me :) @mysteriouss_heart Channel on Telegram

me :)

@mysteriouss_heart


Menga yozganlarimni emas, Qalbimni o'qiydiganlar kerak.

🫀📖

xizmat: @adsfor_u

mysteriouss_heart (Uzbek)

Menga yozganlarimni emas, Qalbimni o'qiydiganlar kerak. mysteriouss_heart Telegram kanali sizning qalbingizni o'qiyadi. Kanalda muhitiy ma'lumotlar, xabarlar va sevgi haqida gaplar mavjud. Agar sizning qalbingizni tozalash va yangi do'stlar bilan tanishishni istasangiz, mysteriouss_heart kanaliga obuna bo'ling. Bu erda siz o'z yozganlarimizni, hissiyotlarimizni va sevgilarimizni o'rgangan bo'ladingiz. Kanalda xizmatlarimiz uchun @adsfor_u ga murojat qiling.

me :)

16 Feb, 13:08


Men uchun:
Sevgi - tushunish.
Sevgi - butun bir hayotingni aynan u bilan tasavvur qila olish.
Sevgi - qo'llaridan tutmasang ham uni taftini his qila olish.
Sevgi - "u meni sevarmikan?" deb o'ylamaslik.
Sevgi - u bor joylarga borishdan tortinmaslik.
Sevgi - makiyajsiz ham uni oldida o'zingni bemalol his qila olish

Lekin o'zim bunday sevgini hali hech uchratmadim :)

me :)

15 Feb, 19:21


Faqat Onam istimamni o'pich bilan o'lchaydi...

me :)

14 Feb, 04:49


"Sevishkanlar kuni" qiziq emas.
Menga "o'z-o'zini sevadiganlar kuni" qachonligini aytib yuboring :)

me :)

12 Feb, 10:27


Dunyoda gullar juda ko'p. Lekin ular menga sovg'a qilinmayotkanlaridan juda hafa bo'lyotgan bo'lsalar kerak..(

me :)

10 Feb, 03:18


Kimdir sizga ko'ngil qo'ygan va juda ko'p e'tibor berishni boshlagan bo'lsa, o'zingizni o'zgartirishga, unga moslashishga, aqlliroq ko'rinishga urinmang. Bilmaysiz-ku, balki u sizning aynan shundayligingizni yoqtirib qolgandir?

me :)

08 Feb, 18:33


- Men kuchliman.
Hammasini o'zim hal qila olaman.
- Kuchli ekanliginga shubxam yo'q, lekin men bor ekanman seni kuchli bo'lishga ehtiyojing yo'q

me :)

07 Feb, 11:26


Kun o'tgan sari insonlarni kimligini bilib yashayverasiz.
Hayot sizga shunday insonlarni sovg'a qiladiki, birini taniganingizga ming shukurlar qilasiz, birini taniganingizga esa ming pushaymonlar.

me :)

05 Feb, 14:09


5 daqiqalik janjal 5 yillik yaqiningizni kimligini ko'rsatib beroladi.

me :)

03 Feb, 11:56


Ular "ancha o'zgarding" - deyishdi. Yo'q, aslida meni yuz bergan ancha narsa o'zgartirdi.

me :)

02 Feb, 12:57


Unga yoz, u seni qattiq sog'ingan.

me :)

01 Feb, 11:19


Rashk ?

me :)

01 Feb, 11:14


Sog'inasan...

me :)

01 Feb, 09:04


🫀: aytmasak bo'lmaydi, vaziyat jiddiylashib ketibdi.
🧠: yo'q. O'zimiz eplaymiz.

Meni ichimdagi doimiy jang

me :)

31 Jan, 08:23


Soatlab devorga qarab o'ylanishga majbur qilgan hislarni kimga qanday tushuntiray?

me :)

29 Jan, 19:40


Menga boshqasi qiziqmas 🌚

me :)

29 Jan, 18:30


Soliha ayolning muhabbati 🫶🏻
Soliha ayolning muhabbati 🫶🏻
Soliha ayolning muhabbati 🫶🏻
Soliha ayolning muhabbati 🫶🏻

me :)

28 Jan, 09:04


Majbur emasman - ko'zimga qarab yolg'on gapirayotgan odamlarni xuddi ularga ishonyotgandek tinglashga.

