Mirzo Zominiy @mirzo_zominiy Channel on Telegram

Mirzo Zominiy

@mirzo_zominiy


O‘zbek kreativchilik san'ati namoyandasi.
Ekologiya, marketing, madaniyat, kino va jamiyat haqida yozib turaman.

@toqsonbeshchoy
instagram.com/mirzayor

Reklama hamkorligi uchun: @straightouttamahalla

Mirzo Zominiy (Uzbek)

Mirzo Zominiy kanali O‘zbek kreativchilik san'ati namoyandasi bo'lib, ekologiya, marketing, madaniyat, kino va jamiyat haqida yozuvlar bilan eng yangi ma'lumotlarni taqdim etadi. Kanalda kreativlik sohasida faol bo'lgan insonlar uchun qiziqarli kontentlar mavjud. @toqsonbeshchoy va instagram.com/mirzayor sahifalari orqali ham Mirzo Zominiy kanalining doimiy yangiliklari bilib olishingiz mumkin. Reklama hamkorligi uchun @MirzayorErkinov bilan bog'laning va uning yaratgan eng zarur ma'lumotlardan foydalaning. Mirzo Zominiy kanali sizga kreativchilik sohasida yangi bilimlar olishga yordam beradi va o'z fikrlaringizni rivojlantirish uchun eng muhim ma'lumotlarni taqdim etadi.

Mirzo Zominiy

06 Feb, 03:17


Hatto Manchester Siti oʻzbek tilida yozib, target qoʻyishni boshladi.

Sen esa hamon boshqa tilda yozib kelasan oʻzbekistonliklarga. Nega bunday qilasan, Sopponqul?

#MarketingvaPR

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

05 Feb, 11:44


Uyalishmaydi ham

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

04 Feb, 19:48


Ekologiyasini, toza havosini eplolmagan, hatto oddiy batareykachalarni utilizatsiya qilolmagan, hujjatini toʻgʻri yozishni bilmagan davlatning kosasi oqarmasligi aniq.

Kosasi-yu tuvagi oltindan boʻlgan, toza havoli joylardan qoʻnimgohlari boʻlganlarga sizning oʻpkangizning nima qizigʻi bor? Axir siz va biz fuqaro-ku. Baxtiqaro degandek. Kosasi qaro degandek.

#BizgaTozaHavoKerak

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

04 Feb, 15:25


O‘tgan yili ham O‘zbekistonda energetikadagi muammolar ekologiyadagi muammolarni keltirib chiqarishni kuchaytirgandi. Qanchadan-qancha odam respirator kasalliklardan o‘ldi, qiynalib yashayapti.

Biz faollar bilan birga petitsiya tuzishni boshladik va uning hukumatning eng yuqori o‘rinlarda, lavozimlarda o‘tirgan odamlarigacha yetib borishi, masala parlamentda ko‘tarilishi va tabiatni, fuqarolar salomatligini asrash uchun keskin choralar ko‘rilishini xohlaymiz. Bo‘lmasa, shusiz ham “tepaga” ishonchi o‘lib borayotganlar qalqonsiz, himoyasiz ekaniga ishona boshlaydi.

Petitsiya yuridik tomonlama kuchga ega bo‘lishi uchun bizga hali gapira oladigan senator va deputatlar, professional huquqshunoslar (afsuski, o‘zbekistonliklarning haqiqiy dardlarini aks ettiradigan petitsiyalar hukumat portallariga deyarli qo‘yilmaydi, o‘tkazilmaydi) va ekologlar, davlat kun tartibidan tashqari ham ishlaydigan OAV, blogerlarning qo‘llab-quvvatlovi, yordami va albatta, sizning imzo kerak.

O‘zbekistonliklar, afsuski, ba’zi toifalar foydalana oladigan imtiyozlardan bebahra, hech bo‘lmasa, toza havodan nafas olish huquqimizni o‘zimizga qaytaring.

#BizgaTozaHavoKerak #ParlamentQayerda

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

04 Feb, 15:07


#YashilYil'ning nomini #SiyohrangYil'ga oʻzgartiraveringlar 😷

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

04 Feb, 13:25


Shahardagi bogʻlar chetidan turli usullarda kirib olib, hududini yemirib-yemirib turarjoy qurib olgan “tadbirkorlar” va ularning marketologchalari havo ifloslanganidan bosib-bosib foydalanib qolishiga hayronman.

Ozroq boʻlsayam insof qolganmi?

#BizgaTozaHavoKerak

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

04 Feb, 04:24


Novvoyev Yopgan non Patir oʻgʻli 😃🥯 Korzinka ofisida HR beyj taqish kerakligini eslatyapti

#MarketingvaPR

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

03 Feb, 06:25


Repchilar orasida, umuman musiqa sohasidan borib Pulitzer mukofotini olgan yagona ijrochi, shoiri zamon Kendrik Lamar “Not Like Us” (oʻtgan yil yozda ancha-muncha shov-shuv koʻtargan) treki va unga ishlangan klip bilan bir necha soat oldin 5 ta yoʻnalishda Gremmi mukofotini naqd qildi:

• Eng yaxshi qoʻshiq
• Eng yaxshi klip
• Eng yaxshi rep ijrosi
• Eng yaxshi rep qoʻshigʻi
• Eng sifatli yozilgan trek

Ma’naviyatimizni buzayotganlarning bir oyogʻi Amerikadaligi esimga tushdi. Madaniyat vazirligi ham yoʻq-ey shularda. Yana bir paytlar Pulitzer olgani nimasi?!)

Lamar ijodidan va uning bu treki mazmunidan biroz yiroq boʻlgan oʻqirmanlar uchun: Not Like Us trekida Kendrik Lamar nafaqat o‘zining san’atdagi o‘rnini himoya qiladi, balki hip-hop madaniyatining asl qadriyatlarini eslatib o‘tadi. Bu qo‘shiq shunchaki diss emas, balki san’at, haqiqat va shaxsiy tamoyillarga sodiqlik haqida ham bir bayonotdir.

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

03 Feb, 05:51


Dushanba. Yana oʻsha ish stoli. Turli vazifalar va yana besh kun bir xil tarz.

Menimcha, uyimiz, ishxonamizdagi burchagimiz, ish stolimiz oʻzimizga qancha yoqsa, u yerda boʻlishdan zavq olsak, tez charchab qolmaymiz.

Kecha Instagram stories'da #dreamterior (orzudagi interyer) suratlarni boʻlishgandim, yaxshigina reaksiya boʻldi. Bundan tashqari, bu kanalimda koʻp ham suratlar ulashavermayman.

Alohida kanalda – oʻzimga yoqqan interyerlar, ish muhiti, olgan suratlarimni izohsiz joylab boraman.

Marhamat

Mirzo Zominiy

02 Feb, 09:00


Kopirayterga strategiya, biznes, marketing yo‘nalishida bilimlar nimaga kerak?

O‘zingni ishingni bilib, ko‘zingni qisib yursang bo‘ladi-ku, har xil sohalarga tiqilmasdan. Bo‘ladi, lekin bunda sen o‘ylab topgan zo‘r, kuchli g‘oyalar ko‘pincha shunchaki g‘oya bo‘lib qolaveradi.

