugmalardan birini bosing:

An Ordinary Man

15 Dec, 15:59


Katta shaharlarda ham kichik-kichik koʻngilsizliklar boʻlib turadi.)
Menga Pushkin bir jahon-u degan futbolka ekan.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

14 Dec, 12:20


❄️ Qishgi tunlarda oʻqishga arzigulik 5ta asar:

1️⃣"Qish ertagi" - Mark Helprin

XX asr boshidagi qattiq qish fonida sevgi, mo'jizalar va sehr bir-biriga bog'langan Nyu-York haqidagi fusunkor roman

2️⃣ "Qor" - Orxan Pamuk

Qish yolg‘izlik va hayot ma’nosini izlash metaforasiga aylangan kichik shaharchaga kelgan turk shoiri haqidagi roman.

3️⃣ "Arslon, jodugar va kiyim javoni" - Klayv Steyplz Lyuis

Narniya yilnomalari”ning birinchi kitobi, unda bolalar abadiy qish hukmronligi ostidagi sehrli mamlakatda o'zlarini topadilar.

4️⃣ "Doktor Jivago" - Boris Pasternak

Rossiya qishi va inqilobiy qo'zg'olonlari fonida sevgi va taqdirning epik hikoyasi.

5️⃣ "Qor odam" - Yu Nesbyo

Skandinav detektivi voqeliklari qishda sovuq Norvegiyada bo'lib o'tadi.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

11 Dec, 12:37


Ushbu kitobda yana bir qiziq maʼlumot uchratib qoldim. XIX asr oxirlarida Londonda larzaga solgan Jek chavaqlovchi degan ashaddiy qotil boʻlgan. Uning shaxsiyati shu kungacha nomaʼlumligicha qolgan. Uni kim boʻlganligi borasida bir qancha farazlar bor. Shulardan biri "Alisa moʻjizalar mamlakatida" asari muallifi Lyuis Kerrol ekan. Bir necha sabablarga koʻra uni Jek chavaqlovchi boʻlgan deb shubhalanishgan. Shu sabablardan biri kitobidagi anagrammalar. Bu farazni 1996-yilda Richard Uolles "Jek chavaqlovchi, betayin doʻst" kitobida keltirgan. U yozuvchi ijodidan bir nechta jumlalarni olib ulardagi harflardan goʻyo Kerrolni Jek chavaqlovchi sifatidagi yovuzliklari haqida yoritilgan yangi gaplar tuzadi. Uning tibbiyot va xat yozishga qiziqishi va kundaligida qandaydir bir kechirib boʻlmas gunoh haqida yozgani ham shubhalarga sabab boʻlgan. Lekin bu faraz jiddiy olinmaydi. Ammo tasavvur qilishning oʻzi qiziq. Agar rost boʻlgandachi...

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

23 Nov, 13:29


Odamlar maymunlardan kelib chiqqanmi: inson evolyutsiyasi va ular bilan bog'liq afsonalar

Olimlar odamlar va zamonaviy maymunlarning umumiy ajdodlari borligiga ishonishadi.

Evolyutsiya nazariyasiga nisbatan doimiy shubha bor - agar odamlar maymunlardan paydo bo'lgan bo'lsa, nega maymunlar hali ham mavjud.

Zamonaviy ilm-fan inson zamonaviy maymunlardan kelib chiqqan deb da'vo qilmaydi. Aksincha, odamlar ham, zamonaviy maymunlar ham taxminan 14-18 million yil avval yashagan umumiy ajdoddan kelib chiqqan, deydi olimlar.
Uzoq vaqt davomida umumiy ajdod haqidagi bilimlar faqat jag'lar va tishlarning parchalari bilan cheklangan. Biroq, 2017-yilda Nature jurnalida miosen davri maymunining eng to‘liq bosh suyagi tasvirlangan inqilobiy tadqiqot nashr etildi.
Xususiyatlariga ko'ra, o'rganilayotgan namuna gibbonga o'xshardi va tishlari va bosh suyagining tuzilishiga ko'ra, u mevalar bilan oziqlanar va daraxtlarda sekin harakatlanardi. Ehtimol, aynan shu tur zamonaviy maymunlarning, shu jumladan odamlarning ajdodi bo'lgan.
Qadimgi odamlar dinozavrlarni ovlagan degan yana bir afsona bor. Biroq, paleontologik ma'lumotlar bu imkoniyatni aniq rad etadi. Birinchi dinozavrlar taxminan 230 million yil oldin paydo bo'lgan. 66 million yil o'tgach, dinozavrlarning aksariyati asteroid qulashi natijasida yo'q bo'lib ketgan. Faqat zamonaviy qushlarning ajdodlari omon qolgan. Ayni paytda, Homo turining birinchi vakillari o'n millionlab yillar o'tgach paydo bo'lgan, bu ularning dinozavrlar bilan uchrashish imkoniyatini butunlay istisno qiladi.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

23 Nov, 11:54


Persival Everett "Jeyms" asari uchun 2024-yilgi Milliy kitob mukofotini qo'lga kiritdi.

