Pediatr Nur Olimovna @pediatr_nur Channel on Telegram

Pediatr Nur Olimovna

@pediatr_nur


Bu kanal bir o'zbek pediatr shifokori va talabalar ustozi bo'lgan Nur Olimovnaning bola tarbiyasiga va ustozlik hayotiga oid tajriba va saboqlari ulashilishi uchun ochildi.

YouTube kanal - https://www.youtube.com/@pediatrnurolimovna1723

Pediatr Nur Olimovna (Uzbek)

Pediatr Nur Olimovna kanali O'zbekistonning mashhur pediatr shifokorlari dan biri bo'lgan Nur Olimovna tomonidan yaratilgan kanaldir. Bu kanalda bola tarbiyasi va pediatrik so'rovnoma bo'yicha foydali maslahatlar va ko'rsatmalar bilan eng yangi ma'lumotlar foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Nur Olimovna bir necha yillik tajriba va bilimga ega bo'lib, ota-onalar uchun foydali tavsiyalar beradi. Kanalda, uni o'qib chiqqan talabalariga va shifokor bo'lib qiziqqan insonlariga xizmat qilish maqsadida, uning YouTube kanali ham mavjud. Ushbu YouTube kanalida, Pediatr Nur Olimovna ularning barcha savollari va muammolari bilan yuzlashishlari uchun video darslar tayyorlaydi. Agar siz ham bola tarbiyasi va sog'liqni muhim hisoblaysiz, vaqtini bo'sh yo'qlamasdan foydali ma'lumotlar olishni istasangiz, Pediatr Nur Olimovna kanali siz uchun ideal platforma bo'ladi. Siz ham uni kuzatib boring va yangi bilimlar oling!

Pediatr Nur Olimovna

06 Jan, 15:25


Метапневмовирус: бу нима, белгилари, давоси ва профилактика

Метапневмовирус (hMPV) – бу вирус, ўзига хос "чақирилмаган меҳмон", деб айтсак, хато бўлмайди. "Мен бу ерда узоқ турмайман, лекин мен ҳақимда ҳеч қачон унутмайсиз," дегандек иш тутади. Уни 2001 йилда Голландия олимлари топишган, лекин у аслида 1950-йиллардан бери "махфий агент" сифатида одамларнинг ҳаётига "кирган". Метапневмовирус нафас йўллари инфекциясини келтириб чиқаради ва асосан болалар, қариялар ва "иммунитетни тўғрилашда адашганлар"ни йўқлайди.

Эпидемиология

Кимлар хавф остида?
Бу вирус – чақирилмаган меҳмон: қаерда кутишмаса, ўша ерда пайдо бўлади. Унинг "севимлилари":

5 ёшгача бўлган чақалоқлар (бу вируснинг асосий фан-клуби);

65 ёшдан катта қариялар (қариси қ...);

иммунитети паст, сурункали нафас йўллари касалликлари борлар (вирус "қачон ва қаерга зарба беришни" билади).


Қачон ва қандай тарқалади?
Бу вирус қишда ўзига хос "қишки гастроль" ўтказади. У ҳаво-томчи йўли орқали тарқалади: бир киши йўталса, вирус "парашют" қилиб, бошқаларга "қўниб олади".


Белгилари: "Метапневмовирусдан салом!"

Метапневмовирус – таниқли "маскировка устаси". Унинг белгилари оддий шамоллашга ўхшаш бўлиши мумкин, лекин вирус ўз "коктейлига" бироз "искринка" қўшади:

Шамоллашнинг классикаси: йўтал, бурун битиши, томоқ оғриғи, қувватсизлик.

"Апгрейд" қилинган вирус: ҳарорат кўтарилиши, нафас олиш қийинлиги, баъзан “гармошка”дек овоз чиқиш: нафас олиш ва чиқариш пайти ғалати овозлар чиқарилади.

Чақалоқларда ва қарияларда бронхиолит ёки пневмонияга олиб келиши мумкин.

Қандай қилиб аниқланади?

Метапневмовирусни "кўз билан" аниқлаш қийин. Уни топиш учун махсус "қуроллар" керак:

1. ПЦР-тест: вирусни молекуласигача "ушлайди".


2. Антиген тестлари: вирусни "қўлга олишда" тезкор ёрдамчи.


Қандай қилиб даволанади?


Метапневмовирусга қарши махсус "қурол" йўқ. Лекин аломатларни енгиш мумкин:


Кўпроқ сув ва дам олиш: лимонли чой, оддий алеяло ва камроқ стресс – идеал комбо.

Ҳароратни тушириш: ҳарорат кўтарилганда, парацетамол ёки ибупрофен.

Профилактика: "Йўқ, вирус, мен сени уйга қўймайман!"

Метапневмовирусга қарши вакцина ҳозирча йўқ, лекин уни четлаб ўтиш мумкин:

1. Қўлларни совун билан ювинг: вирус "тоза одамларни" ёқтирмайди.


2. Масофа сақланг: йўталадиган қўшниларингиз билан "онлайн" мулоқот қилинг.


3. Иммунитетни мустаҳкамланг: кўпроқ мева-сабзавот, тоза ҳаво ва тинчлик (вирус сиздан кучли иммунитетни "хазар қилгани" учун узоқлашади).



Энди сиз метапневмовирус ҳақида маълумотга эгасиз – бу "ҳайратланарли меҳмон"ни кўришдан қочиш имконияти катта!


@dohtirblog

Pediatr Nur Olimovna

30 Dec, 13:57


Qani edi yangi yil dasturxoni bolalarni kasal qilmasa...

Assalomu alaykum qadrli obunachilar, ota-onalar!
Ko'chaga chiqib insonlarning oziq-ovqat olishayotganini ko'rib yoqa ushladim.

Bizning kichkina tumanda shuncha odam bormi? deb o'yladim, tort va pishiriq, salat sotayotganlarning qo'li-qo'liga tegmaydi.

Ana bu tort ko'zimga ko’ngil aynishidan qiynalayotgan bolani eslatyapti. Mana bu salat qornini changallayotgan qizchani eslatyapti. Kola, fanta, sharbatlar esa tomog'i og'rib istimalab yotgan aka-ukalarni eslatyapti.

Yomon gumon qilish niyatim yo'q, lekin kimdir tekshirib ko'rishni xohlasa, solishtirib ko'rsin, shifoxonaga murojaat qiluvchi bolalar soni yangi yildan so'ng qanchalik oshar ekan!

O'zi shifoxonalar, poliklinikalar bemor bolalarga to'lgan, yana shikoyatlar, navbatlar bo'lish ehtimolining foizi baland.

Balki uyda o'zingiz pishirarsiz, sifatsiz ovqatlar yeyishdan ehtiyot bo'larsiz, lekin bolalarning bir xil tartibga o'rgangan tanasi bunday o'zgarishlarga albatta javob reaksiyasi berishi aniq.

Azizlar, oilaviy bayramning bo'lishi yaxshi, lekin yog'li va shirin mahsulotlarni aralashtirmang.
Hamma taomni birdaniga dasturxonga qo'ymang.

Buvilar, bobolar, tog'alar, dadalar mehringiz jo'sh urib go'daklarga ularga mumkin bo'lmagan taomlarni ilinmang.

Sizdan iltimos, mehmon chaqirish va mehmonga borishni bayramdan 1 hafta ortga suring, toki bola organizmi moslashib olsin.

Bolalarni nazoratsiz qoldirmang, ularning tashqarida kiygan kiyimlariga e'tibor bering.

Sizlarga salomatlik tilab,

Pediatr Nur Olimovna

Pediatr Nur Olimovna

21 Dec, 10:50


Buvilar hivchin bilan urganda...

Assalomu alaykum qadrli obunachilar.

Bugun ingliz tili darsida bir mashur ayolning yoshligida buvisi urganini tahlil qildik. Shunda, ustoz mening fikrimni so'radi, men ba'zan urish foydali dedim va "Pediatr urish kerak deyapti, demak foydali ekan" deb kuldi.

Men ham buviman, lekin buvimning chap qo'lim bilan taom yeganimda qo'limga urganini hech unutmayman.

