Qoralama (21+) @matbuotraisi Channel on Telegram

Qoralama (21+)

@matbuotraisi


Mutolaa — zamonlar osha tekin sayohat!

@sizgaxatbor_bot

Qoralama (Uzbek)

Sizga butun dunyo bo'ylab eng yangi matbuot rivojlanmalari, maqolalar va ma'lumotlarini taqdim etadigan "Qoralama" kanaliga xush kelibsiz! Kanalda turli janrlardagi matbuot materiallari, rivojlanayotgan matbuot sohasidagi eng so'nggi yangiliklar va boshqa zarur ma'lumotlar sizni kutmoqda. "Qoralama" kanali orqali sizning dunyoga qarab o'tishizga o'z hissangizni qo'shishingiz mumkin. Sizga maqolalar va yangilklar bilan birga, matbuot sohasining so'nggi rivojlanmalarini ham o'rganish imkoniyati beriladi. Sizga qanaqa matbuot rivojlanmalarini ko'rishni yoki yozgan yangi maqolalar haqida ma'lumot olishni istaysizmi? Agar ya, esa, "Qoralama" kanali siz uchun eng maqbul variant bo'lishi mumkin. Sizni qoralamoqchanlarni qayta qayta kutmoqda ko'rishimizni umid qilamiz

"matbuotraisi" kanalidan olingan mutolaa orqali sizning sayohatingizni yanada tez va qulay olishingiz mumkin. Zamonlar osha tekin sayohatga tayyorlaning va yangi joylarni kashf eting! Telegramda sizning sevimli sayohat uchun birinchi darajali manzillarni topishga yordam bergan @sizgaxatbor_bot ning ham imkoniyatlari bilan tanishing. Qoralama kanaliga obuna bo'ling va eng yangi matbuot rivojlanmalari bilan tanishib chiqing. Biz bilan birgalikda, dunyoning eng so'nggi yangiliklarini, maqolalarini va ma'lumotlarini o'rgangan va ulashingan har bir bilim va tajribani baham ko'rishga tayyormisiz?

Qoralama (21+)

22 Jan, 07:07


Oxirgi 2-3 oʻyinni hisobga olmaganda, Srechko termani yangi darajaga olib chiqdi.

Sogʻlik tilaymiz!

Qoralama (21+)

21 Jan, 15:19


Jirkanchlik)

Qoralama (21+)

21 Jan, 12:32


Dengiz kasalinglar boʻlmasa, ketdik!

Qoralama (21+)

21 Jan, 08:03


Kitob bilan bogʻliq qiziq maʼlumot

1. Eng katta kitobning nomi "Kuthodaw Paya" bo‘lib, u Myanmada joylashgan. Ushbu kitobning sahifalari marmar plitalaridan yasalgan bo‘lib, uning og‘irligi minglab kilogrammni tashkil etadi.

2. Dunyodagi eng kichik kitob Kanadada yaratilgan bo‘lib, uning nomi "Teeny Ted from Turnip Town". U faqatgina maxsus mikroskop ostida o‘qilishi mumkin, chunki harflar 0,07 mm o‘lchamda!

3. Leonardo da Vinchining "Lester kodeksi" qo‘lyozmasi dunyodagi eng qimmat kitob sanaladi, 1994-yilda asar Bill Geyts tomonidan 30,8 million dollarga sotib olingan.

4. Eng uzun roman fransuz yozuvchisi Marsel Prustning "Yo‘qolgan vaqtni qidirib" asari bo‘lib, unda 1,2 milliondan ortiq so‘z bor.

5. Bir kechada yozilgan bestseller Meri Shellining "Frankenshteyn" asari bir kechada yozilgan bo‘lib, u bugungi kunda ham eng mashhur fantastik kitoblardan biri hisoblanadi.

6. Bibliya dunyodagi eng ko‘p chop etilgan kitob bo‘lib, u 5 milliard nusxadan ko‘proq miqdorda tarqatilgan.

7. Kanadadagi "Munro’s Books" kitob do‘koni hayvonlar uchun ochiq. Bu yerga mushuklar tez-tez mehmon bo‘lib keladi va ular do‘konda yashashadi.

8. Statistikaga ko‘ra, dunyoda har bir daqiqada bir yangi kitob nashr etiladi.

9. Eng qisqa hikoya: “Bolalar poyabzali sotiladi, kiyilmagan” degan atigi 6 ta so‘zdan iborat boʻlib, Ernest Xemingueyga tegishli.

10. Bryus Bateman ismli shaxs kitoblarni yaxshi saqlashi bilan tanilgan. U 50 yil davomida bitta kitobni shikast yetkazmay o‘qib, saqlash bo‘yicha rekord o‘rnatgan.

@matbuotraisi

Qoralama (21+)

20 Jan, 18:17


Sizlar ham xuddi oʻzlaring Manchesterga borgandek xursand boʻlyapsizlarmi?😂

Qoralama (21+)

20 Jan, 18:12


Abduqodirning eʼlon qilingani bir taraf-u, videoni oʻzbek tilida tayyorlanganligiga juda mazza qildim.

Oʻzbekistonda, xususan Toshkentda bunchalik qadri borligiga shubham bor oʻzbek tili.

Qoralama (21+)

20 Jan, 18:01


Husanov Sityda
https://www.instagram.com/reel/DFDoCkmusU5/?igsh=ZHV2bDV5cWowcmFy

Qoralama (21+)

20 Jan, 17:08


Bugun bekorchilikda Nurbek Alimov, Eldor Asanov, Laziz Hamidov, Zafarbek aka Solijonov, Xushnud Xudoyberdiyevlarning telegram kanallariga birrov koʻz yugurtirdim.

2017-18-19-yillardagi postlari bilan oxirgi 2 yillikda yozilgan materiallarni oʻzimcha solishtirgan boʻldim. Oxirgi 8 yillikning matnlardagi belgilari ajoyib, ochigʻi.

Eldor Asanov va Nurbek akalarda deyarli biror jiddiy ijtimoiy-siyosiy masala haqida avvalgidek ochiq fikrlar yoʻq. Albatta bir tarafdan sabab sifatida jamiyatning bosimini ham koʻrsatish mumkin.

Yuqoridagi ikki bloger hazil-mutoyibaga, (Alimoff Youtube'ga kontent qilayaptilar) Xushnudbek va Zafarbek Solijonovlar deyarli xabar janriga oʻtib qolgan. Laziz Hamidov ham shu yoʻnalishga oʻtgan, "Ular" loyihasi avvalgidek "keskin" emas.

Yana bir "Tentakminds" degan kanal 2023-yil boshidayoq faoliyatini tugatib yuborgan. Yuqoridagi roʻyxatni istalgancha davom ettirsa boʻladi. Kuchli jurnalist va faollarning koʻpi yoʻnalishlarini oʻzgartirib yuborishgan.

Xullas shularni oʻylab turib, 2017-19-yillarda darvozalardan kirgan toza havo kanali qisib qoʻyilgandek taassurot uygʻondi manda. Lekin albatta bundan yaxshiroq boʻlishiga "jichcha" umidcha yoʻqmas hali ham.

Yashaberaveraylikchi-a?!

@matbuotraisi

Qoralama (21+)

20 Jan, 13:21


Hamma "Muqaddima"lab qoldi ijtimoiy tarmoqlarda. Tushungan ham, tushunmagan ham sotib olyapti. Eng kulgili joyi nashriyotda 85 ooo soʻm turgan kitob onlayn doʻkonlarda 300 minggacha sotilyapti.

Odamlar shuni ham sotib olyapti, lekin bu kitob xos davra uchun deb tushunaman. Man odamlar kitob sotib olishidan faqat va faqat xursand boʻlaman, ishonaveringlar!

Vaqt ajratib shu maqolani oʻqinglar, keyin "Muqaddima"ni sotib olishni qayta oʻylab koʻrasizlarda.

@matbuotraisi

Qoralama (21+)

20 Jan, 11:53


23-24-yanvar kunlari ashnaqa sovuq boʻlarkan. (-13,-14°C)

Manimcha bu safar metanda navbatda turganlar video tarqatishmaydi.

©️ Tom Kruz

Qoralama (21+)

19 Jan, 09:57


👩🏻‍⚕️ Bizning o'ta malakali shifokorlar...

1-sonli Respublika shoshilinch bolalar shifoxonasiga istima bilan olib borilgan 2 oylik qizchaga noto‘g‘ri muolaja qilinishi oqibatida qo‘llarini gangrena boʻlib, kesib tashlangani aytilmoqda.

Sog'liqni saqlash vazirligi oldida eng katta muammo bu kadrlar masalasi.

Ko'pgina obunachilarimiz tomonidan tibbiyot bo'yicha shikoyat asosan Nafaqaga chiqqan hamshiralar hali ham tizimda ishlab yurgani, ularni pensiyaga chiqqanidan keyin kuzatib qo'yish imkoniyati yaratadigan qonun hujjati yoqligi yuzasidan etiroz bildirilmoqda.

Shu sababli Tibbiyot texnikumlarini bitirib kelayotgan yoshlar ishga joylashmasligiga asosiy sabab aslida nafaqaga chiqqan hamshiralardi o'rin almashmayotgani.

https://t.me/kanalg_obuna_boling

Qoralama (21+)

17 Jan, 16:16


Daryo.uzʼda "Mamlakatlar tanazzuli sabablari" kitobi haqida zoʻr suhbat boʻlibdi.