Badiiy adabiyot yo‘nalishida Persival Everettning “Jeyms” asari g‘olib bo‘ldi. Ushbu roman Mark Tvenning "Geklberri Finning sarguzashtlari" asarining o'ziga xos qayta tasavvur qilingan tasviridir. Bu bolakay va qulning o'tgan asrda AQShning janubiy shtatlari bo'ylab sayohati haqidagi hikoya, lekin Geklberi nuqtai nazaridan emas, balki qul Jim nuqtai nazaridan yozilgan.

Non-fikshn yo‘nalish bo‘yicha Jeyson de Leon AQShga noqonuniy migratsiya haqidagi “Askarlar va qirollar” kitobi bilan g‘olib chiqdi. Bu roman finalchilar qatoridan joy olgan Salmon Rushdiyning memuarini ortda qoldirdi.

AQSh Milliy kitob mukofoti 1950-yilda asos solingan AQShdagi eng nufuzli mukofotdir. Mukofotning vazifasi Qo‘shma Shtatlarda nashr etilgan eng yaxshi adabiyotlarni aniqlash, uning kitobxonlar auditoriyasini kengaytirish va kitoblarning madaniyatda muhim o‘rin egallashini ta’minlashdan iborat.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

22 Nov, 17:05


#AI
Sunʼiy intellekt bir nechta talqinda meni tasvirladi.

@rakhmonalievs__blog

An Ordinary Man

22 Nov, 11:32


🇯🇵 Dostoyevskiy - Yaponiyadagi eng mashhur xorijiy yozuvchi

"Aka-uka Karamazovlar"
yapon tilida yarim milliondan ortiq nusxada sotildi.

Roman mashhurlik bo‘yicha avvalgi yetakchi – Xaruki Murakami tarjimasidagi Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” romanidan o‘zib ketdi. 2013-yilda "Aka-uka Karamazovlar" asariga asoslangan serial Yaponiya televideniyasi reytingida birinchi o'rinni egallagan. Endilikda Dostoyevskiy reytingda yetakchilik qilmoqda.

Nima uchun u shunchalik mashhur?
Tadqiqotchilarning fikricha, yapon kitobxonlarini rus yozuvchisining nozik psixologizmi, shuningdek, asosiy sahnalarning shiddati va dramatikligi o‘ziga jalb qiladi. Dostoyevskiyning Yaponiyadagi bu mashhurligi to'lqini birinchisi emas - 1892-yildayoq "Jinoyat va jazo" tarjimasi yapon tilida nashr etilgan.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

22 Nov, 02:39


Shuningdek, bugun mashi opamiyam yubileylari ekan. 40ga kirib qoʻyibdilar indame.

An Ordinary Man

22 Nov, 02:14


Bugun 22-noyabr - Xalqaro psixologlar kuni. Sizlarga ulkan sabr tilayman. Bayramingiz bilan hamkasblar.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

21 Nov, 13:51


Bu pamada tushdan boshqa narsani reklama qiladimi? Juda hijolatga qoʻydida😄

An Ordinary Man

21 Nov, 06:43


Javobsiz sevgi haqidagi 7 ta asar:

💔 Fyodor Dostoyevskiy “Oydin tunlar”
💔 Jon Faulz "Kolleksioner"
💔 Viktor Gyugo "Notr Dam sobori"
💔 Aleksandr Pushkin “Yevgeniy Onegin”
💔 Jek London "Martin Eden"
💔 Stefan Sveyg "Qalb besabrligi"
💔 Lev Tolstoy "Anna Karenina"

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

20 Nov, 18:04


Bundan 114 yıl avval shu kuni dunyo Lev Tolstoydan ayrilgan.

An Ordinary Man

20 Nov, 17:41


#AI

Sunʼiy intellektdan men haqimda kitob qanday boʻlgan boʻlardi tasvirlashini soʻradim.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

20 Nov, 08:38


@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

19 Nov, 18:15


#AI

"Minyonlar hukmdori"

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

19 Nov, 04:45


#iqtibos

Inson faqat qayg'usini sanashni yaxshi ko'radi, lekin baxtini hisoblamaydi. Agar kerak bo'lganday hisoblaganida, har birining ulushi yetarli ekanini ko'rar edi.

© F. M. Dostoyevskiy

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

17 Nov, 10:55


Hozirgi talabalar bizni paytdan koʻra ancha yaxshi sharoitda oʻqishyapti, masalan. Bayramingiz bilan hurmatlilar.

