Gullayotgan yurak @gullayotganyurak Channel on Telegram

Gullayotgan yurak

@gullayotganyurak


Muallif: IRODA XOLBEKOVA

O'qigan kitoblarim va boshqa ko'plab mavzular haqida o'z fikrlarimni yozib boraman.

💍Married :)

Boshqa kanallarim: @withkholbekova @mytranslationdiary @iroda_russian

Gullayotgan yurak (Uzbek)

Gullayotgan yurak kanali IRODA XOLBEKOVA tomonidan olib boriladi. Bu kanalda, muallif o'qigan kitoblariga va boshqa ko'plab mavzularga oid fikrlarini izohlaydi. IRODA XOLBEKOVA 'Gullayotgan yurak' kanalida o'z sevgilisi bilan munosibatlarini maslahatlarini ham izohlaydi. Kanal a'zolari uchun eng foydali fikrlarni topishlari va sevgilari bilan ta'riflarini yanada kuchaytirishlari mumkin. IRODA XOLBEKOVA 'Gullayotgan yurak' kanalinin yaninda @withkholbekova, @mytranslationdiary, va @iroda_russian kanallarini ham boshqaradi. Agar siz o'qishga va sevgililar bilan munosibatlarni kuchaytirishga qiziqsiz bulsangiz, 'Gullayotgan yurak' kanali siz uchun!

Gullayotgan yurak

08 Jan, 19:09


Uchinchi ko'zim ochilyapti sekin-asta. Asmolar zikrini ertaroq o'rganmaganimga afsus qildim. O'zini tanib boryapman sekin-asta.

Bolaligimda hovlimizda yulduz sanab yotib, Xudo osmon ortiga yashiringan, qanaqa ko'rinishda ekan, deb rosa o'ylardim.

Uning 99 ta ismidagi sifatlarni o'rganar ekanman, hattoki og'ir gunoh qilgan bandalariga ham O'ziga qaytishi uchun qayta-qayta imkon berguvchi mehribon va rahmati dengizdan ham keng zot ekanini angladim.

Boshimizga sinov bersa ham, qancha musibat bersa ham faqat va faqat O'ziga qaytishimiz, O'ziga suyanishimiz va faqat O'zidan umid qilishimiz uchun berarkan. Biz voydod, nimaga ishim o'xshamaydi, nimaga niyatlarim amalga oshmaydi, deb noshukrlik qilib qo'yarkanmiz.

Hayotimizda yuz berayotgan musibatlardan, og'ir holatlardan ko'p hollarda yaxshilik va xayr izlamas ekanmiz.

Ha, barcha yo'llar faqat uning O'ziga eltuvchi, faqat biz ba'zida manzilda adashib qolarkanmiz.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

07 Jan, 08:47


Qizlik uyimga borib, latta-putta, idish-tovoq emas, kitob ko'tarib kelganim uchun ham o'zimdan faxrlanaman. Ilm olishdan to'xtamaganim va nasib qilsa hali to'xtamoqchi emasligim uchun faxrlanaman.

Maqtov yorlig'i berilsin🙃.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

07 Jan, 08:45


Afsuski, ayam kitoblarimning hammasini berib yubormadi. O'qilmaganlarini ol, o'qib tugatasan, keyin hamma kitoblaringni bervorishni o'ylab ko'raman, deb shart qo'ydi.

O'zbekistondagi uncha-muncha bojxona xodimlarini dog'da qoldiradigan ayam bor🤣.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

07 Jan, 08:44


Turmush qurmasimdan avval o'zimga narsa olmaganman sepimga deb. Kitob yig'ganman faqat.

Sarpoga uzog'i 3-4 yil ishlatilib, keyin eskiradigan, idish-tovoq, latta-puttalarni to'yga 2 hafta qolganda olganmiz.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

06 Jan, 10:39


Ko'pchilik kelinlar qizlik uyiga borsa onasi: voydoood, qaynonang shunaqa deb baqirdimi, ering so'kdimi, ha qurib ketsin.

Men qizlik uyimga kelsam mening ayamning aytadigan gaplari:

"Saodat asri kitobi" ni tezroq ob keber o'qib tugatib, akeng sovg'a qilgan. To'yingga 2 oydan o'tdi, atigi to'rt qismli kitobni o'qimay nima qilyapsan? Arab tilini o'rgan sudralib yurmasdan, meni kallam senikiday butun bo'ganda 3 oyga qomay o'rganib tashardim. Menga qara, kelin bo'lib borganingdan beri nechta kitob o'qiding o'zi? Endi bittagina Nos surasini o'rgandingmi? Sharmandaaa, kim aytadi seni 4ta til biladi, xotirasi butun qiz deb.

Men: aya, men sizni ko'rgani kegandim, erimni chaqirib tinchgina ketaqolay🤣.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

29 Dec, 04:40


"Saodat asri qissalari" kitobini ertaroq o'qimaganimdan afsusdaman. 3-qismiga keldim, Badr jangi haqida o'qiyapman.

Fevral oyida Umra qilgandik, Uhud tog'iga borganimizda chiroyli joylar ekan, deb проста tomosha qilib qaytganman)

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

23 Dec, 20:08


Aynan hozir soat tungi 1 da pianino chalishni, shahmat va tennis o'ynashni o'rgangim, teatrga borgim kelib qoldi.

Yana ovozimni baland qilib she'r o'qiyapman.

Do'xtir chaqirvoringlar)

Gullayotgan yurak

22 Dec, 12:12


Rus yozuvchisi Yuriy Yakovlev hikoyasini ruschadan o'zbekchaga tarjima qilgandim 2020-yilda. U payti sun'iy intellekt, google tarjimonlar keng yoyilmagandi.

Badiiy tarjimada ham ancha o'zimni sinab ko'rganman.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

22 Dec, 12:06


YOZUVCHI

- Hikoyangizni oldinroq yozganingizda tanlovda g'olib bo'lishingiz aniq edi. Yaxshigina pul mukofotini ham qo'lga kiritardingiz.
- Kechirasiz, maddohlik qilishga vijdonim yoʻl qoʻymadi.

Kelin

- Kelin, men sizga qachon aytgandim choy damlang, deb?!
- Mahliyo, kostyumim qani?
- Oyi, keliningiz ko'ylagimni yaxshi dazmol qilmabdi!
Bechora ayol endi choy damlab kelib, dasturxonga qo'ygandi, ichkarida bolasi yig'lab qoldi.

Mening dadam...

- Dadamning kasbi - ota, - deya javob berdi u. Qizaloqning "dadam o'lgan", deyishga tili bormadi. Dugonasi: - Mening dadam katta korxonada direktor. Seniki-chi? - deya qaltis savol bergandi.

©Iroda Xolbekova

P/s - shunaqa qisqa hajmli hikoyalar ham yozgandim. Hammasini topa olmadim, noutbukimni titkilashim kerak.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

