Ivan Karamazov @karamazovlar Channel on Telegram

Ivan Karamazov

@karamazovlar


Biroz telbaman va biroz qimorbozman. Dostoyevskiyni oʻqib shunaqa boʻlib qolganman. Aybga buyurmanglar)

Ivan Karamazov Telegram Channel (Uzbek)

Ivan Karamazov Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda Dostoyevskiyni mashhur asarlaridan biri, "Karamazov Qarindoshlari"ni oʻqiyab qolganim Ivan Karamazov haqidagi mukofotlar, tahlillar va muhokamalar paydo boʻladi. Kanalda oʻz fikrlaringizni bayon qilishingiz, fikrlar almashish va koʻngilochar maslahatlar olishingiz mumkin. Agar siz ham Dostoyevskiyning katta hayratlari va uning asarlarini tahlil qilishga hajm qilasiz, shunday boʻlsa, 'karamazovlar' kanaliga obuna boʻling va uning aʼzolari oilasi bilan birga koʻngilochar safar qiling. Ijod va tajribaga ega boʻling, oʻrganing va koʻngilochar muloqotlarga qoʻshiling! 'karamazovlar' kanali sizga unchalik koʻp narsa oʻrgatadi va yangiliklarga ega boʻlishga yoʻl yaratadi. Aybga buyurmang va karamazovlar bilan birga oʻz fikrlaringizni paylaşib, ekskursiyaga chiqing!

Ivan Karamazov

18 Feb, 14:11


Biz hammani tanib-bilguncha,
Chumolilar koʻpayib ketdi…

Usmon Azim

@valfajr_01

Ivan Karamazov

16 Feb, 16:52


O'qigan eng yaxshi top 3 kitoblaringiz?

Yolgʻizlikning yuz yili
Begona
Evrilish
(Dostoyevskiyni atay qoʻshmadim)

Ivan Karamazov

16 Feb, 16:48


Yozinglarchi bir gaplasheyk

t.me/anonaskbot?start=KrW9hfPau8JO_uZ

Ivan Karamazov

15 Feb, 19:52


Odamlar koʻp xafa qilar edilar kitoblarga qochdim degandi Najib Fozil

Ivan Karamazov

09 Feb, 13:24


Ha oʻrtoqlar. Hammaniyam bittadan kitob olib beruvchisi boʻlsin)

(3-noyabr Deniz bilan ahdlashgan kunimiz)

Ivan Karamazov

09 Feb, 07:05


Oʻzbekni izlaganlar Navoiydan toparkan…

Ivan Karamazov

07 Feb, 10:33


Oʻzimiznikilar ishlagan filmlar ichida eng top film qaysi siz uchun?

Men uchun eng top film “Ajoyib xayolparast”

Ivan Karamazov

06 Feb, 19:36


Ba’zida inson oʻqiyotgan kitoblari yoki u koʻryotgan filmlari uning saviyasi qay darajada ekanligini ochib qoʻyadi.

Ivan Karamazov

06 Feb, 19:19


Umuman she’r oʻqimaydigan odamdan qoʻrqish kerak

Ivan Karamazov

04 Feb, 17:21


Bunda loyqa emas sukunat –
Saslar choʻkib yotar qaʼrida.
Bunda mutlaq shaffof tabiat,
Men ham sofman uning bagʻrida.

Yerlar toza, osmonlar toza,
Yomgʻir yuvgan changli maysani.
Qurtlar toza, ilonlar toza –
Oʻpish mumkin hamma narsani…

M.Solih

Ivan Karamazov

04 Feb, 17:18


Men bunga oʻzimni koʻrishga keldim,
Ammo men yoʻq edim jiyda tagida.
U payt ertaklarga ishonar edim,
Uchib ketdimmikin ertakdagiday?

Balki men hali ham oʻsha bahorda
Yuribman qushlarga yegulik tashib.
Balki “halok” boʻldim qorongʻi gʻorda
Oʻn boshli ajdaho bilan olishib?...

Oh, uchgim keladi
Bolalik tomon,
Lekin na koʻroldim, na unga toʻydim.
Uchmoqqa qanot ham yoʻqdir bu zamon,
Chunki men ertakka ishonmay qoʻydim

Muhammad Solih

Ivan Karamazov

03 Feb, 16:28


Kitoblarga erkakcha nigoh-la boqing.

Ivan Karamazov

24 Jan, 07:38


https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc7fCSIWy-yo1dt2efwtN5tBfJAx1enwNQkr0BoArNfZxh4fg/viewform?usp=dialog

Ivan Karamazov

23 Jan, 19:33


Kunboʻyi bir titroq aylanib yurdi
Charchagan vujudim tegarasida.
Kunboʻyi koʻzyoshim ikkilanib turdi
Dunyo va qorachiq chegarasida.

Kunboʻyi men seni koʻrgim keldi,
Kunboʻyi...
-Kunboʻyi yetmaydi seni koʻrishga!

M.Solih

Ivan Karamazov

22 Jan, 17:25


Ertak

Tasavvur qil sen oʻtgan asrni 70-yillaridasan. Seni nashriyoting bor va bitta odam misol uchun Maxbubiy (prosta oʻylab topilgan obraz) deylik ismini. Oʻsha Maxbubiy bitta Nam gap degan suhbatga boradida oʻsha yerda Muqaddas degan kitob bor deydi va rosa maqtaydi kitobni. Keyin seni nashriyoting borku sen mundey oʻylaysanda oʻsha kitobni oʻzimiz tarjima qildirib bosvorsak qanday boʻladi? E soqqani tagida qolaman deysanda xullas kitobni chiqazasan. Maxbubiyni ortidan kelgan xalq esa sen chiqazgan kitobni navbatda turib olishadi. Aaa sen "Y" degan platformaga videoga olib maqtanasan. Mana odamlar bizdayam kitobga navbatda turibdi deb. Ichingdan falon mingga sotayotgan kitobingdan keladigan pul uchun rosa ichingdan sevinasan. Xullas oʻsha Muqaddas degan kitobingni birinchi nashri sotilib tugatiladi. Oradan 10kun ham oʻtmasdan ikkinchi nashrini chiqazasan faqat endi mana bunday gaplar bilan birinchi nashrda Muqaddas kitobimizga kiritilmay qolgan ayrim boblarni ikkinchi nashrda kiritdik. Ismoiliy bilan Yildirim Boyazid suhbati birinchi nashrda yoʻq edi ikkinchi nashrda esa bor. 10 kun oldin kitobni navbat bilan olgan insonlar esa shunchaki puliga kuyib qoladi. Sababi toʻliq tarjima qilingan kitobni ular endi oʻqishmaydi. Kamiga sifatsiz qilib chiqazgan boʻlasan va kitobga otni kallasidek summani qoʻyib sotasan. Mazzaya?