An Ordinary Man

17 Nov, 06:42


@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

17 Nov, 06:35


@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

15 Nov, 12:02


#senzura

🚫 "Uliss" - AQShda yoqib yuborilgan shov-shuvli roman

Irlandiyalik yozuvchi Jeyms Joysning ong oqimi uslubida yozilgan romani jismoniy va shahvoniy lazzatlarning batafsil tasviri uchun bir necha bor tanqid qilingan.

Uliss birinchi marta 1918-yildan 1920-yilgacha Amerika jurnalida qismlarga boʻlingan holda chop etilgan. Undagi epizodlardan biri sud jarayoniga olib kelgan va bu jurnalni pornografik deb e'lon qilish bilan yakunlangan. 😬

Muallifning gʻoyasiga ko‘ra, “Uliss” 1904-yil 16-iyun kuni Yevropaning kichik shaharchasida yashagan oddiy odamning bir kuni haqida hikoya qiladi.

Taqiqdan so'ng, 1922-yilda AQSh pochta departamenti mamlakatga olib kirishga urinilgan romanning 500 nusxani yoqib yuboradi.

Ernest Xeminguey aynan shu romanni taqiqlanganidan soʻng AQShga yashirincha olib kirishga uringan.

Kitobning pornografiya emasligi faqat 1933-yilda isbotlangan.

Hukmning muhim natijasi shundaki, sud raisiga kitoblarni alohida qismlarda emas, balki yaxlit kitob sifatida ko'rib chiqish soʻraladi. Natijada, romanning Amerikada nashr etilishiga ruxsat beriladi.

Bu axloqchilar 🧐 va noshirlar 😎 kurashida erkinlik sari qadam edi.

Qo'shma Shtatlar Joys romaniga qo'yilgan taqiqni olib tashlagan birinchi ingliz tilida so'zlashuvchi davlat bo'ldi: Buyuk Britaniyada kitobga 1936-yilda ruxsat berilgan, yozuvchining vatani Irlandiyada esa faqat 1960-yillarda, yozuvchi vafotidan 19 yil o'tib nashr etilgan. 🥺

Bugungi kunga qadar 16-iyun butun dunyodagi roman muxlislari tomonidan 🌍 kitobning bosh qahramoni Leopold Blum sharafiga - Bloomsday sifatida nishonlanadi.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

13 Nov, 11:41


Guardian nashri xabar berishicha Tramp g‘alabasidan so‘ng tiraniya va antiutopiya haqidagi kitoblar savdosi oshgan.

Xususan, sotuvlar reytingida Margaret Etvudning “Xizmatkor ayol hikoyasi”, Timoti Snayderning “Tiraniya haqida” va Jorj Oruellning "1984" asarlari ko‘tarilgan.

Margaret Etvudning "Xizmatkor ayol hikoyasi" kitobi 400 dan ortiq pog'onaga ko'tarilib, Amazon platformasidagi Amerika savdolari reytingida uchinchi o'rinni egallagan. Timoti Snayderning “Tiraniya haqida” asari savdolar reytingida 100 dan ortiq pog‘onaga ko‘tarildi. Amerikaliklar shuningdek, Jorj Oruellning "1984" romanini ko'proq sotib olishni boshladilar.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

13 Nov, 08:44


2024-yilgi Buker mukofoti britaniyalik yozuvchi Samanta Harviga “Orbital” romani uchun berildi.

Qizig'i shundaki, bu mukofotga birinchi marta voqealari koinotda boʻlgan roman sazovor bo'lmoqda. Asar Xalqaro kosmik stansiyadagi oltita astronavt hayotining bir kuni haqida hikoya qiladi.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

13 Nov, 05:34


Kanalda yangi rukn. Endi #senzura heshtegi ostida qachonlardir taqiqlangan asarlar haqida maʼlumotlar berib boriladi.

An Ordinary Man

13 Nov, 05:31


​#senzura

🚫 “Biz” antiutopiyaning taqiqlangan ajdodi

"Biz" romani butun bir janrni yaratdi va Xakslining "Ajib yangi dunyo", Oruellning "1984" va Bredberining "Farengeyt boʻyicha 451daraja" kabi ajoyib antiutopiyalar qatorida birinchilardan bo'ldi. 📚

"Biz" - bu konveyerning ommaviy mafkurasi tomonidan insonning shaxsiyatini yo'q qilish haqidagi hikoya.

1921-yildan boshlab Yevgeniy Zamyatin o'zining yangi romanini SSSRda nashr etishga urinib ko'radi. Asarni ham, muallifini ham tanqid ostiga olishadi. 1924-yilga kelib, "Biz" Rossiyada nashr etilmasligi aniq bo'ladi. 🥺

Kitobning birinchi nashri 1924-yilda Nyu-Yorkda inglizcha tarjimada nashr etilgan. Undan keyin 1927 va 1929-yillarda chex va fransuz versiyalari paydo bo'ladi. 📖

1929-yildan boshlab matbuot Zamyatinni, rasmiy talqinga ko'ra, "xorijiy nashr uchun" ta'qib qilishni boshlaydi. Uning adabiyotga yo‘li yopilib, Butunrossiya Yozuvchilar uyushmasi Leningrad bo‘limi raisligidan ketishga majbur bo‘ladi.

