G'iyosiddin Yusuf | blog @giyosiddinyusuf Channel on Telegram

G'iyosiddin Yusuf | blog

@giyosiddinyusuf


Bir necha kitoblar muallifi, oilaviy munosabatlar bo'yicha ustoz

Yordamchim: @Kaatib

https://mssg.me/giyosiddinyusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog (Uzbek)

G'iyo Siddin Yusufning rasmiy blogi yana bir manzilga ega boldi! Bu kanalda bir necha kitoblar muallifi va oilaviy masalalar bo'yicha ustoz G'iyo Siddin Yusufning eng so'nggi yangiliklarini va fikrlarini topishingiz mumkin. Agar siz ham o'z oilaviy muammolaringizni muhokama qilish, yoki kitoblar haqida fikr almashishni xohlaysiz, ushbu blog siz uchun ideal manzil bo'ladi

G'iyo Siddin Yusuf o'z fikrlarini, hayot tajribalarini va ko'p o'quvchilarga foydali bo'ladigan maslahatlarini ulashish uchun bu blogni yaratgan. Ustozlik bilan oilaviy mualifasini bir araga birlashtirgan bu kanalda sizga o'qish va mustaqil fikrlar o'rganish imkoniyatiga ega bo'lishingiz mumkin

Agar siz G'iyo Siddin Yusufning fikrlariga qiziqish to'g'risida, kanalga obuna bo'ling va yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling!
Agar sizga bu kanalda yozilgan maqolalar yoqsa yoki qo'shimchali savollar bo'lsa, admin bilan bog'lanishingiz mumkin: @Hubbuna_admin nnShunchaki, G'iyo Siddin Yusufning blogi bilan yengil va foydali muloqot topishingiz uchun quyidagi havoladan kanalga a'zo bo'lishingiz mumkin: https://mssg.me/giyosiddinyusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

17 Feb, 15:00


Erkin Malik domlaning "Chumolilar saltanati" nomli kitobini o'qidim. Bolalar uchun qiziqarli, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan kitob ekan.

Domla chumolilar hayoti misolida bolalarda shakllanishi kerak bo'lgan go'zal xulqlarni o'rgatishga harakat qilganlar.

Shunchalar kirishib o'qiganingizdan, asar qahramonlari yaqin bo'lib qolganidan bitta chumoli vafot etsa ham achinasiz. Bu yozuvchining mahoratini ko'rsatadi, albatta.

#mutolaa2024

Kitobni xarid qilish

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

17 Feb, 12:22


"Kundalik odoblar" — bolalar uchun odob kitobi

"Kundalik odoblar" kitobim ilk bor 2019-yilda chop qilingan. Hozirgacha 30 mingdan oshiq nusxada nashr qilindi, alhamdulillah.

Kitob asosida onlayn va oflayn darslar tashkil qilgan vaqtimiz bo‘ldi. Bir qancha ustozlar ham bu kitob asosida odob darslari o‘tishadi.

Kitobni o‘qigan bolalardagi ijobiy o‘zgarishlar haqida juda ko‘p eshitganman. O‘zim ham o‘quvchilarimda bunga guvoh bo‘lganman.

Ushbu manfaatni kengroq yoyish maqsadida kitobni Qirg‘izistonda o‘zbek tilida nashr qildik. Shu bilan birga, qirg‘iz tiliga tarjima ishlari boshlangan.

Shuning uchun kitobni yanada foydali bo‘lsin deya to‘ldirishga qaror qildim. Har bir mavzu kengaytirildi, savollar ko‘paytirildi va bir necha yangi mavzular qo‘shildi. Xususan, "Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish odoblari" mavzusi ham qo‘shildi.

To‘ldirilgan shakl tez orada nashr qilinadi, inshaalloh.

#Kundalik_odoblar

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

17 Feb, 03:02


Adem Gunesh | "Bola tarbiyasida 100 asosiy qoida" (6-10 yosh)

Dastlabki 10 qoidaning xulosasi:

✔️ go'dak onasi bilan birga yotishi kerak;
✔️ bola beshikda yotsa ham onasining yaqinida bo'lishi kerak. U maxsus belanchakda yotsa, atrofi panjara kabi o'ralgan bo'lmasligi kerak, onasining yoniga bemalol bora olishi kerak (tushib ketmaslik chorasi nima bo'ladi?!);
✔️ bolaning ma'naviy ehtiyojlari jismoniy ehtiyojlaridan ustundir;
✔️ ona suti bilan oziqlangan bola onasi bilan yaqinlikdan xotirjamlik, hissiy yaqinlikni his qiladi;
✔️ sutdan darhol yoki erta ayirish kerak emas, ikki yildan so'ng sekinlik bilan ayirish kerak (deydi muallif);
✔️ bola tarbiyasidagi eng muhim jihat bolaning mijozini buzmasdan voyaga yetkazishdir;
✔️ bola onasidan 3–5 yoshida ajray oladi;
✔️ bolaga bosim o'tkazmaslik kerak, uni erkin, tuyg'ularini ifoday oladigan qilib o'stirish kerak.

#Xulosa

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

16 Feb, 15:51


Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!

Mavzumizdan kelib chiqib haqdor oilalarga yordam qilishga chaqiramiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.

Batafsil ma'lumot

Karta raqam: 9860160605493933

G'iyosiddin Yusuf | blog

16 Feb, 12:01


Hech tasavvur qilib ko‘rganmisiz: mushuk odamga aylansa, nima bo‘ladi?

Anni Shmidtning "Mushuklar malikasi Minush" kitobi bizga shunday tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Fantastik janrdagi bolalar uchun bo‘lgan ushbu asar kattalar uchun ham qiziqarli va manfaatlidir.

Ushbu kitob orqali biz tasavvurimizni boyitib, dunyoqarashimizni kengaytirish bilan birga ikkiyuzlamachilik, soxtakorlikning umri qisqa ekaniga, yaxshilik hamisha g‘olib bo‘lishi, mehr bilan insonlar-u hayvonlar qalbidan joy egallash mumkinligiga yana bir bor guvoh bo‘lamiz.

Shuningdek, Minushning odamga aylanishiga turtki bo‘lgan voqea bolalarni kashfiyot qilishga undaydi. Itni ko‘rganda yugurib daraxtga chiqib ketadigan odam-mushuk qanday qilib qushlarni yeyishdan bosh tortgani beg‘ubor qalb sohiblarini ta’sirlantirmay qolmaydi.

Kitob 19 bobdan iborat. Odatiy kitoblardan kattaroq hajmda va 192 sahifadan iborat. Har bir bobda mavzuga mos rasmlar berilgan. Kitob Akademnashr nashriyotida chop qilingan.

Kitobni o‘qib chiqqanimdan mamnunman. Uning tili meni juda zavqlantirdi. Kitob tarjima ekaniga qaramasdan o‘z tilimizdagi iboralar, hatto kam qo‘llaniladigan o‘z-o‘zimizniki bo‘lgan so‘zlar ham uchragani juda quvontirdi. Kitob uchun tarjimon va nashriyot jamoasiga, xususan, Sanjar Nazar akaga rahmat aytaman.

#Kitob

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

16 Feb, 03:00


Bolaga chegaralar qo‘yish

Fikrlaringizni aniq ifoda eting va bolaning javob qaytarishi uchun vaqt bering.

Bir gapni qayta-qayta takrorlamang. Bu sizni ham, bolani ham bezovta qiladi va u sizning so‘zingizni eshitmay yoki tushunmay qolishi mumkin. Bolalar odatda kattalarga qaraganda sekinroq o‘zgaradi, shuning uchun sabrli bo‘ling.

Agar boladan ho‘l kiyimini yechishni so‘rasangiz, uni shoshirmang va o‘zingiz yechishga tushmang. Kuting, u o‘zi bajarsin. Bolaga qanday murojaat qilayotganingizga e’tibor bering.

Bola aniq ko‘rsatmalarni yaxshiroq tushunadi: «Iltimos, xonaga kirishdan oldin ho‘l kiyimingni yech», degan aniq gap u uchun «Sen hamon ho‘l kiyimda yuribsan!» degan ta’naomuz gapdan ko‘ra tushunarliroq bo‘ladi.

#tarbiya #tarjima

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

15 Feb, 15:23


433-savol: Tarbiyaga qiynalyapman

Assalomu alaykum.

Mening uch nafar farzandim bor: ikki o‘g‘il va bir qiz. Uchinchisi hali bir yoshga ham to‘lmagan. O‘g‘lim bilan qizim juda sho‘x, tarbiyalashga qiynalyapman. Yaxshi gapiraman ham, ba’zida yomon gapirib, kerak bo‘lsa, urib ham turaman. Otasiga aytsam, “Bola bo‘lganidan keyin sho‘x bo‘ladi-da”, deydi. Farzandlarimning sho‘xligidan asabiylashib qolyapman, “Tarbiyalashga kuchim yetmayapti, qiynalyapman”, desam, “Katta bo‘lsa, aqli kiradi”, deydi.

Menga qanday maslahat berasiz? Oldindan rahmat.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. O'zingizni bosing, bolalarning sho'xligini juda jiddiy olib yubormang. Haqiqatan, ko'pchilik bolalar sho'x bo'ladi va katta bo'lgan sari bosilib boradi. Lekin, albatta, ularni tartibga chaqirib boraverish kerak.

Siz farzand tarbiyasiga doir ilmlarni o'rganing: kurslarda, kitoblar o'qing. Xususan, mening "Bolamni yaxshi ko'raman", "Tarbiya-chi?" kitoblarim siz uchun manfaatli bo'ladi, inshaalloh.

Shu bilan birga, otasidan yordam so'rayvering. Birgalashib tarbiya qilishga harakat qilinglar.

#tarbiya

Yanada ko'proq savol-javoblar.

G'iyosiddin Yusuf | blog

15 Feb, 07:41


Kitobning muqovasini boshqa alifboda chiqqanda yoki to‘ldirish kiritganda alishtirish o‘rinli bo‘ladi, lekin hadeganda alishtiravermaylik, azizlar. Ba’zi kitoblar har nashrida yangi muqova bilan chiqsa kerak — bir necha xil muqovali kitoblar bor.

O‘quvchi bilmasdan qayta xarid qilib qo‘yishi ham mumkin. Yaqinda o‘zimda shunday bo‘ldi. O‘qiyman deganimda oldin o‘qigan kitobim ekanini bildim, unaqa emas-da!

Albatta, o‘xshamagan, bozori chaqqon bo‘lmagan muqovalar alishtiriladi. Shunday holat bo‘lmasligi uchun boshidan yetti o‘lchab, bir kesish kerak.

#Kitob

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

15 Feb, 03:00


Onaning tarbiyadagi o'rni (2)

Otaning farzandlar oldidagi hurmati, qadri onaning muomalasi, tarbiyasiga bog'liq. Ona har bir ishda ota muqaddam turishini uqtirib, amalda ko'rsatib turishi kerak. Masalan:

▪️otaning oyoq kiyimi oyoq kiyim qo'yadigan joyda eng yuqorida turadi;
▪️otaning kiyimlari, narsalari oyoq ostida yotmaydi;
▪️ovqatlanganda ota birinchi bo'lib boshlab beradi va hokazo.

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

14 Feb, 07:27


“Oltin yurakli avtobola” – texnologiya va ezgulik uyg‘unligi

Anvar Obidjonning “Oltin yurakli avtobola” asari bolalar adabiyotidagi qiziqarli va o‘ziga xos fantastik qissalardan biridir. Muallif bu asar orqali nafaqat bolalar tasavvurini boyitadi, balki ularga mehribonlik, insoniylik va do‘stlikning muhimligini o‘rgatadi.

Asarning bosh qahramoni – Avtobola, oddiy mashina emas, balki yuragi bor, his-tuyg‘ularni anglay oladigan va odamlarga yordam berishni istaydigan robot boladir. U odamlarga yaxshilik qilishga intiladi, qiyinchiliklarga duch kelganlarga yordam beradi. Bu qahramon bolalar uchun haqiqiy sodiq do‘st, mehribon va aqlli yo‘ldosh sifatida tasvirlangan.

Muallif texnologiya va insoniy qadriyatlarni ustalik bilan uyg‘unlashtirgan. Kitob bolalar tasavvurini kengaytirib, ularni yangilikka, ilm-fanga, shu bilan birga, mehr-oqibatga chorlaydi.

“Oltin yurakli avtobola” – nafaqat qiziqarli, balki tarbiyaviy jihatdan ham ahamiyatli asar. U bolalar uchun bilim, do‘stlik va ezgulik sari yo‘l ochadigan manba bo‘lib xizmat qiladi.

#Mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

13 Feb, 13:31


Ba'zi ota-onalar bolalarining tarbiyasi bilan umuman shug'ullanmaydi. Ular uchun bolani yedirib-ichirib, kiyintirib qo'yayotgani kifoyadek!

Ota ishdan keladi, bolalarning ovozini ham eshitgisi kelmaydi: "Charchadim, xonangga bor!" – deydi. Ona ham kun bo'yi uy ishlari va boshqa yumushlar bilan band bo'lgan, bo'sh qolsa, telefon chuqalagan, endi televizor ko'radi.

Bolalar o'zlaricha katta bo'lib qolaveradi. Hatto ota-ona ularga e'tibor qilmaganidan bolasiga bir qarab qo'yib, "Katta bo'lib qolibdi!", "Bo'yi bo'yimga yetay deb qolibdi!" deb qo'yadi.

Shu bilan faxrlanadi! Ha, yedirib-ichirib bo'yini o'stirib qo'ydingiz, lekin tarbiya-chi? Odob-axloq, ta'lim-chi?!

Yana undan biror yoqmaydigan ish sodir bo'lsa, koyishni, so'kishni biladi. "Kim seni bunday buzyapti?" – deydi. Buzilishidan oldin tuzukmidi?!

O'zi, umuman, atrofida kimlar borligiga qiziqdingizmi: o'rtoqlari kim, qaysi qo'shnilar bilan birga yuribdi? Ular farzandingizning tarbiyasini buzishdan oldin siz tarbiya bergan bo'lishingiz kerak edi, ularga qo'shilmaslikni o'rgatishingiz kerak edi! Uyda undan afzal muhit bormidiki, ko'chadagilarni gapirasiz?!

Ba'zilar bor aybni maktabdagi o'qituvchilarga yuklaydi: shular qaramagan, mening bolam o'zi esli edi, "Ustozing nima o'rgatyapti o'zi?!" deb. To'g'ri, bolalarning ta'lim-tarbiyasiga maktabdagi ustozlar ham ma'lum bir miqdorda mas'ul, lekin asosiy vazifa ota-onada bo'lib qolaveradi. Shuning uchun bola maktabga chiqqandan so'ng uning tarbiyasidan xotirjam bo'lib qolish noto'g'ri. Farzandlarimiz necha yosh bo'lishidan, qayerda o'qishidan qat'iy nazar ularning tarbiyasiga e'tiborli bo'laylik!

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

13 Feb, 06:08


Ustozlarning e'zozi haqidagi kitob tahririni davom ettiryapman. Shogirdlarimga bittadan sovg'a qiladigan kitob bo'libdi! )

Muhammad Akbar, Nadiya Ramazon, Sardor Ramazon, Jasur Hasan, Zuhriddin, Shukrulloh, Bahodir, Akbar Aliy, nima deysizlar? 😊

#Jarayon #Tabassum

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

13 Feb, 05:16


Nuqtalar: “Savol va tushunmovchiliklar yanada ortadi” — tahlilchilar bilan diniy siyosat kontsepsiyasi haqida suhbat

O‘zbekistonda vatandoshlarning vijdon erkinligini ta'minlash va diniy sohadagi davlat siyosati kontsepsiyasi qabul qilinmoqda. Dasturimizning navbatdagi soni 31-yanvar kuni Qonunchilik palatasi deputatlari birinchi o‘qishda  ma'qullagan, 9-fevralda esa jamoatchilik uchun muhokamasi yakunlangan ushbu hujjat va uning mazmuni hamda kutilmalari tahliliga bag‘ishlandi.

Jami 7 bob, 41 banddan iborat ushbu kontsepsiya mazmunini tahlil qilish, tushuntirib berish uchun esa studiyamizga huquqshunos Abdulloh Sodiq, siyosatshunos Hamid Sodiq va Islomshunos Nuriymon Abulhasanni taklif qildik.

To'liq videoni ko'rish📹 👉📱
https://youtu.be/_XfcLi2gIbM?si=WN9H0Ea4D0t8zpoa

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

G'iyosiddin Yusuf | blog

13 Feb, 03:09


14-fevral — kitob sovg‘a qilish kuni!

Shu munosabat bilan bolalarga "Go'zal xulqlar" kitobini hadya qilishning ayni vaqti!

Xarid uchun: @qamar_delivery

Shuningdek, kitob do'konlari, nashriyotlardan keladigan sovg'alarga ham ochiqman! Kanalda sovg'alarni ko'rsatib boraman. )

#Kitob

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

12 Feb, 08:44


Onaning tarbiyadagi o'rni (1)

Hozirgi shiddat bilan o'tayotgan davrda farzand tarbiyasi asosan onaning zimmasida bo'lib qoldi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Shuning uchun ular bunga yanada e'tiborli bo'lishi kerak.

Bolalar ko'p vaqtini onasi bilan birga o'tkazadi. Onasi ularni dunyoga keltirib, parvarishlab, tarbiyasi bilan shug'ullanayotgani, mehr-e'tibor berishi va boshqa sabablar yuzasidan bolalar ko'proq onasini yaxshi ko'radi. Ota ularga kamroq vaqt ajratishi, mehrini doim ham oshkor qilavermagani va boshqa sabablar bilan ota va farzandlar o'rtasidagi bog'liqlik onanikidan kamroq bo'ladi.

Shuning uchun onalar bu orada ko'prik vazifasini o'tashi lozim. Aqlli ayol bolalariga otasining ijobiy tomonlarini ko'p-ko'p aytadi. Kichik holatlarni ham g'animat biladi. Masalan, bolalar uchun olingan o'yinchoq, kiyim, noz-u ne'matlarni ham bolalarga ota olib berganini ta'kidlab, buning uchun rahmat aytishga chaqiradi. Ularga otasi qanchalar yaxshi ko'rishini, oila uchun yelib-yugurayotganini tez-tez eslatib turadi.

#tarbiya #ona

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

12 Feb, 03:00


Tarbiya izlari

Ayolini malika kabi e’zozlagan erkak — onasi uni qirolicha kabi tarbiyalaganining dalilidir.

Eri bilan shahzodadek muomala qilgan ayol esa — otasi uni shahzoda kabi tarbiyalaganining isbotidir.

#tarjima #tarbiya

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

11 Feb, 16:08


"Ota-onamni yaxshi ko'raman" kitobim uslubida "Ustozimni yaxshi ko'raman" degan kitob yozishni o'ylagan edim — bolalar uchun. Shogirdim kim ham ustozimga yaxshilik qilay deb olib o'qirdi deb fikrimdan qaytargan. )

"Jannatim onam", "Qiblagoh" kitoblarining muallifi Muhammad Zarif domla ustozlarga yaxshilik qilish haqida kitob yozibdilar. Hozir shu kitobni tahrirlashni boshlayapman.

#Jarayon

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

11 Feb, 15:54


Bugun dastxat olish uchun Qoraqalpog‘istondan bir muxlis kelibdi. Boringizga shukr!

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

11 Feb, 10:15


Dastxat qoʻyish boshlandi 🤩

Sizda hali ham imkoniyat bor. Soat 18:00 ga qadar davom etadi.

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.

G'iyosiddin Yusuf | blog

11 Feb, 07:29


"Dastxat kuni"ga borishga tayyorgarlik ko'ryapsizlarmi? Oz qoldi...

G'iyosiddin Yusuf | blog

11 Feb, 03:01


"Ada Loveleys" | Mustafa O‘roqchi

Ada Loveleys (1815–1852) — ingliz matematikasi va dasturlashning asoschilaridan biri. U taniqli shoir Lord Bayronning qizi bo‘lib, yoshligidan matematikaga qiziqib, olim Charlz Bebbij bilan hamkorlik qilgan. Bebbijning mexanik kompyuteri — “Analitik mashina” uchun dastur yozgan va shu tariqa dunyodagi birinchi dasturchi sifatida tanilgan. Uning ishlari zamonaviy kompyuter fanining rivojlanishiga asos bo‘ldi.

Bu kitob bolalarga mana shu inson haqida, ilm-fan, do'stlik, fidokorlik, olimlarni qadrlash haqida fantastik tarzda hikoya qiladi.

Kitob juda yengil uslubda yozilgan, rangli, rasmli. Hali maktabga chiqmagan bolalarga ham o'qib berish mumkin. Maktab yoshidagi bolalar ham o'qisa bo'ladi.

#Mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

10 Feb, 13:59


Farzandingizning hissiy holatiga chin dildan qiziqing

O‘ziga bo‘lgan chinakam qiziqishni his qilgan bolalar ochiqroq va ruhan tetik bo‘lishadi. Farzandingizdan kunining qanday o‘tganini so‘raganda uning his-tuyg‘ulariga e’tibor qarating: u turli vaziyatlarda nimalar his qilganini bilishga harakat qiling.

Uning kechinmalarini tushunishga intiling va hamdard bo‘ling, hatto sizga ahamiyatsizdek tuyulgan holatlar ham bola uchun muhim bo‘lishi mumkin.