Majbur emasman - "ko'ngli og'rib qolmasin" deb, o'zimni ulardan keyinga qo'yishga.

Majbur emasman - xatto o'zi uchun harakat qilmayotgan odamlarga nimanidir bajarib berishga.

Majbur emasman - boshqalarning qulayligini o'ylab, o'z qulayligimdan voz kechishga.

Majbur emasman - "yoshi katta" deb, menga xurmatsizlik qilgan odamlarga jim, indamay ketishga.

Lekin, o'zim xohlab "majburman :)" shu kanaldagi hamma postlarga bitta qizil yurak bosishga❤️

me :)

27 Jan, 06:01


Muammolaringizni hal qilishda yordam beradiganniki bo'ling. Yangilarini paydo qiladiganniki emas)

me :)

25 Jan, 09:57


Dipressiya - har doim ham qorong'i xonada yig'lab o'tirish emas!
U ba'zan - tongda o'rningdan turish, o'qishga, ishga borish va kun bo'yi tabassum qilib yurish, keyin esa uyga qaytib, uxlash vaqtigacha hech narsa qilmasdan jim o'ylanib o'tirish bo'lishi mumkin.

me :)

24 Jan, 07:12


Bir muddatdan so'ng o'zingga - o'zing halovat ekaningni tushunib yetasan. Ana o'shanda, na ketganlarning va na kelganlarning hayotingga hech qanday ahamiyati bo'lmay qoladi.

me :)

23 Jan, 07:16


O’zidan kuchlisini kutadi !

me :)

22 Jan, 19:35


Eng qorong'u kechalarni o'tkazdim, nafassiz qoldim, muammolarimni hal qildim.
Ba'zida kuchsizlikdan yiqildim, yana yangittan tik oyoqqa turdim. Qiyin va chorasiz vaziyatlarimni bir o'zim yengdim.
Ba'zida qilgan katta orzularim boshimga quladi. Lekin ulardan voz kechmadim. O'zim bilan bo'lgan jangda g'olib bo'ldim.
Yo'qotdim. Lekin eng muhimi - doim kelgan joyimdan davom ettira oldim!

me :)

19 Jan, 06:22


U aslida asabiy emas..😅

me :)

19 Jan, 06:03


Zeriksangiz o'qish uchun shu yigitning kundaligi ideal variat :

🎖@mendan - hammasi orginal fikrlar)

me :)

18 Jan, 17:02


Hayotimda ikkita insonni hech qachon unutmayman:
1 - meni yig'latgan odamni
2 - yig'laganimda yupatgan odamni.

me :)

15 Jan, 13:58


Umid qilaman, bir kun hayotingizda "kayfiyatim yo'q" deb bemalol xabar yubora oladigan insoningiz bo'ladi.
Keyin u sizga "hozir yoningga boraman" deb javob qaytaradi.
Birozdan so'ng eshik qo'ng'irog'i chalinadi. Eshikni ochkaningizda - qo'lida siz sevgan gullar bilan tabassum qilib turgan odamni ko'rasiz💙

me :)

14 Jan, 19:32


Sen qiz bolasan )

me :)

14 Jan, 18:31


Mening araz darajam…
Mening araz darajam…
Mening araz darajam…


Arazchi qizlar qo’shilib olsin 🩶

me :)

14 Jan, 14:59


Borgan sari qarashlar va insonlarning haqiqatlari o'zgaradi.
Balki, mana shu - ulg'ayishdir?
Agar, har bir qiyinchilik ortidan
o'sish va yangi narsalarni tushunib yetish keladigan bo'lsa, mayli o'sishdan to'xtamaylik.

me :)

12 Jan, 07:21


Bor bo'lsangiz - borligingizga,
Ketsangiz - yo'qligingizga o'rganaman
Muammo yo'q.

me :)

10 Jan, 10:05


Osmondan tushadigan eng mayda yomg'ir tomchilarini ham bir - biriga tekkizmaydigan Robbingiz bor.
Tuproqqa tushgan bir dona urug'ni mingga aylantirgan Robbingiz bor.
Suvsiz tuproqdan sersuv meva, sabzavotlar undirgan Robbingiz bor.

Siz yana nimadan buncha havotirdasiz?

me :)

07 Jan, 10:45


U "hafa bo'ldim" demaydi. Shunchaki, bildirishnomalarni o'chiradi, profil rasmlarini berkitadi, qo'ng'iroqlarga javob bermaydi va qanchadur muddatga g'oyib bo'lib qoladi.