Zamyatin boshqa o'z vatanida nashr etilmaydi. 1931-yilda Maksim Gorkiyning yordami bilan u chet elga ketishga muvaffaq bo'ladi.

"Biz" romani Rossiyada faqat 1988-yilda, muallif vafotidan yarim asr o'tgach nashr etilgan. 🥺

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

12 Nov, 07:31


Rejadagi kitoblar

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

11 Nov, 07:08


Ishlab koʻrdinglarmi? Natija qanday?

An Ordinary Man

11 Nov, 06:54


🎲Dostoyevskiy ijodi bilan qanchalik tanishsiz?” testi
🖊 12 ta savol · 15 soniya

An Ordinary Man

11 Nov, 02:18


@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

09 Nov, 13:56


Pol Oster - Nyu-York trilogiyasi

Trilogiya mavzusini katta shahardagi odamlarning yolg'izligi deb atash mumkin.
Birinchi roman, "Shisha shahar", Nyu-Yorkning atmosferasi va deyarli ertakka o'xshash tasvirlari bilan trilogiyaning qolgan qismlari uchun ohang beradi. Osterning butun tartibsizligi va intrigasi bilan shahar mohiyatini qamrab olish qobiliyati haqiqatdan ham ajoyibdir. Bosh qahramon murakkab va qiziq personaj bo‘lib, uni shahar bo‘ylab sayohatga olib chiqadigan va oxir-oqibatda o‘zining aql-idrokini shubha ostiga qoʻyishga majbur qiladigan sirli voqeaga aralashib qoladi. Oster ushbu romanida o'ziga xoslik, til va idrok kuchi mavzularini birlashtiradi.

Ikkinchi roman “Sharpalar” "Shisha shahar" to‘xtagan joyidan davom etadi va o‘lgan yoki o‘lmagan bo‘lishi mumkin bo‘lgan Qora ismli odam bilan bog‘liq g‘alati ishni tergov qilayotgan yangi qahramon Moviy haqida hikoya qiladi. Hikoya davom etar ekan, voqelik va xayolot o‘rtasidagi chegaralar tobora xiralashib boradi va Oster xotira, tarix va o‘zi haqida tasavvur mavzularini mohirona o‘rganadi.

Keyin yakuniy roman "Qulflangan xona" keladi, u uch kitobni bir-biriga bog'lab, trilogiyani qoniqarliroq yakunga keltiradi.
Uning bosh qahramoni Fansho, sirli tarzda g‘oyib bo‘lgan va oʻzidan keyin nashr etilmagan qo‘lyozmalar qoldirgan yozuvchidir. Uning bolalikdagi do‘sti Fanshoning g‘oyib bo‘lish sirini ochishga urinar ekan, o‘quvchi adabiyot, san’at va inson ruhiyati olami bo‘ylab sayohatga otlanadi.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

05 Nov, 12:34


Baʼzida cover qoʻshiqning aslidan ham yaxshiroq chiqadi. Instagramga kamroq kirsam boʻlar ekan. Tilimga oʻrnashib qoldi.

🎶 🎧 An Ordinary Man 🎧🎶

An Ordinary Man

05 Nov, 12:13


Oldinda bir yo‘l bor ko‘p yiroq,
tarhini, topmadim, kim bichgan:
qilichim damidan o‘tkirroq,
sochlaring toridan ingichka.

Oldinda ko‘prik bor – osti jar,
bilmadim o‘zim ne bo‘laman,
azizim, sen o‘tgil bexatar,
azizim, sen faqat qulama!...

Ishq dedim kezib to‘rt yog‘ingda,
ishq dedim,
chorladim bilmayin;
azizim, sen borar bog‘ingda,
men kutib olurman jilmayib!

© Mansur Jumayev

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

03 Nov, 04:10


Yakshanba uchun yaxshi konsert topib keldim sizlarga.

https://youtu.be/v0kqHzeUmyE?si=5BJcuoguPJb7RntC

An Ordinary Man

02 Nov, 12:51


#sarhisob

oktyabr oyi oʻqigan kitoblarim:

1. E.M.Remark - Qora haykal
2. Irsa Sigurdardottir - DNK
3. Jek London - Martin Iden
4. Jek London - Bir kunlik qoʼnolgʻa.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

01 Nov, 19:31


Rei 6Ah Canım Sevgilim

🎶 🎧 An Ordinary Man 🎧🎶

An Ordinary Man

01 Nov, 02:00


Noyabr! Uning tugʻilgan kuni yaqinlashmoqda.