Boʻldi tugadi)

Ivan Karamazov

19 Jan, 15:24


Men ham yulduz boʻlib ketyapmaney. Bugun “Madaniyat va Ma’rifat” tvdagilarga intervyu bergandim. Endi Zabarjad Mediagayam chiqib ketibman.

Borib qarashni yorvoribdi Ivan aka Deniz ham malades deb komment yozib repost qilib layk bosib qoʻllab-quvvatlab yuboringlar.

Ivan Karamazov

15 Jan, 20:24


she’r oʻqimaydigan darajada yomon inson boʻlma

Ivan Karamazov

15 Jan, 20:21


UZR...

Maylimi, oy chiqqan shu oydin kecha
Nafas olaversam yutinib, xursand,
Maylimi, dunyoning bitta burchida,
Men ham vaslingizni qo’msab o’tirsam.

Kecha, siz o’tganda harir ko’ylakda,
Ergashgan shamolning boshi aylanib
Telbadek uvillar hanuz yo’lakda –
Men ham shu yo’llarda yursam maylimi?

Maylimi, sog’insam va toshsa ko’nglim,
Yig’lasam maylimi, maylimi kulsam?
O’ksitmaymanmikan sizni, sevgilim,
agar men shu kecha bexosdan o’lsam...

Karim Bahriyev

Ivan Karamazov

14 Jan, 16:00


Hozir kitob o'qishni o'zi yetmaydi, kitob o'qiydiganlarni kuzatib borish ham kerak

Mohiyatga o'zgacha ko'z bilan qaray olish va fikrlar xilma-xilligini yaratishda bu juda muhim. Quyida siz uchun shunday bloglarni yig'dik:

📚Bookblogerlar jamiyatiga obuna bo'lish uchun bosing

Ivan Karamazov

14 Jan, 13:04


hayotimiz ham jahannamdek bir soʻqmoq

Ivan Karamazov

14 Jan, 08:04


Insonlar hullas bir yaqin doʻstim yangi loyiha boshlabdi. Ingliz tilida kitoblarga taqrizlar, musiqa va kinolardan iqtiboslar olib general english ustida ishlashni rejalashtirilyotgan ekan. Bilaman oralarizda ingliz tilim yaxshimas deb yurganlar bor shuning uchun sizlarga manfaatli boʻladigan kanalni tavsiya qilmoqchiman.

ps: kanal admini boʻlajak ninerlardan. Hozircha ielts darajasi 8,5 bu yil 9 qilaman deyapti. (@teaxona)

Ivan Karamazov

12 Jan, 17:07


Bir vaqtlar shunchaki qaygʻurardim, oh,
Bir vaqtlar shunchaki uhlamasdim men.
Shunchaki tun boʻyi yigʻlardim, ammo
Yoshligim, sen uchun yigʻlamasdim men…
Men endi, men endi shunday aftoda,
Na sajda qilgayman, na duoyibad.
Qoʻlimda porlaydi argʻuvon boda,
Yoshligim, yoshligim, sen unda faqat.

Rauf Parfi

Ivan Karamazov

10 Jan, 17:20


Kechga nima koʻrsam ekan deb oʻtirganlarga zoʻr video topib keldim. Kirib layk bosib kommentga Ivan Karamazovdan salom deb ham qoʻyinglar. Akamiz bir xursand boʻlsin.

Keyin bunaqa kitob haqidagi you tube kanallardan sanoqli. Shunga qoʻllab-quvvatlayliklar doʻstlar.

https://youtu.be/dXMXW_lIaVg?si=M-NUpPSuKTWy9Nzo

Ivan Karamazov

09 Jan, 18:50


Hayotda eng katta narsa bu pul degan qarashga qoʻshilmaydiganlar telegram kanallardan pdf kitob skachat qilib oʻqiydiganlar boʻladi

Ivan Karamazov

06 Jan, 13:28


Insonlar agar kimgadir “Zardusht Tavallosi” kerak boʻlsa @misanthrope_boy ga yozishlaringiz mumkin.

Butun respublika boʻylab yetkazib berish bepul

Ivan Karamazov

05 Jan, 09:21


Choʻlda ochlik mashaqatini chekmagan,
Uydagi issiq nonni qadrin na bilsin…

Maqtumquli

Ivan Karamazov

02 Jan, 21:21


Xonu-xoqon boʻladilar ammo odam
boʻlmaydilar…

Ivan Karamazov

31 Dec, 12:53


Yil kashfiyoti boʻlib ketibmizku hay. Kutmagandim. Rahmat hammaga)

ps: rostan kutmagandim:)

Ivan Karamazov

30 Dec, 13:20


Onasini yaxshi koʻradiganlar Ivan Karamazovga bosinglar deyishim mumkin ediyu hay mayli baribir aytib boʻldim.

Ivan Karamazov

29 Dec, 11:01



Ivan Karamazov

26 Dec, 21:51


Oddiy Rauf Parfidan bitta she’rni yod bilmaydigan inson siz adabiyot haqida tushunmaysiz desa gʻalati eshitilarkan…

Ivan Karamazov

26 Dec, 07:06


Sevmoq bu dunyoda jamiki dardni ijaraga olmoq ekan aslida…

Ivan Karamazov

25 Dec, 08:38


Ha keyin. Shukur Xolmirzayevni “Dinazavr” romani ham bor. Ichiga yozuvchini oʻzi imzo ham qoʻygan. Anaqisa uni kimoshdi savdosiga qoʻysammi deb turibman.

Ohirgi marta qaysidir nashriyot Shukur Xolmirzayevni asarlarini juda rasvo sifatda nashr qilgandi.

Qisqasi kimoshdi savdosiga qoʻyvorsam qatnashadiganlar koʻpmi? Yoki yana Nurali yutib ketadi deb oʻylaysizlarmi?

Ivan Karamazov

25 Dec, 08:27


Ushbu kitobda Shukur Xolmirzayevni esselari kiritilgan. Oramizda kimdir Shukur Xolmirzayevni asarlariga qiziqsa va sotib olishni xohlovchilar boʻlsa: @misanthrope_boy ga yozishlari mumkin.

Kitob holati yangi va butun viloyatga yetkazib beriladi.

