Ummu Umayr (reserve)🌴 @palmoviysad Channel on Telegram

Ummu Umayr (reserve)🌴

@palmoviysad


Bu yerda ayollar-qizlar uchun xos ummu Umayr kanalidan ba’zi manbalar ulashiladi. Kanal mavzulari: psixologiya, preventiv tibbiyot, psixoterapiya, tarix va siyosat.

Asosiy kanal linki: https://t.me/palmoviysad/106

Ummu Umayr (reserve) 🌴 (Uzbek)

Ummu Umayr (rezerva) kanali sizga ayollar va qizlar uchun maxsus joydir. Bu kanalda psixologiya, preventiv tibbiyot, psixoterapiya, tarix va siyosat mavzulari haqida maqolalar tarqatiladi. Agar sizning jismoniy va ruhiy tinchlik, taraqqiyot, va ma'rifat darajasini oshirishga qiziqishingiz bo'lsa, bu kanal siz uchun. Ummu Umayr (rezerva) kanaliga qo'shilish uchun asosiy havola: https://t.me/palmoviysad/106

Ummu Umayr (reserve)🌴

11 Nov, 12:49


🔤🔤🔤🔤🔤 🔡🔤🔤🔤🔤🔤🔤👓

Ziynatim (Ko’chaga makiyaj qilishni tashlash haqida)

TTT (tug’ruqxonaga va tug’ruqqa tayyorlovchi mini qo’llanma)

Pornoqaramlikka qarshi metodichka

Pornografiya va masturbatsiya zararlari haqida qo’llanma

Ramazon haqida

Ilk hijobim (Hijoblanuvchilar uchun tavsiyalar)

Intim etiket demo (“Intim Etiket” kitobchasining gigiyena oid qismi)

Mindmap (4 taraflama rivojlanish uchun xarita, ovozli izohi asosiy kanalda bor)

Satrlanishning 10 hikmati

Umraga jismoniy tayyorgarlik ahamiyati haqida

Ummu Umayr (reserve)🌴

10 Nov, 06:28


Men o’lsam, yo’limni olguvchilar ko’p
Maqsadim azizdir, marram charog’on,
Mensiz ham izzatli bu yo’lga asli
O’zim ko’proq muhtoj, hamisha giryon.

O’lsam, hech nimani yutqizmas dunyo,
Bari xusronlarni quchoqlab ketgum,
O’lib qutilayin, deymanu asli
Oxirim xayrli bo’lmasa, netgum?

Men o’lsam, ishimni qilguvchilar ko’p,
O’rnimga o’rinma topilar hamma:
Bollarimga ona, erimga xotin,
Xatto ota-onamga boshqa bir bola.

O’lsam, hech nimani yutqizmas hech kim,
Hayot davom etar. Kecha, bugunday.
Qanchalik ox chekib, qon yutsalar ham,
Qadarga ko’nikmoq mumkinmas, qanday?

Hammaning eng so’nggi manzili tayin,
Diydor naqd, sarhisob azaliy tilak,
Men faqat o’sha kun kelmasi burun,
O’zimni to’g’irlab olishim kerak.

Bir yo’l tanlaganman, hamrohim ozdir,
Yo’llar to’la tikon, zaxri ham qattiq,
Oyoqni quchoqlab o’tiraversam?!
Qo’rqoq munofiqday o’lishim aniq.

Lekin yana aytay shuncha zahmatga,
Yo’l tug’ma sharafli, mensiz ham oliy.
Agar yo’ldan chiqmay, shu yo’lda o’lsam,
Go’zal bashoratlar kutar — abadiy.

Ey Olamlar Robbi, Rahmli Egam!
Hayot-u-mamotim, Sening qo’lingda!
Bu umr, bu jism, borligim bari
Fido bo’lsin, faqat Sening yo’lingda!

