She’riy lahzalar @sheriylahzalar Channel on Telegram

She’riy lahzalar

@sheriylahzalar


Kanaldan koʻchirganda muallif nomi bilan koʻchiring.
Kanalni qoʻllab-quvvatlash:
https://tirikchilik.uz/sheriylahzalar

She’riy lahzalar (Uzbek)

She'r - bu o'zbek adabiyoti va madaniyati uchun ahamiyatli bo'lgan bir qism. She'r yozuvchilarining qalamdan chiqqan so'zlariga yig'ilgan mo'jizaviy dunyo. Bu dunyoga o'z qiziqish va fikrlarini ifoda etishda ishtirok etish uchun biror kanal kerak bo'lishi mumkin. Agar siz ham she'r sevgan bo'lsangiz yoki o'zbek tilini o'rganmoqchi bo'lsangiz, @sheriylahzalar kanaliga obuna bo'lishni maslahat beramiz. Bu kanalda muallif nomi bilan qo'shishda eng muhim narsa. She'r va adabiyot ustozlarining maqollarini, ma'naviyatini o'rgangan bo'lsangiz, bu kanal siz uchun ideal bo'ladi. Kanalda bir-biridan qiziqarli she'r matnlarini topishingiz mumkin. Siz ham o'zingizning she'rlarini yozib, ularga fikrlaringizni aytish imkoniyatiga ega bo'lasiz. She’riy lahzalar kanali sizni she'r olamiga tashlashga va uning o'zida o'z o'zbek tilini biyoqchiga tushurishga chaqiradi. Qo'llab-quvvatlash uchun https://tirikchilik.uz/sheriylahzalar saytiga kirib, kanaldan ko'proq foydalaning.

She’riy lahzalar

18 Nov, 03:01


***

Менга Сенинг нозларинг ёқар,
куйдирмажон ёзларинг ёқар.

Кетаётган қушлардек ғамгин –
куздаги ҳар розларинг ёқар.

Қишларинг ҳам қадрдонимдир –
чим-чима аёзларинг ёқар.

Гапирмайман баҳоринг ҳақда –
гул каби қийғосларинг ёқар.

Менга ёқар Сен бор бу дунё,
қад, ифор, овозларинг ёқар.

Ноз қилгину норози қилма –
менга Сенинг нозларинг ёқар...


Ғулом МИРЗО

https://t.me/GulomMirzo_ijodi

She’riy lahzalar

17 Nov, 15:24


* * *

Хуш қол кетаяпман сариқ юз адир,
Хуш қол ғуруримга доя бўлган тоғ.
Кечир ҳуввулласанг менсиз дўстим сой
Менга жуда зарур тасаллили чоғ.
(Кенгайиб боряпти кўксимдаги доғ)

Қалдирғоч яхши ҳам кетгандинг учиб,
Сени асрармиди бағри тор айвон...
Она - мени сўзсиз тушунган инсон,
Биламан, қарорим этмайди ҳайрон.
(Кўнглингиз озгина бўлади вайрон)

Қишлоқ - тетапоя қилган энагам,
Тушун, келмоқчиман бироз чиниқиб.
Менга шамол керак, озгина шамол
Ҳушини йўқотган руҳим димиқиб.
(Ниятим рўшнолик тахтига чиқиш)

Чиркинланиб кетган кўнглим уст-боши,
(Яна ямамоққа қолмаган ямоқ)
Қайтаман тополсам имкон булоғин,
Покласам, бутласам бошидан адоғ.
(Ва тақиб бўйнимга бахтдан бўйинбоғ)

Мавлуда

@sheriylahzalar

She’riy lahzalar

16 Nov, 11:24


Урушга қарши

Бирорта урушда қатнашмай туриб,
Ҳеч кимни ўлдирмай,
Асирга тушмай ҳам,
Олтмиш ёшга кириши мумкин одамзод.

Ҳеч қачон ҳарбийга бормаган,
"Тил" тутиб келмаган бобо билан ҳам
Фахрланиши мумкин набира.

Байрoқни ўпмай ҳам,
Қасам ичмай ҳам,
Ватанни сотмаслик мумкиндир.

1981

М. Солиҳ

@sheriylahzalar

She’riy lahzalar

12 Nov, 20:20


Sanjar Toshbekov — NAG‘MA


Bilmayman qay biri yorilmish
Bosh ursam mo'ysafid xarsangga.
Loyimga isyonlar qorilmish
Joy yo'qmi pok rangga,
oq rangga?!

