AI | DigiTech @digitechai Channel on Telegram

AI | DigiTech

@digitechai


Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads

AI | DigiTech (Uzbek)

AI | DigiTech kanali - bu texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqida ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan Telegram kanali. Kanalda, sun’iy intellektlar va texnologiyalar sohasidagi eng zamonaviy yangiliklar va ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Bu kanal orqali, eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lib, yangi texnologiyalar haqida o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Agar sizga texnologiyalar, sun’iy intellektlar yoki yangi texnologiyalar axboroti qiziq bo‘lsa, shu kanal siz uchun mo‘ljallangan. Kanalda reklama joylash uchun @DigiTech_ads ga murojaat qilishingiz mumkin.

AI | DigiTech

10 Jan, 05:33


🚂 Neyrotarmoqdan o’sha mashhur poyezd jumboqini yechishni so’rashibdi, natijani videoda ko’rishingiz mumkin :)

📟 DigiTech

AI | DigiTech

09 Jan, 14:15


⚡️Sony o’yinlardagi hidlarni his qilish imkonini beruvchi texnologiyani namoyish etdi.

Endi o’yinchilar nafaqat ekranda nima bo’layotganini ko’rish va eshitish, balki uni tom ma’noda hidlash imkoniyatiga ham ega bo’ladi. Texnologiya o’yinchi atrofida 360 graduslik 3D o’yin simulyatsiyasini yaratadigan yuqori sifatli ekranlarga ega maxsus kubdan iborat bo’lib, unda o’yinlardagi hidlarni his qilish mumkin.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

09 Jan, 10:24


⚡️Frilanser Aleks Vey sun’iy intellekt sabab qanday qilib ishdan ayrilgani haqida 10 daqiqalik video yozib YouTube'ga yukladi va negadir YouTube uning videosiga neyron tarmoqni tavsiflash funksiyasini yoqib qo’ydi.

U bir necha yil davomida kompaniyaning blogi uchun maqolalar yozish bilan shug’ullangan, yaqinda esa ular barcha mualliflarni sun’iy intellektga almashtirishga qaror qilishgan.

Natijada, sun’iy intellekt sabab u nafaqat ishidan, balki videoni to’liq ko'rmasdan faqat qisqacha tavsifini o’qib chiqib ketgan tomoshabinlar sabab ko’rishlar sonining bir qismidan ham ayrildi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

09 Jan, 04:44


⚡️CES 2025 ko’rgazmasida ASUS reklamalarni bloklaydigan dunyodagi birinchi routerni namoyish etdi.

ROG Rapture GT-BE19000AI veb-saytlardagi reklama va trekerlarni bloklash, shuningdek, o’yinlardagi pingni kamaytirish uchun sun’iy intellektli chip bilan jihozlangan.

U 280 м² radiusda Wi-Fi 7 ni qo’llab-quvvatlaydi va 19 Gbit/s gacha o’tkazish qobiliyatiga ega.

Sotuvlar boshlanish sanasi hali ma’lum emas, lekin narxi 800 dollar atrofida bo’ladi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

08 Jan, 14:08


🚘 Honda yangi futuristik krossover 0 SUV va sedan 0 Saloon'ni namoyish etdi.

Hozircha xususiyatlar va narxlar haqida hech narsa aytishmadi, ammo sotuvlar kelgusi yilda boshlanishi va’da qilingan.

Dizayniga nima deysiz?

📟 DigiTech

AI | DigiTech

08 Jan, 10:19


🖥 Yangi Asus ROG RTX 5090 videokartasining kattaligi shunday. Unga qo’shib ulkan korpus ham sotib olishga to’g’ri keladi.

Bunaqada videokartalarning keyingi modellari bilan butun boshli xonadonni isitsa bo’ladi :)

📟 DigiTech

AI | DigiTech

08 Jan, 05:59


🤖 Nihoyatpaypoqlarni yig’adigan changyutgich namoyish etildi.

Roborock kompaniyasi oddiy changyutgich torta olmaydigan paypoq va boshqa mayda narsalarni yig’adigan OmniGrip 1.0 mexanik qo’liga ega robot changyutgich Saros Z70 ni namoyish etdi.

Uning yuk ko’tarish hajmi atigi 300 grammdir — bu uy hayvonlariga zarar yetkazmaslik uchun qilingan.

Kompaniya Saros Z70 ni joriy yil oxirida sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda. Narxi 1600 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

07 Jan, 14:29


📺 CES 2025 ko’rgazmasida ekrani cho’ziladigan birinchi televizor namoyish etildi — uning displey matritsasi tom ma’noda tashqariga cho’zilib chiqadi.

Unda qo’rqinchli filmlarni ko’rish mazza bo’lsa kerak :)

📟 DigiTech

AI | DigiTech

07 Jan, 09:58


🚘 Sakray oladigan superkar — xitoyliklar yangi videoda BYD Yangwang U9 chuqurlar va tikanlar ustidan qanday qilib katta tezlikda sakrab o’ta olishini ko’rsatishdi.

Videoda avtomobil avtopilotda 120 km/soat tezlikka erishib, 2,5 metr uzunlikdagi chuqur va tikanlardan epik sakrab o’tgani aks etgan.

Bizni yo’llarda bunday sakrashini ham foydasi yo’q, bir chuqurdan qochib ikkinchisiga tushadi :)

📟 DigiTech

AI | DigiTech

07 Jan, 08:01


⚡️DLSS 4 oldingi versiyalarga qaraganda uch marta kuchliroq bo’ladi — u o’yinlardagi bazaviy FPS'ni 8 martagacha oshirishi mumkin.

Bularning barchasi yangi multigeneratsiya texnologiyasi tufaylidir: uning yordamida neyrotarmoq bitta o’rniga uchtagacha kadrni generatsiya qilishi mumkin.

Ya’ni hatto 550 dollarlik eng arzon 5070 videokartasi ham 1600 dollarlik 4090 flagmani darajasida FPS'ni oshirib berishi mumkin. Lekin bir muammo bor — DLSS 4 faqat RTX 5000 seriyali videokartalarida bo’ladi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

06 Jan, 14:26


⚡️CES 2025 ko’rgazmasida har doimgidek eng «kerakli» texnologiyalarni ko’rsatishdi. Asosiylari:

– LG StanbyME televizor sumka;
– Rosomaxa tirnoqlari kabi keskin chiqadigan klaviatura;
– Turli vazifalar uchun moslashtirilishi mumkin bo’lgan sun'iy intellektli Mi-Mo robo-stoli.

CES 2025 ko’rgazmasi rasmiy faqat ertadan boshlanadi, antiqa qurilmalarning aksariyat qismi endi namoyish etiladi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

03 Jan, 14:14


🥽 AQShda sudya jinoyat simulyatsiyasini ko’rish uchun birinchi marta Quest 2 VR garniturasidan dalil sifatida foydalandi.

Floridalik yigit qurol bilan tahdid qilishda ayblangan, biroq uning advokati qurol faqat o’zini himoya qilish uchun ishlatilganini ta’kidlab guvohlarning ma’lumotlari asosida modellashtirilgan VR videoni ko’rsatdi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

03 Jan, 08:40


🎥 Bir necha soniyada eng yaxshi filmlar yoki teleseriallar ro’yxatini tuzib beradigan neyrotarmoq.

Juda oddiy ishlaydi: so’rovingizni yozing va filmlar to’plamini oling. Filmning tavsifi va treyleri bilan chiqarib beradi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

02 Jan, 14:19


📲 Telegram Yangi yildagi birinchi katta yangilanishini chiqardi. U aslida 31-dekabrda chiqishi kerak edi, biroq Apple'ning moderatsiyasi tufayli kechiktirildi.

Shaxsiy chatlar, guruhlar yoki kanallardagi qidiruv natijalarni alohida ko’rish uchun filtrlar qo’shildi. Endi uchinchi tomon xizmatlaridan verifikatsiyadan o’tib, kanal yoki botning haqiqiyligini tasdiqlovchi qo’shimcha belgini olish mumkin. Shuningdek, limitli sovg’alarni boshqalarga o’tkazish va NFT qilib auksionga qo’yish mumkin.

Yangilanishning barcha tafsilotlari bilan havola bo’yicha tanishishingiz mumkin.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

02 Jan, 10:15


🎥 Netflix «Kalmar o’yini» serialining uchinchi, oxirgi mavsumining birinchi tizerini chiqardi. Premyera 2025-yilning iyun oyida bo’lishi kutilmoqda.

Hali ikkinchisini ko’rib ulgurmadik, bularda uje uchinchi mavsumi tayyor :)

📟 DigiTech

AI | DigiTech

02 Jan, 05:04


🎆 Neapol aholisi Yangi yilni shunday kutib olishdi.

Qancha pul havoga ketdi deb o’ylaysiz?

📟 DigiTech

AI | DigiTech

01 Jan, 12:51


📱Tadqiqot: Odamlar o’rtacha hisobda telefonlarini kuniga 205 marta — har 5 daqiqada tekshirishadi. Lekin ularning faqat 43 foizi o’zini telefonga qaram deb hisoblaydi.

2024-yil statistikasiga ko’ra:
– 80% odam uyg’onganidan keyin birinchi 10 daqiqa ichida telefonini tekshiradi.
– 76% odam bildirishnomalarga 5 daqiqa ichida javob beradi.
– Zaryad 20% dan pastga tushsa, 40% odam vahimaga tushadi.
– 89% odam hatto kinoteatrda ham telefonini tekshiradi.
– Odamlarning 27% mashina haydash vaqtida telefonidan foydalanadi yoki unga qaraydi.

Sizda ham shundaymi?

📟 DigiTech

AI | DigiTech

31 Dec, 12:34


🎇 Kirib kelayotgan Yangi yil bilan!

Do’stlar, yil ham oxirlab qoldi, bu yil biz uchun eng muvaffaqiyatli yillardan biri bo’ldi, albatta, bunga sizlarsiz erisha olmas edik, har bir fikringiz, bosgan laykingiz va repostingizni qadrlaymiz.

