✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi @jaydari_kopirayter Channel on Telegram

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

@jaydari_kopirayter


Sizga cheksiz mehr va hurmat bilan barmoqlari klaviaturada toblangan, bilagi baquvvat jaydari kopirayter — Doniyorbek Erkin oʻgʻli.

Treninglar: @Professionallardan
Izohlar: @jaydari_fikrlar
Hamkorlik: @jaydari_reklama

Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi (Uzbek)

Xush kelibsiz Jaydari Kopirayter kanaliga! Bu joyingizda, sizga cheksiz mehr va hurmat bilan barmoqlari klaviaturada toblangan, bilagi baquvvat jaydari kopirayter — Doniyorbek Erkin oʻgʻli.

Jaydari Kopirayter kanali sizga kopirayting bo'yicha eng so'ngi yangiliklarni taqdim etadi. Siz bu kanal orqali kopirayting sohasida o'z bilim va ko'nikmalaringizni oshirib borishingiz mumkin. Doniyorbek Erkin oʻgʻlining o'zining sohasida ko'plab tajribalarga ega bo'lganligi sizga eng yaxshi va samarali maslahatlar beradi.

Agar siz ham kopirayting sohasida o'z bilimingizni rivojlantirishni hohlaysiz, shunday qilib Jaydari Kopirayter kanaliga obuna bo'ling! Treninglar va maqolalar uchun @Professionallardan, fikrlar va murojaatlar uchun @jaydari_fikrlar va reklama imkoniyatlari uchun @jaydari_reklama kanallari bilan hamkorlikda ishlash imkoniyatiga ega bo'ling. Sizning kopiraytingda o'z rivojlanishizni kengaytirishga yordam beramiz!

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

20 Feb, 10:54


Oldin ofis yo‘qligida va hozirgacha ham zudlik bilan qaysidir ishni hal qilish kerak bo‘lib qolsa, istalgan kafe yoki oshxonaga kiraman, suv, limon choy yoki qora bijilloq suvning shakarsiz variantidan olaman-da, ishimni qilib o‘tiraveraman.

To‘g‘ri, ishlash uchun qilingan hududlaridagidek (coworking) juda qulay emas, lekin 5-10 mingga 10 martalab arziydigan sharoiti bor, deb hisoblayman. Qolaversa, bunaqa joylarni topish uchun uydan tashqariga chiqib, istalgan tarafga 400-500 metr yursangiz bo‘lgani.

Balki viloyatlarda oshxona va kafelar bu darajada ko‘p emasdir, lekin yetarlicha ekani aniq.

#topilma

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

20 Feb, 10:45


#shogird

Bu do‘stimizni oshiqcha tanishtirib o‘tirishga zarurat yo‘q. Bilgan biladi, bilmagan o‘zi biladi)

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

17 Feb, 05:46


Kuningiz yaxshi kayfiyatda o‘tsin

Ma’lumot uchun, 2-urunishda o‘xshadi. Shu yerda ham tajriba o‘z so‘zini aytdi 😅

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

16 Feb, 05:21


Xalqimiz to‘q va boy, ko‘z tegmasin.

Qaytimni ba’zilari tangaligi uchun olmasa, yana ba’zilari shunchaki qaytim bo‘lgani uchun olmaydi.

Cheklarni ham ba’zilari kambag‘al yoki ziqna ko‘rinishni istamaganliklari uchun o‘tkazmasa, yana ba’zilari arzimagan pul hisoblab, vaqtlarini ketkazishni xohlashmaydi.

Bu kabi holatlar odatda supermarketlarda ko‘p kuzatiladi. Har qanday supermarketda o‘zining ilovasi bo‘ladi va shu ilova orqali 1% keshbek olishingiz mumkin. Keyin xarid cheki bilan “Soliq” ilovasidan yana 1% qaytarib berishadi.

Bu eng minimal miqdor, olgan mahsulotingizga qarab, keshbek 30-40 % gacha ham bo‘ladi. Mayli, o‘rtacha 2% ham deylik, shuni olishga kim yoki nima qarshilik qiladi?

Dono xalqimizning “Toma-toma ko‘l bo‘lur” degan gapi bor. 10 ming bo‘ladimi yoki 100 ming, harna-ku, shu pulni kim Sizga beradi?

Ishonmasangiz, qiziqishga, ko‘chadagi odamlardan pul so‘rab ko‘ring. Qani kim pul berarkin? Bu gapni zerikkanimdan aytmayapman, rostan so‘rab ko‘ring. Ishoning, oson emas. So‘rashga juda qiynalasiz. Ichingizda tushunarsiz hissiyotlar kechadi va ko‘p anglashlarni bilib olasiz.

Endi mavzuyimizga qaytsak, arzimagan pul Sizga kerak bo‘lmasa, shuni kerakli insonlarga bering. Deyarli hamma savdo markazlarida zarur insonlar uchun maxsus quti joylashtirilgan, odamlar hech bo‘lmasa qaytim va cheklari bilan bo‘lsa ham kerakli insonlarga yordam berishga harakat qilyapti. Siz ham shu odamlar safiga qo‘shiling.

Birinchidan, Sizning arzimagan, mening arzimagan pullarim yig‘ilib yaxshigina summa bo‘lishi mumkin.

Ikkinchidan, bergan sadaqangizni qaysi biri qabul bo‘lishini bilmaysiz yoki qaysi biri kerakli insonga borib, unga manfaat ulashishini o‘lchay olmaysiz. Shuning uchun ehsonning kattasini qilyapsizmi, Sizdan nima ketdi, kichigina ham qilavering.

Bu gaplarim bilan nima demoqchiman? Bezrayib turmay, reaksiya bosing-da:)

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

14 Feb, 21:22


Qisqa qilib aytganda, majbursiz.

Vaziyat o‘qishni talab etyaptimi, 4 yil o‘qiysiz.

Arzimagan 5-6 million oylikka eshakdek ishlash kerakmi, ishlaysiz.

Yaqinlaringiz yordam bermagani yetmagandek, nimadir qilishga ham qo‘yishmayaptimi, chidaysiz.

Odamlar restoranga kirib, ovqatini yemay ketayotgan paytda Sizda tayinli ovqat yo‘qmi, sabr qilasiz.

Kimdirlar qaytimini tashlab ketayotgan bir paytda Siz ilovalarni skaner qilib yuribsizmi, hechqisi yo‘q, davom etavering (keyinroq bu haqda batafsil to‘xtalaman).

Siz boshqa gapni gapirsangiz, qolganlar umuman boshqa gapni tushunishyaptimi, mayli, e’tibor bermang.

Bularning hammasi bo‘lishi kerak bo‘lgan ishlar.

Men juda ko‘p muvaffaqiyatli insonlarning hayoti bilan tanishib chiqqanman. 1 ta ssenarist zo‘r ssenariy yozib, hammasiga sotganga o‘xshaydi, deyarli bir xil, juda olamshumul farq yo‘q.

Shunday ekan, hozir bo‘lib turgan jarayon Sizdan oldingilarda ham bo‘lgan, Sizdan keyingilarda ham bo‘ladi.

Faqat masala, unga qanday yondashishingizda. Masalan, qarzlarim ko‘payib ketdi, deb 1 yil siqilib yursangiz ham vaqti kelganda qarzlaringizdan qutulasiz.

Yoki imkon darajasida harakat qilib, boshqa jihatlaringiz ustida ishlasangiz, unda ham shu vaqti soati bilan qarzlaringizdan qutulasiz.

Farq nimada desangiz, 1-vaziyatda Siz — dan 0 ga chiqasiz. 2-vaziyatda esa — dan + ga chiqish ehtimolingiz juda yuqori bo‘ladi. Chunki Siz qo‘shimcha sabablarni qilyapsiz.

Shu sababli hozir uyqu tartibingiz buzilib, hech to‘g‘rilanmayotgan bo‘lsa, bu ham bir davr, o‘tadi-yu ketadi, lekin shu vaqt mobaynida nimalar qilib olishingiz keyinchalik bo‘ladigan voqea va hodisalarga ta’sir qilishi mumkin.

Mayli-da endi, o‘zimizni shunaqa qilib ovutmasak, hech kim dalda bo‘lmayapti-ku:)

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

14 Feb, 14:59


Inson o‘zi aytgan tavsiyasiga amal qilganida, uning tavsiyasi boshqalar uchun ham qadrli, ham ta’sirli bo‘ladi.

Dori ichishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing degan akalarimiz, Sizlar ham reklama chiqarishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing-da)

#kopirayter_kerak

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

10 Feb, 10:58


Kopirayter uchun eng zo‘r ishlardan biri — Telegram kanal yuritish

Nega deganda 2024-yildan boshlab juda ko‘p brendlar Telegramga ham fokus qaratishni boshlashdi. Top brendlarni-ku, gapirmasa ham bo‘ladi, oyiga $ 4000-5000 byudjet aynan Telegram sahifa uchun ajratiladi.

Bu juda katta imkoniyat degani. Chunki juda ko‘p loyihalar Telegramdagi oddiy joylarda ham xato qiladi. Bunga asosiy sabab — katta brendlarning Telegramga qiziqishi boshlanganiga hali uncha ko‘p bo‘lmadi.

Kopirayter esa o‘zi Telegramning odami. Albatta, mijozdan loyihasini olish oson bo‘lmaydi. Lekin natija qilingan mehnatga arziydi. Loyiha yashar ekan, Telegram yuritiladi, bu Sizning 1 ta loyihadan har oylik maoshingiz tayin degani.

1-1.5 million kichkina summa bo‘lishi mumkin. Ammo buni 1 yilga, 10 yilga hisoblasa, yaxshigina mablag‘ degani. Qolaversa, shu 1 millionni ham kim Sizga berib qo‘yadi? Kam bo‘lsin, barakasini bersin, harna-da)

#kopirayter_kerak

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

08 Feb, 09:56


Operator: Biz hammaning mazasini qochiradigan bankdanmiz

Men: Xo‘sh?

Operator: Siz bizning faol mijozlarimizdan ekansiz, shu sababli Sizga 20 milliongacha kredit olishni taklif qilmoqchimiz.

Men: 1 yildan buyon na kartalaringdan, na ilovalaringdan foydalanaman. Shunaqa mijoz ham faol hisoblanadimi?

Operator: Anaqa…

Men: Qanaqa?)

Operator: Mayli, sog‘ bo‘ling 😕

P. S. Kompliment mijoz bilan yaqinlik o‘rnatishda yaxshi ish beradi, faqat u kompliment faktga asoslangan bo‘lishi zarur. Umumiy yoki taxminiy aytilgan gap operator va u nomidan aloqaga chiqayotgan brendni mijoz oldida ikkiyuzlamachi qilib ko‘rsatib qo‘yadi.

#jaydari_yumor

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

01 Feb, 15:02


Juma kuni do‘kondan 1-2 ta narsa olgandim. Qaytim qaytarayotganda yana 1000 so‘m berishim kerak, o‘rniga qurt ola qoling, deb aytdi.

Odam ko‘pligi uchun xayol bilan qurt olish esimdan chiqibdi. Bugun kirib o‘tgan safar qurt esimdan chiqqanini va hozir olmoqchiligimni aytdim. Sotuvchi yigit mamnuniyat bilan olishim mumkinligini aytdi.

Shunda xalqimiz orasida mashhur bo‘lgan gap esimga tushdi: So‘raganning aybi yo‘q.

Hozirgi davrga kelib bu jumlani mana bu ko‘rinishda o‘zgartirsa bo‘ladi: Qayta-qayta, qayta-qayta so‘raganning aybi yo‘q.

Sinfdoshim turmush o‘rtog‘idan telefon raqamini so‘radi, uylanish uchun ko‘p harakat qildi. Hozir shirin qizchasi bor, baxtli oila.

Dadamdan universitetdan ketish uchun ruxsat so‘radim, rozi bo‘lishlari oson bo‘lmadi. Ayni vaqtda o‘zim yaxshi ko‘rgan va yuqori daromad keltiradigan ishim bor.

Shogirdim “ish bormi?” deb so‘ragandi, hozir frilansdagi loyihalarimning yarimini shu qiz qilib beradilar.

Hamkasbim $ 80 turadigan original krossovkani $ 25 evaziga olishi mumkinmi, deb so‘radi, sotuvchiga Instagram bo‘yicha yordam berib, hozir shu krossovkani kiyib yuribdi.

Akam, $ 7000 turadigan Sparkni birdaniga emas, qo‘shimcha ustamalarsiz, shu narxda bo‘lib bersam bo‘ladimi, deb mashina egasidan so‘radi.

Hozir shu mashina oilasi va ro‘zg‘origa yordamchi.

Bitta obunachi kursimga chegirma qilib berishimni so‘radi, hozir shu o‘quvchi individual tarifga 780 ming chegirma bilan qo‘shildi.

Bunaqa misollar juda ko‘p. Sizning ham hayotingizda shu kabi voqea bo‘lgan bo‘lsa, izohlarda yozib qoldirsangiz bo‘ladi.

Gapning indallosi, nimadir kerakmi, nima kerak bo‘lishidan, kimdan so‘rashga to‘g‘ri kelishidan qat’i nazar, so‘rang, chunki so‘raganning aybi yo‘q.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

28 Jan, 22:44


Juda zo‘r o‘ylashibdi

E’lon, vizitka yoki shu kabi Sizning xizmatingizni tavsiflaydigan reklamalarni odatda insonlarning o‘zi tashlab yuboradi.

Agar odamlar uni kerak bo‘ladi, deb qoldirishgan holatda ham reklamangiz simyog‘ochlar, yo‘laklar kabi yerlarga joylangan bo‘lsa, uni obodonlashtirish xodimlari tozalab ketishi zarur.

Lekin Siz ko‘rib turgan reklamani olib tashlashmagan. Nega deganda u yerda o‘ta zarur holatdagi murojaat uchun raqamlar berilgan va oxirida sekingina taksi kompaniyasi o‘zining raqamini ham qo‘shib qo‘ygan.

Eng qizig‘i, buni birinchi marta Bekobodda ko‘rdim. Balki boshqa joylarda bu kabi usuldan foydalanishayotgandir, ammo hozircha mening e’tiborimga tushmadi.

Oddiy flayerni olsak, uni hamma olgan zahoti katta ehtimol bilan tashlab yuboradi. Biroq shuning matni uchun ham kopirayterga o‘rtacha $ 20-30 to‘lashadi.

Endi shu kopirayter yuqoridagi keysimizdagidek, nimadir o‘ylab topsa-yu, odamlar shu sabab flayerni tashlab yubormasa, bu o‘z-o‘zidan sotuv oshishiga ta’sir qiladi. Buning natijasida kopirayterga ham bemalol 3-4 barobar ko‘proq pulni rozi bo‘lgan holatda berishadi.

Shu sababli atrofdagi shu kabi reklamalarga e’tibor berib yuring. Chunki ertaga kopirayter sifatida ish boshlasangiz, juda foyda beradi. Hozir esa e’tiborni hech nimaga chalg‘itmay, yotib uxlang)

#keys

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

24 Jan, 19:18


23:03. Menimcha hozir ham kech emas

Sinfdoshlarim 13 yoshligida internetga kira olardi. Mening esa internetga kiradigan 1-telefonim 19 yoshimda bo‘lgan. Hozir ishlatilayotgan telefonlarimizning eng zo‘ri ham, telefondan olish mumkin bo‘lgan maksimal foyda ham menda.

Kursdoshlarimning ba’zilari 12 yoshdan pul ishlashni boshlagan. Men birinchi pulimni 18 yoshimda topganman. Hozir eng katta oylik maoshni menga to‘lashadi.

Universitetdagi do‘stlarim 14-15 yoshidan sms yozishishni, Telegram kabi tarmoqlardan foydalanishni o‘rgangan. Men esa 21 yoshimda xabar yozishni va Telegramga qiziqishni boshladim. Ayni vaqtda 1 martalik reklama matnlarini yozib berishim 30 dollardan boshlanadi, Telegram bo‘yicha konsultatsiyamning narxi $ 70.

Bu yerda o‘zimni maqtashdan tashqari aytmoqchi bo‘lgan gapim: qachon boshlashingiz juda katta ahamiyatga ega emas, balki qanday davom ettirish muhimroq.

Hozir 23 yoshimda mashina olganim kim uchundir kulguli, chunki 16 yoshida o‘zining avtomobili bor o‘rtoqlarim bor edi. Yana kimgadir qo‘limdagi telefonni sindirgan holatda, ayamay tutayotganim hayratlanarli, nega deganda 30 ga kirib ham $ 1200 telefonni ololmayotganlar bor.

Kimga qaysi payt, necha yoshda Alloh qanaqa rizq taqsimlashini bilmaymiz. Lekin biz ishongan bir jihatimiz bor: Alloh hammaga hammasini eng kerakli vaqtda beradi.

Kech berilgani himmat, erta berilgani hikmat/sinov bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun bitta harakat qilib ko‘ring, Sizdan nima ketdi?

Xullas, kech bo‘lsa ham Juma bilan tabriklab qo‘yay degandim. Lekin baribir 00:00 gacha ulgurmadim. Demak, bu ham yaxshilikka. O‘zingiz ayting, kim shanba kuni Sizni juma bilan birinchi bo‘lib tabriklagan?

