Tahrirchi | Tilmoch @tahrirchi_uz Channel on Telegram

Tahrirchi | Tilmoch

@tahrirchi_uz


Tilmoch rus yoki ingliz tilidan o‘zbekchaga sifatli tarjima qilib beradi.

Tahrirchi imloviy, grammatik va tinish belgilariga oid xatolarni topib, to‘g‘rilab beradi.

Veb-sayt: https://tahrirchi.uz
Bot: @tahrirchi_uzbot
Yordam: @tahrirchi_yordam

Tahrirchi | Tilmoch (Uzbek)

Assalomu alaykum! Sizga Tahrirchi | Tilmoch kanalidan so'z ochishga chaqirdik. Bu kanalimizda, rus yoki ingliz tilidan o‘zbekchaga sifatli tarjima qilish bilan shug'ullanamiz. Tilmoch, yangi so'zlar va iboralarning o‘zbek tiliga to'g'ri va sifatli tarjimasi uchun mo'ljallangan. Tahrirchi esa imloviy, grammatik va tinish belgilariga oid xatolarni topib, to'g'rilab beradi. Siz uchun eng yaxshi o'rganish va tarjima imkoniyatlarini taqdim etamiz. Bizning veb-saytimizga tashrif buyuring: https://tahrirchi.uz. Agar sizga yordam kerak bo'lsa, @tahrirchi_yordam bo'limiga murojaat qiling yoki bizning eng zo'r tarjima botimizga @tahrirchi_uzbot qo'shilin. Sizni ham Tahrirchi | Tilmoch kanalimizda ko'rishni kutib qolamiz! O'rganishingizni to'g'ri yo'lga yo'lating va yangi til mavzularini o'rganishda bizning kanalimiz sizga yordam bera oladi. Yana bir marta, salomlashuvlar bilan qayta kutib qolamiz! 🌍📘✨

Tahrirchi | Tilmoch

23 Nov, 15:44


Tilmochni ishga tushirganimizga ham 4 oy bo‘ldi. Bu davr mobaynida foydalanuvchilarimiz soni bir necha barobar oshdi, maqtovlar eshitdik.

Bugun esa sizning e’tirozlaringizni ham eshitmoqchimiz: Tahrirchi va Tilmochda nima o‘zgarishi kerak deb hisoblaysiz, qanday taklif va fikrlaringiz bor?

Quyida barchasini bizga anonim tarzda yetkazing, albatta ko‘rib chiqamiz.

👉 https://forms.gle/MBCCfhoDrmtTv8jr7

Telegram | Instagram | Facebook

Tahrirchi | Tilmoch

20 Nov, 13:38


Tarjima qachon sifatli bo‘ladi?

Tilmoch haqida "sifatli tarjima qiladi" kabi koʻp ijobiy izohlar oldik va oʻzimiz ham shunday deb maqtadik. Umuman olganda, tarjima qaysi shartlar asosida sifatli deb topiladi? Soddaroq aytsak, qanday tarjimani sifatli deya olamiz?

1. Asliyatga muvofiq bo‘lsa. Ingliz tilidagi matnni o‘qiganda nimani tushunsangiz, o‘zbekchasidan ham shuni tushunishingiz kerak. Shunda tarjima asosiy shartni bajargan bo‘ladi. (Lekin bu hali sifatli degani emas).

2. To‘liq oʻgirilsa. Shunday holatlar bo‘ladiki, matndagi ayrim so‘zlar, hatto gaplarni tarjima qilmasa ham, ma’no o‘zgarmaydi. Lekin bu qoldirib ketish mumkin degani emas. Chunki qisqartirish ma’noga ta’sir qilmasa-da, matn uslubi, ruhiyatiga ta’sir qiladi. Qolaversa, muallifning aqliy mehnat mahsuliga nisbatan hurmatsizlik.

3. Gaplar grammatik qoidalar asosida tuzilgan boʻlsa. Albatta, tarjimon gap tuzishda grammatikaga asoslanishi kerak. Gap bo‘laklarining joyida bo‘lishi va qo‘shimchalarni to‘g‘ri qo‘llash sifatli tarjimaning asosi va busiz boshqa shartlarga ham javob berish deyarli imkonsiz.

4. "Silliq" o‘qilsa. Siz tarjimani o‘qish davomida tilimizga xos bo‘lmagan, beo‘xshov birikmalarni ko‘rdingizmi, demak tarjimon hali yetarlicha tajribaga ega emas.

"Tilmoch umuman xato qilmaydi" deb da’vo qilmoqchi emasmiz. Lekin uni yaratish va "o‘rgatish"da, qolaversa, sayqallash imkoniyatini qo‘shishda ham yuqoridagi shartlarni asos qilib olganmiz. Natijaga esa o‘zingiz baho berasiz.

Sinab ko‘ring: 👉 tahrirchi.uz/translator

Telegram | Instagram | Facebook

Tahrirchi | Tilmoch

15 Nov, 16:36


Kutib oling: Tilmoch Studio!

Film va video tarjimasiga aloqador loyiha va saytlar diqqatiga, hayotingizni oʻzgartirib yuboradigan yangilikka tayyormisiz?

Endi Tilmoch bilan ovozlarni ham taglavha qilib tarjima qilish mumkin. Istalgan videoni rus va ingliz tillaridan o‘zbek tiliga (yoki aksincha) sayqalchimiz darajasida o‘girish imkoniyatini yaratdik.

Ovozlarni tarjima qilish qiyin: so‘zlar qolib ketmasligi uchun qayta-qayta eshitishga to‘g‘ri keladi va bu vaqt zavoli. Shuning uchun ham, videolar o‘girishni tarjimonlar vaqtni yeydigan mayda ish deb ta’riflashadi.

Yuqorida mubolag‘a ishlatgan bo‘lsak-da, tezkorlik yuqori ustunlik beradigan zamonda yangi dastur katta qulaylik yaratishi aniq. Ushbu imkoniyat yordamida yangiliklar, videolavhalar, o‘quv kurslar va boshqa foydali videolarni o‘zbek tomoshabiniga tez va sifatli darajada taqdim etish mumkin. Foydalaning va eng qimmat resursingizni tejang.

🔼Yuqorida sinov tariqasida yangiliklar saytidan Donald Tramp nutqi, TED ma’ruzasi va “Послезавтра”, “Топлес” kabi ilmiy-ommabop bloglardagi videolardan parcha tarjima qildirib koʻrdik.

Qiziqsangiz, hamkorlik uchun: @tahrirchi_yordam

Telegram | Instagram | Facebook

Tahrirchi | Tilmoch

14 Nov, 04:46


“Svejiy” soʻzining tarjimasi nima?

Ruscha savodi “tvaya-maya” darajasida boʻlsa-da, oʻzbek tilini kamsituvchi odamlar uchrab qoladi. Ularning sevimli savollaridan biri shu: “Svejiy oʻzbekchada nima boʻladi? Masalan, svejiy karam?”. Mabodo “yangi” deb javob bersangiz, istehzoli tirjayishga roʻpara boʻlasiz: “Yoʻq, yangi noʼviy boʻladi, svejiy nima?”. Goʻyo shu bilan Himolay togʻini zabt etganday ichki qoniqish tuyadi.

Xoʻsh, svejiy soʻzining oʻzbekchasi nima boʻladi? Javob shu: yangi boʻladi. Svejiy umumiy mazmunga qarab sof, toza, salqin, kuchli, tetik, tiniq, eng soʻnggi deb ham tarjima qilinishi mumkin.

Biz eʼtibor qaratayotgan holatda yangi deb tarjima qilinadi va bu – toʻgʻri. Chunki yangi keltirilgan, yangi uzilgan, terilgan meva-sabzavotlar va boshqa mahsulotlarga nisbatan oʻzbekchada yangi soʻzi ishlatiladi. U svejiy bergan maʼnoni ifodalay oladi.

Bilimi sayoz odam inkorga ishqiboz boʻladi. Tuzukroq dalil keltirmaydi, lekin inkor qilaveradi. Oʻzi, bu xil odamlar bilan bahslashmagan yaxshi. Mabodo oʻz tilini yerga urishdan zavqlanayotgani gʻashingizga tegsa, xuddi oʻzining usulida savol berishingiz mumkin: “Yomgʻir yogʻyapti rus tilida nima boʻladi?” Mabodo bilsa, “Дождь идёт”, deydi. “Iye, yomgʻir ketmaydi-ku, yogʻadi, uning oyogʻi yoʻq” desangiz, kalovlanib qolishi aniq. Chunki rus tilida alohida “yogʻmoq” feʼli yoʻq.

Shunaqa. Har bir tilning oʻziga xos tomonlari bor. Toʻgʻri, rus tili – boy til. Ishlangan, keng qamrovli, salohiyatli til. Lekin oʻzbek tili ham kam emas. Uning ham oʻz ustunliklari bor. Oʻzbek tili nodir tushunchalarga ot qoʻya biladi, bitta soʻzni bir necha xil maʼnoda tovlantira oladi, holat yoki harakatlarning turfa qirralarini ifodalovchi soʻzlarga ega. Ammo buni anglash uchun tilni sal chuqurroq oʻrganish talab etiladi. Oʻrganishning oʻzigina yetmaydi, albatta, ozroq mehr ham kerak.

Slovenlarning bir maqoli bor: “Oʻz tilini yerga urgan odam onasini ham yerga uradi”. Menimcha, shu gap koʻp narsaga kifoya qiladi.

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib

Tahrirchi | Tilmoch

11 Nov, 13:11


Tilmochni endi Telegramda ham ishlating!

Tahrirchi botimiz haqida koʻpchiligingiz bilasiz. Kanalingizdagi imloviy xatoliklarni toʻgʻrilaydigan admin; nafaqat matn, faylni ham lotin-kirillga avtomatik oʻgirib beradigan botimiz endi tarjima ham qila oladi.

Bu imkoniyat orqali postlaringizni Telegramdan chiqmay turib tayyorlay olasiz.

Qulaylikdan foydalaning:
👉 @tahrirchi_uzbot

Telegram | Instagram | Facebook

Tahrirchi | Tilmoch

30 Oct, 16:21


⏺️ Qatnashishga ulgura olmaganlar uchun ovozli suhbatning yozib olingan shakli

Suhbatni birinchi marta sinov tariqasida oʻtkazib koʻrdik. Talablardan kelib chiqib yana uzluksiz tarzda oʻtkazib borishga harakat qilamiz.

Telegram | Instagram | Facebook

Tahrirchi | Tilmoch

30 Oct, 15:59


Live stream finished (59 minutes)

Tahrirchi | Tilmoch

30 Oct, 14:59


Live stream started

Tahrirchi | Tilmoch

30 Oct, 15:00


Live stream scheduled for

Tahrirchi | Tilmoch

28 Oct, 10:21


Bugundan boshlab har bir qo‘shimcha sotib olinadigan Sayqalchi belgisi narxi 1 so‘m emas, balki 0.8 so‘m bo‘ladi. Ko‘proq Sayqalchi belgilarini qo‘shimcha sotib oladiganlar uchun qulaylik bo‘ladi degan umiddamiz.

Foydalaning: 👉 tahrirchi.uz/translator

Telegram | Instagram | Facebook

Tahrirchi | Tilmoch

26 Oct, 08:08


Endi kuniga 15,000 ta belgi sayqallashingiz mumkin!

Bugundan boshlab Tilmochda sayqallanuvchi belgilarning kunlik soni oshdi. Endi Sayqalchi har kuni 15,000 ta belgini sayqallab beradi.

Foydalaning: 👉 tahrirchi.uz/translator

Telegram | Instagram | Facebook

Tahrirchi | Tilmoch

21 Oct, 13:26


🇺🇿O‘zbek tili kuni munosabati bilan ajoyib yangilikni taqdim etamiz!

iTV va Tilmoch birgalikda film va seriallar uchun sun’iy intellekt yordamida o‘zbek tilida subtitrlar taqdim qiluvchi maxsus loyihani ishga tushirmoqda.

Ushbu loyiha o‘zbek tilidagi sifatli kontentni kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, bizning professional dublyajimizga ajoyib qo‘shimcha bo‘ladi.

Endi tomoshabinlar sevgan film va seriallaridan ularning asl tilida bahra olishlari va shu bilan birga o‘zbek tilida keltirilgan subtitrlar bilan kontent atmosferasiga to‘liq sho‘ng‘ishlari mumkin.

Film va seriallar toʻplamimizni doimiy ravishda oʻzbek tilidagi subtitrli kontent bilan toʻldirib boramiz. Yangiliklarimizni kuzatib boring!

🍿Bayramni iTV bilan birga nishonlang va hoziroq o'zbekcha subtitrlar bilan kontentlarimizni ilovamizda tomosha qiling!

🕊 Telegram | 📱 Instagram |📱 Facebook |📺Youtube

Tahrirchi | Tilmoch

21 Oct, 10:11


Tilimiz rivoji uchun har kuni harakat qilish har birimiz uchun burchdir. Bayram muborak boʻlsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Tahrirchi | Tilmoch

21 Oct, 07:19


21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan barchangizni tabriklaymiz!

Ravnaqi va rivoji yo‘lida nimadir qilmas ekanmiz, tilimizni asrash va bayram bilan tabriklar faqat balandparvoz gap bo‘lib qolaveradi.

Tahrirchi o‘z faoliyatini o‘zbek tilining sifatli imlo tekshiruvchisi sifatida boshlagan edi. Ma’lumot va bilimlarni o‘zbek tiliga tez va sifatli o‘girilishiga yordam berish maqsadida Tilmochimizni ham yaratdik.

Hozirda bizning 6000 dan ortiq kunlik foydalanuvchilarimiz mavjud. 20 ga yaqin bizneslar bilan hamkorlik qilyapmiz. Bu degani yurtimizda har kuni til rivoji yo‘lida nimadir qilayotgan 6000 kishi aniq mavjud. Aniq 20 ga yaqin tashkilot uchun o‘zbek tili va unda to‘g‘ri yozish qadriyat darajasida.

Bayramda til jonkuyarlarini oz bo‘lsa-da taqdirlash va qo‘llab-quvvatlashni istadik. Bugundan 24-oktyabr sanasigacha premium obunalarni 20% chegirma narxda xarid qilishingiz mumkin.

Tilimiz rivojlanib, mavqeyi ulug‘lanib boraversin. Bayram muborak!

Telegram | Instagram | Facebook

Tahrirchi | Tilmoch

16 Oct, 05:32


Glossariy imkoniyatining demonstratsiyasi

“Шершни” so‘zini glossariyga “Qovog‘arilar” deb kiritamiz. So‘ng ushbu so‘z ishtirok etgan gapni tarjimonga joylab, Sayqallash tugmasini bosamiz. Qo‘llangan atamalar yashil rangda ko‘rsatiladi. Siz nafaqat so‘zlar, balki jumlalarni ham shu tariqa kiritsangiz bo‘ladi.

Sinab ko‘ring: tahrirchi.uz/translator

Tahrirchi | Tilmoch

16 Oct, 05:27


🔄 Yangilik: endi bizda Glossariy bor!

Tilmochga Glossariy funksiyasi qoʻshildi. Ya’ni, endi siz dasturga oʻz lugʻatingizni kirita olasiz va Sayqalchi kiritgan soʻzlaringiz, masalan atamalarni siz istagandek oʻgiradi.

Bu nima uchun kerak?

Odatda kattaroq hajmli matnlarda qat’iy bir xil shaklda berilishi kerak boʻlgan atamalar sinonimlar bilan, har xil shaklda ketib qoladi. Ismlarni transliteratsiya qilganda harflar farqlanib qolishi ham bor gap.

Qat’iy shaklda boʻlishi talab etilgan soʻz yoki atama matnning boshi va oxirida turlicha berilishi — noprofessionallik. Shuning uchun mutaxassislar tahrirda bunga alohida e’tibor qaratishadi.

Yangi Glossariy funksiyasi bilan atamalarning mutanosibligini avtomatlashtirib, tahrir vaqtini bir necha marta tejashingiz mumkin. Foydalaning!

Aytgancha, ushbu funksiya faqat Sayqalchida mavjud.

Siz ham sinab ko‘ring: tahrirchi.uz/translator

Telegram | Instagram | Facebook