Hozirda 75 yoshli onam o'z buvisi qo'shni daladan makkajo’xori o'g'irlaganda toki, uni egasiga olib borib bermaguncha oyog'iga hivchin bilan urib borganini aslo unutmaydi.

Ukasini ayni shomda uzoqqa olib ketib, havotir olgan buvisidan hivchin yegan qizim...

Qattiq ovozda kulgani uchun o'z buvisidan hivchin "yegan" yana bir qadrdonimning hotiralari..

Ha, bunday tarbiya vaqtida albatta hivchin bilan urishgan. Lekin bola qochgan va buvilar yugura olmagani uchun hivchin bir-ikki tekkan, lekin bu jazo ularning bir umr esda qolishiga sabab bo'ladi

Buvilar eng mehribon, halollik tarafdori bo'lgan, ular hech qachon shapaloq urishmagan, daraxt novdasi bilan urishgan, shuning uchun nabiralar qalbida shu jazo ham iliq hotiralaraga sabab bo'ladi, shunday emasmi?

Siz nima deb o'ylaysiz? Oramizda kimdandir 'hivchin" bilan jazolanganlar bormi?

Hurmat bilan,

Pediatr Nur Olimovna

Pediatr Nur Olimovna

16 Dec, 17:58


Marhamat, so’rovnomani to’ldiring. Vaqtingiz uchun rahmat.

https://forms.gle/Cs46Gx3WZedaysqHA

Pediatr Nur Olimovna

16 Dec, 17:57


Online xarid onalar uchun qanchalik qulay?

Assalomu alaykum qadrli obunachilar.

Oilalarga online savdo kirib kelishi bilan onalar juda ko'p yengilliklarga ega bo'lmoqda. Bolalar bilan savdo do'konlarga borib o'g'ir sumkalarni ko'tarib kelish qanchalik qiyin.

Online savdo orqali bolalar kiyimi, bolalar o'yinchog'i, hattoki bolalar uchun kitoblarni ham topish va tanlash mumkin.

Quyidagi anketa orqali oilalar, homiladorlar, bolali ayollar, bolalar uchun nimalar muhimligini bilmoqchiman.

Albatta bu ham kelajakda aynan sizlarga manfaat olib kelish uchun boshlangan qadamlardan biri.

Hullas, Pediatrlar ham savdo-sotiqqa oid ilmiy loihalarga sherik bo'lishi mumkin ekan 🙂

Hurmat bilan,

Pediatr Nur Olimovna

Pediatr Nur Olimovna

12 Dec, 10:16


https://t.me/+tB_wVQgJ96A2M2U6

Pediatr Nur Olimovna

12 Dec, 10:16


Bolani chiniqtirish nega kerak?

Assalomu alaykum qadrli obunachilar. O'zingizga ma'lum,
kecha yosh onalardan biri bilan suhbat o'tkazdim.
Mana shu suhbatning audiosini sizga havola qilmoqdaman.
Marhamat o'rganib manfaat oling.
Hurmat bilan Pediatr Nur Olimovna

Pediatr Nur Olimovna

06 Dec, 07:24


Shoshilish hissi

O’zbekistonda 25 yoshgacha bo’lgan aholi soni: 14,2 million

Norvegiya, Finlyandiya, Estoniya, Latviya. Bu 4 ta davlat jami aholisi 14,2 million

Siz 20-25 yoshdasiz: raqobatni his qilyapsizmi?

Kelajagingiz haqida qayg’urish vaqti allaqachon kelgan


Shoshilish zarur!

Iqtisodiy raqobatda yutib chiqishning sinalgan va eng samarali usuli bu bilim olish orqali.

Jamiyat uchun kerakli bilimlar o’rganish uchun birinchi qadam bu til o’rganish.

Faqat o’zbek tilidagi ma’lumotlar bilan raqobatda ishtirok etish qiyin, azizlar!

Til o’rganish bu safarning boshi, manzil emas.


Bek Olimjon
06.12.24
Oslo, Norvegiya

Pediatr Nur Olimovna

03 Dec, 10:20


🎉 🎁 0 YOSHDAN 6 YOSHGACHA ONALAR UCHUN MAXSUS 2 KATTA SOVG'A

1. Bolada rivojlanish bosqichlari haqida bilasizmi? ▶️
- 0 yoshdan 6 yoshgacha qanday muhim davrlar mavjud va bu o'rinda onaning roli qanday? 🍼
- 6 yoshdan 12 yoshgacha qanday muhim ko'nikmalarni shakllantirish kerak? 👶
- 12 yoshdan 18 yoshgacha bolalar nimani istaydi va qanday munosabat kutishadi? 👦
- 18 yoshdan 24 yoshgacha bo'lgan davrda ota-onaning roli? 👨

Shu mavzularni to'liq yoritib berish uchun, maxsus 30 daqiqalik video tayyorlaganmiz, videoni ko'rish uchun quyidagi havolaga o'ting:

📹Youtube uchun havola: Videoni ko'rish

2. 100+ Rivojlantiruvchi O'yinlar, Amaliy Mashg'ulotlar va O'yinchoqlar
0 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan davrdagi bolalar 100 dan ortiq Montessori tizimiga asoslangan O'ZBEK TILIDAGI eng katta amaliy mashg'ulot va rivojlantiruvchi o'yinlar to'plami. To'plam Montessori ekspertlari tomonidan ishlab chiqildi.

🔗 Faylni ko'chirib olish uchun havola: Qo'llanma ega bo'lish uchun bosing!

Do'stlaringizga ulashish va obuna bo'lish esdan chiqmasin, shu orqali biz qilayotgan ishlarni yanada davomli bo'lishiga sababchi bo'lasiz ⬇️

@bambini_rasmiy

Pediatr Nur Olimovna

02 Dec, 07:42


Farzand ko'rish o'yinchoqmi?

(2-qism) | (1-qism)

Assalomu alaykum qadrli obunachilar. Farzand ko'rib uni parvarish qilishni bilmaslik va bu borada ilm olishga qiziqmaslik turgan bitgani gumrohlik emasmi?

Nima qilsak yosh ota-onalar bolalarini o'yinchoq qilishmaydi? Nima qilsak ularni omonat ekanligini anglashadi? Quyida bolalarga bo'lgan ota-onalarning ilmsiz munosabatidan misollar aytaman.

Kecha bir ayol 3 yoshli qizchaning qo'rqoqligidan shikoyat qildi. Bolaga qo'pol gapirasizlarmi? - desam, qaynonasi bolani hozirdan bo'ysundirib olish kerak, deb onaning yaxshi gapirishga, uni bag'riga bosishiga qarshilik qilishini aytdi. Bu borada kelinning o'z fikri yo'qmi?

Yana bir bo'lgan voqea, Ikki yoshli o'g'il bolaning 20 yoshli dadasi uning erkak qilib tarbiyalash uchun ariqqa irg'itib yuborgan, natijada bola duduq bo'lib qolgan.

Yoki 8 yoshli bola onasining yoniga kelgan amaki ketguncha qishda ko'chada o'ynab turishga majbur bo'lgan voqea...

Sovuq suvga tushib ketgan bolaning onasi shamollashning oldini olish uchun parasetamol bergani va tana harorati tushib ketgani haqidagi voqea…

Shu kunlarda hayoti, sog'ligi bevosita xavf ostida qolgan bolalar ota-onasidan olib qo'yilishi haqidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Mazkur qonun 2025 yil 15 маydan kuchga kiradi.

Qonun doirasidagi cheklovlar sabab ota-onalar farzandni o'yinchoq qilishmaydi endi degan umiddaman.

Shu vaqtgacha siz ham shunday bola bilan sodir bo'lgan ota-ona, yaqinlari tomonida sodir etilgan havflarning guvohi bo'lganmisiz?

Hurmat bilan,
Pediatr Nur Olimovna

Pediatr Nur Olimovna

23 Nov, 12:43


2025-yilga 39 kun qoldi.

Assalomu alaykum qadrli obunachilar. Mana 2025 yilga ham hech qancha qolmadi.
Keling sarhisob qilaylik, bu yilda nima yaxshiliklarga, yutuqlarga duch keldingiz?