Amalga oshirilmagan kreativni narxi bir tiyin. Uni amalga oshirish uchun esa kopirayter g‘oyani sota olishi kerak. Kimga?

Tadbirkorga, marketing direktoriga, strategga, TOP-menejerlarga.

Biznesni “B” harfiniyam bilmagan kopirayter 1) kuchli va ishlaydigan g‘oya topa olmaydi 2) mo‘jizaviy taqdir taqozosi bilan topsa ham uni brendga sotib kela olmaydi.

Shunaqa endi bolla, uzr, kopirayting “prosto” matn yozish va rolik olish deb yurganlarga repost qivorasila)

Mirzo Zominiy

02 Feb, 05:51


Ajoyib estetikani alyukobond va plastiklarga qachon almashtirib yuborgandik? 😢

Har safar Baxtdan oʻtganimda yoki turli hududlarda tashlandiq yotgan shunday uslub namunalarini koʻrsam, suratga tushirib yuraman.

#Autentik

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

31 Jan, 13:33


Tinib-tinchimagan odamlar nimalarni oʻylab topishmaydi-ya! 😃🐯

Manba: UzChess

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

30 Jan, 16:39


Ertaga havo sal boʻlsa-da yaxshilanishi mumkin. Maza qilib nafas olib qoling. Hozircha qorli postni qabul qiling ❄️

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

19 Jan, 11:49


19-yanvar kuni Turkiston jadidlari rahnamosi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludiga 150 yil to‘ldi. “Gazeta.uz” mustaqil jumhuriyat g‘oyasining bayroqdori, o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi, noshir, publitsist, pedagog, din va jamoat arbobi hisoblangan ushbu tarixiy shaxs haqida test tayyorladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/01/19/behbudiy/

Telegram | Instagram | YouTube

Mirzo Zominiy

18 Jan, 10:27


Qirgʻiziston manzaralari ekan 🌾

Manba: Witold Ziomek

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

18 Jan, 08:11


Instagram'da sahifalar haqida ma’lumot va umumiy grid koʻrinishida yangilanishlar yuz berdi.

Doimo 4:5 formatida surat joylaydigan foydalanuvchi sifatida aytamanki, bunday format ekranning koʻproq qismini egallaydi. Suratlar kvadratdagidan koʻra kengroq, chiroyliroq chiqqandek tuyuladi.

Umumiy grid koʻrinishiga keladigan boʻlsak, smm'chilar endi ba’zi uchtali kvadratga moslab chiqilgan 🌆🏙️🌃 gridli sahifalarini yangilashiga toʻgʻri keladi.

#MarketingvaPR

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

17 Jan, 07:38


Havo tozaligini koʻrsatadigan moslamalar oʻchirib qoʻyilgan, shekilli.

#Kuzatuv

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

16 Jan, 14:13


Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda ayniqsa Energetika vazirligi bunday holatga biror rasmiy munosabat bildiradimi?

Deputatjonlar-chi? Davlat tashkilotlari piari-yu, ularni oqlab berishni doʻndiradiganlar-chi?

Bu faqat bir kun boʻlmayapti. Bir kichik hududdagina boʻlmayapti. Oʻzbekistonliklar sekiiin zaharlanayotganining kimgadir qizigʻi bormi?

#Kuzatuv

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

15 Jan, 05:49


“Maqtanish yoki nolish emas, bu bizning har kunlik sumkamiz. Yevropada talabalarining odatiy sumkasi shunday ko’rinadi. Hamisha daftar-kitobga to’la. Bu yerda kichik, hech narsa sig’maydigan, nomigagina sumka bo’lgan, masalan “bananka” taqib yurgan talabani ko’rmaysiz. Kutubxonalar, talabalar o’qishi uchun maxsus o’quv binolarida bo’sh joy zo’rg’a topasiz. Parta yetmasa, yerda o’tirib ham vazifa qilishadi.

Afsuski, bizda hali hamon buning teskarisi. Qancha talabalarni ko’rdim, faqat bir yoki ikkita daftar bilan o’quv yilini yakunlagan.

Bu yerda talabalar qanday kiyinishga, nima kiyishga qiziqmaydi. Juda boy oiladan bo’lgan talabalar ham shu eski oyoq kiyim, eski rusumdagi telefon, 10 yillik rugzak bilan yuradi.

Afsuski, bizda odatda eng so’nggi texnika, kiyim bo’yicha kim o’zar qilishadi.

Bu yerda telefon, kiyim yoki mashina bilan emas, bilimingiz bilangina odamlarni hayratlantira olasiz. Faqat va faqat bilim bilan”.

Akbar Ibragimov

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

14 Jan, 16:02


Vatan himoyachilari deganda uning manfaatlarini har sohada munosib himoya qilib kelayotgan, yurtimiz tinchligi va ozodligi uchun hissa qoʻshib kelayotgan insonlarni ham tushunaman.

Barchangizga ushbu kun qutlugʻ boʻlsin! Yurtimiz mustaqilligi va tinchligi abadiy boʻlsin! 🇺🇿

#Tabrik

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

14 Jan, 08:36


Markaziy Osiyodagi "Young Lions 2025" uchun ro‘yxatdan otish boshlandi

Esingizda bo‘lsa, o‘tgan yili yozda Cannes Young Lions festivalida O‘zbekiston ilk mukofotni qo‘lga kiritgan edi. Qozog‘istonlik qo‘shnilarmiz esa kumush yutishdi.

Bu narsa mintaqamizdagi ishlar ham xalqaro darajada mukofot olishini isbotladi. Markaziy Osiyodagi kreativ yaxshigina ko‘zga ko‘rinishni boshladi.

Umuman olganda, bunday musobaqalarda qatnashish sizni umuman boshqa darajaga olib chiqadi — TOP mutaxassislar bilan tanishasiz, fikr almashasiz, professional sifatida tarbiyalanasiz.

Masalan, hozir xalqaro Cannes Young Lions festivalining O‘rta Osiyo (Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistondan) miqyosidagi bellashuviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Festivalda qatnashish uchun esa agentlikda ishlash shart emas. Shunchaki frilanschi bo‘lib, 2 kishilik jamoa tuzib qatnashsangiz ham bo‘ladi. 31 yoshga to‘lmagan bo‘lsangiz, bo‘ldi.

Ingliz va rus tillarini bilishingiz kerak, chunki bu yerda yutsangiz, butun dunyo miqyosida — Cannes Young Lions’da bellashasiz.

