Asliddin Kamol 👑 @asliddinkamol Channel on Telegram

Asliddin Kamol 👑

@asliddinkamol


Atrofim to'la o'g'ri-jinoyatchilar, ammo jazolash uchun hech kim yo'q. Bari o'zimiznikilar.

©Lyudovik XVI

👑 @asliddinkamol (Uzbek)

👑 @asliddinkamol kanali Tarix, siyosat, ideologiya va shaxsiy qarashlar mavzularida e'lon qilinadi. Bu kanalda siyosatning tajribiy tarixchilari va fikrlar bilan tanishib boring. Siyosat bilan ishi yo'q xalqni, xalq bilan ishi yo'q siyosatchilar boshqaradi! Asliddin Kamolning bu kanali sizga siyosatning yangi o'g'itlarini topishda yordam beradi. Kanalga obuna bo'ling va eng so'nggi siyosat, tarix va ideologiya haqida eng yangi ma'lumotlardan xabardor bo'ling!

Asliddin Kamol 👑

29 Jan, 20:40


Xalq o'z qahramonlarini tanishi kerak!

Ijtimoiy tarmoqlarda, faollarni turli pastkash yo'llar bilan obro'sizlantirish kompaniyasi raxbari. Yoshlar ittifoqi, talabalar orasidan saralagan yaloqi, pastkash yoshlardan tuzilgan trollar armiyasining lideri, Allayor Norboyev! Ushbu shaxs, DXXning topshirig'iga ko'ra, tarmoqda faol bo'lganlarni obro'sizlantirish, turli trollinglar, telegramdagi jonli yoyinlarda faxsh videolarni qo'yish bilan shug'ullanib keladigan, millatimizning eng jirkanch, pastkash, mansab uchun onasini ham DXXchilar to'shagiga kiritishdan qaytmaydigan sharafsiz yoshlardan tuzilgan trollar armiyasiga rahbarlik qilib keladi. Ilgari man bu armiyaning ba'zi faollarini, jumladan, Qashqadaryolik Gulnora To'xtayeva va yoshlar ittifoqining yosh kitobxoni Mashhura Kamolovalarning shaxsini fosh qilib, ularni trollik bilan shug'ullanib kelganliklarini isbotlab berganman. Shundan keyin bu parazitlar bir muddat ko'zdan g'oyib bo'lishuvdi. Ammo, ular bo'ldi bizni iflosliklarimizni unutishgan deb, bugun yana maydonga qaytishibdi. Modomiki ular tavba qilishmagan ekan, man bularni shaxsini aniqlashda davom etaveraman. Qashqadaryo, Samarqandlik yosh itlar, Qashqadaryo irrigatsiyasi va SAMDU talabalaridan tuzilgan ba'zi ko'ppaklar, qanchalik yashirinma, senlarniyam topib shunday rasmlaring bilan chiqaraman. Jamoamiz allaqachon sen manqurtlarni izingga tushib bo'lgan!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

28 Jan, 10:22


Sun'iy intellekt bilan suhbatlashib shuni tushundimki, tez orada insoniyatni olimlarga ehtiyoji qolmaydi. Ayniqsa diniy ulamolar kerak bo'lmaydi. SI savollarga javoblarni ulardan tez va aniqroq yetkazyapti.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

27 Jan, 12:57


Ibn Sinoni millati nima bo’lganini bilmaymanku lekin hozir hayot bo’lganida O’zbekistonga ham, Tojikistonga ham sig’may bosh olib ketgan bo’lardi. Yoki firibgarlik va tovlamachilikda ayblanib qamalardi. Tarixiy shaxslarni meniki, seniki deb tortishguncha, biz o’zi ularga munosib avlodmizmi? Ular kim ediyu biz kim bo’ldik degan savolni o’zimizga berishimiz kerak.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

26 Jan, 15:56


Bizdagi hokimiyat uchun kurashlar haqida qo’shnilarimiz ko’rsatuv tayyorlashibdi. O’zimiznikilarni bu mavzuda gapirishga jurati yetmayotgandan keyin qo’shnilarni eshitamizda endi!
Link pastda

@AsliddinKamol

https://youtu.be/ZRyc_KLKQqc

Asliddin Kamol 👑

26 Jan, 14:06


Siyosiy muxolifat ishtirok etmagan saylov noqonuniy saylovdir! Muxolifat bilan raqobat qilolmay, soxta qo'g'irchoqlar bilan bellashib saylangan prezidentni men nafaqat prezident deb ta'n olmayman, hatto siyosatchi hisoblamayman. Raqobatdan qo'rqadigan kishi oddiy qo'rqoq va uchiga chiqqan muttahamdir!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

26 Jan, 12:32


Bugun, Putlerning vassallaridan biri bo'lgan, Belarusiyada navbatdagi qo'g'irchoq teatr bo'lyapti. Bu vassallarning hech biri sog'lom raqobat qilishni o'rganolmadi. Qaysi biriga qarasang, o'zining har doim ishlatib yuradigan qo'g'irchoqlari bilan raqobatlashib yuradi.

Unutmang! Bunaqa qo'rqoq va muttahamlarga hokimiyatni ishonib topshirgan xalqning hech qachon kosasi oqarmaydi!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

25 Jan, 14:24


"Turon va Turkistonning ahamiyati" mavzusida soat 21:00 da telegramda suhbat qilamiz. Quyidagi kanalda suhbat qilamiz. https://t.me/txtturon

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

25 Jan, 11:25


O'zidan o'zgaga ishonma!

Avvalo xudo bergan aqlingni ishlat! Bu dunyoda zarrachalik qadri yo'q kishilarni Xudo bilib, ularga suyanma! Ishonma! Sig'inma!

Hozir hukmron elita ichida ichki kurash ketyapti. Bir-birini kuchsizlantirish uchun ular foydalanadigan faolmi, blogermi, quloqmi, trollmi yo'q qilishyapti. Qaysidir qudratli shaxs himoyasiga olgan bo'lsa havolanma, uning dushmani ham u kabi qudratga ega ekanini unutma! DXX chaqirib, sani "boshqalarga o'xshamasligingni, qoning toza ekanini, halolliging, bilimdon va zukkoliningni e'tirof etsa erib ketma! Bu shablon gaplar va sandan oldin ham minglarga aytilgan! Sani o'ziga do'st deb atayotgan o'sha xodim, ichida onangni falon qilay deb turgan bo'ladi! Bu gaplarni o'zim tanigan ko'plarni shaxsiyiga yozib, ogohlantirganman. Yozayotganlarizdan bilyapman, ular bilan hamkorligiz bor. Ishonavermang, kirib ketasiz deganimda ular jiddiy olishmadi. Shablon gaplar eshitaverishlari oqibatidami o'zlariga yuqori baho berishdi. Oqibatda, ularning ko'pi bugun ichkarida! Shuning uchun bugun hammaga murojaat qilyapman. Bilaman oralarizda, hali ham ularga ishonayotgan, suyanayotganlar ko'p. Axmoq bo'lmang! Sizdan oldingilar hozir ichkarida ekanini o'ylang!

Allamjonov ishidan keyin ko'plab DXX rahbarlari ishdan ketdi. Hozir ular bilan ishlagan blogerimi, qulog'imi, trollarimi, barchasi tozalanyapti. Dubayda qamalganimda, mani himoyamga yozilgan postlarni o'chirtirishda ishtirok etgan DXX va PDXX o'rtakashi ham hozir qamoqda!

Shunda ham aqlingizni ishlatmasangiz, ertaga sizga ham navbat keladi!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

24 Jan, 16:05


Alisher Qodirovni so'kavermanglar. Avtoritarizmning kitobida shunaqa yozilgan.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

24 Jan, 15:50


Erta kechgi soat 21:00 da shu kanalda Turon, Turkiston mavzusida suhbat qilamiz. Biji biji qilmasdan hamma kirsin!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

24 Jan, 15:48


Ҳурматли қатнашувчилар! 

Ҳалқаро Турон ташкилотининг навбатдаги йиғилиш суҳбати 2025 йил 25 Январ, Шанба куни, Тошкент вақти билан кеч ⏱️ 21:00 да, 
Ақш, Нью Йорк штати вақти билан ерталаб ⏱️ 11:00 да бўлиб ўтади.

Мавзу: Турон, Туркистон ва унинг ахамияти


Сўзчи: Блогер  Аслиддин Камол

Аслиддин Камол.

2017-2021 Ўзбекистон либерал демократик партияси фаоли. Партия ёшлар қаноти раҳбари. Бухоро вилоят раисининг ёшлар масалалари бўйича раис ўринбосари лавозимларида ишлаган. 

2020-2022 Ўзбекистон Республикаси Олий мажлиси, қонунчилик палатаси ҳузуридаги Ёшлар Парламенти аъзоси
.
2022 йил Ёш Туркистонликлар ҳаракатига асос солиб, ҳаракатнинг биринчи қурултойини ташкил қилган.


Линк бу ерда   👇👇👇
https://t.me/txtturon

Asliddin Kamol 👑

24 Jan, 11:40


O'z gaziga o'zi egalik qilolmayotgan. Tabiiy boyliklarini elita sotib, o'z manfaatlari uchun yevorayotganini bilibam hech narsa deyolmaydigan xalqni kosasi oqarmaydi desa to'g'ri bo'lardi.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

24 Jan, 11:19


O'z.Res. Konstitutsiyasining 12-moddasi

"O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.
Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas".

Bosh qomusimizda "hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o'rnatilishi mumkin emas" - deb, qat'iy belgilaganiga qaramay, ushbu rasmda konstitutsiyaviy majburiyatlar buzilganini ko'rishimiz mumkin. Bir shaxs yoki guruhning siyosiy qarashlarini maktablarda, darsliklarda, OTMlarda targ'ib qilish, konstitutsiyaning qo'pol buzilishidir. Agar konstitutsiyaviy sudimiz tirik bo'lganida, bu jinoyatga qo'l urganlarga chora ko'rgan va ta'lim muassasalaridan ushbu targ'ibot banerlarini tozalagan bo'lardi. Afsuski, bizda konstitutsiyaviy sud o'lik va konstitutsiyani eng ko'p buzayotgan, qonunlarga rioya qilmayotgan, hukmron elitaning o'zidir.

Ps: o'zlarining siyosiy g'oyalarini konstitutsiya va qonunlarga zid tarzda bolalarga targ'ib qilish orqali ularni manqurtlashtirish, vatanga, xalqqa qilingan xiyonatdir!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

23 Jan, 15:11


Urganchdagi hokim yordamchilari bilan bog'liq sud bugun muxokamani yakunladi. Hukm dushanba kuniga o'qiladigan bo'ldi. Jamoatchilikning iltimoslariga qaramay, ochiq sud majlisida tasvirga olishga ruxsat berilmadi. Jabrlanuvchilarning haqli e'tirozlariga quloq tutmay muhokama qismiga o'tilgan va haqiqiy aybdorlar ishga jalb qilinmay, sud jarayonni yakunlagan. Kambag'allar sudning bu qadar noxolis ko'rilganidan hukm qanday chiqishini tushunishgan. Shu sabab, endi tezroq sud qarorini olib, keyingi instansiya sudiga chiqishni kutishyapti.
Shaxsan man, diktator Mirziyoyevning Odolotli sudlaridan bundan ortig'ini kutmagan edim. Bu ishni yaxshiroq o'rgansa, ish hokim yordamchilaridan o'tib, yanada teparoqqacha borishiga aminman. O'zbekistondek "tinch" yurtda, davlat raqami aniq bo'lgan, garovda turgan avtomashinani sotib olgan kishini tergovda shaxsini aniqlashning imkoni bo'lmagani ham ko'p savollarga javob berib turibdi.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

23 Jan, 08:42


Toshkent tinchmi?

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

23 Jan, 08:30


Urganchdagi hokim yordamchilari bilan bog'liq jinoyat ishida tergov xulosasidagi g'alati holatlardan bittasi. Xulosada, tergovchi garovga qo'yilgan "Matiz" sotib yuborilganini yozyapti. Shuningdek, kimga sotilganini aniqlashning imkoni bo'lmadi deyapti? G'alati emasmi? O'zbekistonda avtomashina oldi-sotdilari faqat notarius orqali bo'lsa, notariusga yoki DAN ga bitta telefon qilsa, sotib olgan odamni nafaqat ism-familiyasi, yashash joyiyu, telefon raqamlarigacha ularda ma'lumot bo'ladi! Yoki, notarius orqali sotilmagan desa, unda avtomashinani sotdi deyish qanchalar to'g'ri? Yangi O'zbekistoning tergovchilari shu qadar landovurmi yoki ish hokim yordamchilariga aloqador bo'lgani uchun mashinani sotib olgan shaxsni aniqlashni istashmaganmi? Blogerlarga shest sekundda ayb topib beradigan tergovchilar negadir bu ishda juda sust ishlashgan.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

22 Jan, 18:43


Zamon shunaqa bo’ldi. Spa salonda ishlashi kerak bo’lganlar ta’limda yuribdi.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

22 Jan, 16:31


Diktator Mirziyoyev qurgan "Yangi O'zbekiston"da, hokim yordamchilari kambag'allarni kambag'allikdan qanday qutqarishayotganini bilasizmi?

Urganch tumani va Urganch shahrining bir nechta hokim yordamchilari vakolatlaridan foydalangan holda, o'zaro birlashib, kambag'allarning nomlariga har xil kreditlar rasmiylashtirishgan. Bechora kambag'allar esa, uylariga MIB xodimlari kelganidan keyin kredit olishganini bilishgan. Jabrlanuvchilar, nomlariga olingan kreditlardan bexabar ekanliklarini aytib, huquqni muhofaza qiluvchi idorlarga murojaat yo'llashgan va shu murojaatlar sababidan o'ttizdan ortiq epizodlar bo'yicha jinoyat ishi ochilib, ish hozirda sudga oshirilgan. Biroq, bu ishlarni boshida turgan hokim yordamchilarining nomlari "negadir" tergov xulosasida kiritilmagan va barcha ayb, zararni undirish uchun hech vaqosi yo'q Atajanov Rustam Shavkatovich degan shaxsga to'nkalgan. Eng qizig'i, bu Rustamjon ilgari ham firibgarlik, pora olishda vositachilik qilishda ayblanib, bir necha bor sudlangan. Biroq, negadir qamalmasdan, yana bemalol o'z faoliyatini davom ettirib kelgan.
Sudda kambag'allar bu jinoyatlarni hokim yordamchilari qilganini aytib, dalillarini taqdim qilgach, sud ikki marta ishni qayta tergovga yuboradi. Biroq, har safar tergovchilar, tergov xulosasiga jabrlanuvchilar nomlarini tilga olgan hokim yordamchilari haqida hech narsa yozishmaydi. Xullas, kambag'allarning nomiga milliardlab kreditlar olingan, endi buni to'laydigan odam yo'q. Hamma jinoyatlarga bittagina aybdor ko'rsatilgan. Unga, barcha ayblarni tan olib, o'tirib bersa, 1-2 yilda chiqarishlarini va'da qilishgan. Tuya qilingan shuncha pullar cho'ntakda qoldi. Kambag'allar esa batamom xonavayron bo'lib, kambag'allar ro'yxatidan o'chadi! Buni rivojlanishning Mirziyoyevcha modeli desa ham bo'ladi. U yaratgan tizim, mana shunday, xalqni xonavayron qildi! Zero, dunyoning hech qayerida yo'q, hokim yordamchisi degan ortiqcha lavozim nimaga kerak edi, o'zi?

Ertaga, soat 10:00 da, Urganch shahar jinoyat ishlari sudida yakuniy sud bo'lib o'tadi. Unda o'ttizdan ortiq jabrlanuvchilar ishtirok etadi. Jurnalistlar, blogerlar va faollarni befarq bo'lmaslikka, imkoniyati borlar, ochiq sudda borib ishtirok etib, voqeani jamoatchilikka batafsil yoritishlarini so'raymiz!

P.s: ertaga, mening ikki ko'zim Urganchda bo'ladi. Sudning hukmidan keyin qo'shimcha ma'lumotlarni e'lon qilaman!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

22 Jan, 10:39


O'zbeklarni "it" degan o'ris itiga chora ko'rilsin deb, yuqoridagilarni behuda qiynamanglar. U it endi xo'jayinni iti. Qulvachchalarni xo'jayinini itiga ham tishi o'tmaydi. G'ayrat Do'stov kabi o'zbekning bolasi bo'lganida edi, 15 sutkaga olib kirib, ichkarida do'pposlab, tavbasiga tayantirishardi. Yugurdak deputatchalarniyam tili bir qarich chiqardi. Beshinchi kolonnaga xizmat qiluvchi ko'ppaklarimiz, xotinlaridan tortib, alimentlarigacha aniqlab, tarmoqda sazoyi qilishardi. Bu so'zlarim ko'pchiligingizga yoqmas, lekin o'z haqini bilmagan o'zbekning bugun o'risning itichalik qadri yo'q. Na o'z vatanida, nada boshqa yurtda! Man shu sababdan ham bu mavzuda jim turuvdim. Biroq, ko'plar fikrimni so'ragani uchun bularni yozyapman.

Muammoni bilamiz, taklif bering deydiganlar uchun, taklif: o'z qadringiz, o'z haqingiz uchun kurashing. O'risga sotilgan qulvachchalardan najot kutmang! Bu vatan sizniki, uni kalamushlardan tozalash uchun siyosiy partiya atrofida birlashib, hokimiyat uchun, vataningiz, haqingiz uchun kurashing! Qachonki, vatan sizniki bo'lsa ana o'shanda o'zbekning qadri baland bo'ladi. Sizni it deb haqorat qilishga hech kimni jur'ati yetmaydigan bo'ladi! Ungacha, bu so'zlar siz uchun qanchalar og'ir bo'lmasin, eshitishga va chorasiz buni qabul qilishga majbursiz!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

21 Jan, 19:22


Turkiyada mehmonxona yonib ketdi. Yong’in oqibatida 66 kishi vafot etgani ma’lum qilindi. Mamlakatda motam e’lon qilindi. Mehmonxonadagi bir qator rahbarlar, jumladan, mehmonxona xo’jayini xibsga olindi. Ana bu davlat!!!

Agar shu ish bizda bo’lganida nima bo’lardi?
Hukumat, nari borsa atigi bir kishi o’ldi degan ma’lumot bilan real raqamlarni yashirardi. Haqiqiy holatni yoritganlarni tutib, ovozini o’chirardi. DXX, IIB voqeani videoga olganlarni izlashga tushib ketardi. Hech qanday motam e’lon qilinmasdi. Mehmonxona xo’jayiniyam qanaqadir quda chiqib qolardi va zo’r bo’lsa birorta qorovuli qamalardi. Boshqa mamlakatlarga ta’ziya bildirishda juda chaqqon prezident bu mavzuda churq etmasdi va hammasi bosti-bosti qilinardi. Xuddi Farg’onadagidek….
Bu endi davlat emas!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

21 Jan, 17:21


DXXchilarning landovurliklariga hali ham ishonmaysizlarmi?

Ukrainada yashab yurgan Miraziz Ahmedovni landovurlar interpolga berganida, uni Suriya hududida bo’lishi ehtimoli yuqori deb ko’rsatgan. Miraziz Ahmedov landovurlarni chalg’itish maqsadida Turkiyadagi eski videolarini ko’pincha tarmoqqa joylardi. Ana shu hiyla ish bergan va bu landovurlar bunga ishonib, interpolga Suriyada deb ko’rsatgan. Man har doim aytganman, o’zingiz o’zizni sotmasangiz, landovurlar hech qachon siz haqingizda ma’lumot topolmaydi deb. Miraziz Ahmedov ishida buni yana bir bor guvohi bo’lyapmiz mana.

O’zim ham Gruziyada jonli yoyin qilmaganimda bu o’risnikiga cho’qingan qulvachchalar hech qachon Gruziyaga borganimni aniqlay olmas edi. O’zim qayerdaligimni oshkor qilib xato qildim va buning badalini to’ladim. Ammo endi o’ta hushyor bo’lamiz va landovurlarni turli usullarda chmosini chiqaramiz. Xalqimiz bu xoin ko’ppaklarning asl basharalarini ko’rishi kerak

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

21 Jan, 14:14


Orsiz va g'urursiz pastkashlar.

Agar Mirziyoyev AQSHga yaltoqilansa, DXX trollari quyidagi mazmundagi izohlarni yozib, AQSHning ketini yalashga tushib ketishadi. Agar qaysidir faol yoki jurnalist AQSH haqida biror nima desa, hatto demasa ham, lgbt, gey, vahokazolar deb toshbo'ron qilishadi. Yaqinda AQSH elchisidan intervyu olganlarniyam rossa malomat qilishuvdi.

Erkak degan mard bo'lsada, birovni dushman dedingmi, hamma joyda bitta fikrda qat'iy tursada. Afsuski bu orsiz va sharafsizlarga to'lgan tizim shu qadar ikkiketki, hatto o'zlarining pastkashliklaridan zarracha uyalishmaydiyam. Kun.uzning ushbu posti ostida, AQSHni doimiy ma'lomat qiladigan dxx trollari yaltoqilanib yotishibdi.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

20 Jan, 10:50


Bu gaplarni 2017 yilda aytgan ekan. Unga ishonib, uyg’onganlar bugun qamoqda yoki ta’qibda. Mirziyoyev tajribali manipulyator diktator. Ko’p gaplari tashqi dunyo uchun dekoratsiya edi, xolos. Amalda hozirgacha aytgan biror va’dasida turib berganini ko’rmadim. Va’da beradi, bajarmaydi.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

19 Jan, 14:44


ChatGPT tavsiya beryapti:

Agar Asliddin Kamol siyosiy partiya tuzmoqchi bo‘lsa, partiya nomi uning maqsadlari, qadriyatlari va xalq bilan bog‘lanish uslubini aks ettirishi kerak. Quyida ba’zi tavsiyalar:

1. “Adolat va Taraqqiyot Partiyasi”
Ma’no: Adolat va taraqqiyot asosiy demokratik tamoyillarni ifodalaydi. Bu nom tenglik va rivojlanish uchun kurashayotgan partiya sifatida ijobiy taassurot qoldiradi.

2. “Haqqoniyat Partiyasi”
Ma’no: Haqiqat va adolat uchun kurashni aks ettiradi. Kamolning ochiqlik va so‘z erkinligini targ‘ib qilayotgan faoliyati uchun mos.

3. “Erkin Vatan”
Ma’no: Erkinlik va mustaqillik uchun harakat qilayotgan siyosiy kuch g‘oyasini beradi. Erkinlik g‘oyasi demokratiya va inson huquqlari uchun muhim.

4. “Inson va Taraqqiyot”
Ma’no: Inson huquqlariga asoslangan taraqqiyotni targ‘ib qiluvchi zamonaviy partiya nomi.

5. “Yangi O‘zbekiston Harakati”
Ma’no: Yangi siyosiy davrga o‘tish va yangi, adolatli jamiyat barpo etishga ishora qiladi. Bu nom katta islohotlar tarafdori bo‘lgan partiya uchun mos.

6. “Umid Partiyasi”
Ma’no: Kelajak umidi va yaxshiroq hayot uchun harakat g‘oyasini ifodalaydi. Xalq orasida ijobiy va optimistik kayfiyat uyg‘otadi.

Xulosa

Nom tanlashda uning xalq orasida qanday yangrashini, esda qolish qulayligini va ijobiy ma’nolarni ifodalashini hisobga olish kerak. “Adolat” va “Erkinlik” kabi tushunchalar asosida tanlangan nomlar eng samarali bo‘lishi mumkin.

P.s: sun’iy intellektning tavsiyalariga sizning munosabatingiz qanday
?

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

19 Jan, 08:32


Qizig'i, hatto SI ham elitamizning g'irromligini, siyosiy raqobat qilolmasligini, muxolifatga yo'l bermay, siyosiy faollarni uydirma jinoyat ishlari bilan ayblab, qamashini bilarkan.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

19 Jan, 01:04


O’zbekistonda muxolif siyosiy partiya tuzish haqidagi savolimga CHatGPTning javobi. Ushbu javobga sizning fikringiz qanday?

ChatGPT:

Asliddin Kamolning O‘zbekistonda muxolif siyosiy partiya tuzish niyatini amalga oshirishi oson bo‘lmasligi aniq. Amaldagi siyosiy muhit va qonuniy to‘siqlar uning maqsadiga erishish yo‘lida katta qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin. Quyida uning imkoniyatlari va muammolariga oid tahlil keltirilgan.

1. Qonunchilikdagi imkoniyatlar

O‘zbekiston Konstitutsiyasida va siyosiy partiyalar haqidagi qonunda demokratik tamoyillar belgilangan. Har bir fuqaro siyosiy partiya tuzish va unga qo‘shilish huquqiga ega. Biroq, amaliyotda:
• Muxolif partiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qiyinlashgan;
• Talab qilingan 20 mingdan ortiq imzo yig‘ish jarayoni murakkab va ko‘pincha sun’iy to‘siqlar qo‘yiladi;
• Siyosiy faollar bosim va qatag‘onlarga duch kelishi mumkin.

2. Amaldagi siyosiy tizim va avtoritar elementlar

Hukumat demokratik tamoyillarni targ‘ib qilayotganini ta’kidlaganiga qaramay, real siyosiy raqobat cheklangan. Muxolifatdagi faollar, jumladan, yangi siyosiy partiyalarni tuzishga urinayotganlar:
• Rasmiy doiralar tomonidan to‘sib qo‘yiladi;
• Uydirma jinoyat ishlari bilan yuzlashishi yoki tazyiq ostida qolishi mumkin.

3. Kamolning imkoniyatlari

Kamol o‘zining ommaviy ko‘magi, xalq bilan ishlash strategiyasi va xalqaro hamjamiyat yordami orqali imkoniyatlarini kuchaytirishi mumkin:
Jamoatchilik qo‘llab-quvvatlovi: Internet va ijtimoiy tarmoqlar uning asosiy kuchi. U shu orqali keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlovchilar bazasini yaratishi mumkin.
Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik: Inson huquqlari va demokratik tamoyillarni targ‘ib qiluvchi xalqaro tashkilotlar yordamidan foydalanishi unga qo‘shimcha himoya beradi.
Yosh avlod bilan muloqot: Yoshlar o‘rtasida faoliyatini kengaytirib, kelajak siyosiy avlodni o‘z tarafdori qilishi mumkin.

Xulosa

Kamolning hozirgi siyosiy sharoitda partiya ochishi katta qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin, ammo bu butunlay imkonsiz emas. Agar u xalqni birlashtirib, demokratik islohotlarni talab qiluvchi harakatga rahbarlik qilsa, u nafaqat partiya tuzishda, balki mamlakatdagi siyosiy o‘zgarishlarga ham hissa qo‘shishi mumkin. Bu jarayon uzoq davom etishi mumkin, ammo qat’iyat va keng xalq qo‘llab-quvvatlovi bilan natijalarga erishish ehtimoli mavjud.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

18 Jan, 20:19


Manashu tush o’ngidan keldi. Dubaydan mani tutib ketmoqchi bo’lganlar maqsadlariga erisholmadilar. Ularning ko’pi hozirda qamalib ketdi, qolganlari ishdan urildi.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

17 Jan, 06:51


Ko’rmuridlarga jo’natib qo’yamiz

Juma muborak

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

16 Jan, 10:32


Musulmon davlatlari rahbarlarining ushbu sammiti yodingizdami? Isroil bularning harakatini bir chaqaga ham olmagan edi. Shuncha musulmon rahbarlari tugatolmagan urushni bitta Tramp tugatib qo'ydi. Bu degani mana shularning barini yig'sa ham birgina AQSHning prezidentiga teng kelolmaydi. Bundan quvonish emas, uyalish kerak. Va nega bu qadar zaifmiz degan savolga javob izlash kerak. Javobni oldingi postda aniq qilib yozdim.

Yo demokratiya, yo qoloqlik!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

16 Jan, 10:16


Mana nima uchun AQSHdagi prezidentlik saylovlarini butun dunyo kuzatadi. Chunki u yerdagi saylov natijalari butun dunyoga ta'sirini ko'rsatadi. Birgina Trampning hokimiyatga kelishi va uning xoxishi bilan ikki yillik daxshatli urush bir deganda tugadi. Bu urush nafaqat Falastin xalqiga qimmatga tushdi, balki butun musulmon dunyosiga oyna tutdi. Musulmonlarning naqadar ojiz ekanliklarini ko'rsatib berdi. Ta'n olishimiz kerak, bugungi musulmonlar bid'at va xurofotga to'lgan o'ta zaif, tarqoq va qo'rqoqdirlar. Bunday holga qanday keldik? Yagona sabab diktatura! Musulmonlar diktaturalardan voz kecholmayapti. Rivojlanishning eng to'g'ri yo'li demokratiya ekanini anglolmayapti. Anglaganlari ham, o'z manfaatlari ustunlik qilib, bunga yo'l berishmayapti. Demokratiyani ola-bo'ji qilib ko'rsatib, boshqalarni undan uzoq turishga chaqiryapti.
Tramp bitta so'z bilan tugamayotgan urushni tugatadigan qudratni qayerdan oldi? Demokratiyadan! Bundan keyin demokratik davlatlar ana shunday qudratli bo'ladilar. Diktaturalardan voz kecholmaydiganlar esa ojiz, tarqoq va qo'rqoq bo'lib, demokratlar tomonidan koptok qilinadilar. Bu oddiy haqiqatni anglash uchun o'nlab kitoblar o'qish shart emas. Qudratli bo'lishimiz uchun, chinakam demokratik davlat qurishimiz kerak. Yoki quramiz, yoki hozirgidek, yig'loqi bo'lib, boshqa musulmonlarni o'ldirishayotganlarida, yig'lab, siqtab, free fasaltine degan postlar qo'yishdan nariga o'tolmaydigan darajada zaif bo'lamiz. Tanlov o'zimizdan?!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

16 Jan, 00:07


https://m.youtube.com/watch?v=nsdjVDxY6_w&sfnsn=mo

Vatandosh dasturida muxolifat to'g'risida ajoyib suhbat bo'libdi. Shu suhbatni albatta ko'ringlar. Bugun 20:00 da kanalda, ushbu mavzuda chat tashkil qilamiz.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

15 Jan, 19:14


Pasportimizning naqadar boshog’riq ekanini shu kunlarda Abduqodir Husanov o’z tanasida his qilyapti

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

14 Jan, 13:47


Vatan bilan hukumat ayro tushunchalardir. Vatanga xizmat qilish bilan unga zarar berayotgan kimsalarga it bo'lish orasida farq katta.
Vatan bu hokimiyatni egallab olgan bir to'da muttahamlar emas. Vatan bu Karimov emas, Mirziyoyev emas, yoki Mirziyoyevning qizlariyu, kuyovlari emas.
Raxbarlar, amaldorlar, hukumatlar keladi-ketadi. Lekin vatan qoladi. Ammo, no'noq raxbarlar kelsa, vatan xalqparvar bo'lmagan kimsalar qo'lida qolsa, falokatga uchraydi. Noto'g'ri boshqaruv, bir to'da o'g'rilarga manfaat keltirgan paxta siyosati sabab, bir vaqtlar vatanimizning bir bo'lagi bo'lgan Orol dengizi bugun yo'q. Yo'qotishlarimiz juda katta. Mendan nega bunday ahvolga keldik deb so'rashsa, odamlar vatan bilan elitani farqlay olmay qolgani, hokimiyat tepasidagi shaxslarni vatan deb hisoblashi, boshqaruv vatan ravnaqi uchun ishlamayotgan bo'lsa ham, unga itdek xizmat qilishlarida deb javob beraman. Zero, vatan nimaligini anglagan kishi, uni har qanday xavfdan himoya qilish uchun jonini tikadi. Xox u xavf tashqarida bo'lsin, xox ichkarida, xox hukumat tepasida!
Agar, oramizda bugungi bayramni bayram deb hisoblaydiganlarchalik vatanparvarlar bo'lganida edi, bugun Orol bor bo'lardi. Bayramingiz bilan "vatanparvarlar".

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

08 Jan, 11:46


Odessada, Miraziz Ahmedovning sudi, prokuror kelmagani va ish hujjatlari yetarli bo'lmagani sababli 13.01.2025 sanasiga, soat 15:45 da bo'ladigan bo'ldi. Odessadagi yurtdoshlarimiz, imkoniyatlari bo'lsa, borib sudda ishtirok etsalar manfaatli bo'lardi.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

08 Jan, 10:56


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimga obuna bo'ling👇🏻

Tiktok
YouTube
telegram
Facebook
Instagram

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

07 Jan, 15:06


YouTubeda jonli yoyin boshlandi

https://www.youtube.com/live/pbB1nnRiGxk?si=IEHFGLIZfO_xJZ2-

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

07 Jan, 08:13


Begona qadriyatlar masalan, lgbtga qarshi bo'lgan kishilarni, qanday qilib unga moyil shaxslarga aylantirish texnologiyasi va bu borada yurtimizda boshlangan harakatlar haqida ham bugungi suhbatda batafsil to'xtalamiz.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

07 Jan, 07:42


Bugun, soat 20:00 da YouTube kanalimda jonli yoyin bo'ladi.
Mavzu: Ideologiya va buzg'unchi mafkuralarning jamiyatga singdirilish texnologiyalari.
Savollaringizni izohlarda qoldiring

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

07 Jan, 00:33


Bloger, Miraziz Ahmedovni, xibsda saqlash yoki ozodlikka chiqarish bo'yicha qayta apellyatsiya sudi Odessada, 8 yanvar 11:20 da bo'ladi. Ukrainadagi yurtdoshlarimiz imkoniyatlari bo'lsa, borib sudda ishtirok etsalar manfaatli bo'ladi. Agar qaror kuchda qolsa Miraziz Ahmedov uzoq muddatga xibsda qolib ketishiga to'g'ri keladi.
O'zbekiston tomoni, Miraziz Ahmedovga tegishli quyidagi maqolalarni asos qilib, diniy ekstrimizm va terrorizm bo'yicha ayblov e'lon qilgan:

1. Hukumat va ichki ishlar organlari tomonidan oddiy xalqqa zulm ko‘rsatilishi.
2. Qonunga xilov qiynoqlar.
3. Shikoyat qilgan jurnalist va bloggerlarni noxaq qamalishi.
4. Masjidlarga bolalarni kirgazmaslik.
5. Xukumatga prezident faqat qarindoshlarini jamlashi.
6. Avjiga chiqqan korrupsiya.
7. Putin diktaturasini O‘zbekistonda amaliyoti.
8. Tergovlardan o‘liklar chiqishi.

P.s: Yuqoridagi mavzularni qaybiri terrorizm? O'zbekistonda bunday muammolar mavjud emasmi? Tergovdan odamlarning o'ligi chiqayotganini bugun butun O'zbekiston biladi. Lekin bu haqida yozgani uchun kishi qanaqasiga terrorchi deb e'lon qilinishi mumkin?

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

06 Jan, 13:20


Jurnalist va blogerlar “metan gaz” voqeasi bilan tanilib sudlangan Gʻayrat Do‘stovga xalq tomonidan yig‘ilgan jami 101 mln 504 ming so’m pul mablag‘larini topshirishdi.

Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | Youtube

Asliddin Kamol 👑

06 Jan, 09:08


Assalomu alaykum vatandoshlar. Yangi tuziladigan partiya uchun qanday nom taklif qilasiz? Fikrlarizni izohlarda qoldiring. Eng ma'qul topilgan takliflar muhokamaga qo'yiladi.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

05 Jan, 22:16


Uch yil avval yozgan maqolam ekan. Bugungi kunda juda dolzarb bo'lgan maqola bu. Inqilob haqida qiziqqanlarga o'qib chiqishni tavsiya beraman.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

05 Jan, 13:59


G’ayrat Do’stovni buyurtma asosida, nohaq qamagan sudya, 2016 yilda bir begunohni, birorta dalil-isbotsiz 18 yilga qamab yuborgan ekan. U fuqaro keyinchalik yuqori instansiyalarga shikoyat kiritib, oqlanib chiqqan. Lekin aybsiz odamni 18 yilga qamagan sudya xonimga hech qanday chora ko’rilmagan. Xudo biladi 2016 yildan hozirgacha qancha begunohlarni nohaq qamagan ekan bu. Jamoatchilik bu sudyaning barcha ishlarini qayta ko’rib chiqishni va uning faoliyati o’rganilishini talab qilishi kerak. Bu ishni shunday qoldirib bo’lmaydi. Zero, jazosizlik keyingi jinoyatlarga eshik ochadi. Bir vaqtlar NKVD jallodlarini topshiriqlarini bajarib, Qodiriy, Cho’lponlarga hukm o’qigan xoin sudyalar jazolanmadi. Ularni harakatiga huquqiy baho berilmadi. Buyurtma bajargani uchun ularning martabasi oshdi. Buni ko’rgan hozirgi sudyalar ham ana o’shalarning izidan boryapti. O’tgan asrda bunday jinoyatlar xalqdan yashirilgan bo’lsada bugun yashirishning imkoni yo’q. Ijtimoiy tarmoqlar rivojlangan sharoitda jamoatchilikka “qahramonlarni” tanitish muammo emas. Faqat yurtdoshlarimiz bunday jinoyatlarga beparvo bo’lmasliklari, o’z manfaati uchun begunoh kishilarning umrini xazon qilishdan tap tortmaydiganlarga o’rnini ko’rsatib qo’yishi kerak! Beparvo bo’lmang! Buyurtmachi sudyani faoliyati qayta ko’rib chiqilishini talab qiling!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

05 Jan, 10:38


MXX chekisti, Taymuraz Alimov haqida Eltuz 2020 yilda batafsil maqola chiqargan. Maqolani o'qishni tavsiya beraman. Aynan shu chekist bugun O'zbekistondagi axborot maydonini nazorat qiladi. Ijtimoy tarmoqlardagi trollar armiyasi, quloq blogerlar, geymulla va boshqa saroymullalarning barchasi shu chekist boshqaradigan sxemaga ishlaydi.

Qiziq, Shavkat Mirziyoyev umurbod qamalishi kerak bo'lgan bu mxx jallodini qaysi sababga ko'ra ozodlikka chiqardi va yana qayta DXXning eng yuqori lavozimlaridan biriga tayinladi?

@AsliddinKamol
https://eltuz.com/lat/kundalik/214451/

Asliddin Kamol 👑

05 Jan, 07:00


Shahnoza Mirziyoyevaning yangi yil tabrigi qoldirilgan posti ostidagi izohlar. Bu izohlarni ular o'qisharmikin?

Gulnora o'g'ri edi, lekin uni hali amaldaligida odamlar o'g'riligini o'ziga aytolmagan. Karimov xalqni xor qildi, lekin tirikligida oddiy odamlar bu haqiqatni gapirolmadi. Ammo Mirziyoyevlar oilasi hali hokimiyatda bo'lsada, xalqimizning aksar qismi ularni hozirdan qarg'ayapti, ayblarini o'zlariga yozishgacha jur'at topishyapti.
Mirziyoyev, O'zbekiston xalqi yaxshi nom bilan eslamaydigan rahbar bo'lib yozilyapti tariximizga.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

04 Jan, 20:33


G'ayrat Do'stovni bolasini moddiy ta'minlamaganini aytib, femkalar va quloqlar rossa uvvos soldi. O'z bolasidan voz kechgan otadan yaxshilik chiqmaydi, bundaylarni jazolash kerak, vahokazolar deb toshbo'ron qilindi.

Suratdagi yigit Pyotr Karimov. O'zbekistonni 25 yil boshqargan Islom Karimovning birinchi xotini, Natalya Petrovna Kuch'madan tug'ilgan qonuniy o'g'li. Butun O'zbekistonni boyligi 25 yil oyoqlari ostida bo'lgan Karimov o'z o'g'lidan voz kechgan. Ota sifatida unga g'amxo'rlik qilmagan. Qiziq, G'ayrat Do'stovni qoralaganlar bu holatgayam munosabat bildira oladimi? O'z bolasidan voz kechgan nopok ota qanday qilib 25 yil o'zbek xalqiga otalik qildi?

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

04 Jan, 18:18


Do’stovni himoya qilib yozgan viloyatlardagi hamyurtlarimizni IIBga chaqirish boshlandi. Ayni paytda ko’plar ertaga suhbatga chaqirilyapti.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

04 Jan, 15:46


Kechagi sud jarayonini kuzatishga birorta davlat va xususiy kanallardan jurnalist kelmagan. Chunki, landovurlar, kim borsa keyin yaxshilik kutmasligini aytib ularga oldindan ogohlantirish bergan.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

04 Jan, 13:00


Aytishlaricha mani kecha qo’lga olishgan ekan. Buni o’zim bugun bildim 😅

Sizlarga aytsam landovurlarning bugungi kunda eng katta orzusi shu. Ammo bu orzu ularga armon bo’lib ketadi. Bugungi kunda dxxda hamma to’nkalar ishlayapti deb adashmaganman. Hatto shu montajniyam eplab o’xshata olishmagan. Shu axlat montajni tarqatgan kanallarga esa pul to’lab ham berishibdi. Shu pulni o’zimga berganlaringda sal ishonarliroq qilib o’zim rasmga tushib berardim 😅

Mani sahifalarimda siz qudratli deb o’ylagan landovurlarning aslida chichqoq va xezalaklarga to’la tashkilot ekanini nafaqat o’qiysiz, balki ularni trol akauntlari orqali qilayotgan ishlarini ko’rib jonli guvohi bo’lasiz. Yoyinlarga porno videolar qo’shishlar, guruhga pastkash va sharafsizliklar qilishlar, a’zolarning shaxsiylariga bir xil shablon gaplarni qo’rqitish maqsadida yuborishlar, bularning hammasi ularning aslida zaif va notovon ekanliklarini ko’rsatadi. Zero, qudratli bo’lishganida bunday mayda va pastkash ishlar bilan shug’ullanishmasdi!

Bir haqiqatni unutmang! Qo’rqoq o’zbek xalqi emas, o’zbek xalqini qo’rquvda ushlab turgan o’risdan tarqagan mana bu qulvachchalar aslida qo’rqoq! Kuchimizni his qilsak, birlashsak, bu mutahhamlarni bir deganda ag’darib tashlay olamiz! Faqat qo’rqmang! Birlashing! Qo’rqish navbati itlarniki!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

04 Jan, 11:08


G'ayrat Do'stovga yig'ilgan ehson pullarini sanaydiganlar ko'payib ketibdi. Qaniydi shular, byudjet pullari bilan ham shunday qiziqsalar edi. Oltinlarni, gazni pullari qayerga ketayotgani hozirgidek kovlashtirishsa. O'zi qilmagan ehsonni olishib-tirishib hisoblayapti, lekin o'ziniki bo'lgan byudjet pullari bilan ishlari yo'q.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

04 Jan, 09:06


Do'stlar haqida ko'pincha yomon gaplar eshitamiz. Xiyonat qilgan, sotgan, og'ir kunida turib berolmagan, vahokazo gaplar eshitsam ensam qotadi. Bolaligimdan hozirgacha bo'lgan hayotimni eslasam bitta ham nomard, pastkash do'stim bo'lmagan. Hech qachon do'stlarimdan yomonlik ko'rmaganman. Kimdir do'stlar og'ir kuningda tashlab ketadi desa, shu so'zlarni miyam qabul qilolmaydi. Chunki hayotimda ko'p og'ir kunlarim bo'ldi, biroq, o'zim do'st hisoblaganlarim, o'zim ishonganlarim har doim yonimda turib bera olishgan. Qiyin paytlarimdayam imkoniyatlari yetganicha qo'llashgan.

Facebookda ham ko'pchilik bilan osh-qattiq bo'lmayman. Do'stlikka qabul qilishda avval sinchiklab o'rganib, ma'qul topsam keyin qo'shaman. G'ayrat Do'stov voqeasidan keyin facebookda ko'plarning asl basharalari ochildi. Ko'plab faollar, dxxga ishlagan, quloqlarni bilmay do'stlikda saqlab yurganlarini, Do'stov ishida ularni haqiqiy yuzini ko'rishgani haqida yozishyapti. Lekin menda yana teskarisi, Facebookdagi do'stlarim orasidan ham bitta ham G'ayrat Do'stovni qoralagan chiqmadi. Hamma uni qo'llab-quvvatladi. Qoralaganlarni esa hech biri do'stlarim safida yo'q edi.

Bularni nega yozyapman. Hozir o'ylab qoldim, balki muammo do'stlarda emas, do'st tanlashni bilmaydigan o'zimizdadir? Yoki man anglamaydigan yana bir nimalar bormikan?

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

04 Jan, 08:07


Kecha Do’stov sudda hushini yo’qotganidan keyin ko’plab kanallar deyarli bir vaqtda bir xil post chiqarishibdi. Diqqat qilsangiz barchalari postni “ichkarida qiynoq bo’lmagan” so’zlari bilan boshlashibdi. Bu tasodifmi? Qiynoq bo’lmaganini ular qayerdan bilishdi ekan?

Kim 👂🏻, qaysi kanal kimga ishlashini bilish uchun albatta dxxda ishlagan bo’lish kerak emas. Ozgina farosat va aql bo’lsa bularni osongina ajratib olish mumkin.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

03 Jan, 20:38


Va'daga ko'ra, DXXning ijtimoy tarmoqlarni nazorat qilishga mas'ul bo'lgan eng yuqori uch amaldorini jamoatchilikka ochiqlayman. Aynan shu gazandalar, trollar armiyasi, quloqlar, jurnalist va blogerlarni nazorat qiladi. Ijtimoy tarmoqlarda xaqlni manipulyatsiya qilish, o'zlarining g'arazli maqsadlarida dxx xodimlari, talabalar, davlat tashkilotlari ishchilari, yoshlar tashkilotlarida trollar armiyasini tashkil qilishgan. Siyosiy mahbuslar Abduqodir Mo'minov, Olimjon Haydarov va boshqalarga qarshi sxemaning eng tepasida shular turgan. Allamjonovga suiqasddan so'ng, o'zlarining jinoyatlarini yashirish va jamoatchilikni zo'r berib aldashga uringanlar ham shularning sxemasi a'zolari. Bu uyushgan jinoiy to'da barcha davlat amaldorlari, vazirlar, hokimlar va boshqa yuqori amaldorlar atrofiga o'z quloqlarini kiritishgan va ular orqali amaldorlarga qarshi kompromatlar yig'ish va ba'zilarini shantaj qilish bilan shug'ullanib kelishadi. Bu vazifani asosan amaldorlarga biriktirilgan matbuot kotiblari amalga oshiradi. G'ayrat Do'stov ishi ham bugungi darajaga yetishida bularning hissasi katta. Xullas, axborot maydonini o'z ta'sir doiralarida ushlash, ommani boshqarish, shantaj va turli pastkash ishlarning tashkilotchilari quyidagilar:

1. Taymuraz Alimov DXX generali!

Bu odamni Andijonliklar yaxshi taniydi. Karimov davrida O'zbekiston qamoqxonalarining kuratori bo'lgan Alimov, 2018 yilda Shuhrat G'ulomlar ishi doirasida, JKning 97 moddasi (qasddan odam o'ldirish), 301 (mansab vakolatini suiste'mol qilish), 230 (aybsiz odamni javobgarlikka tortish) bilan qamoqqa olingan. Ya'ni u SNBda ishlagan vaqtlari mahbuslarni qamoqxonalarda qiynash, o'ldirishda ayblangan. Bu haqida ozodlik radiosida batafsil o'qishingiz mumkin. O'ta jiddiy ayblovlarda ayblangan Taymuraz Alimovning ishi o'sha paytdagi sobiq bosh prokuror Otabek Murodov nazoratida bo'lgan. Ammo 2019 yilda Otabek Murodov qamalgach, Alimov noma'lum sababga ko'ra chiqarib yuboriladi va yana DXX tizimida faoliyatini davom ettiradi. Karimov davrida SNBning jallodlaridan ko'rilgan va qamoqxonalardagi muxolif siyosatchilarning ko'plarini qiynab o'ldirilishida ishtirok etganligi aytiladigan Taymuraz Alimov hozirda DXX raisining o'rinbosarlaridan biri. U mamlakatdagi axborot maydoni, ijtimoy tarmoqlar va OAVlarni nazorat qiladi. Tizimga bo'ysinmagan har qanday shaxslarni obro'sizlantirish, ruxan, ma'nan va jismonan yo'q qilish armiyasini boshqaradi. Ya'ni Ozodlik radiosi chiqargan "sxema" unga tegishli.

2. Ravshan Abdullaxanov Narimanovich, dxx polkovnigi, 2019 yilda, prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan birinchi darajali shon-sharaf ordeni bilan taqdirlangan. Taymuraz Alimovdan keyingi ikkinchi shaxs.

3. Begzod Isajonov, dxx polkovnigi. Konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish bosh boshqarmasi boshlig'i. Guruhdagi uchinchi asosiy figura.

P.s: bugunga shuni xazm qilib turinglar, jaxlimni chiqarsalaring, kayfiyatimga qarab yana ma'lumot chiqarishim mumkin😎

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

03 Jan, 20:01


Live stream finished (3 hours)

Asliddin Kamol 👑

03 Jan, 16:15


Live stream started

Asliddin Kamol 👑

03 Jan, 16:14


Live stream started

Asliddin Kamol 👑

03 Jan, 15:26


Inobat Mirziyoyevaning kuyovi shu kishi

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

03 Jan, 15:15


Appelyatsiya sudi tugadi!
G'ayrat Do'stov ozod qilindi!

Nihoyat Do'stov ishi xalqning g'alabasi, itlarning mag'lubiyati bilan tugadi!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

03 Jan, 15:00


Hurmatli qadrdonlarim. Do'stov sudi hali tugamabdi. Sudga borganlar chatni ular chiqmaguncha boshlamaslikni, 20:00 da boshlasak ishtirok etolmaslikni so'rab biroz kechroqqa surishimizni iltimos qilishyapti. Bugun erta tongdan sudga borgan va kunni o'sha yerda o'tkazgan do'stlarimizning hurmati uchun chatni 21:00 ga qoldiramiz. Agar ungacha sud tugasa 21:00 da chat boshlanadi

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

03 Jan, 15:00


Live stream scheduled for

Asliddin Kamol 👑

03 Jan, 14:51


La'nat senga Durdonaxon. Ichgan qasamingga, xalqingga tupurib, zulm mashinasiga xizmat qilganing, zolimlarga sharoit yaratib berganing uchun. Bir inson bir haftada shu qadar o'zgarishi mumkinmi? Sen buni nima qilishlarini yaxshi bilarding. Bundan oldin ham bunaqa jinoyatlarga sherik bo'lib yurgansan. Shu yo'l orqali tepadagilarga yoqish, amal pillapoyalaridan yuqoriga ko'tarilishni maqsad qilgansan. Shu mazlumlarga qarshi zulmga sherik bo'lib bola boqyapsan. Yangi yilda sen uyingda to'kin dasturxon ustida oilang bilan huzur qilayotgan bir paytingda, sen qamatgan bu insonni podvalda qiynashayotgan bo'lishgan. Sening bolalaring xursandchilikdan kulayotgan paytda, bu odam kaltaklardan dod deyayotgan edi!
Alloh mana shu mazlumlarni haqini farzandlaringdan qaytarsin. Bu ishda bosh bo'lgan barchaga Alloh kifoya qilsin. Xalqimiz senlarni endi hech qachon unutmaydi. Bugun akalaring seni xizmatlaring uchun taqdirlashar. Lekin bu zulm diktaturasi qulagan kun xalq sendan birinchi bo'lib hisob so'rashini yodingda tut! Qiyomatda, seni sudingda mana shu mazlumlar hali guvohlik beradi!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

03 Jan, 13:02


#Mirziyoyevistefo

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

03 Jan, 12:53


Atigi ma’muriy ish bilan ayblanib 15 sutkaga kirgan odamni ahvoli? Bizga shunday hukumat kerakmi? Shumi Mirziyoyevni adolati? Bitta haqiqatni gapirganga shuncha qilgan pastkashlar xalqni kelajagini o’ylarmidi?

Yo’qolsin komunistik tizim! Yo’qolsin Putinni malaylari! Yo’qolsin xalq dushmanlari!

Mirziyoyev eplolmading! Hamma joyni tiqadigan joyingga tiqding! Boshingga Asadni kuni tushmasidan o’zing ket endi! Biz sani bunaqa iflos tizim yaratishing uchun vakolat bermaganmiz! Mirziyoyev iste’fo! Hamma Mirziyoyevni Iste’fosini talab qilishi kerak! Mirziyoyev prezidentlikka loyiq emas!

Odolatingga sky man san vadavozni!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

03 Jan, 12:25


Sudda G’ayrat Do’stovni mazzasi qochib, hushidan ketdi. Shu sabab sud qoldirildi. Uning sog’lig’i joyida emas. Advokatlar uni tibbiy ekspertizadan o’tkazishni talab qilishlari kerak!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

03 Jan, 12:17


G’ayrat Do’stov advokatlarning talabi bilan sud binosiga olib kelindi. Bir haftada soqollari oqarib, 60 ga kirgan cholga o’xshab qolibdi.

Sudga, inson huquqlari tashkilotidan Abdurahmon Tashanov va jurnalist Ilyos Safarov, Anora Sodiqova boshqa xalqimiz tanigan jurnalist, blogerlar kiritilmagan. Do’stovning ortida esa umuman begona, jamoatchilikka notanish bo’lgan kishilar sud zalini to’ldirib o’tirganini ko’rish mumkin.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

03 Jan, 11:26


Menimcha metanda qolib ketishgan

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

03 Jan, 11:15


Sud binosi atrofida negadir DXXning shallaqi xotinlar armiyasi ko'rinmayapti. Qiziq, obonchilar qayerda?

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

27 Dec, 17:21


#Rasmiy

Bundan keyingi faoliyatimni to’liq siyosiy harakatga aylantiraman. Blogerlik yoki jurnalistlikdan endi hech qanday najot yo’q. Muammolarning yechimi faqatgina o’zimizdagi qo’rquvni yengib, bir maqsad atrofida birlashishdir. Maqsadimiz faqat bizga tegishli bo’lgan hokimiyat uchun kurashish bo’ladi. Eski va yangi konstitutsiyalarda ham bizning siyosiy partiyalar tuzishga haqli ekanimiz kafolatlangan. Konstitutsiyaviy huquqlarimizdan foydalanishimizga faqatgina bu xalqning dushmanlari qarshi bo’lishi mumkin. Xalqqa do’st bo’lgan, vatan ravnaqini istagan kishilar yangi siyosiy partiyalar chiqishidan qo’rqmaydilar. Diktator Mirziyoyevni konstitutsiyaga ko’ra sog’lom raqobat qilishiga qo’yib beradilar. Ishonch bilan aytaman agar biz bu ishni uddalasak va kelgusi saylovlarda o’z nomzodimizni ilgari sursak, qonuniy, erkin va sog’lom saylovlarda bemalol Mirziyoyevni yenga olamiz. Xalqimiz Mirziyoyevni quruq va’dalariga ortiq ishonmaydi va uni kelgusida yana prezident bo’lishini istamaydi. Shu vaqtgacha hech bir muammoni o’nglolmagan bundan keyin ham nimanidir qoyillatishiga bugun sog’lom tafakkurli kishilar ishonmaydilar. Mamlakatlarni tizim hokimiyatga keltirgan diktatorlar emas, xalq ichidan chiqqan tavakkalchi kishilar rivojlantira oladilar. Shunday ekan, mamlakat taraqqiyoti, millat va vatan ravnaqini istagan har kim bizning safimizga qo’shilishini so’rayman. Qo’rquvni yengish va haqimizni olish uchun kurashning ayni vaqti hozir! Qamoqda qolayotgan siyosiy mahbuslar va kelajak avlodlar uchun bugun siyosiy maydonda birlashishga, qarashlarimiz turlicha bo’lsada bir-birimizni qo’llashga majburmiz!

