Luna Khusanova @lunakhusanova Channel on Telegram

Luna Khusanova

@lunakhusanova


Tinch odam

Tinch odam (Uzbek)

Sizning o'z ichingizda tinchlik va soddiqlikni izlashingizda, @lunakhusanova Telegram kanali siz uchun eng yaxshi manzil bo'lishi mumkin. Bu kanalda Luna Khusanova tomonidan olib borilayotgan muloqotlar, fikrlar va yaratishlar bilan tanishishingiz mumkin. Luna Khusanova, o'zining tinch odamlik qilganligi va eng foydali fikrlari bilan o'zini angladila, uning so'zlari ham sizning qalbingizga to'g'ri o'tadi. Kanalda siz eng so'nggi dunyo yangiliklari, maqollar va fikrlarini topishingiz mumkin. Agar siz ham tinchlik va soddiqlikni qadrlaydigan odam bo'lishni istasangiz, @lunakhusanova kanali siz uchun zo'r tanlovan bo'ladi. Xo'sh odamlar bilan aloqada bo'lishingiz uchun, kanalga obuna bo'ling va tinchlikning, soddiqlikning va yaxshilikning ajoyib dunyosi bilan tanishing!

Luna Khusanova

09 Feb, 18:40


Shu paytgacha yurilganlaridan manfaatliroq bo’lgan yurish…

Luna Khusanova

07 Feb, 21:30


Vaqt qadrini uni qaytmasligini, oldingi vaqt o‘tganligini uni qaytarishni umuman imkonsizligini bilgan, buni ilmini olgan, vaqt haqida to‘g‘ri tushunib yaxshilab his qilib olgan inson bu vaqtni juda qadrlaydi.
Bilmagan esa, shunchaki o‘tkazib yuboradi…

@abduqayuum

Luna Khusanova

06 Feb, 19:05


Sahobalar bilan bizning oramizdagi farq juda katta. Ular Alloh va Rasulidan biror buyruq kelganida, hech ikkilanmasdan, tafakkurga hojat sezmasdan darhol bajarganlar. Ular uchun “Bu menga mosmi yo’qmi?”, “Qiyinmi yoki osonmi?” degan savollar yo‘q edi. Ular imonning shunchalik yuksak darajasiga yetishgan ediki, buyruq kelishi bilan hech qanday shubha-gumonsiz, o‘z nafslarini chetga surib, so‘zsiz itoat etardilar.

Biz esa aksincha, biror buyruq yoki tavsiya kelganda, uni o‘z hayotimizga mos keladimi yoki yo‘qmi, bizga qiyin bo‘ladimi yoki yo‘qmi deb o‘ylaymiz. Buyruq bajarishga to‘g‘ri kelganda, turli bahonalar axtaramiz: “Zamonaviy hayotga to‘g‘ri kelmaydi”, “Bu mening sharoitimga mos emas”, yoki “Buni keyinroq bajaraman” kabi so‘zlar bilan o‘zimizni ovutamiz. Holbuki, sahobalar uchun sharoit yoki zamon muhim emas edi, ular faqat Allohning rizosini istaganlar.

Luna Khusanova

03 Feb, 20:23


Qalbdan qalbga bir yo’l bordir ko’rinmas…

Luna Khusanova

31 Jan, 15:40


Bugun man ko’rgan eng yaxshi videodan iqtibos:
“Hodisalar inson tabiatini o’zgartirmaydi, balki uni oshkor qiladi”.

Aisha Uzbikiyya

Luna Khusanova

31 Jan, 07:26


Deadline – faqat sanadan iborat emas!

Ko‘pchilik deadline qanday yozilishini biladi, lekin uning haqiqiy ma’nosini tushunmaydi. Kechikish, oxirgi daqiqada ishlash va rejalarsiz harakat qilish – bu samaradorlikning eng katta dushmani.

Statistika: Deadlinega rioya qiladigan jamoalar ish unumdorligini 40% oshiradi (McKinsey, 2023).
Muammo: Kechiktirish va vaqtni noto‘g‘ri boshqarish sifatning 30% pasayishiga olib keladi (Harvard Business Review, 2022).

Yechim: Rejalashtirish, mas’uliyat va intizom – muvaffaqiyat kaliti!

Ayniqsa bu muammo bizdagi (O’zbekistondagi) ishchilarda ko’p uchraydida.

Luna Khusanova

30 Jan, 05:56


Onaning Haqqi

Ona — bu dunyodagi eng buyuk ne’matlardan biridir. U farzandi uchun hech bir insonga sig‘maydigan sabr va muhabbatni namoyon etadi. Onaning haqi shunchalik ulkanki, uni to‘liq ado etish imkonsiz. U farzandini qornida ko‘tarib yuradi, dard va og‘riq bilan dunyoga keltiradi, keyin esa uni mehr bilan tarbiyalaydi.

Ona o‘z farzandi uchun hamma narsaga tayyor bo‘ladi. U och qolib bo‘lsa ham, farzandining to‘q bo‘lishini istaydi. U charchagan holda ham, bola tinch uxlasin deb o‘z uyqusidan kechadi. Issiqda, sovuqda, dardda va quvonchda hamisha farzandining yonida bo‘ladi. Uning mehri, fidokorligi va sabr-toqati hech bir me’yor bilan o‘lchanmaydi.

Shunday ekan, farzand onasining haqini unutmasligi, unga hurmat va ehtirom ko‘rsatishi shart. Bu haqlarni to‘liq ado etish mumkin emas, ammo samimiy hurmat, mehribonlik va duo bilan onaning rizosini olishga harakat qilish lozim.

Luna Khusanova

26 Jan, 15:23


Jannat boshqalarning kamchiligini emas, o'zining kamchiliklari haqida qayg'uradiganlar uchun.

O‘z kamchiligini unutib, o‘zgalarning kamchiligini eslab yurganning holiga voy.

Birinchisi baxtga, ikkinchisi esa muammoga ishoradir.

(Hadis)

Luna Khusanova

22 Jan, 05:01


Xayrli ishda yordamingizga muhtojmiz!

Bir yaqin birodarimizning boshlariga sinov kelib, qizlari Turkiyada avtohalokatga uchraganlar. Bu voqeadan soʻng qizimizning turmush oʻrtoqlari ham yonida dalda boʻlish oʻrniga izsiz gʻoyib boʻlgan. Oila bor budini, uy-joy va mashinalarini sotib, qizini davolatish uchun Amerikaga olib ketganlar.

Allohga shukrki, operatsiya muvaffaqiyatli oʻtdi. Oila yaqinda Oʻzbekistonga qaytib kelishlari kerak. Biroq bu yerda ular uchun boshpana yoʻq. Yaxshilarning koʻmagi bilan kichikroq bir uy uchun 90% mablagʻni yigʻdik. Hozir esa, qolgan 10% mablagʻ uchun sizlardan yordam soʻramoqchimiz!

25-yanvar sanasigacha aytilgan mablagʻ yigʻilmasa, kelishuv bekor boʻladi va oila uysiz qolishi mumkim. Hamjihatlik va himmat bilan biroz harakat qilsak, bu mablagʻni ham yigʻamiz, In shaa Alloh. Birodarlarimizning ogʻir kunida yolgʻizlatib qoʻymaysiz degan umiddamiz!

Ehson uchun karta raqamlar:

5614 6821 2321 4233
Umarjonov Muhammadusmon

9860 1701 1182 2277
Umarjonov Muhammadusmon

Buyuk Ipak yo’li bank

Karta ulangan raqam:
+998 90 526 44 11

Ehson tekshirilgan.
Maksimal ulashsangiz, xursand boʻlardik!

Luna Khusanova

19 Jan, 16:16


Ba’zan xatolarimizni kech anglaymiz…

Odatda xato qilish oson, lekin uni anglash qiyin, deb o‘ylardim. Aslida bundan ham og‘irrog‘i – xatoni tan olish, uni to‘g‘rilash va uzr so‘rash ekan.