Ivan Karamazov

23 Dec, 18:29


Uni qalin kurtkalarga oʻranganida ham seving. Uni anomal sovuqdayam seving.

Ivan Karamazov

23 Dec, 17:48


Qoʻyib bersa tonggacha u yoddan she’rlar aytishim mumkin edi. Faqat uni eshitadigan quloq va uni anglaydigan qalb yoʻq edi holos.

Ivan Karamazov

23 Dec, 17:40


Gapirishdan oldin qarshingizdagi odamni koʻngli bilan hisoblashishni ham oʻrganing.

Ivan Karamazov

18 Dec, 12:10


Haqattan ham Paulo Koelo aytganidek ayollar chinakam farishtadirlar. Faqat biz erkaklar ayollarni "qanotlarini sindirib" qoʻymasak boʻldi. Boʻlmasa supurgiga chiqib olishlari aniq.

Ivan Karamazov

16 Dec, 16:26


Agarda ayol doskasida shoxni oʻrni yoʻq ekan erni doskasida malikani oʻrni yoʻq ekan demak bu partiyani oʻynash manisiz ish boʻladi. (Shaxmat doskasi = hayot)

Hurmatli, xonimlar va janoblar doim bir-birlaringni qadrlab yashanglar. Chunki hayot juda qisqa!

Ivan Karamazov

16 Dec, 16:10


Koʻrgazmada yana e’tiborimni tortgan rasm bu boʻldi. Boshida rasm nomiga qaramasdan oʻzimcha koʻp narsalarni tasavvur qildim. Bu rasmgayam biroz tikilib turganimdan keyin Muhammad Yusufni “Arslonman” she’ridagi “Bu dunyoda beklar u dunyoda xor” jumlasi hayolimga keldi. Yani bu dunyoni faqir va yetim insonlari u dunyoda eng oliy qatlam sanalishi haqida bir necha yil oldin oʻqiganim uchun bu bolakayga ham suratchi toj kiydirib rasmga olgan boʻlsa ajabmas deb oʻylagandim. Keyin surat nomiga qarasam “Trash Kings” ekan. Yani toʻgʻridan toʻgʻri tarjima qiladurgʻon boʻlsak “Axlat qiroli” nomini oladi. Nomdan kelib chiqib men noʻtoʻgʻri hulosa kelgandek boʻldim.

Sizlar nima deysizlar?

ps: bu zamonaviy san’at koʻrgazmasi “City Mall”da (3-qavatda) boʻlyapti. Kirish tekin vaqti borlar albatta borib koʻringlar. Undan tashqari oʻsha joyni 2-qavatida “Jadidlar maktublari” nomli koʻrgazma ham boʻlyapti. Unga ham kirishni tavsiya etaman. Jadidlar haqida ancha narsalarni bilib olishlaringiz mumkin.

Ivan Karamazov

16 Dec, 15:58


Bugun “City Mall”dagi zamonaviy san’at koʻrgazmasiga borganimda mana shu kartinka e’tiborimni tortdi. Biror soatcha tikilib turib anglaganlarimni yozgim keldi.

Qisqasi rasmni eng tepasida qurigan gulni koʻrishimiz mumkin. Menimcha rassom gulni oila yoki orzu-umid timsoli sifatida ifodalagan boʻlsa kerak. Ammo gul qurib yotganini koʻramiz…

Undan keyin erkakni kiyimiga qarasak erkak oq ayol esa qora kiyimda tavsirlangan. Oq ezgulik rangi boʻlsa qora yozuvlik rangi deb oldim. Undan keyin rasmdagi asosiy kadri shaxmat taxtasiga qarasak unda erkakning donachalari orasida malikasi ayolda esa shoxi yoʻqligini koʻrishimiz mumkin. Rasm nomi esa “Sening oʻrning” deb nomlanadi. Undan keyin tepada erkakni oq libosda ayolni esa qora libosda oʻtirganini aytdim. Endi shaxmat taxtasiga qarasak erni donachalari qora rangda ayolniki esa oq rangda ekanligini koʻramiz.

Hullas biror soatcha termulib shuni oʻzimcha angladimki bu rasm ayol va erkakning oʻzaro tushunmovchiliklarini ochib berish uchun qaratilgan ekan.

Ivan Karamazov

15 Dec, 18:59


Bilmadim, bu qanday uqubat,
Bilmadim, bu qandayin iqbol.
Bizlar haqda X deb
Yozmoqdalar tarjimai hol.

Tepada siz X lik mashhur shoirning “Iftixor” she’ridan parchani koʻrib turibsiz. X haqidagi vikipediyadagi maqolada XX asr boshlarida Xoʻjayoz baxshi ham yashab ijod qilgani aytiladi.

Savol: X oʻrnida almashgan joy nomini yozib bering!

Ivan Karamazov

15 Dec, 18:45


Qahratonda seni koʻmdim qish boʻlib,
oppoq xayolimni ustingga oʻrtding.
Bahor boʻldim — yashil orzuga toʻliq,
uygʻonding va soʻngra... ohista boʻrtding.

Yoz boʻlib yashnatdim. Har bir jilvangdan
oʻt boʻlib yondilar ne-ne muz dillar.
Xomush qaytmoqdaman bugun men jangdan –
kuz boʻlib oʻzgalar uzdilar.

Matnazar Abdulhakim

Savol: tepada berilgan she’rning nomi Xdir. Huddi shu nomli boshqa bir X haqidagi asarga Ulugʻbek Hamdam Xni qayta-qayta oʻqish kerakligini sababi X bizni yuzimizga oyna tutishini aytadi.

Savol: X haqidagi asarning nomini yozib bering!

Ivan Karamazov

15 Dec, 15:15


sevilgan qoʻshiqlar turkumidan

Ivan Karamazov

14 Dec, 10:04


dunyolar bir mendan tonsinlar mayli
gʻanimlar gʻamimdan qonsinlar mayli
tiriklay gulhanda yoqsinlar mayli
bitta boshimga bir oʻlim savdo…

– kimga joning fido?
– senga jon fido…

Ivan Karamazov

13 Dec, 16:05


Sevgining besh barmogʻi
L.A.N. ga
1
Meni yengolmadi bu Vatq — uchqur,
Men undan sevgimni asradim.
Bemorning koʻzlari singari chuqur
Mening muhabbatim — hasratim.

Tushlar idrokimga seni yoʻgʻirdi.
Tong esa aldadi — shafqatsiz roʻyob.
Yurak oy va kunlar uzra yugurdi —
Siniq shishalarning ustida goʻyo.

