🚦YOʻL HARAKATI •🇺🇿 @avfto_uz Channel on Telegram

🚦YOʻL HARAKATI •🇺🇿

@avfto_uz


INSTAGRAM 👇🏻
https://instagram.com/avto_trenduz

YOUTUBE 👇🏻
https://www.youtube.com/@avto_trenduz

Qiziqarli AVTO videolar va Avariya Sababchilarini muhokama qilish.

Savol va takliflar uchun @

🚦 YOʻL HARAKATI (Uzbek)

🚦 YOʻL HARAKATI is a Telegram channel dedicated to all things related to automotive trends and news. If you are a car enthusiast or interested in staying up-to-date with the latest developments in the automotive industry, this channel is the perfect place for you. From interesting car videos to discussions on accidents and their causes, YOʻL HARAKATI provides a comprehensive overview of everything related to cars. You can also connect with other car enthusiasts and engage in discussions about your favorite vehicles. For more content, make sure to follow their Instagram page at https://instagram.com/avto_trenduz and their YouTube channel at https://www.youtube.com/@avto_trenduz. If you have any questions or suggestions, feel free to contact @Zerkada2024 on Telegram. Join YOʻL HARAKATI today and immerse yourself in the exciting world of automotive trends!

🚦YOʻL HARAKATI •🇺🇿

26 Jan, 17:25


#Диққат #Тарқатинг

«Права»си олиб қўйилганларнинг автомобиль бошқарганлиги учун жиноий жавобгарлик белгиланяпти

Жиноят кодексига янги – 261-2 моддаси киритилиб, унга кўра транспорт воситасини бошқариш ҳуқуқидан маҳрум қилинган шахсларнинг транспорт воситаларини бошқариши шу ҳуқуқбузарлиги учун маъмурий жазо қўлланганидан кейин содир этилган бўлса, БҲМнинг 50 бараваридан 100 бараваригача жарима ёки 2 йилгача ахлоқ тузатиш ишлари ёхуд 2 йилдан 3 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши белгиланмоқда.

🚦YOʻL HARAKATI •🇺🇿

20 Jan, 18:19


Navoiyda yo‘l-patrul inspektorining o‘limi ortidan jinoyat ishi ochildi

Avvalroq, Navoiy viloyatining Navoiy shahrida yo‘l-patrul xizmati inspektori xizmat olib borayotgan vaqtida mashina urib ketishi oqibatida vafot etgani haqida xabar bergan edik. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, YHXB xodimining o‘limiga olib kelgan ushbu YTH kecha, 19 yanvar kuni tungi soat 1:45 da sodir bo‘lgan. Yo‘l-patrul xizmati inspektori Navoiy shahrining Islom Karimov ko‘chasida olib borayotgan xizmati vaqtida davlat raqamisiz, yo‘l harakati qoidalarini buzib harakatlangan Kia Sonet mashinasining haydovchisiga to‘xtash ishorasini qilgan. Haydovchi esa ishoraga bo‘ysunmasdan yo‘l harakati qoidasini buzgan holda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan hamda inspektorni urib yuborgan. So‘ngra voqea joyidan qochib ketgan. Yo‘l-patrul xizmati inspektori esa voqea joyida vafot etgan. Mashina boshqaruvida Navoiy shahridagi 8-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi, 2008 yilda tug‘ilgan S.M. bo‘lgan. Bolaning otasiga tegishli bo‘lgan ushbu avtomobil olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida yashirib qo‘yilgan joyidan topilgan va jarima maydoniga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida 9-sinf o‘quvchisi ijaraga olingan mashinada yo‘l-transport hodisasi sodir etgandi

🚦YOʻL HARAKATI •🇺🇿

16 Jan, 06:54


Avtobuslarda konduktorsiz, naqd to‘lov bekor qilingani yaxshi bo‘lganakan. 10 kun ichida daromad 3 mldrga oshibdi

Demak, hamma kartadan to‘layman deb kutib turganmidi? Chunki, yo‘lovchi oqimi ham 43,5 foizga ko‘paygan. Lekin bu ta’til kunlariga to‘g‘ri kelyapti.

Yoki avval boshqacha hisoblashganmi? Tasavvur qiling, har 10 kunda o‘rtacha 3 mlrd naqd pul kimnidir cho‘ntaklariga kirib ketayotgan bo‘lgan. Haydovchilar bilan konduktorlar nega bunchalik yaqin bo‘lishini tushungandekman.

🚦YOʻL HARAKATI •🇺🇿

26 Dec, 09:47


Nega zapravkalarda navbatlar ko‘paydi?

Oxirgi vaqtlar aholi va avtomobillar soni oshmoqda. O‘zimizda ishlab chiqarilayotgan va import mashinalar soniyam karrasiga oshib borayotgani hech kimga sir emas. Masalan, 4 yil oldin, 2020 yilda jami 2 mln 800 mingta mashina ro‘yxatga olingan bo‘lsa, ayni kunlar 5 mln tadan ortiq avtomobil davlat ro‘yxatiga olingan. Ularning katta qismi, tabiiyki, metan gazda yuradi.

Shuningdek, 24/7 ishlaydigan xizmatlar ko‘paygani sababli mashinalarga yonilg‘i yetkazib berish kerak bo‘lyapti.

Hozir gaz bosimi pasaygan vaqtda, ayrim zapravkalarga cheklovlar qo‘yilgan. Chunki, avvalo aholi va ijtimoiy ob’yektlarni tabiiy gaz bilan ta’minlash kerak.

Aytilishicha, bu vaqtinchalik chora va shu kunlarda cheklovlar olib tashlanishi kutilmoqda.

Hozircha sabr qilib, mavjud resurslardan unumli foydalanish muhim.

🚦YOʻL HARAKATI •🇺🇿

18 Dec, 11:58


Самарқандда орқасига «Умр тезликдан муҳимдир» деган шиор ёзилган автобус тезликда пиёдани уриб кетиб, унинг умрига зомин бўлибди...

🚦YOʻL HARAKATI •🇺🇿

13 Dec, 06:43


#Диққат

❗️Рақобат қўмитаси “YandexGo UB” МЧЖни нархларни пасайтириш бўйича огоҳлантирди

Декабрь ойининг 10 кунлиги мониторинг қилинганда, йўловчи ташиш хизматларидаги нархлар динамикасида кескин ўзгариш кузатилган.

🚦YOʻL HARAKATI •🇺🇿

08 Nov, 18:29


Taxtaqoracha dovonida halok bo‘lganlarning ikki nafari Vengriya fuqarosi bo‘lgan

Cobalt’ni tosh bosib qolishi oqibatida uch kishi halok bo‘lgandi.

Batafsil — https://daryo.uz/VmCBr09g

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

🚦YOʻL HARAKATI •🇺🇿

09 Oct, 01:32


Ўзбекистонда пропаннинг биржа нархлари икки баробар ошди. СТГ бозорида нима бўляпти?
Апрелдан буён пропан биржа нархлари икки баравар — тоннаси деярли 9,3 млн сўмгача ошди, бир литр ёнилғи эса — 4500 дан 6000−7000 сўмгача. Рақобат қўмитаси кутилаётган нарх ошиши ҳақида Энерговазирликни хабардор қилган. «Газета.uz» суюлтирилган табиий газ нархининг ошиши сабабларини тушунишга уринди.