Yoki, siz uchun bu yil ancha tashvishli keldimi? O'zingizni, farzandlaringizning tarbiyasi borasida qanchalik izlandingiz?

Nimalarga ulgurmay qoldingiz?
2025 yilda siz qanday maqsadlarni reja qildingiz yoki endi rejalashtiryapsiz?

Bolajonlaringiz erishgan yutuqlarni sanab o'ting. Birinchi bor "ona" dedimi yoki o'smir farzandingiz hulqida ajoyib burilish bo'ldimi?

Qanday xatolarni 2025-yilda qilmagan bo'lar edingiz?

Marhamat fikringizni yozib yuboring, bu menga qiziq!

Hurmat bilan,
Pediatr Nur Olimovna

Pediatr Nur Olimovna

20 Nov, 14:37


Dadamiz hotirasiga

Assalomu alaykum qadrli obunachilar!

O'zingizga ma'lum otam Toshboyev Olim Soxibovich professor ustoz va ajoyib pediatr edilar. Har safar dadamga ko'ringan insonlar bilan suhbatlashar ekanman, ular bolalarimizni ko'rishdan oldin ularga pul berishini aytishar edi.

Dadamiz bemor bolalarga, ularning onalariga pul berar ekanlar, bolalar hatto ulg'aygach ham "duxtir tog'a" deb eslashar ekan.
O'ylanib qoldim, faqat oylikka yashagan dadamning puli ko'p emas edi, qanday qilib hammaga pul ulashish mumkin.
Demak, cho'ntagidagi bor pulini ulashar ekanlarda, yoki Alloh pullariga baraka berar ekanda..

Ko'cha supuruvchilar, talabalar, farroshlar, qo'shnilar, kim bo'lsa bizga pul berar edi, deyishadi.
O'ylab qolaman, saxiylik borasida biz qanchalikmiz?

Qator mayda bolalari bor onaga qog'ozni to'ldirib retsep yozish davomida qaysi pulga olar ekan, deb o'ylaymizmi?

Yoki mo'ltirab turgan bemor bolalar umr bo'yi eslab qolishi uchun nimadir qilish haqida o'ylaganmizmi?

Oylik oz, harajatim ko'p deyishimiz mumkin, lekin bolalarini olib kelgan onaning ichki kechinmalarini ham tushunishga harakat qilish qanday yaxshi.

Otamiz doimo ikki yoshgacha bo'lgan nafaqani hammaga berish kerakligi va maktabda bepul tolmachoy ( avvallari boshlang'ich sinflarga choy va saryog' surtilgan non berilardi) berishni yo'lga qo'yish kerakligini ko'p aytar edilar.

Otamizning ohirati obod bo'lsin, hatto foniy dunyoda bo'lsalar ham bizga saboq bermoqdalar..

Pediatr Nur Olimovna

Pediatr Nur Olimovna

15 Nov, 10:13


Ota-onalik qanchalik go'zal

Assalomu alaykum qadrli obunachilar.

Farzand tarbiyasi bilan mashg'ul bo'lganingizda, siz unga mehr ko'rsatganingizda qanchadan qancha savoblarga erishayotganingizni bilsangiz edi. Oiladagi yemoq-ichmoq olib kelayotgan otalar ularga berayotgan nafaqangiz ortida qanchalar baraka borligini anglasangiz edi.

Farzandlarining betobligidagi har bir bedor tunlaringiz, bergan oq sutiningiz savoblari qanchalik og'ir tosh bosishini o'ylaganmisiz…

Bolaga o'rgatgan har bir harf har bir odob, shukronalik sizning gunohlaringizni "duv-duv" to'kilishiga sabab bo'lishini tafakkur qilganmisiz…

Qani edi, bandasi o'zi qilayotgan amallarining natijasini his qila olganda…

Men bir ayolni bilaman, unga farzandlari 4-5 yoshligida saraton tashxisi qo'yilgan, o'shanda unga 1 yil umri qolganini aytishgan. Turmush o’rtog’i ichkilikka berilgan va farzandlariga e'tiborsiz edi.

Ayol, farzandlarining tarbiyasiga, ilmiga, ta'minotiga ma'sul edi, u o'zini unutdi, u jiddu - jahd bilan farzandlari uchun kurashdi, Allohdan ular oyoqqa turguncha jonini olmaslikni yolvordi.

Hozirda har ikki farzandi ham oliy ma'lumotli, tarbiyali, sog'lom.
Ona esa hamon yashayapti, ne mo'jizaki, kasallik zo'raygani yo'q.

U endi, Allohdan "to'ylarini ko'ray" deb so'rayapti va u YASHAMOQDA!

Tafakkurga chorlab,
Pediatr Nur Olimovna

Pediatr Nur Olimovna

09 Nov, 08:32


Семизлик

Бугун семизлик ҳақида сўзлашмоқчиман, лекин фэтшейминг нуқтаи назаридан эмас, балки соғлиқ нуқтаи назаридан. Ўзимда ҳам семизлик бор десаям бўлади, чунки 181см бўйда 94 кг масса бор, бунинг қандайлигини ва бу ҳолат жисмоний ҳамда маънавий ҳолатга қандай таъсир қилишини биламан.

Дунё бўйлаб семизлик тарқалиши 1975 йилдан 2016 йилгача 3 марта ошган. 2016 йилда катталарнинг 13% семизликдан, 39% эса ортиқча вазндан азият чекар эди.

Медицинани нуқтаи назаридан семизлик нима эканлигини аниқлайлик: бу бадан массаси индекси 30 ва ундан юқори бўлган ҳолат. Абдоминал семизлик эса бел айланаси 94 см ёки ундан юқори бўлганда (эркаклар учун) ва 80 см ёки ундан юқори бўлганда (аёллар учун) қўйилади.

Ҳозирги вақтда семизликнинг турли босқичлари мавжуд, улар бирга келадиган касалликларнинг мавжудлиги ёки йўқлигига қараб аниқланади. Семизлик билан боғлиқ касалликларга қандли диабет 2 тури, метаболик жигарнинг ёғ касаллиги, уйқуда нафас обструктив қисилиши ёки тўхташи(апноэ) синдроми киради.

❗️Муҳим! Мен семизлик ёмон демоқчи эмасман, балки семизлик кўплаб касалликлар билан боғлиқлигини таъкидламоқчиман.

Семизлик артериал гипертензия, юрак ишемик касаллиги хавфини оширади, шунингдек, айтиш керак, юрак-қон томир касалликлари ўлим сабабларида биринчи ўринда туради 💔 Семизлик кўкрак бези, йўғон ичак, тухумдон, ошқозон ости бези ва бошқа турдаги саратонлар билан боғлиқлиги ҳақида кўплаб маълумотлар бор. Семизлик ревматоид артрит, псориаз ва Крон касаллиги ҳамда инфекцион касалликларнинг кечишини оғирлаштиради. Абдоминал ёғ тўпланиши сабабли семизлиги бор беморларда диафрагма ҳаракати ва ўпка вентиляцияси камаяди, бу уларни ўпка яллиғланиши каби касалликларга мойил қилади 🫁.

Ковид вақтида семизликка чалинган беморларда оғирроқ кечиш кузатилган. Тадқиқотлар натижасида ИМТ>30 бўлган одамлар нормал ИМТга эга одамларга қараганда ўпка яллиғланиши хавфи 1,33 марта, морбид семизликка чалинганларда эса 4,6 марта кўпроқ экани кўрсатилган. ИМТнинг ўсиши ретроспектив тадқиқотларда сунъий нафас олдириш воситаларидан фойдаланиш эҳтиёжи ва интенсив терапия бўлимларига ётқизилиш частотаси билан корреляция қилган.

Семизликни давоси бор
📍 Биринчиси, мажбурий ва доимий босқич — ҳаёт тарзини ўзгартириш: жисмоний фаоллик (ҳафтада камида 150 дақиқа аэроб жисмоний фаоллик) ва овқатланишни нормаллаштириш.

Бундан ташқари, МДҲ давлатларида семизликни даволаш учун рўйхатдан ўтган 3 препарат мавжуд, уларни ИМТ ≥ 30 кг/м2 ёки ИМТ ≥27 кг/м2 бўлганида хавф омиллари ва/ёки қўшимча касалликлар мавжуд бўлганда қўллаш мумкин.

