Valijon Turakulov | Mutolaa @v_turakulov_stories Channel on Telegram

Valijon Turakulov | Mutolaa

@v_turakulov_stories


🍃 Guruh sokinlik istaganlar uchun
📚 Birga virtual mutolaa
🌍 Iqtisodiy tahlil kanal: @v_turakulov
✍️ Admin: @XSB_bot

Valijon Turakulov | Minimalism (Uzbek)

Valijon Turakulov - minimalizmni o'rganish uchun eng yaxshi manzil! Ushbu Telegram kanalida @v_turakulov'ning Instagram Story'lardan parchalar va hayotiy qarashlari bilan tanishishingiz mumkin. Kanal minimalizmni istaganlar uchun mo'jiza bo'lishi mumkin. Minimalizm, yonimizni moslashtiradi, xayolingizni yechishga yordam beradi va yaxshi jihatlaringizni kuchaytiradi. Kanalda admin @XSB_bot, shuningdek, qulayliklar va qiziqarli malumotlar topishingiz mumkin. Sizcha, Valijon Turakulov - minimalizm va yaxshi hayot rivojlantirish bo'yicha eng zo'r manzil! Qo'shiling va o'z fikrlaringizni ulashing!

Valijon Turakulov | Mutolaa

20 Jan, 15:53


Boshqa yo'li yo'q:

Vaqti turishning yagona yo'li — vaqtli yotish!

🍉 @v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Mutolaa

20 Jan, 14:08


Vaxli uyg'onishning kodi:

wake_up_early = go_to_bed_early
alarm_clock = False

Valijon Turakulov | Mutolaa

19 Jan, 15:25


🇺🇸“Someday” is a dangerous word: it is a code for “never”

🇺🇿“Qachondir” juda ham xavfli so’z: bu aslida “hech qachon” degani

🎬 Qaysidir kinodan

🍉 @v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Mutolaa

10 Jan, 05:08


Channel name was changed to «Valijon Turakulov | Mutolaa»

Valijon Turakulov | Mutolaa

10 Jan, 04:49


Ishni boshlab olish — uning yarmiga teng!

Ko'pchilik biron-bir ishni qanday qilib tamomlasam ekan deb bosh qotiradi. Aslida muvaffaqiyatning siri #tugatishda emas, balki #boshlashda.

(Kechagi virtual mutolaamizda qatnashib, ishni boshlab olgan ikki kitobxon shular jumlasidan)


🍉 @v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Mutolaa

09 Jan, 10:53


#taklifnoma
Bir soatlik virtual mutolaa

Bilsangiz ham kerak, YouTube'da #studywithme (#birga_mutolaa) vloggerlari bor. Ular o'zlarining kitob o'qishlarini YouTube'ga joylab, shu orqali boshqa insonlarga ham kitob o'qishga motivatsiya beradilar.

Boshqalar ham ularga ergashib kitob mutolaa qilish orqali fokuslarini jamlashni va 1~2 soat davomli kitob o'qiy olishni odat qilib olishadi. Keling biz ham sekin-astalik bilan #reja_2025 ni amalga oshirishga kirishaylik.

Bugun 20:00 da YouTube orqali virtual mutolaa qilamiz:

https://youtu.be/vozQnS9msZY?si=lBgA7Upr3j7vPOqJ

Nimalar kerak bo'ladi?

- Avvalo xohish va iroda
- Sevimli kitob
- Telefon*

*Telefoningiz orqali yuqoridagi linkka kiring va telefoningizni qo'lingiz yetmaydigan joyga joylab qo'ying. Sokin musiqa + yomg'ir sadosi ostida mutolaa qilishga kirishing. Tabiiyki, chalg'ib ketmaysiz, chunki telefoningiz band :) Virtual mutolaa tugagach, shu post (yoki YouTube) izohiga necha bet kitob o'qiganingizni qoldiringki, boshqalarga ham motivatsiya bo'lsin!

Demak, ko'rishguncha!

🍉
@v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Mutolaa

09 Jan, 05:06


Biroz sharh...

Valijon Turakulov | Mutolaa

09 Jan, 05:00


U Zotdan talab qilishing Unga tuhmat qilishingdir.

Uni talab qilishing seni Undan g'oyibligingdir.

Undan o'zgani talab qilishing Undan xayo qilishing ozligidir.

Undan boshqadan talab qilishing Undan uzoqligingning mavjudligidir.

📚 Xislatli Hikmatlar kitobidan

🍉 @v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Mutolaa

08 Jan, 08:41


📚 #reja_2025 #mutolaa
#ustozlardan_tavsiyalar

💡Shaxsiy rivojlanish:
1. Good to Great (Jim Collins) - Odiljon Abdurazzakov
2. Soyabon: Hayotning 17 qonuni (Ali Jobir Fayfiy) - @GiyosiddinYusuf
3. Talaba (Tara Vestover)
4. Orzudagi professor (Alisher Umirdinov)
5. Factfulness (Hans Rosling)
6. Ulug‘lar shunday yashashgan (Ahmad Muhammad Tursun) - @Muhammadali_Eshonqulov

✈️Iqtisodiyot va globalizatsiya:
7. Making Globalization Work (Joseph E. Stiglitz)
8. Why Nations Fail (Daron Acemoglu & James Robinson) - Behzod Hoshimov
9. Commonsense Economics (James Gwartney et al.)
10. Yalang‘och iqtisodiyot (Charlez Uilan)
11. Globalization and Its Discontents (Joseph E. Stiglitz) - Bekzod Zokirov
12. Economics: The User's Guide (Ha-Joon Chang) - Alisher Umirdinov
13. The Prosperity Paradox (Clayton M)
14. The Wealth of Nations (Adam Smith)
15. May Contain Lies (Alex Edmans) - Botir Kobilov
16. Nervous States (William Davies) - @Rabbimov_rasmiy

🌳 Ijtimoiy va siyosiy tafakkur:
17. The Anatomy of Post-Communist Regimes (Bálint Magyar, Bálint Madlovics) - @Hamid_Sodiq
18. Vatanparvarlik dasturi (Yulo Vooglayd)
19. The Case Against Education (Bryan Caplan) - Azizbek Rahimov
20. Knowledge Triumphant: The Concept of Knowledge in Medieval Islam (Frans R) - @Rabbimov_rasmiy

☀️Badiiy va tarbiyaviy adabiyotlar:
21. Anna Karenina (Lev Tolstoy)
22. The Vegetarian (Han Kang) - @rashidtojiboev
23. Sherlock Holmes (Sir Arthur Conan Doyle)
24. Aso (Fotih Duman)
25. Alloh sari yigirma bekat (Usoma Minshaviy) - @IkromSharif
26. Nabaviy tarbiya (Adham Sharqoviy)

🍀Yil davomida qo'shiladiganlar:
27. Mening suyukli payg'ambarim (Mujohid Semiz)
28. Muqaddima (Ibn Xaldun)
29.
30.

