Sanjar Shams konspekt @sanjarshamss Channel on Telegram

Sanjar Shams konspekt

@sanjarshamss


"Oriat Dono" radiosi va "Online KING" loyihasi boshlovchisi.

Reklama va hamkorlik uchun: @Konspekt_reklama

Donat uchun: 6262 7300 4442 4531

Sanjar Shams konspekt (Uzbek)

Sanjar Shams konspekt kanali - "Oriat Dono" radiosi va "Online KING" loyihasi boshlovchisi. Bu kanalda sizning sevimli radiosi dasturlaridan qiziqarli faktlar va yangiliklar paydo bo'ladi. Sanjar Shams konspekt kanali bilan, dastur haqida so'nggi ma'lumotlarni olishingiz mumkin bo'ladi.

Agar siz reklama va hamkorlik uchun foydalanmoqchi bo'lsangiz, @Konspekt_reklama kanaliga murojaat qilishingiz mumkin. Sizning xizmatlaringiz va mahsulotlaringizni yetkazib berish uchun hamkorlikni qo'llab-quvvatlash uchun bu kanal sizga yordam beradi.

Donat uchun: 6262 7300 4442 4531 - agar siz kanalni rivojlantirish va yangi loyihalarni qo'llab-quvvatlash uchun moliyaviy yordam bermoqchi bo'lsangiz, bu raqam orqali xam yordam olishingiz mumkin. Boshlash uchun hozir obuna bo'ling va sanjarshamss kanalining yanada ko'prog'ida bo'ling!

Sanjar Shams konspekt

21 Nov, 00:59


Eng muhimi biz egallab turgan joy emas, balki biz harakat qilayotgan yo'nalish.

© Lev Tolstoy

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

20 Nov, 13:22


Dushmanlaringizni hurmat qiling. Chunki ular sizni diqqat bilan kuzatib boradigan fanatlaringizdir.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

20 Nov, 12:01


O'zbekistonda super qahramon bo'lganida, u yovuzlar, jinoyatchilarmas, urf-odatlarga qarshi kurashgan bo'lardi.

📌@sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

20 Nov, 10:18


Inson yo'lbarsni o'ldirsa bunga - ov qilish deyishadi.
Yo'lbars insonga hamla qilsa bunga - vahshiylik deyishadi.
G'alati dunyo...

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

20 Nov, 07:14


Ong g'alati voqelik. Siz yodda tutishingiz kerak bo'lgan narsalarni unutadi, siz unutishni hohlagan narsalarni esa mahkam yodda tutadi.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

20 Nov, 06:35


🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤:
https://www.youtube.com/live/Z-5lfRC_bl4?si=cjK3U70Lu7VeOi2q

❗️Mavzu: Nogironligi bo'lgan shaxslar maktabda qanday o'qitiladi?

YouTube 🌐Instagram 🌐TikTok 🐦Twitter 🌐Facebook

Sanjar Shams konspekt

20 Nov, 03:02


Vodiydagi sensor tabibga tez yordamda ham bemor olib borishibdi. Oxiri manam ishonvoramanov...

Sanjar Shams konspekt

20 Nov, 00:58


Kel, hammasini boshidan boshlaymiz:
Men seni uchratgan o'sha ko'chadan yuraman va sen meni ko'rmay o'tib ketasan...

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

19 Nov, 16:48


O'zbekiston - Katanets 1:0

Sanjar Shams konspekt

19 Nov, 15:07


Tanlov oldida boshim qotdi.
Menda "xato" va "juda xato" degan tanlov variantlari bor.

Sanjar Shams konspekt

19 Nov, 15:03


"Muhimi - qalb go'zalligi" degan jumlani boy va xunuk odam bilan turmush qurganlar o'ylab topgan bo'lsa kerak.

Sanjar Shams konspekt

19 Nov, 14:04


Kommunistlar bizni qanday boshqargan?

📹Tomosha qiling:
https://youtu.be/n6A2NEuPssY?si=sLONb2VqQ__Ea7c1

Instagram | YouTube | TikTok

Sanjar Shams konspekt

19 Nov, 13:22


Nodonga iltifot qilmoq ne kerak,
Johilni dilbar so'z hurkitar ayon.
Dumini tarasang tepadi eshak,
Boshini silasang nish urar chayon.

© Erkin Vohidov

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

19 Nov, 12:02


Agar inson hech qachon hech kimga ishonmayman desa, bilingki, u qachonlardir kimgadir keragidan ortiq ishongan.

©️ Sergey Yesenin

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

19 Nov, 10:19


Davlat - bu katta oila. Uning a'zolari sizning birodarlaringizdir. Kambag'allarning kamchiliklari qisman yuqori qatlamning e'tiborsizligi va beparvoligidan kelib chiqadi.

© Grigoriy Petrov ("Oq nilufarlar yurtida" kitobidan)

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

19 Nov, 08:43


Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Qonunchilik palatasi deputatlari bilan uchrashuvda parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytdi.   
   
Ayrim manbalarda bu masalani noto‘g‘ri talqin qilinayotganligi va turli yanglish fikrlar yangrayotganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Jamoatchilik fikrini chalg‘itmaslik uchun parlament muxolifatining qonuniy asoslariga murojaat qilamiz.   
   
Demak, Qonunlarga ("Siyosiy partiyalar to‘g‘risida"gi Qonunning 13 prim 1-moddasi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti to‘g‘risida”) ko‘ra yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin.   
   
