Vatandosh TV @vatandosh_tv Channel on Telegram

Vatandosh TV

@vatandosh_tv


👉 instagram.com/vatandosh_tv
👉 youtube.com/@vatandosh_tv

Donatlar uchun:
💵https://destream.net/live/VatandoshTV/donate

🇺🇿https://tirikchilik.uz/vatandosh_tv

Reklama @migrantreklama

Xabarlar uchun @migrantxabar

Vatandosh TV (Uzbek)

Vatandosh TV - bu sizning millatga va vatanga bag'rikeng! Agar siz O'zbekistan haqida so'zlashishni, uning yangiliklarini va tadbirlarini kuzatishni yaxshi ko'rsatadigan kanal izlayapsiz, u holda, 'Vatandosh TV' kanalini obuna bo'lishga tayyormisiz!
'Vatandosh TV' kanali instagram va youtube platformalarida ham mavjud! Siz kanalni instagramda 👉 instagram.com/vatandosh_tv va youtube-da 👉 youtube.com/@vatandosh_tv manzillaridan kuzatib borishingiz mumkin

Agar siz 'Vatandosh TV' kanalini qo'llab-quvvatlashga tayyorsiz, unda ushbu manzilda donatsiyalaringizni qilishingiz mumkin: 💵https://destream.
et/live/VatandoshTV/donate nnAyrishuv xabarlar uchun @migrantxabar kanalidan ham foydalanishingiz mumkin. Reklama buyicha batafsil ma'lumot uchun esa @migrantreklama kanaliga murojaat qilishingiz mumkin

Ijodiy, ma'naviy va so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib qolishni istasangiz, 'Vatandosh TV' kanalini obuna bo'lishni unutmang! Millatingizning so'nggi voqealari va xabarlari bilan doimiy ravishda bog'lang!

Vatandosh TV

21 Feb, 18:07


"Gapirish huquqi ko'proq ularga o'tmoqda" – iqtisodchilar Xitoy ta'siri oshib borayotgani haqida

To'liq videoni ko'rish📹 👉📱https://www.youtube.com/watch?v=P9_teymcK8Y

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

21 Feb, 15:03


IIV matbuot kotibi Mubashshir Ahmadga ayblov qo‘yishda “texnik xató” bo‘lganini tan oldi

O‘zbekiston respublikasi IIV matbuot xizmati qidiruvga berilgan Azon va Azon Global loyihalar asoschisi Mubashshir Ahmad (Tursunov Alisher)ga qo‘yilgan ayblov bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.
IIV matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov “QalampirUz” saytiga bergan xabarida Alisher Tursunov avval e’lon qilingan Jinoyat kodeksining 244 prim 2-moddasi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismi bo‘yicha emas, balki 244 prim 3-moddasi (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini xabar qilgan.

IIV matbuot kotibi “shaxsga qidiruv e’lon qilinganligi haqidagi axborot Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar bosh markaziga kiritish jarayonida Jinoyat kodeksining 244 prim 2-moddasi sifatida yozilgan bo‘lib, texnik xatoga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan”, deb xabar berdi.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

21 Feb, 10:48


Markaziy Osiyo strategik foydali qazilmalar bo'yicha Xitoyga muqobil bo‘la oladimi?

Bugungi kunda mis, litiy, nikel va boshqa strategik muhim minerallar axborot texnologiyalari, aviatsiya, harbiy sanoat va yashil energiyani rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Ular global ta’minot zanjirlarida ajralmas hisoblanadi, biroq sohada global ishlab chiqarishning 60% va qayta ishlash quvvatining 85% dan ortig‘i faqat bitta davlat – Xitoyga to‘g‘ri keladi. Bu Qo‘shma Shtatlar va boshqa Gʻarb davlatlarini o‘zlarining asosiy geosiyosiy raqibiga qaram qilib qo‘yadi va ularni bu muhim foydali qazilmalarni yetkazib berishning muqobil manbalarini izlashga majbur qiladi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

21 Feb, 06:32


Advokatlik firmasi: "Mubashshir Ahmadning o’ta og’ir jinoyatda ayblanishi noto’g’ri va asoslanmagan"

“Azon” loyihalari va “Azon Global”axbort-tahliliy portali asoschisi Alisher Tursunovga nisbatan jinoiy ish ochilib, u qidiruvga berilganligi e’lon qilingan edi.

“VERUM LAW FIRM” advokatlik firmasi advokatlari tomonidan O‘zbekiston fuqarosi, hozirda Turkiya davlatida istiqomat qilib kelayotgan, Alisher Tursunov (Mubashshir Ahmad)ning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi e’lon qilindi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

20 Feb, 13:30


Eslatma!

“Vatandosh” intellektual klubining bu safargi yig‘ini “O‘zbekistonda kommunal to‘lovlar narxi oshishining aholi daromadlariga ta’siri” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

🗓 Sana: 2025-yil 22-fevral
Vaqt: 10:00
📍 Manzil: “Impuls” tadbirlar zali,
Toshkent shahri, Shota Rustaveli ko'chasi 01, 6-uy

O‘z fikrlaringizni bildirish uchun bizga qo‘shiling, muhokama ochiq! Har kim taklif etiladi.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

20 Feb, 07:57


Markaziy Osiyoning yangi shaharlari: nega hukumat megapolislarga milliardlab mablag‘ sarflamoqda?

Oxirgi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari ilgari aholi yashamagan hududlarda, jumladan, cho‘l hududlarida yangi shaharlar qurilishiga faol sarmoya kiritmoqda. Ushbu yirik loyihalar mavjud poytaxtlardagi tirbandlikni bartaraf etish, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, sarmoya jalb etish, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish kabi qator strategik vazifalarni hal etishga qaratilgan

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

19 Feb, 14:53


USAID O‘zbekiston uchun milliardlarni ajratdi. Ular qayerga ketmoqda?

USAID O‘zbekistonga yiliga o‘nlab million dollar ajratadi. Bu mablag‘lar ta’limdan tortib biznes rivojiga qadar turli sohalarga ketayotgan bo‘lsa-da, natijalari haqida ochiq-oydin gapirish qiyin. Hozir AQSHning xalqaro rivojlanish bo‘yicha asosiy agentligi faoliyati va uning O‘zbekiston bilan uzoq yillarga borib taqaladigan aloqalari haqida.

To‘liq video: https://youtu.be/LDfmuF2SpyU?si=z5FNZwFl2R2chNzP

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

19 Feb, 13:15


"Orzu orzuligicha qolmas, yurak urib tursa bas"

Eskigina “Damas”ning chang bosgan orqa oynasidagi bu ibora qalbimni zirqiratib yubordi. Oddiy so‘zlar, lekin ular qanchalar umid va matonatni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekistonda “Damas” oddiy mashina emas. Qaysidir ajnabiyga 1985-yilda chiqishni boshlagan bu “buxanka” eskirgan, bema’ni va xunuk bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo bu yerda, bizning yurtimiz sharoitida u tirikchilik, mehnatsevarlik va bitmas-tuganmas hayotiy energiyaning haqiqiy ramziga aylandi.
Minglab oilalar uchun bu kichik mikroavtobus nafaqat transport vositasi, balki yagona daromad manbai hisoblanadi. U odamlarni, yuklarni, orzularni tashiydi. Boshqa transport bormaydigan chekka qishloqlarda ham, ko‘chalarida “Damas” daryodek oqadigan Andijondek gavjum viloyat markazlarida ham bu mehnatkashning xizmati katta. Aytgancha, “Damas” “Andijon metrosi” deb ham nom olgan. Uning yuk tashiydigan “uka”si "Labo" ham yurtimiz yo‘llarida beminnat yordamchiga aylanib ulgurgan.
Kulgili, lekin achchiq haqiqat: 1996-yilda O‘zbekistonda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgandan beri “Damas” deyarli o‘zgarmagan. Kuzoviga tortilgan bir nechta chiziqlarni ayrim so‘zga chechanlar "modernizatsiya" deyishadi. Ammo unga bo‘lgan talab doimiy ravishda yuqoriligicha qolmoqda: bu mehnatkash xizmatkorni oylab, yillab navbatda turib olgan paytlar ham bo‘ldi. Kimga “Ferrari” yoqadi, yana kimdir “Tesla”ning oshig‘i. O‘zbekka, mehnatkash xalqqa esa “Damas”dan yaxshisi yo‘q.
Shuning uchun, orqa oynadagi bu so‘zlar shunchaki yozuv emas. Ularda ishonch va qat’iyat ruhi bor.
Shu “Damas”ni boshqarib ketayotgan yigitga aytmoqchiman:
"Orzuingda voz kechma, g‘alaba olg‘a intilayotganlarga yor bo‘ladi!" – degim keladi.

Uzbloknot

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

19 Feb, 08:12


AQSH elchisi Jonatan Henik: “Yangiobod bozori – haqiqiy xazina!”

AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Toshkentning noyob maskanlaridan biri – Yangiobod bozoriga tashrif buyurdi. U yerdagi antikvar buyumlar, eski kitoblar va san’at asarlari bilan tanishar ekan, "Yangiobod bozori – haqiqiy xazina joyi", deb ta’kidladi.

Elchi bozorga bo‘lgan mehrini yashirmadi va videoning oxirida hazilomuz tarzda shunday dedi:
"Kim biladi, bir kuni siz bilan Yangiobod bozorida uchrashib qolarmiz!"

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

18 Feb, 13:29


Prezidentlardan intervyu olgan jurnalist

“2000-yilda Islom Karimov bilan gaplashishga imkon bo‘lib qoldi. “Islom aka, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida viza bo‘lsa, bordi-keldi nima bo‘ladi? Quda-andachilik masalalari bor. Odamlarga qiyin bo‘lmaydimi?”, deb so‘radim. U “bu shunchaki kirdi-chiqdi uchun tartib, rasmiyatchilik xolos. Qiyin bo‘lmaydi”, mazmunida gapirdi. Javobidan angladimki, Karimov viza tartibi va bu ikki xalq uchun qanchalar qiyinchilik tug‘dirishi haqida bilmaydi. Chunki uning o‘zi hech qachon viza olmagan”, deya xotirlaydi jurnalist, “Do‘stlik” ordeni va Xalqaro “Oltin qalam” mukofoti sohibi Mirasror Ahrorov.

O‘zbekistonning eng chekka hududlaridan biri, Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida tug‘ilgan Mirasaror Ahrorov o‘zbek jurnalistikasida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan xalqaro jurnalistlardan. Asosan fors-tojik tilida ijod qiladi. Ayni paytda “Ovozi tojik” gazetasining vodiy viloyatlari bo‘yicha muxbiri bo‘lib ishlayotgan tajribali jurnalist bunga qadar “Ozodlik”, “BBC” singari dunyo miqyosda shuhrat qozongan yirik nashrlarda, Eron (Fars News Agency) Afg‘oniston ommaviy axborot vositalarida ("Orzu" TV) faoliyat olib borgan. Bir necha mahalliy va xalqaro mukofotlar bilan taqdirlangan.

“Faoliyatim sababli ko‘p yurtlarni kezganman, xorijiy safarlarda bo‘lganman. Men intervyu olgan eng yirik shaxslar qatorida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov, Tojikistonning amaldagi prezidenti Imomali Rahmon, Qirg‘iziston sobiq prezidenti Qurmonbek Boqiyev, shuningdek, ko‘plab atoqli olimlar, adib va shoirlar, mashhur san’atkorlar bor”, deydi Mirasror Ahrorov.

“Vatandosh TV”ga bergan intervyusida jurnalist o‘z ijod yo‘li, O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlari, ikki xalq aloqalari va o‘ziga xos bahslar xususida gapirdi.

To‘liq video: https://youtu.be/tL_F-kBpROc

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

18 Feb, 12:43


❗️ Hurmatli kuzatuvchilar!

Sizni “Vatandosh” intellektual klubining navbatdagi yig‘ilishiga taklif qilamiz.

Klubning bu safargi yig‘ini “O‘zbekistonda kommunal to‘lovlar narxi oshishining aholi daromadlariga ta’siri” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Siz loyihani jonli kuzatishdan tashqari, bugungacha bo‘lgan va 2025-yil 1-apreldan mamlakatda navbatdagi bor oshishi kutilayotgan elektr va tabiiy gaz ta’riflari, buning sabablari hamda ta’riflar oshishining aholi daromadlariga ta’siri bo‘yicha mutaxassis va mas'ullardan ma’lumotlar olish, shuningdek, mavzu yuzasidan o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Intellektual klub yig‘ilishi 2025-yil, 22-fevral kuni, soat 10:00 da "Impuls" tadbirlar zalida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Toshkent shahri, Shota Rustaveli ko'chasi 01, 6-uy

Vatandosh TV

18 Feb, 07:03


Buxoro burilish nuqtasida: Shahar kelajagini kim nazorat qiladi?

Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri bo‘lgan Buxoro bugungi kunda keng ko‘lamli o‘zgarishlar bosqichida. “Sharq durdonasi”ning turistik qiyofasi suv ta’minoti, internet va infratuzilma bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgan mahalliy aholining kundalik voqeliklariga ziddir. Shaharni modernizatsiya qilish bo‘yicha ulkan rejalar amalga oshirilayotgan bir paytda bu loyihalarda buxoroliklarning o‘z manfaatlari qay darajada inobatga olingani haqida savollar tug‘iladi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

17 Feb, 11:53


Ukrainadagi urush to'xtaydimi? – Ertaga Saudiya Arabistonida muzokaralar boshlanadi

Ertaga, 18-fevral kuni Ar-Riyodda AQSH va Rossiya rasmiy delegatsiyalari Ukrainadagi mojaroga yechim topish maqsadida muzokara o‘tkazadi. Saudiya Arabistoni bu jarayonda vositachi sifatida ishtirok etadi. Ukraina esa ushbu uchrashuvdan chetda qolayotganidan norozi. Muzokaralardan qanday natija kutish mumkin?

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

16 Feb, 02:33


Yozuvchi Akrom Malik “Hayrat ul-abror”ga yangi sharh kitob yozdi

Alisher Navoiy “Xamsa”si va jumladan, undagi birinchi doston “Hayrat ul-abror” asrlar davomida o‘qiladi, o‘rganiladi. U Navoiyning zamondoshlari va avlodlarga qoldirgan pandnomalari jamlanmasi, qimmatli asar. Ammo bugungi kun o‘quvchilari uchun turli sabablarga ko‘ra, uni to‘la tushunish va anglash doim ham oson emas. Shu boisdan, bu asarga ilmiy-adabiy yondashuvlar asosida yoziladigan sharhlar juda muhim.
 
4-fevral kuni Toshkentda Navoiyning birinchi dostoni “Hayrat ul-abror”ga yozuvchi Akrom Malik yozgan sharh kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Vatandosh TV muxbiri yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunoslar, diniy soha vakillari hamda yozuvchining ko‘p sonli muxlislari ishtirokida o‘tgan tadbirdan reportaj tayyorladi.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

14 Feb, 18:36


Tahlilchi "Allamjonov ishi" haqida

To'liq videoni ko'rish📹 👉📱https://youtu.be/-AJd16sRN1k?si=XmWwi4h5CYSp4NLx


Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

14 Feb, 11:18


“Bilishimcha, bu qonun qabul qilinmaydi, qilinsa, katta muammolar paydo bo‘ladi” – Hamid Sodiq diniy konsepsiya haqida

Siyosatshunos Hamid Sodiq Vatandosh TV’ga bergan intervyusida diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi va uning muammolari jihatlariga to‘xtaldi.

To'liq videoni ko'rish📹 👉📱 https://www.youtube.com/watch?v=_XfcLi2gIbM&t=626s

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

14 Feb, 07:11


“Boburnoma”da turli millat va elatlarning tasvirlanishi

“Boburnoma”da tilga olingan ushbu chakraklar turkiy qavmlardan biri bo‘lib, XI–XII asrlarda Xorazm vohasida yashab, bu o‘lkaning siyosiy hayotida faol ishtirok etganlar. Chakraklarning katta bir qismi Sirdaryoning yuqori oqimiga ko‘chib borib, o‘rnashganlar. “Boburnoma”dan anglashiladiki, Farg‘ona vodiysi bilan Qoshg‘ar oralig‘idagi tog‘li hududlarda yashaganlar.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

09 Feb, 01:56


Navoiyning Samarqandga tashrifi

Samarqand… Moʻjizakor mehnatkash insonning teran fikri, mohir qo‘llari bilan bunyod etilgan me’morlik obidalari bilan mashhur, ne-ne olimu adibni, shoiru nosirni, mutafakkiru muarrixni, rassomu xonandani, zarrinqalam kotibu maftun etuvchi navozandayu sozandalarni yetishtirgan tabarruk shahar. Samarqandning tarixiy yodgorliklari ko‘rilar ekan, shaharning qadim ko‘chalaridan yurilar ekan, ularda Jomiy va Navoiy ovozlari eshitilgandek bo‘ladi, tabarruk loyqadamlarining izlari tasavvur etiladi va bu zaminda yurish naqadar sharafli ekanini his qiladi kishi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

08 Feb, 07:05


«Yumshoq kuch» – Jahon siyosatidagi ko‘rinmas qurol

Siyosatshunos Jozef Nay tomonidan kiritilgan «Yumshoq kuch» tushunchasi davlatning majburlash yoki pul yo‘li bilan emas, balki o‘z madaniyati, qadriyatlari va siyosati orqali boshqalarga ta’sir o‘tkazish qobiliyatini nazarda tutadi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

07 Feb, 04:50


"Kelinimiz yomon yo'lga yurib ketdi"

To'liq videoni ko'rish📹 👉📱 https://www.youtube.com/watch?v=7TlxHBm_PpI&t

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

06 Feb, 11:43


Shveytsariya «Gulnora Karimova ishi» doirasida musodara qilingan yana 182 mln dollarni O‘zbekistonga qaytaradi

Bugun, 6-fevral kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston tomonidan adliya vaziri Akbar Toshqulov hamda Shveysariya tomonidan Shveysariyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Konstantin Obolenskiy oʻrtasida “Musodara qilingan aktivlarni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitim” imzolandi.

Bitim doirasida taxminan 182 mln dollar miqdoridagi mablagʻlar Oʻzbekistonga qaytarilishi belgilangan. Mazkur mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi ayrim fuqarolari tomonidan noqonuniy orttirilgan boʻlib, 2012-yilda Shveysariya Bosh prokuraturasi tomonidan G.Karimovaga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ish yurituvi doirasida toʻlaqonli musodara qilingan edi.

Mablagʻlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Uzbekistan Vision 2030 Fondi” Koʻp sheriklik trast Jamgʻarmasi orqali qaytariladi.

Taʼkidlash lozimki, muqaddam 2022-yil 16-avgustda Shveysariyaning Bern shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Shveysariya Konfederatsiyasi oʻrtasidagi “Shveysariya Konfederatsiyasi hududida musodara qilingan noqonuniy orttirilgan aktivlarni Oʻzbekiston Respublikasi aholisining manfaatlari yoʻlida qaytarish usullari toʻgʻrisidagi bitim” imzolangan. Ushbu bitim noqonuniy orttirilgan aktivlarni BMTning “Uzbekistan Vision 2030 Fondi” deb nomlangan Koʻp sheriklik trast Jamgʻarmasi orqali Oʻzbekistonga qaytarish mexanizmi hamda asosiy tamoyillar va maqsadlarni belgilaydi.

Mazkur ishlar doirasida 2022-yil avgustda imzolangan birinchi bitim taxminan 131 mln dollar miqdoridagi mablagʻlarni Oʻzbekistonga qaytarilishini nazarda tutadi. Yangi bitim imzolanishi bilan Oʻzbekiston aholisining manfaatlari yoʻlida qaytarilgan mablagʻlarning jami miqdori 313 mln dollarga yetadi.

“Uzbekistan Vision 2030 Fondi” orqali qaytarilayotgan mablagʻlar Oʻzbekiston aholisining manfaatlari uchun, xususan sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalarida ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi. Fond va uning loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiq manbada oʻzbek va ingliz tillarida fondning veb-saytida joylashtirilgan.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

06 Feb, 09:49


Samarqand viloyati hokimligi Registonni savdo markazi emas, tarixiy obida sifatida saqlab qolishi kerak

O‘zbekiston tarixi va madaniyati nafaqat boyligimiz, balki millionlab xorijlik sayyohlar uchun ham tuganmas qiziqish manbai. Ular har yili qadimiy obidalarimizni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish, o‘tmish haqidagi qiziqarli hikoyalarni tinglash va o‘tgan davrlar muhitiga sho‘ng‘ish uchun kelishadi. Bu mo‘jizalar orasida nafaqat Samarqand, balki butun mamlakat ramziga aylangan joy – Registon majmuasi alohida ajralib turadi.

Bu me’moriy ansambl xuddi sharqona ertak kabi necha yillardirki sayyohlarni o‘ziga chorlaydi. Bu yerda hamma narsa: miliy gumbazlar, minglab olimlar yetishib chiqqan madrasalar, ajdodlarimiz yotgan maqbaralar sayyohlarni tarix olamiga olib ketadi. Ammo siz bu inshootlarning ostonasidan o‘tishingiz bilan ishtiyoqingiz so‘na boshlaydi, u yerdagi ko‘rinish ta’bingizni xira qiladi.

Go‘zal madrasalarga kirishingiz bilan sizni tarixiy maskan hududida kutilayotgan ulug‘vorlik va sukunat o‘rniga... savdogarlar kutib oladi. Ha, ha, kiraverishda arzon esdalik sovg‘alari solingan vitrinalar, uyum-uyum turli matolarni ko‘rib qadimiy ilm o‘chog‘iga emas, balki xaridorlar gavjum bo‘lgan savdo majmuasiga kirgandek bo‘lasiz.

Eng qizig‘i, bu do‘konlar bir vaqtlar buyuk olim va faylasuflar uchun dars xonalari bo‘lib xizmat qilgan binolarda joylashgan. Afsuski, ularning o‘rnida sifati shubhali bo‘lgan, ko‘pincha qimmat narxdagi tovarlar sotiladigan do‘konlar joylashgan. Bundan tashqari, savdogarlarning tinimsiz mol tiqishtiraverishi sayohatchilarga tarixiy obidalarni butunligicha tomosha qilish, uning go‘zalligidan bahra olishiga ham katta to‘siq.

Samarqand viloyati hokimligi, shuningdek, ko‘plab boshqa tarixiy obidalar jamlangan Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari tarixiy obidalar joylashgan hududlardagi tartib-intizomni tiklashi, madaniy inshootlarni o‘z holicha asrab-avaylash majburiyati ekanini esdan chiqarmasligi kerak. Registon ansanbli ichidagi bugungi vaziyat hokimlikning sohaga mas’ul kishilari uchun yumshoq aytganda – uyat.

So‘zim quruq bo‘lmasligi uchun o‘sha joydan olingan bir nechta fotosuratlarni ilova qildim. Registon tijorat markazi emas, kelganlarni o‘z go‘zalligi bilan hayratga soladigan haqiqiy tarixiy obida sifatida qolishi kerak.

Ilyos Safarov, jurnalist

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

06 Feb, 05:52


USAID: Yumshoq kuchdan siyosiy inqirozgacha

60 yildan ortiq vaqt davomida AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) insonparvarlik yordamini demokratik qadriyatlarni rivojlantirish bilan uyg‘unlashtirib, Amerikaning global ta’sirini o‘zida mujassam etgan tashkilot sifatida ko‘rilib keldi. Ammo Donald Trampning 2025-yilda Oq uyga qaytishi bilan agentlik taqdiri so‘roq ostida qolib, AQSHning dunyodagi o‘rni haqida kengroq munozaralarga sabab bo‘ldi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

05 Feb, 07:43


"Daraxtlar kesilaveradi, agar..."

To'liq videoni ko'rish📹 👉📱 https://youtu.be/wu2xyVNpJJg

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

04 Feb, 12:30


Kitobga oshiq jahongir

Ozarbayjonga yurishi vaqtida Shabistar qishlog‘ining nomi Temurga Mahmud Shabistariy va uning “Gulshani roz” kitobini eslatadi. So‘rab-surishtirilganida ma’lum bo‘ladiki, Shabistariy chindan ham shu qishloqda yashab o‘tgan, uning qabri esa qarovsiz holda ekan. “Shunda Amir Temur o‘z odamlariga farmon berib, qabr o‘rnida moʻjaz bir maqbara qurishni, atrofdan maqbaraga qarashli vaqf yer ajratishni, undan keladigan daromadlar hisobiga bog‘ barpo etish va shoir qabrini ziyoratgoh kabi obod saqlashni buyuradi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

04 Feb, 07:27


“Loyiha qayta ko’rilishi kerak” — siyosatshunos Rossiya bilan hamkorligida qurilayotgan AES haqida

Siyosatshunos Farhod Tolipov O’zbekistonda Rossiya ishtirokida qurilishi boshlangan AES va uning ehtimoliy oqibatlari haqida gapirdi.

To'liq videoni ko'rish📹 👉📱https://www.youtube.com/watch?v=pfEGPkoJG14&t=33s

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

03 Feb, 10:58


"Erim homilador holimda ham urgan"

To'liq videoni ko'rish📹 👉📱 https://www.youtube.com/watch?v=7TlxHBm_PpI&t

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

03 Feb, 09:31


Faktcheking: dezinformatsiya davrida haqiqat uchun kurash

Axborot bir zumda tarqaladigan bugungi dunyoda faktchekingning roli har qachongidan ham muhimroqdir. Har kuni millionlab odamlar haqiqat yoki ataylab buzib ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan yangiliklarga duch kelishadi. Axborotning haddan tashqari ko‘pligi davrida faktcheking jamiyatga haqiqatni uydirma, mish-mishlardan ajratish imkonini beradi, demokratiya va fuqarolarning ishonchli axborot olish huquqini himoya qiladi.

Faktcheking - bu yolg‘on yoki manipulyasiyali bayonotlarni aniqlashga qaratilgan jurnalistik tadqiqot usuli. Bu soxta yangiliklarni tahlil qilish, dezinformatsiyani fosh qilish va auditoriyani aniq ma’lumotlar bilan ta’minlashga yordam beradi. Biroq, axborotni tekshirish texnologiyalari rivojlanishiga qaramay, yolg‘on bayonotlar faol ravishda, ba’zida xato bilan, ba’zan esa ataylab tarqalishda davom etmoqda.

Ushbu maqolada biz jamoatchilik fikriga va hatto global siyosatga ta’sir ko‘rsatgan dezinformatsiyaning bir nechta shov-shuvli holatlarini ko‘rib chiqamiz.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

02 Feb, 09:02


"Toshkentga qaytsam bo‘ldi, allergiya boshlanadi" professor

To'liq videoni ko'rish📹 👉📱 https://youtu.be/wu2xyVNpJJg

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

02 Feb, 04:43


Yo‘lma-yo‘l yaxshilik qiladigan odamlar

Hozirgi yoshlarning aksariyati zamonaviy kasblar, internet sohasidagi bilimlarga o‘ch. Agar shu ishtiyoq yaxshi ishlarga chanqoqlik bilan qo‘shilib ketsa, natija o‘n barobar xayrli bo‘ladi. Qo‘qon shahrida yashovchi ukalmiz Shahboz Shukurjonov ham shunaqa yoshlardan. O‘zi energetika sohasida 3-bosqich talabasi, lekin AyTi sohasini ham mukammal o‘rganish niyatida.
Tasavvur qiling, siz mashinangizda ishga yoki yana qaysidir joyga ketyapsiz. Yo‘l-yo‘lakay kimnidir bepul olib ketsangiz qanday bo‘ladi? Yozning issig‘i, qishning sovug‘ida dildirab ketayotgan odamga yaxshilik qilsangiz, o‘n barobar bo‘lib qaytishi bor gap-ku! Xullas, Shahboz va uning jamoasi savob ishni niyat qilib, telegramda bir guruh tuzishga ahd qildi. “Yo‘lma-yo‘l Qo‘qon” degan guruh 2024-yilining yanvarida dunyo yuzini ko‘rdi. Shundan beri unga a’zo bo‘layotgan haydovchilar, yo‘lovchilar soni oshgandan oshib, hozirgi kunda 26 mingdan oshiq a'zolarga ega. Shahbozning aytishicha, uning bundan tashqari uy va avtomobil savdosiga mo‘ljallangan kanallari ham bor ekan.
Shahboz bilan suhbat qilib bir-ikki savolimizga javob oldik.
– Bu guruhni ochishga sizni nima va qanday maqsadlar undadi?
– Har kuni o‘qishga mashinamda ketar ekanman ko‘chada piyoda ketayotgan odamlarni ko‘rib ko‘nglim allanechuk bo‘lardi. Keyin do‘stlarim bilan maslahatlashib shu guruhni tashkil qildik.. Mening boshqa telegram kanallarim ham bor, tajribamdan kelib chiqib aytamanki, “Yo‘lma-yo‘l Qo‘qon” guruhida odamlar nisbatan tez ko‘paya boshladi. Bunga sabab xalqimizning bir-biriga mehribon, o‘zgalar dardini anglashga harakati, bir-biriga yordam berish hissining kuchliligi bo‘lsa kerak. Shuni aytishim kerakki, haydovchilar kechayu kunduz tekinga odam tashib yurishmaydi. Hammaning o‘ziga yarasha ishi, tashvishi bor. Lekin masalan ishga, o‘qishga falon joyga ketayotgan odam yo‘l-yo‘lakay yana bir-ikki kishini olib ketsa, qanday yaxshi. Ba’zi avtomobil egalari nafaqat yo‘lovchilarni bepul olib ketish, balki qaysidir bemorni uyidan kasalxonaga olib borib-kelish yoki uyidan chiqolmaydigan nogironlarga bozordan oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bilan ham shug‘ullanishadi. Va buning hammasini bepul bajarishadi.
– Hozir ko‘ngilli haydovchilarning soni qanchaga yetdi?
– Aniq aytolmayman, yuzlab haydovchilar bo‘lsa kerak. Biz ularning faoliyatini instagram kanalimizda yoritishni maqsad qilgandik, biroq juda ko‘pchilik bunga qarshi chiqdi: “o‘ng qo‘ling qilgan yaxshilikni chap qo‘ling bilmasin” degan gapga amal qilishdi, shekilli.
– Kuniga qancha odamga yordam beriladi?
– Kuniga ikki mingdan ortiq yozuvlar, so‘rovlar bo‘ladi. Iloji boricha hammaga yordam berishga harakat qilamiz.
– Ishingizda, birovni og‘irini yengil qilganingizda nimani his qilasiz?
– Kimnidir biror joyga yetkazib qo‘ysangiz, ayniqsa yoshi ulug‘ yoki nogiron kishilar uzoq duo qilishadi. O‘sha joyda o‘ylaymanki, boshqa haydovchilar ham chin dildan quvonishsa kerak. Bu bizga motivatsiya beradi, yanada ko‘proq yaxshi ishlar qilishga undaydi.
– Rahmat, salomat bo‘ling. Xayrli ishlar qilishda hech qachon tolmang, doimo elning duosini olib yuring.

Yoqub Umar
suhbatlashdi

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

01 Feb, 10:16


Erkin Abdulahatov – Toshkentda shaharsozlik va yashillik yillar davomida qanday o'zgarib borgani haqida

Geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, iqlimshunos Erkin Abdulahatov "Vatandosh" intellektual klubining Toshkent havosi muammolariga bag'ishlagan yig'ilishida poytaxt qurilishlaridagi o'zgarishlarga e'tibor qaratdi.

Uning chiqishidan yillar davomida Toshkentda qurilishlar sifati yomonlashib, yashillik esa kamaytirib borilganini ko'rish mumkin.

📹👉 https://www.youtube.com/watch?v=pgX9ezQConU

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

01 Feb, 07:29


Markaziy Osiyoda fuqarolik jamiyati: islohotlar va cheklovlar orasida

Qozog‘istonning Olmaota shahrida 28-30-yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” fuqarolik jamiyati forumi mintaqadagi nodavlat tashkilotlar kelajagini muhokama qildi. Rasmiylar demokratik islohotlarni va’da qilayotgan bir paytda, jurnalistlar, faollar va inson huquqlari himoyachilari bosim ostida qolmoqda. Markaziy Osiyo davlatlarida so‘z erkinligi cheklovlari, repressiyalar va yangi qonuniy to‘siqlar haqida ekspertlar qanday fikr bildirdi?