------
Siz ham qo'shiling.
Kitoblaringiz ro'yhatini mana shu post izohiga qoldirib, muhokama guruhida har oyning oxirida #oy_hisoboti shaklida hisobot ulashib boring. Kamina ham kanalda sizlarga har oyning oxirida hisobot berib boraman (dangasalik qilsam, eslatinglar 🙂). Atrofimiz ko'ngil-xushliklarga to'la bo'lgan bu zamonda, mana shunday jamoa bo'lib harakat qilmasak nafsga yengilib qolishimiz tabiiy!

(Ustozlardan "agar bu yil bir kitob o'qish kerak bo'lsa qaysi birini tavsiya qilgan bo'lardingiz" deb so'raldi)


🍉@v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Mutolaa

08 Jan, 08:40


Ehhe, hammada ishtaha zo'r-ku, a? 🙂

Deyarli, 120 kishi 30 tadan ko'p kitob o'qib tashlayman bu yil deb aytishibdi 🙂

Endi buni reja qilib, birga oxirigacha borishimiz kerak. Bo'lmasa qolib ketadi.

Valijon Turakulov | Minimalism

04 Jan, 07:37


Shogirdim! :)

P.S. Kanal inglizchada yuritildi. Sirojiddin ayni paytda CAU ning Xalqaro Businez kafedrasi 3-kurs talabasi, eng ilg'or talabalardan biri. Akfa Aluminium da ishlaydi va katta loyihalarni boshqarib kelmoqda. Shu sohada ketmoqchi bo'lganlarga kanalni tavsiya qilaman!

Valijon Turakulov | Minimalism

01 Jan, 09:02


#yil_hisobi #mutolaa

1. Men (Fotih Duman)
2. Noldan birga: Startaplar haqida qaydlar* (Piter Til)
3. Sir (Fotih Duman)
4. Lol (Fotih Duman)
5. Dam (Fotih Duman)
6. Katta o'yin* (Peter Hopkirk)
7. Yolg'onlar shahri* (Ramita Navai)
8. Rich dad, poor dad* (Rober Kiyosaki)
9. Alif* (Paulo Koelo)
10. Raqamli qala* (Den Braun)
11. Sarmoyador (Teador Drayzer)
12. Kichkina shahzoda** (Antuan de Sent-Ekzyuperi)
13. Beparvolikning nozik san'ati (Mark Menson)
14. Sarvqomat dilbarim* (Chingiz Aytmatov)
15. Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi* (Stiven Kovi) ⭐️
16. Trade is Not a Four-Letter Word (Fred Hochberg)

#tugatishga_ulgurmadim
17. Aso (Fotih Duman)
18. Anna Karenina* (Lev Tolstoy)
19. Nabaviy tarbiya (Adham Sharqoviy)
20. Yalang'och iqtisodiyot (Charlez Uilan)

bu kitobni hammaga tavsiya qilaman. Odatda kitoblarning eng boshlang'ich mumtozi bo'ladi. Bu kitob ham shaxsiy rivojlanish ilmining mumtoz adabiyotlaridan biri. Zamonaviy kitoblardan farqli o'laroq bu kitobda shaxs, o'zlik va "men" emas, balki oila, jamiyat kabi ulug' tuyg'ular ham markazga qo'yilgan.
* audio kitoblar
** bolalar tilini tushinish uchun eng yaxshi kitoblardan biri. Yoshi kattalar uchun ham tavsiya qilinar ekan, yana bir marotaba tugatib qo'ydim.


🍉 @v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Minimalism

01 Jan, 03:30


365 kun bugun berildi yana...

Unutmang!
Bizga kunlar emas, bugunlar beriladi.

#One_day ≠ #Day_one
#Bir_kun boshlayman demang, #bugun boshlayman deng!

Valijon Turakulov | Minimalism

01 Jan, 03:27


365 kun berildi bizga...

Valijon Turakulov | Minimalism

31 Dec, 11:02


Bugun kechqurun vijdon qiynalmasdan kino ko'rsangiz bo'ladi, chunki ko'pchilik shunday qiladi. (Odamzot ajoyibda. Biz boshqalar bilan raqobatlashamiz, aslida o'zimiz bilan raqobatlashishimiz kerak edi)

Qisqasi, men zo'r kitob yoki kinolarni ham bir marotaba o'qiyman yoki ko'ra olaman. Lekin eng zo'rlari bundan mustasno. Mana bu kinoni uch marotaba ko'rganman. 0+! Bemalol oilaviy ko'rsangiz bo'ladi (aslida oilaviy ko'rish kerak, ayniqsa yangi ota-onalarga va ustozlarga yaxshigina saboqlar bor).

https://youtu.be/AHiOAr9Ivk8?si=ubkvDpvzQe1Vqu8_

#tavsiya_qilaman

P.S. Topa olsangiz Inglizchasini ko'ring, maza qilasiz!

Valijon Turakulov | Minimalism

30 Dec, 12:27


1- yanvardan o‘zgarmoqchi bo’lganlar diqqatiga:

O‘zgarishni ertadan yoki bugundan ham boshlasa bo‘ladi.

Buning uchun Sezar belgilab bergan yil boshini kutish shart emas.

Baribir kutaman deganlar uchun eslatma:

Aynan kutuvchilarning o‘zgarishlari odatda yil oxirigacha ham yetib bormaydi.