#arteriola

me :)

07 Jan, 05:54


Nega bunchalar xudbinsan?

me :)

06 Jan, 17:38


Rahmat, shunchaki borliging uchun.

me :)

05 Jan, 14:29


Yashaysan, tabassum qilasan, hazillashasan... lekin ichingda baribir nimadir joyida bo'lmaydi.

Buni tushuntirish qiyin)

me :)

04 Jan, 11:56


Iltimos, mehribonroq bo'ling.

Bugun kimdir siz sababli ovqat yemay qo'yishiga, siz sababli suhbatlarga qo'shilmay mahzun o'tirishiga, siz sababli yaqinlariga achchiq gapirib qo'yishiga - sabab bo'lmang!

Ishoning, ular buni abadiy eslab qolishadi.

me :)

01 Jan, 15:36


quyosh kabi bo'l ❤️‍🔥

me :)

01 Jan, 14:58


Tushkunlikka tushib qolsangiz o‘qish uchun maxsus sahifa:

Link – @yours_note 🦋

me :)

01 Jan, 09:14


Qo'lingizdan kelgancha harakat qilganingizda ham o'xshamasa, joningiz og'rimasin. Ba'zi narsalar faqatgina sizning harakatingizga bog'liq emas.

me :)

30 Dec, 19:04


Alhamdulillah for 2024.

me :)

29 Dec, 11:06


Yigitlar hamma joyda topiladi. Lekin seni qo'llab-quvvatlaydigan, muvaffaqiyatli bo'lishing uchun qo'lidan nima kelsa qiladigan odam kamdan-kam uchrasa kerak)

me :)

27 Dec, 12:37


- Agar men hech qachon sevgini topa olmasam-chi?
- Xavotir olmang. Unaqada sevgi sizni topadi
- Qanaqasiga?
- O'ziga xos sirli va sehrli yo'llar bilan...
- Nega bunchalik ishonch bilan aytyabsiz?
- Chunki sizdek qalblar sevilishga har doim loyiq!

me :)

25 Dec, 19:02


Sog'inyabman, lekin o'tib ketadi.

me :)

23 Dec, 10:25


Tasodifan olingan rasmlar hammasidan chiroyli bo'ladi. Tasodifan tanishilgan odamlar bilan ko'proq baxtli bo'lamiz. Tasodifan bir chekkada uxlab qolish uyquning eng mazzalisidir. Yaqinlar bilan o'ylanmasdan, birdan yig'ilib o'tirishlar doim ko'proq maroqli bo'ladi...

Ya'ni hamma narsaning "o'z-o'zidan, tabiiy" bo'lgani chiroyli💙

me :)

22 Dec, 16:41


Sendan nafratlanmayman 2024.

Lekin sen - darslar, o'zgarishlar va og'riqlar bilan biroz qiyin yil bo'lding.
Sen menga hayot ko'z ochib, yumguncha o'zgarib ketishi mumkinligini va shu vaqtlarda eng ko'p o'zimga ishonishim kerakligini o'rgatding.
Ba'zi savollarga aniq javob topib bo'lmasligini va yo'qotishlar har doim ham "yo'qotish" emasligini ko'rsatding.
Umuman olganda, ko'p narsani o'zimga tashlab qo'yib, meni qayta qurganing uchun tashakkur. Shu darslar men uchun kerakli bo'lgan bo'lsa, boshdan o'tkazgan hamma narsam uchun roziman)

me :)

21 Dec, 13:18


Yaqin insonlaringizga sms yozing, kiymay yurgan yangi kiyimlaringizni kiying, kuling, mazza qiling. Hayotni kechiktirmang.