2025-yilda yanada ko’proq texnologik yangiliklarni va foydali sun’iy intellektlarni ulashib borishga harakat qilamiz. Yangi yil texnologik kashfiyotlarga boy bo’lsin!

Yangi yilda har bir kuningiz mazmunli va har lahza unutilmas bo’lishini tilab qolamiz! 🎉

📟 DigiTech

AI | DigiTech

31 Dec, 08:31


🎥 Animatsiyalar generatsiya qiluvchi eng yaxshi neyrotarmoq chiqdi — to’g’ri brauzerda Pixar sifatidagi animatsiyalarni yaratishingiz mumkin.

Unda ko’p qismli animatsiyalar, treylerlar va kliplar generatsiya qilish mumkin. Bepul taxminan 3 ta video generatsiya qilolasiz.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

30 Dec, 14:13


🚆 Xitoyda dunyodagi eng tez yuradigan — CR450 yo’lovchi poyezdi ishga tushirildi.

Poyezd nomida uning maksimal tezligi yozilgan — 450 km/soat, lekin yo’lovchilar bilan u biroz sekinroq harakatlanadi — 385 dan 402 km/soatgacha. Saloni futuristik dizaynda qilingan, poyezd ovozi esa deyarli eshitilmaydi.

Avvalgi tezlik rekordi ham xitoyliklarga tegishli edi — «Fusin» poyezdi 350 km/soat.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

30 Dec, 05:12


⚡️Zumerlar nafaqaga chiqishga tayyorlaning: 2025-yilda yangi avlod odamlari — beta avlod tug’ilishni boshlaydi.

Ular «alfa» avlodni almashtiradilar va to’liq avtomatlashtirilgan dunyoda o’sishadi, neyron tarmoqlar va texnologiyalar tom ma’noda hamma narsaga o’rnatiladi: ta'limdan tortib, do’konda xaridlargacha.

Beta avlod so’nggi yillardagi pandemiya va boshqa qiyinchiliklar haqida faqat maktabdagi tarix darslaridan bilib olishadi. Ularni keyingi avlod faqat 2040 yilda almashtiradi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

29 Dec, 14:05


📲 Tadqiqot: Odamlar yiliga o’rtacha 110 soat (5 kun!) vaqtini qanday film yoki YouTube'da nima ko‘rish kerakligini izlashga sarflashadi.

Ma’lum bo'lishicha, hozir film yoki oddiy videoni tanlash 10 yil oldingiga qaraganda qiyinlashgan — kontent juda ko’payib ketgan. Aqlli algoritmlar esa ekranni keraksiz videolar bilan to’ldirib tashlamoqda.

👨‍💻 — tadqiqot men haqimda ekan

🤓 — avval nima ko’rishimni aniqlab keyin izlayman

📟 DigiTech

AI | DigiTech

28 Dec, 14:17


⚡️iPhone foydalanuvchilari Telegram'ingizni sovuting

iOS'dagi Telegram'ga haddan tashqari qizib ketish va batareya zaryadining tez tugashi bilan bog’liq muammoni tuzatuvchi yangilanish keldi. Biroq «Код Дурова» kanali yangilanishda Stories'dagi videolar ijro etilishi buzilganligini aniqladi — faqat audio eshitilmoqda.

Birini to’g’irlashsa, ikkinchisini buzib qo’yishadi :)

📟 DigiTech

AI | DigiTech

28 Dec, 10:32


⚡️YouTube sizning qiziqishlaringiz asosida tasodifiy videoni qo’yadigan «Play something» tugmasini sinovdan o’tkazmoqda.

Tugma Shorts yoki asosiy lentadagi videolarni qo’yadi. Ayrim Android foydalanuvchilari ushbu funksiyani allaqachon sinab ko’rishlari mumkin.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

28 Dec, 10:01


Yandex Plus yangi yil yutuqli o'yinini boshladi

Obunani ulang, G'ildirakni mag'lubiyatsiz aylantiring va quyidagilarni yutib oling: har hafta 25 000 000 Plus ballari va boshqa sovg'alar.
Finalda esa bosh sovrin — avtomobil o'yini bo'lib o'tadi!
Yandex Plus — barcha zavq bir obunada!

plus.yandex.uz saytiga o‘ting

AI | DigiTech

28 Dec, 07:39


🚀 SpaceX raketa uchirish bo’yicha yangi jahon rekordini o’rnatdi — 2024 yilda kompaniya 134 (AQSh'dagi 141 tadan) parvozni amalga oshirdi.

Taqqoslash uchun: Xitoy bu yilda 65 ta, Rossiya 17 ta, Yangi Zelandiya 13 ta, Yaponiya 5 ta kosmik raketani uchirdi.

Videoda SpaceX kompaniyasining yangi yil tabrigi, Starship dvigatellari bayramona rok musiqaga «raqsga tushishi» aks etgan.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

27 Dec, 13:53


📱Internetda iPhone 17 ning dizayn eskizlari paydo bo’ldi. Suratni xitoylik texnobloger Majin Bu joylagan.

Yakuniy versiya bundan farq qilishi mumkin, ammo asosiy konseptsiya — orqa paneldagi kamera ramkasi gorizontal cho’ziladi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

27 Dec, 05:39


🚘 Gretsiyada elektromobillar 5 kilometrlik tirbandlik hosil qildi. Ular havo sovuqligi sabab shunchaki yurmay qolishdi.

Rojdestvodan keyin mahalliy aholi Arachova tog’-chang’i kurortidan qaytishni boshlashdi. Ammo deyarli barcha elektromobillarda bir xil muammo yuzaga keldi — sovuq sabab batareya zaryadi juda tez tugadi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

26 Dec, 14:25


⚡️Mutaxassislarning fikricha, 2025-yil to’ldirilgan reallik ko’zoynaklari rivojlanadigan yil bo’ladi.

Muvaffaqiyatsiz chiqqan Apple Vision Pro'ga qaramay, odamlarga aqlli ko’zoynak g’oyasi yoqadi, shuning uchun kompaniyalar ularni «universal» emas, balki ma’lum sohalar uchun ishlab chiqarishni boshlashadi. Misol uchun:

• Emteq ko’zoynagi, u odamning emotsional holatini va ovqatlanish tartibini kuzatadi.

• Suzish uchun Form ko’zoynagi, sportchining suzish vaqti va samaradorligini o’lchaydi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

26 Dec, 06:08


❄️ Marsda «qish» qanday ko’rinadi?

Mars Express kosmik kemasi va Mars Reconnaissance Orbiter zondidan olingan suratlar chop etildi.

Aslida bu qor emas, balki quyosh nuri isitgan uglerod oksididan hosil bo’lgan muzdir. Bu jarayonda muz gazga aylanadi. Suratlar yozda, harorat -125 °C gacha tushganda olingan.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

25 Dec, 14:18


☕️ Paketli choylar xavfli ekanligi aniqlandi: ular saraton va boshqa xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi, bu bo’yicha yangi tadqiqot chiqdi.

Choy paketlari qizdirilganda 1,2 milliard mikroplastik zarrachalarini chiqaradi. Ma’lum bo’lishicha, ular qon orqali oson so’rilib butun tanaga tarqaladi va kasalliklarni keltirib chiqaradi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

25 Dec, 07:00


⚡️Ichak saratoniga davo topildi: «dostarlimab» preparati bu kasallikni to’liq davolay oldi.

Amerikaning FDA agentligi dorini ommaviy ishlab chiqarishga ruxsat berdi: preparat sinov paytida barcha bemorlarni jarrohlik va kimyoterapiyasiz to’liq davoladi.

Hozir olimlar «dostarlimab» terapiyasini kolorektal saratonning boshqa turlariga ham moslashtirishga harakat qilishmoqda.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

25 Dec, 06:30


🎉 Yangi yilni yangi imkoniyatlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan kutib oling!

Space Academy va DoBuy hamkorligida o‘tkazilayotgan eksklyuziv qishki aksiyada ishtirok eting!

📚 Sizni nima kutmoqda?

- Kasb o‘rganish bo‘yicha innovatsion kurslar
- Bilim va mahoratni oshirish imkoniyati
- MacBook, iPhone, iPad kabi super sovg‘alar

💡 Qanday ishtirok etasiz?

1️⃣ Space Academy’da qish mavsumidagi kurslarga yoziling
2️⃣ Kursni muvaffaqiyatli tamomlab, o‘z natijalaringizni ko‘rsating
3️⃣ Qimmatbaho sovg‘alardan birini yutib oling!

Shoshiling! Ro‘yxatdan o‘tish muddati cheklangan!

Ro'yxatdan o'tish uchun: https://forms.gle/Govzky52M7Q9LQyi8

Reklama

AI | DigiTech

24 Dec, 14:07


⚡️Honda va Nissan birlashish jarayonini rasman boshlashdi — yangi xolding dunyodagi uchinchi eng yirik avtomobil brendiga aylanadi. Undan oldin faqat Toyota va Volkswagen bor.

Bunga asosiy sabab — Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilarining o’sishi, agar ularga qarshi raqobat kuchaytirilmasa «sanoatni to’liq egallab olishadi».

Kompaniyalar birlashishi 2026-yilda yakunlanadi, shuningdek, ularga Mitsubishi ham qo’shilishi mumkin.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

24 Dec, 05:15


⚡️Ko’plab ijtimoiy tarmoqlardagi har qanday videoni yuklash uchun eng yaxshi sayt. Reklama va pullik obunalarsiz.

Juda oddiy ishlaydi: kerakli video havolasini qo’yib, «Enter» yoki o’ng tomonga ko’rsatgich tugmasini bosish kifoya.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

23 Dec, 12:24


⚡️Pavel Durovning aytishicha, Telegram ishga tushirilganidan 10 yil o’tib nihoyat daromadli biznesga aylandi.

