Davron Akbar - anomal fikrlar @meningcha_blog Channel on Telegram

Davron Akbar - anomal fikrlar

@meningcha_blog


Davron Akbarning shaxsiy blogiga xush kelibsiz.

Bu yerda juda subyektiv fikrlar bildiriladi.

meningcha_blog (Uzbek)

Davron Akbarning shaxsiy blogiga xush kelibsiz. Bu yerda juda subyektiv fikrlar bildiriladi. "Meningcha blog" Telegram kanalida sizga Davron Akbarning o'zgacha fikrlarini ko'rishga imkon beriladi. Davron Akbar - taninmagan o'zgaruvchan. Uning fikrlari va ko'z yoshlaridan kelib chiqgan xabarlar, jamiyatda muhimi hislatilgan muammolarga oid fikrlarini topishingiz mumkin. Agar sizga muallifning fikrlarini tushunish va uni baholash yoqsa, bu kanal siz uchun! Bu yerda har xil mavzular bilan tanishing va fikrlar bilan bog'lang. "Meningcha blog" kanalida sizning fikrlaringizga hursandlik bilan quloq solinadi. Sizning fikrlaringiz muhim! Sizning terajingiz bu yerda qadrli ko'rinadi! Ajoyib va tanish huquqlar bilan bog'lang! Sizning xabarlar va fikrlar sizning hayotda qanchalik muhim ekanligini alohida his qiladi. Davron Akbar bilan bog'laning va o'z fikrlaringizni yozing! O'zgaruvchilikni qadrlang va shaxsiy blogni o'z kayfiyatida ko'ring!

Davron Akbar - anomal fikrlar

23 Jan, 18:55


Solihon domla bilan ko'rishdim. Duolarini oldim. Rasmga tushishga unamadilar.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

23 Jan, 11:15


Shu shirin qizchani yaxshi ko'raman-da)

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

21 Jan, 18:52


Mashi rasm shu yerda turib tursin. Yaqinda kerak bo'ladi.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

21 Jan, 18:45


Yo'lda ketar ekan, farzandi bilan kelayotgan ayolni ko'rdi.

Biror narsa deyin desa, endi u birovning ayoli, indamay desa, ko'ngil bo'ysinmaydi.

Yetti soniyada yillar ko'zi oldidan o'tdi. Birozgina juratsizlik qilganiga pushaymon bo'ldi.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

20 Jan, 19:14


Jannat yoki Jahannam taqdirimizga bitilishidan qat'iy nazar birlamchi rozilik sababi bu yaralishdir. U bizni yo'qlikdan yaratdi. Endi esa xohlaganini qiladi. Jannatga kirgazsa, xursand bo'lamiz, hamd aytamiz. Jahannamga kirgazsa ham, u haq. Unga hamd aytamiz.

Ibodat Jannat uchun emas, yaratgani uchun ekan.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

20 Jan, 19:02


"Olsang, juft ol" deganakan vachach)

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

20 Jan, 19:00


Makkada Dossary, Sudais, Badr at-Turki, Muaqli, Balushi kabi imomlarni jonli eshitdim.

Menga bu - baxt.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

20 Jan, 18:44


Butun faoliyatingni, harakatlaringni rejalashtirasan, ma'lum qolipga solasan. Bitta "aqlli" kelib, seni shoshiradi, senga aql o'rgatadi. Shunaqa payt bo'g'izlab qo'yging keladi shunaqalarni.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

20 Jan, 11:30


Hamma gaplar o'tib ketadi.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

20 Jan, 11:03


Oddiyrog'iga uylan: baxtli qilishing osonlashadi.

Twitterdan

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

19 Jan, 19:36


Musiqa kapsulaga o'xshaydi. Butun holatda qalbga kiradi, undan keyin qalbga mayda tovush (shaytonbacha) larni tarqatadi.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

17 Jan, 15:05


@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

16 Jan, 19:49


Xurrak otgan odamni yomon ko'raman. O'zi xurrak otishini biladimi - bilmaydimi, atayin qiladimi - qilmaydimi - farqi yo'q. Jinim suymaydi.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

16 Jan, 11:00


)))

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

15 Jan, 20:33


Sog'inch azob emas, u misoli bir chanqoq xolos. Chanqoqni qondirish uchun suv va xohish bo'lsa, yetarli...

Sog'indim: uyimdagilarni, Larani, seni... Oz qoldi.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

15 Jan, 14:46


O'sha mashhur soat.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

15 Jan, 14:44


Ka'ba🥹

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

14 Jan, 09:08


Tavba birovga ko'rsatish bilan qilinmaydi, tavba qayta takrorlamaslik bilan qilinadi.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

13 Jan, 15:18


Ikkita imomni juda yaxshi ko'raman. Deyarli 90 foiz shu ikki imomni eshitaman.

Biri - Ahmad ibn Taleb, ikkinchisi - Yaseer al Dossary.

"Bandam, Ahmad ibn Taleb qiroatini ixlos va muhabbat bilan eshitding, senga endi orqama-orqa bir safda namoz o'qishga muyassar qildim", - dedi Alloh, nazarimda.

Bu imomning jonli qiroatidan bahramand bo'ldik, Allohga shukur.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

13 Jan, 10:24


Arabian sheyx😂

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

11 Jan, 15:46


Kanalimiz a'zolari uchun.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

10 Jan, 15:21


@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

10 Jan, 11:37


- Bugun uchaman!
- Unda osmonga qarab turaman!

Samimiy, beg'ubor va jozibali muhabbat.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

09 Jan, 16:41


Allohning chaqirgani rost bo'lsin!

O'tgan yili xuddi shu payt zagran pasportim chiqmay qolishi ortidan muqaddas joylarga ota-onam qatorida bora olmay qolgandim.

Alloh bu yilga nasib qilgan ekan. Bu yil ustozim bilan safarga otlandik. Ertaga yo'lga chiqamiz va barchangizning haqqiga duo qilamiz!

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

08 Jan, 19:45


6 ni 3 ga ko'paytirish 3 ni 6 ga ko'paytirishdan osonroqdir.