Ijtimoiy-hissiy tarbiya bolalarda besh asosiy qobiliyatni rivojlantirishga yordam beradi: o‘zini anglash, o‘zini boshqarish, ijtimoiy ong, muloqot ko‘nikmalari va mas’uliyatli qaror qabul qilish.

Yuqori hissiy intellektga ega bolalar maktabda yaxshiroq natijalarga erishadi, mustaqil ravishda oliygohlarga o‘qishga kirish ehtimoli yuqori bo‘ladi, zararli odatlarga kamroq moyillik ko‘rsatadi va eng muhimi – o‘zlarini baxtliroq his qilishadi.

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

10 Feb, 06:17


Uzr so‘raganda uch narsa qilish kerak bo‘ladi:
1. Aybiga iqrorlik – qilgan xatosini tan olish.
“Kecha men
qo‘pollik qilib qo‘ydim” kabi gap.
2. Uzr so‘rash –
“Buning uchun uzr so‘rayman”.
3. Rozi qilish – “Aybimni yuvish uchun nima qilsam bo‘ladi?”
Uzr so‘rashdan tortinmaslik odob, kamtarlik belgisidir. Go‘zal xulqli bolalar shunday bo‘ladi. Bunday bolalarni hamma hurmat
qiladi.

G'iyosiddin Yusufning "Go'zal xulqlar" kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

10 Feb, 03:00


"Leonardo da Vinchi" | Mustafa O‘roqchi

Ushbu kitob bolalarga Leonardo da Vinchini tanishtirish, ilm-fanga intilish, kashfiyotlar sari yetaklashga xizmat qiladi.

Kitob juda yengil uslubda yozilgan, rangli, rasmli. Hali maktabga chiqmagan bolalarga ham o'qib berish mumkin. Maktab yoshidagi bolalar ham o'qisa bo'ladi.

#Mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

09 Feb, 12:01


Bolalarda tajovuzkorlikning sabablari

Tajovuz quyidagi holatlarda paydo bo‘lishi mumkin:

🗯 Xafagarchilikka javob sifatida – bola o‘z ehtiyojlarini qondirish yoki ichki muvozanatni tiklash yo‘lida to‘siqlarga duch kelganda tajovuzkorlik bilan javob qaytarishi mumkin.

🗯 Oxirgi chora sifatida – bola o‘z maqsadiga yetish uchun barcha boshqa usullarni sinab ko‘rib, natijaga erisha olmaganda tajovuzga o'tadi.

🗯 Atrofdagilardan ko'rish oqibatida – agar bola atrofdagilarning (ko‘pincha ota-onalar, kattalar yoki ekrandagi qahramonlar) tajovuzkor xatti-harakatlarini kuzatsa, ularni o‘ziga namuna qilib olishi mumkin.

Shuningdek, bolaning tajovuzkorligi biologik omillarga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunga asab tizimi xususiyatlari, irsiyat va organizmning biokimyoviy jarayonlari ta’sir qiladi.

#Tarjima #tarbiya

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

09 Feb, 09:25


"Dastxat kuni"da kutamiz!

🖋 Turli tarbiyaviy mavzudagi kitoblari bilan sizga tanish muallif Gʻiyosiddin Yusuf bilan "Dastxat kuni"da uchrashing.

Uchrashuv 11-fevral, seshanba kuni soat 15:00 dan 18:00 gacha Qamar kitoblar doʻkonida boʻlib oʻtadi.

📓 Muallif asarlaridan xarid qilishni reja qilib yurgan boʻlsangiz, kelishning ayni vaqti. Kitoblarni muallif dastxati bilan olib ketasiz 😊

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.

@qamarbooks

G'iyosiddin Yusuf | blog

09 Feb, 03:00


"Sariq devni minib" kimlar uchun?

Uy vazifalarini o‘rtog‘idan ko‘chirib oladigan, algebra, geometriya fanlari o‘rniga jismoniy tarbiya darsi qo‘yilishini istaydigan Hoshimjonning sarguzashtlari ko‘pchilikka tanish. Bu bola o‘qimasdan agronom, shoir, muhandis bo‘lishga harakat qilib ko‘rdi, lekin oxir-oqibat buning iloji yo‘qligini angladi va maktabiga oshiqdi.

Bu jarayondagi voqealar kulgi bilan bolalarga qiziqarli tarzda yetkazib berilgan. Muallif kulgi uchun ba’zi bir qadriyatlarimizni ham nishonga oladi. Bolalar buni o‘qiganda noto‘g‘ri tushuncha shakllanib qolmasligi uchun ota-onalar kerakli o‘rinlarda izoh berishi yoki oq-qorani farqlay olmagan bolalar bu kitobni o‘qimagani ma’qul.

#mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

08 Feb, 13:19


Bugun tadbirda bo'lgan holat haqida.

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

07 Feb, 02:10


Go'zal tarbiya uchun go'zal shaklda yozilgan Go'zal Xulqlar kitobi 😊

☀️Kitob yozishda @GiyosiddinYusuf o'zining sodda va bola tilida yozadigan o'z uslubiga ega. Bu kitobga shaxsan o'zim ham boshqacha mehr qo'ydim. Ustozlar ham bu kitobni tavsiya qilganlari bejiz emas. Xususan, Mubashshir Ahmad ustoz hamda Rustamjon domlalar.

Kitobni farzandingiz, uka-singlingiz hamda jiyanlaringizga sotib olishni xolis tavsiya qilaman.

📞 @qamar_delivery yetkazib berayotgan ekan.

🍉 @v_turakulov_stories

G'iyosiddin Yusuf | blog

06 Feb, 16:09


#дастхат_куни

«Дастхат куни» лойиҳасининг илк сони бўлиб ўтди

Кеча «Hilol Nashr» нашриётида янги лойиҳа – «Дастхат куни» бошланди.

Бош дўконимизда бўлиб ўтган ушбу лойиҳанинг илк сонига ёзувчи Ғиёсиддин Юсуф ташриф буюрдилар.

📝 Учрашув давомида китобхонлар китобларига шахсан муаллифнинг ўзидан дастхат қўйдирдилар.

Шунингдек, китобхонлар ўзларини қизиқтирган саволларга муаллифдан жавоб олдилар.

@hilolnashr

G'iyosiddin Yusuf | blog

06 Feb, 13:17


Yaqin orada bolalar uchun, oila haqidagi, tarbiyaga doir ishonchli, ommabop kitoblar ro'yxatini e'lon qilaman, inshaalloh. Qiziqmi? 🔥

#Kitob

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

06 Feb, 07:42


Tadbir yodingizdan chiqmasin! )

8-fevral (shanba) kuni Andijon shahrida ikki joyda tadbirimiz bor, inshaalloh: 10:00 da "Billi school" maktabida "Go'zal xulqlar" nomli kitobimning taqdimoti bo'ladi, 13:30 da "Iqro academy"da "Lider bola tarbiyalash" mavzusida suhbat qilamiz.

Tadbirlarga barcha borishi mumkin, hech qanday to'lov yoki shart yo'q.

Aziz vodiy xalqi, biz sizlar bilan diydorlashish uchun atay Toshkentdan boramiz, shunga qarab to'dalashib boraverasizlar! )

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

06 Feb, 03:48


"Chipollinoning boshdan kechirganlari"

Janni Rodarining “Chipollinoning boshdan kechirganlari” asari bolalar adabiyotidagi mashhur va sevimli kitoblardan biridir. Unda ezgulik va yovuzlik to‘qnashuvi, adolat uchun kurash va do‘stlik g‘oyalari yumor orqali ifodalangan.

Asarning bosh qahramoni Chipollino – chaqqon va hazilkash piyoz bolakay. U mehnatkash sabzavotlarni zo‘ravon Limon markizi va uning odamlaridan himoya qiladi. Hikoya qiziqarli yozilgan, ammo ba’zi joylari bolalar uchun og‘irroq va tushunish qiyinroq bo‘lishi mumkin.

Umumiy olib qaraganda, “Chipollinoning boshdan kechirganlari” yosh bolalar o‘qisa bo‘ladigan asar. U bolalarni mulohaza qilishga undaydi, tasavvurini boyitadi.

#mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

05 Feb, 17:33


Ijod uchun qulay joy ekan, nasib qilsin!

#Shunchaki

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

05 Feb, 03:26


Endi "Peshonamdagi nur" kitobini o'qisak bo'ladimi?

Turk yozuvchisi Mehmet Olaqoshning "Peshonamdagi nur" nomli kitobini o'zbek tiliga o'girgani sababli 2023-yilda tarjimon Gulbahor Abdulloh ustidan ish ochilgan va u JKning 244-moddasi — ommaviy tartibsizlikka chaqirishga doir jinoyat bilan ayblangan edi. Kitobni nashr qilganlar, sotganlarga ham tegishli chora ko'rildi.

Kecha advokat Abdurrahmon Tashanovning xabar berishicha, mazkur ish bo'yicha tarjimon Gulbahor Abdulloh oqlandi, ya'ni oqligicha qoldi. Xo'sh, endi bu kitobni o'qisak bo'ladimi?

Men hali bu kitob "oqlanmadi" deb bilaman. Toki Din ishlari bo'yicha qo'mita ruxsati bilan nashr qilinmaguncha uni tarqatish mumkin bo'lgan adabiyotlar sirasiga qo'sha olmaymiz. Chunki mazkur badiiy kitobda diniy mazmundagi gaplar, voqealar bor. Xususan, unda tog'ut haqidagi gaplar, "Kim Allohning hukmi bilan hukm qilmasa..." oyati e'tirozlarga sabab bo'lgan.

#Kitob #yangilik

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

04 Feb, 13:25


#дастхат_куни

«Дастхат куни» лойиҳасининг илк сонига марҳамат!

«Hilol Nashr» нашриёти китоб муаллифлари билан учрашувлар ташкиллаштиришда давом этади.

«Дастхат куни» деб номланган янги лойиҳамизда муаллифлар билан суҳбат қилиш, уларнинг китоблари бўйича ўзингизни қизиқтирган саволларга жавоб олиш ва муаллиф китобларига дастхат қўйдириш имкониятига эга бўласиз. 😊

Лойиҳамизнинг илк меҳмони Ғиёсиддин Юсуф бўладилар. Лойиҳанинг биринчи сони «Hilol Nashr» нашриётининг бош дўконида 5 февраль, чоршанба куни 10:00 дан 13:00 гача ўтказилади. Ушбу вақт оралиғида бош дўконимизга ташриф буюриб, муаллиф билан кўришишингиз, китобларга дастхат қўйидиришингиз мумкин.

Марҳамат, бош дўконимизга ташриф буюринг!

📍 «Hilol Nashr» нашриёти бош дўкони

📆 5 февраль, 10:00 – 13:00

@hilolnashr

G'iyosiddin Yusuf | blog

04 Feb, 07:50


BU BOLALARNING KITOBI EMAS!

Aziz Nesinning "G'aroyib bolalar" nomli kitobi mutlaqo bolalarga to'g'ri kelmaydi! Chunki:

1. Kitob Zaynab va Ahmad ismli sinfdosh bolalar bir-biriga yozgan xatlardan iborat. Ular boshqa-boshqa shaharda bo'lib qolib, juda ko'p marta o'zaro xat almashadi. O'g'il bola va qiz bolaning bunday xat almashinuvi yaxshi o'rnak emas, albatta. Garchi muallif kitobning so'ngida bu yozganlari to'qima ekanini aytgan bo'lsa ham!

2. Kitobda kattalarning ayblari kulgi bilan ochib beriladi. Shundan kelib chiqib kitobni bolalar emas, kattalar o'qishi kerak deyman. Masalan, ota-ona bolasiga yolg'on gapirma deb, o'zi yolg'on gapirishi va shunga o'xshash juda ko'p holatlar bolalarning ota-onasiga nisbatan hurmatining pasayishiga sabab bo'lishi mumkin.

Ha, kattalar bunday qilmasligi kerak, lekin buni ularning o'zlariga ayting, bolalarga emas!

3. Kitobda er-xotinning "Jonim", "Hayotim" deya bir-biriga aytgan gaplarigacha bolalar xatda yozadi. Bundan ham achinarlisi, bolalar xatda o'zlari eshitgan 18+ mavzuga tortadigan so'zlarni ham yozgan.

Bu Turkiyada normal holatdir balki, lekin bizning bolalarga buni o'rgatmang!

Yaqinlaringizni ogohlantiring, shu kabi holatlardan ogoh bo'lish uchun taqrizlarimni o'qib boring. Bolalar uchun bo'lgan kitoblarni tahlil qilib boraman.

#Mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

03 Feb, 14:00


📖📖📖
🚀 "Lider bola tarbiyalashni xohlaysizmi?"

📈Farzandingiz kelajakda muvaffaqiyatli, ishonchli va yetakchi inson bo‘lib voyaga yetishini istaysizmi? Unda sizni G'iyosiddin Yusuf bilan eksklyuziv seminar-treningga taklif qilamiz!

🎓 G'iyosiddin Yusuf – farzand tarbiyasiga oid ko‘plab kitoblar muallifi, tajribali spiker va minglab ota-onalarga ilhom bergan mutaxassis!

🔹 Yetakchilik qobiliyatini qanday shakllantirish kerak?
🔹 Farzandingizda mustaqil fikrlash va tashabbuskorlikni rivojlantirish sirlarini bilasiz!
🔹 Amaliy maslahatlar va real hayotiy tajribalar sizni kutmoqda!

📍 Manzil: IQRO Academy
Vaqt: 13:30
🖥 Qatnashish mutlaqo bepul!

💡
Katta kelajak kichik qadamdan boshlanadi! Birinchi qadamingizni hoziroq tashlang! 📌

🙂 IQRO ACADEMY-
      BOLALAR UCHUN!
      KELAJAK UCHUN
!

📍 Manzil: Boburshox ko'chasi, 86-uy.
Maʼlumot uchun:
📞+998974113010
☎️+998999830070

🙂 @Iqroitmed_admin
🙂 @iqroacademy_uzb

Instagram | You tube | Telegram

G'iyosiddin Yusuf | blog

03 Feb, 07:42


Tavsiya

📖 Kitoblar ko‘p. Ammo “Zumar” kitoblar do‘koni sizlarga eng saralarini tavsiya qiladi.

📍 Manzilimiz: Toshkent, Chilonzor tumani, Chilonzor massivi, 5-kvartal, 24-uy.

G'iyosiddin Yusuf | blog

03 Feb, 03:00


Qattiq intizom bolaning ruhiyatiga zarar yetkazadi

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, oilalarning 90 foizida ota-onalar kamida bir marta farzandiga baqirgan. Biroq bu usul bolaning xulqini tuzatish o‘rniga, aksincha, muammoni yanada chuqurlashtirishi mumkin.

Child Development jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, olimlar 967 oilani kuzatgan va 13 yoshli bolalar bilan olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, qattiq so‘zlar bilan jazolash o‘smirlarning xulq-atvorini yomonlashtirib, ularda depressiya rivojlanishiga olib kelgan. Qizig‘i shundaki, bu holat ota-onalar farzandlari bilan yaqin munosabatda bo‘lishsa ham kuzatilgan.

Aksariyat ota-onalar farzandi bilan iliq munosabatda bo‘lish qattiq intizomning salbiy ta’sirini kamaytiradi deb o‘ylashadi. Aslida esa ota-ona mehrining o‘zi og‘ir so‘zlarning ruhiyatga yetkazadigan zarbalarini yumshata olmaydi – ular har qanday holatda ham bolaga zarar yetkazadi.

#tarbiya #tarjima

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

01 Feb, 16:24


Ali Jobir Fayfiy | "Buyuk shaxsiyat"

"Nabaviy tarbiya"dagi halovatni boshqa kitobdan topa olmayotgan bo‘lsangiz, bu kitob aynan siz uchun! Hatto bu kitobda jumlalar yanada ziynatli, yuksak badiiy mahorat bilan yozilgan, muhabbat ifori kelib turgan har bir so‘z guldek ochilib qalblarni fath etuvchi ekan.

Kitobda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning bir necha go‘zal xislatlaridan ibratlar keltirilgan. Xususan, vahiy nozil bo‘la boshlagandagi holatlari, sabrlari, hilmlari, tabassumlari, vafotlari... 😔

Kitob "Munir" nashriyotida nashr qilingan. 176 betdan iborat.

01.02.25

#mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

01 Feb, 08:25


Alloh taolo go'daklarga ulkan qalb bergan-da, bo'lmasa, bunchalik mehr-e'tiborni ko'tarish qiyin edi!

Farzandlaringiz, atrofingizdagi go'daklarga qarang: kattalarning biri qo'yib biri o'pib, quchib mehr beradi. Biz kattalarga buncha e'tibor berilsa, o'zimizdan ketib qolsak kerak. 😊

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

31 Jan, 12:42


"Go'zal xulqlar" kitobining taqdimoti ANDIJONDA!

8-fevral, 10:00 da Andijon shahrining "Billi school" maktabida "Go'zal xulqlar" kitobining taqdimoti bo'ladi!

Taqdimotda maktab o'quvchilari ushbu kitob yuzasidan kitobxonlik bellashuvi o'tkazadilar hamda muallif bilan uchrashuv bo'ladi.

Barcha ishtirok etishi mumkin, bepul!

Aloqa uchun:
+99855-500-99-88
+99893-910-99-88

Telegram: @Billiuz

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

31 Jan, 11:06


So'rovnomada "Andijondaman" deb ovoz bergan 200 dan oshiq kishi, sizlarni eslab qoldim! 😊

Yangilikka tayyormisizlar? — 🔥

G'iyosiddin Yusuf | blog

31 Jan, 08:53


"Jelsomino yolg‘onchilar mamlakatida"

Butun dunyo bolalar yozuvchisi Janni Rodarining ushbu kitobi bolalar maza qilib, kulib o‘qiydigan asar bo‘lsa-da, kattalar bu kulgilar ostidagi achchiq haqiqatni anglay oladi.

Bu mamlakatni bosib olgan qaroqchi o‘zining obro‘sini ko‘tarish maqsadida barcha so‘zlarni teskari ma’noda aytishga buyuradi. Shunda "qaroqchi" so‘zi "yaxshi odam" degan ma’noni, "yaxshi odam" so‘zi "qaroqchi" degan ma’noni bildirar edi-da. Hatto mamlakatda haqiqiy pul o‘rniga soxta pul ishlatiladi. Kim bularga amal qilmasa, jazolanadi!

"Xayrli kun" o‘rniga "xayrli tun", "non" o‘rniga "siyoh" so‘zlari ishlatiladi. Hatto mulozimlar shohga ezgulik tilamoqchi bo‘lsa, "Aftingiz qursin!" deydi.

Jelsomino bu mamlakatga kelib, bunday tartib-qoidalar bekor bo‘lishiga, odamlar rost gapirishga qaytishiga sabab bo‘ldi. Yana kitobda o‘tirsa qarib qoladigan qahramon ham bor. U doim yuradi, ammo o‘rni kelganda odamlarga yaxshilik qilish uchun o‘tiradi. U odamlarga yaxshilik qila-qila qarib qoldi va umri poyoniga yetdi... Bu qahramon ham bolalarni fidokorlikka, ezgulikka undaydi.

Bolalar va kattalarga o‘qishni tavsiya qilaman.

#mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

31 Jan, 03:00


72 yoshli Muhammad Aziz – dunyodagi eng ko‘p suratga olingan kitob sotuvchisi, Rabot shahri, Marokash.

U kuniga 6–8 soat vaqtini kitob o‘qishga bag‘ishlaydi va faqat ovqatlanish, namoz o‘qish yoki mijozlariga yordam berish uchun tanaffus qiladi. Qolgan vaqtda esa u shahar bo‘ylab yurib, kitob izlaydi va keyinchalik ularni o‘z do‘konida sotuvga qo‘yadi.

U kishining o'zi bunday deydi: “Men arab, fransuz, ingliz va ispan tillarida 4000 dan ortiq kitob o‘qiganman, demak, 4000 dan ortiq hayotni yashaganman. Har bir inson shunday imkoniyatga ega bo‘lishi kerak! Menga kunimdan zavq olish uchun faqat ikkita yostiq va bir kitob kifoya".

#Tarjima #kitob

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

30 Jan, 12:38


Ota-ona o‘z farzandiga go‘zal axloq -odobdan yaxshiroq meros qodirolmaydi degan gapga ko‘proq amin bo‘lyapman. Ulg‘ayganim sari o‘zimdagi nuqsonlarni ko‘proq ilg‘ayapman, bolalarim tarbiyasida o‘zim yo‘l qo‘ygan xatolarni tushunyapman.

Insonda kerakli ilm bo‘lmasa o‘zi bilganicha va o‘zi ko‘rganicha ish tutarkanda, to‘g‘ri bilim, sinalgan to‘g‘ri tajriba asosida ish tutilsa natija ham shunga yarasha go‘zal bo‘lishi mumkin.

Tarbiya va sayqallash ishi o‘lgunimizcha davom etaveradi, o‘zimizni tuzatishga doim muhtojmiz. Shu yo‘lda G'iyosiddin Yusuf yozgan ushbu kitobni ham tavsiya qilaman. O‘qib, ma’naviy boyib, shunga yarasha axloqimiz yaxshi tomonga o‘zgarsa ajab emas. Bolani emas o‘zingni tarbiya qil bolang sendan o‘rnak oladi deydilar. Ha, o‘zimizda yo‘q narsani berolmaymiz.

