KUNDUZIY @kunduziy Channel on Telegram

KUNDUZIY

@kunduziy


KUNDUZIY rasmiy telegram kanali!

Reklama va savollar uchun: @shokh_t

KUNDUZIY (Uzbek)

KUNDUZIY rasmiy telegram kanali! Kunduziy - bu sizning eng qimmatli kunlaringizni o'z ichiga olgan kanal. Bu yerda siz uchun eng so'nggi yangiliklar, maqolalar, voqealar va ko'rgazmalar jamlangan. Kunduziy kanalida dunyo, mamlakatimiz va shaharimizdagi eng aktual voqealar haqida ma'lumotlar olishingiz mumkin. Agar siz reklama berish yoki savollar so'rishni istasangiz, shu joyda @shokh_t ga murojaat qilishingiz mumkin. Kunduziy bilan birgalikda zamonaviy xabarlardan habardor bo'ling!

KUNDUZIY

23 Jan, 11:49


Internetdagi eng katta puzzle! 🧩

Agarda siz har xil sirli, g'alati va qo'rqinchli narsalarga qiziqsangiz ushbu website aynan siz uchun. Haligacha 973-eht-namuh nima sababdan yaratilgani va undagi sir-sinoatlar nimadan iboratligi haqida hech qanday ma'lumot yo'q. Mabodo boshidagi quizlardan o'tib saytning o'rta qismlariga borsangiz, o'zingizni ozgina noqulay his qildirtira oladigan, kripona narsalarga duch kelishingiz mumkin.

Ba'zi bir ma'lumotlarga qaraganda website yaratuvchisi kuchli matematik David Denson bo'lgan, u raqamlar va dinga mukkasidan ketgan, hattoki uning uyini topishganda, u maskan ko'chadan ajrab faqat daraxtlar bilan burkanganligi ma'lum bo'ladi. 🌳

Bilmadim, balki bu bilan David akamiz qandaydir Kult hosil qilmoqchi bo'lgandir, balki shunchaki hammani boshini qotirishni yoqtirar, bu bizga qorong'u 🌙

@kunduziy

KUNDUZIY

21 Jan, 08:04


Eng yaxshi g‘oya egalari shu yerdamisiz?

2025 yil 29 yanvar kuni 16:00 da IT Park va U-Enter Unicorn Battle'ga mezbonlik qiladi. Bu global startap tanlovi bo‘lib, eng yaxshi g‘oyalarni namoyish etish uchun mo‘ljallangan.

Siz o‘zingizni 10 ta startap g‘oyalaringizni 3 daqiqada eng yaxshi investor va venchur kapitalistlar hay’ati oldida taqdim etasiz.

50+investor va venchur kapitalistlar sizning yangi innovatsiyalaringizni tanlashi mumkin.

Gʻolib esa San-Fransiskodagi Union CUP'da qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bu hali hammasi emas. Siz startapda eng ilg‘or AI (sun’iy intellekt) yechimlarini kashf etasiz va "AI Startaplarga Investisiya Qilish – Rivojlanayotgan Bozorlar Imkoniyatlari” mavzusida mutaxassislar bilan suhbatda qatnashasiz.

Manzil:
📍 U-Enter

Batafsil ma’lumot: Unicorn.Events

Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

KUNDUZIY

19 Jan, 20:48


Etgancha, Hamster kombat nima bo'ldi?

KUNDUZIY

19 Jan, 05:41


Oka, bu so'mda qancha bo'ladi?

Amerikaning yangi va juda eski prezidenti Donald Trump bir necha kun avval o'zining kriptavalyutasini chiqarishni e'lon qilgan edi. U $Trump deb nomlanadi. Juda original nom 🙄.

Shu qisqa fursat ichida valyuta 18,000% ga qimmatlagan🤯. Bu kripta olam tarixidagi eng kuchli va yuqori start deb aytishmoqda mahalladagi g'iybatchi xotinlar va kripto ekspertlar.

Siz bu holatga qanday qaraysiz?

@kunduziy

KUNDUZIY

18 Jan, 10:51


Malades👍🏻

@kunduziy

KUNDUZIY

17 Jan, 12:23


Ilhom kebqoldi...

@kunduziy

KUNDUZIY

17 Jan, 11:03


🤷🏻‍♂️

@kunduziy

KUNDUZIY

17 Jan, 08:43


Headphone Music 🎧

Internetda shunday termin bor, u biror bir odamning "wow, u shunaqa musiqiy didga egami?" deb hayratlanib ta'rif berilishiga nisbatan qo'llaniladi. Misol uchun sizni qo'pol, ko'rinishidan faqat "voravskoy" musiqa eshitadigan tanishingiz, Britney Spears ni to'xtatmasdan eshitishiga nisbatan ishlatish mumkin va bunday holatlar menimcha hayotimizda juda ko'p uchraydi.

Bu terminga teskari yana boshqa atama ham bor u "AUX music", menimcha bunisini tushuntirishim shart emas. Agarda tushunmagan bo'lsangiz, ushbu so'z siz o'zingiz unchalik ham eshitmaydigan, ammo do'stlaringiz bilan ko'rishganda, mashinada ketayotganda qo'yadigan musiqa playlist ingizga nisbatan qo'llash mumkin. 🚙

Umumiy post xulosasidan kelib chiqib, endi o'zingizning ushbu ikki xil musiqiy didingizni izohlarga yozing, ko'ramiz kimni "krugi" zamonaviyroq ekan. Izohlar bo'limi sizga muntazir bemalol yozishingiz mumkin 📝

@kunduziy

KUNDUZIY

12 Jan, 21:33


Mayli, siqilmang. Bu shunchaki oddiy o'yin. Hayotda odam o'zi REAList bo'lishi kerak!

KUNDUZIY

12 Jan, 21:24


This is unREAL 🤯

KUNDUZIY

12 Jan, 20:21


Barca - REALno yaxshi o'ynayapti!

KUNDUZIY

12 Jan, 19:47


Huddi o'tgan safargidek ketma-ket ikkita gol. Endi yana Barsa raqibni offside tuzog'iga tushurib qiynasa kerak...

KUNDUZIY

12 Jan, 19:40


Nima bu gol ✈️🤯

KUNDUZIY

11 Jan, 05:38


Qishgi transfer oynasidagi eng sensatsion voqea. 🏟️

Katta ehtimol bilan Abduqodir Husanov - Manchester City futbolchisi! Bu haqida taniqli insayder Fabrizio Romano ma'lumot bermoqda. Salkam bir oydan beri bu mavzu dunyo internetida qizg'in muhokama qilinib kelinayotgan edi.

Yurtdoshimizning sovuqqon o'yini hammani qoyil qoldirib, yevropa top klublarining e'tiborini o'ziga qaratgan. Uning o'yinlaridan yozib olingan lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda millionlab marotaba ko'rildi.

Hamyurtimiz «Lans» klubi uchun har tomonlama eng foydali va daromadli futbolchiga aylandi deb bemalol ayta olamiz. Shu tariqa Husanov APLga transfer qilingan birinchi o'zbek futbolchisiga aylandi. O'zi bolaligimdan City muhlisi bo'lganman 💙

@kunduziy

KUNDUZIY

10 Jan, 16:55


Bayram ta’tilida yurtdoshlarimiz nimalar orqali o'z charchoqligini chiqarishdi?

Bu safargi bayram ta'tili oldingilariga qaraganda uzoqroq davom etdi va ushbu vaqt bizga bemalol o'z yaqinlarimiz bilan birgalikda hordiq chiqarish uchun imkoniyat bera oldi. Kimdirlar o'zi uzoq vaqtdan beri o'qiyman deb yurgan kitobini o'qib tugatdi, kimdirlar oila davrasida birgalikda film, shou va seriallardan bahramand bo'lishdi. Shu holatdan foydalangan holda Yandex Plus obunachilari orasida yig'ilgan qiziqarli statistika bilan sizlarni tanishtirsam.