Mana, sen! Qalb shoʻrlik bazoʻr ishonar,
Bu baxt menikiydi, menga buyurdi,
Ilohiy bir oʻtda yonar peshonang —
Mening ismim yonar bu yerda!

2
Nega hech shoshilmay kezayapman men,
Nechun bu soatning tillari jimdir?
Vujud intilmaydi… Sezayapman men:
Meni kutmay qoʻydi toʻsatdan kimdir!

Oʻsha senga tanish yurak oʻksinib
Bir zum toʻxtab qolar hayron, hangu mang.
Soʻngra jon holatda titar koʻksimni —
Yoki yoʻqotdimmi seni manguga?

Vujud parcha-parcha. Soʻzlarim uzuq.
Taniy olmayapman oʻz sasimni.
Qorachigʻim kesar mash’um bir chiziq —
Kim yirtib tashladi mening rasmimni?

3
Bu gal bir-birovdan, sevgi oʻrniga,
Uchrashdik, soʻramoq uchun kechirim.
Zanglagan oʻqlarni — qalbda yuringan —
Sugʻurib olamiz asta, bejirim.

Huddi oʻqlar kabi moʻljalga yetar,
Chiroyli qoʻyilgan dori-darmon ham.
Daf’atan kulguli koʻrinib ketar
Sevgi ham, nafrat ham, armon ham…

Aytib boʻldik, axir, gapning sirasin —
Manglayga labini tekkizar rohat.
Sevgining koʻksida yangi bir rasm —
Chinnigul shaklida bitgan jarohat.

4
Sen qaytib kelasan — qorachigʻingda
Mening aksim hali oʻchmasdan burun.
Sen qaytib kelasan, mening yoʻgʻimda
Ikkimizga maxfiy toʻshaysan oʻrin.

Paydo boʻlgan onim yoʻlakda, mendan
Suyunchi soʻraydi sen yechgan kiyim.
Anglab boʻlmas endi barin daf’atan —
Boʻynimda qoʻllaring yigʻlaydi yum-yum!

Yurak eng qadimiy hisda oʻynoqlar,
Sen ham bu jahonni unutasan…
Boʻsalar boshlanur munis, qiynoqli
Va sevgi — kunlarday muntazam!

5
Biz bu fojiani, — bir-birimizni
Sogʻinmay qoʻyishdan, boshladik.
Sevgini, arslonlar poyiga kabi,
Ermaklar oldiga tashladik.

Bizda sevgi tasavvurlari
Ertak kabi hur edi, oʻzga,
Yoʻq, bu muhabbatni koʻp emas,
Oz koʻrdi yuraklar oʻziga!

Axir, ulkan edi sevgidan
Sevgi haqidagi tasavvur!

1976

Ivan Karamazov

13 Dec, 14:03


Ha azizlar men bu konsertni uzoq kutgandim. Yil boʻyi desam ham yolgʻon boʻlmasa kerak.

Hullas 26-dekabr kuni Abu Bakr Fozilovni stendap konsertiga albatta oʻtinglar. Menimcha kitoblar haqida ham hazillar boʻlsa kerak. Negaki aka yaxshi kitobxon. va kamiga tarjima bilan ham shugʻullanadi. Bir gap bilan aytganda koʻp qirrali inson.

Chiptani rasmda berilgan raqam orqali olishlaringiz yoki @abubakrfozilov shu profilga yozishlariz mumkin.

Ivan Karamazov

11 Dec, 20:51


“Qo'rqayapmiz. O'ylashdan va sevishdan qo'rqyapmiz. Inson bo'lishdan qo'rqyapmiz” degandi Oʻgʻuz Atay

Ivan Karamazov

11 Dec, 11:52


Ustamning o‘sha mashhur Dag‘dag‘ali zo‘r g‘azal'i

Oxiratni sotib qilg‘on kayfingga o‘rtancha barmog‘im,
Odam nomi yana isrof — hayfingga o‘rtancha barmog‘im.

Piyon qo‘sh ulfating qursin — biri qo‘shning, biri bojang,
O‘sha qo‘sh kulfating Nor-u Sayfingga o‘rtancha barmog‘im.

Bobom ul deb, zotim bul deb ko‘ring‘on zotga qaydingga
Va bo‘g‘izdan buloq bo‘lg‘on qaytingga o‘rtancha barmog‘im.

Ayni ro‘za oyi mirshabxona oldida dong qotding,
Tanlagan joyingu topgan paytingga o‘rtancha barmog‘im.

Tavba aylab zora yuvsang qo‘lansa ayb-gunohingni,
Aslida bor gunoh-u bor aybingga o‘rtancha barmog‘im.

She’r yozishni qiyib qo‘yding zo‘r radif kashf etib, Kulkul,
O‘z-o‘zing maqtag‘on so‘nggi baytingga o‘rtancha barmog‘im.

© Anvar Obidjon

Ivan Karamazov

27 Nov, 11:43


Bu qaysi hikoyaga asoslanib ishlangan rasm?

ps: oʻzbek yozuvchilaridan)

Ivan Karamazov

26 Nov, 10:03


Chatgpt qaysi hikoya haqida ishlagan rasm deb oʻylaysizlar?

ps: yordam beraman mayli oʻzbek yozuvchisining hikoyasi

Ivan Karamazov

26 Nov, 09:39


Dostoyevskiyning “Jinoyat va Jazo” asarini oʻqimaslik "jinoyat" boʻlsa oʻqish esa "jazodir"! Shunday ekan hurmatli "jinoyatchilar" "jazo"ni albatta oʻtashlariz soʻraladi! Boʻlmasa “Jazo Kaloniyasi” sizlarni kutyapti)

Ivan Karamazov

26 Nov, 06:37


Rasman qishning birinchi kuni shaxsan oʻzim uchun sevimli nashriyotlarimdan biri “Zabarjad Media” nashriyoti tarjimon Mirzohid Muzaffar bilan uchrashuv tashkil qilyapti. Uchrashuvda siz Mirzohid Muzaffarga oʻzingizga qiziq boʻlgan savollarizni berishlariz mumkin.

Hullas oʻtinglar albatta! Bunaqa uchrashuvlar doim ham boʻlavermaydi.

Ivan Karamazov

25 Nov, 11:14


U kecha tuni bilan uhlamasdan Kafkani "Evrilish" asarini oʻqib tugatdida birinchi qilgan ishi telefonini ochib internetini yoqib telegram profilini rasmiga qandaydir toʻshakda yotgan qoʻngʻizni rasmini qoʻydi va profil nomini esa Dilshodbekdan Gregor Zamza nomiga oʻzgartirdi!