Vaqt ajratib koʻringlar, boʻsh vaqtda koʻrgan bilan tushunmaysizlar)

https://youtu.be/HLuTAT3EaXw?si=SC6oZa5JS7HUWMTd

Qoralama (21+)

17 Jan, 06:19


Dunyoqarashingni 180 gradusga oʻzgartirib yuboradigan kitob:

https://www.instagram.com/reel/C4VEpIbsTJ7/?igsh=NTlqemg0NnNwcXEy

Qoralama (21+)

14 Jan, 18:50


Man shu paytgacha amaldorlar pastdagi muammolarni tanalarida his qilishlari kerak deb oʻylardim. Yoʻq biznikilarga u ham yordam bermas ekan.

BAAning “Jetex” kompaniyasi O‘zbekistonda havo orqali taksi xizmatini yo‘lga qo‘yadi ekan.

Ma’lumot uchun aerotaksi xizmati – tirband shaharlarda tez harakat qilish uchun kichik uchuvchi yoki uchuvchisiz havo vositalari orqali VIP mijozlarga xizmat ko'rsatish hisoblanadi.

Mashnaqa xullas)

Qoralama (21+)

14 Jan, 18:18


Butun 4 yil davomida oʻqituvchi talabadan darsga qatnashmaganligi uchun nafratlanib yashaydi. Talabaga ham ustozning oʻtmish voqealari qiziq emas.

Salohiyati talabani darsga jalb qilishga yetmagan ustozning qoʻlida sessiyalar payti richag paydo boʻladi. Ustozlar esa bundan foydalanib talaba "kimligini koʻrsatib qoʻyishadi".

Bunday tizim universitetdagi munosabatlardagina qolmagan. Davlat tashkilotlari tizimlarigacha shunday. Bemalol bitta ilmiy tadqiqot qilishlik mavzu bu aslida.

Yoshlar maʼnaviyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan konspetual bir narsalar, yana nomi uzun, yodda qolmaydigan bir tiyinga qimmat dissertatsiyalardan boʻshagan vaqtlaringda boʻlajak professorlar, jamiyatimizdagi shu kabi masalalarni real tadqiqot qilsanglar jaaa bir yaxshi ish boʻlardi.

Ashnaqaaaaa...

Hurmat bilan,
Oʻzim

Qoralama (21+)

14 Jan, 15:53


Rahbaringizdan hech qachon o‘tib ketmang. O‘zingizdan yuqori bo‘lganlarni doimo qulay va ustun his qilishlariga imkon bering.

Ularni hursand qilish yoki ularga taasurot qoldirish istagida, o‘z iste’dodingizni haddan tashqari ko‘p namoyon qilmang: aks holda siz ularga qo‘rquv va ishonchsizlik uyg‘otishingiz mumkin.

Rahbaringizni ular ko‘rinadigan darajadan ajoyibroq ko‘rsatishga harakat qiling va siz kuch cho‘qqilariga erishasiz.

Robert Grin
📚 Hokimiyatning 48 qoidasi

Bugun FIKRʼda shuni oʻqib qolgandim. Keyin kichik tadbirda "X" dagi soʻzlarga guvoh boʻldim. Qiziq vaziyat)

Mashettan sizlar ham qoʻshilsanglar boʻladi: https://t.me/+jTldZ6EHZxY4Nzli

@matbuotraisi

Qoralama (21+)

14 Jan, 12:34


1. Martin Idenning “tirishqoqlik va mehnat bilan hamma narsa mumkin” degan falsafiy qarashlari qayerda o‘z kuchini yo‘qotdi?


2. Sizningcha, Martin Iden hayotida baxtni topa oldimi? Nega u o‘zini hayotdan ajratishga qaror qildi?


3. Sizningcha, Martinning individualizmi uni kuchliroq qildi yoki yolg‘izlantirdimi?

Shu savollarga beradigan javoblaringiz juda muhim!

Qoralama (21+)

14 Jan, 08:46


Eng razil ish — odamning eʼtiqodini vosita qilib amalga oshiriladigan propaganda.

Qoralama (21+)

14 Jan, 06:01


Mashnaqa xullas)

Qoralama (21+)

14 Jan, 03:08


Barcha soliq toʻlovchilarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklayman. 🫡

Qoralama (21+)

13 Jan, 17:00


Bugun rosa ish koʻpayib ketdi. Hozir chiqdim. Yashab qolisham qiyin boʻpkettiye))

Qoralama (21+)

13 Jan, 15:25


Boʻydoqlar, byaxkelilar azoblanishinglar shart:))

Qoralama (21+)

13 Jan, 10:03


Talabalar ;)

Qoralama (21+)

13 Jan, 05:52


Sirri holim sharhi ruh ilmida yoʻq...
Bu faqat sevgimi?
Bu faqat ishqmi?

Behzod Fazliddin

Qoralama (21+)

11 Jan, 13:43


@asaxiybooks ga rahmat!

Qoralama (21+)

11 Jan, 01:23


Abduqodir Husanov APL'da. Bu natija uchun Bunyodkor jamoasiga alohida tashakkur!

Qoralama (21+)

10 Jan, 17:45


Siyosatshunos Narzulla Joʻrayev bilan gaplashganimda bir gap aytgan edilar, hali esimdan chiqmaydi.

"Ziyoli oʻlaroq ilm odamlari, fandagi tarafkashliklar, guruhbozliklarga barham berishlari kerak".

Juda xunuk ishlar boʻlibdi. Hozir oʻqib tushundim.

Qoralama (21+)

10 Jan, 16:42


🤌 qilib ishlash/oʻqish kerak hozir!

Qoralama (21+)

10 Jan, 16:42


Yana qanday tushuntirish mumkin metroda "pik" paytda sevgan qizingni qizgʻonolmaysan, ishon:))

Qoralama (21+)

10 Jan, 13:06


"Oʻngga qarab yotsam biqinim ogʻriyapti, pastga qarab yotsam nafasim siqyapti, tepaga qarab yotsam televizor koʻrolmayapman" — degandek boʻlibdi.;)

Qoralama (21+)

10 Jan, 08:23


Shu kunlargayam keldik. Oʻzbek futbolchisi APLʼda, boʻlib ham Grand jamoada)

Qoralama (21+)

09 Jan, 14:22


Abdulla Qodiriyning otilishiga sabab boʻlgan satrlar...

“Men koʻb umrimni shu yurtning tinchligʻi va fuqaroning osoyishi uchun sarf qilib, oʻzimga azobdan boshqa hech bir qanoat hosil qilolmadim. Ittifoqni ne el ekanini bilmagan, yolgʻiz oʻz manfaati shaxsiyasi yoʻlida bir-birini yeb, ichkan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprogʻidan yoʻqolmay turib, bizning odam boʻlishimizgʻa aqlim yetmay qoldi.

Biz shu holda ketadirgan, bir-birimizning tegimizga suv quyadirgʻan boʻlsaq yaqindirki, oʻrus istibdodi oʻzining iflos oyogʻi bilan Turkistonimizni bulgʻatar va biz boʻlsaq oʻz qoʻlimiz bilan kelgusi naslimizning boʻynigʻa oʻrus boʻyindirigʻini kiydirgan boʻlarmiz. Oʻz naslini oʻz qoʻli bilan kofir qoʻligʻa tutqin qilib topshirquchi — biz koʻr va aqlsiz otalargʻa xudoning laʼnati albatta tushar, oʻgʻlim!

Bobolarning muqaddas gavdasi madfun  Turkistonimizni toʻngʻuzxona qilishigʻa hozirlangʻan biz itlar yaratguchining qahriga albatta yoʻliqarmiz! Temur Koʻragon kabi dohiylarning, Mirzo Bobur kabi fotihlarning, Forobiy, Ulugʻbek va Abu Ali Sino kabi olimlarning oʻsib-ungan va nashʼu namo qilgʻanlari bir oʻlkani halokat chuqurigʻa qarab sudragʻuchi albatta tangrining qahrigʻa sazovordir, oʻgʻlim! Gunohsiz bechoralarni boʻgʻizlab, bolalar yatimxonalarini vayron qilgʻuchi zolimlar — qurtlar va qushlar, yerdan oʻsib chiqgʻan giyohlar qargʻishigʻa nishonadir, oʻgʻlim!..” (Oʻtkan kunlar)

Maishiy asarlarda bunday fikrlar boʻlmasligi kerak. Qodiriy balki oʻzbek adabiyotida eng TOP asar muallifi emasdir, lekin bu "Oʻtkan kunlar"ning maishiy asar ekanligini bildirmaydi.

Qoralama (21+)

08 Jan, 18:08


Lekin maishiy masalalardan koʻtarilganda oʻzbek adabiyoti va madaniyati uchun shoh asar "Oʻtkan kunlar", shuni unutishma hech qaysing!

Abdulla Qodiriy o‘zbek adabiyotida tarixiy romanchilik asoschisi hisoblanadi. "O‘tkan kunlar" o‘zbek tilidagi ilk tarixiy roman bo‘lib, milliy adabiyotga yangi janrni olib kirdi.

Asarda Buxoro va Qo‘qon xonliklari davridagi ijtimoiy-siyosiy muhit, adolat va zolimlik o‘rtasidagi kurash, xalqning kechmishlari aks ettirilgan. Bu holatlar milliy uyg‘onish harakatlari uchun ham katta turtki bo‘lgan.

Roman jadidchilik g‘oyalariga uyg‘un holda o‘zgarish va ma’rifatparvarlik zarurligini doimiy eslatib turadi. Otabekning(u balki yaxshi er, oʻgʻil, ota, kuyov boʻlmasligi mumkin) modern fikrlari bilan eski qarashlarga to‘qnashuvi o‘sha davr yoshlarining yangi dunyoqarashga intilishini ko‘rsatadi.

