Tirilish | Nashriyot @tirilishuz Channel on Telegram

Tirilish | Nashriyot

@tirilishuz


"Tirilish" nashriyoti oʻzbek va jahon adabiyotining eng sara kitoblarini, siz, aziz kitobxonlarga taqdim etadi.


📍t.me/iBook_uz kitob doʻkonimizning rasmiy sahifasi.

Buyurtma berish uchun: @iBook_Uzbekistan

Tirilish | Nashriyot (Uzbek)

Tirilish nashriyoti o'zbek va jahon adabiyotining eng sara kitoblarini, siz, aziz kitobxonlarga taqdim etadi. Bu kanalda eng zamonaviy va ko'p o'qilgan adabiyot asarlarini topishingiz mumkin. O'zbek va dunyo adabiyotining eng mashhur yozuvchilarining kitoblari bu nashriyotda o'qish uchun sizni kutmoqda. Agar siz ham sevimli yozuvchilarning asarlarini tanishni istasangiz, shunday qilib, bu kanal siz uchun. Hoziroq 'Tirilish' nashriyoti bilan bog'laning va eng yangi kitoblar bilan tanishing. Kanalga obuna bo'ling va kitoblar hakkida ma'lumot olishni unutmang! t.me/iBook_uz kitob do'konimizning rasmiy sahifasi. Buyurtma berish uchun: @iBook_Uzbekistan

Tirilish | Nashriyot

21 Feb, 18:38


Tirilish | Nashriyot pinned «O'zbek tilida oylik ilmiy-ommabop jurnal (falsafa, iqtisod, siyosat, adabiyot, san'at, ilm-fan kabi) chiqsa sotib olgan bo'larmidingiz?
»

Tirilish | Nashriyot

21 Feb, 18:38


📚Millatni millat qiladigan – uning tili, madaniyati va qadriyatlari.

Agar bir millat o‘zining asl qiyofasidan uzoqlashib, begona madaniyatga haddan tashqari taqlid qilsa, u asta-sekin o‘z ildizlaridan uzilib, boshqalar soyasida yashashga majbur bo‘ladi.

📖Ibn Xaldun “Muqaddima” asarida buning sabablarini chuqur tahlil qiladi.

Bog'lanish uchun:
@iBook_Uzbekistan

📞 +998956779911

Manzillarimiz:

📍Chilonzor, Shuhrat chorrahasi
📍Chorsu kitob bozori

Tirilish | Nashriyot

18 Feb, 11:42


“Muxtasar Nabaviy Siyrat” kitobi endi sotuvda !

Rasululloh ﷺ hayotlari – eng buyuk tarix, eng go‘zal axloq va har bir musulmon uchun eng ulug‘ ibrat manbai. Ushbu kitob sizga Payg‘ambarimizning muborak hayot yo‘llarini tushunarli va eslab qolish oson tarzda yetkazib beradi.

📖 Bu kitob sizga nima beradi?
🌙Payg‘ambarimizning bolalik yillaridan boshlab, payg‘ambarlik davri, Islomning tarqalishi va tarixiy voqealar haqida ixcham va tushunarli ma’lumot
🌙Siyratni eslab qolish oson bo‘lishi uchun aniq va ravshan uslub
🌙Har bir musulmon o‘qishi shart bo‘lgan eng muhim tarixiy saboqlar

Narxi: 20.000 so’m
Sahifalar soni: 86 ta
Muqovasi:yumshoq


Bogʻlanish uchun:
@ibook_uzbekistan

📞 +998 95 677 99 11

Manzillarimiz:

📍Chilonzor, Shuhrat chorrahasi
📍Chorsu, sobiq “GUM”

Tirilish | Nashriyot

17 Feb, 16:40


Adolat, ilm va jasorat sohibi

📜 Tarix sahifalarida shunday shaxslar borki, ularning hayoti, ilmiy va siyosiy merosi asrlar davomida insoniyatga yo‘lboshchi bo‘lib kelmoqda. Ulardan biri – to‘rtinchi xalifa, Payg‘ambarimiz Muhammad sallolohu alayhi vasallamning jiyani va kuyovi, Islom olamining buyuk siymosi Hazrati Alidir.

⚔️ Hazrati Ali roziyallohu anhu nafaqat jasoratli sarkarda, balki donishmand, adolatparvar va chuqur ilm sohibi sifatida ham tanilgan. Uning hikmatlari, hayotiy tajribasi va rahbarlik uslubi bugungi kunda ham ko‘plab insonlar uchun ibrat bo‘lib xizmat qiladi.