Motivatorlikni boshlamasam bo'lmaydi)

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

08 Jan, 11:31


Bu ikkalasi meni издеваться qilyapti)

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

08 Jan, 11:01


Laraxonning yigiti keldi)

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

07 Jan, 18:58


✍️yozmoqda yozuvi beixtiyor qalbni to'lqinlantiradi.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

07 Jan, 17:46


Sen buni tushungan oningdan boshlab hayotda yashayotganingni his qilasan.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

07 Jan, 16:12


001-o'yinchi - TOP...

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

07 Jan, 13:56


Ayolni urish kerak emas, uni haqoratlash kerak emas, unga ruhiy bosim ham berish shart emas, shunchaki dugonasi chiroyli ekanini ayt, yetadi.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

07 Jan, 10:00


)))

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

06 Jan, 07:24


Tabriklayman, do'stlarim, bardavom bo'lsin!

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

05 Jan, 17:45


O'lim haqida post yozsam, obunachilarim:

- Domla qabrdan yozyapti ekan😳

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

05 Jan, 16:45


Itoat muhabbatni ushlab turuvchi eng mustahkam poydevordir.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

05 Jan, 14:59


900 kg eshikni ko'tara olgan Ali Fotima az-Zahroning tobutini ko'tarish uchun do'stlaridan yordam so'radi...

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

04 Jan, 21:09


Qo'llar ko'p qaltirashi mumkin: kasallikdan, qo'rquvdan, quvonchdan. Telefon bilan birgalikda qaltirash esa xiyonatdandir.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

04 Jan, 20:47


Fors qizlari juda chiroyli bo'ladi.
Lekin sen...

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

04 Jan, 20:28


U farosati bilan rasman ajrashgan edi)

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

04 Jan, 18:40


Bazı insanlardan öyle bir soğudumki, o iğrenç yüzlerini görmek bile istemiyorum.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

04 Jan, 18:28


Shunaqa narsalarga qiziqaman negadir)

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

04 Jan, 15:06


Mashi havas qilingan odam menman)

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

04 Jan, 08:23


Mindey o'ylab qarasam, men qo'l yuvmas ekanman: ular bir-birini yuvar ekan, men qarab turar ekanman)

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

04 Jan, 07:06


Bitta Najmiddini millionta Sayidlaridan afzal.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

03 Jan, 18:12


Yigitiga uka tug'ib berishini tavsiya qilaman)

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

03 Jan, 03:55


Kunlarning ulug'i - Juma muborak!

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

03 Jan, 03:52


Trend olaman deb foxishatabiatingni ko'rsatib qo'yma) Farishta emasligingni bilib qolishadi.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

03 Jan, 03:51


...

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

03 Jan, 02:38


Xiyonat nima?

ChatGpt:
Xiyonat – bu ishonchni poymol qilish, biror kishiga bergan va'da yoki sadoqatga qarshi harakat qilishdir. Munosabatlarda xiyonat, odatda, sherikning hissiy, jismoniy yoki ma'naviy jihatdan boshqa bir insonga yo'nalganligi orqali yuzaga chiqadi. Bu sevgi, ishonch va hurmatni buzuvchi eng jiddiy omillardandir.


Xiyonat qachon yuzaga chiqadi?
Xiyonat quyidagi holatlarda sodir bo‘lishi mumkin:

1. Ishonchning yo‘qligi:

Sheriklar o'rtasida ishonch bo'lmaganda.
Sirlar yashirilganda yoki yolg'on gapirilganda.

2. Aloqa yetishmasligi:

Bir-birlarini tinglash yoki his-tuyg‘ularni ochiq muhokama qilish yo‘qolganda.

3. E’tibor yetishmasligi:

Sherik o‘z ehtiyojlari yoki his-tuyg‘ularini e'tiborsiz qoldirganida.
Uzoqlashish va sovuqlik hissi paydo bo‘lganda.

4. Hissiy yoki jismoniy tortishuv:

Boshqa bir kishi bilan nojo‘ya yaqinlik o‘rnatilganda.
Hissiy jihatdan boshqa birovga yaqinlashganda.

5. Vafodorlikning yo‘qolishi:

Munosabatlarga jiddiy qaramaslik.
Xursandchilikni tashqaridan qidirishga urinish.


Xiyonatning oldini olish uchun o'zaro ishonch, ochiq muloqot va doimiy sadoqat ustuvor bo‘lishi kerak.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

02 Jan, 21:08


Jonim qushi sayd bo'ldi, sayyodning eshigida,
Fig'onlarim bayt bo'ldi, faryodning eshigida.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

02 Jan, 21:00


Bu kunlarni unutib bo'lmaydi.

Taxminan, 2013-yillar. 17-maktab hovlisi. Navro'z bayramiga tayyorgarlik.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

02 Jan, 10:12


Men bunaqasini avval ko'rmaganman)

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

02 Jan, 10:09


Sezyapsizlarmi, hozirgi Qorbobolar ham xo'rlanib ketyapti🤣

Oldin sal qadri bo'lardi)

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

02 Jan, 08:14


ҚАМА!

Ўтирганни қама,
турганни қама,
Ҳатто миёвлаган,
Ҳурганни қама.
Кампир ҳам қолмасин,
Чол ҳам қолмасин,
Ҳассада мункайиб,
юрганни қама.

Шайтондан юзини,
Бурганни қама,
Нафснинг қангшарига
Урганни қама,
Эъзозлаб лўттивоз,
Ваъдабозларни,
Мард бўлиб сўзида
Турганни қама.

Қалб уйин виждондан,
Қурганни қама,
Қўлларин дуога,
Сурганни қама,
Олимингни қама,
шоирни қама,
Ҳақиқат йўлида,
Турганни қама.

Ўғилларинг қама,
қизингни қама,
Жадидларинг, ёруғ
юзингни қама.
Ҳеч ким қолмагандан
кейин қамашга,
Ўзингникилару, ўзингни қама!

©️Баҳодир ИСКАНДАРОВ!

Davron Akbar - anomal fikrlar

01 Jan, 18:31


Men nola qilay shomu sahar dod, eshigingda,
Jonimni beray, sho‘xi parizod, eshigingda.

Ul lola-yu, rayhon-u suman, toza qizil gul,
Ham sarv bukuldi, qadi shamshod eshigingda.

Xo‘boni jahon bo‘lsa taqi Yusufi Kan’on,
Sultonu amir bandayo, ozod eshigingda.

Zulfing seni bu jonima yuz domi balodur,
Jonim qushi sayd o‘ldi chu sayyod eshigingda.

Olam borisi lazzati husnungni topibdur,
Giryon-u fig‘on, nola-yu faryod eshigingda.

Savdoyi muhabbatga tushubman seni izlab,
O‘lturdi g‘aming, ko‘zlari jallod, eshigingda.

Ashkim to‘kubon hajr-u g‘amingda kecha-kunduz,
Vayrona vatan – manzil obod eshigingda.

Ul husnu jamoling o‘ti Mashrabg‘a tushubdur,
Parvonasifat quydi, parizod, eshigingda.

Mashrab

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

01 Jan, 17:57


Biram shirinki bular)

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

01 Jan, 16:25


"Sening commentdagi bir gaping mening bir soat hisobot berishimga sabab bo'lyapti", - deymi endi)

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

01 Jan, 16:18


2024-yil men uchun misli ko'rilmagan darajada muvaffaqiyatli yil bo'ldi. O'ylab qarasam, juda ko'p narsalarga erishibman.

Allohga shukurlar bo'lsin!

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

01 Jan, 13:54


Harorati issiq, ichi keng, o'zi beqaror.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

01 Jan, 12:59


Chatgpt tizimi bor. So'ragan narsangizning butun tafsilotini aytib beradi. Buni hamma hozirgi zamon muhitida yaxshi his qilib turibdi.

Shunaqa sun'iy intellekt bo'lsa-yu, unga ba'zi insonlar haqida yozsang: u aslida qanday inson, tarixi, hoziri qanday, aytayotgan gaplari rostmi, maqsadi nima, ichidagi niyatlari xolismi va hokazo. U ham bor haqiqatni aytsa... Shunda bir-birini aldashlar yo'q bo'larmidi. Shunda odamlarning asl maqsadini bilgan bo'larmidik. Shunda ularning asl yuzlari bilinarmidi...

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

01 Jan, 12:46


Sen hargiz, Alloh zolimlar qilayotgan narsadan g‘ofil, deb gumon qilma. Faqatgina ularni ko‘zlar qotib qoladigan kungacha qo‘yib qo‘yadi, xolos.

Ibrohim surasi 42-oyat.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

01 Jan, 05:19


2025-yil. Dastlabki uyqudagi gaplar.

Kelajakdagi halokat yuz berishini bilib, ortga qaytib qolgan inson sifatida:

1) "Hali kun keladi, biz bu yerda bo'lmaymiz, lekin bizning oramizda yurar edi", - deb eslaysizlar. (Kemada halokatga uchrashimizga ishora qilib)

2) O'shanda xato qilgan ekanmiz-a, odamlar bor joyda hayqirsak bo'larkan, ular bizni qutqarib olardi. Keyinchalik cho'kib ketishimizni bilganimizda hozir kemani boshqacharoq boshqargan bo'lardik.

Istihora namozisiz yuborilgan ayrim ogohlantirishlar.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

31 Dec, 20:27


Soat 01:30 uxlamay seni kutadigan insonning borligi nafaqat baxt, balki ba'zi bo'ronlardan keyingi sakinatdir.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

31 Dec, 19:23


2025-yil sizga muvaffaqiyatli bo'lsin!

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

31 Dec, 14:05


Laraxon ham sizlarni yangi yilingiz bilan qutlaydi)

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

31 Dec, 13:55


Singlim tomonidan qilingan samimiy niyat dunyoning eng qimmat xazinasidan ham qadrli.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

29 Dec, 17:41


Aviafobiyaga duchor bo'ldim.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

29 Dec, 16:29


O'zingga nisbatan qizg'onish hissini tuyish eng yoqimli tuyg'ulardan biridir.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

28 Dec, 18:40


Qalbdan o'chirilgan narsalarni gallareyadan o'chirish hech narsa emas.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

28 Dec, 15:16


😂😂😂

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

27 Dec, 19:25


Siz bilan birga ekanimdan xursandman...

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

26 Dec, 19:55


"Rohman farzand tutdi" - degan inson zoti seni g'iybat qilishidan ko'ngling ranjimasin.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

26 Dec, 18:11


Juma muborak!

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

26 Dec, 18:06


Kaba - yaralangan iymonni davolovchi shifoxonadir.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

26 Dec, 08:00


Ba'zi insonlarda uzib bo'lmas qarzlarimiz bor. Chunki ular bizni to'g'ri yo'lga boshlagan, ular qiyin paytlarimizda boshimizni silagan, ular ilm bergan.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

26 Dec, 07:26


Tik tokda Farg'onadagi portlash videosi qo'yilgan ekan.

Uning izhohida bir kishi shunday yozibdi: "Gaz xalqdan qancha qisilsa, shuncha portlayveradi".

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

26 Dec, 07:11


Gaz qancha "qisilsa", portlaydi.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

26 Dec, 06:57


Toba qildim)

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

26 Dec, 06:45


Odam ato taqiqlangan mevani yegani uchun Jannatdan quvildi.

Shayton taqiqlangan amal (kibr) qilgani uchun Jannatdan quvildi.

Inson taqiqlangan harakati (kufr, shirk va h.z) uchun Jannatga kirolmasligi mumkin.

Shunday ekan, nega taqiqlangan ishni qilgan insonni kechirish kerak, uni yonida qolish kerak, unga marhamat qilish kerak?!

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

26 Dec, 06:27


Mushugim juda aqlli. Qilma degan ishimni qilmaydi. Men uyda bo'lsam ham, ishda bo'lsam ham - farqi yo'q: taqiqlaganimni qilmaydi.

Shuning uchun ham hamon yonimda - quchog'imda.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

26 Dec, 05:34


:)

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

25 Dec, 14:05


O'rmonda yagona go'zallik bor: U...

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

24 Dec, 17:30


Insonning harakati qiziq. Kimdir to'qlikka sho'xlik bilan qadrli narsasi (inson)ni yo'qotadi. Kimdir duolari ila qo'lga kiritadi.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

24 Dec, 12:48


Talabalarning "it yotish, mirza turishi" haqida.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

23 Dec, 19:29


Men ovqatlansam)

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

23 Dec, 13:13


Singlim kartoshka qovurma qilishni zo'r biladi va men bir oydan beri faqat shu ovqatni yeyapman)

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

23 Dec, 07:58


21.12.2024

Bu kun eng yaxshi kunlarimdan biri. Sababini keyinroq aytaman. Hozircha sir😂

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

22 Dec, 09:57


Insonning qalbida "Faqat xudoga emas, bu insonga ham ibodat qilsam bo'larmikin?" degan gap kelsa, bu - shirkdir.

Xiyonat ham shunaqa nozik narsa. Qalbingda sevgan insoningga emas, boshqa kishiga qilingan ozgina moyillik ham xiyonat hisoblanadi.

Xudoni tilidan tushirmaydigan g'ofil shirk ahillari bo'lgani kabi xiyonatini sezmagan insonlar ham bisyor.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

21 Dec, 18:55


...

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

20 Dec, 17:21


Roltonni quruqligicha yeyish bergan kayfni uncha-buncha narsa berolmaydi.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

20 Dec, 17:16


@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

20 Dec, 17:12


G'o'rani tuzga tekkizib yegisi kelyapti bu g'ar ko'ngil)

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

20 Dec, 16:02


Uylanib olgandan keyin kanalda nima yozar ekanman-a, qiziq.

Oilaviy tashvishlar haqida yozamanmikin?!

Balki, xo'jayin kanalni o'chirtirib yuborar😂

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

20 Dec, 15:59


To'yni belgiladik. Bahorda unashtiruv. To'y oktyabrda bo'ladi. Qanday o'tkazishgacha rejalashtirib bo'ldim.

Endi shu bitta yaxshi qiz topilsa bo'ldi. U ham topilish arafasida.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

20 Dec, 15:54


Kaltabinlik bor narsa. Uni yuzaga chiqaruvchi eng katta haqiqat qayta-qayta o'zini haq deb bilishga intilishdir.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

20 Dec, 15:52


Uni kimligini bilmoqchi bo'lsang, u birga yurgan insonlarga boq.

Hech qachon ko'mir va oltin bir joyda saqlanmas.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

19 Dec, 14:39


Boshim kasallikdan chiqmay qoldi-ya, tavba. Yo'tal, isitma, gripp, boshog'riq, qon bosimi.

Sizlarda ham shundaymi?

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

19 Dec, 11:15


Qish - yopiniladigan fasl. Qalbi foxishalarga esa bu faslning qizig'i yo'q. Ular shunday yaratilgan.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

19 Dec, 07:50


Bir o'quvchimiz jo'natibdilar.

Bunday kichik e'tibor ham ko'nglimni ko'taradi. Rahmat, qadrlilarim!

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

19 Dec, 07:10


Vafo og'irroq yuk hisoblanadi. Uni faqatgina vafodorlargina ko'tara oladi.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

18 Dec, 19:10


Insonlarni fikr bilan chirmab olish mumkin. Sening doirangdan chiqishi mumkin, lekin fikr doirangdan chiqa olmaydi.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

18 Dec, 14:22


Yaqin kunlarda shu yerdan sizlarga videochalar tashlayman, inshaalloh.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

28 Nov, 07:46


To'yingga jonim to'yona...

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

27 Nov, 17:56


Kanalingiz 10 mingtaga chiqmasa, turmushga chiqmayman deyapti)))

*Mening yolg'iz o'tishimni xohlaysizlarmi?!

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

27 Nov, 15:00


Sen Allohdan so'rading: "Menga men istagan yorni nasib qil".

Men Allohdan so'radim: "Menga men xohlagan insonni nasib qil".

Alloh esa duolarimizni qabul qildi va bizni bir-birimizdan ayirdi.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

27 Nov, 14:24


Ko'payishib ketyapmizmi)

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

26 Nov, 14:46


Birinchi marta GAI iga tushdik.
Bugun unutilmas kun😂

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

24 Nov, 19:11


Umrimda birinchi marta bowlingga bordim. Yaxshi narsa ekan)

Videoda do'stim, hammasini urgani uchun yuklayapman.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

24 Nov, 18:34


Ba'zi ayollar o'zi tug'ganda ham bunaqa xursand bo'lmagan bo'lsa kerak)

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

24 Nov, 18:31


Balki, biz atrofimizdagi yaxshi insonlarni ko'ra olmayotgandirmiz!

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

23 Nov, 18:41


Bekorga bu insonga muxlislik qilmayman-da. Bu - shedevr.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

23 Nov, 18:39


Postlarimda men yashamayman...

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

23 Nov, 14:20


Bunisi ham qadrli!

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

23 Nov, 13:56


Bugungi kun men uchun eng yaxshi kunlardan biri bo'ldi.

Bugun Hamid Sodiq, Ixtiyor Esonov hamda G'ayratxo'ja akalar bilan ko'rishdik, suhbatlashdik, dastxat oldik.

Mening orzularimdan biri ham shu edi.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

23 Nov, 08:54


Hamid Sodiq hamda Ixtiyor Esonov bilan suhbat arafasidamiz.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

23 Nov, 05:56


Ajoyib musiqa topib keldim...

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

22 Nov, 14:51


Taqvo - Alloh va banda o'rtasidagi qalb ishi, uni ongli namoyish etish esa yaramaslikdir.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

22 Nov, 14:41


Malikalardek yashashi uchun sharoit yaratib berardim, afsuski, insonlar bizga ishonishmaydi. Ishonishmasa, katta ko'cha deymiz-da, nima ham derdik.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

21 Nov, 13:33


Maqtanish time...

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

21 Nov, 12:46


Mashinaga keldik. Yaqin fursatda videocha tashlayman.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

21 Nov, 05:50


Barcha muammolarga yagona yechim bor: Allohga qaytib, chin tavba qilish va hammasini boshidan boshlash.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

20 Nov, 17:39


Keragidan ortiq aqlli bo'lish kibr tomonga olib boradi.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

20 Nov, 16:29


Buni o'qib nihoyatda g'azablandim. Shu isqirtlarga nogiron bolalarni ishonib topshirish mumkinmi?!

Mening ham nogiron singlim bor: men tasavvur qilolmayman bu darajada vahshiylik qilinishini.

Agar mening hayotimda shunaqa holat yuz bersa, borib, bitta-bitta bo'g'izlab kelsam kerak.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

20 Nov, 16:27


"Мурувват" болалар интернат уйидаги вахший тизимдан норозиман

Набирам Ким Давид Давронович (09.06.2012 йилда туғилган) 2-гуруҳ ногирони. Ташхиси: даволаш ва парваришлаш талаб қиладиган хулқ-атвор бузилиши, оғир даражадаги ақлий қолоқлик.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги Махсус комиссиясининг 11.07.2018 йилдаги 14-сонли қарори билан Тошкент шаҳар "Мурувват" ногиронлиги бўлган болалар учун 2-сонли интернат уйига 03.12.2018 йилдан қабул қилинган.

Шу йил 12 ноябрь куни набирамни кўришга борганимда, аҳволи оғирлашганини кўриб уйга дам олиши учун олиб келдим.

Мазкур мурувват уйига борганимда болалар батареяларга қимирлай олмайдиган даражада қаттиқ боғлаб қўйилганлиги ва бундай вахшийликка чидай олмасдан бақириб йиғлаётганлигини кўриб "шок"ка тушиб қолдим.

Набирамни уйга олиб келганимизда, танасининг бўйин қисмидан қўлларнинг қўлтиқ қисмига йўналиш бўйлаб бўғиб боғланган ип (арқон)нинг шилинган излари мавжудлиги, белнинг пастки қисми ва думба қисмлари шилинган ва жуда қизарганлиги аниқланди. Бундан ташқари, у фақатгина "опа", "овқат" ва "ебан" сўзларини такрорларди.

У ерда тарбиячилар болаларни оч қолдириб, уриб-сўкиб тарбиялашлари оқибатида, юқоридаги каби уятсиз сўзлар болаларга синдром бўлиб қолган. Мурувват уйига берилишидан олдин набирам югуриб ўйнаб юрар эди. Ҳозир эса ногиронлик аравачасида ва жуда озиб кетган. Ҳам руҳий ҳам жисмоний жиҳатдан орқага кетган. Ёнига одам яқинлашса қўрқиб, ўзини олиб қочадиган бўлиб қолган. Ухлаганда фақат тепага қараб ухлаябди, ён томонларга бемалол қайрилиб ёта олмаябди.

Набирамнинг нуқсони ақлий фаолиятида эди, жисмоний жиҳатдан эмас. 2-гуруҳ набирамни 1-гуруҳ қилиб қўйишди.

Набирамдаги тана жароҳатларини кўриб, мурувват уйига бордим ва ҳужжатларни беришларини ва нима сабабдан болада бундай жароҳатлар пайдо бўлганини, қандай муолажалар қилинганини ва нега танаси ёмон аҳволга келганини тушунтириб беришларини талаб қилганимда, ҳаммаси жим.

Мажбуран эътироз йўқлиги тўғрисида тилхат ёзиб беришимни айтишди, ундай қилмадим. Устимиздан шикоят қилмоқчимисиз ёки дейишди.

Коридорда ўтирганимизда ИИБ ходимлари келиб, маъмурият билан нималарнидир пичирлашди. Мабодо ариза ёзадиган бўлса, "ўзимизни" ИИБ ходимлар сразу қабул қилиб олади деган маънода "ўзиникиларни" чақиришган.

ИИБ ҳам булар билан "за одно" экан. Шунинг учун қаерга бориш, кимга мурожаат қилишни билмай қолдим.

Ушбу "Мурувват уйи"даги аҳволдан Ижтимоий ҳимоя миллий агентлигининг раҳбарларидан ҳисобланмиш Мирзиёева Шаҳноза Шавкатовнанинг бу "тизим"дан хабари бормикан?

Ёшим 62 да, набирамни бир ўзим қарайман. Айни пайтда даволашга ва адвокатга имкониятим йўқ. Ногиронлиги бўлган шахсларга қаровчилар учун моддий таъминот ва имтиёзлар назарда тутилган бўлсада, маҳалла умуман ҳеч қандай ёрдам кўрсатмаябди.

Шу ўринда фарзандлари ёки яқинлари мазкур мурувват уйи қарамоғида бўлганларга мурожаатим: зудлик билан бориб, болаларни ечинтириб, таналарини барча қисмларини текшириб туринг! Шароитингиз бўлса, уйда қаранг, алоҳида ишчи ёллаб бўлса ҳам.

Ҳолат юзасидан ИИВ томонидан танадаги жарохатлар йўқолиб кетмаслиги учун зудлик билан суд-тиббий экспертизаси тайинланишини, Бош прокуратура, Болалар омбудсмани, Ижтимой ҳимоя миллий агентлиги ва бошқа ташкилотлардан мурувват уйини вахший тизимдан тозалаб, ким бўлишидан қатъий назар, айбдорларга чора кўришларини ва сўрайман!

Цой Зинаида Анатольевна,
Сирдарё вилояти, Сирдарё тумани, Баҳор МФЙ, А.Навоий кўчаси, 3-уй.


👉 @Kusherbayevga_murojaat

Davron Akbar - anomal fikrlar

19 Nov, 11:06


Aqlini taniganda ko'p narsalarni yo'qotgan bo'ladi. Hozircha aqlini tanitishga urinish bu - ularning nazdida zulmdir.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

19 Nov, 11:00


Telegramda "zapal" ga sabab bo'ladigan ortiqcha narsalar yo'q, lekin negadir telegramimni birov ko'rishini xohlamayman.

Bu telegramofobiya deyiladi😂

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

19 Nov, 10:51


Odam odamni manekendan ham qizg'onadimi ey)

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

19 Nov, 07:38


Tik tokka kirishim bilan yigit-qizlardan olingan intervyular chiqadi. Savol: kuniga qancha pul sarflaysiz.

Ko'pchilik kuniga 500-600 ming sarflashini aytsa, yana kimdirlar kuniga 100-150 ming sarflashini aytadi.

Keyin o'zimni kunlik sarfimga qarab ko'rdim. Kuniga aksariyat hollarda pul ishlatmas ekanman. Bunga sabab aksariyat ishim uyimda bo'lishi hamda ish joyimning uyim yaqinida bo'lgani bo'lsa kerak deb o'yladim. Rostda do'kondan nimadir olmasam, deyarli xarajat qilmas ekanman.

Universitetda o'qigan davrimni esladim. Unda ham kuniga 15 minglik yo'lkira qilardim. Boshqa hech narsa olmasdim hisob.

Hozirgilar ko'p pul ishlatadimi yo men ziqnamanmi?!

Yana bir savol: anavi kuniga 500-600 ming ishlatayotganlarning ota-onasi qayerda ishlarkin?!

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

19 Nov, 05:52


Tajnisning bebaho ko'rinishi.

Derlar: Yurt chiroyin madh etgin kelsa,
Yelkangga kastyummas, ishq ilgin, shoir.
Yetar madh xalqimga naf tegsin desang,
Biror foydali ish qilgin, shoir.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

19 Nov, 05:47


Channel name was changed to «Davron Akbar - anomal fikrlar»

Davron Akbar - anomal fikrlar

18 Nov, 18:06


Yarim tundagi Qur'on qalbga yorug'likni bag'ishlaydi.

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

18 Nov, 16:49


Sun'iy intellekt shunday tasavvur qilarkan)

@meningcha_blog

Davron Akbar - anomal fikrlar

18 Nov, 16:45


12.03.2021-yil)))

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

13 Nov, 03:53


У тебя новый анонимный вопрос:

Ustoz nega shu paytgacha uylanmagansiz

Javob: hali yoshmiz-ku. Uyimda quriliah tugasin, shunga qarab turibman.

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

13 Nov, 03:52


У тебя новый анонимный вопрос:

Assalomu aleykum. Yaxshimisiz. Sizdan bir narsa so'ramoqchi edim. Unashtirilgan qiziz nechinchi yillar ismlari nima.(oldindan uzur shaxsiy savol berganim uchun)

Javob: unashtirilgan qizim yo'q. Hozir qidirishmoqda.

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

13 Nov, 03:51


У тебя новый анонимный вопрос:

Imkoningiz boʻlganda qaytishni xoxlagan insoningizga qaytarmidingiz

Javob: yo'q.

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

12 Nov, 19:29


У тебя новый анонимный вопрос:

Nimaga youtubeda darslaringizni qo'ymaysiz?

Javob: Video tasvir bilan chiqisha olmayman.

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

12 Nov, 19:25


У тебя новый анонимный вопрос:

Sir bo'lmasa oylik daromadingiz qancha?

Javob: Oyiga 5-6 mln topsam kerak.

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

12 Nov, 19:24


У тебя новый анонимный вопрос:

Komentni o'zi oqiysizmi? Sizni javob qaytarmasligizni ko'rib yozmay ketadigan bolibman

Javob: 100 foiz o'qiyman. Biror kishiga javob qaytarsangiz, hammaga javob qaytarishga to'g'di keladi. Shuning uchun javob qaytarish amaliyoti deyarli yo'q.

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

12 Nov, 19:10


У тебя новый анонимный вопрос:

Киши бахтли булиши учун нима мухим рол уйнайди деб хисоблайсиз?

Javob: Ko'pincha pul. Ba'zida sog'liq.

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

12 Nov, 19:09


У тебя новый анонимный вопрос:

Nashriyot bilan birinchi marta qanday boshlagansizlar ishni? Ular aloqaga chiqqanmi yoki siz?

Javob: Ular aloqaga chiqishgan. Taklif berishgan. Dastlabkisi, yaxshi o'xshagan, keyingilari ham o'xshagan. Shu bilan qadrdon bo'p ketdik.

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

12 Nov, 19:09


У тебя новый анонимный вопрос:

Chet elda oʻqish niyatiz boʻganmi.Nega shuncha imkoniyatiz bolib turib ketmagansiz?

Javob: til bilmaslik sabab, qiziqish ham yo'q

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

12 Nov, 19:08


У тебя новый анонимный вопрос:

Milliy sertifikatning noyabrdagi natijalari bekor bo'lishi ham mumkinmi?

Javob: yo'q

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

12 Nov, 18:58


У тебя новый анонимный вопрос:

Bahorda bo'ladigan Milliy sertifikat imtihonida katta o'zgarishlar kutilayotgani rostmi?

Javob: Ha, boshqacha bo'ladi.

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

12 Nov, 18:57


У тебя новый анонимный вопрос:

Nimadan qo’rqasiz ? Eng katta qo’rquviz nima?

Javob: Yuzaki qaraganda pulsiz qolishdan. Chuqur qaraganda yaxshi turmush o'rtoq uchramasligidan.

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

12 Nov, 18:57


У тебя новый анонимный вопрос:

Shedevr testlar kitobining 3-qismi yaqin orada chiqadimi? Yo'q bo'lsa shuni tezlashtira olasizmi juda kerak edi😭

Javob: chiqadi. Hozir shuni tahrirlayapman. Mavsumi kelguncha chiqadi.

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

12 Nov, 18:56


У тебя новый анонимный вопрос:

Давронбек В+ёки А даража олиш учун нечта тест ишлаш керак?

Javob: Oldindan bir narsa deb bolmaydi.

3 ta xato - A daraja.
4-6 ta xato - B+ daraja
7-10 xato B daraja bo'lishi mumkin. Bu taxmin xolos

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

12 Nov, 18:55


У тебя новый анонимный вопрос:

Futbol koʻrasizmi. Kimga muxlislik qilasiz Barcaleno yoki Realme?🤣

Javob: Avvallari ko'rardim. Ranaldo Realdaligida unga muxlislik qilganman. Undan ketganidan keyin futbol ko'rishni yig'ishtirganman.

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

12 Nov, 18:54


У тебя новый анонимный вопрос:

Assalomu alaykum ustoz.Dekabrda boʻladigan imtihon qiyin boʻladimi?

Javob: ha, biroz

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

12 Nov, 18:53


У тебя новый анонимный вопрос:

Nima uchun ko'r-ko'rona adolatsizliklarga aholi o'rganib qolgan, och qornim tinch qulog'im deb o'tirishni afzal ko'rishadi. Tepadagilar qancha bosim qilsa ham ko'nishaveradi, haqqini talab qilmaydi? Yoki SSSR dan qolgan tuzumning asoratlarimi? Axir, xalq norozilik namoyishi ham o'tkazishi mumkin-ku!

Javob: norozilik o'tkazish yechim emas. Yaxshi niyatda boshlanadigan norozlik provakatsiya natijasida mohiyati boshqa tomonga buriladi. Natijada qon to'kiladi. Bunga vaqt kerak. Avlod almashishi lozim.

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

12 Nov, 18:52


У тебя новый анонимный вопрос:

Diniy kitob mutolaa qilasizmi?!

Javob: Shu kitobdagi mazmunni ma'ruzlar orqali eshitaman.

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

12 Nov, 18:51


У тебя новый анонимный вопрос:

Milliy sertifikat kitobingizni xarid qilmoqchi edim,nechta nashrdan chiqqan,qaysini olsam boʻladi???

Javob: Istalgan do'kondan olsngiz bo'ladi. Bitta nashr xolos.

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

12 Nov, 18:51


У тебя новый анонимный вопрос:

Nafsni yengish borasida qanday tavsiyalar berolasiz?

Uni tafakkur bilangina yenga olasiz.

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

11 Nov, 14:03


Men uchun dunyoda uchta haqiqat bor:

Men
Men
Men)

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

11 Nov, 13:51


Bitta Bitcoinim bo'lganda yo'q demasdim. 82 ming dollarga chiqibdi.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

11 Nov, 13:31


Bitta ajib musiqa topvoldim.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

11 Nov, 13:20


Menam shunaqa kuyov bo'laman)

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

11 Nov, 08:16


Hamma asabbuzaliklarga barham berdim. Hammasidan qutildim. Meni chalg'ituvchi barcha narsalarga qo'l siltadim.

Endi ko'nglim sal taskin topdi.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

11 Nov, 07:44


Mashinamni sotvordim😔

BYD song plus champion olamiz, nasib qilsa. Duo qilinglar, maqsadimizga yetkazsin.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

09 Nov, 17:21


Yoningda turib bera oladigan odamlar kam. Hamma aravani
har tomonga tortadi.

Shu kunlarda manfaatlarimni bir sarhisob qilib chiqmoqchiman. Yelkadoshlarni qoldirib, qolgan barcha kishidan uzoqlashmoqchiman.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

09 Nov, 14:58


Bunaqa ijrolarni eshitsang bormi...

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

09 Nov, 08:14


Qalbim yumshoqligi erkinlik bergan bo'lsa, qahrim qattiqligi bu erkinlikni maydalab tashlaydi.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

09 Nov, 06:48


Miloddan avvalgi asrlardan yashagan Gippokrat XXI asrda yashaydigan odamlarning temperamentini belgilab ketibdi🤣

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

09 Nov, 06:43


Siz qaysi biriga kirar ekansiz?!

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

08 Nov, 08:21


Bir oyning smslari yig'ilib endi keldi. Gazeta o'qigandek his qilyapman o'zimni.

Sim kartamning ham tomi ketib qolyaptimi yo Mobi uz kompaniyasida texnik muammomi - bilmadim.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

07 Nov, 19:01


Bugun bir yil to'ldi.

Seni yaxshi ko'raman, hayotimning mazmuni!

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

07 Nov, 18:56


U o'limi oldidan eshitgan eng oxirgi taskin gaplari edi.

Laram meni tark etishini tasavvur qilolmayman. O'sha kun tamom bo'lsam kerak.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

07 Nov, 04:53


@mokhi_080 akkauntidagi ishtirokchimiz g'olib bo'ldi.

Roppa-rossa 3000-obunachimiz bo'ldi.
@Mokhi_080 commentga karta raqam tashlang, sizni mukofotlaymiz.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

07 Nov, 04:42


Kanalimizning 3000-a'zosiga sovg'a bor)

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

07 Nov, 04:41


Sening cho'ntagingga xo'jayinlik qilayotgan inson yo juda qashshoq yoki hasadgo'y.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

06 Nov, 19:22


***
Do'ppimni yerga qo'yib o'yladim obdon,
Dunyo menga kerakmi? yo men dunyoga?
Suvlaridan icharman qoniqib chandon,
Suvlar menga kerakmi, yo men daryoga?

Oddiylikka intildim, hashamdan qochdim,
Oddiygina sevmadim, cho'kdim qayg'uga.
Muhabbatga bag'rimni keng qilib ochdim,
Sevgi menga kerakmi, yo men tuyg'uga?

Adolat! deb qichqirdim, haqni izladim,
Javob talab qildim har bir so'roqqa.
Azroilga so'zladim, xasta so'zladim,
O'lim menga kerakmi, yo men tuproqqa?

O'tmishga aylanibdi, yoshlik onlarim,
Ketibdi onam bilan birga mozorga.
Boshimdan o'tkazgan, savdo kunlarim,
Savdo menga kerakmi yo men bozorga?

Andishaning otini qo'rqoq qo'ymangiz,
Qo'rqoq bo'lib o'smadim, chiqdim maydonga.
Maddohlikdan qochdim, lek xoin demangiz,
Vatan menga kerakmi, yo men bo'stonga?

Allohim, yolg'izlikda qoldirma meni,
Panohingda tosh otay lanat shaytonga.
Odamlardan so'rayman, tushunmay shuni:
Bashar menga kerakmi, yo men insonga?

05.01.2022

🎤 Ozoda Ashuraliyeva

© Davron Akbar

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

06 Nov, 18:56


Birinchi muhabbatim sensan, to'polon qilaverma)

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

06 Nov, 18:54


Eng katta yolg'on - birinchi muhabbatingni tan olmasligingdir.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

06 Nov, 18:49


Ehhhh, bu hayot ham o'tyapti.

Odam sizlarni sog'indi-ey, obunachilarim. Bormisizlar?

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

31 Oct, 16:38


Ikki narsani yaxshi ko'raman: Zuzu va arab tili. Videoda esa ikkisi birda...

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

30 Oct, 05:43


Allohning va'dasi haq!

@qarashlarim_uz

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

28 Oct, 14:57


Informatsiya - katta kuch. Uni tekinga berib bo'lmaydi.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

27 Oct, 16:41


Dunyoning eng yaxshi odami bo'lmaysanmi, seni yomon ko'radiganlar uchun baribir yomonsan.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

27 Oct, 15:36


Choʻpon bir qoʻzini qoʻysa yoʻqotib,
Lol boʻlmang, oʻzini qoʻysa yoʻqotib,
Xotinin uygʻotib, oʻgʻlin uygʻotib,
Jonvorin izlab qilar tongotar...

Dehqon sigirin sotib qoʻysa yigʻlaydi,
Uyalib, haftalab uydan chiqmaydi,
Toʻpori koʻngliga qil ham sigʻmaydi,
Gavhar yoʻqotgandek qaygʻuga botar.

Dunyoning ishlarin oʻylab bosh qotar:
Mudom tushunganlar koʻkka tosh otar,
Sotmaydi yurtini biror otboqar,
Sotsa zerikkandan "Ziyoli" sotar!

© Muhammad Yusuf

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

27 Oct, 08:12


"Lolazor" ga hozirgi kunning eng yaxshi shoiri Usmon Azim kelibdi.

Sekin ko'rib qo'yaverish kerak.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

27 Oct, 04:42


Mushugimga qarab "meow" desam, mushugim menga qarab "dal***ob" bo'p qoldingmi deyapti)

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

26 Oct, 17:28


Shahidlar har davrda bo'lgan. Oxirgi yillarda esa shahidlar misli ko'rilmagan darajada ko'p bo'ldi.

Men nega do'zax yaratilganiga hech tushunmasdim, endi tushunyapman, tushunyapman, tushunyapman. Unga munosib odamlar bor. 😭😭😭

Biz jannat odamlarimiz, ishoning, biz jannatiylarmiz. Biz zulmga qarab turgan bo'lsak ham, ichimiz zil ketgan. Zil ketgan. Ichimizdan bu zulmga qarshimiz.

Do'zax mana shu zolimlar uchundir. Zolimlar uchun.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

26 Oct, 07:11


Tafakkur qilishga chorlaydi.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

26 Oct, 07:09


"Falonchi ovqatni yaxshi ko'radi", - deyish ham g'iybatdir.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

25 Oct, 17:51


Xotin shunaqa bo'lishi kerak o'zi)

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

25 Oct, 14:24


Shunaqa joylar o'ziga tortaveradi.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

22 Oct, 17:40


Sani stipendiya olgan do'sting)

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

22 Oct, 17:35


Yomon charchadim. Bugun judayam og'ir kun bo'ldi.

Charchoq - ishchanlikka zarba beradigan eng katta xavf.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

20 Oct, 12:11


Qullar qulligini bilmasa, ular hech qachon ozodlik, erkinlik tomon qochishmaydi. Demak, birlamchi masala: ularga qul ekanini anglatmaslik zarur.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

18 Oct, 19:10


Ular uxlab yotgan kuchga hujum qilishyapti. To'xtang! Dushman hali ham uxlab yotgan kuchga hujum qilayotganini anglagani yo'q. U uyg'onadi, tanasidagi har bir o'q uchun qasos oladi. U hozir uxlayapti, u hozir g'aflatda.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

15 Oct, 17:07


Сардор Умрзоқов Бобур Мирзо қабри устида Қуръон тиловат қилмоқда

“Сизларга тинчлик, омонлик бўлсин” Умрзоқов Афғонда Бобур сағанаси устида ўқиган Зумар сурасида шундай сўзлар бор.

Ушбу воқеа 2020 йилда Умрзоқовни роса танқид қилиб юрган вақтларимизда рўй берган экан. Негадир шу йили у Х тармоғида пайдо бўлди. Қизиқ.

Видеони "Х" ижтимоий тармоғидаги шахсий саҳифасига афғонистонлик давлат арбоби Муҳаммад Жавад Амири (Mohammad Jawad Amiri) жойлаган.

Умрзоқов кўринмай қолди. Баъзи сиёсий фигураларни кузатиб танқидий -таҳлил қилиб турмаса одам зерикади.

@anora_sodiq

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

11 Oct, 17:43


Doxxim

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

10 Oct, 12:07


Shu rasmdagi universitetlar ro'yxati va uning qaysi davlatning universiteti ekani bir xulosani yuzaga keltiradi: qaysi davlatda OTMlar kuchli bo'lsa, o'sha davlatlar qudratli bo'ladi.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

08 Oct, 11:50


Dal*ayoblik)

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

07 Oct, 13:54


Kanal ham huvillab qopti-ku...

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

30 Sep, 17:45


Zuzu❤️

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

29 Sep, 04:10


Qizaloq, ular hammasiga javob berishadi. Yuzingdagi chandiqlar Allohning izni ila tuzaladi, lekin zulm kechirilmaydi, uni to'g'rilab bo'lmaydi.

Shunchaki, bu dunyoda yashab ber bo'ldi, qolgani faqat sening foydangga ishlaydi.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

28 Sep, 03:52


It - vafo...

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

27 Sep, 14:07


Ey xudoyim, agar gunohlarim ko'p bo'lsa, uni do'stlarimga ham bo'lib ber🤲)

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

26 Sep, 03:28


Katta ammam kichik ammamning tug'ilgan kuniga mashina sovg'a qildi.

Shunday opalar ko'paysin.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

26 Sep, 03:21


Dunyoda hammaning o'z aurasi bor. Odamlar esa bir-biri bilan manfaat yuzasidan muomola-munosabat qiladi.

Sening foydang tegmay qolganida uzoqlashishlari juda normal va tabiiy jarayon. Siqilib yurishga hojat yo'q.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

25 Sep, 17:36


Biz ishq ichra bir yongan edik...

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

25 Sep, 07:19


Ular bir-birini ko'rmoqlik ilinjida har tun oyga termular edilar.

Hamon termulishmoqda.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

25 Sep, 02:53


Darvoqe, oyoq va bosh urushib qolsa, nima bo'lishi haqida)

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

25 Sep, 02:51


Bu bola kattalar belgilab bergan qonunga amal qilgani uchun chopildi.

Xonlar zamoni, beklar zamoni, to'ralar zamoni.

@meningcha_blog

Davron Akbar ( anomal fikrlar )

24 Sep, 06:13


"Kungfu panda" multfilmidagi Taylunga adolatsizlik qilinganini bilgan kuning ulg'aygan hisoblanasan.

@meningcha_blog

3,899

subscribers

934

photos

598

videos