22 Dec, 11:56


Ona monologi

Yo'lingga mushtoqman, to'rt bo'ldi ko'zim,
Farzandim, frontda to'kayapsan qon.
Tomog'imdan o'tmas bir qultum suv ham,
Qo'limda turibdi sen tishlagan non.
Ma'yus tikilaman yo'lingga har kun,
Xotira bog'ining qoq oʻrtasida.
Ko'zlarim to'la yosh, qalbimda umid,
Ko'nglimni ming alam, dard o'rtasa-da.
Bo'rondayin yelib urush nafasi,
Barcha nihollarni sindirib ketdi.
Jigargo'sham, sendan kutaverib xat
Azob, uqubat-la yillar ham o'tdi.
Kecha taqilladi darvoza nogoh
Sendan xat keldi, deb suyundim, bolam!
Qop-qora, uchburchak konvertni ochib,
Ko'zimga qorong'u ko'rindi olam.
Farzandi urushda qurbon bo'lgandek,
Pochtachi ham xomush misli qaro tun.
Shum xabar keltirib, ayblar o'zini,
Ich-ichidan yig'lar...
Jimgina, beun.
Noming o'chgur urush!
Ketgin!
Qaytma hech!
Xatni tezda ochdim, yetmayin toqat.
Ishona olmadim uning gapiga:
- Xola, Rustamjondan keldi qoraxat...
Ko'zimga birdan yosh keldi quyilib
Bu xatni ming bora o'qidim qancha:
"Dushmanlar qo'lida botir o'g'lingiz
Halok boʻldi jangda qahramonlarcha!"
Mayliga yursa ham qo'ltiqtayoqda
Qarg'a ham bolasin oppog'im, deydi.
Ko'zimdan daryodek oqardi yoshlar
Bu urush insonning qoniga to'ydi.
Bilaman - tiriksan...
Kutyapman hamon,
Yuragimga tegsin, senga tekkan o'q.
Mana,
Necha askar urushdan qaytdi,
Biroq orasida birgina Sen yo'q.
Har kuni kutaman, darvoza ochiq
Hozir sen eshikdan kelib qolarday.
- Ona, keldim! - degan so'zing eshitib,
Bir bor ko'rib, bag'rim to'lib qolarday.
Har kuni intiqdir ko'zim yo'lingga
Bilaman - qaydadir yuribsan omon.
Qahramonlar kabi jon bergan o'g'lim,
Qo'limda turibdi sen tishlagan non...

Iroda Xolbekova

P/s - bu she'rim respublika tanlovida birinchi o'rinni olgandi.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

22 Dec, 11:54


ATIR

Mittigina Donoxon
Savol berar Azimga.
- Nega dadangning atrin
Sepib tushding rasmga?

- Bilasan-ku, dadamning
Juda ham baland didi.
Rasmdan ham atirning
Kelib tursinda hidi.

EHTIYOTKOR BALIQLAR

Komil so'rar: - Baliqlar
Nega chiqmaydi suvdan?
Cho'kib ketadi axir,
Hovuz chuqur-ku juda.

- Ular suvning ostida,
Ehtiyot bo'lib yashar.
Yomg'ir yog'sa ustimiz
Ho'l bo'lmasin deyishar.

Iroda Xolbekova

P/s - karantin vaqti bolalar uchun ham she'rlar yozgandim)

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

22 Dec, 11:50


Savol

Ko'chani changitib, yurardim o'ynab,
Qushlarning iniga yog'dirardim tosh.
Ko'chada qolmasdi bir butun daraxt,
Erka qizcha edim, qitmir va bebosh.

Hech kimning gapiga solmasdim quloq,
To'polon qilma, deb koyirdi onam.
Birorta yumushni qilmaslik uchun,
Doim tayyor edi bir qop bahona.

Choynak, piyolani sindirib qo'ysam,
O'zi singandir, deb tan olmasdim hech.
Berkitib qo'yardim qo'g'irchoqlarin,
Hatto singlimni ham qo'ymas edim tinch.

Sho'xlik qilib, o'zim oqlamoq bo'lsam,
Tayyor turar edi bahona har tob.
Ammo Mahshar kuni gunohlarim-chun
O'ziga nima deb beraman javob?!

Iroda Xolbekova

P/s - 16 yoshimda yozgan she'rim. Xato va kamchiliklar talaygina, vauv deydigan yakun ham yasalmagan, adashmasam oxirgi yozgan she'rim shu edi.

Uch yildan beri she'r yozolmayapman, ammo hikoya yozamanu uni ham hech kimga o'qitmayman. Onda-sonda singlimga shunaqa deb yozdim, deb yozganlarim haqida gapirib berardim.

Avval oldimdan qush uchib o'tib ketda ham shu qush haqida she'r yoki hikoya yozvorardim. Orada "o'chib qoldim".
Yana nimadirlar yozgim kelyapti.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

20 Dec, 06:46


Я не брошу на полпути❤️‍🩹.

Ведь завтра будет лучше чем вчера)

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

20 Dec, 04:30


Yo Rab,
Ishqingda yor kuymoqdaman diydoring tilab.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

18 Dec, 08:32


Shayximizning kitoblarini o'qish tartibi.

"Iymon", "Amallar niyatlarga bog'liqdir", kitoblarini o'qiganman. "Baxtiyor oila" kitobini qaynonamning o'g'li to'ydan oldin o'zi sovg'a qilgan qir yuzi besh million martalik qistovlardan keyin :)

Bularni men aytmagandek senga kitob olib keldim, deb huddi syurpriz qilgandek olib berishi uchun atay kanalga tashlayapman🤣.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

17 Dec, 12:41


Berganinggayam shukr, xayrli emas ekan, ortiq umidvor qilmay vaqtida yana o'zing qaytib olganinggayam shukr.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

15 Dec, 14:03


​​Omina Shenliko'g'lining "Nasroniy atirguli" kitobini 🥱shunday holda mutolaa qilganman, shaxsan mani adashtiradigan, chuqur o'ylashga majbur qiladigan syujetga duch kelganimni eslolmayman.

Haqiqatan ham zo'r yozilgan diniy kitoblarni o'qimay turib, ular ham shunaqa zerikarli, deya shoshib qaror chiqarishga majbur qilib qo'ydi bunaqa asarlar.

Asar mavzusi faqat kimnidir o'z diniga kirg'izish, e'tiqodiga majburlashdan iborat. Bu jiddiy masala har kimning o'zining o'ta shaxsiy ishi bo'lishi kerak, degan fikrdaman. Mayli, dinga kirishni bir martagina aytish kerak, amal qilish yoki qilmaslik esa aytilgan kishiga bog'liq.

Tolerant bo'lishni o'rganganman. Avval kimdir ateistman desa, voy tovba bu odam nimaga Xudoga ishonmaydi, shunaqalaram borakanda, derdim. Hozir buni to'g'ri qabul qilaman. Darvin nazariyasini ham inkor etmayman, odamning yaralishi borasidagi diniy qarashlarni ham.

Asarda bitta syujetga to'xtalmoqchiman: bir nasroniy kelinchak farzand dunyoga keltirish arafasida musulmon qaynonasi ovqat bermaydi, issiq xonaga kiritmaydi, hattoki to'lg'oq vaqtida doya chaqirmaydi.

Insoniylik kishining qaysi dinga e'tiqod qilishi yoki qilmasligi bilan o'lchanmaydi.

Xullas, Omina Shenliko'g'lining shu asarida bitta narsa hadeb chaynalavergan, katta ehtimollar bilan boshqalari ham shundaydir.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

14 Dec, 11:13


​​"O'tkan kunlar" ni shoshilib erta o'qib qo'yganimdan haligacha afsuslanaman. O'n to'rt yoshda edim o'shanda.

Kitob huddi Otabek va Kumushning sevgi mojarosidan boshqa narsadan iborat emasdek tuyulgan. Axir, o'sha vaqtdagi tovuqnikidek tor miyyam bilan nimaniyam anglashim mumkin edi?

Jadidlarni negadir boshqacha yaxshi ko'raman, ularga bo'lgan mehrimni ta'riflab berish qiyin. Endi jadidlarning asarlarini o'qishga tishim o'tsa kerak, deb o'ylayman, yanayam bilmadim.

Jadid adabiyotini katta ehtimollar bilan "O'tkan kunlar" asari bilan boshlasam kerak.

P/s - kitobni endi o'qigan vaqtimda Qodiriy chalasavod bo'lgan, o'tgan deb yozish kerak, asar sarlavhasi xatoku, deya o'ylaganimni aytmoqchi emasdim. Ammo mayli...

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

13 Dec, 03:59


"Sevimli'' telekanalida qaynona kelinini kitob o'qimaysan, ayol kishi o'z ustida ishlashi kerak, deb urishyapti. Kelin qaynonasidan hamshiralik kursida o'qish uchun ruxsat so'rayapti.