Festivalda yettita yo‘nalish bor: Film, Print, Digital, Design, PR, Media, Marketers. Mana bu havola orqali o‘tib, har bitta yo‘nalishning qoidalari bilan tanishib chiqing, keyslarni ko‘ring, qatnashing.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi

Mirzo Zominiy

13 Jan, 19:18


Walmart logosini restayling qilibdi 😃

#MarketingvaPR

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

13 Jan, 11:08


Бу ЎзПФЛ томонидан қилинган жуда яхши янгилик, деб ҳисоблайман. Тўғриси. Айни вақтда, Ўзбекистон бош вазири бир вақтнинг ўзида Ўзбекистон Суперлигаси ёки Пролигасидаги бирор клубда футболчи сифатида рўйхатда ўтмаганликларидан ҳам хурсандман. Бош вазирнинг футболчилик ҳам қилиши ҳар қанақасига ғалати бўларди-ю, лекин назарий жиҳатдан, мабодо, футболчилик ҳам қилса (ким йўқ дея олади, тўғрими?), барибир сал қийин бўларди-да ҳаммага.

Mirzo Zominiy

12 Jan, 19:37


Oʻzbekistonda TOP ligalar, musobaqalar translyatsiyalarini rasman koʻrsatadigan xususiy kanal ochilishini intizorlik bilan kutayotgan muxlisning dod-faryodi:

“Assalomu alaykum, futbol muxlislari!

Futbol boʻladimi Oʻzbekistonda? Qaroqchi kanallar qanday qilib koʻrsatib ketutti? Ey Xudo… Nima qilaylu?

Vey, haqiqat bormi? Oʻv katta rahbarlar, kattakonlar, sport qoʻmitasi rahbarlari, Toshkandagilar!

Kim qaraydi rasmiy translyatsiyalarga? 30 million muxlis koʻrib turibdi”

Namanganlik ashaddiy futbol muxlisi akaning gaplari oʻzgartirilgan talqinda.

Davlat kanallariga (shaxsan men birortasini koʻrmayman) sarflanayotgan byudjetga bir qiziqib koʻring.

#Kuzatuv

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

12 Jan, 14:52


Toshkent City Mall'ga kirish. Oʻzbek tilida: “KSMga kirish” deyilsa ham boʻladi.

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

12 Jan, 08:40


Samarqandda shunday bino bor ekan

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

12 Jan, 07:05


Otabek aka va Mehrojiddin aka bilan bir piyola choy ustida dildan suhbat qurdik.

Taklif va e’tibor, oʻylaymanki, mazmunli suhbat uchun rahmat 😇

#MarketingvaPR

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

11 Jan, 09:28


Qilsa boʻlar ekan-ku

Ayrimlar shu “shaharliklar” muxlisidan namuna olsa boʻlarkan. Rahmat shu qizga.

Chet elliklar Google yoki ChatGPT, boshqa tilda soʻzlovchi mahalliy kiborlar esa Tahrirchi'dan foydalanib ham oʻzbek tilida oddiy soʻzlarni yozsa, tarjima qilib olsa boʻladi.

Bu hech boʻlmaganda, doʻstlik, samimiyat, adekvat muomala qurish uchun juda yordam beradi.

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

11 Jan, 08:49


Bu 🇺🇿 Oʻzbekiston bayrogʻi emojisi
Bu esa 🇸🇱 Sierra Leoneniki

Oʻzbekiston bayrogʻini emojilarda adashtirib yuboradiganlar topiladi. Bundan tashqari, “Uzbek sila” deb yozadiganlarni ham tushunmayman. Oʻzbekcha yoki inglizcha olqishlar koʻp-ku axir 🥲

Bu jahon miqyosidagi tasavvurda oʻzbekistonliklarda kolonial ong shakllanib qolgani, bizni hamon Rossiya soyasidagi jamiyatdek koʻrsatib qoʻyadi. Hech boʻlmasa, izohlarda oʻzbekcha yoki milliardlab odam tushunadigan ingliz tilida yozaveraylik.

P.S. Anglashilmovchilik boʻlmasligi uchun rus tili boʻyicha pozitsiyamni bildirib qoʻymoqchiman shu oʻrinda. Til biror hukumatning / davlatning / siyosatning mulki emas. Rus tilida buyuk va foydali adabiyotlar yozilgan. Undan bilim olish, doʻstona muloqot uchun foydalanish, bosim yoki ta’sir uchun foydalanilmasligi kerak.

Aynan “Uzbek sila” degan izohlar qodirovchi mushtumzoʻrlarning “Ahmat sila”siga taqlidan kelib chiqqani uchun ham bundan voz kechilishi kerak.


#Kuzatuv

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

11 Jan, 07:24


🌐🌐🌐🌐🌐🌐

“Korzinka” supermarketlari tarmog‘i marketing direktori Malik Karimov tavsiya qilgan 5ta kitob


Karimov samarali boshqaruv va muloqot, yaxshi natijalarga erishish va vaqtni samarali boshqarishga o‘rgatuvchi kitoblar tavsiyasini “Spot” bilan bo‘lishdi.

🌐“Atrof to‘la ahmoqlar”, Tomas Erikson;

🌐“Hech qanday murosaga o‘rin yo‘q”, Kris Voss;

🌐“Yaxshidan buyukka”, Jim Kollinz;

🌐“Qat'iy boshqaruv: odamlarni natijaga ishlashga majbur qiling”, Den Kennedi;

🌐“Molxona”, Jorj Oruell.

Kitoblar haqida batafsil:

https://www.spot.uz/oz/2025/01/10/malik-karimov/

Telegram | Instagram | YouTube

Mirzo Zominiy

10 Jan, 21:15


Angliya premyer ligasida toʻp tepadigan oʻzbekistonlik ilk futbolchi

Romano ham yuraklar hapriqib kutgan xushxabar atrofida rosa shov-shuv koʻtarib berdi. X'dagi sahifasiga mixlab qoʻygan ekan.

Endi futbol muxlislarimiz bu tun sal tinch uxlashadi 😃

P.S. Oʻzbekiston APLda fuqarosi toʻp tepayotgan 119-davlat boʻpti.

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

10 Jan, 13:35


Who is Husanov? Where is Uzbekistan? (longridcha)

Abduqodir Husanovning tirishqoqligi, kurashlardan qo‘rqmasligi, iqtidori va qilayotgan mehnati, yaqinlari ishonchiga nisbatan biror savol yo‘q. O‘zbekistonlik yoshgina yigitchaning jahon futbol mediasi, ijtimoiy tarmoqlardagi qizg‘in muhokamalar markazidagi futbolchilardan biriga aylanishi ortida, menimcha, marketologlar, tarmoqlarning ham yaxshigina o‘rni bor.

Hali biror bir o‘zbekistonlik futbolchining (garchi iqtidorli deya atalganlar ko‘p bo‘lsa-da) dovrug‘i Manchester-u Madrid tomonlarga bunchalik yetmagandi. Bir paytlar Mirjalol Qosimovning Liverpulga urgan goli, Zeytullayevning Yuventusga o‘tishi, Shatskixning Real Madridga golini eslab yuradigan yoki Shomurodovning Rimga o‘tib yaxshi an’anani boshlab berganidan, Masharipovning Ronaldu bilan yonma-yon to‘p tepganidan xursand bo‘lgan biz kabi futbol muxlislari yangi davrning guvohiga aylanyapmiz.