Valijon Turakulov | Minimalism

30 Dec, 08:46


#yilning_söngi_darsi

- Parallel chiziqlar hech qachon birlasha olmaydi

- Asimptotlar abadiy bir-biriga tabora yaqin kelaveradi lekin ular hech qachon uchrashishmaydi

- Tangens egri chiziqlari hayotda bir marotaba uchrashib abadiy ayriladilar

Post matematika haqida emas!


🍉 @v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Minimalism

23 Dec, 11:11


#studywithme

Bir soatlik virtual mutolaa, bizga qo'shiling:
https://youtu.be/uIXvweP4DsA?si=w5sjAKbyQcLxhZ-t


Qachon: bugun soat 18:00
Nimalar kerak bo'ladi:
📕 Kitob
Istak
🏠Shinam joy
💡Va vaqt

Valijon Turakulov | Minimalism

20 Dec, 12:42


- Kitob o'qishda videoga olib chalg'ib ketmaysizmi?

- Chalg'ib ketmaslik uchun videoga olaman!
🙂

Valijon Turakulov | Minimalism

20 Dec, 11:49


🧀 Amerika supermarketlari qanday qilib Yelsinni va butun boshli Sovet Ittifoqini o‘zgartirganligi haqida hikoya

1989-yilda Rossiyaning bo'lajak prezidenti Boris Yelsin (1991-1999) AQSHga tashrifi chog'ida Texasdagi supermarketga tasodifan kirib qoladi. U ko‘rgan manzarasi oldida lol qoladi: supermarketda nafaqat mahsulotlarga navbatlar ko'rinmayotgan edi (Sovet Ittifoqidagi kabi), balki, iste'molchilar uchun 30,000 dan orqtiq turli xil mahsulotlar peshtaxtalarga terib qo'yilgan edi. U paytlarda Sovet Ittifoqida pishloq deyilsa faqatgina bir pishloq turi tushunilar edi, bu yerda esa pishloqlar turini sanash uchun qo'ldagi barmoqlar yetmas edi.

Keyinchalik prezident bo'lgan Yelsin bu lahza unga chuqur ta’sir qilganini tan oladi. U hatto bu hodisa o‘z xalqiga shunday farovonlikni ta’minlay olmayotgan sovet tizimiga qarshi chiqishiga turtki bo‘lganini ham aytadi. Atigi 15 oydan so‘ng, Sovet Ittifoqi parchalanib ketadi va Yelsin yangi Rossiya Federatsiyasining rahbari sifatida iqtisodiy islohotlarni qabul qilib, mamlakat bozorlarini ochadi.

Yopiq, markazlashgan rejali iqtisodiyotdan ochiqroq, bozorga asoslangan tizimga o‘tish qiyinchiliklarni ham, imkoniyatlarni ham keltirib chiqaradi. Savdo Rossiyani jahon iqtisodiyotiga bog‘lashda muhim vositaga aylanadi, odamlarga ilgari hech qachon ko‘rmagan tovarlar va xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.

Umuman olganda esa erkin savdo nafaqat iste'molchilarni ko'proq va sifatliroq mahsulot va xizmatlar bilan ta'minlaydi, balki, bizneslar uchun ham raqobat sababli rivojlanish arenasi vazifasini o'tab beradi!

📚 "Trade is not a four letter word" by Fred Hochberg

🍉
@v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Minimalism

20 Dec, 04:42


Oynasiga mavjudotlarning suratlari tamg'alanib qolgan qalb qanday qilib yorishsin? Yoki u shahvatlari ila kishandan bo'lsa, qanday qilib Alloh tomon safar qilsin? Yoki g'aflatlarining junubligidan poklanmagan bo'lsa qanday qilib Allohning huzuriga kirishnj ta'ma qilsin? Yoki xatolaridan tavba qilmagan bo'lsa, qanday qilib nozik sirlarni fahmlashni orzu qilsin?

📚 Xislatli Hikmatlar kitobidan

🍉 @v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Minimalism

19 Dec, 05:10


Rashid Tojiboy juda ham kitobsevar yigit: har doim qo'lida kitob!

Va deyarli har safar uchrashuvlarga 5-6 ta kitob bilan keladi, sovg'a qilish uchun. Bu safar yaqinda Adabiyot yo'nalishida Nobel mukofotini qo'lga kiritgan Koreyalik Han Kang'ning "The Vegetarian" asarini sovg'a qildi.

"Sham bo'ling, nur bo'ling... Atrofga ham nur tarating!"

🍉 @v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Minimalism

19 Dec, 05:06


Sobiq Inha bitiruvchilari bilan uchrashuv – bu oddiy muloqot emas, fikrlar va tajribalar almashinuvi boʻldi. Koreyada boshlangan yoʻllar vatanda yangi gʻoyalarga tutashdi. Fikrlar qayerda rivojlanadi? Kitoblarda emas, suhbatlarda emas, balki yangi savollar tugʻilgan joydadir. Ayniqsa stol tennisida fikrlar va zarbalar qarama-qarshiligi boʻldi. Men oʻzimni stol tennisi boʻyicha “Master” deb oʻylasam, bu yerda “PhD”lar bor ekan.

👉@rashidtojiboev👈

Valijon Turakulov | Minimalism

18 Dec, 13:51


🤯Yana bittasi:

"Vijdonning ovozi shu qadar sokinki, uni bo'g'ish juda oson. Biroq u shu qadar aniq-ki, uni adashtirib bo'lmaydi"

Valijon Turakulov | Minimalism

18 Dec, 09:49


️️️️🤯 Bugun men eshitgan eng 'bomba' so'z:

"Kitob o'qimaydiganlar hamda o'qishni bilmaydiganlarning farqi yo'q!"

Valijon Turakulov | Minimalism

15 Dec, 12:19


Hayot go'zalliklari ko'z orqali qalbga yetib borish uchun biz insonlarga daqiqalar kesimida emas, mil-soniyalar kesimidagi "translatsiya" kerak ekan!

Izoh: Kino va video roliklarda ta'sirli qismlari sekinlashtirish (slow motion) va sokin musiqa qo'yish orqali yanada ta'sirli qilinishiga e'tibor berganmisiz?!