Shok bo'lib qoldim nahotki qaynonalar kelinini sep qilib kelmading, deb emas, o'qigin deb urishyapti, deb.

Bardavom bo'lsin.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

11 Dec, 06:40


​​"Choy damla"

Er har kuni ishdan kelib xotiniga faqat:
- Choy damla, - derkan.
Bir kuni xotinining jahli chiqib:
- Har kun shu ahvol: "Bor choy damla", "Ovqating tayyormi?", - deyaverasiz. Qachon biz ham madaniyatli insonlarga o‘xshab gaplashib o‘tiramiz?! - debdi...

Ertasiga ishdan kelib xotiniga:
- Jonim, Sahobalar qissalardan o‘qiganmisan? - debdi.
- Yo‘q.
- Senga kimning qiroati yoqadi: Аbdulbositnikimi yoki Minshaviynikimi?!
- Kim ular?
- Muhammad payg'ambarimizning hadislaridan birortasini yodlaganmisan?
- Yo‘q, yodlamaganman.
- Hech bo'lmasa "O‘tgan kunlar"ni o‘qiganmisan?!
- Yo‘q.
- Tur, choy damla!

Bu hikoya biroz kulgili tuyulishi mumkin, lekin uning mazmuniga yaxshilab e'tibor bersangiz, insonni yig'lashga majbur qiladi.

Qiz bola nima uchun ilm olishi kerakligining yana bir sababi ham shunda mujassam.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

09 Dec, 17:48


Boshingga sinov kelsa O'ziga isyon qilasan nimaga bunday bo'ldi, qaysi gunohim uchun jazo, deb.

Birozdan so'ng yana O'ziga shukr qilasan sababi bor, sabr qilsam mukofoti bor deb.

Shukr qilishni o'rganishni boshlayapman, ko'nglim endi xotirjam tortishni boshlayapti.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

08 Dec, 17:01


- kitob o'qing
- multfilm ko'ring
- yig'lab kino ko'ring
- she'r o'qing
- musiqa eshiting

Xullas, qalbingiz o'lib qolmasin.

Gullayotgan yurak

08 Dec, 12:00


Qalbi tirik odamlar bilan ko'proq suhbatlashgim keladi, masalan.

Gullayotgan yurak

07 Dec, 14:53


Berganinggayam, olganinggayam shukr.

Gullayotgan yurak

05 Dec, 07:26


Mutolaa qilishda muhit ham katta rol o'ynaydi. Kimdir bir o'zi tinch xonada o'qishni yoqtirsa, kimdir kutubxonada dars qilayotganlarni ko'rib ham o'qishga zavqi oshadi.

Mutolaa va dars qiladigan stolingizni o'zimgaa yoqadigandek bezash, tanaffus vaqti ichish va tanovul qilish uchun meva, kofe, choy bilan kitoblarni rasmga olib o'tirish ham bir xobbiga aylangan men uchun.

Shunaqa chiroyli atmosferada o'qiganim sari yana o'qigim keladi.

Xonani qanday bezash o'z didingiz va kreativligingizga bog'liq.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

05 Dec, 07:20


POMODORO usulida 25 daqiqa butun diqqatingizni jamlab kitob o'qiy olmasangiz, 10 daqiqadan boshlang.

2-3 kun o'n daqiqadan uch-to'rt mahal, keyin vaziyatga qarab daqiqa va takrorlar sonini ko'paytirasiz.

Sekin-asta bir soatga ham yetishish mumkin doimiy va davomiy harakat qilib. Faqat sabr va qunt kerak, xolos.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

05 Dec, 07:16


Narvonga ham bittadan chiqiladi. Birdaniga 2-3ta pog'onadan chiqsangiz, kamida qo'rqasiz yiqilib ketmasmikanman deb.

Kitob o'qishni endi boshlaganda ham agar diqqatingizni jamlash qiyin bo'lsa, POMODORO usulidan foydalaning.

Bunda 25 daqiqa atrofingizdagi hamma chalg'ituvchi narsadan holi vaziyatda butun e'tiboringiz bilan kitob o'qiysiz va 5 daqiqa dam olasiz.

Dam olish uchun reels ko'rish, telefon titkilash miyani battar charchatadi, toza havoga aylanib kelish, nimadir yeb olish eng yaxshi variant.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

05 Dec, 07:06


Avval kitob o'qimagan odamga birdaniga soatlab kitob o'qitish qiyin. Ayniqsa, ma'nosini tushunish qiyin klassik adabiyotlarni.

O'zim 8 yildan beri mutolaa qilaman, ammo o'tgan yili qishda Kobo Abening "Yashik odam" asarining mag'zini chaqolmagandim.

Ammo bir mutolaaga sho'ng'isam, hech narsaga chalg'imay bir soatdan ko'p bemalol kitob o'qib o'tiraveraman.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

05 Dec, 07:01


Kitob o'qishda ko'pchilikni qiynaydigan muammo: diqqatni bir joyga jamlay olmaslik.

Kimdir uxlab qoladi, kimdir qancha o'qisa ham umuman miyasiga kirmaydi, fikri telefonga, yon-atrofga chalg'ib ketadi.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

04 Dec, 17:10


Girls up loyihasida qatnashyapman. Ikkita darsni ko'rib chiqqanim sabab "Asma ul husna"ni ertaga qoldirishga majburman.

Ertaga kitob o'qishda foydalanadigan samarali metodlar bilan bo'lishaman nasib.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

04 Dec, 15:42


Hurmatli kitob o'qimaydigan va instagramda reels ko'rishdan bosh ko'tarmaydigan, birodar va birodarkalar,

Sizlarga eng yaxshi gapim shu: battar bo'linglar💅.

Marafon rejasini уже miyamda pishityapman Xudo xohlasa.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

04 Dec, 15:40


40 kishi ❤️‍🔥 bosibdi. Alohida tanlab-saralab olib, guruh ochib, kitob o'qishdan boshqa qiziq vazifalar bilan mutolaa marafonini o'tkizamiz-a nasib?

Ha - ❤️‍🔥.
Qatnashaman - 🔥.

Gullayotgan yurak

04 Dec, 15:37


188-sahifadan boshlab, 289-sahifa yarmida tugatdim. Deyarli 100 bet.

Muhammad (s.a.v) Makkadan Madinaga hijrat qilgani va hammani haq dinga chorlashda boshdan kechirgan qiyinchiliklari, ularga qarshi uyushtirilgan suiqasdlar, besabab tuhmatlar oldida biz "voydod, manov ishni boshlagandim, o'xshamayapti, qiynalib ketdim", desak uyat bo'lib ketadiyov, deb o'ylayman.

Xudo payg'ambarimizga eng haq dinni yoyishni vazifa qilib berganda ham qiyinchilikni qo'shib bergan. Bizning boshimizdagi qiyinchiliklarni, menimcha, shaxsiy fikrimcha, qiyinchilik deb bo'lmaydi.

60 betdan oshiraman bugungi normani, degandim, 100 bet o'qidim. Har qilgan ishingizda tishlagan joyingizni uzvolmaguncha to'xtamang.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

04 Dec, 13:25


250-betdan o'tdim🫶.

Yana bir soat kitob mutolaa qilaman va keyin "Girls up", "Asma ul husna" loyihasidagi darslarimni qilaman.

Ayamning kuyovi ko'proq kitob o'qi, degandi. Bugun aqlli qiz bo'lib yana faol mutolaaga qaytganimdi sezib, chyotki summada pul berdi.

Kitob o'qib, erimdan pulni shaqirlatib sanavolib, boyib ketsam edi🤣.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

26 Nov, 08:49


Talabalarga savol: universitetda o'qish davomida sizni aynan qanday muammo qiynaydi?

Kommentariyaga javoblaringizni yozing. Talabalar uchun mo'ljallangan yangi jurnal uchun javoblar judayam muhim.