Faqatgina kamina-yu maqtanchoq. Shunday ekan juma ayyomingiz muborak bo‘lsin. Nafaqat juma kuni, balki har bir kuningiz barakali va muvaffaqiyatli bo‘lsin. Hozir esa tuningiz osuda va xotirjam o‘tsin.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

23 Jan, 06:40


Kopiraytingni shunisi yaxshi. Birdaniga katta maosh olmasligingiz mumkin. Lekin bir oyda bir necha marotaba kam-kamdan choy puli tushib turadi.

#mashaalloh

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

21 Jan, 19:57


Kopirayter nima ish qilishini yaqinda bo‘lgan #keys misolida ko‘rib chiqamiz

1. Kopirayter — idea generator. Aytaylik, mijozning bir nechta filiali bor. Bir nechta filiali bor biznesmenlar biladi, qaysidir filialda savdo zo‘r bo‘lsa, yana qaysidirida savdo past bo‘ladi.

Shu holatda nimadir idea qilish kerak. Kamolondagi do‘stlarimiz 50 ming so‘mgacha bo‘lgan miqdorda kupon qilishibdi. Bu Siz borib 70 minglik ovqatlansangiz, 20 ming to‘lab chiqib ketishingiz mumkin degani. Mijozni chaqirib olish uchun juda zo‘r aksiya o‘ylab topishgan.

Shu yerda ham bitta nozik joyi bor. Kupon miqdori kam bo‘lsa, xaridorlar bormaydi. Ko‘p bo‘lsa, mijoz katta xarajatga tushishi mumkin. Shu sababli kuponni necha pulligidan, necha dona chiqarilishini ham yaxshilab hisoblab chiqish kerak.

2. Kopirayter — tanqidiy tafakkuri bor mutaxassis. Miya hammada ham bor, ammo aynan gap matnlar haqida ketganda, kopirayter kuchliroq fikrlay olishiga ishonish kerak bo‘ladi.

Manzil kirilchada yozilsa, bir paytlar qolib ketgan “Кичик халка йули, 13” holatida turish kerak edi. Biroq baraka topishsin, manzilni lotinchada yozishibdi, lekin “Халка” so‘zidagi q harfini to‘g‘rilashibdi-yu, shu h harfiga e’tibor berishmabdi-da.

Yana bitta kechirilmas xato — sanalarning 2 xil yozilgani. Agar inson bilmay turib xato qilsa, buni tushunish mumkin. Ammo bitta joyda bitta yozuvni 2 xil yozilganini kasb nuqtayi nazaridan kechirish ozgina qiyin. Nega deganda bu xato bilimsizlik emas, balki e’tiborsizlik natijasida yuzaga kelgan.

Tushunmaganlar uchun gap “12-yanvar” va “19- yanvar” yozuvlari haqida ketyapti. Bu yerda qaysi variant to‘g‘ri ekani ahamiyatsiz, bittasi xatoligi aniq. Shu xato esa to‘g‘ri yozilishi qanday ekanini bilgan holatda qilingan.

3. Kopirayter = ChatGPT 10.0. Shu kupondagi matnni sun’iy intellekt ham yozib beradi. Biroq sun’iy intellekt 2 km radiusda 2 ta bir xil manzil bo‘lishini taxmin qila olmaydi (shunaqa kino ham bo‘lardi, eslaysizmi?) va yoki-da o‘zi borib tekshirmaydi.

Kamolon operatorlariga telefon qilsangiz, “kupon kichik halqa 13” manzilida amal qilishini aytishadi. Kartaga xuddi shu manzilni kiritsangiz, qandaydir tartibsiz joyga oboradi. Kamolonning Gulzor filiali esa bu yerdan yarim soatlik yoki 15-20 ming so‘mlik uzoqda joylashgan bo‘ladi.

Shaxsan o‘zim ham shu sababli ovora bo‘lib, hafsalam pir bo‘ldi. Eng qizig‘i, kollektivga ham Kamolonga borish haqida men aytgandim, ularning oldida ham xijolat bo‘lib qoldim-mi?

Endilikda menda eng yaxshi ko‘rgan brendlarimning biriga nisbatan nafrat hissi paydo bo‘ldi, buyog‘iga nafaqat bu yerga bormayman, balki boradiganlarni ham qaytaraman. Bu postni kuponning aksiya muddati o‘tib ketganidan keyin joylayotganim, boshqa kollektivlarim bilan Kamolonga emas, boshqa joyga bormoqchiligim, shu gaplarimning isboti bo‘ladi.

1 ta kollektivimiz bilan o‘tirishimiz 300-500 mingga tushadi. Kopirayter do‘stimiz yuqoridagi xatolarga e’tibor berganlarida edi, men yana 2-3 ta kollektivimni oborish bilan birga shu aksiya tugamasidanoq xolis reklama ham qilib berardim.

Ko‘rib turganingizdek, bitta mijoz sababli brend qaysidir ma’noda qisman zarar ko‘rdi. Bu mijozni qo‘llab-quvvatlaydigan shu postni o‘qiyotgan boshqa bir inson sababli brend yana zarar ko‘rishi mumkin bo‘ladi. U mijozni hurmat qiladigan insonlar sababli brend yana zarar ko‘rishda davom etadi. Bu zanjir davom etib ketaveradi va vaqt o‘tgani sayin ulangan har bitta halqani uzish hamda to‘xtatish shunchalik qiyin bo‘lib boraveradi.

Hazillashyapman, ja unchalik vahimali emas. “Boyga jin urarmidi” degandek, kichkina xatolar katta brendga men ta’riflaganchalik katta zarar keltirmaydi. Bu gaplarni shunchaki kopirayterning qadr-qiymati qanchalik yuqori ekanini tushuntirish maqsadida yozdim.

P. S. Baribir ham Kamolon jamoasiga #kopirayter_kerak deb o‘ylayman. Albatta, bu mening fikrim, adashayotgan bo‘lishim ham mumkin)

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

16 Jan, 22:02


Yashirmayman, rus yoki ingliz tilini bilsangiz, bizning sohada ish topish va daromad qilish ehtimoli juda yuqori bo‘ladi.

Lekin til bilmasdan ham bu sohada ishlash va pul topish mumkin. Shaxsan o‘zim ham na rus tilini bilaman, na ingliz tilini.

Lekin Alhamdulillah, 3 yildan oshiq vaqtdan buyon shu sohada ishlab, kam bo‘layotganim yo‘q.

O‘zi til bilmaslik maqtanadigan jihat emas, shunchaki men aytmoqchi bo‘lganim, qaysidir sohani o‘rganmoqchimisiz, o‘zingizni ma’lum bir tushunchalar bilan cheklamang.

Til bilmasa, bu sohada ishlay olmaydi degan gapning xato ekani biri mening misolimda bo‘lsa, yana birini shu shogirdimiz misolida ko‘rishingiz mumkin.

Ular asosan rus tilidagi matnlar bilan ishlaganliklari hisobiga, o‘zbek tilida juda kuchli matnlar yoza olmasalar ham rus tilidagi bilimlari orqali rizqlarini terib yuribdilar.

Xullas, uyqudan turar ekansiz, Sizga beriladigan rizqingiz bor. Shunchaki uni barakali qilib olish uchun ozgina sababini qilsangiz bo‘lgani.

Juma ayyomingiz muborak bo‘lib, Alloh rizqingizni keng va barakali qilsin.

#Shogird

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

16 Jan, 22:02


Профессия, которая изменила мою жизнь

😇 Каждый день в новой профессии — это шаг к лучшей версии себя. Бывают моменты, когда критика учителя заставляет задуматься: «А справлюсь ли я?» Иногда кажется, что легче всё бросить. Но стоит оглянуться назад и вспомнить, какой была моя жизнь до обучения, как понимаешь: этот путь того стоит.

🥹 Каждое замечание учителя, каждая рекомендация — это не просто уроки, это опора, которая помогает становиться лучше. Я искренне благодарна за знания, поддержку и возможность расти. Этот опыт научил меня ставить цели, видеть перспективу и двигаться вперёд, несмотря на преграды. Спасибо вам огромное за знания и за возможность освоить новую профессию @Doniyorbek_Erkin

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

14 Jan, 16:41


Bugun ba’zi joylarda 14-yanvar haqida g‘alati gaplar eshitib qoldim

Unga ko‘ra, yigitlarga qizlar munosib sovg‘a bermabdi yoki ayrim yigitlar umuman sovg‘asiz qolibdi.

Bugun qaysidir biznesmen yoki doimo kimgadir yordam berib yura oladigan qaysidir erkak sovg‘asiz qolganiga ishonmayman. Sovg‘a va e’tibor ko‘rmaganlar esa katta ehtimol bilan menga o‘xshab atrofidagi insonlarga tayinli foyda keltirmagan odamlar.

Maktab davrlarida qandaydir zo‘r sovg‘a olganimni, undan keyingi davrda-ku ma’lum bayram sababli qaysidir yili hadya olganimni eslay olmayman. Olgan narsalarim faqat majburiy oldi-berdilar bo‘lgan.

Va men bu holat uchun umuman xafa emasman, aksincha, fikr qilib ko‘raman. Nahot 24 yil davomida kimningdir ko‘nglida qoladigan (sevgi ma’nosida emas) darajada hurmat topolmadim?

Eslab ko‘rdim, rostan ham kimgadir katta manfaat keltirganimni eslay olmadim. Shunday ekan nima sababdan kimdir menga e’tibor ko‘rsatishi kerak?

Bu vaziyatni 100% to‘g‘ri qabul qilaman va imkon darajasida o‘zimning ustimda ishlashga harakat qilaman.

O‘zi aslini olganda, e’tibor va sovg‘alar kimdandir kutilmaydi, balki inson o‘ziga-o‘zi olib berishi kerak bo‘ladi. Menga hech kim mashina, zo‘r telefon yoki kuchli kompyuter olib bermagan. Lekin men bu narsalarni o‘zimga olganimda, birov sovg‘a qilgandan ko‘ra ko‘proq xursand bo‘lganman.

Nega deganda kimningdir hadyasi nisbatan kamroq muddat zavq beradi, lekin o‘zingizning mehnatingiz bilan erishilgan natijaning zavqi ancha uzoq davom etadi.

Buning uchun esa Sizda qo‘shimcha daromad manbayi bo‘lishi kerak. Chunki oylik yoki 1 ta joydan oladigan maoshingiz zarur xarajatlaringizdan ortishi juda qiyin. Lekin qo‘shimcha ishda ishlash ham unchalik oson emas, biroq kopirayting bilan buni ilojini qilish mumkin.

Nega deganda kopirayting sohasini ishingizdan boshqa vaqtda kuniga 1-2 soat ajratgan holda o‘rganish va xuddi shunday, kuniga 2-3 soat ajratib, oyiga 1-2 million daromad qilsa ham bo‘ladi.

To‘g‘ri, bu katta pul emas, lekin ishsiz yurgan insonga yoki uydan chiqmagan holatda, telefonning o‘zida ishlamoqchi bo‘lgan kishilarga juda mos keladi. O‘zi shundoq internetda o‘tadigan 1-2 soatga kimdir Sizga pul to‘lasa, buni yomon joyi bo‘lmasa kerak?

P. S. “Bu post o‘zingni ovutish uchun ko‘zingda yosh bilan bilan yozilgan” desangiz ham e’tiroz bildirmayman :)

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

13 Jan, 15:42


2-qism. 1-qism tepada 👆

3. Muhtoj bilan sherikchilik
. Kimdir nimagadir muhtoj ekanini bilsangiz. Uning zimmasidagi mas’uliyatni o‘z zimmangizga olasiz. Masalan, kimningdir dorisiga 500 ming kerak, Siz 1 ta kattaroq xizmatingizni sotishingiz bilan shu insonga yordam berishni reja qilasiz.

4. Sherik bilan sherikchilik. 2 ta halol sherikning uchinchi sherigi — Alloh bo‘ladi, deb eshitganman. Pulingiz bo‘lmasa, investor jalb qiling. Qaysidir ishni hammasini bajara olmasangiz, shu ishni qila oladigan hamkor toping.

5. Ustoz bilan sherikchilik. Mana endi eng qiziq joyi, yuqoridagi tavsiyalar 3-7 million maoshi bor insonlar uchun bo‘lsa, bu tavsiyamiz arzimagan pulga ishlayotgan, lekin kuniga 2-3 soat vaqt ajratib, telefon orqali qo‘shimcha pul topishni istayotgan do‘stlarimiz uchun ayni muddao.

Har qanday ishni rivojlantirish yoki kengaytirish mumkin. Buning uchun o‘zingizni sohangizda ustoz topib, unga shogird tushasiz. Shu ustoz bilan birgalikda o‘zingiz xohlagan natijaga 2-3 barobar tezroq borasiz, inshaalloh.

Agar Siz kopirayting sohasiga qiziqib, bu sohani o‘rganish istagida bo‘lsangiz, bu yerda kursimiz haqida ma’lumot bor.

Sizda umuman pul yo‘qmi? Muammosiz, bu yerda bu kasb nima ekanidan tortib, shu sohani 0 dan o‘rganishgacha bo‘lgan o‘zbek tilidagi kurslargacha ma’lumot bor.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

13 Jan, 15:27


Rosa mehnat qilyapsiz, lekin topganingiz ortmayaptimi?

Bu kabi holat odatda o‘rtacha oylikka ishlaganingizda bo‘ladi (3-7 million). O‘zbekistondagi aholining juda katta qismi esa aynan shu summa oralig‘idagi maoshga ishlaydi.

Bu maosh qaysidir ma’noda insonni komfort zonaga tushuradi. Nega deganda inson oylikdan oylikka ishlagani hisobiga, o‘zidan ortib nimadir qilishga umuman imkon topolmaydi.

Endi orttirib qandaydir ish qilaman desa, atay qilgandek, shu ish ham negadir yo orqaga ketadi yoki oldinga yurmaydi.

Men bu davrda juda ko‘p vaqt yo‘qotib qo‘ydim. Shu sababli Siz hozir shu kabi vaziyatda bo‘lsangiz, bu postning Sizga juda katta foydasi tegadi, inshaalloh.

Sherikchilik. Aynan 2 ta sherik bir bo‘lganda, matematik hisob kitoblar ishlamay qoladi. 1+1 maktabda o‘rgatilgandek 2 emas, balki 11 ga aylanadi.

Har qanday omadi chopgan, ishi yurishgan insonning sherigi bor. Sherigi yo‘q inson umri davomida qancha harakat qilsa ham biri ikki bo‘lmaydi. Shu sababli keling, sherikchilik haqida gaplashamiz.

1. Alloh bilan sherikchilik. Alloh Sizning sherigingiz bo‘lishining juda ko‘p yo‘llari bor. Men o‘zim bilganlarim va har kuni qilishimiz mumkin bo‘lgan 5 tasini aytib beraman.

1) Kun barakasi uchun. Har kuni ertalab hammaga har xil rizq taqsimlanadi. Lekin kimdir kuniga 50 ming topib yetkazadi. Yana kimdirga kuniga $ 500 topsa ham qarz bilan chiqadi. Bu yerda gap pulning miqdorida emas, balki barakasida.

Pulga baraka kirishi uchun esa har kuni ko‘chaga chiqayotganda o‘zingiz xohlagan summani “Kun barakasi” deb nomlangan qutiga/bonkaga/kartaga yoki o‘zingizga qulay nimagadir solib qo‘ying. Pulning miqdori umuman ahamiyatsiz, 100 so‘mlik tanga ham bo‘laveradi.

Pul to‘planib boraveradi, orada shu pulga muhtoj kimdir chiqib qoladi. Buni o‘zingiz sezasiz, shu payti shu yig‘ib qo‘ygan pulingizdan xolis yordam qilasiz.

Vaqtga va bosha ishlarga baraka ham shu usul bilan ko‘paytiriladi.

2) Nimadir ulashish. Kimnidir tushlik bilan mehmon qilish, o‘zingizga ravo ko‘rgandan unga ham ilinish kabilar.

3) O‘zingizga mos kelmagan kiyimingizni berish, kimningdir o‘qish pulini to‘lab yuborish, o‘zingizga yoqqanini shunchaki kimgadir sovg‘a qilib yuborish.

4) Moliyaviy holatingizni 40 dan birini zarurati borlar bilan bo‘lishish. Qo‘lingizdagi telefon, Telegram kanalingiz, soat, kiyim va shu kabi o‘zingizga tegishli narsalarni pulga hisoblab, 40 ga bo‘lasiz va 1 qismidan xolis boshqalar uchun voz kechasiz.

5) 2.5%. Buni ko‘pchilik yuqoridagi 1/40 bilan adashtirishadi. Aslida esa bu boshqa. Bu har bir tushumga taalluqli. 10 million maosh oldingizmi, shundan 250 ming so‘mini ehtiyoji bor joylarga yetkazishingiz lozim.

Sizga kelayotgan pul qay yo‘llar bilan topilganini bilmaysiz. Bilmasligingiz Sizni javobgarlikdan qutqarmaydi. Shuning uchun 2.5 foizidan kechgan holda qolgan 97.5% dan xotirjam foydalanishingiz mumkin.

(Mening diniy ilmim juda sayoz. Nimanidir xato gapirgan bo‘lsam, aybga buyurmaysiz, ustozlardan eshitganimni yozdim. Foydali bo‘lsa, ustozlarimni duo qilasiz. Kamchiligini topsangiz, meni kechirasiz)

2. Ota-ona bilan sherikchilik. Sizga kelgan istalgan manfaatning 10 foizi ota-onangizniki.

Do‘stlar bilan o‘tirib, maza qilib shashlik yesangiz, uyga 2 ta shashliksiz kirishga haqqingiz yo‘q yoki bo‘lmasa o‘zingiz ham yemasligingiz zarur.