Narxi: 60.000 so’m
Sahifalar soni: 283 ta
Muqovasi: qattiq


Bogʻlanish uchun:
@ibook_uzbekistan

📞 +998 95 677 99 11

Manzillarimiz:

📍Chilonzor, Shuhrat chorrahasi
📍Chorsu, sobiq “GUM”

Tirilish | Nashriyot

16 Feb, 11:19


Alloh kimni yaxshi ko’rishini
bilasizmi?


Har bir mo‘min qalbining eng yuksak orzusi – Robbisining sevgisiga erishishdir. “Alloh kimni yaxshi ko‘radi?” kitobi aynan shu ulug‘ ne’matga yo‘naltiradi.

📖 Qur’on oyatlari va hadislar asosida Allohning roziligiga eltuvchi fazilatlar, qalbni poklash usullari va amaliy tavsiyalar yoritilgan.
Ushbu kitob sizga:

Allohning suyukli bandalari sifatlarini o‘rganish,
🤲 Haqiqiy taqvoga yaqinlashish,
🕊 Qalbni poklash va ruhiy osoyishtalik topish uchun yo‘l ko‘rsatadi.

Bu asar qalbingizga nur, hayotingizga ma’naviy boylik olib keladigan bebaho manbadir.

📌 Narxi: 80.000 so‘m
📖 Sahifalar soni: 432 ta
📚 Muqovasi: Qattiq

Bogʻlanish uchun:
@ibook_uzbekistan

📞 +998 95 677 99 11

Manzillarimiz:

📍Chilonzor, Shuhrat chorrahasi
📍Chorsu, sobiq “GUM”

Tirilish | Nashriyot

07 Feb, 17:20


Ko‘rinishidan bir-biriga o’xshaydi, lekin aslida biri haqiqiy, biri esa soxta!

Qo‘lingizga “Muqaddima” kitobi tushsa, e’tiborli bo‘ling! Sababi do‘konlarda uning soxta nusxalari ham sotilmoqda.

Haqiqiy va soxta kitoblar bir xil ko‘rinishi mumkin, lekin quidagi tafsilotlar ularni farqlashga yordam beradi: muqova materiali, bosma sifati, qog‘oz rangi va ba’zi qalbaki nusxalarda nashriyot muhri ham olib tashlangan bo‘lishi mumkin.

Agar shunaqa soxta nusxani ko‘rsangiz, bizga xabar bering. Qalbaki kitoblarga qarshi kurashishda bizga yordam bergan kitobxonlarga “Tirilish” nashriyotidan kitob sovg‘a qilinadi!

Bog'lanish uchun:
@ibook_uzbekistan

📞 +998956779911

Tirilish | Nashriyot

26 Jan, 14:50


1-fevraldan boshlab “Muqaddima” kitobi sotuvda!

📚 Ushbu asar insoniyat tarixiga, jamiyatning rivojlanish qonuniyatlariga va madaniyatlar o‘zaro ta’siriga oid chuqur mushohadalar bilan boyitilgan.

📖 Bilim sari yana bir qadam tashlash va tafakkur ufqingizni kengaytirish uchun “Muqaddima” ayni kerakli kitob! 1-fevraldan boshlab qo‘lga kiritish imkoniyati bor.

❗️ Oldindan buyurtma qabul qilinmaydi!

Sahifalar soni: 400
Yumshoq muqova: 70 000 so‘m
Qattiq muqova: 80 000 so‘m

Bog'lanish uchun:
@ibook_uzbekistan

Ulgurji xarid uchun:
@Toirsoatov

📞 +998971891199

Manzillarimiz:

📍Chilonzor, Shuhrat chorrahasi
📍Chorsu, sobiq “GUM”

Tirilish | Nashriyot

21 Jan, 16:19


Bu kitob yangi muqovada nashr qilinadi. Mohir yozuvchi, mohir tarjimon, dizayner ham mohir bo'lsin-e deb Bahriddin Bozorovga dizayn qildiradigan bo'ldik.

Tirilish | Nashriyot

21 Jan, 14:33


Ibn Xaldunning “Muqaddima” asari – yangi tahrirdagi nashr tez kunda!