Misol uchun, 2015 yilda Adolat SDP va Xalq demokratik partiyasi fraksiyalari parlamentda ko‘pchilikka nisbatan o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilgan.    
   
Shu nuqtai nazardan, rasmiy ro‘yxatdan o‘tmagan, respublikamiz qonunlaridan tashqari o‘zlarini muxolifat deb ataydigan kuchlar yoki fuqarolar muxolifat maqomiga ega bo‘la olmaydi. Shunga ko‘ra, Prezident nutqida o‘zini muxolifat deb elon qilgan siyosiy partiyalar fraksiyalari nazarda tutilmoqda.   
   
Shuningdek, parlamentdagi muxolifatga kafolatlangan huquqlari sonini 3 tadan 6 taga oshirish, 1 nafar qo‘mita raisi va 2 nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallash, har chorakda “Hukumat soati” va parlament so‘rovi doirasida kamida bittadan masala kiritish kabi qo‘shimcha huquqlar berish taklif qilindi.   
   
P.S. Gap parlamentdagi muxolifat haqida bormoqda.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

19 Nov, 07:14


Har qanday muvaffaqiyatning orqasida shunga yarasha mehnat, qurbonlik, uyqusiz tunlar, voz kechilgan orom, sabr va sabot yotadi.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

19 Nov, 04:07


Bugun erkaklar kuni.
Lekin na kalendar qizil, na dam olish kuni.
Na sovg'a olinadi, na alohida "sen baribir muqaddassan, muqaddas erkak" nomli konsert bo'ladi.
Tabiat men va hamjinslarimga nisbatan naqadar diskriminatsiyaga o'ch...

Sanjar Shams konspekt

19 Nov, 00:57


Meni doim aqlli fikrlar ta'qib qiladi. Yaxshiyam yoshlikdan beri tez yuguraman...

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

18 Nov, 18:15


Odamlar orasidan yelka qidirganingda tushunasan ota qanday odamligini...

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

15 Nov, 00:52


Sevilmagan bolalar seva olmaydigan kattalarga aylanadi.

© Perl Bak

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

14 Nov, 17:00


Agar O'zbekiston o'yinda come back qila olsa bufungi o'yinda g'olib bo'ladi.

Sanjar Shams konspekt

14 Nov, 13:25


Ahvoli bizdan yomonlar bizni yomonlaydilar, xolos. Bizdan ahvoli yaxshilarga esa bizning qizig'imiz yo'q.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

14 Nov, 12:06


Dardingizni faqat O'ziga ayting. U dardlaringizni screenshot qilib boshqalarga tarqatmaydi.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

14 Nov, 10:26


Shubha - xoin: u bizni urinib ko'rishdan qo'rqitib, erishimimiz mumkin bo'lgan yaxshi narsalardan ko'p hollarda mahrum etadi.

© Uilyam Shekspir

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

14 Nov, 10:23


...Mening mardlik maktabim -
Jonfido otam edi.
Men otam farzandiman,
U esa ODAM edi...

© Erkin Vohidov ("Nido" dostonidan)

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

14 Nov, 07:12


Men sening qoshingga oshufta keldim,
Ming bir kecha yanglig' qissadir - borim.
Ketsang, Xudo - podsho, nima ham derdim,
Mening zorim bordir, faqat bir zorim.

Kofarnihon kabi yillarim o'tdi,
O'tgan kunlarimning tirik ruhiman.
Qismat peshonamga qissalar bitdi,
Men shul qismatimning qissago'yiman.

© Asqar Mahkam

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

14 Nov, 00:51


Onangiz sizga "u bola bilan o'ynama", - deb ko'rsatgan bola men edim.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

13 Nov, 18:26


Seni ko'rib hayotimda sevgi nima bilgan edim,
Qo'llaringga qo'limnimas, yuragimni bergan edim.

Nega ketding hayotimdan, kimning ishqida yonasan?
Xudo bergan bu jonimni nahot endi sen olasan...

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

13 Nov, 13:26


Buxoriyni hofizai Qur'on tug'ar…
Navoiyni qalbi to'la iymon tug'ar…
Temurlarni yuraklari arslon tug'ar…

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

13 Nov, 12:23


🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤:
https://www.youtube.com/live/aJqertcdlgM?si=iCkG5S2K6l-tEIlT

❗️Mavzu: Toki millat ayollari o'qimas ekan, jamiyat rivojlanmaydi.

YouTube 🌐Instagram 🌐TikTok 🐦Twitter 🌐Facebook

Sanjar Shams konspekt

13 Nov, 12:07


O'zlari toza yurishmaydi-da, "ishim bitmayabdi, baraka yo'q" - deb nolishadi.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

13 Nov, 10:24


- Meni tushunasizmi?
- Tushunaman...
- Menga ham tushuntirib bering...

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

13 Nov, 08:53


Men har kuni onamni oyoqlarini o'pardim...

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

13 Nov, 07:35


Kayfiyating yo'q paytida bir qorin qo'ygan do'ppili odam boshingga qo'lini qo'yib, "nimo'lyabdi?" - deb so'rasa...
Kreditlar, qarzlar, ijtimoiy-psixologik muammolaringni shundoq sanab bersang-da, badaningni bitta silab "bormi muammo?" - deb savol bersa...
Hamma muammo hal bo'ldi deb xursand bo'lsang... Qaniydi...