1️⃣ Орлистат — озиқ-овқатдан тушадиган ёғларни парчаланиши ва кейинги сўрилишини олдини олади (тахминан 30%), энергия танқислигини яратиб, вазнни камайтиради. Ошқозон-ичакда фаолият кўрсатади, тизимли таъсирга эга эмас.
2️⃣ Сибутрамин — марказий таъсирга эга препарат, марказий нерв тизими синапсларида серотонин, норадреналин ва камроқ даражада дофаминнинг қайта сўрилишини ингибитори, микрокристаллик целлюлоза билан бирга. Тўйинганлик ҳиссини тезлаштиради ва иссиқлик ишлаб чиқаришни оширади, деб ҳисобланади.
3️⃣ Лираглутид ‒ инсон глюкагонга ўхшаш пептид-1 аналоги, қориннинг тўлиш ва тўйинганлик ҳиссини оширади, шу билан бирга очлик ҳиссини камайтиради.

Шу билан бирга, бариатрия операциялари ҳам мавжуд бўлиб, улар 18-60 ёшдаги морбид семизликка чалинган пациентларга консерватив чора-тадбирлар самарасиз бўлганда тавсия этилади.

Лекин булар сеҳрли дорилар эмас, ҳар қандай ҳолатда ҳаёт тарзи, овқатланиш ва фаоллик биринчи ўринда туриши керак ☝️

Шифокорлар, беморларингиз билан овқатланиш ҳақида гапиришни инкор этманг, вақт ажратинг, жисмоний фаоллик, тарелка қоидаси ҳақида тушунтиринг. Агар 10 бемордан 1 нафари ўз ҳаёт тарзини ўзгартирса ва ортиқча вазндан қутулса, шу орқали кўплаб касалликлар хавфини камайтирса — бу муваффақиятдир.


Каналга обуна бўлинг ва танишларингиз билан улашинг!

👇🏻👇🏻👇🏻
ШИФОКОР МАСЛАҲАТИ

Pediatr Nur Olimovna

04 Nov, 07:01


OIV bilan bog'liq hikoya

Assalomu alaykum qadrli obunachilar!

Yaqinda tasodifam bir ayol bilan gaplashib qoldim. Bu ayol 21 yoshli qizini turmushga bergan va u bir yilga qolmay ajrashgan ekan, kamiga 3 oylik chaqalog'i o'gir ahvolda ekan (irsiy kasallik va umr davomiyligi qisqa bo'lgan ko'p sonli nuqsonlar bilan). Dadasi kim desam, hatto nomini ham aytishmadi.

Ayol qizini 15 yoshga kiritibdi, qizi ko'p kasal bo'lar, qoni doim kamayib ketaverar ekan, hullas 15 ga kirganda qizi ko'richak jarrohlik amaliyoti qilinadigan bo'lib qolibdi va OIVga qon topshiribdi. OIV aniqlanibdi, ya'ni 15 yil oldin tug'ruqxonada plazma quyilgan ekan.

Qiz tushkunlikka tushib maktabga ham bormay qo'yibdi, barcha muolajalarni davom ettiribdi. 20 ga kirganda ushbu dardga yo’liqqan bir boladan sovchi kelib, qo’lini so’rabdi.
Qiz ikki dardman bir bo'lib yaxshi yashayman deb o'ylab rozi bo'libdi, lekin to'ydan keyin juda ko'p azoblarga duchor bo'libdi, xulqi yomon kuyov qizni rosa ho'rlabdi va qiz onasinikiga ketib qolibdi. Tug'ilgan farzandi ham nuqson bilan tug’ilibdi, 3 oydan beri shifoxonalarda yashar ekan, afsus otasi umuman habar olmabdi.

Meni ta'sirlantirgan narsa shu bo'ldiki, onasining juda qiyin ahvolga tushgani va stresslardan yosh turib qarib ketgani bo'ldi, qizdagi depressiya shunchalik kuchliki, uning kasalligi avj olishiga sabab bo'lyapti ekan.

Hullas nima demoqchiman, bunday insonlar hayoti boshqa sog’lom bo’lgan insonlar hayoti uchun o'rnak bo'lishi kerakligi va farzandlarimiz kamoli shukronalik tuyg'usini uyg'otishi kerakligini unutmasligimiz kerak. Beayb qurbonlarni doimo qo'llab quvvatlashimiz va ularni hayot uchun ruhlantirishimiz muhimdir.

Hurmat bilan,
Pediatr Nur Olimovna

Pediatr Nur Olimovna

02 Nov, 08:48


Farzand ko'rish o'yinchoqmi?

Assalomu alaykum qadrli obunachilar!
Men farzand ko'rish, uni sog'lom dunyoga keltirish borasida maslahat bersamda, bunday qarorlarni oila doirasiga havola etaman, sababi farzand ko'rishga va ularning ko'p bo'lishiga ko'pchilik qiziqadi.

Lekin yaqinda yonimga bir ayol kelib dardini aytgach, nima deyishni ham bilmay qoldim.
Uning 3 ta qizi bor, 3-qizini dunyoga keltirgach anchagacha tug'ruqdan keyingi depressiyadan aziyat chekdi.

Hozirda qizchasi 6 oylik, sog'lom, ona sutida katta bo'lyapti. Qizcha juda go'zal, aktiv va hursand.
Onaning muammosi shuki, turmush o'rtog'i Koreaga 6 yilga shartnoma qilgan va bir oydan so'ng ketar ekan.

Ayol turmush o'rtog'i shu bir oy ichida homilador bo'lishi va u o'g'il bo'lishi kerakligini aytib doim uni hafa qilayotganini aytdi.

Ular qandaydir inyeksion usullar bilan o'g'il farzand bo'lishini eshitib, 6 oylik qizchani ko'krakdan chiqarishni o'ylashgan va mendan maslahat olishmoqchi edilar.

Men, qizcha ikki yoshgacha emishi kerakligi va bunga u haqli ekanligini aytdim, stresslar bilan emas, hotirjamlik muhimligini tushuntirdim.

Ayol 28 yoshda, qoni kam, oyoqlarida o'rgimchak to'ri kabi vena varikozlari ko'rinib turibdi. U keyingi homiladorlikka unuman tayyor emas, doimo emizgani uchun hali gormonal ham tayyor emas. Ginekologlar sut emizishni to'xtatsang homilador bo'lasan deyishibdi.

Men hamma narsani aytdim, lekin turmush o'rtog'i juda asabiy edi. Bilmadim, Alloh o'zi bilguvchi, lekin majburlab emib turgan bolani sutdan chiqarish menimcha noto'g'ri.

"O’g'il tuqquncha tug'averasan" deb shart qo'ygan inson nega Koreaga ketadi?
Hullas, nima deyishga hayronman, u ayol yana keladi va yana yordam so'raydi.

Azizlar, siz nima maslahat bergan bo'lar edingiz.
Marhamat fikrlaringizni kutib qolaman.

Hurmat bilan,
Pediatr Nur Olimovna

Pediatr Nur Olimovna

31 Oct, 02:18


Assalomu alaykum qadrli onajonlar!
Ushbu taomlar varaqasini chiqarib oling.
Chunki bu yerda hilma-hil mahsulotlar nomi yozilgan. Bolaga 6 oydan so'ng qo'shimcha ovqatlarni qo'shib borish kerak bo'ladi.

Yuqorida bolaning kayfiyat reaksiyalari belgilangan. Ya'ni oz-ozdan qo'shib berib borishda bola yoqtirib qolishi bilan demak belgilar ham o'zgarib boradi.
Bolaga allergenlarni ham oz-ozdan berib o'rgatish kerak, shundagina turli hil asoratlar bo'lmaydi.

Bolaning immunitetini hech qanday dorilar ovqatchalik ko'tara olmaydi. Buning uchun bolaga ovqat pishirib berish kerak. Ayniqsa 6 oydan 1 yoshgacha bo'lgan bolalar oila dasturxonidan ovqat yeya olmaydi, ularga alohida ovqat qilib berish kerak.