An Ordinary Man

29 Oct, 16:30


Ҳаммасига қўшилвориш учун!

An Ordinary Man

29 Oct, 15:01


@Uzbekchilik17 - kayfiyatni ko'taruvchi kontent.

@Azizbekh17mem - ijtimoiy, siyosiy muammolar kulgu bilan olib chiqiladi.

@koinottilsimi - Olam sirlarini birgalikda o‘rganamiz.

@jahon_statistikalar – statistikalar, raqamlar va faktlar olami.

@legal_mind — yumoristik kayfiyatdagi postlar

@bilimdon_zakovatchi-Zakovatchilar uchun tesha tegmagan faktlar :)

@rakhmonalievs_blog - taqrizlar, tarjimalar, mulohazalar

@TillanisoEN -  (-) cheksizlikdan (+) cheksizlikkacha

@ateo_uz — ilm-fan, shaxsiy fikrlar.

@efemerida_adabiyoti – kitoblar, adiblar va so'zlar haqida so'zlashamiz

@Kitobshunoslik – kitoblarga bagʻishlangan sara sahifa

@shinavandatopia - Fantasy olami haqida qiziqarli tahlillar.

@kvant_uzb - Kvant fizikasi va astranomiya.

@Erkin_Hojimuhammad – biroz she'r, biroz fikrlar. She'ristonning shoirliklari bor maskan!

@perezagruzka_2021 - buzish uchun bunyod qilish kerak

@Chapanifutbol17-futbol haqida mem, foto va videolar.

An Ordinary Man

27 Oct, 09:40


Nima uchun aksariyat kitobxonlar Dostoyevskiy, Tolstoy, Pushkin, Chexov, Jek London, Drayzerning kitoblarini sevib oʻqishadi?

Chunki, ular realist adiblar edi. Inson esa doimo haqiqatga muhtoj.

@dunyo_klassikasi

An Ordinary Man

27 Oct, 06:33


Kecha Jek Londonni oʻqiy turib yashagan yillariga qarabman. Atigi 40 yil. Nima boʻlib vafot etgan ekan deb oʻyladim. Bugun oʻqib qoldim. Ogʻriq qoldiruvchi dorini koʻp miqdorda qabul qilish oqibatida ekan. Buni u atay qilganmi yoki bilmay aniq emas. Kam umr koʻrgan ijodkorlarning sermahsulligi kishini hayron qoldiradi.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

27 Oct, 01:29


Tinchgina uxlavorganim toʻgʻri qaror ekan.

An Ordinary Man

26 Oct, 15:46


Bu jiddiy muammo, toʻgʻrisi. Bosh qotgan. Kechasi 12da El-Klassiko, 3dan boshlab UFC super card. Men esa tongdan saylov uchastkasida boʻlishim kerak. 😞

An Ordinary Man

26 Oct, 15:23


@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

25 Oct, 02:12


#iqtibos

Baxt haqida besh daqiqa gapirishingiz mumkin, undan ortiq emas. Bunda siz baxtli ekanligingizdan boshqa hech narsani aytolmaysiz.
Baxtsizlik haqida esa tun bo'yi gapirish mumkin.

Erix Mariya Remark

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

24 Oct, 15:50


Stiven King nihoyat 2025-yil 27-mayda "Scribner" nashriyoti tomonidan nashr etiladigan yangi kitobining yakuniy nomi borasida  bir qarorga keldi. Avvaliga u kitob "Biz bunday deb hisoblamaymiz" (We think bot), keyinroq "Holli abadiy" (Always Holly) deb nomlanishini aytdi. Mana yakuniy versiya - "Never Flinch" (Men "Hech qachon chekinma" deb tarjima qildim, lekin rus manbalarining biri "Qoʻrquvingni koʻrsatma" deb oʻgirgan). Kitobga oldindan buyurtma berish mumkin, narxi 34,95 dollardan (standart nashr) 295 dollar (!!) gacha.

60 dollarga kumush bo‘rtma naqshli qog‘oz gʻilofdagi slipcase) kitobni, 69,95 dollarga rassom Chadborn (muqovaning muallifi) imzosi qo‘yilgan kitobni xarid qilishingiz mumkin.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

23 Oct, 16:24


#iqtibos

Nimani yoʻqotganing emas, nimani saqlab qola olganing muhim.