Kitobni Qamar kitob doʻkonidan topish mumkin.

https://t.me/YaqinOzbek

G'iyosiddin Yusuf | blog

30 Jan, 07:58


Bolalar uchun odobga doir yangi kitob yozdim. Rasmlar bo'yicha dizayner @Dilshod_Bahrom bilan birga ishlayapmiz.

Tez kunlarda emas, lekin 2-3 oyda nashr qilinadi, inshaalloh. 😊

#Ijod

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

30 Jan, 03:00


Yozish bo‘yicha tavsiyalar

1. O‘qing va kuzating. Har bir yozuvchi o‘quvchi bo‘lishiga kerak. Shuning uchun ko‘p kitob o‘qing. Hayotni har tomonlama kuzating, odamlar, voqealar va his-tuyg‘ularga e’tibor bering.

2. Sodda yozing. Fikringizni juda murakkab ifoda qilishga urinib, uni tushunarsiz qilmang. Oddiy, ravon va ma’noli so‘zlarni tanlang. O‘quvchiga gapingiz qanday ta’sir qilishini o‘ylab yozing.

3. Mulohaza qiling. Yozishdan oldin fikringizni to‘g‘ri shakllantiring. Nima yozmoqchi ekaningiz, nima uchun yozayotganingiz va bu kim uchun kerakligini aniq bilsangiz, matningiz ravon va ta’sirli chiqadi.

4.Har kuni yozing. Qancha ko‘p mashq qilsangiz, shuncha malakangiz oshadi. Hatto qisqa qayd, kundalik xotira bo‘lsa ham har kuni biror narsa yozishni odat qiling.

5. Qayta ishlang. Har qanday matnni bir marta yozish bilan tugatmang. Yozganingizni qayta-qayta o‘qing, keraksiz so‘z va jumlalarni olib tashlang. Fikringizni aniqroq va ravonroq ifoda qilishga harakat qiling.

6. O‘rinli tanqidlarni qabul qiling. Boshqalarning fikrini eshitishdan qochmang. Tanqid ijodingizni yanada rivojlantirish uchun zarur. O‘rinli tanqidlarni qabul qilib, o‘z ustingizda ishlang. Ayniqsa, hasadgo‘ylar, dushmanlar sizning kichik kamchiligingizni ham bo‘rttirib ko‘rsatadi. Siz o‘zingizga ko‘rinmagan aybni mana shunday "beminnat mikroskoplar" orqali ko‘rib, xatolaringizni tezda tuzatish bilan ag‘yorlaringizni "changingizda" qoldirib keting. Tanqidlardan aslo tushkunlikka tushmang, ortga qaytmang!

7. Ilhomni kutmang. Ilhom kelganda yozish zavqli, lekin ilhomsiz ham yozish mumkin. Dastlabki bir necha qatorni yozishga kuch topish bilan ilhomni "uyg‘otib oling".

8. Mazmunga e’tibor bering. Gaplarning chiroyli chiqishiga emas, balki ularning mazmuni qanchalik ta’sirli ekanligiga e’tibor qarating. Jimjimador so‘zlarning bir-biriga ulangani emas, ma’noli matn yaxshi matndir.

9. O‘z uslubingiz bo‘lsin. Biror yozuvchining uslubini takrorlashga intilmang. O‘z fikringiz, o‘z til va uslubingiz bo‘lsin.

10. Yozishni seving. Bu siz uchun og‘ir vazifa emas, yoqimli jarayon bo‘lsin. Yozish bilan yashang, nafasingiz kabi muhim bo‘lsin! Yozishdan zavq olishni o‘rganing, shunda ijod ham yoqimli va samarali kechadi.

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

29 Jan, 15:08


Bolangizga yordamlashing!

Ota-onani rozi qilish har bir farzandning burchidir. Ammo buning uchun ularning o'zi ham bolaga yordamlashsa, qanday ham yaxshi!

Yaxshilikka undash o‘rniga yomonlikka buyurish yoki ortiqcha qaysarlik qilib, farzand bilan orani buzishga sabab bo'lish ota-onalikka to‘g‘ri kelmaydi.

Siz avvalo ota-onaning roziligini topadigan farzand tarbiyalashga harakat qiling, so'ngra o'zingiz buning uchun unga mehr va tushunish ila ko'maklashing. Har holda sizda hayotiy tajriba, ota-onalik shafqati, marhamati bor.

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

29 Jan, 03:00


Farzand oldida gaplashmaslik kerak bo‘lgan masalalar

Farzandlar ota-onaning har bir so‘zini diqqat bilan kuzatadi va ular orqali hayotiy qarashlarini shakllantiradi. Shuning uchun ota-ona o‘z gaplariga alohida e’tiborli bo‘lishi kerak. Quyida farzandlar oldida gaplashmaslik lozim bo‘lgan ba'zi masalalar keltiriladi:

1. Oilaviy mojarolar va nizolar. Farzand ota-onaning janjaliga guvoh bo‘lsa, bu uning ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladi. Kelishmovchilik yuzaga kelganda darhol alohida gaplashib olish kerak.

2. Xos munosabatlar haqida. Er-xotin to'shak hayotiga doir gaplarni nafaqat bolalar oldida, balki hech kimning oldida gapirmasligi kerak!

3. Yosh bolalar tushunmaydigan kattalar mavzulari. Siyosat, qiyin hayotiy muammolar yoki ularga qiyin bo‘lib tuyuladigan mavzularni farzand oldida muhokama qilish ularda chalkashlik va tushunmovchilikka sabab bo‘ladi.

4. Bolalar tarbiyasi haqida. Hatto uning aka-ukalari, opa-singillarining xulqi, tarbiya borasida tutmoqchi bo'lgan yo'lingiz haqida ham bolalar oldida gaplashmang.

Farzandlar bilan muomala qilishda ehtiyotkor bo‘ling. Ular ota-onasining nafaqat so‘zlaridan, balki munosabatidan ham saboq oladi. Shu sababli har bir so‘z va harakat tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanini unutmang.

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

28 Jan, 14:14


Bola tug'ilishi bilan oilada yuz beradigan inqiroz

Oilada birinchi farzand dunyoga kelishi ko‘pincha munosabatlar uchun sinov bo‘ladi. Bu davrda, afsuski, erkakning salbiy xatti-harakatlari ko‘proq namoyon bo‘lishi mumkin. Ayol homiladorlik mashaqqatlari bilan og'rigan yoki chaqaloq bilan mashg'ul bo'lganda erkak e’tiborning kamayganini sezib, boshqa tomonlarga qarashni boshlaydi.

Nima uchun bu yuz beradi? Ayol uchun onalik – maqsadi va natijalari aniq bo‘lgan rol. Ayniqsa, sharq ayollari onalik mas'uliyatini chuqur his qiladi. Shuning uchun ba'zan erni ham unutib qo'yadi.

Bunday vaziyatda erkak o‘zini “ona-bola” munosabatlarida ortiqcha bo‘lib qolgandek his qiladi. Bunday inqirozlarning oldini olish uchun quyidagilarni yodda tutish kerak:
1. Farzand – oilaning yangi a’zosi, u faqat onaning emas, balki butun oila quvonchidir.
2. Juftlar o‘rtasida mas’uliyat aniq taqsimlangan bo‘lishi lozim. Kim nima bilan shug‘ullanadi va oilada qanday rollar bo‘lishini birga belgilash muhimdir.
3. Katta avlodning (buvilar va bobolar) yordami samarali va muvofiqlashtirilgan bo‘lsa, bu oila uchun katta yengillik bo‘ladi. Ularning roli yordam berishdan iborat bo‘lib, “tez-tez aralashish” emas.

Muhabbat va hamjihatlikni saqlash uchun har ikki tomon ham bir-biriga e’tiborli bo‘lib, o‘zaro ehtiyojlarni unutmasligi kerak.

#Tarbiya

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

28 Jan, 03:04


Kitobni onlayn buyurtma qilish uchun: @qamar_delivery

G'iyosiddin Yusuf | blog

28 Jan, 03:04


Ҳар бир бола бизга Аллоҳ таоло томонидан берилган энг катта неъматдир. Фарзанднинг ахлоқи, унинг икки дунё саодатига ва жамиятдаги ўрнига бевосита таъсир қилади. Шу боис, ота-оналарга Ғиёсиддин Юсуф дўстимизнинг “Гўзал хулқлар” номли китобини ўқиб беринг деб қаттиқ тавсия қилган бўлар эдим.

Китобда илмга интилиш, ростгўйлик, омонатдорлик, вақт қадри, меҳнаткашлик ва яхши гумон қилиш каби фазилатлар жуда содда ва аниқ ҳикоялар орқали кўрсатилган. Ҳар бир мавзу батафсил ёритиб берилган, бу эса болалар бу гўзал хулқларни ўзлаштиришини осонлаштиради. Расмлар ва мавзу сўнггидаги саволлар уларнинг фикрлаш қобилиятини ривожлантиради.

Шунинг учун, “Гўзал хулқлар” — нафақат болалар, балки ота-оналар учун ҳам фойдали китоб. Уни болаларингизга ўқиб беришингиз ораларингиздаги меҳр-муҳаббат ришталарини ҳам мустаҳкамлайди. Муаллифга Аллоҳнинг баракаси бўлсин! Омин.

G'iyosiddin Yusuf | blog

27 Jan, 15:06


"Galaktikada bir kun" — birinchi va ikkinchi kitoblar

Mendan bolalar uchun qanday kitoblar tavsiya qilishimni so‘rashadi. Endi qo‘rqmay ushbu kitoblarni tavsiya qila olaman! Chunki Sa’dullo Quronovning ushbu asari bolalar dunyoqarashini kengaytish, ilmga bo‘lgan intilishini oshirish, insonning aziz va mukarram ekani, vaqtning qadriga yetish, hayotdagi turli mashaqqatlarga mardonavor qarshi tura olish, irodali bo‘lish kabi xislatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Asar qahramoni Ahmad kichik yoshda bo‘lishiga qaramay, fizika, matematika, astronomiya kabi fanlarni a’lo darajada biladi. Natijada u ixtirolar tanlovida ishtirok etish uchun koinotda harakatlanadigan kema yasash loyihasini tuzadi. Ahmadning loyihasi hali mukammal bo‘lmagani sababli tanlovda o‘rin ola olmasa-da, Salmir sayyorasidan kelgan Margol ismli kishining e’tiborini tortadi va u Ahmaddan chizmalarini berishini, ular asosida kema yasab, Salmir sayyorasi uchun zarur bo‘lgan kristallni izlab topishni iltimos qiladi. Ahmad o‘zga sayyoralikka yordam qo‘lini cho‘zadi, ikkisi birga "Ko‘kkezar" kemasini yasashadi va bu safarda Ahmad ham hamroh bo‘ladi...

Sarguzashtlar mana shu yerdan boshlanadi. Voqealar bir-biri bilan juda ham ustalik bilan bog‘langan, o‘quvchini nihoyatda qiziqtirib qo‘yadi. Orada xayoliy holatlarni izohlab beruvchi ilmiy qarashlar ham berib o‘tiladi. Shuning uchun bu asar "ilmiy-fantastik qissa" deyiladi.

Kitobning ikkinchi qismi ham birinchi qismdagi voqealar bilan bevosita bog‘liq. Unda ham Ahmad koinotga safar qiladi va vaqt tuynugidan million yillar ortga qaytib, Meriya sayyorasidan koinot javohirini topadi. Ayni shu joy bolalar uchun juda muhim deb o‘ylayman.

Asardagi har bir voqea juda ta’sirli, kutilmagan voqealar, kulminasion nuqtalarga boy. "Obbo! Endi qahramonlar nima qilar ekan, boshi berk ko‘chaga tiqib qo‘ydi-ku!" deb siqilib turganingizda o‘ylamagan joyingizdan yechim chiqib kayfiyatingiz ko‘tariladi.

Qisqasi, o‘qish kerak. Asar tili juda ravon ekan. Bolalar tushunishga qiynalmaydi, kattalar zerikib qolmaydi. Sa’dullohning bunday mahoratli yozuvchi ekanini bilmagan edim. Alloh ijodlariga baraka bersin. Ayni kunlarda "Galaktikada bir kun"ning uchinchi qismini yozayotgan ekanlar, Alloh oson qilsin!

#mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

27 Jan, 06:25


O'qishni istagan kitoblarim shunchalar ko‘pki, umrim yetmasligidan qo‘rqaman...

#Kitob

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

26 Jan, 14:07


Туркияда болалар учун одоб-ахлоқ, динимизни ўргатувчи китоблар жуда кўп. Бу ерда исталган ёшдаги бола учун китоб топиш имкони бор. Алҳамдулиллаҳ, бизда ҳам шундай китоблар кўпаяётгани қувонарли ҳолат.

Ёш ижодкорлардан Ғиёсиддин Юсуф болалар учун тарбиявий аҳамиятга эга китоблари билан танилиб қолган. У кишининг яқинда нашр қилинган «Гўзал хулқлар» номли китоби болалар учун муҳим бўлган хулқлар: илм ўрганиш, ростгўйлик, омонатдорлик, меҳнатсеварлик каби фазилатларни содда ва қизиқарли тарзда тушунтиради. Ҳар бир мавзу ҳикоялар ва расмлар билан бойитилган, сўнггида эса болалар билимларини мустаҳкамлаши учун саволлар берилган.

Бу китоб болалар қалбига эзгулик уруғларини экади ва улар учун муҳим қўлланма бўлади. Муаллифга ташаккур! Аллоҳ бу хайрли ишингизга барака берсин!

@MubashshirAhmad

G'iyosiddin Yusuf | blog

26 Jan, 03:20


Gohida men soatlab bir joydan jilmay, uyqu vaqtida uxlamay 1-2 oyda bitta kitob yozaman. Keyin oylab Din ishlari bo'yicha qo'mitada ruxsat kutadi, sahifalovchi "3-4 kunda sahifalab beraman" deb 2-3 oy olib yuradi, musahhih "15-20 kunda o'qib beraman" deb 2 oy o'qiydi...

#Ijod

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

25 Jan, 16:00


Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!

Mavzumizdan kelib chiqib haqdor oilalarga yordam qilishga chaqiramiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.

Batafsil ma'lumot

Karta raqam: 9860160605493933

G'iyosiddin Yusuf | blog

25 Jan, 08:26


Bolalar uchun kitob tanlash bo‘yicha tavsiyalar

6 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kitob tanlashda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish lozim:

1. Yoshiga mosligi.
Har bir yosh bosqichida bolalar rivojlanishi turlicha bo‘ladi. 6-7 yoshdagi bolalar uchun rasmli va qisqa matnli kitoblar, 8-10 yoshdagi bolalar uchun esa qiziqarli hikoyalar va qisqa qissa shaklidagi asarlar mos bo‘ladi.

2. Tilning ravonligi va soddaligi.
Kitobdagi matn bolaga tushunarli bo‘lishi lozim. Murakkab, balandparvoz iboralardan ko‘ra sodda va bolalar uchun mos til tanlangan bo‘lsa, bolaning kitob o‘qish zavqini oshiradi.

3. Tarbiyaviy ahamiyati.
Kitob mazmuni bolaga odob-axloq, ezgulikni o‘rgatishi lozim. Negativ xatti-harakatlarni targ‘ib qiluvchi yoki salbiy obrazlar qahramon sifatida ko‘rsatilgan kitoblardan qochish zarur.

4. Qiziqarli va ijodiy syujet.
Qiziqish uyg‘otuvchi sarguzashtlar, sir-sinoatli hikoyalar va fikrlash, xulosa chiqarishga undovchi voqealar bolalar tasavvurini kengaytiradi. Bir xil va zerikarli hikoyalardan farqli o‘laroq, o‘qishni davom ettirish istagini tug‘diradigan syujetlar bolalar uchun muhimdir.

5. Rasmlar sifati va ko‘rinishi.
Ayniqsa, yosh bolalar uchun rasmlar katta ahamiyatga ega. Sifatli, chiroyli va mazmunli rasmlar kitob mazmunini to‘ldiradi va tushunarli qiladi.

6. Kitob hajmi.
Hajmi katta kitoblar bolani charchatib qo‘yishi mumkin. Yoshiga mos hajmdagi kitoblar tanlang.

7. Muallif va nashriyot.
Tanlangan kitob bolalar adabiyotida tajribali mualliflar tomonidan yozilgan va ishonchli nashriyotda chop etilgan bo‘lishi kerak. Bu kitob sifati va mazmuniy to‘g‘riligini kafolatlaydi. Masalan, bolalar uchun kitoblarning shrifti qanday bo'lishi, matnlar orasi kabi muhim narsalarga tajribali nashriyotlar e'tibor qilishadi.

8. Bolaning qiziqishlarini hisobga olish.
Har bir bola o‘ziga xos. Ba’zilarga hayvonlar haqidagi kitoblar yoqsa, boshqalarga texnika yoki kashfiyotlar haqida o‘qish qiziqarli bo‘lishi mumkin. Bolaning qiziqishlarini inobatga olib tanlov qilish lozim.

Bu mezonlar asosida kitob tanlasangiz, bolani kitob o'qishga bo'lgan qiziqishi ortishiga yordam beradi. Shu bilan birga, ularning dunyoqarashi o'sishi, ilm-u odobi ziyoda bo'lishi hamda ijodiy qobiliyati oshishiga katta hissa qo‘shadi.

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

24 Jan, 15:33


"Maymunlar sayyorasi" tugadi!

Abdulla Qodiriy "O‘tkan kunlar"da Kumush vafot etgan joyini yozayotib yig‘lagan ekan — "Kumushni o‘ldirib qo‘ydim!" deb. Kitobni tugatib men ham shunday kayfiyatda turibman — endi qahramonlar taqdiri qanday kechadi? Ongli insonlar qani?..

"Maymunlar sayyorasi" tafakkurga undovchi fantastik asar, "katta bolalarning" kitobi ekan. Ha, aytgancha, bolalar o‘qimasin!

Kitobda o‘zga sayyoraga borgan insonlar maymunlar olamiga tushib qoladi. Lekin bu maymunlar taraqqiy topgan, gapiruvchi, insonlardek kiyinadigan, qisqasi, butun hayot tarzi insonlardek bo‘lgan maymunlar edi. Bu sayyoradagi insonlar esa ongsiz, gapirmaydigan, kiyimsiz bo‘ladi. Ularni maymunlar hayvon sifatida ko‘radi. Maymunlar qo‘liga asir tushgan, mana shu ongsiz odamlar ichidagi qahramonlarimiz o‘zining ongli inson ekanini isbotlab, Yerga qaytishi oson kechmaydi. Ammo oradan 700 yil o‘tib ketgan edi, ularni Yerda ham yorqin kelajak kutmayotgan edi...

Bir kishi shahar tomosha qildirish uchun nihoyatda baland minoraga olib chiqilsa, yo‘lda u ko‘p ajoyibotlarga guvoh bo‘lsa, oxirida esa minora tepasidan tashlab yuborilsa, buni kuzatib turgan kishi nimani tuyadi? "Maymunlar sayyorasi" kitobini o‘qib bo‘lgan kishi ham shunday hisni tuyadi...

#Mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

24 Jan, 03:19


Erkak kishi oilasi uchun mas’ul

Har bir erkak oilasi uchun mas’uldir. U oila a’zolarini yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarishi kerak. Har kun o‘tgan kun davomida nima ishlar qilgani: kitob o‘qigani, yaxshilik qilgani va shu kabilar haqida juftingiz va farzandlaringizdan so‘rang. Kamchiliklar bo‘lsa, hali to‘ldirishga vaqt bor. Shuningdek, kun davomida xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsalar, ulardan saboq olib, qayta takrorlamaslikni tushuntiring.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar

G'iyosiddin Yusuf | blog

23 Jan, 12:32


"Oyning orqasidagi sir — Ira tamadduni" nomli kitob haqida

Shu yil boshidan bir necha fantastik asarlarni o'qishni niyat qilgan edim. Shunday kitoblardan biri yakuniga yetdi, alhamdulillah.

Ushbu kitobda Ira sayyorasida yashaydigan odamlarning (!) koinotda minglab yillar davomida sargardon bo'lib, oxiri Yer sayyorasiga joylashish tarixi hikoya qilinadi.

Noshirlardan uzr so'ragan holda avval jichcha tanqid qilaman: kitobda badiiy jihatdan biroz kamchiliklar bor, voqealarni yasama ulash hollari kuzatilgan. Shuning uchun mutaxassis kishi (yozuvchi, muharrirlar) yoki ko'p kitob o'qigan kishilar biroz zerikib qolishi, g'ashi kelishi mumkin.

Ammo kitob bolalar uchun mo'ljallanganini hisobga olsak, bolalar bu kabi kamchiliklarni sezmaydi va maza qilib o'qiydi. Kitobdagi tasavvuriy voqealar bolalar dunyoqarashini kengayishiga, ilm-fanga bo'lgan qiziqishi ortishiga sabab bo'ladi deb o'ylayman.

Bolalar uchun kitoblar nashr qilishda g'ayrat qilayotgan @Pingvinbooks nashriyotiga va kitobni nashrga tayyorlagan @Misbahkitoblar jamoasiga uzr va rahmat aytaman. Alloh ishlaringizga rivoj bersin!

#Mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

22 Jan, 14:12


"Hilol-Nashr"dan nega ketdim?

Kamina 2018-yilda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh asos solgan "Hilol-Nashr" nashriyotida musahhih bo'lib ishga kirganman. Bu yerdagi 3 yillik faoliyatimda Shayx hazratlarining o'nlab kitoblarining imloviy xatolarini tuzatdim.