O'lim bor, o'lim)

me :)

19 Dec, 02:17


Tez kunlarda umr hisobingizga yangi 365 kun tushuriladi.
Iltimos, uni munosib sarflang

me :)

18 Dec, 12:47


So'zning so'zdan farqi bor:
begonalar "o'zingizni asrang" - deydi, yaqinlaring "seni o'zim asrayman" - deydi. Sevganlar esa, indamay ham asrayverishadi💙

me :)

17 Dec, 12:07


"Ehtimol aslida unday emasdir?" deya ichidan yaxshilik izlagan har narsamda mavzuni shunchaki cho'zgan bo'lib chiqdim. Hozir biror yaxshilikka umid qilishning payti emas ekan

me :)

16 Dec, 12:47


Sevgan insoningiz bilan kechki payt birga choy ichish va dunyodagi hamma narsani muhokama qilish bu - terapiyaning alohida turi bo'lishi mumkin)

me :)

13 Dec, 18:59


Aka, keling bolalikka qaytamiz bugun?
Sog'indim siz bilan o'tkan damlarni…
Ichimizda borini aytamiz bugun,
Unuting, dildagi g'am-u, dardlarni.
Ulg'ayibmiz ancha, ko'rishishlar kam…
Dunyo tashvishi deb, yugurib, yeldik.
Ko'chalar changitib, o'ynab yurgan dam
Qadrini ancha vaqt o'tkazib bildik…
Aka, sizni sog'inganda tushundim asli:
Siz bilan zo'r o'tkan ekan bolalik fasli )

#singlingizdan

me :)

12 Dec, 05:40


Yo'qotilgan va qaytarib bo'lmaydigan narsalar haqida qayg'urish - befoyda

Uilyam Shekspir.

me :)

11 Dec, 05:30


Sevgi - bu birga yashash uchun odam topish emas.
Sevgi - usiz yashay olmaydigan odamingni topish💙

me :)

08 Dec, 04:09


Sizni tinmay ranjitadigan insondan "Nega ko'nglimni og'rityapsan?" deb so'ramang.
Undan ko'ra o'zingizdan so'rang, "Nima uchun hafa qilishiga haliyam ruhsat beryapman?" - deb.

me :)

06 Dec, 15:20


Meni yo'qotishdan qo'rqadigan,
maqsadlarimni xurmat qiladigan, men bilan birgaligi uchun g'urulanadigan va gaplashganda ko'zlari porlaydigan insonni uchratmaguncha, hayotimga kirishga hech kimga imkon bermayman.

me :)

05 Dec, 12:57


Qorbobo: nega menga xat yozmading?
Men: Qorbobojon, men hech kimga birinchi bo'lib yozmayman)

me :)

05 Dec, 02:17


G'ururi tufayli ko'p narsa yo'qotadigan, lekin bu yo'qotishlardan afsuslanmaydigan kam sonli qizlardanman.

me :)

04 Dec, 02:17


Qachon vaqtingiz bor? - dedi.
Aslida istalgan payt.
Lekin men buni unga aytmadim.
Sababi - har doim vaqt topganlarning qadri borgan sari tushib boradi. Buni ancha avval tushunganman

me :)

03 Dec, 02:27


Bemaza taomni ta'tib ko'rmay turib, shirin taomni qadriga yetmaganlaridek, hayotda ham qaysidir insonning qadr-qiymatini anglash uchun - boshqa inson bilan munosabatda tajriba o'tkazib ko'rishlari kerak bo'larkan.

p.s: yomonni ko'rmaguncha, yaxshini qadrini bilmaydilar)

me :)

02 Dec, 02:17


Men bilgan haqiqiy sevgi: ayolning orzulari - erkakning maqsadiga aylanishi

me :)

01 Dec, 04:09


Qishda sovuq qotib qolmaslik
uchun - atrofingizga yuragidan issiq mehr taratib turadigan insonlarni to'plab oling 🫂

p.s: meniyam ular qatoriga qo'shib olish esdan chiqmasin🤍

me :)

29 Nov, 14:09


Qizlar "hammasi joyida" deyishadi. Va barcha hislarini unutish uchun uxlashga erta yotishadi...

me :)

26 Nov, 19:30


Biz bir-birimizga kim ekanligimizni yoki kim bo'lishimiz kerakligini bilmayman. Lekin, bugun menda dahshatli kun bo'ldi va men sen bilan gaplashishga muhtojman.

me :)

25 Nov, 17:55


Munosabatlar davomida siz ko'z yumgan har bir narsa nikohdan so'ng ikki barobar ko'payadi.
Nikoh muammolarni hal qilmaydi, ularni yanada ochib beradi. Hissiyotlarga tayanmay, haqiqat bilan turmush quring

me :)

24 Nov, 23:34


Sen bilgan joyda - sen bilmagan ahvoldaman.