Qaysidir xizmatingiz uchun ham 1 million berishsa, buning 100 ming so‘mi ota-onangiz ulushi.

Boshida 10 foizni 2 ga bo‘lsangiz, oilali bo‘lganingizdan keyin 5 ga bo‘lishingiz shart. Oyingiz nomini bilmagan shokoladni turmush o‘rtog‘ingiz yeyishi unga aniq bir balo olib keladi.

Ko‘pchilik nega farzandini injiq yoki g‘alati odatlari borligini tushunmaydi. Ammo er-xotin o‘zlariga ravo ko‘rganidan ikkala tarafning ham ota-onalari bahramand bo‘lishganmi degan savolga javob yo‘q. Shu savolga javob topa boshlasangiz, farzandingizga umuman e’tibor bermasangiz ham yuzingizni yorug‘ qiladigan inson bo‘ladi.

2-qism yo‘lda, ungacha reaksiya bosib turing:)

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

13 Jan, 14:57


#shogird 👆

3-7 million topadigan insonlarda bir muammo bor

Topganlari o‘ziga yetadi, lekin orttirib biron bir ish qilishga juda qiynalishadi.

Eng qizig‘i, shu oylik bilan bir necha yillar davomida qolib ketishlari mumkin.

Bu holatda daromadni 2-3 barobar oshirish uchun nima qilish kerak deb o‘ylaysiz?

Fikringizni izohlarga yozib qoldiring. Men esa 1 soatlarda Sizga aynan shu mavzuda juda foydali post yuboraman.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

11 Jan, 16:15


Men bugun ustozimdan Jumalik oldim

Amaliyot davrida kopirayting nima ekanini, uning asl mohiyatini oʻrgandim desam adashmagan boʻlaman. Tajriba davrida ham sinov uchun matnlar yozganman, lekin real keyslar bilan ishlash umuman boshqacha boʻladi.

Tajriba vaqtida shunchaki yozasiz, kamchiligi boʻlsa aytishadi, toʻgʻrilaysiz. Amaliyotda esa bunday boʻlmaydi. Sizda masʼuliyat hissi boʻladi. Yozganingizni qayta-qayta oʻqiysiz. Bir necha bor matnni sayqallaysiz. Qisqa qilib aytganda, amaliyot davrida haqiqiy buyurtma olishga tayyorlanasiz. Ham tezlikka, ham sifatga ishlaysiz.

Bugun amaliyot davridagi kichik mehnatlarimni katta baholab, ustozim menga Jumalik berdilar. Bundan xursand boʻldim, lekin xijolat ham boʻldim. Chunki eʼtiborsizligim sabab qayta-qayta xato qilib, ustozni ranjitgan kunlarim, matnni vaqtida yozib bera olmagan yoki joʻnatishga yaroqsiz matnlar yozgan kunlarim boʻldi. Sabr bilan barcha kamchiliklarimni tushuntirdilar.

Gapirishlari ozgina qoʻpol buni koʻpchilik biladi. Lekin, bu soʻzlar ortida shogird haqida, uni kelajagi haqida qaygʻurish yotadi. Sifatli kadr tayyorlash uchun oʻzlaridagi bor bilimni berishga harakat qiladilar.

Shunday farzand tarbiya qilgan ota-onangizga rahmat. Oʻzingizga alohida rahmat. Alloh hamisha topganlaringizga baraka bersin. Hamisha qadrli, sevimli insonlar qatorida boʻling. Alloh faqat yaxshiliklar bilan, Ikki dunyo saodati bilan siylasin.

Uydagilar sizni koʻp duo qilishdi. Hamisha duolarda boʻling. Bizdek shogirdlaringizga Jumalik tarqatishdan charchamang. Rahmat sizga Jaydari kopirayter!

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

10 Jan, 17:10


Asalchi akadan o‘rgangan bilimlarim

1. Shunchaki o‘tib ketayotganimda “keling o‘g‘lim, ta’mini ko‘rib keting” dedilar.

Balki menda ularning mahsulotiga ehtiyojim yo‘qdir. Ammo ular taklif berib ko‘rdilar.

Har qanday sohada ham shunday. Mijozda mahsulot yoki xizmatingizga nisbatan ehtiyoji bormi yoki yo‘qligini bilishi uchun undan foydalanib ko‘rishi zarur.

Bu imkoniyatni esa mutaxassis, ya’ni Siz taqdim etishingiz lozim. Shunchaki o‘zingizdagi kopirayting xizmatini har kuni 10 tadan (ijtimoiy tarmoqlar bor davrda bu ish muammo emas) loyiha yoki insonga taklif qilsangiz, maksimum 1 oy ichida buyurtmalarga ulgurmay qoladigan darajaga kelib qolasiz, inshaalloh.

2. “Yeb ko‘ring” deb berdilar va hamma asallaridan ozgina-ozginadan berdilar. Taxminan 10 ga yaqin asallarning ta’mini ko‘rdim. “Yegan og‘iz uyalar” degandek, 90% inson 10 xil asalni yegandan keyin hech bo‘lmasa, 100 gr bo‘lsa ham olib ketsa kerak.

3. Qaysi asalni olishga ikkilanib qolib, ular tavsiya qilgan asalni olishni xohlamayotganimni, ular qimmat asalni tavsiya qilayotganliklarini aytdim.

Shunda u aka “Bolam, 38 yillik tajribam bor, kimga qanday asal tavsiya qilishni bilsam kerak” dedilar. Shu gaplaridan keyin bir og‘iz gap ham aytolmadim.

Har bitta mutaxassisda o‘zining ustunligi bor. Bundan esa foydalanish kerak. Men ham mijoz bilan gaplashganimda, 3 yildan oshiq tajribam borligini va o‘zbek segmentidagi eng katta auditoriyaga ega ekanimni eslatib ketaman.

Siz ham o‘zingizdagi shu kabi ustunlikni topib, mijoz bilan muloqotda aytib o‘tishingiz shart. Bu mijozda Sizning brendingizga nisbatan ishonch paydo qiladi.

4. Idishlari juda oddiy ekanini, boshqalarda chiroyli idish bo‘lishi haqida shama qilmoqchi edim, ular sekingina tushuntirib qo‘ydilar:

Idish qanday bo‘lishidan qat’i nazar, uni deyarli ishlatmaganingizdan keyin idishning nima ahamiyati bor? Shu idish Sizga kerak bo‘lsa, o‘zini alohida ola qoling. Men chiroyli idish bilan asalni 30 ming qimmatga sotganimdan ko‘ra, oddiyroq idishni tekinga qo‘shib berib, 30 ming arzonroq berganim yaxshi emasmi?)

Hamma mutaxassisda kamchilik bor. Bu kamchilik aytilganda, bu kamchilikni ustunlikka aylantira olmasangiz, o‘zingizni oqlaganingiz bir tiyinga qimmat.

Bizning sohadagi asosiy muammo, juda ko‘pchilik sohaga yangi kirgan va mijozlarning ayrimlari “Necha yillik tajribangiz bor?” deb so‘rashadi. Loyihaga yangi kirgan insonda katta tajriba bo‘lmaydi va bu holatda mijoz kutgan javobni bermaslikka harakat qilishingiz lozim.

Rostini aytaman, sohaga kirganimga ko‘p bo‘lmadi. 2-3 yillik tajribam yo‘q, lekin 2-3 yillik tajribasi bor kopirayter yozib beradigan matnni men ham yozib bera olaman. Ustiga-ustak, men u kopirayterdan ancha arzonroq qilib berishim ham mumkin.

Qolaversa, bitta ishni 3 yil takrorlash, 3 yillik tajriba hisoblanmasa kerak, nima dedingiz?)

Bu holatda mijozga uzoq yillik tajriba katta ahamiyatga ega emasligini va Sizdagi kichkina tajriba muammo emas, aksincha afzallik, afzallik bo‘lganda ham mijoz pulini yaxshigina tejab beradigan afzallik ekanini tushuntirib beryapsiz.

5. Men ulardan hech nimani so‘ramadim, lekin ular har shanba ishga chiqishlarini aytib, bonkalariga telefon nomerlarini yopishtirib qo‘ydilar. Asal tugaganicha, telefon raqam xohlamasam ham menda saqlanib turadi.

Mijozda Sizning raqamingiz doimo saqlanib turish zarur. Buning uchun mijozga majburlab kontaktingizni saqlatishingiz va u bilan tez-tez aloqada bo‘lib turishingiz kerak.

Pulingiz bo‘lsa, o‘tirishlarga taklif qiling. Oflayn ko‘rishishni iloji bo‘lmaganda, bayramlarda va juma kunlari tabriklab tursangiz bo‘ladi. Bu usul bilan borligingizni doimo eslatib turasiz va qachondir kopirayter xizmati kerak bo‘lsa, mijoz birinchi bo‘lib Sizga aloqaga chiqadi.

Shunaqa gaplar. O‘rganaman desangiz, gadodan ham o‘rganish mumkin.

P. S. Bir men toza asal olmay ekan-da, hamma bildi, hammaga aytdim ey)

#jaydari_tahlil

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

06 Jan, 15:40


Qanday qilib pulni saqlab qolish va uni ko‘paytirish mumkin?

Buning o‘zim bilgan bir nechta variantlari bor. Bu postda shu variantlardan barcha insonlarga mos keladigan variantlarini ko‘rib chiqamiz, inshaalloh.

1. Katta maqsadlarga yig‘iladigan pullar. Bu pullarni bankdagi seyflarga yoki yacheykalarga qo‘yishingiz mumkin. Nega deganda uydagi pulni ketib qolish ehtimoli juda yuqori, ham kimdir pul so‘rasa, “Uyimda pul yo‘q“ desangiz ham yolg‘on bo‘lmaydi.

Yacheyka va seyflarda turgan pullar ko‘paymaydi, lekin ulardan istalgan payti foydalansangiz bo‘ladi. Faqat bankda turgani hisobiga ijaraga pul to‘laysiz, ijara narxi esa u yerda saqlayotgan pulingiz miqdorining oldida sariq chaqa.

2. Pulni saqlash birga ko‘paytirish. Bizda ota-bobolarimiz uni ko‘paytirgandan, saqlashni afzal ko‘radi. Lekin zamon rivojlangani sari halol tarzda ko‘paytirish haqida juda ko‘pchilik o‘ylashni boshlashdi.

Bu bo‘yicha men bilganim — Markab invest. Uyga, to‘yga yoki avtomobilga yig‘adigan pulingizni shu investitsion kompaniyaga qo‘ysangiz, nafaqat pulingiz saqlanib turadi, balki halol tarzda ko‘payadi ham. Bu ko‘paygan summa esa bemalol ro‘zg‘orga yetadigan darajada bo‘ladi.

Endi bu 2 tavsiyamiz uchun $ 3000-4000 ko‘proq summa kerak. Bizga o‘xshaganlar ham odam, shu sababli o‘zimizga o‘xshagan puli kamroq insonlarga ham mos keladigan variantlarni ko‘rib chiqamiz.

3. Kam pulni boshqarish. Pulingiz oylikdan ortgan summa bo‘lsa, bu 1-2 million so‘m bo‘ladi xolos. Bu pulni esa ishlatib qo‘yishingiz 95% aniq. Shu sababli bu pulni qaytarib olishingiz qiyin bo‘lgan joyga qo‘yishingiz zarur.

Buning uchun esa “Iman invest” juda yaxshi tanlov. Bu kompaniyaga 500-600 ming bilan ham investor sifatida kirishingiz mumkin, lekin qo‘ygan pulingizni 1-2 oylarsiz chiqarib ololmaysiz. Bu esa pulini ishlatib qo‘yadiganlar uchun ayni muddao.

To‘g‘ri, pulingiz juda tez ko‘payib ketmaydi. Lekin eng asosiysi, yo‘q ham bo‘lib qolmaydi.

4. Yo‘q pulni bor qilish. Endi shu kichkina pul ham bo‘lmasa nima qilish kerak desangiz, qo‘lingizga kelgan pulni 10% ini saqlab qolishga harakat qiling.

200 mingga olinadigan oyoq kiyimni savdolashib, 180 mingga ham olsangiz bo‘ladi. Shunda 10% pul saqlanib qolyapti.

Ro‘zg‘or uchun sarflanadigan 1 millionni 900 mingga tushursangiz bo‘ladi.

Ijaraga to‘lanadigan 900 mingni vaziyatni tushuntirib, 810 ming desangiz ham yo‘q deyishmaydi.

Xullas, xohish bo‘lsa, 10% orttirib qo‘yish juda qiyin emas.

5. Kam-kam emas, ko‘proq orttirish. Yuqoridagi berilgan variantlar orqali pulingizni yiliga 10 foizdan o‘rtacha 25 foizgacha ko‘paytira olasiz. Bu miqdor esa kim uchundir juda kam. Aytaylik, 5 million pulingiz 1 yilda 6 million bo‘lsa, bu oyiga 83 ming degani. Bitta to‘yib ovqat yesangiz, 1 oylik foyda uxladi.

Unda nima qilish to‘g‘ri bo‘ladi desangiz, bilimga tiking. 3 ta joyga sarflangan pul har doim karra-karra bo‘lib qaytadi: Alloh yo‘lida muhtojlar, ota-ona va yaqinlarga, ilm olish uchun.

O‘zingizda bor pulga o‘zingiz qiziqqan yo‘nalishda ilm olishga sarflashingiz mumkin. Masalan, kopirayting kursiga:)

Endi aytishingiz mumkin, bir so‘m puli yo‘qlar nima qilsin?

Biz bu kabi do‘stlarimizni ham o‘ylab qo‘yganmiz. Kopirayting qanaqa soha ekanini o‘rgatuvchi o‘zbek tilidagi bepul kurslardan tortib, bu sohada qayerdan ish topishgacha bo‘lgan bilimlarni bu yerda saqlab qo‘yganmiz.

O‘ylaymanki, endi hech qanday bahonaga o‘rin qolmadi.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

06 Jan, 14:56


Pul topish, uni saqlash va ko‘paytirish bo‘yicha qanday bilimlarni bilasiz?

Izohlarda fikringizni yozing, keyin men Sizga shu mavzuda yozilgan bitta zo‘r postni yuboraman.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

05 Jan, 08:18


20 kun jaydari kopirayter bilan birga bo‘lganingizda, balki bu kabi xato bo‘lmasmidi?)

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

04 Jan, 06:56


Xohish bo‘lsa, bahonalarga o‘rin yo‘q

@Active_Copywriter do‘stimizning boshidan o‘tganlari faqat o‘ziga va Allohga ma’lum. Lekin shunga qaramay tarjimon va kopirayter sifatida faoliyatlarini rasman boshlab oldilar.

Endilikda ssenarist sifatida ham mijozlarga yordam berishlari uchun maksimum sababini qilamiz, inshaalloh.

Ungacha esa ularning xizmatlaridan foydalanib tursangiz bo‘ladi.

#shogird

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

04 Jan, 06:04


Sh ni w bilan yozadigan insondan kopirayter chiqmaydi, deb o‘ylardim va men haq ekanman:)

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

03 Jan, 09:59


Nima sababdan nom tanlash uchun kopirayterga eng kami $ 200 boshlab xizmat haqi berishlarining sababini tushundingiz, deb o‘ylayman.

#kopirayter_kerak

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

01 Jan, 08:04


Kecha uyimizga ancha vaqtdan buyon Rossiyada yurgan pochcham (xolamning turmush o‘rtog‘i) keldilar va quyidagi gaplarni aytdilar:

Dadangga mashina hadya qilganingni ko‘rib, juda xursand bo‘ldim. Mana endi dadang yelkasida bozorga oborib, 2 ta perashka bilan 1 ta kakao olib berganini oqlabsan.

Yoshligimda ko‘p piyoda yurar edik. Lekin kichkinaligim uchun ozginadan keyin charchab qolardim, shunda dadam qolgan yo‘ldan yelkalariga chiqargan holda o‘tishimga yordam berardilar.

Dadam meni kakaoni va kartoshkali perashka yaxshi ko‘rishimni aniq bilardilar (Siz ota-onangiz nimani yaxshi ko‘rishini bilasizmi?) hamda har doim olib berishga harakat qilardilar. Eng qizig‘i, bu kabi voqealar kuniga 3-4 marta turli ko‘rinishda takrorlanardi. Men 23 yil davomida shu qilingan katta ehtimol bilan millionga yaqin, balki oshiq ishlardan 1 tasiga javob qaytara olibman xolos.

Arzimasak ham bizga yana bir yil imkoniyat berildi. Shaxsan men o‘tgan yil qilgan ishlarimni sarhisob qilishga ham uyaldim, nega deganda qoyillatib bajargan 1 ta ham amal topolmadim, desam ham bo‘ladi.

Bu yil oxirida nimanidir ro‘yxatga qo‘shish uchun qandaydir harakat qilish kerak. Buni hamma juda yaxshi biladi, shunchaki yana bir eslatib qo‘yyapman-da.

Matematikada aytilgandek, kuniga nimanidir 0.1% dan bajarsak, yil oxirida sal kam 37 ta nimagadir erishgan bo‘lamiz. Shunda yil oxiridagi xisob-kitobda ota-onamiz bizga 1 kunda qilgan xizmatiga farzand sifatida munosib javob berolgan bo‘larmiz, degan umiddaman.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

28 Dec, 13:07


Yangi yil yaqin

Yaqinlarimning tug‘ilgan kuni bilan tabriklamaydigan inson ekanimni hisobga olsak, yangi yilda ham mendan hech nima kutmang, hatto tabrik ham.