Oldindan rahmat.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

26 Nov, 04:55


​​O‘qigan kishilarni seving, azizim! Bir kuni roman o‘qiydi, hayotni taniydi. Bir kuni Haq Kitobni o‘qiydi, Robbisini taniydi.

Va kun keladi, ko‘nglingizni o‘qiydi, sizni taniydi...

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

25 Nov, 05:41


Ishlab, katta qiz bo'lib ketsam, har bitta shifoxonaga banklardagidek navbat kutish tizimini joriy qilaman.

Baribir bizdagi ayrim qo'ylar o'zi bilib navbat kutib turolmaydi.

Yoki ungacha bu ham tashkil qilinib qolar.

#offtopic

Gullayotgan yurak

25 Nov, 05:20


Bizda ko'pchilikda navbat kutish madaniyati o'lik tug'ilgan yoki ona qornida rivojlanmay qolib ketgan.

Banklarda navbat zo'r nazorat qilinadi, ammo poliklinikalarda navbat kutish va zo'rg'a olingan navbatni qo'ldan boy berib qo'ymaslik ham bir azob.

Qayoqdagi bir tashkilot kattasining yordamchisining qo'shnisining qudasi ham bizda qisib yurishi kerak bo'lgan joyida shoxi borday navbatsiz kiradi: buyoqda boshqa bemor mazasi qochib o'lolmay yotibdimi, farqi yo'q.

Kecha bir qizning kanalida o'qib qoldim: Omanda qayiqda uchayotganda ham o'zbeklar navbatda turmabdi.

Hali beri odam bo'lmasak kerak, deyman-u, yaxshi niyat qilaman baribir bizda ham navbat kutish madaniyati shakllanib qolar, deb.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

25 Nov, 03:57


Kitob o'qishga hojatxonaga borishga shoshilgandek shoshiling: sizni bu ishdan hech kim to'xtata olmasin!

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

24 Nov, 16:54


Eng yoqtirgan she'ringizning to'liq matnini kommentga yuboring.

She'r o'qiymiz🥂.

Gullayotgan yurak

24 Nov, 16:52


​​Unga maskan bo'lmoqlik uchun
Dunyo hali poklanishi shart.
Faqatgina imoni butun
Unga kelsa baxtli bo'lar Baxt.

Ko'zlar sokin bir qo'shiq kuylar,
Jimirlashib ketadi tanlar:
Muhabbatni ermak deb o'ylar
Muhabbatdan tug'ilmaganlar!

A'zam O'ktam

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

24 Nov, 08:04


Turmush qursang, yuzingda husnbuzarlar o'zi yo'q bo'lib ketadi, deb hamma qizlarni aldashadi.

Qizlar va ayollar uchun ochgan blogimda ugrilardan qanday qutilganim haqida yozyapman: https://t.me/+1YHiXCKyfsUxZGRi

Ayol-qizlarni saralab qo'shaman, nuqtacha, so'roqcha kabi fake profillar qabul qilinmaydi.

Qizlar, shoshiling💃.

Gullayotgan yurak

23 Nov, 06:58


Yangi kelinman: qaynonam kitobingni yig'ishtir, darsingni qo'yib tur, uy ishlarini bajar, demaydi. Salom solganimda albatta o'qish va ishlaringga omad, deyishni unutmaydi.

Yangi kelinman: qaynonam ovqatniyam eplab qilolmaysan, shuncha o'qiganing bir tiyin, deb tanbeh bermaydi.

Ehhe, 3ta tilni bilasan, shuncha kitob o'qigansan, bitta ovqat bilan uy ishlari nima bo'pti, sekin-asta o'rganaverasan, hammayam boshida xato qiladi, deb yonimni oladi.

Yangi kelinman: erim tarafdagi qarindoshlarimiz kelganda ovqat qilishni bilasmi o'zi, sarpezga турецкий tovarlar oldizmi, deb ilmoq gap qilmaydi.

Mehmonlarni kuzatib, uylarni tozalayotganimizda qaynopa, ovsinlar bilan yosh bolani kitobga qiziqtirish, til o'rgatish haqida obdon gaplashdik. Birovni orqasidan yomonlash, g'iybat gapga umuman yaqinlashmadik, ko'z tegmasin.

Odam o'zi qanaqa bo'lsa, ko'p hollarda o'ziga o'xshagan odamlarni uchratadi, degan gap rost ekan.

Atrofdagilardan ayb qidirmasdan o'zingizni isloh qiling.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

21 Nov, 12:48


Kayfiyatingiz yo'q bo'lgan payti hali o'nta ham kitob o'qimagan singlim "Alfido" kitobini tugatib, nima balo sal odambashara kitob tavsiya qilsang o'larmiding, deb menga tanbeh berganini eslang...

"Nasroniy atirguli" kitobini kompyuterda ko'zlarim og'rib o'qiganimni eslang...

Dugonalarimdan biri Hakanning kitoblarini maqtaganida tepa sochim tikka bo'lganini eslang...

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

19 Nov, 12:52


Bahorni bahordek sevdim, azizim,
Undan o'zga fasl axtarganim yo'q.

- Shohsanam Nishonova

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

19 Nov, 06:44


​​Bizda doim qo'lida kitob ko'tarib yurganlarni botanik deb ustidan kulishadi.

Hadeb kitobga yopishaverma deyishlari ortiqcha, ammo man baribir qayerga borsam ham kitobsiz yurmayman. Uzoqroq safarga esa 2-3ta kitobni g'amlab qo'yaman.

Saudiya Arabistoniga uchadigan kunimiz ham asosiy sumkamda edi kitoblarim. Osmon bag'rida internet ishlamaydi. Parvoz vaqtini faqat bulutlarni tomosha qilib o'tkazib yuborishni xohlamadim.

Sakkiz soat davomida bitta kitobni tugatib, ikkinchisini o'qishni boshladim.

Vaholanki hamma uxlab, nima qilishini bilmay shunchaki gap sotib ketayotganda
man kitob o'qiyotgandim. Miyam huddi chanqog'i qonib suv ichayotgan qushdek oziqlanayotgandi.

Ammo, lekin, biroq...

Uydan olib kelgan 3ta kitobimga ayam voydod, yukni ko'paytirvording, dedi. O'ylab qarasam har doim ham o'zim bilan ko'p kitob olib yurolmas ekanman.

Texnologiya bu muammoga allaqachon yechim topgan. Kindle olaman. Ko'zga zarari yo'q, telefon kabi boshingizni og'ritmaydi, deb eshitgandim.

Bitta kindle ovosam botanik degan laqabimdan qutularkanman😂.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

18 Nov, 14:49


Kommentariyani ochdim.

3 kun sinov muddatida ishlaydi. Agar vaqtimni olsa va нормальный kommentlar yozilmasa, yana yopib qo'yaman.

O'rinli fikrlar bo'lsa bemalol bildirishingiz mumkin.

Gullayotgan yurak

18 Nov, 14:47


​​O'zbek adabiyotida boshqa xalq adabiyoti bilan deyarli bir xil asarlar ko'p.

Xudoyberdi To'xtaboyevning "Sariq devni minib" asaridagi voqealar rivoji (ushbu asar asosida "Sehrli qalpoqcha" nomli film suratga olingan) rus bolalari yozuvchisi Nikolay Nosovning "Bilmasvoy va do'stlarining sarguzashtlari" asari bilan deyarli o'xshash.

Hoshimjon ham, Bilmasvoy ham qaysi kasbni tanlashini bilmay juda sarson bo'lishadi va asar so'nggida o'qimishli inson bo'lmay turib, hech qanday kasb egasi bo'lolmasliklarini tushunib yetishadi.

Ammo, Xudoyberdi To'xtaboyevning yutug'ini ham aytib o'tishim kerak. "Sariq devni minib" dagi yangilik sehrli qalpoqcha edi.