Azizlar, unutmang non mahsulotlari 7 oydan, go'sht mahsulotlari 8 oydan beriladi.

Hurmat bilan Pediatr Nur Olimovna

Pediatr Nur Olimovna

25 Oct, 15:33


​​"Shapaloq" kasalligi haqida eshitganmisiz?

Assalomu alaykum qadrli obunachilar! Bolalar orasida ko'p uchrovchi virusli toshmali kasallik "shapaloq " kasalligi deb nomlanadi.

Bu toshmali kasallik Parvovirus B19 tomonidan chaqirilib, engil o'tadi va hech qanday dori darmon talab qilinmaydi.

Kasallik havo tomchi yo'li bilan yuqadi va bolada isitma chiqadi, injiq, ishtahasiz bo'lib qoladi.
24 soatdan so'ng huddi kimdir shapaloq urgandek ikki yuzi qip-qizil bo'lib qoladi, yana bu toshmalar ko'krak qafasiga, qo'l terisiga ham toshadi va 1 haftadan 3 haftagacha davom etishi mumkin.

Lekin toshma toshgach yuqumlilik holati deyarli yo'qoladi. Bu kasallik "beshinchi kasallik" ham deb nomlanadi va kattalarga deyarli kam chiqsada hamma yosh uchun yuqumli bo'lishi mumkin.

Davosi: isitmaga qarshi dorilar va ko'p suyuqlik ichiladi, yahshi parvarish qilinadi.

Agar shunday simptomlar bolangizda uchrasa, havotir olmang, u tez o'tib ketadi va boshqa bolalar bilan muloqotni kamaytirish taqozo etiladi.

Hurmat bilan,
Pediatr Nur Olimovna

Pediatr Nur Olimovna

12 Oct, 06:30


Йўталганда бурунни ювасизми?

💧Бурунни ювиш/чайқаш шамоллаш ва йўтални енгиллаштиришда самарали усуллардан бири ҳисобланади. Шамоллаш пайтида бурун ичида шилимшиқ тўпланиб қолиши мумкин, бу эса нафас олишни қийинлаштиради ва йўтални кучайтиради. Бурунни тузли сув билан чайқаш нафас йўлларини тозалайди, яллиғланишни камайтиради ва йўталдан қутулишга ёрдам беради.

💧Бурун шилимшиғининг томоқ орқасидан оқиб тушиши, яъни постназал оқиш, кўпинча бола ётқизилганда ёки тунги вақтда йўтални кучайтиради. Бурунни тўғри ва мунтазам чайқаш постназал оқишнинг олдини олишда муҳим рол ўйнайди. Чайқаш орқали бурун ичидаги шилимшиқ суюлтирилади, бу унинг ёғилиб тушишини камайтиради ва яллиғланишни камайтиради.

💧Бурунни чайқаш учун махсус тайёрланган тузли эритмалардан фойдаланиш мумкин. Улар дорихоналарда кенг тарқалган бўлиб, назал спрейлар ёки ювувчи эритмалар кўринишида сотилади. Мисол учун, "Аквамарис", "Хьюмер", "Физиомер" ва "Салин" каби препаратлар шилимшиқни самарали тозалайди ва бурунни намлайди.

💧Бурунни чайқаш учун сиз махсус аксессуарлардан фойдаланишингиз мумкин. Махсус чайқаш идишлари, назал ирригаторлар, ва ювувчи баллонлар фойдаланиш учун қулай ва натижани яхшилайди. Улар сув оқимини назорат қилиб, бурун ичидаги шилимшиқни тўлиқ тозалайди. Қолаверса, бурунни чайқаш жараёнида минерал ёки қайнатилган сувдан фойдаланиш тавсия этилади.

💧Чайқашни кун давомида бир неча марта амалга ошириш мумкин, хусусан, эрталаб ва кечқурун. Шунингдек, тўғри тузли эритмани танлаш ва ювишни гигиена қоидаларига риоя қилган ҳолда фойдаланиш жуда муҳим. Бироқ, агар йўтал ёки постназал оқиш жуда кучли бўлса, шифокор билан маслаҳатлашиш зарур. Ушбу усул нафас йўлларини тозалашга ёрдам беради, аммо айрим ҳолларда, самарали даволаш учун қўшимча чоралар керак бўлиши мумкин.

Каналга обуна бўлинг ва танишларингиз билан улашинг!

👇🏻👇🏻👇🏻
ШИФОКОР МАСЛАҲАТИ

Pediatr Nur Olimovna

11 Oct, 08:28


Ona suti o'zidan mahsus hid ajratadi

Assalomu alaykum qadrli obunachilar.
Yana ona suti haqida yozyapman.

Ko'krak bezlarining uchida uni yog'lab va bakteriyalarini o'ldirib turuvchi Montglomer bezlari bor. Qizig'i shuki, bu bez mahsus hid ajratadi va go'dak shu hid orqali onasiga talpinadi. Ba'zi onalarimiz juda o’ziga oro berishni sevishadi va turli hil atir upalarni ishlatishadi.

Birinchidan, yuz kremlari ham teridan sutga so'riladi va bolaga zarar qiladi.

Ikkinchidan kuchli atir hidi bolaning sut hidini topa olmay stressga tushishiga olib keladi. Shuning uchun ba'zi chaqaloqlar onasini "tanimay"qolishadi. Ayniqsa, hozir kiyimlarni hushbo'y qiluvchi moddalar ishlatilib, go'dak kiyimlari yuvilganda o'tkir hid tarqatyapti, bu ham hali takomil etmagan chaqaloq burnini ta'sirlantiradi va u tez-tez aksiradi.

Aziz onalar! Pardoz buyumlaringizning tarkibini bir o'qib qo'ying, kuchli hid tarqatuvchi atir upalardan bir oz vaqtga voz keching.

Ko'krak bezini yuvishda turli balzamlar ishlatmang, tanaga surtiluvchi yog'larni tanlab ishlating.

Aynqsa qish kelib, qalin(puxli) kiyimlar kiyish boshlanadi, chaqaloq bilan birga bo'lganda faqat tabiiy kiyimlar kiying.
Havo namlantirgich ishlatishning vaqti keldi, uy harorati 24 gradus bo'lishiga e'tibor bering.
Uyda tutunlar bo'lmasligi uchun hozirdanoq tayyorgarlik ko'ring.

Hurmat bilan,
Pediatr Nur Olimovna

Pediatr Nur Olimovna

07 Oct, 11:57


​​Emizikli onalarning ovqat ratsioni

Assalomu alaykum qadrli obunachilar. Juda ko'p emizikli onalar nima ovqat yeyish haqida so'rashmoqda. Hatto ba'zi "ajoyib" shifokorlarimiz ona sutini bermay sun'iy sut ichishni tavsiya qilishmoqda.

Jahon Sog'liqni Saqlash tashkiloti onalarning indvidual holatidan kelib chiqqan holda aynan mahsus jadval bermagan, lekin onalar qaysi ovqatlarni yesa o'zi va bolasi salomat bo'lishini aytib o'tgan. Ona bir kunda 4 mahal ovqatlanishi va bir mahal tamaddi qilib olishi kerak.

Ovqatlar kalloriyaga boy va xilma hil bo'lishi kerak.
🥗Meva va sabzavotlar pishirilgan va xom holatda, zangorilari foydali (brokkoli, karam, ismaloq, turp, ko'katlar)
🥩Go'sht: yog'siz va mol, qo'y, tovuq go'shti deyarli har kuni.
🥚Tuxum 2 tadan har kuni.
🐟Baliq bir haftada ikkita marta.
🧀Sut mahsulotlari: qatiq, pishloq, tvorog, brinza, sutli ovqatlar deyarli har kuni.
🌽Dukkaklilar va donlar: mosh, no'xat, loviya, marjimak, suli, perlovka, makkajo'hori, yong'oq, bodom, pista.
🌻O'simlik yog'lari, zaytun yog'i va boshqalar.
🍹Ona bir kunda mineral gazsiz suvdan, sharbat, kompot, kisel kabi ichimliklardan 3 litrgacha ichishi kerak bo'ladi.