Lekin biz ishlaydigan aksariyat loyihalar yangi yil tabrigini yozishimizni so‘rashadi. Shu sababli bu mavzuga soha mutaxassisi sifatida to‘xtalib o‘tishga majburman.

O‘zi tabrikning maqsadi haqida rostini aytadigan bo‘lsam, post sonini to‘ldirish. Masalan, qaysidir loyihaga 12 ta post va’da qilingan bo‘lsa, tabrik posti bilan osongina 1 ta post yopib yuboriladi. Shuning uchun tabrikka zarurat yo‘q.

Endi “Yo‘q, mening obunachilar 500 ta tabrikdan tashqari, 501-tabrik sifatida mening ham loyihamdan keladigan postni kutadi” desangiz, mayli, tabriklashingiz mumkin. Ammo hech bo‘lmaganda, tabrik aynan Sizning loyihangiznikiligi bilinsin.

“Sizga qarg‘a kabi 500 yil umr tilayman” desangiz, bu Sizning tabrigingiz emas. Nega deganda buni istalgan loyiha yozishi mumkin.

Buni misol uchun, panel ishlab chiqaradigan loyiha uchun taxminan mana bunday o‘zgartirsangiz bo‘ladi: Panellarimizning xizmat kafolatichalik uzoq umr tilab qolamiz. Ma’lumot uchun, interyerda foydalaniladigan ayrim panellar 500 yilgacha xizmat qilib beradi.

Tabriklarning boshqa gaplarini ham xuddi shunday kompaniyaga yoki kompaniyadagi mahsulotlarda bor faktlarga qaratasiz. Qarabsiz-ki, Sizning tabriklaringizni auditoriya o‘qishni boshlaydi. Bu esa Sizni obunachilaringiz bilan yaqinlashishingizga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, tabrikning shunday xususiyati bor-ki, u yerda o‘zingizni qancha maqtasangiz ham negativ bo‘lish ehtimoli juda kam va Sizni maqtanchoq ekanligingizni sezmay qolishlari mumkin bo‘ladi.

Hozir shu kabi postlardan 1-2 ta namuna qoldiraman.

1-post | 2-post | 3-post | 4-post | 5-post

P. S. Shu namunalar ketma-ketligiga e’tibor berdingizmi? Chin ko‘ngildan, kayfiyat ko‘taruvchi, motivatsiya ulashuvchi, shogird fikri, natijalar.

Bu “Kursimni sotib oling” degani. Faqat inson ongli ravishda tushunmasligi mumkin. Ammo ongsiz ravishda kursni xarid qilish uchun 1 ta bo‘lsa ham turtki oladi.

Eng qizig‘i, kursimni reklama qilishda meni hech kim ayblay olmaydi. Birinchidan, kurs reklama qilinayotganini tushunish oson emas. Ikkinchidan, tushungan taqdirda ham postning asosiy mavzusi tabrik haqidaligi uchun keskin e’tiroz bildirishmaydi.

Xullas, shunaqa gaplar. Tabrikni va yangi yilni oddiy xabar ko‘rinishida o‘tkazib yubormang. Undan maksimal darajada foydalanishga harakat qiling.

Yana bir yil yo‘qotayotganingiz va shu bir yil ichida bir tayinli ishga ulgurmaganingiz bilan Siz va o‘zimni tabriklayman. Keyingi yil ham shunday o‘tib ketmasligi uchun nimanidir o‘zgartirasiz degan umiddaman. Bu gapim bilan kursimga yozing, demoqchi bo‘lsam ham chegirma berish niyatim yo‘q. Chunki chegirma uchun na Siz va na men bir ishni qoyillatdik, deb o‘ylamayman. Yana ham bilmadim.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

26 Dec, 13:33


Hech ham dollarda kartamga pul tushmagan edi, odam g‘alati bo‘lib ketar ekan 😁

Kelishuv dollarda bo‘lsa ham, pulni odatda so‘mda olaman. Chunki xorijiy valyutada savdo munosabatlarini olib borishning o‘ziga yarasha savol-javobi bor.

Karta masalasida esa dollar haqida gap ketganda, ko‘pchilik kartadan kartaga tashlamaydi. Lekin nega? Nima odamlar dollarda muloqot qilmaydigan darajada orqada qolib ketganmi? Yo‘q, shunchaki menda dollar qabul qiladigan va qabul qilgandan keyin undan oson foydalanish bo‘yicha tajriba yo‘q xolos.

Hozirgi rahbarimiz aytadi, nega oyiga $ 5000 topolmaysan? Nega deganda hali yurish-turishing $ 5000 topishga javob bermaydi.

Xulosa nima desangiz, omad kelishi uchun tayyor bo‘ling. Yozgan matningizga 50-100 ming emas, $ 50-100 olmoqchimisiz? Hech bo‘lmaganda shu pulni qabul qilib olish uchun Visa karta ochtirib oling.

Hozirgi kunda hech qanday *depozitsiz, tekinga karta ochib beradigan banklarni topish qiyin emas.

*Visa karta olsangiz, uni ishlatish uchun 10 dollar, ba’zida $ 50, yana ba’zilarida undan ko‘ra ko‘proq pul to‘lashingiz kerak, ana undan keyingina kartadan foydalana olasiz.

Bu pulni esa kartani yoptirayotgan paytingiz qaytarib beradi. Ammo bu ham oshiqcha ovvoragarchilik. Shu sababli depoziti $ 10 yoki umuman yo‘g‘idan olishga harakat qiling.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

25 Dec, 11:05


Ayni vaqtda kimga oflayn yoki onlaynda ham xuddi oflayndagidek ishlaydigan kopirayter kerak bo‘lsa, menga @Doniyorbek_Erkin yoza olasizmi yoki izohlarda bu haqda xabar bersangiz ham bo‘ladi.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

21 Dec, 09:13


https://t.me/addemoji/Jaydari_Kopiraytercha_emojilar

Bir do‘stimiz emojilar to‘plamini tayyorlabdilar. Shaxsan menga yoqdi. Sizga ham ma’qul keladigan bo‘lsa, bemalol foydalanishingiz mumkin.

Hadya uchun @Active_Copywriter ga rahmat.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

19 Dec, 13:13


Kopiraytingda qanday qilib ish topiladi? (2-qism)

1-postimizda gap boshlash va telefon raqamni olish haqida gaplashgandik. Endi keyingi qadamlarga o‘tamiz.

3-qadam albatta uchrashuv. 2-qadam, ko‘chada ko‘rib qolib gaplashish — sovuq qo‘ng‘iroqqa o‘xshasa, uchrashuv qaynoq lidga o‘xshaydi, ya’ni uchrashuvda sotuv bo‘lish ehtimoli juda yuqori.

Shu sababli tayyorgarlik ham shunga yarasha bo‘lishi zarur. Tashqi ko‘rinish, Sizdan keladigan ifor, ko‘rishadigan joyingiz kabi omillar qizda yaxshi taassurot qoldirishi lozim.

Mijoz bilan muloqotda ham xuddi shunday. Mijoz injiqlik, o‘zini qadrini bilish va noz qilish borasida uncha-muncha qizdan qolishmaydi.

Uchrashuvga kelganda qiz ham, mijoz ham rosa o‘zini oladi. Qorni och bo‘lsa ham hech nima kerak emas, deb turadi. Sotuv aynan shu yerdan boshlanadi. Siz mijozga bepul shirinlik, ichimlik yoki qandaydir yegulikni tekinga sota olmas ekansiz, pulli xizmat sotish haqida o‘ylamasangiz ham bo‘ladi.

Shu sababli yemayman, qornim to‘q, shart emas va hokazolar gap gapirishiga qaramasdan yig‘lab bo‘lsa ham nimadir bilan mehmon qilishingiz kerak. Shunda Siz 1-sotuvni amalga oshirgan bo‘lasiz.

Buning natijasida u inson Siz bilan munosabatda iliqlik his qiladi va qaysidir ma’noda qarzdor ham bo‘lib qoladi (faqat hisobni Siz to‘lagan bo‘lishingiz shart). Undan keyin ustunlik qisman Siz tarafga o‘tgani hisobiga qolgan qadamlar Sizning foydangizga hal bo‘lish ehtimoli yuqori.

Bu kabi uchrashuvlar kelishiladigan kelishuv katta-kichikligiga, u insonning xarakteriga ko‘ra bir necha kun, hatto hafta va oylar davom etishi mumkin. Ba’zi bir xizmatlar va mahsulotlarni sotish uchun 2-3 yil vaqt kutilganlari (shartnoma qiymati 9 xonali raqamlarda) ham bo‘lgan. Xuddi shunday ba’zi bir qizlarga erishish uchun ham shuncha vaqt ketishi ehtimoldan xoli emas.

Qizga javob beradigan insonlar bo‘lganidek, mijozning o‘rniga qaror qabul qiladiganlar ham bo‘ladi. Siz esa ular bilan ham murosa qilishingizga to‘g‘ri keladi.

Hamma ish pishgandan keyin qiz bilan nikohga, mijoz bilan shartnomaga harakat qilish kerak. Mijozning “puldan muammo yo‘q, ishni boshlab turaveraylik” degan gapiga, qizning “men albatta Siznikiman” degan va’dasiga ishonib bo‘lmaydi. Nega deganda ma’lum vaqt o‘tgandan keyin “shunaqa bo‘lib qoldi-da, uzr” degan gap bilan har ikkalasi yo‘q bo‘lib qoladi, o‘rta ichida esa yana Siz hech nimasiz qolasiz.

Shuning uchun og‘zaki kelishuv, o‘zaro va’dalashuvlarga ishonib bo‘lmaydi, faqatgina hujjat bilan gaplashish kerak. Mayli, yaxshi ko‘rishini aytmasin, lekin nikohdan o‘tsin. Shu kabi mijoz ham keyingi oylarda ko‘p pul bermasin, shu oyning pulini oldindan tashlab bersin, yetadi.

Hozircha shu, qolgani endi to‘ydan keyingi hayot. Shunga ko‘ra postning 3-qismi 1-2 yildan keyin chiqsa kerak, yana ham kim biladi?! Balki Siz 100-200 ta reaksiya bosib tashlasangiz, 1-2 haftada chiqib qolsa ne ajab?)

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

16 Dec, 03:27


Kurs shunchalar qimmatmi?
Shu kurssiz zulmatmi?
YouTube — eng ulug‘ ne’matmi?
Yo‘qmi megabayt qiymati?!

O‘ylab qolaman, o‘tkinchi brend,
O‘zi ozgina bo‘lsa bu eski trend.
Cho‘ntak bo‘sh bo‘lsa, kutar bir xatar,
Mensimasdan qarar ochmasdan xabar.

Sezmay qolaman, aldaydi odam,
Qo‘rqmaydi, kurs sotar iborat suvdan.
Maqsad — sotish, hatto sotuvda dam,
Fikr qil, qo‘rq .bet reklamasidan.

Unutma, ey inson, foniy bu kurs,
Bo‘lma ziqna, oldin berganing durust.
Oluvchi qo‘ldek yashama go‘yo,
Tushdamassan, hisob-kitobli dunyo.

Tuzilgan shunaqa maxsus dastur,
Pulsizsan, yo‘qmi aqcha — ozgina past tur.
Boy savoliga javob hamisha tayyor,
Kambag‘al so‘rasa, vaqti yo‘q ayyor.

Bo‘lsa bo‘ldi oson keladigan pul,
Ish o‘xshamaganda, doim qo‘lda gul.
Qora Jentra, 3–4 so‘m pul, ol senga maydon,
Tulki, bo‘ri, ilon — tuslanib turmagin ey nodon.

Kurs shunchalar qimmatmi?
Shu kurssiz zulmatmi?
YouTube — eng ulug‘ ne’matmi?
Yo‘qmi megabayt qiymati?! (2X)

Tan olaman, amaliy bilim bog‘liq pulga,
Gapirmayman, mayli, qarshi TOPlarga.
Yordam bermadi chaqa deb, og‘ir botdi dilga,
Bor bog‘liq ilmlar — ustozgamas, shogirdga.

Aytaman bir gapni o‘sha bilimi zo‘rlarga,
Natija yakunda, sen va bilimga zorlarga.
Harakat qildim — o‘xshamadi, do‘stman qora tunlarga,
Yor-yor bilan ketdi natijasi pul bo‘lganlarga.

O‘ylab qolaman, o‘tkinchi brend,
O‘zi ozgina bo‘lsa bu eski trend.
Cho‘ntak bo‘sh bo‘lsa, kutar bir xatar,
Mensimasdan qarar ochmasdan xabar.

Kurs shunchalar qimmatmi?
Shu kurssiz zulmatmi?
YouTube — eng ulug‘ ne’matmi?
Yo‘qmi megabayt qiymati?!

Kurs….

#jaydari_trend

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

14 Dec, 15:12


Uyga dadamni sog‘inib, ko‘rgani kelaman desam, dadam ham dadasini sog‘inib, ko‘rgani ketgan ekan. Ajoyib a?)

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

13 Dec, 07:55


Sohani o‘rganaman, deb o‘rganmayotgan yoki boshlab turib to‘xtatib qo‘yganlar bo‘lsa, yana bir o‘ylab ko‘rasizmi?)

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

11 Dec, 11:46


Kopiraytingda qanday qilib ish topiladi?

Kanalga yangi qo‘shilgan insonga ham, anchadan buyon kanalni kuzatayotgan obunachi do‘stlarimizga ham bu mavzu doimo aktual.

Shu sababli bu mavzuni soha terminlarisiz oddiy tilda tushuntirib berishga harakat qilaman.

Kopirayter sifatida ish topish xuddi begona qiz bilan tanishishga o‘xshaydi.

Qaysidir qizni ko‘rdingiz, qanaqadir jihatlari Sizga yoqdi, lekin 95% insonlar u qizga gapirishga ham urinib ko‘rmaydi. Go‘yoki ularning nazarida qiz o‘zi gap boshlashi kerak.

Sizda qimmat avtomobil bo‘lishi yoki chiroyli kiyingan bo‘lishingiz ham qiz bolani birinchi bo‘lib gap boshlashini kafolatlamaydi. Tashabbus har doim Siz tarafdan chiqishi shart.

Ma’nosi: Qaysidir loyiha yoki jamoa Sizga yoqib qolsa, buni ularga aytib qo‘yishingiz zarur. Qizga yaxshi ko‘rib qolganingizni aytmasangiz, bu uni bilmaganidek, kompaniya ham Siz ularda ishlamoqchi ekanini taxmin qilolmaydi.

Gap boshlamaslik uchun asosiy sabab — real hayotda deyarli uchramaydigan qo‘rquvlar hisoblanadi.

U qizga gapirsam, meni mensimasa-chi, hammaning oldida yuzimga urib, haqoratlab tashlasa-chi, uydagilariga telefon qilib aytib bersa-chi yoki eng ko‘p uchraydigani, baribir u qizning yigiti bor, men bilan gaplashmasligi aniq.

Ma’nosi: Siz bu qiz juda go‘zal yoki haddan tashqari chiroyli va aynan shu sabab ham yigiti borligi aniq, deb o‘ylagan qizlaringizda yigit bo‘lmaydi. Chunki hamma yigiti bor, deb o‘ylagani uchun ham ular bilan gaplashishga hech kim harakat qilmaydi.

Kompaniyalarda ham shunday. Mening umuman keragim yo‘q, ularda xodimlari oshib-toshib yotibdi, hamma ularda ishlashni xohlaydi, deb o‘ylagan kompaniyalaringiz har doim xodimlarga ehtiyoj sezadi.

Qizdan ham, kompaniyalardan ham olishingiz mumkin bo‘lgan eng qo‘pol javobingiz — yo‘q, uzr.

E’tibor beryapsizmi? Hatto “yo‘q” javobi ham “uzr” bilan birga kelyapti. Bu esa Siz bu suhbatni yutdingiz degani.

Suhbat boshlangandan keyingi asosiy xato — suhbatni dabdalasini chiqardim, deb o‘ylash. Siz hech qachon boshqa birov uchun xulosa qila olmaysiz. Yakuniy xulosani qilish keyingi uchrashuvni belgilash bilan bo‘ladi.

Agar qiz rozi bo‘lsa, demak, suhbat Siz o‘ylaganchalik yomon bo‘lmagan. Buni bilish uchun telefon raqam so‘raladi. E’tibor bering, Intagram yoki Telegram emas, aynan telefon raqami kerak. Nega deganda ijtimoiy tarmoqlar hamma uchun, telefon raqamni faqat tanishlar bilishi mumkin.

Qolaversa, kompaniyalar nuqtayi nazaridan qarasak ham “Нет контакт — нет контракт”.

Siz birinchi suhbatdayoq ustunlikni qo‘lga ololmasangiz, yo davomli munosabatlarda 1 qadam pastda bo‘lishga tayyor turishingiz yoki ozgina *manipulyatsiya qilib bo‘lsa ham raqamni olishingiz lozim.

*hozir Sizga telefon qilaman va Siz o‘zingiz aloqaga chiqmaganingizcha bezovta qilmayman yoki bezovta qiladigan bo‘lsam ham qora ro‘yxatda men uchun ham joy topilsa kerak?)

Ishda ham 1-suhbatdayoq kompaniyaning yo‘rig‘iga yurishingiz nafaqat Sizga bo‘lgan hurmatga, balki maosh va Sizga ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan e’tiborga ham salbiy ta’sir qiladi.