Ko‘p hollarda o‘z xatolarimizni qalbimizdagi yaxshi niyatlar bilan oqlab qo‘yamiz. Ammo aslida amallarimiz xato ekanligini chuqur tahlil qilishni unutamiz. Shu sabab, ba’zida xatolarni kech anglaymiz, yoki anglamasdan davom etamiz.

Alloh hammamizga o‘z xatolarimizni ko‘ra olishni, ularni to‘g‘rilashga imkon va kuch berishini nasib qilsin. Haqiqiy tavba bilan gunohlarimizdan poklanib, to‘g‘ri yo‘lda sobit turadiganlardan bo‘laylik.

Luna Khusanova

19 Jan, 05:16


Ta’lim va sayohatni birlashtirish mumkinligini bilasizmi?

Buni oddiy yo‘li bor: @bredu_travel kanaliga obuna bo‘ling.
Bu bizning yangi loyihamiz – ta’lim orqali yangi imkoniyatlar va sayohatlar eshigini ochamiz.

Kanalda sayohatlar xabarlari, viza bo‘yicha maslaxatlar va ko’plab ma’lumotlarni topishingiz mumkin.

Luna Khusanova

18 Jan, 18:10


Baxt tasavvurdan tashqarida…

Luna Khusanova

18 Jan, 07:26


Aniq o‘lchab bo‘lmaydigan narsalarni aytadiganlarga quloq solmang. Chunki rivojlanish, maqsad qo‘yish, muvaffaqiyatga erishish kabi masalalarda aniq mezon va o‘lchovlar kerak. “Rivojlaning!”, “Maqsadingizga yeting!” degan umumiy maslahatlar go‘yo ilhomlantiruvchi ko‘rinsa-da, amalda qanday qadamlar tashlashni bilmasangiz, ular foydasiz bo‘lib qoladi.

Rivojlanish – bu o‘lchab bo‘ladigan jarayon. O‘zgarishlarni ko‘rsatadigan konkret ko‘rsatkichlar va natijalar kerak. Misol uchun, “kelgusi 3 oy ichida daromadni 20% oshirish” yoki “har kuni bir soat yangi ko‘nikma o‘rganish” kabi aniq vazifalar rivojlanishni nazorat qilishga yordam beradi.

Maqsad qo‘yish – bu ham o‘lchovlarsiz samarasiz. “Baxtli bo‘lishni istayman” yoki “Muvaffaqiyatga erishmoqchiman” kabi noaniq iboralar sizni chalg‘itadi. Maqsadni SMART tamoyili asosida belgilash – o‘lchovli, aniq va muddatli bo‘lishini ta’minlash kerak.

Shuning uchun umumiy gaplarga emas, natijalar va aniq ko‘rsatkichlarga e’tibor qarating. O‘zingiz uchun o‘lchanadigan reja yarating. Bu sizni yo‘lingizda qat’iyroq va maqsadlaringizda muvaffaqiyatliroq qiladi!

Luna Khusanova

17 Jan, 05:10


🧐 Animatsiyaga qiziquvchi yoshlar shu yerdamisiz?

🥳 Lola Animationdan ilk bor “O'zbekistonda Disney-Pixar darajasidagi animatsiya tayyorlash mumkinmi?” mavzusi ostida katta Workshop tashkil qilinyapti, Workshopda Lola Animationning 10-15 yillik tajribali mutaxassislari tomonidan mavzu yuzasidan ma'lumotlar va barcha savollaringizga javob olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

🤫 Workshopda animatsiyaga qiziquvchilar uchun yana bir katta yangilik kutmoqda.

📆 Qachon: 19-yanvar, yakshanba, soat 14:00
🙋🏻‍♂️ Kim uchun: Barcha uchun ochiq
📍 Qayerda: Najot Ta`lim, Chilonzor filialida

👉 Ro'yxatdan o'tish

Luna Khusanova

16 Jan, 04:48


Hayotda inson qaysi sohada ishlamasin, muvaffaqiyatga katta sabab bo‘ladigan uchta asosiy ko‘nikma quyidagilar:

1. Muloqot qilish ko‘nikmasi (Communication Skills)

Har qanday sohada muvaffaqiyatning asosi muloqot qobiliyatidir. Bu quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Tushunarli va aniq fikr bildirish.
Samarali tinglash qobiliyati.
Boshqalar bilan munosabatlarni rivojlantirish.

Yaxshi muloqot qiladigan kishi fikrlarini samarali yetkaza oladi va jamoada ham yaxshi ishlaydi.

2. Muammolarni hal qilish qobiliyati (Problem-Solving Skills)

Har qanday ishda muammolarni samarali hal qilish muhim. Bu quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Muammolarni aniqlash va tahlil qilish.
Yangi g‘oyalar taklif qilish va qaror qabul qilish.
Qiyinchiliklarni imkoniyatga aylantirish.

Muammolarni hal qilish qobiliyati innovatsion fikrlash va strategik yondashuvni talab qiladi.

3. Vaqtni boshqarish (Time Management)

Vaqtni samarali boshqarish ish samaradorligini oshiradi va stressni kamaytiradi. Bu quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Vazifalarni ustuvorlik darajasiga qarab taqsimlash.
Ish jarayonini optimallashtirish.
Belgilangan muddatlarga rioya qilish.

Vaqtni to‘g‘ri boshqaradigan odam o‘zining professional va shaxsiy hayotini muvozanatda ushlay oladi.

Agar ushbu uchta ko‘nikmani rivojlantirsangiz, istalgan sohada muvaffaqiyat qozonishingiz osonlashadi.

Luna Khusanova

14 Jan, 17:49


Sotuvdan Marketinggacha: Mening Rivojlanish Yo‘lim

Mening ilk jiddiy ish tajribam sotuv menejeri sifatida boshlandi. O‘sha davrni yaxshi eslayman: ikki gapni ulab fikrimni ravon yetkaza olmaydigan, ammo yangi narsalarni tez o‘rganishga chanqoq 18 yoshli qiz edim. Ishni boshlaganimdan keyin birinchi yil ichida nafaqat sotuv bo‘yicha ko‘nikmalarni o‘zlashtirdim, balki shaxsiyatimda ham sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Ishning dinamikasi meni muloqot qilishga, tezkor qaror qabul qilishga va murakkab vaziyatlarda o‘zimni yo‘qotmaslikka o‘rgatdi.

Keyingi yillarda esa sotuvda o‘z kreativ g‘oyalarimni tatbiq etishni boshladim, bu esa muvaffaqiyat keltirdi. Sotuv bo‘limining marketing bo‘limi bilan uzviy bog‘liqligi tufayli marketingga bo‘lgan qiziqishim ham ortdi. Marketing jamoasining bizning xonada o‘tkazgan har bir uchrashuvi mening diqqat-e’tiborimni tortar va bu sohaning qanday ishlashini bilishga bo‘lgan istagimni kuchaytirardi.

Bir kuni ishlayotgan loyihamda marketing jamoasining faoliyati to‘xtatildi va vazifalarni vaqtincha boshqa xodimlar yuritishga harakat qilishdi. Shu paytda men o‘z g‘oyalarim bilan chiqish taklifini berdim va bu ma’qullandi. Bu men uchun yangi bosqichning boshlanishi edi. Dastlab 2-3 oy davomida tajriba orttirib, iyun oyida loyihada to‘liq ishlay boshladim. Natijalar o‘zini uzoq kutdirmadi: loyihani muvaffaqiyatli yakunladik.