2024-yilda messenjerning daromadi 1 milliard dollardan oshdi. Bunga Premium foydalanuvchilarning soni uch baravarga oshib 12 mlnga yetishi, reklama narxining oshishi va yangi monetizatsiya mexanikasi (yulduzlar, sovg’alar, mini-ilovalar va boshqalar) tufayli erishildi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

22 Dec, 13:56


🚘 Volkswagen Germaniyadagi zavodlarini yopish fikridan qaytdi: buning o’rniga, kompaniya ulardan bir nechtasining ishlab chiqarish quvvatini pasaytiradi va 35 ming ish joyini qisqartiradi.

Hech kim ishdan bo’shatilmaydi: ish o’rinlarini qisqartirish, ketayotganlar o’rniga yangi ishchilarni yollamaslik va 2030-yilgacha stajyorlar qabulini qisqartirish orqali amalga oshiriladi.

Ishchilarning ish haqi ham oshirilmaydi va bonuslar berilmaydi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

22 Dec, 10:09


📲 Instagram rahbari Adam Mosseri Movie Gen neyrotarmog’i imkoniyatlarini ko’rsatdi va u 2025-yilda chiqarilishini e’lon qildi.

SI insonning fotosurati va matnli so’rovi bo’yicha kiyimni yoki joylashuvni o'zgartirib videoni tahrirlashi mumkin. Ko’rinishidan, neyron tarmoq to’g’ridan-to’g’ri ijtimoiy tarmoqqa o’rnatiladi.

Foydalanuvchilar ushbu SI Instagramni feyk kontentga to’ldirib tashlashi va haqiqiy odamlardan hech narsa qolmasligidan havotirdalar.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

21 Dec, 14:27


⚡️ChatGPT o3 modeli nufuzli Codeforces reytingida dunyodagi eng kuchli dasturchilar orasida 175-o’rinni egalladi.

O’ylab ko’ring, bu allaqachon professional dasturchilarning 99,9 foizidan yaxshiroq natijadir.
Kuchli 100 talikda faqat oltin medalli daholar o’tirishibdi.

Ushbu modelning yopiq sinovlarida ishtirok etmoqchi bo’lsangiz, havola bo’yicha ariza qoldirishingiz mumkin.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

21 Dec, 09:06


⚡️OpenAI o3 modelini namoyish etdi.

Model barcha raqobatchilar va o1 ni ortda qoldirdi — u dasturlash bo’yicha o’n yillik tajribaga ega senior dasturchi darajasida kodlaydi! U AGI testida odamlardan o’tib ketdi.

Model hozir xavfsizlik sinovlaridan o’tkazilmoqda, Mini modeli yanvar oxirigacha, o3 esa bir necha oyda chiqarilishi kutilmoqda.

o1 dan keyin o2 kelishini unutib qo’yishgan shekilli, birdaniga o3 ga o’tib ketishdi :)

📟 DigiTech

AI | DigiTech

20 Dec, 14:02


🛥️ Xitoyliklar dunyoda birinchi bo’lib Yer mantiyasini burg’ulash uchun noyob «Meng Xiang» tadqiqot kemasini ekspeditsiyaga tayyorlashmoqda.

Undagi burg’ulash qurilmasi dengiz sathidan 11 ming metr chuqurlikka tushishga qodir, u yerdan plitalar tektonikasi, mantiya tarkibi va shakllanish jarayonlarini o’rganish uchun namunalar olish rejalashtirilgan.

Kema qurilishi uchun 470 million dollar sarflandi, u 2025-yilda ilk safariga jo’natiladi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

04 Dec, 14:25


🚘 Jaguar shov-shuvli rebrendingidan so’ng o’zining birinchi avtomobilini namoyish etdi — futuristik Type 00.

Bu hozircha faqat konsept, lekin sotuv modelida ko’p narsa o’zgartirilmaydi, u allaqachon ishlab chiqilmoqda. Avtomobil 2026-yil oxirigacha chiqishi kutilmoqda.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

04 Dec, 06:30


🚆 Saudiya Arabistonida dunyodagi eng uzun haydovchisiz metro ishga tushirildi — u mamlakat poytaxti Ar-Riyodni qamrab oluvchi 176 km masofa, 85 bekat va olti liniyadan iborat.

Tizimda Germaniyaning Siemens, Kanadaning Bombardier va Fransiyaning Alstom kompaniyalarining to’liq haydovchisiz 183 ta poyezdi harakatlanadi, loyiha qiymati 35 milliard dollarni tashkil etdi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

03 Dec, 14:15


📚 Janubiy Koreyaning KAIST universiteti generativ neyrotarmoqlar bo’yicha bepul kurs chiqardi.

Dastur ikki oyga mo’ljallangan. Kursda diffuziya nima ekanligini va tasvirni yaratish qanday ishlashini tushuntirishadi. Ilovalarni yaratish bo’yicha vazifalar ham mavjud.

👉 Bepul kursga havola.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

03 Dec, 04:23


⚡️Koronavirus laboratoriyada yaratilgan — Palataning COVID-19 bo’yicha qo’mitasi 2 yillik tekshiruvdan so’ng yakuniy hisobotini e’lon qildi. Eng muhim ma’lumotlarni to’pladik:

— Uxanda WIV deb ataluvchi virusologiya instituti bor, u yerda alohida viruslar, jumladan, koronaviruslar funksiyalarini kuchaytirish bo’yicha tadqiqotlar o’tkazilgan;
— Xitoyliklar xavfsizlik qoidalariga ko’pincha amal qilishmagan, shu sabab infektsiya birinchi bemorga yuqqan;
— 2019-yilning kuzida bir nechta WIV xodimlari alomatlari boʻyicha COVID-19 ga o’xshash narsa bilan kasal bo’lishgan;
— Bunda AQSh ham ishtirok etgan: ular grant tizimi orqali WIV'dagi tajribalarni moliyalashtirishgan. Jumladan, ko’rshapalaklardagi koronaviruslar va bu virusning odamlarga yuqishi mumkinligi haqidagi tadqiqotlarni ham.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

02 Dec, 14:45


🛰️ Tez orada sayyora bilan kosmosdan selfi olish mumkin bo’ladi. Buning uchun NASAning sobiq muhandisi butun bir sun’iy yo’ldoshni uchirishga qaror qildi.

Sun’iy yo'ldoshga suratlarni ko’rsatish uchun smartfon va suratga oladigan kamera o’rnatilgan. Barchasi quyosh batareyasida ishlaydi.

Kosmik selfiga tushish uchun Google Pixel egasi bo’lish yoki 30 dollar xayriya qilish kerak. Sun’iy yo’ldoshning uchirilishi 2025-yilning yanvariga rejalashtirilgan.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

02 Dec, 04:46


⚡️Ba’zi Apple qurilmalari saratonni keltirib chiqarishi aniqlandi: kompaniya mahsulotlarida tanani ichidan yo’q qiladigan moddalar mavjud.

Foydalanuvchilar ba’zi Apple qurilmalarida bisfenol A borligini aniqlashdi. Bu modda plastmassani mustahkam qiladi, lekin gormonal muvozanatni buzadi, teri va qon saratoni xavfini oshiradi, shuningdek, reproduktiv tizim bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqaradi.

20% gacha bisfenol teri orqali oson kirib, organizm ishiga ta’sir qiladi. Ko’plab mamlakatlarda bisfenol A qat’iyan taqiqlangan, hatto uning «xavfsiz» o’rnini bosuvchi moddalar ham muammoni hal qilmaydi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

01 Dec, 12:53


📲 Huawei yangi qurilmalariga imo-ishoralar yordamida fayllarni havo orqali uzatish funksiyasini qo’shadi.

Shu bilan birga, ushbu sehrli funksiyadan bir vaqtda birnechta odam foydalanishi mumkin. Bir odam o’z qurilmasidan faylni «olib», ikkinchi odam imo-ishoralar orqali faylni o’ziga o’tkazib olishi mumkin.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

30 Nov, 14:44


📱 Avstraliya dunyoda birinchi bo’lib 16 yoshgacha bo’lgan o’smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi.

Unga ko’ra, bolalar hatto ota-onalari roziligi bilan ham akkaunt yarata olmaydilar, buni ijtimoiy tarmoqlarning o’zlari nazorat qilishlari kerak bo’ladi — qoidabuzarlik uchun 32 million dollargacha jarima ko’zda tutilgan.

Cheklovlar bir yildan keyin kuchga kiradi, lekin ungacha ijtimoiy tarmoqlarda ro’yxatdan o’tganlarga ta’sir qilmaydi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

30 Nov, 10:03


⚡️Milliarderlar boylar uchun «abadiy hayot» tabletkalarini ishlab chiqishga sarmoya kiritishdi. Altos Labs kompaniyasiga Rossiyalik 63 yoshli Yuriy Milner asos solgan — kompaniya qayta dasturlash orqali hujayralarni yoshartirishni o’rganmoqda.

Loyihaga allaqachon milliardlab dollar sarmoya kiritgan odamlar: PayPal asoschisi Piter Til, OpenAI rahbari Sem Altman, Jeff Bezos (3 milliard dollar) va boshqalar.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

29 Nov, 14:31


🤖 Kiberpank yaqin: Watney Robotics startapi o’z robotlari kun bo'yi tinimsiz sochiqlarni qanday taxlashlarini ko’rsatdi.

Ishlab chiquvchilarning aytishicha, robotlar bu ishni butun yil davomida inson aralashuvisiz amalga oshirishi mumkin.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

29 Nov, 10:28


⚡️MrBeast Ginnesning rekordlar sertifikatlari to’plamini ko’rsatdi. Hammasi bo’lib — 40 ta rekordlar sertifikati.

Bu rekordlar Amazon uchun Beast Games shousini suratga olish jarayonida o’rnatilgan. Loyihada 1000 dan ortiq odam bosh sovrin — 5 million dollar uchun kurashishadi.