"Gʻalaba arkasi" - Erix Mariya Remark

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

23 Oct, 13:08


#taqriz

Irsa Sigurdardottir - DNK

Reykyavik politsiyasi tergovchisi Xyuldar hech qachon bunday holatga duch kelmagan. Yosh ayol o'z uyida shafqatsizlarcha o'ldirildgan. Qotilning qo‘lyozmasi qo‘rqinchli va g‘alati – bunday narsa nafaqat Islandiyada, balki boshqa mamlakatlarda ham bo‘lmagan. Jinoyatchi eng yaxshi kriptologlar bosh qotirayotgan gʻalati shifrli yozuvdan boshqa hech qanday dalil qoldirmagan Yagona guvoh - onasining yotogʻi ostida yashiringan o'ldirilgan ayolning kichkina qizi. Ammo u shokda va savollarga javob bera olmaydi. Jarohatlanagan bolalar bilan ishlash bo'yicha mutaxassis Freya Xyuldar bilan birga ishlaydi. Uning yordami bilan qizdan faqat quyidagi narsalarni bilib olinadi: Qotilning boshi qop-qora. Uning katta yaltiroq boshi bor. Va u yana bir ayolni o'ldirmoqchi ...

Ushbu kitobdan so'ng men Skandinav detektivlari mening sevimli janrim bo'lishini angladim. Muallifning avvalroq "Kechirish" romanini ham oʻqigan edim. Bu men tanishgan uning ikkinchi kitobi boʻldi.

Unda nima bor: vahshiyona syujet, o'ta shafqatsizlik bilan sodir etilgan qonxo'r qotilliklar, ikkita asosiy qahramonning ajoyib tandemi, kutilmagan yakun. Yaxshi kitob uchun yana nima kerak?

Menga Islandiya atmosferasining ta'riflari juda yoqdi: yomg'ir, qor, kulranglik va namlik, tog'lar, hamma narsa shu qadar batafsil tasvirlanganki, kitobni o'qiyotib goʻyo u yerga koʻchib qolgandek boʻlasiz.

Bosh qahramonlarga kelsak: menimcha, qahramonlar birinchi kitobda to‘liq ochib berilmagan, ammo oldinda yana ikkitasi bor. Freyaning harakatlari men uchun ba'zan tushunarsiz va mantiqsiz tuyuldi. Shaxsan men uchun Xyuldar ancha tushunarli bo'lib chiqdi.

Menga tergov yo'lining o'zi yoqdi. Ko'p nazariyalar qurilayotganda, gumonlanuvchilar, so'roqlar, tergovlar bo'lsa, men buni yaxshi ko'raman, shuning uchun voqealar rivojini zavq bilan kuzatdim.

Yakun, albatta, juda kutilmagan boʻldi. Kitob meni hayratda qoldirdi. Kitob detektiv hikoyalar muxlislari va o'z talaffuzini mashq qilishni xohlaydiganlar uchun, chunki Skandinaviya ismlari hali ham talaffuz etib boʻlmaydigan infeksiyadir.

Kitobning elektron shakli

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

20 Oct, 09:36


"Martin Iden"ni haligacha oʻqimaganlar buni toʻgʻrilashning ayni vaqti. "Bookclub" guruhimizda shu asar keyingi muhokama uchun tanlandi.

An Ordinary Man

20 Oct, 06:53


https://telegra.ph/Gayrioddiy-adabiy-mukofotlar-10-20

An Ordinary Man

19 Oct, 11:45


Noyabr uchun.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

17 Oct, 14:05


#iqtibos

Men har doim o'zimga savol berardim: nega yomg'ir bunchalik g'amgin? Balki u hatto xotiralarni ham yuvib yuborganligi uchundir.

Haruki Murakami
"Norveg o'rmoni
"

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

17 Oct, 12:02


Maqsadim ham shu asli

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

17 Oct, 09:29


Jorj Oruell "1984"ni juda achinarli sharoitlarda yozgan. 1947-yil u roman ustida ish boshlaganida, yozuvchi allaqachon sil kasalligi bilan og'ir kasal edi. Sog'ligi yomonlashganiga qaramay, u o'zining butun hayotining ishi deb hisoblagan kitobni yakunlashga qaror qiladi.

Roman ustida ishlash uchun Oruell Shotlandiyaning g'arbiy sohilidagi olis Yura oroliga ko'chib o'tadi. U elektr va telefon yo'q bo'lgan Barnhill nomli alohida fermada joylashadi. Orolning qattiq iqlimi uning sog'lig'i uchun noqulay edi, ammo Oruell izolyatsiya unga diqqatini o'z ishiga jamlashga yordam berishiga ishonadi.

Qizig'i shundaki, romanning nomi, Oruell kitob yozgan yilning (1948) oxirgi ikki raqamini alishtirish orqali paydo bo'lgan.

Yozuvchining sog‘lig‘i shu qadar og‘ir ediki, u romanning ko‘p qismini joyida yotib yozgan. O'zini juda yomon his qilganida esa yordamchisiga matnni aytib berib turgan.