(C) ummu Umayr

@palmoviysad

Ummu Umayr (reserve)🌴

09 Nov, 09:27


Adolatga loyiqmizmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda xalqning pulini yeb yutvorayotgan haromxo’r amaldorlar haqida postlar juda ommabop, izohlarga ko’z yugurtirsangiz hamm ularni qarg’agan, la’natlagan va hkz. Ba’zan-ba’zan “Umar o’lib, adolat ham ketdi”, qabilidagi so’zlar quloqqa chalinadi. Keng miqyosda qaralsa, rostanam jamiyat zulmga to’la: qishloqlarda gaz-svet yo’q, tappi yoqib qish o’tkaziladi, ta’lim bir chekkada yig’layapti, tibbiyot o’zini molxonaga osgan, iqtisod mardikorlikka ketgan. Biz bilan 24/7 faqat qarzimiz, muammolarimiz va “tepaga” shukrona aytadigan maddohlarimiz.

Nimadir g’alati to’g’rimi? Axir, bunday bo’lishi kerakmas-ku? Qayerdadir kimdir xato qilayotgandek tuyilmayaptimi? Balki o’sha kimdir Sizdirsiz? Yoki men?

Adolatli Umarni orzu qiladigan kishilar uyda bitta xotiniga adolat qilolmaydi, boshi aylanib xotinning sanog’ini ko’paytirgan bo’lsa, hayotini adolat so’zi tark etsa kerak. Qaynonalar kelinga adolat qilmasa, onalar bolalarga, qo’shni qo’shniga, qarindosh qarindoshga, do’st do’stga, boshliq xizmatchiga, ustoz shogirdga, musulmon musulmonga adolat qilolmasa, yo molini yo sha’nini halollab yeb yotgan bo’lsa, nima bo’lishi kerak? Qaysi holimizga boshimizga Umar kelishi kerak? Axir, Umarni Umar qilgan adolatparvar, taqvoni mahkam ushlagan sahobalar emasmidi?

Xotiniga nafaqa berishga yo onasinikiga ruhsat berishga qo’li qaltirab turadigan erkaklar izohlarda bo’g’ilib adolat, desa. Kelinning oyligiga yeb-ichib, kiyinib, o’zini itday ishlatayotgan qaynonalar pensiyaning oshmasligi-yu, narx-navoning qimmatligidan nolisa. Bolasini bo’lar-bo’lmasga urib, alamini oladigan ayollar eri yo qaynonasidan doimiy shikoyat qilsa, nima ham deyish mumkin? Har qachon bir adolatsizlikka uchrab, zulmdan bo’g’ilsangiz, o’zingizga nazar soling. Balki kalavaning uchi qo’lingizdadir? Bugun qaysidir mazlumni yordamsiz qoldirsangiz, ertaga xuddi shu holatda siz bo’lishingiz mumkin.

Allohning shar’iy buyruqlari: itoat, silayi rahm, adolat, yaxshilik kabilarni bajarmaydigan isyonkor bandalar mana shunday Allohning kavniy elagida kimlardir tarafidan ezg’ilanib, qovurilib xorlanaveradi. Toki qilgan xatosini anglab, o’zini isloh qilsin.

(C) ummu Umayr

@palmoviysad

Ummu Umayr (reserve)🌴

05 Nov, 15:37


@palmoviysad

Ummu Umayr (reserve)🌴

03 Nov, 05:43


Aktual.

@palmoviysad

Ummu Umayr (reserve)🌴

01 Nov, 03:31


Ummatning holati xuddi kundalik ibodatimizday.

Bomdod vahiyning ilk yillari bo’lmish Makka davrini eslatadi, quyosh qizdirgan va tashnaliklar bilan sinaydigan peshin esa Madina davrini eslatadi. Quyosh qaytib, ammo tafti qolgan davr — asr, odil xalifalar davridek. Quyosh botib, osmon go’zal rangga burkangan davr — shom, ilk podshohliklar, ilm-fan davri. Keyin so’nggi xalifalik yillari xuftondek, har tugul ibodatning asoslari tayin edi. Kechaning qorong’uligida ham azon yangrardi.