Bu ijtimoiy tarmoqlar orqali faol marketing gullab-yashnagan va iqtidorli futbolchilarning yaxshi, to‘g‘ri targ‘ibot qilinsa, top klublarning ham qiziqishini qozonadigan, kerak bo‘lsa, butun bir mamlakatga bir necha o‘n million xorijliklarning e’tiborini jalb etish mumkin bo‘lgan davr. YouTube, Instagram va minglab futbol media manbalarida Abduqodirning eng muhim, zargarona harakatlari jamlangan video va reelslar, nufuzli saytlarda tahlilchilarning munosabatlari chiqdi, bir futbolchi sabab bayrog‘imiz emojilari har yonda potirlab, yurtimizga ijobiy tomonlama qiziqish ortgan davr. Husanov kimligini, O‘zbekiston qayerdaligini bilmaganlar bir gugllab boshlagan davr.

O‘zbekiston – futbol mamlakati. Men futbol muxlisi va kommunikatsiya mutaxassisi sifatida o‘zbekistonlik ming-ming shinavandalar terma jamoadagi yulduzlarimizning nomdor klublar sahifalaridagi postlarda ko‘ringanida bildiradigan o‘ta faol reaksiyasini ta’kidlab o‘tishim kerak. Ishonmasangiz, Eldor, Abbos, Abduqodir yoki boshqa futbolchimiz bor xorij klublari postlaridagi layklar, izohlarni boshqa umumiy postlar bilan solishtirib ko‘ring.

Jahon miqyosidagi katta klublar, kattalikka da’vogar klublar marketingi uchun esa yangi, xarid qobiliyatiga ega bozorlar (umid qilamizki, translyatsiyalar huquqini rasman sotib olish shimoldagi bir liga bilan cheklanib qolmaydi), muxlislar juda muhim. Sifatli, jonboz muxlislar muhim. Ular klubingiz o‘yinlarini o‘tkazmay kuzatadi, merchlaringizni xarid qiladi va eng keraklisi – klub bir vatandoshingiz sabab xotiralaringizning ajralmas qismiga aylanadi. Avvalgi postlarimda aytganimdek, hozir e’tibor – qimmatbaho tovar. Millionlar e’tiborining qiymatini tasavvur qilavering.

Xulosa o‘rnida aytishim kerakki, eng avvalo – mehnat, o‘z ustingizda ishlab borish, tajriba juda muhim, shu bilan birga samarali, to‘g‘ri vaqtdagi marketing sayqali ham foydadan holi emas. Bularning bari uyg‘unlashib, 100 ming yevroni 40 - 50 mln yevrogacha (undan ko‘proqqa ham), balki pul bilan o‘lchanmas cho‘qqilarga ko‘tarib yuborishi mumkin. Umid qilamizki, Husanov imiji ustida puxta, oqilona, ziyrak ishlanishi davom etadi. Turli sportchilarning porloq shuhratni boshqara olmayotganiga (yoki ularni o‘tkinchi manfaatlar elchisiga aylanayotganiga) tez-tez guvoh bo‘lyapmiz va Husanov bu borada ham boshqa davrni, namuna bo‘ladigan davrni boshlab bersa ne ajab.

#MarketingvaPR

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

10 Jan, 08:44


Birinchi drop oʻz vazifasini bajardi. Keyingi bosqich uchun tahlillar qilib oldim.

Urgʻuni endi koʻproq printlarga, futbolkalarga va narxlashga qaratmoqchiman.

Yangi printlar yoʻlda. 10 xildan koʻproq boʻladi.

Obuna boʻlib, kuzatib turingiz, azizlar.

Mirzo Zominiy

09 Jan, 13:25


Kun.uz da chiqqan shu maqolani o‘qib, boshqacha bo‘lib ketarkan odam. 33 yillik tarix-da bu.

Ayniqsa hamon avgust ilinjida yurgan Ismoil otadek soddagina o‘zbekistonliklar, kitobdagidek insonlar bilan balki zamondoshdirmiz.

Mualliflarga rahmat.

#Tavsiya

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

09 Jan, 08:03


Tilga hurmatsizlik oqibati

Ostonadagi Qazaq Coffee qahvaxonasi qozoq tiliga hurmatsizlik koʻrsatgani tufayli kasodga uchrabdi.

Maʼlum qilinishicha, mijoz qahvaxonaning ijtimoiy tarmoq sahifalaridan biriga unga xodimlar qozoq tilidagi menyu taqdim etishdan bosh tortgani haqida izoh qoldirgan. Muassasa vakili esa xodimlar qozoq tilida soʻzlashi shart emasligini aytib javob qoldirgan. Bu esa jamoatchilikda keskin norozilik uygʻotgan va boykot sabab kafe zararga kirib ketgan.

Albatta, bitta ishbilarmonning bankrot boʻlishi quvonarli hodisa emas. Lekin davlat tiliga bunday munosabatning oqibati ham boʻlishi kerak. Bu – boshqalar uchun ibrat.

Qozoq qoʻshnilar tilga munosabatda ancha gʻururli ekan.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube

Mirzo Zominiy

06 Jan, 16:02


Yil boshidan Marketing va PR yangiliklari bilan boʻlishsam ham boʻlar endi.

Mana, masalan, san’at, madaniyat hamda kommunikatsiya sohasida 15 yillarcha tajribaga ega Sardor aka Boboyev We Digital'da kreativ va PR boʻyicha direktor sifatida ish boshlabdi.

Oʻylaymanki, Yanvar – agentliklar va turli kompaniyalar oʻz safini tajribali mutaxassislar bilan toʻldirib olishi uchun yaxshi transfer mavsumi.

2025-yil – mahalliy bozor yangi uslublar, xilma-xil yondashuvlarga boy boʻladi degan umiddamiz, chunki inflyuenserlar, auditoriya bilan mohirona ishlash buyogʻiga qiyinlashsa-qiyinlashadiki, aslo osonlashmaydi.

Ha, yana bir umidim – kompaniyalarda mahalliy mutaxassislarga, ayniqsa oʻzbek tiliga munosabat ham yanada yaxshi tomonga oʻzgarib qolar 🤞🏻

#MarketingvaPR

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

04 Jan, 16:32


Oʻzbekistonda yana bir kun oʻtdi. Bugunni yaxshi xushxabar bilan yakunlay qolaylik.

2024-yil oxirida koʻp yillardan buyon doʻstim Jahongir aka Azimov oʻzining ilk – “Oʻzbekistonda yana bir kun” kitobini taqdim etgandi. Kitobga Nozima Hoshimova taqriz yozishga ham ulguribdi.

Kitobning oʻzbek tiliga tarjimasi bilan Rafiq Oʻzturk, Abduhamid Pardayev, tahriri bilan Shohrux Usmonov, tasvirlar bilan esa Eldos Fozilbekov ishlagan. Men kitob nashr etilishida mehnati singgan barchaga rahmat deyman. Yosh yozuvchilar koʻpayaversin. Yozuvchi deganda, zamonaviy yoshlar ham koʻz oldimizga kelaversin.

