Brogrammist @brogrammist Channel on Telegram

Brogrammist

@brogrammist


Veb-dasturlash bo'yicha kamtarona bilim va tajribalarimni ulashaman.

Sayt: https://diyorbek.uz

YouTube: https://youtube.com/@brogrammistuz

Insta: https://instagram.com/brogrammistuz

Brogrammist (Uzbek)

'Brogrammist' Telegram kanali - bu veb-dasturlash sohasida ko'proq bilim va tajribaga ega bo'lish uchun raqobatbardosh manba. Kanalda sizga eng yangi dasturlash tillari, texnologiyalar, va dasturlash sohasidagi eng so'nggi yangiliklar haqida xabardorlik qilinadi

'Brogrammist' kanalining muallifi Diyorbek, o'zining veb-sayti va YouTube kanali orqali dasturlash sohasida kamtarona bilim va tajribalarini ulashadi. Siz ham uning saytini (https://diyorbek.uz), YouTube kanalini (https://youtube.com/@brogrammistuz), va Instagram profilini (https://instagram.com/brogrammistuz) kuzatib boring, yangiliklardan xabardor bo'ling!
'Brogrammist' Telegram kanali orqali sizning dasturlash ma'rifi va tajribangizni oshirishga o'z hissangizni qo'shing!

Brogrammist

31 Dec, 17:06


2024-yildan olgan xulosalarimdan:

- Eng qisqa yo'l har doim ham eng yaxshi yo'l emas.

- Har kim o'z ishini astoydil qilgan jamiyat kuchli bo'ladi.

- Hayotda kimlar uchundir qiyin, kimlar uchundir oson emas. Hamma o'z imtihonidan o'tayapti. Faqat imtihoniga befarqlar bor.

Brogrammist

22 Dec, 08:58


Boshlayapmiz! ๐Ÿ™‚

Brogrammist

20 Dec, 11:05


โค๏ธโ€๐Ÿ”ฅโค๏ธโ€๐Ÿ”ฅโค๏ธโ€๐Ÿ”ฅ

Yakshanba kuni, 22-dekabr soat 14:00 da, "Pinterest" kompaniyasida Senior Software Engineer Diyorbek Sadullayev bilan intervyu uyushtiramiz.

Intervyuni oโ€™zim(@JoshDeveloper) va Shahzod aka Tursunov olamiz.

Intervyu Umumiy Frontendโ€™dan boโ€™lib oโ€™tadi. Imkon qadar chuqurlashamiz ๐Ÿ˜‰

Jonli efirga LINK.

Oโ€™tkazib yubormang, ulashishni esa unutmang โœ”๏ธ

#interview

@JoshDeveloper

Brogrammist

11 Dec, 14:25


{:searchCount} marta LinkedIn meni odamlarga ko'rsatibdi!

:fire: :grinningface:

Brogrammist

25 Nov, 17:37


Ofisda meni yonimda Androidchi o'tiradi. Oq background qo'yib olgan u ham editoriga. Nega oq rang qo'yib olganini yaqinda so'ragandim. Ko'zing og'rimaydimi desam, menga shunaqasi yoqadi deb qo'ygandi. ๐Ÿคทโ€โ™‚๏ธ
Mayli deb qo'yaverdim menam.

https://t.me/JR_TwitGram/3048

Brogrammist

19 Nov, 16:39


Ko'pchilik ishlatadigan va ko'pchilik ustida ishlaydigan katta loyihalarning yoqimsiz tarafi, siz erkin ishlolmaysiz.

Kod sifati va barqarorligini ta'minlash uchun qo'yilgan qoidalar bora-bora ovoragarchilikka aylanadi. Chunki vaqt o'tishi bilan hamma narsa o'zgaradi. Lekin bu o'zgarishlarning barchasiga moslashib ulgurishning iloji yo'q.

Shunday qilib bitta "techical debt" 2-siga olib keladi, keyin 3-siga... va qarabsizki sizda bir uyum "legacy" kod paydo bo'ladi.

Noliyotganim yo'q! Bu shunchaki haqiqat.

Shuni unutmang, 2 xil kod bor:
1. O'ta tushunarli va sinchkovlik bilan yozilgan ideal kod.
2. Pul keltiradigan kod.