me :)

24 Nov, 10:25


Ota - onam menga qaraganda: o'z kuchi bilan o'qiyotgan, hayotda o'z o'rnini topgan, xohlagan mashinasiga ega, baxtli qizni ko'rishlarini xohlayman. Vaqtinchalik kichkina sinovlarga kuchi yetmay, o'zini yo'qotib qo'ygan qizni emas.

me :)

23 Nov, 02:27


Kelsang baxtli yashaymiz...
Kelmasang ham o'lib qolmayman.
Yaxshiyamki baxtimga - hozir hech kimga cheksiz darajada bog'lanib qoladigan holatda emasman)

me :)

22 Nov, 12:07


Ba'zi odamlarga qarab "Nahot unga miya o'rnatishni esdan chiqarib qo'ygan bo'lishsa?" deb o'ylab qolaman)

me :)

21 Nov, 15:20


Hech qachon bugungi quvonchingizni kechagi og'rig'ingizni o'ylab buzmang.

me :)

21 Nov, 02:17


Menimcha hammasini taqdir izmiga qo'yib berishimiz va tavakkal qilishimiz kerak. Ba'zida ming tirishsak ham, peshonaga yozilganini ko'rar ekanmiz)

me :)

20 Nov, 06:11


Hamma narsani ham o'ylayvermang.
O'ylashni boshlaganingizda o'zingizni baxtsizroq his qilasiz. Chuqurroq o'ylaganingizda yana battar qiynalaverasiz. O'ylamang. Yashayvering. Faqat yashang, 👌?

me :)

20 Nov, 06:05


Чиройли голослар💙
Чиройли голослар💙

Ulanib olsangiz o'chiraman)

me :)

19 Nov, 09:14


Avvaliga bu narsa menga
umuman ta'sir qilmadi deb
o'ylaysan.
Keyin esa, hayotingni
begona ko'zlardan butkul
qulflab, yaqiningga hech qanday notanish insonlarni yaqinlashtirmaydigan bo'lib
qolasan.
Va, hayotingda oilang va maqsadlaringdan boshqa hech qanday muhim narsa qolmaydi.

#farohun

me :)

17 Nov, 06:33


Bazi narsalar vaqti kelib yechimini topishi mumkin, lekin ahamiyati bo'lmay qoladi.

me :)

16 Nov, 06:11


Sizga mos keladigan odamlarni tanlang. Tarbiyasi, xarakteri, dunyoqarashi bilan. Tuzatish kerak bo'lganlarni tanlamang. Odamlarni tuzatib bo'lmaydi.

#hammasi_haqida

me :)

15 Nov, 06:11


Boshqasini topish muammo emas.
Muammo shundaki, menga boshqalar kerak emas.

me :)

14 Nov, 06:11


Shunchaki ketgim bor.
Bilmadim qayerga?
Bilmadim nega?
Bilmadim kim bilan?
Lekin shunday joy bo'lsin-u qalbim tinchlansin.
Hech narsani, hech kimni o'ylamay. Meni hozirgi hamma - hammasidan chalg'ita olsin

me :)

14 Nov, 05:59


Tushkunlikka tushib qolsangiz o'qish uchun maxsus kanal:

@bugun_bor @bugun_bor🫀
@bugun_bor @bugun_bor🫀

me :)

13 Nov, 06:11


Endi faqat shu qoidalar bo'yicha yashang :

Kim sog'insa: topadi.
Kimga keraksiz: telefon qiladi.
Kim xohlasa: yoningizga keladi.
Kimga yoqmasangiz: oq yo'l.

me :)

13 Nov, 05:59


❤️ Türk Tili darslari 0dan🇹🇷
❤️ Türk Tili darslari 0dan🇹🇷
❤️ Türk Tili darslari 0dan🇹🇷

Tez ulanishga ulgurib oling )

me :)

12 Nov, 06:11


Ko'p yolg'iz qizlarning didi yaxshi bo'ladi. Aslida shuning uchun ham ular yolg'iz bo'lishadi ))

me :)

11 Nov, 06:41


- U har kuni janjal qiladi, baqiradi, yig'laydi, arazlaydi. Nima qilay?
- Quvoning. Qachonki u umuman e'tibor bermay, jim qolsa, ana o'sha katta muammo bo'ladi)

me :)

10 Nov, 11:06


Tog' bo'lsa yiqilib, tosh bo'lsa yorilib ketardi balki. Men esa doim hech nima bo'lmagandek, ichim muammoga to'la bo'lsa ham, yuzim kulib yashadim.

me :)

09 Nov, 18:03


Hamma insonlarni birdek rozi qilolmaysiz. Shuning uchun: Alloh bilan o'rtangizdagi aloqani yaxshilang va odamlarga e'tibor bermang.