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

31 Jan, 08:19


“Hatto 20 yilga ham bormasligi mumkin” — Toshkentning kelajak ekologiyasi qanday bo‘lishi taxmin qilindi


25-yanvar kuni Vatandosh TV loyihasi – Vatandosh intellektual klubining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Klubning bu safargi uchrashuvi Toshkent havosi va uni yaxshilash masalalari muhokamasiga bag‘ishlandi.

Uchrashuvda mutaxassislarga Toshkentni 75 yildan keyin insonlar yashashi uchun qanchalik qulay shahar bo‘lishi yuzasidan savol bilan murojaat qilindi. Mutaxassislarga ko‘ra, agar shoshilinch choralar ko‘rilmasa, poytaxt 75 yil u yoqda tursin, hatto 20 yilda ham insonlar yashab bo‘lmaydigan holatga kelishi mumkin.

To'liq videoni ko'rish📹 👉📱 https://youtu.be/wu2xyVNpJJg

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

31 Jan, 06:37


Turkiy ittifoqni yaratish istiqbollari: siyosiy, harbiy va iqtisodiy jihatlar

So‘nggi yillarda Turkiya, Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida faol yaqinlashuv kuzatilmoqda, bu esa Yevrosiyo maydonida muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan strategik ittifoq yaratish imkoniyatlari haqida fikr yuritishga olib keldi. Turkiy ittifoq tuzish g‘oyasi global geosiyosiy o‘zgarishlar, jumladan Rossiyaning mintaqadagi ta’sirining zaiflashishi fonida ayniqsa dolzarb bo‘lib bormoqda. Biroq, bunday loyiha qanchalik real va u tomonlarning har biri uchun qanday foyda va qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi?

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

30 Jan, 12:14


"Oliy Majlis ishlamas ekan, havo toza bo'lmaydi, qurilishlar ham to'xtamaydi"Hamid Sodiq Toshkent havosining ifloslanishi haqida

To'liq videoni ko'rish📹 👉📱 https://youtu.be/wu2xyVNpJJg

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

30 Jan, 06:41


"Gazsiz uzoq yashash mumkin, lekin Qodirovlar bilan uzoq yashab bo'lmaydi"

To'liq videoni ko'rish📹 👉📱 https://youtu.be/wu2xyVNpJJg

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

29 Jan, 14:32


“Hukumat vaziyatni o‘zgartirmasa, 20 yildan keyin Toshkentda yashab bo‘lmaydi” – ekologlar

Dunyoning eng arzon poytaxtlari, eng sovuq poytaxtlari, eng issiq poytaxtlari kabi turli solishtirma reytinglarda e’tirof etib turiluvchi Toshkent shahri so‘nggi yillarda yana bir reytingda tez-tez tilga olinadigan bo‘ldi. Bu “Dunyoning havosi eng iflos poytaxtlari” reytingi.

5 millionga yaqin odam istiqomat qilayotgan Toshkent havosi, afsuski, so‘nggi yillarda turli sabablarga ko‘ra, keskin yomonlashdi. Energetika sohasidagi yomon boshqaruv, paydarpay, rejasiz qurilishlar, daraxtlarning ayovsiz kesib tashlanishi, transport vositalarining ko‘payishi va poytaxt atrofidagi uning havosiga salbiy ta’sir qiluvchi boshqa jarayonlar qadim kentning osmonini toza havoga tor qildi.

Avval boshda holat kritik darajaga borsa-da, bu haqida gapirgan jamoat faollari ovoziga ko‘p ham e'tibor berilmadi. Havo sifatini tekshiruvchi manbalar ma'lumotlari konspirologiya deb biluvchilar, Toshkent changi inson salomatligi uchun zararli emas, deb aytganlar ham bo‘ldi. Savollar ko‘p, javoblar turfa.

“Vatandosh” intellektual klubining bu galgi munozarasi Toshkentning yashash uchun xavfli ob-havosi va uni qanday yaxshilash mumkinligi masalalariga bag‘ishlandi.

📱 https://youtu.be/wu2xyVNpJJg

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

29 Jan, 11:59


"Vatandosh" intellektual klubining bahs-munozaralarga boy o‘tgan ushbu yig‘ilishini tez orada ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin. Bizga obuna bo‘ling, videolarimizga like bosing va uni do‘stlaringiz bilan ulashing.
Siz shu orqali dolzarb mavzu muhokamasiga bag‘ishlangan dasturimizni ko‘proq kishi ko‘rishi uchun hissa qo‘shishingiz mumkin.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

29 Jan, 07:16


Qachon millat bo‘lamiz?

“Millat vijdoni” deb ulug‘lanadigan ziyolilarimiz jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar, mavjud ahvolga nisbatan befarq ekani ham kishini o‘yga toldiradi. Holbuki, ziyoli ahli xalqni birlashtirishi, ommani ezgu maqsadlar sari yo‘naltirishda peshqadam bo‘lishi kerak. Ziyolilarning faol toifasi esa jamiyatga sig‘mayotgandek. Boshi qovushmagan, o‘zaro birlashuv istagi sust. Darvoqe, ziyolilarni himoya qilishi kerak bo‘lgan davlat idoralari ham u qadar faol emas. Lekin shunday sharoitda ham ziyoli o‘ziga yuklatilgan moʻtabar vazifani ado etishi shart emasmi?..

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

28 Jan, 13:09


Muxlislik, insoniylik va professionalizm

Yanvar oyida O‘zbekistonda futbol asosiy mavzulardan biriga aylandi. Bu Abduqodir Husanov atrofidagi voqealar sabab. Aslida bu biz uchun hayot-mamot masalasi emas. Biroq millat sha’ni va sharafiga daxldor bo‘lgani uchun ham trendga aylandi. Balki undan kattaroq voqeilikdir. Chunki bu transfer haqida nafaqat mahalliy, balki qozoq, tojik, qirg‘iz matbuotidan tortib, jahon futbol mediasigacha gapirdi, muhokama qildi. Shu bois debyut intiqlik bilan kutildi. Ammo bunday debyut, ya’ni Gvardiolaga xos tavakkalchilikni hech kim kutmagandi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

28 Jan, 11:27


O‘zbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti 2026-yilda sun’iy yo‘ldosh uchiradi

Bu toʻliq Oʻzbekiston tomonidan quriladigan sunʻiy yoʻldosh emas, balki uning qurilishida oʻzbekistonlik mutaxassislar ishtirok etadi, deya aniqlik kiritdi “Oʻzbekkosmos” vakili.

O‘zbekiston Turkiy Davlatlar Tashkiloti bilan birgalikda 2026-yilda sun’iy yo‘ldoshni uchirishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “O‘zbekkosmos” agentligi aerokosmik rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i Muhiddin Ibrohimov ma’lum qilgan.

Ibrohimov kosmik monitoring ma'lumotlari bilan ishlash infratuzilmasini yaratishda sezilarli yutuqlarga erishilganini qayd etdi. Agar 2022-yilda zarur ko'nikmalar va bozor yo'qligi sababli mahalliy sun'iy yo'ldoshni uchirish g'oyasi erta bo'lib tuyulgan bo'lsa, endi vaziyat o'zgardi. O‘zbekistonda davlat va xususiy sektorni qamrab oluvchi 600 ming kvadrat kilometrdan 1 million kvadrat kilometrgacha bo‘lgan sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini qayta ishlash bozori shakllantirildi.

Yerni zondlash uchun sun’iy yo‘ldosh turkumini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ayni vaqtda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar bilan hamkorlikda ilmiy sun’iy yo‘ldosh ishlab chiqilmoqda. O‘zbekiston sun’iy yo‘ldoshning umumiy loyihaga birlashtiriladigan texnologik qismini yaratishda ishtirok etmoqda. Uchirish 2026-yilning o'rtalariga mo'ljallangan.

Bundan tashqari, “O‘zbekkosmos” rahbari Ismoil Rasulov Yaponiyaning Kyusyu texnologiya instituti bilan shartnoma tuzilganini ma’lum qildi. Hamkorlik doirasida 2025-yilda O‘zbekistonning yetti jamoasi o‘z sun’iy yo‘ldoshlarini ishlab chiqish, loyihalash va yig‘ishni boshlaydi.

Turkiy davlatlar Ichida Turkiya oʻzining Turksat 1A sunʼiy yoʻldoshini 1994-yilda uchirgan edi. Turkiyaning kosmik dasturi aloqa va masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshlarini o‘z ichiga oladi.

Hozirda Markaziy Osiyo davlatlari orasida faqat Qozog‘iston va Turkmaniston o‘z sun’iy yo‘ldoshlariga ega.

Turkmaniston o‘zining birinchi sun’iy yo‘ldoshi TurkmenÄlem 52°E ni 2015-yilda uchirgan. U Fransiyaning Thales Alenia Space kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va qurilgan telekommunikatsiya sun'iy yo'ldoshidir. Yo‘ldosh SpaceX kompaniyasining American Falcon 9 raketasida uchirilgan.

Qozog‘iston mintaqada kosmik industriyani rivojlantirish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Mamlakat allaqachon o'zining bir nechta sun'iy yo'ldoshlariga ega:
• KazSat-1 (2006) – birinchi qozoq aloqa sun'iy yo'ldoshi, lekin u muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
• KazSat-2 (2011) – normal rejimda ishlaydigan aloqa sun'iy yo'ldoshi.
• KazSat-3 (2014) – aloqa sun'iy yo'ldoshi.
• KazEOSat-1 va KazEOSat-2 2014-yilda uchirilgan Yerni masofadan zondlash yo‘ldoshlaridir.
Qozog‘iston Boyqo‘ng‘ir kosmodromiga (Rossiya ijaraga olgan) egalik qilishi uni kosmik sohada muhim o‘yinchiga aylantiradi.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

28 Jan, 06:31


Dunyoda sun'iy intellektlar kurashi boshlanmoqda

Xitoyning Xanchjouda joylashgan DeepSeek kompaniyasi o'zining innovatsion R1 modeli bilan global sun’iy intellekt sanoatida katta shov-shuvga erishdi. Loyiha nafaqat texnologik yutuq, balki Amerikaning OpenAI, Google va Microsoft kabi gigantlari uchun jiddiy sinov boʻldi.
Sun'iy intellektning global bozori, allaqachon shiddatli raqobat maydoniga aylangani tobora yaqqol bilinmoqda. Ilgari global sahnada deyarli noma'lum bo'lgan DeepSeek o'zining inqilobiy yondashuvlari va natijalari tufayli qisqa vaqt ichida e'tiborni jalb qilishga muvaffaq bo'ldi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

27 Jan, 13:18


“Oliy Majlis ishlamas ekan, havo toza bo‘lmaydi” – siyosatshunos

25-yanvar kuni Vatandosh TV loyihasi – Vatandosh intellektual klubining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Klubning bu safargi uchrashuvi Toshkent havosi va uni yaxshilash masalalari muhokamasiga bag‘ishlandi.

Uchrashuv qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Xususan, siyosatshunos Hamid Sodiq tadbirning muhokamalar qismida so‘z olarkan, sifati yildan-yilga yomonlashayotgan Toshkent havosini yaxshilashning asosi parlamentning jonlanishi ekanini ta’kidladi.

“Oliy majlis ishlamas ekan, qurilishni to‘xtatishmaydi, havoni ham tozalashmaydi. Buning ikkinchi effekti shunday bo‘ladiki, havo tozalaymiz, deya byurokratiyani ko‘paytirishadi. Muammo bor, muammo bor, desangiz, saylovga tegmay tur deyishadi-da, changga qarshi kurashish vazirligini tashkil qilib qo‘yishadi.

Ekologik muammolarning tagida siyosiy muammo yotadi. Hal qilmas ekanmiz, bittamiz bilan ham hisoblashishmaydi.

Toshkentda biznes qilayotganlarning havosi toza boshqa shaharlarda uylari bor. Hech muammo qilmanglar, vatan bizniki. Biz nafas olamiz”, – dedi siyosatshunos.


Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

27 Jan, 10:36


Abdurahmon Tashanov o‘ziga nisbatan davom etayotgan bosimlar haqida navbatdagi chiqishini qildi

Huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov Toshkent xalqaro aeroportida pasporti olib qo‘yilib, unga nisbatan haqoratomuz munosabatda bo‘lingani haqida yozdi. Bu uning o‘ziga nisbatan qilinayotgan bosimlar haqida shu oyning o‘zida qilgan ikkinchi chiqishidir.

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov o‘ziga nisbatan oshib borayotgan bosimlar haqida navbatdagi bor chiqish qildi.

Xususan, 26-yanvar kuni Hindistonga uchishi oldidan, Toshkent xalqaro aeroportida uning pasportini olib qo‘yib, 1 soatdan ortiq ushlab turishgan hamda haqoratomuz munosabatda bo‘lishgan.

“Dehliga juda yomon kayfiyatda uchyapman. Aeroportda narsalarimni titib tashlashdi, pasportimni olib qo‘yib, bir soatda ortiq ushlab o‘tirishdi.
Yechintirib, chotimgacha tekshirishdi. O‘ta haqoratomuz munosabatda bo‘lishdi. Kimga shikoyat qilaman, hatto bilmayman.
Aeroport xodimlarining yuz-ko‘zida xijolatchilik sezdim. “Aka, xizmatchilik, sizni taniymiz” deyishdi.

Bunaqangi haqoratomuz munosabatdan so‘ng ortga qaytmoqchi bo‘ldim, sherigim shashtimdan qaytardi, sharafsizlar.

Huquq himoyachisi bo‘la turib, o‘zgalar huquqini himoya qilib, sharafsizlar oldida ojiz qoldim. Sog‘lig‘imga putur yetdi, o‘tgan hafta shifoxonadan chiqqandim. Ming la’nat!”
, – deb yozgan Tashanov.

“Ezgulik” rahbari avvalroq, 22-yanvar kuni o‘ziga nisbatan kompromat yig‘ishga urinayotganlar borligi va bu haqda ogohlantirish xatlari olganini ma’lum qilib post joylagandi.

“G‘amxo‘rlarimizning biz haqimizda kompromat yig‘ishga urinayotgani haqida xabarlar kelmoqda. Kecha bu borada bir necha xatlar oldim. Nazarimda, nimadir qilishmoqchi, qandini ursin. Bu soyalar va qoyalar kurashi, qurbon bo‘lsak, achinmayman.
Do‘stim Ilyos Safarov (Vatandosh TV bosh muharriri) kecha shu haqda yozgandi, bir-ikki notavon uni xaypda ayblabdi. Achinasan odam - millat shu ahvolga tushdi. Qiyshiq basharangni fisqu fasod, cho‘pchak bilan yashirishga urinasan, lekin u baribir bo‘y ko‘rsataveradi”,
– deb yozgandi u facebook sahifasida.

Huquq himoyachisi endilikda so‘nggi instansiya sifatida prezidentga murojaat qilmoqchiligi haqida ham yozgan.
“Faoliyatim davrida biror marta prezidentga murojaat qilmaganman, endi tayyorlanyapman, chunki bu murojaat so‘nggi instantsiyadir. Agar bundan samara bo‘lmasa, vaziyat kartinasi tamomila aniq bo‘ladi”, – degan u.

Ma’lumot uchun, Abdurahmon Tashanov inson huquqlari sohasida O‘zbekistondagi yagona mustaqil tashkilot – «Ezgulik» jamiyati rahbari hisoblanadi.

Jamiyat 2002-yilda tashkil etilgan. U O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va demokratik qadriyatlarni rivojlantirishga qaratilgan nodavlat tashkilotdir. Ushbu jamiyat davlat idoralari hamda vatandoshlar munosabati, bunda inson huquqlari buzilishi holatlarini kuzatish, tahlil qilish va bartaraf etish bilan shug‘ullanadi.

Tashkilot 2024-yilning 4-dekabr kuni Fransiya Respublikasining «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti bilan ham taqdirlangan.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

26 Jan, 07:33


Jarima ballari xavfsizlikni ta’minlaydimi yoki ...

O‘zbekiston Respublikasi Senati yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonunni ma’qulladi. Ushbu hujjatda jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etilib, transport boshqarish huquqidan mahrum qilishning minimal muddati 6 oy etib belgilandi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

25 Jan, 08:20


Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Adham Qurbonovning aytishicha, ekologiya vazirligi yangi dastur ishlab chiqqan, unda 30 gazoanalizator, 25 monitoring stansiyasi va korxonalar atrofida "yashil belbog‘" tashkil etish orqali shahar atmosferasini tozalashga qaratilgan kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlar belgilangan.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

25 Jan, 07:47


“Vatandosh” intellektual klubining “Toshkent havosi: uni qanday yaxshilash mumkin?” mavzusidagi yig‘ilishini YouTubega mana bu havolada jonli tomosha qilishingiz mumkin

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

25 Jan, 06:54


Xuddi shu daqiqalarda “Vatandosh” intellektual klubining “Toshkent havosi: uni qanday yaxshilash mumkin?” mavzusidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda poytaxtimiz havosining ifloslanishi, uni yuzaga keltirayotgan omillar va bartaraf qilishda hukumat, ilm-fan oldida turgan vazifalar haqida so‘z ketadi.

Unda soha mutaxassislari, davlat va jamoat arboblari hamda muammoga befarq bo‘lmagan hamyurtlarimiz ishtirok etishmoqda.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

24 Jan, 13:55


❗️ Hurmatli kuzatuvchilar!

Sizni “Vatandosh” intellektual klubi yig‘ilishiga taklif qilamiz.

Klubning bu safargi yig‘ini “Toshkent havosi: uni qanday yaxshilash mumkin?” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Siz loyihani jonli kuzatishdan tashqari, Toshkent shahri havosining ifloslanishi, uni yuzaga keltirayotgan omillar va bartaraf qilishda hukumat, ilm-fan oldida turgan vazifalar haqida ma’lumot olish, shuningdek, mavzu yuzasidan o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Intellektual klub yig‘ilishi 2025-yil, 25-yanvar kuni, soat 10:30 da “Edu Master” tadbirlar zalida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Toshkent shahar, Bunyodkor shoh koʻchasi, 7g uy.
Mo‘ljal: “Millat umidi” universiteti, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi binosi yonida.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

24 Jan, 10:11


«Rosatom»ga qarshi sanksiyalar: uning global atom energetikasi va Rossiya iqtisodiyoti uchun oqibatlari qanday bo'ladi?

2025-yilning 10-yanvarida AQSH Moliya vazirligi «Росатом» davlat korporatsiyasi rahbariyatiga, jumladan, bosh direktor Aleksey Lixachev va uning o‘rinbosarlariga qarshi sanksiyalar joriy etilganini e’lon qildi.

Sanksiyalar «Rosatom»ning Rossiya yadroviy qurol kompleksi, mudofaa sektori, xorijda atom elektr stansiyalari qurilishi, ilg‘or texnologiyalar va materiallarni ishlab chiqish va boshqa sohalardagi faoliyati bilan bog‘liq.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

23 Jan, 16:05


Nuqtalar: “Shakl oson, mazmun uchun ishlash esa qiyin” – ta’limdagi forma muammosi va Toshkent shahar hokimi qaroriga chizgilar

Dasturimizning ushbu soni 21-yanvar kuni muhokamaga chiqqan, bir-biridan farqli ikki sohadagi bir-biriga o‘xshash ikki vaziyat tahliliga bag‘ishlandi.

Qashqadaryoda maktab direktorining o‘qituvchilarga forma uchun pul yig‘ish va formasiz o‘quvchilarni maktabga kiritmaslik haqidagi ko‘rsatmasi hamda Toshkent Shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning poytaxtda milliylik targ‘ibotini oshirishga qaratilgan qarori.

Suhbatdoshlarimiz, ta’lim ekspertlari Iroda Azimova va Komil Jalilov bu ikki voqelikning o‘zaro bog‘liq jihatlari hamda ilmdan uzoqlashib, shamoyilga berilish xatarlari, oqibatlarini tahlil qilishdi.

📹👉 https://youtu.be/gA_cMbAcJd0

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

23 Jan, 10:08


Bir necha umrbod qamoq jazosi: u qanday amalga oshiriladi?

2016-yilning 31-dekabridan 2017-yilning 1-yanvariga o‘tar kechasi Istanbuldagi “Reyna” tungi klubida 39 kishining hayotiga zomin bo‘lgan fojia yuz berdi.

2020-yil sentyabrida sud o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipovni 39 kishini qasddan o‘ldirish va 79 kishini o‘ldirishga urinishda aybdor deb topgan edi. U og‘irlashtiruvchi holatlar bilan 40 ta umrbod va har bir modda bo‘yicha 1368 yil qamoq jazosiga hukm qilingan.

Inson o‘rtacha 70-80 yil umr ko‘rishini hisobga olsak, bir necha umrbod yoki minglab yillarga teng qamoq jazosi berishning ma’nosi nima, degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

22 Jan, 12:38


Ajrashish ayollar uchun tavqi la’natmi?

Ajrashgan ayollarga nisbatan jamiyatda ijtimoiy bosim asosan an’anaviy qarashlar va stereotiplarga asoslanadi. Odatda, jamiyatda ayolning asosiy vazifasi oilani saqlab qolish, bolalarni tarbiyalash va turmush o‘rtog‘iga sodiqlik kabi rollarga bog‘lab qo‘yiladi. Ajrashish esa, ayniqsa ayol uchun, bu rollarni bajara olmaganlikning sababi sifatida ko‘riladi. Shu bois, ajrashgan ayollar ko‘pincha "omadsizlik", "majburiyatni bajara olmaganlik" yoki "nosozlik" tamg‘asi bilan qaraladi. Oilasi va yaqinlari ularni ko‘p hollarda ayblaydi, chunki ular bu ajrashishni o‘zlarining obro‘si-sharafiga ta’sir qiluvchi holat sifatida qabul qiladi.

Mahalla-kuy va jamoatchilik esa ajrashgan ayolga ishonchsizlik bilan yondashib, uning jamoatdagi mavqeini kamsitishga moyil bo‘ladi. Ayolning mustaqilligi va qaror qabul qilish huquqi qo‘llab-quvvatlanmasligi tufayli, ko‘p hollarda zo‘ravonlikka sabr qilishga yoki jamiyatning gap-so‘zlaridan qo‘rqib, nomiga yashashga majburlanadi. Bolalarni tarbiyalash va "odamlar nima deydi?" kabi bosimlar ayollarning shaxsiy erkinligini cheklaydi, ularning hech qanday yordamsiz o‘zini o‘zi tiklashga qiyinchilik tug‘diradi. Bu holatlar ijtimoiy o‘zgarishlar va stereotiplarni buzishga bo‘lgan talabning muhimligini ko‘rsatadi...

Ushbu ko‘rsatuvda shu nozik mavzu atrofidagi muhokamalar o‘rin olgan...

To‘liq video: https://youtu.be/7TlxHBm_PpI

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

22 Jan, 05:59


"Tramp konstitutsiyaga qarshi": 22 shtat prokurorlari da’vo arizasi berdi

AQSh Konstitutsiyasiga mamlakatda tug‘ilgan shaxslarning fuqarolik huquqini mustahkamlovchi 14-tuzatishning Donald Trampning bekor qilinish ehtimolidan so‘ng qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Ushbu qaror Qo'shma Shtatlardagi fuqarolikning huquqiy asoslarini tubdan o'zgartirishi, jiddiy ijtimoiy va siyosiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

21 Jan, 10:36


Markaziy Osiyo bosib olinmaganmi? – Rossiya deputatlariga tarix darsliklari yoqmay qoldi

Bir necha kun Davlat Dumasi Rossiya hisobidan nashr etilgan va Tojikiston maktablarida qo‘llanilayotgan tarix darsliklarini tekshirishni talab qildi. Darsliklar tojik tarixchilari tomonidan rus maktablari uchun yozilgan va ularda Rossiyaning Markaziy Osiyoni bosib olgani haqidagi so‘zlar bor. Rossiya qonunchilari bu so‘zdan norozi bo‘lgan. Rossiyalik tarixchilarning ayrimlari Rossiya Markaziy Osiyoni bosib olmagan, balki madaniy rivojlantirish uchun qo‘shib olgan, degan iddaolarini ilgari suradi. Ularning gaplari nechog‘li haqiqatga yaqin?

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

20 Jan, 16:06


Vatandosh TV pinned «Maishiylik masalasi, senzura, dramaturgiya va saviya muammosi – o‘zbek teatrlari faoliyatiga chizgilar Teatr hayotning aksimi yoki hayotning aynan o‘zi? Bir qarashda juda oddiy va soddadek eshitiladigan bu savol yuz yillardan beri san’at olamini hayratga…»

Vatandosh TV

20 Jan, 15:21


Maishiylik masalasi, senzura, dramaturgiya va saviya muammosi – o‘zbek teatrlari faoliyatiga chizgilar

Teatr hayotning aksimi yoki hayotning aynan o‘zi?

Bir qarashda juda oddiy va soddadek eshitiladigan bu savol yuz yillardan beri san’at olamini hayratga solib keladi. Sahna yorug‘ligida turib, yuzlab, minglab nigohlar sizni kuzatib turganida, nafaqat rolingizni ijro etasiz, balki hayotning o‘zi haqida mulohaza qilasiz.

Xo‘sh, hayot va san’atning chegarasi qayerda? Balki ular umuman mavjud emasdir? Sahnadagi har bir harakat va so‘z ortida biz ko‘rishga odatlanmagan haqiqatlar yotadi. Nuqtalar dasturining navbatdagi sonida muallif sizni siyosat, iqtisod kabi masalalardan san’at, jumladan, teatr dunyosi, o‘zbek teatrlari haqiqatlari muhokamasiga taklif qiladi.

Dastur mehmonlari san’atshunos, professor Ma’murjon Umarov va sa’natshunos, dramaturg Maftuna Muhammadaminova bo‘ldi.

📹👉 https://youtu.be/bZ5sPXUOfns?si=qpi7Cy6eFskJ2ElM

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

20 Jan, 06:54


Teatr kim uchun yoxud spektakldagi mulohazalar

Yevropada siyosatchilar va amaldorlarning kamtarona turmush tarzi, xalqqa yaqin bo‘lishga harakat qilishim noyob voqea emas. Masalan, London meri Sodiq Xon shahar bo‘ylab sayohat qilish uchun muntazam ravishda London metrosidan foydalanadi. U jamoat transporti muhimligini ta’kidlab, uning samaradorligini shaxsiy misolida ko‘rsatadi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

19 Jan, 11:39


Bosqinchilar Ko‘ksaroyni vayron qilishdan nimani ko‘zlagan?

Ko‘ksaroy, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Amir Temurning Samarqanddagi asosiy saroyi bo‘lgan.

Uning qoldiqlari Samarqandning tarixiy markazida, "eski shahar"da, Ko‘ksaroy maydonining sharqiy qismida, Samarqand viloyatining (Dahbed ko‘chasidagi ko‘prik) asosiy ma’muriy binosi (15 qavatli bino) yonida joylashgan.

Ko‘ksaroy saroyi Amir Temur tomonidan 1370-yilda taxtga ko‘tarilganidan so‘ng qurilgan. Ko‘ksaroy muhtasham va katta hajmdagi to‘rt qavatli bino bo‘lgan. Saroy o‘z davrida baland devor bilan o‘ralgan. Bir oz vaqt o‘tgach saroyning yaqinida - Bo‘stonsaroy yaqinida yana bir saroy qurildi.

1404-yilning kuzida Amir Temur Xitoyga yurishidan oldin Ko‘ksaroyda qolgan. 1497-yilning noyabrida Bobur ham Bustonsaroyda bo‘lgan. Amir Temur vafotidan keyin uning saroyi asosiy binolar sirasiga kirgan. Mirzo Ulug‘bek ham bu saroyda ko‘p faoliyat yuritgan.

1868-yilgacha Temurning keyinroq tiklangan taxt xonasida, Ko‘ktosh taxt toshi bo‘lgan. XV-XIX asrlarda, Temuriylar davridan tortib to mang‘itlargacha bo‘lgan xon va amirlar mana shu yerda taxtga o‘tirish marosimini o‘tkazganlar. Buxoro amirligining poytaxti bo‘lishiga qaramasdan, Amir Haydar, Nasrulloh va amir Muzaffar va boshqa xon va amirlar Samarqandda, Ko‘ktoshda tantanali marosimni o‘tkazar edilar. Bu yerdagi oxirgi marosim 1861-yilda, Amir Muzaffar taxtga o‘tirganda bo‘lib o‘tgan.

Saroyning asosiy binolari XVIII asrning birinchi yarmida siyosiy urushlar davrida vayron qilingan. XIX asrda mang‘itlar sulolasining Buxoro amirlari saroyni qisman ta’mirlashdi. Saroyning ko‘rinishi va eshiklari rassom Vasiliy Vereshchagin tomonidan Turkiston seriyasi suratlarida chizilgan.

1868-yilda Rossiya imperiyasi qo‘shinlarining O‘rta Osiyoga yurishi chog‘ida Samarqand bosib olindi. Shahar Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirdi. Rus hukumati mahalliy hokimiyat va madaniyat timsollarini yo‘q qilish orqali o‘z ta’sirini mustahkamlash zarur deb hisobladi.

Registonga qo‘shni joylashgan Ko‘ksaroy turkiy hukmdorlar, xususan Buyuk Temurni eslatib turadigan joy bo‘lgani bosqinchilar uchun bu xonlikning qudrati va mustaqilligi ramzi edi. Shu sababdan ular Amir Temurning asosiy saroyini vayron qilishni niyat qildi. Ko‘ksaroy o‘rnida yangi hokimiyat ramzi bo‘lgan harbiy istehkom va boshqa binolar qurilgan.

Bugungi kunga kelib, faqat Go‘ri Amir maqbarasining hovlisida namoyish etilgan Kuktosh taxtigina bu vahshiyliklardan omon qolgan. Saroyning o‘zi (Bo‘stonsaroy saroyi kabi) butunlay vayron bo‘lgan va o‘tgan asrda arxeologlar tomonidan qayta ochilgan. Bugungi kunda saroyning faqatgina poydevori va g‘isht devorlarining bir qismi ko‘rinadi.

Samarqand shahri va uning tarixiy, madaniy, diniy, me’moriy va arxeologik yodgorliklari, shu jumladan, Ko‘saroy saroyining qoldiqlari "Samarqand - madaniyatlar chorrahasi" deb nomlangan YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Ko‘ksaroyning yo‘q qilinishini mahalliy o‘zlikni zaiflashtirish va uni rus ramzlari bilan almashtirishga qaratilgan madaniy repressiyaning bir qismi sifatida ham ko‘rish mumkin.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

18 Jan, 08:58


Bepul jamoat transporti: dunyo shaharlari tajribasi bizda ham tatbiq etiladimi?

Dunyoning ayrim shaharlarida jamoat transporti bepul ekani va bunday shaharlar ko‘payayotganini eshitganmisiz?

Masalan, 2025-yil 1-yanvardan boshlab Serbiya poytaxti Belgradda hamma, shu jumladan sayyohlar uchun ham bepul jamoat transporti yo‘lga qo‘yildi. Avvalo, nima uchun yaxshigina pul keltirayotgan sohani tekin qilish sabablarini o‘rganib chiqish lozim. Shuningdek, jamoat transportini bepul qilgan shaharlarning tajribasi ham ko‘rib chiqiladi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

17 Jan, 13:13


Skuterlarga davlat raqamlari va guvohnomalar berish: xavfsizlikmi yoki ortiqcha nazorat?

Skuterlar qulay va arzon transport vositasi sifatida butun dunyoda keng tarqalmoqda. Biroq, ularning tarqalishi davlatlar tomonidan nazoratning kuchayishi bilan birga keladi. Ushbu maqolada biz turli mamlakatlarda skuterlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilayotgani va bu choralar xavfsizlik va harakat erkinligiga qanday ta’sir qilishini tahlil qilamiz.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

17 Jan, 12:18


Kechikayotgan tibbiy sug‘urta, hamshiralar oyligi va “roddom”lardagi korrupsiya – vazir o‘rinbosari bilan intervyu

Bugun, 17-yanvar kuni Toshkentdagi “Hilton” mehmonxonasida “Neyropsixologiya va klinik psixologiyaning dolzarb muammolari” mavzusida anjuman o‘tkazildi. Bu haqda Vatandosh TV muxbiri xabar berdi.

Tadbirdan so‘ng Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Sultonov jurnalistlarning O‘zbekiston tibbiyotidagi bir qator muammoli masalalar yuzasidan bergan savollariga ham javob qaytardi.


INTERVYUNI KO'RISH 📹👉https://youtu.be/CgqO8oEfyfc

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

17 Jan, 06:33


Dunyoda jurnalistlar qamalishi ko‘paymoqda

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 360 dan ortiq jurnalist qamoqqa olingan. Bu 2022-yilda bo‘lgan 370 kishilik rekord ko‘rsatkichdan biroz kamroqdir.