Hozirgi kunda men bir vaqtning o‘zida 4 ta loyihada faoliyat yuritmoqdaman. Bu yillar davomida bir narsani aniq angladim: sotuv faqat mahsulot yoki xizmat sotishni emas, balki insonni o‘stiruvchi, unga muhim ko‘nikmalarni o‘rgatuvchi soha ekan. Sotuv sizni:
Samarali muloqot qilish: Turli mijozlar bilan tez va aniq gaplashishni;
Muammolarni yechish: Eng murakkab vaziyatlarni boshqarishni;
Ehtiyojlarni tahlil qilish: Mijozlar muammolarini tushunib, ularga yechim taklif qilishni;
Ishonchli bo‘lish: Suhbatdoshda ijobiy taassurot qoldirishni o‘rgatadi.

Bu ko‘nikmalar menga marketing sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishda juda qo‘l keldi. Chunki marketing nafaqat yaratish yoki rejalashtirishdan iborat, u ham odamlar bilan ishlash, ularning ehtiyojlarini anglash va ularga aniq javob berishdir.

Bugungi kunga kelib, bir vaqtning o‘zida bir nechta loyihada ishlayotganim va erishayotganlarimning asosi sotuvda olgan tajribamda yotadi.

Luna Khusanova

13 Jan, 13:53


Pulsiz erishilgan yutuqlarning qanchalar katta baxt olib kelishini his qilganmisiz? Pul bilan sotib olinadigan narsalarning qadri vaqt o‘tishi bilan pasayadi, ularni yo‘qotish oson. Lekin mehnat, halollik va samimiyat bilan erishilgan yutuqlar qalbga o‘zgacha sokinlik va qoniqish olib keladi. Bu his insonni chinakamiga baxtli qiladi, chunki bu yutuqlarda faqat moliyaviy boylik emas, balki ichki boylik – o‘z-o‘zini yengish, sabr va Allohga bo‘lgan ishonch mujassam bo‘ladi.

Pul bilan erishish mumkin bo‘lgan mavqe yoki status insonni vaqtincha hurmatli ko‘rsatishi mumkin. Lekin pulsiz, ya’ni o‘z mehnati, ixlosi va odilligi bilan erishilgan narsa, aslida, pul bilan sotib olinadigan hurmatdan ko‘ra qimmatroqdir. Chunki bunday hurmat odamning o‘z fazilatlari va Alloh oldidagi halol hayot tarzi bilan bog‘liq.

Musulmon hayoti aynan shunday bo‘lishi kerak: boylik yoki statusni maqsad qilmasdan, Alloh rizosi uchun yashash va har bir ishni pok niyat bilan amalga oshirish. Bu hayotning asl mazmunini anglashdir. Bunday yashash nafaqat dunyoviy baxt, balki oxirat saodatiga ham eltadi. Chunki chinakam boylik insonning qalbi, e’tiqodi va amallarida aks etadi, nafaqat cho‘ntagida.

Pulni vosita deb bilish, lekin qadriyatlarni sotib olishga urinmaslik musulmonlikning go‘zalligidir. Bu hayotda qanchalik ko‘p narsani pul bilan ololmasligingizni anglaganingizda, asl baxtni qanchalik o‘zingizga yaqin topishingizni his qilasiz.

Luna Khusanova

12 Jan, 13:02


Ba’zi sohalarda ko’p bilganimizdan emas, tajribamizdan emas balki muhabbatimiz sabab o’rin topdik.

Luna Khusanova

12 Jan, 12:57


Har bir ishni muhabbatdan kelib chiqib qilish kerak. Chunki muhabbat bilan qilingan ishda baraka, samimiyat va chin ma’no bo‘ladi. Ayniqsa, Allohga bo‘lgan muhabbatdan kelib chiqib qilingan harakatlar odamning qalbini yengil qiladi, ishga mazmun beradi va uni ilohiy bir amaliyotga aylantiradi. Bunday ishda charchoq ham sezilmaydi, har bir qadamda ruhiy bir ozuqa his qilinadi.

Shuning uchun aytiladi: inson ko‘p o‘rgangan narsasida dars berishi mumkin, lekin ijod qila olmaydi. Chunki o‘rgangan narsasi ko‘pincha ma’lumot yoki texnik ko‘nikmadan iborat bo‘ladi. Lekin inson sevgan narsasida ijod qiladi. Chunki muhabbat ichida ilhom bor, ilhom esa qalbdan chiqadi. Sevgi faqatgina ishni o‘rgatmaydi, balki uni butunlay yangi shaklda yaratishga undaydi.

Muhabbatdan kelib chiqib qilingan ishda g‘ayrat va mehnatning o‘zi yetarli emas, u yerda yurak, mehr va insonning butun vujudi ishtirok etadi. Sevgi bilan ishlagan odam o‘z ishidan zavq oladi, boshqalarga foyda yetkazadi va bu jarayonda o‘zi ham kamol topadi. Muhabbat bilan ishlagan kishi uchun har bir qadamda Allohga bo‘lgan yaqinlik hissi paydo bo‘ladi. Shuning uchun muhabbat ijodning, barakaning va chinakam muvaffaqiyatning asosidir.

Luna Khusanova

11 Jan, 18:49


Bu men olgan eng qadrli sur’atlardan biri edi…

Luna Khusanova

11 Jan, 18:19


Tungi tavsiya:
@bredu_travel ga obuna bo‘lib qo‘ying😁
Tafsilotlari bilan yaqin kunlarda bo‘lishaman)

Luna Khusanova

10 Jan, 07:15


"La ilaha illa Anta Subhanaka inni kuntu mina-z-zalimin."

"Sendan o‘zga iloh yo‘q, Senga hamd bo‘lsin, albatta men zolimlardan bo‘ldim."
(Bu Yunus (a.s.)ning duolari)

Luna Khusanova

09 Jan, 18:41


Hech kimni ota-onasidan so’kmang. Odamni qanday tarbiya olgani yoki qanday oiladan ekanligini baholash bizga emas, Allohga tegishli. Ota-onasini kamsitish yoki haqorat qilish, aslida insonning o’z qadr-qimmatini yerga uradi. Bu nafaqat sharmandalik, balki og’ir gunohdir. Chunki ota-ona – Allohning bandaga bergan eng katta ne’matlaridan biridir. Biror kishi o’zidan o’tib, o’zgalarni ham so’kishga jur’at qilayotgan bo’lsa, bu uning qanchalik ojiz va qabih ekanligidan dalolatdir.

Hech qachon o’zingizni boshqalardan ustun qo’ymang. Biz insonmiz, biz hech kimdan afzal emasmiz. Qancha ko’tarilsak ham, oxir-oqibat yer bilan teng bo’lamiz. Har birimizning hayotimizda ko’rinmayotgan sinovlarimiz, qayg’ularimiz va qilmishlarimiz bor. Shuning uchun birovning ahvolini bilmasdan uni past ko’rish, unga tepadan qarash bizni o’zimizdan boshqa hech kim oldida buyuk qilmaydi. O’zimizni baland tutganimizda, aslida Alloh bizni yanada tubanlashtirishi mumkinligini unutmaylik.

Alloh bizga hisob-kitobni o’z vaqtida qiladi. U ko’rinmas, lekin eng adolatli hakamdir. Bizning gaplarimiz, amallarimiz, hatto niyatlarimizni ham U ko’radi. Odamlarni so’kish, kamsitish yoki tepadan baho berish faqatgina bizning g’arazimizni oshkor qiladi. Oxirat kuni Allohning oldida turgan paytimizda, hech birimiz “Men yaxshi edim, u esa yomon edi,” deb bahona qila olmaymiz. Chunki Alloh qalbimizdagi haqiqatni biladi.

Hech qachon o’zingizni begunohdek ko’rsatishga urinmang, boshqalarni esa gunohkor kabi qarshilamang. Biz hammamiz xatokormiz, lekin qaysidir odamga adolatsiz munosabatda bo’lish – bu o’zingizga zarar yetkazishdir.

Insonlar bilan muomala qilayotganingizda, har doim shunday eslab qoling: “Bu inson Allohning bandasi. Uni sevishni yoki uni yerga urishni faqat Alloh hal qiladi, men emas.”