Sanjar Shams konspekt

13 Nov, 07:12


Kecha bitta folbinni shaxmatda yutib qo'ydim.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

13 Nov, 00:50


Shivir... Qalbimga qo'lini qo'ydi-da, dedi: "Allohning nomi bilan dam uraman: mendan boshqaga tinchlanmasin va mendan o'zga unga kirmasin.

© Mubashshir Ahmad ("Olim, odam va olam" kitobidan)

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

12 Nov, 13:27


Har bir yashirin ishning guvohi vijdondir.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

12 Nov, 12:08


Folbinlar o'rtasida o'tkaziladigan musobaqaga taklif etilgan folbinlarning hammasi turnirga tashrif buyurishdi. Chunki ularning hech biri kim g'olib bo'lishini bilmasdi...

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

11 Nov, 14:25


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев навбатдан ташқари араб-ислом саммитида нутқ сўзлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев выступил на внеочередном арабо-исламском саммите.

#Mirziyoyev #sammit #YaqinSharq #tinchlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Sanjar Shams konspekt

11 Nov, 14:13


Pul shunday kuchga egaki, odamni odamga Xudo qilib qo’ya oladi. Siz kimga sig’inyabsiz?

© Oyimtilla

📍 @oy1mtilla📍

Sanjar Shams konspekt

11 Nov, 13:28


Sadoqat - hali tanimagan
insoning uchun qadamingni
o'ylab bosishingdir.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

11 Nov, 12:09


Ilk insonlardan beri davom etib kelayotgan nafrat va shafqatsizlik, g'azablangan dengiz suvlari qoyalarga hujum qilgani kabi odamlar orasida urushlar keltirib chiqaradi. Suv toshqinlariga qarshi devorlar qurilgani kabi, bizga ham mamlakatimizni himoya qilish uchun devorlar kerak. Bu armiya esa o'z Vatanini himoya qilish uchun ko'ksini qalqon qiladigan qahramonlar devoriga o'xshaydi. Bu devor tufayli fuqarolar o'zlarini qulay va xavfsiz his qilib, hayotlarini davom ettiradilar.

© Grigoriy Petrov ("Oq nilufarlar yurtida" kitobidan)

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

11 Nov, 10:25


Garchi piyodamiz, garchi otliqmiz,
Kim yaxshi, kim esa yomonotliqmiz.
Qanchalar fursatni o'tkazdik zoye,
Xudoning oldida ko'p uyotliqmiz.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

11 Nov, 07:12


To'lqinlarni to'xtata olmaysiz, lekin suzishni o'rganishingiz mumkin.

©️ Toni Shey ("Baxt yetkazish. Milliard dollarlik internet-do'kon tarixi" kitobidan)

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

11 Nov, 06:04


Oldinlari ishsizlar hammollik yoki ustachilik qilish uchun mardikor bozorga chiqardi.
Hozir esa qo'liga mikrofon olib "mahrga nima so'raysiz?", "erkak kishi oyiga nech pul topsa unga erga tegasiz?" - deb savol berib yuribdi.

Sanjar Shams konspekt

11 Nov, 05:48


🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

Turkiylarning tarixi talash bo'lib qolgan!

📹Tomosha qiling:
https://www.youtube.com/live/MS-LAskFhW4?si=gqkBqotIAtCJxx_V

YouTube 🌐Instagram 🌐TikTok 🐦Twitter 🌐Facebook

Sanjar Shams konspekt

11 Nov, 03:57


Jonkalarm toy4olarm haptela yaxwi 6tsn.

Sanjar Shams konspekt

11 Nov, 00:48


Baxtli odam xudbin bo'ladi:
baxtsizlarga achinmaydi.
Baxtsiz odam ham xudbin bo'ladi: baxtlilarga g'ayirligi keladi.

©O'tkir Hoshimov

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

10 Nov, 15:48


Sizni ham shunday marazlarcha javob qaytaradigan do'stingiz bormi?

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

10 Nov, 15:13


Online KING bugun biznes haqida suhbat qilish istagida tadbirkor Husniddin To'laganovni taklif qildi.

- O'zbekiston JSTga a'zo bo'lsa, milliy ishlab chiqaruvchilar nima yutkazadi?
- Nima uchun biznesmenlar biznes qolib, instagramda tarbiya haqida reels kontent qilib yurishibdi?
- Biznesmenlar orasida nepotizm qanchalik rivojlangan?
- Qachon biror biznesda brend nomi, nom darajadidan chiqib, sifatni bildiradigan darajaga chiqadi?
- Boylar jamiyatning elita qatlamimi?


Havola:
https://youtu.be/ZfUK0eqGAwQ

Sanjar Shams konspekt

10 Nov, 13:28


"Vaqt o'tyapti" deymiz sal hazinlik bilan. Bu gapni inson o'zini ovutish uchun o'ylab topgan. Aslida biz o'zimiz o'tyapmiz...

©️ Asqad Muxtor

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

10 Nov, 12:10


Qotillik bilan ayblash uchun kamida 1 ta guvoh talab qilinadi.
Nikoh uchun esa kamida 2 ta.
Qaysi biri xavfliroq ekanligini shundan ham bilsangiz bo'ladi.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

10 Nov, 10:26


Yengiltak yoshlar va bema'ni liberal ziyolilarning aytishicha, dinsizlik erkin fikrning ko'rinishi ekanligi aytilmoqda va ular juda katta xatoga yo'l qo'yishmoqda. Aslida, dinsizlik ma'naviy qashshoq va kasal bir ruhiy holatning belgisi va xalqning ma'naviy qadriyatlarining yo'qligi belgisidir. Buning oqibatida odamlar hayvonlar hissiyotlari asiriga aylanadi, ma'naviyatini yo'qotadi, axloqsizlik, egoizm, o'g'irlik va hissiy buzilishlar boshlanadi.