Gap boshladik, telefon raqamini oldik, hozircha shu 2 ta qadam yetadi.

Bu kabi tushuntirish Sizga ma’qul kelayotgan bo‘lsa, 1 ta reaksiya qoldiring. Keyingi postlarda bu postning 2-qismi ham chiqadi, inshaalloh.

P. S. Siz umuman 0 bo‘lsangiz va bu soha haqida tayinli ma’lumotingiz bo‘lmasa, mana bu audiolarni eshitishingiz kerak.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

10 Dec, 17:31


@MohIaroyim do‘stimizning natijalari

Sabrli, intizomli, og‘ir va bosiq kopirayter qidirayotgan bo‘lsangiz, shu do‘stimizga yozishingiz mumkin.

#shogird

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

07 Dec, 16:47


Juftingizni uchratganingizda nimani his qilgansiz?

Fikringizni izohlarda yozib qoldiring. Men esa nimani his qilishimni taxmin qilib ko‘raman. Katta ehtimol bilan to‘g‘ri yozganining o‘zidayoq u mening ikkinchi yarimim ekanini bilsam kerak 😅

Bundan 2 yilcha oldin bitta dugonam bo‘lardi. Juda ko‘p xatolar bilan yozardi, hamma xatolarini urushib-urushib to‘g‘rilatganman. Faqatgina bitta xatoni atay qilishiga ruxsat berganman: rahmat emas, raxmat.

U shu rahmat degan so‘zni yozishda doim adashib ketaverardi, qancha aytsam ham esidan chiqib qolardi. Endi jahl qilib, urushib beraman desam, “shoshmang, men shunchaki rahmat demayapman-da, chin ko‘ngildan, baland ovozda Sizga bo‘lgan rahmatimni baralla aytaman, bu shunday darajadagi rahmat-ki, undagi h harfi hatto x ga o‘zgaradigan darajada chuqur minnatdorchilik” deb o‘zini gap eshitishdan qutqarib qolardi.

Endi bu holatga “Сочная долина” jamoasi qanday izoh beradi yoki o‘sha dugonam kopirayter bo‘lib ketganmikan a?)

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

29 Nov, 18:01


Kopirayting olamidagi qadamlarim

Adashmasam, Jaydari ustozdan iyun oyi boshida kopirayting kursini sotib oldim. Toʻlov qilib, kursga qoʻshilishim ham qiziq boʻlgan.
Kursga qoʻshilmoqchi ekanligimni aytib, xabar yozsam, matn yozishim kerakligini aytganlar.

Ingliz tili kanalimga reklama matni yozgandim, shuni joʻnatganman. Tasdiqlaganlar.

Ustozga bir nechta savol berib, qayta-qayta yozganman. Javob berishlari uchun bir necha daqiqa oradan vaqt oʻtgan. Meni sabrim chidamay "Aloo" deb yozganman. Shundan boshlangan hammasi...

Kanaldagi darslarni oʻzlashtiring. Amaliyot davrigacha menga yozmang degan birinchi tanbehni eshitganman.

Darslarni koʻrishni boshladim. Deyarli barcha mavzular real keys bilan tushuntirilgan. Bonus darslardan ham bir dunyo maʼlumot olsa boʻladi.

Darslar oʻzlashtirilib, 21 ta matn yozish jarayoni boshlandi. Birinchi matnni yozib guruhga joʻnatib, ustozlardan feedback berishlarini soʻradim.

Hamma har tarafdan xatoyimni aytib tashladi. Oldiniga idealdek koʻringan matnim, qizil ruchkalardan soʻng, ikki qator gapga aylanib qoldi.

Men kopirayter boʻlolmasam kerak deb oʻylab, ancha vaqtgacha yozmay qoʻydim.

Kursdagi yopiq kanalga xabar kelsa, men ham xatolarimni tan olib, yozishda davom etishim kerakligini his qilardim.

Vaqtlar oʻtdi. Yana shijoat bilan matn yoza boshladim. Tanqidni toʻgʻri qabul qilishim kerakligini ich-ichimdan his qilsam-da, matnimdagi kamchiliklar aytilgandan soʻng, yoza olmay qolaverardim.

Bir kuni arab tili ustozi kopirayter kerak ekanligini va matn yozib bera olishimni soʻrab yozib qoldi. (Meni qaysidir kanal kommentiga yozganimdan topib kelgan ekan. Chunki telegramdagi ismimni yoniga copywriter deb yozib olgan edim)

Nomim quruq savlat boʻlib qolishidan qoʻrqib, mayli dedim. Kanalni reklama qilish uchun reklama matni yozishim kerak edi.

Yozdim. Bahodir_Mexriddin ustozimiz tekshirib berdilar. Kamchiligi bir dunyo. Toʻgʻriladim. Yana yozdim. Yana xato bor. Zoʻr ketyapsiz deb motivatsiya berib qoʻyadilar. Oʻzimga ishonchim ortib, yana yozaman. Ishonasizmi, bitta matnni ikki kun yozganman.

Boshlanishi doim shunaqa boʻladi deydilar. Xatoyimni aytsalar, xafa boʻlaman, lekin toʻxtamadim. Qoʻlingizdan keladi, uddalaysiz deb meni kayfiyatimni koʻtaradilar.

Reklama matni mijozga yoqib 60 ming soʻm tashlab bergan.

Jaydari ustozga aytib suyunchi olgim kelgan, lekin amaliyotga qoʻshilmay turib nega real keys bilan ishlayapsiz deb urishib bersalar-chi deb qoʻrqqanman.

Kursga qoʻshilganimga ham 5 oy boʻldi. Bahodir_Mexriddin ustozdan amaliyotga qoʻshilsam boʻladimi deb soʻradim. Portfoliomni koʻrib, kamchiligini aytdilar. Toʻgʻriladim. 21 ta matn tahlili va meni hozirgi darajaga yetishimda bu ustozni hissasi juda katta.

Jaydari ustozga amaliyotga qoʻshilmoqchi ekanligimni aytdim. Telegram profilim toʻgʻri qadoqlanmagani, amaliyotga tayyor holatda emasligimni aytdilar. Yana bir oy muhlat soʻradim...

Hozir amaliyot oʻtayapman. Toʻgʻrisi, hozirgacha oʻrgana olmaganlarimni amaliyotda oʻrganyapman. Ustozdan soʻkish eshitib yigʻlagan kunlarim ham boʻlyapti, maqtov eshitib xursand boʻlgan kunlarim ham bor, alhamdulillah...

Amaliyot tugagach, jarayon haqida yana yozaman...

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

29 Nov, 15:42


Yana bir do'stimiz kopirayting sohasidan o'zlarining ilk choy pullarini ishlabdilar

Bu do'stimiz bilan 6-dekabrdan birga ishlashni boshlaymiz, inshaalloh. Shunda ularning natijalari bilan yanvar oyining o'rtalarida bo'lishamiz, nasib qilsa.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

29 Nov, 08:50


Alloh Sizni sevsin

Bu jumlani oldin eshitganmanmi yoki yo‘q, lekin bugun men eshitgan eng zo‘r gap shu bo‘ldi.

Menda yaxshi ko‘rgan insonlarimga nisbatan empatiya juda kuchli. Har bir sevgani (masalan, akasidir yoki jiyanidir) bor inson yaxshi ko‘rish nima ekanini qisman bo‘lsa-da tushunadi.

E’tibor berishlar, hol-ahvol so‘rashlar, hadyalar ulashish va hokazo turli ko‘rinishdagi mehrlarni inson qabul qilganda, o‘zini qanchalik baxtli his qilishini so‘z bilan tushuntirib bo‘lmaydi.

Bularning barchasini qaysidir ma’noda chegarasi va o‘lchovi bor. Shunda ham shu holatlatda inson ichiga sig‘may ketadi.

Endi bir tasavvur qilib ko‘ring, xuddi shu yaxshi ko‘rish sevishining chegarasi yo‘q va bu sevgining ko‘rinishini bizning yetuk aqlimiz ham tasavvur qila olmaydigan Alloh tomonidan bo‘lsa, bu qanday bo‘lishi mumkin?)

Qandayligini bilmasam ham o‘ylaganimning o‘zidayoq xursand bo‘lib ketyapman 😁🙈

Shunday ekan Alloh Sizni sevsin, ayyomingiz muborak bo‘lsin.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

29 Nov, 06:50


Tilanchi qizdan o‘rgangan bilimlarim

1. Haq-huquqlaringizni bilishingiz kerak. Qizaloq ukasi bilan birga ishxonasiga, ya’ni metroga bepul kirib chiqar ekan. Nega deganda nechadir yoshga to‘lmaganicha pul to‘lamasdan jamoat transportidan foydalanish mumkinligini bilar ekan va kirayotganda talab ham qilarkan.

Shuningdek, u lo‘li bo‘lganligi yoki usti-boshi kirligi uchun metroga kirmaysan deyishga metropoliten xodimlarining haqqi yo‘q ekan.

2. Harakat qilgan inson pul topa oladi. Shu qizchaning bugungi daromadi 100 mingdan oshibdi. Bu oyiga o‘rtacha 3–4 million degani.

Odamlar esa ish yo‘q, oylik kam, oilamdagilar ruxsat bermaydi, vaziyatim to‘g‘ri kelmaydi degan gaplarining hammasi bahona ekan, uning gapiga qaraganda, ular ukasiga o‘xshab dangasa, faqat yeb-ichib yotishni xohlarkan.

3. Boshqalarga qildirish mumkin bo‘lgan ishni inson o‘zi qilmasligi kerak. Shu ishni qiladigan yordamchi olish zarur. Bu holatda u yordamchi ham ilmli, ham tajribali, ham ozgina daromadli bo‘ladi, Siz esa ishingizning katta qismidan qutulasiz. Shuning uchun ukasini o‘zi bilan birga ishga olib chiqibdi.

4. Odam ishida rostgo‘y bo‘lishi lozim. Pul kerakmi, shunchaki pul bering deb so‘raladi, qaysidir yaqinini kasal qilib ko‘rsatgandan nima foyda? Beradigan odam shunday ham beraveradi, bermaydiganiga yig‘lasangiz ham foydasi yo‘q.

Endi bu degani ukamga o‘xshab bezrayib turish kerak degani emas. Odamlar Sizning ichingizdagini o‘qiy olmaydi, ularga nima xohlayotganingizni aytishga qo‘rqmang.

5. Inson foydasi uchun zarar ko‘rishiga to‘g‘ri keladi. Ukasiga bor pul yig‘ib kel dedi, u hatto so‘rolmadi. 2-marta aytganda ham foydasi bo‘lmadi. Keyin ukasining boshiga bir urib jo‘natvordi va bu safar ukasi maksimal darajada odamlardan pul so‘rashga harakat qildi.

Qayta-qayta yaxshi tushuntirganni tushunmagandan keyin uning foydasi uchun ham ozgina qo‘polroq munosabatda bo‘lishga majbur bo‘ldi. Bu uni 1 haftada moslashishi kerak bo‘lgan ishiga 2 kunda moslashishiga va ish davomida paydo bo‘ladigan odamlarning qo‘polliligiga va hatto urishiga ham jismonan, ham ruhan tayyorlaydi.

P. S. Men bu bolachalarning o‘zini yoki qiladigan ishini yoqlamayman. Hammasi shunchaki kontent uchun.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

27 Nov, 16:36


Individual shogirdim bilan dars jarayonlari davom etmoqda

5-kun

#shogird

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

25 Nov, 08:59


#buyurmaydi

Yangi versiyasi

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

25 Nov, 05:13


Bugun individual o‘qiyotgan shogirdim bilan ishni boshlaganimizning 3-kuni

Kecha Alloh bizni sabab qilib 10 ga yaqin loyihalari bor agentlikning kopirayteri bo‘lishlari nasib qildi.

Bugun esa sayt uchun matn yozish vazifasi bo‘yicha avans olibdilar. Alloh xayrli qilsin.

Agar Sizda ham qandaydir xizmatlar bo‘lsa, @thebarkamol do‘stimizga bemalol murojaat qilishingiz mumkin. Jaydari kopirayterning o‘zi yozib beradi, deb tasavvur qilaverasiz:)

Endi nima sababdan bu shogirdimizning natijaga qisqa fursatda erishayotganiga to‘xtalsak.

(Avvalo, Allohning barakasi)

1. Boshlang‘ich bilimlarga ega edilar. Ya’ni ular men bilan ishni boshlashdan oldin o‘zlari mustaqil bu sohani o‘rganib, matn yozib yurganlar.

2. Qandaydir harakat qilishga qo‘rqmaydilar. Individual ishlashimiz uchun 3 million 900 ming to‘lashga ham qo‘rqmadilar, qandaydir kattaroq kompaniyadan vazifa kelganda ham ikkilanmay olaveradilar.

Qolaversa, Allohning marhamati bilan kamina ham jim qarab turgani yo‘q 🥸

#shogird

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

22 Nov, 14:23


Siz o‘zingiz ishlayotgan jamoaga kerakmisiz yoki yo‘q?

Buning o‘zim bilgan bir nechta usullari bor. Qandaydir hadyalar, bonuslar va e’tiborlar, bular boshqa mavzu.

1. Boshqa joydan ish topasiz va shu joyga ketmoqchi ekaningizni aytasiz. Bitta tanishim $ 400 oylikka ishlayotgan edi, $ 500 beradigan joyga ketayotganini aytganda, ish beruvchi oyligi $ 1000 bo‘lishini va universitetni tugatgancha boshqa joyda ishlamaslik sharti bilan jamoada qolishini aytishdi.

Nega desangiz, bu kadr kompaniyaga kerak. Agar aksincha bo‘lganida, kompaniya oyligini 250% oshirishga rozi bo‘lmasdi.

2. Shunchaki oyligingizni oshirishlarini talab qilish. Siz kerakli kadr bo‘lsangiz yoki Sizga nisbatan kam maosh to‘lanayotgan bo‘lsa, ular bir marta qilgan iltimosingiz bilan maoshingizga 10-30% qo‘shib berishadi.

3. Oyligingizni oshirishlari uchun qo‘shimcha ish berishlarini so‘rang. Bu usul shunchaki pul so‘rashdan ko‘ra nisbatan yuqori effekt beradigan usul hisoblanib, bu holatda oshgan maoshingiz evaziga qo‘shimcha ishlashingizga to‘g‘ri keladi. Bu ham yomon emas, bekor o‘tirgandan, bekor ishlagan yaxshi.

4. O‘zingizga kerakli nimadir ishni bitirib berishlarini so‘rash. Aytaylik, ishingiz uchun zarur noutbuk yoki kurs olib berishlarini iltimos qilsangiz, xodimi rivojlanishini, ishini sifatliroq qilishini xohlagan istalgan biznes yo‘q demaydi.

5. Qo‘shimcha imkoniyatlarga egalik. Ish vaqtini qisman qisqartirish, masofadan turib ishlash kabi holatlarni istar ekansiz, rostan ham kompaniyaga kerak bo‘lmasangiz, rahbariyat Sizning vaziyatingizga umuman qaramaydi va hamma qatori ishlashingizni talab qiladi.

Bu usullardan birontasidan foydalanib, rad javobini olsangiz, bu degani Siz katta ahamiyatga ega kadr emassiz yoki eplab tushuntira olmagansiz. So‘rash bilan so‘rashning ham farqi bor-da. Demak, endi o‘z ustingizda ishlashga va hozirgidan ko‘ra har tomonlama rivojlanishga harakat qilishingiz zarur.

P. S. Bu usullar shaxsiy bizneslar uchun. Davlat korxonalarida vaziyat qanday ekanini bilmayman, bu bo‘yicha umuman tajribaga ega emasman.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

22 Nov, 11:20


Chilonzor metroning chorrahasida (balki boshqa joylarda hamdir) quloqchindan foydalangan yoki telefonda gaplashganlarga jarima yozib berayotgan ekan.

Bilaman, 80-90 ming Siz uchun pul emas. Bilaman, Sizga jarima emas, sog‘lig‘ingiz muhim.

Shu sababli eslatib qo‘yyapman xolos.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

20 Nov, 13:07


Bu olam to‘g‘ri kreativ qiladigan, xalqning qadriyatlarini tushunadigan kopirayterlarga muhtoj

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

18 Nov, 15:29


Yoshligimda yosh bola bo‘lgan ekanman :)

Bu postga juda ko‘p marta izoh berishga harakat qildim. Lekin negadir uddalay olmadim. Shu sababli 5-6 yil oldin chizilgan bu rasmlarni lirik chekinish sifatida qabul qilasiz.

P. S. Rasm darsida eplab qalamda rasm chizolmaydigan inson vaziyat taqazosi bilan shu rasmlarni ruchkada chizishga urunib ko‘rgan

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

15 Nov, 17:52


Supermarketdan 1 ta mahsulotni bepul olishning “ajoyib” usuli

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

13 Nov, 13:58


Do‘stimizning boshlagan ishlariga omad tilagan holda yopiq kanalda ish beruvchilar tomonidan vakansiyalar ham joylanishini eslatib o‘tmoqchimiz.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

12 Nov, 19:56


Foydasiz harakatlar texnikasi

Bu texnikaning boshida umuman foydasi bo‘lmaydi, lekin aynan shu texnika bilan foyda beradigan qiymatni (odat) shakllantirish mumkin.

Ishim, xarakterim, vaznim va boshqa bir qancha sabablarga ko‘ra har kuni kamida yarim soat piyoda yurishim kerak edi. Lekin o‘ta “mehnatkashligim” hisobiga buning deyarli iloji bo‘lmadi.