2024-yilda qamoqqa olingan jurnalistlar soni bo‘yicha yetakchilar:

Xitoy: 50 jurnalist, ularning ko‘pchiligi "qo‘poruvchilik" va josuslikda ayblanib sudlangan. “Chegara bilmas muxbirlar” (RSF) ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning noyabrigacha Xitoyda 71 uyg‘ur jurnalisti qamoqqa tashlangan, bu o‘sha paytda mamlakatda qamalgan 127 jurnalistning yarmidan ko‘pini tashkil qilgan edi.
2014-yilda Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) Xitoyda qamoqqa olingan 44 jurnalistning qariyb yarmi tibetlik va uyg‘urlar ekanini ma’lum qilgan.

Isroil: 43 falastinlik jurnalist, bu 2023-yildagi umumiy ko‘rsatkichdan deyarli ikki baravar ko‘p.

Myanma: 35 jurnalist, ularning aksariyati 2021-yildagi harbiy to‘ntarishdan keyin hibsga olingan.

Belarus: 31 jurnalist, shu jumladan Aleksandr Lukashenkoga qarshi namoyishlarni yoritish uchun ta’qib qilinganlar.

Rossiya: bosib olingan hududlarda 30 nafar jurnalist hibsga olingan, ularning deyarli yarmi ukrainaliklar.

Taqqoslash uchun, 2010-yilda qamoqqa olingan jurnalistlarning umumiy soni 145 nafarni tashkil qilgan. O‘shandan beri ushbu ko‘rsatkichda barqaror o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. 2015-yilda qamoqqa olingan jurnalistlar soni 199 nafarga, 2020-yilda esa 274 nafarga yetgan. Oxirgi yillarda qamoqqa olingan jurnalistlar sonining ortib borayotgani jahon miqyosida matbuot erkinligi yomonlashganidan dalolatdir.

2024-yilda o‘ldirilgan jurnalistlar soni ham oshgan. “Chegara bilmas muxbirlar” ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda 54 jurnalist halok bo‘lgan, ulardan 31 nafari urush zonalarida. Jurnalistlarning deyarli 30 foizi halok bo‘lgan Gʻazo sektori va Ukraina o‘ta xavfli hududlarga aylandi.

2024-yilda jurnalistlarning qamoqqa olinishining asosiy sabablari avtoritar repressiya (Xitoy, Myanma, Vetnam, Belarus, Rossiya), urushlar (Isroil, Rossiya) va siyosiy yoki iqtisodiy beqarorlik (Misr, Nikaragua, Bangladesh) bo‘ldi.

2024-yilning asosiy tendensiyalari jurnalistlarning o‘zboshimchalik bilan hibsga olinishi va qattiq sud hukmlaridir, deyiladi hisobotda. Ko‘plab jurnalistlarga qattiq jazolar, jumladan, umrbod qamoq va hatto o‘lim jazosi ham berilgan.

Belarus ro‘yxatda 4-o‘rinni egalladi. 2024-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, Belarus qamoqxonalarida 31 nafar jurnalist bor edi. Mamlakat bu ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropa va MDH davlatlari orasida rekordchi bo‘lib, ketma-ket ikkinchi yil yetakchilik qilmoqda. Aleksandr Lukashenko tomonidan bir necha bor afv etilganiga qaramay, rasmiylar "ekstremistik" deb atagan ommaviy axborot vositalaridagi faoliyati uchun belorus jurnalistlari muntazam ravishda ta’qib qilinadi, hibsga olinadi va ko‘p yillarga qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Beshinchi o‘rinni egallagan Rossiyada hisobot chop etilgan vaqtda 30 nafar jurnalist panjara ortida edi. Ularning deyarli yarmi ukrainaliklar bo‘lib, 2014-yilda Rossiyaning Qrimni bosib olishi va 2022-yilda Moskvaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi qurbonlaridir. Sentyabr oyida ukrainalik jurnalist Viktoriya Roshina Rossiya hibsxonasida vafot etdi, bu esa Rossiya nazorati ostidagi hududlarda yashirincha saqlanayotgan jurnalistlarning og‘ir ahvolini anglatadi.

Ushbu xulosalar jurnalistlarni himoya qilish va butun dunyo bo‘ylab matbuot erkinligini ta’minlash uchun xalqaro sa’y-harakatlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidlaydi.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

16 Jan, 10:22


Yiliga 2,6 million o'lim: spirtli ichimliklarning iste’moli va zarari ortmoqda


Avval Andijonda, keyin Samarqand va Istanbuldagi alkogoldan zaharlanish voqealari, o‘nlab hamyurtlarimizning aroq tufayli vafot etishi alkogolizm va spirtli ichimliklarning inson hayotiga zararini yanada yaqqolroq ko‘rsatib berdi. O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasining 16-yanvar kungi ma’lumotiga ko‘ra, hozirgacha o‘n nafar o‘zbekistonlik aroqdan zaharlanib o‘lgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) yangi hisobotida ta’kidlanishicha, har yili spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan 2,6 million kishi dunyodan ko‘z yumadi, ularning 2 millioni erkaklar. Bu ko‘rsatkich barcha o‘limlarning 4,7 foizini tashkil qiladi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

16 Jan, 04:46


Gʻazoda o‘t ochishni to‘xtatishga kelishildi: uning ma’lum va mavhum jihatlari

Gʻazo sektorida 460 kundan ortiq davom etgan janglardan so‘ng mahbuslar almashinuvi va gumanitar yordamni oshirish bo‘yicha sulh bitimiga erishildi. Kelishuv qanday bo'ladi va o'z ichiga nimalarni olgan?

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

15 Jan, 15:01


O‘zbekistonda muxolif huquqlariga oid qonun: bu nima degani?

2025-yilda O‘zbekiston parlamentida muxolifat huquqlariga oid qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Bu jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.

Qayd etilishicha, parlamentda muxolifatning kafolatlangan huquqlarini yanada kengaytirish ko‘zda tutilmoqda. Bunda muxolifatning kafolatlangan huquqlari sonini 3 tadan 6 taga oshirish hamda muxolifat vakillari 1 nafar qo‘mita raisi va 2 nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallashi belgilangan.

Bundan tashqari, har chorakda «hukumat soati» va parlament so‘rovi doirasida muxolifat tomonidan kamida bittadan masala kiritish kabi qo‘shimcha huquqlar berishni nazarda tutilgan.

Nuqtalar dasturining navbatdagi soni davlat dasturi loyihasidagi ana shu band va uning mohiyati tahliliga bag‘ishlandi. Dastur mehmonlari Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov va siyosatshunos Hamid Sodiq bo‘ldi.

To'liq video: 👉🏻 https://youtu.be/nsdjVDxY6_w

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

15 Jan, 11:04


“Barcha zamonlar uchun ahamiyatli” — Ibn Xaldun va uning “Muqaddima” asari haqida

Islom olamidagi eng ulug‘ muhaddis, tarixchi va faylasuflardan biri Ibn Xaldun (1332–1406) o‘z davrining ilm-fan sohasidagi eng mashhur allomalaridan biri bo‘lgan. Uning "Muqaddima" asari faqat tarixshunoslikda emas, balki ijtimoiy fanlar, falsafa, iqtisodiyot, siyosatshunoslik va boshqa sohalarda ham asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Bu asar tarixni o‘rganishning ilmiy yondashuvlarini joriy qilgan va ijtimoiy jarayonlarni tushunish uchun katta hissa qo‘shgan.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

15 Jan, 07:57


Tojikistondagi o‘zbeklar nima istaydi?

Hakimjon Zakirov Tojikistondagi «O‘zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi» jamoatchilik tashkiloit raisi o‘rinbosari, «Sharqnoma» jurnali bosh muharriri, adib, publisist va jamoatchilik faoli. O‘ndan ortiq kitoblar muallifi. Xo‘jand davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetini bitirib, uzoq yillar o‘zbek tili va adabiyotidan o‘rta maktabda dars bergan. Shuningdek, uzoq yillar davomida Sug‘d viloyati davlat nishri bo‘lgan «Sug‘d haqiqati» viloyat gazetasida mas’ul vazifalarda ishlagan. Tojikiston o‘zbeklari haqida ko‘plab maqolalar muallifi.

Tojikistonda o‘zbek maktablari, o‘zbek nashrlar, o‘zbek tilining istiqboli haqida ko‘plab maqolalar yozgan. Turli konferensiya, festival, tanlov va boshqa tadbirlarda faol qatnashib keladi.

O‘zi o‘zbek va tojiklar aralashib yashaydigan Ovchiqal’acha qishlog‘ida tug‘ilib o‘sgan. Shuning uchun o‘zi ham o‘zbek va tojik tilida ijod qiladi. Ammo Tojikistonda o‘zbek tili, adabiyoti, madaniyati, san’ati va boshqa milliy qadriyatlari jonkuyarlaridan biri. Tojikiston maorif va madaniyat a’lochisi, O‘zbekiston tomonidan "Xalqlar do‘stligi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Ko‘rsatuvda Tojikistonda istiqomat qiluvchi o‘zbeklar hayoti, adabiy muhit va ularing orzu-istaklari haqida so‘z boradi.

Batafsil video: https://www.youtube.com/watch?v=VJWCOVXQGvs&t=7s&ab_channel=VatandoshTV

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

15 Jan, 05:32


AQSH qanday kengaygan edi? – urushlar, xaridlar va tarixdagi bahsli epizodlar

2024-yilda qayta saylanganidan so‘ng Donald Tramp shimoliy hududlarda Amerika ta’sirini kengaytirish g‘oyasiga yana bir bor e’tibor qaratdi. U o‘z bayonotlarida Grenlandiyaning strategik ahamiyatini qayd etib, uni sotib olish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashni taklif qilgan, bu esa xalqaro noroziliklarga sabab bo‘lgan. "Grenlandiya ulkan salohiyatga ega va uni qo‘lga kiritish Amerikani yanada kuchliroq qiladi", deb ta’kidlagan Tramp o‘z nutqlaridan birida. U, shuningdek, Kanadani ham 51-shtat sifatida qo‘shib olish haqidagi gaplari shimoldagi qo‘shnining ham xavotirini uyg‘otib qo‘ydi. Qo‘shma Shtatlar o‘zi qanday vujudga kelgan va hozirgi hududlarini qay tarzda qo‘lga kiritgan? Keling, bugungi kunda Qo‘shma Shtatlar o‘z tarkibiga kiruvchi yerlarni qanday qilib anneksiya qilganini ko‘rib chiqaylik.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

14 Jan, 16:14


❗️ Hurmatli kuzatuvchilar!

Sizni “Vatandosh” intellektual klubi yig‘ilishiga taklif qilamiz.

Klubning bu safargi yig‘ini “Toshkent havosi: uni qanday yaxshilash mumkin?” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Siz loyihani jonli kuzatishdan tashqari, Toshkent shahri havosining ifloslanishi, uni yuzaga keltirayotgan omillar va bartaraf qilishda hukumat, ilm-fan oldida turgan vazifalar haqida ma’lumot olish, shuningdek, mavzu yuzasidan o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Intellektual klub yig‘ilishi 2025-yil, 25-yanvar kuni, soat 10:30 da “Edu Master” tadbirlar zalida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Toshkent shahar, Bunyodkor shoh koʻchasi, 7g uy.
Mo‘ljal: “Millat umidi” universiteti, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi binosi yonida.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

14 Jan, 12:18


Qo‘l yuvish – sog‘lom bo‘lishning oddiy usuli

Hojatxonadan chiqqandan keyin gigiyenaga rioya qilish, xususan, qo‘lni yaxshilab yuvish ko‘plab infeksiyalarning tarqalishini oldini oladigan oddiy, ammo hayotiy amaliyotdir
Qo‘l yuvish diareya patogenlarining tarqalishini oldini olishning samarali vositasi hisoblanadi.

Diareya kasalliklari butun dunyo bo‘ylab bolalar o‘limining asosiy sabablaridan biridir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) diareya kasalliklarining tarqalishini asosiy global muammo sifatida tan oladi va har yili bu infeksiyalardan 2,2 milliondan ortiq odam vafot etadi, bu bezgak, OIV/OITS va qizamiqdan ko‘proqdir. Bunday o‘limlarning aksariyati 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda sodir bo‘ladi. Qo‘l yuvish diareya kasalliklari xavfini sezilarli darajada kamaytirishi mumkinligi taxmin qilingan.

Butun dunyo bo‘ylab bozor tadqiqoti kompaniyalari uyushmasi – WIN/Gallup International, yaqinda 63 mamlakatda qo‘l yuvish odatlari bo‘yicha so‘rov o‘tkazdi. Ishtirokchilardan hojatxonadan foydalangandan so‘ng ixtiyoriy ravishda qo‘llarini sovunlab yoki oddiy suv bilan yuvish yoki yuvmaslik so‘ralgan.

London Gigiyena va Tropik tibbiyot maktabi mutaxassislari tomonidan olib borilgan yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, oddiy (bakterial bo‘lmagan) sovundan foydalanish xavfli bakteriyalarni taxminan 82% ga to‘liq yo‘q qilar ekan.

Biroq, statistika shuni ko‘rsatadiki, ushbu gigiyena standartiga rioya qilish darajasi butun dunyoda farq qiladi.
Misol uchun, Saudiya Arabistoni va Bosniya va Gersegovinada bu ko‘rsatkich mos ravishda 97% va 96% ni tashkil qiladi. Turkiyada - 94%. Biroq, turli mamlakatlarda vaziyat boshqacha: Niderlandiyada hojatxonadan chiqqach faqat har ikkinchi odam qo‘llarini yuvadi, Italiyada - 57%, Rossiyada - taxminan 63%.

Qo‘l yuvish infeksiyalar tarqalishining oldini olishining eng samarali usullaridan biridir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, infeksiyalarning 80% dan ortig‘i qo‘llar orqali yuqadi. Bakteriyalar va viruslar kabi patogen mikroorganizmlar qo‘llarga ifloslangan yuzalar bilan aloqa qilish, qo‘l bilan so‘rashish yoki hojatxonadan so‘ng o‘tishi mumkin.

Qo‘l yuvish gigiyenasiga rioya qilish infeksiyalar tarqalishining oldini olish uchun oddiy, ammo muhim qadamdir. Xabardorlikni oshirish va gigiyena vositalariga kirishni oshirish vaziyatni sezilarli darajada yaxshilashi va turli mamlakatlarda kasalliklarning tarqalishini kamaytirishi mumkin.

O‘zbekistonda qo‘l yuvish an’anasi chuqur ildizlarga ega bo‘lib, madaniy va diniy urf-odatlarning muhim qismi hisoblanadi. Qo‘l yuvish, ayniqsa ovqatdan oldin va hojatxonadan keyin bolalikdan o‘rgatiladi. O‘zbekistonda qo‘lni to‘g‘ri va muntazam yuvishga o‘rgatiladi. Bu odat nafaqat salomatlik uchun g‘amxo‘rlik, balki axloqiy qadriyat sifatida tozalikni hurmat qilish bilan chambarchas bog‘liqdir.

Ovqatlanishdan oldin gigiyenaga alohida e’tibor beriladi. O‘zbekistonda umumiy dasturxon atrofida o‘tirish odat tusiga kirgan va kelgan mehmonning ham avval qo‘llari yuvdiriladi. Shuningdek, mamlakat aholisining aksariyati amal qiladigan islom madaniyatida ham tana va qo‘llarning tozaligi muhim o‘rin tutadi va nafaqat jismoniy, balki ma’naviy poklik belgisi sifatida ham qabul qilinadi.

Bundan tashqari, yurtimizdagi jamoat joylari, ayniqsa, masjidlar, bozorlar va umumiy ovqatlanish muassasalarida qo‘l yuvish joylari bilan jihozlangan bo‘lib, bu gigiyena me’yorlarini saqlashga yordam beradi.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

14 Jan, 05:33


“Miyalaringni ishlatinglar, “megabayti” ketmaydi, og‘rimaydi”

Bolaligimizda moshinani motorini tuzatadigan o‘zbeklar juda kam bo‘lardi. Biroq o‘ris yoki nemis “motorist” ustaning uyida 3-4 ta moshina qator tursa-da, o‘zbek usta mijoz kutib o‘tirardi. Yana narxidayam farq bo‘lardi. Hozir ham kompyutermi, elektronikaga oid qanday soha bo‘lsa, “yevropalik” mutaxassislar egallab olgan. Bizniklar kreditga moshina olib, taksi qiladi yoki “dostavka”da ishlaydi.
Yaqinda bir voqea bo‘ldi. Uyimdagi isitish tizimi yaxshi ishlamaganidan ustalarni chaqirdim. Ustalar suv isitadigan qozonni almashtirishni maslahat berishdi. Hozir ustadan ko‘pi yo‘q, qayoqqa qarasangiz temirdan qozonmidi, o‘choqmidi yasab, ko‘chalarga qo‘yib sotishyapti. Borib o‘shalardan olmoqchi bo‘lsam, usta “qo‘ying, ularni o‘zimizni ustalar yasagan, falon joyda Ramil degan tatar usta bor, o‘shaning qozonlari yaxshi” deydi. Baribir o‘sha “kotyol” sotayotganlarni aylandim. Bir-ikki tanish sotuvchilar ham shu gapni qaytardi.
Ikkinchi hodisa uyimdagi internet ishlamay qoldi. Kompaniyaga telefon qilsam, ikki usta tezda kelib tekshirdi. Kabelning konnektori singan ekan, shuni qaytadan ulash kerak. “Buni Dima kelib qiladi, biz bilmaymiz” deydi ustalarning kattasi. “Necha yildan beri shu sohadasiz?” so‘rayman undan. “Yigirma yil bo‘ldi-yov”, deydi usta. “Yigirma yildan beri shuni ulashni o‘rganmadingizmi?” deb yana savolga tutaman. Bu savol ritorik bo‘ldi, shekilli usta javob ham bermadi...
Qo‘shnimning elektr hisoblagichi ishlamay qolibdi. Elektr idorasidan odam kelib, “Vanyani chaqiringlar, buni kodlarini bilmayman”, deydi. Yarim soatdan keyin Vanya kelib, “uchyotchik”ni yarim daqiqada tuzatib ketdi.
Shularni ko‘rib, taajjubda qolasiz: nega o‘zbeklar yangilikka o‘ch emas, nega hatto konnektor ulash yoki elektr hisoblagichni ishga tushirish kabi ishlarni o‘rganib olmaydi?! Qachongacha “vanyalar”, “dimalar”ga ishonib yuramiz?!
37 million ichidan bir-ikki vunderkind chiqsa, “falon o‘quvchimiz xalqaro olimpiadada oltin medal oldi, falon mukofot yutdi, ingliz tilidan yuqori bal oldi” deb maqtanishni qoyillatamiz. Ishoning, shu mukofotlarni ham boshqa davlat o‘quvchilari, talabalari har kuni yutib yotibdi. Hozircha o‘zbekning onasi bolasini faqat Rossiyada ishlash uchun tug‘yapti. Ruschani bilmaydigan bola Rossiyaga ishga ketyapti. “Rus tilidan imtihon bo‘ladi, o‘tolmasang nima qilasan”, desam, “Pul bersa, o‘tkazvoradi” deydi. Pora beraman, deb o‘sha Rossiyada ishi sudga oshirilayotganlari, “podstavka” bilan qamalib qolib, noiloj urushga ketayotganlari qancha...
Qysidir qiziqchi “miyalaringni ishlatinglar, “megabayti” ketmaydi, og‘rimaydi” deganda haq gapni aytgan ekan. Hozirgi yoshlarning aksariyati ozgina bilim, ilm yoki hech bo‘lmasa, nemis tilini bir yil o‘rganishga bo‘yni yor bermaydi.
Bir huquqshunos aka bilan gaplashib qolganimizda, qonunlarimiz avval rus tilida yozilishi, keyin o‘zbekchaga o‘girilishini aytgan edi. Men sababini so‘rasam, qonunni tayyorlaydigan odamlarning ko‘pchiligi yo boshqa millat, yoki rus tilida so‘zlashuvchi o‘zbeklar ekan. Baraka topkurlar, qonun yozmasangiz ham 8 ta simi bor konnektor ulashni, “uchetchik” qulflanib qolsa, ochishni o‘rganib olinglar, o‘zlaringga foyda bo‘ladi. Hozircha ramillar, vanyalar, dimalar bor, o‘shalar jonimizga oro kiryapti, ularning ham vaqti o‘tsa yoki boshqa joyga ko‘chib ketsa nima qilamiz?
Maqoladan maqsad, yoshlarni koyish, tanqid qilish emas, balki ilmga, hunarga targ‘ib qilishdir. Vaqt borida ilm oling, zamonaviy hunarlar o‘rganing, o‘zbek Rossiyaga yoki Yevropaga quruvchi yoki farrosh bo‘lib emas, “ayti” mutaxassisi bo‘lib borsin.

Yoqub Umar

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

13 Jan, 07:47


Kaliforniya yong‘inlari: tabiiy ofatmi yoki inson beparvoligi?

Har yili Kaliforniya halokatli o‘rmon yong‘inlari bilan yuzma-yuz keladi, bu esa milliardlab dollar zarar keltiradi, o‘nlab odam qurbon bo‘ladi va olov minglab gektar o‘rmonlarni yo‘q qiladi. 2025-yil ham bundan mustasno bo‘lmadi: Los-Anjelesdagi Palisad va Iton mintaqalaridagi yong‘in hozirgacha 50 milliard dollardan ortiq zarar keltirdi va 24 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Ammo bu fojia ortida nima bor va uni oldini olish mumkinmidi?

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

12 Jan, 12:41


Nuqtalar: O'zbekistonda biznes: soliq siyosati, kreditlash tizimi, lobbizm, energetika muammolari va "xitoylashuv xavfi"

O‘zbekistonda biznes boshlash, uni yuritish osonmi yoki qiyin? Oson bo‘lsa, osonligi nimada-yu, qiyin bo‘lsa, qiyinchiliklar qaerda, qaysi nuqtalarda? Savol ko‘p, javoblar esa har xil. Nuqtalar dasturining navbatdagi sonida ana shu savolning tub mohiyatini ochishga harakat qildik.

Dastur mehmonlari soliq maslahatchisi, yurist Abdug‘ani Muhammedbayev va Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Barnogul Sanoqulova bo'ldi.

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=P9_teymcK8Y

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

12 Jan, 07:14


2024-yil tarixdagi eng issiq yil bo‘ldi

2024-yil tarixdagi eng issiq yil va birinchi kalendar yili bo'ldi. O‘tgan yilda o'rtacha global harorat sanoat taraqqiyotidan oldingi 1850–1900 yillardagi darajaga nisbatan 1,5 darajadan ortiqqacha ko'tarildi. Bu haqda 10-yanvar kuni BBC News Kopernik Yevropa iqlim o‘zgarishi monitoringi xizmatiga tayanib xabar bergan.

2024-yil oxiriga kelib o'rtacha global harorat 2023-yildagi ko'rsatkichlardan 1,48 daraja oshib ketdi. 2024-yilda bu ko‘rsatkich 1,6 darajani tashkil qildi.

Iqlimshunoslarning ta'kidlashicha, so'nggi o'n yillik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq bo'ldi.

Buyuk Britaniyaning Met Office, NASA va boshqa iqlim tadqiqotchilari o'z ma'lumotlarini keyinroq e'lon qiladi, ammo BBC News ta'kidlaganidek, ular ham 2024-yilni rekord darajadagi eng issiq yil deb e'lon qilishlari kutilmoqda.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, o'tgan yilgi harorat ko'tarilishi inson faoliyati, shuningdek, El Nino kabi tabiiy ob-havo sharoitlari bilan bog'liq.

Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish maqsadida 2015-yilda dunyo mamlakatlari tomonidan qabul qilingan Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvi ishtirokchilarga o‘rtacha global haroratning sanoatgacha bo‘lgan darajadan 1,5 darajadan ortiq ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini olgan edi.

Haroratning ko'tarilishi atrof-muhitga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. 2024-yilda ekstremal ob-havo hodisalari, jumladan, rekord darajadagi qurg‘oqchilik, Yevropa va Shimoliy Amerikadagi jazirama va Osiyoda halokatli suv toshqinlari kuzatildi. Grenlandiya va Antarktidadagi muzliklarning tez erishi ham iqlimshunoslar uchun xavotirli signalga aylandi.
2015-yilgi Parij iqlim kelishuvi global hamjamiyat oldiga o‘rtacha global haroratning oshishini Selsiy bo‘yicha 1,5 darajagacha ushlab turish maqsadini qo‘ygan. Biroq, bu chegaraga allaqachon bosib o‘tildi, bu iqlim strategiyalarini qayta ko'rib chiqish va kuchaytirish zarurligini ko'rsatadi.

Olimlarning qayd etishicha, 2024-yil insoniyat uchun qayta tiklanadigan energiya manbalariga tezroq o‘tish, uglerod chiqindilarini kamaytirish va o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashish zarurligi haqida muhim signalga aylandi. Jarayonning shu zaylda ketishi ekotizimlar va tsivilizatsiya barqarorligiga tahdid soladigan qaytarilmas o'zgarishlarga olib kelishi mumkin.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

11 Jan, 08:33


O‘zbek futbolida yangi bosqich: Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ga o‘tadi

O‘zbek futboli tarixida muhim voqea sodir bo‘ldi – Angliyaning mashhur "Manchester Siti" klubi o‘zbek himoyachisi Abduqodir Husanovni Fransiyaning "Lans" jamoasidan xarid qilishga kelishib oldi. Transferning qiymati bonuslarni qo‘shmaganda 40 million yevroga baholanmoqda, bu uni o‘zbek futboli tarixidagi eng qimmat o‘yinchiga aylantiradi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

10 Jan, 12:03


Amerikani kim kashf qilgan? – AQShlik olimning e’tirofi

100 yildan ortiqroq vaqtdan beri olimlarni qiynagan savollardan biri – Amerikani kim kashf qilgan? Rod-Aylendda izlari topilgan finikiyaliklarmi? San-Fransiskoga suzib borgan xitoyliklarmi? Yoki peruliklar bilan muloqot qilgan polineziyaliklarmi? Vikinglarmi?

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

10 Jan, 06:24


Fobiya va uning davosi

Bugun biz ulug‘layotgan jadidchi bobolarni xalq dushmaniga chiqarish o‘z-o‘zidan bo‘lmagan, fobiya oqibati edi. Hozir ularning xalq dushmani emas, aksincha, vatansevar, millatparvar insonlar bo‘lgani har qanday aqli raso kishiga ma’lum. Biroq fobiyaga berilish, tafakkursizlik bu haqiqatni anglashga yo‘l bermadi, xalqning eng fidoiy, eng sara kishilarini yo‘q qildi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

09 Jan, 12:23


«15 sutka»ning foydasi bormi yoxud ma’muriy qamoq haqida huquqshunoslar mulohazasi

Gaydayning mashhur filmida ichib, bezorilik qilgan qahramon 15 sutka qamoq jazosiga hukm qilinadi. Komediya janrida olingan bu filmda Shurik o‘sha bezorini 15 sutka davomida qurilishda birga ishlab, uning “aqlini kiritib qo‘yishi” kerak edi. O‘sha film olinganiga 60 yil bo‘lsa-da, jamiyatdagi “bezori, tekinxo‘r, muttaham grajdanlar” ko‘paysa ko‘paydiki, kamaygani yo‘q. 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi rostdan ham naf beradimi?

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

09 Jan, 07:38


Dezinformatsiyami yoki so'z erkinligi? Meta o'yin qoidalarini o'zgartirmoqda

2025-yil yanvar oyi boshida Meta bosh direktori Mark Sukerberg kompaniya platformalarida, jumladan, Facebook va Instagramda kontentni moderatsiya qilish siyosatiga sezilarli o‘zgarishlarni e’lon qildi. Asosiy yangilik - faktcheking dasturidan voz kechish va X ijtimoiy tarmog‘ida (avvalgi Twitter) qo‘llanilganga o‘xshash "hamjamiyat izohlari" tizimiga o‘tishdir.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

08 Jan, 11:32


Poytaxtning “qon tomiri” – Navoiy ko‘chasi tarixi

Poytaxtning eng qadimiy va markaziy ko‘chalaridan biri – Alisher Navoiy nomi qo‘yilgan ko‘cha Amir Temur shohko‘chasi va Beruniy ko‘chasi oralig‘ida joylashgan. Ko‘chaning uzunligi taxminan 4 km, kengligi esa 24 metrni tashkil qiladi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

08 Jan, 06:43


«Kuchli» va «kuchsiz» pasportlar reytingi e’lon qilindi – O‘zbekiston ikki pog‘ona ko‘tarildi


Global Passport Power Rank yillik reyting boʻlib, turli mamlakatlar pasportlarining mobillik darajasiga koʻra, yaʼni vizasiz yoki vizani kelgandan so‘ng olish mumkin boʻlgan mamlakatlar soniga koʻra tartiblaydi. Reyting Arton Capital kompaniyasi tomonidan tuzilib, Passport Index platformasida chop etilgan. Bu diplomatik munosabatlar va turli mamlakatlar fuqarolarining erkin harakatlanish darajasi ko'rsatkichi bo'lib xizmat qiladi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

07 Jan, 10:45


Deputatlar elektron sigaretani taqiqlashni taklif qilishmoqda. Dunyoda holat qanday?

Dunyo bir paytlar bezarardek, tamakining kushandasi bo‘lib ko‘rilgan veyplar – elektron sigaretalarga ham qarshi chiqmoqda. O‘zbekistonda ahvol qanday? Biz ham “olovsiz tutun” chiqaruvchi moslamani taqiqlaymizmi?

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

07 Jan, 06:14


2025-yil IQ reytingi natijalari: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Xalqaro IQ reestri har yili foydalanuvchilar tomonidan oʻz platformasida oʻtkazilgan testlar natijalariga koʻra oʻrtacha IQ – aql koefissienti boʻyicha mamlakatlar reytingini eʼlon qiladi. 2024-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda butun dunyodan 1,4 million kishi qatnashdi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

06 Jan, 18:59


📹 G'ayrat Do'stov ishiga chizgilar

© @kunuz

Vatandosh TV

06 Jan, 13:58


Jahon matbuot erkinligi indeksi e’lon qilindi – O‘zbekiston reytingda pasaydi

Jahon matbuot erkinligi indeksining “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti tomonidan tayyorlangan so‘nggi yillik hisobotidan Butun dunyoda matbuot erkinligining kafolati tahdid ostida ekanini ko‘rish mumkin. Bu xulosaga asoslanib, reytingni tuzishda foydalanilgan besh ko‘rsatkichdan aynan siyosiy ko‘rsatkich eng ko‘p pasayib, global o‘rtacha 7,6 ballga tushgan.

Indeksda Markaziy Osiyo davlatlari qaysi o‘rinlarni band qildi?

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

06 Jan, 13:15


Jurnalist va blogerlar “metan gaz” voqeasi bilan tanilib sudlangan Gʻayrat Do‘stovga xalq tomonidan yig‘ilgan jami 101 mln 504 ming so’m pul mablag‘larini topshirishdi.

YouTube'ga havola: https://www.youtube.com/watch?v=vuAutiDUB2A

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

06 Jan, 08:08


Xitoyda metapnevmovirus epidemiyasi tarqalmoqda: u qanchalik xavfli?
 
Xitoyda gripp va COVID-19 kabi simptomlarni keltirib chiqaradigan inson metapnevmovirusi (HMPV) epidemiyasi qayd etildi. 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar virusga ayniqsa zaifdir. Ijtimoiy tarmoqlarda, asosan, mamlakatning shimoliy hududlarida joylashgan kasalxonalarning gavjumligi aks etgan videolar tarqalmoqda.
 
Virus haqida nimalar ma’lum?
 
Inson metapnevmovirusi birinchi marta 2001-yilda aniqlangan nafas yo‘llarining infeksiyasi. Kasallik odatda yengil kechadi, lekin bolalar, qariyalar va immuniteti zaif bemorlarda u pnevmoniyaga aylanib, asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Tayvanning Money UDN nashriga ko‘ra, virusdan o‘lim darajasi 43 foizga yetadi.

Xitoyning reaksiyasi
 
Pekin hozircha favqulodda holat e’lon qilgani yo‘q. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning qishda virus tarqalishi odatiy hodisa ekanligini va rasmiylar barcha zarur choralarni ko‘rayotganiga ishontirmoqda. Biroq, g‘arb nashrlari, jumladan, Independent gazetasi Xitoy tomoni muammo ko‘lamini kamaytirib ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlaydi.
 