Biz — tahririyat bo'limi xodimlari juda izzat-ikromda edik. Ishimiz juda mas'uliyatli bo'lgani sababli bizdan faqat sifat talab qilinar, yaxshi sharoit hozirlangan edi. Hatto ish vaqtida dam olib ishlashga, dam olish kunlarida ham uyda ish qilmaslikka chaqirar edilar. Vaqti-vaqti bilan — qish va yozda dam olishga dala hovliga olib chiqar edilar.

Ish vaqtida ham xonada yengil tamaddi qilib olar, kofe ichar, namoz vaqtlari masjidga chiqar edik. Tushlik ishxonamizning oshxonasida bo'lar va biz "erkatoy" xodimlar ovqat tanlar edik. Hatto ovqatlari ma'qul bo'lmagan bir oshpazni bizning shikoyatimiz bilan ishdan bo'shatishgan.

Mus'haf, tafsir, "Oltin silsila" kabi zalvorli kitoblar nashr qilinganda alohida ziyofat va mukofot puli berilar edi.

Charchaganimizda ishxonada biroz uxlab olish imkonimiz ham bor edi. Rahbarimiz buni ko'rib, e'tiroz qilmas edilar. Hatto ishimiz bo'lmasa, o'z ishimizni qilishimiz mumkin edi. Shuncha imkoniyatlar bo'lishiga qaramay, men 2021-yilda ishdan bo'shadim. Sababi erkin ijodkor bo'lib, ilm o'rganib, kitoblar yozib xizmat qilishni niyat qilgan edim...

#Ijod

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

22 Jan, 03:37


Farzandlarimizda yaxshi xulqlarni shakllantirish

Xulq – insonning ichki dunyosi, tarbiyasi va boshqalar bilan muloqotini ifodalovchi xatti-harakatlar majmuidir. Yaxshi xulq odob, muomala madaniyati, boshqalar bilan samimiy va hurmatga asoslangan munosabatda bo‘lishni o‘z ichiga oladi.

Farzandlarimizda rostgo'ylik, omonatdorlik, va'daga vafo, mehnatkashlik, halollik, sabr kabi go'zal xulqlarni shakllantirishimiz kerak.

Yaxshi xulqlarni shakllantirishning samarali usullari:

Go'zal o‘rnak bo‘ling. Bolalar ko‘proq ko‘rganlarini o‘rganadi. O‘zingizda o‘sha fazilatlarni namoyon eting.

Qoidalarga amal qilishni o‘rgating. Oilada aniq qoidalar belgilab, ularga rioya qilishni bolalarga tushuntiring.

E’tirof va mukofotlash. Farzandingizning yaxshi xulqlarini ko'rib, ularni e’tirof eting va rag‘batlantiring.

Odobdan saboq bering. Farzandlaringizga salomlashish, minnatdorchilik bildirish kabi oddiy odoblarni o‘rgating.

Kitoblar o‘qib bering. Go'zal xulqlar haqidagi hikoyalar va ertaklar bolalarga ijobiy ta'sir qiladi.

Bolalarni go'zal xulqli qilsih vaqt va mehnat talab etadi. Ammo bu tarbiya farzandingizning kelajakda muvaffaqiyatli va hurmatli inson bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Xulq-odob har bir ota-onaning bolasi uchun qoldiradigan eng qimmatli merosidir.

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

21 Jan, 03:00


"Go'zal xulqlar" qanday kitob?

Javobi videoda! 👆

Muallif: G'iyosiddin Yusuf
Kitob hajmi: 192 bet

Tez kunda @Qamarbooks da sotuvga chiqariladi.

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

20 Jan, 07:47


МЕН ҲАҚИМДА КИТОБ ЁЗИШИБДИ!

Ассалому алайкум, аслзода ўқирманлар. Ўтган ҳафта бир ўқитувчим билан иккаламизга ҳам таниш бўлган бир йигитнинг муваффақиятлари ҳақида гаплашдик. Хуллас, у йигитнинг оиласи камбағалгина, отаси ўта бир бемаъсулият одам эди. Ичувчи эди. "Ахмоқдан чақмоқ тўрайди" деган шахсиятни ерга урувчи мақолларни ёқламайман. Аммо, шунақа инсоннинг фарзанди шундай натижаларга эришганидан жуда хурсанд бўлдим. Ўша боланинг онаси фаррошлик қилиб, боласини китобга меҳр қўйдирган эди. Бола ҳам "Бу жарликдан чиқишимиз керак" дегандир-да, роса ўқиди. Хуллас, ўша бола ўқишларга кириб, яхши ишларга кириб, оиласини камбағалликдан чиқариб, ҳаммасини одам қилибди. Хурсанд бўлдим.

Худди шуни аксини ҳам кўрганман. Эшитганман! Энг эсимда қолгани, бир яхши оиланинг фарзанди бўлар эди. Ичувчи, урушқоқ, жиноятчи бўлиб катта бўлди. 5 мартача қамалиб чиққан эди. На ота на онанинг гапига кирмас эди. Ўша болани онаси: "Сенга ҳозир кучимиз етмай қолди. Чақалоқ пайтингда кетимни тагига бир босиб ўлдириб қўйсам бўларкан" деганини ўз қулоғим билан эшитганман. Онанинг бу ноласи қалбимни ларзага солган эди. Момоқалдироқ чаққандек қулоғим остидан кетмайди. Илоҳим, ҳеч биримизнинг фарзандимиз унақа афсуслантирадиганлардан бўлмасин!

Шунақа ҳолатларни кузата туриб кўп ўйлайман. Одамзотдаги виждон деган тушунчани китоб шакллантирар экан. Китоб ўқимаган одам, маиший муаммоларда ҳам, оилавий муаммоларда ҳам жуда катта ташвиш бўлар экан. Тушунтиролмай эзилиб кетасиз. Аксинча, болалигидан китоб ўқиган одам, бойваччаю-амалдор бўлиб кетмаса ҳам, ҳаёти мазмунли бўлар экан. Китоб ўқиган ҳунарманд, спортчи, бизнесмен, қўйингки ҳар қандай касб-ҳунарда китоб ўқимаганидан баракали, омадли бўлади.

Шунинг учун болаларимизни китобга меҳрини уйғотайлик, азизлар. Мен кеча тундан-тонгача банан излаб чиқмасдан, G'iyosiddin Yusuf акамиз совға қилиб жўнатган "ГЎЗАЛ ХУЛҚЛАР" номли китобни ўқиб тугатдим. "Машетта, реклама кетди" демоқчи бўлган азиз кўмирқалблар, тўхтанг) Мени танимасангиз танишиб олайлик. Мен анча-бунча реклама берувчилардан бойроқ, омадлироқ ва "Череччур" келишганроқман. Қўрқмасдан Баҳодир Бойвачча деб чақиришингиз мумкин)

Ҳақиқатда китоб ажойиб ёзилибди. Болаларга болалар тилида ёзилган. Мактабда қандай қилиб яхши ўқувчи бўлишдан тортиб, ота-она, катталарга хурмат, вақтни қадрлаш, ИЛМГА ТАРҒИБ ва ТАРБИЯ асосий ғоя бўлибди.
Нафақат болалар катталар ҳам ўқиши керак бўлган ажойиб асар бўлибди. Мен бу китобни ўқиб, Япониянинг энг кучли болалар ёзувчиларидан бири бўлган-Мамору Сузукинининг асарларини эсладим. Ғиёсиддин Юсуф ака, Илоҳим, китобларингиз Япон адибиникидек 10 миллионлаб болажонларга етиб борсин! Ҳаммаларингизга тавсия этиёрум. Бояги наъмунали бола мисол қилиб кўрсатилган жойлари мен ҳақимда ёзилибди. Ўқиб кўринг-да, сиз ҳақингизда ҳам бўлиши мумкин)) Ҳа, "Ўқиб олим бўлармидинг?" деб 100 тадан битта чиқиб қолган, нариги маҳалладаги билимдон аммо, қўшнини кучугига ҳам нафи тегмаган, шўртумшуқ Мардонбойни мисол қилиб кўрсатмай, қолган 99 та натижага эришганларни кўрсатинг-да, онониб кетай сизлардан) Битта тушликни пулига китоб олиб беринг 10-15 йилда натижасини албатта кўрасиз.

Хурмат билан, Баҳодир ИСКАНДАРОВ.

G'iyosiddin Yusuf | blog

19 Jan, 07:34


Bir xillikdan qoching

Bolalaringizga tarbiya berishda turli vositalardan foydalaning: ba’zan kitob o‘qib bering, ba’zan tarbiyaviy multfilm qo‘yib bering, ba’zan o‘zingiz og‘zaki o‘rgating. Shuningdek, orada ular bilan o‘ynash, sayrga chiqishni ham tashkillashtirib turing. Bu bilan ularning dam olishiga imkon bergan, sizga bo‘lgan muhabbati va ixlosining ziyoda bo‘lishiga erishasiz. Eng asosiysi o‘rnak bo‘lish ekanini unutmang.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar

G'iyosiddin Yusuf | blog

18 Jan, 03:01


Bolaning rasmida oila tahlili

Farzandingizning ichki holati va oiladagi o‘rnini aniqlash uchun uning chizgan rasmlarini tahlil qilish foydali bo‘lishi mumkin. Biroq bu usulni bolangiz 4-5 yoshga yetgach qo‘llash tavsiya etiladi. Uni oilaviy surat chizishga undang, lekin kimni va qanday chizishi kerakligi haqida ko‘rsatma bermang. Rasm bolaning ichki dunyosini imkon qadar aniq aks ettirishi uchun bu jarayonga mustaqil yondashgan ma’qul.

Jarayonni kuzating

Rasm chizish jarayonida bolani qattiq nazorat qilish kerak emas. O‘zingizni band qilib ko‘rsating (masalan, kitob o‘qing) va faqat vaqt-vaqti bilan uning chizayotganiga qarab turing. Bu nafaqat chizilgan rasmni, balki bola chizayotgan paytdagi xatti-harakatlarini ham kuzatish imkonini beradi.
Kim birinchi chiziladi? Bola odatda eng muhim deb hisoblagan odamni birinchi chizadi. Keyinroq kamroq ahamiyatli odamlarni chizib boradi.
O‘z o‘rni qayerda? Bolaning o‘zi rasmdagi qayerga joylashganiga e’tibor bering. Unga yaqin bo‘lgan odamlarni aniqlang.
Kim yo‘q? Ba’zida bola rasmdan biror kishini tushirib qoldiradi. Agar shunday bo‘lsa, sababini so‘rang – bu oiladagi muhim signallarni ochib berishi mumkin.

Oilaviy munosabatlarning ko‘rinishi
1. A’zolarni chizish uslubi: Agar chizilgan odamlarning burun, og‘iz yoki quloqlari yo‘q bo‘lsa, bu oiladagi begonalik va sovuq munosabatlarni bildiradi.
2. Rang va kattalik: Yengil chizilgan rasmlar oiladagi noaniqlikni, katta va qizil og‘izlar esa janjallarni ifodalaydi.
3. Qo‘llar va oyoqlar: Qisqa qo‘l-oyoqlar boladagi ijtimoiy muammolarni ko‘rsatadi. Qo‘llarning umuman chizilmasligi oiladagi biror a’zoning o‘zini ojiz his qilishidan darak beradi.

Munosabatlarning yaqinligi
Qo‘llarning birlashishi: Agar oilaning barcha a’zolari qo‘llarini birlashtirgan bo‘lsa, bu oiladagi uyg‘unlik va do‘stona muhitni anglatadi.
O‘rtada bola: Bola o‘zini oilaning markaziy qismida joylashtirsa, bu uning o‘zini sevimli va ahamiyatli his qilishini bildiradi.

Tashvishli belgilar
Tashqi ko‘rinish: Agar bola biror odamni orqa tomoni bilan yoki yon profilida chizsa, bu odam unga xavotir yoki salbiy his-tuyg‘ular uyg‘otayotganini bildirishi mumkin.
Kimdir yo‘q: Bola oiladan bir kishini rasmdan butunlay chiqarib tashlasa, bunga oiladagi e’tibor yoki munosabatlarning yetarli emasligi sabab bo‘lishi mumkin.

Orzular oilasi

Bolaga yana bir topshiriq bering: o‘zi orzu qilgan oilani chizsin. Bu ikki rasm o‘rtasidagi farqni ko‘rib, uning ichki istaklarini tushunishingiz mumkin.

Rasmlar orqali bolaning his-tuyg‘ularini anglash va oiladagi muammolarni payqab, munosabatlarni yaxshilashga intilish – bu ota-onalarning asosiy vazifasidir.

#tarjima #tarbiya

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

17 Jan, 14:56


Yoshlarga oliyjanob axloqlarni o'rgatuvchi kitob ekan. Umumiy ma'noda yaxshi, lekin mavzular yana biroz kengaytirilsa, yaxshi bo'lar edi deb o'ylayman. Turk tilidan tarjima qilingan kitob bo'lgani uchun uslubi bizdagi adabiyotlardan biroz farqli, albatta.

Kitobning hajmi kichkina bo'lgani uchun tezda o'qib qo'yish mumkin. Mavzular qisqaroq bo'lgani yoshlarni malollantirib qo'ymaydi.

#Mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

16 Jan, 03:00


Go‘zal xulqli bola uyatga qolmaslik uchun amallarda quyidagilarga e’tiborli bo‘lishi lozim:
• hayosiz bolalar bilan do‘st bo‘lmaslik;
• biror ishni qilishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rish;
• jahl ustida harakat qilmaslik.

Ko‘pincha asabiylashganda turli yomon xatti-harakatlarni qilib, keyin o‘zimiz uyalib qolamiz. Shuning uchun jahl chiqqanda to xotirjam bo‘lguncha biror narsa qilishga oshiqmaslik lozim. Axir «Jahl kelganda aql ketadi» deydilar.

G'iyosiddin Yusufning "Go'zal xulqlar" kitobidan #iqtibos

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

15 Jan, 13:12


#Yangilik!

Bolalar uchun uzoq kutilgan yangi kitob!

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

15 Jan, 03:00


Ushbu kitob nomidan ko'rinib turganidek, ota-ona bolalari va telefon, internet orasida qanday yo'l tutishini o'rgatar ekan. Mavzuga doir o'zbek tilidagi boshqa manbalarni bilmaganim sababli bu kitobni har bir ota-ona o'qishini tavsiya qilaman.

Kitobda bolalar o'ynaydigan o'yinlargacha alohida to'xtanilgan. Ko'p foydali ma'lumotlar oldim. Kitobning bizgacha yetib kelishida xizmat qilgan barchadan Alloh rozi bo'lsin!

#Mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

14 Jan, 03:06


Bolalar kattalarni manipulyatsiya qiladimi?

Ko‘pincha farzandingiz siz xohlamagan biror ishni qilsa, bu xatti-harakatni manipulyatsiya deb baholaysiz. Biroq tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bolalar kattalarni boshqarishda boshqa insonlardan ko‘proq muvaffaqiyatga erishmaydi, hatto, ehtimol, kamroq muvaffaqiyatga erishadi. Chunki boshqa odamlarning xatti-harakatini oldindan bilish va boshqarish bolalar uchun o‘ta murakkab vazifa. Kattalar tomonidan “manipulyatsiya” deb atalgan xatti-harakatlar aksar hollarda ota-onani g‘azablantiradigan oddiy odatlar, xolos.

Qolaversa, ota-onalar o‘zlari bilmagan holda bunday xatti-harakatlarni rag‘batlantiradi. Masalan, bola qichqiradi, ota-ona esa uning e’tiborini chalg‘itish yoki uni tinchlantirish uchun talabini bajaradi. Shu tariqa bola e’tiborni qichqirish orqali jalb qilishni o‘rganadi. Ko‘p hollarda ota-onalar buni “manipulyatsiya” deb talqin qiladi, aslida esa ular o‘zlari bolada bu kabi noxush odatni mustahkamlagan bo‘ladi.

Shu bilan birga, ota-onalar bolalarning e’tiborni o‘ziga qaratishga urinishlarini to‘g‘ri sezadilar. Biroq bolalar buni ongli ravishda amalga oshirmaydi. Masalan, ular: “Onamning jahli chiqsa, menga ko‘proq e'tibor beradi”, deb emas, balki: “Agar shunday qilsam, menga e’tibor berishadi. Bu menga yoqadi”, deb o‘ylashi mumkin.

Agar besh yoshli tarbiyasi og'ir bola onasining e’tiborini qanday jalb qilishi haqida so‘ralsa, u: “Men yomon xulq-atvor ko'rsataman”, — deb javob bermaydi. Uning harakatlari ko‘proq oldingi tajribalar asosida amalga oshadi. Masalan, bola qichqirganida e’tibor tortganini bilgan bo‘lsa, yana qichqirishda davom etadi.

Tadqiqotlarda ota-onalardan bolalarining ba’zi xatti-harakatlariga boshqacha munosabat bildirish so‘ralgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, bola o‘zgarishga juda tez moslashadi. Ota-onalar qichqiriqqa e’tibor bermay, normal muloqotni rag‘batlantirishni boshlaganlarida bola e’tibor talab qilishning “normal” usullarini tez o‘zlashtiradi. Shunday qilib, aslida kim kimni “manipulyatsiya qilayotgani” savol ostida qoladi.

Yana bir qiziqarli tajriba o‘tkazilgan. Bola bir xonada o‘ynar, o‘qituvchilar esa birma-bir xonaga kirib, unga qo‘shilar edi. Birinchi guruhdagi o‘qituvchilardan bolalarning yaxshi xulq-atvorini doim (100%) maqtash so‘ralgan, ikkinchi guruhdan faqat vaqti-vaqti bilan (50%) maqtash talab qilingan, uchinchi guruhga esa bolani umuman maqtamaslik (0%) topshirilgan.

O‘yin tugagach, bola sinfga qaytarilgan. Keyinchalik tajriba o‘tkazgan o‘qituvchilar yana sinfga kirganida qiziqarli natijalar kuzatilgan:
1. Bolalar doim maqtov olgan o‘qituvchi bilan yaxshi xulq-atvor ko‘rsatgan.
2. Faqat ba’zan maqtov olgan o‘qituvchi bilan yaxshi xulq-atvordan biroz og‘ish kuzatilgan, ammo baribir maqbul darajada bo‘lgan.
3. Umuman maqtov olmagan o‘qituvchi bilan esa bolalar xonadan chiqib ketishga uringan.

Bu nimani anglatadi? Kattalarning munosabati bolalarning xulq-atvorini shakllantiradi. Bolalar bizni manipulyatsiya qilmaydi: ular biz o‘zimiz ularni o‘rgatgan xulq-atvorni namoyish etadi.

Alan Kazdinning “Tarbiyasi og‘ir bola. U va o‘zingiz bilan qanday kurashish kerak?” kitobidan #iqtibos

#Tarbiya #tarjima

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

13 Jan, 03:00


Kasbim kitob o'qish bilan bog'liq bo'lgani uchun juda ko'p kitoblarni o'qiganman. Lekin bu kitob ixlos bilan yozilgani sababli amal qilishim oson bo'lgan kitoblardan biri bo'ldi.

Kitobni xarid qilish

#Kitob

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

12 Jan, 03:11


Baxt

Uning barmoqlaridan konfetlarning hidi ufurib turadi,
Sochlari esa yoz yomg‘irining iforini olib keladi.
U mening oldimga savollar bilan keladi:
«Qachon? Nima uchun? Nima haqida?»

Qop-qora kipriklari havoda uchib,
Hayratdan ko‘zlari kattalashadi.
Quyoshning porloq nurlari dunyoni yoritib,
tabassum qiladi.

Qachonki qo‘ng‘iroqdek ovozi bilan
«Ada, adajon!» deb chaqirsa,
Ko'ksimga o'tkir tig‘ bilan chertgandek,
Baxt “tuk-tuk” etib urar.

#tarjima

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

11 Jan, 16:19


Эй ўғил!

Отанг ҳар доим ҳам ҳақ бўлмаслиги мумкин, лекин у доим отанглигича қолади.

@jamoliddin_blog

G'iyosiddin Yusuf | blog

11 Jan, 04:23


"Kundalik odoblar"ning ta’siri

Assalomu alaykum, ustoz!

Sizning “Kundalik odoblar” kitobingizning audio shaklini farzandlarim bilan tingladik. Mening ikki nafar farzandim bor: biri 4 yoshda, ikkinchisi 3 yoshda. Audiokitobni tinglash davomida nafaqat farzandlarim, balki o‘zim ham ko‘plab bilimlarga ega bo‘ldim. Ayniqsa, “Ustozga ehtirom” mavzusi meni juda ta’sirlantirdi. Zero, o‘zim ham shu sohada faoliyat yuritib kelmoqdaman.

Ish tajribamdan kelib chiqib, ushbu ma’lumotlarni nafaqat bolalar, balki ota-onalar ham o‘qishlari kerak deb hisoblayman. Farzandlarim audiokitobdagi so‘zlarni ortingizdan qaytarib boradi: “Ayajon, assalomu alaykum”, deb gaplashadi. “Ayajon, bolajonlar”, “Ayajon, qo‘lingizni yuving”, deya atrofimda yugurishadi.

Hozirda bu kitobga yosh bo‘lganimiz sababli unga to‘liq amal qila olmayotgan bo‘lsak-da, kitobni quloq solib eshitish farzandlarimning ongida qolishiga umidvorman. Barcha ota-onalarga ushbu kitobni mutolaa qilishni tavsiya qilaman.