Premyera — 19 dekabrda.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

28 Nov, 14:56


⚡️Nissan bankrot bo’lishi mumkin, ularda investorlarni topish uchun faqat bir yil bor. Savdolar pasaymoqda, ish o’rinlari qisqartirilyapti, kompaniya inqirozda.

Hozir ular Honda kompaniyasi bilan Nissan ulushini sotib olish bo’yicha muzokaralar olib borishyapti — bu ularning so’nggi umidi. Agar kelishuvga erishilmasa, kompaniya yopilishi mumkin.

Xitoy kompaniyalari yana bir raqobatchini yo’q qilishdi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

28 Nov, 09:45


🌋 Salvadordagi 170 ta vulqon bitkoinlarni mayning qilish uchun ijaraga beriladi. Mamlakat prezidenti shunday taklif bilan chiqdi.

Bitta vulqonni o’zidan Salvador allaqachon geotermal elektr stansiyasi tufayli 45 million dollarlik 474 bitkoin mayning qilgan. Prezident yuzdan ortiq shunday stansiyalar qurishni taklif qilmoqda.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

28 Nov, 05:42


🏬 Albaniya poytaxti Tiranada o’nlab kichik uylardan yig’ilganga o'xshash, turar-joy majmuasini qurishmoqchi.

Binoning pastki qismida yer osti avtoturargohi va do’konlar bo’ladi, ikkinchidan oltinchi qavatgacha mehmonxona, 7-dan 16-qavatgacha esa xonadonlar joylashadi.

Loyiha tasdiqlangan, ammo qurilish boshlanishi muddati hali aniq emas.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

27 Nov, 14:05


👨‍💻 Stenford'dagilar aniqlashi bo’yicha: Minglab IT mutaxassislar ishda deyarli hech narsa qilishmaydi. Tadqiqotchilar yuzlab kompaniyalarning yopiq repozitoriyalarini o’rganib chiqishdi.

Har bir kompaniyada o’rtacha 9,5% «arvoh dasturchilar» mavjud. Ularning yarmi oyiga bir marta butun koddagi faqat bitta satrni o’zgartirishadi. Katta texnologik kompaniyalar bunday xodimlar tufayli yiliga taxminan 11 milliard dollar yo’qotishmoqda.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

27 Nov, 05:15


⚡️iPhone 17 va iPhone 17 Pro Google Pixel'ga aylanishi mumkin. Smartfonlar iPhone X'dan keyingi eng katta redizaynga uchraydi, deb yozadi The Information.

Nashrning yozishicha, yangi iPhone'ning kamera moduli kattaroq bo’ladi va gorizontal holatda shisha o’rniga to’rtburchak metal ramkaga joylashtiriladi. Shisha faqat simsiz zaryadlash panelining pastki qismida qoladi.

Barcha modellar alyuminiy korpusga ega bo’ladi. iPhone 17 Pro Max'da Dynamic Island ham kichraytiriladi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

26 Nov, 14:51


📱iPhone 17 Air'da SIM-karta sloti bo’lmaydi — u buning uchun juda ingichka.

The Information nashrining yozishicha, iPhone 17 Air prototiplari qalinligi 5 dan 6 millimetrgacha, bu hajm SIM-karta sloti uchun yetarli bo’lmasligi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, bunday ingichka korpus tufayli batareya sig’imini kamaytirmaslik uchun ikkinchi dinamikdan ham voz kechishga to’g’ri keladi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

26 Nov, 11:36


🤖 Olimlar: sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan robotlarni buzish «juda oddiy» bo’lib chiqdi.

Pensilvaniya universiteti tadqiqotchilari bir qator yirik til modellarida (LLM) ishlovchi robotlar xavfli zaifliklarga ega ekanligini aniqlashdi.

Maxsus so’rovlar orqali robotlarni aldash juda oson. Ularni dastlab bunga dasturlanmagan ishlarni qilishga undash mumkin. Misol uchun, robot-itlar odamlarga hujum qilishi, portlashlarni keltirib chiqarishi yoki ayg’oqchi sifatida ishlashi mumkin.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

26 Nov, 06:37


⚡️Google Kaliforniyada o’zining birinchi yog’ochdan qurilgan ofisini ochdi.

Besh qavatli bino butunlay presslangan yog’ochdan qurilgan va kompaniyaning ta’kidlashicha, po’lat va beton konstruksiyalarga qaraganda 96% kamroq uglerod izi qoldiradi. 16 954 m² maydonga ega binoda 900 ta xodim ishlaydi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

21 Nov, 04:32


🎵 Musiqalar generatsiya qiluvchi Suno neyrotarmog’ining to’rtinchi versiyasi chiqdi.

Musiqalar sifati ancha oshgan va endi ularning barchasini pleyerda tinglash mumkin. Eng muhimi, eski musiqalarni yangi model yordamida qayta ishlash mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

21 Nov, 04:01


🇺🇿 Servercore korxonasidan IT-palov

2025-yilda bulutli infratuzilmani samarali boshqarishning 4 ta asosiy yondashuvi haqida batafsil bilishni xohlaysizmi?

Unda sizni kechki ovqatga taklif qilamiz, u yerda biz Servercore bulutli platformasi haqida gapirib beramiz va Alif Tech’dagi mijozlarimiz o‘zlarining mahalliy bulut bilan ishlash tajribasi bilan bo‘lishishadi.

Netvorking davomida IT-palov ishtirokchilari professional mavzular bo‘yicha muloqot qilishlari, tajriba almashishlari va yangi tanishlar orttirishlari mumkin.

🗓 Sana: 27-noyabr (chorshanba).
📍 Joylashuv: Toshkent shahrida (aniq manzil ro‘yxatdan o‘tgandan keyin ma’lum bo‘ladi)
🏃 Narxi: Bepul.
🎤 Format: Offlayn.

Ko'proq ma'lumot olish uchun havola orqali o'tib, ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.

Reklama

AI | DigiTech

20 Nov, 14:49


🌆 Louis Vuitton Nyu-Yorkdagi do’konini ulkan chamadonlar piramidasiga aylantirdi.

Eng qizig’i, bu rekonstruksiya uchun yopilgan binoni yashirish uchun foydalaniladigan vaqtinchalik konstruksiyadir. Ishlar bir necha yil davom etishi mumkin, shuning uchun do’konning o’zi burchakdagi savdo markaziga ko’chirildi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

20 Nov, 07:03


🖼️ Devorga yopishtirilgan banan 1,5 million dollarga baholanib, sotuvga qo’yildi.

Banan 60 million dollarlik Mone asari yonida kimoshdi savdosiga qo’yiladi. Eng qizig’i, xaridor bananning o’zini emas (uni almashtirish mumkin), balki yangi mevalarni abadiy devorga yopishtirish huquqini oladi — bu narxga sertifikat va yopishtirish uchun lenta ham kiradi :)

📟 DigiTech

AI | DigiTech

19 Nov, 14:26


📱iPhone foydalanuvchilari dahshatli xatolikka duch kelishdi: dinamikdan boshqa odamlarning g’alati suhbatlari va ovozlari eshitilmoqda.

Reddit'da foydalanuvchilaridan biri ruldagi odamning g’alati suhbatini, keyin esa baxtsiz hodisaga o’xshash ovozni eshitganini yozgan. Shundan so’ng, boshqa foydalanuvchilar ham dinamikdan g’alati suhbatlarni eshitishayotganidan shikoyat qilishdi.

Izohlarda bu TikTok kabi yopilmagan ilovalar bilan bog’liq xato bo’lishi mumkinligini yozishmoqda.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

19 Nov, 06:52


🤖 Janubiy Koreyada odamning yoniga o’zi kelib kiyilishi mumkin bo’lgan robot ekzoskelet ishlab chiqildi.

G’oyaga ko’ra, uning yordamida falaj bo’lganlar boshqalarning yordamisiz be’malol harakatlanishi mumkin bo’ladi, ishlab chiquvchilar kelajakda uni tezroq harakatlanadigan va ixchamroq qilishni rejalashtirishmoqda.

Ammo mahsulotni hozirgi holatida ham ishlab chiquvchilar Cybathlon 2024 — xalqaro tanlovda birinchi o’rinni egallashga muvaffaq bo’lishdi, unda ekzoskeletlarda to’siqlardan o’tiladi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

18 Nov, 14:36


⚡️Orzudagi kompaniya: fitnes-trekerlar ishlab chiqaruvchi Whoop kompaniyasi barcha xodimlariga yaxshi uyqu uchun oyiga 100 dollardan bonus to’laydi.

Kompaniya xodimlarga o’zining fitnes-trekerlarini topshiradi va agar xodim 85% yoki undan yuqori uyqu reytingini olsa, bonusga ega bo’ladi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

18 Nov, 09:46


🚀 Kaliforniyalik talabalar «Aftershock II» raketasini 143 kilometr balandlikka uchirishdi — bu havaskorlar orasidagi rekorddir.

Shuningdek, Aftershock II noprofessionallar tomonidan uchirilgan eng tez raketa bo’ldi.

Balandligi 4 metr, og’irligi 150 kilogramm bo’lgan raketaning maksimal tezligi 5797 km/soatga yetdi va oldingi rekord 5449 km/soatni ortda qoldirdi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

17 Nov, 09:26


🚘 Geely va Baidu 0-100 km/soat tezlikka 1,9 soniyada erishadigan Jiyue Robo X elektr superkarini namoyish etdi.

Mashina kuzovi alyuminiy va uglerod tolasidan qilingan, bir zaryadda 650 km gacha masofani bosib o’tadi. Unda hatto mashinani poyga trekida ham «to’liq boshqara» oladigan maxsus avtopilot mavjud.

Sotuvlar 2027-yilda boshlanadi, lekin narxi hali ma’lum emas, oldindan buyurtmani rasmiylashtirish to’lovi 7500 dollar.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

16 Nov, 14:07


🎥 Coca-Cola an'anaviy yangi yil reklamasi videosini bu yil butunlay sun’iy intellektda yaratdi.