 Xitoydan tashqarida kasallik tarqalishi
 
Qozog‘istonda 2024-yil oktyabr oyidan beri 30 ta holat aniqlangan. Rasmiylarning ta’kidlashicha, virus havo tomchilari orqali yuqadi va davolash simptomatik bo‘lib qolmoqda.

Buyuk Britaniyada HMPV uchun ijobiy testlar barcha sinovdan o‘tganlarning 4,5% ni tashkil qilmoqda.

Rossiya Rospotrebnadzor tashkiloti mamlakatda 2010-yildan beri virusni aniqlash uchun test tizimlari mavjud ekanligini aytadi.

Kasallik tarqalishi Kambodja va Hindistonda ham qayd etilgan bo‘lib, bu mamlakatlarda rasmiylar odamlarni vahima qo‘zg‘atmaslikka chaqirmoqda.
 
Nima uchun bu muhim?
 
Metapnevmovirus allaqachon Xitoyning sog‘liqni saqlash tizimiga katta bosim paydo qildi. Kasallik COVID-19 pandemiyasining boshlanishiga o‘xshasa-da, mutaxassislar hali vahima uchun sabab ko‘rmayapti.
 
Shifokorlar niqoblardan foydalanish, qo‘llarni yuvish va immunitetni mustahkamlash kabi profilaktika choralarini ko‘rishni tavsiya qilishmoqda. Virusga qarshi maxsus davo yo‘q va vaksina hali ishlab chiqilmagan.
 
HMPV bilan bog‘liq vaziyat, ayniqsa, Xitoy bilan yaqin aloqada bo‘lgan mamlakatlarda talab qiladi.
 
O‘zbekistonda ahvol qanday?
 
O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya epidemiologiya qo‘mitasining  axborot xizmati ham metapnevmovirus infeksiyasi haqida rasmiy ma’lumot e’lon qildi.
Sanepidqo‘mita metapnevmovirus, asosan havo-tomchi yo‘li bilan, kamdan-kam holatlarda esa ifloslangan yuzalar bilan aloqa qilish orqali yuqishini ma’lum qilgan. Virusni asosan kuz-qish mavsumida faol aylanishi kuzatiladi.

Xabarda aytilishicha, infeksiya, odatda burun oqishi, yo‘tal va isitma kabi belgilari bilan o‘tkir respiratorli infeksiyalar shaklida namoyon bo‘ladi, ba’zi hollarda bronxiolit va pnevmoniyani keltirib chiqaradi.
Ayni vaqtda respublikamizda ham o‘tkir respirator infeksiyalarga chalinish holatlarining mavsumiy ko‘tarilishi kuzatilmoqda.

Ushbu respirator infeksiyalarning so‘nggi laborator tahlillari natijasiga ko‘ra: 36,9%da gripp virusi, 30,2%da rinovirus, 28,6%da respirator-sinsitial virus, 1,2%da metapnevmovirus va 3,1%da boshqa viruslar aniqlangan.

Ushbu infeksiyalarni yuqtirib olmasliklari uchun: profilaktika va gigiyena qoidalariga rioya qilish; odamlar gavjum joylarga, ayniqsa yosh bolalarni olib yurishni cheklash; kasallik belgilari paydo bo‘lgan oila a’zolarini alohida saqlab, shifokor ko‘rsatmasiga asosan davolanishni tavsiya qilingan.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

05 Jan, 09:53


«Erini er qilgan» Berta Bents haqida hikoya

Muvaffaqiyat tarixi ko‘pincha sinovlardan boshlanadi, ba’zan muhabbat va ishonch har qanday to‘siqlarni yengib o‘tadi. Har bir insonning hayotida dunyo undan yuz o‘girgan, shubhalar hukmronlik qiladigan lahzalar bo‘ladi va zulmatdagi yagona yorug‘lik - bu yaqin kishining ko‘magidir.

Qiyin paytlarda nafaqat ilhomlantiruvchi, balki harakat qiladigan umr yo‘ldoshi mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirishga sabab bo‘ladigan tayanch bo‘lishi mumkin. Uning jasorati va qat’iyati nafaqat oila taqdirini, balki butun avlodlar kelajagini ham o‘zgartirishi mumkin.

Butun dunyo shubhalansa-da, eriga ishongan ayol iqtidor, mehnat va matonat besamar ketmasligini hammaga isbotlashga qodir. Bunday harakatlar sizni umidsizlikdan qutqaribgina qolmay, balki yangi ufqlarni ochadi, boshqalarni ham buyuk ishlarga ilhomlantiradi.

Berta Bents va uning turmush o‘rtog‘i Karl Bents birinchi benzinda ishlaydigan mashinani ixtiro qilishgan, biroq atrofdagilarga ularning kashfiyoti bema’ni narsadek tuyulgan edi. Hamma Karlni kulgili uch g‘ildirakli motorli velosiped yaratgani uchun ahmoq deb atardi.

Eng yomoni, Karl ruhiy tushkunlikdan qutulish uchun spirtli ichimliklarga mukkasidan keta boshladi.
Bents oilasi besh farzandi bilan Mannxaymda yashar, Bertaning ota-onasi ulardan salkam 100 kilometr uzoqlikdagi Pforsgeymda istiqomat qilishardi.

1888-yilning avgust tonglaridan birida Karl odatdagidek alamidan ichib, dong qotib yotar edi. Erini qo‘llab-quvvatlash va uning mehnati behuda ketmaganiga ishontirish uchun Berta bor jasoratini to‘plab, eri “Benz Patent-Motorwagen” deb atagan uch g‘ildirakli motorli velosipedda ota-onasinikiga borishga qaror qildi. Shuni ham aytish kerakki, bu insoniyatning motorli ulovda ilk marta yurib o‘tgan eng uzoq masofa bo‘ldi.

Erta bilan ikki o‘g‘lini eri ashf qilgan avtomobilga mindirib yo‘lga chiqqan Berta otasining uyiga kechqurun yetib bordi. Berta o‘sha paytda benzin olish uchun bir necha marta dorixonalarda to‘xtashiga to‘g‘ri kelgan, chunki benzin faqat dorixonalarda sotilardi. Ishdan chiqqan tormozni sozlash uchun u temirchiga ham murojaat qilgan. Benzin tiqilib qolganda, Bertaning o‘zi uni tuzatib oldi.

Belgilangan manzilga yetib kelgan Berta telegramma orqali eriga sayohatning muvaffaqiyati haqida xabar berdi. Ertasi kuni u Mannxaymga qaytib keldi.

Sayohat ko‘pchilikning e’tiborini tortdi, chunki Berta yo‘lda ko‘plab uning avtomobiliga qiziqqan odamlar bilan uchrashdi. O‘shanda odamlar mashina shunchaki ermak, o‘yinchoq emas, balki amaliy va tezkor transport vositasi ekanligini tushuna boshladi.

Karl tez orada mashhur bo‘lib ketdi va hamma uning mashinalaridan sotib olishni xohlaganidan ko‘plab buyurtmalarga olib keldi. Bertaning sayohati, shuningdek, unga avtomobilni foydalanuvchi nuqtai nazaridan sinab ko‘rish va potensial yaxshilanishlarni aniqlash imkoniyati bo‘ldi. Berta avtomobilni takomillashtirishda faol ishtirok etdi. Tezlikni oshirish uchun uzatmalar qutisini ko‘paytirish, muvozanatni yaxshiroq saqlash uchun g‘ildiraklar sonini to‘rttaga yetkazish, tormozlarni yaxshilash va yonilg‘i filtrini o‘rnatish g‘oyalari shu sayohatdan so‘ng paydo bo‘ldi. U erini uning harakatlarida qo‘llab-quvvatladi. Uning avtomobil sanoati rivojiga qo‘shgan hissasi katta deb e’tirof etilib, uning sharafiga u ilk marta bosib o‘tgan yo‘l bo‘ylab yodgorlik marshruti – “Berta Bents xotira marshruti” o‘tkaziladi.

Hozirgi kunda dunyoning eng yirik avtomobil imperiyalaridan biri shu tariqa paydo bo‘lgan edi.

Yoqub Umar

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

04 Jan, 14:49


Iravan xonligi haqida eshitganmisiz?
 
Iravan, zamonaviy Yerevan, asrlar davomida Ozarbayjon davlatchiligining muhim markazi va 18-asrda Iravan xonligining poytaxti bo‘lgan. 1747-yilda Safaviylar va Afshorlar sulolasi parchalanganidan keyin tashkil topgan bu xonlik 1827-yilda Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinguncha mavjud bo‘lgan.
 
Safaviylar davrida Iravan Chuxursad beklarbegiligining bir qismi bo‘lib, uning ma’muriy markazi qojorlar kabi ozarbayjon urug‘lari tomonidan boshqarilgan. Biroq, shahar ko‘pincha Safaviylar va Usmonlilar imperiyasi o‘rtasidagi kurash maydoniga aylangan. Afshor urug‘idan Nodirqulixonning taxtga kelishi bilan ma’muriy bo‘linish islohoti boshlandi, natijada Ozarbayjon hududlari Tabriz markazligida birlashtirildi. 1747-yilda Nodirshoh o‘ldirilganidan keyin imperiya parchalanib, uning o‘rnida mustaqil xonliklar, jumladan Iravan xonligi paydo bo‘ldi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

04 Jan, 10:46


Germaniyada elektr energiyasi narxi... noldan pastga tushdi

Shunaqasi ham bo‘lar ekan.

Bizni energiya muammosi qiynab turgan bir vaqtda “chirib borayotgan” Gʻarb malakatlarida elektr narxi noldan ham pastga tushib ketdi.

2025-yilning 2-yanvarida Germaniyada elektr energiyasining kunlik narxlari to‘rt soat davomida noldan ham arzonroqqa sotildi. Bunga shamol energiyasi ishlab chiqarish taxminan 40 gigavattga ko‘tarilib, talabdan oshib ketgani sabab bo‘lgan.

Yevropada shamol va quyosh kabi qayta tiklanadigan energiya manbalarining ko‘payishi elektr energiyasining bu qadar arzonlashishiga olib kelmoqda. 2024-yilda Germaniyada 468 soatlik salbiy elektr narxlari kuzatildi, bu 2023-yildagi 292 soatdan sezilarli darajada ko‘p. Boshqa Yevropa mamlakatlarida ham xuddi shunday tendensiyalar kuzatilmoqda. Misol uchun, Buyuk Britaniyada salbiy narx soatlarining 70% ga o‘sishi kuzatildi, Fransiyada shu kabi holatlar ikki baravarga ko‘paydi, bu esa iyun oyida ba’zi atom elektr stansiyalarining yopilishiga olib keldi. Ispaniya ham birinchi marta salbiy narxlarni boshdan kechirdi.

Germaniyada qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi ulushi 2024-yilning birinchi yarmi oxiriga kelib barcha ishlab chiqarish turlarining 58 foiziga yetdi.

Ulardan 24% shamol energiyasi ishlab chiqarishdan, 14% fotoelektrik tizimlardan, 9% biomassadan, 5% dengizda shamol energiyasidan va 1% chiqindilardan olingan energiyaga to‘g‘ri keladi.

Yevropa bo‘ylab qayta tiklanadigan energiyaga sarmoyalarning o‘sishi geosiyosiy voqealar, xususan, Rossiyaning 2022-yilda Ukrainaga bostirib kirishi natijasida tabiiy gaz ta’minotini to‘xtatib, energiya narxining oshishiga olib keldi. Bunga javoban Yevropa Ittifoqi 2030-yilga borib energiya iste’molining 45 foizini qayta tiklanadigan energiya manbalaridan tashkil etishni maqsad qilib qo‘ygan. 2023-yilda Yevropa Ittifoqining qayta tiklanadigan energiyaga investisiyalari deyarli 110 milliard dollarni tashkil etadi, bu o‘tgan yilga nisbatan 6 foizga ko‘pdir.

Biroq, qayta tiklanadigan energiyaning jadal kengayishi muammolarni, jumladan, tarmoqni boshqarish muammolarini va energiyani saqlashning ilg‘or yechimlariga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqardi. Qayta tiklanadigan manbalarning vaqti-vaqti bilan talab va taklifning mos kelmasligiga olib kelishi mumkin, bu esa taklif talabdan oshib ketganda elektr energiyasining salbiy bahosiga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda akkumulyator batareyalarida energiya saqlash texnologiyasining yetarli darajada emasligi quyosh energiyasidan samarali foydalanishni qiyinlashtiradi, chunki ishlab chiqarishning eng yuqori davrlari eng yuqori iste’mol vaqtlariga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.

Ushbu muammolarni hal qilish uchun investisiyalar energiya saqlash imkoniyatlarini kengaytirish va talab va taklifni yaxshiroq muvozanatlash uchun aqlli tarmoq texnologiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlar bozorni barqarorlashtirish va qayta tiklanadigan energiyani kengaytirishning afzalliklari iste’molchilar va energetika sektori tomonidan to‘liq amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

03 Jan, 15:31


Apellyasiya sudi G‘ayrat Do‘stovga nisbatan tayinlangan birinchi instansiya qarorini o'zgartirdi — jazo 15 sutkadan 8 sutkaga qisqartirilgan. Do’stov sud zalidan ozod qilindi.

Videoda G’ayrat Do’stov sudida ishlagan advokatlarning suddan keyingi taassurotlari bilan tanishasiz.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

03 Jan, 15:11


Apellyasiya sudi G‘ayrat Do‘stovga nisbatan tayinlangan birinchi instansiya qarorini o'zgartirdi — jazo 15 sutkadan 8 sutkaga qisqartirilgan. Do’stov sud zalidan ozod qilindi.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

03 Jan, 14:11


Apellyatsiya sudi majlisida G‘ayrat Do‘stovning tobi qochib qolgan...

Video: «Газета.uz»

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

03 Jan, 13:48


"G‘ayrat Do‘stov sudi adolatli bo‘lsin. Eng muhimi shu!" - Abdurahmon Tashanov

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=0IaJD3Hv-8A

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

03 Jan, 13:07


Gʻayrat Doʻstov boshiga qop kiydirilgani va yerto'lada saqlanganini bildirdi

Daryo.uz saytining xabar qilishicha, Gʻayrat Doʻstov sud majlisida yaqinlari va advokatlarining savollariga javob berar ekan, boshiga qop kiydirishganini, yertoʻlada saqlashganini aytgan.

Gʻayrat Doʻstov sud jarayonida xushidan ketib qolgan.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

03 Jan, 13:00


G'ayrat Do'stov sudiga nega saralangan jurnalistlar kiritildi?

Jurnalist Anora Sodiqova Vatandosh TV’ga intervyu berarkan, G’ayrat Do’stov sudiga ko’plab OAV vakillari va huquq himoyachilari kiritilmagani yuzasidan fikrlarini bildirdi.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

03 Jan, 12:19


G‘ayrat Do‘stov sud ishi boshlandi. Jurnalistlar saralab kiritildi

Huquqbuzar G‘ayrat Do‘stov sud zaliga olib kelingan.

Ayni paytda jarayonda ishtirok etayotgan Vatandosh TV muxbiri Ilyos Safarov ham sudga qo‘yilmagan.

"Sud jarayoni Oliy sud matbuot kotibi tomonidan ro’yxat asosida saralangan 3 jurnalist ishtirokida boshlandi. Qolgan media vakillari va huquq himoyachilari sud binosiga kiritilmadi", deb xabar berdi Ilyos Safarov.

Sudga Kun.uz, Qalampir.uz va Daryo.uz sayti vakillari kiritilgan. Qolgan jurnalist va huquq faollari tashqarida kutmoqda.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

03 Jan, 11:21


G‘ayrat Do‘stov ishi. Jurnalistlar nega sudga kiritilmayapti?

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=M1UEi5-tibI

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

03 Jan, 06:39


Nissan, Honda va Mitsubishi nega birlashmoqda? –Avtomobilsozlikdagi global tendensiyalarning tahlili

So‘nggi yillarda avtomobilsozlik sanoati nafaqat jadal texnologik o‘zgarishlar, balki xalqaro bozorlardagi raqobatning kuchayishi tufayli ham katta o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Jahon avtomobilsozligida yetakchilardan biri bo‘lib kelgan Nissan, Honda va Mitsubishi kabi yapon avtomobil ishlab chiqaruvchilarining bozori so‘nggi o‘n yilliklarda sezilarli darajada o‘zgarib ketdi. Savdolar, moliyaviy natijalar va texnologiyalarning rivojlanishi dinamikasini kuzatar ekanmiz, ushbu kompaniyalarning strategik birlashuvi zamon talablari taqozosi bilan qilingan qadam ekanligi ayon bo‘ladi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

02 Jan, 11:25


Tramp, Lavrov va Ukrainadagi urush: nega tinchlik rejasi barbod bo'lmoqda

Donald Tramp prezidentlik kampaniyasi boshidanoq Ukrainadagi urushni “bir kunda” tugatishini aytgan edi.
Saylovda g‘alaba qozonganidan so‘ng, u urushni muzokaralar yo‘li bilan tugatishga yanada qattiqroq harakat qilmoqda.

Ammo endi, lavozimga kirishishiga atigi uch hafta qolganda Trampning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili, iste’fodagi general Keyt Kellog tomonidan ilgari surilgan rejaga Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ochiqchasiga rad javobini bildirdi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

02 Jan, 09:49


Yangi yilning kelib chiqishi va nishonlanishi tarixi

Yangi yil - zamonaviy dunyodagi eng keng tarqalgan bayramlardan biri, ammo uning tarixi qadimgi davrlarga borib taqaladi. Uning an’analari butparastlik marosimlari, kalendar islohotlari va hatto diniy urf-odatlar ta’sirida shakllangan. Ushbu maqolada biz ushbu bayram qanday paydo bo‘lganligi, uning nasroniylik bilan aloqasi, Rossiya va O‘zbekistonda qachon nishonlana boshlaganini ko‘rib chiqamiz.

Yangi yil bayramining kelib chiqishi

Yangi yilni birinchi bo‘lib nishonlagan odamlar taxminan 4 ming yil oldin qadimgi Mesopotamiyada yashagan shumerlar edi. O‘sha paytda, Yangi yil bahorda kelar va ekin ekish va yangilanish ramzi bo‘lgan. Shunga o‘xshash an’ana yil boshini Nil daryosida suv ko‘tarilishi bilan bog‘lagan qadimgi misrliklarda va uni bahorgi tengkunlik kunlarida nishonlagan bobilliklar orasida mavjud edi.

1 yanvar sanasiga o‘tish birinchi marta Qadimgi Rimda sodir bo‘lgan. Miloddan avvalgi 46-yilda Yuliy Tsezar islohot qilib, Yulian taqvimini joriy etdi. Yangi yil eshiklar, vaqt va boshlanishlarning homiysi Yanus xudosi sharafiga 1-yanvarga ko‘chirildi. Yanus biri o‘tmishga, ikkinchisi kelajakka qaragan ikki yuz bilan tasvirlangan.

Biroq, o‘rta asrlarda xristian mamlakatlarida 1-yanvarda Yangi yilni nishonlash to‘xtatildi. Ko‘pgina mamlakatlar yil boshini 25-dekabrga (Rojdestvo), 1-mart yoki 25-martga ko‘chirdi. 1582-yilda Rim papasi Grigoriy XIII tomonidan Grigorian taqvimi joriy etilgandan keyingina ko‘pchilik mamlakatlar 1-yanvar sanasiga qaytdi.

Yangi yilning xristianlik bilan aloqasi

1-yanvar kuni Iso Masihning tug‘ilishi bilan bog‘liqmi degan savol alohida tushuntirishni talab qiladi. Injilda Iso alayhissalomning tug‘ilgan sanasi aniq ko‘rsatilmagan. Rojdestvoni 25 dekabrda nishonlash odati faqat IV asrda paydo bo‘lgan. Cherkov bu sanani Rim imperiyasida Saturnaliya va Quyosh Xudosining (Sol Invictus) tug‘ilgan kuni kabi mashhur butparast bayramlarini o‘rniga uchun tanlagan.

Biroq, bu sana dastlab Yangi yil bilan hech qanday aloqasi yo‘q edi. Bundan tashqari, O‘rta asrlarda cherkov Yangi yil bayramlarini butparastlik deb deb hisoblab, qoralagan. Vaqt o‘tishi bilan nasroniy va dunyoviy an’analar o‘zaro aralashib ketdi va Yangi yil ommalasha boshladi.

Rossiyada yangi yilning nishonlana boshlanishi

Rossiyada qishdan keyin tabiatning uyg‘onishi tufayli Yangi yil dastlab 1-martda nishonlangan. 988-yilda Rossiya xristianlikni qabul qilganidan so‘ng, yil boshi Vizantiya modeliga ko‘ra 1 sentyabrga ko‘chirildi.

Vaziyat 1699-yilda, Pyotr I yangi yilni 1 yanvarga o‘tkazish to‘g‘risida farmon chiqarganida o‘zgardi. Bu qadam Rossiyani yevropalashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarning bir qismi edi. Pyotr uylarni ignabargli daraxt novdalari bilan bezashni, mushakbozliklar va bayramlar uyushtirishni buyurdi.

Islohotlarga qaramay, Yangi yil uzoq vaqt davomida Rojdestvoga nisbatan kamroq ahamiyatli bayram bo‘lib qoldi. Faqat Sovet davrida, 1917-yildan keyin Yangi yil dunyoviy bayramga aylandi. 1935-yilda Rojdestvo archasini bezash an’anasi qaytdi va 1947-yildan boshlab 1-yanvar rasmiy dam olish kuniga aylandi.

O‘zbekistonda yangi yil nishonlanishi

Yangi yilni nishonlash an’anasi O‘zbekistonda 19-asr oxirida, mintaqa hududi Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan paytda paydo bo‘lgan. Biroq, Yangi yilni ommaviy nishonlash faqat Sovet davrida boshlangan.

O‘zbekiston 1991-yilda mustaqilligini e’lon qilganidan keyin ham bu an’anani saqlab qoldi. Yangi yil mamlakatda eng keng nishonlanadigan bayramlardan biriga aylandi.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

01 Jan, 06:00


Metan shoxobchasida videomurojaat qilgan shaxs 15 sutkaga qamaldi

Navbati yetganda metan «zapravka» yopib qo‘yilganidan norozi bo‘lib, yirtilib ketgan poyabzalini ko‘rsatgan holda gaz quyish shoxobchasi va energetika sohasi mas’ullariga noroziligini namoyish etgani bilan ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘lgan fuqaro mayda bezorilik sodir etgan deb topildi.

6 soatlik kutishlardan so‘ng navbati yetay deganda gaz to‘ldirish stansiyasi yopib qo‘yilganidan norozi bo‘lib, yirtilib ketgan poyabzalini ko‘rsatgan holda mas’ullarga o‘z noroziligini namoyish etgan fuqaroning videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.

2024-yil 23-dekabr kuni Toshkent shahri Bektemir tumanidagi Oltintopgan ko‘chasi, 2-uyda joylashgan «Morotrans» MChJga qarashli gaz quyish shoxobchasida yuz bergan hodisadan so‘ng fuqaro G‘.Do‘stov 15 sutkaga qamalgani ma’lum bo‘ldi.

Kun.uz o‘rgangan sud hujjatida fuqaro G‘.Do‘stov gaz quyish uchun navbatda turganida shoxobcha yopilganligi sababli jahl ustida shoxobcha xodimlarini turli so‘zlar bilan haqorat qilib, baqir-chaqir qilgani, hozirda qilgan ishidan pushaymonligi, kelgusida bunday holat boshqa takrorlanmasligini bayon qilib, suddan yengillik so‘ragani aytiladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi raisi D.A.Dadaxanovaning 26-dekabrdagi qarori bilan G‘.Do‘stov MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik)da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan.

Unga 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Bundan tashqari, G‘.Do‘stovdan Toshkent shahar IIBB Ma’muriy tartibda qamoqqa olingan shaxslarni saqlash maxsus qamoqxonasi foydasiga qamalganlarni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar uchun ma’muriy qamoqning har bir sutkasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida, jami 843 ming 750 so‘m undirish belgilangan.

Vatandosh TV

29 Dec, 12:52


«Tolibon» va Jahon hamjamiyati: tan olish sari qadamlarmi yoki diplomatik zaruratmi?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashkilotlarni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi. Hujjat rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, Rossiyada terrorchi deb e’lon qilingan tashkilot faoliyatiga qo‘yilgan taqiqni Bosh prokuror yoki uning o‘rinbosarining da’vosi asosida sud qarori bilan olib tashlash taklif etilgan.

Bunday qaror qabul qilish uchun "bunday tashkilot ko‘rsatilgan ro‘yxatga kiritilganidan keyin terrorizmni targ‘ib qilish, oqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatini to‘xtatganligi to‘g‘risida ma’lumotlar" bo‘lishi kerak.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

28 Dec, 09:01


Tahlil: rus tilining global o'rni qisqarib bormoqda

Sovet Ittifoqi davrida jahon ta’lim va madaniy makonida muhim o‘rin egallagan rus tili bugungi kunda o‘zining global rolining qisqarishiga duch kelmoqda. Rossiyaning xorijda rus tilini saqlab qolish va targ‘ib qilish borasidagi sa’y-harakatlariga qaramay, uni o‘rganishga qiziqish pasayib bormoqda. Bundan tashqari, bir qator mamlakatlarda bu siyosiy va madaniy bosim bilan bog‘liq.

Ethnologue nashri ma’lumotlariga ko‘ra, rus tili dunyoda ingliz, xitoy, ispan va portugal tillaridan keyin 9-o‘rinda turadi. 2023-yilda rus tilida so‘zlashuvchilar soni qariyb 255 million kishini tashkil etgan, bu o‘tgan yillarga nisbatan 3 million kishiga kam deganidir.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

28 Dec, 06:56


Maqtanchoqlikni to‘xtataylik

Quyida Angliyada o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabaning ta’lim tizimimiz haqidagi fikrlari bilan tanishamiz.

London haqida qisqacha:
Bu yerda tili burro, tadbir uyushtirib "faol" bo‘lganlar bir tiyin ekan.

Men hindlar va xitoy, koreys va yapon talabalarini ko‘rib maktabdagi olgan bilimlariga tan beryapman.
Xullas, men shunchaki bo‘m-bo‘sh miya bilan magistraturaga kelib qolibman. Masalan, guruhdagi hamma matematikani “yirtvoradi”. Siz o‘ylagan darajada emas, yaxshi biladi degani ham emas, bular rostdan "yirtvoradi". Ular maktablarida shunaqa tenglamalarni o‘rganib kelishganki, men ularga haliyam yeta olmayapman.

Kompyuterni, ofis dasturlarini, har xil programmalar va dasturlashni o‘zimcha yaxshi bilaman desam, butun guruh, ha, ishoning, har biri mendan yaxshi biladi.
Dunyoqarash jihatidan ham biz Markaziy Osiyo talabalari oqsoq ekanmiz. Ular shunaqangi dunyo tanigan brendlarni egalaridan tortib, ular nima ishlab chiqaradi-yu, qaysi mahsuloti yaxshi ekanini bilishadi. Men bo‘lsa haliyam kofe turlarining farqiga bormayman.

Siz o‘zingizni O‘zbekistonda turib "kelajak bizniki, shu turishimda O‘zbekistonni dunyoga tanitaman", demang. Men shunaqa deb xato qilganimni bildim. Biz rostdan yurtimizni yuqoriga olib chiqmoqchi bo‘lsak, rostdan o‘qishimiz kerak.

Londonga kelib bildim. Biz orqada ekanmiz, ko‘p sohada. Davlat siyosati yoki iqtisodiy nuqtai nazardan emas, oddiy maktabdagi asosiy fanlar ko‘nikmalaridan ularni amaliyotga tatbiqigacha.

Bizni yana eng katta aybimiz bu – nomzodlarga katta rag‘batlar berishimiz. Misol uchun: bizning Navoiy, Beruniy va Zulfiyani olayotgan bolalar kelib Nyu-York, London, Tokio yoki shunga o‘xshagan shaharlardagi biznes markazlardan yuqori lavozim tugul qabulxonaga ham ishga kira olmaydi. Nega?

Chunki u yerda bizdagi "faol talaba"dan oldin hind yoki xitoylik ishga topshirib bo‘lgan. Undan ustun bo‘lish uchun "kompaniyam faxrim" degan video yasab kelsangiz ham o‘tmaydi.

Bu yerda, ya’ni Londonda yaxshi ofis ishiga kirishingiz osmono‘par binoda ishlashingiz uchun rostakam yuzma-yuz intervyu bo‘ladi. Ular sizdan yutuqlaringizni umuman so‘ramaydi. Ular sizdan ilm so‘raydi. Ularga sizning ikkita maqola orqali har kimga beriladigan Qozog‘istonning xususiy ko‘krak nishonlari bir tiyin. Ularga ilmli odam kerak.

Xulosa: Bu fikrlar hech kimga qaratilmagan. Lekin ko‘zimizni ochishimiz kerak. Dunyo miqyosida bizning talabalar ancha ortda. Sizdan iltimos, "men eng faol, eng zo‘r talabaman" demang. Angliyada siz-u biz nazarga ilmaydigan mamlakatlardan kelganlarning ilmi ancha yuqori, o‘sha odamlar sizning va bizning kelajakdagi ish joylarimizni egallab, qo‘limizdan olib bo‘lishmoqda.
O‘qing, birodar...

Londondan Ahmadjon O‘rinov

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

27 Dec, 13:27


Osmondagi fojia: urib tushirilgan yo'lovchi samolyotlar
 
25-dekabr kuni Qozog‘istonning Aqtau shahri yaqinida halokatga uchragan Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining samolyoti qulashi oqibatida 38 kishi, jumladan Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolari halok bo‘ldi.
Fuqarolik aviatsiyasi tarixida harbiy harakatlar yoki xatolik natijasida yoʻlovchi samolyotlari urib tushirilgan bir necha fojiali hodisalar boʻlgan.

Ushbu hodisalar xalqaro aviatsiya xavfsizligi qoidalari va davlatlar o'rtasidagi munosabatlarda sezilarli o'zgarishlarga olib keldi.

Ularning ba’zilari aybdor tomonidan tan olingan va tovon pullari ham to‘langan bo‘lsa, ayrimlari tan olinmaganicha qolib ketgan.
 
KAL 007 reysi (1983)
 
1983-yil 1-sentabrda Nyu-Yorkdan Seulga uchayotgan Korean Air Lines kompaniyasining Boeing 747 samolyoti Saxalin osmonida sovet qiruvchi samolyoti tomonidan urib tushirildi. Samolyotdagi 269 kishining barchasi halok bo'ldi. Samolyot o'z yo'nalishidan chetga chiqqan va Sovet havo hududiga kirib qolgan. Bu voqea “Sovuq urush” davrida SSSR va AQSh o'rtasidagi munosabatlarni jiddiy taranglashtirdi.
 
Iran Air 655 reysi (1988)
 
1988-yil 3-iyulda Amerikaning USS Vincennes kreyseri Bandar Abbosdan Dubayga uchayotgan Eronning Airbus A300 yo'lovchi samolyotini urib tushirdi. Samolyotda bo'lgan 290 kishining barchasi halok bo'lgan.

AQSh harbiylari fuqarolik samolyotini harbiy samolyot deb xato o‘ylagan. Keyinchalik Qo'shma Shtatlar o'zining qonuniy javobgarligini rasman tan olmagan bo'lsa-da, qurbonlarning oilalariga tovon to'ladi.
 
MH17 reysi (2014)
 
2014-yilning 17-iyulida Amsterdamdan Kuala-Lumpurga uchayotgan Malaysia Airlines kompaniyasining Boeing 777 samolyoti Ukraina sharqida urib tushirilgan edi. Samolyotdagi 298 kishining barchasi halok bo'ldi.

Xalqaro tergov samolyot rossiyaparast kuchlar nazorati ostidagi hududdan uchirilgan Buk raketasi bilan urib tushirilganini aniqladi.
 
PS752 reysi (2020)
 
2020-yil 8-yanvar kuni Ukraine International Airlines kompaniyasining Boeing 737 samolyoti Tehron aeroportidan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay urib tushirildi. Samolyot bortidagi 176 kishining barchasi halok bo'ldi.

Eron rasmiylari samolyot AQSh bilan keskinlashgan davrda havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan yanglishib urib tushirilganini tan oldi.
 