Luna Khusanova

07 Jan, 19:07


Ba’zan meni qilinadigan ishlar va yaratilayotgan g‘oyalar uxlatmaydi. Go‘yo miyamda yaratish va o‘ylash jarayoni to‘xtovsiz davom etadi. Ko‘zimni yumishga urinaman, lekin tinchlik topolmayman — har bir daqiqa yangi fikrlar bilan to‘lib-toshadi. O‘zimni g‘oyalar dengizida suzayotgandek his qilaman.

To‘xtovsiz kelayotgan idealar gohida meni hayratga soladi: “Buni shunday qilsam qanday bo‘larkin?” yoki “Yana bir oz yaxshiroq usul topishim kerak!” degan o‘ylar kechalarni qisqartiradi. O‘sha lahzalarda tushunaman — bu faqat kreativlikning o‘ziga xos jozibasi. Uni boshdan kechirish qiyin, lekin har bir topilgan yechim va amalga oshgan loyiha ortidagi bu kechalar qadrlidir.

Go‘yoki har bir fikr meni oldinga undaydi, yanada mukammalroq bo‘lishga chaqiradi. Bu jarayon — oddiy bir fikrdan ulkan loyiha yoki san’at asarigacha yetib borish yo‘lidagi sadoqat va ilhomning bir shakli. Har bir yarim tunda o‘ylangan g‘oya — ertangi kunga qadamdir.

Luna Khusanova

07 Jan, 03:27


Moddiy hayotga bo‘lgan munosabatimdagi yondashuv so‘nggi yillarda tubdan o‘zgardi. Ba’zi narsalardan tashvishlanishni, jumladan, moddiyatdan ortiqcha xavotir olishni to‘xtatdim. Endi hayotda qabul qilgan qarorlarim va qilayotgan harakatlarimga asosiy e’tiborimni qarataman. Aqlim yetgancha va imkonim darajasida harakat qilaman, lekin natijaga qalban bog‘lanmaslikni o‘rganmoqdaman.

Buning asosiy sababi shundaki, biz insonlar ko‘pincha harakatlarimizning sabablariga haddan ziyod ishonamiz va natijaning aynan biz kutgandek bo‘lishini istaymiz. Ammo haqiqat shundaki, natijalar ustidan to‘liq nazorat qilish imkoniyatimiz yo‘q. Bu – Allohning ishi. Berish ham, bermaslik ham Uning irodasiga bog‘liq. Biz bilmagan hikmatlar va sabablarga ko‘ra, Uning irodasi biz uchun doimo yaxshidir. Shu sababdan, harakatni qilish — mening vazifam, natijani qabul qilish esa — imonimning bir qismidir.

Bu yondashuvning hayotimga olib kelgan tinchligi va xotirjamligini ta’kidlamoqchiman. Chunki inson qalban natijaga bog‘lanishni to‘xtatganda, unga nisbatan ortiqcha xavotir va bosimdan xalos bo‘ladi. Har bir holatni hayrli deb qabul qilish, hayotimdagi voqealarni yengilroq qarshi olishimga yordam bermoqda.

Shu sababli, men hayotimda har bir harakatni mas’uliyat bilan amalga oshirishga harakat qilaman, lekin natijalar haqida haddan tashqari tashvishlanishni to‘xtatdim. Chunki ishonchim komil: Alloh bizga faqat biz uchun hayrli narsalarni beradi. Har qanday natija – bu bir saboq, bir ne’mat yoki Allohning sirli rejasining bir qismi.

08:20
Tashkent

Luna Khusanova

05 Jan, 14:28


Yangi yil, yangi chaqiriq: 1 hafta – 1 kitob

Bugun tanishim menga yangi yil uchun qiziqarli va foydali bir challange g‘oyasini taklif qildi. G‘oya juda ma’qul bo‘ldi, va men uni hayotimda sinab ko‘rishga qaror qildim. Oldinda hali 360 kun bor – bu taxminan 51 hafta demakdir. Bir haftani boy berdik, lekin bu boshlashga to‘sqinlik qilmaydi.

Yangi chaqiriqning sharti oddiy: har hafta men o‘zim tanlagan bitta kitobni o‘qib chiqaman. O‘qiganlarimdan olgan eng muhim fikrlarim, xulosalarim va ilhomlantiruvchi joylarini Telegram kanal va ba’zan Reels orqali baham ko‘rib boraman.

Men bu yilni o‘zim uchun chinakam intellektual sayohatga aylantirishni xohlayman, va bu challange shunga ajoyib zamin yaratadi.

Birinchi kitobim: Jordan Pitersonning “Hayot uchun 12 qoida”.
Bu kitobni avval ham o‘qiganman va juda ta’sirlanganman. Ammo, vaqt o‘tib, qayta o‘qish hamisha yangi jihatlarni ochib beradi, fikrlarni yanada chuqurroq tushunish imkonini beradi. Shuning uchun bu safarni aynan shu kitobdan boshlayman.

Bu challange menga faqat bilim bermaydi, balki fikrlashimni boyitadi, hayotga yangicha qarashni o‘rgatadi va yangi odatlarni shakllantirishga yordam beradi. Endi esa, boshladik!

Kanalimda o‘z taassurotlarimni kuzatib boring va siz ham kitob tanlash bo‘yicha o‘z takliflaringizni bildirishni unutmang. Keling, birga rivojlanamiz!

Luna Khusanova

05 Jan, 14:06


Qahramonlik

Haqiqiy qahramonlik – bu hayotni tubdan o’zgartirish yoki katta, g’aroyib ishlar qilishda emas. Balki 0.001% bo’lsa ham yaxshilanishga hissa qo’shish, o’z-o’zini yoki atrof-muhitni ozgina bo’lsa ham yaxshilashga qaratilgan harakatdir. Aynan shu kichik qadamlar jamlanib, katta o’zgarishlarga olib keladi.

Biz ko’pincha qahramonlikni buyuk yutuqlar bilan tenglashtiramiz: tog’larni zabt etish, tarixga kirish yoki millionlab hayotlarni o’zgartirish. Lekin ko’pincha chinakam qahramonlik bu – oddiy, kundalik tanlovlar. Biron bir yaxshi odatni boshlash, kimgadir mehr ko’rsatish, o’zimizni yoki boshqalarni yaxshiroq qilishga intilishdir.

Biroq, biz o’zimizni chegaralar bilan o’ramoqdamiz. Tasavvurlarimizni cheklab qo’ydik. Hatto orzu qilishimizda ham ehtimolliklarni hisoblaymiz. “Bu ishni qilish mumkinmi? Bu haqiqatan sodir bo’ladimi?” degan savollar bizning tasavvurlarimizni siqib qo’yadi. Kattaroq orzular qilishga jur’at topmaymiz, chunki kichik o’zgarishlarni e’tibordan chetda qoldiramiz.

Hayotda katta narsalar kichik harakatlardan boshlanadi. Bir necha qadamlarsiz hech qachon uzoq masofani bosib o’ta olmaysiz. Agar har kuni atigi 0.001% yaxshilanishga erishsak ham, bu vaqt o’tib ulkan o’zgarishlarga olib keladi. Matematik jihatdan ham qaralsa, kichik o’sish koeffitsienti vaqt o’tishi bilan eksponential o’sishga aylanishi mumkin.

Kichik qadamlarni qadrlashni o’rganish kerak. Har kuni yangi bir narsa o’rganish, kimningdir hayotini yaxshilash, atrof-muhitga bir oz foyda keltirish – bu hammasi qahramonlikning bir ko’rinishidir. Bizning o’zimizga va dunyoga qilgan har bir kichik yaxshiligimiz yig’ilib, kelajakni o’zgartiradi.