Hechqanday aktyor va mashinalarsiz, video to’liq sun’iy intellektda generatsiya qilingan.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

16 Nov, 06:01


📚Google o’zining neyrotarmoqlar bo’yicha kursini yangiladi. Kursda 100 dan ortiq mashqlar, batafsil interaktiv tushuntirishlar va haqiqiy ishlar namunalari mavjud.

Kurs hamma uchun ochiq va bepul. Uni tugatishga taxminan 15 soat vaqt ketadi.

👉 Kursga havola.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

15 Nov, 14:05


⚡️Bloomberg ma’lum qilishicha, OpenAI yana bir maxfiy loyiha ustida ishlamoqda — Operator nomli avtonom SI agent.

Model foydalanuvchining so’rovi bo’yicha kompyuterni mustaqil ravishda boshqara oladi. Masalan, kod yozish uchun. Ikki hafta oldin Sem Altman bu loyiha kompaniyaning navbatdagi inqilobli loyihasi bo’lishiga ishora qilgan edi.

Yaqinda Anthropic shunga o’xshash Claude Computer Use'ni taqdim etgandi. Lekin OpenAI agenti undan samaraliroq bo’lishi kutilmoqda.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

09 Nov, 14:17


🏞️ Xitoyning Chongqing shahrida yashovchi yigit ishga ketayotganda va qaytayotganda qancha zinalarni bosib o’tishi kerakligini ko’rsatdi.

Bunday ko’p bosqichli qurilishlar shaharning tog’ tizmalari orasida joylashganligi bilan bog’liq.

Zinalardan tushish-ku mayli, lekin ulardan qaytib chiqishchi 😅

📟 DigiTech

AI | DigiTech

09 Nov, 06:50


🏃‍♂️Tadqiqot: Kuniga atigi 5 daqiqa aktivlik sog'lom bo’lishingizni ta’minlaydi. Hatto zinadan ko’tarilish yoki avtobusga yetib olish uchun qisqa yugurish ham shunday aktivlikga kiradi.

Qisqa, ammo intensiv mashqlar yarim soatlik muntazam mashg’ulotlarni o’rnini bosa oladi. Ma’lum bo’lishicha, bunday aktivlik yurakni mustahkamlaydi va qon bosimini stabillashtiradi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

08 Nov, 14:06


🤖 Unitree robotlarini yana xafa qilishmoqda.

Xitoyning Unitree kompaniyasi o’z robot-itiga sirk ijrochisi kabi muvozanatni saqlashni o’rgatishdi — endi u bir panjasida sakrab, ikki oyoqda yura oladi, hatto tayoq bilan kuchli urilsa ham muvozanatini saqlaydi.

Robot bu qiynoqlarni eslab qolmaydi degan umiddamiz :(
Aytgancha, uning narxi 1600 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

08 Nov, 06:35


🖼️ Rasmlarni tiniqlashtirib beruvchi InstantIR neyrotarmog’i chiqdi. Shunchaki sifatsiz rasmni yuklab, «InstantIR magic!» tugmasini bosish kifoya — bir necha soniya ichida piksellar yuqori sifatli fotosuratga aylanadi.

Neyrotarmoq juda yaxshi ishlaydi, faqat juda past sifatdagi fotosuratni hayotga qaytarishga uringanda natija kutilgandek bo’lmasligi mumkin. Eng muhimi bepul va hechqanday cheklovlarsiz.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

07 Nov, 15:39


🛫 19 yoshli uchuvchi saraton kasalligini davolash yo’llarini o’rganish uchun 1 million dollar yig’ish maqsadida dunyo bo’ylab sayohatga chiqdi.

Amerikalik Itan Guo 18 yoshida barcha qit’alarni aylanib chiqish uchun samolyotga o’tirdi. U 71 kundan beri yo’lda. Itan butun dunyoni yolg’iz uchib aylanib chiqqan birinchi uchuvchi bo’lishi mumkin.

U allaqachon Kanada, Grenlandiya, Islandiya, Buyuk Britaniya va bir qator Yevropa mamlakatlariga borishga ulgurgan. Itan so’nggi videosini Misrdan to’rt kun oldin joylashtirgan.

Maqsadiga yetishini tilab qolamiz, uni ushbu havola orqali kuzatib borish mumkin.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

07 Nov, 07:53


📱Ilon Mask: Tesla o’z smartfonini chiqarishi mumkin, lekin hozircha bunday rejalar yo’q.

Ilon Mask Jo Roganga bergan intervyusida, agar «Apple va Google ilovalarni cheklash yoki senzuralash kabi juda yomon ishlarni qilishni boshlashsa», ana shunda Tesla o’z smartfonini chiqarishi mumkinligini aytdi.

Maskning so’zlariga ko’ra, Tesla butunlay yangi texnologik smartfonni bozorga chiqarishni boshqalarga qaraganda yaxshiroq qila oladigan kompaniyadir, chunki dasturiy ta’minot yaratishda katta tajribaga ega.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

06 Nov, 09:27


⚡️Xitoyda haydovchisiz mashinalar endi asfalt yotqizishmoqda: sinovlar doirasida 10 ta mashinadan iborat «to’da» Pekin-Gonkong-Makao avtomobil yo’lining 158 kilometrlik qismini quyishdi.

Ishlab chiquvchilarning aytishicha, bu dunyodagi birinchi bunday loyihadir. Unda 1+3+3+3 sxemasi bo’yicha mashinalar sinxron ishlab, ishni odatdagidan bir necha barobar tezroq bitirishdi. Hozirgi bosqichda hali ham to’liq odamlarsiz qilishni iloji yo’q, lekin yaqin kelajakda ular jarayonni to’liq avtomatlashtirishmoqchi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

06 Nov, 05:33


🖼️ Robot-rassom chizgan surat Sotheby's auksionida sotilmoqda. Hozir auksiondagi narx — 140 000 dollar.

Ai-Da roboti o’zining yangi ishini «AI God: Portrait of Alan Turing» deb atadi, unda matematik va sun’iy intellektlar «otasi» Alan Tyuring abstrakt uslubida tasvirlangan. Bu odamsimon robotning kim oshdi savdosiga qo’yilgan birinchi suratidir. Auksion 8-noyabrgacha davom etadi.

Rassomlar kasbi ham xavf ostida.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

05 Nov, 14:39


📲 Matnli so’rovdan butun boshli ilovalarni bir daqiqada yaratib beradigan neyrotarmoq chiqdi! Bolt neyrotarmog’ida umuman dasturlashni bilmasdan veb-sayt yoki ilova yaratishingiz mumkin.

Shunchaki kerakli narsani yozing, masalan, «Discord'ga o’xshagan ilova yarat» bir daqiqada ilova tayyor bo’ladi! Dasturni darhol sinab ko’rishingiz, biror narsa qo’shishingiz va kodini tahrirlashingiz mumkin. Eng muhimi, undan BEPUL foydalanish mumkin.

«Deploy» tugmasini bossangiz, tayyor ilova bulutga yuklanadi va undan hamma foydalana oladi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

05 Nov, 10:58


🖼️ Sun’iy intellekt nihoyat barmoqlar sonini to’g’ri generatsiya qilishni o’rgandi.

Lekin faqat barmoqlar sonini, qo’lni o’zini emas 😁

📟 DigiTech

AI | DigiTech

05 Nov, 06:45


👓 Haqiqiy hayotdagi chiterlik.

AR ko’zoynaklar uchun mo’ljallangan Spectacles ilovasi bilyardda to’plarni to’g’ri tushirish uchun qanday urish kerakligini, xuddi kompyuter o’yinidagi kabi ko’rsatib turadi. Foydalanuvchidan talab qilinadigan narsa — zarba kuchini hisoblash va to’g’ri nuqtaga urish, bu ham albatta oson emas.

Ko’zoynaklar hali prototip bosqichida va faqat dasturchilar ularni bir yilga 1188 dollarga ijaraga olishlari mumkin.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

04 Nov, 14:36


🏞️ Taumata­whakatangihanga­koauau­o­tamatea­turi­pukaka­piki­maunga­horo­nuku­pokai­whenua­ki­tana­tahu!

Yo’q, klaviaturada harflar adashib bosilib ketmadi, bu Yangi Zelandiyadagi dunyodagi eng uzun bir so’zli geografik nomga ega tepalik nomidir.

Bu nom taxminan «Dumalab, ko’tarilib, tog’larni yutib yuborgan, yer yeyuvchi nomi bilan mashhur bo’lgan katta tizzali Tamatea o’z sevgilisi uchun nay chalgan tepalik» deb tarjima qilinadi, ammo mahalliy aholi tepalikni oddiygina «Taumata» deb atashadi.

Nomi uzunligidan Google Xaritada ekranga sig’mayapti :)

📟 DigiTech

AI | DigiTech

04 Nov, 11:02


🧺 Xiaomi ikkita barabanli kir yuvish mashinasini chiqardi — 12 kg'gacha kiyimlar uchun standart «katta» va unga qo’shimcha ravishda, paypoq va kichik kiyimlar uchun mo’ljallangan 0,5 kg'lik kichik baraban ham mavjud.

Bundan tashqari, Mijia Dual-Drum Dual Washer Dryer kiyimdagi bakteriyalarni 99,9 foizini yo’q qiladi va ularni atigi 15 daqiqada to’liq quritib beradi.

Xitoydagi narxi — 700 dollar.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

03 Nov, 13:59


📚Har qanday kitob yoki matnni audiokitobga aylantirib beradigan neyron tarmoq chiqdi.

Diktor yoki o’zingizni ovozingizni yuklashingiz mumkin, 16 ta til mavjud, to’g’ridan-to’g’ri brauzerda, ro’yxatdan o’tmasdan bepul foydalanish mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

03 Nov, 08:55


📺 O’tmishdagi qiziqarli texnologiya — 1956 yilda Amerikaning Zenith kompaniyasi tomonidan chiqarilgan televizor uchun dunyodagi birinchi simsiz boshqaruv pulti.