(Qon isi dimog'im qitiqlar
nomardni yo'latma bu jangga)


@Sheriylahzalar

She’riy lahzalar

12 Nov, 02:11


KUZGA QASIDA

Kuz – bu muhabbatning go‘zal o‘limi,
Qish esa oh, oppoq janoza.
Ishqing qamal qilgan dilimni
Ko‘zlaring qildilar ovoza.
Men-ku ranginlikning shaydosi mahtal,
Hazin nihoyaning g‘arib shaydosi.
Kuz go‘zal nihoya, azaldan-azal,
Kuz asli Tangrining jazosi.
Matlubim, marg‘ubim, kadarlim mening,
Kuzning bog‘larida qolgan xomushim.
Ishqi to ruhimga qadarlim mening –
To qiyomat tinmas ko‘ngil xonishim.
Kuz – bu ayriliqqa qo‘yilgan tamal,
Kuz – mening ko‘nglimning qabosi.
Kuz – go‘zal nihoya!
O, juda go‘zal,
Kuz – ishqqa Tangrining jazosi!

Sanobar Mehmon

@sheriylahzalar

She’riy lahzalar

06 Nov, 05:31


Мансур Жумаев
📜 Менинг хатоларим
🎙 Муаллиф

@sheriylahzalar

She’riy lahzalar

28 Oct, 14:14




Azizlar, kimdir shu kitobni qayerdan topish mumkinligini bilsa, xabar bersin, iltimos.

P.s: yangi bo‘lmasa ham mayli

@sheriylahzalar

She’riy lahzalar

24 Oct, 07:04


🇺🇿Sizni Markaziy Osiyoning tarixida katta burilish yasagan Jadidlar harakati haqida bo'lib o'tadigan muhim tadbirga taklif etamiz.

Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi tarihchi olimlari Bahrom Irzayev va Muslimbek Alijоnov, adabiyotshunos olima Xurshida Jalilova, hamda iste'dodli yozuvchi Javlon Jovliev bilan o'tkaziladigan davra suhbatida bu jasur islohotchilarning hayoti va faoliyati keng muhokama qilinadi. Shuningdek, yozuvchi Javlon Jovlievning "Qo'rqma" kitobi mutoaalasi orqali, Siz bu davr voqealariga yanada yaqinroq nazar solishingiz mumkin bo'ladi.
Mazkur tadbir, nafaqat tarixiy bilimlaringizni boyitadi, balki Markaziy Osiyoning intellektual va madaniy tiklanishiga katta hissa qo'shgan bu harakatning bugungi kunga bo'lgan ta'sirini chuqur anglash imkonini beradi.

Barcha qiziquvchilarni mazkur ma'lumotlar va tahlillarga boy uchrashuvga taklif etamiz!

📆26-oktabr, soat 16:00-18:00
📍Amir Temur ko'chasi 42, O'zbekistondagi Gyote-Instituti
Tadbir o'zbek tilida bo'lib o'tadi.

She’riy lahzalar

20 Oct, 15:39


“Izlam”ning 2-fasli keyingi haftadan sotuvga chiqadi, inshaAlloh. Bu safar 16 nafar muallif saralab olindi. Yoʻnalishlar roʻyxati ham kengaydi: nasr, nazm, adabiy tanqid va publitsistika.

Mualliflar orasida adabiyotimiz uchun kashfiyotlar ham borligiga ishongim keladi. Allaqachon oʻz ovozi va oʻz oʻquvchisini topib ulgurgan ijodkorlar ham bor roʻyxatda. Oʻz syurprizi – “Istisno”si ham bor ;).

1-faslda boʻlganidek asosli-asossiz tanqidlar boʻlishi tabiiy. Va 1-faslda boʻlganidek adabiy jarayonni yana bir qalqitib yuborishidan ham umidvormiz.

@akademnashr

Telegram | Instagram | Facebook

She’riy lahzalar

09 Oct, 04:11


Qaytma...

Qaytma –
aqidangga to‘kiladi dog‘,
Kelmoqlik sha‘ningga to‘g‘ri kelmaydi.
Qaytma –
qayta gullab ketmasin bu bog‘,
Bemahalgi gulda xayr bo‘lmaydi.

Seni asraydilar unda beayov,
Kimsa yuragingni tushunay demas.
Qaytma -- tuyg‘ularning tuynugi qirov:
Endi biz ko‘ngilning odami emas.

Boshin egib qo‘ygan bo‘lsa sochlari,
Kessin... majnuntol ham yuragimga yot.
Umr bot berilmas,
tushungin, pari!
Qaytma,
evaziga
kutay
umrbod...

R.Xo‘jamov

@sheriylahzalar

She’riy lahzalar

06 Oct, 12:15




...

Ko‘zlarimdan daryolar toshib,
Yemirilar, chertilar yurak.
OG‘IRLASHIB BORADI BOSHIM,
QAYERGADIR QO‘YMOG‘IM KERAK.

Ikki ko‘zim qaragan pastga,
Har qadamda yerga tizlayman.
Kimdir yelka tutar...
Men esa
Bosh qo‘yishga kunda izlayman.

N.Abduzoir

@sheriylahzalar

She’riy lahzalar

02 Oct, 23:44


https://youtu.be/Bl1l-NEvCFA?si=NfbUDTNMF0VjFlhO

She’riy lahzalar

30 Sep, 17:20


Enaxon Siddiqova she'ri
Ijro va rolda Shahrizoda Botirova
Operator Kumush Odina

She’riy lahzalar

28 Sep, 20:10


Barchangizni sheʼriy konsertga chaqiramiz.

Bugun soat 17:00 da.

Alisher Navoiy metro bekatidan chiqib, Navoiy haykali yoniga kelasiz.

@Chorsu4b

She’riy lahzalar

23 Sep, 11:30


ЭРТАК

Балки бундан ортиқ сукунат бўлмас,
Балки қараб бўлмас оламга лоқайд.
Аммо не дейишни билмайман, болам,
Кўзларинг жавдираб, ёниб турган пайт.

Ўшанда ёз эди, қовжираган боғ
Бағрида ўйнаган бир ҳовур эдим.
Ўшанда ёз эди, қирмизи шафақ
Тонг-ла қовушгандан бунёд нур эдим.

Онам қарздор бўлди. Жасорат қарзи
Туғилди кузакнинг нурли тунида.
Онам қарздор эди, дарддан тўлғаниб
Ва мен ҳам шу қарз-ла келдим дунёга.

Ва яна босилди умид тамғаси
Яна гарданимда ишонч отли юк.
Сен билмайсан, болам, кўздаги қўрқув
Кўнгил поклигини қаритган зулук.

Шундан сўнг кўп тонглар отди қайтадан,
Шундан сўнг қаърига ботди кўп тунлар.
Шундан сўнг юраксиз болаларини
Топширди дунёга юкли хотинлар.

Бешиклар ўртанди, тебранди ғамдан,
Зеҳни хира тортди келажакнинг ҳам.
Руҳсиз нигоҳлардан кутиб жўшқинлик
Ўтмишнинг бўғзига қадалди алам.

Дунё ҳам кўп туққан аёлдай ночор,
Тимсоллар, тилсимлар йўқ бунда ортиқ.
Болам,
Олам қувончимас қўлингни тутган,
Йўқликнинг қўрқинчи кутмоқда интиқ.

Худодан қўрқишга ўргатди бизни,
Тўкилди саловат титроқ кафтлардан.
Ва яна боғлашди оналарини
Ҳижоб деб ном олган кишанлар билан.

Ва яна чарчатди қалтираб яшаш,
Чиранган мушаклар бўшашди, ҳайҳот.
Ҳар она дунёга келтирди ўзин
Қутқарувчи умид, қасос ва нажот.

Шундан сўнг туғилди қарздор болалар,
Шундан сўнг торайди жумлайи жаҳон.
Шундан сўнг узилмас қарзларим билан
Мен иккиқат бўлдим сенга, болажон.

Балки бундан ортиқ ҳайқириб бўлмас,
Балки қараб бўлмас оламга уйғоқ.
Болам, аламдийда қуллар юртида
Келажагинг бор деб алдашим гуноҳ.

Гулҳаё Анорова

@sheriylahzalar

She’riy lahzalar

22 Sep, 13:20


#sevimli_tarona

Parvoz kun, ba ro‘yohat!


@sheriylahzalar

She’riy lahzalar

22 Sep, 04:15


☆☆☆

O‘zgam,
Ketishingiz go‘zal naqadar,
Bohasham kelishning shumidi qasdi?
Manim ko‘zimda yosh
qalqidi biroz,
Axir oddiygina qolib bo‘lmasdi.

Bu kuzak dardimni yangilab o'tdi,
Bu-kuzak... Siz esa baxtni yangilang.
Ming bir lahzalarda tirilib,
o‘ldim...
Men shunday mavjudlik tuydim siz bilan.

O‘zgam,o‘zgacharoq ketdingiz bu gal,
Na ortga boqdingiz, na oldingiz tin.
Allohga shukurki, bu ketishdan ham
Bir xayr qidirdim.

Har bitta so‘roqning rizosi bordir,
Ketish va qolishdir bizni o‘rtagan.
Faqat iltijoyim: million yildirki,
Duolarim qursin sizni so‘ragan.

O‘zgam, ketishingiz go‘zal naqadar...


G O'rinboyeva

@sheriylahzalar

She’riy lahzalar

13 Sep, 07:08


Masalan, dengiz kerak baʼzan
Sevgingni aytish uchun
Koʻzlariga qarab.
Uning dolgʻalaridek
Gupirayotgan yuraging
Sasini bosib turishchun.
Toʻlqinlari keltirayotgan hovurdek
Huzurni koʻzlarida koʻrganingda
Taqqoslamoqchun
(Qay biri goʻzalroq?!).

Dengiz kerak baʼzan
Sevishmoq uchun
Har neni unutib,
Kenglikka boqib.
Qirgʻoqda quyoshning botishin
Tomosha qilayotib
Iching ishqqa toʻla
Ekanin anglamoq uchun!

Dengiz kerak axir
Sevishmoq uchun!
Sohilga sening isming yozarkan
Toʻlqinlar yuvib ketishin bilib tursang-da
Boladek quvonib, yayrashing uchun.
Va hovuchga solib chigʻanoqlarni
Umrini, qalbini, ishqini qoʻshib,
Kaftingni toʻldirib bermoqlik uchun!

Dengiz kerak baʼzan
Sevishmoq uchun...

@FeruzaXayrullayeva

She’riy lahzalar

10 Sep, 03:24


Нозима Ҳабибуллаева

БУРҒУ

Ватан шаъни учун курашсанг, тўрам,
Кафтимни қўяман босар изингга.
Сидирға дўппилар тиккандан кўра,
Камон тутқазаман эрка қизингга.
Ўзим тозалайман совутларингни,
Ўзим суғораман тулпорингни ҳам.
Кипригимда тараб мовутларингни,
Тишимда эшаман зуннорингни ҳам.
Сандиққа йиққанча хаёлларимни,
Найза ўстираман гулдонларимда.
Пайтава қиламан рўмолларимни,
Чилла бағишлайман чилтонларингга.

Ватан шаъни учун курашсанг, тўрам,
Ханжаринг дамида ўйнасин барор.
Элнинг кўкайига битилган журъат,
Темир билагингда қайнаган қарор.
Офтоб яғринингда эритсин тилла,
Лочинлар панжаси елкангга пайванд.
Туғингда кўкбўри тинмай увиллаб,
Ойни ноғорангга тўлдириб қайтар.

Ватан шаъни учун курашсанг, тўрам,
Бошида осмони дубулға лашкар,
Ортингдан шиддати елар йилдирим,
Елкалар бирлашган,
орлар бирлашган.
Аларнинг ортидан ёрлар бирлашган.
Чавақла, зулмнинг югурдагини!
Бўйнига тақиб қўй чўзган қамчисин.
Токи ўтолмасин кекирдагидан
Жайҳун-у Сайҳуннинг бирор томчиси.

Лаънати милтиқнинг тупукларини,
Қон ювган кечанинг садоларимиз.
Гул униб руҳининг куюкларидан
Қабрида тинч ётсин боболаримиз.
Ватан шаъни учун курашгил, тўрам!...

__

https://t.me/Nozima_Habibullayeva

@sheriylahzalar

She’riy lahzalar

07 Sep, 07:19


(xirgoyi)

Ming yildirki,
men tushda yashadim.
Dengizlar yelkamdan toshib o'tdilar,
Kunlarim tunimga qochib o'tdilar...

Va tuyqus uyg'ondim -
(asli ko'zlarimga inmagan uyqu)
O, tilsiz uyg'ondim,
Kimningdir yuzida o'ynadi kulgu.

...sening izlaringdan ergashganim rost,
Ranglarni atadim sen ko'rgan xilda.
Ammo yildan yilga, kunlardan kunga,
bu umrim biroz,
og'irday..

Axir ayt,
kim eding?
Men sendan kecha olmadim,
Va yo ketolmadim, yengdimi qo'rquv?
O, nega qoshimda turibsan mag'rur
Hatto bo'g'zimgacha to'lganida suv?

Suuv...
qara, peshonamni yuvdi to'lqinlar,
Men esa o'ylardim, tuproq maydalab:
umrimning o'tovi bu ko'cha, bu uy,
sen esa tinmaysan
uyg'ongan tushlarim allalab...

Tag'in men ojizdek,
tag'in sen ulkan
yelkangni tutgancha kelsang, jim edim,
Qaytadan yashasam tushlarimda, ayt,
Kim edim,
kim edim,
kim edim?

Z.Orifjonova

@sheriylahzalar

She’riy lahzalar

02 Sep, 14:40


VIDO

Mening gunohlarim meni aldaydi,
Meni xotiralar aylaydi ado.
Men bir yo‘l axtardim, axtargan kabi
Itdan tarqamagan dunyodan vafo.

Kutdim, bir munojot yo‘llab falakka,
Kutdim, samovotdan bo‘lmadi darak,
Axir, yuragimni ming bir bo‘lakka
Bo‘lib, bo‘lolmadim ming bitta yurak.

Tirildi vujudim ichra bir dunyo,
Mening vujudimda bir dunyo tindi.
Bemahal qartaygan yurak ham go‘yo –
Jasadi olovda o‘rtangan hindi.

Xayr, ey, nobudim, mening bor-budim,
Xayr, xok ishqimning bexok g‘alvasi.
Nahot, vujud bo‘lsa mening tobutim,
Savob to‘ldirilgan gunoh xaltasi.

Xayr, meni ko‘mgan yerni o‘ylama,
Bir bor qarasang bas, osmonga kulib.
Men seni zaminda yomon ko‘raman,
Men seni sevaman osmonda turib.

O.Ikrom

@sheriylahzalar

She’riy lahzalar

01 Sep, 10:54


#қайтамиз...

☆ ☆ ☆

Биз ҳали қайтамиз бу манзилларга,
бирда ёмғир бўлиб,
бирда қор бўлиб.
Мен кузак шаклинда қайтаман қайтсам,
Сен қайтсанг қайтасан гулбаҳор бўлиб.

Биз ҳали қайтамиз, такрор ва такрор
айтилур биз суйган форсий қўшиқлар.
Шунда йўлимизга ғов бўлмас зинҳор
тиззамиздан қуйи баланд тўсиқлар.

Биз ҳали қайтамиз,
қайтамиз ишон,
қайтади бизларни тарк этган ёшлик.
Ўшанда кўзимдан томиб турар жон,
ўшанда қалбингдан ҳайдалар ғашлик.

Биз ҳали қайтамиз,
хайрлашиш йўқ,
унгача соғинчни ёпиниб юргин.
Сен ахир кучлисан, то келгунимча
кўнглингни бир ўзинг кўтариб тургин.

Биз ҳали қайтамиз бу манзилларга,
гоҳида йўқ бўлиб,
гоҳо бор бўлиб.
Мен ёмғир шаклинда қайтаман қайтсам,
Сен қайтсанг қайтасан оппоқ қор бўлиб...

Орифжон Комил

@sheriylahzalar

She’riy lahzalar

29 Aug, 12:51




Товатош мисоли қизимоқда ер,
Соя жон сақлайди дарахт пинжида.
Қуриган майсани топтаганча ел
Саросар кезмоқда гул илинжида.

Ховучимда сув йўқ тутайин десам...

Кўнгил куяверар кунга қасдма-қасд,
Кўкка ўрлаб борар куйинди ҳиди.
Кутган мен эдиму келган у эмас,
Аввал ҳам шунчалар суюклимиди?..

Белги ҳам бермабди борайин десам...