Demak, qahramonlik – bu jasorat bilan ulkan marralarga intilish emas, balki bugungi kunda kichikroq yaxshilik qilishdir. Chunki katta o’zgarishlar ko’pincha kichik qadamlar bilan boshlanadi. Tasavvur doiramizni kengaytirib, bu kichik harakatlarni qadrlashni boshlaganimizda, biz haqiqiy qahramon bo’lamiz.



P.s Hiqichoq filmidan ilhomlangan holda yozildi
Luna Khusanova
19:03 Tashkent

Luna Khusanova

31 Dec, 18:25


Yil ortda qolmoqda, va u bilan birga biz uchun unutilmas onlar, quvonch va sinovlar ham tarixi bo‘lib qoldi. Bu yil davomida har birimiz kichik bo‘lsa-da, bir narsaga erishdik, o‘zimizni rivojlantirdik va yangi tushunchalar, saboqlar oldik. Ba’zi lahzalar yoqimli edi, ba’zilari esa murakkab va sabr talab qiladigan. Ammo baribir, hammasi bir xil haqiqatni tasdiqladi: hayot o‘z oqimida davom etar ekan, har bir tajriba o‘z o‘rnida qimmatli.

Yilning eng katta saboqlaridan biri shuki, baxt oddiylikda va o‘zidan mamnunlikda yashirin. Faqat o‘zi bilan band, oddiy va hayotini sokin davom ettiradigan odamdan baxtliroq kim bo‘lishi mumkin? U tashqi shovqinlardan uzoqda, ichki osoyishtalik va qanoat bilan yashaydi. Hayotning chinakam boyligi ham aynan mana shunday tinchlik va oddiylikda yotadi.

Luna Khusanova

31 Dec, 09:01


Tariqatda gaplarni qabul qilish markazi quloqlar emas, qalblardir.

Luna Khusanova

28 Dec, 09:36


Hayotimizni qiyinlashtiradigan bir xatoimiz bor

Boshqa birov tomonidan qilingan xato har doim bizga yomon ko'rinadi, lekin o'zimiz ham xuddi shunday qilganimizda , u endi yomon ko'rinmaydi. Boshqa odamlarning yomonliklari har doim o’zimizning illatlarimizdan ham yomonroq tuyiladi. Biz har doim o'zimizni oqlay olamiz, lekin boshqalarni to'liq hukm qilamiz.


Bu barchamizdagi uchraydigan fikrlar, shunaqa payt bitta to’xtab o’ylab ko’rarmiz balki xato qilayotgan bizdirmiz

Luna Khusanova

24 Dec, 05:35


Rizq shukr bilan boshlanadi. Rizq nima ekanligni tushunganimizda uning barakasi ko'p jihatdan ilm va xotirjamlikda ekanini sezamiz. Rizq – Allohga tavakkal qilish safaridir.

Luna Khusanova

19 Dec, 17:39


Ba’zan yurak tasavvur qilgan, ammo hech qachon ro‘yobga chiqmagan baxtli lahzalarni izlaydi. Bu sog‘inch go‘yo bizni shunday lahzalarni yaratishga, orzularimizga yaqinlashishga undayotgandek. Tasavvurlar va hislar bilan yasalgan o‘sha xayoliy dunyo ham bir lahzalik boshpana bo‘lib xizmat qiladi.”

Luna Khusanova

19 Dec, 09:36


Rasululloh s.a.v
“Sizlardan oldingi qavmlarni halokatga olib kelgan narsa shu ediki, ular zodagonlar jinoyat qilsa, ularni jazolamas edilar, zaiflar jinoyat qilsa, jazolardilar. Allohga qasamki, agar Fotima o‘g‘rilik qilsa, albatta uning qo‘lini kesar edim.”
Buxoriy va muslim rivoyati

Tarafkashlikdanda yomonroq va insonga ozor beradigan narsa ko’rmadim.

Luna Khusanova

18 Dec, 05:45


Ko’p narsalar ko’ringanidek emas, balki biz ham) Huddi ko’rinishimiz kerak bo’lgandekmiz…

Luna Khusanova

16 Dec, 17:09


Agar ichingizda qandaydir istak paydo bo'lsa, demak bu sababsiz emas; Bu shuni anglatadiki, uni amalga oshirishga arziydi. Noma'lum, bizni o'ziga tortadigan narsaga qadam tashlash har doim ham oson emas, lekin bu bizning o'sishimiz va tajribamiz uchun zarurdir.

Bizni hayot davomida nima olib boradi? Imon. Eng yaxshi narsaga, o'zimizga va kuchli tomonlarimizga va bizniki bizni tark etmasligiga ishonish.
Va shuning uchun, yuragingizning impulslariga ergashib, noma'lum tubsizlikka sakrash qanchalik hayajonli bo'lmasin, siz hayot oqimiga ishonishingiz va qaerga olib borishini kuzatishingiz kerak. Axir, komfort zonasida qolish va bir joyda turish, u tomonda orzularimizning bor ekanligini hech qachon bilmaslik - bu juda ham yomon.

Luna Khusanova

16 Dec, 07:05


Ovoz bergan bo’lsangiz commentda bildirib qo‘ying!

Luna Khusanova

16 Dec, 07:03


​​​​​📈 Qaysi ta'lim muassasalari oldinda?

🇺🇿 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi barcha ta'lim muassasalari va xususiy maktablar doirasida o'tkazilayotgan "Yilning eng yaxshi ta'lim muassasalari-2024" tanlovida hozirgacha 100.000 nafar ovoz yig'ildi!

1⃣ Sodiq School

Agar Sodiq school’ga ovoz bersangiz judayam mamnun bo’lardim. Ishonchingizga loyiq deb bemalol ayta olaman!

Luna Khusanova

15 Dec, 19:23


Biz odamlarga faqat o'zimizning ular tushunishga qodir bo'lgan qismini ko'rsatamiz. Ammo har doim faqat bizga ma'lum bo'lgan bir tomon qoladi.

Luna Khusanova

12 Dec, 05:59


Tafakkurning boisi tashakkurdir. Tashakkursiz tafakkur be’manodir..

Luna Khusanova

11 Dec, 13:26


Siz dangasa emassiz
Siz aniq maqsadlar qo'yishingiz kerak.

Siz diqqat markazida emassiz
Siz vazifalarni birinchi o'ringa qo'yishingiz va tartibni saqlashingiz kerak.

Siz malakasiz emassiz
Siz doimiy o'rganishga vaqt sarflashingiz kerak.

Siz samarasiz emassiz
Vazifalarni kichikroq, boshqariladigan bosqichlarga bo'lishingiz kerak

07:30 Toshkent | Luna Khusanova

Luna Khusanova

10 Dec, 12:22


Challenge’ning 29-kuni. Vazifalar 95% + bajarildi.

Yana qanday challenge qilish haqida o’ylayabman🤔

Luna Khusanova

10 Dec, 06:12


Hayotda hamma narsa o‘zgaradi, hamma narsa o‘tadi. Har qanday falokat vaqt o‘tishi bilan o‘z chuqurligini yo‘qotadi, xuddi teridagi yara bitgani kabi. Ilgari chidab bo‘lmas bo'lib tuyulgan dramatik narsa, juda maqbul tajriba bo‘lib chiqadi. Ularsiz siz hozir bilganingizni hech qachon bilolmaysiz.

Luna Khusanova

08 Dec, 19:42


Oxirgi 1 hafta 2 savolni javobini o‘zimda qidirdim…
1. Hozirgi vaqtimda moddiyat qidiryabmanmi?
2. Hozirgi vaqtimda o‘zimni qidiryabmanmi?

Ba’zan o‘zimizni yaxshi his qilish uchun to‘g‘ri javobdan qochamiz. (Buni kech tan oldim)

Hozirgi onlar shaxsiyatni ya’niki o‘zimizni shakllantirish vaqti. Prioritetlarni shu nuqtai nazardan belgilash kerak menimcha))

Luna Khusanova

06 Dec, 18:32


Seni so‘z bilan ichkariga kiritganlar, so‘zsiz chiqarib ham yuborishi mumkin… bu biroz qalbga og‘ir keladi.