© Grigoriy Petrov ("Oq nilufarlar yurtida" kitobidan)

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

29 Oct, 08:16


Agar Manchester Yunayted bilan sizni holatingizni solishtirsak, umuman shukr qilib yuborishingiz kerak.

Sanjar Shams konspekt

29 Oct, 08:13


Bu hafta men uchun og'ir keldi demang. Real Madridni ahvolidan yaxshisiz.

Sanjar Shams konspekt

29 Oct, 08:04


U oliiiiiiiiiissss 48 yoshimda ediiiiiiiiii...

Sanjar Shams konspekt

29 Oct, 08:02


Jarayon dasturi:
https://www.youtube.com/live/AYp-A-9zW78?si=0DT1nrklXiTcYFHw

❗️Mavzu: Kutubxonalarimiz qanchalik zamonaviy?

YouTube 🌐Instagram 🌐TikTok 🐦Twitter 🌐Facebook

Sanjar Shams konspekt

29 Oct, 07:12


Turmush hayoti ikki narsaga bog'liqdir: To'g'ri inson tanlashga va to'g'ri inson bo'lishga.

© Hadicha Kubro Tongar

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

29 Oct, 02:08


Tavba qilganlar tavba qilganlar uchundir...

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

29 Oct, 00:34


Bir kishi farzandini donishmand huzuriga olib kelib: ''Taqsir, nasihat qilib qo'ying, o'g'lim juda ko'p xurmo yeydi. Bir o'tirishda ellik xurmoni ko'rdim demaydi. Ko'p yemoqlik zarar ekanini tushuntiring", - deb iltimos qilibdi. Donishmand: "Bir oydan keyin kelinglar", - debdi. U odam yana bir oydan keyin ro'para bo'lganida donishmand: "Ey o'g'il, ko'p xurmo yemoqlik zararlidir" - debdi. Bu qisqa nasihatni eshitgan kishi: "Shu gapni bir oy oldin aytsangiz bo'lmasmidi?" - deb ajablanibdi. Shunda donishmand: "Bir oy avval bunday deyishga haqqim yo'q edi. Chunki men ham xurmoni yaxshi ko'rib ko'p yerdim. Bir oy davomida nafsimni tiyib, ozga keltirdim va nasihat qilmoq huquqiga yetdim", - degan ekan.

©️ Tohir Malik ("Jinoyatning uzun yo'li" kitobidan)

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

28 Oct, 17:57


Shifoxonada medsestra bor,
Maktabda pedsestra yo'q.

Sanjar Shams konspekt

28 Oct, 17:57


Baliq suvda yashaydi, nega sasiydi?

Sanjar Shams konspekt

28 Oct, 17:49


Xalqni qul deyishga kimnidir haqqi bormikin?

Sanjar Shams konspekt

28 Oct, 13:42


Doktorining xatosi yerga ko'miladi,
Muhandisning xatosi yerga qulaydi.
O'qituvchining xatosi yerda yuradi...

© Xayrulla Hamidov

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

28 Oct, 12:25


Men Odam bilan Havvoning farzandiman. Odam bilan Odamning emas!

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

28 Oct, 10:41


Qadimda ezgu ishlarni ko'p qilishardi, lekin gapirishmasdi. Keyin ham qiladigan, ham gapiradiganlar keldi. Endi esa faqat gapirishmoqda.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

28 Oct, 08:48


⚠️Turkiyada itimiz sababli bir oilani qutqarib qoldik

📹Tomosha qiling:
https://www.youtube.com/live/MvaJC4WX5Dg?si=rSQ0onbBL0m3lj5J

YouTube 🌐Instagram 🌐TikTok 🐦Twitter 🌐Facebook

Sanjar Shams konspekt

28 Oct, 07:12


To'xtagan odam o'tmishni, yurayotgan odam kelajakni muhokama qiladi.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

28 Oct, 00:33


Ertamni ushoqdek sochdim havoga,
Bir kun kabutarlar terib yer axir.
Kecham tanga kabi tushib qolibdi,
Sichqonlar iniga sudrab ketgandir.

Bugunga sig'dirdim ishqni va seni,
Iztirob ham sig'di, hijron ham bunda.
Faqat o'zimga joy qolmadi axir,
Ayt, endi yashayin qaysi bir kunda?...

© Najmiddin Ermatov

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

27 Oct, 16:47


Bugungi ob-havo ma'lumoti.

Barcelonada yog'ingarchilik yo'q. Harorat 0°
Madridda esa ozgina sovuq, suvlar muzlagan. -4°

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

27 Oct, 16:31


Seni eslasam qovurg'am bezovtalanadi...

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

27 Oct, 16:13


Ko'nglimga xush yoqdi yomg'irli kunlar,
Har bir tomchisida farishta bo'yi.
Yomg'ir oraladim - o'radi munglar,
Hech kimsa sezmadi - yig'ladim to'yib...

© Usmon Azim

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

27 Oct, 15:15


🔴G'ururingiz necha yoshgacha bokira edi?

📹Tomosha qiling:
https://youtu.be/0GPIVzrt_lY?si=3vlWr8uD1Dw55ITC

Instagram | YouTube | TikTok

Sanjar Shams konspekt

27 Oct, 13:43


Bir ota kechasi yig'lagan bolasiga alla aytib uxlatayotgan, yig'laganda ovutib ko'tarib yurgan, kashasini tayyorlab berayotgan bo'lsa - ayoliga yordam berayotgan emas, otalik qilayotgan bo'ladi!