Qurilma butunlay mexanik bo’lgan — tugmalari bosilganda televizor tomonidan qabul qilinadigan maxsus ultratovush signallari asosida ishlagan. Shu sababli, ma’lum bir chastotali tashqi shovqinlar sabab ba’zan tasodifiy ishlab ketgan, lekin umuman elektronika bo’lmagani sabab batareyalar kerak bo’lmagan.

Ko'proq funksiyali bizga tanish bo’lgan masofadan boshqarish pultlari 80-yillarda chiqqan.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

02 Nov, 14:19


🏎️ Warner Bros Kaliforniyadagi Action Vehicle ustaxonasi bilan hamkorlikda Kristofer Nolan trilogiyasidagi Betmobilning nusxasini chiqardi.

Korpusi metall, uglerod tolasi va kevlardan yasalgan, motor esa reaktiv dvigatelga taqlid qilingan 525 ot kuchiga ega V8 o’rnatilgan. Unda yo’llarda harakatlanish mumkin emas, shuning uchun maxsus trassada yoki saroy atrofida haydashga to’g’ri keladi.

Jami 10 nusxada chiqariladi. Narxi — 3 million dollar.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

02 Nov, 08:55


🚘 Volkswagen avtomobillaridagi foydali texnologiya.

Agar ruldagi haydovchi hushidan ketib yoki uxlab qolsa, mashina bir nechta ovozli signallar chiqaradi va uch marta keskin tormozlash orqali odamni uyg’otishga harakat qiladi.

Agar haydovchi uyg’onmasa, avariya chiroqlari yonadi, mashina asta-sekin yo’l chetiga o’tadi, eshiklar qulfini ochadi va yon-atrofdagi odamlarning e’tiborini jalb qilish uchun signal chala boshlaydi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

01 Nov, 15:15


⚡️Ilon Maskning superkompyuterini ichidan ko’rsatishdi.

xAI Colossus 100 000 ta NVIDIA HGX H100 grafik protsessorlaridan tashkil topgan. Serverning o’tkazish qobiliyati — 3,6 Tbit/soniya.

Taxminiy hisob-kitoblarga ko’ra, faqat video kartalarni o’zi 4.2 mlrd dollarga tushgan va bu sovutish tizimi bilan ma’lumotlarni saqlash uchun serverlarni hisobga olmaganda.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

01 Nov, 09:15


🚋 Norvegiyada tramvay relsdan chiqib ketib Apple do’koniga urildi. Hech kim jabrlanmagan.

Kimdir yangi iPhone olishga shoshilgan shekilli :)

📟 DigiTech

AI | DigiTech

01 Nov, 05:37


🌐 Telegram kichik, ammo ajoyib yangilanishni chiqardi:

— Endi allaqachon yuborilgan xabarlarga fotosuratlar va videolarni biriktirish mumkin;

— Endi videolarni ko’rayotganda sifatini tanlash mumkin;

— Shaxsiy yozishmalar va kanallarda xabarlarni tahrirlangan vaqti endi ko’rinib turadi.

Yangilanish bilan ko’pchilikka yoqmaydigan narsa ham qo’shilgan, endi botlarda ham Telegram reklama chiqarishni boshlaydi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

31 Oct, 14:24


🚘 Yo’llarda yurishga ruxsat berilgan dunyodagi eng eski avtomobil Benz Victoria № 99 bo'lib, u hali ham Germaniya ko’chalarida harakatlanadi.

1894-yilda ishlab chiqarilgan avtomobil Einbeck shahri muzeyiga tegishli, muzey xodimlari uni doimiy texnik ko’rikdan o’tkazib turishadi va ba’zan ommaviy yo’llarga olib chiqishadi.

Avtomobilda faralar o’rniga sham chiroqlar mavjud, shuning uchun uni faqat kunduzi haydash ruxsat berilgan, maksimal tezligi 27 km/soat bo’lganligi uchun esa asosiy yo’llarda yurish ta’qiqlangan.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

31 Oct, 10:34


📲 iOS 18.1 ga qo’ng’iroqlarni yozib olish funksiyasi qo’shildi.

Buning uchun qo’ng’iroq paytida yuqori chap burchakdagi belgini bosish kerak. Ikkala tomon ham suhbat yozib olinayotgani haqida ogohlantirish oladi. Yozuv qo’ng’iroq tugashigacha davom etadi, avvalroq to’xtatish ham mumkin. Fayl «Заметки» da saqlanadi.

Oddiy va FaceTime orqali qo’ng’iroqlar bilan ishlaydi. Messenjerlar orqali suhbatlarni yozib bo’lmaydi. Apple Intelligence orqali yozuvni transkripsiya qilish mumkin.

Android'larda otam davridan beri bor yana bir funksiya iOS'ga qo’shildi :)

📟 DigiTech

AI | DigiTech

30 Oct, 14:39


⚡️Islandiya haftasiga to’rt kunlik ish kunini joriy qilgan dunyodagi birinchi davlatga aylanishi mumkin.

Ish haqini kamaytirmasdan ish vaqtini qisqartirish bo’yicha o’tkazilgan tajriba o’z samarasini ko’rsatdi: xodimlarning ish qiyinligidan shikoyatlari kamaygan, samaradorligi esa oshgan. Ishsizlik darajasi ham Yevropadagi eng past ko’rsatkich bo’ldi.

Mamlakat aholisining 51 foizi allaqachon shu grafikga o’tishgan. Ish samaradorligining saqlanib qolishi va hatto ortishi, ishchilar ko’proq vaqtini oila va dam olishga sarflashayotgani bilan izohlandi, buning natijasida ular yaxshiroq ishlab, kamroq chalg’ishyapti.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

30 Oct, 10:36


⚡️Xitoyda qirg’oqdan uzoqroqqa joylashtirish mumkin bo’lgan, to’lqinlarga chidamli quyosh elektr stansiyasini sinovdan o‘tkazish boshlandi.

U 434 ta paneldan iborat bo’lib, balandligi 10 metrgacha bo’lgan to’lqinlarga bardosh bera oladi, bir nechta langar tufayli esa bir joyda qoladi.

G’oyaga ko’ra, bunday platformalar quruqlik maydonini egallamasdan, dengizdagi shamol turbinalari yonida suzadi. Sinovlar bir yil davom etadi, shundan so’ng muhandislar samaradorlikni baholab uni takomillashtirishadi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

30 Oct, 10:01


Yandex xalqaro dasturlash chempionatida umumiy mukofot jamg‘armasini 2,1 milliard so‘mga yetkazdi.

Mashinali o‘rganish yo‘nalishi bo‘yicha turnir finalchilariga qo‘shimcha 350 million so‘m qo‘shiladi va bunday finalchilar soni 6 nafardan 22 nafarga ko‘payadi. Investitsiyalar ML mutaxassislarini qo'shimcha qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.

Mashina o'rganish bo'yicha Yandex kubogida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish muddati 4-noyabrgacha uzaytirildi.

AI | DigiTech

30 Oct, 07:16


📺 YouTube asosiy sahifaning yangi dizaynini sinovdan o’tkazmoqda. Endi videolar ostida chiqarilgan sana va ko’rishlar soni yo’q.

Platforma yangi blogerlarga yordam bermoqchi. Foydalanuvchilar videoni qanchalik mashhur ekanligini ko’rishmaydi va ularni faqat sarlavha va muqova bo’yicha tanlashadi.

Hozircha ushbu yangilanish faqat cheklangan miqdordagi foydalanuvchilar uchun paydo bo’ldi. Twitter'da allaqachon muhokamalar boshlanib ketgan, ko’pchilik faqat ko'rishlar sonini olib tashlash kifoya edi deb hisoblashyapti. Videoni chiqqan sanasi va dolzarbligi hali ham muhim.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

29 Oct, 14:56


📱Xiaomi kompaniyasi Apple ekotizimini qo’llab-quvvatlaydigan yangi 15 va 15 Pro flagmanlarini namoyish etdi: iPhone, iPad va Mac'ga fayllarni uzatishingiz, umumiy hujjatlarni ko’rishingiz va Mac orqali smartfonni boshqarishingiz mumkin.

Xiaomi 15 — eng yangi Snapdragon 8 Elite, iPhone 16 Pro'dan ham yupqaroq ramkali 2K 6,36 dyuymli ekran, 90 Vt quvvatlagichli 5400 mA/soat batareya va uchta 50 MP kamera bilan jihozlangan. Xitoyda narxi — 630 dollardan.

Xiaomi 15 Pro — 6,73 dyuymli displey va kattaroq batareyaga ega - 6100 mA/soat. Asosiy xususiyati 5x optik zumli uchta 50 megapikselli Leica kameralari. Narxi — 742 dollardan.

Smartfonlar 40 ta rangda, jumladan, orqa tomoni 3D oynali maxsus Bright Silver Edition versiyasi ham mavjud.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

29 Oct, 13:03


📲 Indoneziya hukumati har qanday iPhone 16 sotuvlarini taqiqlab qo’ydi. Apple mamlakat oldidagi investitsiya majburiyatlarini bajarmadi, iqtisodiyotga talab qilinadigan 109 million dollardan atigi 15,3 million dollar sarmoya kiritgan.

Bunday investitsiyalar talab qilinishi sababi — chet el kompaniyalari o’z uskunalarida Indoneziyada ishlab chiqarilgan komponentlarning kamida 40 foizidan foydalanishni talab qiluvchi qonun mavjud. Hindistonda ham shunga o’xshash qonun amal qiladi.

Bugungi kunda Indoneziya Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng yirik iqtisodiyot markazi bo’lib, qariyb 300 million aholi va 350 milliondan ortiq faol mobil telefonlarga ega.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

29 Oct, 06:13


📚Talabalar va o’quvchilar uchun foydali neyrotarmoq — Plus AI neyrotarmog’i Google Slides yoki PowerPoint'da chiroyli taqdimot tuzib beradi.