Luna Khusanova

06 Dec, 01:49


25/30

Luna Khusanova

05 Dec, 10:09


Qalbingizdan nariga o'tmaydi deb o'ylagan duongiz 7 osmondan oshib ketadi.

Albatta, U eshitguvchi va yaqindir.

Luna Khusanova

03 Dec, 14:37


Har nuqtada o’zini eslatuvchi Robbimizga hamdlar bo’lsin

Luna Khusanova

02 Dec, 17:21


Bu juda nozik tushuncha: siz sevgan hamma narsa sizsiz.

Luna Khusanova

02 Dec, 01:58


24/30

Luna Khusanova

30 Nov, 00:05


Hayotingizning hech kim bilmaydigan, tushunmaydigan va kirish imkoniga ega bo'lmagan eng chuqur, eng qorong'u, yashirin va eng og'riqli qismlarida…

U erda siz Qodir Allohni topishingiz mumkin.

Shifolash, tasalli berish, ichkaridan tiklash…

Luna Khusanova

29 Nov, 23:59


22/30

Luna Khusanova

28 Nov, 23:59


21/30

Luna Khusanova

28 Nov, 19:38


Alloh taolo go'zaldir va U go'zallikni yaxshi ko'radi. U bilan munosabatingizda samimiy bo'lsangiz, bu go'zallikni o'zingizda topasiz. Siz fazilatli, adolatli va uyg'un bo'lasiz. Siz qilayotgan hamma narsa nafis va chiroyli. Har bir fikr, har bir so'z va har bir harakat. O'z qo'llaringiz bilan yaratgan, qurgan, yozgan yoki pishirgan hamma narsa chiroyli bo'ladi!

Luna Khusanova

28 Nov, 00:01


20/30

Luna Khusanova

26 Nov, 23:58


19/30

Luna Khusanova

25 Nov, 23:51


18/30

Luna Khusanova

25 Nov, 00:07


17/30

Luna Khusanova

24 Nov, 08:48


Xulqim yaxshilanishi uchun
1. Ko’rishgan barcha odamimga salom berish (alik olish)
2. Barcha bilan samimiy ohangda muloqot qilish
3. Imkonim bo’lsa yordamimga muhtojlarga yordam ko’rsatish
4. Odamlarni muhokama qilmaslik
5. Hech qayerda o’zimni oqlamaslik
6. Hech bir kishidan o’zimni yaxshiroq deb bilmaslik
7. G’azab kelganda o’zimni boshqarish
8. Kamtarona so’zlash, yurish, kiyinish
9. Behuda narsalarni o’ylamaslik
10. Shukrni ko’paytirish

Shularni o’zimda odat qilib shakllantirishga kirishdim.

Alloh xulqimizni o’ziga mahbub bo’ladigan holda qilsin.

Luna Khusanova

23 Nov, 19:50


15-kun va biroz menda nimalar o’zgargani haqida yozmoqchiman.

1. Endi yangi challenge’lar qilishga qo’rquv yo’q.
2. Ertalab challange’dagi tartiblarni bajarmaslik men uchun fojia, yoqimsiz his beradi
3. Doimiylik qanday foyda berishini real ko’ra oldim (kichik bo’lsa ham amallarni doimiysi afzaldir)
4. Fe’lim yumshoqlashdi
5. Pozitiv o’ylashni boshladim

Luna Khusanova

23 Nov, 00:08


15/30

Luna Khusanova

22 Nov, 00:00


14/30

Luna Khusanova

21 Nov, 18:06


Bilim olishdanda tushunish muhimroq

Yoshligimdan bir narsa har doim meni yuqoriga olib chiqqan, juda iqtidorli bo’lmasamda juda tez o’rgana olardim. Tushuntirishmasa ham shunchaki jarayonni kuzatish orqali o’zlashtirardim. Shu skills orqali mustaqil interer dizayn, grafik dizayn, SMM va sotuvni o’rganganman.

Marketinga kirib kelishim ham juda qiziq bo’lgan, har doim sotuv bo’limida ishlab yurganimda marketing bo’limi meetinglarida, suhbatlarida tasodifan qatnashib qolardim. Allohning fazli bilan 1 yildan keyin aynan o’sha loyihani o’zimiz marketingini yuritdik va quvonarli natijalarga erishdik.

Ishoning o’sha payti (18 yoshimda) grafik dizaynda ham interer dizaynda ham o’zimni topolmaganman. Lekin 1 yildan keyin o’sha bilimlar qiymat berdi. Hozir esa hamma narsadan nimadir o’rganishga harakat qilaman. Har bir suhbatlashgan odamimdan, har bir davradagi suhbatdan. Ishonchim komilki bir moment bo’ladi va bu tushunchalar qiymat beradi va natijani yuqori qiladi.

Bilim passiv, tushunish aktiv.

Luna Khusanova

21 Nov, 06:30


Qanday qilib baxtli hayot kechirish bo’yicha qo’llanma

Allohni eslang

(Albatta, Allohni zikr qilish bilan qalblar taskin topadi) Quron 13:28

Shukrli bo'ling

(Agar shukr qilsangiz, albatta sizga ko'proq beraman) Quron 14:7

Taqqoslamang

(O'zingizdan pastdagilarga qarang, o’zingizdan yuqoridagilarga qaramang, chunki Allohning ne'matini kam bilmaslik eng yaxshi yo'ldir.) Buxoriy 6490

Kamroq moddiy narsalarga e'tibor qarating

(Boylik ko'p narsaga ega bo'lishda emas. Aksincha, haqiqiy boylik qalb boyligidir) Buxoriy 6446

Luna Khusanova

21 Nov, 00:04


13/30

Luna Khusanova

19 Nov, 23:51


12/30

Luna Khusanova

18 Nov, 23:53


11/30

Luna Khusanova

18 Nov, 00:36


Challenge’ning 10-kuni.

Ertalab uyg’onish odatiy holga aylandi, ertalab nonushta qilish odatiy holga aylandi. Yengil badantarbiya qilish odatiy holga aylandi. Shular sabab kunlarim pozitiv va productive o’tyapti.
Alhamdulillah
Sizda qanday o’tyapti?

Luna Khusanova

18 Nov, 00:07


10/30

Luna Khusanova

17 Nov, 17:17


Bilasizmi, ba'zan imkonsiz bo'lib ko‘ringan narsani Allohdan so‘raymiz. Nega duo qilayotganimizga o‘zimiz ham shubhalanamiz, lekin baribir bu duo doimo tilimizda , ongimizda va qalbimizda. Nega bilasizmi? Chunki Alloh bizga biror narsa berishni xohlasa, U bizni duo qilishga ilhomlantiradi. Duolarimiz hech qachon qabul qilinmasligiga ishonishimizni shayton istaydi. Bu shaytonning bizni shubha qilishimiz uchun tuzog'idir. Biz uchun hamma narsa, tom ma'noda hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Biz uchun imkonsiz bo‘lib tuyulgan narsa mo‘jizaviy tarzda sodir bo'lishi mumkin, chunki Alloh imkonsiz hamma narsaga qodirdir. U Imkonsizning Parvardigoridir.

Luna Khusanova

17 Nov, 09:10


Tashqaridan odamlarni hayolidagi “yaxshi odamdek” ko‘rinamiz xolos.

Luna Khusanova

16 Nov, 23:46


9/30

Luna Khusanova

16 Nov, 00:14


8/30

Luna Khusanova

14 Nov, 23:47


7/30

Luna Khusanova

14 Nov, 13:15


O'zingizni chuqurda topsangiz, birinchi qiladigan ishingiz qazishni to'xtatish bo’lishi kerak.