Aslida hayotimizdagi har bir daqiqa ham shu qadar go'zal, lekin ular "sekinlashtirish" larsiz tezda o'tib ketadi, xolos...

🍉 @v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Minimalism

15 Dec, 08:13


Qovogʻingga kimdir don sepgan,
Kiprigingga qushlar qoʻnibdi.
Dil yedirib boqdingmi, gulim,
Bo'ldi uchir...
ular toʻyibdi.

Oʻzing tusab, axir dilingni
tutaversang qushlar ketmaydi.
Seni yolgʻiz bu ogʻriqlardan
qutqarishga kuchim yetmaydi.


Muallif: @Najmiddin_Ermatov

Valijon Turakulov | Minimalism

15 Dec, 03:29


Baxtli bo'lish o'z qo'lingizda va rostan ham u qo'lingizdan "keladi".

Valijon Turakulov | Minimalism

01 Dec, 12:50


Ma'nosini tushuna olmasangizda, dardi yetib boradi...

خلص الحكي شو بعد بقول
خلص البكي والقلب مجروح
بعيدي هيك وعم صلي ليك
و ابعت سلام بغصن زيتون
بعيدي هيك وعم صلي ليك
و ابعت سلام بغصن زيتون
بارض السلام مات السلام
و كون غافي ع طفل موجوع

So‘zlar yetarli emas, yana nima ham deya olaman?
Ko‘z yoshlarim qurib bitdi, yuragim parchalandi.
Uzoqdaman, ammo siz uchun duo qila olaman,
Zaytun novdasi orqali tinchlik tilamoqdaman
Uzoqdaman, ammo siz uchun duo qilmoqdaman
Va zaytun novdasi orqali tinchlik tilamoqdaman
Tinchlik o‘lkasida tinchlik o‘lib bo'lgan,
Dunyo esa uyquda yaralangan bola ustida.
..

Valijon Turakulov | Minimalism

01 Dec, 05:54


#eslatma

Odamlar siz haqingizda siz o'ylaganchalik ko'p ham o'ylashmaydi!

Shunday ekan, "odamlar nima deydi" degan bahonani chetga uloqtiring-da, jiddu-jahdda davom eting!

🍉 @v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Minimalism

30 Nov, 05:47


#eslatma

Hammaning dardi bor... Siznikidek!

🍉 @v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Minimalism

29 Nov, 09:41


Bu dunyoga bir-birimiz siylash uchun keldikmi, yor?
Unsizlikning suhbatini tinglash uchun keldikmi, yor?
Aytdilarki, visol yo'li qiyinchilik so'qmog'idir,
Bu so'qmoqda bir-birimiz qiynash uchun keldikmi, yo(r)?

🍉
@v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Minimalism

28 Nov, 14:02


🐤Bolachalarni o'yinchoqlar xursand qiladi. Kattalarni ham... Faqat, ularning "o'yinchoq" lari qimmatroq bo'ladi!

🍉@v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Minimalism

27 Nov, 03:48


"Yaxshiyam Sen borsan" jumlasi o'zi bilan ham quvonch, ham quvonchsizlik olib keladi!

Sababi bu jumla yolg'izlikda aytiladi va yolg'iz emasligingni his qilagningda aytiladi!

Valijon Turakulov | Minimalism

26 Nov, 03:56


Ko'zlarda kulgular kuladi kunsiz,
Tonglarda tuyg'ular tunaydi tunsiz.
Surilgan surmalar sokin sellaydi,
Yig'ilgan yig'ilar yig'laydi unsiz!

🍉@v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Minimalism

25 Nov, 12:17


📷Fotografiya bu go'zal kadrlarni emas, balki go'zal hikoyalarni kadrga muhrlash san'atidir!

🗓️Olingan rasm bir asarki, ko'rgan odam uni o'qiy olsin... Uzoq muddat unga termilib qolsin!

Valijon Turakulov | Minimalism

25 Nov, 11:44


Qisqagina qo'shimcha qilsam:

Qaysidir sohada o'zingizni ilmliman deb o'yasizmi?

Marhamat yozib ko'ring. Odam yozganda uning asl ilmi ko'rinadi, unagacha hamma aytgan va o'ylaganlari shunchaki sarob!

P.S. Shuning uchun men har doim Telegram yuritishni hamma shogirdlarimga tavsiya qilaman!

Valijon Turakulov | Minimalism

25 Nov, 11:42


Yozishga undov

-Meni ishga olmaysizmi?
-Nima yutug’ingiz bor?
-IELTS writingdan 8.0 olganman.
-Ertadan ishga chiqavering.

Bir yil avvalgi suhbat.

Serial ko’rib, podkast eshitib listeningdan baland olish mumkindir.

So’z yodlab, maqola o’qib, readingdan baland olish mumkindir.

Yozmadan baland olish uchun esa jurnalist darajasida yoza olish kerak.

Writingdan 8.0 olish qiyinligini his qilmoqchi bo’lsangiz, o’zbek tilida insho yozishga harakat qilib ko’ring. 40 daqiqa vaqtingiz bor.

Yozma nuqtning zo’rligi faqat yozma nutq zo’rligini ko’rsatmaydi. Yozuvchida fikrlash, sabr, eruditsiya borligini ko’rsatadi.

Yozma ishlarini sun’iy intellektga to’liq yozdirayotganlar zalga chiqib, yukini damkratga ko’tartirayotganlarga o’xshaydi.

Shaxmatda yutish uchun o’z o’rniga kompyuterini o’ynatayotganlarga o’xshaydi.

Yozishdan maqsad matn emas. Ijodiy o’sish. Fikrlarni tartiblash. Ishontirishni o’rganish.

Bular bor bo’lsa, matn o’zi chiqaveradi.