Yangi mehmon uchun bu ovqatlarni oz-ozdan qo'shib o'rgatib boring, agar bolaning qorni tez-tez dam bo'lsa ham, har zamonda qo'shavering, toki o'rgansin.

Onaga mumkin emas:
🍩Shirinliklar: pechenye, qand
🧋 Doimo shakari ko'p choylar, kofe, kakao, gazli ichimliklar, konserva mahsulotlari, yarim tayyor ovqatlar, tarkibida sun'iy bo'yoqlar bor ovqatlar
🚬Alkogol va tamaki chekish, va passiv chekish (hamxonasi chekuvchi bo'lishi)

Aziz onalar, eng muhimi ovqatlanish bu - ilm, izlaning, o'qing, shundagina atrofdagilarni ishontira olasiz va shubhalardan nari bo'lasiz, eng muhimi bola uchun ona suti yetarli bo'ladi.

Hurmat bilan,
Pediatr Nur Olimovna

Pediatr Nur Olimovna

04 Oct, 16:08


Menga murojat qilgan qaynonalar yana qaytib kelmayapti

Assalomu alaykum qadrli obunachilar! Negadir bola tarbiyasida o'zlarini mas'ul hisoblab juda parvarish qilishga berilib ketayotgan qaynonalarni juda ko'p uchratyapman.

Kechagina 1 oylik chaqaloq bilan qaynona-kelin kelishdi, bu yerda dadalar doim haydovchi sifatida mashinadan tushmaydi.
Faqat qaynona gapiryapti, kelin indamay turibdi. Hullas qaynona kelinni "ochko'zlik"da ayblab bir dona pomidor yegani uchun bolaning qorni dam bo'lganini aytib "xumoridan chiqdi".

Bola bir oygacha cho'milmabdi, chunki uyda hamma sharoit bo'lsa ham bola shamollab qolarmish.
Qaynona bir oydan beri kelin bilan birga uxlar ekan, chunki "uyquchi" kelinga ishonmas ekan.

Men g'iybatlarni eshitishni bas qilib qaynonani to'xtatdim va kelin bilan gaplashishimni aytdim. Kelinga berayotgan savollarim:

Ertalab nonushtada sutli mahsulotlar yeabsizmi?
Bir kunda go'sht va tuxum qancha yeabsiz?
Mevalar va sabzavotlardan salatlar yeabsizmi?
Kundalik vitaminlar va kalsiy ichyapsizmi?
Bir kunda kunduzi necha soat uxlayapsiz?
Bola bilan necha soat birga bo'lyapsiz?


Hullas savollarim tugamasdan qaynonaning sabri tugadi. "Men sizni tuppa tuzuk duxtir debman, boshqa duxtirga boramiz" deb bolani olib chiqib ketdi.

Kelin hayron, men bilan yana gaplashishni xohlasada majbur chiqib ketdi.

Qadrdonlar! Mening fikrim bola parvarishiga yordam berishni tragediyaga aylantirish to'g'ri emas.

Ota-onasiga qo'yib bering, dadalar internetdan bo'lsa ham o'rganib kelinchakka o'rgatar…

Yoki bizga o'xshagan pediatrlardan o'rganar…

Xo’sh sizning fikringiz qanday? Qaynona kelin munosabatlari bola salomatligiga daxl qilishi mumkinmi?

Pediatr Nur Olimovna

Pediatr Nur Olimovna

25 Sep, 03:06


https://youtu.be/6PocuVML3cY

Pediatr Nur Olimovna

18 Sep, 06:47


Bolaga katta bo'lishiga yo'l qo'yib bering

Assalomu alaykum qadrli obunachilar.

Bolalarga uy ishlarida mustaqillik berish haqida nima deysiz?

Bola bir yarim ikki yoshidan qurigan kirlarni taxlashi, o' yinchoqlarini yig'ishi yoki dasturxon yig'ishtirishi mumkinligini bilasizmi?
Nega hozirda bolalarni uy ishlariga jalb qilish kamayib ketdi?
Chunki yashash tarzi osonlashib, uy ishlarini texnika yengilatmoqda, odamlarning ko'pchiligi ko'p qavatli uylarda yashamoqdalar.

12 yoshli qiz ertalab eshik supurmay uxlaydi, yoki 9 yoshli bola hech qachon o'ziga ovqat qilib yeya olmaydi yoki kiyimini dazmollay olmaydi. Uydagi buzilgan narsalarni tuzatish va bozor qilishni unga hech kim ishonmaydi.

Nega? Chunki ularga kattalar ishonmaydi, ish buyursa ham tepasida tekshirib turadi yoki xato qilsa qaytib buyurmaydi.

Misol uchun 10 yoshli bola tomorqa ishlarini uyida qilmaydi, buvisinikida bajonidil qiladi, chunki uyida unga ishonishmaydi, buvisi esa maqtab maqtab qildiradi.
Natijada, bola zerikadi va telefonga qaram bo'ladi.

Endi 15 yoshli qiz ham yigit ham uy ishlarini qilishga bardoshi yetmaydi va xohlamaydi. Men yuqorida bir postlarning birida ona go'dagini 9 yoshli qiziga tashlab ishga ketishi haqida yozganman, lekin ona telefonni ham berib ketgan, natijada go'dak gapirmay qo'ygan, chunki opa ukasini telefon bilan ovutgan.

Men nima demoqchiman? 25 ga kirgan o'g'lingizni xotini, bolalari bilan birga boqishni xohlamasangiz unga yoshligidan uy ro'zg'or ishlariga jalb qiling, unga kattalardek murojaat qiling.

Havotir olmang! O'qishi pastlab ketadi, o'qisin deb uyga qamalib o'tirganda ko'p vaqtini dars uchun emas ijtimoiy tarmoqlarga sarflayotgan bo'ladi, uy ishlarini ular ixtiyoriga qo'yib bering, lekin ularning nimalardir qilgani uchun hursandligingizni bildirib turing.

Hurmat bilan,
Pediatr Nur Olimovna

Pediatr Nur Olimovna

16 Sep, 08:49


Нима учун гриппга қарши вакцина олиш муҳим?

Грипп — бу нафас йўлларини зарарлайдиган вирусли инфекция бўлиб, кўпинча оғир асоратларга олиб келиши мумкин. Кексалар, болалар ва иммунитети паст одамларда грипп жуда хавфли бўлиши мумкин. Вакцинация гриппга қарши самарали ҳимояни таъминлайди ва юқумли касалликлар тарқалишининг олдини олишда муҳим роль ўйнайди.

Вакциналар турлари:
1️⃣ Инактивланган (ўлдирилган) вакциналар
Бу вакцина вируснинг ўлдирилган ёки фаол бўлмаган шаклларини ўз ичига олади. Инактивланган вакциналар кўпинча катталар ва кекса ёшдаги одамларга тавсия этилади. Тухумга аллергияси бор инсонларга тўғри келмаслиги мумкин.

Россияда: "Совигрипп" (СовиВак)
Қозоғистонда: "Гриппол Плюс"
Ўзбекистонда: "Гриппплекс"

2️⃣ Тирик заифлаштирилган вакциналар (LAIV)
Бу вакцина вируснинг заифлаштирилган, лекин тирик шаклларини ўз ичига олади. У нафас орқали (спрей) қўлланилади. Бу вакцина асосан ёш ва соғлом одамларга тавсия қилинади.

Россияда: "Гриппозная вакцина для детей" (через нос)
Қозоғистонда: "Гриппозные вакцины на основе живого вируса"
Ўзбекистонда: ҳозирги кунда тирик заифлаштирилган вакциналар мавжуд эмас.

3️⃣ Рекомбинант вакциналар (RIV)
Бу вакцина вируснинг фаол бўлмаган генетик модификацияланган қисмларини ўз ичига олади. Рекомбинант вакциналар туҳум аллергияси бор одамлар учун мувофиқ бўлиши мумкин.

Россияда: "Инфлювак" ёки "Ультрикс"
Қозоғистонда: "Ваксинаны рекомбинантты"
Ўзбекистонда: ҳозирги кунда рекомбинант вакцина ишлаб чиқарилмайди.