Luna Khusanova

13 Nov, 23:43


6/30

Luna Khusanova

13 Nov, 04:55


Ba’zan insonlar javob qaytarolmagani uchun tahqirlanadi.
Ammo odamlar javob qaytarmasligi tufayli ham kamsitiladi.

Luna Khusanova

13 Nov, 01:23


5/30
P.s 100% lik emas.

Luna Khusanova

12 Nov, 12:21


Ertami-kechmi hayotimizda bizni va dunyomizni tubdan o'zgartiradigan narsa sodir bo'ladi. Bu har qanday vaqtda sodir bo'lishi mumkin va ko'pincha hayotni, odamlarni va harakatlarni qayta baholash bilan bog'liq.

Biz o'zimizga sho'ng'iymiz, uyg'unlikni qidiramiz, sukunatga tushamiz va aynan shu holatda sodir bo'lgan hamma narsa endi bizning ichimizga unchalik chuqur kirmasligini tushuna boshlaymiz. Bu odamlar tufayli emas, balki bu sodir bo'ldi, shunday bo'lishi kerak.

Luna Khusanova

11 Nov, 23:49


4/30

Luna Khusanova

11 Nov, 18:23


Sizlardan iltimos to’xtab qolmaylik…
4-kunga omad!

Luna Khusanova

11 Nov, 17:54


4 kun avval boshlagan challenge’imizni ko’plab odamlar qo’llab quvvatladi va bu menga ham katta yordam berdi. Lekin hozirgi kundagi ba’zi ma’lumotlar noto’g’ri uslubda tarqalishini hisobga olgan holda yuqoridagi challenge’ga oid xabarlarni o’chirishga qaror qildim.

To’xtab qolmang! Doimiy bo’ling.

Luna Khusanova

11 Nov, 05:54


Noteng taqsimoti

Eng yuqoridagi 1% odamning boyligi eng quyidagi 50 foiz odamnikiga teng.

Dunyodagi eng boy 85 kishining boyligi eng quyidagi 3.5 mlrd kishinikiga teng.

Ilmiy maqolalarning ko’pchiligini juda oz sonli olimlar nashr ettiradi.

Musiqachilarning ozgina qismi deyarli barcha tijoriy musiqa asarlarini yaratadi.

Zamonaviy orkestr ijro etadigan musiqaning deyarli barchasini to’rttagina klassik bastakor - Bax, Bethoven, Motsart va Chaykovskiy yozgan.

Oz sonli shaharlarda deyarli hamma odamlar yashaydi.

Oz sonli jismlarda deyarli barcha massa to’plangan.

Muloqotning 90%i atiga 500 tagina so’z bilangina amalga oshadi.

Luna Khusanova

10 Nov, 14:31


Alloh hech qachon bizdan biror narsani olib qo'ymaydi, uni yaxshiroq narsaga almashtirishi mumkin 😀

O’zim tushungan eng yaxshi tushunchalardan biri.

Luna Khusanova

09 Nov, 15:38


🎉 Xushxabar, Lola Animation multfilmi endi YouTubeda!

Do'stlar, bizni shu vaqtgacha qo'llab-quvvatlab kelgan obunachilar, bugun sizga 3 yil davomida tayyorlagan ishimizning ilk namunasini taqdim etamiz. Ishonamizki, Lulu va Nana nomli, ko'p qismli multfilm sizga va bolajonlarga manzur bo'ladi. Ushbu multfilm farzandlarimizning tarbiyasiga ijobiy ta'sir o'tkazishiga ishonamiz va maqsadimiz ham shundan iborat.

So'rardikki, multfilmni farzandlaringiz, jiyanlaringiz, umumiy olganda bolalar bilan birga tomosha qiling. Multfimdagi g'oyalarni batafsil tarzda ularga tushuntirib bering. Agar sizning qurilmangiz Dolby Digital formatni (maxsus ovoz vositasi) qo'llab-quvvatlasa, multfilmni yanada maroq bilan tinglashingiz mumkin bo'ladi. Multfilmdagi barcha jarayonlar, animatsiyadan tortib ovozgacha eng original holda bo'lib, o'zbek xalqiga tuhfa tarzida multfilmni taqdim etamiz!

Marhamat tomosha qiling: https://youtu.be/RFrpXcHtplA

Ko'proq bolalarga yetib borishi uchun ushbu havolani barcha tarmoqlarda ulashing! Do'stlaringiz, tanishlaringiz, hamkasblaringizga ya'ni barcha-barchaga tavsiya qiling. Bizga eng katta yordam bu tavsiyangiz va qo'llab-quvvatlashingizdir!

👉 Qo'llab-quvvatlash

@lola_animationuz

Luna Khusanova

07 Nov, 01:47


“Suhbatdoshing sen bilmaydigan biror narsani bilishi mumkin” degan gumonda bo‘l

Podcast’dan

Luna Khusanova

05 Nov, 19:21


Sizni pastga tushiradigan odamlardan uzoqroq turing.

Hech qachon hal bo'lmaydigan janjallardan uzoqroq turing.

Hech qachon sizning qadringizni ko'rmaydigan odamlarni xursand qilishga urinishdan uzoqroq turing.

Ruhingizni zaharlaydigan narsalardan qanchalik uzoqlashsangiz, shunchalik sog'lom bo'lasiz.

Luna Khusanova

28 Oct, 18:05


Baxtni baham ko'rmasangiz, rangi yo'qoladi.

Luna Khusanova

27 Oct, 17:51


Sevimli shoirim Usmon A’zim “Lolazor” podcastiga chiqibdilar.

Podcastga havolaa👇
https://youtu.be/xjcDu6bMl0M?si=9J3a7zgwmFTh2hhd

Luna Khusanova

26 Oct, 18:28


Xato qilish yomon va yaxshi

Agar qilgan xatoyingiz xato ekanligini tushunsangiz yengil shukur keltiring. Bu o’zingizni “Haq” deb bilganingizdan 10x yaxshiroq

Endi siz takrorlamaysiz.
Shunday hayollar kelganda sizga oldingi dars qo’l keladi va qaytaradi

Shu sabab yana At Tavvobga yuzlanasiz

Shayton bilan kurashasiz, u sizni oqlash uchun juda ko’p hayollarni, da’volarni yuboradi. Yengolsangiz qalbingizdagi g’ashlik ketadi

Va har qanday jazoga rozi bo’lasiz. Minimumidan maximumigacha…


Va ba’zan xatolar Allohdan qo’rqmaganimizdan yoki manfaatdorlikdan qilinmaydi. Uslub xato bo’lsa, natija ham xato.

Birovning qalbiga hech qachon hukm qilmang.

(Ustoz nasihatlari)

Luna Khusanova

25 Oct, 15:42


Ba’zan o’ylaganingni, qalbingdagini tegishli shaxsga yetkazib qo’ymasliging seni adashtiradi.

Luna Khusanova

25 Oct, 10:20


Agar siz musulmon bo'lsangiz, bu oddiy

1) Hayotingizni namoz atrofida tuzing. 5 vaqt namoz farzdir. Sizni axloqsizlikdan saqlaydi. Gunohlaringizni tozalaydi. Intizomli bo'lishga yordam beradi. Sizni Allohga bog'laydi.

Uning atrofida hamma narsani quring. Busiz, hech narsa ushlab turmaydi.

2) Diqqatni oxiratga qaratish
Bu dunyo ilohiy teatrdir. Pardalar qiyomat kuni tortiladi. Maqsad shunchaki bu yerda omon qolish emas. Bu keyingi hayotda g'alaba qozonish uchun.

3) Halol ovqatlaning va mashq qiling. Biz tanamiz aslida bizniki emasligini unutamiz. Bu Alloh taoloning qarzidir. Unga qanday g'amxo'rlik qilishingiz ibodatingizning bir qismidir.

4) Bomdod
Siz abadiy boylik, sog'lik, go'zallik va hayot haqidagi haqiqiy va'daga erishish uchun uyg'ona olmaysizmi? Erta tong barakaga to'ladi.