Yangi yil vaqtida eng ko'p ko'rilgan kinofilmlarni saralab chiqadigan bo'lsak, komedik filmlar kinopoiskda anchagina ko'proq ko'rilgan, albatta bayram vaqtida boshqa janr yetakchilik qilishi ham g'alati menimcha. Shunday qilib kinopoisk foydalanuvchilari o'rtasida eng ko'p ko'rilgan filmlar orasida: "Panda Operatsiyasi", "Mister Taka", "Uddaburon yigitlar", "Brilliantmas qo'l" va "Yalmog'iz Kampir Yangi Yilni qutqarmoqda" filmlari mavjud. Eng qiziq tomoni ushbu komedik filmlar bilan birgalikda umuman unga teskari estetikaga ega filmlar ham bu vaqt davomida statistika bo'yicha yuqorida turishdi: "Substansiya", "Prometey" va "Klyukva sharbati".

Kitoblar haqida to'xtalar ekanmiz, ko'pchilik baribir yangi yilni yangi men deb boshlashini ko'rishimiz mumkin. Chunki ushbu kichik bayramda ham odamlar o'z moliyaviy bilimlarini mustahkamlash uchun ko'proq moliyaviy best sellerlar va motivatsion kitoblardan ko'proq o'qishgan, shular orasida yetakchilik qilayotganlari: Robert Kiyosakining "Boy ota Kambag'al ota", Daniel Kanemanning "Sekin o'ylang... Tez qaror qiling", Jorj Samuel Kleysonning "Vavilonlik eng boy odam" va Robert Grinning "Hokimiyatning 48 qonuni" kitoblari bo'ldi.

Yon atrofimizda hali ham ko'pchilik folk-pop yoki o'zimizni tilda aytganda to'y bop musiqa bilan shug'ullanayotganiga qaramay, oxirgi yaqin yillar ichida rep janri o'zbek xalqi uchun eng sevimlilaridan biriga aylanib bormoqda. Ushbu holatni biz Konsta - Yandex Music obunachilarining eng sevimli artisti bo'lganidan bilishimiz mumkin. Undan tashqari Shoxrux ham eng ko'p tinglangan artistlar qatorida. Umumiy listda: "Jakh Khalib", "Xcho", "Irina Kayratovna", "Basta" hamda "Miyagi & Эндшпиль" lar ham joy olishgan.

@kunduziy

KUNDUZIY

06 Jan, 14:55


Bu hali boshlanishi. Bu ketishda bizni kelajakda aql bovar qilmas tresh kutyapti. Fojea desa ham bo'ladi.

Chunki xalq bu kabi tomoshalarni quchoq ochib kutib olishga o'rgandi. Masxarabozlarni ulug'ladi.

Olg'a soddalar armiyasi. Kelajak debillarni qo'lida!

KUNDUZIY

06 Jan, 14:50


Hammasi joyida... Lekin cho'kyabmiz!

O'zbek estradasi allaqachon chirib, balchiqqa botib bo'lgan edi. Lekin eng yomoni hali oldinda ekan. Palakat biz kutmagan payt, kutilmagan joydan keldi. Shohruhxon va Yunka! Yangi yil oqshomida.

Biz qanchalik bo'qqa botib qolganimiz haqida o'ylab o'zimni qo'yarga joy topa olmayabman. "Hozir izohlarda hamma heyt qilgan bo'ladi" deb kirsam - hamma hursand! Yunka bu salkam xalq qahramoni. Wow 🤯. Bu ketishda men ham Timur bilan sevishvormasam bo'ldi endi.

Shohruhxon esa bugundan boshlab men uchun shunchaki oddiy freak! Hech qanday "bolalikdagi kumir" emas. U 2024-yil 31-dekabr kuni men uchun o'ldi. Shunchaki uning qiyofasidagi masxaraboz qoldi!

Shu kungacha olib kelgan barchaga ming la'nat. Shu kunga ham ming la'nat!

@kunduziy

KUNDUZIY

03 Jan, 11:09


Bunday insonlarni har qadamda uchratish mumkin.

@kunduziy

KUNDUZIY

02 Jan, 18:31


Havoga nima bo'ldi?

KUNDUZIY

31 Dec, 05:01


Yandex Plus yangi yil yutuqli o'yinini boshladi
Obunani ulang, G'ildirakni mag'lubiyatsiz aylantiring va quyidagilarni yutib oling: har hafta 25 000 000 Plus ballari va boshqa sovg'alar.
Finalda esa bosh sovrin — avtomobil o'yini bo'lib o'tadi!
Yandex Plus — barcha zava bir obunada

plus.yandex.uz saytiga o‘ting

KUNDUZIY

30 Dec, 15:01


Mahallamizning do'stona O'rgimchak Odami! 🕷

Kinofilmlardagi barcha hikoyalardan voz kechib, yangi barcha yosh toifasidagi insonlar uchun manzur keluvchi O'rgimchak Odam. Endi u mahallaning ozodaligiga qaraydi, shu bilan birga o'z hayotidagi muammolarga yechim topishi lozim.

Ushbu yangi seriya biz bilgan Peter Parker ni biroz boshqacharoq, ya'ni MCU olamidagidan tashqari holatida taqdim etadi, Yangi avlod vakillari ham xuddi biz eski СофТС telekanalida ko'rgan multfilm kabi o'zlarining superqahramonlariga ega bo'lishadi. 📺

Qiziq tomoni, ushbu animatsion serial Spider-Man: Homecoming ning prikveli bo'lishi kerak edi, ya'ni Tom Hollandning O'rgimchak Odamga aylanish davri va menimcha shu sababdan ham bu asar MCU vaqtlariga bog'liq bo'lmaydi, chunki bu yerdagi yovuz qahramonlar umuman hozirgi Marvel olamimizda yo'q. Menimcha bunday bo'lishiga asosiy sabab aynan uning chizilish uslubidadir, yana kim bilsin.

@kunduziy

KUNDUZIY

29 Dec, 16:38


Sizda bu yil qanday o'tdi?

@kunduziy

KUNDUZIY

29 Dec, 14:36


Endi hech kim bunday kinofilmlar chiqarmaydi...

Kino industriyasida 2000-yillar boshi va 2010-yillar o'rtalariga qadar bir davr kuzatilgan edi, ya'ni komedik filmlarning yaxshigina sotuvi va tarqalishi. Aynan shu vaqt davomida faqatgina kulguga asoslanib qolmasdan, balki o'sha tomoshabinga haqiqatda ta'sir qiluvchi hayotiy darsni ham o'rgatishga asoslangan janr paydo bo'ldi - Fantastik Komediya.

Bu janrda har doim bosh qahramon nimadirni noto'g'ri qilayotgan bo'ladi va shu noto'g'ri ishini Xudo yoki qandaydir ilohiy kuchga ega inson kelib ular xohlamayotgan narsani olib tashlaydi yoki qanaqadir ularga o'sha hayotda yashashga imkon beradi. O'zbek filmlaridan bunga yaqqol misol Sarvar Karimov filmlari. Kimdir nimadir noliyveradi va "agarda menda shunday bo'lganda boshqacha bo'lardi, yaxshilardim hayotni" degan gaplarni aytganidan keyin unga shu imkoniyat beriladi.