Oʻtkan kunlarni oʻqib hech narsa tushunishmayotgan boʻlsang ayb oʻzingda. Bu kitob muhabbat va oilaviy/maishiy muammolar haqida emas. Hali ulgʻayishing kerak)

Qoralama (21+)

08 Jan, 10:20


Aynan shuning uchun qiz bola boy yigitni tanlashi ham normal)

Qoralama (21+)

08 Jan, 04:56


Postlarga ko'p-ko'p reaksiya bosish, ma'noli, tahliliy, go'zal izohlar yozish boshqa (yangi) obunchilar hamda reklama beruvchilarni jalb etar ekan.

Qoralama (21+)

06 Jan, 13:17


Shunaqa kunlar keldi-ye...
ManCity yaxshimi, Realmadridmi deb bahslashib oʻtiribmiz. E qoyile...😁)

Qoralama (21+)

06 Jan, 04:14


1-fevraldan Oʻzbekiston boʻylab piyoda yuramiz ekan.

Qoralama (21+)

06 Jan, 03:44


2024-yil oʻqigan kitoblarim

1. Nabijon Boqiy "Qizil toshboʻron"
2. Nazar Eshonqul "Kitob bandasi"
3. Jorj Martin "Taxtlar oʻyini"
4. Sharl Montyeske "Qonunlar ruhi"
5. Yulo Vooglayd "Vatandoshlik dasturi"
6. Nodar Dumbadze "Hellados"
7. Jek London"Uch qalb"
8. Klaus Shvab "Toʻrtinchi sanoat inqilobi"
9. Ulugʻbek Hamdam "Muvozanat"
10. Erix Fromm "Sevgi sanʼati"
11. "Ozodlikdan qochish"
12. Gustav Lebon "Omma psixologiyasi"
13. Frans Kafka "Jarayon"
14. "Qalʼa" (menimcha F.Kning 2 ta kitobini qayta oʻqishim kerak)
15. Abdurauf Fitrat "Oila"
16. Patrik Jozef "Gʻarbning oʻlimi"
17. Hamidulloh Beruniy. "Ahli sunna val jamoa kimlar?"
18. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf "Islom tarixi I"
19. "Islom tarixi II"
20. "Baxt kaliti haqida rivoyat" Hikoyalar
21. Aziz Nesin "Gʻaroyib bolalar"
22. Jek London "Martin Iden"
23. "Uch qalb"
24. Jorj Oruell "Ruhoniy qizi"
25. Yovuz Bahodiroʻgʻli "Yonayotgan Buxoro"
26. Den Braun "Ibtido"
27. Alixontoʻra Sogʻuniy "Turkiston qaygʻusi I"
28. "Turkiston qaygʻusi II"
29. Jin Sharp "Diktaturadan demokratiyagacha"
30.  Jeyms Patterson va Marshall Kerp "Qoʻlingdan kelsa, mahv et"
31. Agata Kristi kitoblari
32. Rosling "Faktfullness"
33. Suhrob Boʻronov "Geosiyosat"
34. Mahmudjon Qozoqboyev "Oʻzbekxon"
35. Ernest Xeminguey "Chol va dengiz"
36. Oʻlmas Umarbekov "Odam boʻlish qiyin"
37. Ramita Navai "Yolgʻonlar shahri"
38. Allan Dib "Bir varaqli marketing reja"
39. Rey Bredberi "Farangeyt boʻyicha 451°"
40. Styuard Allan and Barbie Zelizer "Journalism in wartime"
41. Tomas Harris "Qoʻzichoqlar sukunati"
42. Oxunjon Hakim "Xiva bosqini"
43. Herbert Uells "Doktor Moro Orolida"
44. Nabijon Boqiy “Madfun Turkiston”
45. Karl Marks nazariyalari (oʻzbek tiliga tarjima qilinganlari)
46. Robert Grin "Mahorat" (xato tanlovim)
47. Grigoriy Petrov "Oq nilufarlar yurtida"
48. Paulo Koelo "Alkimyogar"
49. Uinston Grum "Forest Gamp" (kinosini koʻrgandan keyin oʻqigandim, kitobi kinosi bilan bir xil deyarli)
50. Jeyms Xedli Cheyz "Venetsiya missiyasi"

@matbuotraisi

Qoralama (21+)

05 Jan, 08:40


Gazeta.uz da ishlab, malaka oshirish rejalarimda yoʻq emas;)

Test bu yerda — https://www.gazeta.uz/uz/2025/01/04/who/

Qoralama (21+)

04 Jan, 06:30


Oxirgi voqealar koʻpchilik uchun Vatan tushunchasini oʻzgartirdi, menimcha!

Qoralama (21+)

03 Jan, 15:15


Akaga sogʻlik tilayman. Mani qiziqtirayotgan ikkita narsa bor:
— unga yetkazilgan zarar kompensatsiya qilinadimi?

— boshiga qop kiydirishgani haqidagi gaplarning oxiriga boriladimi?

Qoralama (21+)

03 Jan, 14:32


5 kungina boʻlmaganimga metro avtobuslarni 3 000 soʻm qilib qoʻydinglarmi?

Qoralama (21+)

03 Jan, 12:30


Bir qarorga keldim, ketaman ekan!

Qoralama (21+)

03 Jan, 09:36


"Man kichkinaligimdan Real Madrid muxlisiman" — deb qoʻrqmay aytaveramiz🫡.

Qoralama (21+)

03 Jan, 05:44


Hech kimga bermaydi hech kimsa erkin,
Biror jon shunchaki o'lavermaydi...

Hamma ham Xudoni biladi, lekin
Hamma ham musulmon bo'lavermaydi...


✍️ Asqar Mahkam

Qoralama (21+)

02 Jan, 07:05


Kechagi ish, bunaqa vaziyat hammamiz bilan sodir boʻlishi mumkinligiga signal. "Aslida hammasi oʻsha-oʻsha lekin baribir oʻzgargan" — degan jumlaga tushadigan Vatanim!

Qoralama (21+)

01 Jan, 19:05


Hamma umidlar uzilishi bilan boshlandi yil. Oxiri baxayr boʻlsin!

Qoralama (21+)

01 Jan, 18:25


​​Qasd muhim, o‘rtoqlar

Gaz zapravkalardagi muammo haqida gapirib chiqqan fuqaro G’ayrat Do‘stov 15 sutkaga qamalibdi. Ko‘pchilik adolatsizlik bo‘lganini haqli e’tiroz bildiriyapti. Keling, biz vaziyatga yuridik nigoh bilan qarab ko‘ramiz.

Dinimizda “amallar niyatga bog’liq”, degan qoida bor. Huquqda ham “qasd” tushunchasi shunga yaqin.

Qasd deganda birovdan o‘ch olish tushunilmaydi. Qasdni, oddiy qilib aytganda, istak (niyat) desak bo‘ladi. Ya’ni jinoyatni sodir etishda nimaga zarar yetkazish istalgan? – shuni qasd tushunchasi ochib beradi.

Masalan, qasddan odam o‘ldirish (JK 97-moddasi) jinoyatida qilmish odamning hayotiga, yashashiga tajovuz qilish niyatida sodir qilinadi.

Endi qarang. Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish natijasida odam o‘lsa 97-modda bilan ayblov qo‘yilmaydi. Bunday qilmish JK 104-moddasi 3-qism “d” bandi, ya’ni qasddan badanga og‘ir shikast moddasi bilan kvalifikatsiyalanadi.

Nega shunday? Chunki “104” bo‘yicha odamni o‘ldirish niyat qilinmaydi. Sog’ligiga shikast yetkazish ko‘zlanadi.

Ko‘ryapsizmi, niyat farq qilgani uchun qilmish turli xil malakalanyapti. Shuning uchun bularning jazosi ham farq qiladi, albatta.

Masalaning mohiyatini tushunish uchun uzoqdan olib keldim. Endi Do‘stovga qo‘yilgan mayda bezorilik moddasiga yuzlanamiz (MJtK 183-modda).

Modda dizpozitsiyasidan kelib chiqsak, bu huquqbuzarlik jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslikdan kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, huquqbuzar “delovoyligini” hammaga ko‘rsatib qo‘yish uchun to‘polon qilib, so‘kinishi kerak.

Do‘stov ham jamoat tartibini atayin buzishni xohlaganligi o‘z tasdig‘ini topgan bo‘lishi kerak edi. Shundagina huquqbuzarlik kelib chiqishi mumkin bo‘lardi. Qasd bunga qaratilgan bo‘lmasa, mayda bezorlik yuz bermagan deb hisoblanishi kerak.

Advokat G’aniyev ta’kidlaganidek, G’ayrat Do’stovning videodagi gaplaridan shu narsani tushunish mumkinki, u shunchaki o‘zining asosli e’tirozini bildirgan.

Rostan ham Do‘stovning atayin jamoat tartibini buzganligi ko’rinmaydi. Harqalay, yurish-turish qoidalarini mensimaganligini isbotlovchi faktni sud qarorida biz ko‘rmadik.

Axir, jamoat tartibini buzishga qaratilgan qasd yo‘q emasmi?

Akani mushkuli oson bo‘lsin. Sud qarori ustidan shikoyat bildirilishi lozim.

@LEGISTUZ

Qoralama (21+)

31 Dec, 16:54


22 yoshda yangi yilni xursandchiligi — jiyanlaring)

Qoralama (21+)

31 Dec, 05:38


Yangi yil haqida mashetta gaplashilinadi: https://t.me/+nywWYqme7Hk2M2Ji

Qoralama (21+)

30 Dec, 17:09


Eng yoqtirmaydigan narsalarimdan biri kitoblarni aniq maqsad bilan nimadir beradi deb o'qishdir.
Bu necha yillar davomida noto'g'ri olib borilgan kitob targ'iboti natijasi deb bilaman.


Professional, ilmiy yoki darslik bo'lmagan kitoblar nimadir aniq maqsad bilan o'qilmaydi. Ayniqsa, badiiy kitoblar. Ular miyaga dam berishning yana bir yaxshi yo'lidir. Xuddi yaxshi kino, sayr va boshqa dam olish vositalari kabi. Shunchaki maza qilib o'qiysan va mulohaza qilasan.

Kitob o'qish jarayonida miyada yangi to'qimalar shakllanishi, mantiq va fantaziya yaxshilanishi, so'z boyligi oshishi, hayotni yaxshiroq tushinish, fokus yaxshilanishi, uyqu sifati oshishi kabi o'nlab bonuslari bor.

Lekin, badiiy kitoblar bu bonuslari uchun ham emas, shunchaki o'qiladi.
Kitob o'qidim degan odamga, bu kitob senga nima berdi deb turib baholash xato deb o'ylayman.

Yangi yilda professional kitoblardan tashqari shunchaki o'zingiz uchun maza qilib badiiy kitoblarni o'qing. Odat qilsangiz, maza qilasiz.

#kitob
@allaevuzb

Qoralama (21+)

28 Dec, 19:44


Miyyamga daxshat gʻoyalar kelyapti, diplom ishim, dissertatsiya uchun mavzular topib rejalar qildim hozir😁)

Yozib qoʻydim yodimdan chiqib ketmasin deb😂

Qoralama (21+)

28 Dec, 18:30


Shu joyini koʻringlar

https://youtu.be/2wXMtUfZB-Q?t=2530&si=d8f5mK_f7_cmpbS3

Qoralama (21+)

27 Dec, 11:40


👀 1.7 mln

Oʻtgan yilgidan 70 foizga koʻproq koʻrishlar.

Ketkazgan vaqtingiz va koʻzingiz nuriga rozi boʻlinglar.

2025-yilda ham imkon qadar foydali matnlar ulashishga harakat qilaman!

Qoralama (21+)

27 Dec, 07:32


Darsliklarda hayotda mavjud fenomenlar kiritilayotgani — zoʻr!

Qoralama (21+)

27 Dec, 03:56


​​​​#reading

Ovqatlanish kulti

Bilasizmi yo'qmi, lekin Jek Londonning "Hayotga muhabbat" degan hikoyasi bor. Real voqealarga asoslangan ushbu hikoya ovloq joyda och-nahor va yaralangan tarzda qolib ketgan insonning tirik qolish uchun kurashini tasvirlaydi. Uning finalida qahramon uzoq vaqt ochlikdan qiynalib, qutqarilganidan keyin unda g'alati odat paydo bo'ladi. U mutlaqo hojati bo'lmasa ham o'z kayutasida ovqat g'amlab qo'yishni boshlaydi.

Kecha Endryu Doygning "Memento mori" kitobini o'qirkanman unda qiziq bir tadqiqot haqida yozilganini o'qib qoldim.

Xullas, 1944-yilda Minnesota universitetida amerikalik fiziolog Anselya Kisa boshchiligida qiziq tajriba o'tkaziladi. Yuqori jismoniy va ruhiy sog'liqqa ega 36 ta erkak ochlik bilan sinaladi.

Birinchi 3 oyda ular normal ovqatlar bilan boqiladi, keyin 6 oyda esa ratsion keskin pasaytiriladi, lekin ulardan aktiv hayot kechirish talab qilinadi. Natijada tiklangan sog'liqdan keyin erkaklar hayot tarzida qiziq o'zgarishlar yuz beradi.

Ko'ngillilarda ovqatga tiyiqsiz qiziqish paydo bo'ladi. Bu tabiiy deyishingiz mumkin. Erkaklar ovqat haqida o'ylamay tura olishmaydi. Suhbatlarning asosiy mavzusi ovqat bo'lib qoladi. Ovqatlanish vaqti uzayadi, tez-tez yamlamay yutish odat tusiga kiradi. Kulinar mavzusidagi kitoblar, menyu va qishloq xo'jaligi haqidagi maqolalar sevimli mutolaa janriga aylanadi. Eng katta ko'ngilochar narsa, boshqalar qanday ovqatlanishini kuzatish edi. Choy, kofe va jevachka chaynash hajmi keskin ortib ketadi.

Ular sinov davridan keyin kuniga 8000 - 10000 kaloriya taomlana boshlashadi, bu normadan 3 baravar ko'p edi. Natijada ba'zilar bo'kib qolishdan azob chekishadi, qolganlar esa qancha ko'p yemasin, to'yganini bilolmas, hatto 5 ming kaloriyadan keyin ham doimiy ochlikni his qilishardi. Faqatgina 3-4 oydan keyingina ular normal hayot tarziga qaytishga muvaffaq bo'lishadi.


Hozir shukrki, biz ochlik emas, hamma joyda to'qlik. Lekin ovqatlanishga bo'lgan qiziqish juda yuqoridek tuyuladi menga. Masalan, instagramda food yoki gastronomik blogging sferasi juda aktiv tomosha qilinyapti. Deyarli barcha restoran va oshxona o'z ijtimoiy tarmoqlarida ovqatlanish kultini shiddat bilan olib borayapti. Telegram gruppalarda choyxona va yangi ovqatlarni yeyish mavzusi trendda. Ko'pchilik semirishdan azob chekayapti.

Menga mana shu paradoks qiziq tuyuldi. Bu haqida o'ylab ko'rishga arziydi.

@panda_books

Qoralama (21+)

26 Dec, 10:01


Mashnaqa ota boʻlmash kerak. (1-rasm)

Shunaqa ota boʻlishsang mamnaqa travmalik, psixik nosogʻlom, nafratga toʻla odamlar yetishtirib berishasan jamiyatga. (2-rasm)

Qoralama (21+)

26 Dec, 09:44


Korzinkani ichida kutubxona ochish kerak edi.

Qoralama (21+)

26 Dec, 09:31


2024-yil kitoblari 6/10

Odam gavjum olomon ichida ham yolg‘iz bo‘lishi mumkin. Yolg‘izlikning o‘zi nimani anglatishini tushunishga bog‘liq

Bu fikr Jorj Oruellning 1935-yilda chop etilgan “Ruhoniyning qizi” romanining mazmunini ifodalaydi. Ushbu asar iymon, shaxsiy erkinlik va jamiyat talablari kabi mavzularni o‘rganib, o‘quvchini ruhiy va axloqiy inqirozlarning tubiga olib kiradi.

Roman bosh qahramoni Doroti Xer – kichik bir ingliz cherkovi ruhoniysining qizi. U o‘z hayotini otasining xizmatiga, cherkov ishlari va jamiyatning konservativ talablarini bajarishga bag‘ishlagan. Doroti uchun bu hayot bir xil takrorlanishlar va baxtsizlikdan iboratdek xuddi.

Ammo bir kuni, g‘ayrioddiy hodisalar natijasida Doroti o‘ziga noma'lum joyda, o‘tmishini eslay olmaydigan holatda topadi. Ushbu kutilmagan voqea uni yangi sarguzashtlarga boshlaydi – u uysizlar boshpanasida yashaydi, qishloq mehnatida qatnashadi va Londondagi og‘ir sharoitlarda kun kechiradi. Har bir yangi muhit Dorotini shaxsiyatini anglashga va iymoni bilan yuzlashishga majbur qiladi.

Dorotining hayoti diniy va oilaviy majburiyatlar bilan o'ralgan bo'lib, muallif jamiyat tomonidan odamlarga, ayniqsa ayollarga yuklangan xizmatkorlik va itoatkorlik talablarini tanqid qiladi. Dorotining ichki kurashi ko‘p odamlarning boshqalar talablarini bajarish va o‘z istaklarini qondirish o‘rtasidagi ziddiyatini aks ettiradi.

Roman markazida din mavzusi turadi, bu nafaqat Dorotining ichki kurashi, balki uning butun hayotiga ta'sir qiladi. Doroti hayoti davomida haqiqiy iymonni va jamiyat tomonidan yuklangan din o‘rtasidagi farqni anglashga harakat qiladi. Yoqadigan jihati Oruell bu masalalarga aniq javob bermay, o‘quvchini Doroti bilan birga bu muammolarni tushunishga chorlashi.

Dorotining mehnatkashlar orasiga tushishi orqali Oruell 1930-yillar Angliyasidagi ijtimoiy adolatsizliklarni aniq va real tasvirlaydi. Qashshoqlik va og‘ir mehnat sharoitlari tasviri kitobning ijtimoiy tanqidga boy qismidir.

Garchi “Ruhoniyning qizi” Oruellning "1984" yoki ""Molxona" kabi asarlari darajasida mashhurlikka erishmagan bo‘lsa-da, unda yozuvchining erta ijodidagi mahorat va talanti, kuchli ijtimoiy kuzatishlari aks etadi.

Bizning jamiyat uchun dolzarb mavzu, o'qib qo'yishli kitob(cha). Bu kitob haqidagi postni #share qilishingizni iltimos qilgan boʻlardim, aziz birodar va birodarkalarim).

Hurmat ila,
@matbuotraisi

Qoralama (21+)

25 Dec, 19:54


Obbo Qorbobo-ey.

Qoralama (21+)

25 Dec, 17:45


Kitoblar o‘z ichida faqat qog‘oz emas, balki insoniyatning eng yaxshi fikrlari va orzularini saqlaydi | Farangeyt boʻyicha 451 daraja

1953-yilda yozilgan bu asar nafaqat avtoritarizmga qarshi tanqid, balki haddan tashqari kuchsiz xarakterli va shunchaki ko‘ngilochar narsalarga bog‘langan jamiyatning zararlarini ko‘rsatadigan ogohlantiruvchi hikoyadir.

Kitob distopik adabiyotning eng yorqin namunalarida biri bo‘lib, senzura, texnologiyaga ortiqcha qaramlik va shaxsiy erkinliklarning yo‘qolishidan kelib chiqadigan xavflarni tadqiq qiladi.

Asar avvalida janob Montag o‘z ishi ("oʻt oʻchiruvchilik") dan  mamnun bo‘lgan holda kitoblarni yoqadi. U Klerissa ismli qiz bilan uchrashgach, hayotining mazmuni va jamiyatning asl mohiyatini tushuna boshlaydi. Montag rafiqasi Mildred bilan bo‘lgan sovuq va yuzaki munosabatlari orqali o‘zining qanchalik yolg‘izligi va baxtsizligini anglaydi.

Shundan soʻng u kitoblarni o‘qishni boshlaydi va ularda yashiringan donolikni ochib beradi. Jamiyatga qarshi ichki qarshiligi o‘sib, oxir-oqibat rahbari Kapitan Beatty bilan qarama-qarshilikka olib keladi.

Asar bugungi muammolarni oldindan ko‘rib aytgandek tuyuladi: axborotning yuzaki iste'moli, ekranlarga bog‘lanish va boshqacha fikrlovchi ovozlarni bosimga olish.

Romanda Montagning oʻzgarishiga sabab boʻlgan Klerissa – erkinlik va insoniylikning ramzidir. U Montagning hayotga bo‘lgan qarashini o‘zgartiradi va uni o‘z hayotini shubha ostiga qo‘yishga majbur qila oladi.

Roman jamiyatdagi senzura, manipulyatsiya va axborot nazorati kabi muammolarni o‘rganadi. Montagning safarini kuzatar ekanmiz, biz bilim va haqiqatni qidirishning ahamiyatini chuqurroq anglaymiz. Kitob insoniyatning bilimlariga nisbatan bo‘lgan cheklovlarning qanday oqibatlarga olib kelishini ta'kidlaydi.

Zoʻr kitob, maza qilib oʻqiysizlar!

Hurmat ila,
@matbuotraisi

Qoralama (21+)

24 Dec, 19:17


Oʻzi manda bitta qarash bor (balki bu mani dogmamdir). Agar fikrim xato boʻlsa yozinglar.

Qaysidir chet el universitetiga mustaqil hujjat topshirishga salohiyati yoʻq odam, yaxshisi chet elda oʻqimay qoʻya qolgani durust deb hisoblayman.

Ha, kimdir vaqtini boshqa narsaga sarflashni xohlab konsalting firmalarga murojaat qilayotgan boʻlishi mumkin, lekin shu firmalarga "qaysi universitetni maslahat berasizlar" deb boradi koʻpchilik.

Odam oʻzi oʻqimoqchi boʻlgan joy haqida "A" dan "Ng" gacha maʼlumotlarni topib, tahlil qilib, imkoniyatlarini toʻgʻri baholab, ana undan keyin oʻqish haqida bosh qotirishi kerak emasmi?

Konsalting firma orqali universitetga hujjat topshirish bu oʻzimizni DTMʼga hujjatni "kanstavar va raspechatka" qiladigan joylarda topshirishning "rassiyskiy" variantida, toʻgʻrisi.

Ps: kechirasizlare

Qoralama (21+)

24 Dec, 19:06


Koʻrsatuvni koʻringlar, xulosa qilinglar, lekin videodagi hech qaysi sababga nom berib, umumiylashtirmanglar.

Zoʻr koʻrsatuv boʻlgan. Xulosa chet davlatga yoki grant yutib ketish kerak yoki moliyaviy sharoit boʻlsa faqatgina oʻqish uchun borish kerak.

Ishlab, oʻqib, uyga joʻnatib va hokazo xayollarni miyadan "delete" qilib qayta oʻylab koʻradigan joyi.

👇Video manetta:
https://youtu.be/AJmuzuTJuh8?si=1hrA83CdTbIm8_0O

Qoralama (21+)

24 Dec, 17:29


Hayotning oʻzi yaratgan ertaklar eng yaxshi ertaklardir.

Andersen


@matbuotraisi

Qoralama (21+)

24 Dec, 13:11


Bu kitob biz haqimizda emasmi, mabodo?

Qoralama (21+)

24 Dec, 09:28


Ashnaqa

Qoralama

01 Dec, 17:25


Ilm va ijod – har ishda najot...

Qoralama

30 Nov, 09:02


Butun boshli qit’alarni bo‘ysundirish va xalqlarni yo‘q qilish uchun bugun katta qo‘shin yo kuchli qurol-yarog‘ga hojat qolmadi.

Aholiga yoppasiga mafkuraviy ta’sir o‘tkazilsa, bo‘ldi. Jinsining va jinsiy moyilligining tayini yo‘q, erkaklikdan va axloqiy negizdan kesilgan qullar nasli yetishtirilsa, yetadi.

Vatanparvarlikni suymaydigan, faqat o‘zini o‘ylaydigan, ota-bobolaridan, umuman o‘tgan ajdodlaridan aloqasini uzgan millat yetishtirilsa, bas.

Odob va axloq qanday buziladi? Jamiyatni va kishilar ongini kim boshqarib-o‘ynatyapti?

Dimitriy Dyomushkin
Overtoʻn tuynugi (maqola)

Tarjimon: Nurulloh Muhammad Raufxon.


@matbuotraisi

Qoralama

29 Nov, 16:40


Baxtiyor Rahmonni eng birinchi Hulkar tavsiya qilgandan keyin oʻzim uchun kashf qilganman. Yaqinda bu qoʻshigʻini eshitib qoldim. Bir eshitib koʻringlar, yoqadi sizlarga ham!

@matbuotraisi

Qoralama

29 Nov, 16:27


915😳

Qoralama

27 Nov, 19:13


Haqiqat haqida ozgina

Hamid Olimjonning "Oygul bilan Baxtiyor" ertak-dostonida kelgan Iskandar Zulqarnayn haqidagi asotirni oʻqimagan odam boʻlmasa kerak! Voqeliklardan birida choʻpon yasagan naydan shunday ovoz chiqadi: "Voydod dunyolar shohi Iskandarning bor shoxi".

Oʻzi haqiqat shunday unsurki, uni qanchalik berkitishga harakat qilsang, shunchalik oshkor boʻlishga intilib boraveradi. Vaqti kelib baribir uni baralla aytadigan odam topiladi.

Insonning tabiati shunday! U doim asl haqiqatni bilishga moyil. Aslida bizni ilmga chorlaydigan his ham shu bilish tuygʻusidir.

Kechagi video xuddi shu mavzuda. Eʼtibor bergan boʻlsangiz, oxiridagi bola daftariga 4 raqamini yozgan joyi videoning kulminatsiyasi. Xullas, bilishga boʻlgan intilishi yoʻq odam tepada yozgan insoniy hislardan mosuvo boʻlgan bir kasdir.

@matbuotraisi

Qoralama

27 Nov, 14:28


Kim boʻlishlaringdan qatʼiy nazar oʻzlaringdan boshqani tupoy deb hisoblaydiganlardan boʻlmanglar;)😁

Qoralama

26 Nov, 19:13


Va meni uyqu qiynamoqda)

Qoralama

26 Nov, 18:12


Man shu klipdan haliyam taʼsirlanyapman sizlarga aytsam!

Qoralama

26 Nov, 18:08


Ertaga yana Samarqandga boryapman, Xudo xohlasa! Oʻtgan safar borganimda amalga oshmay qolgan ishlarga vaqt boʻlishidan umidvorman!

Qoralama

26 Nov, 15:54


Simvolizm. Absurdizm. Protest

Simvolizm va absurdizm degan soʻzlar qulogʻingizga chalingani ehtimol. Agar birinchi marta duch kelayotgan boʻlsangiz qisqa tushuntirishcha(m).

Simvolizm — simvol(belgi)lar orqali voqea-hodisaga ishora qilishdir. Absurdizm boʻlsa, hayotdan maʼno izlash uchun qilingan harakatning mantiqsizligiga, hayot maʼnosining mavjud emasligiga ishonuvchi falsafiy oqim desa ham boʻladi.

Otajonov klipida shu ikki yoʻnalishdan juda ustalik bilan foydalanib, Oʻzbekistondagi poraxoʻrlik, keraksiz dabdavozlik va pul ortidan quvishning naqadar absurdligini tushuntirishga harakat qilgan. Men shunaqa tushundim.

Qoʻshiqchining bu ijod mahsulini haqiqiy maʼnoda Oʻzbek davlatchiligi va jamiyatidagi prioritet va "qadriyat"larga nisbatan qatʼiy protesti deyish mumkin. Oxirgi ikki-uch klipga Jahongir okamgilaning yondashuvlari juda qiziq va jiddiy!

Agar oʻzbek tili dunyo tili (xuddi ingliz tili kabi) boʻlganda, dunyo xiti boʻlardi, lekin musiqa til va millat tanlamaydi.

Jahon darajasidagi ijod mahsuli, oʻsish bor!

@matbuotraisi

Qoralama

25 Nov, 18:48


Zoʻr taʼm ekan)

Qoralama

25 Nov, 18:41


Mana bu ijod, bu ijodkor!

https://youtu.be/0nZOw-rIpoA?si=HoYIWMModFxsAABt

Qoralama

25 Nov, 12:52


Diqqat savol hurmatli bilimdonlar. Suratdagi qahramon nima ish bn mashgʻul deb oʻylaysizlar😂?

Qoralama

24 Nov, 11:54


Oʻzim koʻchada edim

Qoralama

24 Nov, 11:54


CorelDrawda ishlay oladigan odam bormi, juda zurur bir ish bor edi corel formatdagi materialni pdfga oʻtkazib berish kk

Qoralama

24 Nov, 06:47


"Forest Gamp" degan kinoni koʻrgandim, oʻtgan hafta! Kimdir koʻrgan boʻlsa, nimadir taassurot olganmisizlar?

Qoralama

24 Nov, 06:44


Xayrli tong

Qoralama

20 Nov, 13:14


Ana shunaqa havo bugun Samarqandda boʻlyapti😁😉

Qoralama

20 Nov, 09:46


Atrof muhitni asrab, yashil iqtisodiyotni rivojlantiramiz ekan)

Qoralama

20 Nov, 07:52


Vanihoyat fotografga yolchidim😂)

Qoralama

20 Nov, 07:07


👨‍💻📑

Qoralama

19 Nov, 18:41


Gap nima haqida ketayotganini yarimta qarashda tushunsa boʻladi.

Faqat...

@matbuotraisi

Qoralama

19 Nov, 17:25


Sizlarga bitta gap aytaymi?

Biz Qashqadaryoliklarning Toshkentga tomon yurishi Samarqand bilan bogʻliq!

Buyuk sarkarda Sohibqiron Temur oʻzi Kesh(Shahrisabz)da tugʻilgan boʻlsa ham Samarqandni poytaxt qilgan.

Toshkentga qarab masofalarni qisqartirish oʻsha davrlarga borib taqaladi.

© Tarix fanlari vitse bilmasvoyi

Ps: Negativlar bu gapning asosi yoʻq deb aytadi😂)

@matbuotraisi

Qoralama

19 Nov, 17:16


Samarqand

Qoralama

19 Nov, 16:17


Bugun:)

Qoralama

19 Nov, 14:00


Мураббий-ку уялмайди, билдик, лекин манави унинг ёнида юрганлар уялишмасмикин?

Шунақа нишонлаш учун қанақа фикрлаш керак?

Qoralama

19 Nov, 10:09


— Jurnalist boʻlsang bilmaysanmi, gazimiz serobmi bizda?

Qoralama

19 Nov, 10:05


- Bolam qaysi kasbdasan?
- Jurnalistman amaki!

- Pistolet bilan otib ketiladigan kasb ekanda!
_ 🙄🙂

Qoralama

18 Nov, 16:13


Oʻzbekistonning tashqi qarzi 2025-yilda 45,1 milliard dollarni yaʼni mamlakat YaIMining 36.7 % ni tashkil etishi prognoz qilinmoqda.

Bu qarz Oʻzbekiston uchun qanchalik xavf?

ChatGPT:
36.7% ko‘rsatkich xavfli darajada emas, lekin tashqi qarzdan qanday foydalanilayotgani asosiy rol o‘ynaydi.

Agar qarz infratuzilma va uzoq muddatli rivojlanishga yo‘naltirilsa, iqtisodiy o‘sishga turtki beradi.

Biroq, valyuta kursining barqarorligi va eksport daromadlari ta’minlanmasa, bu qarz yuki kelajakda muammoga aylanishi mumkin.

O‘zbekiston tashqi qarzdan samarali foydalanish va moliyaviy xavfsizlikni saqlash uchun o‘z strategiyasini diqqat bilan rejalashtirishi zarur.

Ps: Demak xulosa qilinsa, oʻta xavfli ekan)

@matbuotraisi

Qoralama

18 Nov, 15:28


Man oshni juda yaxshi koʻraman. Har kuni yesam ham ishataham boʻgʻilmaydi. Oʻzimam yaxshi osh qilaman.

Osh kimga yoqmaydi?

Qoralama

16 Nov, 19:24


Bugunga yetadiyov

Qoralama

16 Nov, 17:58


Man oʻsha Nodirni topdim😂)

Sezdinglarmi?

Qoralama

16 Nov, 17:38


-Yonayotgan Buxoro;
-Oʻzbekxon;
-Uch qalb.

☯️

Qoralama

16 Nov, 11:37


​​"Ishonchli tarzda aytilgan yolg'on hukmdor arsenalidagi eng kuchli qurollardan biridir" — Nikollo Makiavelli “Hukmdor” asaridan.

Sohibqiron Amir Temurning „Kuch adolatdadir» tamoyili aks etgan „Temur tuzuklari» Sharq mamlakatlari hukmdorlari uchun qanchalik zarur qo'llanma bo'lgan bo'lsa, „Adolat kuchdadir» degan g'arbona mentalitet aks etgan Makiavellining „Hukmdor» asari 400 yildan ko'proq davr mobaynida Gʻarb mamlakatlarining davlat boshliqlari diqqat-eʻtiborini o'ziga jalb etib kelmoqda.

Makiavelli „Hukmdor» asarida respublikani boshqarishning to'g'ri va qulay shakli deb bilsada, avvalo, „yangi hukmdor» yakka hukmronligi o'rnatilib, u Italiyani birlashtirishi, isloh qilishi va yuksaltirishi, so'ng uning o'rnini respublika yoki boshqaruvning „aralash» shakli (demokratiya, aristokratiya, monarxiya elementlaridan iborat shakl) egallashi lozimligini qayd etadi. Shu tariqa Makiavelli davlatchilikning monarxiyadan respublikaga tomon rivojlanishini oldindan aytib o'tgan.

Ha aytgancha Makiavelli oʻzi kim?

Nikkolo Makiavelli 1469—1527-yillarda yashab oʻtgan siyosiy fanlar arbobi. 27 yoshida Florensiya Respublikasining davlat arbobi, tarixchi va shoir, bir qator Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida elchi sifatida faoliyat ko'rsatgan.

Kitobni oʻqishingizdan avval bir narsani eslatib ketay: Makiavelli XV asr oxiri va XVI asr boshlarida uzluksiz urushlardan jabr korgan, markazlashgan davlatga ehtiyoj sezayotgan Italiya manfaatlarining ifodachisi boʻlgan. Shu nuqtai nazardan uning siyosiy nazariyasi oz davri talablarini ilgari surganligini unutmaslik lozim.

„Makiavelli va uning ta’limoti tarafdori bolgan boshqa mualliflar, — deydi F. Bekon, — u yoki bu vaziyatda odamlar qanday qadam qoyishlari lozimligini emas, balki odatda, amalda qanday qadam qoyishlarini ochiq va togridan-tog`ri bayon qilganliklari uchun ham hurmatga loyiqdirlar».

Xullas, dunyoga mashhur yozuvchi, zamonaviy siyosatshunoslikning asoschisiga aylangan va katolik cherkovi tomonidan “Shaytonning barmog'i” sifatida qoralangan Makiavellining juda jozibali, obro'li tarjimai holi - Uyg'onish davrining Florensiyadagi kam maosh oluvchi davlat xizmatchisi uchun yomon emas.

@matbuotraisi

Qoralama

16 Nov, 11:35


Mana bu kitob yangi nashrda chiqibdi. Davlat boshqaruvi shakllari va tuzilishiga qiziqadiganlar boʻlsa, bemalol tavsiya qilinadigan kitob!

@matbuotraisi

Qoralama

15 Nov, 10:27


"Fitna soladigan haqiqatdan xotirjamlik beradigan yolgʻon afzal" — Yolgʻonlar shahri haqida

Taqriz boshlanishidan avval Nurbek akaning kitob haqidagi shu fikrini qistirib ketishni ma’qul deb o’ylayman. Men uchun ham bu so’nggi o’qigan kitoblarim orasida eng “daxshatlisi” desa bo’ladi!

"Keling ochigʻini aytaman: Eronda yashash uchun tinmay yolgʻon gapirish kerak. ...Tehronda yolgʻon soʻzlash hayot va mamot masalasidir" — deya boshlaydi muallif oʻzining soʻzboshisida!

Qayerdadir Albert Kamyudan bir iqtibos oʻqigandim: "fantastika — biz haqiqatni aytadigan yolgʻondir!" Lekin Navai hikoya qiladigan qahramonlar haqiqiy hayotda mavjud bo'lib, jurnalist ularning har biri bilan suhbatlashgan yoki ulardan intervyu olgan!

Omon qolish uchun "Yolg'onlar shahri"ning 8 qahramoni barcha sirlarini berkitib yashashlari zarur! Vali Asr ko'chasi esa 7 mlndan oshiq aholisi bo'lgan Tehronning buzuq "elitar qatlami" va dindor kambag'allarini bir biridan ajratib turadigan chinorlarga to'la yo'l!

Tasavvur qiling, "Yolg‘onlar shahri"da hech kim aldamasdan turolmaydi. Yolg‘on odamlarning qon-qoniga singib ketgan. Tehronda davlat va din o‘rtasidagi munosabat shunchalar chalkashki, oqibatda tuzum, qonunlar, fuqarolar haq-huquqlarida tartib yo‘qolgan.

Romanni spoyler qilmaslik uchun olingan xulosalar va asarning umumiy maqsadini yoza qolaman. Roman hikoyalariga shunchaki aql bovar qilmaydi deyishim mumkin!

Hech labirint yo'lakda bo'lganmisiz? Navai hikoyalarida ijtimoiy, siyosiy, jinsiy va diniy qarama-qarshiliklar bilan to'lib-toshgan Tehronni ochib beradiki, o'qirkansiz qahramonlar hayotidagi intrigalardan xuddi labirintdagi kabi chiqib ketishi qiyindek tuyuladi!

Asar xuddi detektivdagidek tafsilotlarga juda kuchli e'tibor beradi, () Aziza opa aytganlaridek "bitta yaxshi kinoni ko'rgandek bo'lasiz o'qisangiz". Men kitob haqida juda ko'p yozishim mumkin edi, biroq asar 18+ diskleymeriga ega bo'lgani uchun, o'zimni bu mavzuda katta audiotoriyaga "tushuncha" bera oladigan darajada ko'rmayman hali beri!

Xullas Tehron zinoning gunohligi haqidagi amru ma'rufdan chiqib, yosh qizlarni zo'rlagan, o'zini Xudo bilib, sha'riyatga vaqtinchalik nikoh (8 oylik)ni tiqishtirib, foxishaga gunohi yo'q deya hujjat bergan, dinni hayotiga moslagan "ulamolar", faxshga qarshi kurashuvchi organ xodimlarining o'zi ishratboz bo'lgan shahardir. Asardagi Eron shunday davlatdir...

Ps: Ha mengayam eslatdi...


📚Kitob qogʻoz variantda
📱Kitob elektron va audio formatda

@matbuotraisi

Qoralama

15 Nov, 08:15


Qarz bu, shu dunyoda qaytariladigan qarz. Unga oʻzing javob bermaysan, yaqinlaring bilan toʻlaysan, barakalla, tabriklayman!

Qoralama

14 Nov, 22:19


Bilasanmi? Men "inson oʻz taqdirini oʻzi yaratadi" degan gapga ishonaman. Yaratganning ato etganidan tuzukroq foydalana olsa bas!

©Forest Gamp filmidan

@matbuotraisi

Qoralama

14 Nov, 18:43


Bir tomondan Katanesni "top-toza tipik oʻzbekcha qadriyatlar" egasi deb oʻylayman. Bizda bitta odat bor, uyga meva, shirinlik olib kelsak mehmon kelsa olib chiqamizku, keyin mehmon ketsa yana xolodelnikka ketadi.

Zaxiradan tushgan bugungi oʻyinchilar xuddi shunaqa mahsulotlar. Mevalarni "asrab" qanday chiritib yegan boʻlsak, futbolchilardan xuddi shunaqa foydalandi Katanes!

Bu ajnabiyligiga ishonmayman, u oʻzbek haqiqiy oʻzbek;)

Qoralama

14 Nov, 18:37


Bu narsalarni hamma koʻrib turibdi-ku!? Mutaxassis boʻlisham shart emas-ku!? Yoki hozirgiga oʻxshash qarorlar chiqarish uchun mutaxassis boʻlish kerakmikan-a?

Qoralama

14 Nov, 18:36


Qatar bilan oʻtgan oʻyinda ham xuddi shunga oʻxshash xato boʻlgandi. Hisobni tenglashtirolmayotgan vaqtimizda Boburni tushirmoqchi boʻlgan murabbiy goldan keyin uni qaytargandi.

Koʻrdik hozirgi tarkibning qay darajada hujumkorligini, zoʻr! Lekin jamoada hujumda ishtiyoq kuchayib paslar, zarbalar endi oʻxshayotgan payt himoyachi tushirish Pep Guardiolaning ham miyasiga kelmagan boʻlardi.

Murabbiydan juda qoʻpol xato. Ikki oʻyinda bir jamoaga qarshi oʻxshash xato. Shaxmatda grossmeysterlarning harakatini oʻrganib chiqishadi-ku, menimcha Qatar ham shunchaki murabbiyning yurishlarini oʻrgangan xolos.

Futbolchilarda hech qanday ayb yoʻq. 100% tayyor boʻlmagan J.M ni tushirish, ikkinchi taymgacha markaziy hujumchisiz oʻynash uchun san shunchaki Oʻzbekiston MTJ murabbiyi boʻlishing kerak!

Agar Abbosning vaziyatlari ishlangan boʻlsa gap yoʻq, lekin ikkala vaziyatda ham futbolchilarimizning oʻzi hal qildiyov!? Himoyada sarosima bor, hujum qilmaysanmi?

Mr.Katanes janobi hazrat oliylari 2-marta oʻzining "yengilmas taktikasi" uchun bitta jamoa tomonidan jazolandi.

Keyingi oʻyinda yigitlardan nimadir kutamiz, bu murabbiy bilan qiyin, omadimizni bersin!

Qoralama

14 Nov, 16:12


Qatar va Laosda faqat gʻalaba uchun oʻynaymiz degan umiddaman. Milliy jamoaning har bitta aʼzosi ham shunday oʻylayapti.

Tarixda birinchi marta JCh yoʻllanmasini muddatidan oldin qoʻlga kiritishimiz mumkin! Bizni matematikaga majbur qilib tashlashmaydi degan niyatdamiz!

Omadimizni bersin)

Qoralama

14 Nov, 04:08


Doimo haqiqatni gapiradigan odam bilan hech kim yashay olmaydi. Xudoga shukr, hech birimiz xavf ostida emasmiz.

©️Mark Tven

Ps: Ashnaqaaa...

@matbuotraisi

Qoralama

13 Nov, 14:42


Qor yogʻayotganini aytaymi yoʻqmi?

Qoralama

13 Nov, 09:26


DENGIZGA
Oq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!
Ko’nglimda ishqingni olib qaytaman.
Sochimni o’ynaydi muzdek sho’x shamol,
Men unga dardimni qanday aytaman?

Kechqurun qirg’oqda aylanib tanho
Sevdim, sevib qoldim to’lqinlaringni.
Oyni cho’miltirgan tinch tunlaringni
Tushimda ko’rganda ne qilarman, o?

O’ynagil so’ng marta, chayqal, erkalan!
Armonim qolmasin ketar oldimda.
Bag’ringda baliqday suzgan oq yelkan
Bir umr sayr etgay mening yodimda…

Yaxshi qol, erkin suv! Yaxshi qol, dengiz!
To’lqinlar, qo’ynimga qizday kiringiz…

✏️ Usmon Nosir

@matbuotraisi

Qoralama

13 Nov, 09:17


Bugun o'zbekning isyonkor shoiri Usmon Nosirning tug'ilgan kuni!

"Usmon she’riyatimizga shamolday kirib keldi. Balki bo‘ronday! U shunday to‘polon va to‘lqin bilan keldiki, uncha-muncha she’riy uslub va ijodni to‘s-to‘s qilib yubordi"— deb yozgan edi Turob To‘la!

Usmon o'zining 32 yillik hayotida xuddi Abdulla Oripov aytganidek, she’riyatning tabarruk, muqaddas dargohida anvoyi bir chamanzor, sira xazon bo‘lmaydigan mo‘jaz bog‘ yaratib ketgan.

@matbuotraisi

Qoralama

12 Nov, 18:51


Yakshanba kuni kechasi uxlay olmadim. Dushanba ertalab 4 larda uxlab 6 da turib, tayyorlanib ishga chiqdim.

Bugun ham kunim qanaqadir lanjlik bilan oʻtdi. Uyqusiradim!

Endi hozir uxlay desam uyqu yoʻq! Qara lekin ertaga kunduzi kelasan, baribir ishda boʻlaman!

Qoralama

12 Nov, 16:04


Boʻladigan bola

"Dono xalqimiz"da "Bola boshidan" degan bir "dohiyona" maqol bor. Keling, bu naql kimlarga nisbatan va qanday ishlatilishini bir oʻylab koʻramiz.

Atrofimda bu iboradan qaysidir maʼnoda muvaffaqiyatga erishgan odamlarga sifat berish uchun foydalanishgan. Uning bolaligi haqida eng "ideal" tasvirlarni keltirishgan.

Vaziyatga chuqurroq qaralsa, koʻp joyda aytilganidek, ota-bobolarimiz haqidagi afsona-yu, asotirlarning barchasida ularning ham bolaligi "ideal", yaʼni kattalar xohishidagi ideal tip!

4 yoshida oʻqishni oʻrgangan Alisher Navoiy, 12 yoshda taxtga oʻtirgan Bobur, kichkinaligidan koinotga qiziqqan Ulugʻbek va hokazo. Ularning buyukligiga zigʻircha shubham yoʻq, hozir ham!

Lekin holatga boshqacha yondashish kerak: oʻsha atrof-muhit yillar davomida ularni erishgan buyukligiga tayyorlagan. Kimdir ishonch bilan Navoiy davrida undan zoʻr shoir, tilshunos boʻlmagan deb ayta oladimi?

Tarixni chetga suraylik, "zamonamiz tipidagi muvaffaqiyatlilar"ning 10 tasi bilan bolaligi haqida suhbatlashsangiz, 9 tasining kichkinaligi bir xil: jimirtdek paytidan oʻqishni bilgan, qiziqqan, odobli boʻlgan, aqli bilan kattalarni shoshirib qoʻygan!

Toʻxta-toʻxta taqdir sanga bergan muhitchi, yillar davomida sani tayyorlagan jamiyatchi? Ularning taʼsiri boʻlmaydimi? San tabaqalanish kuchli boʻlgan ijtimoiy davlatdagi poytaxt shaharda tugʻilganing yoki koʻpchilikda yoʻq imkoniyatlar ummonida suza olganing uchun erishgandirsan-a!?

Shunaqa narsalarni oʻylasam oʻzimni bu hayotda hech kimdek his qivoramane😂!

@matbuotraisi

Qoralama

12 Nov, 14:38


Toʻti

To'tini aqlli etti bu davron,
Magar to'lg'onsa ham jismida jur'at,
O'zin so'zin aytmas hech qachon,
Birovning gapini qaytarar faqat.

Xo'rozday qichqirmas, garchi tong otdi,
Axir bir aylanib tushadi-ku shom.
Axir qancha xo'roz so'yilib ketdi,
To'ti qafasida omondir-omon!

©️Usmon Azim

@matbuotraisi

Qoralama

01 Nov, 17:18


Yaxshi she'rlar bo'lsa izohda kutaman!

Qoralama

01 Nov, 17:01


Go'zal

📝 Cho'lpon
🎵SunoAI

@matbuotraisi

Qoralama

01 Nov, 16:07


Eng absurd xayol

Ayrim odamlarda qullikka moyil nostandart xarakterni kuzatsa bo'ladi, ular o‘zlaridan (mansabi, mavqei) kattaroq yoki boyroq odam bilan yuzlashib qolsalar, qulluq qilib turishadi, o'zini bir pog'ona pastda hisoblash ularning qon-qoniga singib ketgan.

Ularning qarshisidagi persona oddiy o‘ziga o‘xshagan odam ekanini bilishmaydi yoki buni xohlashmaydi, miyadagi xujayralargacha "bu katta odamligi va bunday shaxslarga yaltoqlanish orqali nimagadir erishish mumkin" g'oyasi bilan fikr yuritadi.

XIX asrda Amerikada fuqarolik urushi vaqtida shimolliklar janubdagi qullarni qutqarishga kelishgan, ozod bo‘lgan qullar nima qilishlarini bilmay qolishgan va ularning ko‘pchiligi yana janubiy shtatlarga o‘tib qullikda yashashni afzal ko'rishgan. Hatto shimolliklarga qarab “qullik qilishimizga halaqit bermang” deb xitob ham qilishgan.

Shuning uchun ba’zi o'risqullarning dunyoqarashini o‘zgartiraman, uni o‘zi yashayotgan fikriy qullikdan ozod qilaman deb o'ylash — eng absurd xayolmikan deb qoldim...

@matbuotraisi

Qoralama

01 Nov, 06:15


Go‘zal

📝 Cho'lpon
🎵SunoAI

Qoralama

31 Oct, 19:06


Sun'iy intellekt bilan Fitratning "Mirrix yulduziga" she'rini qo'shiqqa aylantirdim. Eshitib ko'rguvchilar bormi?

Qoralama

31 Oct, 09:21


Nu bir chekkada qisib ijod qilib o‘tirib, o‘lgandan keyin adabiyotshunoslar kashf qiladigan Kafkaga o‘xshagan buyuk o‘lik bo‘lish variantiyam bor edi. No biz buni tanlamadik.

©️Alimofflive

@matbuotraisi

Qoralama

31 Oct, 04:27


Har bahorda shu bo‘lar takror...

Qoralama

29 Oct, 05:47


“Oltin toʻp”ni ViniJR olishga haqliroq edi. Rodri muxlislarini(agar boʻlsa)tabriklayman. Ochigʻi, shu “tilla koptok”ni qaysi mezonlar boʻyicha berilishini haligacha tushunolmayman.

Salkam 15 yillik davrdan keyin nihoyat ikkita boboyning “Ballon D’or” olmasligidan birinchi safar hamma xotirjam boʻldi. “Oltin toʻp”da monopoliya tugadi.

Demak biz ham Oʻzbekistondagi avtomobil monopoliyasining tugashiga umid qilsak boʻlar ekan.

@matbuotraisi

Qoralama

28 Oct, 12:49


Vanihoyat, MYU Ten Hag’ga “Exit”ni koʻrsatvoribdi🤣!

Qoralama

28 Oct, 08:52


💆🏻‍♂️🍁

Qoralama

27 Oct, 15:46


Toshkentda yomgʻir boshlanganini aytaymi yo oʻzinglar bildinglarmi?

Qoralama

26 Oct, 06:26


Ogʻam tinch boʻling!

Qoralama

25 Oct, 06:27


Davlat tashkilotlarida koʻp kuzatganim bitta hodisa bor

Bizning vakillar chet el mutaxassislari bilan muloqotda suhbatdoshning koʻziga qaramay gapirishadi.

Yevropa vakillarida esa aksincha. Holat haqida oʻzimcha oʻylayman. Bu jur’atsizlikdanmi yoki oʻta darajada hurmatdanmikan?

Koʻproq jur’atsizlikka oʻxshaydi. Shundagina bu yerlarimiz asrlar davomida faqat va faqat bosqinchilar uchun oʻlja boʻlganligi xayolga keladi.

Bu QOʻRQUVni DNK’IMIZgacha joylashgan deyishsa ham ajablanmayman!

Qoralama

25 Oct, 04:31


Metroda ichki ishlar xodimlariga bir og'izgina "Bayramingiz muborak" deganimga qancha xursand bo'lishdi... Inson baribir shirin so'zning gadosida...

#

Qoralama

24 Oct, 14:15


Partiya, fraksiya, parlament?

Kelayotgan Yakshanba jonajonda deputatlik saylovlari kuni boʻlib oʻtadi. Har yili saylov vaqtlarida avj oladigan bahslar-u, qovun tushirishlar bu safar “sukunat”da oʻtdi. Bugun 4-5 odam bilan saylov haqida gaplashin tushundim-ki, bizga partiyalar kerak emasga oʻxshaydi.

Esinglarda boʻlsa, Alisher Qodirov “ijtimoiy tarmoq bu xalq degan emas” deb yozganida katta muhokamalarga aylanib ketgandi. “Milliy tiklanish” liderining bu gapida xohlaymizmi yoʻqmi haqiqat bor. Odamlarni o‘zi mamlakatdagi siyosatga umuman aralashgisi kelmaydi, qiziqmaydi ham.

Siyosatga qiziqmaydigan odamlar uchun partiyalar ham sun’iy yaratilgan. Chunki ular bugungi “Qudratli Yangi O‘zbekiston”ni dunyodagi imidji uchun kerak. Ko‘chaga chiqib birinchi uchragan odamdan parlament unga nima uchun kerakligini, hayotiga qanday ta’siri borligini so‘rab ko‘ring, aniq bilmaydi. Referendum yomon narsa emasmi deganlarni ko‘rdik-ku, Konstitutsiya tahrirlangan vaqtlarda.

Aslida partiyalarni hammasini yopsak ham hech narsa o‘zgarmasa kerak. Masalan odamlar partiyalarni o‘zini mafkura, g‘oyasi uchun kurashishi kerakligini xayoligayam keltirmagan. Davlatning boshqaruvida ma’lum ideologiya asosida boshqalarni o‘zini g‘oyasiga ergashtirib “taxtni egallash” uchun harakat qilish partiyalarning funksiyasi ekanligini 37 mln’dan qanchamiz bilamiz deb o‘ylaysiz?!

Siyqasi chiqqan boʻlsayam aytaman, haliyam “qoʻy, siyosatga aralashma” degan gaplarni eshitamiz-ku, yoki unday emasmi? Vatandoshlarimizning afsuski ko‘pchiligi uchun siyosiy bilim Maslou piramidasidagi o‘nlamchi ehtiyojlar savatiga ham kirmasa kerak.

Yozganlarim internetdagi faollar toʻgʻrisida emas. Siz internetga ko‘p kirarsiz, siyosiy vaziyat va qarorlar bilan qiziqarsiz, atrofingizdagilar ham shunaqadir, lekin sizlar kabilar 10 ta. Yuzlagan, minglagan odamlarning yarmi internetga kirmasa, qolgan yarmi uchun qaysidir blogerning shaxsiy hayoti, Youtube’dagi kelin mavzusidagi seriallar qiziq.

Ular uchun partiya nima, parlament, fraksiya?!

Lekin hayotidan, mavjud qonunlardan eng koʻp noliydiganlar — ayni shu odamlar. Unutma partiya bu - sen, men, hammamiz!

Xullas saylovda ishtirok et!

@matbuotraisi

Qoralama

23 Oct, 13:43


"Taxtlar o'yini" tugatildi. Bemalol maqtashingiz mumkin!😎

Qoralama

22 Oct, 12:45


Quizga ketdik, odamlar!

Qoralama

21 Oct, 16:42


Bilim yurtlari yonidan, boshlang‘ich maktablar qarshisidan o‘tub qolsam, istiqboldag‘i alvir-shalvir o‘zbek madaniyatidan qo‘rqaman!

✍️Julqunboy

👉 https://www.instagram.com/reel/DBZKHGFufAZ/?igsh=bHVtNDBkcDBvMmNs

Qoralama

21 Oct, 10:25


Brendlar nomi o‘zbekcha bo‘lganda

O‘zbekiston Marketing Uyushmasining Milliy Marketing Qo‘mitasi va 605 Agentligi hamkorlikda brendlarning nomlarini o'zbekchalashtirdi.

Hurmatli brend egalari, 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan atiga bir kunga logotiplaringizni o‘zbekcha shakliga almashtirib, ijtimoiy tarmoqlaringizda joylashtirish orqali tilimizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin.

Eslatma! Biz kompaniya nomlarining chet tilida bo‘lishiga qarshi emasmiz.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi

Taklif (18+)

09 Oct, 20:51


Channel name was changed to «Taklif (18+)»

Taklif (18+)

04 Oct, 21:29


@matbuotraisi1

Taklif (18+)

17 Sep, 18:38


.

Taklif (18+)

10 Dec, 18:10


Channel created