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

27 Oct, 12:26


Ey o'g'lim, tajribang hali juda kam,
Bilmaysan, bu yo'lda seni ne kutar.
Keksalar etagin ushlagil mahkam,
Ular sendan oldin ko'rganlar xatar.

© Xayrulla Hamidov

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

27 Oct, 10:42


Sabablarni yuzaga chiqarishga urinmasdan duo qilib o'tirish shariatni tushunmaslikdir.

©️ Abdulqodir Abdur Rahim ("E'tiqod durdonalari" kitobidan)

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

27 Oct, 07:12


Hayo ozaygan joyda ilk zarbani iymon yeydi.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

27 Oct, 06:37


#Saylov2024

Xalqimiz yanada tinch-totuv yashashi, erkin va farovon hayot qurishi yo'lida saylovda ishtirok etish nihoyatda muhim.

Saylovga chiqib o'z nomzodingizga ovoz bering.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

27 Oct, 04:01


Jadid adabiyoti namoyondalari: Abdulla Avloniy

(2-konspekt)

Bir g'oz suvda suzub yurub: "Olamda mandan hunarmand qush yo'qtur. Yerda yugurarman, suvda suzarman, havoda ucharman. Bir o'zimning uch xil hunarim bor", - dedi.
G'ozning bu so'zini bir Qurbaqa eshitub: "Birodar, san muncha maqtanmasang... Chunki baliqdek suzolmaysan, kiyikdek yugurolmaysan, lochindek ucholmaysan. Chala-chulpa uch hunarni bilguncha, birini yaxshilab bilgoning yaxshi
edi", - dedi.
Maqol: Maqtanma g'oz, hunaring oz.

//=//=//=//=//=//=//=//=//=//

Hazrat Muso alayhissalom Tur tog'iga borurlarida yo'llaridan to'sub bir ko'r kishi oyog'lariga yiqulub: "Meni hagimga duo qiling, ko'zim ochilsun", - deb yolbordi. Hazrat Muso duo qildilar, ko'zi ochildi. Ertasi yana Tur tog'iga borishlarida ko'rdilarki, ul ko'r kishi ko'chada kim ko'runsa, shuni urub, hamani to'polon qilub yuribdur. Muso alayhissalom: "Alloh seni bilib ko'r qilgan ekan. Ne'mat qadrin bilmas ekansan, sendek kishilarning ko'zini ochug'idan ko'r bo'lgani yaxshiroqdur", - deb yana duo gildilar, avvalgidek ko'r bo'lub qoldi.

//=//=//=//=//=//=//=//=//=//

Im ila olam musaxxar boldi, biz johil hanuz,
Xobi g'aflat boshimizg'a yetsa ham g'ofil hanuz,
Ochmayin ibrat ko'zin biz uyqug'a moyil hanuz,
Ilmi hikmatlarg'a bizlar bo'lmaduk qobil hanuz.

Donat o'tkazish uchun: 6262 7300 4442 4531.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

27 Oct, 00:32


Durust, ota yoki ona o'qishning afzalligini tushunib yetdilar. Farzandlarini o'qishga da'vat eta boshladilar. Lekin bola yoshi ulg'aygach, bu da'vatga darrov bo'ysuna qolmaydi. Hatto qiziqarli kitobni ham chetga surib qo'yadi. Ba'zi ota-onalar mana shundan zorlanishadi. "Falon so'mlik kitob olib keldim, o'g'lim bir bet ham o'qimadi", - deydi. "O'sha kitobni o'zingiz o'qidingizmi?" - deb so'raymiz. "Be, o'qishga vaqt bormi?" - degan javobni eshitamiz. Choyxonada kunda, kunora oshxo'rlik qilishga, maishatga vaqt topiladi. Beshik to'ylarida soatlab valaqlab o'tirishga fursat bor, ammo farzandning tarbiyasiga vaqtimiz yo'q. Shaxsiy namuna degan tushunchadan uzoqmiz. Bizning nazarimizda "Mana, senga kitob olib keldim, o'qi", - deyish - tarbiya. Shu bilan biz burchimizni bajardik. Bolamizning kitob o'qimasligi esa... Xudodan. Uni Xudo shunday yaratgan.

©️ Tohir Malik ("Jinoyatning uzun yo'li" kitobidan)

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

26 Oct, 15:25


Jonatan Sviftning "Gulliverning sarguzashtlari" asarini tugatdim.
Asar safar qilish ishtiyoqini uyg'otdi.

Bundan tashqari, odamning yashayotgan muhiti uning fikrlashiga qanchalik ta'sir qilishini ham tushuntirib bergan.

Men ilg'agan yana bir jihat - voqeaga doim ikki taraflama qarab ko'rish kerakligini his qila olish baxti.
Gulliver Liliputiyada hammaga tepadan qarardi.
Darozlar yurtida hammaga pastdan qaradi.
Mana shu bizning yashab turgan hayotimizda, ijtimoiy munosabatlarimizda e'tibor qilishimiz kerak bo'lgan eng muhim omil, nazarimda...

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

26 Oct, 15:00


Dengiz tinch payti hamma o'zini kapitandek tutadi.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

26 Oct, 14:53


Eng katta baxtsizlik iymonsiz o'lib, u yoqda azoblanish emas.
Eng katta baxtsizlik iymon bilan o'lib, u yoqda azoblanishdir.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

26 Oct, 14:43


Qarg'ish o'qidim:
Seni topgan xursand bo'lmasin.
Seni yo'qotgan xafa bo'lmasin.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

26 Oct, 13:44


Sevgi fojiasi o'lim ham, ayriliq ham emas. Bir paytlar qalb qo'ringni berib, butun borlig'ing bilan chin yurakdan sevgan - usiz bir daqiqa ham yasholmaganing - ayolga qarab, "uni qaytib hech qachon ko'rmasam ham mayli" deb o'ylash qanchalar alamli. Sevgi fojiasi - bu beparvolik.

© Somerset Moem ("Yomg'ir'' kitobidan)

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

26 Oct, 12:27


Eng yaxshi qarzdorlik - kutubxonadan qarzdorlik!

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

26 Oct, 10:43


Tumov bo'lgan odam atirgul isin
Sezmagani uchun ko'rmaysan-ku ep -
Ahmoqqa hikmatni ravo aylama,
Ustingdan kuladi, ertakmi bu, deb.

© Xayrulla Hamidov

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

26 Oct, 07:12


Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning oldilariga bir kishi qadar haqida bahslashmoqchi bo'lib kelganida, u zot: "Qadar to'g'risida tafakkur qilish huddi quyoshning ko'zni qamashtiradigan nuriga qarashdek gap, kishi unga qancha ko'p qarasa, shuncha ko'p dovdirab esankirayveradi", - deb javob bergan.

©️ Abdulqodir Abdur Rahim ("E'tiqod durdonalari" kitobidan)

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

22 Oct, 15:29


Keyingi bobdan xabarimiz yo'q. Lekin Muallifdan xabarimiz bor. Shuning uchun xotirjammiz mundarijamizdan...

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

22 Oct, 13:49


Baxtga ham yarashar chiroyli ochun,
U o'sha maskanda uzoqroq turar.
Nomardga baxt tilab bo'lmaydi, tushun -
Kimdirning ofati ustiga qurar!

© Xayrulla Hamidov

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

22 Oct, 12:33


Bank - ob-havo yaxshi bo'lgan paytda sizga soyabon beradigan va yomg'ir yog'a boshlasa, uni qaytarib berishingizni so'raydigan joy.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

22 Oct, 12:28


Reklama va hamkorlik uchun: @Konspekt_reklama

Donat uchun: 6262 7300 4442 4531

Sanjar Shams konspekt

22 Oct, 12:27


Qish yaqin. Dudbo'ronlaringizni ko'zdan kechirib qo'ying.

Sanjar Shams konspekt

22 Oct, 10:48


Ulamolardan biridan "Ilmli, hatto qori odamlarning farzandlari nima uchun e'tiqodsiz chiqib qolishadi?" - deb so'raganimizda u janoblari "O'sha ilmlilar tomoqlaridan o'tayotgan taomning halol yoki haromligiga bee'tibor bo'lganlar. Bu demak, ilmlariga amal qilmaganlar. Buning mukofotini esa farzandlari orqali oldilar", - deb javob qaytardilar.

©️ Tohir Malik ("Jinoyatning uzun yo'li" kitobidan)

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

22 Oct, 08:09


- Dadasi, kecha sizga nima qilishingizni aytgandim?
- Kirlarni osishni...
- Siz nima qildingiz?
- Ularni kechirdim...

Sanjar Shams konspekt

22 Oct, 07:12


Musulmon kishining e'tiqodi va amallarida sodiq ekani uning go'zal xulqidan bilinib turadi.

©️ Abdulqodir Abdur Rahim ("E'tiqod durdonalari" kitobidan)

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

22 Oct, 06:03


Jarayon dasturi:
https://www.youtube.com/live/oQmakxV69zg?si=O9VJpc7Gi_9RrpX1

❗️Mavzu: XXI asr allergiya asrimi?

YouTube 🌐Instagram 🌐TikTok 🐦Twitter 🌐Facebook

Sanjar Shams konspekt

22 Oct, 00:27


Chalindi muhabbatning juft qo'ng'irog'i
O'n sakkiz olamni quchdi bu jarang.
Siz uchun tanlagan va asrab kelgan,
Yaratganning yaratganini asrang!

Sanayman havoning nafas olishin,
Tinglayman ninachi yig'ilarini.
Men yana yig'ladim sizdan uzoqda,
Ayting yuragingiz og'rimadimi?

© Xonzodabegim Jamolova

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

21 Oct, 18:01


Haliyam moshinam yo'q. Chunki 2020-yilda TikTokda raqs tushishga uyalganman.

Sanjar Shams konspekt

21 Oct, 13:50


Shunday insonlar borki, masjidga Alloh rizosi uchun emas, atrofidagi odamlar "namoz o'qiydi" deyishlari uchun keladi.

©️ Rauf Jilasun ("Halol luqma" kitobidan)

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

21 Oct, 12:34


Do'stlar, yaxshilarni avaylab saqlang!
"Salom" degan so'zning salmog'in oqlang.
O'lganda yuz soat yig'lab turgandan, -
Uni tirigida bir soat yo'qlang!

©️Maqsud Shayxzoda

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

21 Oct, 10:50


- Erk guli bor, derlar, buvijon,
Shu gul haqda menga so'ylab ber.
U gul qayda o'sar shodumon,
Aytgin, gulning makoni qayer?

- O, bolajon, bu sirni bilsang
G'am kelaru diling qisadi -
U gul erk deb jon bergan erlar
Mozorlari uzra o'sadi.

© Xurshid Davron

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

21 Oct, 08:18


Johil bilan bahslashsang, albatta yengilasan.
Olim bilan bahslashsang, albatta yengasan.
Tavba!

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

21 Oct, 07:41


Jarayon dasturi:
https://www.youtube.com/live/T9bGlyNMUI8?si=9t52wV2sok54Jz9J

❗️Mavzu: Giyohvandlikka qarshi qanday kurashilyabdi?

YouTube 🌐Instagram 🌐TikTok 🐦Twitter 🌐Facebook

Sanjar Shams konspekt

21 Oct, 07:13


Chiroy ko'p qizlarni turmushga chiqishiga sababchi bo'ldi. Ba'zilarining xulqlari esa ota-onasini uyiga qaytarib olib keldi.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

21 Oct, 05:03


Robot o'zini hech kim yasamagani, u pilesosdan tarqaganini iddao qilardi.
Eng daxshati, pilesosni kim yasagani haqida gap ketganda, qisqa tutashuvdan hosil bo'lganini qat'iy bildirardi.
Axir, evolyutsiya shunday, fan aldamaydi.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

21 Oct, 00:26


Bandadagi maqtaladigan va yomonlanadigan belgilari orqali bilinib turadigan sifat xulq deb ataladi.

©️ Abdulqodir Abdur Rahim ("E'tiqod durdonalari" kitobidan)

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

20 Oct, 18:27


Odamlarga o'zlari haqida aytib bersang asabiylasha boshlashadi.
Lekin bizdan muloqot vaqtida asabiylashmaslikni so'rashadi.

Sanjar Shams konspekt

20 Oct, 07:13


Biz hayotimizning ko'p qismini o'tmishda va kelajakda o'tkazamiz.

© Salmon Rushdiy

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

20 Oct, 04:00


Jadid adabiyoti namoyondalari: Abdulla Avloniy

(Konspekt)

Bir bola qo'shnining uyiga o'ralmish tabaqda taom olib borur edi. Bir kishi uchrab:
- Ey o'g'lim, tabaqda nima olib borursan? - dedi.
Aqlli bola javob berib:
- Ey otajon, tabaq ichindagi narsaning kishiga aytmoq va ko'rsatmoq mumkin bo'lsa edi, usti o'ralmagan, ochiq bo'lur edi, - dedi.

//=//=//=//=//=//=//=//=//=//

Bir vaqt iki kishi do'st bo'lub, safarga chiqmishlar edi. Bir tog' ichindan ketub borgonlarinda uzog'dan bir yo'lbarsni ko'rmishlar. Do'stlarning biri darhol yugurub bir daraxt ustiga chiqmish. Ikkinchisi shoshilub qolub, nima qilishin bilmay, yerga cho'zulub, o'lukg'a o'xshab yotmish. Yo'lbars kelub, iskab-iskab o'luk gumon qilub qaytub ketmish. O'rtog'i daraxtdan tushub: "Birodar, yo'lbars qulog'ingga nima deb so'zlab ketdi?" deb so'ramish. Yo'ldoshi: "Oh, do'stim! Shodligingda o'rtoq bo'lub, g'am vaqtingda tashlab qochadurg'on nomard kishilar ila yo'ldosh bo'lma!" deb so'zlab ketdi, deb javob bermish.

//=//=//=//=//=//=//=//=//=//

Bir kun iki bola ko'chada o'ynab yurgon zamonda bir adad yang'oq topdilar. Biri aytdi: "Man olurman, avval man kordim". Ikinchisi: "Yo'q, birodar, man olurman, yerdan man
oldim", - deb ikisi g'avg'o qilub turub edilar. Bir yigit kelub:
"Ey charog'larim! Shoshmang, talashmang, man sizlarga
yaxshilab taqsim qilub berurman", - deb yang'oqni qo'llaridan olub, ikki palla qilub, bir palla po'chog'ini birinchi bola-ga, ikkinchi palla po'chog'ini ikkinchi bolaga berub: "Mana, qolg'oni taqsim gilg'on kishiga", - deb mag'zini og'ziga solub, jo'nab ketdi. Bolalar bo'lsa, po'choqini ushlab, baqrayushub
goldilar.
Hissa: Ozga qanoat gilmagan ko'bdan qolur.

//=//=//=//=//=//=//=//=//=//

Bir bog'bonning uch o'g'li bor edi. Uchi ham dangasa va ishyoqmas edilar. Bog'bon bir kun kasal bo'ldi. O'g'illarini ishga solmak uchun yoniga choqirib: "O'g'lonlarim, mani ajalim yetgan o'shaydur. Man sizlarga vasiyat gilub ketayin. Bog'ning ichiga bir ko'za oltun ko'mub qo'yg'onman.
Mandan so'ngra o'zingiz kavlab, topub, bo'lishub olursiz", - dedi. Arodan bir necha kun o'tmay, bog'bon dunyodan o'tdi.
O'g'illari oltun axtarub, bog'ni chunon gazidilarki, tufroqlari kul bo'lib ketdi, lekin tokning ildizidan boshqa narsa topolmadilar. Ammo shu yili tok chunon uzum qildiki, oqchasi necha ko'zaga to'ladurg'on oltun bo'ldi. So'ngra bu yalqovlar bildilarki, oltun yerda emas, ishlovda ekan.
Hissa: Hamma yamonlig'ning onasi - dangasalik, qo'rqoqlik
- otosidur.

Donat o'tkazish uchun: 6262 7300 4442 4531.

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

20 Oct, 00:25


Tadqiqotchi olimlar bir homilador ayolga har kuni ayni bir vaqtda faqat bitta ertakni so'zlashgan. Bola tug'ilib, olti yoshga yetganda turli ertaklarni so'zlab bera boshlashgan. Ayol homiladorlik davrida tinglagan ertakka gal kelganida, dastlabki jumlalarni eshitiboq, bola "Men bu ertakni bilaman", deb so'zlab bergan. Bu rivoyat emas, ilmiy xaqiqat! Demak, bola onaning qornida ekanidayoq tashqi dunyo bilan aloqada bo'lar ekan. Shundanmikin, donishmandlar "tarbiya bola tug'ilmasidan avval boshlansa yanada yaxshi" deyishgan ekan.

©️ Tohir Malik ("Jinoyatning uzun yo'li" kitobidan)

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

19 Oct, 18:31


Yunus (a.s)ni kit qornidan tirik chiqargan taqdir seni hozirgi musibatingdan chiqarmaydi deb o'ylaysanmi?

Sanjar Shams konspekt

19 Oct, 17:02


Aqlli oilada er milliy taomlar restorani egasi bo'ladi. Xotin esa dietolog.

Sanjar Shams konspekt

19 Oct, 16:59


Dieta oshqozoning so'kadigan, nafsing qarg'aydigan, organizming zo'riqadigan, cho'ntaging duo qiladigan jarayon...

Sanjar Shams konspekt

19 Oct, 16:53


Bolaligimda adam domino olib bergandi. Chunki rosa dominoni yaxshi ko'rganman.
Tetris olib bergan. Uniyam yaxshi ko'rganman.
To'ylarda odamlarni g'ashiga tegish uchun lazer oldirganman.
Umuman olganda uydagilardan ja qimmat narsalarni so'ravormaganman hech qachon.
Ehtimol shuning uchun uylantiringlar deyolmayotgandirman))

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

19 Oct, 15:43


Sen mo'yloving bilan ham menga yoqasan...

Sanjar Shams konspekt

19 Oct, 14:01


⭕️Nima uchun energetik ichimliklar ichmaslik kerak?

📹Tomosha qiling:
https://www.youtube.com/live/3EQ0x54sxvo?si=LVieN1hrSlMlzUwD

YouTube 🌐Instagram 🌐TikTok 🐦Twitter 🌐Facebook

Sanjar Shams konspekt

19 Oct, 13:53


Aqllar uch xildir: Yuqori qatlam
Tahlil qilar fikr, g'oyalarni jim.
O'rtachasi voqe, hodisalarni...
Noqisi shaxslarga aylaydi hujum.

Oqillar yo'lini ushlagin mahkam,
Bu sharaf maqomi, bu qutlug' holdir.
O'rtachalar topib olar bir-birin,
Pastlarni o'zidan pastlarga qoldir!

© Xayrulla Hamidov

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

19 Oct, 12:37


Qaqroq ko'zlaringga ko'zlarimdan, oh,
Sharros ko'zyoshlarni to'kkim kelyapti.
Seni "Baxtsiz bo'l" deb qarg'ashim gunoh,
Seni "Baxtli bo'l" deb so'kkim kelyapti...

© Rustam Mirvohid

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

19 Oct, 10:52


Hozir ham bog'imga boqsam, so'lu o'ng
Kuzakka to'lgandir - jonim yonarli...
...Onam bu dunyodan ketganidan so'ng,
Menga kuz qolmasdan, nima qolardi?

© Usmon Azim

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

19 Oct, 07:31


Erkak kishi maqtanchoq bo'lmasligi kerak. Masalan men umuman maqtanchoq emasman...

Sanjar Shams konspekt

19 Oct, 07:13


Sizning kelajagingiz ko'proq kim bilan vaqt o'tkazishingizga bog'liq.

©️ Robert Kiyosaki ("Pul oqimining kvadrati" kitobidan)

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

19 Oct, 06:20


Ey it, uxlama asri taraqqiy vaqtida...

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

19 Oct, 00:24


O'zingizga bergan va'dangiz, boshqalarga berilgan va'dalardan ustun turadi!

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

18 Oct, 18:25


Yolg'iz qolishni istagan paytim yolg'iz qolmaslikni istagan bo'laman.

Sanjar Shams konspekt

18 Oct, 13:55


- Nima ish qilsang ham, hammasi faqat Xudoning roziligi uchun bo'lsin. Topganing kattami, kichikmi - birovning haqi bo'lmasin. Yolg'on barcha yomonliklarning onasi. Aslo yolg'on so'zlama. Hamma gapga ham ishonib ketaverma. Seni Xudodan uzoqlashtiradigan ishdan uzoq tur. Ko'nglingda manmanlik, kibr paydo qiluvchi boylikdan qoch. Doim boriga sabr qilib yasha. Shu yo'l sen uchun eng yaxshisidir. Do'stingni Xudo uchun yaxshi ko'r, dushmaningdan esa Xudo uchun qoch...

©️ Rauf Jilasun ("Halol luqma" kitobidan)

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

18 Oct, 12:39


Ovozingni eshitishlarini xohlasang, ba'zida sukut saqla...

📌 @sanjarshamss 📌

Sanjar Shams konspekt

18 Oct, 10:54


Ulg'ayish menga yoqmay qoldi. Onam qariyabdi...

📌 @sanjarshamss 📌