📚 Ibn Xaldun bu kitobida jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari, sivilizatsiyalarning yuksalishi va inqirozi, siyosat hamda iqtisod haqida noyob nazariyalarini bayon qiladi. Asarga siyosatshunos va tarixchilar tomonidan izohlar yozildi.

📜 Ibn Xaldunning Amir Temur bilan uchrashuvi – tarixiy voqealarning guvohi bo‘lgan olimning Sohibqiron haqidagi fikrlari, Temurning siyosiy tafakkuri va shaxsiyati bilan bog‘liq qimmatli mulohazalar ham ushbu nashrda o‘rin olgan.

❗️ Ushbu kitobning mualliflik huquqi “Tirilish” nashriyotiga tegishli bo‘lib, ruxsatsiz nusxa ko‘chirish va tarqatish qonunan taqiqlanadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 149-moddasiga muvofiq, 86 mln so‘mgacha jarima yoki 6 oygacha qamoq jazosiga sabab bo‘lishi mumkin.

Tirilish | Nashriyot

20 Jan, 15:46


Viktor Gyugoning “Kulayotgan odam” asari o‘zbek tilida!

📚 Gyugo bu romanida inson qismati, ijtimoiy adolatsizlik va erkinlik uchun kurash mavzularini chuqur yoritgan.

🇫🇷 Asarning bosh qahramoni Gyunplenin taqdiri orqali adib jamiyatning shafqatsiz qonunlarini fosh etadi.

“Tirilish” nashriyoti loyihasidan chiqayotgan ikkinchi fransuz tilidan tarjima qilingan asar!

Tez kunda…

iBook.uz

Tirilish | Nashriyot

16 Jan, 17:05


Tez kunda "Hujjatul Islom" Imom G'azzoliydan ilk kitobimiz nashr etiladi.

Tirilish | Nashriyot

10 Jan, 05:23


10.01.2025
Tirilish nashriyoti uchun, balki o'zbek kitobxonlari uchun tarixiy kun

Tirilish | Nashriyot

31 Dec, 10:38


Kitob chiqishiga 10 kun qoldi.

Tirilish | Nashriyot

24 Dec, 19:58


"Muqaddima" bosmaga tayyor. Bosishdan oldin oxirgi marta o'qib chiqyapmiz jamoa bilan.

Tirilish | Nashriyot

24 Nov, 13:06


"Tirilish"dan navbatdagi muhim premyera. Tez kunda...

Tirilish | Nashriyot

24 Nov, 13:06


500 Yillik bilim beradigan kitob

📖 Dunyoga mashhur asar – Ibn Xaldunning Muqaddimasi endi o‘zbek tilida! Kitobxonlar tomonidan uzoq kutilgan bu kitobning 1-jildi tez orada nashrdan chiqadi. Ushbu asar o‘zining falsafiy va tarixiy mulohazalari bilan butun dunyoda e’tirof etilgan bo‘lib, har bir satri sizni o‘ylash va yangi fikrlar sari yetaklaydi.

🗓️ 1-dekabrdan boshlab, kitobga oldindan buyurtma qabul qilinadi. Oldindan to‘lov orqali siz bu nodir asarning o‘zbek tilidagi ilk nashridan birinchilardan bo‘lib qo‘lga kiritishingiz mumkin.

Narxi: 79.000 so’m

Bog'lanish uchun:
@ibook_uzbekistan

📞 +998971891199

Manzillarimiz:

📍Chilonzor, Shuhrat chorrahasi
📍Chorsu, sobiq “GUM”

Tirilish | Nashriyot

10 Nov, 13:37


Siyosiy, tarixiy, shaxsiy rivojlanish, o'zbek va jahon adabiyoti hamda diniy kitoblardan 11 tadan saralab, yilning eng katta chegirmasini e'lon qildik. Bu faqat 1 kunga amal qiladi. Yaqinlaringizga xabar bermasangiz bo'lmaydigan aksiya bu)

Batafsil ma'lumotni ushbu postdan olasiz.

Tirilish | Nashriyot

07 Nov, 07:26


Siyosiy kitoblar to‘plami!

"Ibook" do'konidan maxsus siyosiy mavzudagi kitoblar to‘plamini taqdim etamiz. Ushbu kitoblar orqali siz siyosiy yetakchilikning mohiyati, xalqaro munosabatlarning murakkab jihatlari va jamiyatni shakllantiruvchi jarayonlarni o‘rganishingiz mumkin.