Hurmat bilan,
Ergasheva Ma’mura

🎙Audiokitobni xarid qilish

💾 Qogo'oz shaklini xarid qilish

#kitob #taqriz

G'iyosiddin Yusuf | blog

10 Jan, 03:05


Mustafo O‘zbalakning "Insoniyatning so‘nggi kuni" asari nafaqat fantastik janrdagi kitob ixlosmandlari uchun, balki texnologiya, insoniyat taqdiriga befarq bo‘lmagan kishilar uchun ham qiziqarli kitob ekan.

Ya’ni asarda texnologiya taraqqiy etib, inson quyosh sistemasidan tashqariga chiqa olsa, yorug‘lik tezligidan ham kuchli bo‘lgan tezlikka erishsa, boshqa sayyoralarga ko‘chib o‘tish haqida so‘z boradi. Shu bilan birga, ekologiya kundan kunga yomonlashuvi natijasida odamlar bunga majbur bo‘lishi ham ko‘rsatiladi.

Ammo boshqa ba’zi muammolar bor: 10 milliardga yetgan Yer shari aholisini qanday ko‘chirib o‘tish mumkin?

Dunyo katta hokimiyatlar, shaxslar qo‘lida qolib ketdi deya tasvirlanadi: JFT, Katta Miya, Keksa bo‘ri, Isyonkorlar. Ular orasida quyoshni portlatmoqchi bo‘lganlar ham bor! Ular maqsadiga yetadimi? Bu kabi savollarga kitobni o‘qib javob olishingiz mumkin.

Tanbeh: bu fantastik asar, muallif imkon qadar hayotga yaqinlashtirib yozgan. Albatta, hech kim kelajakni bashorat qila olmaydi. Yurakka yaqin olmang!

#Mutolaa2025

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

09 Jan, 15:59


🌎 Hozirgi globallashgan zamonda bolalar tarbiyasida moliyaviy savodxonlik muhim o'rin egallaydi.

📌 Bolalarni moliyaviy savodxon qilib tarbiyalash ularni kelajakda moliyaviy jihatdan rivojlanishiga zamin yaratadi.

💵Moliyaviy savodxonlik uchun qanday bilimlar kerak
Pul bilan to’g’ri munosabat qanday shakllantiriladi
Bu savollarga javobni avvalo biz ota-onalar bera olishimiz kerak. Aynan shunday bilim olishingiz uchun va moliyaviy savodxon bola tarbiya qilish uchun imkoniyat yaratdik.

⭐️Siz uchun ota-onalar milliy SAMMITIni tashkil qildik!

Sammitimizda hamkor tashkilotimizdan biri "IXLOS school" asoschisi Maxsuma Ashirmetova "Moliyaviy savodxon bola tarbiyalash" mavzusida ma’ruza qiladi.

Siz bularning barchasini 25-yanvar kuni bo'lib o'tadigan tadbirimizda ishtirok etib o'rganasiz!

Tadbirda qatnashish shakllari:
oflayn - 450 ming so’m,
onlayn - 250 ming so’m

Tadbirga farzandining bee'tibor bo'lmagan barcha ota-onalarni   taklif qilamiz.

📌Joy band qilish uchun: @Hidaya_academy_administrator ga (+998909513024) yoki @Hidaya_med_clinic_administrator (+998339513444) raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

G'iyosiddin Yusuf | blog

09 Jan, 12:10


Yigitlar qanday qizlar bilan oila qurishni istaydi?

#Oila_qurish

Yanada koʻproq videolar

G'iyosiddin Yusuf | blog

09 Jan, 02:41


Hamisha haq bo‘lishga intilish aqlning tarbiya topmaganligi belgisidir.

Alber Kamyu

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

08 Jan, 07:54


Arab tili fanidan imtihonga kirdik. Ustoz imtihon savollarini olib kelgani chiqib ketdilar. Men internetdan elektron kitob izlayapman, boshimni ham ko‘tarmay baland ovozda:
— Falon kitobning PDFi yo‘qmi? — desam,
— Hozir keladi! — dedilar ustoz! 😁🤦‍♂️ Keyin qo‘shimcha qilib: — Qurbonliqqa atalgan qo‘y so‘yishdan oldin qancha yem berilsa ham semirmaydi, — dedilar. 🤦‍♂️

Imtihonda hech narsadan foydalanmasligimiz uchun "Kim bizni aldasa, bizdan emas" hadisini eslatdilar va bunga amal qildik. Alhamdulillah, yaxshi topshirib chiqdim.

#Tabassum

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

07 Jan, 16:10


📌 25 YANVARDA “FARZANDLARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASH” NOMLI SAMMITIMIZGA MARHAMAT!

Farzandni baxtli va barkamol inson qilib tarbiyalash barcha ota-onalarning orzusi.
Ushbu SAMMIT buni amalga oshirish va farzandlaringiz bilan muvaffaqiyatli, sog‘lom munosabatlarga ega bo‘lish orzuingizni amalga oshiradi!

Bolalarni mukammal shaxs etib tarbiyalashda turli soha mutaxassislarini bir joyga jamladik.

Spikerlarimiz va ularning mavzulari bilan tanishing:
1. Gavhar Darvish “Farzand tarbiyasida qo’llaniladigan psixoterapevtik usullar”
2. Nuriymon Abulhasan“Tarbiya nimadan boshlanadi?” (online)
3. Ziyovuddin Rahim“Farzandning ruhiy tarbiyasi”
4. Islombek Bobojonov – “Milliy g’ururli farzandlarni tarbiyalashda tarix fenomeni”
5. Sodiq Hamroh“Farzandlarimizni kelajakka qanday tayyorlaymiz?”
6. Shavkat Matyakubov – “Bolalar milliy musiqiy didini shakllantirish”
7. Azizbek Mirzaahmad o’g’li“Ruhiy barkamol bola tarbiyalash”
8. G’iyosiddin Yusuf “Lider bola tarbiyalash”
9. Dilfuza Komil“Farzandning ona qornidagi tarbiyasi” (online)
10. Maxsuma Ashirmetova – “Moliyaviy bilimdon bola tarbiyalash”
11. Iroda Ahmed “Texnika asrida bola tarbiyasi” (online)
12. Gulbahor Sattorova - “Bolalarning sog’lom taomlanishi”  
13. Kamola Atabekova“Farzand tarbiyasida temperament, psixotip, intellektning o’rni”
14. Nilufar Israilova - “Bola nutqini to’g’ri rivojlantirish”
15. Mahliyo Xoldoraliyeva - “Bolalarni multilingual qilib tarbiya qilish”.

Tadbirimiz soat 9.30 dan 16.30 gacha davom etadi.


Siz esa bularning barchasini 25-yanvar kun dan davomida davom etadigan tadbirimizga qatnashib o'rganasiz!

Tadbirda qatnashish shakllari:
oflayn - 450 ming so’m,
onlayn - 250 ming so’m to’lab qatnashishingiz mumkin.


Tadbirda barcha ota-onalarni taklif qilamiz.

📌Joy band qilish uchun: @Hidaya_academy_administrator ga (+998909513024) yoki @Hidaya_med_clinic_administrator (+998339513444) raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

G'iyosiddin Yusuf | blog

07 Jan, 06:39


Kecha bir psixning "Erkak xiyonat qilsa, erkakning o‘zi aybdor, nafsi buzuq, ayolda ayb yo‘q" deganini eshitdim. To‘g‘ri, xotini qancha ayollik qilsa ham xiyonat qiladigan erkaklar bor, lekin ular ancha kam. Xos holatni umumiyga dalil qilish kerakmas. Keng tarqalgani esa ayolidan yetarli mehr-e’tibor, halovat ko‘rsa, ayoliga xiyonat qilmaydigan erkaklar toifasidir. Ulardagi o‘sha sen aytgan buzuq nafsni xotin bosib qo‘ysa, erkak xiyonat qilmaydi!

Xiyonat qilmaslik uchun kishida iymon-e’tiqod mustahkam bo‘lishi kerak! Avvalo ayol shunday bo‘lsin va shunday erkakka turmushga chiqsin. Keyin xotin sifatida turmush o‘rtog‘iga maksimal darajada ayollik qilsin. Shunda xiyonat bo‘lmaydi, inshaalloh.

Oilaviy maslahatchi bo‘lasizmi, psixologmi — xolis bo‘ling! Erkak chiqib ayolni aybdor qilsa, ayol chiqib erkakni aybdor qilsa, bu qayerning gapi?! Yoki buning teskarisi — ayol erkakning yonini olib, erkak ayolning yonini olib chiqishi ham noto‘g‘ri! Xolis bo‘laylik!

Jamiyatdagi oilaviy masalalarga juftingizga bo‘lgan nafratingiz yoki muhabbatingizga ko‘ra munosabatda bo‘lmang! Masalaning o‘zidan kelib chiqib munosabat bildiring!

#Eslatma

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

06 Jan, 03:02


Buyurishimiz emas,
o‘rgatishimiz lozim


Ba’zi ota-onalar bolasiga doim ish buyuradi. U bola avval bu ishni qilganmi, bu ishdan xabari bormi yoki uni qanday bajaradi deb o‘ylamaydi. Keyin bola bu ishni noto‘g‘ri bajarsa, uni so‘kadi ham.
Hurmatli ota-onalar, bolaga ish buyurishdan avval bolangizga u ish haqida ma’lumot bering, iloji bo‘lsa, ishni bolangizga o‘zingiz o‘rgatib, birga bajaring. Ana shunda bolangizning sizga mehri oshadi va ishni ham o‘rganadi.
O‘zingiz uchun foydali deb bilgan, hayotda kerak bo‘ladigan har bir ishni farzandlaringizga ham o‘rgatib boring...

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar

G'iyosiddin Yusuf | blog

05 Jan, 13:12


Instagramda kaminani asosan yoshlar kuzatgani bois ko'proq oila qurish mavzusida videolar chiqaraman.

Bugun ham bu mavzuga murojaat qildik. Marhamat, videoni ko'rishingiz mumkin.

#oila_qurish

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

05 Jan, 03:00


Axloq darajalari uchga bo'linar ekan:

⚡️ Yaxshilikka yaxshilik, yomonlikka yomonlik bilan javob berish;

👍 Yomonlikni kechirib yuborish;

🔥 Yomonlikka ham yaxshilik bilan javob berish.

Siz o'zingizni qaysi darajadaman deb o'ylaysiz? Belgilar bilan javob qiling. 😊

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

04 Jan, 12:14


Bir haftada bir!

Azizlar, bugun haftalik ixtiyoriy xayriya amalimiz kuni. Keling, bu haftaning hisobidan ehsonimizni o'tkazib qo'yaylik. Men uni haqdorga yetkazaman, inshaalloh.

Xayriya haqida batafsil.

Karta raqam: 9860160605493933
O'z nomimda.

G'iyosiddin Yusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

04 Jan, 07:30


Bolangizni tinchlantirish uchun maslahatlar

1. Uni bag‘ringizga bosib, sekin o‘pib qo‘ying.
2. Yengilgina tebrating, sekin-sokin harakatlar qiling.
3. Ovqatlantiring, ehtimol, och qolgandir.
4. Kiyimlarini tekshiring: balki u issiq yoki sovuqdir.
5. Pampersini ko‘rib qo‘ying, noqulaylik qilmayaptimi?
6. Bir joyda zerikkan bo'lishi mumin, boshqa joyga olib boring, uy ichida biroz aylanib yurib ko‘ring.
7. Muloyim so'zlab, erkalating.
8. Uyqudan oldin uni dengiz tuzi solingan vannada cho‘miltirish ham foydali bo‘lishi mumkin.

#Tarjima #parvarish

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

04 Jan, 03:00


Qiz boladan nima kitob o'qiyotganini so'rang, qo'lini so'rash qochib ketmaydi.

Bill Geyts

#Oila_qurish

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

02 Jan, 13:29


Qizlar, bu gaplarga aslo ishonmang!

G'iyosiddin Yusuf | blog

02 Jan, 03:00


Bolalarni mustaqillikka o'rgatish

Farzandlarimizni kichikligidan yoshiga mos ravishda ba'zi ishlarni o'ziga qildirish bilan mustaqil bo'lishga o'rgatib borishimiz kerak. Masalan, o'yinchoqlarini o'ziga tartiblatish, do'konda o'zi uchun narsani o'zi tanlashiga imkon berish, cho'ntak pulini ixtiyoriy sarflashga qo'yib berish va hokazo.

Albatta, bu narsalar oldin unga o'rgatiladi, keyin tanlov imkoni beriladi. Xato qilsa, sekin tuzatishga, maslahat, tavsiyalar bilan yo'lga solishga harakat qilinadi. Bolangiz o'zingiz istagandek bo'lishi uchun unga buyruq va qaytariqlar berib, chizgan chizig'ingizdan chiqmaydigan robot kabi qilishga urinmang. Ba'zan xato qilsa ham, ba'zan adashsa ham mustaqil shaxs bo'lib voyaga yetsin. Siz unga bir umr yo'l ko'rsatib tura olmaysiz!

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

01 Jan, 03:01


Bolalarimizning qobiliyatini kashf etamizmi?

Har bir bola o‘ziga xos iste’dod bilan dunyoga keladi, lekin bu iste'dodni kashf qilib, rivojlantirish ota-onaning farzand tarbiyasiga nechog'li mas'uliyat bilan yondashishiga bog‘liq.

Bolaning nimaga qiziqishini kuzatib ko‘ring: rasm chizadimi, biror narsani buzib qayta yig‘adimi, hisob-kitobga ustami, tasavvurga beriladimi? Har bir harakati uning kelajakda kim bo'lishini ko'rsatib beradi.

Farzandingizni turli mashg‘ulotlar bilan tanishtiring, qaysi biri unga ko‘proq yoqishini o‘zi tanlasin. Natijaga emas, jarayonga e'tibor qiling. Bu ishga siz alohida ehtimom va mehr bilan yondashsangiz, bolangizning ishonchi ortadi, qobiliyati esa asta-sekin ochila boshlaydi.

Muhimi, uni boshqalar bilan solishtirmang. Har bir bola bir butunligicha yagona. Bizdan talab qilinadigani — bolamiz o‘zini kashf etishida ko'maklashish. Axir, siz ham hayotda o'n yillab umrini bir soha uchun sarflab, keyin bu soha uning uchun emasligini anglab, hammasini boshidan boshlagan kishilarni ko'rgan bo'lsangiz kerak?

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

31 Dec, 13:17


Yangi oila qurgan kelin-kuyovlarga hamma maslahat beradi

Hamma ularning baxtli boʻlishini xohlaydi. Ammo toʻgʻri maslahat beradiganlar kam boʻladi.

Kimdan qanday maslahat olishni yuqoridagi video orqali toʻliq bilib oling.

#oila_qurish

Yanada koʻproq videolar

G'iyosiddin Yusuf | blog

30 Dec, 03:00


Imkoniyati cheklangan bolalar parvarishi

Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar parvarishi nafaqat ularga maxsus e’tibor va g‘amxo‘rlikni talab qiladi, balki ularning o‘zini to‘liq qabul qilishiga yordam beradigan muhit hozirlashni ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ular parvarishida quyidagilarga e'tiborli bo'lish kerak:

1️⃣ Individual yondashuv: Har bir bolaning ehtiyojini inobatga olib, o‘ziga xos rivojlanish rejasi tuzing.

2️⃣ Emotsional qo‘llab-quvvatlash: Bolada o‘ziga bo'lgan ishonchni mustahkamlash uchun iliq va samimiy munosabatda bo'ling.

3️⃣ Moslashuvchan muhit: Uy sharoitini bolaga qulay qilib jihozlang, harakatlanishni osonlashtiruvchi vositalar bilan ta’minlang.

4️⃣ Ijtimoiy integratsiya: Bolaning do‘stlari va jamiyat bilan aloqada bo‘lishini ta'minlang.

Bu jarayonda sabr-toqat va mehr-shafqat asosiy o‘rin tutadi. Imkoniyati cheklangan bolalar ham bu hayotda mazmunli va baxtli yashashga haqli. Ularni boricha qabul qilish, qadrlash va qo‘llab-quvvatlash – ota-onasi va jamiyatning burchidir.

Maqola talablarga ko'ra tayyorlandi.

#parvarish

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

29 Dec, 03:02


Farzandni e’tiborsiz qoldirishning salbiy oqibatlari

Agar ota-ona tomonidan beriladigan eng og‘ir jazoni nomlash kerak bo‘lsa, bu e’tiborsizlikdir.

💬 «Bolaligimda onam mendan xafa bo‘lib, bir necha kun gaplashmay yurardi. O‘shanda hayot to‘xtab qolgandek tuyulardi – bundan ortiq azobni his qilmaganman».

💬 «Onam jim bo‘lsa, o‘zimni dunyodagi eng aybdor odamdek his qilardim. Uning oldiga borib, nima noto‘g‘ri qilganimni tushuntirib, kechirim so‘rashim kerak edi. Shundagina yarashardik».

Bunday holatlarda bola nima bo‘layotganini tushunmaydi, lekin asosiy narsani sezadi: eng yaqin va qadrli inson bilan bog‘lanish uzildi. Bola quyidagi his-tuyg‘ularni boshdan kechiradi:
• qo‘rquv;
• aybdorlik;
• yolg‘izlik.

Biroz vaqt o‘tib, bu hislarga g‘azab qo‘shiladi. Afsuski, aynan shu g‘azab uning kelajakdagi munosabatlarida boshqaruvchi hissiyotga aylanadi. Bola ulg‘ayadi, lekin bu xatti-harakat modeli saqlanib qoladi: mojarolar paytida yo o‘zini yopib oladi va chekinadi, yoki rad etilishdan qo‘rqib, bunga g‘azab bilan javob qaytaradi.

Hech qachon qilmaslik kerak bo‘lgan uch narsa

1. Jim turish. Farzandingiz bilan janjallashgan bo‘lsangiz ham gapiring. Bir necha daqiqa tinchlanishingiz mumkin, lekin soatlar davomida gaplashmay, uzoqlashmang.

2. Xafa bo‘lganingizni ko‘z-ko‘z qilib, uzr kutish. Albatta, bola noto‘g‘ri harakat qilganini tushunishi va kechirim so‘rashni o‘rganishi kerak, lekin uni his-tuyg‘ulari va ulkan aybdorlik hissi bilan yolg‘iz qoldirmang.

3. E’tiborsizlik qilish. Bolaning yonidan indamay o‘tib ketish, uni ko‘rmagandek yoki eshitmagandek tutish – bu haqiqatan ham dahshatli jazodir. Bu usulni butunlay taqiqlash kerak.

Farzandingiz bilan qanday vaziyatda bo‘lmang ular bilan ochiq va mehribon muloqotda bo‘lish har doim muhimdir.

#tarbiya #tarjima

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

28 Dec, 03:00


407-savol: Bola uyqu rejimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish

Assalomu alaykum!

Ikki yarim yoshli o‘g‘lim kechqurun uxlashga ko‘nmaydi, qo‘yib bersak, yuraveradi. Bu masala bo‘yicha qanday maslahat berasiz?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom.

Ikki yarim yoshli bolaning kechqurun uxlashga qiyinchilik bo'lishi tabiiy hol, chunki bu yoshda ular juda faol bo'ladi, atrof-muhitni o‘rganishga qiziqishadi. Lekin bu borada quyidagi tavsiyalar sizga biroz yordam berishi mumkin:

1. Kun tartibini to'g'ri yo‘lga qo‘ying: har kuni bir vaqtda uyg‘otish va yotqizishga odatlantiring. Bola organizmi bu rejimga moslashadi.

2. Ekrandan foydalanishni chegaralang: kechqurun kompyuter, planshet, telefon oldida vaqt o‘tkazishini cheklang. Uxlashdan oldin tinch, osoyishta muhit hozirlang.

3. Uyquga tayyorlang: har kuni uyqu oldidan bir xil odatlarni shakllantiring, masalan, issiq vanna qabul qilish, kitob o‘qish yoki sokin ohang eshitish. Bu bilan bolaning miyasi uyqu vaqti kelganini anglaydi.

4. Qulay sharoit hozirlang: bola yotadigan xonaning yorug‘ligi, harorati va sokinligiga e'tibor qiling. Ortiqcha shovqin yoki yorug‘lik uxlashga xalaqit beradi.

5. Ovqat va ichimlikka e’tibor bering: uyquga yaqin shirinliklar yoki kofeinli mahsulotlar iste’molini cheklang.

6. Qat’iy bo‘ling: bola uxlashdan oldin turli bahonalar bilan vaqtni cho‘zishga harakat qilishi mumkin. Mehribon, lekin qat’iy bo‘lib, uning yotishini talab qiling.

Agar bu choralar yordam bermasa yoki bolada uyqu bilan bog‘liq doimiy muammolar bo‘lsa, pediatrga murojaat qiling.

#tarbiya

Yanada ko'proq savol-javoblar

G'iyosiddin Yusuf | blog

27 Dec, 03:11


Farzand tarbiyasi va mas'uliyat

Ota-onalar farzandlariga mas'uliyat va intizomni avvalo o‘z uylarida o‘rgatishlari kerak. Bu tarbiyaning eng muhim qismidir.

Farzandlaringizni haddan tashqari erkalab yoki tarbiyadan qochib, bolalarni hayotga tayyorlash vazifasini e’tiborsiz qoldirsangiz, mas’uliyatsiz va boshqalarga og‘irligini soluvchi kishilarni ulg'aytirasiz. Bunday odamlar jamiyat rivoji uchun hissa qo'shmaydi!