Borolmagandim, nasib etgan ekanki, bugun ikki dona kitobni muallif dastxati bilan Asaxiy offlayn doʻkoniga qoldirib ketibdi, 15 daqiqadan keyin borib xarid qilib oldim. Yana bittasi qoldi.

Onlayn xarid qilish uchun havola qoldiraman.

#Tavsiya

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

04 Jan, 12:55


Eng qimmati – sizning e’tiboringiz

Bu haqda bir necha yildan buyon yozib kelaman, lekin soʻnggi voqealar shamolidagi axborot kurashi natijasida ma’lumotlarni kimdan va qaysi manbalardan olayotganingiz masalasi yanada dolzarblashdi.

Biror muhim ijtimoiy-siyosiy muammo koʻtarilgan vaziyatlarda rasmiy, aniq yechim oʻrniga auditoriyasi koʻp, lekin asosiy masaladan chalgʻitadigan blogerlar, kanallar va trollarga murojaat kuchaydi. Ayni paytda Facebook'da bir guruh faollar oʻzbek auditoriyasiga ta’sir oʻtkazib turadigan yuzlab troll, anonim hisoblar roʻyxatini tuzib boʻldi.

Afsuski, Oʻzbekistonda turli-tuman mavzuda kontent tayyorlaydigan blogerlar, vaynerlar, saytlar, media koʻpaygani sayin ularni ajratish, filtrlash ahamiyati oshib boryapti. Ilyos Safarovdan foydali longridda bu haqda batafsil oʻqishingiz mumkin.

Yaqinda bir olim akamiz bilan jamiyat, yoshlar haqida suhbatlashganimizda Instagram'dagi ayrim hukumatga, siyosiy elitaga yaqin shaxslar, amaldorlar va boy qatlam, qoʻl jangi sportchilari hayoti olqishlanadigan bir necha sahifalar yuritilishini, ayrim “oltin avlod” vakillari yoki trollar izohlar yozib borishi va axborot iste’molida ham sekin-asta filtrga ehtiyoj borligini aytgandim. Koʻp kuttirmadi.

Har qanday kanal-u bloglar, trollar izohlariga ishonmang. Tarmoqlardan parhez (detoks) qilib turing, manbalarni filtrlang. Haq-huquqlaringizni yaxshi biling, fikrlar xilma-xilligini ham monopollashtirishlariga yoʻl qoʻymang.

Tasvir: The New Yorker / Trollar

#Kuzatuv #Trolliston

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

03 Jan, 11:50


Inson qadri uchun ozodlik

Habikatura tomonidan chizilgan rasmni Sherbek Safariy Instagram'ga Stories qolipi sifatida joylagan ekan.

Hozircha 55 mingdan ziyod foydalanuvchi sahifasida ulashgan. Bundan tashqari, tarmoqlarda odamlar oʻz oyoq kiyimi ostini koʻrsatib, soʻnggi haftalar energoqahramoniga taqlidan suratga tushishyapti.

Tarmoqlardagi bunday shov-shuvli holat soʻnggi oylar ichida Boysundagi avariya, oktyabrdagi voqea va uning davomiga ulanib kelayotgan ochiqlamalardan keyin uchinchi diqqatga sazovor keys boʻlsa-da, har uchala vaziyat ham davlat OAV tomonidan yoritilmadi.

Odatda bunday ishlar jahon tajribasida jonli efirlar, rasmiylarning faol munosabatlari bilan kechadi.

#Raqamlar #Media

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

01 Jan, 18:41


Davlat tomoni bunchalar jimjit boʻlgan davrlarni Yangi Oʻzbekistonda koʻrmagandik.

Hech boʻlmaganida, ijtimoiy tarmoqda norozilik kuchaygan paytda ba’zi rasmiylar chiqib, adolat oʻrnatib berishardi.

Yangi yilni oʻzbekistonliklarning katta qismi oʻzi yilda bir marta tabrik uchun yoqiladigan davlat kanallaridan avval rus, keyin oʻzbek tilida “inson qadri va inson baxti uchun birgalikda harakat qilish” haqida gaplarni eshitib kutib oldilar.

Parallel Oʻzbekistonda esa bir oila, yana koʻp-koʻp faollar, jurnalistlar haqsizlik, eskicha oʻzbekiston sharpasini his etib qarshi oldilar.

Mana noyabrdan buyon davlat va uning atrofidagi shaxslar tarafidagi darvozaga javobsiz axborot gollari urib yotilibdi, uning imiji ahvoli-da havas qilarli darajada emas. Jimjitlik yomon narsa. Jimlik saqlash sendan nimadir munosabat kutganlarida, undan ham yomonroq.

#Kuzatuv

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

20 Dec, 17:30


Har gal Buyuk Ipak yoʻli metrosi shiftiga qarasam, sekiiin orkestr ijrosi ohangida Nitsshe, Shtrauss, Shapiro va Kubrik hamroh va ularning barchasi xuddi 2001: Fazo Odisseyasi yoki Interstellar'dagi kabi yulduzlar uchqunlari oralab taralayotgan peshtoqdagi Danko olovli yuragiga ishora qilayotgandek tuyuladi goʻyo.

Each time I gaze at the ceiling of the Great Silk Road metro, it feels like Nietzsche, Strauss, Shapiro and Kubrick are with me, their presence flowing through a subtle orchestral performance. It’s as though they are signaling towards the blazing heart of Danko in the archway, with stardust drifting around them, reminiscent of 2001: A Space Odyssey or Interstellar.

#Kuzatuv

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

20 Dec, 13:56


Oʻzi kamdan-kam shaxsiy, doʻstlar davrasidagi surat joylayman, lekin bu holat mustasno, chunki Botir aka kelgan ekanlar, suhbat qurdik, ilk mustaqil biznesimiz Kiyaman®dan ulashdik.

Barcha ma’lumot, narxlar va printlar havola orqali sahifada mavjud. Yangi gʻoyalar ham, Båsavlat ham yoʻlda.

P.S. Yaxshi nom topsangiz, ijtimoiy tarmoqlarda u band boʻlmasligi ham bir omad ekan, Basavlat ismli bir yigit Instagram'da shu foydalanuvchi nomini band qilgan ekan, aloqaga chiqolmayapmiz-da 🥲

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

20 Dec, 11:41


Ayni paytda “Yoshlar uchun 1000KITOB” va WikiStipendiya loyihalarining yil yakuniga bag‘ishlangan tadbiri bo‘lyapti. Meni ham taklif qilishgandi, afsuski, borolmadim, lekin shu yerdan tomosha qilib boryapman – https://www.youtube.com/live/HTpMk7_lr54

Qilinayotgan ishlar ortida turgan mutaxassislar va jamoaga mehnati uchun rahmat. Bardavom bo‘lsin. Men shu Vikipediyada maqola joylash hobbimni qayta tiklashim kerak-da.

Hozircha tarjimasini joylaganim bilan maqtanoladigan bitta kerakli, dolzarb maqolam bor: Nepotizm 😃

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

18 Dec, 18:03


Ijodga qaytsak. Oʻzbek tilida faoliyat olib boruvchi Marketing Club 2024-yildagi soʻnggi mahorat darslari yigʻinini oʻtkazyapti.

Kelasi yildan esa boshqacha koʻzqarash, yangilanishlar boʻlishini aytishmoqda tashkilotchi doʻstlar.

Shanba – 21-dekabr soat 14:30 da Yoshlar ijod saroyida Azizjon aka Gapparov, Zokir aka Xolmatov hamda Shohzod Ruzmetov bilim va tajribalarini boʻlishadi.

👉🏻 Shu havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin. “Keling, mehmon, toʻrga oʻting, mehmon”da qoʻlimiz koʻksimizda turamiz.

#MarketingvaPR

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

18 Dec, 06:18


Menimcha, hamma oʻz ishini qilsa, Fargʻonadagi kabi portlashlar, Boysundagi kabi falokatlar va qattiqroq soʻzlagani uchun nazoratingdan tashqaridagi jurnalistlarni ta’qib qilib, qamatib yuborishlar, yomonotliq qilishlar boʻlmasdi.

Ha, yana bir narsa – “ozodlik” degan soʻzning oʻzidan toʻqmoqdan qoʻrqqandek qoʻrqish va bora-bora tushunchaga nisbatan ham qandaydir fobiya shakllantirib kelingandek tuyuladi.

Mahalliy OAV oʻz ishini astoydil qilganda, birovlar qolip qoʻyib bermaganda, menimcha, Ozodlik koʻrsatuvlarida bu gal nima chiqarkan deb bunchalar kutmasdik.

Soʻnggi ikki kunga bunday fikrlar yetadi, bir paytlar jurnalist edim, hozir kopirayterlikka moslashdim, lekin koʻngil tubidagi mahkum, zanjirband jurnalist ora-sirada baqirib turadi.

#Fikrlar

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

17 Dec, 11:36


Bu xavflimasmi? Suv ombori strategik obyekt hisoblanmaydimi?

#MarketingdanTashqariFikrlar

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

15 Dec, 16:32


Qor haqida bugun faqat men yozmadim, shekilli. Menimcha, u an’anaviy oʻzbekona interyerga ega hovlilarda boshqacha joziba kasb etadi 🤍

Har gal ilhom manbasini yurtning oʻzidan, odamlari, ustalar ishlaridan qidirish kerak.

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

12 Dec, 17:04


Bugun – 12.12 va biz ilk dropimiz ŌNIKKI'ni e’lon qildik

Unda 12 nafar oʻzbekistonlik kreatorlar bilan hamkorlik qildik 🇺🇿

Har bir kreator bilan alohida fotojamlanmalar, buyurtma uchun tovarlar tanlovi va narxlarini shu yerdan – instagram.com/kiyamanuz dan koʻrishingiz mumkin 💚

#Kiyaman #ŌNIKKI

@kiyamanuz

Mirzo Zominiy

11 Dec, 08:05


Sharif bro (Konsta) va Lolaning #Chidama kampeyni doirasidagi klipiga mazmun tomonlama fikr bildirishdan biroz tiyilaman, lekin vizual tomonlama ilhom manbasini topgandekman.

Koronavirus paytidan boshlab Netflixdan “Love. Death. Robots” turkum animatsion seriali muxlisiga aylangandim. Chidama klipida Lolaning obrazi va oltin, odamlarning ovozlari, muhit xuddi Alberto Mielgoning “Jibaro” qisqa metrajli animatsion filmiga ishora qilgandek tuyuldi.

Ehtimol bu shunchaki tasodifdir, balki kreativchilardan referens shunaqa bo‘lgandir. Nima bo‘lsayam, jamoaga omad.

#MarketingvaPR

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

21 Nov, 05:27


Albatta, boringlar 💯

Har uch mutaxassis hozir marketing bozorida oʻzbek tilining toʻgʻri va kreativ targʻibotini tebratishyapti 😎

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

21 Nov, 05:26


23-noyabr kuni “Najot Ta’lim”da hozircha karyeramdagi eng hissiyotga boy, haqiqatga to‘la va samimiy ma’ruza bilan chiqaman.

Hamkasblarim kreativ va kopirayting haqida nazariy bilimlar va yondashuvlar bilan ulashishadi, mendan esa nimaga aynan kopiraytingni hayotim kasbiga aylantirganim haqida eshitasiz.

Ma’ruzam mavzusi — “Men o‘zimni yomon ko‘raman”.

Shu havola orqali ro‘yxatdan o‘tib, master-klassga keling. Qiziq bo‘ladi.

Mirzo Zominiy

20 Nov, 08:11


Achinish va uyat

Soʻnggi haftalarda Zominga bir necha marta bordim. Kecha borganimda, suv ombori ustida koʻp-koʻp sayyohlar toʻxtab manzara tomosha qiladigan, qurt, ziravor yoki asal sotib oladigan sathda ham toʻxtadik.

Tabiatga juda achindim. Goʻzal, toza havoli, chiqindi makoni boʻlmay turgan joylarimiz barmoqda sanarli ekanini doim takrorlayman. Va bu gal ham istisno emas.

• Birinchi navbatda – shunday joylarga (tabiiy, tarixiy qadamjolarga) kelib, chiqindisini otib ketadiganlarga aql, kengroq dunyoqarash, fahm-farosat tilayman. Sizni mollar bilan tenglamayman, har holda ular plastik chiqindi otib ketmaydi.

• Ikkinchidan, ekologiyaga mas’ullardan jur’at, qonun ustuvorligiga rioya qilish, sal boʻlsayam nazoratni kuchaytirishlarini soʻrab qolaman.

• Uchinchidan, aqalli shu yerda necha yillardan buyon savdo-sotiq qiladiganlar, rizq topadiganlar tozalab qoʻyishmaganiga hayronman va ularga ham biroz mas’uliyatni anglash hissini tilayman.

Yana borsam, plogging qilib kelaman kelasi safar.

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

18 Nov, 06:04


Har gal Navoiy koʻchasidan oʻtarkanman, shu bayroqli deraza e’tiborimni tortadi. Rahmat degim keladi.

Bayrogʻimizni uylarda ham chiroyli qilib ilib qoʻyish, undan foydalanish me’yorlarini yengillashtirish haqida gaplar boʻlgandi. Shuning natijasini bilmadik.

Hamyurtlarimiz esa u yoki bu shaklda baribir bayroqdan vatanimizga taalluqlilik , faxr ramzi sifatida foydalanib kelishmoqda.

Bugun va har kun oʻz bayrogʻimizni koʻproq targʻib qilish, uning mohiyatini his qilish, notoʻgʻri ilib qoʻyishgan boʻlsa, kerak boʻlsa, borib toʻgʻrilatish kerak.

#Kuzatuv

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

15 Nov, 07:25


Nihoyat yetib keldi 😎

#MarketingvaPR

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

14 Nov, 18:30


Хакам пакамда айб йўқ. Бахана қидиришма. Тренер 2-2 га худога шукр қилятоди. Ҳамма гап шунда. 2-0 дан камбек қиган командани ховурини туширмаслик керак, бўлди биз ютқазбўловдик деб, “мёртвые не могут умирать” деб босиш керагиди. Хакам пакам қилишма. Ҳамма гап тренерди духлигида. Тамом.