G'arb tomonlarda bu janr nima uchun aktualligini yo'qotgani aniq, chunki bu filmlar asosan uning aktyorlariga bog'liq holda qiziq edi, Adam Sandler, Jim Carry va yana boshqa komedik rollarni ajoyib ijro etadiganlar kabi har kim ham rol o'ynay olmaydi. Ha bizda nimaga rivojlanmagani qiziq va nima uchun faqat Sarvar Karimovdan boshqa hech kim bu tarbiyaviy filmlarga qo'l urmagan? Nima deb o'ylaysiz asosiy faktorlar nimada?

@kunduziy

KUNDUZIY

28 Dec, 15:48


Sizda ham shundaymi?

Video: https://youtu.be/MKKnegk8Pds?si=WkwLRiRsqc7GYICQ

KUNDUZIY

27 Dec, 13:12


Hullas, o'sha gap.

Instagram har bir foydalanuvchining hissiyotlari bilan o'ynashishni yaxshi biladi. Ayniqsa sen bloger bo'lsang. «Sen avvalgidan pastroq natija ko'rsata boshlading. Nima bu ahvol? Uyalmaysanmi?» degandek ko'rinadi.

Aslida esa hozirgi natijalarim ham huddi avvalgidek yaxshi. Shunchaki orada sodir bo'lgan скачок - statistikaga salbiy ta'sir qiladi)

@kunduziy

KUNDUZIY

27 Dec, 07:34


FEIN! FEIN! FEIN!

Playboi Carti ning tinglovchilari hozirda #IAMLIAR trendi ostida Carti ning Instagramidan o'z obunaligini olib tashlashmoqda. Agar xabaringiz yo'q bo'lsa, ushbu afsonaviy repperimiz 13-sentabrda I AM MUSIC nomli albomini tizer qilib hammani yuragini qizitgan edi, endi uning obunachilari uni yuragini o'ynatishmoqda.

Kechgacha qancha odam unfollow qilarkin nima deb o'ylaysiz? 🤔

@kunduziy

KUNDUZIY

25 Dec, 07:17


So'zlar endi hech narsani anglatmaydi 😔

Spotify ning menimcha obunachilarimiz orasida Wrappedini qabul qilib AI orqali yasalgan har xil fake janrlar nomini ko'rganlar bo'lsa kerak. Bu yil Spotify 1,500 ta odamni ishdan shunchaki bo'shatib yuborishgan, ya'ni ularning o'rniga Sun'iy Intelekt orqali o'rinlarni to'ldirishgan.

Eng qiziq tomoni ushbu bo'shatib yuborilgan odamlar orasida Every Noise at Once loyihasi yaratuvchisi ham bor. Ushbu loyiha barcha inson tomonidan yaratilgan janrlar va sub-janrlarni bir joyga jamlagan platforma va uni yaratgan loyiha asoschisini Spotify - AI ga almashtirdi va so'z yasovchi web saytda yaratilgan ma'nosiz 5 ta so'zdan iborat janrlarni yaratib o'z foydalanuvchilariga taqdim etishdi.

@kunduziy

KUNDUZIY

24 Dec, 11:42


Shu filmni ko'rib yana bir bor o'z fikrlarimga amin bo'ldim.

Bizning hayotimizda sodir bo'ladigan muammolarning katta qismi (deyarli hammasi) bizni qadriyatlarimiz bilan bog'liq. "Odamlar nima deydi?", yoki "Qanday qilib tushuntiraman?" kabi keraksiz fikr va qarashlar bizni tubanlikka tortadi.

Menimcha insonlar ortiqcha oliftagarchilik, qo'rquv va jamiyat tomonidan singdirilgan "uyat"ni bir chekkaga surib qo'yib ish qilishganda - nafaqat muammolar kamayar edi, balki muvaffaqqiyatga erishish ham ancha osonlashardi 🤷🏻‍♂️.

@kunduziy

KUNDUZIY

24 Dec, 11:37


Qora Angliya 🎓

Katta ehtimol bilan siz bu videoni ko'rdingiz yoki ko'rishni rejalashtirgansiz. Haqiqatdan ham yuqori daraja va saviya bilan ishlangan foydali film bo'lgan. Albatta vaqt topib ko'rib qo'ying.

Video: https://youtu.be/AJmuzuTJuh8?si=LRJGraF6TOy-iv4G

KUNDUZIY

21 Dec, 12:41


Yuqoridagi fikrlarimni yanada to'liqroq tushunish uchun shu videoni ham ko'rishingiz mumkin: https://youtu.be/bz6Tm0uLS9c?si=_vzU64nPY4bm2oc7

Bu reklama emas va o'zi umuman qaysidur OAVning faoliyatini maqtash va hatto baholashdan ham yiroqman. Shunchaki yaxshi video.

KUNDUZIY

21 Dec, 08:44


Endi men kabi blogerlar ham xalqaro miqiyosdagi mashxur insonga aylanishlari, o'z yurti, madaniyati va urf-odatlarini o'zlari istagandek dunyoga yoyishlari mumkin.

Lekin buning uchun siyosatchilar va amaldorlar ham faol bo'lishlari kerak deb o'ylayman. Nimaga deysizmi?

Chunki Google da o'zbek tili deyarli yo'q. Bo'lsa ham yaxshi ishlamaydi. Chunki hech kim e'tibor bermaydi. Shuning uchun ham avtomatik tarjima, dublyaj va ovozlashtirish kabi funksiyalar ancha oqsoqlanib ishlaydi. Yoki umuman ishlamaydi 🤷🏻‍♂️

Agar shunday holatlarda zamon bilan hamnafas bo'lib, vaziyatga jiddiyroq qarab, o'z tilimizga e'tiborni kuchaytirib olmasak - xalqaro maydondagi obro'imizni yaxshilash yanada qiyin bo'lib qoladi...

KUNDUZIY

21 Dec, 08:34


YouTube da endi sun'iy intellekt orqali qilinadigan avtomatik dublyaj bor! 🎉

Adashmasam birinchilardan bo'lib bu funksiyani Yandex browser joriy qilgan edi. YouTube da ham shu narsa paydo bo'lishi shunchaki vaqt masalasiga aylandi.

Bu qanday ishlaydi? Platformadagi sun'iy intellekt videodagi ovozni tahlil qilib chiqadi. Keyin huddi o'sha originaliga o'xshash ovoz yasab, bir necha tilga o'giradi. Hozircha bu funksiya bilan ishlay oladigan tillar va kanallar soni cheklangan. Lekin hozircha.

Endi Mr.Beast ga o'xshab katta pulga butun boshli jamoalarni ishlatib dublyaj qilishga ehtiyoj qolmaganga o'xshaydi.

Bu funksiya paydo bo'lishi haqida 5-6 oy avval tahmin qilgan edim😊

@kunduziy

KUNDUZIY

20 Dec, 13:20


Ijodkorga ilhom qayerdan keladi?🤔

@kunduziy

KUNDUZIY

19 Dec, 10:40


Robot Mahalla 🤖

Shunchaki, Daft Punk guruhi 2000-yilda Yaponiyaga tashrif buyurib, shunchaki shaharni kezib yurishganing videosi. Lekin aynan o'sha yillarda hali Daft Punk quyosh chiqar o'lkada umuman mashxur emas edi. 1997-yilda faqat Homework albomini chiqarib, o'sha vaqtda faqat g'arb mamlakatlaridagina chartlarning baland o'rinlarini egallashgan. 🔝

Videoda ko'rishingiz mumkinki, guruh a'zolari yelkaligiga og'ir akkumulyator tashlab yurishibdi, ushbu konsepsiya jamoa a'zolari uchun yurishni qiyinlashtirib, kiyim ichida isib ketishganligi sabab, bundan voz kechishga majbur bo'lishadi. Bu akkumulyatorlar Maska va kiyimdagi yoritgichlarning yonishiga xizmat qilgan

Ushbu videotasmadan biz Yaponlar qanchalik robotlar va maskotlarni yoqtirishligini ko'rishimiz mumkin. O'sha paytlarda mahalliy aholi bu guruh kelajakda zamonaviy yapon madaniyatining bir qismiga aylanishligini bilishganda edi, bundanda hayratlanishgan bo'lishar edi. 🥲

@kunduziy

KUNDUZIY

18 Dec, 09:56


Humo arenada StandUp konsert bergan odam bormi? 🤔

Shaxsan men eslay olmadim. Lekin O'zbekiston tarixida ilk bor sodir bo'lishi kutilayotgan bu voqeaga barchamiz birgalikda guvoh bo'lishimiz mumkin.