Bu faqat jamiyat uchun emas, bolalarning o‘zlari uchun ham zarardir. To‘g‘ri tarbiya ko'rmagan bolalar hayotda mustaqil yashash va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishda qiynaladi.

Shuning uchun ota-onalar farzandlariga mehr berishda talabchanlik va adolatni unutmasliklari lozim. Shu orqali ularda mas’uliyat, javobgarlik va intizom shakllanadi.

Agar ota-onalar farzandlariga kerakli qattiqqo‘llikni ko‘rsatishga jur’at qilmasa, bilsinlarki, hayot bu saboqlarni yanada qattiqroq shaklda berishga majbur bo‘ladi.

Qizig‘i shundaki, bugungi kunda farzandlarini tarbiyalash uchun uyda qolgan onalar ba’zida “jamiyatga hissa qo‘shmayapti” deb baholanadi. Aslida esa bu jamiyat uchun eng katta hissalardan biridir.

#tarbiya #tarjima

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

26 Dec, 13:00


Mendan konsultatsiya olgan bir yigit aytdiki, oila qurganlariga bir hafta bo'lganda ayoli ajrashishni so'ragan. Chunki...

#Muammo

Yanada ko‘proq videolar

G'iyosiddin Yusuf | blog

26 Dec, 03:01


Ahil-inoq bolalar tarbiyalash

Bolalarni o'zaro mehr-oqibatli va ahil qilib tarbiyalash uchun quyidagi oddiy tavsiyalarni unutmang:

1. Go'zal o’rnak bo’ling – bolalar ota-onaning harakatlarini kuzatib o’sadi. Ular bir-biriga yaxshi muomala qilishni avvalo sizdan o’rganadi. Siz farzandlaringizga va tug'ishganlaringizga yaxshi muomala qilish bilan o'rnak bo'ling.

2. Birgalikda vaqt o’tkazing – oilaviy o’yinlar, suhbatlar, birga dam olish, sayrga chiqish kabilar bolalar orasida yaqinlikni mustahkamlaydi.

3. Adolat qiling – oilada har bir bola o’zini qadrlangan va teng ko’rilganini his qilishi kerak. Teng munosabat bo’lmasa, rashk va nizolar paydo bo’lishi mumkin. Tenglik o'lchovda emas, rozilikda bo'lishi kerak.

4. O’zaro muammolarni hal qilishni o’rgating – bolalarga muammolarni suhbat orqali yechishni o’rgating, agressiyadan uzoq bo’lishni targ’ib qiling.

5. Ijobiy muhit hozirlang – oiladagi quvnoqlik, hazil-mutoyiba va samimiy muhit bolalar orasidagi aloqani yanada mustahkamlaydi.

6. Har kim hurmat ko'rishi kerak — oilada er-xotin, bolalar — hamma hurmat ko'rishi kerak. Er erman deb ayolini behurmat qilishi farzandlar onasini behurmat qilishiga eshik ochishi mumkin. Yoki ona onaman degan o'yda bolalarini behurmat qilsa, bolalar ham bir-birini behurmat qiladi. Natijada oila umuman ahillik qolmaydi!

7. Ularni bir-biriga qiyoslamang — bolalarni "opang unday, ukang bunday" deb yaxshilikka chaqirmoqchi bo'lamiz, lekin aslida bu ularga aks ta'sir qiladi. Bu bilan ular o'zini kamsitilgan his qiladi. Nafaqat bolalar, kattalar ham birovga taqqoslanishni xush ko'rmaydi. Shuning natijasida oradagi ahillik ko'tariladi.

Yodingizda bo’lsin, ahil va inoqlikda o’sgan bolalar ulg'ayganda ham o'zaro va boshqalarga mehribon bo’ladi.

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

25 Dec, 16:18


Tavakkul va sabab qushning ikki qanoti kabi bo'lsa, tavakkul o‘ng qanotdir!

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

25 Dec, 14:01


Oilaviy munosabatlarga doir savollar

Oila, farzand tarbiyasi, kitoblar bo'yicha savollaringizni @Yechimhubbunabot ga yuborishingiz mumkin. Javobni Yechimhubbuna telegram kanalidan olasiz.

Eslatma!

• savolingiz qisqa matn shaklida bo'lsin;
• uzun savollarga, ovozli xabarlarga, diniy mavzudagi hamda jinsiy aloqaga doir savollarga javob berilmaydi;
• javob faqat kanal orqali beriladi, o'zingizga emas;
• shoshinch savolingiz yoki jiddiy muammo bo'lsa, batafsil maslahat kerak bo'lsa, konsultatsiya olishingiz kerak.

G'iyosiddin Yusuf | blog

25 Dec, 06:33


O‘qishlari haqida

Farzandingizdan maktabdagi yangiliklar, uning o‘qishdagi muvaffaqiyatlari va muammolari haqida bilib oling, sinfdoshlari bilan munosabatlari qanday ekanligiga qiziqing.

Farzandingiz ulg‘aygan sari jiddiy munosabatda bo‘lishni, kattalar uni mustaqil shaxs sifatida qabul qilishini, bildirgan fikrlarini hurmat qilishlarini xohlaydi. Shuning uchun fikr bildirganida yo o‘z qarashlarini gapirganida “Aralashma, nimani ham bilarding!” de­mang, tinglang.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar

G'iyosiddin Yusuf | blog

24 Dec, 03:00


#Yangilik

"Asal oyi emas, asal hayot" kitobi ovozlashtirildi!

Muallif: G'iyosiddin Yusuf
Suxandon: Hojiakbar Zikrillayev

#parcha

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

23 Dec, 15:01


Kimda instagram bor?

G'iyosiddin Yusuf | blog

23 Dec, 14:06


Oila qurish, bir-birini tushunish va muammolarni hal qilish uchun

Oila qurishga tayyorlanayotganlar va mavjud oilaviy muammolarni bartaraf etmoqchi bo‘lganlar uchun maxsus taklif.

Sizni G'iyosiddin Yusuf tomonidan tashkil etilgan "Asal Hayot" mualliflik kursiga taklif etamiz.

Kursda siz nafaqat oilani saqlash va muammolarni yechish, balki:

• O‘zaro munosabatlaringizni yaxshilash;
• Oila qurish va oʻrtadagi muhabbatni qayta tiklash;
• Oilaviy yechim va muammolar;
• Farzand tarbiyasi bo'yicha eng muhim bilimlarga ega bo'lasiz.

Kurs haqida batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:

📩 @giyosiddinyusufadmin1
📩 @giyosiddinyusufadmin

👉 Shoshiling, joylar soni cheklangan!

Baxtli va mustahkam oilaning ilk qadamini bugun qo‘ying! 👩‍❤️‍👨

G'iyosiddin Yusuf | blog

23 Dec, 03:00


Bolalar va internet

Hozirgi kunda internet hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Bu texnologiya bilim olish, ijod qilish va muloqot uchun yaqindan ko'mak bermoqda. Shuning uchun undan bolalar ham foydalanmoqda. Ammo ular uchun bu borada ma'lum bir qoidalar, tartiblar bo'lishi kerak. Quyida shu haqida to'xtalamiz:

1. O‘rnak bo‘ling.
Bolalar ko‘pincha ota-onalarning odatlarini o‘zlashtiradilar. Internetdan me’yorida va to'g'ri foydalanishingiz bilan ularga o'rnak bo'ling.

2. Chegaralar belgilang.
Internetdan foydalanish vaqtini cheklang va undan foydalanish uchun ma’lum qoidalar o‘rnating. Masalan, ovqat vaqtida yoki uyqudan oldin telefon va planshetdan foydalanishni cheklash mumkin.

3. Kontentga e’tibor bering.
Bolalar qaysi sayt va ilovalardan foydalanayotganini nazorat qiling. Yoshlariga mos bo‘lgan ta’limiy va foydali materiallarni tavsiya eting.

4. Xavfsizlikni ta'minlang.
Bolalarga internet xavflari, shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik va begonalarga javob bermaslik kerakligini tushuntiring.

5. Aloqani mustahkamlang.
Bolalaringiz bilan ochiq muloqotda bo‘ling. Ular duch kelgan muammolar yoki qiziqtirgan savollari bo'yicha siz bilan bemalol gaplasha olsin.

6. Foydali kontentlarga qiziqtiring.
Ta’limiy dasturlar, kitoblar va ijodkorlikni rivojlantiruvchi ilovalar orqali internetning foydali tomonlarini ko‘rsating.

7. Kuzatish vositalaridan foydalaning.
Yosh bolalar uchun maxsus nazorat dasturlarini o‘rnating. Bu ularga mos bo‘lmagan kontentdan himoyalanishga yordam beradi.

Internet — bu vosita, undan qanday foydalanish esa ota-onaning tarbiyasi va nazoratiga bog‘liq.

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

22 Dec, 15:53


Blogimni farzand tarbiyasi mavzusiga xoslaganman. Bu mavzudan chetlashmagan holda oila qurish mavzusini ham qo'shaymi? — 🔥

Postlar soni ko‘payadi, xolos.

G'iyosiddin Yusuf | blog

22 Dec, 14:24


31-dekabr men uchun kunlardan bir kun. O‘tgan umrim davomida faqat bir marta bu kun — 2022-yilda esda qolarli bo‘lib o‘tgan. Chunki u tun paqildoqlar ovozidan xoli, sakinat va muhabbat ichra — Masjidun-nabaviyning ro‘parasida o‘tgan edi...

#Sog‘inch #Xotira

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

22 Dec, 03:01


Bolalar qaysarligini yengish

Bolaga har qanday vaziyatda ikkita teng maqbul variantdan birini tanlash imkonini bering. Masalan, “Sen suv ichasanmi yoki pomidor sharbatini?”

Bolaga ma’lum darajada mustaqillik va mas’uliyatni topshirish uning o‘zini katta va muhim his qilishiga yordam beradi. Bu esa behuda qaysarlikni kamaytiradi.

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

21 Dec, 10:32


Tanqid

Kecha sun’iy idrokka "Men haqimda bilgan ma’lumotlaring asosida meni ayovsiz tanqid qil. Zarracha ayab o‘tirma, men chidayman" degan ma’noda buyruq bergan edim shunaqangi asabni buzdi! "Kech bo‘lganda menga shu kerakmidi?!" deyman o‘zimga! Ayollardan ham battar mayda gap bo‘lib ketdi! Pashshadan fil yasab yubordi. Qisqasi, bir tiynga qimmat odamdek ko‘rinib qoldim.

Bu holatda uxlab bo‘lmas edi. Yaxshiyam aqlimga ajoyib fikr kelib qoldi: "Men haqimda bilgan ma’lumotlaring asosida meni maqta. Zarracha ham yaxshi amalimni e’tibordan chetda qoldirma", — dedim. Avvalgi tanqidning tamoman teskarisini ko‘rdim. Avval yomonlagan ishlarimni endi maqtay ketdi...

Sun’iy idrokning tanqidi ham, maqtovi ham o‘z yo‘liga. Gap bu haqida emas. Bu ham odamlardan o‘rganibdi, shekilli. Hayotda ham shunday odamlar ko‘p uchraydi: obro‘, mol-davlating oshganda yaloqxo‘rlik qilib, kuningni zo‘rg‘a ko‘rib yurganingda salomga ham arzitmaydi, qilgan har bir ishing ayb ko‘rinadi...

#Mulohaza

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

21 Dec, 08:20


Bir haftada bir!

Azizlar, bugun haftalik ixtiyoriy xayriya amalimiz kuni. Keling, bu haftaning hisobidan ehsonimizni o'tkazib qo'yaylik. Men uni haqdorga yetkazaman, inshaalloh.

Xayriya haqida batafsil.

Karta raqam: 9860160605493933
O'z nomimda.

G'iyosiddin Yusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

21 Dec, 04:49


Boladan uzr so’rash

Kattalarning bolalardan uzr so’rashi past ketish emas, balki ulkan qalbga ega ekanlariga dalildir. Bola bilan muloqotda xato qilinsa, “Meni kechir, xato qildim” deyish uning o’zini hurmatli va qadrli his qilishiga sabab bo’ladi. Bu nafaqat bolaning sizga ishonchini oshiradi, balki unga ham o’z xatolarini tan olish va to’g’rilashni o’rgatadi. Unutmang, hurmat va samimiylik bola tarbiyasidagi eng muhim narsalardandir.

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

20 Dec, 07:08


Yaxshi ota-ona ekanligingizni ko’rsatuvchi 9 belgi

O’zingizni ushbu ro’yxatga ko’ra sinab ko’ring.

Psixolog Larisa Surkova — nafaqat bolalar (va boshqa yo’nalishlarda) psixologiya bo’yicha tan olingan mutaxassis hamda besh nafar farzandning onasi. Ma’ruzalaridan birida tinglovchilardan biri: “Men yaxshi ota-onamanmi, buni aniqlaydigan belgilarmi?” deb so’raganda u maxsus ro’yxat bilan o’rtoqlashdi. Quyidagi belgilar sizga mos keladimi? Surkovaning so’zlariga ko’ra, agar beshtadan ortig’i mos kelsa, bu juda yaxshi natijadir.
1. Farzandingiz sizdan hech narsani yashirmaydi va sizga hamma narsani, hatto noxush yoki hazil tariqasidagi harakatlarini ham aytishdan qo’rqmaydi.
2. Bola sizning yoningizda barcha his-tuyg’ularini erkin ifodalay oladi: yig’laydi, jahli chiqadi, ko’p kulib yuboradi.
3. Farzandingiz nimadir sodir bo’lsa, birinchi bo’lib sizning yoningizga keladi.
4. Siz farzandingizni haqorat qilmay, unga nisbatan “ahmoq, tentak, hech narsaga tushunmaydigan” kabi so’zlarni ishlatmaysiz.
5. Bola xavfsizligini ta’minlaysiz.
6. Siz bola uchun me’yor va qoidalarni belgilaysiz. Bu unga dunyoga moslashishda yordam beradi. Masalan, uyda sho’xlik qilishga ruxsat, maktabda esa qoidabuzarlikning oqibati bor.
7. O’zingiz noto’g’ri bo’lgan vaziyatda xato qilganingizni tan olasiz va bunga izoh berasiz.
8. Siz farzandingizga nisbatan jismoniy zo’ravonlik ishlatmaysiz.
9. Farzandingizni qanday bo’lsa, shunday qabul qilasiz. Uning sizning “eng yaxshi nusxangiz” emas, balki o’z shaxsiyati ekanligini unutmay qabul qilasiz.

Yaxshi ota-ona bo’lish uchun har kuni o’zingizni tahlil qilib turing.

#tarbiya #tarjima

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

19 Dec, 15:05


Suhbat — mezon

Insonlar bilan, xususan, farzandlaringiz bilan orangiz qanchalar yaqin ekanini bilish uchun ular bilan yolg'iz qolib suhbatlashib ko'ring. Ob-havo, kun davomida nimalar qilgani, shu kunlarda bo'layotgan ishlar haqida gaplashishdan boshqa mavzular ham bormikan orangizda?..

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

19 Dec, 03:20


Bola parvarishi u bunyod bo'lgandan boshlanadi. Xususan, bu vaqtda bola salomatligi uchun ona telefon, planshet kabi turli gadjetlardan imkon qadar uzoqroq bo'lishi tavsiya qilinadi. Kompyuter qarshisida ishlaydigan ayollar o'rtacha bir soatda bir marta tanaffus qilishlari kerak.

#Parvarish

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

18 Dec, 05:03


Ota-onalar e’tiborsizligining 10 oqibati

Bugungi ota-onalar o’zlarini faqat bolalarni oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlash, ularni doktor yoki istirohat bog'iga borish xarajatlarini qoplash uchun mas'ul deb biladi. Ularga samimiy suhbatlar, oilaviy kechki ovqatlar va his-tuyg’ularni ochiq ifodalash unut bo'lmoqda. Psixolog Jonis Vebbning fikricha, ota-onalar e’tiboridan mahrum bo’lgan bolalar qanday qarashlarni shakllantiradi?

Agar kattalar bolalarning his-tuyg’ulari va ehtiyojlariga e’tibor bermasa, ularda ba'zi salbiy tushunchalar shakllanadi. Quyida shulardan 10 tasi keltirilgan:

1. Haddan tashqari quvnoq yoki juda g’amgin bo’lish yomon. Bolalikda his-tuyg’ularimizni boshdan kechirdik, lekin kattalar bizga bu tuyg’ularni qanday tushunish va boshqarishni o’rgatish o’rniga, o’zimizni tutib turishni maslahat berishdi.

2. His-tuyg’ularni namoyish qilish – zaiflik belgisidir. Bolalikdagi beg'ubor his-tuyg'ularimizga kattalardan munosib javob ko’rmasak, ularni oshkor qilishga uyala boshlaymiz.

3. Mening ehtiyoj va xohishlarim ahamiyatsiz. Ota-onalar bolalarning istaklariga e’tibor bermaganida ular o’z istaklarini o’zlari uchun ham ahamiyatsiz deb bila boshlashadi.

4. Muammolar haqida gapirish – odamlarni bezovta qilishdir. Bolalar ota-onalaridan yordam olmasa, katta bo'lganlarida dardini ichga yutish odati paydo bo'ladi.

5. Faqat zaiflar yig’laydi. Bolalarning yig’isini e’tiborsiz qoldirish ular katta bo'lganda ko'z yoshlarini yashirishlariga sabab bo'ladi.

6. Odamlar his-tuyg’ularni qoralashadi. His-tuyg’ulari uchun jazolangan bola ularni yashiradigan bo'ladi.

7. G’azab yomon tuyg’u va undan qochish kerak. Bolalarga g’azabni boshqarishni o’rgatish o’rniga, jazolash natijasida, ular g’azabni butunlay qoralashadi. Vaholanki, o'rinli g'azab darkor.

8. Boshqalarga ishonish – hafsalani pir qiladi. Bolaligida yordam ko'rmagan bolalar katta bo'lganda boshqalardan yordam so’rashdan qo’rqishadi.

9. Mening so’zlarim hech kimga qiziq emas. Ota-onalarning e’tiborsizligi bola nutqini befoyda deb qabul qilishga olib keladi.

10. Men dunyoda yolg’izman. Doimiy e’tiborsizlik natijasida bolalar o’zlarini yolg’iz his qila boshlaydilar.

Ota-onalar uchun bu qarashlarning qanchalik zararli ekanligini anglash muhimdir. Farzandlariga vaqt ajratish va ularning his-tuyg’ularini tushunishga harakat qilish bolalarning sog’lom shaxsiyat shakllanishi uchun asosiy omil hisoblanadi.

#tarbiya #tarjima

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

17 Dec, 16:13


Oxirgi kitobimni bir oyda yozib bo'ldim, alhamdulillah. Lekin shuni Muhammad Akbarga bersam, ikki oy imloviy xatolarini tekshiradi-da! 🙄

#Tabassum

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

17 Dec, 04:48


Yig’layotgan bolani tinchlantirish

Bola uchun yig’lash — bu muloqot qilish usuli, ammo uning tabiiyligiga qaramay, yig’layotgan bolani tinchlantirishga harakat qilish zarar qilmaydi.

Ota-onalarda tabiiy ravishda savol tug’iladi: “Bolani qanday tinchlantirish mumkin?” Ba’zan bu mushkul tuyulsa-da, sabablarini tushunish sizga yig’layotgan chaqaloqni tinchlantirishni o’rganishga yordam beradi. Unutmang: siz hammasini to’g’ri qilyapsiz.

Yig’lash — nimadir noto’g’ri ekanini aytishning yo’li. Bolani tinchlantirishni o’rganishda muhim jihat — uning bezovtaligiga nima sabab bo’lganini aniqlashdir. Bolangiz quyidagi holatlarda yig’lashi mumkin:
1. Och bo’lsa;
2. Qorin dam bo’lishi yoki kekirish bezovta qilsa;
3. Taglikni almashtirish kerak bo’lsa;
4. Shunchaki bir joyda zeriksa;
5. Uxlamoqchi bo’lsa.

Bolani o’rash
Sizga go’dakni o’rash uni qo’zg’almaydigan qilib qo’yishdek tuyulishi mumkin. Ammo yig’layotgan va bezovta bolaga bu ona qornidagi holatni eslatadi. Bolani qanchalik qattiq o’rash mumkin? U qo’l-oyoqlarini erkin qimirlata olmasligi uchun yetarlicha qattiq o’rash kerak.

Massaj qiling
Sizning yumshoq, mehrli teginishingiz chaqaloqni tinchlantirish yoki ichakdagi og’riqlarni yengillashtirishda mo’jiza yaratishi mumkin. Ko’pgina bolalar jismoniy aloqani yoqtirishadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, massaj qilingan bolalar kamroq yig’laydi va yaxshiroq uxlaydi.

Shunchaki bolani yechintiring va oyoqlari, qo’llari, orqasi, ko’kragi va yuziga sekin, mahkam, ammo muloyim harakatlar bilan massaj qiling. Agar bolada gaz yig’ilishi kuzatilsa, qorinini soat yo’nalishi bo’yicha silashingiz yoki uning oyoqlarini “velosiped” mashqidek harakatlantirishingiz mumkin. Bu qorin bo’shlig’idagi bosimni kamaytiradi.

#parvarish #tarjima

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

16 Dec, 14:34


Farzandim telefondan uzila olmayapti. Nima qilish kerak?

Bugungi kunda ko‘plab bolalarning hayoti deyarli to‘liq gadjetlarga bag‘ishlangan. Agar oilada smartfon (yoki planshet, noutbuk) paydo bo‘lsa, bola quyidagi odatlarni shakllantirishi mumkin: o‘yin o‘ynab ovqat yeyish, qo‘shni xonada o‘tirib, sizga ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar yozish, telefon bilan uxlab qolish va hokazo.

Buning sababi nimada?
Bolalarga texnikani juda erta berib qo‘yish odatiy holga aylanib bormoqda. Psixologlar ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarga umuman telefon bermaslikni, undan keyin esa juda cheklangan miqdorda va ehtiyotkorlik bilan foydalanishni tavsiya qiladi. Ammo bu qoidalarga amal qilish oson emas, ayniqsa, agar kechki ovqat tayyorlash kerak bo‘lib, bola esa o‘yinchoq talab qilayotgan bo‘lsa.

Telefonni olib qo‘yish yaxshi yechim emas
Telefonni tortib olish vaziyatni yanada og‘irlashtiradi.
1. Siz bolaning ko‘z o‘ngida “birinchi raqamli dushman”ga aylanasiz va u bilan aloqa uzilib qolishi mumkin.
2. Gadjetlar zamonaviy hayotning ajralmas qismi bo‘lib qolganini unutmang. Farzandingizni telefondan mahrum qilish uni tengdoshlari bilan muloqot qilish imkoniyatidan ham mahrum qiladi.

Bolani telefondan chalg‘itishga yordam beruvchi maslahatlar:

“Gadjetsiz zonalar” joriy qiling. Masalan, har kim o‘z xonasida telefon ishlatishi mumkin, lekin oshxonada hech kim gadjetdan foydalanmaydi. Eng muhimi, bu qoidaga o‘zingiz ham amal qiling.

O‘zingiz namuna bo‘ling. Agar bolaga telefondan foydalanishni cheklayotgan bo‘lsangiz, uning oldida “Quvnoq ferma”da sabzavot yig‘mang. Bolalar uchun asosiy namuna – ota-onalaridir.

Gadjet o‘rnini bosadigan faoliyat taklif qiling. Telefon bolaga “haqiqiy dunyo”ni bera olmaydi. Unda telefon bera olmaydigan mashg‘ulotlar taklif eting: birgalikda ovqat tayyorlash, uycha yasash, sayohatga chiqish yoki sport bilan shug‘ullanish. Stol o‘yinlari yoki konstruktordan foydalanish unchalik samarali bo‘lmasligi mumkin, chunki ularni internetda ham qilish mumkin.

#tarbiya #tarjima

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

27 Nov, 03:00


Kichik bola bilan telefonda gaplashishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Bolalar bilan telefonda gaplashish biroz qiyin bo'lsa-da, dastlabki vaqtlarda bu juda qiziqarli va o'zgacha zavqli bo'ladi. Ayniqsa, farzandingizning endi tili chiqayotganda.

Kichik bola bilan telefonda suhbatlashishni osonlashtirish uchun quyidagi jihatlarni inobatga olish tavsiya etiladi:

1. Yoshga mos muloqot qilish.
Bolalar odatda 1,5–2 yoshdan boshlab telefonda qisqa suhbatlarga qiziqish bildiradi, ammo bu bosqichda ular faqat bir necha so‘z yoki sodda jumlalar bilan muloqot qiladi. 3–4 yoshga kelib, bolalar fikrlarini yaxshiroq ifodalay oladi, bu esa telefonda muloqotni sezilarli darajada osonlashtiradi.

2. Qisqa va oddiy gaplarni ishlatish.
Bolalar bilan telefonda gaplashayotganda gaplaringizni sodda va qisqa qilib tuzing. Bolaning diqqatini uzoq vaqt ushlab turish qiyin, shuning uchun ortiqcha so‘zlardan qochib, asosiy mazmunni yetkazishga harakat qiling.

3. Savol-javob usulini qo‘llash.
Bola bilan faol muloqot qilish uchun unga oddiy savollar bering. Masalan: “Bugun nima qilding?”, “O‘yinchoqlaring bilan o‘ynadingmi?” kabi savollar bolani javob berishga undaydi.

4. Ohangga e’tibor bering.
Bolalar so‘zlardan ko‘ra ovoz ohangiga ko‘proq e’tibor beradi. Mehrli, quvnoq va bolaga mos ohangda gapirish orqali suhbatni qiziqarliroq qilishingiz mumkin.

5. Bolani rag‘batlantirish.
Agar bola gaplashishga urinayotgan bo‘lsa, uni maqtang va qo‘llab-quvvatlang. Bu, ayniqsa, nutq rivojlanayotgan davrda bolaning ishonchini oshiradi.

6. Texnik vositalardan ortiqcha foydalanmaslik.
Telefonda muloqot qilishni bolaga o‘yin sifatida ko‘rsatmaslik kerak. U texnik vositalardan faqat aloqa uchun foydalanish lozimligini his qilishi muhim.

Kichik bola bilan telefonda gaplashish sabr va tushunishni talab qiladi. Ularning qobiliyati yosh o‘tishi bilan rivojlanadi, shuning uchun bolaning ehtiyojlarini inobatga olib, muloqotni asta-sekin kengaytirib borish kerak.

#parvarish

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

26 Nov, 01:24


Ajrashish uchun ruxsat berilgan o'rinlar bor, lekin bu haqida ommaviy gapiravermaslik kerak deb o'ylayman. Toki ajrashish fikri erkak va ayollarda variant sifatida xayolining bir chetida turmasin. Bor imkoniyatini ishga solib oilani mustahkamlash, farovon hayot kechirishga harakat qilsin, mabodo og'ir holatlar bo'lib qolsa, ikki tomon birgalikda ishonchli kishilarga maslahat solsa, ana unda haqiqatda ajrashish o'rinli deb topilsa, shunda xotirjam holda, yaxshilikcha ajrashish kerak.

Ba'zi psixologlar ijtimoiy tarmoqlarda osonlikcha ajrashishni taklif qilyapti: "O'zingni yomon his qilyapsanmi, mehr-e'tibor ko'rmayapsanmi — ajrash!" degan ma'noda. Bu juda noto'g'ri, bunga qarshi turishimiz, bunday kishilarni tinglash, ularga ergashishdan o'zimiz va oilamizni saqlashimiz lozim.

#Ajrashish #ogohlantirish

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

24 Nov, 17:31


Xola ona o‘rnidadir

Bugun xolamni ko‘rdim, viloyatda yashaganlari sababli anchadan beri ko‘risha olmagan edik. "Ko‘rgim kelsa, internetdan videolaringizni topib, ko‘rib o‘tiraman", — deydilar. Juda ta’sirlandim...

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

23 Nov, 03:02


Davomi

2. Baxtli ota-onalar
Bola muvozanatli bo‘lib o‘sishi uchun uning atrofida o‘z o‘rnini topgan va dunyoni ijobiy ko‘radigan hech bo‘lmaganda bitta inson bo‘lishi kerak. Bunday odamni ko‘rib, bola o‘zini xotirjam his qiladi va kelajakda o‘z o‘rnini topishga ishonadi. Masalan, agar siz nashriyotda ishlasangiz va ishingizni yaxshi ko‘rsangiz, bolangizni o‘sha joyga olib boring. Bunday muhit bola uchun qiziqarli va ilhomlantiruvchi bo‘lishi mumkin.

Davomi bor

#tarbiya #tarjima

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

22 Nov, 15:01


Bola eshitganiga emas, ko'rganiga ergashadi

Farzandingiz kunining bir qismi maktabda o‘tsa, qolgan qismi uyda telefon qarshisida o‘tadi. Albatta, u telefonda o‘ynayotgan o‘yinlar va ko‘rayotgan videolari, multfilmlar asta-sekin uning tarbiyasiga ta'sir qiladi.

Shuni biling, multfilm bo‘lsin, musiqa bo‘lsin yoki oddiy bir video bo‘lsin, bu noxush kontentlar siz berayotgan tarbiyaga qarshi ishlashi mumkin. Ularning ichidagi yashirin ma’nolar bolaning ongi, hatto fe’liga ta’sir qiladi. Ayni shu masalada yurtimiz yoshlari uchun ham tarbiyaviy jihatga ega, manfaatli Lola Animation loyihasiga doʻstimiz Temurbek Adhamov tomonidan qoʻl urganlar.

Lola Animation loyihasining asosiy maqsadi – bolalarga manfaatli multfilmlar tayyorlash. Bu jarayon koʻp muddat hamda katta mablagʻ talab qiladi. Bunday ezgu maqsadni qoʻllab-quvvatlash har birimizning burchimizdir. Loyihani qoʻllab quvvatlash uchun botga murojaat qiling: https://t.me/lolaobunabot

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

22 Nov, 05:08


Bolalar uchun juda kerak bo‘lgan 7 narsa

1. O'ziga ishongan kattalar.
Agar siz doim bolangizdan “Qayerda uxlashni xohlaysan?”, “Nima yeysan?” deb so‘rab, uning istagini topishga urinaversangiz, natijada bola kattalarni boshqarishni o‘rganadi. Aynan shunday — kattalar bolalarni emas, bolalar kattalarni boshqaradi.

Ba’zida bola birdaniga to‘rt kattani: onasi, otasi, buvisi va bobosini boshqarib qoladi. Bu bolaga juda og‘ir yuk bo‘ladi va uning ichki resurslari tez tugaydi. Bu esa injiqlik, agressiya, yomon uyqu va ovqatlanish kabi muammolarga olib keladi. Bolaga yo‘l ko‘rsatadigan va unga ishonch beradigan katta kerak.

Davomi bor

#tarbiya #tarjima

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

21 Nov, 03:00


Kattalar uchun yozilgan kitobda yo‘l qo‘yilgan xatoni tuzatish mumkin, lekin bolalar uchun yozilgan kitobda ketgan xatoni tuzatib bo‘lmaydi, bu xatodan bola ogohlantirilsa, xato uning zehniga chuqurroq o‘rnashadi.

Abdulla Qahhor

#Kitob

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

19 Nov, 05:02


Sovun jismni poklagani kabi mutolaa ham ruhimizni poklovchidir!

#Kitob

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

18 Nov, 15:46


Samimiy bo'ling. Uchta qaytariqdan qayting: shikoyat qilmang, ayblamang, bahona qilmang.

#tavsiya

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

18 Nov, 03:00


"Mushukcha"ning ichiga pul solib yig‘amiz-u, fil kabi xarajatlar bizni kutadi!

#Shunchaki

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

17 Nov, 18:04


Nikoh sevgining beshigi bo'lishi lozim, tobuti emas!

#Nikoh

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

17 Nov, 07:41


Bola ilk qadamlarini tashlay boshlaganda uning xavfsiz va qulay harakat qilishi uchun quyidagi jihatlarga e’tibor berish kerak:

1. Xavfsiz muhit: Uyda bolaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni olib tashlang. Stolning o‘tkir burchaklari, kichik va yutilishi mumkin bo‘lgan buyumlar, xavfli elektr jihozlari boladan uzoqroqda bo‘lishi kerak.

2. Qo‘llab-quvvatlash: Bola ilk qadamlarini tashlayotganda uni kuzatib, kerak bo‘lsa, yonida yuring. Biroq unga o‘z kuchiga tayanib turishni va harakatlanishni o‘rgatish uchun ozgina mustaqillik ham kerak.

3. Yumshoq pol: Bola yiqilib ketganda jarohat olmasligi uchun bola harakatlanayotgan joy yumshoq bo‘lishi muhim. Buning uchun gilam yoki maxsus yumshoq pol qoplamalari bo'lishi kerak.

4. Mos poyabzal: Boal ilk qadamlarini tashlayotgan vaqtda unga mos, yumshoq va egiluvchan poyabzal yoki yalangoyoq yurishga imkon berish tavsiya etiladi, chunki bu oyoq mushaklari va muvozanatni yaxshilaydi.

5. Rag‘batlantirish: Bolani rag‘batlantirish uchun sevimli o‘yinchoqlarini yoki sevimli odamlarni ishlatib, qadam tashlashga undash mumkin. "Maashaalloh! Alloh qadamingni toyiltirmasin!", "Ha, kelaqol!" kabi qo'llab-quvvatlovingiz ham uni rag'batlantiradi.

6. Sabr: Har bir bola o‘ziga xos ravishda rivojlanadi. Sabrsizlik qilmaslik va bolani ortiqcha majburlamaslik, unga ijobiy va rag‘batlantiruvchi muhit hozirlash muhimdir.

Agar bola uzoq vaqt davomida yura boshlamasa yoki qiyinchiliklarga duch kelsa, pediatrga murojaat qilish tavsiya etiladi.

#Parvarish

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

15 Nov, 03:01


Bolaga "yo'q" deb qanday aytish kerak?

Eng muhim qoida: 2,5-3 yoshgacha bo'lgan bolalarga taqiq qo'yilmaydi. Bu davrda faqat hayot uchun xavfli bo'lgan narsalar taqiqlanadi.

Albatta, biz bola odobli bo'lishini istaymiz. Masalan, pediatrning sochini yulish yoki boshqalarning sumkasiga qo'l solish mumkin emas. Lekin, afsuski, bola hozir buni tushunmaydi (shuningdek, "meniki" va "boshqaniki"ni ajrata olmaydi).

Bundan tashqari, bu yoshdagi bolada xotira asosan qisqa muddatli bo'ladi. U vaziyatlarni bir-biriga solishtirmaydi va o'xshashliklarni izlamaydi. Uydagi rozеtkaga barmoqni tiqish mumkin emas, demak, mehmonga borganda ham mumkin emas degan tushunchasi yo'q uning. Shuning uchun yana bir qoida: bir taqiq doim va har yеrda amal qilishi kеrak!

Taqiqlashning eng yaxshi yo'li tana tili vositasida bo'lganidir. Yuzingizga yеtarli jiddiy ifoda bеring, barmoq bilan tahdid qiling. Qichqirmang, lekin har doim qat'iy va ishonchli gapiring. Agar sizning harakatlarga javob sifatida bola yig'lasa, unga achinmang: bu yig'i eshitganini mustahkamlamoqda.

#tarbiya #tarjima

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

14 Nov, 15:00


Assalomu alaykum.

Bugun sizlarga jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan insonlarning foydali telegram kanallari haqida ma’lumot berib o‘tmoqchimiz.

Ularning aksariyati ijtimoiy tarmoqlarning faollari, xalqqa ziyo, ma’rifat ulashish yo‘lida jonbozlik qilib kelayotgan kishilar bo‘lgani uchun yaxshilikni sizlarga ilindik.

Ushbu havola orqali o‘tib kanallarga obuna bo‘ling va manfaatlaning:
https://t.me/addlist/UmRxZYxqo6VmYzU9

G'iyosiddin Yusuf | blog

13 Nov, 14:15


Bolada mas'uliyat tuyg'usini shakllantirish uchun 3 muhim omil:

Ota-onalarning namuna bo'lishi.
Bolalar ota-onalarning kuchli jihatlaridan ko'ra, zaifroq tomonlarini ko'proq takrorlashadi. Agar ota-onalar va'dalarini bajarmasalar (hatto arzirli sabab bilan bo'lsa ham), bola shu xatti-harakatni o'zlashtiradi va o'zining sabablari muhim deb hisoblaydi.

Erkin tanlov huquqi.
Bolalar o'z harakatlariga javobgar bo'lishlari uchun avvalo o'zlari tanlash imkoniyatiga ega bo'lishlari va nima uchun shunday qilayotganini anglashlari kerak.

Sabr-toqat va ongli yondashuv.
Siz bir kundayoq mustaqil va mas'uliyatli bola tarbiyalay olmaysiz, unga "Endi sen o'zing darslarni qilasan, uyga vazifangni o'zing tayyorlaysan" deb bunga erisha olmaysiz. Bu uzoq, mashaqqatli yo'l va unga qadam-baqadam yetiladi.

#tarbiya #tarjima

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

13 Nov, 07:31


Avval videoni ko'ring. 👆

Kursni bepul qo'lga kiritish uchun

G'iyosiddin Yusuf | blog

13 Nov, 03:00


Bola bilan yuzma-yuz

1. Bolaningiz uyqudan uyg'onganda unga: "Xayrli tong!" — deng va... javobini kutmang. Kunni xush kayfiyatda boshlang, tanbeh va janjallarsiz.

2. Bolangizni koyiganingizda "Sen doim", "Sen umuman", "Sen har doim..." kabi so'zlarni ishlatmang. Sizning bolangiz umuman va har doim yaxshi, u faqat bugun nimadir noto'g'ri ish qildi. Unga aynan shu haqida gapiring.

3. Bola bilan janjallashib xayrlashmang. Avval yarashib oling, keyin o'z ishlaringizga keting.

4. Hatto oliyjanoblik ko'rsatgingiz kelmaganda ham oliyjanob bo'ling va bolangizga bu fazilatni o'rgating. Yodda tuting, xulq-atvor — bu ko'zgu, unda har bir kishining haqiqiy qiyofasi aks etadi!

5. Bolangizni uyga, oila davrasiga bog‘lanishiga harakat qiling. Uyga qaytganingizda: "Uyimizda qanday yaxshi!" — deyishni unutmang.

6. Bolangizga: "Yolg'on gapirma, rost gapir" demoqchi bo'lganingizda yaxshisi "Rostini ayt" deng. Yanada yaxshiroq variant — jilmayib: "Kimdir haqiqatni gapirmayotganga o'xshaydi", — deyishdir.​​​​​​​​​​​​​​​​

"Sog‘lom bolalar" kanalidan #tarjima qilindi

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

12 Nov, 17:23


Yetarlicha uxlash nafaqat umrni uzaytiradi, balki ish vaqtini ham qisqartiradi!

#Tabassum #tarjima

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

10 Nov, 17:12


Ilk bora kitobda nomim yozilganda judayam sevinib, ta'riflab bo'lmas tuyg'ularni boshdan kechirganman.

O'sha kitobni onam va ustozimga ko'rsatish uchun Samarqandga olib borganman. Ular ham rosa xursand bo'lishgan.

Boshida nomim yozilgan har bir kitobni olib, yig'ib bordim. Keyinchalik bu oddiy hol bo'lib qoldi va bunday kitoblarning hammasi ham hozir o'zimda yo'q.

Ammo mualliflik kitoblarim nashr qilina boshlanganda imkon qadar kitobni nashrga tayyorlashda xizmati singgan har bir kishining ismini yozishga e'tiborli bo'laman. Hatto ozgina hissa qo'shgan bo'lsa ham.

Umid qilamanki, bu borada ortimdan norozi bo'lib gapirib yurishmaydi, mabodo unutish sababli kimningdir ismini yozmagan joyimiz bo'lsa, menga eslating, iltimos.

#ijod

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

10 Nov, 03:15


2024-yilni uchta yangi kitob bilan yakunlaymiz, inshaalloh.🎉

"Siz ham bola bo'lganmisiz? — farzand tarbiyasiga doir xatolar haqida.

"Sevdirib tarbiyalang" — farzand tarbiyasiga tavsiyalar, tarjimalar.

"Go‘zal xulqlar" — bolalar uchun odob-axloq saboqlari.

#Ijod

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

09 Nov, 16:20


Jasur Muhammad do'stimiz yangi loyihaga qo'l uribdilar, bizni ham taklif qildilar. Alloh manfaatli qilsin!

G'iyosiddin Yusuf | blog

09 Nov, 16:19


❗️Demak, boshladik…

📣 Mutlaqo yangi formatdagi "Telegram Podcast" loyihasiga start beramiz!

- Hamma ishni o’z ustasi qilgani yaxshi deganlaridek, loyihamizda sizni o'z ishining malakali mutaxassislari, o'z qadriyatiga ega ustozlarimiz tomonidan foydali va ta'sirli bo'lgan suhbatlar kutib turibdi.

Loyihada ishtirok etish mutlaqo BEPUL. Qadriyatli loyihada ishtirok etish imkonini qo'ldan boy bermang

Hoziroq ro'yxatdan o'ting: @tg_podcast_bot
@tg_podcast_bot
@tg_podcast_bot

G'iyosiddin Yusuf | blog

09 Nov, 15:36


"Kenja farzandlaringizga ko'proq vaqt ajrating, chunki ular siz bilan oz vaqt birga bo'ladi".

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

09 Nov, 14:55


🎉 Xushxabar, Lola Animation multfilmi endi YouTubeda!

Do'stlar, bizni shu vaqtgacha qo'llab-quvvatlab kelgan obunachilar, bugun sizga 3 yil davomida tayyorlagan ishimizning ilk namunasini taqdim etamiz. Ishonamizki, Lulu va Nana nomli, ko'p qismli multfilm sizga va bolajonlarga manzur bo'ladi. Ushbu multfilm farzandlarimizning tarbiyasiga ijobiy ta'sir o'tkazishiga ishonamiz va maqsadimiz ham shundan iborat.

So'rardikki, multfilmni farzandlaringiz, jiyanlaringiz, umumiy olganda bolalar bilan birga tomosha qiling. Multfimdagi g'oyalarni batafsil tarzda ularga tushuntirib bering. Agar sizning qurilmangiz Dolby Digital formatni (maxsus ovoz vositasi) qo'llab-quvvatlasa, multfilmni yanada maroq bilan tinglashingiz mumkin bo'ladi. Multfilmdagi barcha jarayonlar, animatsiyadan tortib ovozgacha eng original holda bo'lib, o'zbek xalqiga tuhfa tarzida multfilmni taqdim etamiz!