Mirzo Zominiy

14 Nov, 18:19


Agar farmatsevtika kompaniyalari taym oʻrtasida shu dorining reklamasini chiqara olsa, misli koʻrilmagan marketing yondashuvi boʻlardi.

#Validol

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

14 Nov, 18:01


Kambekiston 🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

14 Nov, 17:55


Yashavor! 🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

14 Nov, 16:24


Shashti yaxshi yigitlarning 🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Koʻz tegmasin
Olgʻa, Oʻzbekiston!

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

12 Nov, 17:20


Бойсундан тайёрланган навбатдаги репортажнинг тўлиғи 👉 https://youtu.be/aZTD27naKtQ

Mirzo Zominiy

12 Nov, 05:40


Shuhrat akadan yaxshi tavsiya 📚

#TavsiyaTaym

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

11 Nov, 11:04


Suratlar haqida ham biror nima demabdi-da 😌

#Manzara

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

11 Nov, 10:58


YouTube kanalim judayam bir faol emas-ku, lekin shuncha narsa bilarkan bu ChatGPT 4o 😃 Texnika asrida yashayapmiz.

#MarketingvaPR

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

11 Nov, 09:23


Yaxshiyamki, YouTube va boshqa musiqiy platformalar bor.

Eskidan-eski, uniqib ketgan kabinetlardagi “pechatmashinka” yana ishlab ketgan ko‘rinadi.

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

11 Nov, 09:20


эски Ўзбекистонни соғинган қалблар учун махсус: маънавият экспертизаси

Mirzo Zominiy

10 Nov, 15:07


“Oq yoʻl”…

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

10 Nov, 15:03


Mana necha haftalarki, Sirdaryo ustidagi koʻprik ta’mirlanishi ketyapti.

Tushunaman – strategik obyekt, tushunaman – sifatli, mahkam ta’mirlanishi shart, lekin:

• mamlakat poytaxtini uning markaziy, gʻarbiy, janubiy hududlari – bir necha viloyat bilan bogʻlaydigan;

• iqtisod, logistika uchun deyarli yagona hisoblangan yoʻlda yuz minglab oʻzbekistonliklar, mehmonlarning vaqti isrof boʻlyapti.

Bitta koʻprikni dadil, yaxshilab, zoʻr ta’mirlash uchun Markaziy Osiyodagi Uchinchi Renessans beshigi tebratuvchisining nahotki kuchi yetmasa?

Kuchni iqtisodga va odamlar qulayligi uchun ham ajrataylik, iltimos.

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

10 Nov, 14:56


Oʻzbekiston yoʻllari ta’miri oʻta-oʻta sekinligi / sifatsizligi va toza hojatxonalar deyarli yoʻqligi muammosi hal qilinsa, keyin Uchinchi Renessansga poydevor qoʻyilardi.

#Kuzatuv

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

10 Nov, 02:14


Yigitlar “Suratga tushaylik” deyishgandi, yoʻq demadim 😃 Tanidingizmi? 90-yillarda mashhur boʻlishgan, stadionlarni toʻldirishgan bular.

Keyinchalik zamon oʻzgarib, Konsta, Teacher A’zam degan ijodkorlarga oʻrinlarini boʻshatishgan.

#dushmanlarfotoshopdeydi

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

08 Nov, 10:09


Sovuq tushdi. Bir-birlaringga issiq-issiq, yaxshi gaplardan gapiringlar, mehribonroq boʻlinglar. Koʻcha-koʻydagi jonzotlarga ham.

Chigʻatoydagi musichalar salom deb yuborishdi sizlarga 😃

#QishYaqin

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

04 Nov, 11:41


Bu bino, uning atrofi va qogʻozda yozilgan vazifasi juda ajoyib.

#Manzara

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

03 Nov, 17:33


Kommunikatsiya va tashkilotlar imiji tomonlama rakursdan qaraganda eng qizigʻi nima, bilasizmi – bir sado chiqmagani.

Kostyumlar, tonna-tonna qogʻozlar, xizmat mashinalari, binolar, katta-katta nomlar va familiyalar shunday muammolarga kelganda, mum tishlab qolishadi. Nahor osh, gender va populizmmi – olavering, qancha xohlasangiz.

Xalq doim qandaydir umid, najot, bir oydinlik kutib ilinj bilan nafas oladi. Koʻzlari achishib-achishib, allergiyadan qiynalib boʻlsayam, qisiq-qisiq koʻzlari bilan qaraydi, haligi Hollivud filmlaridagidek, soʻnggi bir haloskor qahramon kelishini kutadi. Tutun va iflos havo ortidan esa, afsuski, u koʻrinmaydi, kelmaydi.

Chunki unga, uning ortidan “shef”iga gap tegmasligi kerak. Bu zanglagan, qurum bosgan chakalakzor shunchalik chigalki, bir dumdor korchalon boshqa bir dumni bexos bosib qoʻyishdan, uyidan 3 mln AQSh dollari chiqib qolishidan yoki nimadir boʻlib yoʻq boʻlib ketishidan qoʻrqib yashaydi.

Gapirmaydi. Tashabbus koʻrsatmaydi. Saylovchi, vatandosh – “shef” emas bunday toifaga, “shef”ning “shef”iga ehtimol ma’qul kelmay qolishidan, tutaqib ketishlaridan qoʻrqishadi.

Shuning uchun ham biror rasmiy munosabat hamon yoʻq.

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

03 Nov, 17:09


Ahvol faqat Toshkentdagina yomon emas-da. Respublika boʻyicha ham oʻzi toza havoli joylar kam qolyapti.

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

03 Nov, 16:00


Oʻtgan yil qish mavsumida ham odamlar tutun, mazut, iflos havo yutgandi.

Yanvar oyida ba’zi inflyuenserlar bilan ekochaqiriq uyushtirgandik. Keyin bahor keldi, yoz oʻtdi.

Gapirgan gaplarini, va’dalarini ham unutib yuborishdi ba’zi kattalar, ayrim “maslahatgoʻylar”. Yana oʻsha tubdamiz.

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

03 Nov, 15:33


Bugun ham deyarli kechagidek iflos havo, tutundan nafas olyapti Oʻzbekiston poytaxti. Marketing va PR haqida tinchgina yozib yurishim mumkin, lekin bu muammo kun tartibidan tushmasligi kerak. Hamma yozishi shart.

Oʻzbekistonda energetika sohasining qish tugul kuz sovuqlariga tayyormasligi tobora oydinlashib boryapti. Bu esa issiqxonalar va energiyaga talabi yuqori obyektlarning zaharli muqobil manbalardan foydalanishi, ekologiyaga bosssib zarba berishiga olib kelyapti.

Sababi u boʻlmasa, Ekologiya vazirligi, Ekopartiya yoki hukumat vakillari biror nima desin. Aqalli rasmiy munosabat ham yoʻq.