Valijon Turakulov | Minimalism

24 Nov, 11:36


Muammolar zulmatida qolib ketganingizda va sizni hamma tark etib, o'zingizni juda ham arzimas his qilganingizda, ayting:

لَا إِلَهَ إِلَّا أَنتَ سُبْحَانَكَ إِنِّي كُنتُ مِنَ الظَّالِمِينَ

La ilaha illa Anta, subhanaka inni kuntu mina-z-zolimin

Valijon Turakulov | Minimalism

24 Nov, 07:51


Chalg'ishga hozirman dunyodan butkul,
Yengil yuklaridan ezildim, tamom.
Yo'l olganim bois o'zimcha nuqul
O'zimdan ketyapman o'zimga tomon.

Har ne og'irlikni ko'tarmoq uchun
Himmat bersang edi, kuch bersang tamom.
Sen aytgan yo'lning men boshiga tushib,
O'zimdan ketsaydim O'zingga tomon!

O'tkirbek Muhammadsobir

Valijon Turakulov | Minimalism

22 Nov, 10:53


#eski_qaydlardan

🪻Duoning ijobati va so'ralgan narsaning ato qilinishi boshqa-boshqa narsalardir.


Umar (r.a.): "Men ijobat tashvishini chekmayman. Men duo tashvishini qilaman. Menga duo qilish ilhom etilsa, ijobat ham qilinadi"


🍉@v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Minimalism

21 Nov, 07:13


Qaysidir loyiha ustida ishlayotganda yoki qiyinroq masala ustida bosh qotirganda:
- tez-tez telegram yoki instagramni tekshirib qo'yish
- sevimli jamoangiz haqida yangiliklarni o'qish
- youtubega kirib qandaydir clickbait videoni ko'rish
- kimgadir email yuborish kerakligi esga tushib qolishi
...

shu kabi holatlar sizga tanishmi?
Agar javob ha bo'lsa rasmdagi kitobni o'qishni tavsiya qilaman.

Ijtimoiy tarmoqlar miyamizni har bir qilgan ishimiz uchun juda tez javob olishga o'rgatib qo'yadi va ular orqali o'ziga zarur bo'lgan dofamin gormonini oladi.

masalan: postimizga layklar, kommentlar, yozgan xabarimizga javob va h.k.

Bu "muvaffaqiyat/mukofot tez va oson keladi" degan noto'g'ri mental modelni shakllantiradi.

Natijada biz qiyin yoki uzoq vaqt talab qiladigan maqsad va vazifalarimiz ustida samarali ishlay olmaymiz.
Masalan: bir vazifa ustida ishlayotganimizda deylik 15-20 minut ichida nimadir natijaga erishmasak - miyamiz qilgan mehnati uchun mukofot (dofamin)ni yana ijtimoiy tarmoqlar yoki video o'yinlar orqali olishga harakat qiladi, chunki u qilgan ishining natijasini ko'rmadi va uni davom ettirish miyamiz uchun zerikarli.


@kamoloff_log

Valijon Turakulov | Minimalism

20 Nov, 08:41


Oppoq qor ostiga berkitib qo'ydim,
Gullab qo'ymasin deb tuyg'ularimni.
O'zimdan ham ko'proq ishondim senga,
Olib qo'yma yuzdan kulgularimni.
.
.
.
Taqdir siylamadi bizni bor yo'g'i,
Shunchaki bu dardlar qozondi zafar.
Lek qalbda so'nmadi umidlar cho'g'i,
Biz baxtga yetamiz kelasi safar.

Bezabon biz emas, yurak tilsizdir,
Biz baxtsiz emasmiz, baxtlar bizsizdir!


©Muxlisbek Qurbonov

Valijon Turakulov | Minimalism

19 Nov, 05:03


#eski_qaydlardan
G'aflat shahvatni keltirib chiqaradi:*

Kichik gunohlar
⬇️
G'aflat
⬇️
Shahvat
⬇️
Sirlarni anglay olmay qolishlik


*bu qaydlar va hikmatlar Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning Xislatli Hikmatlar kitobidan olingan. O'zimga tushunarli bo'lishi uchun yuqoridagi shakllarda qayd qilib ketgan ekanman. Avvalo o'zim va sizlar uchun eslatma bo'lsin deya #eski_qaydlardan ruknida ulashib boraman.

** 21-Yanvar, 2018-yil, Janubiy Koreya

🍉@v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Minimalism

18 Nov, 03:26


🌱 Xorlik maysasi faqatgina ta'magirlik urug'idan unib chiqadi

🍉@v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Minimalism

17 Nov, 14:39


Restoranlardagi paradoks:

Restoranga kelsangiz "o'z-o'ziga xizmat", kelmasangiz "uyingizgacha yetkazib beramiz" 🙂🧋

Valijon Turakulov | Minimalism

16 Nov, 15:48


Bizning oila (ekan) 🙂

Valijon Turakulov | Minimalism

16 Nov, 03:44


Yashashni qiyinlashib borishining darajalari:*

😀 Johil
😀 😀 Aql egasi
😀 😀 😀 Aql+qalb egasi

*dardning ortib borishi

Valijon Turakulov | Minimalism

15 Nov, 12:09


Qarg'ani ko'zini cho'qimas qarg'a,
Yo'lbars ham bir-birin qilmas badarg'a.

O'lja uchun bir-birini o'ldirmaydi kit,
Odamdan odamni qo'riqlaydi it!

📌 @sanjarshamss 📌

Valijon Turakulov | Minimalism

14 Nov, 07:31


#eski_qaydlardan
✍️Eski qaydlardan yangi malhamlar:

🍃 Umid amal bilan birlashgan narsadir. Agar o'shanday bo'lmasa, bu xomxayoldir!

☝️Amal + Umid = Rajo

Valijon Turakulov | Minimalism

12 Nov, 04:06


Bir hadis bor. Ma'nosi zaifhol insonlarni past sanamaslik hamda kelib turgan rizq aynan ular sababli kelishliklarini unutmaslik haqida.

Yuqoridagi postdan keyin o'ylab qoldim. Bizning ko'zimizga hech narsa qilmayotgandek ko'rinayotgan yoshi ulug' bobo-buvilarimiz, ota-onalarimiz ham aynan shu kichik barmog'imiz ro'lini o'ynar ekan. Ularning shunchaki borliklari hayotimizni muvozanatda ushlab turar, rizq kelishini ta'minlab turar ekan...