Biz hammamiz bazan uddalay omaymiz, lekin bu odatiy holga aylanishiga yo'l qo'ymang.

Haqiqatan ham muhim bo'lgan narsaga e'tibor qarating.
Qolganlarning hammasi shovqin.

siz islom bilan hayotni optimallashtiring.


Eng avvalo o’zimga eslatma)

Luna Khusanova

25 Oct, 07:01


O’rtar…

G’amim boshqa, alam boshqa)

Luna Khusanova

25 Oct, 07:01


Yaxshilikni berib bo'lmaydi, u har doim qaytib keladi

Luna Khusanova

24 Oct, 18:17


Odamlar tashqaridan "porlash" uchun juda ko'p harakat qilishadi, ular ichkarida to'plangan zulmatni yoritishni unutishadi.

Luna Khusanova

23 Oct, 12:09


Sizning eng noodatiy xarakteringizdan zavqlanadigan odamni toping. Sizni oddiy bo'lishga majbur qiladigan ahmoqni emas..

Luna Khusanova

22 Oct, 15:56


Tahminan 2 soatlar oldin shunchaki kayfiyatim o’z o’zidan tushib ketti, ancha o’zimni yomon his qildim, qalbimda og’riq bor edi.
Hozir tasodifan Madinaning videosiga ko’zim tushdi va chin qalbdan borishni hoxladim.
To’g’risini aytaman shu paytgacha ushbu joyga borishni chin qalbdan niyyat qilmaganman, hayolimga kelganda doim men tayyormasman, hali vaqtli degan o’ylar kelardi. Yaqinda bir necha davlatga borgan ustozim baribir ravzadan go’zal joy yo’q deganlarida ham unchalik his qilolmagandim.

Videoning o’zi qalbimga qancha xushu berdi, borsam o’zimni qanday his qilishimni tasavvur qilolmadim…
Alloh nasiyb etsin)

Luna Khusanova

21 Oct, 19:14


Uzoq paytdan ber yo’ldaman
Goho bog’lar gohi cho’ldaman
Qalbimdagi o’ngu so’ldaman
Senga yetmas ersam so’naman

Shoirlikka davogarlik yo’q))

Luna Khusanova

21 Oct, 05:01


Tinkalarni quritdi
Ixtilof-u nizolar,
Nizoni yo'q qilishga
Yig'ildi rahnamolar.
Bari bitta fikrga
Yakdil ovoz berishdi,
Ixtilof-u nizoni
Yo'q gilishga kelishdi.
Faqat bitta ish qoldi
Navbat keldi shu ishga,
Ixtilof-u nizoni
Qandayin yo'q qilishga.
Birov u, birov bu der,
Avjga chiqdi tortishuv,
Kelishmaslik fikrida
Yakun topdi kelishuv.
Nega hayron bo'lasiz?
Ular ham emas ahmoq,
Faqat har kim o'zgadan
O'zin ko'rar yaxshiroq!
Ustoz Husaynxon Yahyo Abdulmajid
05.09.2015

Luna Khusanova

20 Oct, 16:30


Bilasizmi, "Hech narsani keyinga qoldirmang" - bu juda oddiy eslatma, lekin bu haqda o'ylaganimda menga juda qattiq ta'sir qiladi.

Biz har doim ishlarni keyinga qoldiramiz, xoh bu matnni yuborish, loyihani boshlash yoki hatto o'zimizga bir lahza ajratish. Bizda har doim ko'p vaqt bo'ladi deb o’ylaymiz. Lekin rostini aytsam, narsalarni keyinroqqa qanchalik ko'p sursak, shunchalik ko'p ularni hozir qilish imkoniyatini o'tkazib yuboramiz.

Hayot tez o'tadi, shuning uchun "to'g'ri" lahzani kutishdan ko'ra, nega hozirdan unumli foydalanmaslik kerak?

Yozayotganlarim ta’sir qilmasligi mumkin. Unda albatta shu ishni qiling:
Ota-onangizni 10 yil oldingi sur’atlariga qarang
O’zingizni 10 yil oldingi sur’atingizga qarang

Farq bora…

Luna Khusanova

19 Oct, 02:11


Hazrat Ali : “Farzandlaringizni o’z zamonasiga qarab tarbiyalang. Chunki ular sizning zamoningiz uchun emas balki o’z zamonlari uchun tug’ilganlar”

Luna Khusanova

18 Oct, 11:26


ikki xil odamlar bor
dunyoda: beruvchilar va oluvchilar.

Qabul qiluvchilar yaxshiroq ovqatlanishlari mumkin, ammo beradiganlar yaxshiroq uxlaydilar.

Bu menga juda qattiq ta'sir qildi!

Luna Khusanova

17 Oct, 16:52


Hech o'ylab ko'rganmisiz
Qanday qilib tasodifiy iboralar hayotingizni o'zgartirishi mumkin?

bitta "kechirasiz" va siz yana yaqin odamni topdingiz.

"uning ustidan kulishni to'xtating" va siz kimnidir ko'plab komplekslardan qutqardingiz.

"Men xohlamayman" va siz erkinlikka erishasiz.

"Men sizni yolg'iz qoldirmayman" va siz odamga yordam berasiz.

"iltimos, buni qilmang" va siz odamga o'ylash imkoniyatini berasiz va kelajakda uning hayotini buzmasligingiz mumkin.

Ba’zan so'zlarning qanchalik muhimligi haqida o'ylang.
Har bir so'zning oqibati bor. Men sizning so'zlaringiz faqat ijobiy oqibatlarga olib kelishini tilayman

Luna Khusanova

17 Oct, 09:47


Jamoamizga tajribali SMM menejer kerak.
Portfoliongizni @the_lunakh ga yuboring

Luna Khusanova

16 Oct, 06:44


Yaqin 3 oydirki ba’zi masalalarda fikr qilishga juda qiynalaman.

Hammamizning o’z haqiqatimiz bor… Turgan nuqtamizda har doim shunday o’ylaymiz

Nimaga hech kim o'z kamchiliklarini tan olmaydi? Chunki ular shu kungacha U bilan; Tushi haqida gapirish uchun odam uyg'onishi kerak.

Nimaga inson o'z yomonliklarini tan olmaydi? Chunki u hali ham ularga singib ketgan. Bu uxlayotgan odamdan tushini aytib berishini so'rashga o'xshaydi.

Shuning uchun o’zingni “Haq” deb bilganingda jim tur, Haq bo’lganingda ham jim tur.

Luna Khusanova

16 Oct, 06:37


So’roqlaring javoblari seni topganda, Allohga hamd ayt.

Luna Khusanova

15 Oct, 11:36



Luna Khusanova

14 Oct, 12:20


Kimdir aytganini eshitib qoldim:
“Tasodifan butun umrimni yashashga sarfladim”.

Luna Khusanova

11 Oct, 13:22


Hech o‘zingizsiz hayotni tasavvur qilib ko‘rganmisiz?

Luna Khusanova

10 Oct, 07:54


Tavakkul - Allohga tavakkul qilish, qo'lingizdan kelganini qilish...

Alloh reja tuzuvchilarning eng yaxshisidir.

Luna Khusanova

04 Oct, 12:17


Bilim olishdan ko'ra tushunishni o'rganish yaxshiroqdir. Bilim passivdir. Tushunish faol. Bilim - bu boshqalar tomonidan olingan narsadir. Tushunish - bu o'zingiz erishgan narsadir. Bilim - egalik, tushunish - yaratish. Tushunish - bu kerak bo'lganda bilim olish va undan boshingizni ozod qilish qobiliyati.

Luna Khusanova

01 Oct, 09:40


Oktyabr, noyabr, dekabr.

So'nggi uch oy biz izlagan baxt, orzular va xotirjamlik ila o'tsin…

Oktyabr bu mening oyim🥲