Ushbu fojiali voqealardan so‘ng mojaro hududlarida havo hududi ustidan nazoratni kuchaytirish, fuqarolik havo kemalarini identifikatsiya qilish tizimini takomillashtirish, harbiy va fuqarolik dispetcherlik xizmatlari o‘rtasida yangi aloqa protokollarini yaratish hamda mojaro bo‘layotgan hududlar ustidagi parvozlar uchun qat’iy qoidalarni joriy etishni takomillashtirish zarurligi ko‘zga tashlanib qoldi.
 
Bu hodisalarning har biri xalqaro miqyosdagi fojiaga aylandi va jiddiy siyosiy oqibatlarga olib keldi. Fuqaro aviatsiyasida xavfsizlik choralarini kuchaytirish zarurligi, kelgusida bunday fojialarning oldini olish uchun xalqaro hamkorlik muhimligi ta’kidlandi.
 
Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari o‘tgan kuni halokatga uchragan samolyot ham Rossiya raketasi bilan urib tushirilgani haqidagi dalillarni keltirmoqda.

Rossiya esa o‘z navbatida buni tan olmay, “taxminlarga zo‘r bermaslikka” chaqirdi. Biroq samolyotning nega zahirada, Rossiya hududida 3-4 yaqin aerodrom bo‘lsa-da Kaspiy dengizi ortidagi Qozog‘iston aerodromiga yuborilgani bir qancha savollarni tug‘diradi. Agar samolyotni rus harbiylari urib tushirgan bo‘lsa, Rossiya buni tan oladimi yoki Donbass osmonida halokatga uchragan Malayziya samolyoti bilan bo‘lganidek sukut saqlanadimi?

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

27 Dec, 06:57


O‘zbekiston 100 nafar falastinlik bolalar va ayollarni qabul qildi

O‘zbekistonning Qohiradagi elchisi Mansurbek Qilichevning ma’lum qilishicha, 100 nafar yarador falastinlik bolalar va ayollar va ularning hamrohlari O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusini amalga oshirish doirasida ikki davlat Sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan kelishilgan holda amalga oshirildi. Evakuatsiya qilingan falastinliklar oʻz yurtlariga qaytgunlaricha Oʻzbekistonda mehmon boʻlishlari taʼkidlandi.

O‘zbekiston elchisi Yaqin Sharq axborot agentligiga bergan bayonotida falastinliklar tibbiyot markazlari va kasalxonalarga joylashtirilishini, O‘zbekiston hukumati ular mamlakatda bo'lishi davomida oilalarining barcha ehtiyojlari, jumladan mehmonxonalar, maktablar, oziq-ovqat bilan ta’minlanishiga va’da berdi.

Uning aytishicha, O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoyev 2024-yil noyabr oyida Falastin muammosi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari arab-islom sammiti oldidan so‘zlagan nutqida Falastin hududidagi harbiy harakatlarni to‘xtatish va xavfsiz gumanitar yo‘laklar yaratish muhimligini ta’kidlagan. Shuningdek, Toshkent Jarohat olgan falastinlik bolalar va ayollarga tibbiy yordam berishga ayyorligini bildirgan edi.

2023-yil oktabr oyida Isroil va XAMAS o‘rtasidagi mojaro avj olganidan beri bir qancha davlatlar G‘azo sektoridan qochqinlarni qabul qildi:

Falastinning Qohiradagi elchisining so'zlariga ko'ra, Misr 2023-yilning oktyabridan beri 80 000 dan 100 000 gacha falastinlik qochqinlarni qabul qilgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Gʻazo sektoridan evakuatsiya qilingan 600 dan ortiq odam Rossiyaning turli mintaqalaridagi vaqtinchalik yashash markazlariga joylashtirilgan.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

26 Dec, 14:23


O‘zbekistonda AES qurilishi: umid va xavotirlar

O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida atom elektr stansiyasi qurilishi mumkinligi haqida ilk xabarlar 2017-2018-yillarda paydo bo‘lgan va o‘shanda bu xabarlar hali unchalik jiddiy, ishonchli emasdek taassurot qoldirgan edi. Lekin oradan 6-7 yil vaqt o‘tib, 2024-yilda bu xabarlar ikki tomonlama imzolangan qator hujjatlar orqali reallikka aylandi. Nafaqat reallikka aylandi, balki, ushbu kelishuvlar asosida bugun Jizzax viloyatida kichik quvvatli AES qurilishi ishlari boshlab yuborilgan.

Ammo qator tahlilchilar O‘zbekistonda AES qurilishi va bo‘lib ham loyihaning tanlovsiz Rossiyaga berilganidan xavotir bildirib keladi. Unga ko‘ra, AES qurilgan taqdirda ham ishlar keng jamoatchilik bilan maslahatlashilgan holda, demokratik va shaffof tarzda amalga oshirilishi lozim.

“Vatandosh” intellektual klubining navbatdagi soni odamlarning AES qurilishi borasidagi savol va tushunmovchiliklari, hukumatning bu borada jamoatchilik bilan yetarli bo‘lmayotgan muloqotlaridan kelib chiqqan holda AES qurilishi masalalariga bag‘ishlandi. Quyida soha mutaxasisslari, hukumat vakillari va jamoatchilik faollarining qizg‘in bahs-munozaralari asosida o‘tgan yig‘ilishni tomosha qilishingiz mumkin.

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=pfEGPkoJG14

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

26 Dec, 13:51


O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 60 mlrd dollardan oshdi

2024-yilning o‘tgan 9 oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 60 mlrd dollardan oshgan. Shundan davlat tashqi qarzi 32,5 mlrd dollarga, korporativ tashqi qarz hajmi esa 27,7 mlrd dollarga teng bo‘lgan.

Markaziy bank “O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi, xalqaro investisiyaviy mavqei va tashqi qarzi” bo‘yicha qisqacha sharh va statistik jadvallarni e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, 2024-yilning 9 oyida joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17 foizga qisqarib, 3,4 mlrd dollar yoki YAIMga nisbatan 4,3 foizni tashkil qilgan. Bunga savdo balansi manfiy saldosi o‘sish sur’atining o‘tgan yildagiga nisbatan pastroq shakllanishi bilan birga mamlakatga xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining sezilarli darajada ko‘payishi ta’sir ko‘rsatgan.

Jumladan, yanvar-sentyabr oylari davomida xalqaro bozorlarda xomashyo narxlarining o‘zgarishi hamda norezidentlarga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining ko‘payishi natijasida, eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 foizga o‘sib, 19,1 mlrd dollarni tashkil qilgan. Mazkur davrda import hajmi o‘tgan yillarga nisbatan pastroq sur’atlarda o‘sib (5,5 foiz), 31,4 mlrd dollarga yetgan.

Natijada, joriy yilning 9 oyida savdo balansining manfiy saldosi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 foizga ko‘payib, 12,4 mlrd dollarni tashkil qilgan. O‘z navbatida, birlamchi va ikkilamchi daromadlar balansi musbat saldo bilan shakllanib, mos ravishda 973 mln dollar va 8 mlrd dollarni tashkil etgan holda savdo balansi taqchilligini qisman qoplagan.

Hisobot davrida xalqaro zaxira aktivlarining xorijiy valyutadagi qismi 678 mln dollarga qisqarishi kuzatildi. Biroq oltin narxining yuqori sur’atlarda o‘sishi natijasida xalqaro zaxiralar qoldig‘i joriy yil boshiga nisbatan qariyb 6,6 mlrd dollarga ko‘payib, 2024-yil 1-oktyabr holatiga 41,1 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Joriy yilning 9 oyi yakuniga ko‘ra, to‘lov balansida aks etgan amaliyotlar va nooperatsiyaviy o‘zgarishlar ta’sirida O‘zbekistonning sof xalqaro investisiyaviy mavqeyi joriy yil boshiga nisbatan 29 foizga mustahkamlanib, 2024-yil 1-oktyabr holatiga 16,3 mlrd dollarga yetgan.

Bunda rezidentlarning chet el valyutasidagi aktivlari hajmi 10,8 mlrd dollarga (joriy yilning boshiga nisbatan o‘sish 13 foiz) oshgan bo‘lsa, tashqi majburiyatlari hajmi 7,1 mlrd dollarga (o‘sish 10 foiz) ko‘paygan.

Hisobot davri yakuniga ko‘ra, umumiy tashqi qarz hajmi 60,2 mlrd dollarni tashkil qilib, shundan davlat tashqi qarzi hajmi qariyb 32,5 mlrd dollar hamda korporativ tashqi qarz hajmi 27,7 mlrd dollarga teng bo‘lgan.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

26 Dec, 11:30


Oliy Majlisga Nukus voqealari bo‘yicha hisobot berildi

Oliy Majlis palatalari kengashlarining 2022-yil 15-iyuldagi qo‘shma qarori bilan Ombudsman F.Eshmatova boshchiligida 14 nafar deputatlar, senatorlar, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik vakillaridan tashkil topgan Qoraqalpog‘istonda ro‘y bergan voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiyaning axboroti Parlament palatalari kengashlarining qo‘shma yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.

Komissiya, Qoraqalpog‘istonda yuz bergan voqealarning kelib chiqish sabablari, xronologiyasi va oqibatlari, ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etishda davlat idoralari va huquq-tartibot organlarining harakatlariga baho berdi, voqealar ishtirokchilariga nisbatan sud majlislarini kuzatdi, 30 nafar sudlanuvchi komissiya iltimosiga ko‘ra sud zalidan ozod etildi, sudlanuvchilar saqlanayotgan tergov hibsxonalariga monitoring tashriflarini amalga oshirdi, shuningdek voqealardan keyin Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni kuzatib bordi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

26 Dec, 07:43


«Qizil imperiya»ga qo‘yilgan so‘nggi nuqta

Bundan 33 yil oldin, 1991-yil 26-dekabrda Sovet Ittifoqi degan davlat rasman o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu voqea so‘nggi yillarda mamlakatni qamrab olgan siyosiy va iqtisodiy falokatlarning yakuniy akkordi bo‘ldi. Shu kuni, SSSRni tarqatib yuborish to‘g‘risidagi deklaratsiya Olmaotada imzolanganidan uch kun o‘tgach, SSSR Oliy Sovetining Respublikalar Kengashi davlatning mavjudligini tugatish to‘g‘risida rasman qaror qabul qildi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

25 Dec, 13:14


Saylov xulosalari, iqtisod, tashqi siyosat, odamlarning kayfiyati va DXX'dagi tozalashlar – og'ir o'tgan 2024-yil yakunlari haqida suhbat

Barcha tanqidchilarning eng buyugi, mukammali, ayovsizi va xatosizi – vaqtdir, degan edi faylasuflardan biri.

Biz ko‘p narsalarni rejalaymiz, orzu, maqsad qo‘yamiz va shunga ko‘ra, harakatlanamiz, mehnat qilamiz. Bularning natijasiga bahoni esa biz buyuk tanqidchi ataganimiz – vaqt beradi. Mana, 2024-yil ham xash-pash deguncha o‘tib bormoqda. Hammamizning lokal bo‘lsa-da, hayotimiz haqida o‘z xulosalarimiz bor. Xo‘sh, tugab borayotgan yilning O‘zbekiston miqyosida bahosi qanday? Voqea xodisalardan qanday xulosalar bor? Dasturimizning 2024-yil hisobidan so'nggi sonida biz yil yakunlari haqida gaplashdik.

Yilni sarhisob qilib berish uchun “Nuqtalar”ga uch soha mutaxassislari: Iqtisodchi Bahodir G‘aniev, jurnalist, “Amerika ovozi” teleradiosi muxbiri Navbahor Imamova va psixolog Zarifboy Ibodullaevni taklif qildik.

To'liq video: 📹👉 https://www.youtube.com/watch?v=-AJd16sRN1k&t=44s

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

25 Dec, 11:36


Nishonda Grenlandiya: nega AQSH orolni egallab olmoqchi?

Betakror tabiat va boy tarixga ega dunyodagi eng katta muz bilan qoplangan orol Grenlandiya so‘nggi o‘n yilliklarda global o‘yinchilarning qiziqish ob’yektiga aylanib bormoqda. Ammo so‘nggi yillarda Grenlandiyaga e’tibor eng yuqori cho‘qqiga chiqdi: AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp birinchi prezidentlik davrida orolni sotib olish istagan bo‘lsa, ikkinchi muddati boshlanmasidan orolni bosib olishni rejalashtirish niyatini oshkora bildirdi. Bu bayonot Grenlandiya aholisi orasida ham, Daniya qirolligida ham hissiyotlar bo‘roniga sabab bo‘ldi.

Keling, ushbu orol nima uchun bu qadar muhimligi, nega AQSH uni qo‘lga kiritishni juda xohlayotgani haqida fikr yuritaylik.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

24 Dec, 20:26


Endi bizni donatlar orqali qoʻllab-quvvatlashingiz mumkin:

Biz uchun sarflagan mablag‘laringiz kelgusida siz uchun tayyorlaydigan qiziqarli va dolzarb loyihalarimiz uchun xizmat qiladi. Rahmat.

🇺🇿O'zbekistondan pul o'tkazish👇https://tirikchilik.uz/vatandosh_tv

💸Dollarda pul yuborish 👇https://destream.net/live/VatandoshTV/donate

🇷🇺Rossiyadan pul o'tkazish👇https://pay.cloudtips.ru/p/c6a9aa70

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

24 Dec, 11:53


O‘zbekiston va Qozog‘iston BRIKS tashkiloti hamkori bo‘ladi(mi?)

2024-yil 24-oktyabr kuni Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan BRIKS sammitida O‘zbekiston va Qozog‘iston BRIKS bo‘yicha hamkor davlatlar maqomini oldi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

24 Dec, 07:31


Dunyodagi internet narxi: turli mamlakatlarda 1 GB qancha turadi?

Internet zamonaviy aloqa, biznes va ta’limning asosi bo‘lib qoldi. Biroq, mobil Internet narxi dunyoning turli mamlakatlarida sezilarli darajada farq qiladi. Keling, 2024-yilda 1 gigabayt (GB) mobil internet qancha turishini, narxga qanday omillar ta’sir qilishi va internet qayerda eng arzon yoki eng qimmat ekanligini aniqlaymiz.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

23 Dec, 12:39


AQShdan deportatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolarining soni rekord darajaga yetdi

AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) hisobotida aytilishicha, AQSh hukumati 30-sentabrda yakunlangan 2024-moliya yilida 572 nafar muhojirni O‘zbekistonga deportatsiya qilgan.

O‘tgan moliyaviy yilda O‘zbekistonga atigi 88 kishi deportatsiya qilingan bo‘lsa, avvalgi yillarda bu ko‘rsatkich undan ham past edi.

Umuman olganda, 2023-yil sentabridan 2024-yil sentabrigacha AQSh deyarli 200 ta davlatdan kelgan 271,4 ming muhojirni deportatsiya qilgan. 2014-moliya yilda 316 mingga yaqin muhojir mamlakatdan chiqarib yuborilganidan so‘ng bu yil eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

ICE hisobotiga ko'ra, Qo'shma Shtatlardan deportatsiya qilinganlarning taxminan 32 foizi jinoiy tarixga ega bo'lgan odamlardir. Deportatsiya qilinganlarning aksariyati AQShning janubiy chegarasini kesib o‘tgan.

2023-yilda Markaziy Osiyo davlatlaridan 50 mingdan ortiq odam AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan, 17 mingga yaqin o‘zbekistonlik esa boshpana so‘rab murojaat qilgan.

Iyun oyida AQSh prezidenti Jo Bayden Meksikadan AQSh chegarasini kesib o'tgan noqonuniy muhojirlar uchun boshpana berish qoidalarini kuchaytirdi. Yangi chora-tadbirlar noqonuniy migrantlar soni yetti kun davomida kuniga belgilangan me’yor – 2500 kishidan oshsa, ularni darhol deportatsiya qilish imkonini beradi. Cheklovlar kuzatuvchisiz bolalar va odam savdosi qurbonlariga taalluqli emas.

Nega buy il AQShdan deportatsiya qilingan oʻzbekistonliklar soni ortib ketdi?

Oʻzbekistonliklarning AQShdan deportatsiya qilinish holatlariga quyidagi omillar sabab boʻlmoqda:

1. Noqonuniy muhojirlarning koʻpayishi
2023-yilda qariyb 17 ming nafar o‘zbekistonlik noqonuniy yoʻllar bilan AQShga kirgan. Bu Markaziy Osiyodan kelayotgan migrantlar sonining oshishiga katta taʼsir koʻrsatdi.

2. AQSh immigratsiya siyosatining kuchayishi
2023-yilda AQSh prezidenti Jo Bayden noqonuniy muhojirlar uchun boshpana qoidalarini qattiqlashtirdi. Bu oʻz navbatida yanada ko‘proq muhojirlarni deportatsiya qilish imkonini berdi.

3. Deportatsiya koʻrsatkichlarining o‘sishi
2024-moliya yilida 572 nafar o‘zbekistonlikning deportatsiya qilingani qayd etildi. Bu oʻtgan yilga nisbatan 6,5 baravar koʻpdir va bu deportatsiyalar sonining so‘nggi o‘n yildagi eng yuqori darajasidir.

4. Xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar
AQSh rasmiylari ayrim noqonuniy muhojirlarning terrorchi guruhlar bilan aloqador bo‘lishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda. Bu xavotir ham deportatsiya koʻrsatkichining oshishiga sabab bo‘ldi.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

23 Dec, 11:22


“Latte omili”: qanday qilib keraksiz xarajatlardan qochish mumkin?

“Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari” Devid Bax va Jon Devid Mann tomonidan yozilgan kitob bo‘lib, 2019-yilda ilk marta nashr etilgan edi. Kitobda o‘quvchilarga kundalik xarajatlarni boshqarish va moliyaga ongli yondashish asosida moliyaviy mustaqillikka erishishning oddiy va samarali strategiyalarini taklif etiladi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

23 Dec, 05:54


O‘zbekistonlik yigit SAT testidan eng yuqori bal to‘pladi

18 yoshli Parviz To‘qsanov O‘zbekiston tarixida birinchi marta SAT testidan eng yuqori ball to‘pladi.

U dunyoning yetakchi universitetlariga kirish uchun asosiy imtihonda maksimal natijaga erisha oldi.

Ushbu yutuq bilan u Garvard, Stenford, Yel, Prinston, Oksford, Kembrij va boshqalarni tanlashi mumkin.

SAT (Scholastic Assessment Test) AQSh universitetlariga bakalavriat dasturlariga kirish uchun talab qilinadigan standartlashtirilgan imtihondir.

Test o'qish, yozish va matematika ko'nikmalarini baholaydi.

2024-yildan boshlab SAT raqamli tarzda boshqariladi.
Imtihonning umumiy davomiyligi taxminan 2 soat 14 daqiqa.

Umumiy SAT balli 400 dan 1600 gacha, har bir bo'lim (o'qish, yozish va matematika) alohida baholanadi. Ballar to‘g‘ri javoblar soniga qarab hisoblanadi, noto‘g‘ri javoblar uchun esa ballar bekor qilinmaydi.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

21 Dec, 11:02


"AES - Iqtisodiy krizis" - olim

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=jWr6gYm8ja0

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

21 Dec, 08:51


Ayni vaqtda Vatandosh Intellektual klubi doirasida “O‘zbekistonda energiya xavfsizligi va atom elektr stansiyasini qurish masalalari” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

21 Dec, 08:32


Namanganning osori atiqalari: Atoulloxon masjidi

XIX asr ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘qon xonligi ixtiyorida bo‘lgan Namangan shahrida 39 madrasa bo‘lgan. Ularning yirik va mashhurlari 20 ta bo‘lib, bular orasida Mulla Bozor Oxund, Azizxo‘ja eshon, Bahodirxon eshon, «Madrasai Bek», Ishoq eshon, Mulla Qirg‘iz, Samsoq mufti, «Ayritom», «Imom guzari», «Madrasai Bukayba», «Madrasai Marjoma», Hazrati Xizr», Maxdumi eshon, «Gʻishtin», Hazrati Avliyo domla, «Sumalak guzari» va boshqalar bor edi.

Bu dalillardan ko‘rinib turibdiki, sovet tarixchilari ta’kidlaganidek, xalqimiz savodsiz bo‘lmagan. Buxoro, Samarqand, Xiva, Qo‘qon, Namangan madrasalarida hatto boshqa yurtlardan kelgan ko‘plab talabalar tahsil olishgan.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

20 Dec, 10:54


Qanday qilib BAAda ko'chmas mulk sotib olib rezident bo'lish mumkin?

Ko'chmas mulk sotib olayotganda BAAda rezident vizasi

BAAdagi ko‘chmas mulk egalari vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomaga o‘xshash uzoq muddatli yashash vizasini oladi. Bu unga Birlashgan Arab Amirliklarida 10 yilgacha yashash va ishlash imkonini beradi, shundan so‘ng viza muddati uzaytiriladi.

Investorning oilasi: turmush o'rtog'i, 21 yoshgacha uylanmagan o'g'illari va 25 yoshgacha turmushga chiqmagan qizlari ham viza olishi mumkin. Ota-onalar arizachiga moliyaviy qaram bo'lsa, viza bir yilga beriladi.

BAA ko'chmas mulkka investitsiya qilishning ikkita variantini taklif qiladi:

750 000 AED yoki 204 000 dollardan boshlab tayyor mulkni sotib olinsa, agar xaridor er-xotin bo'lsa, ular 1 000 000 AED yoki 272 000 dollar sarmoya kiritishsa, 2 yilga “oltin viza” beriladi.

2 000 000 AED yoki 545 000 dollardan tayyor yoki qurilayotgan mulkni sotib olinganda berilgan “oltin viza” o'n yil davomida amal qiladi.

Chet elliklar yashash uchun ruxsat olishga ko'chmas mulkni faqat maxsus zonalar - Freehold Zonesda sotib olishlari mumkin. Abu-Dabida 9 ta va Dubayda 50 ta shunday investitsiya zonalari mavjud boʻlib, mamlakatning boshqa hududlarida faqat uzoq muddatli ijaraga olish mumkin.

2024-yilda ko'chmas mulkka sarmoya kiritish uchun yashashga ruxsatnoma: Dubay, Business Bay

Kelganlar ko'pincha Dubayda Downtown, Business Bay va Dubai Marina hududlarida kvartira va villalar sotib olishadi. U shahar markazida, xalqaro aeroport va Burj Xalifa osmono'par binosiga yaqin joylashgan.

Birlashgan Arab Amirliklarida mulkka egalik qilish, meros yoki sovg'alarga soliqlar yo'q. Faqat ob’ektni sotib olayotganda investor amirlikga qarab 2-4% mol-mulk huquqini o’tkazish solig’i, shuningdek, 4000 AED yoki 1090 dollar ro’yxatga olish to’lovini to’laydi.

Investorlar mulkni ijaraga berishlari mumkin
Ijara daromadi yiliga 5-8% ni tashkil qiladi. Odatda ijarachilar BAAga ishlash uchun kelgan sayyohlar, ishbilarmonlar va mutaxassislardir.

Amirlikda yashash shart emas. Investor har olti oyda bir marta mamlakatga rezident maqomini tasdiqlash uchun kelishi kifoya.

BAA fuqarolikka qabul qilish orqali fuqarolikni olishni cheklaydi. Pasport olmoqchi boʻlgan shaxs mamlakatda 30 yil yashagan boʻlishi, arab tilini mukammal bilishi va boshqa davlat fuqaroligidan voz kechishi kerak.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

02 Dec, 14:01


"Hayotim tugadi", deb o'yladim

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=q2f3f0Gu7P8

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

02 Dec, 07:03


«Atom odatlar» – odatlar haqida kitob

Jeyms Klirning "Atom odatlar" kitobi yaxshi xislatlarga erishish va yomon odatlardan voz kechishga undovchi amaliy qo‘llanmadir. Ilmiy izlanishlar va hayotiy misollar asosida kitobda kichik o‘zgarishlar qanchalik katta ta’sir ko‘rsatishi ko‘rsatilgan.

Muallif va kitobning yozilish tarixi haqida

Jeyms Klir - muallif, ma’ruzachi va odatlar va mahsuldorlik bo‘yicha mutaxassis. U o‘z hayotini noldan tiklashga majbur qilgan yoshligidagi jiddiy jarohatdan so‘ng odatlar mavzusini o‘rganishni boshladi. Bu tajriba Klirni dunyo bo‘ylab bestsellerga aylangan va o‘nlab tillarga tarjima qilingan kitob yaratishga ilhomlantirdi. «Atom odatlar» 2018-yilda nashr etilgan va tezda o‘z hayotini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan odamlar uchun amaliy qo‘llanmalardan biri sifatida e’tirof etilgan.

Asosiy fikrlar

Odatlar siklga asoslanadi: ishora, istak, javob, mukofot. Ushbu tuzilmani tushunish yomon odatlardan voz kechishga va yaxshi narsalarni mustahkamlashga yordam beradi.

Atom o‘zgarishlari:

Kichik o‘zgarishlar uzoq muddatda katta natijalarga olib keladi. Hatto har kuni 1% yaxshilanish sezilarli o‘sishga olib keladi.

Shaxsiy identifikatsiyaning kuchi:

Faqat nimaga erishmoqchi ekanligingizga emas, balki kim bo‘lishni xohlayotganingizga e’tibor qarating. Masalan, "har kuni yugurish" maqsadi o‘rniga "men professional yuguruvchiman" deb o‘ylang.

Odatlarni shakllantirishning oddiy strategiyalari

Odatlarni ochiq-ravshan qilib oling: narsalarni foydali harakatlarni eslatadigan qilib tartibga soling (masalan, yotishdan oldin o‘qish uchun yostig‘ingizga kitob qo‘yish).

Ularni jozibali qiling: odatni o‘zingiz yoqtirgan narsa bilan bog‘lang.

Ularni osonlashtiring: minimal harakat bilan boshlang (masalan, 2 daqiqa mashg‘ulot).

Ularni siz uchun qoniqarli qiling: ularni bajarganingiz uchun o‘zingizni mukofotlang.

Tizim orqali odatlarni rivojlantirish

Klir ta’kidlaydiki, odatlar nafaqat harakatlar, balki hayotimizni shakllantiradigan tizimning unsurlaridir. Uzoq muddatli o‘zgarishlarning kaliti nafaqat maqsadni belgilash, balki unga erishishni ta’minlaydigan tizimni yaratishdir.

Maqsadlar yo‘nalish beradi va tizimlar taraqqiyotni ta’minlaydi. Tizimli yondashuvsiz eng ulug‘vor maqsadlarga ham erishib bo‘lmaydi.

O‘zlikning o‘zgarishi

E’tiborni faqat natijalarga qaratish o‘rniga (masalan, "10 kilogramm vazn yo‘qotish") Klir o‘zingizga qarashingizni o‘zgartirishni taklif qiladi (masalan, "sog‘lig‘iga e’tiborli odam bo‘ling").

Yaxshi odatlarni shakllantirish tamoyillari

Muallif sog‘lom odatlarni shakllantirish uchun to‘rtta asosiy qoidani ishlab chiqadi:

Ularni aniqlashtirish: harakat qilishni eslatuvchi triggerlar yarating.

Ularni jozibador qiling: yaxshi odatlarni yoqimli hislar bilan bog‘lang.

Ularni yengil qiling: harakat yoqimsiz ko‘rinmasligi uchun minimal harakat bilan boshlang.

Ularni qoniqarli qiling: darhol ijobiy fikr bildiring.

Qiziqarli faktlar va ilovalar

«Atom odatlar» 10 milliondan ortiq nusxada sotilgan dunyodagi eng mashhur o‘zini rivojlantirishga yordam beruvchi kitoblaridan biriga aylandi.

Kitobdan nafaqat oddiy odamlar, balki jamoalarning yanada samarali ishlashiga yordam berish uchun korporativ muhitda ham keng foydalaniladi.

Ko‘pgina o‘quvchilarning ta’kidlashicha, Klir strategiyalari nafaqat odatlarni shakllantirishda, balki motivatsiya va o‘zini o‘zi boshqarish psixologiyasini tushunishda ham yordam beradi.

Jeyms Klirning "Atom odatlar" kitobi o‘z hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirmoqchi bo‘lganlar uchun kuchli vositadir. Oddiy, ammo samarali strategiyalar ushbu kitobni doimiy odatlarni yaratish va o‘z maqsadlariga erishmoqchi bo‘lgan odamlar uchun muhim qo‘llanmaga aylantiradi. Uni o‘qiyotganingizda, har bir kun kichik, ammo mazmunli yaxshilanishlar qilish imkoniyati ekanini tushunasiz, bu esa vaqt o‘tishi bilan yanada katta yutuqlarga olib keladi.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

01 Dec, 05:50


Zelenskiy urushni to‘xtatish shartlarini aytdi, biroq…

Vladimir Zelenskiy Sky News telekanaliga bergan intervyusida, agar Kiyev nazorati ostidagi hudud “NATO soyaboni” bilan himoyalansa, Ukraina Rossiya bilan mojaroni muzlatish masalasini ko‘rib chiqishi mumkinligini aytdi. Bu bayonot diplomati ko'yinda muhim signaldir.
NATO koʻmagi bilan bosib olingan hududlar keyinchalik “diplomatik” yoʻl bilan qaytarilishi mumkin, deb hisoblaydi Ukraina prezidenti.
 
Chunki ayni paytda frontda qiyin vaziyat yuzaga kelgan: Rossiya shuncha harakatlar, “Oreshnik” kabi ballistik raketa zarbalaridan keyin ham aytarlik muvaffaqiyatga erisha olmayotgan bo‘lsa, Ukraina Gʻarb tomonidan va’da qilingan qurol-yarog‘ ta’minotida taqchillikka duch kelmoqda.

Bu intervyuda Zelenskiy birinchi marta Rossiyaning Ukraina hududlarini nazorat qilishini o‘z ichiga olgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga ishora qildi.

Mojaro boshlanganidan beri Ukraina prezidenti biror marta Rossiyaga qaysidir hudud, jumladan 2014-yilda bosib olingan Qrimni berish haqida gapirmagan edi.
 
Turli tomonlarning fikrlari
 
AQSh ma'muriyati Ukrainani qo'llab-quvvatlashda sobit bo'lib, muhim harbiy vamoliyaviy resurslarni taqdim etadi. Biroq, bu yordamning kelajagi hukumat o'zgargan taqdirda qayta ko'rib chiqilishi mumkin. Donald Tramp prezidentlik saylovlarida urushni har ikki tomon bilan muzokaralar yo‘li bilan tugatishga tayyorligini ma’lum qilgan edi, bu esa uning pragmatik yondashuvga moyilligini ko‘rsatadi.

Biroq Kongressning asosiy arboblari, jumladan, har ikki partiya Kiyev bilan hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidlamoqda.
 
Rossiya Ukrainaning NATO bilan aloqalarini mustahkamlashni o'z ichiga olgan tinch yo'l bilan hal qilishning har qanday variantini qat'iyan rad etadi. Moskva uchun voqealarning bunday rivojlanishi ekzistensial xavf tug'diradi va bu yo'nalishdagi har qanday harakat mojaroni kuchaytiradigan provokatsiya sifatida baholanishi mumkin.

Yevropa davlatlari Ukrainani Yevropa Ittifoqi va NATOga aʼzo boʻlish yoʻlida qoʻllab-quvvatlashda davom etmoqda. Biroq, Evropa Ittifoqida farqlar mavjud. Masalan, Sharqiy Yevropa davlatlari keskin chiziqni qo‘llab-quvvatlashga ko‘proq moyil bo‘lsa, G‘arbiy Yevropada esa yanada keskinlashuvning oldini olish uchun muzokaralarga yanada moslashuvchan yondashuv tarafdorlari kuchli ovozga ega.
 
Ehtimoliy stsenariylar
 
Mojaroni muzlatish: Agar Ukraina NATOdan xavfsizlik kafolatini ta'minlay olsa, u mamlakatga iqtisodiyotni tiklash va harbiy salohiyatini kuchaytirishga e'tibor qaratish imkoniyatini berishi mumkin.
 
Eskalatsiya: NATOni qo'llab-quvvatlashning kuchayishi Rossiyaning kuchli reaktsiyasini keltirib chiqarishi mumkin, jumladan, alyansning boshqa a'zo mamlakatlariga qarshi jangovar harakatlar yoki tahdidlarning kuchayishi.
 
Uzoq muddatli vayronagarchilik urushi: Diplomatik yechim bo'lmasa, mojaro cho'zilishi va har ikki tomon uchun og'ir iqtisodiy va gumanitar oqibatlarga olib kelishi mumkin.
 