Barcha qiyinchiliklarga qaramay, Oruell 1948-yil dekabr oyida qo'lyozmani tugatadi. U buni nashriyotga yuboradi, ammo sog'lig'i yomonlashishda davom etadi. Yozuvchi 1950-yilning yanvarida, "1984" nashr etilganidan atigi yetti oy oʻtib vafot etadi.




Ertaga "Bookclub"imizda shu kitobning muhokamasi audiochat tarzida boʻlib oʻtadi.


@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

14 Oct, 13:08


Kutubxonamga xush kelibsan. Sheriging ham tez orada yetib kelib safga qoʻshilib oladi.😁

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

13 Oct, 15:32


"Yomon kompaniyada eng yaxshisi"

Nobel qo'mitasi qoidalariga ko'ra, barcha mukofot materiallari 50 yil davomida sir saqlanadi. 2013-yilda Shvetsiya akademiyasi adabiyot bo'yicha 1962-yilgi Nobel mukofotiga bag'ishlangan arxiv hujjatlarini oshkor qildi.

Amerika adabiyoti klassigi Jon Steynbek tanlovi, materiallarda koʻrilishicha, o'sha paytda murosali variant bo'lib chiqdi, uni "yomon kompaniyadagi eng yaxshi" deb topishgan.

1962-yilda adabiyot bo'yicha Nobel mukofotiga 66 nomzodni ilgari surishgan, finalchilar orasida esa besh muallif bor edi. Steynbekdan tashqari mukofotga fransuz dramaturgi Jan Anuy, daniyalik yozuvchi Karen Bliksen va britaniyalik yozuvchilar Robert Greyvs va Lorens Darrell ham da'vogarlik qilishgan.
Arxiv hujjatlari orasida Nobel qo'mitasi a'zolaridan biri Genri Olsonning sharhlari bor edi, u qo'mita havas qilib bo'lmaydigan vaziyatga tushib qolganini yozgan...

Natijada, qo'mitaning tanlovi, o'sha vaqtga kelib sakkiz marta ilgari surilgan "G'azab shingillari" va "Jannatdan sharqda" romanlari muallifi Steynbekga tushdi. Unga quyidagi so'zlar bilan mukofot berildi: "yumshoq hazil va o'tkir ijtimoiy qarash bilan birlashtirilgan realistik va she'riy iqtidori uchun". AQSh va Shvetsiyadagi tanqidchilar qo'mitaning qarorini salbiy qabul qilib, uni xato deb atashadi va yozuvchining keyingi asarlari uning dastlabki romanlaridan ancha past ekanligini ta'kidlaydilar.

Steynbekning o'zi Nobel mukofotiga loyiq emasligini taʼkidlagan.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

12 Oct, 14:01


Ertalabdan beri bugun qanday kun edi deb oʻylanib yurgandim. Qandaydir muhim voqea boʻlgandek. Hozir sanaga qarab yodimga tushib qoldi. Bugun axir Kolumb tomonidan Amerika kashf etilgan kunku.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

12 Oct, 02:00


#video

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

11 Oct, 15:23


SEUL, 11-oktyabr - Juma kuni janubiy koreyalik taniqli yozuvchi Xan Kang adabiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofotida kutilmagan g‘alabasidan so‘ng, Janubiga Koreya kitob do‘konlari, onlayn platformalarida mijoz toʻlib ketdi.

O'zining she'riy va hayajonli asarlari bilan mashhur bo'lgan Xan Kang xalqaro yangiliklar muqovasiga 2016-yilgi Booker xalqaro mukofotini qo'lga kiritgan "Vegetarian" romani bilan tushgan.

Xan Kangning romanlari ko'pincha Janubiy Koreyaning notinch tarixiga to'xtalib, zo'ravonlik, travma va jamoaviy xotira mavzularini o'rganadi. 1980-yildagi Kvanju qo‘zg‘oloni haqida hikoya qiluvchi “Insoniy harakatlar” romanida yuzlab tinch aholining o‘limiga sabab bo‘lgan harbiylarning shafqatsizligi tasvirlangan.

Cheju qirg‘ini qurbonlarining oilalari uyushmasi rahbari Kim Chang Bom Xan Kangning minglab odamlar halok bo‘lgan 1948-1954 yillardagi Cheju qo‘zg‘olonini aks ettiruvchi “Biz ayrilmaymiz” romanini yuqori baholaydi. "Uning ishi qurbonlar va omon qolganlarning og'rig'i va jarohatlarini davolashga yordam beradi", deydi Kim.