Sehrli qalpoqchani boshiga kiyib olib, tayyor uy vazifalarini ko'chirib olishni, jurnalga o'ziga besh baholarni osongina qo'yishni istamagan o'quvchi bo'lmasa kerak.

Agar asarga sehrli qalpqoqcha obrazi kiritilmaganida, menimcha, hamma men kabi o'ylagan bo'lardi.

P/s - maktabda shu gapni aytganimda o'qituvchim urushgandi o'zimizning yozuvchini tanqid qilyapsan deb.

Tanqid o'rinli bo'lsa tanish-bilish qilmaslik kerak.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

15 Nov, 14:02


To'yimiz eskicha stereotiplar bilan o'tmadi. Falon pulga Gelik yoki boshqa inomarka olmadik.

Noodatiy narsa qilaylik, deganimda o'zimning mashinamni haydab kelaman, dedi qaynonamning o'g'li.

Gelik yoki bmw minganim bilan yana bitta ko'z yoki qulog'im o'sib chiqmasligini bilib, mayli, dedim.

To'yxonaga, boshqa viloyatga borguncha ikkalamiz maza qilib hangona qilib kelganmiz. Kelin-kuyov yo'lda to'xtab do'kondan narsa olgani tushganimizda hamma hayron qolgandi🤣.

Xullas, hech qanday tretiy lishniy odamlarsiz, kelin mashining oldida qo'shiqni baqirtirib karaoke qilib kelganmiz.

Love storyni qizlar kanalimda yozaman: https://t.me/+iKBqrpEOens1Njdi

Qizlar, faqat qizlar qabul qilinadi.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

15 Nov, 13:50


Turmush o'rtog'im o'zbekmasligi, to'yimizda inomarkani arendaga olmaganimiz bizni baxtsiz qilmaydi.

Qizlar uchun kanalimda love story yozsammikan deb o'ylab turibman. Ko'pchilik so'rashgandi.

Qizlar va ayollar, qo'shiling: https://t.me/+iKBqrpEOens1Njdi

Gullayotgan yurak

15 Nov, 05:45


Avval kitob o'qib, she'riyat ichida yashab, o'qigan hikoyalarimdagi qahramonlarning dardini his qilib mo'ltirab yig'lab yurgan paytlarimni sog'indim.

Olamdagi tashvish bilan ishim yo'q edi dunyoni suv bossa o'rdakka ne g'am, deganlaridek.

Longread postlar yoza boshladim, har xil muammolarda yozdim: qizlarning o'qishidan tortib intellektgacha. Yurakka yetib boradigani ham, o'xshamagan, yemagan postlar ham ko'p yozildi.

Kimdir o'ziga xulosa olgandir, kimdir xatolarini tushungandir, ammo muammo haqida yozaverganingiz sari tugab qolmas ekan.

Qizini o'qitmay erga bervorgan oila, ijtimoiy tarmoqqa joy solib yotvolgan odamlarni tanqid qilib, mayda orzular qiladigan odamlar kabi o'zim ham maydalashib ketdim.

Qalbim qotib qoldi kir qidirib, uni qoralab.

Kitobga va adabiyotga qaytaman❤️‍🔥.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

14 Nov, 16:01


Har xil yo'nalishdagi qiziqarli kanallar.

@Uzbekchilik17 - kayfiyatni ko'taruvchi kontent.

@Azizbekh17mem - ijtimoiy, siyosiy muammolar kulgu bilan olib chiqiladi.

@jahon_statistikalar – statistikalar, raqamlar va faktlar olami.

@legal_mind — yumoristik kayfiyatdagi postlar

@bilimdon_zakovatchi-Zakovatchilar uchun tesha tegmagan faktlar.

@svoyaigra2024 - Zakovatning Shaxsiy oʻyin savollari berib boriladigan kanal!

@TillanisoEN -  (-) cheksizlikdan (+) cheksizlikkacha

@shinavandatopia - Fantasy olami haqida qiziqarli tahlillar.

@efemerida_adabiyoti – kitoblar, adiblar va so'zlar haqida so'zlashamiz

@Kitobshunoslik – kitoblardan iqtiboslar va ajoyib videolar

@gullayotganyurak - afsus, hayot faqat kitoblardan iborat emas

@ateo_uz — ilm-fan, shaxsiy fikrlar.

@kvant_uzb - Kvant fizikasi va astranomiya.

@Erkin_Hojimuhammad – biroz she'r, biroz fikrlar. She'ristonning shoirliklari bor maskan!

@perezagruzka_2021 - buzish uchun bunyod qilish kerak

@Chapanifutbol17-futbol haqida mem, foto va videolar.

• Hammasiga qo'shilish uchun

Gullayotgan yurak

13 Nov, 10:26


Ar-riyod va boshqa shaharlarga ham indamay ketvorib, aylanib kelmoqchi edim. Qo'ygin, deganman🤣

Gullayotgan yurak

13 Nov, 10:24


Saudiyaga borganimda ingliz va rus tilini o'rganganim uchun o'zimga rahmat aytganman.

Til o'rganish o'zim uchun qilgan eng katta yaxshiligim ekanini tushungandim.

Dadam viza kartamga pul tashlardi, har safar 15-20 dollar o'zimga ob qolib, Masjid ul haramdagi clock tower yoki boshqa do'konlardan ko'zimga nima chiroyli ko'rinsa uydagilarga bildirmay yeb kelardim.

Mehmonxonadan ko'chaga chiqib shahar aylanib kelardim. O'zim bilan 50 ming so'm olib kelgandim, money exchange center topib, valyuta almashtirganman bir o'zim.

Tog'am oborganida jinnini yoqib, voy, shu yerda pul almashtirsa bo'larkanda😍, deganman huddi birinchi marta kelgandek.

Til bilgan el biladi, deganlari shu bo'lsa kerak.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

13 Nov, 09:54


Peshonamga yozilganmi, yozilmaganmi: aniq emas ish uchun to'rt yildan beri shuncha yugurib charchadim. Eng alamlisi, ruhan charchadim.

Mayli, yana ozgina sabr qilib, harakatdan to'xtamayman.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

13 Nov, 09:50


Bir ishim o'xshasin, deb to'rt yildan beri yuguraman. O'xshamayapti.

Vaziyat va sharoit bo'lsa, mablag' topilmaydi. Yetarli pulni mehnat qilib topgan vaqtim yana nimadir bo'lib qoladi. Xullas, o'xshamayapti.

Ammo nasib qilgan bo'lsa o'xshaydigan ish bir kunda ham hal bo'laverarkan.

Fevral oyida uydagilar Umraga otlanishdi. Pulim yo'g'iydi hali qo'limda, men ham boray, deb aytishga uyaldim, lekin rosa xohlagandim. Dadam qizim, boshqa harajatimiz ham ko'pda, degandi.

Amakim ham ketayotgandi. Ayolining mazasi qochib, reanimatsiyaga tushib qoldi. Amakim keyinroq boraman, hozir xotinimning ahvoli og'ir, yonida bo'lishim kerak, dedi.

Firma orqali ketgandik, to'lov qaytarilmas ekan, boshqa odam qidirishga tushishdi. Xorijga chiqish pasporti yo'q edi bormoqchi bo'lgan orasida. Pasporti bor xolamning ham nevaralari kasal edi, borolmasligini aytdi.

Boraman, deb qo'ymay oyoq tirab turib oldim. Ishonasizmi: ikki kunga qolmay vizam chiqdi.

Biz Jiddaga qo'nib, yetib borib joylashganimizdan keyin amakimning ayoli ko'zini ochgan va o'ziga kelgan.

To'rt yildan beri bir ishim o'xshasin, deb yuguraman, o'xshamayapti.

Ammo yigirmaga kirmasimdan avval Umraga borishim xayolimga ham sig'masdi, uch kunda hal bo'ldi bu narsa.

Nasib qilsa shunchalik oson, nasib qilmasa ming chiranganingiz bilan foydasi yo'q ekan.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

13 Nov, 09:02


Sayohatga chiqib, madaniy shokdan keyin deyarli barcha holatni ha, shunaqa ekanda, deb boricha qabul qiladigan bo'ldim.

Fevral oyida Saudiya Arabistoniga borgandik. Makkada Clock Towerdan ovqatlanib chiqib, bir o'zim shoshib avtobus to'xtatgani ketayotgandim, militsiya xodimi to'xtatib, pasportimni so'radi.

Man shoshyapman, ham pasportim o'zimdamas, deb yana ketmoqchi edim. Manga qarab qo'lini 🤌 deb ko'rsatib, arabchada nimadirlar dedi sister, sister deb aytib.

Arab tilini bilmasligimni va inglizcha gapirishini iltimos qildim. Sherigini chaqirdi, kelguncha yana qo'lini yuqoridagidek qildi.

Jahlim chiqdi, nega unaqa qilyapsiz, desam sabr, sabr dedi. Sherigi kelib, bu sabr qiling, degani deb tushuntirdi, ingliz tilini bilarkan.

Asrdan keyin bir o'zingiz yuribsiz, ehtiyot bo'ling, deb tayinlab, avtobusga chiqarib yuborishdi.

Nega manga kap-katta odam 🤌 deb qo'lini ko'rsatadi, deb rosa jahlim chiqqandi. Biroz kutganimdan keyin sherigi kelib, bu sabr qiling, degani ekanini tushuntirganidan keyin rosa kulgandim.

Shundan keyin nimadir sodir bo'lsa shoshmaslikka va biroz kutishga odatlandim, vaziyatni ha, shunaqa ekanda, deb qabul qilishga odatlanib kelyapman sekin-asta.

Sayohat qilish bizga ko'p narsani o'rgatishini tushundim.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

11 Nov, 08:07


Odam o'rganishdan va o'z ustida ishlashdan to'xtagani sari fikrlari, orzu va maqsadlari maydalashib borarkan.

Orada bir hafta darslarim va ishimni bir chetga surib, faqat uy ishlari bilan band bo'ldim. Instagram ham kundalik uy ishlarini ko'rsatib boradigan videolarni chiqarib bera boshladi.

Ko'rishlar va like'lar soni judayam ko'p. Keyin o'ylab qoldim: instagramga kitob haqida qo'ygan videolarimdagi ko'rishlar soni va bir kelinning uy tozalagani aks etgan videosidagi ko'rishlar sonini solishtirdim.

Va kitob blogimni to'xtatib, shaxsiy blog yuritsamchi, oson ekan, kitob o'qiyman, deb miyamni og'ritmayman, degan fikr keldi miyamga.

O'tirib chuqur o'yladim: 8 yildan beri kitob o'qiyman, endi nega bolaligimdan beri sevib bajaradigan mashg'ulotimdan voz kechishim kerak, degan qat'iy qarorga keldim.

Yaxshiyamki qaynonam kelin kishiga o'qib balo bormi, deydigan ayol emas. Dars qilib o'tirgan vaqtim mayli, bemalol darsingni qilaver, deb aytadi :)

Yana ozgina o'zim dangasalik qilib kitob o'qimay qo'yganimda men ham hamma kanadek yopishib olgan yengil-yelpi videolar olishga o'tib ketarkanman.

Saviyali kitob blogi yuritish uchun ajoyib ideyalar kelyapti miyamga, endi bajarish kerak ularni💃.

Nima bo'lganda ham o'rganishdan to'xtab, mayda fikrlashga o'rganib qolmang.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

10 Nov, 03:46


Hamma odam bir xil orzu qiladi, chegaradan hattoki bir qadam uzoq chiqishga botinolmaydi ham.

Deyarli barchaning orzusi mashina olish, uy olish, ko'proq pul topish. To'g'ri, yuqorida sanab o'tilganlar hayotda kerak.

Ammo, lekin, biroq...

Bizga kundalik hayotda shunchaki zarur bo'lgan oddiy narsani orzu darajasiga chiqarib qo'yganmiz.

Odamlar bitta mashina yoki uy olish uchun yillab kredit to'laydi. Butun umr yelkasida qarz yukini ko'tarib yuradiganlar qancha.

Kattaroq orzu qilaylik.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

07 Nov, 07:36


Qiz bola tug'ilganidan boshlab sep yig'iladi, ammo hech kim uni o'qitish haqida deyarli o'ylamaydi.

Qiz bolani borgan joyida uy ishlarida qiynalmasin deb xizmatkor qilib tarbiyalashadi, ammo hech kim uning o'ziga bo'lgan bahosi, maqsadlari bilan qiziqmaydi.

Qiz bolaga yuvosh kelin, yilma-yil farzand ko'radigan robot sifatida munosabatda bo'lishadi va shu narsani miyasiga singdiradi, lekin deyarli hech kim unga sevimli ayol va rafiqa bo'lish ham kerakligini uqtirmaydi.

Qiz bolaga kelinlik hayotini faqat uy ishlaridan iborat deb miyasiga chuqur singdirishadi, ammo bu davrda ham bemalol o'qish va ishni eplash mumkinligini o'rgatmaydi.

Qizlar uchun ochgan blogimda qizlarning kelinlik haqidagi eskicha stereotiplarini va fikrlarini o'zgartiryapman: https://t.me/+I1OI9hFFKs01ZWYy

Qizlar va ayollatni blogimda kutib qolaman💃.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

06 Nov, 07:18


Yilda ikki marta dildan suhbat qurmaydigan odamlarni ham to'yimizga chaqiraveramiz.

Falonchida biror ish o'xshadimi, demak, qiziqish va xohishlarimizdan qat'iy nazar biz ham shu ishni qilib ko'rishimiz shart.

Aynan hozirgi vaqt bilan yashasak o'lib qolamiz, chunki aynan hozir bizda bor narsalardan zavq ololmaganimiz uchun ham erga tegsam, uylansam, mashina olsam, uy olsam, bolali bo'lsam, qizimni uzatsam bemalol baxtli bo'laman, deb o'ylaymiz.

Aslida esa nimadir qilsam degan ro'yxatning oxiri yo'q.

Aynan bugun xotirjam yashang)

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

05 Nov, 17:44


Qanday holat, vaziyat va sharoitda bo'lsangiz ham orzu va maqsadlaringizdan umuman voz kechmang.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

04 Nov, 13:04


​​"Men sezdirmay yig'lashni bilaman, bunday paytda atrofimdagilar ko'zimga nimadir kirib qolgan shekilli, deb o'ylashadi".

Jan-Dominik Bobi
📚"Skafandr va kapalak"

Avvallari hayotimdan ko'p nolirdim: ertalabdan o'qishga, tushlikdan keyin qo'shimcha mashg'ulotlarga va kech bo'lganda uyga kelib yana uy vazifalarini qilish bilan kunim o'tardi.

Chetdan olib qaraganda faqatgina uy va o'qishdan iborat oddiy va стабильный hayot tarzi, ammo mana shunday kunlarim ham kimgadir orzuligini tushunmagan ekanman.

Tasavvur qiling: etalabdan kechgacha to'rt devor orasidan chiqmay bir joyda yotish, yana oyoq-qo'lingiz ham ishlamaydi va gapira olmaysiz.

''Skafandr va kapalak'' asari qahramoni aytadi: onda-sonda kimdir xonaga kirib qolmasa, kun bo'yi deyarli hech qanday voqea sodir bo'lmaydi...

Xullas, hayotning har lahzasidan zavqlanishni o'rganish kerak.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

28 Oct, 13:38


Marry me marosimini qo'pollarcha o'zbekchalashtirganmiz.

Marry me aslida biror yigit yoqtirgan qizidan turmush qurishini chiroyli qilib so'rash uchun o'tkaziladi, bilasiz.