SI tom ma’noda hamma narsani o’zi qiladi: matn, rasmlar yaratadi va eng muhimi, hamma narsani chiroyli jamlab beradi.

Neyrotarmoq pullik, lekin ro’yxatdan o’tib bir hafta bepul foydalanish mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

28 Oct, 13:59


✍️ Rassom Nialla Shukl o’zining g’ayrioddiy san’ati bilan ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo’ldi — u portretlarni oynadagi yoriqlar yordamida chizadi.

Uning ishi ancha mashaqqatli — bitta noto’g’ri yoki juda kuchli zarba ham rasmni buzilishiga sabab bo’ladi.

Rasmlar ajoyib chiqqani uchun unga hatto yangi Call of Duty o’yini uchun poster buyurtma qilishdi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

28 Oct, 06:58


⚡️Apple Private Cloud Compute bulutli serverlarini buza olganlarga 1 million dollargacha to’lashga tayyor.

Unchalik muhim bo’lmagan zaifliklarni aniqlaganlar uchun esa mukofot 50–250 ming dollarni tashkil qiladi. Vazifani osonlashtirish uchun kompaniya asosiy kodga, virtual muhitga va zaifliklarni aniqlash uchun texnik ko’rsatmalarga kirish huquqini berdi.

Xakerlar uchun ro’yxatdan o’tishga havola.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

27 Oct, 14:17


⚡️Xitoyda onlayn efirda koinotga har biri 140 000 dollarlik ikkita chipta bir necha soniyada sotildi.

Chiptalarni sotgan Deep Blue Aerospace kompaniyasi onlayn translyatsiyasiga 3 millionga yaqin odam kirdi. Sayohatga jami 6 kishi boradi, qolgan chiptalarni keyinroq sotishadi.

Ushbu «omadli» odamlar koinotga 2027-yilda uchishadi va u yerda 12 daqiqa bo’lishadi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

27 Oct, 11:13


🎥 Tom Holland ishtirokidagi yangi «O’rgimchak-odam 4» filmi 2026-yilning 24-iyulida chiqadi.

Variety nashri yozishicha, filmni suratga olish 2025-yilning yozida boshlanadi, premyerasi esa yangi «Qasoskorlar» chiqqanidan ikki oy o’tgach bo’lib o’tadi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

26 Oct, 14:03


🤖 Xitoyning EngineAI kompaniyasi «eng realistik yuradigan» robotni ko’rsatdi — u haqiqatdan odam kabi harakatlanmoqda.

Gumanoidning bo’yi 170 sm, og’irligi 55 kg, bir zaryadda esa ikki soatgacha ishlaydi. Hozircha bu faqat prototip, ishlab chiqarishni 2025-yilda boshlashni rejalashtirishmoqda.

Izohlarda odamlar robotning haqiqiy ekanligiga shubha qilishyapti. Siz qanday fikrdasiz?

📟 DigiTech

AI | DigiTech

26 Oct, 07:05


🚘 Xitoy avtomobillari nomlarini to’g’ri talaffuz qilish bo’yicha mahalliy aholidan master-klass.

Changan va Haval talaffuzi ko’pchilikni ajablantirishi aniq :)

📟 DigiTech

AI | DigiTech

25 Oct, 14:23


⚡️OpenAI dekabrgacha yangi Orion modelini chiqarishni rejalashtirmoqda. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, model GPT-4 dan 100 barobar kuchliroq bo’ladi.

Oriondan birinchi bo’lib foydalanish huquqiga hamkor kompaniyalar ega bo’ladilar, ular model asosida o’z mahsulotlarini ishlab chiqishadi.

Mish-mishlarni Sem Altman'ning ishorasi han tasdiqlaydi. Sentyabr oyidagi tvitida u qishki yulduz turkumlarini ko’rishni intiqlik bilan kutayotgani haqida yozgan edi. Ularning eng yorqini — Orion.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

25 Oct, 09:34


📚 Garvard noldan dasturlash bo’yicha bepul onlayn kursni boshladi. Ular IT va dasturlash tillaridagi asosiy tushunchalar, jumladan Python va JavaScript haqida.

Ularning yozishicha, barchasini taxminan 11 haftada o’rganib bo’lasiz — tezroq bo’lishi ham mumkin. Loyiha 31 dekabrda yopiladi, shuning uchun shoshilish kerak.

219 dollarga Garvard universitetining rasmiy sertifikatini ham olishingiz mumkin, ammo bu ixtiyoriy.

👉 Bepul kursga havola.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

24 Oct, 12:53


⚡️Tadqiqot: Do’konlardagi 99 foiz suvlarda zaharli kimyoviy moddalar mavjud.

Olimlar 15 ta mamlakatda 87 ta brendning suvini tekshirishdi va ularning deyarli barchasida PFAS — parchalanmaydigan birikmalar topildi. PFAS immunitet tizimini zaiflashtiradi, jigar faoliyatini buzadi va saratonning ayrim turlarini rivojlanish xavfini oshiradi.

Bunga yechim suvni filtrlash yoki qaynatib ichishdir — bu zaharli kimyoviy moddalarning ko’pini o’ldiradi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

24 Oct, 11:59


👩‍💻🧑🏻‍💻Yandex Uzbekistan Dasturlash maktabida yangi oʻquv yili boshlandi

Yandex Dasturlash maktabida Python dasturlash tilining asoslari boʻyicha bir yillik kurslar boshlandi. Darslar tantanali maʼruza bilan boshlandi: oʻquvchilar yangi oʻquv yili boshlanishi bilan tabriklandi, esdalik sovgʻalari topshirildi va taʼlim dasturi haqida maʼlumotlar berildi.

👩‍🎓👨🏻‍🎓Darslarda oʻrta maktabning yuqori sinf oʻquvchilari Python dasturlash tilida ishlash asoslari bilan tanishadilar. Bolalar ushbu tilning asosiy tushunchalari, tuzilmalari va til kutubxonalarini oʻrganadilar. Taʼlim jarayoni Toshkent shahridagi Inha universitetida yuzma-yuz tarzda haftasiga ikki marotaba bir yarim soatdan boʻlib oʻtadi.

Loyihada ishtirok etish toʻliq bepul. Kirish imtihonlari yakunlari boʻyicha maktabga 75 nafar ishtirokchi qabul qilindi.

Yandex Dasturlash maktabi – bu oʻrta maktabning 14-17 yoshli oʻquvchilari uchun Python dasturlash tilining asoslarini oʻrganish boʻyicha xalqaro loyiha. Oʻzbekistonda ushbu loyiha oʻz ishini 2023-yilda Toshkentda boshlagan edi. 2024-yilda Dasturlash maktabi Samarqand va Urganchda ham faoliyat boshladi.

AI | DigiTech

24 Oct, 05:41


⚡️Stability AI tasvirlar generatsiya qiluvchi Stable Diffusion 3.5 Large bepul modelini chiqardi.

Modeldan foydalanish mutlaqo bepul, sifat bo’yicha Midjourneydan orqada, lekin matnli so’rovni (prompt) batafsil yozsangiz bu neyrotarmoq ham sifatli generatsiya qiladi.

To’g’ri matnli so’rovga (prompt) misol:

photo-realistic fantasy illustration of a snowy tundra landscape with the northern lights in the evening sky, long exposure shot on a professional canon camera at f16 on a 24mm lens, ambient cinematic moody lighting

👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola.

Agar bir nechta rasmdan keyin limitingiz to’ldi desa VPN'ni yoqib yana ishlatishingiz mumkin.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

23 Oct, 14:19


⚡️Ko’rlikga ham davo topildi — olimlar tarixda birinchi bor implant yordamida bemorlarning ko’rish qobiliyatini to’liq tiklashdi. Startap bu bo’yicha hatto Neuralink'dan ham o’zib ketdi.

• Prima implanti geografik atrofiyadan aziyat chekayotgan 38 nafar bemorga implantatsiya qilindi — buning natijasida ularning hammasi o‘qiy olishdi va yuzlarni aniq taniy olishdi.
• O’rtacha hisobda bemorlar diagrammada 23 ta harfni (qizil chiziq) ko’rishga muvaffaq bo’lishdi, maksimal ko’rsatgich esa 59 harfni (ko’k chiziq) tashkil etdi.

Effekt operatsiyadan bir yil o’tib ham saqlanib qoldi — hozir ularning barchasi kitob o’qiy oladilar va yuzlarni yaxshi taniydilar. Hozirda olimlar implantni sotuvga chiqarish ustida ishlashmoqda.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

23 Oct, 10:21


⚡️Anthropic kompaniyasi kompyuterdan inson kabi foydalana oladigan neyron tarmoq yaratdi.

Model barcha asosiy ko’nikmalarga o’rgatilgan: u sichqonchani siljitishi, siz uchun jadvallarni to’ldirishi, internetda ma'lumot qidirishi va boshqa vazifalarni bajarishi mumkin.

Biroq, u hali ham murakkab vazifalarni yaxshi bajara olmaydi: masalan, sun’iy intellektga aviachiptani bron qilishni bekor qilish so’ralganda buni faqat 50% holatlarda bajara olgan, ammo bu kelajakda yaxshilanadi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

22 Oct, 14:05


👕 Olimlar kiyimlar uchun haroratga qarab rangini o’zgartiradigan materialni ishlab chiqishdi. Sovuq havoda qora rangga, issiqda esa oq rangga o’zgaradi.

Grafenli mikrokapsulalar va sulfat yordamida material quyosh nurini intensivligiga qarab yutadi yoki aks ettiradi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

22 Oct, 06:43


⚡️«Suyuq 3D chop etish» jarayoni — plastmassa o’rniga silikon ishlatiladi va gel bilan to’ldirilgan maxsus hovuzda chop etiladi.

Ushbu videoda Coperni moda brendi sumkasini yasash jarayoni ko’rsatilgan. U 2025-yil bahor/yoz kolleksiyasiga kiritiladi va taxminan 650 yevro turadi.

Texnologiya MIT mutaxassislari tomonidan 2017-yilda ixtiro qilingan. Uning yordamida niqoblar, tibbiy mahsulotlar va boshqa har qanday elastik narsalarni chop etish mumkin.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

21 Oct, 15:12


📷 Adobe Photoshop'ning Beta versiyasiga rasmlarni avtomatik tahrirlash funksiyasi qo’shildi. Bitta tugmani bosasiz va rasmdagi yangi obyekt ranglari, soyalari va yorug’ligi avtomatik to’g’irlanadi.

Buning uchun asosiy rasm ustiga yangi rasmni qo’shamiz, fonni olib tashlaymiz (bu ham bitta tugma bilan) va Harmonize tugmasini bosamiz. Qolganini Photoshop'ni o’zi o’rningizga qiladi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

21 Oct, 11:12


🚘 Tesla o’zining robotaksisi uchun simsiz zaryadlash tizimini ko’rsatdi — 35 dan 100% gacha bir soatdan kamroq vaqtda to’ladi.

Mashina butunlay avtonom ishlaydi: unda rul va pedallar yo’q, ichki qismida esa faqat ikkita o’rindiq va ulkan displey mavjud.

AQSh'da robotaksilar 2026 yoki 2027 yilda ishlay boshlaydi. Ilon Mask aytishicha, undagi safarlar narxi avtobuslarga qaraganda arzonroq bo’ladi — 1 km uchun taxminan 20 sent.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

21 Oct, 05:56


📺 YouTube endi haqiqiy kontentni sun’iy intellektda yaratilgan kontentdan ajrata oladi: platformaga asl videoni tekshirish usuli qo’shildi.

Texnologiya SI generatsiya va maxsus effektlar yo’qligini tasdiqlaydi. Haqiqiy videolar «kamerada suratga olingan» deb belgilanadi.

Ushbu belgini olgan birinchi video nomi «I am really at the zoo».

📟 DigiTech

AI | DigiTech

20 Oct, 14:15


🛜 Londonlik olimlar 6G tarmog’ini rekord darajada tezlashtirishdi — 938 Gbit/s, bu 5G'dan 9000 marta tezroq.

Bu qanchalik tezligini tasavvur qilish uchun: bunday tezlikda 100 Gb fayl bir soniyadan kamroq vaqt ichida yuklanadi, bunga eng keng chastotali diapazondagi radio to’lqinlarni birlashtirish orqali erishildi.

Mualliflarning fikricha, ularning texnologiyasi kelajakdagi 6G tarmoqlarining asosini tashkil qilishi mumkin. Ular hozirda smartfon ishlab chiqaruvchilar va provayderlar bilan muzokaralar olib borishmoqda.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

20 Oct, 06:22


🚘 Ferrari o’zining eng tez yo’l avtomobili — retro supergibrid F80 ni namoyish etdi.

Uning dvigateli 1200 ot kuchiga ega, 0/100 km/soat tezlikka 2,15 soniyada erishadi, maksimal tezligi esa 350 km/soat.

Jami 799 nusxada chiqariladi, narxi 3,6 million yevro. Izohlarda dizayniga baho bering.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

19 Oct, 13:59


⌨️O’zingizni filmlardagi xakerlardek his qiling, ushbu saytda klaviaturani har qanday tugmasini bossangiz ekranda xakerlar uslubidagi kod paydo bo’ladi.

Sozlamalarda interfeys rangini, shrift hajmini, fonni va yozish tezligini o’zgartirish mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

19 Oct, 02:51


🦠 Saratonning har qanday turiga yaqinda davo topiladi! Olimlar tanani saraton o’simtalarini yo’q qilishga o’rgatuvchi birinchi vaksinani ixtiro qilishdi.

• Vaksina organizmga o’zgartirilgan bakteriyalarni chiqaradi — ular immun hujayralarini metastaz va mutatsiyalarni nishonga olib, yo’q qilishga o’rgatadi.
• Ushbu davolash yo’li sog’lom hujayralarga zarar yetkazmaydi va qaytalanishni oldini oladi.
• Vaksina sichqonlarda allaqachon sinovdan o’tkazilgan — u melanoma va hatto eng xavfli ichak saratonini muvaffaqiyatli yo’q qildi.
• Yaqinda olimlar har bir bemor uchun shaxsiy vaksinalarni eng qisqa vaqt ichida ishlab chiqishni boshlashadi.

Mana buni yaqin yillardagi eng yaxshi yangiliklardan biri desa bo’ladi!

📟 DigiTech

AI | DigiTech

18 Oct, 14:24


⚡️Gizadagi piramidalar yonida katta muzey ochildi — bu dunyodagi eng qimmat va eng yirik arxeologik muzey bo’lib, uni qurishga deyarli 20 yil vaqt ketgan.

Loyihani amalga oshirish uchun 1 milliard dollardan ortiq mablag’ sarflandi, muzey ochilishi dastlab 2020-yilga mo’ljallangan edi, biroq turli sabablarga ko‘ra qoldirildi. Hatto hozir ham muzey faqat test rejimida ochilgan, shu sabab barcha bo’limlariga kirish imkoni yo’q.

Muzeyda hammasi bo’lib 12 ta bo’lim mavjud, ularning har birida 15 000 dan ortiq artefaktlar joylashtirilgan. Mahalliy aholi uchun chipta narxi 60 misr funti ($1.2), sayyohlar uchun — 200 funt ($4).

📟 DigiTech

AI | DigiTech

18 Oct, 10:12


💻 NVIDIA-ning yangi video kartalari chiqarilish sanalari va narxlari ma’lum bo’ldi:

• RTX 5090 — 2025-yil yanvarida. Narxi — 1999-2499 dollar;
• RTX 5080 — yanvar oyida, 1199-1499 dollar;
• RTX 5070 — fevral oyida, 600-699 dollar;
• RTX 5060 — mart, 300-350 dollar.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

18 Oct, 05:17


🚀 Ilon Mask Starlink sun’iy yo'ldosh interneti tezligini 10 martaga oshirmoqchi — o'rtacha 100 Mbit/s dan 1 Gbit/s gacha.

Buning uchun orbital balandlikni 535-525 km dan 485-475 km gacha pasaytirish, konfiguratsiyaga «bir qancha kichik o’zgarishlar» kiritish va kattaligi sabab faqat Starship'da orbitaga olib chiqish mumkin bo’lgan yangi avlod sun’iy yoʻldoshlarini uchirish rejalashtirilgan.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

17 Oct, 14:52


📀 Britaniyalik yigit 8000 bitkoinli qattiq diskni qazib olishga ruxsat berilmagani uchun rasmiylarni sudga berdi. U 647 million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda.

Jeyms Xouells 10 yil oldin bitkoinlar bor qattiq diskini tasodifan tashlab yuborgan. U bir necha yil davomida qurilmani qidirgan va nihoyat disk chiqindilar ko’milgan poligonda joylashganligini aniqladi.

U bir necha marta shahar kengashidan qazish ishlariga ruxsat berishlarini so’ragan, ammo ular bunday operatsiya atrof-muhitga zarar yetkazishini ta’kidlab ruxsat berishmagan.

Jeyms qancha kerak bo’lsa shuncha sudlashishga tayyor, chunki hozirda uning moliyaviy muammolari bor. Bundan tashqari, bir nechta investorlar uni qo’llab-quvvatlashga tayyorlar.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

17 Oct, 05:07


⚡️Tadqiqot: Bolalikda video o’yinlarni o’ynash ulg’ayganda daromadga va muvaffaqiyatga ta'sir qiladi.

So’rovnoma shuni ko’rsatdiki, yoshligida video o’yinlarni o’ynaganlar, o‘ynamagan odamlarga qaraganda ish joyida lavozimi ko’tarilish ehtimoli 71 foizga, daromadi esa yiliga o’rtacha 5451 dollarga ko’proq bo’lgan.

Buning sababi — o’yinlar strategik fikrlashni rivojlantiradi va jamoaviy ishlashga o’rgatadi. Bu ko’nikmalar kelajakda muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

16 Oct, 13:03


🤖 Xitoydagi Unitree Robotics zavodida robo-itlarni ommaviy sinash jarayoni.

Yuzlab robotlarni sinxron harakatlanish tizimi sinovdan o’tkazilmoqda.

📟 DigiTech

AI | DigiTech

16 Oct, 12:31


👩‍💻🧑🏻‍💻Samarqandda birinchi marta Yandex Uzbekistan dasturlash maktabi ochildi

Yandex dasturlash maktabida birinchi darslar boshlandi. Tahsil Wepro maktabi bazasida haftasiga ikki marta bir yarim soatdan ochiq darslar shaklida o‘tkaziladi.

Darslarda yuqori sinf o‘quvchilari Python dasturlash tili asoslari bilan tanishishadi. Bolalar ushbu tilning asosiy tushunchalari, konstruksiyalari va til kutubxonalarini o‘rganishadi.

Loyihada ishtirok etish to‘liq bepul. Kirish sinovlari natijalariga ko‘ra maktabga 14 kishi qabul qilindi.

«Kelajak avlodini rivojlantirish va ta’limga investitsiya kiritish davlat va biznesning qo‘shma faoliyatining muhim qismidir. Yoshlikdan dasturlashni o‘rganish o‘zbekistonlik yoshlarning kelajakdagi muvaffaqiyati va mehnat bozorida raqobatbardoshligi uchun asos bo‘ladi», – dedi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov.

Yandex dasturlash maktabi – 14-17 yoshli maktab o‘quvchilari uchun Python dasturlash tili asoslarini o‘rganishga mo‘ljallangan xalqaro loyiha. O‘zbekistonda loyiha ilk bor 2023 yilda Toshkentda o‘z ishini boshlagan. 2024 yilda dasturlash maktabi Toshkent va Urganchda ham yo‘lga qo‘yildi. Loyiha raqamli texnologiyalar vazirligi va Yandex Go ko‘magida amalga oshirilmoqda.