📚 Ushbu to'plamga quyidagi kitoblar kiradi:

1. Yumshoq kuch;
2. Qonunlar ruhi haqida;
3. Hukmdor va mulohazalar;
4. Buyuk shaxmat taxtasi;
5. Manipulyativ diktatorlar
.

To'plam narxi: 310.000 so'm - 279.000 so'm

Ibook do‘konidan hoziroq xarid qiling va yangi ufqlar sari qadamni tashlang!

Bog'lanish uchun:
@ibook_uzbekistan

📞 +998971891199

Manzillarimiz:

📍Chilonzor, Shuhrat chorrahasi
📍Chorsu kitob bozori

Tirilish | Nashriyot

23 Oct, 06:25


2 yil oldin Ibn Xaldunning "Muqaddima" asari tarjimasini boshlayotgandik. Keyin qaysidir nashriyot tarjima qilayotganini eshitib qoldik va hurmat yuzasidan to'xtatdik. 2 yil o'tdi, kitob nashr qilinmadi. O'zimiz uchun shuni xulosa qildik: o'ylangan rejani, imkoning bormi, amalga oshirish kerak. O'zbek tiliga bizning xizmat undagi ilmiy manbalarni ko'paytirish bilan bo'ladi.

Bugundan "Muqaddima"ni asli arab tilidan tarjimasini boshlaymiz. Arab tili nashridek 3 tom qilib chiqaramiz. Kitobni ham diniy, ham tarixiy ilmi bor bo'lgan ahli ilmlarimiz tarjima qilishadi.

Tirilish | Nashriyot

20 Oct, 08:04


ibook loyihasining 42-kitobi.

Nashrdan ancha avval o'qiganimda bu asar qaysi janrga kirarkan deb o'ylangandim. "Fors nomalari" ham tarixiy, ham badiiy, ham siyosiy, ham falsafiy, ham sarguzasht, ham diniy kitob. Uni bir janrga mansub qilishning imkoni yo'q.

Muallif "Qonunlar ruhi haqida"dan farqli ravishda bu kitobda qahramonlar orqali o'z fikrlarini o'rtaga tashlaydi. Bu esa kitobni yanada o'qishli qilgani shubhasiz.

336 bet, qattiq muqova va sariq qog'ozli "Fors nomalari"ni ertadan 55,000 so'mga @ibook_uz dan xarid qilishingiz mumkin.

Tirilish | Nashriyot

11 Oct, 16:23


"Siyosat otasi" deya e'tirof etiladigan Nikkolo Makiavellining "Hukmdor" va "Mulohazalar" (Respublikachilik haqida) asarlari endi bitta kitobda.

Kitobni faqat erta va indin 58000 so'mga emas, 48000 so'mga sotib olishingiz mumkin.

Murojaat uchun: @iBook_Uzbekistan
+998971891199

Tirilish | Nashriyot

08 Oct, 15:57


#tez_kunda

Bir insonni sevsak, u yoqtirgan narsalarga qiziqamiz. Nima qilsam, xursand bo'ladi, deymiz. Endi jamiyki olamlarni yo'qdan bor qilgan zot Alloh ta'olo kimni yaxshi ko'rarkan? Bu savolga ba'zilarimizda qisman javob bo'lishi mumkin. Lekin "Tirilish" nashriyoti tayyorlagan "Alloh kimni yaxshi ko'radi?" kitobida bunga atroflicha javob topasiz. Kitobning yozilish uslubi, silliqligi va misollarga boyligi Sizni qiziqtirishi aniq.

Tez kunda, qalbga, ruhga va aqlga birdek murojaat qiluvchi kitob - "Alloh kimni yaxshi ko'radi?"

Tirilish | Nashriyot

07 Oct, 14:43


🏷️"Tirilish" nashriyotining 20% lik chegirmadagi kitoblar ro'yxati

🔖 Barcha kitoblar ro‘yxati esa bu yerda: Ustiga bosing!

🚚
150.000 so‘mdan oshgan xaridlar viloyat pochta ofislarigacha BEPUL yetkazib beriladi.

📞 +998971891199

Manzillarimiz:

📍Chilonzor, Shuhrat chorrahasi
📍Chorsu kitob bozori

Tirilish | Nashriyot

30 Sep, 09:33


"Fors Nomalari" kitobidagi bir maktubda Eronning Moskvadagi elchisi, O'zbekka, Rossiyada agar er xotinini urmasa, demak yaxshi ko'rmaydi deb hisoblanadi va ayol o'zini baxtsiz his qilishi haqida aytadi.