Mojaroni muzlatish masalasi murakkabligicha qolmoqda, chunki u koʻplab tomonlarning roziligi va qoʻllab-quvvatlashini, shuningdek, hududiy yaxlitlik masalasida bir necha bor murosasiz pozitsiyani bildirgan Ukraina jamiyatining fikrlarini hisobga olishni talab qiladi.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

30 Nov, 17:13


🟥 "Tamg‘a, diskriminatsiya, jirkanish, ajratish" - kasallik yuqtirganlar

“U holatni tasvirlab berish qiyin. Odamning ishongisi kelmaydi. Chunki hayot davomida har-xil kasalliklarni eshitarkansiz: Sil, Gepatit B, S yoki Saraton. Bularni eshitganda, "Davolansa, yaxshi bo‘pketadi", deb qo‘yarkansiz. Lekin o‘zingizdan o‘tgani boshqacha bo‘larkan... Oyog‘ingiz tagidagi dunyo yo‘q-da! Hayot tugadi, deb o‘ylarkansiz...”

2013-yilda turmush o‘rtog‘idan OIV yuqtirgan Sabriya (ismi o‘zgartirilgan) ushbu kasallik bilan 11-yildan beri kurashyapti. U dunyo bo‘ylab 40 milliondan ziyod, O‘zbekistonda esa 45 mingdan ko‘p odamning qatorida OIV bilan yashab kelmoqda. U kunlarni qo‘rqinchli tush kabi eslaydi...

Oilasidagi parokandalik, turmush o‘rtog‘ining kasallikdan vafot etishi, farzandlari bilan yolg‘iz qolishi, atrofdagilarning o‘zgargan munosabati, stigmatizatsiya, yakkalashlari uning hayoti va dunyoqarashini butkul o‘zgartirib yubordi...

Biroq u o‘zgara oldi, o‘zgartira oldi...

To‘liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=q2f3f0Gu7P8

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

30 Nov, 11:00


Ta'lim sifati atayin tushurilishi mumkinmi?

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=6h9W_P1Dd1g

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

30 Nov, 08:07


2024-yildagi ajoyib kashfiyotlar va ixtirolar: maqsad va ahamiyati

Rekord masofaga kvant axborot uzatish

Maqsad: Kvant axborot uzatish ma’lumotlar xavfsizligining yuqori darajasini ta’minlaydi, bu kiberxavfsizlik tahdidlarining kuchayishi sharoitida ayniqsa muhimdir. Ushbu kashfiyot davlat, moliya va tibbiyot muassasalarida qo‘llaniladigan xavfsiz aloqa tizimlarini yaratish uchun asos bo‘lishi mumkin.

Barqaror batareyalar

Maqsad: Qayta ishlanadigan suvli batareyalar an’anaviy batareyalarga ekologik toza muqobildir. Ular atrof-muhitga ta’sirni kamaytirishi, elektr transport vositalari va qayta tiklanadigan energiya tizimlari uchun xavfsizroq hamda samaraliroq energiya saqlashni ta’minlashi mumkin.

BiVacor – sun’iy yurak


Maqsad: BiVacor sun’iy yurak donor organlar etishmovchiligi muammosini hal qilish uchun mo‘ljallangan. U yurak yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarning hayotini saqlab qolishi, ularni transplantatsiyaga muhtoj bo‘lmasdan uzoq muddatli yechim bilan ta’minlashi mumkin.

«Katta halqa»

“Katta halqa” galaktikalar va galaktika klasterlaridan tashkil topgan halqa shaklidagi keng ko'lamli struktura bo'lib, diametri 1,3 milliard yorug'lik yiliga teng. Bootes yulduz turkumida joylashgan. U 2024-yil yanvar oyida Markaziy Lankashir universiteti doktoranti Aleksiya Lopes tomonidan kashf etilgan.

Maqsad: «Katta halqa»ning kashf etilishi astronomlarga koinotning tuzilishi va rivojlanish bosqichlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Bu bilim galaktikalarning paydo bo‘lishi va ular orasidagi o‘zaro ta’sirlar haqida yangi nazariyalarga olib kelishi mumkin.

ALZpath pTau217 Antibody

Maqsad: Altsgeymer kasalligining dastlabki belgilarini aniqlash uchun yangi test tashxisni yaxshilash va erta aralashuvga imkon beradi, bu kasallikning rivojlanishini sezilarli darajada sekinlashtiradi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi.

Arc'teryx and Skip MO/GO ekzoskeleti

Maqsad: Ekzoskelet nogironlarning erkin harakatlanishiga ko‘mak qilib, ularning ijtimoiy integratsiyalashuviga va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Ushbu qurilma ko‘plab nogironlar uchun mustaqil harakatlanishga erishish uchun muhim qadam bo‘lishi mumkin.

Ultra tezkor superkompyuterlar

Maqsad: Ekzaflops superkompyuterlari juda katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashi mumkin, bu esa murakkab ilmiy tadqiqotlar, jumladan, iqlim o‘zgarishini modellashtirish va yangi dori vositalarini ishlab chiqish imkonini beradi.

Minibug va Water Strider mikrorobotlari

Maqsad: Bunday mitti robotlar bir kun kelib sun’iy changlatish, qidiruv-qutqaruv, atrof-muhit monitoringi, mikro ishlab chiqarish yoki robotlashtirilgan jarrohlik kabi sohalarda qo‘llanilishi mumkin.

Sun’iy intellekt sohasidagi yangi texnologiyalar

Maqsad: SI texnologiyalarining rivojlanishi tabiiy ofatlarni prognoz qilishni yaxshilash, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalardagi jarayonlarni optimallashtirish imkonini beradi. Bu resurslarni yanada samarali boshqarish va jamoat xavfsizligini yaxshilashga olib kelishi mumkin.

Xulosa

Bu kashfiyot va ixtirolarning har biri nafaqat fan va texnika yutuqlarini namoyish etadi, balki zamonamizning dolzarb muammolarini hal etishda ham amaliy ahamiyatga ega. Ular dunyoni idrok etish tarzimizni o‘zgartirishi, hayot sifatini yaxshilashi va butun jamiyatning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishi mumkin.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

29 Nov, 14:02


"Odamlar eng yaqin huquqi buzilgandagina sezadi"

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=6h9W_P1Dd1g

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

29 Nov, 12:23


Dunyoda benzin narxi: eng arzoni va eng qimmati qayerda?

Benzin iqtisodiyot va odamlarning kundalik hayotiga ta’sir ko‘rsatadigan eng muhim mahsulotlardan biridir. Biroq, narxlar mamlakatdan mamlakatga keskin farq qiladi. Keling, benzin qayerda eng arzon, qayerda qimmatroq, narxlar nimaga bog‘liq va nima uchun neft narxining pasayishi har doim ham benzinning arzonlashishiga olib kelmasligini ko‘rib chiqaylik.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

29 Nov, 09:24


Siyosiy rejimlar o'rtasidagi farq haqida

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=6h9W_P1Dd1g

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

28 Nov, 14:01


"Biz atrofimizdagilarga ishonmaymiz"

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=6h9W_P1Dd1g

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

28 Nov, 11:40


Trampning qaytishi Arab-Isroil munosabatlarni normallashtira oladimi?

Donald Trampning birinchi muddati (2017–2021) davrida arab davlatlari va Isroil o‘rtasida tinch munosabatlar o‘rnatishda sezilarli yutuqlarga erishilgan edi. “Ibrohim kelishuvlari” tufayli BAA, Bahrayn, Marokash va Sudan Isroil bilan munosabatlarini normallashtirgandek bo‘ldi. Bu davlatlar ilgari yahudiy davlati bilan tinchlik shartnomasi tuzgan Misr (1979) va Iordaniyaga (1994) qo‘shildi. Bitimlar iqtisodiy tashabbuslar bilan hamroh bo‘ldi: 2021-yil mart oyida Abu-Dabi Isroilga sarmoyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 10 milliard dollarlik jamg‘arma tashkil etilishini e’lon qildi va u Isroil bilan iqtisodiy aloqalarni keyingi o‘n yil ichida 1 trillion dollardan ko‘proqqa oshirishni maqsad qilganini ma’lum qildi.

Marokash mudofaa, turizm va iqtisodiyot sohalaridagi aloqalarni mustahkamlab, xavfsizlik sohasida hamkorlik uchun 1 milliard dollarlik shartnoma imzoladi. Bahrayn Isroil bilan erkin savdo bo‘yicha muzokaralarni boshladi, Manama va Tel-Aviv esa yuqori texnologiyalar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya sohasidagi aloqalarni faol rivojlantira boshladi. Biroq Tramp 2020-yilgi saylovda mag‘lub bo‘lgach, bu jarayon sekinlashdi.

Xalq tomonidan bosim va boykotlar

Hukumatlarning muvaffaqiyatlariga qaramay, arab mamlakatlarida jamoatchilik fikri normallashtirishga salbiy munosabatdaligicha qoldi. So‘rovlar Misr, Iordaniya va Marokash kabi mamlakatlarda Isroil bilan tinchlikni qo‘llab-quvvatlovchilar keskin pasayganini ko‘rsatmoqda. Isroil mahsulotlarini boykot qilish kampaniyalari, ayniqsa, Gʻazo sektorida mojaro avj olganidan keyin kuchaygan. Masalan, Iordaniyada faollar isroillik kompaniyalar bilan hamkorlik qilgani uchun Carrefour do‘konlar tarmog‘ining yopilishiga erishdi.

Normallashtirishga qarshi yangi qonunlar

Arab parlamentlari Isroil bilan iqtisodiy aloqalarga qarshi qonuniy choralarni kuchaytirdi. Jazoirda Isroil kompaniyalari va ularning xorijiy hamkorlari bilan har qanday moliyaviy yoki tijorat operatsiyalarini taqiqlovchi qonun loyihasi taklif qilindi. Hujjat, shuningdek, isroillik ko‘chmanchilar tomonidan bosib olingan hududlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni import qilishni taqiqlashni joriy qiladi va ishg‘olni qo‘llab-quvvatlovchi kompaniyalarga iqtisodiy boykotni kuchaytiradi.

Tunisda Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish uchun qattiq jazolar: 6 yildan 12 yilgacha qamoq va 100 ming Tunis dinorgacha jarima soladigan qonun muhokama qilinmoqda. Ushbu qonun loyihasi, shuningdek, milliy bozorni Isroilda ishlab chiqarilgan mahsulotlardan himoya qilishga qaratilgan.

Normallashtirish istiqbollari


Tramp yana prezident yangi davrida ham uning tashqi siyosat strategiyasining markazida normallashuv yana oldingi o‘rinlarga chiqishi mumkin. Biroq, arab mamlakatlaridagi hozirgi ijtimoiy va siyosiy qarshilik bu vazifani 2020-yilga qaraganda ancha qiyinlashtirishi aniq. Arab rejimlari normallashtirish jarayonini davom ettirishga harakat qilsa, fuqarolari tomonidan yanada ko‘proq bosimga duch kelishi mumkin.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

28 Nov, 09:44


"Hozir Rossiyaga muhojirlar ko'proq kerak"

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=JqQC-W61JLg

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

28 Nov, 07:30


Har yil qishda shu bo‘lar takror...

Afsuski, qish mavsumi kelishi bilan is gazidan vafot etayotgan odamlar haqidagi xabarlar tufayli yangiliklarni o‘qishga cho‘chib qolasan, kishi. “Falon tumanda ikki kishi, falon shaharda uch odam is gazidan vafot etdi” degan xabarlar yuraklarni zirqiratib yuboradi.

«Hududgazta’minot» aksiyadorlik jamiyati boshqarma boshlig‘i Abdusattor Qayumovning ma’lum qilishicha, 2024-yilning 26-noyabriga qadar respublika bo‘yicha gaz bilan bog‘liq jami 74 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan. Yil boshidan buyon 75 kishi gazdan zaharlanib dunyodan ko‘z yumgan.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

27 Nov, 14:01


"2025-yildan noqonuniy migrantlar reestri ishga tushadi"

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=JqQC-W61JLg

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

27 Nov, 10:54


Kobuldagi Bobur bog‘lari

Kobul shahrining eng gullab-yashnagan davri Boburiylar sulolasining asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur hukmronligi davriga to‘g‘ri keladi. Shu joydan Hindistonga yurishlarini boshlagan buyuk sarkarda shaharga alohida mehr qo‘ygan, uning tiklanishi va rivojlanishiga har tomonlama hissa qo‘shgan va uni o‘z imperiyasining muhim markaziga aylantirgan edi. Uning hukmronligi davrida mashhur bog‘lar barpo etilgan bo‘lib, ular hozir Kobulning asosiy diqqatga sazovor joylaridan hisoblanadi. Bobur qabri ham shu yerda joylashgan.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

27 Nov, 09:04


Buxoroda quyosh elektr stansiyasi ishga tushdi

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

24 Nov, 10:51


Rossiyada nega millatchilik kuchaymoqda?

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=JqQC-W61JLg

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

24 Nov, 05:39


O‘zbek to‘yidagi milliy urf-odatlar

Qiz berkinar


To‘yi bo‘layotgan qizning to‘y kuni nikohgacha yaqin qarindoshi yoki qo‘ni-qo‘shnisinikida o‘tirib turish, to‘yga kelganlarga ko‘rinmay turish odati nomi. M.Jo‘rayev va L.Xudoyqulovalarning ma’lumotiga ko‘ra, bu qadimiy udum bo‘lib, kuyovjo‘ralardan ikki nafari qiz “bekingan” xonadonga borib, o‘sha yerdan kelinni “ajratib olib chiqishadi”. To‘yxonada o‘sha paytda karnay-surnay navolari yangrab turadi. Kelin paranji-chachvonga o‘rangan holda, dugonalari qurshovida, “yor-yor” sadolari bilan qizlik uyiga kirib keladi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

23 Nov, 13:14


Onasining oyoq tomoniga ko‘milgan shayx

Buyuk tasavvuf shayxi Hoja Abdulxoliq Gʻijduvoniy ziyoratgohi va ul zotning merosi o‘zbek va jahon sayyohlari orasida katta ma’naviy ahamiyatga ega. Uning hayoti va ilmiy faoliyati ko‘plab avlodlar uchun ilhom va ruhiy yo‘lboshqidir.

Shaxsiyati va zamonasidagi shuhrati

Abdulxoliq Gʻijduvoniy 1103-yilda Gʻijduvon shahrida tug‘ilgan. U buyuk mutasavvuf va naqshbandiya tariqatining rivojiga muhim hissa qo‘shgan shayx sifatida tanilgan. Uning otasi Imom Abduljamil Imom Molik avlodidan bo‘lgan, onasi esa Malatiya mamlakati podshohining qizi bo‘lgan. Abdulxoliq o‘z hayoti davomida tasavvufiy ta’limotlarni boyitib, Xojagon tariqatiga asos solgan va uning qoidalarini shakllantirgan.
Shayx 1179-yilda vafot etgan, uning qabri onasi qabrining oyoq tomonida joylashgan.

Ilmiy va diniy merosi

Abdulxoliq Gʻijduvoniy Xojagon tariqatini asos solgan va uning nizomlarini ishlab chiqqan. Bu tariqat Qur’on va hadisga tayangan holda insoniyatni bid’at va xurofotdan qaytarish, halol mehnat qilish, tama’ va minnatdan uzoq bo‘lishga chaqirardi. Uning ta’limotlari inson qalbini poklashga qaratilgan.

Ul zotga “Xo‘jai Jahon”, “Qalb zikri sultoni”, “Ikki olam Xo‘jasi”, “Qutbi zamon”, “Ofoqi zamon” kabi ko‘plab nisbalar berilgan. Hazrat tariqat peshvosi bo‘lib bo‘z to‘qish kasbi bilan shug‘ullangan.

Abdulxoliq Gʻijduvoniy bir qancha asarlar yozgan. Ularning eng mashhurlari: “Vasoyat”, “Tariqat odobi”, “Maqomoti Yusuf Hamadoniy” va “Risolai Sohibiya”. Uning ilmiy merosi keyingi tasavvufiy allomalarning faoliyatiga asos bo‘lib xizmat qildi.

Abdulxoliq Gʻijduvoniyning ziyoratgohi Gʻijduvon shahrida joylashgan. Buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur Xitoy urushidan qaytgandan so‘ng Abdulxoliq Gʻijduvoniy hazratlarining sharaflariga atab madrasa va maqbara qurishni niyat qiladi, ammo niyatini amalga oshira olmaydi. Yosh bo‘lishiga qaramasdan bobosining yonida yuradigan Mirzo Ulug‘bek bu ezgu niyatni amalga oshiradi.

1433-yilda yosh bolalarning Qur’on va hadis, fiqx va tafsir ilmlarini o‘zlashtirishlari uchun “Ulug‘bek” nomli madrasa, Gʻijduvon shahrida kutubxona va toshhammom qurdirib beradi. Keyinroq Buxoro amiri Abdullaxon Abdulxoliq Gʻijduvoniy sharaflariga atab masjid, minora va hovuz barpo etadi.

Sobiq sho‘ro siyosati boy madaniy va ma’naviy meroslarimizni, muqaddas dinimizni oyoq osti qilib 1957-yilda hovuz ko‘mib tashlanadi, masjid va madrasa kimyoviy o‘g‘itlar saqlanadigan omborxonaga aylantiriladi.

Istiqlol yillarida ziyoratgoh tiklandi. 2003-yilda Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniyning 900 yillik yubileyi munosabati bilan majmua qayta ta’mirlandi. Mazkur yillarda yangi jome’ masjid, xiyobonlar va ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratildi.

Abdulxoliq Gʻijduvoniyning boy ma’naviy merosi va ziyoratgohlari bugungi kunda ham o‘zining ahamiyatini yo‘qotmagan, aksincha, ilmiy va ruhiy safarlar uchun muhim manzil sifatida qolmoqda.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

23 Nov, 10:19


Chayldfri harakatining dahshatli oqibatlari

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=A4oYSnti8UA

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

23 Nov, 07:17


O‘zbekistonda “Vatandosh” kartasi joriy qilinadi

Prezident qaroriga ko‘ra, “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.

Unga ko ‘ra, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz orasidan yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan; mamlakatimizning boshqa davlatlar bilan doʻstona munosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshayotgan; respublikada xayriya (metsenatlik) faoliyatini amalga oshirayotganlarga “Vatandosh” kartasi beriladi.

“Vatandosh” kartasi 5 yil muddatga beriladi hamda karta egalari quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:

Oʻzbekiston hududiga vizasiz kirish va chiqish;

mamlakat hududida koʻchmas mulk sotib olishda chet el fuqarolariga nisbatan belgilangan koʻchmas mulkning miqdorlari tatbiq etilmaydi va Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi;

xorijiy fuqaroga beriladigan mehnat faoliyatiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mehnat faoliyati bilan shugʻullanish;

Oʻzbekiston fuqarolari uchun belgilangan shartlarda tibbiy, taʼlim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish.

Karta egalarining oila aʼzolariga (ota-onasi, er (xotini) va voyaga yetmagan farzandlari) quyidagi imtiyozlar beriladi:
amaldagi viza muddatini uzaytirishda Oʻzbekiston hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan davlat boji undirilmasdan koʻp martalik viza olish;

Oʻzbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy, taʼlim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish;
vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishni davlat boji undirilmasdan ichki ishlar organlarida rasmiylashtirish va uzaytirish.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

22 Nov, 13:20


Aqllar mamlakatni qachon tark etadi?

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=JqQC-W61JLg

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

22 Nov, 08:00


Xalqaro Jinoiy sudi Netanyaxu va Gallantni hibsga olishga order berdi

Xalqaro jinoiy sudi (XJS) Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantni harbiy jinoyatlarda ayblab hibsga olishga order berdi.

Payshanba kuni sud Netanyaxu va Gallantning "Gʻazoning tinch aholisini omon qolishlari uchun zarur bo‘lgan narsalardan ataylab va bila turib mahrum qilganiga" ishonish uchun "oqilona asoslar" borligini aytdi.

XJS, shuningdek, HAMAS harbiy yetakchisi Muhammad Deyfni “insoniyatga qarshi jinoyatlar va urush jinoyatlari”da ayblab hibsga olishga order berdi. Biroq uni Isroil avgust oyida Gʻazo janubidagi havo hujumida halok bo‘lganini bildirgan edi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

21 Nov, 15:39


Buxoro amirining bir kun ham yashamagan Sankt-Peterburgdagi uyi

1910-yil boshida Buxoro amiri Sayid Abdulahadxon Kamennoostrovskiy prospektidan yer sotib oldi. 1913-yil aprel oyida bino loyihasi tasdiqlandi. Uning qurilishi darhol boshlandi va 1914-yilda yakunlandi.

Loyiha muallifi sharqona naqshlardan foydalanish mahorati bilan tanilgan me’mor Stepan Krichinskiy edi.
Uy amirning vorisi Sayid Olimxon uchun qurilgan edi. Ammo, afsuski, na amirning o‘zi, na uning merosxo‘ri bu ajoyib uyda yashay olmadi. Abdulahadxon 1910-yilning dekabrida buyrak kasalligidan vafot etgan.

Ushbu noyob me’moriy ob’yekt sharqona me’morchilik elementlarini rus modern an’analari bilan uyg‘unlashtirib, Petrograd rayoni qiyofasiga yorqin rang bag‘ishlagan.
Uy daromad keltirish niyatida qurilib, ijaraga beriladigan hashamatli kvartiralari bo‘lgan.

1917-yildagi inqilob va keyinchalik Buxoro amirligining qulashi uni mamlakatni tark etishga majbur qildi.
Bino Shishim marmari bilan bezatilgan jabhasi va o‘yilgan bezak elementlari, jumladan, Sharq madaniyatiga ishora qiluvchi yarim oy va bezaklar bilan hayratga soladi.


Markaziy arkadan kiruvchi yo‘l sokin muhitli hovliga olib boradi. Hashamatli zinapoyalar, koshin bilan qoplangan pechlar va panjarali terrasalar murakkab sharqona did va texnik mukammallikning uyg‘unligini namoyish etadi.

Inqilobdan keyin amirning uyi davlat tasarrufiga olingan. Unda kommunal kvartiralar joylashgan va hashamatli bezakning ko‘pi yo‘qolgan bo‘lsa-da, uyning peshtoqi saqlanib qolgan. Uyni Buxoro amirining Peterburgdagi yana bir qurdirgan inshooti – jome masjidi bilan bog‘laydigan yer osti yo‘llari haqidagi turli mish-mishlar bu uyga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi.

Bugungi kunda Buxoro amirining uyining yarmida qimmatbaho apartamentlar joylashgan bo‘lsa, qolgan yarmidan haligacha kommunalka sifatida foydalanilmoqda.

Qiziqarli faktlar

Sayid Olimxon qochganiga qaramay, moliyaviy aktivlarining katta qismini Yevropa banklariga sarmoya kiritish orqali saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Masalan, Buxoro amiri Banque de France va boshqa xorijiy banklarda katta miqdorda naqd pul omonatlariga ega bo‘lgan. Jumladan, 1917-yilning yozida Buxorodagi rus rezidenti va sanoatchi I.Staxeyev vositachiligida fransuz va ingliz banklariga 150 million rubl, keyinroq esa yana 32 million rubl o‘tkazib beradi.

Amir uyining me’mori Krichinskiy uyda bir muncha vaqt yashagani ham bu uyning qiymatini bir muncha oshiradi.
Uyning devorlariga yashiringan xazinalar haqida afsonalar hali ham mavjud.

Buxoro amirining uyi nafaqat Sankt-Peterburgning me’moriy inshooti, balki o‘zbek xalqining tarixi, uning davlatchiligini eslatib turadigan yodgorlik hamdir.

Yoqub Umar

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

21 Nov, 10:42


Tamaki tutunining zararlari: tanangizning yashirin dushmani

Tamakining zararli ekani isbot talab qilmaydigan aksioma. Biroq asrlardan buyon odamlar o‘sha zararga pul sarflab, umrlarini qisqarishiga, atrofdagilarning ham zaharlanishiga sababchi bo‘lmoqda.

Shveytsariyaning Bern universiteti olimlari tamaki tutuni tomoq mikroflorasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi, virusli infeksiyalar, jumladan, grippning kuchayishini aniqladi. Ushbu kashfiyot mSystems ilmiy jurnalida chop etildi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

21 Nov, 07:29


Childfree - bu nima?

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=A4oYSnti8UA

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

20 Nov, 13:22


Samolyotdagi “yo‘lkira”

Moskvaga uchyapmiz. Nazoratdan o‘tdik, joyimiz samolyotning eng orqasida ekan. Shundoq qarasam aksar yo‘lovchilarning kayfiyati xudi hozir chiqqanimizdagi ob-havodek: qovoqlar uyilgan, tabassum qilgan birovni ko‘rmaysiz...

Samolyot endigina balandlikka ko‘tarilgan edi, qo‘shni o‘ridiqda o‘tirgan Sobirjon cho‘ntagidan besh ming so‘mlik chiqarib oldingi qatordagi odamning yelkasiga turtdi va pulni unga berarkan dedi:

- Iltimos, yo‘l haqini uzatvoring!

Yigit avtomatik ravishda pulni oldi, oldiniga hayron qaradi, so‘ng bir-ikki soniya “tormoz”lanib qoldi. So‘ng yuzi yorishib, kula-kula oldindagi yo‘lovchiga uzatvordi.

Salonda tobora kuchayib borayotgan shovqin va qahqaha ostida pul eng oldingi qatorda o‘tirgan sariq sochli go‘zal yosh xonimning qo‘liga tushdi.

Agar o‘sha xonim bo‘lmaganida voqea shu joyda tugashi kerak edi...

U pul uzatganga bosh irg‘ab, kursidan turib, jiddiy nigoh bilan styuardessalar bo‘lgan parda ortiga o‘tib ketdi. Samolyot saloni xuddi momaqaldiroqdan oldingi osmon kabi jim bo‘lib qoldi...

Taxminan bir daqiqadan so‘ng, yosh xonim qaytib chiqdi va o‘sha beparvo nigoh bilan pulni kimdan olgan bo‘lsa, unga qaytarib berdi va nimadir dedi...

Endi kulgi to‘lqini teskari tomonga o‘tib, oxiri kulgidan ko‘zlaridan yosh chiqib ketgan yigit besh ming so‘mlikni bizga qaytarar ekan:

- Uchuvchining mayda puli yo‘q ekan, qaytimsiz bering, dedi.

Shu tariqa, arzimagan 5 ming so‘m butun samolyotning ko‘nglini chog‘ qildi.

Ijtimoiy tarmoqdan olindi

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

19 Nov, 13:46


🟥 Nuqtalar: Rossiyada migrantofobiya kuchaymoqdami?

Dasturimizning bugungi mavzusi O‘zbekiston va o‘zbek jamiyati uchun ham eski va ham doim yangi muammo – migratsiya muammosiga bag’ishlandi. Oxirgi vaqtlarda Rossiya va rus jamiyatida migrantlarga, jumladan, O‘zbekistondan borgan migrantlarga nisbatan ijtimoiy diskriminasiya va ksenofobiya holatlari kuchayib, ularni noqonuniy ushlab turish, mamlakatga kiritmaslik hamda urushga yollash holatlari ko‘payib bormoqdaki, biz bugun migratsiya masalalari bo‘yicha mutaxassis bilan ayni shu masalalari, ularning sabablari-yu va yechimlarini tahlil qildik. Dastur mehmoni migratsiya masalalari bo’yicha yurist Botirjon Shermuhammad bo’ldi.

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=JqQC-W61JLg

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

19 Nov, 05:25


Den Braun va uning "Raqamli qal’a" romani

Den Braun - eng mashhur amerikalik zamonaviy yozuvchilardan biri. 1964-yil 22-iyunda Nyu-Hempshir shtatining Ekseter shahrida tug‘ilgan. Uning otasi matematika o‘qituvchisi bo‘lgani kelajakdagi muallifga ta’sir qildi, onasi esa professional musiqachi edi. Amherst kolleji va Fillips akademiyasini tamomlagan Braun yozuvchi bo‘lishdan oldin musiqachi va ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. "Da Vinchi kodi" romani unga dunyo miqyosida shuhrat keltirdi, ammo shon-shuhrat sari uning birinchi asarlaridan boshlandi, ular orasida "Raqamli qal’a" alohida o‘rin tutadi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

17 Nov, 14:13


O‘zbekcha fokus
 
Inglizchada biror narsaga diqqat qaratish va bir nuqtaga uzoq muddat diqqatni jamlab turishni fokus deyiladi.

Har qanday hunarni yoki bilimni o‘rganish uchun, bir ishni bajarish uchun bu aqliy quvvat va mahorat kerak.

O‘zbek xalqi Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Buxoriy kabi buyuk zotlarni yetishtirgan, asrlar davomida miyasi va aqliy qobiliyatlari rivojlangan millat.

O‘zbek bir narsaga diqqatini jamladimi uni bajarmaguncha tinchimaydi chalg‘imaydi.

Masalan,to‘y qilishga fokusini qaratadi, boshqa hamma narsani unutadi, barcha resurslarini shunga yo‘naltiradi. O‘nglanishi kerak bo‘lgan hojatxona va hammom, davolanishi kerak bo‘lgan sog‘lik kutib turadi, uni asosiy maqsadlaridan chalg‘itolmaydi. Avval to‘yni qiladi va keyingi maqsadga fokus qiladi, bu jarayonda ro‘zg‘ordan kesish kerak bo‘lsa kesadi, masalan birinchi “Matiz”ni olguncha oylab yillab go‘sht yemasligi mumkin. O‘zbekning fokusi va diqqati lazerdek kuchli.

Ammo diqqatni jamlay olish qanchalik muhim bo‘lsa, undan ham zarurrog‘i NIMAga va QAYSI nuqtaga jamlashni to‘g‘ri tanlashda ekan. Noto‘g‘ri narsaga kuchli diqqat qilish uzoq muddatda naf keltirmas ekan. To‘g‘ri narsaga va yo‘nalishga diqqat qilishimiz kerak ekan.
 
Fayzuddin Mo‘min

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

17 Nov, 05:32


Chayldfri: ixtiyoriy bolasizlikning jamiyatga ta’siri

Chayldfri (inglizcha child-free) atamasi o‘z xohishiga ko‘ra bola tug‘maslikni tanlagan odamlarga aytiladi. Tibbiy sabablarga ko‘ra bola ko‘rolmaydiganlardan farqli o‘laroq, chayldfri tarafdorlari bu qarorni shaxsiy va ongli tanlov deb baholashadi. Qarorning sabablari turli bo‘lishi mumkin: karyera maqsadlari, shaxsiy erkinlikni saqlash yoki moliyaviy jihatdan ustuvorlik berish.

Oxirgi o‘n yilliklarda chayldfri harakati, ayniqsa yoshlar orasida, keng tarqalgan bo‘lib, demograflar va sotsiologlar o‘rtasida xavotir uyg‘otmoqda. Mutaxassislarni global o‘zgarishlar va beqarorlik sharoitida bolasizlikning jamiyatga qanday ta’sir qilishi o‘ylantirmoqda.

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=A4oYSnti8UA

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

16 Nov, 16:01


Tojikcha darsliklar yetishmovchiligi bormi?

To'liq video:
👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=pFU27sOJlug

Batafsil maqola: 👉🏻 https://telegra.ph/Ozbekistondagi-maktablarda-tojik-tilidagi-talimning-holati-qanday-11-13

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

16 Nov, 13:53


«Yugurdak» yoxud Buvxol xolamning isyoni

Men xolalarim uzatilayotgan payt ularga yugurdaklik qilganman. O‘sha paytda 5–6 yosh atrofida bo‘lgan edim.

Yugurdakning vazifasi nimaligini bilasizmi?

Ammo undan ham oldin “vakil ota” degan tushunchani bilib olishimiz kerak. Qizning tog‘alaridan, yaqinlaridan biri vakil ota bo‘ladi. Ota uyida to‘y oxirlayvergach, aniqrog‘i, nikoh o‘qish uchun mulla kelgach, birinchi bo‘lib vakil otani so‘raydi. Shu tufayli mulla kelish oldidan dugonalari bilan o‘tirgan kelin oldiga yugurdakni olib kirishadi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

16 Nov, 11:01


“O'rta alifbo turkiylarning milliy alifbosiga aylanishi kerak” — Qozoqboy Yo’ldoshev

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=FlHDn1WztMk

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

16 Nov, 08:57


O‘zbekistonda elektromobillar importi cheklanyaptimi?