Shunda hozir Sizga aytib beradigan texnikamdan foydalandim va oxirgi 1 haftada ham, umumiy 6 oyda ham kuniga o‘rtacha 10000 qadamdan ko‘proq yurishga erishdim.

Texnikaning mohiyatini yurish misolida ko‘rib chiqsak, har kuni ko‘chaga chiqib 100-200 metr yurasiz va uyga qaytasiz. Bundan nima foyda deysizmi? Eng qiziq joyi ham shun-da, bundan umuman foyda yo‘q. Shu sababli ham texnikaning nomi — foydasiz harakatlar.

Har kuni ko‘chaga chiqib 100-200 qadam yurishingiz Sizga deyarli qiyinchilik tug‘dirmaydi, miyada esa bu bo‘yicha odat shakllanadi. Vaqt o‘tishi bilan o‘z-o‘zidan masofa ortib ketaveradi.

Ayni vaqtda kuniga 30000 qadamgacha juda katta qiyinchilikni sezmagan holatda yura olaman. Eng qizig‘i, bu ishni ketma-ket 1 oy ham amalga oshirishim mumkin, nega deganda menda yurish bo‘yicha 6 oylik tajriba shakllangan.

Agar birinchi kundanoq 100-200 qadam o‘rniga 3000-4000 qadam yurishni boshlaganimda, katta ehtimol bilan maksimum 1 haftada umuman yurishni xohlamaydigan odamga aylanib qolardim.

Shu sababli kattalar aytgan gap, bitta o‘tirishda bitta qo‘yni yeya olmaysiz. Yeyish uchun Siz doimo kam-kamdan qo‘y go‘shti yeb yurgan bo‘lishingiz zarur. Vaqt o‘tishi bilan nafaqat qo‘y, balki butun boshli *tuyani ham butunligicha yutib yuborsangiz bo‘ladi.

*Majoziy ma’noda aytdim, yana butun qo‘yni yeyishga harakat qilib o‘tirmang :)

Boshqa ishlarda ham foydasiz harakatlardan foydalaning. Har kuni 1 bet kitob o‘qishdan, har kuni 5 daqiqa podkast eshitishdan, har kuni 10 daqiqa intervyu ko‘rishdan, har kuni 1 dona xorijiy so‘z yodlashdan, har kuni menga o‘xshab 1 ta post yozishga harakat qilishdan Sizga foyda yo‘q, lekin shunday bo‘lsa ham qilib ko‘ravering. Ana shunda... (xabarni qayta o‘qing)

P. S. Uyqu masalasida ham kurashni boshlaganimga 2 oycha bo‘lib qoldi. Hozircha doimiylikka erisha olmayapman. Natijaga erishishim bilan u haqda ham aniq, amaliy qo‘llanma tuzib beraman, nasib qilsa.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

11 Nov, 17:33


125 kg dan 104 kg ga tushibman, yana – 14 kg va “Moldek yeb ozamiz” marafoniga start beraman :)

Kaloriyani hisoblab boradigan ilovaning premium versiyasi tugashi bilan bepul versiyasi ham ishlamay qoldi. Ilova ishlab chiqaruvchilarining shu qilig‘i yaxshi emas. Ya’ni pulli versiyadan voz kechsangiz, bepul versiyasi ham Siz uchun yaxshi ishlamay qoladi. Maqsad, yana pullisini olishingizni xohlashadi.

“E, bor-e” dedim-da, Yazio nomli shu ilovaning alternativi bo‘lgan boshqa ilovani yuklab olishni boshladim. Hozircha ilovani to‘liq tushunishga ulgurmadim, ammo shu paytgacha 3 marta pro (pulli) versiyasini olishni xohladim. Baxtimga Visa kartam yopilgandi, shunga ololmadim. Lekin hech qaysi kurs yoki dasturni bunchalik xarid qilishni xohlamaganman.

Dastur taxminan 50 tacha savol berdi va har bir javobimdan kelib chiqib, fikr bildiryapti. Xabarlar avtomatik yozilayotgan bo‘lsa ham tajribali kopirayter chuqur izlanishlar natijasida yozgani aniq.

Ilovaga kirib ko‘rmasimdan pro versiyani olishimni taklif qildi (100% to‘lov evaziga)

Yuqoridagi muammo sabab olomadim, olmaganimdan keyin chegirma uchun baraban aylantirish taklifini berdi.

Barabanni aylantirib, kichkina chegirmaga tushdim (75% to‘lov evaziga). Yana yuqoridagi muammo sabab bu taklifni rad etdim.

Ilova yana bir marta barabanni aylantirib ko‘rishni taklif qildi.

2-marta aylantirganimdan keyin 75% li chegirma bilan pulli versiyasini olishimni aytdi (25% to‘lov evaziga). Yana pul yo‘q emasmi, olmadim.

Keyin bepul versiyasini titkilab o‘tirsam, bo‘ydoqlar kuni munosabati (savollarga javobimdan men haqimdagi ma’lumotlarga ega) bilan 88% li chegirmadan foydalanishimni aytdi (12% to‘lov evaziga).

Bugunning o‘zida 100% to‘lab ham olishga rozi edim, mana hozir 12% to‘lab ham olishga tayyorman.

Adashmasam, sotuvdagi SPIN texnikasida ham shunaqa edi. Juda uzoq suhbat bo‘ladi va bu jarayonda umuman sotishga harakat qilinmaydi, oxirida esa shunchaki taklif berishning o‘zi bilan osonlikcha sotib qo‘ysa bo‘ladi.

Bu ilovaning ishlab chiqaruvchilaridan o‘rganganim: kerakli savolni ko‘pi bo‘lmaydi va xarid qilayotgan insonga ma’lum sabab bilan beriladigan chegirma uning sotib olish ehtimolini oshirib yuboradi.

2-mavzu. Sotayotgan mahsulot yoki xizmatingizning oldiga unga kerakli nimadir qo‘shing.

Choy oladigan mijozga shirinlik ham sotsa bo‘ladi.

Poligrafiyaga dizayn va kopirayting xizmatini sotish kerak.

Gul do‘konda o‘yinchoq va shirinlik zo‘r ketadi.

...

Har qanday biznesni xuddi shunday qo‘shimcha yangilik bilan yaxshigina kengaytirsa bo‘lar ekan.

3-mavzu. Ozgina kelishtiring yoki qo‘shing.

Inbazarda 3000 so‘mgacha bo‘lgan ortiqcha pullarni olishmayapti. Masalan, 52 ming beradigan joyingizda 60 ming bersangiz, 10 mingni qaytarib, rozi ekanliklarini aytishyapti. Balki bunga yaqinda bo‘lgan voqealar sababdir, lekin istalgan biznesda shu kabi ishlarni amalga oshirish lozim. Shu 2 mingni olmagani uchun yana 100 mingga boshqa mahsulot ham oldim.

Yaqinda Akmal ustoz Nasriddinov ham shu kabi keysni aytib o‘tdilar. Gilam yuvadigan firmada faoliyatlarini olib borishayotganda vaziyat taqazosi bilan mijozning uyiga o‘sha paytdagi eng zo‘r mashinalaridan birida (shaxsiy avtomobil) borishlariga to‘g‘ri kelib qolibdi. Mijoz uning yuviladigan gilami uchun bunaqa mashina kelganini ko‘rib, uyidagi boshqa gilamlarni ham olib chiqib bergan.

Qisqa qilganda, mijoz uchun kechgan arzimagan 5-10 ming so‘mingiz Sizga karra-karra foyda olib kelishi aniq, inshaalloh.

#keys

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

09 Nov, 15:20


Bilmaslik yaxshi, agar so‘rashni bilsangiz

Yunusoboddan Parkentdagi to‘yxonaga borishim kerak edi

Taksi ilovasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri oborib qo‘yishning o‘zini 180 ming ko‘rsatdi. Keyin taksini almashtirib-almashtirib borishga qaror qildim. Shunda borib qaytib kelish 100 mingga yaqin bo‘lar ekan.

Lekin oldin hech ham Parkentga bormaganim uchun odamlardan so‘rab borib keladigan bo‘ldim. Shunda 34 km masofaga borish va qaytish 30 ming so‘m bo‘ldi.

Agar men bilaman deb o‘ylaganimda yoki maslahatsiz ish qilganimda, bir necha barobar ko‘proq xarajatga tushgan bo‘lardim va balki yo‘lni ham chalkashtirib yuborardim.

Hozir shunaqangi zamon-ki, bilgandan ko‘ra bilmaganingiz ma’qul. Nega deganda bilmaganingiz hisobiga eng zo‘r bilganlardan so‘rashingiz va ularning xatolarini takrorlamagan holda o‘zingiz ko‘zlagan maqsadingizga yetishingiz mumkin.

Faqat buning uchun pul sarflashga tayyor turishingiz yoki bepul variantini berishlari uchun so‘rashni bilishingiz va olgan shu bepul ma’lumotlaringiz asosida harakat qila olishingiz zarur.

Kopiraytingni o‘rganish uchun bu imkoniyatlarning barchasini ko‘rib chiqishga harakat qilganman. Siz ham o‘z yo‘nalishingizni shu ishlarni qilib qo‘yishingiz lozim. Faqat bepul bo‘lsa ham bo‘lmaydi, hamma bilimni pulga chaqaversangiz ham to‘g‘ri emas.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

07 Nov, 16:24


Kommyuniti menejerlik degan vazifa bor

Sodda tilda aytganda, xabarlarga javob beradigan admin. Tushungan odamga bu ish nisbatan qiyin bo‘lmagani hisobiga 1 ta loyiha uchun oyiga $ 50-100 evaziga ham ishlaydigan kopirayterni topsa bo‘ladi.

Bu esa kamida brendingiz nomidan yigit mijozga asalim, qiz bola mijozga oka deb murojaat qilishini oldini oladi.

P. S. Balki rostan chiroyli ekanimni nazarda tutgandirlar :)

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

06 Nov, 07:26


Nega agentliklardan mijozlar ketib qoladi?

Men bu savolga biznesmen strateg sifatida javob berolmayman. Ammo operatsion tizimda yurgan oddiy xodim sifatida aniq javobini ayta olsam kerak.

Mijoz uchrashuv vaqti faqatgina agentlik rahbari bilan gaplashadi va o‘ylaydi-ki, agentlik rahbari meni tushundi, chiroyli gaplar aytdi, endi ishim besh bo‘ladi.

Lekin asosiy muammo ham shunda, mijozni agentlik rahbari tushundi, jamoa emas, ishni esa jamoa amalga oshiradi. Rahbar mijozning loyihasiga qarab ma’lum bir bo‘lim rahbariga mijozning xohishlarini, qilinish kerak bo‘lgan ishlarni tushuntiradi.

Bo‘lim rahbari ham deyarli tushunadi, lekin baribir rahbardek mijozning og‘riqlarini his qila olmaydi. Bo‘lim rahbari loyiha menejerlariga vazifa beradi. Loyiha menejerlari ham deyarli tushunadi, lekin bo‘lim rahbaridek emas. Agentlik rahbarining oldida-ku deyarli tushunishmadi hisob.

Endi loyiha menejerlari smm menejerlarga topshiriq beradi. Ya’ni uncha tushunmagan insonlar deyarli umuman tushunmaydigan xodimlarga vazifani yuklaydi. Hamma muammo shu yerda kelib chiqishni boshlaydi.

Nega deganda eng muhim vazifani aynan shu smm menejer bajaradi. Chunki jamoa a’zolari (kopirayter, dizayner, mobilograf...) bilan mijozni aynan shu smm menejer bog‘lab turadi. Bizda esa juda ko‘p smm menejerlar agar bo‘lsa, faqat loyiha menejerini yoki kichkinaroq agentlik bo‘lsa, agentlik rahbarining aytganini qiladi xolos.

Eng qizig‘i, smm menejer o‘zining vazifasidan boshqa vazifani yaxshi tushunmaydi. Kopirayter faqat matnini bilsa bo‘ldi. Dizayner eplab dizaynini qilgani hisob. Mobilograf video tomonlama javob beradi. Smm menejer esa bularning hammasini shu sohaning egalari darajasida tushunishi va ularga fikr bildira olishi zarur.

2 marta xato fikr bildirsa yoki umuman fikr bildirmay, kamchilik va xatolarni o‘tkazib yuborsa, keyingi safar nimadir desa, oddiy kopirayter ham damingni ol, mening ishimga aralashma, o‘zingni ishingni qil deydi. U yerdan mijoz ham nega ishlar a’lo darajada ketmayotganini smm menejerdan so‘raydi.

Natijada yo smm menejer ishdan ketadi yoki loyiha agentlikdan chiqib ketadi. Ko‘p biznesmen, rahbarlar agentlikning obro‘yiga, agentlik rahbariga yoki portfoliosiga qaraydi. Gaplashganda ham ham yo marketolog yoki loyiha menejeri bilan gaplashadi.

Aslida smm menejerning bilimiga qarash kerak.

Smm menejer bor, hatto marketologlar naqshidir.
Smm menejer bor, kopirayter undan yaxshidir.

Men smm menejerlarni yaxshi ko‘raman. Va shuning uchun ham ularni yetarli darajada bilimli bo‘lishini xohlayman. Shunda smmshik deb mensimasdan muomala qilishlar yo‘qolib, unga agentlik rahbari darajasida qarash boshlanadi.

Bu postni o‘zingiz yaxshi ko‘rgan smm menejerga yuborib qo‘ying. Faqat yigitlar qizlarga, qizlar yigitlarga jo‘natish bo‘lmasin. Jo‘natsangiz ham yaxshi ko‘rganim uchun emas, hurmat qilganim uchun yuboryapman deb qo‘ying-da :)

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

05 Nov, 13:31


Telefonning kamerasida sekinlashtiruvchi suratga olish rejimi bo‘ladi.

Yomg‘ir yog‘ganda juda chiroyli manzarani videoga olish mumkin.

Hozir yomg‘ir yo‘qligi uchun g‘ishtni videoga olib ko‘rdim. Ko‘rib, ijodimga bir baho berasiz :)

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

04 Nov, 13:55


3X koʻproq reaksiyaga arziydigan post)

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

04 Nov, 13:51


3X tezroq, 3X osonroq va 3X ko‘proq qoidasi

3X = 3 baravar

Bugun bankka Visa kartamni yoptirgani borgandim. Kartani yoptirish muammo bo‘lmadi, lekin $ 50 depozitni qaytarib olishim uchun ertaga kelishim kerakligini aytdi. Men ularga tezlashtirib berishlarini so‘radim, shunda ular tushlikdan keyinga bitirib berishlarini aytdi. Shunda men yana tezlashtirib berishlarini iltimos qildim. Shunda ular “xo‘p” deb 1 soatda hal qilib berdilar.

1 kunda bitishi kerak bo‘lgan ish 1 soatda bitdi. Aynan shu holat 3X tezroq qoidasiga misol bo‘ladi. Istalgan ishni 3X tezroq bajarishning ilojini topish mumkin.

3X tezroq qoidasini ishlatayotgan paytingiz 3X ko‘proq qoidasiga duch kelishni boshlaymiz.

Men shu paytgacha olgan eng qimmat 1 ta kichkina buyurtmaning narxi 1 million so‘m bo‘lgan. U payti men 50 ming so‘mga matn yozib yurardim va bir kuni shunaqangi charchagandim-ki, 100 mingga yozib beradigan ssenariyimga 300 ming berishsa ham yozmayman deganimda, bitta loyihaga zudlik bilan ssenariy kerakligini va bu ssenariy ertalab 05:00 gacha (soat 23:00 lar atrofida edi) bitishi juda zarurligini aytishgandi.

Men yozmayman degan qarorimni 3X ko‘proq qoidasi sindirgan, bu buyurtmani 1 millionga qilib berganman. Bu qoidadan tushunish mumkin bo‘lgan xulosa, pul bilan bitmaydigan ilojsiz vazifa 95–99% holatda 3X ko‘proq pul bilan yakunlanishi mumkin.

(Bu yerda pora yoki qanaqadir yomon holat haqida gapirilmayapti)

3X qoidasini ishlatishni boshlaganingizda esa Siz uchun pul 2-darajaga tushadi, shunda 3X osonroq qoidasi o‘yinga kirib keladi.

Oldin hamma matnlarni o‘zim yozardim. Hozir 90–95% ishlarni shogirdlarim qilib berishadi. Bu holatda men faqat mijoz bilan shogirdimning o‘rtasida bo‘laman, ishni mijoz beradi, vazifani shogirdim bajaradi. Shogirdim tajriba, bilim va ozgina pulga ega bo‘ladi, mijoz yaxshi bajarilgan buyurtmaga, kamina juda kam vaqt sarflagan holda shu qismdagi eng katta pulni olaman. Buning uchun eng kam mehnatni, vaqtni va energiyani men sarflayman, hatto mijoz ham mendan ko‘proq harakat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Bu holat 3X osonroq qoidasiga misol bo‘ladi. Siz har qanday vazifani o‘zining qiyinlik darajasidan 3 marta osonroq bajara olasiz.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

02 Nov, 07:43


Yo‘q joydan pul qilishni o‘rgataymi?

Biznesmen ustozlarimiz aytishadi: tejab qolingan bir so‘m ishlab topilgan 1 so‘mdan yaxshiroqdir.

Bizning ishda xizmat haqimiz odatda karta raqamga tashlab beriladi. Biz ko‘p holatlarda uni naqd qilib ishlatamiz.

Yaqinda bir holatni payqab qoldim. Har oy kartadagi pulni so‘m qilish uchun o‘rtacha 100 ming atrofida pul yo‘q bo‘lib qolayotgan ekan. Nega deganda bankomatlar 1% evaziga naqd qilib beradi. Ba’zida Visa kartadan foydalanganimda esa 2 va yana ayrim holatlarda 5% komissiya olib qoladi.

Bu mening bir oylik metro va avtobus uchun sarflaydigan maksimal xarajatim hisoblanadi. Balki foizsiz naqd qilib beradigan banklar yoki bankomatlar bordir. Ammo men ular haqida bilmayman. Bilsangiz, Siz izohlarda yozib qoldiring.

Yechim sifatida esa “Pulni kartani o‘zida to‘lasa, qanday bo‘lar ekan?” deb faqat kartadan foydalanishni boshladim. Eng qizig‘i, hozirgi paytda ijara to‘lovini ham, ro‘zg‘or uchun go‘shtni ham, yeydigan mevani ham, hatto ro‘molcha va paypoqni ham bemalol kartadan pul to‘lab o‘tkazish orqali olish mumkin ekan.

Terminali yoki qandaydir to‘lov tizimlariga ulangan bo‘lsa, Sizdan foiz olmaydi. Kartasiga tashlab beraman desangiz ham hozirgi paytda oyiga 200 million so‘mni bemalol foizsiz o‘tkazish mumkin.

Plastik karta boylar uchun, pulini ishlatishga joy topolmayotganlarga degan gap ham bor. Sabab sifatida kartadagi pulni qo‘l ko‘rmagani uchun ketib qoladi deyishadi. Lekin pulni ishlatadigan odam naqd bo‘lsa ham ishlataveradi. Tejaydigan inson kartada bo‘lsa ham tejaydi.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

01 Nov, 14:55


Mening rus tilimni bilgan biladi, bilmagan o‘zi biladi

Bundan 1 oycha oldin Germaniyaliklardan ish bo‘yicha taklif tushdi.

Eng qizig‘i, ularning koordinatori o‘zbekchani bilmas ekan, kamina esa rus tilini yig‘latib yuboraman 😅

Chet elliklar video qo‘ng‘iroqda gaplashmasangiz, Siz bilan ishlashmaydi. Endi onlayn uchrashuvga kirib olganman, faqat aqlli basharani qilib olib “да, ага” deb turibman-da, oxiri “shu fikrlarga nima deysiz?” deb qolishdi-ku.

Men avvalo, rus tilini yaxshi tushunishimni, ammo uncha gapira olmasligimni aytdim, shunda ular “bizga aynan shunaqasi kerak” deb qolsa bo‘ladimi 😳

“Iye, nega?” desam, “rus tilini bilmaganingiz sababli o‘zbek tilini zo‘r bilishingizga ishonamiz va biz Sizga O‘zbekistondan o‘zbekzabon vakil beramiz” deyishdi.

Ayni vaqtda shu O‘zbekistonlik vakillari bilan ishlayapman va boyagina choy puli (bo‘nak) tashlab berishdi. O‘zbeklar bilan ishlaganda ham va ayniqsa, xorijliklar bilan ishlaganda choy puli so‘rashingiz juda muhim. Choy puli bermagan inson oylik berarmidi?

Lekin gap bu yerda emas. Gap men rus tilida gapira olmaydigan holatda rus tilida muloqot qiladigan hamkorlar bilan kelisha olganimda. Boshida rosa hayajonlanib, qo‘rqqandim, hozir esa tavakkal qilib to‘g‘ri qilgan ekanman, deb o‘ylab o‘tiribman.

Shu sababli kichkina-kichkina tavakkal qilib turish kerak. Kopiraytingni tushunmayapsizmi, savol berib so‘rang. Qiziqyapsizmi, kursini oling. Ishlamoqchimisiz, istalgan bir nechta insonga yozib ko‘ring. Baribir Sizdan hech nima ketmaydi-ku. Vaqt bilan pul esa shundoq ham keraksiz joylarga ketib yotibdi.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

31 Oct, 17:28


Toshkentning chekkaroq tumanidagi uy $ 50 ming, xuddi shu uy markazroqda $ 100 ming.

Insonlar komforti uchun oshiqcha $ 50 ming to‘layotgan bir paytda, men kechki ovqatga oshiqcha 9 ming so‘m ishlatib qo‘yganimni hozirgacha unutolmayapman 😅

Shu uy ko‘rish bahonasida 1-2 ta reklamalarga ko‘zim tushib qoldi.

1) Kafe barcha narxlarni tashqariga chiqarib qo‘yibdi. Bu birinchidan, premium joyda ham hamyonbop narxga ovqatlanish mumkin degani. Ikkinchidan esa kimningdir puli ozroq bo‘lsa, shu pulga mo‘ljallab ovqatlanish imkonini beradi.

2) Juma kunga aksiya qilish har doim o‘zini oqlagan. Avvalo, baraka sabab bo‘lsa. Keyin juma kuni ko‘pchilik bo‘lib yurishlar mahsulotlardan 5 ta emas, 10 ta ham sotilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

3) Hozirgi paytda mijozni do‘konga olib kelish juda qiyin bo‘lib qolgan. Shu sababli do‘kon oldidan o‘tib ketayotgan mijozni do‘konga olib kirish yaxshiroq variant.

Buning uchun tashqaridan qaraganda, Sizning do‘koningiz boshqa 10 ta do‘konning ichida ajralib turish kerak. Buning yaxshi usuli — do‘kondagi mahsulotlarni ma’lum ko‘rinishda tashqarida ko‘rsatib berish.

Bir marta xarajat qilasiz, shu bilan indamay 1 yil turib beradi, keyingi yillar esa qayta yasatish ham shart emas, shunchaki u yoq, bu yog‘iga qarab qo‘ysangiz bo‘lgani.

4) Qanaqadir joy ochganda uni katta biznes bo‘lib ketishiga ko‘zingiz yetmasa ham chiroyli nom tanlashga harakat qilaverish kerak.

Masalan, ... ona taomlari deb ochsangiz, bu biznes baribir Sizdan keyin yo‘q bo‘lib ketadi. Unga boshqacharoq, eskirmaydigan, zamon tanlamaydigan nom qo‘ysangiz, nafaqat keyinchalik ham turishi, balki o‘z davrida ham o‘z o‘rnini egallashi mumkin.

5) Bepul nimadir berish hozirgi kunda ko‘paygan, lekin negadir hali ham ommaviy darajaga yetib kelmadi. Onasini emsin, bering, bitta choyni bepulga bo‘lsa ham bering-da, keyin qolgan yeguliklarni 10-20 ming qimmatiga sotsangiz ham mayli. Faqat olishdan oldin albatta, nimadir bering.

#taklif

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

29 Oct, 09:57


Bitta kursning reklamasiga ko‘zim tushib qoldi

Undagi va’daga ko‘ra, 3-6 oydan keyin kursni tugatgan inson oyiga $ 500-1000 boshlab daromad qilishi aytilgan edi. Men 3 yildan buyon bitta sohaning egasi bo‘lishimga qaramay, hozirgi vaqtda 9 million 599 ming ($ 750) oylik maosh olaman.

Shunda bu yerda nimadir noto‘g‘ri ekanini tushundim va kurs o‘tayotgan ekspertni qancha oylik maoshga ishlashini so‘radim. Aytishlariga qaraganda, u akaning o‘zlari hech qayerda ishlamas ekan, frilanser sifatida faoliyat yuritishlarini aytishdi. Oylik daromadlari: $ 5000+

Biz kurs olayotganda bir jihatga e’tibor bermas ekanmiz. Oylik daromad bilan oylik maoshning o‘rtasida yer bilan osmonchalik farq bor. Masalan, mening maoshim 9 million 600 mingdir, lekin kurs sotish orqali men daromadimni 15-20 million va Siz ham kursimda o‘qib oyiga 5-10 million topishingiz mumkin deyishim ham yolg‘on bo‘lmaydi.

Biroq bu pulni o‘zimning sohamni ortidan o‘zim topmaydigan bo‘lsam, qanaqa qilib shogirdlarim erisha oladi deyman? Bu *mantiqan noto‘g‘ri-ku.

*Oylik maosh 9.6 million, o‘quvchi topishi mumkin bo‘lgan summa 10 milliongacha deyilyapti.

Kurs olayotganda, undan ko‘zlangan manfaatlarning ichida daromadimizni ham oshirish bo‘ladigan bo‘lsa, bizga dars o‘tadigan inson necha pul maosh olayotganiga ham qiziqib ko‘rishimiz zarur.

Ustoz inson o‘zi hech qayerda ishlamay, kurs sotish yoki boshqa ishlar orqali 40-50 million topgandan ko‘ra, o‘z ishi bilan 15 million topgani o‘quvchiga afzalroq. Nega deganda o‘quvchi ustozidan ko‘proq pul topib ketish ehtimoli juda kam.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

27 Oct, 13:42


shuni oʻchirib qoʻyasiz

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

27 Oct, 13:40


Yangi profil yozsa, profil ovozi o‘chirilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri arxivga tushib qolyapti.

Shu masalani qanday hal qilsa bo‘ladi?

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

25 Oct, 22:33


Xullas, tun darbadari aloqada

Baribir 14 daqiqalik audioni eshitmaysiz, shu sababli qisqa qilib mazmunini xabar ko‘rinishida yozaman 👇

Bitta soqqali ish bor

Agar Siz kuniga 2-3 ta matn yozadigan kopirayter bo‘lsangiz-u, lekin matnlaringizdan ko‘nglingiz to‘lmayotgan bo‘lsa, shu yozgan matnlaringizni 1 oy davomida shaxsan o‘zim tekshirib, matnlaringiz holatini 5-30% oshiramiz, inshaalloh.

Shuningdek, 1 oyda haqiqatdan rivojlanganingizni, o‘sganingizni sezsangiz, 2-oyni bonus qilib beraman.

2-oyda esa shu qilayotgan ishlaringizni Siz emas, boshqa birovga qildirishni o‘rgataman. Bu bilan Siz 60-80% vaqt va energiyangizni tejab qolasiz.

Bu 2 oylik dasturning narxi 1 million so‘m va faqat 3 kishi olinadi.

Agar, 1-oyda hech qanday o‘sish sezmasangiz va shunchaki pulimni qaytar desangiz, kifoya. Pulingizning 50% qismi hech qanday gap-so‘zsiz qaytarib beriladi.

Nega 50% deysizmi? Yarmi senga, yarmi menga-da do‘stim:)

Hali ham bu dastur menga to‘g‘ri keladimi yoki yo‘q, deb ikkilanib turgan bo‘lsangiz, o‘zingiz yozgan 1 ta matnni menga @Doniyorbek_Erkin yuboring.

Shunda matningizga bildirgan fikrimdan kelib chiqib, bu dasturga qo‘shilish yoki qo‘shilmasligingizni hal qilasiz.

Murojaat uchun... e uyaling ey, tepada shaxsiy profilimni qoldirdim-ku, yana bitta murojaat uchunni nima qilasiz?)

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

25 Oct, 20:57


#kopirayter_kerak

Mijoz: Butun O‘zbekiston YouTube platformasi
Talablar: IT degan so‘zni ishlatmay sarlavha yoza olish

Faqat “Saviyali kontent odamlarga qiziq emas” deyavermasdan, “nima qilsak qiziq bo‘ladi?” degan savolni ham o‘zimizga beradigan payt kelib qoldi, shekilli a?

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

25 Oct, 17:23


Hayot juda zo‘r ustoz, faqat uning dars soati ancha qimmat turadi.

Shu sababli hayotning tarbiyasini olgan shogirdlaridan o‘rganishga harakat qiling. Ularning trening, kurs, seminarlari hayotnikidan ancha arzon turadi.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

23 Oct, 13:44


Foydasi tegganidan xursandman

Alloh ko‘pchilikka manfaatli qilsin

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

23 Oct, 13:43


https://www.instagram.com/reel/DBZAuQ9M8nu/?igsh=bXR1bzdnNnQwbnZq

Shu mavzu boʻyicha bitta ssenariy yozib, video oldirdim 😉

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

23 Oct, 11:33


Bechora chet elliklarga rahmim keladi

U bechoralar 5g internet ishlayotganda “parvoz” rejimini yoqib o‘chirsa, tashlagan rasmi tezroq ketishi mumkinligini bilmasa ham kerak)

#jaydari_yumor

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

21 Oct, 06:56


Ertalab manam chatgpt bn suhbatlashdim ozroq. Oʻshanda u namozingni Alloh oʻz dargohida qabul qilsin MashaAlloh kabi soʻzlarni ishlatdi😄

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

21 Oct, 06:51


Ustoz G‘iyosiddin Yusuf bilan suhbatlashadigan ChatGPT

Bayramingiz muborak bo‘lsin

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

20 Oct, 15:42


Sagban #yasha

Compass mall'da (Qo‘yliq) Magnum supermarketi bor. Shu supermarketda Sagban o‘z mahsulotlarini tatib ko‘rish imkonini yo‘lga qo‘yibdi.

Hammasidan yeb ko‘rasiz, keyin yoqqanidan xarid qilasiz. Kimga qanaqa, lekin menga bu marketing yurishi juda yoqdi.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

19 Oct, 16:08


Men yozib beraman, matn!

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

19 Oct, 16:02


Kaltak yeysan deyishganda, bekor “yo‘q” degan ekanman, balki ta’mi shirin qandaydir yegulik bo‘lgandir...

#kopirayter_kerak

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

19 Oct, 15:44


Mana, premium nega kerak?)

#jaydari_yumor

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

19 Oct, 09:04


Odamlar va’da bergandan keyin u va’dani bajarmaslik yoki kelishuvdagi raqamlar va muddatni shunchaki o‘zgartirib yuborishni mutlaqo tabiiy qabul qilishayotgan bir paytda, boshqalardan ustunroq bo‘lishingiz uchun shunchaki aytganingizni bajarishingiz ham yetarli bo‘lib qolyapti.

Ammo hozir gap bunda emas. Bitta insondan 2 daqiqa vaqt ajratishini so‘rab, bitta masalada ularning fikrini so‘radim. 2 daqiqa o‘tgandan keyin o‘tirishimni aytdilar, ya’ni bu holatda ular o‘zlari xohlab, menga qo‘shimcha vaqt ajratdilar.

Men qilgan ish esa ularning vaqtini va e’tiborini 2 daqiqaga bo‘lsa ham torta olish bo‘ldi.

Mijozga yozar ekansiz, Sizdan tashqari yana kamida 20 kishi yozishini hisobga oling va birinchi navbatda Siz ularning e’tiborini o‘zingizga qarata olishingiz kerak. Bo‘lmasa nafaqat xabaringizga javob ololmaysiz, balki xabaringiz o‘qilmasdan ham qolib ketadi.

Bu holatda shunchaki yozgan xabaringizni boshqa birov ham yozishi mumkinmi yoki yo‘q, shu haqda o‘ylab ko‘ring, agar boshqa kimdir ham xuddi Sizdek yozolsa, demak, katta ehtimol bilan bu ishni olishingiz juda qiyin bo‘ladi.

Masalan, Assalomu alaykum, mening ismim Doniyor, Abba kompaniyasida SMM departament rahbariman, Abba haqida eshitganmisiz?

Javob: ha yoki yo‘q — (muhimi, javob berishi va e’tiborini menga qaratishi).

Abba xodimlar soni va bir vaqtda loyihalarga xizmat ko‘rsatish potensiali bilan O‘rta Osiyodagi eng katta agentlik hisoblanadi.

Menga Sizning kompaniyangizga kopirayting bo‘yicha yordam kerak ekanini aytishgandi, qanaqa masalada yordam bera olaman? — bu holatda ular menga emas, men ularga kerakman, degan pozitsiyaga o‘tib olaman, qolgan yozganlar esa menga ish kerak pozitsiyasida qolib ketish ehtimoli yuqori.

Javob: nima qilish kerakligini aytishi yoki kim aytdi deyishi mumkin?

Eslay olmayman, bilishim bo‘yicha hamma joyga e’lon tarqatib yuribsizlar shekilli, shu e’lonlardan qaysi birigadir ko‘zim tushdi, adashmasam — men vakansiya bo‘yicha ish so‘rab yozyapman emas, balki kopirayter topolmayapsizlarmi degan ma’noda murojaat qilyapman.

Xullas, onlaynda ozgina o‘zingizni yuqoriroq tutishingiz yomon holat emas, bu Sizni boshqalardan ajralib turishingizga yordam beradi.

Boshqa tavsiyalar

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

18 Oct, 09:45


Hayotning ikki muhim qoidasi:
1-vaʼda berdingmi, bajar!
2-oʻylab vaʼda ber!

Men shuni tushungandek boʻldim😊

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

18 Oct, 08:55


Hozir bitta dizayner qizni ko‘rib qoldim

Ofisdagi bitta bola u dizaynerni juda kuchli dizayner, gigant kompaniyalar bilan ishlagan, deb aytib qoldi.

Shunda u qiz bilan bo‘lgan voqea esimga tushib ketdi.

Shu paytgacha taxminan 4-5 nafar dizayner menga logotip qilib berishini aytgan.

Faqatgina 1 ta dizayner harakat qilib ko‘rgan, uning esa bilimi hali boshlang‘ich darajada ekanligi uchun yaxshi logotip chiqmagan. Qolgan dizaynerlar esa harakat qilganmi yoki yo‘q, bilmadim-u, ammo menga hatto ish boshlangani haqida ham aytishmagan.

Eng qizig‘i, u dizaynerlarning birontasiga men yozmaganman. O‘zlari logotip va hatto brending qilib berishlarini aytib, o‘zlari menga aloqaga chiqishgan. Natijada esa bitta variant ham ko‘rsatishmadi. Ularning ichida hamma og‘zidan bol tomib maqtayotgan shu dizayner qiz ham bor edi.

Men bu yerda dizaynerlarni ayblamoqchi emasman, shunchaki vaziyatni tushuntirmoqchiman. Men ham shu xatoni qilganman. Faqat menda vaziyat sal boshqacha bo‘lgan, lekin mohiyat shunga o‘xshab ketadi.

Shu sababli kimgadir bepul xizmat taklif qilishdan oldin o‘ylab ko‘ring, bu xizmatni xolis taqdim eta olasizmi yoki ma’lum vaqtdan keyin malollanasizmi?

Buni bilish uchun bepul xizmat taklif qilmoqchi bo‘lgan insoningizni yomon taraflariga qarab ko‘ring. Undagi yomon jihatlarni ko‘rganingizda ham unga xolis yordam berish istagi Sizni tark etmasa, shunda bu haqda u insonning o‘ziga aytsangiz bo‘ladi. Aytgandan keyin uni qilib berishga ham majbur ekaningizni unutmang.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

18 Oct, 07:50


Oxirgi post o‘chirib tashlandi.

Bu Notkoinchilar postidan keyin o‘chirilgan 2-post. Shu sababli postni tezroq o‘qish kerak deyman)

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

16 Oct, 04:02


Sizda ham mijozlaringizning aksariyati 1 martalikmi?

Mendagi asosiy muammo — doimiy mijozlarning kamligi. Buning sababini esa yuqoridagi xabarda Otabek (605 agentligi rahbari) aka juda sodda tilda, real misol bilan tushuntirib bergan.

#eslatma

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

15 Oct, 17:48


Yaqinda telefonimda turli nosozliklar paydo bo‘lishni boshladi

Sababini bila olmagandim. Bugun bir tanishim telefoning yangi olingandagi versiyasida qolib ketibdi, undan keyin kelgan 3 ta yangilanishlarning birontasini o‘rnatmaganing uchun telefoningni mazasi yo‘q dedi.

Bugun kunim shu yangilanishni o‘rnatish bilan o‘tib ketyapti, yana kamiga oxirgi versiyagacha hali to‘liq yangilab ulgurmadik.

Telefonni va ilovalarni avtomatik yangilaydigan qilib qo‘yish kerak ekan. Nega deganda yangilanmagan holatda turli xil muammolar paydo bo‘ladi, ayniqsa, IOS tizimida bu juda bilinadi.

Avtomatik yangilashni bilmasangiz yoki qila olmasangiz, muammo paydo bo‘lishi bilan birinchi navbatda yangilanishlarni tekshirib ko‘ring. Chunki yaxshi ishlab turgan telefonda boshqa muammo bilan xatolik kuzatilish ehtimoli juda kam.

#keys

P. S. Yaxshisi, shunaqangi darajaga chiqish kerak-ki, sensor o‘rniga tugmali telefondan foydalanish zarur. Shunda 1-2 yilda muammoni xohlasangiz ham topolmaysiz.

Quvvati yarim oyga yetadi. Suvga tushsa yoki avtomobil bosib ketsa, ozgina tozalab yana ishlataverasiz. Yo‘qotib qo‘ysangiz ham 40-50 mingga yana boshqasini olasiz. Keyin qanday go‘zal bu olam, bir qara deb yuraverasiz-da)

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

14 Oct, 06:41


Sizlab keldizda ohirida sansirab tashadinku, do'stim.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

14 Oct, 06:41


Shikastlangan pulni bankomat orqali visaga tashab kein, bankdan so'm qilsangiz hech qancha yutqazmaysiz. 5 $ yonizga qoladi. Xoxlang 1 $ ni 9860170114940589 kartasiga tashash huquqiga egasiz.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

14 Oct, 06:25


Dollarga zarar yetsa, 5% komissiya oladi

Aytaylik, bank xodimlari orqali dollarni so‘m qilmoqchisiz, kupyuraning ustida rangi o‘chgan yoki chizilgan joyi bor, dollar bizning valyuta emasligi hisobiga, bu holat uchun 5% komissiya to‘laysiz. Ya’ni, $ 100 pulingiz $ 95 aylanadi.

Aynan shunaqa vaziyatda bank xodimlaridan emas, balki bankning bankomatlaridan foydalansangiz bo‘ladi. Agar kupyura jiddiy shikastlanmagan bo‘lsa, bankomat uni qabul qiladi. Dollar kursi esa $ 100 uchun bankdan $ 1 atrofida farq qiladi. Bu taxminan 1% bo‘ladi.

Shunda 4% = $ 4 tejab qolasiz. Bunga esa 2 ta Americano olasiz. Nega 2 ta deysizmi? Bitta senga, bittasi menga-da do‘stim)

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

13 Oct, 14:15


Katta kanali borlar uchun xavfsiz, qo‘shimcha daromad qilish imkoni paydo bo‘libdi

Katta kanali bo‘lmay turib audioni eshitmoqchi bo‘lganlar bormi?)

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

12 Oct, 04:17


Bugun Sizga 2 ta sirni ochaman

1. Men juda maraz xarakterdagi insonman. O‘zi bu sir emas, endi bilmaganlar uchun yangilik, bilganlarga eslatma-da.

Ishim yuzasidan rahbarlar, biznes egalari, juda katta savdo aylanmasiga insonlar bilan ma’lum muddat birga ishlayman. Ularda men payqagan umumiy jihat — nisbatan juda yaxshi inson hisoblanishadi.

Ya’ni, xatolarga qattiq ogohlantirish berishmaydi. Qandaydir muammo bo‘lsa, unga juda yuzaki munosabatda bo‘lishadi. Qandaydir iltimos bilan murojaat qilsangiz, imkon qadar harakat qilishadi. Atrofidagi insonlarning fikrlarini eshitishadi.

Menda esa bularning umuman teskarisi. Buni mening shogirdlarim yaxshi bilishadi. Aynan shu xarakterim sabab ham haligacha oddiy xodimman. Inson rahbar bo‘lishi uchun o‘zini bosib olgan bo‘lishi kerak.

Men shu paytgacha qattiqqo‘l bo‘lish metodimni to‘g‘ri, deb o‘ylardim. Lekin oxirgi 1-2 oydagi kuzatuvlarim boshqalarga qo‘pol, agressiv munosabatda bo‘lgan insonlardan muvaffaqiyatli inson chiqmasligini ko‘rsatdi.

Bu xarakterimni o‘zgartirishga harakat qilaman va Sizga ham eslatma sifatida aytmoqchiman, boss bu hayotda baxtli bo‘lolmaydi va atrofidagilarni ham baxtli qilolmaydi. Siz bir oddiy inson sifatida lider bo‘lishga majbursiz. Shunda hayotingiz ham yaxshi tarafga o‘zgarishni boshlaydi.

2. Men 80-90% insonga ustoz yoki aka deb murojaat qilaman.
Negaligini bilmadim-u, lekin Sizning kasbdoshlaringiz, jamoadoshlaringiz va yaqinlaringizning 70-80% i Sizni qandaydir muvaffaqiyatga erishganingizdan xursand bo‘lishmaydi va ularga qaysidir mavzuda bahslashadigan darajada ekaningizni qabul qila olishmaydi.

Inson doimo qarshisida o‘zidan ko‘ra quyiroqda yoki o‘zidan zo‘r bo‘lsa ham, o‘zlarining oldida quyi his qilishlarini xohlashar ekan. Sababi menga qorong‘u, lekin ular bilan raqobatlashayotganingizni his qilishlari bilan Sizni o‘zlaridan past his qildiradigan sabab topishadi va shu sabab bilan Sizning vaqtingiz, energiyangiz va ba’zida pulingizga zarar yetkazishni xohlab qolishadi.

Balki menga shunday tuyular, biroq oxirgi 1 yildagi voqealarni kuzatib, asosiy bahsli mavzular, kasbdoshlar bir-birini yomon ko‘rib qolishi, arzimgan xatolariga keskin javob qaytarishi kabi holatlar ular darajalarini bir xil, deb o‘ylagan holatda bo‘lgan.

Shu sababli ular o‘zlari tan olib yuborgan holatda ham Siz o‘zingizni ulardan qaysidir jihat bo‘yicha yaxshiroq ekaningizni tan olmang. Shunda deyarli hech qanday muammoga duch kelmaysiz, inshaalloh.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

11 Oct, 13:14


Hech qanday fikrni mutlaqo (ko‘ngilni keng qiling) to‘g‘ri deb bo‘lmaydi

Chunki har qanday fikrga qarshi fikr bor. Masalan, shunday xodimlar bor-ki, tajribali bo‘lgani uchun o‘ziga yuqori baho berishadi. Lekin yana shunday xodimlar bor-ki, ular ham aynan tajribali bo‘lishgani uchun o‘zlariga past baho berishadi.

Tushunmagan bo‘lsangiz, yana bir misol. Aqlli inson ko‘p bilimga ega bo‘ladi va o‘zini ko‘p bilimga ega ekanini biladi. O‘ta aqlli inson esa juda ko‘p bilimga ega bo‘ladi va shuning uchun ham o‘zini hech nima bilmayman, deb o‘ylaydi.

Shu sababli fikrlarni eshiting, ammo xulosani o‘zingizga qoldiring. Shuningdek, fikrni ham to‘g‘ri insondan eshiting. Bo‘ydoq ingliz tili ustozi ota-ona bilan bo‘ladigan munosabat haqida gapirsa, uni eshitmaslik kerak yoki eshitsangiz ham uning gaplarini o‘zingizga yoqqani uchungina fakt sifatida qabul qilmang. U birodar azizdan ingliz tilidagi gaplarni eshitsangiz, to‘g‘riroq bo‘ladi.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

11 Oct, 09:45


Bir tanishim aytib qoldi, kurs sotishga harakatmi?

Negaligini bilmadim-u, bizda shu kabi dunyoqarash shakllanib qoldi. Ya‘ni, kimdir davomli va foydali kontent qilishni boshlasa, katta ehtimol bilan kurs sotishni reja qilayotgan bo‘ladi.

Shaxsan men bunda ham hech qanday yomonlik ko‘rmayman. Pulli kursni xohlasangiz sotib olasiz, lekin kursgacha bo‘lgan bilimlardan bemalol pul to‘lamagan holatda bahramand bo‘lishingiz mumkin. Bu esa zo‘r imkoniyat. Nega deganda juda ko‘pchilik kursga qiziqtirish maqsadida ham sotuvgacha bo‘lgan jarayonda juda ko‘p foydali bilimlar bilan ulashadi.

Mening vaziyatimga kelsak, bu Ilhom aka bilan G‘ayrat akaga bog‘liq, ular oldimda bo‘lsa, menga qandaydir manfaat bo‘lishi shart emas. Shunchaki post yozaveraman.

Kursni esa istalgan inson istalgan vaqti sotib olishi mumkin. Kurs dasturi ham shunga moslangan.

Yopiq kanal ham xuddi shunday. Ishonmasligingiz mumkin, lekin men yopiq, pulli kanaldan ko‘ra, shu bepul, ochiq kanalda ko‘proq qiymat ulashaman. Yopiq kanalga obunani esa kuzatuvchilarimiz shunchaki kanalga donat hisobida xarid qilishadi.

Xullas, agar kontentni qilishdan maqsad auditoriyadan nimadir olish yoki nimadir sotish bo‘lsa, davomli ijod qila olmaymiz. Shuning uchun kanal yuritish yoki kontent tayyorlash o‘zingizga yoqsa, qiling. Yoqmasa, pul topish uchun o‘zingizni majburlamang, boshqa variantlarni qarab ko‘ring. Balki boshqa ish bilan ham o‘zingiz xohlaydigan pulni topishingiz mumkindir.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

11 Oct, 05:30


Telegramda aldamchi ko‘rishlar degani bor

Obunachilar qancha kam bo‘lsa, ko‘rishlarga aldanish shuncha yuqori bo‘ladi.

Buning oddiy misolini kirdikorlaringizni saqlaydigan kanalda ko‘rishingiz mumkin. Kanal yopiq, Sizdan boshqa hech kim yo‘q, lekin postlaringiz 9-10 ta ko‘rishlar olyapti.

Shundan xavotir bo‘lib, ba’zilar menga yozib ham turishadi. Aka, u kanalda har xil narsalar saqlayman, aniq hech kim ko‘rmaydimi? Keyin men ularga hozir Sizga tushuntirmoqchi bo‘lganlarimni tushuntiraman.

Bitta post joylandi, aytaylik uni 700 kishi ko‘rdi, uning ortidan boshqa post joylansa, boya 700 kishi ko‘rgan postni go‘yoki 900-1000 kishi ko‘rgandek bo‘lib qoladi. Endi yana bitta post joylansa, birinchi joylangan postni 1200 kishiga yaqin odam ko‘rgandek tuyuladi.

Nega deganda yangi post o‘qiyotgan kuzatuvchi beixtiyor yuqoridagi postni ham ko‘rib qoladi. Telegram esa shu ko‘rish uchun ham aldamchi ko‘rishlarni hisoblaydi. U postni o‘qishingiz ham shart emas, shunchaki tezda o‘tkazib yuborsangiz ham ko‘rish hisoblanaveradi. Bu gapimni kanalga obuna bo‘lib, faqat eng oxirgi xabarni o‘qiydiganlar yaxshi tushunadi)

Aslida post qo‘yganingizdan keyin umuman post chiqarmasangiz va 12 soat davomida nechta ko‘rishlar olsa, Sizni taxminan shuncha odam ko‘rayotgan bo‘ladi. Ammo bu ham fakt emas, nega deganda boya aytganimdek, o‘qimasa ham ko‘rishlar hisoblanadi. Qolaversa, u post boshqa joyga ulashilgan bo‘lsa, bu holatda ham tashqi ko‘rishlar soniga ko‘ra o‘zingizda aslida nechta kuzatuvchi borligini bila olmaymiz.

Buni bilishning eng yaxshi yo‘li — oddiy so‘rovnomalar o‘tkazish. Kanalda yigitlar ko‘pmi yoki qizlar desangiz, shu postga nechta ovoz berilsa, Sizni taxminan shuncha odam kuzatadi.

Qolgan holatlarda nechta inson reaksiya bosayotganiga, izoh yozayotganiga yoki post ulashayotganiga qarab, Sizni necha kishi kuzatayotganini taxmin qilishingiz mumkin.

Xullas, endi menda 200 ta obunachi bor, ulardan 300 tasi postimni o‘qiydi degan gaplarni yig‘ishtirib, haqiqatga tik boqing. Postlarimga taxminan 30 ta reaksiya bosilyapti, 15 ta izoh yozilyapti, 5 marta ulashilyapti, demak, 50 ta inson nimadir harakat qildi, bu harakat qilmaganlarning 5 dan birini tashkil etsa, shunda Sizni 200-300 kishi kuzatayotgan bo‘ladi.

Bunga ham xafa bo‘lish kerak emas, bitta trening zalida to‘la odam Sizni kuzatishi ham juda katta natija. Masalan, men shu postni maksimum 500 kishi o‘qiyapti, deb yozyapman va men taxminan 20-30 ta reaksiya bo‘lishiga tayyorman.

Shu gaplarni yaxshilab tushunib olsangiz, reklama olayotganda ham pulingizni havoga ketish ehtimoli ancha kam bo‘ladi.

Turq-tarovatingizga qaraganda fikrlarim yetib bormagan yoki miyangiz hazm qila olmay qusib yuborganga o‘xshaydi. Shunday ekan mavzuga oid boshqa postlarni o‘qishingizni tavsiya qilaman 👇

1. Telegramga kirish

2. Kanal yuritishdagi xatolar

3. Telegrdamdan daromad qilish

4. 3 million so‘m oylik olish

P. S. Shu usul ham ko‘rishlar/o‘qilishlar sonini oshirishning bir usuli hisoblanadi.

✍️ Jaydari Kopirayter | Kopirayting blogi

10 Oct, 13:07


Erkamisiz yoki ahmoq?

Ikkita marketolog akalarimiz borlar. Ular ham dangasa, ish qilishni xohlamaydi. Men ham dangasa, ish qilishni xohlamayman,

Faqat ularning ikkalalarida ham avtomobil bor. Bittalarini jamg‘arib qo‘ygan katta pullari, yana bittalarida 2-3 ta xonadonlari bor. Bittalari uylanib, ro‘zg‘orlarini to‘liq ta’minlab qo‘yganlar, yana bittalari uylanishga har taraflama tayyor.

Mabodo, hozir ishlab turgan joylaridan ketishsa ham bundan yaxshiroq joy va maosh evaziga osonlik bilan ishga kira oladilar. Har qanday masalada ularning tanish-bilishlari bor, bo‘ladigan istalgan tushunmovchilikni bitta qo‘ng‘iroq bilan hal qilisha olishadi.

Menda esa bularning hech biri yo‘q. Ular bilan suhbatda tushungan fikrim, inson dangasalik qilib yotishi uchun ham bir martasiga juda qattiq mehnat qilishi kerak. Ma’lum natijaga erishganda, pul ishlamasa ham kelib turgan paytda dangasalik qilish — bu erkalik. Tayinli yutug‘i bo‘lmay turib dangasalik qilish — bu ahmoqgarchilik.