Hozir esa xuddi uzun tunning tahajjudidamiz. Milliardlab ummat uxlaydi, uyqudan uyg’onganlarning yo’li zulmat, quyoshi yo’q, isinay desa, nurning tafti ham qolmagan. Azondan ham darak yo’q. Shunda ham ibodatga qoim bo’lganlar — Alloh rahm qilganlardir…

O’zimdan umidim uzilgan, lekin bolalarim yangi bomdodni ko’rishidan umidvorman.

(C) ummu Umayr

@palmoviysad

Ummu Umayr (reserve)🌴

25 Oct, 02:46


Agar kelin kelib, o’g’il xudbinlashsa, demak, bola o’zi avvaldan xudbin bo’lgan bo’ladi. 5 yillik kelin 25 yillik tarbiyani o’zgartirib qo’yolmaydi.

Ota-onalarda nikohgacha bolasini boshqa rolda ko’rish imkoni bo’lmagan, qolaversa, yangi mas’uliyat hamda resursdagi taqsimot o’g’ilning xarakterini yanayam ochib beradi. Oldin u faqat bola edi, endi u er va ota ham. Oldin nima qilsa ham “bolada”, deyilardi. Endi “nima qilaveradigan”lar bitta emas.))

Agar xotin kelib, o’g’il xotinquliga aylansa, demak, bola oldinda qul bo’lgan. Mustaqil fikr va qarorlari inobatga olinmagan, shunchaki, nikoh qulning hojasini o’zgartirdi, xolos.

Ammo ota-onaga buni tan olish og’riqli va yoqimsiz. Men xato qildim, tarbiyada shu joyida e’tiborsizlik qildim, endi badalini to’layapman, deyish oson emas. Chunki tug’ilgandan o’zi bosim va tanqidda katta bo’lgan avlod, yagona o’zining yaxshi va nimadirga loyiqligini isbotlaydigan davri — bolalar voyaga yetgan, nimadirli bo’lgan davri hisoblanadi. Hayotining bu qismini u butun umr kutib yashaydi, borini shunga sarflagan, yemay-ichmay shu uchun to’ylar qilgan, axir. Reallikda kutilmalar boshqacha tus olishiga chidash mushkul, anchagina alamli, tabiiyki. Unda qadarga taslimiyat, musibatga sabr va bularning barchasiga komil ajr olishga bo’lgan iymon zaif, shuning uchun ham bunaqa tasallilarga yuragi ko’nmaydi. Undan ko’ra begonani ayblash, hamma narsaga uni ro’kach qilish va alamini undan olish nisbatan oson, lazzatliroq va naqd savdo. Jannatni esa kim borib ko’ribdi, nasiya narsa bo’lsa, deydida, qo’lidagi boridan foydalanaveradi. E’tibor qilsangiz, “o’g’ilni tug’ib, katta qildim”, mazmunidagi minnatlar jaranglaydi nizolarda. Asli bu minnat emas, chorasiz va kasodga uchragan onaning nidolari. Men shu kunlarni kutdim, shular uchun chidadim, boshqacha bo’lishini qabul qilolmayman, deyolmaydi. Balki o’zi ham hissiyotini yaxshi tushunmas, shunga minnat va la’natlar yengil, qofiyali chiqib kelaveradi.

Xullas, shunday. Hayot hech kimga osonmas.)))