Ivan Karamazov

24 Nov, 20:52


Baxtiyor uhlamoq kerak, azizim…
Modomiki uyqu yarim oʻlim
holidir,
shunday ekan,
baxtiyor oʻlmoq lozim har kecha…

Jamol Surayyo

Ivan Karamazov

24 Nov, 20:50


Bu kun hammaga tegishli. Nega ular menga tunni yolg'iz berishadi?

Viktor Gyugoni qaysidir kitobidan edi

Ivan Karamazov

23 Nov, 17:54


miyam: tangalarim, dollarlarim

ps: Jahongir Otajanov ohangida oʻqilsin)

Ivan Karamazov

21 Nov, 19:20


Bir lahza

Bir lahza...
umrimni aylagan maftun
Garchi ul ayrolik lavhiga doxil...
Qancha fursat o'tdi
yupundan-yupun
Sog'inchlar isindi,
bizlarni yoqib...

Adolat...
taqdirning aytgani jonim...
Gar sitam sanalsa bizning baxtimiz,
bir achchiq kulib qoʻy...
Yigʻlama yonib...
Koʻzyoshga ergashmas illo dardimiz...

Bir lahza umrimni aylagan maftun...
Garchi vaqt, masofa chiqsada unib,
Goʻyo men koʻchangda, mazlumdan-mazlum
Sen hamon qoʻllarim tutibsan turib...

Bir lahza...

Ahadjon Ismoilov

Ivan Karamazov

21 Nov, 19:18


***
Bostirib-bostirib nelardur
kelardi ko'zingga,
koʻzimga...
Naylayin?!
Ishona olmasdim
o'zimga,
men seni
o'zimga...

Bir afsus kuydirar bir umr,
"oh"larim oladur bog'zimdan.
Qo'lingni qo'ymasdim bir umr...
O'zimdan qo'rqaman,
o'zimdan...

Ahadjon Ismoilov

Ivan Karamazov

20 Nov, 19:47


***
Har yili bir marta borgancha hajga,
Yoshi ham bir joyga borgandi ancha.
Qaytib kelib der edi toʻkdim gunoni,
Afsus hammom sanardi makkatilloni.

Ismoiliy

Ivan Karamazov

20 Nov, 19:45


***
Ba’zida
bir zimdan boqsam gar senga,
Uyum-uyum
soʻzlardan she’rlar yasaysan.
har kecha
uhlamay yozgan bu soʻzni
qaysi kun amalda qoʻllab yashaysan?
Yashalsa soʻzlarga qilinmay vafo
ne uchun qogʻozning bagʻrin bulgʻading?
Sevgiga she’r bitib boʻlsang bevafo
shudir sening
populist shoir boʻlganing…

Ismoiliy

Ivan Karamazov

20 Nov, 18:42


Kitob oʻqimasa uylanmang.

Ivan Karamazov

20 Nov, 08:34


Uzr tepadagi reklamani men joylamayman. Buni telegramni oʻzi joylaydi va menga koʻrishlar soniga qarab bir ikki sum ajratadi. Reklama bir kechadan keyin avtomatik ravishda oʻchib ham ketadi. Pulga keladigan boʻlsak unaqa juda koʻp bermaydi lekin…

Nega aynan pomadani reklamasini tashlashibdi deb rosa oʻylandim va oʻzimcha javob topgandek boʻldim. Bular reklama qoʻyishidan oldin kanalda qizlarmi-yigitlarmi qaysi biri aktivroq ekanligini aniqlashadi shekilli. Shunga qarab reklama joylashtiryapti deb faraz qilyapman.

Atay reklamalar koʻpayib ketmasligi sabab kuniga bitta reklama joylash mumkin qilib belgilagandim.

Ivan Karamazov

19 Nov, 09:00


***
bir odam…
ich-etini kemiradi
vatanni deb,
bir odam…
soat sayin semiradi
vatanni yeb…

***
sotib olmoqchi boʻlaman dunyoni
choʻntagimdan toʻkilib borar
oy – chaqa…
choychaqa…
bola-chaqa…

***
yuragingga qamalib
oqib ketayapman
koʻzingda

***
bahor –
Oʻziga bino qoʻygan yigit,
Boychechak – aldangan qiz.

Muhiddin Abdusamatov

@Karamazovlar

Ivan Karamazov

18 Nov, 13:15


Yaxshi odamlarning eng katta ta'siri ular dunyoni tark etgandan keyin seziladi degandi Aristotel

@Karamazovlar

Ivan Karamazov

17 Nov, 18:21


Asqad Muxtordan shedevr she’r

@Karamazovlar

Ivan Karamazov

16 Nov, 13:25


Kecha bir blogerning kanalida kitoblarni oʻqib vaqt ketkazish shartmas. Undan koʻra oʻsha kitob haqida googlega yozib asarni asosiy gʻoyasi nimada ekanligini bilib olsanglar boʻladi degan ma’nodagi postga koʻzim tushdi.

Yoshligimda tonggacha uhlamasdan futbolni oʻyinlarini koʻrib yotganimda umuman futbolga tushunmaydigan akam yonimga kelib hozir maza qilib uhlab ertaga hisob qanaqa boʻlganini keyin oʻyindagi gollarni koʻrishim mumkinligini aytardi. Afsus u bu oʻyin qanaqa darajadagi oʻyin ekanligini undagi har bitta momentdan odam zavqlanishi mumkinligini tushunmasdi…

@Karamazovlar

Ivan Karamazov

13 Nov, 11:18


O, Usmon shoirim,
She'ri qoyilim,
Tirik bòlib seni
Yerda kòrmadim,
Òlik bòlib seni
Gòrda kòrmadim.