Marhamat tomosha qiling: https://youtu.be/RFrpXcHtplA

Ko'proq bolalarga yetib borishi uchun ushbu havolani barcha tarmoqlarda ulashing! Do'stlaringiz, tanishlaringiz, hamkasblaringizga ya'ni barcha-barchaga tavsiya qiling. Bizga eng katta yordam bu tavsiyangiz va qo'llab-quvvatlashingizdir!

👉 Qo'llab-quvvatlash

@lola_animationuz

G'iyosiddin Yusuf | blog

09 Nov, 03:02


Bolalarda ijodkorlik

Bolalardagi ijodkorlik qobiliyatini saqlab qolish va rivojlantirish bolalarning kelajakdagi intellektual va ijtimoiy muvaffaqiyatlari uchun juda muhimdir. Buning uchun ota-onalar va tarbiyachilar bolalarga ijodiy muhit yaratib berishlari zarur. Bu muhit bolalarga o‘z fikrlarini erkin ifoda etish, xatolardan qo‘rqmaslik va yangi narsalarni sinab ko‘rish imkoniyatini berishi kerak.

1️⃣ Bolalarga o‘yin orqali o‘rganish imkonini berish lozim. O‘yin ijodiy fikrlashni rivojlantirish uchun qulay vosita hisoblanadi. Masalan, qog‘oz va rangli qalamlar yordamida rasm chizish, lego va konstruktorlar bilan qurilish qilish, qo‘g‘irchoq yoki yumshoq o‘yinchoqlar yordamida rolli o‘yinlar o‘ynash ijodiy tasavvurni oshiradi.

2️⃣ Ularni kitob o‘qishga va xulosalarini yozishga undash muhim. Bu bolalarning so‘z boyligini kengaytiradi va o‘z his-tuyg‘ularini aniq ifodalashga yordam beradi. Shuningdek, bolalarni savollarga javob berishga emas, balki savollar berishga undash ularning qiziqish va tafakkur doiralarini kengaytiradi.

olalarning xatolariga ijobiy munosabatda bo‘lish va ularni ijodiy

3️⃣ Muvaffaqiyatsizliklardan saboq olishga o‘rgatish kerak. Bu ularga imkoniyatlarini sinab ko‘rishga va o'z qobiliyatlariga bo‘lgan ishonchni oshirishga yordam beradi.

Bolaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda asosiy maqsad ularni tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va yangicha qarash qobiliyatlarini oshirishdir. Ota-onalar, tarbiyachilar va pedagoglar bu yo‘lda bolalarning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlab, ularni ijodiy ishlarga rag‘batlantirishi kerak.

Ijodkorlik cheksiz imkoniyatlar dunyosini ochadi. Shunday ekan, bolalarning ijodiy tafakkurini saqlab qolish va rivojlantirish uchun ular bilan birgalikda ijodiy jarayonlarga sho‘ng‘ish, ularni hurmat bilan tinglash va rag‘batlantirish biz kattaning vazifamizdir.

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

08 Nov, 13:58


#Бепул
#Янгилик

😊 “HR Yordamchi” дастуримизни ҳадя қиламиз!

“HR” ларга ёрдамчи бўлиши учун веб ва мобил илова кўринишида ишлайдиган “HR Yordamchi” номли дастур ишлаб чиққанмиз. Ҳозирда бундай дастур ва ботлар бор, лекин барчаси пуллик.

Биз эса бу дастуримизни барча учун ойлик обуналарсиз ва бошланғич тўловларсиз мутлақо бепулга бермоқчимиз.

Агар сизнинг корхонангизда 20 дан ортиқ ходим ишласа, бу дастур айнан сизга мос келади. Дастур ҳақида батафсил маълумотни видеодан олишингиз мумкин.

Дастурни ўрнатиб, корхонангизни автоматлаштиришни истасангиз, қуйидаги ҳавола орқали биз билан боғланинг!

https://forms.gle/J3xBrPe4HzSnERxY6

https://bio.link/abdulhakimzarif

@HRYordamchi_Uz

#itpark #hr #hh #ceo #news #uzbekistan #it #business #biznes

G'iyosiddin Yusuf | blog

08 Nov, 03:00


Shaxsiy blogni qanday yuritish kerak?

Bu boradagi shaxsiy fikrlarim, qat'iy qoida emas.

Shaxsiy blog sizning shaxsingizni ochib beradigan sahifa bo'lishi kerak. Ya'ni bir kishi sahifangizga kirganda sizning kim ekaningizni tasavvur qila olsin. Buning uchun blogingizda:
— o'zingiz haqingizda ma'lumot berishingiz (ayollar sir saqlashga haqli);
— shaxsiy hayotingizga doir ba'zi ma'lumotlarni o'rtoqlashib turishingiz;
— mutaxassisligingiz bo'yicha yoki qiziqishingizdan kelib chiqib bir yo'nalishda ma'lumot berib borishingiz kerak.

Shaxsiy blogda ustozlaringizning gaplari, o'rgatganlarini yozib borishingiz yaxshi — obunachilarning sizga ishonchini oshiradi. Ularning savollariga javob berishingiz, izohlarda javob qaytarishingiz ham ijobiy aloqa o'rnatish uchun muhim.

Lekin shaxsiy blogda faqat boshqalarning gaplari, iqtiboslar berib boraverish yaxshi natijaga olib kelmaydi. Chunki bu sizning shaxsiyatingizni yo'qqa chiqaradi. Iqtiboschi ruknidagi blog bo'lsa, bundan mustasno. Shunda ham ijodiy yondashuv, shaxsiy qarashlar bo'lishi kerak.

Shaxsiy blog yurituvchi shaxs — blogger jamiyatdagi voqea-hodisalarga munosabat bildirib borishi ham muhim. Imkon qadar o'z mutaxassisligi bo'yicha voqeani tahlil qilgani afzal. Lekin har bir trendga aralashaverish obro'ga zarar yetkazadi deb o'ylayman.

Shaxsiy hayotingizni olib chiqmasangiz, tanlovingizni hurmat qilaman. Agar uning bir qismini bo'lishaman desangiz, me'yor va chegaralarni unutmang. Masalan, ba'zilar har bir qilgan ishini yozib borishga, surat, video qo'yishga shu darajada kirishadiki, hojatxonadan efir qilmaydi, xolos! Bu yaxshi emas, albatta. Ayniqsa, instagramchilar bunga e'tiborli bo'lishi lozim.

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

07 Nov, 06:54


Amerika hayotidan

Amerikadagi bir akamiz aytib qoldilar: o‘zbek oilalaridan birida erkak kishi bir necha kunlab ishga chiqib ketar ekan. Bola ko‘chada va maktabda inglizcha gapirish uchun inglizcha gapirishga odatlanib qolgan. Ota uyda ekanida bolasi bilan do‘konga chiqsa, bola o‘ziga kerakli narsani otasidan ingizchalab so‘ragan, u kishi tushunmagan, hatto gugl tarjimon orqali farzandi bilan gaplashgan.

Bu voqeani menga aytib bergan akamiz "Mana shu bizning qaytishimiz kerakligini ko‘rsatadi!" dedilar...

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

07 Nov, 03:00


Azizlar, bizda haftalik ixtiyoriy xayriya amalimiz bor edi. Keling, bu haftaning hisobidan ehsonimizni o'tkazib qo'yaylik. Men uni haqdorga yetkazaman, inshaalloh.

Xayriya haqida batafsil.

Kim meni qo'llab-quvvatlasa, 9860 1606 0549 3933 ga qodir bo'lgancha o'tkazsin. O'z nomimda.

G'iyosiddin Yusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

03 Nov, 03:40


Kamroq ishlab, ko'proq natijaga erishish

▪️ Hayotingizni ongli boshqaring.
Har birimiz hayot yo'limizni o'zimiz tanlaymiz, lekin har qanday tanlov mas'uliyat talab qiladi. Yoqmagan ishda ishlash yoki o'qish majburiyat emas — bu sizning tanlovingiz. Yangi yo'lni tanlashdan oldin puxta reja tuzing, zarur bilim va ko'nikmalarni egallang. O'zgarish uchun mas'uliyatni o'z qo'lingizga oling.

▪️Maqsadlaringizni to'g'ri belgilang.
Maqsadlar aniq va real bo'lishi kerak. Eng muhimi, ular sizning qiziqishingiz va qadriyatlaringizga mos kelsin. Maqsadga erishish yo'lini aniq bosqichlarga bo'ling. Har bir bosqich uchun muvaffaqiyat mezonlarini belgilang. Esda tuting, maqsad faqat natija emas, balki o'sish va rivojlanish jarayoni hamdir.

▪️ Vaqtingizni oqilona taqsimlang.
Kundalik vazifalarni muhimlik darajasiga qarab rejalashtirishni o'rganing. O'zingiz uchun eng samarali ishlash vaqtini aniqlang — bu tongda yoki kunduzi bo'lgani afzal. Moslashuvchan ish jadvali tuzing. Muhimi, ish va shaxsiy hayot muvozanatini saqlang. Dam olish vaqtini ham rejaga kiritishni unutmang.

▪️ Samaradorlikni oshiring.
Kuniga bir necha marta faoliyatingizni tahlil qiling — vaqtingiz va energiyangizni to'g'ri sarflayapsizmi? Chalg'ituvchi omillarni aniqlang va ularni boshqarishni o'rganing. Masalan, ijtimoiy tarmoqlar bildirishnomalarini o'chiring, ish vaqtini bloklarga bo'ling. Muntazam qisqa tanaffuslar samaradorlikni oshirishini unutmang.

▪️ Muvozanatni saqlang.
Faqat ish bilan cheklanmang. Sog'ligingizga e'tibor bering. Oila va do'stlaringizga vaqt ajrating. Sevimli mashg'ulotlaringiz va hobbilaringiz uchun imkoniyat yarating. Bu sizning energiyangizni tiklaydi va yangi g'oyalarga ilhomlantiradi.

▪️ Moslashuvchan bo'ling.
Ishlar hamisha reja bo'yicha ketavermaydi — bu normal holat. Vaziyatga qarab moslashishni o'rganing. Stress bilan kurashish ko'nikmalarini shakllantiring. Xatolarni tabiiy deb qabul qiling va ulardan to'g'ri xulosa chiqaring.

▪️ Tinimsiz o'rganing.
Yangi bilim va ko'nikmalar egallashdan to'xtamang. Kasbiy rivojlanishga vaqt ajrating. Boshqalar tajribasini o'rganing, lekin o'z yo'lingizni toping. Sizga mos kelgan usullarni tanlang va amalda qo'llang.

Eng muhimi, bu o'zgarishlar asta-sekin va izchil bo'lishi kerak. Barcha tavsiyalarni bir vaqtda amalga oshirishga urinmang. Har hafta bitta odatni o'zgartirish yoki yangi ko'nikma egallashdan boshlang. Kichik qadamlar ham katta maqsadlarga olib boradi.​​​​​​​​​​​​​​​​

#tarjima

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

02 Nov, 03:31


Payshanba kuni Muhammad Odil domla bilan farzand tarbiyasi boʻyicha uzoq suhbat qildik. Hali yana kitoblar va oila mavzusida suhbat qilish niyatimiz bor.

Koʻrishganimizda domla yaqinda nashr qilingan kitoblarini sovgʻa qildilar. Alloh taolo ushbu kitobni barchamizga manfaatli qilsin! Domlaning ilmiy-ijodiy faoliyatlariga rivoj bersin!

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

02 Nov, 02:22


O'zimiz, ayolimiz va farzandlarimiz ilm o'rganmaguncha ahvolimiz o'nglanmaydi. Bu narsa har bir oilada bo'lsa, butun jamiyat gullab-yashnaydi.

#ilm

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

01 Nov, 07:20


Yoshi katta kishi yosh bola bilan kurashmaydi, chunki g‘olib bo‘lishini biladi — ma’lum bo‘lib turgan natija uchun harakat qilishning qizig‘i yo‘q. Gʻalaba qozonishni istagan holda munosib raqib bilan mashaqqat chekib kurashishning zavqi boshqacha bo‘ladi.

Xuddi shuningdek, hamisha mag‘lub bo‘laverish ham kishining hafsalasini o‘ldiradi. Bu narsa og‘zaki janjal, bahslarda bo‘lsa ham. Masalan, nodonga hech qachon bas kelib, xotinga haq ekanini isbotlab bo‘lmaydi. )

#Oila

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

30 Oct, 17:27


Hech bir narsaning sog'inchi Makka va Madinaning sog'inchi kabi bo'lmadi!

Yaqin-yaqingacha pul bo'lsa, oh-voh qilib o'tirishga hojat qolmadi, borib kelish juda oson bo'lib qoldi degan o'yda edim.

Ha, hozir ham pul bo'lsa borish mumkin. Lekin yolg'iz (tur firmasiz) borish juda qimmatga tushadi, bilishimcha. Qolaversa, o'sha o'rtacha mablag'ni topish ham oson bo'lmay qoldi...

Bir kishi amirning yoniga kelib, "Faqirman, hajga borishni istayman, mablag'im yo'q" deganda amir: "Senga haj farz emas unda", — debdi. Faqir kishi: "Men fatvo so'rab emas, yordam so'rab keldim", — degan ekan.

Ha, bu shunday maskan — qalblar talpingan, bir borgan kishi qayta-qayta borishni orzu qiladigan!

Tez orada umra firmalarga ruxsat tegib, safarlar avvalgidan ham oson va ko'p bo'lishini Alloh muvaffaq qilsin!

#safar

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

28 Oct, 03:01


Kecha Temurbek Adhamov va Jahongir Po'latov bilan bo'lgan suhbatni ko'rib, juda maza qildim, ruhiy quvvat, shijoat oldim.

Ma'lum ma'noda menda ham Temurdagi kabi chegara bilmaslik sifati borligidan mamnun bo'ldim. Aynan bugungi kundagi faoliyatim ham shuning natijasidir va bundan keyin ham shunday davom etaman, inshaalloh.

Bu suhbatdan keyin men shu kunlarda bolalar uchun bo'lgan kitoblar haqida o'ylayotgan g'oyam bo'yicha fikrim yanada qat'iylashdi. Siz ham albatta suhbatni ko'ring, juda manfaatli bo'lishiga ishonaman. Temurbek oldin hech qayerda aytmagan gaplarini aytibdi!

Suhbatni tamosha qilish: https://youtu.be/MqMzC1s9gMY?si=nbrLA1dy1oQhGyIy

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

27 Oct, 18:57


Ijodiy yangiliklar

"Go'zal xulqlar" — kitobim sahifalandi, tas'hih qilindi. Bolalar uchun bo'lgan tarbiyaviy kitob, 192 bet, rangli, rasmli. Tez kunlarda chop qilishga beriladi, inshaalloh. "Qamar" kitoblaridan sotuvga chiqadi.

"Siz ham bola bo'lganmisiz?" — musahhihdan keldi. Farzand tarbiyasida ota-onalar yo'l qo'yadigan xatolar haqida. 96 bet. Tez orada chop qilishga beriladi, inshaalloh. "Zumar" kitoblaridan sotuvga chiqadi.

#ijod

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

26 Oct, 15:02


Oila qurishda juftingizda bu uch sifat bo'lsa, kifoya.

G'iyosiddin Yusuf | blog

26 Oct, 12:58


O‘qishimizda qasam, meros mavzulari o‘tilyapti, ancha murakkab mavzular ekan. O‘zbek tilidagi kitoblardan o‘qiganimizda shunchaki o‘qib qo‘ygan ekanman, dars qilinganda boshqacha bo‘lar ekan. Masalan, qachon qasam qasam o‘rniga o‘tishi, qachon buzilishi kabi masalalar batafsil yoritilgan. Hatto ba’zi masalalarni yoritishda aynan ifoda qiluvchi so‘z bilan o‘zbek tiliga tarjima qilib bo‘lmayapti. Yodda qolishi ham qiyinroq — turli holatlar.

Meros masalasini-ku aytmasam ham bo‘ladi. Bu mavzuni imom domlalar, ahli ilmlar orasida ham yaxshi biladiganlari kam deb o‘ylayman. Darhaqiqat, meros mavzusi eng birinchi ko‘tarilgan ilmlardandir. Menga qolsa-ku, karra jadvaliga qaragan kabi kerak vaqtda merosga oid manbalardan ko‘rib olardim, lekin imtihonda bunga rozi bo‘lmaydilar-da. )

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

24 Oct, 11:18


#Yoshlar, maqsadingizga erishish yo'lida hech bo'lmasa, avvalgi yarmida sabrli bo'ling, shundan o'tib olsangiz, qolgani osonlashadi.

Aksar kishilar hali yo'lning boshida ekanidayoq taslim bo'ladi. Yarmiga erishsangiz esa kun sayin marraga yaqinlashib boraverasiz. Shuning uchun ham ishingiz osonlashib boraveradi.

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

24 Oct, 03:00


Bolani to'g'ri rag'batlantirish yo'llari 🌟

1. Jarayonga e'tibor bering, natijaga emas.
"Sen ko'p mashq qilding, tirishqoqligingni ko'rib turibman" degan gap "Sen zo'rsan!" degan maqtovdan ko'ra samaraliroq.

2. His-tuyg'ularingizni baham ko'ring.
"Men sen chizgan rasmga qarab zavqlanaman" yoki "Xonangni tartibga keltirganing meni xursand qildi" kabi gaplar bolaga uning harakatlari muhimligini ko'rsatadi.

3. Aniq harakatlarni ta'kidlang.
"Sen bugun hammaga yordam berding, bu juda yaxshi" degan gap "Qanday yaxshi bolasan!" degandan yaxshiroq.

4. Xatolarni saboq sifatida ko'ring.
"Mayli, bu safar o‘xshamadi. Keyingi safar nimani o'zgartirish mumkinligini birgalikda o'ylab ko'ramiz" deb rag'batlantiring.

5. Taqqoslashdan qoching.
Har bir bola o'ziga xos. "Akangga o'xshab a'lochi bo'lishing kerak" kabi gaplarni gapirmang.

Eng muhimi, bolangizning qalbiga quloq tuting va uni shunchaki ardoqlab, qo'llab-quvvatlang! ❤️

Mana shunday yondashuv orqali bola o'ziga ishongan, mustaqil fikrlaydigan shaxs bo'lib o'sadi.​​​​​​​​​​​​​​​​

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

22 Oct, 15:51


Shuni videoda ham aytdik. O'tib oila qurishingizga to'siq bo'layotgan muammolarni yozing. Yechim beramiz, inshaalloh.

Videoni ko'rish

#oila_qurish

G'iyosiddin Yusuf | blog

21 Oct, 16:33


Men oila qurish yoshida bo'lgan, ammo hali uylanmay yurgan yigitlarni ko'rsam, sababini so'rab, qo'limdan kelsa, yordam berishga harakat qilaman.

Chunki bizdan talab qilinadigani shu deb bilaman. Biror rivoyat, biror dalilni bilmaymanki, ulug'lar, sharafli kishilar bir bo'ydoqning ustidan kulib, mazax qilganlari haqida gap bo'lsa.

Yigitlar havas uchun uylanmay yurmaydi. Ko'pincha imkon bo'lmagani yoki munosib juft topilmasligi sabab bo'ladi. Siz ularga moddiy yoki ma'naviy yordam bering, haqqiga duo qiling, ustidan kulmang!

Ularni kamsitadigan videolar qilib, "Bo'ydoqlarga yuborib qo'yamiz" deyish ham uyatli holat!..

#Oila_qurish

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

21 Oct, 03:00


Kecha Qo'qon shahridagi "Amiriy" kutubxonasida "Ta'limga tikilgan sarmoya" nomli bepul seminar bo'lib o'tdi. Unda ustozlar Abdulhakim Zarif, Valijon To'raqulov, Omar Xalil, Jaloliddin Ikromov va kamina xodimingiz so'zga chiqdi.

Barchamiz o'z hayotiy tajriba va bilimlarimizdan kelib chiqqan holda ta'lim va tarbiya bo'yicha tavsiyalar berdik. Shuningdek, tadbir so'ngida qiziqarli savol-javoblar bo'ldi.

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

20 Oct, 17:57


Kishi ba'zan bolasiga bo'lsin deb boshqaga baxillik qilib qo'yadi!..

#farzand

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

20 Oct, 03:14


Safar

With @v_turakulov_stories

@GiyosiddinYusuf

G'iyosiddin Yusuf | blog

19 Oct, 15:00


Men imkon qadar boshqalar qilayotgan xayriya ishlariga aralashmayman, o'zim bosh bo'lib, qayerga yetib borayotganini aniq bilsam, keyin chiqaraman. Bo'lmasa, birovning haqqi birovga ketib qolmasin deyman.

Shunday qilib, yaxshilikka sababchi bo'lish maqsadida bir haftada bir marta ixtiyoriy xayriya e'lon qilsak degan fikr keldi. Karta beriladi va har kim eng kam miqdorda bo'lsa ham pul o'tkazishi mumkin.

Pullar arzirli miqdorga yetganda va haqdor chiqqanda shaxsan o'zim sarflab, hisobot beraman.

Mavzumizdan kelib chiqqan holda oilalarga yordam qilishga harakat qilamiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo. Qish kelyapti...

Kim meni qo'llab-quvvatlasa, 9860160605493933 ga qodir bo'lgancha o'tkazsin. O'z nomimda.

G'iyosiddin Yusuf