(C) ummu Umayr

@palmoviysad

Ummu Umayr (reserve)🌴

16 Oct, 07:51


Prezidentlar, vazirlar, generallar yo davlat/xalqaro hamjamiyat ahamiyatiga molik kishilar odatda ijtimoiy tarmoq yuritishmaydi yoki ma’lum bir tartib asosida yuritishadi. Chunki boshliq vazifasidagi kishilarning ijtimoiy imidji xalqaro siyosiy poligonda katta ahamiyatga ega. E’tibor qilsangiz, mana shunday amaldorlar xotini bilan qo’ltiqlashgan, peshonasidan o’pgan, g’iljinglashgan rasm yoki videolarini qo’yishmaydi. Sababi ular kursiga podshohlik yoki rahbarlik qilgani o’tirgan, butun xalqqa erlik qilgani emas.

Eng takasaltang, noshud erkak ham qayerdadir o’zidan noshudroq ikkitasiga boshliq bo’ladi. Sababi erkakning funksional vazifasi shu, Alloh shunday yaratgan. Siz har tong uydan eringizni kuzatganda jamiyatga er emas, erkakni kuzatyapsiz, buni unutmang. Uning imidji esa sizning hissiyotlaringiz qurboni bo’lishi mumkin, chunki eringiz nari borsa yana uchtasiga erlik qilar, shu bilan limit to’ladi. Alloh uni faqat erlik uchun yaratmaganda, boshqa “bezlimit” vazifalari bisyor.

Har qanday erkak iqtidori, moli, dini, tili yoki kuchi bilan jamiyatga xizmat qiladi, jamiyatning qaysidir bo’g’inida u mas’ul — rahbar. Hamma er esa xotinini o’padi, quchoqlaydi, lutf ko’rsatadi. Bo’lmasam, bola qayerdan tug’ilardi? Laylak tashlab ketadimi? Lekin bu xos intim munosabatni tinimsiz namoyish qilish erkakning tashqi imidjiga ta’sir ko’rsatmay qolmaydi, ehtimol, hozir yoki bir necha yillardan keyin qayerdadir jiddiy pozitsiyasida o’zini namoyish qilishga harakat qilsa, odamlar uni jiddiy qabul qilmaydi.

(C) ummu Umayr

@palmoviysad

Ummu Umayr (reserve)🌴

12 Oct, 13:15


Buxoro ozodlik harakati mujohidlaridan Fayzulla Xo’jayevga:

“… Siz o’z birodarlaringiz bo’lgan rus bolsheviklari bilan Buxoro tuprog’iga kirib millat qonini to’kdingiz, uning mulki bo’lgan oltin va g’allani yo’q qildingiz, xalqning zaruriy mulklarini yo’qotdingiz, masjid va madrasalar kabi tabarruk joylarni oyoq osti qildingiz. O’z diningiz, iymoningiz va vijdoningizni bir parcha non evaziga la’nati ruslarga sotdingiz.

Bir yarim million kishidan iborat Buxoro aholisi cho’l va tog’larda issiq qonini to’kib, qo’liga qilich olib millat xoinlariga qarshi jang qilyaptilar.

…Biz bosmachilar emasmiz, balki millatning haqiqiy va itoatli xodimlarimiz. Xudoga shukrki, bizning yo’limiz va g’oyamiz Haq yo’lidir. Musulmonlar qo’llariga qurol olib g’azavotda qatnashmoq uchun o’z ixtiyorlari bilan hamma tomondan to’planib kelmoqdalar, Islom dini va musulmonlarni qurqarish uchun biz bilan birlashmoqdalar. Islom fathi uchun hamma otlangan. Shu sababli yaqin kunlarda sharafli vatanimizni kofirlar va vijdonsizlardan tozalashimizga aminmiz.

… Zafar Xudodan, kimga xohlasa, shunga beradi. Biz hech qachon va aslo jangdan qaytmaymiz, hamisha olg’a boraveramiz.


…Tarixda yaxshi nom qoldirmoq uchun Islom yo’lida kurashayotganlar safida ishlangiz”.


1340-yil, 18-Ramazon.

Ehtirom bilan:
Bosh qo’mondon G’ozi,
Buxoro inqilobchisi Qori Abdulla,
Norqul botir,
Doniyolbek ellikboshi”.

(C) Madfun Turkiston, 433-bet.

P.s. Mening yurtim qo’sh qo’llab topshirilmagan, u millionlab shahidlar qoni va bir hovuch munofiqlar xoinligi evaziga boy berilgan xolos…

Ummu Umayr (reserve)🌴

21 Sep, 17:52


Oyog’imga botmon tog’larni
Bolalikdan bog’lab qo’ydi kim?
Endi halos bo’lmoqqa yetmas,
Yovuzlardan asragan umrim.
Xudo bergan soniyalarni
O’g’irladi qaysi g’alamis?
Agarda shu tog’lar bo’lmasa,
Uchar edik osmonlarda biz.

(C) Shavkat Rahmon

Oyog’imga botmon tog’larni
Bolalikdan bog’lab qo’ydi kim?
“Erk” suyagin uloqtirdilar
Kishanlangan qo’llarimga jim.

Og’zim ochib ko’kka termulib,
Bir ilinjni kutib turgan dam,
Kimlar olib ketdi uyalmay
Og’zimdagi oshginamni ham?

Nega mening opam oftobda
Kuyib-pishib yantoq kavlaydi?
Nega mening akam uzoqda
Bir o’risning uyin yamaydi?

Nega bolam o’zin yurtida
Emin-erkin o’smoqdan mahrum?
Nega mening sho’r peshonamga
Qulluq qilish hamisha mahkum?

Xudo bergan ne’matlarini
Yeb bitirdi qaysi g’alamis?
Hamon bitmay azob beradi
O’ttiz yillik eski yaramiz.

Yangilangan yurtimda ko’plar
Hayotini yangilab oldi,
Yangi - yangi uylar ichida
Ko’mir, tappi, tandirim qoldi.

Qachon ko’kka bo’yimni cho’zsam,
Botmon tog’lar pastga tortkilar,
Haqni aytay degan zahotim,
Tilginamni muhit chopqilar.

Sal gerdayib ko’ksimni kersam,
Shamolning ham zahri bor go’yo,
Balki u ham sotilganmikan,
Zamongami beklargami yo?

Agarda shu tog’lar bo’lmasa,
Botmon misol pastga tortguvchi.
Balki rostdan uchgan bo’lardik?
Yana bilmam, Alloh bilguvchi.

(Oyog’imga botmon tog’larni
Asta bog’lab ketgan xoinlar,
Kishanlarim bir kun yechilar,
O’sha kunga tayyorlaninglar.)

(C) ummu Umayr

Ummu Umayr (reserve)🌴

18 Sep, 10:49


Iqtisoddagi adolat va moliyaviy insof haqidagi gapirganimda xoh yirik plandan, xoh mayda plandan bo’lsin, vaziyat unchalik ham farq qilmasligini — xo’rozning qichqirig’i bir xilligini sezaman.

Men uchun xalqqa xizmati, tajribasi va daromadi haqida biror ma’lumoti yo’q, ammo palonchixonning eri bo’lgani uchun 300.000$ soatni ta’qib olgan qaysidir oqsuyak bilan tishi qurtlaganiga 2 yildan oshgan, uydagi tog’orasi teshik, ehtimoli tualetiyam tuzuk ishlamaydigan, ammo qaysidir mushugining qo’shnisining to’yiga 100$ lik ko’ylak va yaltir-yultur bujiteriya (xatto tilla bo’lsa ham) taqib boradigan xotin bir maqomda. Ular orasida uncha katta farq sezmayman. Farqi majozan bittasi podvalda yashashi, ikkinchisi tomda yashashidami? Yashaydigan o’rniga ko’ra xarajatimi? Tomda yashaganlar “tomdanliklari” uchun xalqning puliga xohlaganidek kayf-safo qilishi mumkinmi? Yo podvalda yashaydiganlar har turli be’mani isrof bilan podvalda yashashini kompensatsiya qilishga haqlimi? Biri xalqi svet va gazdan mahrum, yoz bo’yi bo’qqa botib tappi qilganda, milyon dollarlik atirlarni sepib, shuni vatanparvarlik, deb aytayotgan bo’lsa, ikkinchisi Alloh unga omonat qilib bergan jism, ro’zg’or va mas’uliyatga “Hiq tfu” deb, “naqadar baxtli-yu, chiroyligigini” isbotlash bilan ovora. Har ikkisi ne’matlarni isrof qilish, haqlarni zoye qilishmasmi? Shoshmang, u palonchixonlar oydan tushdimi o’zi boshimizga? “Tepani” tanqid qilavergan bilan pastdagilarda holat o’zi qanday? Biz imkonimiz bor doirada nimani do’ndirib qo’yyapmiz? Adolat qilamizmi? Taqsimotimiz to’g’rimi? Nafsimiz hakalak otib ketmaganmikan?

Men bu ikki shavvozlarga, itday mardikorlik qilib, kelgach uyining poydevoriga umuman mos emas, ammo qo’shnisinikidan baland va jimjimadorroq darvoza o’rnatadiganlarni ham jon, deb qo’shardim. Yillab umrini qora ishga, mas’uliyatidagi oila va bolalarini Xudo biladi kimga topshirib, umrini o’tkazayotgan million erkaklar yugurib kelib jentra minishiga kulgim keladi. Yoki men boshqacha fikrlayman. Bu qanday tasalli? Qaysi mezonda teng bo’ladi bular? Nega jamiyat bunga jim? Nega buni xas-po’slashadi? 

Nega o’zi ayollar iti tanimaydiganlar to’yida qimmat va o’ziga xos ko’ylak kiyishi, ajralib turishi kerak? Mayli iti tanisa ham, nega to’y kabi marosimda asosiy e’tiborni maraka egalariga bergisi kelmaydi ularning? O’larday iyig’i chiqib dasturxon yozgan ular-ku? Birovning tahoratiga namoz o’qishni buncha sevamiz? Marosimlarning ijtimoiy vazifasi nima? Ehsonmi? Diydormi? Yoki modalar podiumimi? To’yda tovusdek tovlanib, uyida kuchukka salom berib o’tiradiganlarning holatini boshqalar bilmaydimi? O’zi uyalmasmikan, hijolat chekmasmikan? 

Uyida, sog’ligida, bolalari yo mas’ullarida bazal ehtiyojlar qalashib yotgan holatda, daromadi va sharoitiga mos bo’lmagan hayot tarzini qiladiganlar, shunga intiladiganlarni bir umr tushunmay o’tsam kerak. G’ashim keladi. Qo’limizdagi mulk Allohniki, yotib qolguncha otib qol, deyish uchun berilmaydi. Uni adolatli taqsim qilishga majburmiz, aksi bo’lsa, so’rovi qattiq bo’ladi. Yemoqning qusmog’i bor. Balki men xato fikrlarman, “hozirdan” foydalanish qobilyatim sustdir. 

Nazarimda, “O’z-o’zini tanqid qilish” qobilyatimiz o’ta past. Fikrlashlarimizni o’zgartirishimiz kerak. Tirikchilikning aybi yo’q, kimdirni kamsitmoqchimasman. Faqat umr bilan to’layotgan tovon evaziga kelgan pullarni isrof qilishlariga achinaman.

@palmoviysad

Ummu Umayr (reserve)🌴

12 Sep, 10:27


“Derazam ortida dunyo porlaydi,
Yuksak orzularim meni chorlaydi.
Uyimdan go’zalroq ko’rinar dunyo,
Uyimdan suyukroq ko’rinar dunyo”.

Shunday deya necha ayollar oxir,
Uyni ko’chalarga almashib ketdi,
Baxtni izlay-izlay, topganda baribir,
Baxti bechoraning boshiga yetdi.

Uyidan azizroq ko’ringan dunyo,
Chivindek ezg’ilab, zahmatga tiqdi,
Zaif xilqatidan er yasab go’yo,
Turfa muammolar ichida yiqdi.

Nafrat-u g’azab-la uyin eshigin,
Tambalab chiqqandi ketmasi oldi.
Yo’lning yarmigacha yetgani chog’da,
O’sha eshikchaga termulib qoldi.

Termulib umri ham oqardi, xuddi
Oqarganday sochi, ayol libosi,
Yuksak orzularga yetganda bilsa,
Asli orzu ekan uyning “havosi”.

Bolalar shovqini, kir-chir kiyimlar,
Qozon-tovoqlari ekan orzusi,
Mitti qo’llar uni alqab, erkalab,
“Onajon” deyishi ekan orzusi,

Sho’rgina, bilmabdi, uning aslida
Orzusi erining yonida bo’lsa,
“Hayhot! To’ydim! Charchadim”, desa,
Eri — uning yarim ko’nglini olsa.

Anglab yetganida achchiq orzuni,
Umri-yu, uylari parokandadir,
Oppoq sochlariga nastarin qadab,
Qolgan hayotiga alla aytadir.

Deraza ortida aldamchi dunyo,
Qancha ayollarni rom etib yotar,
Aytay, dugonajon, sizga bir sirni,
Bu yolg’onchi dunyo hammadan qolar.

(C) ummu Umayr

@palmoviysad

Ummu Umayr (reserve)🌴

07 Sep, 17:55


Har qanday terminning siyosiy va iqtisodiy jihati bo’ladi, doim ham bu ikkisi bir-biriga muvofiq kelmasligi mumkin. Sovet hokimyati ishchi hamda dehqonlar manfaatlari ustiga qurilgandi, ko’chadagi kuchuk ham qandaydir bir muhim ishni bajarishi kerak edi. “Ishsizlik” og’ir tamg’a edi, bizning ota-onalarimiz ana shu tamoyil bilan o’sishgan. Afsuski, jamiyatimizda haliyam shu avlod vakillari boshqaruvchi hokimiyatda.

Mana shu siyosiy tizim ommada “uyda o’tirgan ayol = bekorchi” degan formulani shakllantirib qo’ygan. Baraka topgur, uyda o’tirgan ayolning ish staji va qoplanmaydigan zararlari, izsiz g’oyib bo’ladigan resurslari senikidan — 6-8 soat ishlaydigan ayolnikidan bir necha barobar ko’p. U bekorchi emas. Ammo ijtimoiy ongda bu chuqur iz qoldirib ulgurdi, shuning uchun universitetni bitirib, ishlamabdi, degan gap bizdan bir pog’ona yuqori avlodga og’ir botadi. Uyda o’tirdi va tamom u jamiyatga begona, nafaqat begona balki dushman bo’lishi ham mumkin.

Tanganing ikkinchi tarafida esa o’ta makkor, o’ta yuzsiz va ayni paytda o’zgarmas realiya yotadi. Jamiyatga nafi tegmaydigan, bekorchi ayol iqtisodiy tizimning ajralmas bir bo’lagi: u yeydi, ichadi, cho’miladi, axlat to’kadi va hkz. Davlat xalqqa berishi mumkin bo’lgan deyarli barcha xizmatlardan foydalanadi va bunga pul to’laydi. Aniqrog’i, to’lashi kerak. Axir y iste’molchi! Iste’molchi = bekorchi?!