Вакцинация қилишнинг энг тўғри вақти — грипп мавсуми бошланишидан олдин, куз ойлари. Лекин кеч эмланган бўлсангиз ҳам, вакцина қўллаш фойдали бўлади, чунки грипп мавсуми бир неча ой давом этади.

Вакцинациядан кейин енгил ножўя таъсирлар, масалан, инъекция қилинган жойда оғриқ ёки енгил иситма кузатилиши мумкин. Бу таъсирлар одатда бир неча кундан кейин ўтиб кетади.

Каналга обуна бўлинг ва танишларингиз билан улашинг!

👇🏻👇🏻👇🏻
ШИФОКОР МАСЛАҲАТИ

Pediatr Nur Olimovna

15 Sep, 06:31


Муаммога тескари ечим

Мураккаб муаммога дуч келиб, ечим тополмай турибсизми?

Муаммога — тескари томондан ечим беринг.

Масалан

"Қандай қилиб дарсни яхшироқ ўтсам экан", деб эмас, балки "Нима қилсам ўқувчиларга камроқ зарарим тегади", десангиз осонроқ ечим топасиз.

Бошқа мисоллар:

Эрталаб эрта туриш учун нима қилсам экан?
Эрталаб эрта туришимга халақит берувчи нимани қилмасам экан?

Кунимни қандай баракали ўтказсам экан?
Баракамни учирадиган қандай амалларни бажармасам экан?

Нима иш қилсам экан?
Нима иш қилмасам экан?

Нималарни ёқтираман ўзи?
Нималарни ёқтирмайман ўзи?

Қандай инсон билан турмуш қурсам экан?
Қандай инсон билан турмуш қурмасам экан?

Қандай касб танласам экан?
Қандай касб танламасам экан?

Чунки инсон ўзига фойдали машғулотлардан кўра, заралисини яхшироқ билади.

Сенда қандай мисоллар бор, изоҳларда ёзиб қолдир.

@Ustoz_kundaligi

Pediatr Nur Olimovna

11 Sep, 09:28


Pediatr Nur Olimovna pinned «Onalar tafakkuri - bolaning kamoli Assalomu alaykum qadrli obunachilar! Sizdagi fahmu farosat, g'ayratu shijoyat tahsinga loyiq. Chunki siz nafaqat bola tarbiyasiga mas'ulsiz, balki oiladagi kattayu kichikning parvarishini ham, uy ro'zg'or sarishtaligini…»

Pediatr Nur Olimovna

11 Sep, 07:54


Kitob haqidagi bir-ikki savollarga javoblar 👇

1. Kitob pdf shakldami yoki pochtadan yuboriladimi?

Kitob pdf shaklda bo’lib, sizga kitob saqlanayotgan mahfiy kanalga link beriladi. Mahfiy kanalda saqlanishini sababi - ruxsatimizsiz boshqalarga tarqab ketishini oldini olish.

2. Kitobni mundarijasi bilan tanishsak bo’ladimi?

Albatta, quyida kitob mundarijasi va 1-mavzuning kontenti bilan tanishishingiz mumkin.

Pediatr Nur Olimovna

11 Sep, 06:51


Onalar tafakkuri - bolaning kamoli

Assalomu alaykum qadrli obunachilar!

Sizdagi fahmu farosat, g'ayratu shijoyat tahsinga loyiq. Chunki siz nafaqat bola tarbiyasiga mas'ulsiz, balki oiladagi kattayu kichikning parvarishini ham, uy ro'zg'or sarishtaligini, ovqatlar hilma-xilligini, ba'zi onalar o'qishini yoki ishini ham qoyilmaqom qilib bajarishni uddalashmoqda.

Lekin siz tasodifan charchasangiz, isitmalasangiz, yoki asabiylashsangiz hech kim e'tibor bermagandek tuyuladi, shunda bag'ringizda erkalanayotgan farzandlaringiz, ularning sizga tikilgan sehrli nigohlari sizni darddan forig' qiladi.

Onalik ajoyibotlarini o'rganing, ona bo'lganingizga shukur qilasiz.

Yuqorida aytib o’tilgan kitobimiz tayyor bo'ldi, menga bildirgan qiziqishlaringiz meni nihoyatda mamnun qildi, yaxshiyam shifokorman, deb o'ylashga undadi!

50 varaqdan iborat bu kitobga sarf qilgan kamtarona mehnatimizni 30 ming deb baholadik, bu o'rinda kitob bezagiga yordam bergan hindistonlik talaba Justin Akshayning mehnatini alohida ta'kidlayman. Ho'sh nega pulga ulashmoqchimiz ? Chunki pul sarflab olingan har qanday narsa, hatto ilm ham qadrli bo'ladi, deb o’ylayman.

Kitobni sotib olish bo’yicha ushbu manzilga murojaat qiling: @itsumidas

Alloh ulashgan ilmni manfaatli qilsin!

Hurmat bilan,
Pediatr Nur Olimovna

Pediatr Nur Olimovna

10 Sep, 07:53


Yana ona suti haqida

Assalomu alaykum qadrli obunachilar.
Onalarning, ayniqsa, birinchi farzandini dunyoga keltirganda savollari juda ko'p bo'ladi. Bu savollarni kimga berishni bilmaydi yoki yetarli javob ola olmaydi.
Mendan qayta-qayta so'rashsada yuqoridagi postlarni topib o'qish ularga qiyinchilik tug'diradi.

Shuning uchun onajonlar uchun rangli rasmlardan iborat, oson tushunadigan qilib bir kitobcha yozdik.

Bu kitobchada ona sutining afzalliklari, qiyinchiliklar, to'g'ri emizish, ona sutini sog'ish va saqlash, onaning ovqatlanishi kabi muammolar yoritiladi. Bu kitobchani nafaqat onalar, balki talabalar, yosh doktorlar ham o'qishi mumkin.

Do'konlarni qarasam aynan ona suti bilan emizishdagi muammolar yoritilgan kitoblarni ko'rmadim, balki bu manfaatli bo'lar deb o'yladim.

Ushbu kitobchani o'qish istagida bo'lgan obunachilar o'z reaksiyalaringizni bildiring va tez kunda siz uni o'qiysiz degan umiddaman.

Hurmat bilan,
Pediatr Nur Olimovna

Pediatr Nur Olimovna

05 Sep, 04:30


​​Ona sutidagi aql moddasi sun'iy sutda yo'q ekan

Assalomu alaykum qadrli onalar. Ilmiy izlanishim tufayli turli manbalarni o' qiganim sari ajoyibotlar haqida sizlarga aytishdan o'zimni to'xtata olmayapman.

Ona sutini emizish ona va chaqaloq o'rtasidagi bog'lanishda muhim omil bo'lib, butun umrga yetuvchi antistress hissiyotlar bilan ta'minlaydi.

Bir nechta tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bola tug' ilishi bilan faqat ona sutida ovqatlanish chaqaloqning aqliy rivojlanishga ta'sir qilar ekan. Yaqinda o'tkazilgan meta-tahlil natijalariga ko'ra, kamida tug'ilishi bilan 1 oy davomida faqat ona suti bilan boqilgan bolalar, emizilmagan yoki 1 oydan kam emizilgan bolalarga qaraganda intellektual testlarda yuqori ballar to'plagan (o'rtacha farq 4.9; 95% CI 2.97–6.92). Bu foydali ta'sir emizish davomiyligi oshgani sari yanada sezilarli bo'ladi.

Foydalar, ayniqsa, chala tug'ilgan chaqaloqlarda ko'zga tashlanadi, 1 oy davomida faqat ona suti bilan boqilgan erta tug'ilgan chaqaloqlar sun'iy sut bilan boqilgan erta tug'ilgan chaqaloqlarga qaraganda aqlli bo'lishgan. Huddi shu bolalar 7–8 yoshda o' tkazilgan testlarda yuqori aql darajasini namoyon qilgan (taxminan 7 IQ birligi).

Ushbu tadqiqot ona sutida mavjud bo'lgan ( juda qiyin talaffuz qilinadi) uzun zanjirli poliunsaturated yog' kislota dokosaheksenoik kislota (DHA)ning yuqori konsentratsiyasi bilan bog'liq bo'lishi mumkin demoqda olimlar.

Afsuski, aynan chaqaloqlar tug'ruqxonalarda sun'iy sut bilan boqlyapti, ayniqsa chala tug'ilgan chaqaloqlar hech ikkilanishsiz sun'iy sutga o'tib ketmoqda. Bu o'rinda onaning o'z suti bolaga tug'ruqxonada yetarli bo'lmasa, nega vaqtinchalik donor suti berish mumkin emas? Axir qadimda bir emas, bir necha onani emgan ko'kaldosh paxlavonlarimiz, olimlarimiz qayd etilganku...

Aziz onalar! Agar farzand kutayotgan bo'lsangiz yoki keyin rejalashtirayotgan farzandlaringizni hech bo'lmasa dastlabki 1- oyida faqat ona sutini emishi uchun niyat qiling, Alloh har bir insonni rizqi bilan berishini bilgan holda sutingizni serob qilishini so'rang, o'zingizni farzandingizning salomatligi uchun parvarish qiling.

Qaysi farzandingizni dastlabki bir oy faqat ona suti bilan emizgansiz?


Pediatr Nur Olimovna

Pediatr Nur Olimovna

01 Sep, 10:06


​​Bir go'dak hayoti xavfdan nari bo'ldi

Assalomu alaykum qadrli obunachilar.

Ona sutining qanchalik shifobaxsh ekanligini aytganimiz sari sun'iy sut ichirayotgan onalar safi ko'payib bormoqda.

Mana yana bir kelinchak sun'iy sut tavsiya qilishimni so'rab tashrif buyurdi. Bola 40 kunlik. Muammo shuki, bola ikkinchi ko'krakni emmay qo'yibdi, natijada bir ko'krak suti bolaga yetmayapti ekan. Onani tekshiruvdan o'tkazsam bir ko'krak uchi yassi ekan, lekin suti ko'p. Onaga ma'lum maslahatlar berdim, bu orada bir necha marta kelishga va mashq qilishga to'g'ri keldi. Natijada bola ema boshladi, ona ham xursand.

Men esa yana bir bolaning qulog'i og'rimasligidan, hali birga kirmay allergiya degan baloga yo'liqmasligidan va yana bir oila sun'iy sutning harajati tufayli arazlamasligidan mamnun bo'ldim!

Onalarimiz sut o'rnini bosuvchi sun'iy aralashmalar berishni hayoliga ham keltirmagan, sutini ko'paytirish choralarini qidirishgan, ayniqsa bola emizganda, telefon ko'rmagan.

Qadrli onalar, sun'iy sut bu quritilgan hayvon sutlaridir, ular o'z ta'sirini ko'rsatmay qo'ymaydi, shunday ekan ona suti bilan boqish muhimligini o'ylang va bunga erishish yo'lida kurashing!

Hurmat bilan,
Pediatr Nur Olimovna

Pediatr Nur Olimovna

28 Aug, 02:35


https://telegra.ph/Bola-va-ekran-08-27

Pediatr Nur Olimovna

26 Aug, 07:35


Diqqat e'lon!!! Ilmiy izlanishga yordam berishingiz mumkin!

Assalomu alaykum qadrli onalar!

Ona suti bilan bola salomatligi o'rtasida uzviy bog'liqlik borligini juda yaxshi bilasiz.
Onaning salomatligi va ona suti tarkibi bolaning, hattoki keyingi tug'ilajak farzandlarining kelajak sog'lik garovidir.
Men boshlagan loyihaga yordam berishni xohlagan va ona suti bilan 1 yoshgacha bola boqayotgan onalarni taklif etaman.

Sharti: Andijon hududida yashash

Agar sizda ushbu shartlar topilsa, izohlarga yozishingizni yoki ushbu so'rovnomani to'ldirishingizni so'rab qolaman: https://forms.gle/zBwZPTdBPfQmzZaB7

Loyiha davomida onalar mening qabulimga( bepul) bir marta kelishlari va go'daklarini tekshirtirishi shart, chunki ularning muammolari bartaraf bo'lishi uchun albatta ko'rikdan o'tishi kerak.

Nafaqat sizning balki kelajak avlod foydasi uchun loyihaga qo'shiling va o'zingiz va farzandingiz jismoniy va ruhiy rivojlanishini baholang!!!

Hurmat bilan,
Pediatr Nur Olimovna

Pediatr Nur Olimovna

19 Aug, 11:39


Болалар учун кондиционер зарарли эмас, балки фойдали!

🌡️Кўпчилик кондиционер болалар саломатлиги учун зарарли, деган фикрда бўлади. Аммо бу тўғри эмас. Аслида, кондиционер тўғри фойдаланилганда, болалар учун жуда фойдали бўлиши мумкин.

❄️Нега кондиционер болалар учун фойдали?

🌞Иссиқдан ҳимоя қилади: Иссиқ ҳаво болалар учун жуда хавфли бўлиши мумкин, айниқса чақалоқлар учун.
❄️Кондиционер ҳавони салқинлатиб, иссиқлик уриши хавфини камайтиради.
🌬️Аллергия ва нафас олиш муаммоларини енгиллаштиради: Кондиционер ҳавони тозалаб, чанг ва бошқа аллергенлар миқдорини камайтиради. Бу нафас олиш муаммолари бўлган болалар учун жуда муҳим.

Ҳозирги замон шароитида кондиционерсиз яшаш қийин:
🌫️Айниқса, катта шаҳарларда ҳаво ифлосланиши кучли бўлгани сабабли, кондиционерсиз хонада бўлиш болалар саломатлиги учун хавфли бўлиши мумкин.
Кондиционердан қандай қилиб тўғри фойдаланиш керак?

Ҳаво ҳароратини 24-26 градусгача туширинг.

Кондиционерни тез-тез тозалаб туринг.

Ҳавони доимий равишда алмаштириб туринг.

Болани кондиционер тўғридан-тўғри эсаётган жойда ухлатманг.


Агар сиз кондиционердан тўғри фойдалансангиз, у болаларингиз учун хавфсиз ва фойдали бўлади.

Каналга обуна бўлинг ва танишларингиз билан улашинг!

👇🏻👇🏻👇🏻
ПЕДИАТР МАСЛАҲАТИ

Pediatr Nur Olimovna

18 Aug, 13:26


​​Bolani maqtamang

Assalomu alaykum qadrli obunachilar!

Bolani hech qanday maqtovsiz, poralarsiz va jazosiz tarbiya qilish haqida eshitganmisiz?
O'zingizga ma'lum, bolalarimizga " Sen aqlli bolasan", "Polvon bola", "Hammadan zo'rsan" yoki " Iqtidori juda baland" kabi xitoblarni aytamiz. Afsuski, bu ularni kelajakda stressga tushishiga va omadsizlik yoki mag'lubiyatdan so'ng aynan sizning qarshingizda o'zini aybdor sezishiga olib kelar ekan .

Ho'sh nima qilish kerak, rag'batsiz ham progress bo'lmaydi? Biz aynan nega undan xursand bo'layotganimizni bildirishimiz kerak. Masalan, "Bugun ovqatning hammasini yedingiz, men juda hursand bo'ldim", yoki " O, siz uy qurishni uddaladingiz, bu sizning bugun ancha mehnat qilganingizni bildiryapti", "Siz gullarga suv quyganingiz uchun ular sizga rahmat aytyapti" kabi so'zlarni qayta eslatish yaxshi natija berar ekan.

Ayniqsa, stikerlar va pora sifatida beriladigan narsalar juda havfli bo'lib, bola shu narsaga ega bo'lishning oson yo'llarini qidira boshlaydi. Agar, vazifa ozgina qiyinlashsa va bola uddalay olmay sovg'adan quruq qolishini bilsa, jazavaga tushadi.

Jazoga keladigan bo'lsak, jazolash hech qachon yaxshi natija bermagan, deb o'ylayman. Jazolangan bolalar o'z ayblarini hech qachon bila olmaydilar va alamzadalik bilan ulg'ayadilar.

Siz bolalarni tarbiyalashda ushbu 3 usulni qo'llaysizmi? Ho'sh, qanday qilib?

Hurmat bilan,
Pediatr Nur Olimovna