Buning uchun 15-fevral kuni eng katta sahnaga tashrif buyuring. Va Mirshakar Fayzullayev bilan haqiqiy intellektual yumordan bahramand bo'ling 😉.

Chiptalar mana bu yerda: https://iticket.uz/ru/events/concerts/mirshakar-fayzulloyev-chempion/32687

@kunduziy

KUNDUZIY

17 Dec, 06:44


Shu mavzuning davomi...

O'zimizning filmlardan qo'ymasin 😊. O'zbekzabon media rivojlanishdan to'xtamasin 😍.

@kunduziy

KUNDUZIY

16 Dec, 03:48


Bitcoin 105 000$

Hayrli tong 🌝

@kunduziy

KUNDUZIY

15 Dec, 17:10


Hatto shu yerda ham biz yo'qmiz😏.

«Moana» animatsion filmining ikkinchi qismi uchun ishlangan promo materialda bir saundtrekning 27 xil tildagi variantlari taqdim etilgan. U yerda qozoq tili ham bor. Qo'shnilarimiz uchun hursandman. Lekin nega o'zbek tili yo'q?

Savolim g'alati va hatto ahmoqona eshitilishi ham mumkin. Lekin keling, vaziyatga chuqurroq qaraymiz. Birinchidan - qozoq tilida 20 million atrofida aholi gaplashadi (bu aniq ma'lumot emas, lekin bundan ko'p bo'lishiga ishonmayman). O'zbek tilini esa tahminan 60 millionga yaqin odam tushunadi. Farq salkam 3 barobar.

Ikkinchidan - o'sha qozoqcha qo'shiq aytgan qizning o'zi instagramini rus tilida yuritadi, ruscha qo'shiqlar aytadi va umuman faoliyatini rus tilida olib boradi. Bizda shunday honanda xalq nomidan Disney uchun saundtrek aytishini tassavvur qila olasizmi?

Biz nafaqat o'z ona tilimizning qadrini oshirish uchun harakat qilmayabmiz, balki bu uchun nima qilish kerakligini ham bilmaymiz 🤷🏻‍♂️.

@kunduziy

KUNDUZIY

15 Dec, 11:33


Sog'lom tanda sog' aql!

Daily Mail jurnali uyqu mutahasisi Dr Sophie Bostock tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlar asosida 6 soatli uyqu inson tanasiga qanday ta'sir qilishini 45 yoshli "Hannah" misolida tushuntirishga urunishibdi.

To'xtovsiz Smartfondan foydalanish va noto'g'ri pozani ham bular orasiga qo'shishgan, albatta. Sizningcha ham hozirgi ko'pgina yoshlarning notartib kun tartibi shunga olib keladimi?

@kunduziy

KUNDUZIY

14 Dec, 14:35


Bu noutbuk haqida bilib qo'yish zarar qilmaydi 😉.

Video: https://youtu.be/f4Y4FAoe5Es?si=NSIRUnFMa3z5XViZ

KUNDUZIY

14 Dec, 09:04


>Dunyoning Eng boy odami.
>Tesla, SpaceX asoschisi.
>2030-yilda birinchi Trillioner bo'lishga da'vogar inson
>ammo ijtimoiy tarmoq sotib olish uchun tarixdagi eng yomon moliyaviy qarorni amalga oshiradi. Qarzga sotib oladi.

Hasharchilar Elon Musk aqllimi?

@kunduziy

KUNDUZIY

13 Dec, 14:08


Yandex Music’dan yil Sarhisobini qarshi oling!

2024-yilning eng zo‘r ijrochilari — Konsta, Munisa Rizayeva, Xamdam Sobirov va boshqalar o‘z nominatsiyalarini qo‘lga kiritishdi. Endi ularning ismlari Tashkent City Mall minoralarida charaqlamoqda.

Sizning shaxsiy natijalaringiz ham tayyor. Yandex Music ilovasini oching va qaysi qo‘shiq sizning eng yoqimli qo‘shig‘ingiz bo‘lganini, kim sevimli ijrochingizga aylanganini va musiqa bilan qancha vaqtingizni o‘tkazganingizni ko‘ring!

KUNDUZIY

13 Dec, 11:49


Dilkash kino 🍿

«About Time» filmini ilk marotaba 2019-yil ko'rganman. O'shanda ham bu kartina menga yoqqan edi. Lekin oradan roppa-rosa 5 yil o'tib qaytadan tomosha qilar ekanman umuman o'zgacha hissiyotlar qamrab oldi.

Bir qarashda juda oddiy va hatto sodda filmdek tuyuladi. Lekin bu shunchaki birinchi taassurot. Keyin esa u yerdagi voqealar aslida qanchalik hayotiy va ta'sirli ekanligini tushunib yetasiz.

Yumor ham ma'romida. Har holda britaniyaliklar hazl qilishning yuqori darajasiga chiqishgan. Ba'zi holatlarda hatto o'zimni to'xtata olmay kuldim. Emotsional paytlarda esa ko'zlarim terlab ketdi 😭.

Aytishadi-ku, "ikki martta o'qishga arzimaydigan kitob - bir martta o'qishga ham arzimaydi" deb. Bu film bilan ham huddi shunday holat. Ikki marotaba mazza qilib ko'rgan odam sifatida tavsiya beraman. Ayniqsa sevgan insoningiz bilan ko'rish boshqacha 😉

@kunduziy

KUNDUZIY

01 Dec, 06:28


Anchadan beri bunaqa shedevr video ko'rmagan edim.

Bu yerda qanchalik kuchli trolling borligini his qilib, birinchi kulgingiz keladi, keyin esa chuqur qayg'uga botasiz...

@kunduziy

KUNDUZIY

30 Nov, 13:26


Shunchalik taniqli bo'lgin-ki, hatto orqadan ham tanishsin!

@kunduziy

KUNDUZIY

29 Nov, 11:46


Hayotingizni ijobiy tomonga o’zgartiradigan top-10 arzon haridlar ⬆️

YouTube ikkinchi kanalimga classic vlog video ishlashga ahd qildim. Huddi o’sha qadrdon 2010-yillardagidek. Lekin mavzu aynan hozirhi kun uchun juda dolzarb😉.

Video: https://youtu.be/LxO6vwMOwmg

KUNDUZIY

29 Nov, 06:49


Hamma hozir hamma narsa qilmoqda! 😚

Ha shu kunlarni ham ko'rar ekanmiz, Mark Zuckerberg cover ijro etibdi. Esingizda bo'lsa agarda bolalik vaqtlaringizda kompyuter o'yinlaridan bahramand bo'lgan bo'lsangiz, Lil Jon (Baqiradigan amaki) ning Get Low nomli treki Need For Speed Underground 2 uchun soundtrek sifatida tanlab olingan edi va u ancha muncha insonlarning yuragida qolgan, shu jumladan Zuckerbergning ham afsuski. 😔

Nimaga afsuski? Mana eshitib ko'ring. Mark hayotiga 20 yil avval stop tugmasini bosib qo'ygani aniq, chunki bunaqa sho'x rep qo'shiqlarning bunaqa oq tanli yumshoq coverlari qilinmay qo'yilganiga ancha bo'lgan edi. Nima ham derdik, Facebook asoschisi Instagram, Facebook dagi muammolarni tuzatishga vaqti yo'q bo'lsa-da, birovlarning mehnatini tuproqqa qorishga vaqti bor. Malades! 👍

@kunduziy

KUNDUZIY

29 Nov, 05:35


Shu video 3 mingta 🤡 yig’sa YouTube dagi ikkinchi kanalimda video chiqadi deb va’da bergan edim. 2.7K bo’libdi 😁.

Yana ozgina harakat qilsak yangi videoni ko’ramiz🌝.

Ishqilib kimdur nakrutka urgan bo’lmasin-da…

@kunduziy

KUNDUZIY

24 Nov, 12:06


Qayta-qayta ko'rishli serial.

«Love, death and robots» serialini chiqqan paytiyoq ko'rib tugatgan edim. Mana, oradan sal kam 5 yil o'tdi. Adashmasam kamida 6-7 martta qayta ko'rib chiqdim. Va har safar bu almonaxni o'zim uchun boshqatdan kashf qilaman.

Bilmaganlar uchun - bu serial NETFLIX tomonidan ishlangan va har bir seria alohida syujet, animatsion uslub va janrga ega. Dramaturgiya va rejissura yuqori darajada. Ko'rmaganlar uchun жёстко tavsiya qilaman. Ko'rganlar ham qayta tomosha qilib, hissiyotlarni yangilab olishlari mumkin.

O'zim uchun eng yoqqan serialarini video-review qilib, tushuntirib berish g'oyasi paydo bo'ldi. Agar sizga ham qiziq bo'lsa 🐳 bosing.

@kunduziy

KUNDUZIY

23 Nov, 15:47


432hz da musiqa eshitsangiz uchinchi ko'zingiz ochiladi!

Oxirgi vaqtlarda yoki, bundan bir qancha vaqt oldin menimcha sizga ham shunday ma'lumotlar kelgandir, agarda kelmagan bo'lsa xursandman.

Musiqaning hozirgi kunda yozilish umuman olganda har qanday tovushning yozilishi uchun belgilangan standart 440hz, ammo ba'zi insonlar bu narsani insonda har xil stresslar miyada muammolar hosil qiladi, odamlar o'zini yomon his qilishida aynan shu narsa sababchi, fashist germanlar shuni ataylab qo'yishgan degan xuddi yer tekis kabi gaplarga o'xshagan ma'lumotlarni tarqatishmoqda. Ularning asosiy argumenti bu 432hz ning asosi - 8 hz ga teng va 8 hz yerdan chiquvchi tebranish. Lekin aslida yerdan chiquvchi tebranish yoki umumiy atrofimizdagi tebranishlar 7.83 hz ga teng va u muhit, ob havoga qarab o'zgaradi.

Internetda har bir olayotgan ma'lumotingiz to'g'ri bo'lavermaydi, shu sababdan uni ikki xissa tekshirish lozim, chunki biz haqiqatdan keyingi davrda yashamoqdamiz.

@kunduziy

KUNDUZIY

22 Nov, 16:47


Sevimli filmlarim ro'yhatini tuzdim.

Bir do'stim menga «Letterboxd» dasturi haqida aytib qoldi (Yo'q, bu reklama emas🌝). U yerda siz deyarli barcha filmlar haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lib, har birini baholashingiz, fikr yozishingiz va playlistga qo'shib qo'yishingiz mumkin.

Men ham shunday qildim. O'zim uchun sevimli bo'lgan 100 ta film ro'yhatini tuzdim. (Ha, aslida 100 tadan ko'p film ko'rgan ekanman Karl 🤯)

Siz ham dasturga kirib, mening ro'yhatim bilan tanishib chiqing. Reytinglar bilan tanishing va o'z playlistingizni tuzing. Menga ham "druzya" tashlang 😁.

https://boxd.it/ArLxA

@kunduziy

KUNDUZIY

21 Nov, 13:01


🍔 M-m-mazali chegirmalar davom etmoqda! Yandex Go ilovasining Taomlar bo‘limida sevimli taomlaringizga 50% gacha chegirma!

🔥 Bu hafta, 20-noyabrdan 24-noyabrgacha, Oqtepa Lavash e’tibor markazida. Setlarga 50% chegirma! Bu sevimli lavashlaringiz ta’mini yarim narxda tatib ko‘rish imkoniyati demak.
25-noyabrdan 1-dekabrgacha esa Street77’dagi basketlarga 50% chegirma!

Esda tuting: aksiya faqat 1-dekabrgacha davom etadi. Ilovaga kiring va hoziroq buyurtma bering.

KUNDUZIY

20 Nov, 11:16


Endi nima qilaman? 😔

@kunduziy

KUNDUZIY

18 Nov, 15:18


Hammasiga oydinlik kiritildi! 🗣

Esingizda bo'lsa kerak bir necha kun avval sizga har xil "Azamatning banki kechasi ham aloqada", "Azizaning bankida pul har doim nazorat ostida" kabi yozuvli qiziqarli LED ekranda namoyish etilgan marketing strategiyasi haqida aytgandim. Mana endi ularni fosh qilish vaqti yetdi.

Ushbu g'oya ortida TBС Bank turibdi va ular juda ham oddiy, ammo juda kuchli message turibdi: "Bankingizni o‘zingizga qulay tarzda boshqaring. Sizning TBС Bank".

Shuningdek u shunchaki bank emas, balki siz uchun eng yaqin bo'lgan online bank. Pul o'tkazishingiz kerak, muammo yo'q bir nechta teginish va barchasi hal. Eng muhimi ushbu amaliyotlar 24 soat davomida doimo ishlab turadi, xohlagan vaqtingiz buni amalga oshirasiz.

Barchasini tashkilotchilar mijozlar uchun eng qulay va ishonchli holatda qurishgan. LED ekrandagi xabarlar bo'lsa, shunchaki so'zlar bo'libgina qolmasdan bankni o'zingiz uchun, do'stingiz Abduqahhor uchun, oila a'zolaringiz uchun moslashtirish mumkinligini belgisidir. O'z pulingizni o'zingiz xohlaganingizcha boshqaring. 🎮

Juda yaxshi g'oya nazarimda, siz nima deysiz? Izohlarda ushbu strategiya haqida fikrlaringizni yozib qoldiring ✍️

KUNDUZIY

18 Nov, 12:30


🔥 Oqtepa Lavashdan 3ta byurtma uchun 25 000 so'm chegirma.
Promokod: MAZZA25

🎁 Promokod 75 000 so‘mdan ortiq buyurtmalarga amal qiladi.

Shoshiling, aksiya 30 noyabrgacha amal qiladi!

🚀Yetkazib berish
☎️78 150 00 30

KUNDUZIY

18 Nov, 10:18


Nega bu filmni ko'rdim? 😫

«The Substance» filmi haqida hammayoqdan bong urib gapira boshlashdi. Do'stlarim va tanishlarim ham ko'rishga maslahat berishdi. Men ham "hop" deb ko'rdim. Va... Ey hudo... ☹️

Gap shundaki, men body horror janrini umuman hushlamaydigan insonlar toifasidanman. Ko'proq go'zallik va estetikani yoqtiradigan inson sifatida bunaqa "eksperement"ni qabul qila olmadim. B'azi sahnalarida hatto ko'zimni ham berkitib oldim 🫣.

Hullas, ohirigacha ko'ra olmadim. Voqealarning kulminatsion qismi, ya'ni maxluq paydo bo'ladigan joyiga kelib, tom ma'noda chichib qo'yishimga oz qoldi 😁.

Bilmadim, menga film unchalik yoqmadi. Balki bunaqa YUQORI SAN'AT ASARIni tushunish uchun yetarlicha aqlli emasdurman 🤷🏻‍♂️.

@kunduziy

KUNDUZIY

17 Nov, 15:03


Ortdan pichoq urildi 🔪

Jiddiy mavzuni ko'tarib, muammoni o'rtaga tashlab, jon kuydirib uning yechimi haqida gapirasan-u, bu yerda hamkasblar qo'llab quvvatlash o'rniga, uni "e'tibor yig'ish uchun prikol" sifatida ishlatishadi.

Eeeehhhh...

KUNDUZIY

17 Nov, 13:31


«Televizor ko'radiganlarni kitob o'qiydiganlar boshqaradi» degan iborani O'zbekiston sharoitiga moslashtirib shunday desak bo'ladi:

«Til biladiganlar - til bilmaydiganlarni boshqaradi»

KUNDUZIY

17 Nov, 10:21


Televizor ko'radiganlarni kitob o'qiydiganlar boshqaradi!

Tanishing, bu «Послезавтра» kanali. Men va yana ko'plab insonlarning eng sevimli YouTuberlaridan biri. Juda qiziqarli, informativ va dolzarb mavzularni ko'tarib chiqadi.

Siz uchun AQLLI yoki O'TA SAVIYALI tuyulgan blogerlarning ko'pi asosan undan "ilhomlanishadi". Videolarida aqlli yuz ifodasi bilan «bilarmidingiz?» deb, huddi o'zlari katta ilmiy tadqiqot o'tkazgandek, ishonch bilan QIZIQARLI MA'LUMOTLAR berishlarida shu kanalning o'rni juda katta.

Men va ko'pchilik uni televizorda ko'ramiz. U esa o'z o'rnida videolar g'oyasi va m'lumotlarini kitoblardan oladi. Hatto video ohirida qaysi kitobga asoslanib bu videoni ishlagani haqida ham aytib o'tadi. Oddiyroq tilda aytganda - u shunchaki o'qigan kitobini qiziqarli qilib aytib beradi 🤷🏻‍♂️

Bundan kelib chiqadi-ki...

@kunduziy

KUNDUZIY

16 Nov, 03:44


Diqqat savol: Osmon qaysi rangda?

O'ylash uchun 5 yil qamoq jazosi!

@kunduziy

KUNDUZIY

15 Nov, 15:03


FIFA - Qatarga tegishli.

Bu dunyoda faqat kuchlilar g'olib bo'ladi.

Aslida Afif - bu shunchaki FIFA so'zining teskari variantiligini bilarmidingiz?🤔

KUNDUZIY

15 Nov, 11:28


Robotlarning huquqi yo'q!?

Oxirgi yillarda sun'iy intelekt bilan ijod namunalarini generatsiya qilish ancha ommalashdi va xohlagan inson rasm, video va hatto musiqalarni ham shu usul bilan yaratish imkoniyatiga ega bo'ldi. Bu albatta qaysidir ma'noda yaxshi, hattoki biz kabi ijodkorlar uchun AI - "ijodiy to'xtab qolish" holatlarida yordam bera oladi, mavzular topishda, biror bir narsadan ruhlanishga va hokazo.

Lekin, shu robotlar yaratayotgan kontent turlarining huquqlari kimga tegishli bo'ladi? O'sha robotni ishlab chiqqan kompaniyagami, yoki shuni generatsiya qilgan odamgami? AQSH mualliflik huquqi qonunlariga ko'ra sun'iy intelekt umuman huquqlarga ega emas, toki u orqali yaratilgan kontent odam tomonidan o'zgartirilmagan bo'lsa. Ammo o'sha odam tomonidan kiritiladigan o'zgarishlar nima ekanligi haligacha aniqlashtirilmagan.

Sizningcha kelajakda ushbu muammo qanchalik ijodkorlarning san'atiga ta'sir ko'rsatadi? 💭

@kunduziy

KUNDUZIY

14 Nov, 15:35


Nimalar bo'layapti? 🤯

Shahrimiz ko'chalarida bir nechta har xil LED-ekranlar paydo bo'la boshladi. Har birida har xil sloganlar: "Azamatning banki kechasiyam aloqada", "Azizaning bankida pul har doim nazoratda" va hokazo. Hozirgacha bu LED-ekranlarda hech qanaqa logolar yoki qanaqadir ishoralar berilmagan, shunchaki shunday xabarlar.

Nima deb o'ylaysiz bu ishlarning ortida yangi ochilayotgan bank turibdimi yoki o'zimizning bor banklar mijozlarni jalb qilish uchun yaxshi marketing strategiyasini o'ylab chiqishganmikan? 🤔

Sizlarni ko'zingiz tushgan bo'lsa, nima deb o'ylaysiz bu qaysi bankning ishi bo'lishi mumkin? ✍️

@kunduziy

KUNDUZIY

13 Nov, 14:44


Birinchi qor bilan ❄️

@kunduziy

KUNDUZIY

13 Nov, 08:52


Vaaaaauuuuv! 🤯

@kunduziy

KUNDUZIY

12 Nov, 11:21


Memlar to'plami #1

Agar shu format sizga manzur kelgan bo'lsa 🍓 bosing.

@kunduziy

KUNDUZIY

11 Nov, 14:44


Bugun ziyofat 😋

Video g'oyasi rus blogeridan chopilgan 🪓

@kunduziy

KUNDUZIY

09 Nov, 14:45


Endi senga ham havas qilishadi! (Menimcha) 🤔

Ayfoning bo'lsa ko'pchilik senga boshqacha qaraydi. Yaxshi ma'noda albatta😉. Lekin hoziroq sotib olishga imkon bo'lmasa-chi? 🤔

Internetda o’tirib qiziqarli aksiyaga ko’zim tushib qoldi.👀

Uklon servisidan foydalanib iPhone 16 Pro yoki Apple Watch 10 yutib olishingiz mumkin. Buning uchun shunchaki Uklondagi sayohatlarga pulni Visa kartalari orqali to’lash kifoya.🤷‍♂️

Bunaqa to’lov qiladigan insonlar kamligini inobatga olsak - g’alabaga erishish imkoniyati sezilarli darajada oshadi. 20 ta shunday sayohat va siz sovrinli aksiya ishtirokchisiga aylanasiz.📦

Visa kartangiz yo’q bo’lsa - ochishning ayni payti. Uklonni yuklab oling va o’z omadingizni sinab ko’ring 😉

KUNDUZIY

09 Nov, 12:54


Instagramga video joyladim.

Telegram kanalimga ham qo'ymoqchi edim lekin sifati chidab bo'lmas darajada rasvo bo'lib qoldi. Har qanaqasiga urunib ko'rdim. O'xshamadi😔

Hullas, havola orqali o'tib, like va comment bosing. Ofitsiant bo'lib ishlagan do'stlaringizga jo'natib qo'ying👉🏻 https://www.instagram.com/reel/DCJiU8Au1Gb/?igsh=MW1vbWhmdjRkemU1Mw==

@kunduziy

KUNDUZIY

07 Nov, 16:12


Singlisi bor yigitlar boshqacha fikrlashadi.

O'zim shu narsani anchadan beri sezib yurgan edim. Lekin "balki faqat menda shunaqadur?🤔" degan fikr bilan bu mavzuga unchalik chuqurlashmadim.

Keyin ulg'aydim va dunyoga boshqacharoq nigoh bilan qaray boshladim. Jamiyatdagi ayollar bilan bog'liq masalalar yanada kuchliroq ta'sir qiladigan bo'ldi.

Ayniqsa ma'lum bir materialistik targ'ibotlar qurboniga aylanib, hayotining mazmunini yo'qotgan qizlarga qattiqroq achinyabman. Ular uchun boshqacha qayg'ura boshladim.

Singlisi bor boshqa do'stlarim ham deyarli mendek fikrlashadi. Singlisi yo'q bollarga esa bu narsani tushuntirishning iloji yo'qek!

Hullas, bu chuqur mavzu. Muhammadalining gaplari esa meni ta'sirlantirdi...

@kunduziy

KUNDUZIY

06 Nov, 11:31


Siz qachon o'zgarasiz?

@kunduziy

KUNDUZIY

06 Nov, 07:31


Trump prezidentlikka saylandi deyishyapti.

Endi nima bo'ladi deb o'ylaysiz?

@kunduziy

KUNDUZIY

04 Nov, 12:51


Shu konsertga shaxsan o'zim borib, mazza qilib kulib kelgan edim.

Siz bilan ham shu hissiyotlarni bo'lishgim keldi🌝. O'zbekistonda StandUp rivojlanayotgani hursand qiladi 🫠

Video: https://youtu.be/v0kqHzeUmyE?si=C2xPSmFyxWCDUQXY

KUNDUZIY

02 Nov, 12:03


Shunaqa obunachilar ko'payaversin 🤲🏻

Ayniqsa Jasurga o'xshaganlar 🫠

@kunduziy

KUNDUZIY

02 Nov, 11:27


«Tirikchilik» offline do'konining rasmiy ochilish marosimidan lavhalar. Savdosini bersin.

Shu bahonada endi tirikchilik saytiga kirib bitta donat qilib yuborsangiz nur ustiga a'lo nur bo'lar edi. Moddiy поддержка qilmaganingizga ancha bo'libti 🌝

Donat: https://tirikchilik.uz/kunduziy

@kunduziy

KUNDUZIY

01 Nov, 16:38


Ferb, men endi bo'sh vaqtimizni qanday o'tkazishni bilaman!

Phineas va Ferb multfilmining ijodkorlari 5-mavsum yaqin orada namoyish etilishini e'lon qilishdi, umid qilamizki, yangi mavsum oldingilaridan qolishmaydigan holatda taqdim etiladi. 🙂

Qiziq, endi Dr. Doofenshmirtz oxir oqibat rejalarini barchaga oshkor qilish to'g'ri ekanligini tushunib yetarmikan, yoki hali ham o'sha yomon odatidan voz kechmasmikan? 👀

@kunduziy

KUNDUZIY

01 Nov, 14:35


Premium brendlar bunday ishlamasligi kerak!

Birinchi o'rinda o'z mahsuloti va haridorlariga nisbatan hurmatsizlik. Bunaqa marketingdan keyin farosatli odamlarda mahsulot va brendga nisbatan qiziqish susayib, aksincha, cringe hissiyoti ortadi.

Yana bizga "nima uchun milliy brendlarni qo'llab-quvvatlamaysiz?" deb e'tiroz bildirishadi. Ha bu brendlar cringe botqog'idan chiqa olmasa nima qilaylik? 🤷🏻‍♂️

@kunduziy

KUNDUZIY

31 Oct, 13:33


Kimlarni tanidingiz?

@kunduziy

KUNDUZIY

31 Oct, 13:09


Bomj ukaga yordam beraylik 😢

Video: https://youtu.be/mhGYGYEXMzE?si=YGV_gkBCpaqt1CNx

@kunduziy

KUNDUZIY

29 Oct, 13:11


Sizda shunaqa voqea bormi?

@kunduziy

KUNDUZIY

28 Oct, 11:45


Ha azizlar…

Hali hech qaysi storisimni bunchalik ko’p odam ko’rmagan edi. Deyarli hech qaysi videoim yarim kunda million martta ko’rilmagan. Yana qachon bunaqa ko’rsatgichlar bo’lishini bilmayman ham.

Bu natija uchun hech qanday harakat qilmadim. Shunchaki Timurni to’yiga bordim va o’sha yerdan oddiy storislar qo’ydim. Kuchli harakat bilan - qiziqarli, kulguli yoki manfaatli videolar qilganimda zo’rg’a shu natijani yarmiga erishar edim. Qo’pol qilib aytganda Timurni to’yi meni butun boshli ijodimdan qiziqroq va muhimroq.

Timur uchun hursand bo’laymi yoki o’z ijodim uchun achinaymi? Bu g’alati hissiyot. Sizga ham nasib qilsin.

@kunduziy

KUNDUZIY

27 Oct, 16:14


Rizz? 🤫

@kunduziy

KUNDUZIY

27 Oct, 16:04


AbuDamasdan flex 🕺🏻

@kunduziy

KUNDUZIY

27 Oct, 10:15


O'zbek tilidagi sifatli qisqa metrajli film.

U yerda bitta yaxshi aktyor ham qatnashgan 😁

Film: https://youtu.be/nuTpAQ9Rhog?si=t1Sn-xtmY0RM2m5o

@kunduziy

KUNDUZIY

27 Oct, 06:05


Uzr, lekin rostdan ham dolzarb mem😁.

Hech kimni ustidan kulish niyatim yo'q. Shunchaki chiroyli o'yin tarafdoriman 🫠

@kunduziy

KUNDUZIY

27 Oct, 02:30


Erta turgan kishini - urib sindir tishini!

@kunduziy

KUNDUZIY

26 Oct, 12:40


Ijodkor o'zi kim? Ijod nima? ✍️

Har doim ushbu amallar haqida gapiramizu, lekin aslida bu so'zlarning ma'nosi nima ekanligini hammamiz ham aniq bilmaymiz, chunki barcha san'at subyektiv.

Umuman biror bir lug'atni ochib qaraydigan bo'lsak, ijodkor - yaratuvchi, yuzaga keltiruvchi va yasovchi degan ma'nolarni olamiz. Umuman olganda ingliz tilidagi Creator so'zining o'zi ham menimcha hammasini tushuntirsa kerak va kreativ bu hech qanaqa allambalo so'z emas, balki shunchaki ijodkorona yondashuv desak bo'ladi.

Xuddi shu so'zlarni shunchaki birlashtirsak, hammamiz ijodkor ekanligimiz ma'lum bo'ladi. Ijod bu har doim abstrakt narsalarni bir biriga moslab, auditoriyasiga taqdim etish emas, balki muammoga yechim topish, biror bir narsani yig'ish (masalan: legoni), umumiy qilib aytganda yo'q bo'lib turgan narsani yon atrofdagi holatlardan ilhomlanib hosil qilish bu ijod, shunday ekan hammamiz aslida ijodkormiz qaysidir jabhada, shunchaki uni o'zimiz bilmaymiz.

@kunduziy

KUNDUZIY

25 Oct, 17:08


Venom-3: ohirgi ahmoqlik.

Filmni ko'rdim. Qisqa va lo'nda hulosa qilaman: agar g'irt bekorchi va ortiqcha puli bor odam bo'lsangiz ko'rishga arziydi. Doimgi MARVEL filmi. (Ha, aslida SONY tomonidan suratga olingan). Hech qanday yangilik yo'q. Ta'sirli joylarida hech qanday hissiyotlarsiz poker face bilan o'tirdim. Balki men hissiyotsiz toshbag'rga aylangandurman, balki mualliflar rostdan ham eplay olishmagandur.

