Joriy yilning 15-fevral kuni Andijon viloyati hokimining tashabbusi bilan, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi va O'zbekiston Hunarmandlar uyushmasi hamkorligida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag'ishlangan savdo ko'rgazmasi va ko'rik-tanlov o'tkazildi.
Mazkur tanlovda professional va havaskor rassomlar, shuningdek, haykaltaroshlar o‘z ijodiy ishlarini taqdim etishdi. Andijon davlat universitetining Sport va san'at fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bu marosimda faollik ko‘rsatib, san’atning turli yo‘nalishlarida o‘z ustalarini namoyish etishdi.
Tadbir yakunida Andijon davlat universitetining ijodkor yoshlariga ko‘rgazmada faol ishtirok etib, o‘z san’atlarini namoyish etganliklari uchun viloyat hokimining tashakkurnomasi va qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.
Veb-sayt