Ular hech narsa qilmay turib, hamma narsa qiladiganlardan ekan! Ular eng og'ir yukni o'zlariga olib yuradiganlardan ekan!

Valijon Turakulov | Minimalism

12 Nov, 03:55


#retro
Shu kunlarda negadir kichik barmog'imda biroz og'riq sezayotgandekman.

Ajiyb! Aslida hech narsa qilmaydigan bu "dangasa" barmoqcha nimani qoyillatdi ekan?!

...deymanu, besh yillik g'ijjak (skripka) chaluvchi sifatida (ha, kamina bolaligida musiqa maktabiga borganman) bu savol tuhmat savolligini bilaman.

G'ijjak kamonini ushlaganda (rasmdagidek) kichik barmoq hech narsa qilmaydigandek ko'rinadi (go'yo). Shunga qaramay eng ko'p og'riydigan barmoq shu barmoqcha hisoblanadi. Sababi, kichik barmoq hech narsa qilmayotgandek ko'rinsa-da, aslida, u muvozanat ushlab turuvchi vazifani o'taydi. Boshqacha aytganda, uning vazifasi hech narsa qilmasdan turib nimadir qilish. Va bu eng qiyin ishlardan...

Xuddi shunday, biz dangasa deb aytayotgan kichik barmoq telefon yozishmalarida ham eng katta yukni o'z yelkasiga oladi. Ishonmasangiz, izohga nimadir yozing va kichik barmog'ingiz joylashuvini qarang. 200~300 gram yukni ko'tarib turaverishni o'zi bo'ladimi, axir?!

@v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Minimalism

11 Nov, 06:12


Mana 11:11 ham bo'ldi. Endi boshlarsiz?

Valijon Turakulov | Minimalism

11 Nov, 03:48


Hurmat mukammalchilar!
(Dear perfectionists!)

Bugun sizning kuningiz keldi! "Dushanbadan boshlayman" deb aytar edingiz. Bu qadar go'zal sana endi faqat 2030 yilda qaytib keladi.

Yoki ishni 6 yilga kechiktirib turaveramizmi? 😁

Valijon Turakulov | Minimalism

09 Nov, 08:56


Tongi mutolaa!

Kitob xalqaro savdo va uning hayotimizda naqadar muhim ekanligi haqida.

📚 Trade Is Not a Four-Letter Word: How Six Everyday Products Make the Case for Trade (Fred Hochberg)

🍉
@v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Minimalism

09 Nov, 07:42


Nuqsonsiz insonni sevishning nimasi muhabbat?!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Valijon Turakulov | Minimalism

08 Nov, 11:07


#tafakkur
Bekorga insonlarga tafakkur qilish buyurilmagan. Bir o'ylab ko'ring-a?

Dunyoning turli burchaklaridan bo'lgan uch odamning bir joyga to'planishi!
Mashinaning aynan o'sha yo'ldan yurishi!
Mashinaning tezligi hamda aynan shu nuqtaga yetib kelishi!

(Haydovchining mashina pedaliga Toshkentda to shu joygacha qaysidir kuch bilan qadam qo'yib gaz berib kelishi, chunki aynan shu minglab anglab va anglamay qilingan qarorlar mashinani aynan shu nuqtaga olib kelib qo'ygan.)
Toshni ayni shu joyga, ayni shu vaqtda yetib kelishi!
(Fizika va ehtimollik nazariyasini biladiganlar yaxshi biladi: mashina tezligi hamda toshning tezligi va ular aynan mana shu joyda "uchrashish" lari ehtimoli juda ham kam.)
...bularning barcha-barchasi odamni taqdirga tan bermaslikdan boshqa chorasi yo'q ekanligiga undaydi. Zotan islatgan narsa bo'lishi mumkin!

Tosh esa o'z vazifasini bajardi...

Valijon Turakulov | Minimalism

07 Nov, 02:57


Yaxshilik halovati@1

Bir insonni og'irini yengil qilish, qiynalib turgan joyida unga yordam berish insonga boshqacha lazzat beradi. Ham katta savob. Yaqinda Yaponiyada O'zbekistonga Janubiy Koreya orqali uchib kelayotsam orqa o'rindiqlarda ikkita yosh farzandi bilan kelayotgan o'zbek onaga ko'zim tushdi. Koreyadan chiqishgan ekan. Kichik farzandi atigi 7-8 oylik ekanligi ko'rinib turar, hammani bezovta qilib ko'p yig'lardi. Chaqaloq ba'zan tinchisada, umumiy ma'noda yig'idan to'xtamasdi. Otasi yonidamikin desam, otasi ham ko'rinmadi.

Samolyot parvozni boshlagandan keyin taxminan 2 soatlarda onaning ham zaryadi tugaganligini seza boshladim, ammo yonidagi tanish ayollar yoki styuardessalar ham onadan chaqaloqni birozga olay demasdi. Yosh farzandlarim bilan ayolim ham tez-tez samolyotga chiqib turganligi uchun yosh bolalar bilan onaning yakka o'zini uzoq masofaga uchishining zahmatini bilaman. O'ta qiyin!

Shundan keyin, turib haligi kelinni oldiga yurak yutib bordim va shunday dedim: " Charchamayapsizmi? Mening ham sizdek farzandlarim bor. Agar istasangiz, kichkintoyni menga bering, biroz ko'rtarib turaman. Siz ham dam olvolasiz." Kelin qiz menga biroz qarab turdi...taxminan 5-6 sekund davom etgan bu kutish ayol uchun juda og'riqli bo'lganini bilaman. Ammo, ohiri bolani sekin qo'limga tutqazdi.

Chaqaloq bilan juda yaxshi kelishdik. Samolyotni boshidan ohirigacha rosa aylandik. O'rtada onasiga qaytarib berib, yana olib 1-2 soatcha birga yurdik. Bu paytda ona ham biroz dam oldi, o'tirgan o'rindiqlarini tuzatib, o'ziga keldi.

Men esa samolyot qo'nishga yaqinlashganda chaqaloqni onasiga berib, uning otasiga salom aytishini iltimos qildim.

Yaxshilik qilishda ba'zan biroz bo'lsada yuzni qattiq qilib, narigi tomonga insoniy qo'lni chozishda gap ko'p....

Valijon Turakulov | Minimalism

06 Nov, 11:29


Hali hammasidan uyalib qolamiz! Nabiralarimiz oldida uyalib qolamiz!

Valijon Turakulov | Minimalism

03 Nov, 13:23


...yokida, atrofingdagi go'zalliklardan rohatlanish hamda buni boshqalarga ham baham ko'rish!

Valijon Turakulov | Minimalism

03 Nov, 13:21


Fotografiya bu yuqori sifatli kadrlargina emas, balki tabiat chizib ketgan go'zalliklarni oniy lahzalarga muhrlab qo'yish...

Valijon Turakulov | Minimalism

02 Nov, 10:34


– Sen dunyodagi eng chiroyli ayollarning ikkinchisisan.
– Birinchisi kim?! 😳
– Tabassum qilgan vaqtingdagi sen!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Valijon Turakulov | Minimalism

02 Nov, 04:02


Sening tongi tabassuming kunimni debochasidir.

"Kun" deb atalmish asarim mana shu debochada mo'jazgina aks etadi, axir!

Valijon Turakulov | Minimalism

01 Nov, 18:07


Oxirgi to'rt yilda 30 000 yoshlarimiz IELTS 7.0+ olishibdi.

Yiliga topshirayotganlar esa 35 000 dan oshibdi.

Aholi soniga test topshirish bo’yicha dunyoda top 15 talikka kirib bo’libmiz.

Navoiy Muhokamatul Lug’ataynda yozgandilar: Turklar (hozirgi o’zbeklar) fors tilini o’rgansa, forslardek gapiradi, sezmaysan. Forslar turkcha gapirsa, bitta jumlasidan bilasan.

Bizning tilga iqtidorimiz bor.

Shu ko’rsatgichlarni uch barobar oshirsak Vietnamdan, besh barobar oshirsak Singapurdan til bilishda o’tib ketamiz.

Til o’rganing, bo’shashmang.

Va yana,

Til o’rganish bilan to’xtab ham qolmang, azizlar.

Valijon Turakulov | Minimalism

01 Nov, 10:22


🇺🇿 Siz naqadar kuchli ekanligingizni sinovlar kelmagunicha bila olmaysiz. Sinovlarni "keyingi bosqich"ga ko'tarilish imkoniyati sifatida qabul qiling!

Valijon Turakulov | Minimalism

30 Oct, 03:49


Bir vaqtlar insonlarga ishonadigan qalbim (b)o'lgan.

📌 @sanjarshamss 📌

Valijon Turakulov | Minimalism

27 Oct, 05:27


#intizom #poscast

Do'stim Temurbek Adhamov bilan Intizom Podcastining navbatdagi sonida suhbatlashdik. Qadriyat, dard, motivatsiya, intizom va harakat to'g'risida ajoyib suhbat bo'ldi.

Barchaga, ayniqsa yoshlarga tavsiya qilaman. Podcast orqali nima sababdan ba'zi insonlar uchun pul, mansab va dunyo emas balki missiya muhimligini tushunib olasiz⚡️

Podcastni tamosha qilish: https://youtu.be/MqMzC1s9gMY?si=nbrLA1dy1oQhGyIy

Valijon Turakulov | Minimalism

26 Oct, 15:16


Dunyoni muhabbat qutqaradi deb aytishsa-da, aslida uni barqaror tutib turuvchi bu adolat hisoblanadi.

Bu ikki tushuncha haqida tafakkur qilar ekansiz daqiq nuqtalarni topish orqali maza qilvorasiz.
.
Siz hammaga ham muhabbat qila olmasligingiz mumkin (chunki u qalbning ishi, siz boshqara olmaysiz), lekin hammaga adolat qila olishlik qo‘lingizdan keladi (chunki u aqlning ishi, siz boshqara olasiz). Masalan, kimdir qaysidir millat yoki guruhga nisbatan harchand urtinsa-da, muhabbat qila olmasligi mumkin va bunga u majbur ham emas. Lekin adolat qilishga majbur.

.
Aksi o‘laroq muhabbat bor joyda adolat qilish mushkullashadi. Qalbdagi muhabbat ma’shuqaga yaxshiroq munosabatda bo‘lish orqali adolatdan og‘ib ketadi.

.
Muhabbat va adolat bu bir-birini to‘ldiruvchi, ayni paytda bir-biriga qarshi tushunchalar bo‘la oladi. Muhabbat qilinganga adolat qilinadi, adolat qilinganga muhabbat qilish talab etilmaydi.

.
Muhabbatda adolat bo‘lmaydi (chunki qalb baribir kimnidir kimdandir ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘raveradi). Adolatda muhabbat bo‘lishi talab etilmaydi...

iqtisodiy qarash

Valijon Turakulov | Minimalism

26 Oct, 05:31


Yomg'irni yaxshi ko'raman chunki uning shovqini boshqa dunyo shovqinlarini unutishga yordam beradi!

P. S. Yoshligimizda Charxpalak degan kino bo'lar edi. O'shandagi
mana bu kadrni keyinchalik tushungan edim. Ha, erkaklar uchun yomg'irda mashinada o'tirish yaxshigina yomg'ir terapiya vazifasini o'taydi. Fikrlarni jamlab olish uchun eng "sokin" va "keng" joy. Oqayotgan yomg'ir suvlari esa tashqi nigohlardan himoya...

Valijon Turakulov | Minimalism

23 Oct, 07:26


Hammasi yaxshi bo'lib, ketadi.

📌 @sanjarshamss 📌

Valijon Turakulov | Minimalism

23 Oct, 07:26


Hammasi yaxshi bo'lib ketadi.

Valijon Turakulov | Minimalism

23 Oct, 02:27


- Kechirasiz, bir umrga vaqtingiz bormi?

Valijon Turakulov | Minimalism

22 Oct, 09:55


- Turmush qurganmisiz?
- Ha 😊
- Baxtlimisiz? U baxtlimi?
- ... 😕


*Ba'zi masalalarga yechim an'anaviy savollarni biroz o'zgartirish orqali topiladi

Valijon Turakulov | Minimalism

22 Oct, 04:12


Chalindi muhabbatning juft qo'ng'irog'i
O'n sakkiz olamni quchdi bu jarang.
Siz uchun tanlagan va asrab kelgan,
Yaratganning yaratganini asrang!

Sanayman havoning nafas olishin,
Tinglayman ninachi yig'ilarini.
Men yana yig'ladim sizdan uzoqda,
Ayting yuragingiz og'rimadimi?

© Xonzodabegim Jamolova

📌 @sanjarshamss 📌

Valijon Turakulov | Minimalism

20 Oct, 06:55


Х бўладими ёки ҳ?

@v_turakulov_stories дан ажойиб жавоб!

#Имло

@Kitaabun

Valijon Turakulov | Minimalism

18 Oct, 07:38


Assalomu alaykum


Farzandining ta'lim va tarbiyasiga befarq boʻlmagan aziz ota-onalar!

Sizlarni 20- oktyabr yakshanba kuni
soat: 11:30 da " Ta'limga tikilgan sarmoya" mavzusida boʻlib oʻtadigan seminar tadbirimizga taklif etamiz.

Tadbirda qatnashish uchun kommentariyada + belgisini qoldiring.

📞+99894 838 50 07
📍Qoʻqon sh, "Amiriy" kutubxonasi .

Valijon Turakulov | Minimalism

16 Oct, 11:03


Go'zallik ko'p, uni ko'ruvchilar kam, menimcha...

🍉
@v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Minimalism

16 Oct, 04:29


Azob beradigani yolg'iz qolish emas, balki yolg'iz tashlab ketilishdir.

📚 Aso (Fotih Duman)

Valijon Turakulov | Minimalism

15 Oct, 04:03


Kecha vafot etganlarning bugun uchun rejalari bor edi...

Valijon Turakulov | Minimalism

09 Oct, 06:32


Eng yomon charchoq – bu charchashdan charchashdir!

Valijon Turakulov | Minimalism

05 Oct, 13:36


Аёлни жаҳолатда қолдириб, уни илм, ибодат, даъват ва мусулмонлар ғамидан узган ҳолда берилган тарбияда яхшилик йўқдир.

Шайх Муҳаммад Ғазолий, "Аччиқ ҳақиқат" китобидан

📷Instagram 💬Telegram 🌐Facebook 🎞YouTube

Valijon Turakulov | Minimalism

04 Oct, 07:10


Odamlarning ko'pchiligi 25 yoshda "o'ladi", lekin 75 yoshgacha ko'milmaydi

🍉 @v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Minimalism

26 Sep, 10:43


Ikki oy davomida "muloyimgina" suvda yashading, endi sening joying dag'al tuproqda!

O'sishni istasang, yumshoqqina o'rningni tark etishing, komfort zonadan chiqib, dag'al hayotga ko'nikishing kerak, gulim!


🍉 @v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Minimalism

25 Sep, 03:55


"Ega bo'lmoq va bo'lmoq" falsafasi


Ega bo'lish uchun bo'ling:
- Yaxshi turmush o'rtoqqa ega bo'lmoqchimisiz, avvalo o'zingiz go'zal xulqqa ega bo'ling.

- Go'zal hayotga ega bo'lmoqchimisiz, o'zingiz shunga mos bo'ling.

- Ilmga ega bo'lmoqchimisiz, unda qattiq mehnat qilishga tayyor bo'ling.

Ya'ni:
"Xga ega bo'lmoqchimisiz, Y bo'ling"

Bu formulaning muhim nuqtasi shundaki, maqsadingiz X bo'lsa ham, e'tiboringiz Y'da bo'lsin.

Bilmadim, balki aynan mana shu hikmat siz tushuna olmayotgan va yecha olmayotgan qaysidir muammoyingiz uchun bugun yechim bo'lishiga turtki bo'lar!

📚 Muvaffaqiyatli insonlarning yetti ko'nikmasi kitobidan xulosa

🍉 @v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Minimalism

24 Sep, 13:42


Aslida hamma nogiron: kimdir jismonan, kimdir esa ruhan.

Hammaning dardi bor... siznikidek!

Valijon Turakulov | Minimalism

24 Sep, 09:28


Hayot cheksiz takrorlanishdir. Biz birinchi marta noto'g'ri tushungan narsa biz bilan yana sodir bo'ladi: biroz boshqacha. Agar yana tushunmasak, saboq olmagunimizcha voqea qaytariladi.

#tarjima

@GiyosiddinYusuf

Valijon Turakulov | Minimalism

23 Sep, 03:03


Bir akamizning suhbatidan:

...ammo har doim yetti o'lchab, umuman kesmaslik - muammo!

Valijon Turakulov | Minimalism

22 Sep, 05:38


Biz izlanishdan to'xtamasligimiz kerak. Izlanishlarimiz yakuni boshlagan joyimizga qaytib va uni qaytadan kashf qilish bilan bo'ladi

📚 Muvaffaqiyatli insonlarning yetti ko'nikmasi

🍉
@v_turakulov_stories

Valijon Turakulov | Minimalism

21 Sep, 16:54


Bilmadim negadir bugun shu voqeani esladim. O'shanda uylanganimga endi 3 oy bo'lgan edi. Farzand ko'rgach bu hodisani qalban his qilib, bu og'riqni shu joyga "to'kib solgim" keldi! (O'zi bu kanal botinimning kundaligi.)

Mana yaqinda 7-oktabr keladi. Bu davr ichida esa necha-necha Alanlar yo'q qilindi, Abdullohlarning yuraklari parcha-parcha bo'ldi.

Valijon Turakulov | Minimalism

21 Sep, 16:48


Suriyadagi urushdan qochib Yevropaga oilasi bilan o'tayotgan Abdulloh o'shanda ayoli va ikki yosh farzandi qutqarish ilinjida ular orasida suvdan u yoq bu yoqqa borib kela olgan xolos!

O'shandan beri o'g'li Alan Kurdining nomi qo'yilgan migrantlarni qutqaruvchi kemada ishlashga o'zini baxsh etgan...