Hullas juda oddiy qahramonga aylanish hikoyasi. 🤷🏻‍♂️

@kunduziy

KUNDUZIY

25 Oct, 10:36


Hurmatli Sherzod Hotamovich. Chet tillarini bilmaydigan bechora qorako'zlar nima qilsin? Yana o'sha "Ko't jiguli", "Shok habar: San'atdagi zino", sevdim-o'ldim qo'shiqlar, uylanmagan bolla haqidagi vaynlar yoki "Kelinini o'ynash qilib olgan qaynota" haqidagi seriallardan uyog'iga o'ta olmay qoloq bo'lib qolib ketsinmi?

Agar o'zbek tilidagi media maydonni rivojlantirmasak nima ahvol bo'lishini o'zingiz yaxshi bilsangiz kerak. Iltimos, shu savolga ham javob bering. Bilaman, bu habarimni o'qiysiz. 🫠

KUNDUZIY

25 Oct, 10:36


“YouTube’da ishlayotgan monetizatsiyadan foydalaning” — Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga inglizcha kontent tayyorlashni tavsiya qildi

“Inglizcha kontent qilib, oyiga 5 ming dollar topayotganlar bor”, — deydi raqamli texnologiyalar vaziri.

Batafsil — https://daryo.uz/hGlAOURw

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

KUNDUZIY

22 Oct, 09:53


Shunchalik rasvo holatgacha olib kelib qo'ygan insonlarning o'zlari ham shu havodan nafas olishadi-ku ahir!

Yoki ularda qandaydur himoya vositasi bormi? Yoki ular odammasmi?

@kunduziy

KUNDUZIY

21 Oct, 14:20


Dunyodagi eng katta ahlatxonalar (musorkalar)

@kunduziy

KUNDUZIY

21 Oct, 12:30


Shu yerda, shu kuni gapirmasam yana qachon va qayerda bunaqa imkoniyat bo'ladi?

Video: https://youtu.be/HONxrdumwuU?si=R1vAOAzwsXNbSENx

@kunduziy

KUNDUZIY

21 Oct, 08:01


Bosh qahramonni ustidagi qora kiyim ko'zimga tanish ko'rindi 🤔

KUNDUZIY

19 Oct, 11:58


Nega bunaqa?

@kunduziy

KUNDUZIY

19 Oct, 10:00


«Lay's» yangi ta'm uchun million dollarlik konkurs e'lon qilipti.

Toshkentlik odam sifatida Norin variantini ilgari suraman. Sizning variantingiz? 👇🏻

@kunduziy

KUNDUZIY

17 Oct, 12:56


Heytni qanday qabul qilaman?

Birinchi bosqichda og'riqli bo'ladi. Fikrlarga qarshi kurashgim keladi. Agar adekvat tanqid bo'lsa men ham shunga yarasha chiroyli javob qaytaraman. Lekin heyt asosan juda ahmoqona argumentlar ustiga qurilgan bo'ladi. Va shu joyida men yaxshigina yeb qo'yaman.

Oddiyroq tilda aytganda - itga teng kelib u bilan bir xil ovozda akillashni boshlayman. Bu esa juda ahmoqona qaror.

Ikkinchi kun "o'zi to'g'ri qildimmi? Nimalar bo'lib ketdi?" Deb o'ylab qolaman. Biroz tinchlanaman. Kamroq bu haqida o'ylayman.

Keyin o'rnimdan turib oynaga qarayman (ko'pincha kiyimsiz 🌝). "Qanchalar kelishgan erkakman" deb o'zimga taskin beraman (chunki rostdan ham shunaqa). Keyin hisob raqamimga qarayman, men haqimda ishlanadigan videolarni ko'raman, YouTube dagi natijalarimga nazar tashlayman. Va shundagina ohir-oqibat tushunib yetaman, nima uchun insonlar bunchalik meni ko'ra olmasligini.

Maqtanish emas, lekin ularni dadasi ham orzu qila olmaydigan hayotda yashayman. Qayerdan bunchalik ishonch? Chunki NORMAL oiladan chiqqan inson hech qachon birovni ochiqdan-ochiq heyt qilmaydi. U o'z hayoti bilan band bo'ladi.

@kunduziy

KUNDUZIY

15 Oct, 06:31


Tan olish vaqti keldi.

Aslida men afsonaviy qahramonman. Shunchaki insonlarni chalg'itish uchun blogerlik bilan shug'ullanaman 👀.

@kunduziy

KUNDUZIY

13 Oct, 12:31


Pick Me 🫵🏻

@kunduziy

KUNDUZIY

13 Oct, 10:10


Kim aqlliroq? 🤔

Yaqinda barcha gamerlar orasida qaysi o'yinni o'ynaydiganlarning IQ si baland ekanligi bo'yicha test o'tkazilgan. Uning natijalariga ko'ra League of Legends (LoL) o'yinining player larida IQ testlarini yechish ancha baland chiqibdi. Eng pastroqlardan FIFA (EA FC) joy olgan. 🥲

Jins taraflama qilingan testlarga ko'ra bo'lsa, ayol gamerlar erkak gamerlarga qaraganda aqlliroq degan hulosaga kelingan. Bu test natijalari 18 yoshdan katta 1002 ta o'yin o'ynash ishqibozlari o'rtasida bir qancha malakali psixologlar bilan o'tkazilgan.

@kunduziy

KUNDUZIY

11 Oct, 14:45


Ichimda anchadan beri yig'ilib qolgan gaplarni aytib oldim.

Video: https://youtu.be/68FJdLlyjeA

@kunduziy

KUNDUZIY

11 Oct, 12:56


Shundan keyin ham animeni yomonlasang, bilmadim endi 🤷🏻‍♂️

@kunduziy

KUNDUZIY

11 Oct, 11:00


2024-yilda odamlar mashinada uchib yurishadi!

2024-yilda odamlar:

@kunduziy

KUNDUZIY

10 Oct, 16:16


Borgan sari TOPLESdan ko'nglim qolib ketyapti...

KUNDUZIY

06 Oct, 09:11


We got Rapper Shrek before GTA 6 🤯

Sun'iy Intelektni ijodni o'ldirmasdan balki uni rivojlanishi uchun ham ishlatish mumkin, bunga yaqqol misol Blorg Youtube kanali. Avvaliga oddiy Mr. Krabs va Plankton orasida Bikini Bottom dagi urushdan boshlab, hozirda endi boshqa bolaligimizdagi multfilm qahramonlarini ham voqealar rivojini xuddi biz xohlagan tarzda faqat rep ko'rinishida davom ettirib kelmoqda. 🦖

Katta korporatsiyalar eplolmayotgan ishni, ushbu ijodkor eplayotganiga tasanno aytish kerak, chunki oxirgi vaqtda menimcha sikvellardan faqat Miles Moralesning ikkinchi qismi muxlislar qalbidan joy oldi. Siz nima deysiz? 🤷‍♂️

Biz ushbu kanalning musiqalarida targ'ib qilayotgan ba'zi bir ishlarni targ'ib qilmaymiz va sizga ham o'sha ishlardan yiroq bo'lishingizni so'raymiz.

@kunduziy

KUNDUZIY

05 Oct, 10:15


🤌🏻

@kunduziy

KUNDUZIY

03 Oct, 09:13


Aynan shunaqa izohlarni kutgandim. 🫠

Podcast suratga olish jarayonlari tugaganidan keyin Teacher bilan bir-birimizga qarab: "Davron akani yangidan kashf qildik" deb aytgan edik. Tomoshabinlar ham shuni sezgan bo'lishsa, demak mehnatimiz besamar ketmabdi.

Ko'rishga arzigulik muazzam podcast bo'lgan: https://youtu.be/yySD4K-JC7o?si=mszNq7yYmz_MBYeo

@kunduziy