Xan Kangning g'alabasi uning romanlarida tasvirlangan tarixiy voqealardan ta'sirlangan boshqa guruhlar orasida hissiy aks-sado berdi. “Insoniy harakatlar”dagi qahramonlar biz Kvanjuda har kuni ko‘rayotgan odamlardir. Bu e’tirof nihoyatda ta’sirli”, - deydi Kvanju qirg‘ini qurbonlarini sharaflovchi jamg‘arma direktori Pak Gan-Be.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

11 Oct, 14:57


Netflixdan "Bank qamal ostida" nomli yangi serial treyleri

Ispaniya, 1981. Qurolli qaroqchilar bankka bostirib kirib, yuzlab odamlarni garovga olishdi. Jurnalist hokimiyatdan o‘zib ketishga va talonchilikning asl sabablarini aniqlashga harakat qilmoqda.

📆 Serial 8-noyabrdan boshlab efirga uzatiladi.

"Qogʻoz bino"dan keyin yana oʻsha muhitni his qilaman shekilli vanihoyat.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

11 Oct, 03:23


#video

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

10 Oct, 16:27


Murakamining sevimli kitoblari

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

10 Oct, 02:14


#psixologiya

LANGAR EFFEKTI
yoki "bepul" so'zi bizga qanday ta'sir qiladi

Bizning yo'qotishlarni oldini olish tizimimiz tejashimiz mumkin bo'lganda sarflashimizning oldini olish uchun doimo hushyor turadi. Shuning uchun biz har doim narx va natijani taqqoslaymiz.

Misol: Rim va Parijga toʻlangan sayohatni tanlash taklifi. Tanlov oson emas, har bir shaharning o'ziga xos madaniyati, diqqatga sazovor joylari va oshxonasi bor, lekin tanlash kerak.

Bepul nonushta va tushlik bilan Rimga sayohat degan uchinchi variant paydo boʻlganda hamma narsa o'zgardi.

Biz har bir variantning qiymatini alohida tortish o'rniga, variantlarning qiymatini bir-biriga solishtirishga moyilmiz. "Foydasiz" variantlarni mustaqil tarzda yo'q qilish orqali biz yanada oqilona qarorlar qabul qilishimiz mumkin. Boshqa tomondan, muammolarning katta qismi o'z afzalliklarimizni bilmaslikdan kelib chiqadi, shuning uchun ularga ko'proq e'tibor berishimiz kerak.

“bepul” so‘zi bizga bunchalik ta’sir qilishi ajablanarli! Aslida, bu bizning qarorimiz bog'liq bo'lgan asosiy omillardan biridir.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

05 Oct, 14:37


- Nega hamma odamlar shunchaki baxtli boʻlishomaydi, Rudolf? - shivirladi u.
- Bilmadim. Shunday boʻlganida, balki Parvardigor zerikib qolgan boʻlarmidi?

"Qora haykal" E.M.Remark

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

04 Oct, 17:02


Barcha davrlarning eng yaxshi 2️⃣0️⃣ antiutopiyasi.

1) "1984" Jorj Oruell (1949)
2) "O'n birinchi stansiya" Emili Sent-Jon Mandel (2014)
3) "Vaqt mashinasi" Gerbert Uells (1895)
4) "Farengeyt boʻyicha 451 daraja" Rey Bredberi (1953)
5) "Urugʻ ekuvchi haqida masal" Oktaviya E. Butler (1993)
6) "Meni qo'yib yuborma" Kadzuo Isiguro (2005)
7) "Ajib yangi dunyo" Oldos Haksli (1932)
8) "Kuch" Naomi Olderman (2016)
9) "Xizmatkorning ertagi" Margaret Etvud (1985)
10) "Yo'l" Kormak Makkarti (2006)
11) "Beruvchi" Lois Louri (1993)
12) Mulksizlar: qoʻshfikrli utopiya, Ursula K. Le Guin (1974)
13) "Devor" Jon Manchester (2019)
14) "Biz" Yevgeniy Zamyatin (1924)
15) "Murvatli apelsin" Entoni Burgess (1962)
16) “Baland qal’adagi odam” Filip K.Dik (1962)
17) "G'arq bo'lgan dunyo" J.G. Ballard (1962)
18) "Qarama-qarshilik" Stiven King (1978)
19) "Ochlik o'yinlari" Syuzanna Kollinz (2008)
20) "Beshinchi raqamli kushxona" Kurt Vonnegut (1969)

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

04 Oct, 05:41


Ilon Mask oq tanlilarga nisbatan irqchilikning ajoyib namunasini ko'rsatdi.

Disney barcha oq tanli personajlarni qora tanli va osiyoliklar bilan almashtirib boʻldi. Shuningdek, ularning aksariyati LGBT vakillariga aylandi.

@rakhmonalievs_blog

An Ordinary Man

03 Oct, 15:57


Gʻoya muallifi va videomaker @stoik_kutubxonasi.
Rollarda😄:
@santuagaraoflibrary
@mahinsworld
@usmonosphere
@larasinsight
@rakhmonalievs_blog
@quyoshtaraflarda


@rakhmonalievs_blog