Biz iqtisodiy tizimdan chiqib ketolmaymiz, ammo siyosiy o’lchovlarni miyamizdan chiqarishimiz mumkin. Siz uyda o’tirsangiz ham bekorchi emassiz! Siz millionlab ayollar “dekret” degan so’zdan depressiyaga tushayotganda, shunday mashaqqatli vazifani zimmangizga olib yashayapsiz. Millionlab ayollar “oyga chiqish uchun” oilasini zoye qilayotganda, siz ikkiyuzlamachi dunyoga tupurib, o’z insonlik — biologik vazifangizni, onalik va rafiqalikni, bajaryapsiz. Sizni bekorchi deydiganlarning o’zi bekorchi. Bir ayol dunyoga kelib, jamiyat va dunyoga qo’shishi mumkin bo’lgan va buni biror bir erkak yolg’iz uddalolmaydigan buyuk missiyani bajarasiz — oila qurasiz hamda farzand ko’rasiz. Siz ijtimoiy va boshqa ustunliklaringiz bo’lishiga qaramasdan juftingizga hurmat va toatda bo’yin ega olasiz, ketiga kursi tegib bosar-tusarini bilmay qoladigan amaldorlar sizdan ta’lim olishi kerak. Siz bir parcha go’shtni puflab o’stirib jamiyatga kerakli kadr qilib qo’shasiz, uning uchun ketgan sog’liq, asab va umringizning evazini birovdan talab qilmaysiz. Fidokorlikning eng go’zal namunasi shu emasmi? Siz bor uyni birov payqamas, ammo siz yo’q bo’lgan uy aniq bilinadi.

Axir, qanday qilib shunday fidoyilikni bekorchilik deb nomlash mumkin? Yana uyalmay soliq olinsa, yeb turib maraydigan qo’yga o’xshab.

(C) ummu Umayr

Ummu Umayr (reserve)🌴

03 Sep, 04:58


89. УМУМИЙ РУҚИЯ

Ҳасад ва кўз тегиши ҳамда сеҳр-жоду, жинларга қарши шифо ниятида руқия.

©Роқий Муҳаммаджон Раимжонов

💿 xx. мб  56м:24с

@ruqiyamp3

Ummu Umayr (reserve)🌴

03 Sep, 04:58


91. ТАЛОҚ

Эр-ҳотин ўртасини (тафриқ) совутишга қилинган ва талоқ сеҳрига қарши руқия

©Роқий Муҳаммаджон Раимжонов

💿 46 мб  40м:13с

@ruqiyamp3

Ummu Umayr (reserve)🌴

02 Sep, 05:41


#fakt

Agar dinimizda musulmonlarni namozdan boshqa Masjid ul-Aqsoga bog’laydigan narsa bo’lmaganida edi, buning o’zi ham ularga qalblarida Masjid ul-Aqsoni ulug’lashlari uchun kifoya qilardi. Baro ibn Ozib roziyallohu anhu aytadi: “Biz Rosululloh sollollohu alayhi vasallam bilan 16 yoki 17 oy Baytul Maqdisga qarab namoz o’qidik. Keyin Ka’baga yuzlandik”.

(C) Doktor Raf’at Misriy

Ummu Umayr (reserve)🌴

23 Aug, 04:31


88. Руқия

Эркак ошиқ жинга, уни сеҳри ва тугунларига қарши Руқия!

Абу Ҳанифа

💿 xx. мб  1:00м:29с

@ruqiyamp3

Ummu Umayr (reserve)🌴

23 Aug, 04:31


8D РУҚИЯ

86. 🎧 Ушбу руқия Pentatonix томонидан 8D технологияси бўйича қилинган фақат наушникда эшитинг, иккаласини ҳам тақиб олинг! Чунки сиз бу руқияни қулоқ билан эмас, миянгиз билан эшитаётгандек хис қиласиз. Овоз наушникдан эмас, худди бошингизни ичидан эшитилаётганга ўхшайди.

🎤 Шайх Алижон қори
💿 34.2 мб 24:56c

@ruqiyamp3

Ummu Umayr (reserve)🌴

23 Aug, 04:31


85. Эр-ҳотинни совутиш, талоқ, туғмаслик, бачадонга қилинган сеҳрни ботил қилиш учун руқия!

🎤 Умар қори
💿 55.7 мб 1:20м:54с

@ruqiyamp3