Chet elda kutilmagan vaziyatlarda marry me qilinadi: jamoat transportida, samolyotda, g'orlarda, xullas buyog'i yigitning kreativligiga bog'liq.

Bizda esa qizga sovchi kelib, ota-onalar non sindirib, fotiha qilib bo'lib, hamma narsa aniq bo'lib turganda qilinadi marry me.

Bilmadim, marry me ga ketadigan pulni qizg'onishadimi yoki qiz bola nomiga dog' tushirmaslikni o'ylashadimi, ammo hamma narsa aniq bo'lgandan keyingi o'tkazilgan marry me ning umuman qizig'i qolmaydi.

Bizda ko'p hollarda shunaqa zerikarli marry me qilinadi.

Aslida marry me qanaqa o'tkazilishi to'ydan keyingi baxtni belgilamaydi, ammo kutilmagan vaqtda qilingan syurprizlar ko'pchilik uchun qiziq bo'lgan.

Mayli, qanday marry qilgan bo'lishsa ham hamma baxtli bo'laversin.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

27 Oct, 07:19


Bizda qaysi soha trendga chiqsa, qiziqishlari va potensialidan qat'iy nazar deyarli hamma o'zini shu sohaga uradi.

Masalan, bokschilar g'alaba qilganidan so'ng ularga uy, mashina kabi sovg'alar berilganida ota-onalar o'g'lini boksga berishni boshlagandi meniyam o'g'lim Do'smatovga o'xshab chempion bo'lsin deb.

Balki u bola rasmni chizishni yoqtirar yoki iqtisodchi bo'lmoqchidir.

Yo'q, biz aynan birov bosib o'tgan yo'ldan qayta yurib ko'rishimiz shart.

Yoki IT sohasini olaylik. To'g'ri, daromadi yuqori va kelajagi bor yo'nalish, ammo bir kishi dasturchilikni o'rganib, oyiga besh ming topyapti, degani bu yo'l sizga ham mos keladi, degani emas.

Daromadi baland bo'lgani uchungina qaysidir sohani o'rganish shart degan qonun yo'q.

SMM va psixologiyadan gapiraylik. Chalamutaxassislar ko'payib ketganidan oq va qorani ajratish qiyin bo'lib qoldi.

Tanlagan sohangiz va muvaffaqiyat yo'lingiz boshqa bir inson yurgan yo'lning nusxasi bo'lib qolmasin.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

25 Oct, 10:30


​​Turmush qurish - barcha orzulardan voz kechish degani emas, balki maqsadlar tomon birgalikda harakat qilishdir.

To'yim o'tganiga uch kun bo'ldi, kelinlik uyimdagi oilam bilan tez chiqishib ketdim.

Qaynonam o'zimning ayamdek mehribon. Kelin bo'lib kelganimdan beri qaynotam biror marta kelin deganini eshitmadim, qizim, deb chaqiradi.

Bilmaganimni qaynonam o'rgatyapti. Mayli, sekin-asta bo'rganib ketasan, hijolat bo'lma, shuncha narsani o'rgangansan, oddiy uy ishlari nima bo'pti, deb o'zlari ham kamchilik ishlarimni bilintirmaydi boshqalarga.

Yangi uyimga ham biroz moslashib oldim. Endi mutolaa, dars va o'z ustimda ishlashga ham fokus qaratishni boshlash arafasidaman nasib.

Turmush qurgandan so'ng o'qishga ulgurish ham, eplay olmaslik ham odamning o'ziga bog'liq.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

21 Oct, 02:00


Har bitta muvaffaqiyatli erkak ortida uni qo'llab-quvvatlagan ayol turadi.

Muvaffaqiyatli ayol ortida ham unga yelkadosh bo'lgan erkak turadi.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

20 Oct, 20:40


​​U samaradorlik, ertalab erta uyg'onish, vaqtni to'g'ri taqsimlash haqidagi kitoblarni ko'p o'qiyverganidan ushbu bilimlarni amalda qo'llashga vaqt topolmasdi.

Unday qilish kerak, bunday qilish kerak kabi gaplarni eshitaverib qoqbosh bo'lib qolgan, hech narsani his qila olmas, yuragi ham toshdek qotib qolgandi.

Uning miyasi faqat ertalab erta turish kerak, sport bilan shug'ullanish kerak kabi monoton fikrlarga to'lgandi, ammo ma'lumotlar oqimi ko'pligidan miyasi charchab, erta uyg'onolmasdi.

U biznesda daromadni o'n baravar oshirish haqidagi treninglarda qatnashardi, ammo biznes trenerning ikki og'iz maqtovidan havolanib ketib, o'zini allaqachon fitfillioner his qilib yuborgandi.

U otasiz qolgan, bolalik vaqtidan tirikchilik qilishga majbur bo'lgan shum bolachalik hattoki olma sotishga ham harakat qilib ko'rmasdi.

Kimdir unga biznes boshlash uchun qarz berishini kutardi, o'zi harakat qilib pul jamg'arolmasdi ham. Olma pish, og'zimga tush deb yotaverardi.

U tuni bilan "Tong sehri" kitobini o'qib chiqar va ertasi kuni tushlik vaqtigacha moldek qotib uxlardi.

Ha, u shaxsiy rivojlanish haqidagi kitoblarni haddan ortiq ko'p o'qiyverib o'zidan o'zi vallomat yasab olgan botanikka aylanib borayotganini his qilolmayotgandi.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

19 Oct, 13:04


Sanoqli kunlardan keyin ota uyimga endi faqat mehmon bo'lib kelaman nasib qilsa.

- Qiz tarafda bo'ladigan to'yga qir yuzi besh millionlik ko'ylak kiymadim.
- Og'iiir, narxi osmondanam baland uzuk olmadim.
- Birbalo moshinalarda to'yxonaga kelmadim.
- Dasturxonda isrofgarchilik qilib ovqatni to'kib solmadik.
- Dabdaba, ortiqcha hashamatli emas, chiroyligina hamma havas qiladigan va shu bilan birgalikda eh, shu narsani man qilolmadim, deb kimningdir ko'ngli o'ksinmaydigan to'y bo'ldi.

Bunaqa bir kunda o'tib ketadigan, ammo unchalik ahamiyatga ega bo'lmagan narsalar kelajakda baxtli bo'lishimni kafolatlamaydi.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

17 Oct, 18:32


Ertaga qizlarga sepimdagi narsalarniyam ko'rsatmoqchiman. Qizlar, yuguringlar💃.

Gullayotgan yurak

17 Oct, 15:44


Qizlar, faqat qizlar bilan sarpo va yuz parvarishi kabi mavzularda gaplashyapmiz: https://t.me/+b__whLbFds4wNjk6

Gullayotgan yurak

17 Oct, 15:25


Shukr, nasib qilsa ota uyimdan oppoq ko'ylakda chiqib ketayotganim uchun shukr.

O'zi to'g'ri yo'ldan adashtirmagani, ko'nglimga ilm ishqini solib bo'lajak kelinlik uyimga ilmim bilan borayotganim uchun ham shukr.

Oq yuvib, oq tarab, ipakdek asrab, o'qishimga bor kuchi bilan yordam bergan ota-onam borligi uchun shukr.

Shukr qiladigan narsalarimiz oxirigacha bardavom bo'lsin.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

15 Oct, 17:24


Doim yangi bilimlarni o'rganishga harakat qilaman. Hozir Oydinoy To'xtayevaning "Garderob" kursini o'qiyapman, bonusiga makiyaj darslari ham bor.

Temu programmasi va Turkiyadan tovar zakaz qilish bo'yicha ham darslarga yozilganman.

Grant yutish bo'yicha darslarga kirolmagandim, zapislarini eshitib chiqishim kerak.

Ham zavqli, ham biroz charchatadigan jarayon yangi bilimlarni o'rganish. Lekin maza.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

15 Oct, 15:59


​​Bilmagan narsam haqida o'rganishdan tortinmayman va to'g'ri qilaman.