- imom Shofeiy rohmatullohi alayh

me :)

09 Nov, 05:59


Kirsangiz yig'lab ado bo'lasiz..❤️‍🩹
Kirsangiz yig'lab ado bo'lasiz..❤️‍🩹
Kirsangiz yig'lab ado bo'lasiz..❤️‍🩹

Siqilganlar uchun ☕️

me :)

07 Nov, 08:23


Hozirgi kunda ko'pchilik qizlarni munosabatlardan ko'ra muhimroq rejalari bor:
O'zlari xohlagan universitetga kirish, moliyaviy erkin bo'lish, iymonlarini mustahkamlash, o'zlarini sevish va ota onalarini hursand qilish...

Shunday kuchli qizlar, men sizlar bilan🫂

me :)

05 Nov, 08:13


Men uchun yolg'izlik normal holat. O'zimni baxtli his qilish uchun kimdir bilan birga bo'lishim shart emas

me :)

04 Nov, 11:53


Hammasi oddiy: tabassum qilasan va baxtli yashashda davom etasan. Vaqt o'tib hammasi oddiy holga aylanadi

me :)

03 Nov, 18:13


Ular: sevish yoki sevilish?
Men: orzumdagi mashinani haydash, sevimli stilimda kiyinish, pulim ko'p bo'lishi, rivojlanish va sayohat qilish

me :)

03 Nov, 06:41


Menga hammasi qiyin, O'zingga hammasi oson. Qarorimni qaroringga topshirdim Alloh)

me :)

02 Nov, 10:35


Kimdandir hafsalangiz pir bo'lsa, oldin o'ylang: aslida u yomon odam emasdir. Shunchaki, siz undan ko'p narsa kutgansiz va qahramonligidan umid qilgansiz. Siz kutganingizdek bo'lib chiqmagani uning aybi emas. Odamlarni tushuning, kechiring va unuting.

me :)

01 Nov, 10:35


Odamlarni gaplariga emas, o'zingizni harakatlaringizga e'tibor qarating. Chunki odamlarning gaplari sizga o'zingiz xohlagan mashinani sotib olib berolmaydi :)

me :)

31 Oct, 19:08


O'tkan noyabrdan beri juda ko'p narsa o'zgardi

me :)

31 Oct, 06:11


Men hurmat qilgan odamning top 10 ta fazilatlari:

1. Negativ fikrlamaydi.
2. Odamlar haqida g'iybat qilmaydi.
3. Belgilangan vaqtda yetib keladi.
4. Hasad qilmaydi.
5. Yaxshi tinglovchi.
6. Maqtanmaydi va kibrga berilmaydi.
7. Yaxshilik qilishga harakat qiladi.
8. Namunali tarbiyaga ega
9. Bahonalarga hech qachon tayanmaydi
10. Shaxsiy chegaralarni hurmat qiladi.

me :)

30 Oct, 05:30


Men doim shu atrofda bo'laman, yaqiningda, yoningda, sen bilan bir sayyorada. Va doim seni kutaman.

me :)

29 Oct, 05:30


Sizdan katta iltimosim - yashang. Kunlaringizni keraksiz tashvishlar va keraksiz og'riqlar bilan zaharlamang. Baribir kun kelib hammasi yaxshi tomonga o'zgaradi

me :)

28 Oct, 18:38


Lekin baribir o'zgargan...

me :)

28 Oct, 05:10


"Shunaqasini yaxshi ko'rishing esimda, senga yoqadi deb olib keldim" deyishgani, "sen men uchun muhimsan" degandek yoqimli eshitiladi menga)

me :)

27 Oct, 05:30


"Hammasi joyida" dedi va soatlab yolg'iz sayr qildi…

me :)

24 Oct, 11:46


"Hayoting davomida o'zingga o'xshagan insonlar uchrasin" - deyishsa, o'ylab o'tirmay "Amiyn!" deyoladigan darajada yaxshi odamligimni bilaman:)

me :)