Ma’lumki, dunyoning ko‘pgina davlatlari ichki yonuv dvigatellaridan voz kechib nisbatan bezarar bo‘lgan elekt dvigatellariga o‘tmoqda. Ayrim avtomobil zavodlari ma’lum yildan so‘ng to‘liq elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tishini e’lon ham qilgan. O‘zbekistonda ham ushbu tashabbus qo‘llab-quvvatlandi. 2019-yilda elektromobil importi uchun boj to‘lovi bekor qilingan, o‘sha yil iyul oyiga borib aksiz solig‘i ham olib tashlangandi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

15 Nov, 11:19


Samarqand – sehrli bir shahar…

Markaziy Osiyo, ayniqsa O‘zbekiston tarixiga chet ellik olimlar doim qiziqish bilan qarab kelishgan. Ular bizni asrlar davomida o‘rganishgan, tadqiqot qilishgan, xaritalarimizni chizishgan, o‘zimiz bexabar bo‘lgan urug‘-aymog‘imizgacha bo‘lgan tariximiz ularning qo‘lida. Biz esa o‘zimizdan bexabarmiz. Kitob, tadqiqot ilm desa rangi oqarib, mazasi qochib qoladiganlarni shaxsan ko‘rganman. Aytmoqchi bo‘lganim, Samarqand haqida ham bilimimiz, bilganimiz hamin haminqadar.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

15 Nov, 09:01


Tojik sinfi yo o'zbek sinfi?

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=pFU27sOJlug

Batafsil maqola: 👉🏻 https://telegra.ph/Ozbekistondagi-maktablarda-tojik-tilidagi-talimning-holati-qanday-11-13

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

15 Nov, 07:44


Ukraina yana yadro quroliga ega bo‘ladimi?

Britaniyaning The Times gazetasining yaqinda chop etilgan maqolasidan so‘ng, avvalroq Rossiya rasmiylari faol bahslashayotgan Ukraina o‘z yadroviy dasturini qayta boshlashi mumkinligi haqida yana muhokamalar boshlanib ketdi. Maqolada aytilishicha, agar AQSHdan harbiy yordam to‘xtatilsa, Kiyev Nagasakiga tashlangan bombaga o‘xshash oddiy yadro qurollarini yaratishi mumkin.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

14 Nov, 15:31


Anvar Posho kim edi?

Anvar Posho 1881-yilning iyun oyida Istanbulda tavallud topdi. Harbiy bilim yurtida, keyinroq Istanbul Bosh Shtab akademiyasida tahsil olgan. 1909 — 1911-yillarda Berlinda Harbiy attashe lavozimida xizmat kilgan. Turkiya, Makedoniya, Kavkaz, Germaniya, Rossiya hamda hayotining so‘ngida Turkistondagi siyosiy jarayonlarda qatnashgan.

Bolsheviklar undan qanday razil maqsadlar yo‘lida foydalanmoqchi bo‘lganligini Anvar Posho tez fursatdayoq tushunib yetadi. Zero, u ruslarning Turkistondagi qilguliklarini, xalqni, dini islomni oyoqosti qilayotganlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘radi. Hamda ota yurtni, o‘z qardoshlarini muhofaza qilishdek og‘ir, shu bilan birga, sharafli ishga o‘z hayotini baxshida etadi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

10 Nov, 09:57


Toshkent teleminorasi haqida
 
Balandligi 375 metr bo‘lgan Toshkent teleminorasi o‘ziga xos dizayni bilan ajralib turadi. U uchta massiv temir-beton ustunlardan iborat bo‘lib, uning seysmik faollikka chidamliligini ta’minlaydi - minora Rixter shkalasi bo‘yicha 9 ballgacha bo‘lgan zilzilaga bardosh berishga mo‘ljallangan.

Teleminora 14 ta to‘qqiz qavatli uy va yana bitta bir qavatli uyning umumiy balandligi bilan teng. Poydevor chuqurligi — 11 metr, qurilmaga tirgak bo‘lib turgan po‘lat oyoqlar uzunligi — 93 metr. Po‘lat oyoqlar poydevori diametri — 15 metr. Bundan tashqari, u ko‘p yillar davomida o‘zining asl qiyofasini saqlab qolish imkonini beruvchi korroziyaga qarshi qoplamaga ega.

Toshkent teleminorasi nafaqat telekommunikatsiya infratuzilmasining muhim bo‘lagi, balki O‘zbekiston me’morchiligining yuksakligi ramzidir. Minora qurilishi 1978-yilda boshlangan va 1985-yilgacha davom etgan. Loyiha dastlab Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida qurish uchun loyihalangan, biroq Iroqdagi harbiy harakatlar tufayli bu ish amalga oshirilmagan. Natijada minora Toshkent shahrida minora qurishga qaror qilingan.

Teleminora 1985-yil 15-yanvarda ochilgan va qurib bitkazilganda u dunyodagi eng baland binolardan biriga aylangan va shunga o‘xshash tuzilmalar orasida 12-o‘rinni egallagan.

Toshkent teleminorasining asosiy vazifasi 100 km gacha radiusda tele va radioyeshittirish signallarini uzatishdan iborat. Bundan tashqari, minora meteorologik kuzatuvlar va ilmiy tadqiqotlar uchun ham ishlatiladi.

Toshkent teleminorasi poytaxtning eng mashhur sayyohlik maskanlaridan biridir. U balandligi va me’moriy go‘zalligi bilan har yili minglab sayyohlarni o‘ziga tortadi.

Minoraning foyesida dunyodagi mashhur teleminoralarning maketlari bilan muzey joylashgan. Qiziqarli fakt shundaki, u yerda shaffof devorlarga ega lift mavjud bo‘lib, u tashrif buyuruvchilarga ko‘tarilish vaqtida manzaralardan bahramand bo‘lish imkonini beradi.

Shunday qilib, Toshkent teleminorasi shunchaki muhandislik inshooti emas; u shahar ramzi va infratuzilmasining muhim elementiga aylandi. Uning me’moriy xususiyatlari, ko‘p qirraliligi va madaniy ahamiyati uni arxitektura va texnologiya sohasida O‘zbekistonning mahalliy o‘ziga xosligi va xalqaro e’tirofining muhim qismiga aylantiradi.

Teleminoraga chiqish uchun Shveysariyaning uchta „Shindler“ lifti o‘rnatilgan bo‘lib, ularning tezligi 1 soniyada 4,8 metrni tashkil qiladi.

Teleminorada sayyohlar uchun tomosha maydonchasiga ekskursiya va „Koinot“ restorani xizmatlari yo‘lga ko‘yilgan. 2019-yil noyabrdan boshlab teleminoraga tashrif buyuruvchilardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat so‘rash tartibi bekor qilindi.

Minoraning 100 metr balandligida tomosha maydonchasi va 105 metr balandlikda „Koinot“ restoranining „Moviy“ zali faoliyat ko‘rsatyapti.
100 metr balandlikdagi tomosha maydonchasida shahar manzarasini tomosha qilish uchun bir nechta binokulyarlar o‘rnatilgan.

105 metr balandlikdagi „Koinot“ restorani har 45 daqiqada bir marta aylanadi. Mehmonlar taom tanovul qilish asnosida shaharni yuqoridan to‘liq tomosha qilib olishlari mumkin.
Toshkent teleminorasining asosiy vazifalari tele- va radiouzatuvdir.

Signal Toshkent shahri, Toshkent viloyati, qisman Sirdaryo viloyati hamda Qozog‘iston janubiga uzatiladi. Bundan tashqari gidrometeorologiya xizmati ham o‘taladi.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

09 Nov, 11:27


#Olim_minbari

O‘zbek jamiyatida bilimsizlik to‘siqlari va bilim ahamiyati


Jadidlar bilgan ichki og‘riqlar – bilimsizlik, ilmdan uzoqlashish, eskicha fikrlash va ishlash kasalligi oradan yuz yil o‘tgan bo‘lsa hamki, milliy rivojlanishimizga to‘siq bo‘lib turibdi.

Xitoy, Yaponiya, Singapur kabi davlatlar ilm-fanni tizimli rivojlantirish, ilm va ishlab chiqarish aloqasini mustahkamlash, samarador siyosiy tizimni yaratib, ochiq jamiyatni qura boshlaganidan so‘ng, investisiya oqimi mamlakatga oqib kirdi, qarabsizki, 30 — 40 yilda ular jahonning ilg‘or mamlakatlari qatoridan o‘rin oldi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

09 Nov, 05:57


Qrimdagi O‘zbekxon masjidi

Qadimgi Qrim yodgorliklari orasida eng mashhuri va mahobatlisi O‘zbekxon masjididir. Binoning qurilishi 1314-yilda, Oltin O‘rda xoni Muhammad O‘zbekxon davrida boshlangan va masjid me’mori Abdulaziz bin Ibrohim Erbiliy bo‘lgan.

O‘zbeklar hukmronlik qilgan 1313—1341-yillari haqli ravishda Oltin O‘rdaning yuksak madaniy va iqtisodiy gullab-yashnashi davri hisoblanadi.

O‘zbekxon islomni o‘z davlatining davlat dini deb e’lon qilib, tarixga kirdi. Uning hukmronligi davrida ulkan imperiyasida ko‘plab diniy binolar qurila boshlandi.

Masjid ortidan madrasa ham qurilgan. Unga kirish eshigi ustidagi tosh taxtachadagi yozuvda madrasa 1332-yilda Qrim hokimining rafiqasi Injibek Xotunning buyrug‘i va xayr-ehsoni bilan qurilgani ko‘rsatilgan.

Bu butun Qrim yarim orolida saqlanib qolgan eng qadimgi masjiddir. Binoga kirish tosh portal bilan o‘ralgan. O‘yib yozilgan harflar va naqshlar ajib uyg‘unlikni hosil qilgan, unda 1314-yilda masjid qurilishi haqida so‘z boradi.

Ichkarida xona ustunlar bilan bo‘lingan va shiftga yaqin joylashgan bir nechta kichik derazalar bilan yoritilgan. Xonaqodagi yorug‘lik xira bo‘lsa-da, o‘zgacha kayfiyatni paydo qiladi. Janub devoridagi mehrobga rang-barang naqshlar chizilib, Qur’on oyatlari yozilgan.

18-asr rassomlari suratlarida qolib ketgan madrasaga kiraverishdagi 12 metrli baland portal vayronaga aylangan, ammo hali to‘liq qulab tushmagan. Endi uning o‘rnidagi xaroba va tartibsiz tosh uyumlaridan avvalgi binoning tarhini tasavvur qilish juda qiyin.

Madrasa binosi tashqaridan tor derazali devorlar bilan o‘ralgan. Ochiq osmon ostidagi hovlining markazida tosh plitalar bilan qoplangan, favvorali kichik hovuz ham bo‘lgan. Uning to‘rt tomonida 14 ta hujra joylashgan.

Yiqilgan yarim doira gumbazlari bo‘lgan keng binolar sinflar bo‘lib xizmat qilgan. Hovlining shimoliy va janubiy tomonida ikkita shunday ochiq zalning xarobalari ko‘rinadi. Madrasaning g‘arbiy devori yonida bir qancha kichikroq xonalar joylashgan. Ular qishda o‘tiladigan darslar uchun mo‘ljallangan edi. Madrasa qariyb bir asr davomida faoliyat yuritgan va arxeologlarning aniqlashicha, taxminan 1423-yilda zilziladan jiddiy zarar ko‘rgan va o‘shandan beri qayta tiklanmagan.

Sovet davrida O‘zbekxon masjidi dahriylar hujumiga uchrab, 1921-yilda masjid yopildi va u asta-sekin yaroqsiz holga keldi. 1980-yilda professional restavratsiya boshlandi. Bu masjidni keyinchalik asl maqsadiga qaytarish imkonini berdi. Qrim tatarlari o‘z vatanlariga qaytganlaridan so‘ng, ko‘p asrlar oldin bo‘lgani kabi, yana u yer ibodat qilish joyiga aylandi.

Ayni paytda O‘zbekxon masjidi to‘liq ishlab turibdi. 1992-yilda uni qayta tiklash tugallandi va u Qrim musulmonlari uyushmasiga topshirildi.

Yoqub Umar

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

08 Nov, 12:59


Qozog‘istonlik tadbirkor: “o‘zbek tilini hamma yaxshi tushunardi...”

Turkiy davlatlar orasida yagona alifbo, o‘rta turkiy til masalalari ko‘tarilayotgan paytda feysbukda bir qozog‘istonlik Qaztүrіk Saq Gʻұn ismli foydalanuvchining yozganlariga ko‘zim tushib qoldi. U yoshligida, askarlikda bo‘lgan voqealarni eslar ekan barcha turkiylar tushungan til haqida o‘z fikrlarini ham bayon qilgan. Quyida uning mulohazalarini keltiramiz.

“Men sovet armiyasida xizmat qilganman. Men bilan turkiyzabon qozoq, o‘zbek, qirg‘iz, turkman, ozarbayjon, qoraqalpoq, tatar, boshqird, bir uyg‘ur, bir bolqor, bir qumiq ham bor edi. Qizig‘i shundaki, bu millat vakillarining barchasi bir-biri bilan o‘z tillarida gaplashardi. Ba’zi so‘zlarni tushunmasak, o‘zbek tiliga o‘tardik, chunki o‘zbek tilini hamma: qozoqlar, qirg‘izlar, tatarlar, boshqirdlar, qoraqalpoqlar, turkmanlar, ozarbayjonlar, uyg‘urlar, bolqorlar, qumiqlar ham yaxshi tushunardi. Ta’kidlash joizki, deyarli barcha tojiklar ham o‘zbek tilini bilishardi. Qozoq tilini yaxshi biladigan yana bir nemis bor edi.

Shunday qilib, millatlararo umumiy tilimiz rus tili emas, ozgina o‘zgargan o‘zbek tili edi. Ya’ni har bir turkiy o‘z tilini o‘zbekchalashtirib gapirar edi. Shu tariqa biz turkiy tilli xalqlarning barcha vakillariga tushunarli bo‘lgan o‘ziga xos umumiy turkiy tilni yaratgandik. Yana bir qiziq voqea: qozoq, uyg‘ur, qirg‘iz, o‘zbek, turkman va tatarning bir-biri bilan gaplashayotganini tinglab o‘tirgan ukrain yigiti ularning ruscha gaplashmayotganiga hayron qoldi. So‘ng ulardan “sizlar qaysi tilda gaplashyapsizlar”, deb so‘radi.

Ular har kim o‘z tilida gapiradi, deb javob berganlarida, u hayratda qolib, biror turkiy tilni o‘rganishga qaror qildi. Xizmat tugaguniga qadar bu ukrainalik har birimiz bilan gaplasha oladigan darajaga yetdi. Aytish kerakki, u o‘zbek tilini o‘rgangan, bunga keyinroq o‘zi aytganidek, birinchidan, o‘zbeklar ko‘pchilikni tashkil etgani bo‘lsa, ikkinchidan, boshqa barcha turkiyzabon xalqlar uning o‘zbekchasiga o‘zbekcha javob qaytarishgan.
Turkiy dunyoga shon-sharaflar!”

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

08 Nov, 10:38


XX asrda 600 ga yaqin til yo‘q bo‘lib ketdi

20-asrda, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 200 dan 600 tagacha tillar yo‘qolib ketgani ma’lum qilingan.

Ba'zi tilshunoslarning hisob-kitoblariga ko'ra, 2100 yilga kelib, mavjud tillarning 50% dan 90% gacha bo'lgan qismi jiddiy xavf ostida yoki yo'q bo'lib ketadi. Har birida 50 milliondan ortiq so'zlashuvchi 20 ta eng keng tarqalgan tilda dunyo aholisining 50 foizi so'zlashadi, lekin ko'pchilik tillarda 10 000 dan kam odam so'zlashadi.

2005-yilda Etnologue ma'lumotlar bazasida 6912 ta til mavjud bo'lib, ulardan 32,8% (2269) Osiyoda va 30,3% (2092) Afrikada edi. Ushbu raqam ma'lum bir diapazondagi o'zgaruvchan qiymat sifatida ko'rib chiqilishi kerak. Yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan tillar soni koʻp boʻlgan hududlarga quyidagilar kiradi: Sharqiy Sibir, Markaziy Sibir, Shimoliy Avstraliya, Markaziy Amerika va Shimoliy-Gʻarbiy Tinch okeani platosi, Oklaxoma va Janubiy Amerikaning janubiy burchagidir.

💻 Maqolani o'qish

📹 Videoni ko'rish

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

08 Nov, 09:00


Tramp urushlarni to'xtatoladimi?

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=XGDOOq4pgro&t=51s

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

08 Nov, 06:09


Furqat Sharqiy Turkistonda

O‘zbek xalqining atoqli shoiri, XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridagi o‘zbek adabiyotining mashhur vakillaridai biri bo‘lgan Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat o‘z hayotining oxirgi 16 yilini Sharqiy Turkistonda o‘tkazgan, shundan Qarg‘aliqda ikki yil turgan. 14 yil ichida Yorkentda ijod bilan shug‘ullangan. Undan boy adabiy meros qolgan.

Quyida biz Furqatning Sharqiy Turkistondagi hayoti va ijodiy faoliyatidan ayrim o‘rinlar ustida to‘xtalamiz.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

07 Nov, 14:01


"Tramp boshqacha prezident bo'ladi"

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=XGDOOq4pgro&t=51s

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

07 Nov, 10:25


Xarris nega yutqazdi?

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=XGDOOq4pgro&t=51s

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

07 Nov, 09:31


Bitcoin cho'qqiga chiqdi: Trampning g'alabasi kriptovalyuta bozorini o'zgartirib yubordi

Donald Trampning AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng bitcoin narxi oshib, yangi rekordga erishdi. 2024-yilning 6-noyabrida kriptovalyutaning narxi 75 000 dollardan oshib ketdi, bu tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichga aylandi. Ushbu voqea investorlar va tahlilchilar orasida katta qiziqish uyg'otdi, ular narxlarning oshishini Trampning kriptovalyutalar bo'yicha saylovoldi va'dalari bilan bog'lashdi.

Bitcoin kursining o'sishi sabablari
Trampning va'dalari: Donald Tramp o'zining saylovoldi tashviqoti davomida Qo'shma Shtatlarni "sayyoraning kripto poytaxti" va "Bitcoin super qudrati"ga aylantirishga va'da bergan edi. U kriptovalyuta boshqaruvini shaffof tartibga solish tizimini yaratish va maynerlarni qo'llab-quvvatlash niyatini e'lon qildi. Ushbu bayonotlar, agar u g'alaba qozonsa, kripto bozori uchun qulayroq sharoitlarni kutayotgan investorlar orasida optimizmni keltirib chiqardi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, saylov natijalari va ular bilan bog'liq iqtisodiy taxminlar an'anaviy ravishda moliya bozorlariga ta'sir qiladi. Trampning g‘alaba qozonish imkoniyati ortib borishi bilan bitcoin narxi saylov natijalari rasmiy e’lon qilinishidan oldin ham ko‘tarila boshladi.

Kriptovalyuta dunyosining ko'plab taniqli shaxslari, shu jumladan aka-uka Winklevoss va Elon Mask, Trumpni qayta saylanish poygasida qo'llab-quvvatlashdi. Bu Bitcoin va boshqa kriptovalyutalarga bo'lgan qiziqishning oshishiga ham hissa qo'shdi.

AQSH Federal zahirasining asosiy foiz stavkasini pasaytirishni kutish ham xavfli aktivlarga, jumladan kriptovalyutalarga kapital oqimini kuchaytirmoqda. Investorlar bitcoinni iqtisodiy noaniqlik davrida xavfsiz aktiv sifatida ko'rishadi.

Kelajak uchun prognozlar
Tahlilchilar bitcoin narxi kelgusi oylarda o'sishda davom etishini kutishmoqda. Ba'zilar, agar Tramp kriptovalyuta bozorini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi va'dalarini bajarsa, u 80 000 dollar yoki undan ham yuqoriga yetishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Ammo shuni ta'kidlash joizki, kriptovalyuta bozori o'zining o'zgaruvchanligi bilan mashhur va narxlarning keskin o'zgarish holatlarini ham kutish mumkin.

Donald Trampning saylovdagi g‘alabasi bitcoin narxiga va kriptovalyuta bozoridagi umumiy kayfiyatga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Yangi prezidentning raqamli aktivlarni qo‘llab-quvvatlash haqidagi va’dalari investorlar orasida optimizmni keltirib chiqarmoqda va kriptovalyuta narxlarining yanada oshishiga olib kelishi mumkin. Biroq, kelajakda investitsiya qarorlariga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan ushbu bozorning risklari va o'zgaruvchanligidan xabardor bo'lish muhimdir.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

07 Nov, 07:44


Magnit bo‘ronlari: Quyosh faolligi hayotimizga qanday ta'sir qiladi

Vaqti-vaqti bilan ommaviy axborot vositalarida Yerga magnit bo‘roni kelayotgani haqida xabarlar tarqaladi. Avvalo magnit bo‘ronlari nima, degan savolga javob topishimiz kerak.

Magnit bo‘ronlar - bu quyoshdagi portlashlar va toj massasidan yuqori energiyali zarrachalarni chiqarib yuborganda sodir bo‘ladigan tabiiy hodisalar. Bu zarralar Yerga yetib boradi va uning magnitosferasi bilan o‘zaro ta’sir qiladi, bu esa geomagnit tebranishlarni keltirib chiqaradi. Quyosh faolligi tabiiy siklning bir qismidir, lekin u inson salomatligi, elektronika, sun’iy yo‘ldosh aloqalari va hatto Yerdagi elektr tarmoqlariga ta’sir qilishi mumkin.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

06 Nov, 19:39


Nuqtalar: “Tramp bu safar boshqacha prezident bo‘ladi” – Amerikadagi saylovlar yakuni haqida Navbahor Imamova bilan suhbat

5-noyabr kuni AQShda 47 prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. Davlat rahbari lavozimi uchun o‘tgan saylovda demokratik partiyadan vise-prezident Kamala Harris, Respublikachilar partiyasidan — sobiq prezident Donald Tramp ishtirok etdi.

Ayni vaqtga kelib Amerika tarixidagi eng bahsli, eng keskin va qarama-qarshiliklarga boy o‘tgan saylovda g‘olib aniq bo‘lib ulgurdi. Respublikachilar yetakchisi Donald Tramp saylovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va u hatto o‘zining “g‘alaba nutqi”ni qilishga hamda amerikaliklarga unga ovoz bergani uchun minnatdorchilik bildirishga ham ulgurdi. Saylovlar g‘olibining rasman e’lon qilinishi esa, vaqt masalasi.

Dasturimizning bugungi soni Amerikada o‘tgan ushbu saylovlar va Donald Tramp g‘alabasini ta’minlagan omillar haqida bo‘ldi. Mehmonimiz Amerika ovozi teleradiosi muxbiri Navbahor Imamova.

📹👉 https://youtu.be/XGDOOq4pgro

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

06 Nov, 09:47


Kamala Xarris saylovda mag‘lub bo‘lsa, keyin nima ish qiladi?

Agar Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonib, prezident bo‘lsa, hozirda vise-prezident lavozimini egallab kelayotgan Kamala Xarris yangi hukumatda rasmiy rolga ega bo‘lmaydi. AQSH Konstitutsiyasiga ko‘ra, uning vakolati joriy prezident Jo Baydenning vakolatlari bilan birga 2025-yil 20-yanvarda avtomatik tarzda tugaydi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

05 Nov, 10:41


"Xavfi faqat portlashida emas" – olim mamlakatda AES qurilishining ehtimoliy oqibatlari haqida

1-noyabr kuni Toshkentdagi Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida “Bilim karvoni” nodavlat ilmiy muassasasi tashabbusi bilan “O‘zbekistonda energetika xavfsizligi va AES qurish masalasi” mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkazildi.

Vatandosh TV muxbiri konferensiya yakunida Turon fanlar akademiyasi a'zosi, olim Baxtiyor Karimovdan O'zbekistonda AES qurilishining ekologik oqibatlari yuzasidan fikrlarini so'radi.

📹👉 https://youtu.be/ikgBdWtCeJs

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

05 Nov, 09:36


Qamalgan inson bilan turmush qurarmidingiz?

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=8iKi_9nQcPI

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

05 Nov, 06:49


AQSHdagi saylovlar: 47-prezident kim bo‘ladi?

Amerikadagi prezidentlik saylovlari an’anaviy tarzda butun dunyo e’tiborini tortadi. Bu yil, 5-noyabr kuni AQSH xalqi mamlakatning yangi rahbari kim bo‘lishini hal qiladi.

Amaldagi vise-prezident Kamala Xarris va sobiq prezident Donald Tramp o‘rtasidagi saylov poygasi keskin o‘tishi kutilmoqda. Yakuniy natijalar "ikkilanuvchi" shtatlarga bog‘liq bo‘lishini hisobga olsak, ovozlarni sanash jarayoni bir necha kun yoki hatto haftalarga cho‘zilishi mumkin.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti bo‘lish uchun nomzodning yoshi 35 dan yuqori, AQSHda tug‘ilgan va ushbu mamlakatda 14 yil yashagan bo‘lishi lozim.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

04 Nov, 14:49


“O‘zbekiston hukumatining energiya bilan ta’minlab qo‘yish bo‘yicha xalq oldida yuzi yorug‘ emas” — tadqiqotchi

1-noyabr kuni Toshkentdagi Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida “Bilim karvoni” nodavlat ilmiy muassasasi tashabbusi bilan “O‘zbekistonda energetika xavfsizligi va AES qurish masalasi” mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun, 2017-yil dekabr oyida Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha kelishuv imzolagan. O‘zbekistonda quriladigan birinchi AES qiymati 2018-yilda taxminan 11 mlrd dollarga baholangan edi.

Stansiya umumiy quvvati 2,4 gigavatt bo‘lgan ikkita energoblokdan iborat bo‘lishi, u Jizzax viloyati hududida qurilishi reja qilingan. «O‘zatom» va «Rosatom» AES qurilish maydonida injenerlik ishlarini bajarish bo‘yicha shartnoma imzolagan.

O‘zbekistonda AES qurishning nafaqat energetik, balki bir qator boshqa jihatlari ham bor; bular atom energiyasini ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari, uning yirik xatarlar bilan bog‘liqligi hamda odamlarning atom energiyasini qurol sifatida tasavvur etishi kabi. Shuning uchun ushbu masalani uning energetik, iqtisodiy, ekologik, geosiyosiy va boshqa jihatlarini atorflicha ko‘rib chiqib tahlil qilinishi kerak.

Tadbir davomida kimyo fanlari doktori, Uran birikmalari bilan bog'liq ilmiy tadqiqotlar muallifi Husan Tursunov ham chiqish qildi va shu kabi jihatlar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=jWr6gYm8ja0

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

04 Nov, 08:14


Markaziy Osiyoda Britaniya va Rossiya qarama-qarshiligi haqida muhim asar
 
Piter Xopkirkning "Katta o‘yin. Ikki imperiya to‘qnashuvi" asari jahon geosiyosatidagi eng qiziqarli boblardan biri — 19-asrda Buyuk Britaniya va Rossiya imperiyalari o‘rtasidagi Markaziy Osiyoning strategik mintaqasini nazorat qilish uchun kurashini yoritadi. Bu kitob nafaqat voqealarni hikoya qiladi, balki bu olis mintaqa qanday va nima uchun bir asrdan ortiq davom etgan murakkab diplomatik va harbiy intrigalar markaziga aylanganini tushunishga yordam beradi. Xopkirk o‘quvchini "Katta o‘yin" asosini tashkil qiladigan va mavzuni chuqur va batafsil o‘rganishga yordam beradigan josuslik operatsiyalari, diplomatik muzokaralar va harbiy ekspeditsiyalar labirintidan o‘tkazadi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

03 Nov, 10:57


"Hech qachon kechirmayman"

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=C1-LqyZOpBQ

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

03 Nov, 08:16


Transportda erkaklar va ayollar uchun alohida joylar: qulaylikmi yoki cheklov?

Har kuni ertalab jamoat transportida yo‘lovchilar uchun eng katta muammo — bu tiqilinch va odamlarning katta oqimi. Ertalabki vaqtda avtobuslar, metrolar va jamoat transportining boshqa turlari ham katta yuklama bilan harakatlanishga majbur bo‘ladi, bu esa yo‘lovchilarga noqulayliklar tug‘diradi.

Jamoat transportidagi tiqilinch nafaqat jismoniy, balki ruhiy zo‘riqishga ham olib keladi: odamlar bir-birlari bilan yaqin masofada turishi, tiqilinch ba’zan mojarolarga ham sabab bo‘ladi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

02 Nov, 14:01


Qo'rquv bilan yashagan millatlar

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=jDYajRpEcSs&t=2s

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

02 Nov, 13:01


Dunyoda elektr narxi: qayerda qimmat, qayerda arzon va nima uchun?

Elektr narxi butun dunyo bo‘ylab turli omillarga qarab farqlanadi: iste’mol darajasi, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish tuzilmasi va resurslarning mavjudligi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

02 Nov, 09:01


“Kafe va restoranlarning 90 foizida o'zbek tilida xizmat yo'q” - faol

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=rDS-EoBPVh8&t=36s

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

01 Nov, 16:22


Qo'rquv bilan yashasa bo'ladi

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=jDYajRpEcSs&t=2s

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

01 Nov, 05:46


72 kun umr ko‘rgan birinchi o‘zbek milliy gazetasi

1906-yilning 27-iyunidan (eski yil hisobi bo‘yicha 14-iyunidan) Toshkentda "Taraqqiy" nomli gazeta chop etila boshladi. "Taraqqiy" tom ma’nodagi milliy nashr hisoblanadi. Uning noshiri va muharriri Ismoil Obidov toshkentlik jadidlar o‘rtasida "Ismoil Taraqqiy" nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan edi.

Ismoil Obidovning o‘zi 1881-yilda Sharqiy Turkistonning G‘ulja shahrida tatar savdogari oilasida tug‘ildi. 1890-yili, otasi vafotidan so‘ng, tog‘asi Rashid Sulaymonov yordamida onasi bilan Qozonga keldi. 1900-yili shu yerdagi bilim yurtida o‘qiydi. Keyin Moskvaga borib, 1903-1905 yillarda Arxitektura-rassomlik institutida tahsil olgan. 1905-yil Birinchi rus inqilobidan keyin Turkistonga kelib, mahalliy taraqqiyparvarlardan Munavvarqori Abdurashidxonov va Abdulla Avloniylar yordamida Toshkentda 1906-yil 14-iyundan "Taraqqiy" gazetasini chiqaradi.

Gazetaning birinchi sonidan boshlab chorizmning mustamlakachilik siyosatini fosh etib, eski maktab va madrasa ta’limini isloh qilish, yangi usul maktablarini ochib, dunyoviy fanlarni o‘qitish lozimligini aytadi. "Taraqqiy" gazetasi haftasiga ikki marta chop etilgan. Unda bosilgan feleton va boshqa materiallarda tanqidiy yo‘nalish, fosh qilish ruhi kuchli bo‘lgani uchun u o‘sha davrning eng ommaviy nashriga aylangan va jamoatchilik fikriga katta ta’sir ko‘rsatgan.

O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining yo‘lboshchisi Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, So‘fizoda, o‘zbek ayollaridan chiqqan birinchi jurnalist Nozimaxonim, Bahrombek Davlatbekov, Shokir Muxtoriy, Zarif Xoliqiy va boshqalarning ommaga milliy ozodlik, taraqqiyot g‘oyalarini targ‘ib va tashviq qiluvchi asarlari uning sahifalarida chop etilgan.

"Taraqqiy" tutgan yo‘l, gazetaning maslagi va maqsadi, unda chop etilgan asarlardagi o‘tkir tanqidiy ruh mustamlakachi ma’murlarga ma’qul kelmas edi. Mazkur gazeta atigi 72 kun umr ko‘rgan. Turkiston oxranka bo‘limi gazetani 20-sonidan keyin yopib, uning muharriri Ismoil Obidov (Taraqqiy) ni hibsga olgan va u Kapol degan joyga surgun qilingan.

Ismoil Obidov surgundan qaytgach, Sharqiy Turkistonga ketadi. U yerdan Samarqandga kelib, 1910-yilgacha Rus-Xitoy bankida xizmat qiladi. Keyin Toshkentdagi "Rus-Poltava banki"ga ishga o‘tadi. 1913-yilda bank yopilgach, turli kasaba tashkilotlarida xizmat qiladi. 1917-yil Fevral inqilobidan so‘ng o‘lkadagi milliy istiqlolchilik harakatida ishtirok etadi.