G'iyosiddin Yusufning "Asal oyi emas, asal hayot" kitobini o'qib tugatdim. "Baxtiyor oila"ni ham to'yimgacha o'qishimni aytishgandi, ammo ulgurmasam kerak.

Kitobda diqqatimni tortgan jihatlar ko'p. Menga doimgidek eng yoqqani ayol kishi ilm olishi uchun turmush o'rtog'i sharoit yaratib berishi kerak ekani aytilgani bo'ldi.

Ayol eri bilan faqat ro'zg'or mavzulari haqida gaplashib bir-biriga zerikarli suhbatdosh bo'lib qolmasligi asosiy faktor sifatida sanab o'tilgan. Shuningdek, erkak kishining ham bir joyda to'xtab qolmasligi lozim ekani ham ta'kidlangan.

O'ylab qarasam, bo'lajak turmush o'rtog'im bu vazifasini ado etishni to'ydan oldin boshlabdi, ko'z tegmasin. Kitoblarni dadamning kuyovi sovg'a qilgan :)

Muallif turmushda muammoga duch kelganda pashshadan fil yasashni emas, fildan pashsha yasang, deya maslahat beradi.

Rostdan ham deyarli har qanday muammoni ko'pirtirmasdan xotirjamlik bilan hal qilishning imkoni bor va shu eng to'g'ri yo'l.

Kitobni to'yga sanoqli kunlar qolganda emas, ertaroq o'qimaganimdan afsuslandim.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

14 Oct, 16:49


Hali ota-onangni o'z hisobingdan katta hajga yuborganing yo'q, dunyo bo'ylab bemalol sayohat qilishi uchun sharoit qilib berolganing yo'q, borishni orzu qiladigan shahardan kuniga kamida 800$ turadigan mehmonxonada dam olishga pul berolganing yo'q.

Kasbdoshlarida ko'rib havas qiladigan, ammo sening o'qishing uchun pul orttiray deb olmayotgan qimmat kiyimlar sotiladigan do'konga olib borib tanlang otajon, onajon deyishga hali qurbing yetmaydi.

Otamga, onamga degan yozuv bilan bezab, ular orzu qilgan mashinani olib berganing yo'q. Ularga qo'shimcha daromad kelib turishi uchun tayyor biznes yoki kvartira sotib olib berolganing yo'q.

Samolyotda biznes klassdan joy olib berish xayoling bir chetiga ham kelmaydi.

Topading puling ularni sanatoriyda, lux xonalarda dam olib kelishi tugul o'z harajatlaringga yetmaydi.

Ota-onang dengizni ko'rishni orzu qilishidan xabaring ham yo'qdir balki...

Ular seni deb yoshi bir joyga borsa ham ertalabdan kechgacha, hattoki dam olish kunlari ham ishda, boshlig'ining baqirganini eshitishga majbur.

Menga motivatsiya yetishmayapti, deb boshimni qotirmagin, iltimos.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

12 Oct, 20:12


🎬Radioactive

"Nobel" mukofoti sohibasi Mariya Skladovskaya haqida film. Kino chindan ham ko'rishga arziydi.

P/s - film ingliz tilida.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

12 Oct, 20:12


Kimyogar olima Mariya Kyurini doim o'rnak sifatida ko'rganman o'zim uchun. O'rganish nisbatan qiyin fanda yangilik yaratish oson emas.

"Radioactive'' filmida Kyuri homilador vaqtida ham tuni bilan laboratoriyadan chiqmay kimyoviy tajribalar o'tqizadi eri bilan.

Kyurining yutuqlariga, ayol kishi farzand tarbiyasidan ortib fanda yangilik qilganiga реально havasim keladi.

Kelajakda farzandlarim meni qo'lidan supurgi tushmaydigan, uy ishlaridan boshqa narsaga harakat ham qilib ko'rmagan dangasa ayol sifatida eslashini xohlamayman.

Er o'zi nimaga kerak, deydigan darajada feminist emasman. Ammo ayollar o'qishi, hech bo'lmaganda o'z farzandiga telefon tutqazib qo'ymasdan, kitob o'qib beroladigan, bolasini yoshligidan ilmga qiziqtiradigan darajada ilmli bo'lishi tarafdoriman.

Unashtirilganimdan keyin to'yimga 1 oy qolganda ielts topshirib, 7 ball oldim. Oson bo'lmadi. To'y tashvishlari bilan ko'nglim xotirjam o'qiy olmadim.

Shuncha yugur-yugur bilan ielts topshirib, yaxshi ball oldimmi, demak, turmush qurganimdan keyin ham o'qishni, ham oilani bemalol eplab ketaman nasib qilsa.

Mariya opadek ayollarga hurmatim baland💃.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

12 Oct, 16:55


Na bu dardlar qoladi, na bu umr, dermidi Rumiy?

Gullayotgan yurak

12 Oct, 07:48


​​Hayotingizni uzog'i bir yildan keyin eskiradigan buyumlar bilan emas, umringiz oxirigacha eslab to'ymaydigan sarguzashtlar bilan iloji boricha ko'proq boyiting.

Maqtanadigan matohlaringiz emas, eslaganda yuragingiz entikib ketadigan unutilmas xotiralaringiz ko'p bo'lsin.

Hayot oyda bir marta ko'rmaydigan, dildan suhbat qurolmaydigan, bemalol dardingizni aytolmaydigan odamlarning "vav" degan gapi emas, doim yodingizda qoladigan lahzalardan iborat.

P/s - hech bo'maganda MDH davlatlariga borib aylanib kegim kelyapti🫠.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

11 Oct, 17:26


Ba'zi odamlar shunchalik kambag'alki, ularda uy, mashina va puldan boshqa narsasi, yeyish va ichishdan boshqa g'ami yo'q.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

11 Oct, 17:20


Imtihon judayam qiyin bo'ldi, to'g'risi. Hammaga yaxshi yechdim, speakingda ham yaxshi gapirdim, dedim.

Readingda oxirgi 8ta savolga ulgurolmadim matn shunaqa qiyinligidan. Ichimdan nima o'tganini o'zim bilaman💔.

6.5 olsam ham roziman deb chiqqandim examdan. Xudoga shukr, 7.0 oldim yana. Birinchi topshirganimda ham 7.0 olgandim.

Yelkamdan tog' ag'nadi.

Gullayotgan yurak

11 Oct, 17:14


Xudoga shukr, uddaladim.

Umumiy hisobda 9 balldan 7 olish ham oson emas. Kamiga to'y tashvishlaridan ortib 1 oygina o'qidim orada ikki yillik tanaffusdan keyin.

Niyatim 8 edi, ammo shunisi xayrli ekan. Bittagina qog'oz sertifikat hal qilmaydi bilimimni.

Baho nisbiy natija.

@gullayotganyurak

Gullayotgan yurak

11 Oct, 09:12


Bog'chada tarbiyachilar va maktabda o'qituvchilar bolalar va o'smirlar psixologiyasidan bexabarligi ko'p yoshlarga pand bergani ajab emas.

Bog'chada hammadan bo'yim uzun edi. Tadbirlarda orqa qatorga turg'izib qo'yishardi, ayam nega oldinga o'tmaysan deb urushardi.

Maktabga chiqqanimda ham oxirgi partadan joy tekkan. Bo'yim uzunligi tufayli. Birinchi sinfda o'zlashtirishim sekin edi, ammo oxirgi partada o'tirardim.

O'sha vaqtda bo'yim uzunligi nuqson va davolab bo'lmas kasallik kabi tuyulardi. Nega boshqa bolalarga o'xshab bo'yim past emas, deb ko'p o'ylardim. Hozir bo'yim uzunligidan faxrlanaman.

Bo'lajak pedagoglar, bolaning qaysidir noyob xislatini nuqsondek his qilishiga sababchi bo'lib qolmang.

@gullayotganyurak