Rasm tarjimasi:

Kelajakda shu kod ustida ishlovchilardan bunday rasvogarchilik uchun oldindan uzr so'rayman. Bizning joriy CSS validator skriptimiz turli selektorlar ichida bir xil nomli o'zgaruvchilarni qayta e'lon qilishimga imkon bermadi (aks holda kod ancha sodda va o'qishli bo'lar edi).

Brogrammist

15 Nov, 14:31


https://github.com/public-apis/public-apis

Brogrammist

14 Nov, 14:02


Frontendni o'rganyotganlar,

Qasyi tekin API servislardan foydalanisizlar portfolio yoki shunchaki o'rganish uchun?

Masalan, man themoviedb.org, openlibrary.org lardan foydalanardim. Sizchi?

Brogrammist

09 Nov, 06:33


Shu loyihalarni amalga oshirish uchun deyarli hamma ona tili darsliklarini o'qib chiqqanman. Maktab darsliklaridan to universitet dasrliklarigacha va boshqa qo'llanmallar va lug'atlar. Xatto, maktabdagi o'qituvchim bilan ham aloqaga chiqib, maslahatlashganman.

Balki dasturchi bo'lganim uchundir, ammo, anglaganim shuki, bizning O'zbek tilimiz qoidalari muammolarga to'la ekan. Ayniqsa alifbo masalasi. Shuning uchun ham balki tilimizni raqamlashtirishda juda ortda qolib ketganmiz menimcha.

Brogrammist

09 Nov, 06:25


Tilshunoshlikka oid loyihalarimdan yana biri bu Transliterator.Uz

Xususiyalari:

- Matnlarni lotin/kirill alifbosiga o'girish

- MS Ofiice fayllarni va oddiy matn fayllarni o'girish

- Deyarli barcha istisno so'zlar va qoidalarni aniqlay oladi

- Qisman transliteratsiya, ya'ni matnning faqat belgilangan qismini o'giradi

- Istisno so'zlar ro'yxatini kengaytirish

๐Ÿ”— https://transliterator.uz

Github: https://github.com/diyorbek/lotin-kirill

Aytgancha, 100% client-side! Hech qanday serverlarsiz ishlaydi (albatta sahifani uzatuvchi serverdan tashqari)

P.S. Bu loyiha ham eskilaridan. Maqsad o'zi yuqoridagi Fonetika loyihasini kirill alifbosida ham ishlashini ta'minlash edi. Lekin lotin-kirill masalasi ham kichik narsa emasligini anglab yetganman.

Brogrammist

31 Oct, 05:54


Bo'g'inlarga ajratuvchi dastur

O'zbek tiliga amaliy hissa qo'shaman degan bir yaxshi dasturchi aka, litseydoshim o'zbekcha so'zlarni bo'g'inlarga ajratadigan dastur tuzgan ekan.

Bir-ikkita "qiyshiq" so'zlar chig'irig'idan ham yaxshi o'tdi.

Imkoniyatlari:
โžก๏ธ BEPUL;
โžก๏ธ istalgan so'zni bo'g'inga ajratib beradi;
โžก๏ธ har bir tovush hosil bo'lish o'rni (til oldi, til orqa va h.k), umuman, sifatlariga ko'ra tasniflanadi;
โžก๏ธ ochiq/yopiq bo'g'inlar statistikasi beriladi.

Bo'g'inga ajratish qoidalari bilan endi tanishayotgan xorijlik talabalar, maktab o'quvchilari va ona tili ustozlari uchun yaxshi yordamchi bo'ladi.

๐Ÿ”—Dastur havolasi:
https://fonetika.uz/


Shunaqa ishlarni ko'rsam, xursand bo'lib ketaman. Tilni sevish emas, unga yordam berish kerak!

Omad sizga, Diyorbek!

Brogrammist

30 Oct, 09:42


#offtop

Shohrux repper endi mening Linkedindagi networkimda. ๐Ÿ˜ฌ๏ธ๏ธ๏ธ๏ธ๏ธ๏ธ

"Aka men sizni ashaddiy muxlisizman!!!" deb yozvoraymikan-a? ๐Ÿค”๏ธ๏ธ๏ธ๏ธ๏ธ๏ธ

Brogrammist

28 Oct, 07:44


Facebookdan:

"Bu dunyoda oโ€˜qishi kerak boโ€˜lganlar juda koโ€˜p, ammo ular yozish bilan band."

Jaun Ella

@psixolingvist

Brogrammist

27 Oct, 18:51


10000000 -> '10 000 000'

Brogrammist

24 Oct, 12:28


Vanihoyat!!!!! ๐Ÿ˜ค๐Ÿฅน

Brogrammist

24 Oct, 11:34


Ishdagi kechagi suhbatdan:

- "Loader" komponenti animatsiyasi juda murakkab. Uni Lottie dasturidan foydalanib yaratsak bo'ladi.
- Uning uchun Lottie-player kutubxonasini ishlatish kerak-ku! Kutubxona hajmi katta.
- Katta bo'lsa, uni "dynamic import" qilsak bo'ladi.
- Aha, keyin "Loader"ni ko'rsatish uchun "Loader" ko'rsatamizmi?
- ๐Ÿ˜
- ๐Ÿ˜
- Unda qo'lda yozib qo'yaveramiz.

Brogrammist

23 Oct, 14:36


console.dir() chuqurligi

Bugun console.dir() da "depth" parametri borligini o'rgandim. Odatda Node.js da obyektlarni terminalga chiqarishda console.log() yoki console.dir() dan foydalanaman. Ikkovini farqini shu paytgacha sezmaganman. Faqat brauzer konsolida farqini bilar edim. (Siz bilasizmi?)

Xullas, odatda obyektlarni terminalga chiqarganda, obyektlar qisqartirib ko'rsatiladi, ya'ni "chuqurroq" joylashgan ma'lumotlar "[Object]" deb qisqartirib ketiladi.

Obyektlarni to'liq ko'rish uchun esa bunday qilish mumkin ekan:


console.dir(obj, { depth: 100 });

"depth" - istalgan son, xatto Infinity bo'lishi mumkin.

Har xil JS bajarilish muhitlarida (runtime environment) sinab ko'rdim. Qizig'i, "Bun"da obyektlar doimo to'liq ko'rsatilar ekan.

Brogrammist

17 Oct, 13:58


How I Experience Web Today
https://how-i-experience-web-today.com/

Brogrammist

28 Sep, 03:12


โ€‹โ€‹โ€œDefaultโ€ soสปzining tarjimasi nima?

Obunachilardan biri shu soสปzning tarjimasi haqida soสปrabdi. Bu inglizcha soสปz koสปp maสผnoli, oสปrniga qarab turlicha tarjima qilinishi mumkin. U birlamchi, odatiy, standart, yoสปqlik, mavjud emaslik, yetishmovchilik, defolt, oสปz vazifalarini bajarmaslik, aybdorlik, sudda qatnashmaslik, toสปlov qilmaganlik kabi maสผnolarga ega.

Agar saytlar, dastur va ilovalarni oสปzbekchalashtirayotgan boสปlsangiz, birlamchi soสปzi mos tushadi.

The default value is zero. โ€“ Birlamchi qiymat nolga teng.

Most people choose the default option. โ€“ Koสปpchilik birlamchi variantni tanlaydi.

Are you using the default settings? โ€“ Siz birlamchi sozlamalardan foydalanasizmi?


๐Ÿ‘‰ Yuqoridagi kabi oสปrinlarda odatiy, standart soสปzlarini qoสปllasa ham boสปladi. Lekin birlamchi mosroq.

๐ŸŸข Boshqa maสผnolariga misollar:

I got a default notice in the mail yesterday. โ€“ Kecha toสปlov qilmaganim haqida eslatma oldim.

The whole countyสผs on the edge of default. โ€“ Butun mamlakat (okrug)
defolt yoqasida turibdi. // Butun mamlakat defoltga yaqin.

Please default me, or else it could get dangerous for everyone. โ€“ Meni oสปyindan oling, yoสปqsa, bu barchaga xavfli boสปlishi mumkin.

They have defaulted on their debt repayments. โ€“ Ular
qarzni soสปndirish boสปyicha majburiyatlarini bajarmadi.

#Soสปragan_edingiz

@oriftolib

Brogrammist

21 Sep, 13:21


setTimeout(callback, 0) qachon kerak?

setTimeout() hodisalar sikliga yangi makrovazifa qoโ€™shadi. Shu sabab โ€œcallbackโ€ keyingi siklda sodir boโ€™ladi.

Funksiyani keyingi hodisa siklda chaqirish UI oโ€™zgarishlari toโ€™liq โ€œchizilishiโ€ uchun imkon beradi, la la la, la laโ€ฆ .

Shunda bunday qilishdan maqsad โ€œogโ€™irโ€ funksiyani kechroqqa surishmi? Kechga sursak ham baribir keyingi siklda oโ€™sha funksiya chaqiriladi-ku! Sahifa baribir qotib qoladigan boโ€™lsa, bunaday qilishdan nima naf? ๐Ÿค”

Davomi bu yerda

@brogrammist

Brogrammist

21 Sep, 09:27


Render sikli

Brauzerda asosiy ikkita sikl mavjud:

1. Event Loop (Hodisalar Sikli)

Bu JavaScript vazifalarini boshqarish uchun javob beradi. Jumladan:
1. kodni bajarish
2. hodisalarga javob berish
3. asinxron operatsiyalarni (setTimeout, Promise yoki AJAX kabi jarayonlar) boshqaradi.

2. Rendering (Paint) Cycle (Sahifa Renderi Sikli)

Hodisalar sikli vazifalarni qayta ishlagandan so'ng, brauzer rendering jarayonini amalga oshiradi:
1. CSS stillarni hisoblash
2. joylashuvni aniqlash
3. kompozitsiyalash yaโ€™ni piksellarni ekranga chizish.

Bu ikki sikl mustaqil ravishda ishlaydi, lekin yaqindan o'zaro ta'sir qiladi.

requestAnimationFrame - vazifalarni render sikli bilan sinxronlash uchun ishlatiladi.

setTimeout - hodisalar sikli bilan ishlaydi va unga yangi vazifa qoโ€™shishda ishlatiladi.

Brogrammist

20 Sep, 10:14


Animatsiyalarni debug qilish

Chrome DevToolsda animatsiyalar uchun alohida debug tab bor. U yerda xuddi After Effects yoki shunga o'xshash dasturlardagidek, ammo soddaroq debugging interfeys mavjud.

Bu tabni ochish uchun DevToolsda:

1. Cmd+Shift+P ni bosing (Windowsda Control+Shift+P)

2. "Show Animations" deb qidiring va uni tanlang

Brogrammist

18 Sep, 08:46


Intervyu savoli


setTimeout(callback, 0);


1. Yuqoridagi kod, ya'ni "setTimeout"ni 0 millisekunddan keyin chaqirish qanday holatlarda qo'l keladi?

2. Bu yerda "callback" aslida 0 millisekunddan keyin chaqiriladimi yoki ko'proq vaqt oladimi?

Savollarga javobni izlanib ko'rishingizni xohlardim.

Javoblaringizni izohlarda qoldiring ๐Ÿ‘‡

Brogrammist

14 Sep, 18:52


HTML ping

Ko'pincha sahifadagi linklarga analitika uchun "event listener"lar qo'shiladi. Masalan, biror link bosilganda "link bosildi" degan hodisa analitika serveriga jo'natiladi.

Buning uchun shu paytgacha JavaScript ishlatib kelganman. Hozir bilib qoldimki, buni faqat HTMLning o'zida qilsa ham bo'lar ekan, ping atributi orqali:


<a
href="https://example.com"
ping="https://example-tracking.com"
>Example Link</a
>


Lekin bu usuldan foydalanmasam kerak. Chunki ping attributi faqat <a> tegi uchun mavjud. Button va boshqa elementlar uchun ishlamaydi. Bundan tashqari Firefox bu atribut ishlashini cheklar ekan.

Qachon ishlatar edim? Balki kichik HTML sahifa uchun analitika qo'shganda. ๐Ÿคทโ€โ™‚๏ธ
Ammo baribir analitika servislari kutubxonalari shunchaki sahifaga ularning kutubxonasini qo'shish bilan linklarni kuzatishni boshlashadi. Ortiqcha ishga o'rin yo'q.

To'liq MDNda

Brogrammist

12 Sep, 11:08


HTML-like Comments

JavaScript qiziq til-da! Men ham bugun bildimki, HTML dagi kommentlar JS da ham ishlar ekan.

Yuqoridagi kodda <!-- ifodasi aslida komment boshlanishi edi. Shuning uchun ataylab joy tashlamay yozgandim. Aybga buyurmaysiz, qizg'in baxs ko'rgim kelgandi ๐Ÿ˜ฌ.

Javob: 0

Chunki: "0 <!-- a;" === "0 // a;"
Ya'ni 0 dan keyin kelgan qism kommentariyaga aylanadi.

Variantlarda ham to'g'ri javob yo'q edi. Uzr ๐Ÿ˜ฌ๏ธ๏ธ

Aytgancha, bu nafaqat brauzerda, NodeJS da ham ishlaydi. Chunki HTML-like comments ECMAScript spec'larida bor.

https://262.ecma-international.org/#sec-html-like-comments

Brogrammist

12 Sep, 10:32


Dasturchilar kuni muborak!

Shu munosabat bilan JavaScript quiz bermoqchiman. Yuqoridagi kod natijasi qanday bo'ladi?
๐Ÿค”๐Ÿค”๐Ÿค”

Brogrammist

10 Sep, 06:30


โšก๏ธFrontend dasturlashga kirish

@qirikki dan offlayn darslar:
- 12,14,16,18-sentabr kunlari, soat 10:00 dan 16:00 gacha bo'lib o'tadi.

๐Ÿ‘จโ€๐Ÿซ Mentor:
Diyorbek Sadullaev, Pinterest kompaniyasida senior dasturchi.

โ€ผ๏ธ Joylar soni chegaralangan: darslarga faqat birinchi 15 kishi taklif qilinadi.

๐Ÿ‘‰ 42.uz/course/frontend-dasturlashga-kirish

Brogrammist

07 Sep, 23:47


"Accessible" veb-sahifalar yasash

Brogrammist

05 Sep, 19:35


Nega shadcn-ui sizga yoqadi? ๐Ÿค”๏ธ๏ธ๏ธ๏ธ๏ธ๏ธ

Brogrammist

05 Sep, 07:46


๐Ÿ”ฅ GDG Tashkent-dan uzoq tanaffusdan keyingi birinchi kuzgi Web Dev Meetup #3 ni kutib oling!

Kelayotgan shanba kuni yurtimiz va dunyoning top kompaniyalarida faoliyat yuritadigan web-dasturchilar bilan Web Dev Meetup oโ€™tkazamiz.

๐Ÿ’ฅ Spikerlar ichida:
- Ravshan Samandarov, Oxagile;
- Diyorbek Sadullaev, Pinterest;
- Doniyor Yusupov, Uzum Market;
- Umar Sadullaev, Unicon Soft;

Tadbir toโ€™liq oโ€™zbek tilida boโ€™ladi!

๐Ÿ‘€ Sana: 7-Sentabr, 2024
๐Ÿ•™ Vaqt: 14:00
๐Ÿ“ Joy: IT Park, Muminov 7/1

Ishtirok etish narxi: BEPUL.

๐ŸŽŸ Ro'yxatdan o'tish uchun havola:
https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-web-dev-meetup-3/

* Joylar soni chegaralanganligi tufayli "First come first serve" qoidalari amal qiladi. Joy sigโ€™imi 180 kishi. Tadbir online translatsiya qilinadi.

@gdgtashkent

Brogrammist

04 Sep, 13:23


๐Ÿ“š Bugun mutolaa.com ofisida mehmon boโ€™ldik, 1.7 million kitob, 1298 audio kitob va 820,000 foydalanuvchiga ega - ular orasida men ham bor. Ajoyib jamoa, oโ€™zgacha muhit.

๐Ÿ“ Kitoblar orasida kofe ichib, kod yozmoqchi boโ€™lsangiz:
maps.app.goo.gl/CwdkC3K5efRTGLg26