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

02 Nov, 19:30


Ahvol shunday davom etsa, men bu shahardan, keyinchalik butun davlat miqyosida kechsa, bu davlatdan bosh olib ketadiganlar koʻpayishiga ishonaman 💯

Saylovoldi tashviqot kampaniyasi uchun ishlatilgan hamma banner-u qolgan-qutgan chiqindi posterlarni zoʻr berib yoqishayotgan boʻlsa kerak. Albatta, tomoqdan achchiq havo bilan oʻpkalarga botayotgan achchiq kinoya bu.

Shuhrat aka yozganidek, hali qish kelmadi. Qish kelsa, dodimizni tinglab, qat’iy chora koʻra oladigan mard topilarmikan?

He oʻsha, ennn… ergetika vs ekologiya jangida sogʻligini, umrini yoʻqotayotgan bechora oʻzbekistonliklar.

#TozaHavoKerak

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

02 Nov, 18:34


🥲🥲🥲

Mirzo Zominiy

02 Nov, 07:36


Qish hali kelmadi, lekin ahvol shunday 🫥

#TozaHavoKerak

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

31 Oct, 11:08


Hozir Istiqlol ko‘chasidagi Bookcafe'da o‘tiribman. Bir qiz amerikalik qizga o‘zbek tilini o‘rgatyapti. Ikkisi ham astoydil harakat qilyapti. O‘rgatishga, o‘rganishga. Zo‘r o‘xshayapti.

O‘zbekistonga kelganiga ko‘p bo‘lmagan, lekin tilni o‘rganishdan boshlagani va e’tibori uchun hurmat qildim. Katta rahmat.

#Kuzatuv

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

30 Oct, 07:36


Bir necha yil davomida axborot, media va marketing sohasida ishlab kelayotgan mutaxassis, ayni damda ozod kreator va kopirayter sifatida aytamanki – qora shisha ekranlardan tez-tez bosh tortib turish ham juda foydali.

Ko‘z uchun mashqlar va nafas gimnastikasi, biroz axborot oqimidan chetroqqa chiqib, tabiat, daraxtlarga qarash, an’anaviy – qog‘oz kitoblar o‘qib turish, picture book yoki ijodkor qarashini kengaytiruvchi jurnallar, nashrlarga nazarni chalg‘itib turish ham ayni muddao.

Odam robot yoki AI emas, hayot ham doimiy, belkurak-belkuraklab axborot iste’mol qilish, hamma narsaga e’tibor qarataverish, munosabat bildirish degani emas.

Xotirjam, bir maromdagi onggina yaxshi ishlarni amalga oshira oladi.

#KreatorKundaligi
#Xotirjamlik

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

28 Oct, 07:40


Yangi yilga hali bor, lekin men sovg‘alar bilan keldim. Kanalda kreativchilar va grafik dizaynerlar ham ko‘plab topiladi. Ijodkor qarashingizni kengaytirish uchun dunyodagi 15 dizayn studiyalari ro‘yxati va ularning saytiga havolalarni taqdim etaman.

1. Pentagram
2. PORTO ROCHA
3. Ragged Edge
4. Mouthwash Studio
5. Hey Studio
6. Hoodzpah
7. &Walsh
8. Interbrand
9. Edit
10. DixonBaxi
11. Wolff Olins
12. Studio DBD
13. Need
14. Little Troop
15. Studio Feixen

O‘zi oddiy kopirayter yoki SMMchidan keyingi darajaga o‘tishingiz yoki grafik dizayner bilan tandemda bir-biringizni tushunib ishlash uchun ularning nuqtayi nazaridan ishlarga qarash – juda samarali.

To‘g‘ri foydalansangiz, ro‘yxatda keltirilgan studiyalar ishlari bilan tanishish sizni bozordagi boshqa mutaxassislardan 2-3 bosh ustun qilib yuborishiyam mumkin.

#KreatorKundaligi
#TavsiyaTaym

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

26 Oct, 07:34


Kecha “Toshkent-94” serialini ko‘rib tugatgandim. Endi Hollivud filmlarini ko‘raman.

Tinchlik bo‘lsin. Hamma sog‘-salomat bo‘lsin.

#MarketingdanTashqariFikrlar

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

25 Oct, 15:34


Yandex’ning Express24 aktivlarining bir qismini sotib olgani haqida yangilikni o’qigandirsiz.

Ertalab turmush o’rtog’im ushbu yangilikni menga aytganda juda g’alati tuyg’ularni his qildim.

Bir tomondan, juda xursandman, chunki men qachonlardir ishlagan startup, texnologiya dunyosidagi katta o’yinchi bilan birlashishga loyiq deb topildi.

Boshqa tomondan, ko’pchilik 🇺🇿 startuplari uchun eng yaxshi yakun aynan shunday bo’layotgani biroz achinarli.

Kelajakda bizda global bozorga chiqib, texnologiya olamida sezilarli o’ringa ega bo’ladigan startuplar ko’payishini chin dildan istardim.

Umid qilamanki, bir kun kelib, shunday loyihalar ham paydo bo’ladi. Va men aynan shunday loyihaning bir qismi bo’lishni xohlar edim❤️

@latipovasamira

Mirzo Zominiy

24 Oct, 16:58


Oʻzbekistonning har goʻshasida va Toshkentda kuz oʻzgacha 🍂🍁

Shu hafta oxirida Zominga borsam, Xudo xohlasa, yana kadrlar yigʻib kelaman.

Fayl shaklida, odatdagidek, suratlar izohlarda boʻladi.

@toqsonbeshchoy

Mirzo Zominiy

21 Oct, 10:02


Bayramga quruq qoʻl bilan emas, Buxoro-yu Samarqanddan suratlar bilan keldim

Ba’zilarini fayl shaklida izohlarga joylayman 👍🏻

@toqsonbeshchoy

Mirzo Zominiy

21 Oct, 08:04


Bugungi shukuh va sananing mohiyatini butun yil his etishingiz uchun Afisha ham eng foydali manbalarni bir joyga jamlabdi. Biz avvalgi postlarda nazardan qochirgan, lekin har kun foydalanadigan manbalarimiz.

Saqlab qo‘ying: https://t.me/afishauzb/8566

Qo‘shimcha qilib ketishim kerakki, so‘nggi yillarda o‘zbek tilidagi Vikipediya ham ancha rivojlandi. Yaqin vaqt ichida men eski hobbimni tiklashim – foydali maqolalarni tarjima qilib, Vikiga joylashga qaytishim kerak.

#TavsiyaTaym

@mirzo_zominiy

Mirzo Zominiy

21 Oct, 07:16


Raqobat qo‘mitasidan raqam – 500 dan ortiq yemakxona o‘zbek tilida taomnoma bermaydi.

Ba’zilar esa radiokanallarda til haqidagi eshittirishlarda hamon o‘zini “Soyuz farzandi” deb yuribdi. Mustaqillikka esa 33 yil bo‘ldi.

Doim takrorlayman – o‘zimiz talab qilishni boshlashimiz shart.

@mirzo_zominiy