Asqar Qosim

ps: bugun Usmon Nosirni tugʻilgan kuni. Noyabr oyida haqattan kuchli istedodlar tugʻilgan)

@Karamazovlar

Ivan Karamazov

11 Nov, 13:20


Noyabr oyida juda yaxshi va istedodli odamlar tugʻilgan. Shulardan bittasi Dostoyevskiydir. Bugun yozuvchining tugʻilgan kuni. Tirik boʻlganida uchrashish uchun yoniga borardim)

Va birga ruletka oʻynardik

@Karamazovlar

Ivan Karamazov

10 Nov, 17:00


Mayli qachondir besh mingta boʻlganimizda Muhammad Solihni qaysidir kitobini auksion qilib oʻynaymiz. Valfajr, Olis Tabassum Soyasi, Oq Koʻylaklar, Quduqdagi Oy shulardan bittasini oʻynaymiz!

ps: shu bilan keyin kanal faoliyati ham toʻxtasa kerak:)

Ivan Karamazov

10 Nov, 16:08


Auksionni "Sichqon ovi" filmida koʻrgan inson sifatida sanashga oʻtgan bir vaqtimda @santuagaraoflibrary ohirgi narxni aytishga ulgurib qoldi! Kitoblar Nuraliga ketadigan boʻldi.

Kitoblar umumiy beshta tomi 999.000ga sotildi! Nasib qilsa tez orada kitoblar Nuraliga yetkaziladi. Yaxshi kitoblarni oldi deb oʻylayman. Muhimi ulgurdi😁

Ivan Karamazov

10 Nov, 16:05


3!

Ivan Karamazov

10 Nov, 16:04


2…

Ivan Karamazov

10 Nov, 16:03


1…

Ivan Karamazov

10 Nov, 11:54


Kimoshdi savdosi bugun 21:00da tugaydi hozircha tepadagi narx yangilangani yoʻq!

Ivan Karamazov

09 Nov, 16:32


Narx yangilandi. Hikmatilloh 950k deyapti. Agar bundan baland narx aytilmasa ertaga kitoblar Hikmatillohga ketishi aniq)

Ivan Karamazov

09 Nov, 16:17


Hozircha eng baland narx Azizbek Toʻlqinovga tegishli boʻlib turibdi. Azizbek Toʻlqinov beshta tomni hammasini 860.000 ming deb narx aytyapti)

Ivan Karamazov

09 Nov, 16:08


Kitobga narxini mana shu post ostiga yozishlariz mumkin

Ivan Karamazov

09 Nov, 16:08


​​Ochigʻi soʻngi daqiqalargacha kitoblarni alohida sotishni plan qilgandim. Ammo kommentariyadagi izohlardan keyin hammasini birdaniga sotishim aniq boʻldi.

Hullas kimoshdi savdosini ochiq deb e’lon qilaman. Boshlangʻich narx 500ming soʻm va auksion ertaga 21:00gacha davom etadi. Sharti juda oddiy. Eng baland narxni aytgan insonga Shekspirni besh tomlik asarlari yetkazib beriladi!

Bu beshta tom 1981-yil nashr qilingan. Tarjimonlar: Gʻafur Gʻulom, Hamid Gʻulom, Maqsud Shayxzoda, Uygʻun, Shukrullo.

Har bitta tomda oʻrtacha 3-4ta asardan mavjud.

Kitoblarni holati yaxshi. Yirtilgan yoki chizilgan joyi yoʻq!

ps: kitoblarni alohida sotaman deganim uchun umumiy qilib rasmga olmagan edim. Lekin kitoblarni tashqi koʻrinishi pastdagi rasm bilan bir xil. Qisqasi kimdir juda koʻp yozuvchi va shoirlarni ilhomlantirgan insonni kitoblarini oʻz shaxsiy kutubxonasiga qoʻshib olishi mumkin.

Ivan Karamazov

09 Nov, 12:44


Hammadan uzr soʻragan holda kimoshdi savdosini 21:00ga qiladigan boʻlyapman. Sababi oʻsha vatqda koʻpchilik ancha aktiv boʻlishini yozyapti. Ha keyin beshta tomni barchasini bittada oʻynaymizmi yoki alohida-alohida?

Ivan Karamazov

09 Nov, 10:44


Oʻzi nimaga Shekspirni 5ta tomlik asarlarini sotish qaroriga keldim? Sababi bundan besh yil oldin men bu kitoblarni maktab kutubxonasidan oʻgʻirlagan edim. Chunki eski kitoblar olib tashlanadi deyishgandi. Shuning uchun ularni oʻzimda olib qolishni juda istagandim. Oldinroq oʻzim oʻqigan maktabni kutubxonasiga kirganimda u yerda oʻzimizni bir nechta yozuvchilarni asarlaridan tashqari hozirda nashr qilinyotgan oʻqish kerak boʻlgan kitoblar yoʻq edi. Endi maktabdan oʻgʻirlangan Shekspirni mana shu 5ta tomini sotib noyabrda oʻzim oʻqigan maktabimga hozirda nashr qilinyotgan yaxshi kitoblardan olib borishni reja qilganman. Hullas bugun 18:00da birinchi kitobni kim oshdi savdosi boʻlib oʻtadi)

@Karamazovlar

Ivan Karamazov

08 Nov, 15:55


Hullas tepadagi soʻrovnomani menimch koʻpchilik koʻrgan va qatnashgan. Demak ertaga soat 18:00da birinchi kitobni kim oshdi savdosini boshlaymiz.

Birinchi sotiladigan kitob aslida beshta tomdan iborat va 1981-yil nashr qilingan. Menimcha oʻshandan keyin bu buyuk yozuvchini kitoblarini hozirgi kunga qadar nashriyotlarimiz nashr qilmay kelmoqda. Sababi hozirda bu asarlar kitob doʻkonlar sotuvida yoʻq. Ertaga oʻsha beshta tomlik asarni birinchi tomi kimnikidir boʻlishi mumkin. Hullas ertaga qaysi yozuvchi va uning qaysi asarlari oʻynalishini bilib olasizlar…

Ps: kommentariyada qaysi yozuvchini kitobi ekanligini tahmin qilishlariz mumkin

@Karamazovlar

Ivan Karamazov

05 Nov, 09:19


Onamni aldadim soppa-sog‘man deb,
Otamni aldadim: “Pulim bor doim”.
Og‘amni aldadim: “Borarman, nasib”...
Men seni nima deb alday, Xudoyim?!

G‘unchani gul dedim – kuldi, quvondi,
Bulbul deb aytganim chumchuqmi, bilmam,
Bunda baxt bor dedim, erkam ishondi...
Robbim, endi meni yolg‘onchi qilma!

Mansur Jumayev


Ba'zi odamlarni shaxsan tanimaysiz, lekin sheʼrlari, hatto suratining oʻzidan yaxshi odam ekanligini his qilasiz. Mansur Jumayev yaxshi odam edi. Endi oramizda yoʻqligini eshitib gʻalati boʻlib ketdim. Yaxshi odamlar koʻp yashamaydi negadir.

Ivan Karamazov

05 Nov, 09:12


Yurak zarbin matn qildim,
She'rni izhor xatim qildim.
Sochlaringni òqib chiqqach,
Kòzlaringni xatm qildim.

Kuysa kuysin dil, ğamim yòq,
Sendan òzga, bil, ğanim yòq.
Seni qanday sevib qoldim,
Xudo haqqi, bilganim yòq!

©Mansur Jumayev

@Karamazovlar

Ivan Karamazov

03 Nov, 12:22


Mana men Lermontov yoshiga yetdim,
Bir shoir umrini yashadim chindan.
Qancha qoğozlarning boshiga yetdim,
Va lekin Lermontov chiqmadi mendan.
Doʻstlarim ortiqcha kamtarlik nechun,
Kelajak oʻn yilni koʻrdim oldindan.
Vaqt kelar yeturman PUSHKIN yoshiga,
Oʻshanda PUSHKIN ham chiqmaydi mendan.

E. Vohidov

@Karamazovlar

Ivan Karamazov

24 Oct, 15:22


Bunga boraman degichlar roʻyhatdan oʻtib qoʻyish joiz ekan)

https://forms.gle/cgHM7YLXCdWLTbhRA

Ivan Karamazov

24 Oct, 08:24


Zoʻr tadbir tashkillashtirishibdiku. Bunaqa davraga borish joizdir. Ertaga albatta vaqt topib oʻtinglar.

Ha aytgancha AQSHdayam Ismoiliylar bor ekan)

@Karamazovlar

Ivan Karamazov

22 Oct, 13:45


Toshkent juda qiziq shahar. Misol uchun Toshkent soʻz mulkining sultoni, gʻazal mulkining sultoni hullas Alisher Navoiy xotirasini juda ulugʻlaydi. Yana misol keltiraman. Bitta Toshkentni oʻzida Alisher Navoiy nomidagi kutubxona Alisher Navoiy metro bekati, Alisher Navoiy nomidagi katta koʻcha Alisher Navoiy nomidagi katta muzey nomlangan. Boya doʻstimga qayerdasan desam Alisher Navoiyga ketyapman dedi. A manam Alisher Navoiyga boryapman dedim. Hoʻp dedi. Man Alisher Navoiy metroda uni salkam bir soatcha kutdim. Ohiri bisotimdagi soʻkishlarni tayyorlab telefon qilsam mana Alisher Navoiyni eshigini yonidaman qanisan deyapti. Bilsam uyam meni shuncha kutgan. A manam ichkarida ohirida oʻtiribman dedim. Uyam ichkariga kirdida qani she’riy kecha boshlanyapti qayeridasan desa boʻladimi. U Alisher Navoiy kutubxonasini aytgan ekan a man Alisher Navoiy metro bekatini. Asabiylashib koʻchaga chiqsam katta koʻchaga Alisher Navoiy nomini berib qoʻyishibdi. Tasavvur qilinglar katta koʻcha. Koʻchani nomi Alisher Navoiy va yonida Alisher Navoiy metro bekatiyam bor. Sal mundoq yursanglar Alisher Navoiy nomidagi muzey ham bor. Qiziq?

Chet eldan kelgan odam Navoiydan boshqa odam chiqmagan boʻlsa kerak deb oʻylasa kerak agar tariximizni bilmasa. Nega Farobiy metro bekati, Manguberdi katta shox koʻchasi yoʻq. Nega Shayboniyxon nomini Toshkentda deyarli uchratmaymiz? Yoki bor boʻla turib shunchaki Alisher Navoiy nomi soyasida qolib ketganmi?

Hullas hozir kimdir menga sen bola Alisher Navoiyni oʻqimaganga oʻxshaysan deyishi mumkin. Tan olaman Navoiyni kam oʻqiganman. Sababini aytaymi? Beshinchi sinf darsligidan Navoiyni oʻqiymiz. U haqida insho yozamiz. Diktant yozamiz. Agar Alisher Navoiy nomidagi universitetga kirsak tamom u yerda ham 4 yil deyarli Alisher Navoiyni oʻqishimiz mumkin. Oʻzimni doʻstlarim oʻsha yerda oʻqishadiku mavzulari faqat Alisher Navoiy ekanligini koʻp aytishadi.

Bitta narsada agar kimdir haqida ezlanib gapiraversak u haqida koʻpchilik qizigʻishi soʻnib qoladi. Keyin dunyo Alisher Navoiydan iborat emas. Yoki bizdan faqat Alisher Navoiy chiqqan emas. Tepadagi nomlar ham biz uchun ulugʻlanishi kerak faqat Navoiy nomi emas.

Ps: bu postni Alisher Navoiy muzeyi yonida yozdim. Balki siz ham Alisher Navoiy haykali yonida oʻqiyotgan boʻlishingiz mumkin. Keyin bu postga Alisher Navoiy haqida deb sarlavha qoʻymoqchi edimu koʻrgan odam buyam Navoiy haqida ezmalanibdimi deb oʻtqizvormasin deb sarlavha qoʻymadim.

@Karamazovlar

Ivan Karamazov

17 Oct, 21:19


Agar Kafka bizni qishloqda yashaganida "Evrilish" asaridagi Zamza molga aylanib qolardi. Qoʻngʻizgamas.

@Karamazovlar

Ivan Karamazov

14 Oct, 16:46


Sizlar oʻqigan qaysidir badiiy kitob hech sizlarga baxt olib kelganmi?

@Karamazovlar

Ivan Karamazov

13 Oct, 10:06


​​Navbatdagi kitoblarimni sotyapman.

Bugun sotilyotgan kitoblarim shu uchta kitob. Agar kimgadir kerak boʻlsa @ismoiliy_01 ga yozaverasizlar)

1. Tara Vestover "Talaba" (qattiq muqova)
2. Robert Grin "Mahorat" (qattiq muqova)
3. Jeyms Joyce "Uliss" (qattiq muqova)

Ivan Karamazov

11 Oct, 15:36


Bu videodan keyin albatta bugun uyga borib Anarning "Men, Sen, U va Telefon" hikoyasini oʻqiyman.

Sizlargayam maslahatim shu. Oʻsha hikoyani oʻqimaganlar albatta oʻqinglar)

https://www.instagram.com/reel/DA_STYcis_F/?igsh=ZnFydmc3ZndyZ2Y2

Ivan Karamazov

10 Oct, 06:58


​​Hullas doʻstlar ayrim bir sabablarga koʻra bir qancha kitoblarimni sotyapman. Oʻtgan gal "Oliver Twist" bilan "Aka-uka Karamazovlar" kitoblarimni sotgandim.

Bugun

1. Stefan Sveygning "Qalb besabrligi" (qattiq muqova)
2. Markus Zusakning "Kitob oʻgʻrisi" (qattiq muqova)
3. Gustav Floberning "Bovarixonim" (qattiq muqova)
4. Samuel Fillipsning "Sivilizatsiyalar toʻqnashuvi" (qattiq muqova)

Kitoblarimni ayrimlarini nega sotayotganimni keyinroq tushuntirib beraman. Hozircha kitob olishni xohlovchilar @ismoiliy_01 ga yozishi mumkin. Ha keyin kitoblarni holati deyarli yangi.

Ivan Karamazov

09 Oct, 06:02


Gitler xonasining devoriga osilgan "Leda va oqqush" surati

@Karamazovlar

Ivan Karamazov

07 Oct, 16:31


Mana bu she’rda shoir bu gullar zaharli deyapti. Shu bois qizga terma kerakmas deb gapiryapti. Agar Solihni she’riyatini oʻqisak u koʻp bora odamlarni nimadandir qaytarishga urunadi. Mana shu she’rida ham qizni gulni terishdan qaytaryapti. Bu gul aslida oddiy gul emasdi. Bu gulni bizni tomimizgacha ekkandir paytida. Yoʻq bu "odamni quvontiradigan gul" emas. Oddiy paxta. Solih shaxsiyatiga qarasak ham u paxtaga juda qarshi boʻlganini koʻp gapirganini koʻrishimiz mumkin va buni she’riyatida ham goʻzal soʻzlar bilan keltiradi.

@Karamazovlar

Ivan Karamazov

29 Sep, 17:36


Òzimdan yomonini kòrmadim.
©Kubro

Ivan Karamazov

27 Sep, 20:32


Bu dunyo aslida haqiqattan ham lotoreyaga oʻxshaydi. Toʻgʻri joyda tugʻilish esa jekpotdek gap.

@Karamazovlar

Ivan Karamazov

24 Sep, 14:49


Men nafsning oʻgʻliman sizga oʻgʻilmas,
Ota mendan odam chiqmasa kerak.

@Karamazovlar

Ivan Karamazov

22 Sep, 07:35


Ispaniyalik rassom Sergi Kadenas bir tomondan ikkinchisiga o'tganda o'zgarib turadigan va insonning qarish jarayonini aks ettiruvchi ajoyib rasmlar yaratadi. Uning asarlarida yoshlik va o'limning o'tkinchiligi kabi murakkab mavzular haqida savollar tug'iladi.

@Karamazovlar

Ivan Karamazov

21 Sep, 15:59


Instagrami borlar mana shu qizni qoʻllab-quvvatlab yuboringlar. Musiqaviy kontentni boshlagan. Yaqinda yangicha rubrikalar ham qilmoqchi. Hullas kommentlar yozib, obuna boʻlib tarqatishga yordam qilib yuboringlar)

https://www.instagram.com/reel/DALypqiCOqk/?igsh=c215M25lYXE0emtt

Ivan Karamazov

18 Sep, 15:05


#video

Kitob qalblarni birlashtiradi ❤️

🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

Ivan Karamazov

18 Sep, 05:42


Salvador Dali - "Telefonlashtirilgan qirg'oq" kartinasining o'zbek tilidagi tahlili(1.5x).

Mening san'atga qiziqishimga katta ta'sir ko'rsatgan shaxs.

Ivan Karamazov

16 Sep, 06:10


​​Bir gal dadam bilan Urganchdagi kitob doʻkonlariga kirdik. Dadam oʻzinga kitob tanla deganida. Ahad Qayumni bitta she’riy kitobini olgandim. Ungacha ikkita kitobini oʻqigandim.

Nima qilay yosh edim. Gʻoʻrbachcha edim. 6-sinf bolasi hali uncha she’riyatga tushunmaydigan bola boʻladida.

Undan oldin ikkita kitobini opachamni dugonasidan olib oʻqigandim. She’rlari yoqqandi. Oʻsha kitob doʻkonda dadam uyda Rauf Parfini, Muhammad Solihni, Shavkat Rahmonni, Abdulla Oripovlarni kitoblari bor. Oʻshalarni oʻqi degandida. Orqasidan mayli hozircha shuni oʻqib tura qol. Keyin ularniyam oʻqiysan deb Ahad Qayumni kitobini olib bergandi. Dadam haqida oʻylasam mana shu voqea esimga tushaveradi. Dadamni mening koʻnglimga qarashini birinchi bor his etgandim oʻshanda.

Ahad Qayum haqida yana eslasam oʻzimdan uyalib ketaman. Bir gal kichkina kitobxonlar guruhida bitta qiz bilan rosa tortishdik. U Ahad Qayumni zoʻr shoir desa men unaqamas dedim. She’rlarini oʻgʻirlagan dedim. U qiz undaymas. Siz u odam haqida bilib bilmay unaqa demang dedi. Ana Bobur Bobomurodni oʻziyam bu narsani tasdiqlagan dedim. Ishqilib men u desam u qiz bu dedi. Ikki soatcha tortishdik. Asabim buzilib guruhdan chiqib ketdimda instagramda odamlarni storislarini, videolarini koʻrib oʻzimni chalgʻitay deb kirdim. Qarasam boya tortishgan qiz menga patpiska bosgan ekan. Qiziqib profiliga oʻtib ne koʻz bilan koʻrayki storisda my family degan rasm va rasmni oʻrtasida Ahad Qayum jilmayib turibdi. Ha azizlar men bilmasdan Ahad Qayumni singlisi bilan tortishgan ekanman.

@Karamazovlar

Ivan Karamazov

07 Sep, 17:53


Tomas Leroyning “Koʻp oʻylash seni oʻldiradi” deya nomlangan haykali. Bu haykal depressiyaning halokatli ta’sirini aniq ifodalab beradi. Haykalning nozik detallari oʻy-fikrlar va ortiqcha tashvishlarning qanday qilib insonni harakatsiz qoldirishini koʻrsatadi.

Aniq bilaman, har biringiz 1 marta boʻlsa ham oʻzingizni shunday his qilgansiz. Men uning koʻrinishini hayotda tasvirladim deydi muallif.

@Karamazovlar

Ivan Karamazov

04 Sep, 12:10


motivatsionni kitob oʻqib yorvoraman deganingda

@Karamazovlar