24 Oct, 06:31


- Siz uchun "Seni sevaman" dan ham ko'ra yoqimliroq so'z bormi?
- Bor albatta. Masalan - "hisob raqamingizda 1000.000$ dan ko'proq pul mavjud" - degan so'zlar :)

me :)

23 Oct, 05:30


Odam o'z yuragini nazorat qila olmaydi. Unda kechayotgan tuyg'ular ham jism egasining boshqaruvi ostida emas. Shunday ekan, kimnidir sevib qolgani, yoki kimdandir nafratlana boshlagani uchun yurak egasini ayblamang

me :)

22 Oct, 12:47


Ichimda ikki xil inson yashaydi:
Biri insonlarni hafa qiladi
Ikkinchisi esa bundan qiynaladi.

me :)

21 Oct, 12:57


Holati qanday bo'lishidan qat'iy nazar u siz uchun eng yaxshisi bo'lishga harakat qilyotkani uchun uni qadrlang

me :)

20 Oct, 19:42


Xurmatli o'zim, notog'ri uyqu rejimim uchun meni kechir)

me :)

20 Oct, 11:06


"Ok" - bu dunyodagi men eng yomon ko'rgan va o'zimga nisbatan hurmatsizlik sifatida qabul qiladigan so'zlarning eng asosiysi hisoblanadi.

me :)

18 Oct, 16:51


Agar oshiqlaring bo'lsa millionlab,
Minglab xushomatlar, gap otishgan payt...
Menga o'shalarni borliginimas,
Meni borligimni o'shalarga ayt.

me :)

17 Oct, 05:30


Ba'zan, hayotingdan faqat bir kishi yo'qoladi. Lekin senga butun dunyo odamsiz bo'lib qolgandek tuyuladi

me :)

16 Oct, 15:20


Bilaman, kimdir meni so'nggiga qadar kutadi. Iltimos, o'sha Sen bo'l.

me :)

16 Oct, 06:55


Qiz bolaning ruhi judayam kuchli bo'lishiga qayta-qayta iqror bo'lyapman shu kunlar

me :)

15 Oct, 09:04


Kamchiliklaringiz sizga shunchalik yarashadiki, ularsiz siz "Siz" bo'lmas edingiz. Sizni boringizcha sevishsin. O'zingni qiynamang🫂

me :)

14 Oct, 06:11


Aslida men juda sezgir odamman. Suhbatdagi har bir mayda-chuyda narsani, har bir boshqacha ohangni, har bir notog'ri qarashlarni sezaman.
Va ba'zida o'ylab qolaman: menga shunday e'tiborli bo'lib yashash qiyin emasmikin?

me :)

13 Oct, 05:50


"Sevgida hamma narsaga chidash kerak" deyilganda, bu - qashshoqlik, kasallik, har xil yomon kunlar va shu kabi musibatlarga chidashni anglatadi.Yolg'on, qattiq muomala, tajovuz yoki hurmatsizliklarga chidashni emas.

me :)

12 Oct, 12:27


"Yaxshimisan?" deb so'rashadi.
"Yomonman" desam go'yo dunyoni yoqadigandek :)

me :)

11 Oct, 08:13


Ko'p hollarda jim turadigan, lekin nigohi bilan xohlaganidan ko'proq gapiradigan o'sha qiz menman.

me :)

09 Oct, 05:40


Agar sendan men haqimda so'rashsa: "U meni dunyolarga teng sevgan yagona qiz edi va men uni sindirdim" - deb ayt.

me :)

08 Oct, 05:30


Insonni ko'p holatlarda shu 2 narsa o'zgartiradi:
1. Uni hayotiga kimdir kelishi
2. Uni hayotidan kimdir ketishi.

me :)

07 Oct, 06:33


Xotirjam bo'l.
Pul ham topamiz, ota - onamizni ham orzularini ushaltiramiz, dunyoni ham ko'ramiz, haqiqiy sevgini ham uchratamiz.
Allohga oson💙

me :)

06 Oct, 08:03


Kelish oson, ketish ham. Eng qiyini - qolish bo'lsa kerak.
Hamma joyda, hamma narsada oxirigacha qola olish oson emas. Hamma ham eplay olmaydi buni