Hozir xususiy maktabda ishlayapman. Kasbim sababli koʻpchilik bilan muloqot qilishimizga toʻgʻri keladi. Baʼzi xatolarimiz va boshqa insonlardagi xatoni koʻrib, hayron qolamiz.
Bugun menda ham shunday xato boʻldi. Bir kishidan ishimiz uchun zarur boʻlgan buyumni oldim. Kerakli paytda u buyum ishlamadi va biz ishlatmadik.
Ammo u buyum men uchun omonat qilib berilgandi. Men u buyumni ishlatmadim, ammo notoʻgʻri joyda qoldirdim. Keyin buyumni egasiga topshirdim.
Buyumni egasi esa mendan norozi boʻldi, boshqa menimcha u buyumni ishonishmaydi.
Kel jigar, shu xatoyimni tahlil qilamiz.
Oila qursang, jufti halolingdan xato oʻtsa, oʻzini tuzatishga urinmasa, 6 ta holat tavsiya berilgan. Nasihat qilasan, joyni oʻzgartirasan, qarindoshlar bilan maslahat qilasan, keyin 1 taloq, keyin 2 taloq, keyin 3 taloq beriladi.
Ish jarayonida ham xodim bilan shunday munosabatda boʻlinsa, qanday boʻlardi?
Senga nisbatan kimdandir xato oʻtdimi, oʻzi bilan alohida gaplash. Boshqalarning fikri yoki xato qilgan insonning fikrini eshitmasdan xulosa chiqarma.
Qayta xato qilyaptimi, masʼuliyatini eslatib qoʻy, katta vazifalar emas, kichik vazifalar ber. Shunda masʼuliyati kamayib qolganini sezib, oʻzidan xato qidiradi.
Shunda ham xatosini tushunmadimi, unda ketma-ket jarima, oylikdan ushlab qolish va oxiri xayrlashuv bilan yakunla.
Baʼzan oila va ishda ham shunday tartibda ish koʻrilmagani hisobiga oilalar tez buziladi, xodimlar tez ish joyini almashtiradi.
Oʻzing uchun xulosa ol jigar, erta oila qurasan va biznesing boʻlganda juda kerak boʻladi. Oʻzingni asra, seni Oʻzi asrasin. Assalomu alaykum.
@doppili_kopirayter