Misol tariqasida Moskvalik bir ayol onasiga yozgan maktubini keltiradi:

"Aziz onajonim!

Men dunyodagi eng baxti qaro ayolman: erim meni yaxshi ko'rishi uchun qilmagan amalim qolmadi, ammo bunga hech ham erisha olmadim. Kecha uyda qiladigan mingta yumushim bor edi; uydan ataylab chiqib ketib, kuni bo'yi tashqarida bo'ldim; qaytib borgach erim meni rosa do'pposlaydi degan ilinjida edim; ammo u menga biz og'iz so'z ham qotmadi. Opamga erining munosabati tamoman boshqacha: u opamni har kuni kaltaklaydi; opam boshqa erkakka qiyo boqishi bilan eridan rosa tayoq yeydi; ular bir-birini juda ham sevishadi va bag'oyat tinch-totuv yashashadi"


"Fors Nomalari" kitobidan

Tirilish | Nashriyot

29 Sep, 14:53


📖“Tirilish” nashriyoti chop etayotgan navbatdagi “Sevdik, Kuldik, Yigʻladik” asarini ham ertadan xarid qilishingiz mumkin.

Ushbu asar Sherzod Ortiqov tomonidan yozilgan. Uning asosiy mavzusi yo'qotilgan avlod bo'lib, asar tobora xastalanayotgan jamiyat va iste'molga o'rganib qolgan odamlar haqida.

Narxi: 42.000 soʻm

Bog'lanish uchun:
@iBook_Uzbekistan

📞+998971891199

Manzillarimiz:

📍Chilonzor, Shuhrat chorrahasi
📍Chorsu kitob bozori

Tirilish | Nashriyot

27 Sep, 14:15


Ertadan sotuvda!

Ilm darvozasi, Alloh ta'olo Jabroil alayhissalom orqali sevishini aytgan inson, farosat va kuchda tengi yo'q, avliyolar sultoni, karomat sohibi Hazrati Ali roziyallohu anhu...

Tirilish | Nashriyot

26 Sep, 15:47


Koʻpchilik Makiavellini “Hukmdor” asari bilan yaxshi taniydi. Lekin uning Respublikachilik haqida yozgan “...Mulohazalar” kitobi Nikkoloning ham aslida demokrat boʻlganini koʻrsatadi.

Biz esa buyuk siyosatshunosning har ikkala asarini bir kitobga jamladik. “Fors nomalari”dan keyin Makiavelli toʻplamini “Tirilish” nashriyotida kuting!

Tirilish | Nashriyot

25 Sep, 16:28


10-12 kundan keyin ushbu benazir kitob nashrdan chiqadi. Monteskye "Qonunlar ruhi haqida" kitobida tarix, siyosat, huquq va falsafani umumlashtirgan bo'lsa, "Fors nomalari"da bularga qo'shib, oila, din, sevgi, do'stlik, xiyonat, erk mavzularini ham ajoyib yoritadi.

Bugundan kitobga oldindan buyurtma berishingiz ham mumkin!

Murojaat uchun: @ibook_uzbekistan

Tirilish | Nashriyot

19 Sep, 15:11


Kitob chiqishini 2 yil kutdik. Muallifligi olinib, tahriri tugaganiga 1 yildan oshdi. Qo'mita ruxsati mana endi chiqdi. Eng qizig'i qilichlik muqovani ham o'tkazishmadi. Mayli, nima bo'lsa, bo'ldi. Muhimi kitobga endi buyurtma berish mumkin.

Telegramda @ibook_uzbekistan yoki +998971891199

Tirilish | Nashriyot

30 Aug, 14:26


"Fors nomalari" qanday kitob?

Avvalroq, "Tirilish" nashriyoti Sharl Lui Monteskye'ning "Fors nomalari" kitobini tez kunda taqdim qilishi haqida xabar bergan edi.

Bugungi videoda ushbu asar bilan qisqacha tanishib o'tamiz) Kitobni kutayotganlar bormi?

Bog'lanish uchun: @iBook_Uzbekistan

📞: +998971891199

Manzillarimiz:

📍Chilonzor, Shuhrat chorrahasi
📍Chorsu kitob bozori