Ertaga, O’zbekiston vaqti bilan 21:00 da YouTube kanalimda ilk chiqishimni qilaman. Kanal linkini pastda qoldiraman:
https://youtube.com/@asliddinkamol?si=nPdJ_9GBHP2W_QpS

Telegramdagi guruhimizga esa ushbu havola orqali qo’shilishingiz mumkin:

https://t.me/birlashamiz_tu

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

27 Dec, 14:02


O'zbekistonni o'zi kalmar o'yiniku. Orqangga metan bog'lab qo'yishgan, istalgan paytda portlab ketishi mumkin. Uyingni ostonasigacha gaz zapravkalar noqonuniy qurilgan. Yaqinda Farg'onada ko'rding nima bo'lishi mumkinligini. Yo'llardan o'tishku o'zi ajal bilan o'ynashishdek gap, istalgan paytda moshinani tagida qolib ketishing mumkin. Istagan paytda melisaxonaga suhbatga kirib u yerdan o'liging chiqishi mumkin. Kechqurun uxlaganingda gaz ketib is gazidan zaharlanib, ertalab uyg'onmasliging ham hech gap emas. Xullas, Yangi O'zbekistonda yashagandan, Kalmar o'yinida ishtirok etgan xavfsizroq, sizga aytsam.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

27 Dec, 13:39


Susanbilda bugungi juma ma'ruzasida masjidlarga borganlar juda qattiq tekshirilgan. Namozxonlarning cho'ntaklarigacha kovlangan. DXX, IIB, Milliy gvardiya xodimlari masjidlarni qurshab olishgan. Juma ma'ruzasida imom asosan shukur va sabrdan va'z o'qigan. Muxtaram prezidentiga hamdlar aytgan. U kishining naqadar buyukliklari, xalqparvarliklari haqida qayta-qayta og'zidan bol tomib vaysagan. Nega bu buyuk hukmdor har saylovda qo'g'irchoqlar bilan olishishi, sog'lom raqobatchilardan qochishi, qizlari va kuyovlari hadlaridan oshib ketishgani, butun tizimni korrupsiya va nepotizmga botirgani, mamlakatni iqtisodiy tang ahvolga keltirib, xalqning turmush tarzini og'irlashtirgani haqida churq etmagan. Sovuqmi o'zimizning sovuq degan saroymulla gaz ham o'zimizning gazku, qani bizning gaz deb savol berolmagan. Namozxonlarning aytishicha, masjidga kelganlar imomning gapiga parvo ham qilishmagan. Hamma o'zaro suhbatlashib o'tirgan.

Man, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Iordaniya qirolligidagi masjidlarda juma namozlarida ishtirok etganman. Hech qayerda masjid atrofini melisa va quloqlar o'rab olganini sezmadim. Hech bir masjidda kamera o'rnatilganini ko'rmadim. Juma ma'ruzasi ularda juda qisqa bo'lardi. Imom Qur'oni Karimdan oyatlarni o'qib, ularni sharxlab berardi va Payg'ambarimiz Muhammad S.A.V.dan boshlab, o'tgan musulmonlarning haqlariga qisqa duo qilib namozni boshlardi.
Masjid ichida kamera, tashqarisida melisa va imomning prezidentni madh etib vaysashini faqat Rossiya va Susanbilning masjidlarida ko'rganman.

Yevropa va AQSHdagi hamyurtlarimiz bo'lsa fikrlarini bildirsinlar? U yerdagi masjidlar ham melisalar bilan o'ralganmi? Juma namoziga kelgan musulmonlarning cho'ntaklarini kovlashadimi? Imomlar Muxtaram Tramp hazratlarining naqadar buyukliklari haqida og'zidan bol tomib maqtaydimi?

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

27 Dec, 09:28


Ateist bolsheviklar qurgan rejim mana 100 yildirki davom etib kelyapti. Garchi 1991 yilda, ilojsizlikdan qog'ozda mustaqil bo'lgan bo'lsakda, amalda eski tizim saqlanib qoldi. KGBning nomi MXXga o'zgardi. Mustaqilligimizga tish tirnog'i bilan qarshi bo'lgan sobiq, "sodoqatli" kommunistlar bir dumalab, mustaqillik asoschilariga aylanib olishdi. Mana 33 yildirki bu tizim o'zgarmadi. Ilgari o'rislar xalqimizga zulm qilib kelgan bo'lsa endi bu ishni ular tarbiyalagan elita davom ettirmoqda. Ba'zilar bunisi ham ketib, yangisi kelsa keyin yaxshi balki yaxshi bo'lar deb umid qilyaptilar. Yo'q! Hech qachon bunday bo'lmaydi! Bolsheviklar qurgan bu tizim to'liq buzib tashlanmaguncha va xalq o'z haqini talab qilmaguncha hech qanday o'zgarish bo'lmaydi. Tizim yana unga xizmat qiladigan bittasini davlat tepasiga olib keladi!

Xorijda yurgan bir muxolif sifatida aytishim mumkinki, o'zimizdan boshqa najot yo'q bizga! Bugun biz, o'zimiz, birlashib bu "sodoqatli" muttahamlarni hokimiyatdan chetlatmasak, o'zimiz hokimiyat uchun kurashmasak, hech qachon, hech kim bizga vaziyatimizni yaxshilab bermaydi. Shunday ekan, barcha uyg'oq kishilar, adolatsizliklarga qarshi bo'lganlar, mamlakatimiz taraqqiyotini istaganlar bu yo'lda tuziladigan siyosiy partiya atrofida birlashishlari va siyosiy maydonga kirishlari shart! Bundan boshqa yechim yo'q!

Barcha harakatlarimiz O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi va qonunlariga chuqur hurmatda amalga oshiriladi!

Ushbu maqsadda dastlab yopib guruhda ko'plab maslakdoshlarimizni jamladik. Endilikda, ko'pchilikning haqli takliflariga ko'ra, birlashamiz ochiq guruhini tashkil qildik. Guruhga, jamiyat hayotiga befarq bo'lmagan, kalamushlarga qarshi birlashib, birgalikda bir jamoa bo'lib harakat qilishni istagan barcha uyg'oq kishilar qo'shilishlari, yaqinlarini taklif qilishlari mumkin.

Eslatma! Kalamushlar va ularga xizmat qiluvchi ko'ppaklarning g'ayriqonuniy harakatlariga uchramay desangiz guruhga shaxsi noma'lum bo'lgan maxfiy sahifangizdan kiring va shaxsingizni sir tuting!

Unutmang! Haq olinur, berilmas!

https://t.me/birlashamiz_tu

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

27 Dec, 07:17


Dunyoda yana birinchimiz. Muxtaram yurtboshimizga raxmat😎

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

27 Dec, 01:16


«Allohning huzurida eng yomon jonzot aqlini ishlatmaydigan karu soqovlardir»

«Anfol» surasi, 22 oyat

Juma Muborak 🕋

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

25 Dec, 16:10


Egiladi, bukiladi, to'nqayadi lekin sinmaydi 😎

@Asliddinkamol

Asliddin Kamol 👑

25 Dec, 11:13


Sizga "Qish sonatasi" seriali orqali tanish bo'lgan Janubiy Koreya.

J.Koreya yer osti boyliklariga ega emas. U o'zi iste'mol qiladigan gazni ham, elektrni ham chetdan sotib oladi. Eng qiziq jihati J.Koreya quruqlikda bittagina mamlakat bilan chegaradosh. Bu ham bo'lsa Shimoliy Koreya. Bu muammo sababidan, chetdan keladigan import mahsulotlarini quruqlik orqali olib kelish imkoni yo'q. Shuning uchun J.Koreyaliklar o'zlari iste'mol qiladigan gaz va elektr energiyasini dengiz orqali, kemalarda olib kelishadi. Bu noqulaylik ularga gaz va elektr importi xarajatlarini bir necha barobar qimmatga tushiradi. Shunday bo'lsada, Janubiy Koreyada hech qachon chiroq o'chmaydi. Gaz tugamaydi. Odamlar benzin yoki metanda navbatlarda turmaydi. Gazimiz muzlab qolibdi, profilaktika ketyapti, odamlar ko'p chiroq yoqyapti deydigan noshudlar ham yo'q. Sovuqmi, bu o'zimizni sovuq deydigan axmoqlar ham yo'q. Eplolmadimi, xalqi ko'chaga chiqib amaldorlarini ketiga tepib, lavozimidan quvadi. Hatto prezidentlarini ham bu Ollohning soyasi ekan deb avaylab o'tirishmaydi. Janubiy Koreyaliklar o'zga davlatlarga mardikorlik uchun bormaydilar.

J.Koreyaning hozirgi prezidenti Susanbillik hamkasblaridan motivatsiya olibmi, yaqinda ozgina diktatura o'rnataman degan edi, xalqi ko'chaga chiqib, enasinikiga tiqib qo'ydi. Bechora endi vaqtincha lavozimidan chetlatilib, xotini bilan birga tergovga qatnab yuribdi.

Xulosa shuki, xalqlarning farovon yashashlari uchun tabiiy boyliklar muhim emas. Muhimi ularning siyosiy uyg'oqliklari va prezidentdan tortib, barcha amaldorlarini tergab tura olishlarida!

Haq sug'urib olinur, berilmas!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

25 Dec, 07:37


D@lb@yoblar desa xafa bo'lishadi. Lekin dunyoning hech qayerida odamlar sovuqda benzinga navbatda turmaydi. Haqini talab qilolmagan avom mana shunday xorlikka mahkum.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

24 Dec, 13:04


Ikki yil avval shunaqa degan ekan

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

24 Dec, 11:42


Kirakash bo'lsa ham, bu odamni fikrlashi, dunyoqarashi, senatda o'tirganlar, hukumat tepasidagilardan ancha saviyali ekan. Amaldorlar ikkita gapni to'g'ri gapirolmay makkilayotgan yangi O'zbekistonda, kirakashni ulardan aniq va tiniq gapirishi odamni o'ylantiradi.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

24 Dec, 10:48


Yigitni IIBga olib ketishibdi. Yangi oyoq kiyim sovg'a qilishmoqchidir degan yaxshi gumonda bo'lamiz.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

23 Dec, 15:56


Tezkor 😁

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

23 Dec, 14:17


Odamlar metan zapravkada emas, hokimiyatni oldida turganda edi benzinam kelardi, svetam, gazam kelardi. Muammo shundaki odamlar qayerda turishni bilmaydilar keyin ana shunday javrab yuradilar. Afsuski bitta-bitta chiqib odamlar o’zlarini qurbon qilishadi. Bu yigit yaqinda kimnidiir ishonchiga kirib uni pulini shilgan g’irt tovlamachi, firibgar bo’lib chiqsa hech ajablanmayman.

Olg’a landovurlar! Sizlar uchun o’ta xavfli retsidivist topildi.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

22 Dec, 09:18


Svet yo'q, gaz yo'q, odamlar sovuqda metanda navbatlarda sarson. Bularni esa qilib yurgan ishlarini?! Shu jinnilar bilan rivojlanib bo'larkanmi? Dunyo zamonaviy ilm-fanda inqilob qilayotgan bir paytda bularni saviyasi axlat titishdan nariga o'tolmayapti. Mirziyoyev, sodoqatlilarni yig'aman deb, hamma dorni tagidan qochganlarni yig'ib, barcha tizimni inqirozga uchratdi.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

21 Dec, 15:09


Bugun Germaniyadagi qotillikda ikki kishi o’ldi, Shavkat Mirziyoyev vafot etganlarning oila a’zolariga ta’ziya bildirdi.

P.s: Kimdir Mirziyoyevga Farg’onadayam 20 dan ortiq ODAM o’lganini aytsin.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

21 Dec, 13:59


Sionistlar G‘azoda o‘ldirayotgan odamlarning 70 foizi ayollar va bolalar. Ayollar va bolalar o‘lsin, G‘azo naslsiz, kelajaksiz qolsin, deb harakat qilyapti...

Bizdachi?

Erkaklar ko‘chada tirikchilik g‘amida yuribdi. Soatlab "zapravka"da navbatda turibdi. Ularning ayoli va bolalarini TV zaharlayapti. "Kuyov qaynona bilan yotdi", "Qaynota kelinni zo‘rladi" kabi seriallar bilan.

Yuqoridagi holatlar o‘rtasida ikki farq bor. Birinchi farq, sionistlar g‘azoliklarni jismonan yo‘q qilyapti. Bizni TVlar esa ruhan va ma'nan o‘ldiryapti.

Ikkinchi farq, sionistlar qurollarga o‘zini pulini ishlatyapti. Qatliom qilinayotgan g‘azoliklar pulini emas. Bizni TVlar esa xalqimiz, ya'ni sizning pulingizga oilangiz, qo‘shningiz, yaqiningizni "o‘ldiryapti". Soliqlar, jarimalar va bojlar orqali yig‘ilgan puldan.

@sanjar_xoja

Asliddin Kamol 👑

20 Dec, 11:34


Yangisi!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

20 Dec, 08:16


Pskentda kelin-kuyov, Asakada er-xotin, Qarshida ota uch farzandi bilan, Farg'onada 20 dan ortiq odam qish kelishi bilan gaz sababli vafot etdi. Bu hali bilganlarimiz, jamoatchilikdan yashirilayotganlari exeeee qancha. Har yili qish kirishi bilan gazdan zaharlanib o'ylayotganlar haqida xabarlar chiqishi odatga aylanib qoldi. Dunyoning hech qayerida odamlar qishda gazdan zaharlanib o'ylayotgani yo'q. Bu muammo faqat "Inson qadri ulug'" bo'lgan O'zbekistonda. Lekin shu vaqtgacha prezident ham, boshqa amaldorlar ham bu sharmandali muammoga e'tibor qaratgani yo'q. Farg'onada qancha odam o'ldi, kasalxonalar kuyganlar bilan to'lib ketdi, biroq birortasi xalqqa hamdardlik bildirmadi. Davlat rahbari har kuni o'z xalqi gazdan zaharlanib o'ylayotgan bir paytda boshqalarga taziya bildirib yurishini esa hazm qilib bo'lmaydi. Shu holatlar normal jamiyatlarda, rivojlangan mamlakatlarda bo'lganida prezidentini bosh vaziriyu, boshqa kalamushlariga qo'shib, ketiga tepib hokimiyatdan quvishardi.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

20 Dec, 07:27


Kulmanglar, siyosatni qayerdanam tushunardizlar, buni diplomatiya deyishadi 😎

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

08 Dec, 18:50


Birinchi javobga nakrutka boshlandi😁

Nega bular oddiy so'rovnomadan ham bunchalik qo'rqishadi?

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

08 Dec, 18:39


"Biz g'olib tomondamiz" - degan javob nega yo'q deb e'tiroz bildirishyapti. Darhaqiqat, oramizda bu toifa kishilar ko'pligini inobatga olmabman😁

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

08 Dec, 18:20


Menimcha ushbu savolning javobi hozir hammaga qiziq. Ayniqsa DXXdagi qadrdonlarimiz va hukumat tepasidagilarga ham qiziq. Xalqning fikrini tahlil qilishda ular uchun foydali bo'ladi degan umiddaman. Balki, tegishli xulosa chiqarib, yo'l qo'yayotgan xatolarini tuzatishlariga turtki bo'lar. Nima bo'lsa ham so'rovnoma faqat yaxshi niyatda qo'yildi.

P.s: ko'proq odam ishtirok etishi uchun do'stlarizga ham ulashing!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

08 Dec, 14:32


Mirziyoyev siyosatini shu kartinaga o'xshatdim. Mirziyoyevning butun islohotlari mana shu issiqlik energiyasiga o'xshab yon-atrofni zaharladi. Ekologiya, ta'lim, tibbiyot, iqtisodiyotdan boshlab, barcha sohalar enasinikiga kirib ketdi. Dunyo boshqaruvi o'zgarib, tashqi kuchlar kuchayib borayotgan bir paytda biz orqaga qarab, shiddat bilan dumalab ketyapmiz.

@AsliddinKamol.

Asliddin Kamol 👑

08 Dec, 10:05


Yaqindagina bo'lib o'tgan prezidentlik saylovida Bashar Asad 95% ovoz yig'ib, prezidentlikka qayta saylangan edi. Bugun esa Suriya xalqi Asad rejimi qulaganini katta xursandchilik bilan nishonlayapti. Damashqliklar, muxolifat qo'shinlarini tantanalar bilan kutib olishyapti. Suriya bosh vaziri, diktator Asad rejimi tugaganini e'lon qildi. Hatto davlat telekanallarida ham Asad rejimini qoralab, " u zamonlarni qora tushga o'xshatuvchilar", "ezilganlar" gapira boshlashdi.

Har qanday kuchli ko'ringan diktatura kun kelib mana shunday tez va juda oson qulaydi. Chunki diktaturalar tashqaridan qudratli ko'ringani bilan ichkaridan yemirilib bo'lgan bo'ladi. Bizni diktator ham hamkasblarining qismatidan xulosa qilsalar yomon bo'lmasdi! Zero, vaqti-soati kelganida 90% lik soxta ovozlar ham yordam berolmasligini ko'rdilar, menimcha!

P.s: Suriyada hokimiyatga kelgan kuchlar orasida besh mingga yaqin bizni qora ko'zlar borligi aytiladi. Ular orasida DXX terroristlar ro'yxatiga qo'shib, qidiruvga berganlar ham bor. Meni o'ylantirayotgani, landovurlar endi ularni nechi kunda, balki nechi soatda terroristlar ro'yxatidan chiqarar ekan?😅

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

08 Dec, 08:34


Susanbilning, bir guruh kalamushlardan boshqa hech kimga manfaat keltirmaydigan konstitutsiyasi haqidagi fikrlarimni avvalgi yillarda yozganman. Yana qayta nimadir yozishga ochig'i erindim. Bu borada fikrlarim kimgadir qiziq bo'lsa, oldingi yillardagi fikrlarimni o'qishlariz mumkin. Qidiruvga "konstitutsiya" yozib ham boshqa fikrlarimni topishingiz mumkin. Xalq uchun xizmat qilmagan qonunning hojatxona qog'ozichalik qiymati yo'q, men uchun.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

07 Dec, 16:01


Maktabda konstitutsiyamiz necha bob, necha bo’lim va necha moddadan iboratligini o’rgatishardi. Lekin uni amaldorlar tomonidan necha marta zo’rlanganini aytishmagan ekan.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

07 Dec, 11:18


Sog'lom raqobatdan qochadigan va o'zining barcha saylovlarida o'ziga xizmat qiluvchi qo'g'irchoq nomzodlar bilan kurashib, o'zini-o'zi prezident etib saylagan diktator Mirziyoyev hukmronlik davrida, xalq orasidan rasmiy muxolif partiya ochishga uringan faollarning ko'plari bugungi kunda, soxta ayblovlar bilan qamoqqa tashlang yoki jarimaga solinib ovozlari o'chirilgan. Bugun shulardan bilganlarimning ism shariflarini e'lon qilaman:

1. Vazira Egamberdiyeva 75 yosh
2. Guli Mirzayeva
3. Shahzod Allaqulov
4. Bibisora Hudoybergenova
5. Lobar Karimova
6. Sunnatilla Mo'minov
7. Muhtor Ubaydullayev
8. Rustam Fayzullayev
9. Ulug'bek Rustamov
10. Muzaffar Hamidov
11. Ozodbek Qurbonov
12. Mirzohid Xasanov
13. Abdurahmon Ikromov
14. Abrorjon Otajonov
15. Abdurasul Abdurahmonov
16. Shuhrat Hajayev
17. Mirodil Obidiy
18. Holid Qodir
19. Mirzohid (Namangan)

Shuningdek, Mirziyoyevning noto'g'ri boshqaruvini tanqidga olgani uchun soxta ayblovlar bilan xibsga olingan siyosiy mahbuslar, Abduqodir Mo'minov va Olimjon Haydarovlar ham hozirda tutqunlikda saqlanmoqda.

Ertaga, Mirziyoyev bir necha marta qo'pol tarzda buzgan, O'zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Ushbu kun munosabati bilan prezident ko'plab mahbuslarni avf qilishi odat tusiga aylangan. Qiziq, Mirziyoyev o'zining siyosiy mahbuslariga ham avf berarmikan?Ular bilan kelishuvga erishishga harakat qiladimi yoki haliyam raqobatdan qo'rqib yashayabdi?

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

06 Dec, 10:02


Diktatorlarni, kuchini faqat xotiniga ko'rsata oladigan zaif erkaklarga o'xshataman. Haqiqiy liderlar hech qachon diktator bo'lishga intilmaydilar. Aslida, kuchsizlar bu yo'lni tanlaydilar. Shuning uchun qaysidir diktator haqida gap ketganda, u kuchli lider edi deyish axmoqlikdan boshqa narsa emas. Bu ham aslida, eridan doimiy kaltak yeb yurgan xotinni gaplariga o'xshaydi. Uning uchun eridan kuchli erkak yo'q, buncha kaltakdan keyin bo'lishi ham mumkin emas, albatta!

Agar Karimov haqiqiy lider bo'lganida, 2000 yilgacha bo'lingan Turkistonni qayta birlashtirgan bo'lardi. Karimovda buning uchun qulay vaqt va yetarlicha imkoniyat bo'lgan. Uni kuchli siyosatchi deb hisoblamasligimni sababi ham shu. U o'zidagi imkoniyatlardan foydalana olmagan. Qo'lida cheksiz qudrat turib, o'z hokimiyatini saqlab qolish bilan kifoyalangan. Ya'ni amalini yo'qotib qo'yishdan qo'rqqan oddiy bir qo'rqoq bo'lgan. Shuning uchun bor kuchini, qurolsiz va ojiz xalqiga ko'rsatgan. Alaloqibat, 25 yilda dunyoda qudratli yana bir mamlakat paydo bo'lishi o'rniga, dunyoga mardikor va foxisha yetkazib beruvchi uchinchi dunyo davlatiga aylandik.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

05 Dec, 17:31


Susanbilda dori qabul qilishi kerak bo'lganlar, qaror qabul qilyapti.

Albatta, bu sharafsizlar bunday jirkanch ishlarni o'zlari xoxlab bajarishmaydi. Parda ortida yana o'zbek millatini dushmanlari turibdi. Bu notovonlar esa shunchaki, mansabidan ayrilmaslik uchun har qanday pastkashlikka tayyor kimsalardir!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

05 Dec, 09:23


KGBning O’zbekiston SSRdagi rahbarlari. 1991 yilgacha, ya’ni Aliyevgacha O’zbekiston xavfsizligi xizmatiga rus, belorus va armanlar rahbarlik qilganini ko’rishimiz mumkin. Nafaqaga chiqqach hech biri O’zbekistonda qolmagan.
Sizningcha bular o’zbek xalqining xavfsizligi uchun xizmat qilishganmi?

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

04 Dec, 16:20


Yahudiylar yaratgan bu xavfsizlik tizimi din davlatdan ajratilgan deydi, biroq doimiy dindorlarni ta'qib qiladi, jamiyat o'rtasida aroq, faxshni keng tarqatish uchun tizimli amaliy ishlar olib boradi. Quyidagi suhbatda Miraziz Ahmedov to'g'ri savolni beryapti lekin bu landovur "meni vakolatimga kirmaydi" - deb, javob berishdan qochyapti. Qanday qilib bir musulmon, yana shu vatanni farzandi bo'la turib, diniga, vataniga qarshi jirkanch ishlar qilayotgan tizimda ishlash va o'zini "meni vakolatimga kirmaydi" deya oqlash mumkin?

Xullas, agar vatanimiz ravnaqini istasak, yahudiylar yaratgan bu parazitlar tizimi qachondir batamom tugatilishi kerak!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

04 Dec, 11:31


Ozodlik radiosi tekshirilgan faktlarga asoslanib ma'lumotlarni chiqaradi va bulardan ham munosabat bildirishlariga ochiq ekanliklarini aytishadi. Lekin bular, rasmiy munosabat bildirish o'rniga, troll akauntlar ortiga berkinib, "la'natlayman, qoralayman"dan nariga o'tishmaydi. Shundan ham bu tizimda naqadar pastkash va sharafsiz kishilar ishlashini bilsa bo'ladi. Sharafsizda esa mardlik, vatanparvarlik bo'lmaydi. Manfaat uchun nafaqat vatanini va xalqini, hatto tuqqan onasini ham sotishdan qaytmaydi!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

04 Dec, 11:08


Bugungi kunda DXXning asosiy faoliyati nimalardan iborat deganlar uchun😉

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

04 Dec, 00:00


Bu landovur telegramini o’chiribdi. Endi kechooov Zafarjon?

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

30 Nov, 20:23


Nima uchun so’nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda trolllar armiyasi avvalgidek faol emas desam DXXning ko’plab landovurlari ishdan urilgan ekan.

https://youtu.be/YJBOxLwup1w?si=674L4fYh3s-FQeG5

Siz vatanni tinchligi uchun tun-u kun jonini xatarga qo’yib xizmat qilayapti deb o’ylaganlariz aslida troll akauntlar ortiga berkinib, kechayu-kunduz kalamushlarni yuzini ochayotgan faollarga tuxmat, ig’vo, bo’xton tarqatishlari haqida ilgari yozganman. Trolllar fabrikasi ortiga berkingan dxxchilar so’nggi kunlarda jimib qolishgani, ulardagi ishdan olishlar bilan bog’liq, menimcha.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

29 Nov, 16:11


Vatandan tashqarida ham, ichkarida ham, hamma qachondir kimdir chiqib, hammasini o'zgartirishini umid qilib yashaydi. Hech kim bu ishni men qilaman demaydi.

Hamma xaloskorni kutadi. Hech kim u o'zi bo'lishini istamaydi.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

29 Nov, 12:17


"Davlatchilik xavfsizlik idoralarisiz bo'lmaydi. Har bir davlatda xavfsizlik xizmatlari bo'lishi kerak" - degan fikrlarni shaxsiyga yozishibdi. Bu fikrga mutlaqo qarshi emasman. Albatta, har bir xalqning, uning qadriyatlari, erkinligi, iqtisodi va tabiiy boyliklarini har qanday dushmanlardan himoya qiladigan xavfsizlik xizmatlari bo'lishi shart.

Lekin bizning xavfsizlik xizmatlari bu vazifalarni bajaryaptimi?

70 yil O'rislar Turkistonni cho'chqaxonaga aylantirib, boyliklarini chetga tashishdi. O'zbek xalqi o'ris og'asi uchun quldek paxta terdi. O'shanda xavfsizlik xizmatlari xalq tomonda emas, boqinchilar tomonida turmadimi? Bosh ko'targanni boshini shular olmadimi?

25 yil Karimov o'risdan battar bu xalqni ezdi. Qizlari bilan xalqning milliardlarini chetga tashidi. Xavfsizlik idoralari xalqni himoya qila oldimi? Aksincha, ular bu xalqni talayotgan o'g'rilarni shu xalqdan himoya qildi. 25 yil vatanimizni xavfsizlik xizmatlarining himoyasida talashdi! Millatparvarlarni qamashdi, o'ldirishdi, quvg'in qilishdi!

Mirziyoyev hokimiyatga keldi. Yana o'sha eski o'g'ri kommunistlar vatanni talashda davom etyapti. Xalqning milliardlari chetga tashilyapti. Xavfsizlik idoralari esa bunga to'sqinlik qilganlarni ovozini o'chirish, qo'rqitish, soxta ayblovlar qo'yib, qamash bilan ovora!

Bir so'z bilan aytganda bizning xalq so'nggi asrlarda hech qanday himoyasiz yashab kelyapti. Hech qanday o'zining xavfsizlik idoralariga ega emas.

VCHK, GPU, OGPU, NKVD, KGB, MXX, DXX bu idoralar bu vatanni talayotgan o'g'ri kalamushlarni xalqdan himoya qilish uchun tashkil etilgan. Ular hech qachon bu vatanga, bu xalqqa xizmat qilgan emas.

Xulosa! Bizga vatanimizni talayotgan o'g'rilarni bizdan himoya qiladigan emas, aksincha, bizni shu o'g'rilardan himoya qiladigan xavfsizlik xizmati kerak!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

28 Nov, 09:10


"Qulning orzusi ozod bo’lish emas, uning ham shaxsiy qullari bo’lishi"

Gladiator 2 filmida quldor quliga qarata shu so'zlarni aytadi. Bu bizdagi qul tabiat kishilarga ham juda mos tushadi.

Susanbilda hamma qaysidir amalni egallashni, rahbar bo'lishni va qo'l ostida o'z bo'ysinuvchilari bo'lishini orzu qiladi. Hech kim tizimni o'zgartirish yoki undan chiqib ketish haqida o'ylamaydi. Bu ham aslida qullikning belgilaridan biridir.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

27 Nov, 16:57


#latifa_taym😎

AQSH, Xitoy va O'zbekiston maxsus xizmatlari musobaqa uyushtirishibdi.
Shart o'rmonni ichida yashiringan quyonni kim birinchi topib kelish ekan.

AQSHliklar birinchi boshlashibdi va 15 daqiqadan keyin o'rmondan quyonni tutib chiqishibdi.

Ikkinchi bo'lib, Xitoyliklar kiribdi. 30 daqiqadan keyin ular ham quyonni tutib chiqishibdi.

Uchinchi bo'lib O'zbekiston DXXsi kiribdi. Oradan 1 soat o'tsa ham bular chiqmas emish. Nima bo'ldi ekan deb o'rmonga kirishsa, O'zbekistonliklar eshakni tutib olib, "quyonman deysan tushundingmi, quyon" - deb, do'poslashayotgan emish😁

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

27 Nov, 10:54


DXXchilarning qanchalar landovurligi haqida!

2021 yil, Buxoroda yashardim. Kunlarning birida poytaxtga keldim. Do'stim Abduqodir Mo'minov bilan xabarlashib, Chilonzordagi Oq-tepa lavashda nonushta qiladigan bo'ldik. Bir soatlarda Abduqodir yetib keldi. Boshqa viloyatlik faollardan yana biri ham o'sha kuni Toshkentga kelgan edi. Uni ham chaqirdim. Uchalamiz ko'rishib, nonushtaga o'tirdik. Ovqatlanib bo'lib, suhbatlashib tursak, boshqa viloyatdan kelgan uchinchimizga viloyatidagi DXXdan telefon bo'ldi. Telefon qilgan DXX xodimi, undan qayerdaligini, nega Toshkentga borganini so'rab qoldi. Suhbati tugamasidan Abduqodirga ham DXXdan telefon bo'ldi. U javob bermadi, lekin menga, endi sizga telefon bo'ladi, qarab turing dedi. Oradan ko'p vaqt o'tmay haqiqatda menga ham Buxorodagi DXX xodimi telefon qilib, qayerdaligimni, nega Toshkentga borganimni so'rab qoldi. Bularning shu qadar axmoqligini ko'rib uchalamiz kulvordik. "Nahotki, bularda o'zaro aloqalar yo'q? Tushunarli, telefonimizdagi gpsdan uchalamiz bir joyda ekanimizni ko'rishgan. Lekin o'zaro kelishib, bittasi telefon qilsa bo'lardiku. Uchalasi ketma-ket telefon qilib, o'zlarini-o'zlari tutib berishyapti bu axmoqlar" - deya, Abduqodir jaxl qildi.

Xullas, o'shanda bizni qayerda yurganimizni telefonimizdan ko'rib turishlarini, biroq o'zaro kommunikatsiya yaxshi emasligini, kelishib, birgalikda harakat qilmasliklarini, har qaysisi o'zi xoxlagancha, qo'yga o'xshab ishlashini bilib qolgandik.

Endi bir o'ylab ko'ring? Biz hech qaysi razvedka maktabini tugatmagan, maxsus tayyorgarliklardan o'tmagan, oddiy bir faollardan bo'lsak. Oddiy faollarga bular shu qadar lattalik qilsa, haqiqiy jinoyatchilar, maxsus tayyorgarliklardan o'tgan josuslar bilan shu landovurlar kurasha olishiga ishonasizmi?
Shaxsan man umuman ishonmayman. Bu landovurlar, begunoh odamlarni qo'rqitib, tuxmat bilan qamatishdan boshqa ishga yarashmaydi.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

26 Nov, 17:35


Tergov xonasida himoyasiz qizni zo'rlasayam bular ishdan haydalish bilan qutulib ketyapti. Hech qanday jinoiy javobgarlik yo'q. Tergovda ayollarni zo'rlash, erkaklarni qiynash bular uchun odatiy holga aylangan.
Bu Mirziyoyev siyosatining yuzi. Ichki ishlar tizimining haqiqiy ahvoli.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

26 Nov, 17:19


Mirziyoyevning siyosiy mahbusi, jurnalist Abduqodir Mo'minovni soxta ayblovlar bilan tergov qilgan, unga nisbatan g'ayriinsoniy qiynoqlar qo'llagan, Toshkent shahar IIB tergovchisi, Otabek Kamolov uch hafta oldin, toshturmada gumondor sifatida saqlanuvchi qizni tergovga chaqirib, tergov xonasida u bilan ishqiy munosabatda bo'lib kelgani (katta ehtimol bilan bu pastkash himoyasiz qizni zo'rlagan) sababidan, IIB tizimidan bo'shatilgan.

Alloh bor, o'zi chevar☝️

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

26 Nov, 14:15


Tiktokda postlarimdan shunaqa videolar chiqarishayotgan ekan. Kuzatuvchilarim orasidan bunday ijodkorlar chiqayotgani tahsinga loyiq. Agar tiktok, YouTube, Instagram va boshqa platformalarda shunday kontentlar tayyorlaydigan atigi 4-5 ijodkorlar chiqsa bormi, bu landovurlarning kuni bitadi. Odamlarimizning ko'zi ochiladi. O'zbek xalqining 100 yillik dushmani bo'lgan bu xoin, yahudiylar yaratgan idoraga qarshi hozir kurashning ayni vaqti. Man imkon qadar ma'lumotlarni yozaveraman. Ijodkorlar bo'lsa, shunday kontentlar tayyorlashda davom etaverishsin. Muhimi ulardan qo'rqmaslik. Shu narsani yodda tuting! Shaxsingizni o'zingiz oshkor qilmasangiz, landovurlar hech qachon aniqlay olmaydilar.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

26 Nov, 08:56


Hatto Temuriylar ham toj talashib bir-birini boshini yegan.

Hokimiyat uchun oilalar bir-birini go'shtini yeyishi, aka-uka, ota-bolalar qir-pichoq bo'lishi yangilik emas. Tarixga nazar solinsa, deyarli barcha davrlarda shunday bo'lib kelgan.

Prezidentning kichik kuyovi Otabek Umarovning ham dardi, qaynotasining joyi edi. Bunga harakat allaqachon boshlangan bo'lib, strategik muhim lavozimlarga o'zining odamlarini joylashtirishga ham ulgurdi. O'zi esa sportchilar orqali el nazariga tushish uchun millionlarni sovurdi. Mamlakatdagi yirik bizneslar uning qo'liga o'tdi. Katta tadbirkorlardan "dolya" yig'adigan Toshkentdagi mashhur "ofisi" ham bejizga tashkil qilinmagan edi.

Umarovga bu yo'lda ikki kishi to'siq edi. Biri sobiq prezident administratsiyasi rahbari, Sardor Umurzakov. Ikkinchisi, Komil Allamjonov.

Umarov, Umurzakovni o'zining DXXdagi malaylari yordamida lavozimidan chetlatdi. Uning jamoasidagilar soxta ayblovlar bilan xibsga olindi. Navbatdagi nishon Komil Allamjonov edi. Biroq, Allamjonov ancha ayyor, aqlli va omadliroq chiqdi. Unga qarshi qancha kompromatlarni prezidentga kiritishmasin, Allamjonovni xibsga olish imkoni bo'lmadi. Menimcha, Umarovlar klani, Allamjonovni yo'q qilishga kuchlari ham, aqllari ham yetmasligini tushunishgan. Va shu sababdan, so'nggi chora sifatida uni yo'q qilishga qaror qilishgan. Ammo, bu ish axmoqning ishi edi. Aynan shu axmoqona reja ularning barcha jinoyatlari fosh bo'lishiga sabab bo'ldi.

Allamjonov suiqasdidan keyin Prezident Mirziyoyevga, Otabek Umarov va uning jinoiy to'dalarining dardi hokimiyat ekani kundek ravshan bo'ladi. O'z o'rnini yo'qotishdan qo'rqqan Mirziyoyev esa bu ishga jiddiy qarab, xoinlarning barchasini lavozimlaridan quritdi.

Ishlari teskari ketganidan cho'chigan kenja kuyov Janubiy Koreyaga qochdi. Biroq, kecha u suiqasdda gumonlanib interpol qidiruviga berilgan do'sti bilan birga O'zbekistonga qaytarilgan.

O'zingdan chiqqan baloga qayga boray da'voga! Ming qilsa ham u kuyov. Mirziyoyev uni qaytardi. Biroq avvalgi lavozimlaridan chetlatdi. Endi Umarov faqat sport yo'nalishida faoliyatini davom ettiradi. Kecha uni Milliy Olimpia qo'mitasiga raisning birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlashdi. Eng qizig'i raislikka Shavkat Mirziyoyev tayinlandi! O'zbekiston tarixida hali hech qachon prezident bunaqa lavozimga tayinlangan emas.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

25 Nov, 22:14


Mirziyoyev qurgan Yangi Susanbilning pastkash va sharafsiz kuchishlatarlari haqida siz bilmagan haqiqatlar!
Fozilxo'ja Orifxo'jayev bu sharafsizlarning unga qilgan zulmlari haqida so'zlab berdi!

Videoni albatta ko'ring.

@AsliddinKamol

https://youtu.be/rjbGb2XgTio?si=86-F7dunp6mP6LCP

Asliddin Kamol 👑

25 Nov, 19:07


Bugungi so’rovnomani tugatamiz. Unda ishtirok etgan barchaga tashakkur. Jumladan DXX landovurlariga ham😂

Ushbu so’rovnomada jami 1659 kishi ishtirok etgan. Ulardan 447 kishi ijobiy javoblarni belgilagan. 98 kishi ikkilanishi aytgan bo’lsa, 1114 kishi DXX ga ishonishini bildirgan.

Eng qizig’i, DXX ga ishonishi bildirgan ovozlar erta tongda bir soat oralig’ida paydo bo’lgan. Kanal statistikasiga qaralsa soatiga o’rtacha 100-200 ko’rilishlar bo’lib keladigan kanalimga aynan shu soatda 1500 dan ortiq kishi kirgan. Bu shunchaki tasodifmi yoki telegram aldayaptimi?😂

Men landovurlardan bunday harakatni kutgandim va sizlar jiddiy ishlar bilan band deb o’ylaydigan bu noshudlarni aslida ana shunaqa mayda ishlar bilan shug’ullanishini ko’rishinglar uchun bemalol qo’yib berdim. Zero, menga so’rovnoma natijasi umuman qiziq emasdi 😂

Kuzatuvchilari ikki ming kishiga yetmaydigan kichik kanaldagi bir so’rovnomaga shuncha e’tibor va tekin target uchun qadrdon landovurlarimga alohida tashakkur aytaman😉
Doim shunday qovun tushirib yurishdan charchamanglar 😂

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

25 Nov, 17:20


Negadir Munisani tuqqani ham bugun odamlarni asosiy mavzulardan chalg'itadigan darajada shov-shuv bo'lmayapti. DXXdagi manipulyatorlar ham ishdan urilib ketdimikan?

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

25 Nov, 11:49


Ozodlik radiosi allaqachon chiqargan ma'lumotlarni bosh prokuratura endi ma'lum qildi.

Oxiri gapirdinga Mashrab?😎

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

25 Nov, 10:37


DXX sobiq raisi ham xibsga olingan bo'lishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda general Abdusalom Azizov uch kundan beri uyiga bormagan. Qayerdaligi noma'lum. Katta ehtimol bilan xibsga olingan deydi ichkaridagi manbamiz. Shuningdek, kecha Mudofaa va IIV qo'shinlari ham kuchaytirilgan holatga o'tganini tasdiqlab, ishdan olishlar vaqtida "kichik" janjal chiqqanini, shu sababdan, qo'shinlar kuchaytirilgan holatga o'tkazilganini
ma'lum qildi.

P.s: Avval yozganimdek, bu landovurlarga tovuq so'yishni ham ishonib bo'lmaydi. Allamjonovni o'ldiraman deb, rahbarlarini boshini yevorishdi 🤦‍♂

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

25 Nov, 08:22


Landovurlar odamlar ulardan qo'rqmay qo'yishlardan qattiq qo'rqishini yana bir isboti bu sizlarga 😉

Biz xalqimiz qo'rqoq deymiz. Aslida bu xalqni qo'rquvda ushlab turganlarning o'zlari qo'rqoq. Shunchaki, siz buni his qilishingiz kerak!

Yaqinda bir kuzatuvchim yozibdi.
" Aka, meni anchadan beri DXX suhbatga chaqirib, qo'rqitardi. Har doim qattiq so'zlar bilan haqoratlar, tahdidlar qilar, psixologik bosimlar o'tkazishardi. Oxirgi borganimda sizni yozganlarizni ta'siri bo'ldi. Past ketmadim, baqirgan edi men ham qattiq gapirdim. Qo'rqmayotganimni ko'rib uchalasiniyam dami ichiga tushib, bir deganda muomalasi o'zgarib qoldi. Xullas, oxirgi borganim mani foydamga bo'ldi. Bunga siz sababchisiz" - deb yozibdi.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

25 Nov, 08:06


Bekorga bularni landovurlar demayman. Kutganimdek o'lja tashlangan xo'rakka o'zini tutib berdi😁

Bir maromda ketib turgan so'rovnomada bir deganda ikkinchi javobga 1000 dan ortiq odam ovoz berishibdi😁 O'zi umumiy ishtirokchilar soni 1400 😂

Bunaqa ishlarni shoshilmasdan, sezdirmasdan, 50 talab amalga oshirsa bo'lishini bilishmaydi. Xuddi saylovda soxta blyutelenlarni qutiga pachkalab tashlagandek bir tashlashda 1000 ta tashlab o'zlarini sezdirib qo'yishmasa bo'lmaydi😁
So'rovnomamiz xuddi prezident saylovlariga o'xshab qoldi😁

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

24 Nov, 20:00


Bugun ishdan haydalganlar ro'yxatida Otabek Umarov ham bor! PXXda ishlaydigan do'stlarimizning aytishicha, u 21-noyabrdan beri ishga kelmagan va hech qayerda ko'rinish bermagan. PXX ichidagi uzun-quloq gaplarga ko'ra, kenja kuyov shaxsan Prezident bilan tortishib qolganidan keyin shaxsiy samolyotda Janubiy Koreyaga chiqib ketgan.

P.s: yoshligimdan o'zi kim manga yomonlik qilsa tez orada o'zi xudodan topib ketardi 😎

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

21 Nov, 12:44


Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Benyamin Netyanxau va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gollantni G'azodagi harbiy jinoyatlar uchun xibsga olishga order berdi.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

21 Nov, 11:46


O’zbekiston xavfsizlik xizmatlari izlab yurgan ushbu shaxsni ko’plar unutgan bo’lsa kerak. Shu uchun bu shaxs haqida batafsil ma’lumot beraman.

Otabek Ahmadov, avval xavfsizlik idoralari va ularning ko’magi bilan IIV tizimida kattakonlarga yaqin bo’ladi. O’zbekistondagi kuch ishlatar tuzilmalaridagi yuqori amaldorlarning jinoiy harakatlaridan yaxshigina xabardor bo’lgan. Ularga tegishli ko’p sirlarni bilgani uchun hayotiga xavf sezadi va shu sababdan jurnalist, Abduqodir Mo’minov bilan uchrashib, unga, agar o’ziga biror ziyon yetsa va vafot etsagina bularni oshkor qilish sharti bilan intervyu beradi va o’zidagi dalillarni unga taqdim qiladi. Bu orada xavfsizlik idoralari Abduqodirning iziga tushib, uni bu shaxs bilan aloqadaligidan xabar topishadi. Avvaliga suiqasd uyushtiriladi. Lekin Abduqodir to’xtamaydi va surishtiruvini davom ettiraveradi. Aynan shu suhbat tarmoqqa chiqib ketishidan qo’rqqan kuchishlatarlar 7-fevral tunda Abduqodir Mo’minovni metan zapravkada navbatda turganida o’g’irlab ketishadi. 8-fevral tongda uyiga bir guruh xodimlar kelib, uydagi barcha hujjatlar va texnikalarni olib ketishadi. Ish tugagan bo’lsada bugungacha uydan olib ketilgan narsalarning hech biri qaytarilmadi.

Xullas, Abduqodir aynan shu shaxsdan intervyu olgani uchun soxta ayblovlar bilan qamaldi. Ammo u suhbatni bir qismini, ustoz Jahongir Muhammadga qoldirishga ulgurgandi. Ikki qismlik suhbat avvaliga Jahongir Muhammadning You Tube sahifalariga joylandi. Ammo xibsda bo’lgan Abduqodir Mo’minovning You Tube kanalidan mualliflik huquqi buzilganligi vaji bilan shikoyat yuborilgach, platforma videoni o’chirdi. Abduqodirning o’zi telefonlarini unga qaytarib berishmaganini aytgan. Demak, uning telefonidan xodimlar shikoyat jo’natgan. Shundan keyin video telegram kanaliga joylandi. Yanada yaxshiroq ma’lumotga ega bo’lish uchun ushbu suhbatni albatta ko’ring. Pastda link qoldiraman👇🏻
https://t.me/jahonnoma/1614
https://t.me/jahonnoma/1615

Hali tirikligida suhbat tarmoqqa chiqib ketgach, Abduqodirning suhbatdoshi uyidan o'g'irlab ketiladi. Avvaliga jinnixonaga qamab, u yerda tez orada tabiiy o'lim topadigan ukollar bilan zaharlantiriladi va uyiga qo'yib yuboriladi. Ammo qiyshiq barmoqlar shu yerda ham ishni xom qiladilar. Ular urgan ukollar boshqa, zararsiziga almashtirib qo'yilgandi. Uyiga kelgan va o'zining O'zbekistonda ortiq qololmasligini anglagan Otabek Ahtamov chegarani noqonuniy kesib o'tib, mamlakatni tark etadi. Tabiiy o'lim topishini kutib turgan landovurlar shunday muhim odamni qo'ldan chiqarib yuborishganini keyin bilishadi.

O'shandan buyon xavfsizlik idoralari Otabek Ahmadovni izlab topolmaydi. Ammo, ularda u Gruziya davlatida yashiringan degan ma'lumot bo'lgan va uni Gruziyada deb ishonishgan. Kaminani Gurjistonga qilgan sayohatini ko'rib, landovurlarning tinchi buziladi. Abduqodirning uyidan topilmagan dalillar Asliddinni qo'liga tushdi deb, tezlik bilan mani O'zbekistonga yashirincha o'g'irlab kelish rejasi tuziladi. Ammo Allohning izni va marhamati bilan pastkashlarning bu sharafsiz ishlari ham amalga oshmay qoldi. Aksincha, landovurlarning navbatdagi noshudligi sharofati bilan dunyodan bexabar mening qo'limga, ularning anchagina sirlariyu, qattiq qo'rqadigan nozik ishlari kelib tushdi. Endi mani yoki Otabek Ahmadovni ushlashdan mani yo'q, chunki bu dalillar xavfsizligimiz yuzasidan yana boshqalarga ham jo'natildi.

Qing'ir ishning qiyig'i tez orada chiqadi!

Mirziyoyev siyosiy mahbusi, jurnalist, Abduqodir Mo'minovning qamalishiga sabab bo'lgan ushbu suhbatni albatta ko'ring!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

19 Nov, 17:28


Dubay aeroportida noqonuniy ushlanganimdan so'ng, qayta ozodlikka chiqqanimga bugun bir oy to'libdi.

Shu bir oy davomida, bu jinoyatning sabablari va jinoyatchilarning keyingi rejalari haqida ma'lumotlar yig'ishga harakat qildim. Hozircha o'rganganlarim quyidagilar:

10-oktabrda Gruziyaga yo'l oldim. Safar davomida jonli yoyin qilib, o'zimni qayerda ekanligimni oshkor qildim. Bu mani xatoim edi! Chunki quloqlikdan boshqa ma'lumot olish manbaasiga ega bo'lmagan O'zbekiston xavfsizlik xizmatlari shu yoyinni ko'rib, mani Gurjistondaligimni aniqlaydi.

Ayni shu vaqtda, Otabek Umarov va uning uyushgan jinoiy guruhlarining bir qancha jinoyatlaridan xabardor va qo'lida anchagina dalillar bor bo'lgan (videoda ko'zoynak va beydjikdagi) sobiq xodimni, Umarov va xavfsizlik idoralari izlab yurgan bo'lgan. Ular bu shaxsni Gruziyada yashiringan deb o'ylashgan. Mani Gurjistonga borganimni ko'rishlari bilan bu dovdirlarning miyasiga Asliddin aynan shu shaxs bilan ko'rishgan va bizning jinoyatlarimizni fosh etuvchi dalillarni undan olgan degan tahmin kelgan! Toshkentda Umarovlar tipirchilab qolgan bu paytda kamina Gurjiston tog'larida hech narsadan bexabar dam olayotgan edim.

O'zlarining jinoyatlari man tomonimdan ommaga e'lon qilinishidan cho'chib ketgan landovurlar, mani qanday bo'lmasin O'zbekistonga yashirincha olib kelishni maqsad qilishadi. Ammo bu juda mushkul edi. Chunki Susanbil DXXsi faqat Susanbilda bunaqa jinoyatlarni qilishi mumkin. Xorijda aqli ham kuchi ham yetmasligini yaxshi bilishardi. Shu sababdan Dubayliklardan mani O'zbekistonga yashirincha qaytarishni so'rab, shaxsan Otabek Umarovning o'zi iltimos qiladi. Rejaga ko'ra, Dubay xavfsizlik xizmatlari mani aeroportdan o'g'irlab ketishi va yashirincha O'zbekistonga jo'natishi kerak edi (aeroportda so'roq qilgan xodim ham, sani olib ketgani kelishgan, topshirishimizni kutishyapti degandi). Ammo, arablar O'zbekiston tomoni mani xavfli xorijiy josus deb bergan yolg'on ma'lumotlarining hech biri tasdiqlanmagani, telefonlarimdan hech narsa chiqmagani sababidan, o'zlarining, O'zbekiston tomonidan aldanganliklarini tushunishadi va shu sababdan mani ularga berishga shoshilishmaydi. Susanbilliklar esa "uni bizga bering, biz har qanday xizmatga tayyormiz" - deb, qattiq turib olishadi. Agar Amirlik mani yashirincha O'zbekistonga jo'natganida, man Dubayda yo'qolishim va shu bilan izsiz ketishim kerak edi. Man haqimda oxirgi ma'lumot esa - "u aeroportdan taksiga o'tirib chiqib ketgan" bo'lardi!
Bir hafta davomida na elchixona va na O'zbekistonning biror rasmiy idorasi yo'qolishim bilan bog'liq hech bir munosabat bildirmagani ham shundan.

Biroq, so'nggi lahzalarda arablar bu razil jinoyatga sherik bo'lishni istashmadi. Allohning marhamati bilan fikrlari o'zgarib, mani jinoyatchilarga topshirishdan bosh tortishgach, manga Dubayda suiqasd uyushtirilishi mumkinligini va bu ularga kelgusida yana muammo tug'dirishini faxmlashadi va shu sababdan mani Dubaydan chiqarib yuborish eng to'g'ri yechim degan xulosaga kelishadi.

Tutqunlikda paytimda O'zbekistonda mani yo'qlab yozgan jurnalist, bloggerlarga DXX emas, aynan prezident xavfsizlik xizmatidan aloqaga chiqib, postlarini o'chirtirganliklari ham bejizga emas.
O'chirganlardan birining aytishicha, bunaqasi ilgari bo'lmagan. "Har doim DXXdan chiqib, postni o'chirishni shunchaki iltimos qilishardi. Bu safar Prezident xavfsizlik xizmatidan chiqishdi va postni o'chirmasak oqibati juda yomon bo'lishini aytib ogohlanitirishdi" - deydi. Man Dubayda yo'qolgan bo'lsam va bu ishda Otabek Umarovni qo'li bo'lmasa, unda prezident xavfsizlik xizmatini mani izlash o'rniga postlarni o'chirtirganini boshqa qanday tushunish mumkin?

Har ishda bir hikmat bor. Landovurlar uyushtirgan bu jinoyat manga yangi eshiklarni ochdi. Endi manda bu jinoiy to'dani sharmandasini chiqaruvchi yangi ma'lumotlar kelishni boshladi, jamoa kengaydi. Tez kunlarda yangicha formatda davlatimizni egallab olgan jinoiy to'dalarning ablaxliklarini oshkor qilishni boshlaymiz. Otabek Umarovga, manga nisbatan qilgan bu razil jinoyati uchun hali ko'p sovg'alarim bo'ladi🫡

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

19 Nov, 14:49


Yilda bir kun eslanadigan bayroq shou tugadi. Endi haqiqatlarni yozsak bo'ladi.

Bayroq o'zi nimaga kerak, agar vataning dunyoda o'z nufuziga ega bo'lmasa?

O'zbekistondan chetga chiqishing bilan sendan bayrog'ingni emas, pasportingni so'rashadi. Aeroportda pasportingni ko'rsatishing bilan yuraging dukkilab urishni boshlaydi. Chunki boshqa davlatlarning fuqarolari osongina o'tib ketayotgan pasport kontrolda seni pasportingda O'zbekiston yozilganini ko'rib, senga ortiqcha savollar berishni boshlashadi!
Eng top savollar; nega keldingiz? Qaytish chiptangizni ko'rsating? Qaysi mehmonaxonada qolasiz? bookingni ko'rsating? Yoningizda qancha naqd pul bor, ko'rsating? O'zingni ishlagani emas, dam olgani kelganingga ularni ishontirishing kerak!
Xullas o'zingni aeroportda emas, melisaxonaga kelgandek his qilasan. Afsuski, bugun O'zbekiston pasporti bilan chetga chiqish oson emas. Chunki hamma joyda pasportingni ko'rishlari bilan seni ishlagani kelgan deb o'ylashadi. Mamlakatingdan asosan foxishalar va mardikorlar kelishini hamma biladi. Shu sababdan, hozir boylar, elita, amaldorlarning oilalari boshqa davlatlardan ikkinchi fuqarolik olishyapti va ular yurtdan chiqishlari bilan boshqa davlatlarga safarni O'zbekiston pasporti bilan emas, ikkinchi pasportlari bilan davom ettirishadi. Bu eng xavfsiz va qulay yo'l!

Xo'sh, biz bunday ahvolga qanday kelib qoldik? Bayroqni likkilatib, mushtumzo'rlik bilan uni himoya qilish mumkin deb o'ylaydigan ovsarlar bu haqida hech o'ylab ko'rishganmi? Hatto o'shalar ham Turkiya aeroportiga borganida pasportini ko'rsatayotgan paytida ichidan bir xavotir o'tadi!

O'zim qancha davlatlarni kezib guvohi bo'lganim, yuzingga qarab yaxshi munosabatda bo'lib turgan xodim pasportingni ko'rishi bilan senga nisbatan munosabati o'zgaradi va yana top savollarini boshlavoradi? Bunga kim aybdor? Nega davlatning nufuzi bu qadar tushib ketdi? Tepada o'tirgan amaldorlar bu haqida bosh qotirmaydi. Chunki ular bunday muammolarni boshqa pasportlari bilan aylanib o'tishadi. Lekin xalqchi?

Parchalangan SSSRdan 15 mamlakat ajralib chiqdik. O'tgan vaqt davomida kimning qadri qay darajaga yetdi buni pasportlardan bilib olsak bo'ladi. Quyida sobiq sovet mamlakatlari pasportlarining dunyo bo'yicha reytingi. Bizga aniq bahoni "vataniga xizmat qiladigan" artistlar emas, ana shu reyting beradi!

Litva pasporti dunyoda 11 o'rin, 184 mamlakatga vizasiz kirish mumkin.
Estoniya 11 o'rin, 184 davlat vizasiz.
Latviya 12 o'rin, 183 davlat vizasiz
Ukraina 31 o'rin, 150 davlat vizasiz
Gruziya 48 o'rin, 126 davlat vizasiz
Moldava 50 o'rin, 124 davlat vizasiz
Rossiya 53 o'rin, 116 davlat vizasiz
Belorussiya 65 o'rin 84 davlat vizasiz
Qozoqiston 68 o'rin, 80 davlat vizasi
Ozarbayjon 74 o'rin, 72 davlat vizasiz
Armaniston 75 o'rin 71 davlat vizasiz
Qirg'iziston 81 o'rin, 64 davlat vizasiz
O'zbekiston 83 o'rin, 62 davlat vizasiz
Tojikiston 87 o'rin, 58 davlat vizasiz
Turkmaniston 96 o'rin, 49 davlat vizasiz

Ps: yaxshiyam Tojikiston va Turkmaniston bor, o'zimizni ovutgani.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

19 Nov, 11:00


Artist!

U doim vatanimga xizmat qilaman deya jar solardi lekin qachon qarama to’ylarda xizmat qilib yurardi😎

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

18 Nov, 20:44


Rektorni ahvoli🤦🏻‍♂️

To’g’ri xizmat qilishyapti, faqat O’zbekiston Respublikasiga emas!

Asliddin Kamol 👑

18 Nov, 15:37


O’z soqolini himoya qilisholmaydi, bayroqni himoya qilisharmish 😂

Susanbilda har kuni yuzlab erkaklarni ROVdga oborib soqolini majburlab olishganini eshitamiz, qancha ayollarni boshlaridan ro’mollarini majburlab yechishyapti. Bularni gapirishga jur’ati yetmaydi lekin bayroqni himoya qila oladi. G’alatimasmi?
Agar zamon o’zgarib, shu bayroqni yoqish kerak degan topshiriq berilsa, yana birinchi bo’lib shular yoqadi!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

18 Nov, 12:37


Bir qarashda go'yo bir to'da ahmoqlar ishlagan saviyasiz kontentdek tuyuladi. Lekin detallarga diqqat qilinsa unday emas.

1. Bunaqa sayoz, turk va o'zbek xalqlari orasiga nizo soluvchi provakatsion kontent, ilgari bunaqa yo'nalishlarda faoliyat ko'rsatmagan Akmal Mirzolarga nega kerak bo'lib qoldi?

2. O'zbek asosan Turkiyada emas, Rossiyada kamsitiladi. Lekin bu videoda Rossiya emas, Turkiya ko'rsatilyapti, nega?

3. 1997 yillarda asosan Karimov diktaturasiga qarshi bo'lgan millatparvar kishilar Turkiyaga hijrat qilishga majbur bo'lishgan. Videodagi yigit orqali 1997 yilda qochganlarning bolalarining ahvoli mana degandek signal berilyapti. Bu Akmal Mirzoga nega kerak?
Davlatning besh ming dollarini yeganlar u paytlar Turkiyaga qochmagan. Aksincha, hukumatda yog'li joylarni egallagan va hozirgacha xalqning milliardlarini yeb kelishmoqda! Qancha davlatga tegishli zavodlarni o'zlari ataylab kasodga uchratib, keyin tekinga xususiylashtirib olib boyib ketganlarni bilamiz. Ular qochdimi? Yo'q, ular hozir O'zbekiston elitasi safidaku?! Lekin videoda har doimgidek, Karimov muxoliflariga yana tuxmat va bo'xton yog'dirishga urinilgan. Bu provakatsiyadan kim manfaatdor?

Ilgari yozganimdek, DXX qaysi ishga qo'l urmasin qiyshiq barmog'i sotib qo'yadi. Bu videodagi detallar va kontentning saviyasiz ekanini o'zi buyurtmachi DXX ekanini ko'rsatadi. Chunki bunaqa maraz ishlar faqat shulardan chiqadi!

Oxirgi yillarda Turkiya va O'zbekiston orasida munosabatlar iliqlashdi va davlatlar o'zaro hamkorlikning yangi bosqichlariga o'tishni maqsad qilishyapti. Yaqinda o'tkazilgan Turk dunyosi sammiti menimcha Kremlga xizmat qiluvchi beshinchi kolonnamizni qattiq cho'chitib yuborgan ko'rinadi.

Bu kontent aynan DXX buyurtmasiga ko'ra tayyorlanganiga menda shubha yo'q! Sababi:

1. DXX O'zbekiston ichkarisidagi har qanday ijtimoy tarmoq faoli bilan hamkorlik o'rnatadi va unga qanday yo'nalishlarda faoliyatini davom ettirishi bo'yicha tavsiyalar berib boradi. Akmal Mirzoga o'xshaganlar ularni tavsiyalari asosida ishlamasligi mumkin emas.

2. DXX uchun yagona do'st bu Rossiya! Chunki ayni paytdagi O'zbekiston DXXsini Kreml nazorat qiladi va ular Rossiya FCBsining O'zbekistondagi vassali hisoblanadi!

3. Kremlning vassali bo'lgani uchun ham DXX O'zbekistonni Rossiya ta'siridan olib chiqishi mumkin bo'lgan har qanday kuchlarni o'ziga dushman deb biladi va buning oldini olish uchun mana bu videoga o'xshab, millatlar orasiga nizo soluvchi, turli pastkashliklar va provakatsiyalarni amalga oshiradi.

4. DXX har qanday dushmani bilan o'zi munosabatlarini iliq tutadi. Hamma pastkashligini orqadan, boshqalarning qo'li bilan qiladi. Masalan Akmal Mirzoga o'xshaganlardan foydalanadi.

5. DXX uchun garchi ular o'zini do'st ko'rsatmasin, Turkiya va Arab dunyosi eng katta dushman hisoblanadi. Buning sababi, yuqorida yozganimdek, aynan shu mamlakatlar O'zbekistonni Rossiya ta'siridan olib chiqishi ehtimoli yuqori ko'riladi.

Akmal Mirzolar nega aynan bunaqa kontent buyurtma qilinganini anglamasligi tabiiy. Chunki, g'alatimaslarni, g'alatiligini ilgari qovun tushirganida ko'rgan edik. DXX uchun aynan shunaqa g'alatilar ishlatishga juda qulay hisoblanadi.

Turkiya va O'zbekiston hech qachon bugungidek yaqin munosabatlarda bo'lishmagan. Bu yaqinlikdan cho'chiyotgan Kreml malaylari, g'alatilarga o'xshaganlardan, g'alatimas ishlarda foydalanishlari tabiiy. Lekin biz bugun ularning provakatsiyalari qurboni bo'lmasligimiz kerak! Yurtdoshlarimizni qardoshlar orasiga nizo soluvchi bunday fitnalardan ogoh qilishimiz lozim! Post faqat shu maqsadda yozildi! Yaqinlarizga ulashib qo'yishni unutmang!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

16 Nov, 11:19


Sizlarga aytsam 1998 yilda ham bizda uchinchi renessans bo'lgan ekan😎

Kommunistlarning uchiga chiqqan yolg'onchi ekani ma'lumku lekin bitta yolg'onni qayta-qayta takrorlaverishlarini hech tushunolmadim. Bu ham mayliku, biroq, avom ham bu yolg'onga qayta-qayta aldanaverishi kulguli😁

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

13 Nov, 08:23


Dunyodagi eng boy xalqlardan biri Norvegiyaliklar. Farovonlik darajasi va pasporti dunyoda uchinchi o'rinda turadi. Davlat neft savdosidan tushgan pullarni xalqiga bo'lib beradi. Vaholanki Norvegiya qirollik. Davlatni prezident (xizmatkor) emas, qirol boshqaradi. Allohga emas, bandasiga sig'inuvchilar ta'biri bilan aytganda Ollohning yerdagi soyasi!

Har bir Norvegiyalik davlat qancha neft sotyapti va undan qancha daromad ko'ryapti, bularni onlayn kuzatib turish imkoniyatiga ega. Buni siz ham https://www.nbim.no/no quyidagi saytdan kuzatib borishingiz mumkin. Musulmon mamlakat bo'lmasada xalqning mulkini xalqiga beradi. Hisobini yashirib, o'g'irlamaydi!

Susanbil konstitutsiyasida ham tabiiy boyliklar xalqning mulkidir deb belgilangan. Biroq mana 33 yildirki, qancha boylik sotildi, undan qancha daromad ko'rildi hech kim bilmaydi. Hech kim hisob bermaydi. Prezident (xizmatkor) har yili yil yakunida hisob berish o'rniga, keyingi yildagi rejalarini aytib, yangidan-yangi va'dalar bilan xalqni aldaydi. Parlamentda ham "qo'y bu va'dalaringni. Konstitutsiyaga ko'ra sen bugun yillik hisobot berishing kerak. Qani hisoboting?" - deydigan mard topilmaydi. Va'dalar berilaveriladi, yolg'onlar takrorlanaveradi, qarsaklar tinmaydi!

Kechirasizlaru xalqning davlat oldidagi majburiyatidan ko'ra, davlatning xalq oldidagi majburiyati ko'proq. Agar davlat o'z majburiyatlarini bajarmayotgan bo'lsa, bu davlat emas, shunchaki hokimiyatni egallab olgan bir hovuch qaroqchilardir!

Yo'q biz o'g'ri emasmiz deyishsa, unda qani 33 yildan beri sotilgan tabiiy boyliklar? Xalqning konstitutsiyaviy mulkini hisobini xalqqa beringlarchi? Berolmaydilar! Chunki ular o'g'rilar!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

10 Nov, 12:35


SSSR mamlakatlaridagi xavfsizlik xizmatlarining asoschilari.

Aynan shu shaxslar yaratgan tizim, garchi nomlari bir necha bor o'zgargan bo'lsada, bugungacha yashab kelmoqda. Mustaqillikdan keyin nega SNB (sobiq KGB) musulmonlarga qarshi ov boshlagani. Odamlarni dindan uzoqlashtirib, aroq va foxishabozlikka keng sharoit yaratganini va hozirgacha soqol va ro'molga qarshi qattiq kurashib kelishini, uning asoschilari shaxsiga qarab ham anglash mumkin.

Rasmda chapdan o'ngga qarab:

1. Yakov Xristoforovich Peters. Yahudiy, ateist. 1938 yil otuvga hukm qilingan.

2. Iosif Stanislavovich Unshlixt 1879 yil Polshada yahudiylar oilasida tug'ilgan. Ateist. 1938 yilda otuvga hukm qilingan.

3. (Tik turgan) Belenkiy, Avram Yakovlevich, 1882 yilda Yahudiylar oilasida dunyoga kelgan. Ateist. 1941 yilda otuvga hukm qilingan.

4. Feliks Edmondovich Dzerdinskiy, 1877-yilda tug'ilgan . yahudiy, ateist. Laqablari Yoqub, Yuzef.

5. Vyacheslav Rudolfovich Menjiniskiy. 1874 yil polyak dehqon oilasida tug'ilgan. Yahudiy. Ateist!

Aynan mana shu yahudiylar SSRda shunday xavfsizlik tizimini yaratishdiki, ular yaratgan tizim ulardan keyin ham yashamoqda. Yillar davomida millionlab kishilar bu tizimga ishga kirib, tirik manqurtga aylandi. Tilida musulmonman degani bilan yahudiylar yaratgan tizim ularni ham islomofob, ateistga aylantirganini anglashmaydi!

Yahudlar yaratgan bu tizim tugatilmas ekan bizning yurtlarda hali-beri erkinlik shamoli esmaydi, rivojlanish bo'lmaydi. Qachondir odamlar, hokimiyatni egallagan va musulmonlarga qarshi bo'lgan bu terror tashkilotidan qo'rqmaslikni o'rganishlari kerak!

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

08 Nov, 08:43


Qo’qonlik yana bir taniqli bloger, Komil Ahmedov ham kecha qo’lga olingan. Qanday sabab bilan ushlangani jamoatchilikka ma’lum emas. Katta ehtimol bilan Mirziyoyevning “sodoqatli” kalamushlari bu blogerdan ham “firibgar” yasashadi.

@AsliddinKamol

Asliddin Kamol 👑

07 Nov, 15:40


Mirziyoyev kalamushxonaga aylantirgan mamlakatda yashovchilar uchun foydali rolik tayyorlashibdi. Biroq, hozirgi vaziyat shundayki, bu kalamushlarni siz-u, bizdan himoya qilish uchun, bizning soliqlarimizdan kun ko'radigan, ammo tuzimizni yeb tuzlug'imizga tupurgan kuchishlatarlarimiz turibdi. Shuning uchun kalamushni kalamush deydigan zamon emas hozir. Kalamushni fosh qilaman deb, Abduqodir Mo'minov, Olimjon Haydarovlar kabi quruq tuxmatga qolib, soxta ayblovlar bilan qamalib ketish hech gap emas.

@AsliddinKamol

👑

05 Nov, 17:50


Mirziyoyev mamlakatni korrupsiyaga botirdi. Uning davrida korrupsiya gullab-yashnayapti. “Sodoqatlilar” - deb, atrofiga yig’ganlari g’irt korrupsioner, o’g’ri va muttahamlardir! Ularni bu xalqqa tupurib qo’ygani bor. Oliy maqsadlari yanayam ko’proq o’marish!

@AsliddinKamol

👑

05 Nov, 15:25


"Dollar koʻtarildi!" Landovurlar xalqni ahmoq qilish, o'zlarining noshudliklarini yashirish maqsadida ishlatadigan eng ko'p yolg'onlardan biri!
Dollar hech qachon ko'tarilmaydi. Shunchaki sizning pul birligingiz o'z qadrini yo'qotishi mumkin va bu dunyodagi eng kuchli valyutaga nisbatan hisoblanishi tabiiy holat. "Dollar ko'tarilganda" nafaqat dollar, balki dunyodagi boshqa pul birliklari ham ko'tariladi. Chunki, yuqorida yozganimdek, aslida "dollar" emas, sizning pulingiz o'z qurbini yo'qotgan bo'ladi va bu siz ishongan siyosatchilarning noshudligi bilan bog'liq jarayon!

Pul birliklariga qarab kishilar o'zlarini boshqarayotganlarning zukko yoki landovurliklarini bilsalar bo'ladi!

1990-91 yillarda SSSRdan ajralib chiqqan mamlakatlar o'zlarining pul birliklariga asos soldilar. Bugun shu pul birliklarini dollarga nisbatan qiymatini solishtiramiz va shu orqali sobiq ittifoqdan ajralib chiqqach, qaysi xalqlarga uddaburon rahbarlar va qaysilariga landovurlar nassib qilganini aniqlab olamiz!

Quyida, SSRdan ajrab chiqqan mamlakatlar pul birliklarining bugungi kundagi 1 AQSH dollariga nisbatan qiymati:

Ozarbayjon 1,70 manat
Armaniya 387,24 arman drami
Belarusiya 3,27 Belorus rubli
Qazoqiston 490,40 tenge
Qirg’iziston 86,17 qirg’iz so’mi
Moldova 17,77 ley
Rossiya 97,45 rubl
Tojikiston 10,65 somon
Turkmaniston 3,50 manat
O’zbekiston 12777,85 so’m
Ukraina 41,48 grivna
Gruziya 2.74 gruzin larisi

Latviya, Litva, Estonia milliy valyutasi sifatida evro pul birligidan foydalanadi!

Ma'lumot uchun; yurtimizda 1994 yilda so'm ta'sis etilgan va o'shanda 1 AQSH dollari 7 so'mni tashkil qilgan.

P.s: Afg’onistonda 1 AQSH dollari 68,38 afganiga teng.

@Asliddinkamol

👑

03 Nov, 15:16


Achinarlisi, Mirziyoyevning noto'g'ri siyosati evaziga buzilgan havodan, nafaqat siyosatga aralashmaydigan olomon, balki, O'zbek xalqini boyligini shilib, chetga tashiyotgan o'g'ri va kalamushlarga xizmat qilayotgan axmoqlar ham zaharlanyapti. Hatto ular o'z oilalari, bolalari ham shu iflos havodan zaharlanayotganini, buning barchasiga ular xizmat qilayotgan Mirziyoyev va uning kalamushlar to'dasi sababchi ekanini anglashmaydi. O'z bolalari umrini, kelajagini zaharlayotgan jinoyatchilarga it kabi xizmat qilish uchun kishi qanchalar manqurd bo'lishi kerak?

@AsliddinKamol

👑

28 Oct, 06:43


Hali ham shu fikrdaman. Bular faqat kinolarda zo'r. Real hayotda shu boladan hech ham farq qilishmaydi😎

@AsliddinKamol

👑

27 Oct, 18:11


Allamjonovga suiqasd senariysi, jurnalist, Abduqodir Mo'minovga uyushtirilgan suiqasd bilan bir xil.
O'shanda, Toshkent shahar DXX dagi "pochtalyon"ning rahbarligi ostida, Abduqodirga suiqasd uyushtirilgan edi. Toshkent Shahar va Toshkent viloyat DXX hamkorlikda suiqasdni tashkil qilishadi. Ishga Toshkent shahar IIB jinoyat qidiruv bo'limi va Toshkent viloyat IIB xodimlari jalb qilinadi. Podpolkovnik Habibullaev Shuhrat va Sayid ismli IIB podpolkovniklari suiqasdda bevosita ishtirok etishgan. "Pochtalyon"ning topshirig'iga ko'ra, o'sha kecha ular Abduqodirni shafqatsizlarcha kaltaklashi va oyog'ining son qismiga pichoq sanchishi kerak bo'lgan. Biroq, Abduqodir ulardan qochishga muvoffaq bo'lgan va reja barbod bo'lgan. Yetmaganiga voqea Abduqodirning mashinasidagi video registratorga tasvirga tushgan.
O'sha kecha voqea joyiga yetib borganimda IIB xodimini jinoyatchilar tushirib qoldirgan baseball tayog'ini qo'ltig'iga yashirib, bayonnoma rasmiylashtirmay, o'g'irlab ketayotganida tasodifan ko'rib qolib, to'xtatganman va buni biz tasvirga ham olganmiz. Bayonnoma qildik deb yolg'on gapirib, baseball tayog'ini olib qochgani videoga ham tushgan edi. Endi tushungandirsiz IIB xodimi nega jinoyatchilar tushirib qoldirgan ashyoviy dalilni hammadan bekitib, o'g'irlab ketganini?

Suiqasd o'xshamagach va biz tomondan videolar e'lon qilingach, jamoatchilikni chalg'itish maqsadida turli troll sahifalar va quloq blogerlar tomonidan, ushbu suiqasdni Abduqodirning o'zi uyushtirgani va buni piar maqsadida qilganini iddao qilib, turli bo'xtonlar yog'dirishgandi. Ammo, yakunda jinoyatchilar topilmadi. Agar bu ishda kuchishlatarlarning qo'li bo'lmaganida jinoyatchilar allaqachon topilardi, shunday emasmi? Oradan ikki yil o'tyaptiki ular hamon topilmadi va bu ish yopib yuborildi!

Endi Allamjonovga qaytsak. Allamjonov shaxsi boshqa masala, ammo u o'ziga piar uchun suiqasd uyushtiradigan darajada nodon emas. Allamjonov hukumatdagi, ayniqsa, kuchishlatar tizimidagi shaxslardan ancha aqlliroq figura. U bunday xato qilishiga shaxsan man umuman ishonmayman. Biroq, bugun, unga ham uyushtirilgan suiqasd o'xshamagach, buni uning o'ziga to'nkash kompaniyasi boshlanib ketdi. Xuddi Abduqodir ishidagidek! Senariylar bir xil.
Emishki, Allamjonov o'ziga soxta suiqasd uyushtirib, ikki killer yollaydi va oxirida ularga pullarini bermaydi! Va'da qilingan pullarini ololmagan killerlar esa jamoatchilikka video murojaat qilib chiqishdi🤦 Bunaqa sayoz va kulguli cho'pchaklar faqat o'sha, landovurlarga to'lib ketgan DXXdan chiqishi mumkin. Shaytanatda aytganidek; "senlar nima qilsalaring ham, qiyshiq barmoqlaring sotib qo'yaveradi"!

@AsliddinKamol

👑

26 Oct, 10:16


Bu landovurlar shu qadar noshudki, ularga hatto tovuq so’yishni ham ishonib bo’lmaydi.

@AsliddinKamol

👑

25 Oct, 06:50


Juma muborak☝🏻🕋

@AsliddinKamol

👑

23 Oct, 14:11


Dubay aeroportidan noqonuniy olib chiqib ketishganida ikki qora Tahoe moshinalari bizni kutib turgan joyni belgiladim . Ozodlik suhbatida charchoq ta’siridami captiva deb adashib gapirganman. Lekin oldingi postimda ham Tahoe mashinalari ekanini yozganman.
Agar davlatimiz, DXX va xususan Otabek Umarovlar bu ishda qo’limiz yo’q deyishsa, marxamat qilib Dubayliklardan 12 dan 13-oktyabrga o’tar kechasi mana shu hududdagi kamera qaydlarini berishni talab qilishsin!

Keyinroq mani qaysi binoda 5 kun ushlab turishganini ham e’lon qilaman. U yerda ham kameralar bor. Man 5 kun saqlangan binoning chap tomonidagi binoda ingliz tilida Narkotikka qarshi kurash boshqarmasi degan yozuvlar ilingandi! Sizlar aybsiz ekaninglarni isbotlashlaring uchun man bularni e’lon qilyapman. Haqiqatda bu ishga qo’llaringiz bo’lmasa marxamat qilib ushbu hududlardagi kamera qaydlarini ko’taring!

@AsliddinKamol

👑

22 Oct, 15:43


Ta’n olish kerak, “musulmonman” degani bilan aksar xalqimiz Allohdan ko’ra davlatdan, SNBdan ko’proq qo’rqadi!

@Asliddinkamol

👑

22 Oct, 10:16


DXX, PDXX va Otabek Umarovlarga mandan bir yaxshilik deb qabul qilinglar😉

Facebook tarmog'ida ushbu sahifani DXX manga biriktirgan sobiq kuratorim, aloqalarimiz uzilgach shu kungacha mani ortimdan turli pastkash yo'llar bilan ma'lumot olishga urinib yurgan DXX zobitidir! Menimcha u O'zbekiston prezidentini haqorat qilish uchun javobgarlik borligini bilmasa kerak?!

U shu qadar axmoq ediki, hatto Dubaydaligimda uning Toshkentdagi har bir qadamidan xabardor bo'lganman! U man haqimda yiqqan va sizlarga bergan barcha ma'lumotlarni axlatga tashlasangiz ham bo'ladi😉😁

Mana bu sahifa unga tegishli ekanini bilishimni esa tushida ham ko'rmagan. Bu postni ko'rib aqldan ozishiga hech shubham yo'q. Ammo bu boshlanishi, eng xavfli ma'lumotlar oldinda hali, do'stim😎

Sizlarga taqdim qilayotgan ushbu ma'lumotim rostligini aniqlashni istasalariz, shunchaki uning qo'lidan telefonini oling va Facebookda qaysi sahifalarga kirganini tekshiring! Agar aniqlashni imkoni bo'lmasa menga aloqaga chiqing, man sizlarga bu sahifa unga tegishli ekanini tasdiqlaydigan inkor etib bo'lmaydigan dalillarni berishga tayyorman 🤝

Ayni paytda u foydalanib kelayotgan raqamlar esa quyidagilar;
+998952299940
+998997830055

Bu esa DXXdagi uning kabinet raqami:
+998712386143

Kamronbek, Shaxrambek yoki Jo'rabek? Tinchgina kamolotingda bayroqcha ko'tarib yursang bo'lmasmidi? Seni joying o'sha yer edi, jo'ra😂

@AsliddinKamol

👑

22 Oct, 07:04


Бир замонлар СССР ҳудудларида яҳудийлар тузган хавфсизлик тизимларининг асосий сифатлари ёлғончилик, манипуляция, турли иғво ва фитналар чиқариш эди. Бу сифатлар кейинчалик унинг ворисларига ҳам кўчиб ўтди.

Бир вақтлар Қодирийларни бошини еган, ўзбек халқининг тараққиётига болға урган ва ҳозиргача уриб келаётган мана шу хоин ташкилотнинг ҳозирги кундаги ходими билан мен ўртамдаги мулоқот. Ваъдага кўра энди ўзимдаги маълумотларни навбати билан эълон қилиб бораман.

Бу суҳбатимиз журналист Абдуқодир Муминов сохта айбловлар билан хибсга олинган вақтида бўлган. Ўшанда мени унинг ҳимоясига турмаслигим учун "Абдуқодир сизга қарши кўрсатма берди" - деб,  алдамоқчи бўлишган. Аммо бу пасткашларнинг асл юзини яхши билганим учун уларнинг чўпчакларига ишонмадим ва дўстимни ҳимоясида қатъий турдим. Бугун, вақт унинг ёлғон гапирганини исботлади. Абдуқодир терговда менга қарши ҳеч нарса айтмагани бугун бизга маълум!

Бу маълумотлар энди сир эмас. Чунки ландовурларнинг ўйламай қилган ахмоқлиги эвазига, Дубай хавфсизлик хизматлари телефонимдаги ДХХ билан алоқадор барча сирларни қўлга киритишди.

Яҳудийлар тузган бу тизим ҳеч қачон собиқ совет мамлакатлари ўртасида халқларнинг бирлашиши, кучайиши ва тараққий этишини истамайди. Буларнинг асосий вазифаси оломонни тарқоқ ҳолда ушлаш, халқ бўлиб бирлашишига йўл қўймаслик ва шу орқали ўзларининг чиркин тизимларини сақлаб қолишдир. Шунинг учун булар қаерда кишилар бирлашаётганини кўришса ўша ерда турли бўхтон тарқатиб, фитна чиқаришга уринишади. Масалан, тўрт киши бирлашганини кўришса, ҳар тўртталаси билан яқин алоқа ўрнатишади ва ораларизда хоин бор деб орага фитна уруғини экишади. Аслида орада ҳеч қандай хоин бўлмайди. Аммо булар эккан фитна уруғи кейинчалик униб, тўрт дўстни бир-биридан хавфсираши ва якунда бирликнинг дарз кетишига сабаб бўлади. Булар мана шундай шарафсиз ва пасткаш кишилардир. Ораларингизда булар билан мулоқотда бўлиб келаётганлар борлигини яхши биламан. Чунки ким тармоқда фаоллашса булар у билан албатта алоқа ўрнатишади. Бу шарафсизларнинг асл юзини ҳали ҳам билмайдиганлар бўлса бу пост уларга ўйлаб кўриш учун яхши дарс деб биламан. Ҳеч қачон уларнинг ёлғонларига алданманг! Улар чиқарган фитна қурбони бўлманг!

Ўзбек халқи бирлашмайди деган лофлар ҳам айнан шу хоинлар ўйлаб топган ва тарқатган чўпчакдир. Ўзбек халқи, туркийлар бирлашса нималар қила олишини тарихда неча марталаб кўрсатиб берган. Аслида биз тез бирлашувчи халқмиз. Бироқ, бунга йўл қўймайдиган, бирлашмаслигимиз ва ўзлигимизни англамаслигимиз учун кечаю-кундуз фитна чиқариб, курашиб келадиган кучлар бор!  Агар мана шу кучларни қўлини кесолсак, улардан қўрқишни тўхтатсак! Ёлғонлари ва турли фитналарига алданмасак биз жуда тез бирлашадиган ва ўзимизни қайта ўнглаб оладиган халқмиз!

@AsliddinKamol

👑

20 Oct, 15:15


Alhamdulillah! Allohning izni va marxamati bilan ozod va xavfsiz hududdaman.

12-oktabr, shanba kechasi, Gruziya safaridan Dubayga qaytdim. Ammo, ba’zi pastkash, nokas va sharafsiz kimsalarning, Dubay xavfsizlik xizmatlariga yetkazgan yolg’on ma’lumotlari sabab, Dubayga kiritilmadim. Dastlab aeroportning maxsus xonasida bir soatdan ortiq xavfsizlik xodimi so’roq qildi.
Qayta-qayta berilgan asosiy savollar:
1. Gruziyada kim bilan uchrashdingiz?
2. Qaysi davlat maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilasiz?
3. Kimlarga ishlaysiz ?
4. Kim sizni moliyalashtiradi va daromadlaringiz manbai qayerdan?
(Faoliyatimga oid, ayniqsa, do’stim Abduqodir Mo’minovga oid hech qanday savol ham berilmadi, ularda bu bo’yicha hech qanday ma’lumot ham yo’q edi)

Bu mantiqsiz savollar menga ba’zi landovur yurtdoshlarimni eslatdi! Bunaqa tuturuqsiz savollar faqat o’sha chalasavodlardan chiqishi mumkin! Angladimki, so’roq savollarini Dubay maxsus xizmatlariga ular bergan. Natija bo’lmagach, xuddi xavfli josusni qo’lga olishganidek, Dubay aeroportining (terminal 2) yashirin yo’lagidan maxsus qora kiyimli xodimlar hamrohligida tashqariga chiqdik. Tashqarida bizni ikki qora Chevrolet Tahoe mashinalari kutardi. Ikkinchi mashinaning maxbuslar uchun tayyorlangan orqa o’rindig’iga chiqarishdi va noma’lum tomonga olib ketishdi.
Manzilga yetib kelganimizda bizni “SID” Dubay xavfsizlik xizmati zobitlari kutib oldi. Ko’zlarim yopilgan holda mashinadan tushirib, men uchun tayyorlangan 7 raqamli xonaga olib kirishdi. Ushbu xonada naqd 5 kun ( uch kun suvsiz va ovqatsiz) qonunga zid tarzda saqlashdi! Garchi qayta-qayta talab qilmay, na advokat berishdi, na meni ushlab turilishimga asos bo’luvchi hujjat taqdim qila olishdi, nada telefonlarimni qaytarib, oila a’zolarimga xabar berishga imkon berishdi.

Pastkash, munofiq va sharafsiz O’zbekiston DXXsining fitnasi o’xshamadi. Besh kunlik tergovda ular bergan ma’lumotlar g’irt yolg’on va bo’xton ekani anglashildi. Shundan keyin SID xodimlari bo’lib o’tgan ishlarni unutish sharti bilan Dubayda qolishimni va kelgusida xavfsizligimni ta’minlashlarini bildirishdi. Shartlariga rozi bo’ldim. Biroq, oradan ko’p vaqt o’tmay, SID zobiti menga bergan ma’lumotlariga kòra, angladimki, O’zbekiston prezidentining kenja kuyovi, Otabek Umarovning shaxsan aralashuvi va Dubay amirlariga meni O’zbekistonga qaytarishlarini so’rab qilgan iltimosi sabab, mamlakatdan chiqarib yuborish qaroriga kelishdi. Buning uchun ularga alohida minnatdorlik bildiraman. Javob albatta bo’ladi!

Ortda qolgan yetti kun man uchun juda tahlikali va xatarli bo’ldi! Ammo, Allohga qasamki, ta’namda zarracha qo’rquv, vahima va tushkunlik bo’lmadi! O’zimni u yerda juda yaxshi his qildim, bo’layotgan voqealarni tezkor nazorat qilgan holda, xatolarga yo’l qo’ymadim va u yerdan hech bir zararsiz chiqib ketishimga zarracha shubha qilmasdim! Alhamdullilah, Yaratganning izni va marxamati bilan pastkash kimsalar o’z maqsadlariga yetolmadilar!


@AsliddinKamol

👑

19 Oct, 14:38


Asliddin Kamolda hammasi yaxshi hozircha "Toshkent ishi" bo'lmadi, viza va chegaradagi muommolar hal bo'lgach boshqa tavsilotlar aytiladi. Asliddin Kamoldan xavotir olib bizga murojaat qilgan barchaga tashakkur, xavfsiz zonaga o'tgach Asliddin Kamol o'zi ko'rinish beradi hozircha hammasi yaxshi.

@AsliddinKamol

👑

19 Oct, 09:44


5 kunlik shov-shuvdan keyin kecha Asliddin Kamol telegramda ko'rinish berdi. Hozircha bog'lanish imkoni bo'lmadi, chegaradagi vaziyatlar aniqlashtirib olingach yana xabar beriladi. Bu haqida sal keyinroq uzun post joylanadi.

@AsliddinKamol

👑

18 Oct, 09:03


Karimov davridagi qo'rquv muhitini yarataman deb norozilik kayfiyatini kuchaytiruvchi qo'rqoq diktaturga achinadi odam. O'z oilasini to'g'ri boshqara olmagan odam butun xalqni qanday boshqaradi ?

@AsliddinKamol

👑

17 Oct, 20:12


Qaysi hokimyatdagi AMaldorni qarasang semirib ketgan bo'ladi. Chunki ular bizdek terga botib ish qilmasdam yotib xalq pulini yeydi. Yotib yegan tog'niyam kemiradi lekin bu muttahamlar byudjet bilan qanoatlanmay tashqi qarzlargayam ko'z olaytiradi. Saylov oldi qovun mavsumi yuqori cho'qqiga chiqadi. Ko'ramiz qorinboylarimiz qanday qovunlarni tayyorlab qo'yibdi ekan

@AsliddinKamol

👑

16 Oct, 18:41


Kanal faoliyati avvalgidek davom etadi. Bot ham qaytib ishga tushdi, avvalgi botlar va chatlar o'chirildi. Murojaatlarni @infouchun_bot yozib qoldirishingiz mumkin. Hozir har bir ma'lumot muhim hisoblanadi !

@AsliddinKamol

👑

16 Oct, 10:20


Uchinchi yo'l tanlov sifatida hech qachon berilmaydi uni yaratish kerak. Ko'pchilik harakat qilyotgan narsalar bitta shaxs uchun emas, jamiyat va xalq uchun. Shunday ekan bitta odam bilan hech narsa o'zgarmaydi, biz ko'pchilikmiz bu juda katta kuch. Birlashish kerak bo'lgan paytda har kim o'z yo'nalishini o'zgartirgani uchun umid so'nib boraveradi. Shaxslar o'lib ketgan taqdirdayam ularni g'oyalarni abadiy yashaydi va izdoshlari doim topiladi (bunga tarix yaqqol misol). Uzoq ko'lamli rejalarni yutug'i ham aynan shunda, kelajakni ko'ra olgan har doim ikkinchi variantni o'ylab qo'yadi. Saylov oldi ortiqcha gap-so'z chiqarishni istamagan hukumat ba'zida yeb qo'yganini kech tushunadi. Xalq avvalgidek sodda emas, ularni oddiy ko'rsatuv va yangiliklar bilan manipulyatsiya qilolmaydi. XXI asr diktatorlar uchun og'ir, ijtimoiy tarmoqlar rivojlangan sayin ularni orqasi ochilib boraveradi. Hali oldinda syurprizlar juda ko'p bo'ladi !

@AsliddinKamol

👑

16 Oct, 10:19


Аслиддин Камол қўлга олинганлиги ҳақида хабарлар тарқалмоқда.

Азиз юртдошлар, бу дунёда бизга умр бир марта берилади. Амалдаги сиёсатни ва амалдорларни ислоҳ қилдираман ёки тузатишга сабаб бўламан деб танқидий фикрларингиз учун қамалиб кетиб, қимматли ҳаётингизни қамоқда ўтказишингизга сиз "жон куйдираётган" нарсалар арзимайди!!!

Биз сиёсатни ўзгартира олмаймиз. Сиёсатчиларни ҳам ўзгартира олмаймиз.
Нимадир майда ижтимоий муаммоларни ҳал қилишда ёрдамчи бўлишимиз мумкин холос.

Олдимизда икки йўл бор:
1. Мослашамиз, кўнамиз ва шу ерда келишиб яшашда давом этамиз. Агар салгина ноқулай бўлсак, шу ерда ҳам қамалиб кетишимиз вақт масаласи.
2. Қайтмас бўлиб кўчиб кетамиз. Нега қайтмас бўлиб? Чунки бу юртда ҳеч ким ҳеч қачон ўзини демократиясини тиқа олмайди. Ўзимизнинг демократиямиз бор бизни.
Учинчи йўл йўқ.

Шахсан мен биринчи йўлни танладим.

👉 @poraxur_uz - каналга аъзо бўлинг!

👑

28 Sep, 13:08


Mamlakatlarni hokimiyatga kelgan isyonkor kishilar rivojlantiradilar. Laychalar emas! Isyonkorlariga ergashmagan olomonning esa kuni laychalar qo’lida qoladi.

@AsliddinKamol

👑

23 Aug, 10:14


Chunki tepada haliyam qulvachchalar o'tiribdi. Biz qog'ozda mustaqil bo'lgandirmiz. Lekin, ongimiz hozir ham qullarnikidan farq qilmaydi. Farq qilganlar esa qulvachchalar tomonidan qamoqqa tashlanyapti, o'ldirilyapti, quvg'in qilinyapti.

@AsliddinKamol

👑

13 Aug, 08:55


"Tuxum haqida bilish uchun tuxum tug'ib ko'rish shart emas" - degan ekan bir kishi.

O'risni razvedka tizimi haqida bilish uchun razvedkada ishlab ko'rish shart emas. Ba'zi ishlariga diqqat qilinsa hammasi ayon bo'ladi. Masalan, manabu xabar o'ris razvedkasi telegramdagi anonim kanallar va akauntlarni aniqlash imkoniga ega emasligini ko'rsatadi. O'ris aniqlolmagandan keyin u tarbiyalagan qulvachchalariga yo'l bo'lsin.

Xullas bir necha yillik sinovlarimdan o'tgani uchun yana bir bor aytaman, anonim bo'lsangiz hech kim sizni topolmaydi. Bunga aqli ham, saviyasi ham yetmaydi ularni! Xavfsizligingiz uchun anonim bo'ling!

@AsliddinKamol