Замин манглайимдек ўлчовли ҳудуд,
Эрким бўйнимдаги арқонимга тенг.
Куйган тулуп каби сиққанда вужуд,
Қузғун мисол ҳижрон юрагимни ер.

Ўзга бир манзил йўқ кетайин десам...

Кечам—саҳифаси нам бўлган китоб,
Бугун—дўконига ўт кетган тужжор.
Эртам—мавжудлигин этолмай ҳитоб
Молининг қийматин билмаган даллол.

Бисотим ҳам бўм-бўш олайин десам...

Қуриган сойларда тарс ёрилар ер,
Соянинг оқшомдан бордир умиди.
Гулнинг сўлганидан хабар берар ел,
Аввал ҳам шунчалар суюклимиди?

Дунё йўл бермади ўтайин десам...



Н.Эрматов

@sheriylahzalar

She’riy lahzalar

24 Aug, 04:35


#таржима

Лоиқ Шералидан

☆ ☆ ☆

Кеча ўқиб мактуботинг
Уйқум ўчди то саҳар пайт.
Дилда маҳшар қўпди, гўё
Келди бошимга қиёмат.

Айтиб эрдинг: “Хатларимга
Кўз югуртиб, ёқ ўшал он”.
Хатларингни ёқсам, э-воҳ,
Ўртанур дил, ўртанур жон.

Хатларингни ёқмадим, лек
Ёнди қалбим, тийнатим, ёр.
Бўлди менга айни дамдан
Ўтда куймоқ қисматим, ёр.

Сўнгги битган бир хатингда
Гўиё янграр васият
Интиҳо топмай дил ўти,
Интиҳо топмай муҳаббат.

Сўнгги битган бир хатингда
Эрди оҳангу наво ҳал.
Гўё келди бир қаро хат
Айрилиқ онидан аввал.

Дастлабки мактубингда
Кулди ёшлик ибтидоси.
Сўнгги битган мактубинг-да
Бўлди ёшлик интиҳоси.

Дастлабки мактубингда
Тўлди севги иштиёқи.
Сўнгги номангда ҳувайдо
Бўлди севги дарду доғи.

Дастлабки ул паёминг
Эрди севги саргузашти.
Сўнгги номанг бўлди бизга
Ишқ кетган ҳажр дашти.

Хатларингни, неки бўлса,
Сақладим кўксимда музмар.
Ҳам йироқ тутдим зиёндан
Бор-будимдай, мисли гавҳар.

Номаларда қолган аксинг,
Нолалардан ўрлаган хат.
Бебаҳо ул мактуботинг ―
Номаларким, ишқу ҳасрат!

Эндиликда кўксим ичра
Қолган ишқинг ёди, ҳайҳот:
Ул бири қўшқўллаб ургай,
Бошқаси айлар муножот.

Айтиб эрдинг: “Хатларимга
Кўз югуртиб, ёқ ўшал он”.
Номалар гар ёнса, ёнгай
Бу ярим дил, бу ярим жон.

Мен ўзим куйдим, етар шу,
Энди хатлар ёнмасин ҳеч.
Хотиротим мулкини то
Нурга кўмсин эртаю кеч.

Алишер Сабрий таржимаси

@aruz_arzi

She’riy lahzalar

17 Aug, 11:48


☆ ☆ ☆

Билмайди дейсанми, юрагингдаман,
Ҳув қўлинг етмаган фалагингдаман.
Балки ҳаётингда йўқману, илло,
Аллоҳдан ўтинган тилагингдаман!

Рашкинг олов бўлиб куйдирса, менман,
Соғинчлар жонингдан тўйдирса, менман.
Қисмат гуноҳларинг ҳисобин олиб,
Бошингни кундага қўйдирса, менман!

Туну-кун хаёлинг ўзимку, айтгин,
Асаллар таъм олган сўзимку, айтгин.
Неча жононларга термуларсану,
Кўзингдан кетмаган кўзимку, айтгин!

Оҳ десанг ўша мен кўксингдан чиққан,
Нигоҳим жонингга ханжарин суққан,
Адашиб кўчангдан ўтиб қолган мен,
Сендек бевафога билмай йўлиққан.

Беркитиб овора бўлган дардингман,
Юрагинга қўнган ҳарир гардингман,
Сенку кечолмайсан мендан умрбод,
Мен сени ўзгага берган мардингман.

М.Салимова

@sheriylahzalar