I.Obidov 1918-yil boshlarida Turkiston Avtonom Sovet Jumhuriyatining ichki ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi.

1920-yilda Moskvaga ketib, u yerda 1923-yilgacha bo‘ladi, keyin Toshkentga qaytib, turli tashqi savdo boshqarmalarida xizmat qiladi. Tarjima ishlari bilan shug‘ullanib, Abdulla Qodiriyning "Obid ketmon" qissasini ruschaga tarjima qiladi. Mahalliy maktablarda rus tili va adabiyotidan dars bergan.

1938-yil 14-martda Kalinin rayon Keles stansiyasidagi maktabda ishlab yurganida hibsga olinadi. 1938-yilda 5 yilga hukm qilinib, Krasnoyarsk o‘lkasiga yuboriladi.
Uning shundan keyingi qismati noma’lum.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1993-yilda "Taraqqiy" gazetasining birinchi soni chiqqan 27-iyun sanasini o‘zbek jurnalistlarining kasb bayrami – "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" sifatida nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shu yildan boshlab bu kun bayram sifatida nishonlanmoqda.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

31 Oct, 14:46


"Men ham guldek qiz edim..."

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=C1-LqyZOpBQ

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

31 Oct, 09:05


"Biz yutuqni emas, xatoni ko'ramiz"

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=C1-LqyZOpBQ

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

31 Oct, 05:59


O'zbekiston avtomobil bozorining rivojlanishi nega pasaydi?

2023-yilda O‘zbekiston avtomobil bozori sezilarli o‘sishni ko‘rsatdi, 456 mingdan ortiq yangi avtomobil sotildi, shundan 380 mingtasi mamlakatimizda ishlab chiqarilgan. 2024-yil boshiga kelib O‘zbekistonda 4 millionga yaqin transport vositasi ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 3,8 millioni yengil avtomobillardir.

Bozorning asosiy ishtirokchilari
UzAuto Motors O‘zbekiston avtomobil bozorida 84 foiz ulush bilan yetakchi bo‘lib qolmoqda. Eng mashhur modellar Chevrolet Cobalt va Damas bo'lib, ular umumiy sotuvlarning taxminan 55% ni tashkil qiladi. Xaridorlarning asosiy qismini jismoniy shaxslar tashkil qiladi.

O‘zbekistonda har ming kishiga 103 ta yengil avtomobil to‘g‘ri keladi, bu 2020-yildagi 86,3 tadan ko‘p, biroq bu ko‘rsatkich qo‘shni davlatlarga qaraganda ancha past: Qozog‘istonda – 220, Rossiyada esa – ming kishiga 327 ta avtomobil to‘g‘ri keladi.

Sotish va bozor dinamikasi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning birinchi yarmida yengil avtomobillar savdosi 580 ming donani tashkil etgan, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 19 foizga kam. 2024-yilning birinchi choragida sotuvlar hajmi 2023-yilning shu davriga nisbatan 3,2 foizga kamaygan.

2024-yil mart oyida savdolar o‘tgan oyga nisbatan 18,6 foizga kamaydi.

2024-yil iyun oyida yengil avtomobillar savdosi 13,6 foizga qisqarib, deyarli 87 ming donani tashkil qildi.

2024-yil avgust oyida sotuvlar 11 foizga oshib, 102 ming donaga yetdi, ammo yillik faollik hali ham 24,6 foizga pasaygan.

Avtomobil krediti bozori ham qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. 2024-yilning mart oyida berilgan avtokreditlar hajmi 1,25 trillion so‘mgacha qisqardi, bu ikki yil davomidagi minimal ko‘rsatkichdir. 2023-yilning may oyida bu ko‘rsatkich deyarli rekord darajadagi 4,5 trillion so‘mga yetgan edi.

Mavjud qiyinchiliklarga qaramay, S&P Global Ratings ekspertlari ixtiyoriy daromadning bosqichma-bosqich o'sishini va avtomobillarga bo'lgan talabni qo'llab-quvvatlashi kerak bo'lgan urbanizatsiya tendentsiyasining davom etishini kutmoqda. Biroq buning uchun kreditlar bo‘yicha yuqori foiz stavkalari va elektromobillar uchun yetarli infratuzilma yo‘qligi kabi to‘siqlarni bartaraf etish talab etiladi.

O'zbekiston avtomobil bozorida ijobiy tendentsiyalar va jiddiy muammolar mavjud. Mavjud ma'lumotlar va prognozlarni hisobga olgan holda, zarur islohotlarni amalga oshirish va iste'molchilar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash sharti bilan sohaning yanada rivojlanishini kutish mumkin.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

30 Oct, 15:01


Yevropada stomatologiyani o‘rganayotgan talaba

Bugungi kunda chet elda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar soni ortib bormoqda. Shulardan biri Go‘zal Abdullayeva so‘nggi uch yil davomida Vengriyada stomatologiya yo‘nalishida tahsil olmoqda. Biz Go‘zal bilan Yevropa ta’lim tizimi, o‘ziga xos madaniyati va u yerda orttirgan dastlabki tajribalari haqida suhbatlashdik.

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=mQR65R7HexI

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

30 Oct, 11:02


Rossiyaga Shimoliy Koreya qo‘shinlari kelishi Ukrainadagi urushga qanday ta’sir qiladi?

Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreya Rossiya urushiga qo‘shilsa, Ukrainaning ayrim qurollardan foydalanishiga cheklovlar qo‘ymasligini bildirmoqda, deb yoziladi AL-Jazeera chop etgan maqolada.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

30 Oct, 09:05


"Qamalgan odam odam emas"

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=C1-LqyZOpBQ

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

30 Oct, 06:27


Abbosbek muhim sovrinni qo‘lga kiritdi

O‘zbek futbol yulduzi Abbosbek Fayzullayev Seulda bo‘lib o‘tgan 2023-yilgi AFC Annual Awards marosimida OFKning yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi.

21 yoshli futbolchi 2023/24-yilgi mavsumda o‘zining ajoyib iqtidorini namoyish etdi va 2015-yilda Dostonbek Hamdamovdan keyin shu sovrinni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik ikkinchi futbolchiga aylandi.

Eng muhimi, Fayzullayev Qatar-2024 U-23 Osiyo Kubogi yarim finalida g‘alaba qozongan va O‘zbekistonga Parij-2024 Olimpiada o‘yinlarida tarixiy debyut qilgan jamoa a’zosi edi.

2023-yilning avgust oyida Moskvaning SSKA klubi bilan shartnoma imzolagan Fayzullayev debyut mavsumida 5 ta gol urib, 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi va hozirda Rossiya klubida muvaffaqiyatli to‘p surmoqda.

Mazkur sovrin uchun kurashda o‘zbekistonlik yarim himoyachi “Kamimura” hujumchisi Gaku Navata (Yaponiya) va Angliyaning “Stok Siti” klubining hujumkor yarim himoyachisi Baye Jun Xoni (Janubiy Koreya) ortda qoldirdi.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

29 Oct, 15:31


Bugun Turkiyada bayram – Respublika kuni

Turkiyada har yili 29-oktyabrda nishonlanadigan Respublika kuni mamlakatning eng muhim bayramlaridan biri hisoblanadi. Bu kun nafaqat Turkiya Respublikasining e’lon qilinishi, balki turk xalqi va butun mamlakat uchun burilish nuqtasi bo‘lgan uzoq tarixiy jarayonning yakunlanishi ramzidir. Bugungi kunda bayram butun mamlakatni qamrab olgan bo‘lib, odamlarni eng katta va eng muhim milliy bayramlardan birida birlashtiradi.

Respublika kunini nishonlash 1923-yil 29-oktyabrda sodir bo‘lgan voqea bilan bog‘liq. Aynan shu kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisi Turkiya Respublikasi tashkil etilganligini rasman e’lon qildi va Mustafo Kamol Otaturk uning birinchi prezidenti bo‘ldi. Bu qarordan avval mamlakatning mustaqillikka erishishi va hokimiyat tizimini yangilashiga qaratilgan qator tarixiy voqea va o‘zgarishlar ro‘y bergan edi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

29 Oct, 14:01


"Koloniyada tushda yig'lab chiqamiz"

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=C1-LqyZOpBQ

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

29 Oct, 11:02


"Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi" kitobi haqida

Stiven Kovining «Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi» kitobi shaxsiy rivojlanish va muvaffaqiyatga erishish uchun eng ta’sirli va izlanuvchan qo‘llanmalardan biridir. 1989-yilda ilk marta nashr etilganidan beri millionlab odamlarga hayotga, ish va munosabatlarga yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqishga yordam beradigan bestsellerlardan biri bo‘lib qolmoqda. Kitob qirqdan ortiq tilga tarjima qilingan, 40 million nusxadan ortiq nashr etilgan. 2011-yil “Time” jurnali bu asarni biznes boshqaruviga oid eng ta’sirli 25 kitob ro‘yxatiga kiritgan edi. Muallif mahsuldorlik va ichki qoniqishni ta’minlaydigan ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan tizimni taklif qiladi. Keling, kitobning asosiy g‘oyalari va muhim xulosalarini ko‘rib chiqaylik.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

25 Oct, 16:20


🟥 Eldar Asanov – O‘zbekistonda yozuv islohi kechikishining ikki sababi haqida

“Vatandosh” intellektual klubining o‘zbek tili mavzusidagi yig‘ilishida uchinchi spiker sifatida jurnalist va filolog Eldar Asanov so‘zga chiqdi. Asanovning ta'kidlashicha, o‘zbek tili haqidagi ilmiy tadqiqotlar XX asrdan boshlangan. O‘sha davrga qadar bu til ko‘proq turkiy yoki chig‘atoy tili sifatida tanilgan. O‘zbek tili ajdodlari arab, kirill va lotin alifbolaridan foydalangan va bu yozuvlar bilan bog‘liq stereotiplar shakllangan. U arab alifbosiga oid ba’zi bir qarashlar haqida to‘xtalib, bu alifboni saqlab qolishning afzalliklari va kamchiliklari haqida so‘z yuritdi. Asanovning fikricha, arab alifbosi saqlangan taqdirda, til o‘z fonetikasini to‘laqonli ifodalay olmasdi.

Lotin alifbosiga o'tish haqida so‘z borganda, u yozuvning joriy etilishi orqasida sovet davrida dunyoga integratsiya qilish harakati yotgani haqida aytdi. Afsuski, bu harakat 1930-yillarda to‘xtab qoldi va lotin alifbosi qayta joriy qilinmagan. Keyinchalik kirill alifbosi kiritildi, ammo bu yozuv ham o‘zbek tilining fonetik xususiyatlarini to‘liq aks ettira olmagan. Aksincha, bu yozuv rus tilining ta’siri ostida o‘zbek tilini moslashtirgan va ruslashtirilgan alifbo sifatida shakllangan.

Asanov hozirgi lotin alifbosining kamchiliklari haqida ham to‘xtalib o‘tdi. U alifbo kirillning barcha zaif tomonlarini saqlab qolganini va rus tili ta’siridan qutulish uchun yetarlicha kuchli o‘zgarishlarni bo‘lmagani haqida gapirdi. Shu tufayli, yozuv tizimini isloh qilishda nafaqat lingvistik, balki siyosiy va ijtimoiy jihatlarni ham hisobga olish kerak.

Masalan, ingliz tilining imlosi nega qiyin? Chunki tilda qadimiy an'analarini saqlab qolgan. O‘zbek tili uchun yangi yozuv tizimini yaratishda ham shunga o‘xshash yondashuvni qo‘llash lozim. Shu bilan birga, alifboni isloh qilish jarayonida o‘zbek tilining fonetikasini to‘laqonli aks ettirish kabi jihatga e’tibor qaratish lozimligini alohida ta'kidladi.

Eldar Asanovning fikricha, birinchi navbatda, o‘zbek tilini rus tili ta’siridan qutqarish kerak. Keyin esa Markaziy Osiyo, turkiy mamlakatlar va xalqaro miqyosda lotin yozuvidan foydalanadigan davlatlar bilan integratsiya qilishga e’tibor qaratish lozim. Shu jarayonda, alifbo islohoti bo‘yicha ilmiy, siyosiy va madaniy bahslar davom ettirilib, tezkor va samarali qarorlar qabul qilinishi kerak.

To'liq videoni tomosha qilish uchun: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=TR8MxMFMcIY

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

25 Oct, 06:29


Temuriylar nasabnomasiga oid yangi ma’lumotlar o‘zbek tiliga tarjima qilindi
 
Fransiya Milliy kutubxonasida Amir Temur sulolasi shajarasi aks ettirilgan, uning Chingiziylar bilan aloqalarini tasdiqlovchi qo‘lyozma saqlanmoqda. Bu haqda Tojikistondavlat pedagogika universiteti prorektori, tarixfanlari doktori Shodmon Vohidov Toshkentda o‘tkazilgan madaniy meros haftaligida ma’lum qildi. Bu uning O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyida qilgan “Temuriylar davri madaniy-badiiy uyg‘onish asoslarining miniatyura san’atida talqini” mavzusidagi ma’ruzasida aytib o‘tildi. Bu muhim asarni Vohidov o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Olimning aytishicha, u qo‘lyozma nusxasini tayyorlab, fransuz hamkasblaridan “Nasabnomalar orasida eng qimmatli nasabnoma” nomli kitobni tarjima qilish va nashr etishga rozilik olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kitobning mualliflari noma’lum, ammo bu asar ustida Sulton Shohruh davrida mashhur olim Hofiz Abru boshchiligidagi bir guruh tarixchilar ishlagani ma’lum. Bu qo‘lyozma nafaqat hukmdorlar, balki ularning avlodlari haqida ham qimmatli ma’lumot manbai hisoblanadi.

Chunonchi, temuriylar va chingiziylar oilalari orasida Vizantiya va arab hukmdorlarining qizlari bilan nikohlar mavjud bo‘lib, bu xalqaro munosabatlarni mustahkamlagan.
Vohidov, shuningdek, qo‘lyozma to‘rt nusxada: biri Fransiya Milliy kutubxonasida, ikki nusxasi Hindistondagi Aligarh musulmon universiteti kutubxonasida, yana bir nusxasi esa Angliya kutubxonasida saqlanib qolganini ta’kidlaydi.

Vohidov asarni o‘zbek tiliga tarjima qilib, sharhva ko‘rsatkichlar qo‘shib, kitobni tez oradanashr etishni rejalashtirgan.

Ushbu ma’ruza 2024-yil 18-27-oktyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston madaniy merosi haftaligi doirasida bo‘ldi. Sharq Uyg‘onish davri haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish, muzey ko‘rgazmalarini rivojlantirish, jumladan, “O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi” mega loyihasini rivojlantirishga qaratilgan anjumanlar, forumlar va ko‘rgazmalarda dunyoning turli burchaklaridan 100 dan ortiq olim va ekspertlar ishtirok etmoqda.

Islom sivilizatsiyasi markazi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan islomni tinchlik, ezgulik va bag‘rikenglik dini sifatida ilgari surilayotgan loyihalardan biridir.
 
Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

24 Oct, 16:52


Bolalar adabiyotini qanday rivojlantirish mumkin?

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=u0PXYaotpiE&t=1s

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

24 Oct, 12:09


Turkiyaning mudofaa kompaniyasiga hujum: terakt ortida kim turibdi?

2024-yil 23-oktyabr kuni terrorchilar Turkiyaning eng yirik davlat kompaniyalaridan biri – Turkish Aerospace (TUSAŞ) shtab-kvartirasiga hujum qildi. Bu voqea nafaqat qurbonlar va vayronagarchiliklar soni, balki siyosiy va iqtisodiy oqibatlari tufayli ham Turkiya uchun jiddiy sinovga aylandi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

24 Oct, 10:05


Bolalar uchun eng yaxshi kitob qanday?

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=u0PXYaotpiE&t=1s

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

24 Oct, 05:59


Rasmiy davlat tili bo'lmagan davlatlar

Dunyoning koʻpgina davlatlari davlat tilini Konstitutsiya yoki boshqa qonun hujjatlarida rasman mustahkamlab qoʻymagan. Mana shunday holatlarga misollar:

AQSh

Ko‘pchilik o‘ylaganidek, ingliz tili Qo'shma Shtatlarning rasmiy tili emas. Ayrim shtatlarda yoki hukumat darajasida ingliz tili ustun bo'lishi mumkin, ammo federal darajada rasmiy davlat tili yo'q.

Avstraliya

Qo'shma Shtatlar singari, Avstraliyada ham rasman tan olingan rasmiy til yo'q. Ingliz tili aloqa va ish yuritishning asosiy tili bo'lsa-da, uning maqomi qonun hujjatlarida mustahkamlanmagan. Mahalliy tillar ham mamlakatda keng tan olinadi va qo'llab-quvvatlanadi.

Buyuk Britaniya

Buyuk Britaniyada ingliz tili ustun til bo'lsa-da, u rasmiy ravishda tan olingan davlat tili ham emas. Bundan tashqari, mamlakatda turli tillarga ega mintaqalar mavjud, masalan, Uelsdagi valliy yoki Shotlandiyadagi gel tillari.

Meksika

Garchi ispan tili ustunlik qilsa-da Meksikada yagona rasmiy til yo'q,. Biroq, hukumat mamlakatning ko'plab mahalliy tillarini tan oladi va ularning davlat muassasalarida foydalanish uchun teng huquqlarini rasman qo'llab-quvvatlaydi.

Shvetsiya

2009-yilgacha Shvetsiyada rasmiy davlat tili yo‘q edi. O‘sha yilda shved tili rasman tan olindi, ammo mahalliy xalqlar tomonidan qo'llaniladigan saam va fin kabi boshqa tillar ham qo'llab-quvvatlanadi.

Bu mamlakatlarda qat'iy davlat tili bo'lmasa-da jamiyatda turli tillardan foydalanish huquqiga urg'u beriladi.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

23 Oct, 14:01


Til qonuni nega qaytarilgandi?

To'liq video Vatandosh TV Youtube kanalida

Youtube: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=Vi2yPU0NYqo

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

23 Oct, 12:01


Uzun-Og‘och jangi: O‘rta Osiyo xalqlarining rus istilosiga qarshiligi

Bundan 164 yil ilgari, aynan shu kunlarda Qo‘qon xonligining, balki, butun Turkiston taqdirini belgilagan jang bo‘lib o‘tgan edi. Rus tarixchilarining tan olishicha, agar shu jangda ular mag‘lubiyatga uchraganida Turkistonning zabt etilishi umuman boshqa yo‘ldan ketishi ehtimolga yaqin bo‘lgan.

1860-yil 19-21-oktyabr kunlarida bo‘lib o‘tgan Uzun-Og‘och jangi Turkiston tarixida bir qancha xalqlarning Rossiya ekspansiyasiga qarshi turish uchun birlashgani muhim voqea bo‘ldi. Bu voqea Rossiya imperiyasining o‘z yerlarini bosqinchidan himoya qilishga intilgan mahalliy qabilalar va xonliklar bilan manfaatlari to‘qnashuvini aks ettirdi. Jang hozirgi Qozog‘iston hududida, Uzun-Og‘och qishlog‘i yaqinida bo‘lib o‘tdi va O‘rta Osiyoda rus hokimiyatini kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli yurishning bir qismi bo‘ldi.

19-asrda Rossiya imperiyasi strategik muhim hududlar va savdo yo‘llari ustidan nazorat o‘rnatishga intilib, Turkiston hududlariga faol yurish boshladi. Yirik hududlarni, jumladan, hozirgi Qozog‘istonning janubiy qismi qo‘l ostida bo‘lgan Qo‘qon xonligi bu ekspansiyaga qarshi chiqdi. Xonlik o‘z mustaqilligini saqlab qolishga va rus ta’sirining kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildi.

Mahalliy hukmdorlarning qarshiligini zaiflashtirishga intilayotgan rus armiyasi muhim hududlarni egallab olishga kirishdi. Bunga javoban Qo‘qon xonligida yashovchi o‘zbeklar, qozoqlar, qirg‘izlar va boshqalar qo‘shin tuzib, o‘z yerlarini himoya qilish uchun birlashdi.

Bu rus armiyasiga qarshi turish umumiy maqsadi bo‘lgan birlashgan ko‘p millatli armiya edi. Qo‘qon qo‘shinlari qo‘mondonlari son jihatdan ustunlikka umid qilishgan, ammo yomon boshqaruv va zamonaviy qurol-yarog‘lar yo‘qligi sababli jangda mag‘lubiyatga uchradi.

Polkovnik Kolpakovskiy qo‘mondonligi ostidagi rus armiyasi 2 mingga yaqin kishini tashkil etdi. Rus qo‘shinlari soni kam bo‘lishiga qaramay, o‘qotar qurollar, zambaraklar va jangovar taktika bo‘yicha ustunlikka ega edi. Jang Uzun-Og‘och qishlog‘i yaqinida bo‘lib o‘tgan va rus qo‘shinlari uyushtirilgan hujumlarni qaytarishga va dushmanga katta zarar yetkazishga muvaffaq bo‘ldi.

Qo‘qon xonligi jangchilarning son jihatdan ustunligi va qahramonona jang qilganligiga qaramay, katta yo‘qotishlarga uchradi.

Uzun-Og‘och jangidagi mag‘lubiyat Qo‘qon xonligi uchun jiddiy zarba bo‘ldi. Mag‘lubiyatdan zaiflashgan Qo‘qon xonligi o‘z hududlarining bir qismi ustidan nazoratni yo‘qotdi, bu hududda Rossiya ta’siri kuchaydi. Qarshilik ko‘tarilishida qatnashgan qozoqlar, o‘zbeklar va qirg‘izlar ham rus hokimiyatining kuchayishi va uning mustamlakachilik siyosati oqibatlarini boshidan kechirdilar.

Ushbu hududlarning mustamlaka qilinishi nafaqat ularning siyosiy xaritasini o‘zgartirdi, balki madaniy qadriyatlarning yo‘qolishiga va mahalliy tillar va urf-odatlarning bo‘g‘ilishiga olib keldi.

Uzun-Og‘och jangi O‘rta Osiyo xalqlarining ruslar istilosiga qarshi ko‘rsatgan qarshiligining timsoliga aylandi. Turkiston xalqlarining o‘z yerlari uchun kurashda birlashganiga qaramay bu mag‘lubiyat mintaqa tarixida yangi bosqich – o‘lkaning to‘liq bo‘ysunishini belgilab berdi.

Bugun Uzun-Og‘och jangi O‘rta Osiyo xalqlarining avlodlari xotirasida chuqur iz qoldirib, tashqi tahdidga qarshi kurashda xalqlar ozodligi va birdamligi uchun kurashning muhimligini eslatib turadi.

Yoqub Umar

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

23 Oct, 09:35


O'zbek tili o'rganuvchilari uchun bepul kurslar

To'liq video Vatandosh TV Youtube kanalida

Youtube: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=99nRTU9f6rM&t=1s

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

23 Oct, 06:42


«Farengeyt bo‘yicha 451 daraja» - madaniyatning o'limi haqidagi antiutopiya

Rey Bredberining 1953-yilda nashr etilgan “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” romani antiutopiya janridagi XX asrning eng muhim asarlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Uning asosiy mavzusi - kitoblarni yo'q qilish va axborotni manipulyatsiya qilish orqali jamiyat ustidan nazorat - zamonaviy dunyoda ham dolzarbdir. Bredberi odamlar chuqur fikrlash va tanqidiy tahlildan voz kechib, ommaviy madaniyat va o'yin-kulgiga asoslangan yuzaki haqiqatda yashaydigan kelajakni xavotirli tarzda bashorat qiladi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

22 Oct, 15:02


🟥 ‘‘Darsliklar ‘‘Tez-tez bo‘llaring!’’ shiorida yoziladi’’ – professor Baxtiyor Mengliyev

“Vatandosh’’ intellektual klubining o‘zbek tili mavzusidagi yig‘ilishida birinchi spiker sifatida professor Baxtiyor Mengliyev so‘zga chiqdi. Uning ta’kidlashicha, o‘zbek tili ta’limida katta yutuqlar qo‘lga kiritilgan, ammo muammolar hali ham dolzarbligicha qolmoqda.

Professor o‘zbek tili ta’limining mustaqillikdan keyingi o‘zgarishlari haqida to‘xtalar ekan, ‘‘Biz ko‘pincha kamchiliklarga e’tibor qaratamiz, yutuqlarni esa ko‘rmaymiz’’, dedi. Ya’ni, mustaqillikkacha o‘zbek tili grammatikasi, asosan, rus tili grammatikasining nusxasi edi, ammo keyinchalik milliy til qurilishiga asoslangan yangi tizim yaratildi.

Bundan tashqari, Mengliyev ta’lim maqsadining qayta belgilanganini ta’kidladi. Yangi maqsad – o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish va olingan bilimlarni nutqiy faoliyatda samarali qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat. Shuningdek, ta’lim usullari isloh qilindi va mavzuga mos topshiriqlar orqali mustaqil fikrlash ko‘nikmasi shakllantirildi.

Biroq, yutuqlar bilan bir qatorda, Mengliyev o‘zbek tili ta’limi sohasida duch kelinayotgan muammolarni ham ochiq aytdi. ‘‘Hanuzgacha darsliklar hukmronligi davom etmoqda’’, – dedi u. O‘quvchilarning qo‘lida faqatgina darsliklar mavjud, qo‘shimcha adabiyotlar, lug‘atlar va ma’lumotnomalar yo‘q.

Yana bir jiddiy muammo – darsliklarni yaratish tizimi yo‘qligi. Ya’ni, darsliklar shoshma-shosharlik bilan yaratiladi va sifat nazoratidan o‘tkazilmaydi. ‘‘Hozir darsliklar ‘‘tez-tez bo‘llaring!” degan ruhda yozilmoqda’’, – dedi u, – ’’bu jarayon sifatga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti’’. Darslik yaratishda qat’iy standartlar yo‘qligi, o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishga yetarlicha e’tibor qaratilmayotgani, va ijodiy tafakkurni rivojlantirish ustuvor maqsad bo‘lib qolmayotgani asosiy kamchiliklar sifatida keltirildi.

Muammolarga yechim sifatida Baxtiyor Mengliyev ‘‘ta’lim-fan-ta’lim’’ zanjirini yaratish lozimligini aytib o‘tdi. U tilshunos va metodist-olim sifatida hanuz biror davlat organidan o‘z sohasidagi muammolarga yechim berish talabi bilan murojaat qilinmaganini tanqid qildi.

Shuningdek, o‘zbek tili ta’limining rivoji uchun ‘‘O‘zbek tili Doimiy Anjumani’’ ni qayta tiklash zarurligini alohida qayd etdi. "Bu anjuman o‘zbek tili ta’limi muammolarini ochiq muhokama qilish va yechim topish uchun samarali platforma bo‘lishi mumkin’’, dedi u. Ochiq munozaralar va jamoatchilik fikrini umumlashtirish orqali, ta’lim tizimiga yanada mukammallik kiritish mumkinligini urg‘uladi.

To'liq video: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=EfRMlpRjRtw

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

22 Oct, 09:30


Nega bolalar nutqida kamchilik kuzatilyapti?

To'liq video: 👉🏻 https://youtu.be/u0PXYaotpiE?si=UwZlZ8PVyRP9X6SV

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

22 Oct, 05:39


XX asrda 600 ga yaqin til yo‘q bo‘lib ketdi

20-asrda, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 200 dan 600 tagacha tillar yo‘qolib ketgani ma’lum qilingan.

Ba'zi tilshunoslarning hisob-kitoblariga ko'ra, 2100 yilga kelib, mavjud tillarning 50% dan 90% gacha bo'lgan qismi jiddiy xavf ostida yoki yo'q bo'lib ketadi. Har birida 50 milliondan ortiq so'zlashuvchi 20 ta eng keng tarqalgan tilda dunyo aholisining 50 foizi so'zlashadi, lekin ko'pchilik tillarda 10 000 dan kam odam so'zlashadi.

2005-yilda Etnologue ma'lumotlar bazasida 6912 ta til mavjud bo'lib, ulardan 32,8% (2269) Osiyoda va 30,3% (2092) Afrikada edi. Ushbu raqam ma'lum bir diapazondagi o'zgaruvchan qiymat sifatida ko'rib chiqilishi kerak. Yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan tillar soni koʻp boʻlgan hududlarga quyidagilar kiradi: Sharqiy Sibir, Markaziy Sibir, Shimoliy Avstraliya, Markaziy Amerika va Shimoliy-Gʻarbiy Tinch okeani platosi, Oklaxoma va Janubiy Amerikaning janubiy burchagidir.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

21 Oct, 16:10


Nuqtalar: Huquqiy oqibati yo’q ikki qonun — xizmat ko’rsatish va reklama sohasidagi o’zbek tilining ahvoli haqida suhbat

Nuqtalar dasturining navbatdagi soni o‘zbek tili, aniqrog‘i, unga bog‘liq juda muhim va ayni paytda hukumatning til borasidagi siyosati samarasiniyam, samarasizliginiyam yaqqol ko‘rsatuvchi, shu ishlarga yuz bo‘luvchi bir yo‘nalish tahliliga bag‘ishlandi. O‘zbekistonda xoh davlat bo‘lsin, xoh nodavlat, xizmat ko‘rsatish sohasida o‘zbek tilining qo‘llanilishi va mamlakat hududida reklamaning tili masalasi.

Dastur mehmonlari – Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi bo‘lim boshlig‘i Abdurahmon Raupov va ayni masalalarni ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p ko‘tarib kelayotganlardan biri, jamoatchilik faoli Obidjon Latipov bo‘ldi.

To'liq video: 👉🏻 https://youtu.be/rDS-EoBPVh8

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

21 Oct, 10:28


”Nega qimmat, dollar oshdimi?” — AQSH elchisi o’zbekistonliklarni til bayrami bilan o’ziga xos tabrikladi

AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik o’zbek xalqini til bayrami bilan tabrikladi. Videoda shuningdek, u va elchixonaning boshqa vakillari bozorlik qilayotgani hamda savdogarlar bilan o’zbekcha gaplashgani aks etgan.

Manba: Shahzoda Abdusalom

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

21 Oct, 06:39


O‘zbek teatrida qo‘yilgan ilk pyesa

O‘zbek adabiyotida uzoq davrlar mobaynida she’riyat yetakchilik qildi. Hatto xalq teatri asarlari yaratilib, tomoshabinlarda sahna san’atiga qiziqish paydo bo‘lganidan keyin ham milliy teatrning maydonga kelishi XX asrning 10-yillariga qadar cho‘zildi.

Holbuki, Yevropa mamlakatlarida teatr san’ati allaqachon vujudga kelgan, xalqning madaniy-ma’rifiy darajasini belgilovchi omil bo‘lgan bir paytda Turkistonda mazkur san’atning hali tug‘ilmaganligi g‘oyat achinarli hol edi. Shuning uchun ham Turkiston jadid ma’rifatparvarlarining otasi Mahmudxo‘ja Behbudiy jiddiy ijodiy faoliyatini milliy teatr asarini yaratishdan boshladi.

Batafsil

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Vatandosh TV

21 Oct, 05:25


#satira
- Так, бу йил ўзбек тили байрами чёткий нишонлансин! Тепадан приказ бор. Пресс-секретарь Курбанова, сиз ответственный!

- Тушунарли, Дильмурат Джураевич!

- Хаджаев, сиз финансовый масалаларини решать қилас!

- Есть, ўртоқ бошлиқ!

- Тилчиладан у-бу кимни топийла! Ходимлани тўплаб, лекция ўқиб берсин! Кстати, ашулачила бўса, яна яхши. Кароче, эртага тадбир нормально бўсин!

- Ясно. Дильмурат Джураевич, ўзиз тадбирни очиб, табриклаворасми?

- А, нет! Вы че?! Замим мастер бунақа нарсалага. Ўзбекчада манга қийинроқ, тилим айланмиди. “Муракобот”, “мукаработ” деган сўзила жа сложно-де! Тем более эртага селекторим бор. Хуллас, всем понтяно, да?!

- Да, да..!

Она тилимиз байрами муборак, дўстлар!

©️ Муслим Мирзажонов

Vatandosh TV

20 Oct, 17:55


Akmal Mirzo jamoasidan Davlat tili haqida ajoyib rolik

Manba: @akmalmirzoofficial

Vatandosh TV

20 Oct, 14:05


"Nomaqbul shaxslar qonuni" nima uchun endi qo'llanilmoqda?

To'liq video Vatandosh TV Youtube kanalida

Youtube: 👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=Vi2yPU0NYqo

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube