Demokrat.uz | Rasmiy kanal @demokrat_uz Channel on Telegram

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

@demokrat_uz


Demokrat.uz internet nashrining rasmiy telegram kanali

Murojaat uchun: @demokratuz_aloqabot

Tel: +99833 002 8888


Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

👉https://www.youtube

👉 https://facebook

👉https://instagram

Reklama bo'yicha murojaat 👉 @fazliddin_8888

Demokrat.uz | Rasmiy kanal (Uzbek)

Demokrat.uz internet nashrining rasmiy telegram kanali - demokrat_uz. Bu kanal orqali siz yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin. Kanalda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa ko'plab maqolalar joylashadi. Agar sizga bo'lsa tashkilotlar, hukumatlar yoki inson huquqlari boyicha yangiliklar muhim bo'lsa, Demokrat.uz kanaliga obuna bo'ling va so'nggi yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling. Kanal bilan aloqaga chiqish uchun @demokratuz_aloqabot ga murojaat qiling. Biz ijtimoiy tarmoqlarda ham mavjudmiz, shunday qilib, bizni quyidagi manzillarda topishingiz mumkin: YouTube - https://www.youtube, Facebook - https://facebook, Instagram - https://instagram. Agar siz reklama yoki tanlov bilan bog'liq savollaringiz bo'lsa, @fazliddin_8888 ga murojaat qiling. Demokrat.uz kanali sizning eng yaxshi manbaingiz bo'ladi!

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Feb, 11:26


Tartibbuzar o‘quvchilar ota-onalariga ma’muriy jarima belgilandi

Ushbu holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, tegishli tartibda o‘rganish olib borildi hamda pedagog xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi

👉 demokrat.uz/33455

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Feb, 10:50


Senatorlar diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini maʼqulladi

Senatning to‘rtinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

👉 demokrat.uz/33452

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Feb, 10:10


AQSH fazosida yana to‘qnashuv

Amerikaning Arizona shtati janubida ikkita kichik samolyotning to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

👉 demokrat.uz/33449

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Feb, 09:30


“Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan

Xorij nashrlarining birida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi faoliyatiga oid asoslanmagan maʼlumotlar tarqatilgan.

👉 demokrat.uz/33446

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Feb, 08:50


Markaziy bank kartalar borasidagi xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tijorat banklari tomonidan fuqarolarga tegishli bank kartalari haqida SMS xabarlar yuborilayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan Markaziy bank izoh berdi.

👉 demokrat.uz/33443

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Feb, 08:15


8-mart bayramida necha kun dam olinadi?

Joriy yil 8-mart — Xotin-qizlar kuni bayrami haftaning shanba kuniga to‘g‘ri keladi.

👉 demokrat.uz/33433

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Feb, 07:40


Buxoroda elektrdan 1,2 mlrd. so‘mlik noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Ko‘p qavatli turar-joy binosidagi fuqaroga tegishli lift shartnoma tuzmasdan tarmoqqa ulangan.

👉 demokrat.uz/33439

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Feb, 07:00


Rossiya delegatsiyasi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda AQSH vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Mayk Valts muzokaralardan so‘ng "urishni vaqtincha emas, doimiy tugatish kerak" deb qayd etdi. Ammo u AQSH Ukrainaga ko‘rsatgan yordam evaziga "qandaydir to‘lov" olish lozimligini ta’kidladi.

Putin butun Ukrainani bosib olish niyatidan voz kechmagan. G‘arb manbalariga ko‘ra, u muzokaralarni o‘z armiyasini tiklash va pozitsiyasini mustahkamlash uchun fursat sifatida ko‘rishi mumkin.

Demokrat.uz'ning shu mavzuda tayyorlagan to'liq ko'rsatuvini 👉TOMOSHA QILING

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Feb, 06:31


Senatning navbatdagi to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

2025-yil 20-fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

👉 demokrat.uz/33436

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Feb, 05:55


David Kotaria Gruziyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi

Baxtiyor Saidov David Kotaria bilan uchrashuvda uni yangi lavozimi bilan tabrikladi va mamlakatlar oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish yoʻllarini muhokama qildi.

👉 demokrat.uz/33430

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Feb, 05:20


Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyor

Rossiya hech qachon Ukraina bilan muzokara jarayonidan bosh tortmagan.

👉 demokrat.uz/33427

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Feb, 04:46


Poytaxtda avtobus yondi

Olmazor tumani Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida avtobusda yong‘in yuzaga kelgan.

👉 demokrat.uz/33424

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Feb, 03:01


Bugun bahor havosi boʻladi

Bugun kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +13...+18° iliq boʻladi.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Feb, 15:10


“Trest-12”ning davlat ulushi 111 mlrd so‘mga sotildi

“Trest-12”ni to‘rtta kompaniya sotib olishga qiziqish bildirgan, ulardan uchtasi keyingi bosqichga o‘tgan. Faqat ikkita kompaniya o‘z vaqtida majburiy takliflarni taqdim etgan.

👉 demokrat.uz/33421

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Feb, 14:50


Poliklinikalarida pulli xizmatlar rasman joriy etilishi mumkin

Davlat poliklinikalarida pulli xizmatlar rasman joriy etilishi kutilmoqda.

👉 demokrat.uz/33418

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Feb, 13:06


Omonatlarning kafolatlash miqdori 200 million so‘mgacha etib belgilandi

Omonatlarning himoya qilinishini ta’minlash vazifasi Omonatlarni kafolatlash agentligiga yuklatilgan.

👉 demokrat.uz/33415

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Feb, 12:23


Tramp: Rossiyaning Ukrainaga urush ochishiga Zelenskiy aybdor

Demokrat.uz tayyorlagan videolavhada shu haqda soʻz boradi👆

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Feb, 11:55


Haj–2025” ziyorati uchun O‘zbekistonga 15 mingta kvota ajratildi

Bir necha yil oldin ham ayni shu vazirlik rahbari O‘zbekiston prezidenti bilan uchrashuvda mamlakatga ajratilgan kvota miqdori 24 ming ekanini aytgandi.

👉 demokrat.uz/33412

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Feb, 11:05


Mualliflik huquqini buzganlik uchun jarima miqdori oshirilmoqda

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi jamiyatda intellektual mulk huquqiga bo‘lgan hurmat hissini shakllantirish va intellektual mulk egalarining moddiy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

👉 demokrat.uz/33407

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Feb, 10:35


Britaniya Ukrainaga qiruvchi samolyotlarini yuborishi mumkin

Agar Rossiya bunga qarshilik qilmasa, Britaniya tinchlikparvarlik missiyasi doirasida Ukraina osmonida patrullik qilish uchun Qirollik havo kuchlarining Typhoon qiruvchilarini yuborishi mumkin.

👉 demokrat.uz/33403

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

12 Feb, 16:27


Zaytunburn Turkiyaning madaniy shahri

Zaytunburn, Istanbulning markaziga yaqin joylashgani sababli shaharning rivojlangan hududlaridan biri hisoblanadi. Shahar ko‘p aholi yashaydigan hududlardan biri bo‘lib, aholisi asosan turklar, lekin boshqa millat vakillari ham istiqomat qiladi.

👉 demokrat.uz/33235

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

12 Feb, 15:14


Dunyo misli ko‘rilmagan fojialarni boshidan kechiryapti

Ikkinchi fojia hatto birinchisini unutishga ham vaqt qoldirmayapti. Minglab insonlar halok boldi, yashayotganlar esa vahimada. Ketma ket samolyotlar qulashi, havo hujumlari tirik mavjudotni oyoqqa qo‘ydi. Har 2 kunda vahimaga solayotgan yong‘inlar: Los Anjeles, Turkiyadagi mehmonxona yong‘ini, umuman falokatlarning keti tinmayotgan bir paytda Italiyadagi Etna tog‘ida qo‘rqinchli hodisa yuz berdi.

Demokrat.uz'ning shu mavzuda tayyorlagan to'liq ko'rsatuvini 👉TOMOSHA QILING

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

12 Feb, 13:04


Saida Mirziyoeva: Prezidentimiz aytganlaridek, "oqila va o‘qimishli onalar millatning buyuk kelajagini yaratadi".

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

12 Feb, 12:15


O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi – Osiyo chempioni

Musobaqa finalida O‘zbekiston Indoneziyaga qarshi maydonga tushdi va yirik hisobda g‘alaba qozondi.

👉 demokrat.uz/33232

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

12 Feb, 11:45


Jizzaxda tabiatga 435 million so‘mlik zarar yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Jizzax da fviloyati Zarbdor tumanida fuqaro 19 tup daraxtni noqonuniy kesib tashladi

👉 demokrat.uz/33229

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

12 Feb, 10:27


OAV: Modining samolyotini portlatmoqchi bo‘lishdi

Samolyotga hujum rejalashtirilgani haqida ogohlantiruvchi qo‘ng‘iroq politsiyaga kelib tushgan.

👉 demokrat.uz/33225

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

12 Feb, 09:14


Shahnoza Mirziyoyeva magistr unvonini oldi

Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent filialida magistraturaning birinchi bitiruvchilariga diplomlar topshirildi.

👉 demokrat.uz/33222

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

12 Feb, 08:37


To‘rt tup daraxt kesgan 52 mln 500 ming so‘m to‘laydigan bo‘ldi

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi Toʻdakoʻl dam olish maskani hududida nazorat reyd tadbiri oʻtkazildi

👉 demokrat.uz/33217

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

12 Feb, 07:42


Komil Allamjonovga suiqasd qilganlarga sud hukmi o‘qildi

O‘zbekiston Harbiy sudida prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdga oid jinoyat ishi doirasida 10 nafar shaxsga nisbatan sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi.

👉 demokrat.uz/33214

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

12 Feb, 06:45


Mahalla raislarining vakolati besh yilga uzaytirildi

Fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalarining vakolatlari aniqlashtirildi.

👉 demokrat.uz/33211

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

12 Feb, 06:05


Xorazmda profilaktika inspektori begona, yolg‘iz ayol uyida ushlangan

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Shovot tumanida profilaktika inspektori begona ayolning uyida qo‘lga tushgani haqida xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

👉 demokrat.uz/33207

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

12 Feb, 05:30


Zelenskiy Kursk viloyatidagi hududlarni almashtirish taklifini tan oldi

Rasmiy Kiyev Kursk viloyatining bir qismi o‘rniga Rossiya tomonidan bosib olingan hududning qaysi qismini so‘rashini hozircha bilmasligini bildirgan.

👉 demokrat.uz/33203

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

12 Feb, 04:57


Amputantlar futboli bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi finalda o‘ynaydi

Bangladesh poytaxti Dakka shahrida o‘tkazilayotgan amputantlar futboli bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichini 100 foizlik natija bilan yakunladi.

👉 demokrat.uz/33200

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Feb, 15:55


AES qurish bo‘yicha xalqaro konsorsum tuziladi

Kelgusi besh yilda yana 25 gigavattli qayta tiklanuvchi energiya manbalari barpo etiladi. Bularning hisobiga yiliga 64 milliard kilovatt soat “yashil” energiya olinadi.

👉 demokrat.uz/33197

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Feb, 15:19


Erdo‘g‘on G‘azodagi vayronagarchilik uchun Isroildan 100 mlrd dollar tovon talab qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp G‘azo sektorini sotib olib, uning ustidan nazorat o‘rnatishi va keyin arab davlatlari yordamida qayta tiklashi mumkinligini aytgandi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va HAMAS mazkur rejani qoraladi.

“Hechkim Falastin xalqini ikkinchi Nakbani boshidan kechirishga majburlay olmaydi”, deya ta’kidladi Erdo‘g‘on.

Demokrat.uz'ning shu mavzuda tayyorlagan to'liq ko'rsatuvini 👉TOMOSHA QILING

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Feb, 15:10


Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi Senatga yuborildi

Konsepsiyaning qabul qilinishi fuqarolarning teng huquqliligini kafolatlaydi, dunyoviylikni turlicha talqin qilinishining oldini oladi.

👉 demokrat.uz/33183

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Feb, 13:50


Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston 121-o‘rinda qayd etildi

Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti 2024-yil uchun Korrupsiyani qabul qilish indeksini ma’lum qildi.

👉 demokrat.uz/33191

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Feb, 13:10


Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro maslahat kengashi ekspertlari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev 11-fevral kuni Xalqaro maslahat kengashi ekspertlari Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyuleni qabul qildi.

👉 demokrat.uz/33194

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Feb, 12:20


Erdo‘g‘an Malayziya Bosh vaziriga mashina sovg’a qildi

Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun Kuala-Lumpurga rasmiy tashrifi chog‘ida Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimga TOGG markali zamonaviy turk elektromobilini sovg‘a qildi

👉 demokrat.uz/33180

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Feb, 11:06


Ona shirinlikni ruxsatsiz olgani uchun farzandining qo‘llarini kuydirdi

Hodisa 2024-yilning 30-oktabr kuni sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, 34 yoshli ayol 8 yoshli o‘g‘lini uydagi shirinliklarni ruxsatsiz yegani sababli barmoqlari orasi va boshqa tana a’zolariga paxta tiqib yoqqan.

👉 demokrat.uz/33170

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Feb, 10:26


Iste‘molchilarga 18 milliard so‘mdan ortiq ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq hisoblangani aniqlandi

Namanganda maishiy chiqindi tashish xizmati bo‘yicha iste‘molchilarga asossiz hisoblangan 18 milliard so‘mdan ortiq mablag‘larni qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

👉 demokrat.uz/33167

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Feb, 09:51


AQSH ning migratsiya siyosati o‘zbeklar uchun manfaatlimi?

Minglab insonlar Amerika orzusi bilan yashaydi. Yana qanchasi jiddiy xavf-xatarga qaramay, katta mablag‘ evaziga Meksika orqali AQShga o‘tishga urinishadi

👉 demokrat.uz/33156

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Feb, 09:10


Qozog‘iston FVV O‘zbekiston fuqarolarini qutqardi

Qozog‘iston hududidagi avtomagistral yo‘lda qolib ketgan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari qutqarildi.

👉 demokrat.uz/33160

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Feb, 07:56


Arizona shtatida samolyotlar to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Voqea 10-fevral kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 15:00 da Arizonaning Skottsdeyl aeroportida yuz bergan.

👉 demokrat.uz/33149

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Feb, 07:11


Tadbirkorning murojaati hal etildi

Andijon viloyatining Andijon tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Qodirov Abdusalomning murojaati Biznes-ombudsmanning hududiy xodimlari tomonidan o‘rganilib, murojaatda keltirilgan masala ijobiy hal qilindi. Xususan, YATT A. Qodirovning ko‘rsatilgan manzilda mavjud emasligi sababli, Soliq kodeksining 111-moddasi 4-bandiga asosan, uning bank hisob-raqami 2025-yil 4-fevral kuni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgan.

👉 demokrat.uz/33139

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Feb, 05:56


Sankt-Peterburg o‘zbekistonliklarni ishga jalb qiladi

O‘zbekiston Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev boshchiligidagi delegatsiya Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Vladimir Knyaginin bilan Sankt-Peterburg va O‘zbekiston o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

👉 demokrat.uz/33143

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Feb, 05:26


O‘zbekiston oltin zaxirasi qariib 43 mlrd dollarga yetdi

Birinchi fevral holatiga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralari qiymati 42,9 mlrd dollarni tashkil qildi.

👉 demokrat.uz/33140

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Feb, 04:50


Gvatemalada avtobus ko‘prikdan quladi

avtobus koʻprikdan daryoga qulashi oqibatida 51 kishi halok boʻldi. Maʼlumotlarga koʻra, avtobus San-Agustin Akasaguastlan shahridan poytaxt Gvatemalaga ketayotgan boʻlgan.

👉 demokrat.uz/33136

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Feb, 04:08


Shokolad ichiga yashirilgan bomba aniqlandi

Rossiyada maxsus operatsiya hududiga jo‘natilgan shokolad ichiga portlovchi modda yashirilgani aniqlandi.

👉 demokrat.uz/33133

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

10 Feb, 16:46


AQSH hukumati xarajatlarini qisqartirish ustida ishlayotgan Ilon Mask hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan «Amerika Ovozi» va «Ozodlik/Ozod Yevropa» radiolarini yopishni taklif qildi. Batafsil videolavhada tomosha qiling

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

10 Feb, 15:25


Samarqandda ayol eri tomonidan o‘ldirildi

Samarqand viloyatida 27 yoshli Shahnoza ismli ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan kaltaklanib, vafot etdi.

👉 demokrat.uz/33130

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

10 Feb, 14:11


Isroil nega bu qadar qudratli?

II jahon urushiga qadar davlati ham bo‘lmagan yahudiylar shu paytgacha qanchadan qancha bosqinchilik ishlarini amalga oshirdi?

Kam sonli bo‘lishiga qaramay, ayollar erkaklar bilan baravar xizmat qiladigan Isroil armiyasi boshqa davlatlarnikidan nimasi bilan farqlanadi?

Demokrat.uz'ning shu mavzuda tayyorlagan to'liq ko'rsatuvini 👉TOMOSHA QILING

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

10 Feb, 13:20


Alisher Qodirov Energetika vazirligini tanqid qildi

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va fraksiyasining rahbari Alisher Qodirov Energetika vazirligiga o‘z jiddiy e’tirozini bildirdi.

👉 demokrat.uz/33124

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

10 Feb, 12:44


Endi o‘zbek tili fani oq‘ituvchilariga ham ustama to’lanadi

2025-yil 1-fevraldan boshlab oʻzbek tili (davlat tili) fani oʻqituvchilariga ham ustama toʻlab beriladi.

👉 demokrat.uz/33121

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

10 Feb, 12:05


Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi monitoringdan oʻtkaziladi

“Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish uslubiyoti” Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

👉 demokrat.uz/33118

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

10 Feb, 11:37


Umra safariga to‘plangan mablag‘ boshqa savobli ishga yo‘naltirildi

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani “Yangi ariq” mahallasida yashovchi Tohir Xoʻjamurodov Umra safari uchun yigʻib qoʻygan pullarini boshqa bir savobli ishga yo‘naltirdi.

👉 demokrat.uz/33113

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

10 Feb, 10:59


AQSH da 9-fevral “Ko‘rfaz kuni” deb e’lon qilindi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Air Force One bortida Meksika ko‘rfazi uzra parvozi chog‘ida 9 fevralni “Ko‘rfaz kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

👉 demokrat.uz/33110

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

10 Feb, 09:41


Yanvar oyida inflyatsiya 0,72 foizni tashkil etdi

Inflyatsiya darajasi 2024-yil yanvar oyidagi ko‘rsatkichdan (0,64 foiz) yuqori, lekin 2023-yil yanvar oyidagi inflyatsiya darajasidan (0,82 foiz) past.

👉 demokrat.uz/33107

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

10 Feb, 09:05


“Ayritom” chegara bojxona postida 612 kilogram “gashish” giyohvandlik vositasi ushlab qolindi

Surxondaryoda supurgilar dastagiga yashirilgan 612 kg. “gashish” giyohvandlik vositasini olib kirishga urinish fosh qilindi.

👉 demokrat.uz/33101

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

06 Feb, 15:35


AQSH Isroilga eng kuchli yadroviy bo‘lmagan MOAB bombalardan biri yetkazib beradi

Tramp administratsiya Isroilga eng kuchli yadroviy bo‘lmagan MOAB bombalardan biri yetkazib berilishini ma’lum qildi.

👉 demokrat.uz/32968

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

06 Feb, 14:50


Rossiyada o‘zbekistonlik erkak chaqaloqni qutqardi

Rossiyaning Moskva viloyatida o‘zbekistonlik erkak yo‘lda yotgan 11 oylik qizaloq chaqaloqni avtomobillar ostida qolishdan qutqarib qoldi

👉 demokrat.uz/32965

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

06 Feb, 13:45


Gulnora Karimova o‘zlashtirgan 182 mln dollar miqdoridagi mablag‘lar O‘zbekistonga qaytariladi

Bugun poytaxtda O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasida “Musodara qilingan aktivlarni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim” imzolandi

👉 demokrat.uz/32962

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

06 Feb, 13:11


Malayziya bilan birgalikda yangi «Umra plus» yo‘nalishlari ochiladi

Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikda yangi “Umra plus” yo‘nalishlari ishlab chiqiladi. Bu haqda turizm qo‘mitasi matbuot kotibi xabar berdi.

👉 demokrat.uz/32957

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

06 Feb, 12:35


Samara shahri sobiq meri va uning rafiqasi o‘ldirildi

Rossiyaning Samara shahri sobiq meri Viktor Tarxov va uning rafiqasi Natalya Finlyandiyadan qaytib kelganidan keyin Samaradagi kvartirasida o‘ldirib ketildi,

👉 demokrat.uz/32954

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

06 Feb, 12:01


Prezident Malayziya ishbilarmonlarini O‘zbekistonga sarmoya kiritishga taklif qildi

Prezident 5 fevral kuni Kuala-Lumpurga rasmiy tashrifi chog‘ida Toshkent viloyatida Malayziya kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona tashkil etilganini maʼlum qildi.

👉 demokrat.uz/32951

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

06 Feb, 11:30


Osh yesang 2 kun och qolasan

Agentlikning galdagi maʼlumotida 2025-yilning yanvar oyi uchun “Palov indeksi” e’lon qilindi.

👉 demokrat.uz/32948

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

06 Feb, 10:54


Everestga yolgʻiz chiqish taqiqlandi

Nepal hukumati Everestga (8 849 m) va balandligi 8 ming metrdan ortiq bo‘lgan boshqa cho‘qqilarga yolg‘iz chiqishni taqiq qoʻydi

👉 demokrat.uz/32945

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

06 Feb, 09:48


Endi kuniga 22 300 so‘m topgan odam kambag‘al hisoblanmas emish!!..

2025-yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming so‘mni tashkil etdi.

Kanalga ulaning👇
@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

06 Feb, 08:32


Qo‘qonda qariyb 1,9 mlrd so‘mlik qalbaki dori vositalari aniqlandi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida ikki holatda umumiy bahosi qariyb 1,9 mlrd so‘m bo‘lgan qalbaki dori vositalarining muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi.

👉 demokrat.uz/32935

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

06 Feb, 07:55


Dron ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hududida aqilli qishloq xo‘jaligi texnikalari va dronlarni mahalliylashtirgan holda ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

👉 demokrat.uz/32932

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

06 Feb, 07:21


Sog‘ligi tufayli Bahodir Jalolov jangi bekor qilindi

Bahodir Jalolov fransiyalik Devid Spilmontga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi. Afsuski, shifokorlar o‘zbekistonlik sportchiga jang qilish uchun ruxsat bermadi.

👉 demokrat.uz/32929

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

06 Feb, 06:40


Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Trampning Ukrainadagi urushni tugatish rejasi taqdim etiladi

AQSH ittifoqchilari Qo‘shma shtatlar prezidentining Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog 14-16 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Donald Trampning Ukrainadagi urushni tugatish rejasini taqdim etilishi kutilmoqda.

👉 demokrat.uz/32926

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

06 Feb, 06:25


#Bildirish

Bugun, 6-fevral kuni Toshkent va vodiy viloyatlarini bogʻlovchi avtomobil yoʻlining maʼlum qismida transport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

05 Feb, 15:10


Tojikiston sobiq tashqi ishlar vaziri qamaldi

Beshinchi fevral kuni Tojikiston Oliy sudi davlat to‘ntarishiga urinish bo‘yicha ayblov doirasida sobiq tashqi ishlar vaziri Hamroxon Zarifiyni 27 yil qamoq jazosiga hukm qildi.

👉 demokrat.uz/32922

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

05 Feb, 14:51


Poytaxt bozorlarida patta puli yana keskin oshadi

Toshkentdagi yirik bozorlarda patta puli va ijara haqlari yana keskin oshishi mumkin. Hokimlik muhokamaga qo‘ygan qaror loyihasiga ko‘ra, Sergeli mashina bozori, Farhod bozori va O‘rikzor ulgurji bozori kabi savdo hududlarida bir martalik yig‘imlar 29%gacha oshishi rejalashtirilmoqda.

Agar ushbu o‘zgarishlar tasdiqlansa, qator mahsulotlar uchun savdo haqlari oshadi.

Demokrat.uz'ning shu mavzuda tayyorlagan to'liq ko'rsatuvini 👉TOMOSHA QILING

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

05 Feb, 12:36


O‘zbekiston bilan Malayziya o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklik munosabatlari yanada kengayadi

5-fevral kuni «Perdana Putra» hukumat majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazildi.

👉 demokrat.uz/32916

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

05 Feb, 10:06


AQSH ayrim xalqaro tashkilotlar tarkibidan chiqdi

Prezident Tramp AQSHni BMT Inson huquqlari kengashi va BMTning Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) tarkibidan chiqarish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

👉 demokrat.uz/32912

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

05 Feb, 09:30


Uch oydan ortiqqa chet elga ketgan fuqarolarga pensiya to‘lash vaqtincha to‘xtatiladi

O‘zbekistondan tashqariga chiqib 3 oydan ortiq vaqt mobaynida qaytib kelmagan fuqarolarga pensiyani to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi, deya xabar bermoqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati.

👉 demokrat.uz/32909

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

05 Feb, 08:50


O‘zbekistondagi chegaralardan navbatsiz o‘tish uchun pulli Fast Track xizmati paydo bo‘ladi

O‘zbekistondagi chegara punktlaridan navbatsiz o‘tish uchun pulli Fast Track xizmati paydo bo‘ladi.

👉 demokrat.uz/32906

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

29 Jan, 14:33


Xitoy tufayli AQSh 1 trln dollaridan ajraldi

Bir kechada Xitoy texnologiyasi AQSh iqtisodiyotini chuqur larzaga keltirdi. Deepseek milliardlab dollarlik kompaniyalarga zarar yetkazdi. Xitoyning sun'iy intellekt bo'yicha yordamchisi DeepSeek texnologiya sektori va bozorlarini larzaga keltirib Amerikaning sun'iy intellekt texnologiyalaridagi ustunligi haqidagi tasavvurni barbod qildi.

20-yanvar kuni e'lon qilingan DeepSeek hafta oxiri Apple App Store do'konida eng ko'p yuklab olingan bepul ilovaga aylandi.

Demokrat.uz'ning shu mavzuda tayyorlagan to'liq ko'rsatuvini 👉TOMOSHA QILING

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

29 Jan, 12:31


 Pulli avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha tender e’lon qilindi

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘lini davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish yuzasidan tender e’lon qilindi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

👉 demokrat.uz/32622

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

29 Jan, 12:00


Samarada maktab o’quvchilari evakuasiya qilindi

Samaradagi maktab binosidan yong‘in signalizasiyasi chalinganidan keyin 800 kishi, jumladan, 650 bola evakuasiya qilindi. Qurbonlar yo‘q.
Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Samara viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS ” .

👉 demokrat.uz/32619

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

29 Jan, 11:30


“Ma’rifatli ona” tanlovi g’oliblariga 6 oylik kommunal to’lovlar to’lab beriladi

Andijon tuman hokimi Boburjon Yo‘ldashev onalar o‘rtasida kitobxonlik musobaqasini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Uning aytishicha, musobaqa 20 yoshdan, 45 yoshgacha bo‘lgan onalar o‘rtasida “Ma’rifatli ona” nomi ostida o‘tkaziladi.

👉 demokrat.uz/32616

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

29 Jan, 11:00


Qaysi viloyatda chorva mollari ko’p yetishtiriladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan kunlik e’lon qilinadigan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda bozorlarda mol go‘shtining narxi kilogramiga minimum 60 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha, qo‘y go‘shtining narxi esa 65 ming so‘mdan 70 ming so‘mgachani tashkil qilmoqda.

👉 demokrat.uz/32613

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

29 Jan, 10:31


Global dengiz yuzasi haroratining ko’tarilishi

Iqlimshunoslarning xalqaro guruhi global dengiz yuzasi haroratining koʻtarilishi soʻnggi yillarda oʻtgan asrning 80-yillarining oxiriga nisbatan toʻrt baravar tezlashgani, hozirda har oʻn yil ichida 0,06 darajadan 0,27 darajani tashkil etgani haqida dalillarni topdi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Reding universiteti matbuot xizmati xabar berdi.

👉 demokrat.uz/32607

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

29 Jan, 10:05


Murojaatlarni yaxshi ko’rib chiqmagan salkam 4 ming masʼul shaxs javobgarlikka tortildi

Qabulxonalariga qariyb 1,2 million murojaat kelib tushdi. Bu 2023-yilga nisbatan 64,1 mingtaga kamaygan. 
2024-yilda Prezident virtual va Xalq qabulxonalariga qariyb 1,2 million murojaat kelib tushdi. Ariza-shikoyatlar 2023-yilga nisbatan 64,1 mingtaga kamaygan.
Ayniqsa, murojaatlar Namanganda 24, Toshkent viloyatida 21, Fargʻonada 11 va Toshkent shahrida 7 foizga kamaygan.

👉 demokrat.uz/32604

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

29 Jan, 07:00


Parkent tumani “Yangi Sanganak” mahallasida viloyat hokimi aholi bilan uchrashdi

“Yangi Sanganak”da aholi uchun ijtimoiy xizmatlar ham kengaytirilmoqda. Qishloqda 2 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 1 ta umumta’lim maktabi va 1 ta oilaviy shifokorlik poliklinikasi faoliyat yuritadi.
O‘tgan yili 600 million so‘m kredit ajratilgan bo‘lib, 16 nafar fuqaro o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshladi. Shu bilan birga, 6 ta xonadon tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi.

👉 demokrat.uz/32594

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

29 Jan, 06:30


Qiyomat soatiga butun dunyo yaqinlashmoqda

Yadro tahdidi bilan bog‘liq keskinlik darajasini aks ettiruvchi Qiyomat kuni soati bir soniyaga o‘zgartirildi va endi ularning millari “Yadroviy yarim tun”gacha 89 soniya qolganini ko‘rsatmoqda. Yangilangan soat taqdimoti 28-yanvar kuni tashkilotning Bulletin of the Atomic Scientists jurnali tomonidan efirga uzatildi.

👉 demokrat.uz/32590

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

29 Jan, 06:00


Germaniyaning Rheinmetall qurol-yarog‘ konserni rahbariga suiqasd uyushtirilmoqda

Yevroparlamentda so‘zga chiqqan NATO bosh kotibining innovatsiyalar, gibrid va kibertexnologiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Jeyms Appaturay Rheinmetall bosh direktori Armin Papperger xavf ostida qolganini tasdiqladi.
Appaturayning so‘zlariga ko‘ra, qo‘poruvchilik doirasida o‘t qo‘yishlar, temir yo‘llarda avariyalar, siyosatchilarning mulkiga hujumlar, sanoat sohasidagi yetakchilarga, xususan, Rheinmetall rahbariga suiqasdlar rejalashtirilgan.

👉 demokrat.uz/32587

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

29 Jan, 05:30


Prokuratura endi quyosh panellari o‘rnatilishini  nazorat qiladi

O‘zbekistonda 2025-yilda aholi, kichik biznes va ijtimoiy soha obektlari tomonidan iste’mol qilinadigan elektr energiyasining kamida 40 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga qoplanishi rejalashtirilgan. Bu haqda bosh prokuror o‘rinbosari Shoxrux Aminov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

👉 demokrat.uz/32583

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

29 Jan, 04:31


Toshkentdan Nyu-Yorkka uchayotgan samolyot bortida chaqaloq dunyoga keldi

28-yanvar kuni Toshkent – Nyu-York yo‘nalishi bo‘ylab uchayotgan samolyot bortida chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Uzbekistan Airways kompaniyasi xabar berdi. Ekipaj brigadasi boshqaruvchisi ovozli e’lon orqali samolyotdagi shifokorlarni yordamga chaqirgan.
Chaqiriqqa yo‘lovchilar orasidagi shifokor-akusher va jarroh javob berishgan. Bir oz vaqt o‘tib, yo‘lovchi o‘g‘il farzandini dunyoga keltirdi.

👉 demokrat.uz/32577

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

29 Jan, 04:01


Rossiyada Sony PlayStation va Microsoft Xbox kabi o’yinlar taqiqlanishi mumkin

Yevropa diplomatiyasining rahbari Kaya Kallas, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketida Sony PlayStation va Microsoft Xbox kabi o‘yin konsollarini sotishni taqiqlashni ko‘rib chiqayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qurilmalar dronlarni boshqarishda ishlatilishi mumkin.
«Biz Rossiyaga urush olib borishda yordam beradigan barcha narsalarni o‘rganib chiqmoqdamiz va ularni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritmoqdamiz.

👉 demokrat.uz/32573

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

29 Jan, 03:30


To‘qayev yadroviy energetikani rivojlantirmoqchi

Energiya taqchilligi o‘sib borayotgan bir sharoitda birinchi AES qurilishini tezlatish va umuman, mamlakatda yadroviy klasterni yaratishga kirishish lozim, dedi u.
To‘qayev hukumatga «Samruk-Qazina» bilan hamkorlikda atom sohasini rivojlantirishning uzoq muddatli rejasini ishlab chiqishni topshirdi. «Hukumat va parlamentdan ikkinchi atom stansiyasi quriladigan joy bo‘yicha takliflarni kutaman», — dedi Qozog‘iston prezidenti.

👉 demokrat.uz/32570

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

29 Jan, 03:01


Bugun qayerlarda qor yog‘adi?

O‘zgidromet  29-yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo prognozlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.

👉 demokrat.uz/32567

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

28 Jan, 15:01


«Ijtimoiy karta» boʻyicha qarorida nimalar keltirilgan?

Haydovchilar endilikda texpasport, haydovchilik guvohnomasi yoki ID-karta olib yurishlari shart emas.
Shuningdek, banklarda, notariuslarda, temir yoʻl stansiyalarida yoki aeroportlarda siz ID-kartangizni telefon orqali koʻrsatish mumkin.
Qarorda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va «Ijtimoiy karta» mobil ilovasida joriy etiladigan hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari roʻyxati keltirilgan.

👉 demokrat.uz/32561

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

28 Jan, 14:31


Uzbekistan Airways Rossiya va Belarus hududini aylanib o‘tgan holda Yevropaga bormoqda

Ma’lum bo‘lishicha, aviakompaniya reyslari 2025-yil 20-yanvardan boshlab janubroqdan – Ozarbayjon va Turkiya hududlari orqali amalga oshirilmoqda.
Kompaniya matbuot xizmati izoh berishicha, yo‘nalish o‘zgarishi Azerbaijan Airlines samolyoti aviahalokati bilan bog‘liq emas. “Bu Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi tavsiyasi, chunki biz Yevropa fuqarolariga ham xizmat ko‘rsatamiz.

👉 demokrat.uz/32558

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

28 Jan, 12:30


“Ibn Sino sizniki yoki bizniki emas barchamizniki

Kuni kecha Tojikiston Madaniyat vaziri Matluba Sattoriyon matbuot anjumanida CNN nashrida Ibn Sino oʻzbek olimi deyilganiga munosabat bildirib, bu xato maʼlumotligi, tarixiy manbalarni oʻrganmaydigan jurnalistlarning asossiz daʼvosi ekanligini taʼkidladi. U tojik olimlari va tadqiqotchilari xalqning madaniy va adabiy merosini oʻzlashtirishga urinayotganlarga munosib javob berishiga ishonch bildirdi.

👉 demokrat.uz/32553

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

28 Jan, 12:00


AQSh noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilmoqda

“AQSh immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) yakshanba kuni AQSh ma’muriyatining noqonuniy migratsiyaga qarshi choralari doirasida 1179 kishini hibsga oldi”, – deb xabar bermoqda NBC telekanali.
Shundan 566 nafar mahbus AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tganlikda ayblangan

👉 demokrat.uz/32550

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

28 Jan, 11:00


«Qoplonbek» va «Navoiy» nazorat-o‘tkazish punktlari cheklovlar bilan ishlaydi

Qozog‘iston va O‘zbekiston «Qoplonbek» va «Navoiy» nazorat-o‘tkazish punktlarini ochdi, biroq ular cheklovlar bilan ishlaydi, deb xabar berdi Tengrinews.
Qozog‘iston Davlat daromadlari qo‘mitasining tushuntirishicha, O‘zbekiston tomoni modernizatsiya bo‘yicha qurilish ishlarini yakunlash uchun tez orada «G‘isht-Ko‘prik» nazorat-o‘tkazish punktini (Qozog‘iston tomonidagi «Jibek yo‘li» punkti) vaqtincha yopib qo‘yadi.

👉 demokrat.uz/32547

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Jan, 13:37


O‘zbekistondagi uchta OTM dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatiga kiritildi

Buyuk Britaniyaning “Times Higher Education-THE” reyting tashkiloti fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli universitetlari ( “World University Rankings 2025 by Subject”) roʻyxatini eʼlon qildi.
Jahonning TOP-1000 oliygohlari kiritilgan ushbu roʻyxatdan Oʻzbekistonning 3 ta oliy taʼlim tashkilotlari ilk marotaba joy oldi.

👉 demokrat.uz/32179

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Jan, 13:07


Yong‘in navbati Turkiyaga keldi

15 kundirki Amerika yong‘inni o‘chriish bilan ovvora. Endi esa navbat Turkiyaga yetdi. Turkiyaning tog‘-chang'i markazining mashhur mehmonxonalaridan biri Grand Kartal mehmonxonasida kechasi yong‘in sodir bo'ldi.

Hodisa oqibatida vafot etganlar soni ayni damgacha 80 nafardan oshgan. Fojia sabab 50 dan ortiq kishi jiddiy kuygan, ular shifokorlar nazoratida.

Demokrat.uz'ning shu mavzuda tayyorlagan to'liq ko'rsatuvini 👉TOMOSHA QILING

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Jan, 12:34


Fransiya Bashar Asadni hibsga olishga order berdi

Suriyaning sobiq rahbari Bashar Asad urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar, qotilliklarga sheriklikda va armiya tomonidan tinch aholiga qarshi qasddan hujum uyushtirganlikda ayblanmoqda.

👉 demokrat.uz/32176

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Jan, 11:44


Endigina ish boshlagan Tramp Yevropa Ittifoqi va Xitoyga tahdid qilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp yana Yevropa Ittifoqiga savdo bojlari joriy etish bilan tahdid qildi. «Ular bizga juda va juda yomon munosabatda bo‘lishdi. Shuning uchun ular bojlarga tayyor bo‘lishlari kerak», dedi Tramp anjumanda.

👉 demokrat.uz/32172

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Jan, 09:31


Oʻzbekistonda zamonaviy kasblarni oʻrgatadigan yangi universitet tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Cyber university” davlat universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-14-son qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, Oʻzbekistonda yangi zamonaviy oliy oʻquv yurti ish boshlaydi.

👉 demokrat.uz/32168

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Jan, 09:01


Pedofillarga 5 sutkalik qamoq jazosi kam emasmi?

Kunora ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmaganlarga nisbatan qilingan jinsiy tajovuz haqidagi xabarlar ko‘p tarqaladigan bo‘ldi. Bu bir tarafdan yaxshi, sababi bunday jinoyatlar ochiqlanmoqda, yashirin qolib ketmayapti. Ikkinchi tomondan esa, savol tug‘iladi, aksincha, bu holat ko‘paygan bo‘lsa-chi?
Buning ortidan pedofillarga o‘qilayotgan hukumlar esa undan-da achinarli (yoki kulgili).

👉 demokrat.uz/32165

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Jan, 08:31


Tojikistonda ham rahbarlar ishdan olindi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon kecha, 21-yanvar kuni hukumat, sudlar va boshqa idoralarda bir qator kadrlar o‘zgarishini amalga oshirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
“Respublika hukumatiga qarashli bir qator vazirlik va qo‘mitalar rahbarlari pensiya yoshiga yetgani munosabati bilan lavozimlaridan ozod qilindi.

👉 demokrat.uz/32162

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Jan, 08:00


Urush to’xtamasa Putinga Tramp bosim o‘tkazmoqchi

Oq uy rahbari, agar Vladimir Putin urushni tugatish bo‘yicha muzokaralardan bosh tortsa, Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishini aytdi.
22-yanvar, chorshanba kuni dpa axborot agentligi xabariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralardan bosh tortsa, Rossiyaga qarshi «katta ehtimol bilan» yangi sanksiyalar joriy etishini aytdi.

👉 demokrat.uz/32156

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Jan, 07:30


Gvardiola Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi

Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaga yangi qo‘shilgan Abduqodir Husanov va Reys haqida fikr bildirdi.
Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 7-turidan o‘rin olgan “PSJ”—“Manchester Siti” uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida qatnashgan mehmonlar murabbiyi Gvardiola ikki yosh himoyachilar haqida fikr bildirdi.

👉 demokrat.uz/32159

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Jan, 07:25


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Erkinjon Oqbutayevich Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Jan, 07:01


Qirg‘izistonda jamoat joylarida burqa kiyish taqiqlandi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov jamoat joylarida yuzni yopadigan diniy liboslar kiyishni taqiqlovchi qonunni imzoladi.
Qirg‘iziston rahbarining ta’kidlashicha, bu masala juda bahsli hisoblanadi. Diniy qoidalarga ergashuvchilar Japarovdan qonunni e’tiroz bildirgan holda rad etishni so‘rashgan bo‘lsa, jamiyatning yana bir qismi esa uni imzolashni qat’iy talab qilgan.

👉 demokrat.uz/32153

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Jan, 06:31


Bugun 22-yanvar Turkiyada motam kuni deb e’lon qilindi

76 kishi halok bo‘lgan Kartalkaya tog‘-chang‘i markazidagi mehmonxonada yong‘in sodir bo‘lganligi sababli Turkiyada bir kunlik milliy motam e‘lon qilindi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an hukumat yig‘ilishida ma’lum qilgan.
Mehmonxonada yuz bergan yong‘in ishi bo‘yicha to‘qqiz kishi, jumladan, mehmonxona egasi ham qo‘lga olingan.

👉 demokrat.uz/32150

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Jan, 06:00


AQShda noqonuniy muhojirlarga reyd boshlandi

Qo‘shma Shtatlarda noqonuniy muhojirlarni keyinchalik deportasiya qilish uchun hibsga olish uchun reydlar boshlandi.
Bu haqda CNN telekanalida prezident Donald Tramp ma’muriyatining chegara xavfsizligi masalalari bo‘yicha kuratori Tomas Xoman ma’lum qildi.

👉 demokrat.uz/32147

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Jan, 05:30


Ayrim turdagi mahallalarda kichik inspektor lavozimi joriy etiladi

Kriminogen vaziyat ogʻir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmlari joriy etiladi. Bu boʻyicha Prezident qarori qabul qilindi.
Jumladan, viloyatlar markazlari va kriminogen vaziyat ogʻir tuman (shahar)lar mahallalarida profilaktika kichik inspektori ish boshlaydi. U mehnat migrantlari, maktab bitiruvchilari va talabalar bilan shugʻullanadi.

👉 demokrat.uz/32142

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Jan, 05:01


Bizni 2025-yilda qanday muammolar kutmoqda?

“Global Risk Report-2025” hisobotiga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari yaqin ikki yilda bir qator jiddiy muammolarga duch kelishi kutilmoqda. Hududda geosiyosiy beqarorlik, qurolli mojarolar (davlatlararo) yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘ntarishlar va xalqaro munosabatlarning yomonlashuvi kabi asosiy tahdidlar ehtimoliy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Shungdek, resurslar taqchilligi ham mintaqaga xavf solib turibdi.

👉 demokrat.uz/32119

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Jan, 04:30


Tayvanda 6,4 magnitudali zilzila yuz berdi 

Kecha, 21-yanvar kuni Tayvanda 6,4 magnitudali zilzila yuz berishi oqibatida 27 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilzila Tayvanning janubida soat 12:17 da sodir bo‘lgan bo‘lib, markazi Szyai okrugi ma’muriyatidan 38 kilometr (24 mil) janubi-sharqda, 10 kilometr (6 mil) chuqurlikda sodir bo‘lgan. AQSH Geologiya xizmati zilzilaning magnitudasini 6 darajada aniqladi.

👉 demokrat.uz/32135

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Jan, 04:01


Meksika orqali AQSHning yopiq chegarasiga migrantlar karvoni yo‘l oldi — CNN

Meksikalik muhojirlarning yangi karvoni AQSH prezidenti Donald Trampning kutilayotgan qattiq migratsiya siyosatiga qaramasdan, AQSHga yo‘l oldi, deb xabar bermoqda CNN immigratsiya idoralariga tayanib.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Venesuela, Kolumbiya, Ekvador, Kuba va boshqa davlatlarning, taxminan, 3 ming nafar fuqarosi joriy yilning 20-yanvar kechasi Meksikaning janubidagi Tapachula shahridan yo‘lga chiqdi.

👉 demokrat.uz/32132

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Jan, 03:30


Lukashenko: «Oq uyning rahbari OAVda shou uyushtiryapti»

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Oq uyning yangi rahbari Donald Trampning Kanada va Grenlandiyaning AQShga qo‘shilishi haqidagi bayonotlarini OAVda rezonans yaratishga urinish deb atadi.
Bu haqda Lukashenko Minsk avtomobil zavodi xodimlari bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi.

👉 demokrat.uz/32129

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Jan, 03:01


Bugun deyarli barcha hududda qor yogʻadi

Oʻzgidromet 22-yanvar kuni uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Jumladan, Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 1-3° iliq boʻladi.

👉 demokrat.uz/32126

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

21 Jan, 15:01


Tramp Kapitoliyga hujum qilganlarni afv etdi

Donald Tramp dushanba kuni kechqurun AQShning 47-prezidenti sifatida ilk bor Oq uyga tashrif buyurdi va u yerda avvalroq e’lon qilingan ko‘plab farmoyishlarni imzoladi, deb xabar beradi BBC.
2021-yilning 6-yanvarida Tramp tarafdorlari Jo Baydenning prezident etib tasdiqlanishiga to‘sqinlik qilishga urinib, Vashingtonda tartibsizliklar uyushtirgan edi.

👉 demokrat.uz/32123

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

12 Jan, 11:01


Trampga qarshi ishni yuritgan maxsus maslahatchi Jek Smit  iste’foga chiqdi

AQSH Adliya vazirligi tomonidan mamlakatning saylangan prezidenti Donald Trampning 2022-yilgi prezidentlik saylovi natijalarini sertifikatlashtirishga ta’sir o‘tkazishga urinishini tekshirish uchun tayinlangan maxsus maslahatchi Jek Smit o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda kecha, 11-yanvar kuni AFP News xabar berdi.

👉 demokrat.uz/31505

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

12 Jan, 10:23


Mask Neuralink chipini e’lon qildi

Bundan tashqari, sentyabr oyida Mask yangi Blindsight implanti tug‘ma ko‘zi ojiz odamlarga ko‘rish imkoniyatini berishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Tasvir sifati dastlab yomon bo‘lsa-da, kelajakda qurilma ultrabinafsha va infraqizil spektrdagi ob’ektlarni ajrata oladi.

👉 demokrat.uz/31502

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

12 Jan, 07:30


“Tolibon” musulmon qizlar ta’limi bo‘yicha global sammitda ishtirok etmaydi

Afg‘onistonning “Tolibon” harakati qo‘shni Pokiston tomonidan tashkil etilgan musulmon olamida qizlar ta’limi bo‘yicha global sammitda ishtirok etmaydi. Bu haqda Pokiston ta’lim vaziri Xolid Maqbul Siddiqiy ma’lum qildi.
“Biz Afg‘onistonni taklif qildik, ammo afg‘on hukumatidan hech kim konferensiyaga kelmadi”, dedi Siddiqiy.

👉 demokrat.uz/31498

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

12 Jan, 06:45


Samarqandda oltin ishqibozlari vafot etdi

Ma’lum bo‘lishicha, 9-yanvar kuni kechqurun “Qoraqo‘ton” tog‘ konidagi shaxtadan toshlarni kovlab olayotgan 5 kishi generatordan chiqqan gazdan zaharlangan. Ularning 2 nafari voqea joyida vafot etgan, 3 kishi is gazidan zaharlanish bilan 10-yanvar kuni soat 03:30 larda tuman markaziy shifoxonasiga keltirilgan.

👉 demokrat.uz/31495

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

12 Jan, 06:13


Kaliforniya va Los-Anjelesdagi yong’in hamon davom etmoqda

Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari davom etib, Los-Anjeles va uning atrofidagi katta hududlarni qamrab oldi. Ayni paytda vaziyat o‘ta og‘irligicha qolyapti.
Yong‘inlar vaqtida shamol tezligi taxminan soatiga 130 km ga yetgan.

👉 demokrat.uz/31492

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

12 Jan, 05:16


Ayrim tadbirkorlar ba’zi soliqlardan ozod qilinadi

Endi tadbirkorlarga texnoparklar hududida tayyor bino qurib, elektrotexnika va turdosh soha korxonalariga sotishga ruxsat berish mo‘ljallanmoqda. Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarni uch yil muddatga foyda va mol-mulk solig‘idan ozod qilish taklif etilmoqda.

👉 demokrat.uz/31486

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

12 Jan, 04:30


Norvegiyada bombadan himoya qiluvchi boshpanalarni qurishni boshlamoqchi

Norvegiya hukumati yangi binolarda bomba boshpanalarini qurish talabini qayta tiklashga va uni yana majburiy qilishga harakat qilmoqda. Mazkur talab 27 yil avval bekor qilingandi.
Norvegiyaning sa’y-harakatlari mintaqadagi mamlakatlarni nafaqat harbiy, balki tabiiy ofatlar va kiberhujumlarga chidamli qilishga, favqulodda vaziyatlar zaxiralarini yaratishga qaratilgan.

👉 demokrat.uz/31489

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

12 Jan, 03:46


Agregatorlar faoliyatini tartibga solish masalasini Mirziyoyev ko’rib chiqdi

Avval bu tartib vaqtincha edi. Prezident yigʻilishida agregatorlar faoliyatini tartibga solish masalasi ham koʻrildi. 
Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 yanvar kuni transport va logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari boʻyicha taqdimot bilan tanishdi.

👉 demokrat.uz/31483

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

12 Jan, 03:00


Bugun harorat 12 daraja iliq bo‘ladi

O‘zgidromet ertaga, 12-yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.

👉 demokrat.uz/31480

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Jan, 15:01


Yadro urushida Turkiya nishonga olinadimi?

Pentagon tomonidan yadro bombalarining modernizatsiya qilinishi ehtimoliy urushda Turkiyani nishonga aylantiradi, chunki bunday 50 ta qurol Turkiya janubidagi Injirlik aviabazasiga joylashtirilgan. Bu haqda “Aydınlık” xabar berdi.

👉 demokrat.uz/31477

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Jan, 14:31


264 million soʻmlik kommunal toʻlovlarini oʻzlashtirgan masʼullar qoʻlga olindi

Yashnobod tumanida aholidan kommunal xizmatlari uchun kelib tushgan mablag‘larni o‘zlashtirgan MCHJ mas’ul shaxslari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

👉 demokrat.uz/31474

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Jan, 13:20


Tramp endi Grenlandiyani bosib olmoqchi

Agar AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani kuch bilan qo‘shib olishga qaror qilsa, Daniya muxtoriyatni himoya qila olmaydi, deb yozadi Politico nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda Qo‘shma Shtatlarning harbiy byudjeti qariyb 950 milliard dollarni, Daniyaning harbiy byudjeti esa qariyb 10 milliard dollarni tashkil etgan. AQSH qurolli kuchlari soni 1,3 million nafar, Daniya qurolli kuchlari esa 17 ming kishini taskil qiladi.

Demokrat.uz'ning shu mavzuda tayyorlagan to'liq ko'rsatuvini 👉TOMOSHA QILING

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Jan, 12:30


Noma’lum qo‘ng‘iroqdan keyin kartalardan pul yechib olinyaptimi?

O‘zbekiston Markaziy banki ijtimoiy tarmoqlarda notanish raqamlardan kelgan qo‘ng‘iroqlarga javob berilgandan so‘ng fuqarolarning bank kartalaridan mablag‘lar go‘yo avtomatik ravishda yechib olinishi to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga izoh berdi. Bankning rasmiy bayonotida ta’kidlanishicha, bunday ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

👉 demokrat.uz/31468

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Jan, 12:01


Halok bo‘lgan 88 ming rossiyalik harbiyning ismlarini jurnalistlar aniqladi

Rossiyaning Ukrainaga to‘liq miqyosli bosqinidan deyarli uch yil davomida Rossiya Federasiyasi 88 mingdan ortiq odamni yo‘qotdi, ulardan kamida 6063 nafar elita harbiy xizmatchilar, millionlab dollarlar BBC va Mediazona jurnalistlarini uzoq muddatli o‘qitishga sarflandi.

👉 demokrat.uz/31462

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Jan, 11:30


Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan qo’lga tushdi

Tezkor tadbir davom ettirilib, masʼuliyati cheklangan jamiyat yuristining avtomashinasida Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi undan ushbu pul mablagʻini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, holat protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

👉 demokrat.uz/31465

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Jan, 11:00


O‘qituvchilarga Chevrolet avtomobillari imtiyozli ravishda beriladi

O‘zbekiston Bosh vaziri A. Aripov tomonidan “Muallim e’zozda” aksiyasi doirasida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarga Chevrolet avtomobillarini imtiyozli shartlarda taqdim etish bo‘yicha topshiriq berildi.

👉 demokrat.uz/31458

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Jan, 10:31


Davlat bog‘chalarida ovqatlantirishni nazorat qilish markazi tashkil etiladi

Davlat bog‘chalarida sog‘lom ovqatlantirish tartibi takomillashtiriladi. Bu haqda “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarorida so‘z boradi.
Qayd etilishicha, qaror bilan “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan.

👉 demokrat.uz/31450

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Jan, 10:00


Britaniya Rossiyaning energetika kompaniyalariga sanksiya kiritdi

Buyuk Britaniya Rossiyaning “Gazprom neft” va “Surgutneftegaz” kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda Britaniya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

👉 demokrat.uz/31427

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Jan, 09:31


Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki eng koʻp sarmoyani Oʻzbekistonga kiritdi

Bank Oʻzbekistonning yashil iqtisodiyotga oʻtish jarayonini anchadan beri qoʻllab-quvvatlab keladi. Uning investitsiyasi YeTTB va Oʻzbekiston hukumati tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan uzoq muddatli dekarbonizatsiya rejasiga sarflanadi. Bu reja 2050-yilgacha uglerod chiqindilarini yaratmasdan energiya olish usulini topishni maqsad qilgan.

👉 demokrat.uz/31447

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Jan, 09:01


Toshkent metropoliteniga  yangi poyezdlar olib kelindi

Toshkent metropoliteni to‘rt vagonli yangi 3 ta metro poyezdlariga ega bo‘ldi. Poyezdlar 9−10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, yo‘nalishlarga chiqariladi.
ga yana yangi to‘rt vagonli 3 ta metro poyezdlari olib kelindi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar qildi.

👉 demokrat.uz/31444

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

07 Jan, 13:35


Surxondaryo viloyati hokimligi bolalar yupun kiyimda tadbirda qatnashganini rad etdi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Denov tumanida ko‘prik ochilishi tadbirida o‘quvchilar sovuq havoda yupun kiyimda tadbirga jalb qilingani haqida xabar berilgan edi.

👉 demokrat.uz/31181

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

07 Jan, 13:03


Toshkent – Xo‘jakent yo‘nalishidagi elektropoyezdlar endi Janubiy vokzaldan harakatlanadi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning 10 yanvaridan boshlab Toshkent – Xo‘jakent yo‘nalishida harakatlanuvchi tezyurar yo‘lovchi elektropoyezdlar Janubiy vokzaldan yuradi.

👉 demokrat.uz/31177

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

07 Jan, 12:25


Amaldorlarga byudjet mablag‘larini tejash maqsadida bir necha taqiqlar qo‘yildi

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan xizmat avtomobillari (maxsus avtotransport vositalari bundan mustasno), qimmatbaho yumshoq mebellar va ofis jihozlari faqatgina Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda xarid qilinadi.

👉 demokrat.uz/31174

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

07 Jan, 11:46


“Haj” va “Umra” ziyoratlari bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Namangan shahrida yashovchi fuqaro mahalliy fuqaro hamda uning onasini turizm yo‘nalishida faoliyat yurituvchi MCHJ orqali 2025-yilgi “Haj” mavsumida Saudiya Arabistoniga farz amallarini bajarish uchun yuborish evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

👉 demokrat.uz/31170

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

07 Jan, 11:11


Attraksionlar xavfsizligi uchun yangi reglament kiritildi

Yangi texnik reglament O‘zbekiston hududida attraksionlardan foydalanishda insonlarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish uchun yagona xavfsizlik talablarini belgilaydi.

👉 demokrat.uz/31167

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

07 Jan, 10:40


Qamchiq dovonida qor yog‘moqda

A-373 "Toshkent-Ohangaron-Qo‘qon- Shahrixon-Andijon" yo‘lining 127—160 km oralig‘ida kuchli qor yog‘moqda.

Yo‘llarda ko‘rish masofasi esa 600 metrni tashkil etmoqda.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

07 Jan, 09:33


Deputatlar elektron sigaretalarni taqiqlash haqidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi

Unga ko‘ra, respublikada ayrim tamaki mahsulotlari va elektron sigaretalarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotish taqiqlanadi, shuningdek, ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy etiladi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

07 Jan, 08:12


Andijonda ish vaqtida vafot etgan xodimning oilasiga 485,7 mln. so‘m to‘lanishi belgilandi

Turmush o‘rtog‘i ish vaqtida jarohat olib vafot etgan ayol ayol bir martalik nafaqa va oylik zarar to‘lovlarini undirish uchun viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga murojaat qilgan.

Boshqarma fuqaroning murojaatini o‘rganib chiqib sudga da’vo arizasi kiritgan.

Sudning hal qiluv qaroriga asosan ayolning foydasiga 485 mln. 760 ming so‘m undirish belgilandi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

07 Jan, 06:54


Xitoy janubi-g‘arbida 7 balli zilzila yuz berdi

Mamlakat Markaziy televideniyesi xabariga ko‘ra, yer qimirlashi vayrongarchiliklarga sabab bo‘lgan.

So‘nggi maʼlumotga ko‘ra, zilzila qurbonlari soni 53 nafarga yetdi. Jabrlanganlar soni ham 62 nafargacha o‘sdi.

Xitoy janubi-g‘arbida tog‘li Tibet avtonom viloyati joylashgan.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

07 Jan, 05:49


Jizzaxda bolakay kir mashina ichida qisilib qoldi

Aniqlanishicha, bolakay ko‘p qavatli uylarning birida ehtiyotsizlik oqibatida kir mashinaning quritish qismida qisilib qolgan.

Zudlik bilan yetib borgan FVB qutqaruvchilari bolakayni sog‘-salomat chiqarib olib, ota-onasiga topshirgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi, deyiladi xabarda.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

07 Jan, 05:06


Toshkent havosi nisbatan toza bo‘lib turibdi

IQAir portaliga ko‘ra, poytaxt havosida PM2.5 zarrachalari miqdori JSST tavsiya qilganidan 2,6 baravar ortiq.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

07 Jan, 04:30


Navbatdagi nayrang: Do‘stingiz sizga sovg‘a yubordi

Toshkent viloyati IIBB Telegramʼga yuborilayotgan navbatdagi nayrang haqida ogohlantirdi.

👉 demokrat.uz/31163

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

07 Jan, 03:59


Surxondaryoda o‘quvchilar sovuq havoda tadbirga yengil kiyimda jalb qilindi

Ma’lum bo‘lishicha, Denov tumanida yangi ko‘prik foydalanishga topshirilgan.

Sovuq ob-havoga qaramay, ko‘prik ochilish marosimiga 14 va 16-sonli musiqa maktablaridan 16 nafar qiz va 4 nafar o‘g‘il bola yengil bayramona kiyimda jalb qilingan.

Bolalar ombudsmani bu holat yuzasidan Madaniyat vazirligiga murojaat qilib, mas’ullarga intizomiy chora ko‘rishni talab qildi. Holat yuzasidan mas’ullar jazoga tortildi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

06 Jan, 13:25


Prezident mehnat taʼtiliga chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 6-yanvardan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati maʼlum qildi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

06 Jan, 12:38


Shahram G‘iyosov uzr so‘radi

Ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazib, huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan bokschi Shahram G‘iyosovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 111-moddasiga ko‘ra ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarimaga tortildi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

06 Jan, 12:03


Vashington yaqinida do‘konlar bo'shab qoldi — bo‘ron yaqinlashyapti

Bugun Vashington va Sharqiy sohil hududlarida kuchli qishki bo‘ron yopirilishi kutilmoqda.

Shu sababli do‘konlarda non, suv, ichimliklar, go‘sht, tovuq va bekon kabi mahsulotlar tezda sotib olinmoqda.

Shu bilan birga, AQSH Kongressi bo‘ronga qaramay, bugun prezidentlik saylovlari natijalarini tasdiqlab, Trampning g‘alabasini rasman e’lon qilishini ma’lum qildi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

06 Jan, 11:24


O‘zbekistonda elektron sigaretalar muomalasi taqiqlanishi mumkin

Respublika hududida ayrim turdagi tamaki mahsulotlarining, tamaki hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining, shu jumladan, elektron sigaretalarni ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish yoki o‘tkazish taqiqlanishi mumkin.

👉 demokrat.uz/31158

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

06 Jan, 10:53


O‘zbekiston hududiga sovuq havo kirib kelmoqda

7-yanvar kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va sovuq havo kirib kelishi boshlanadi.

👉 demokrat.uz/31155

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

06 Jan, 09:16


Oltin zaxirasi ko‘p davlatlar ichida O‘zbekiston 16-o‘rinni egalladi

1-oʻrinni AQSh egallagan (8 133 tonna). Undan keyingi 3 oʻrinni esa Germaniya (3 352 tonna), Italiya (2452 tonna) va Fransiya (2437 tonna) band qilgan. Dunyoda eng katta hududlarga ega Rossiya (2 336 tonna) va Xitoy (2 264 tonna) esa 5- va 6- pogʻonada joylashgan.

👉 demokrat.uz/31149

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

06 Jan, 08:38


Nyu-Yorkning markaziy yo‘llarida harakatlanish pulli bo‘ldi

Financial Times ma’lumotiga ko‘ra, haydovchilar endilikda Manxetten markaziy yo‘llarida harakatlanish uchun maxsus to‘lov to‘laydilar.

Eng gavjum vaqtlarda yengil mashinalar uchun to‘lov $9, kichik yuk mashinalari uchun $14,40, katta yuk mashinalari uchun $21,60 etib belgilandi.

Kechasi va dam olish kunlari esa kirish narxlari ancha arzon bo‘ladi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

27 Dec, 12:45


«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi boshlandi

Bugun, 27-dekabr kuni Jalolobodda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga start berdi. Yiliga 15 million tonna yuk tashilishi kutilayotgan Qoshg‘ar – Andijon yo‘nalishi bo‘yicha 20 ta stansiya, 42 ta ko‘prik, 25 ta tunnel quriladi.

👉 demokrat.uz/30950

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

27 Dec, 09:49


100 nafar falastinlik O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi

O‘zbekiston yaralangan falastinlik bolalar va ayollarni hamda ularning hamrohlarini evakuatsiya qildi. Bemor falastinliklar reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtiriladi.

👉 demokrat.uz/30944

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

27 Dec, 07:31


Toshkent metrosi bayram kunlari uchun ish jadvalini eʼlon qildi

Toshkent metrosi yangi yil bayrami uchun belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlarida metro poyezdlarining harakatlanish jadvali e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 28, 30, 31-dekabr kunlari metro poyezdlari shanba kuni uchun tasdiqlangan jadvalda, 29-dekabr va 2025-yil 1, 2-yanvar kunlari poyezdlar yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadvalga ko‘ra harakatlanadi.

👉 demokrat.uz/30947

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

27 Dec, 06:49


Toshkent — Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Dam olish kunlari munosabati bilan Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 28-dekabrdan 5-yanvarga qadar Toshkentdan Bo‘stonliq tumanidagi «Chorvoq» erkin turistik zonasiga mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

👉 demokrat.uz/30941

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

27 Dec, 06:01


AYOQSHlarda AI-92-markali sifatsiz avtobenzin sotilayotgani aniqlandi

Aholini sifatli neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Andijon viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida AYOQSHlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlanmoqda.

👉 demokrat.uz/30937

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

27 Dec, 04:53


Aviahalokatda jabrlangan rossiyaliklar Moskvaga qaytmoqda

Aqtau shahridan Moskvaga FVVning maxsus reysi uchib ketdi.

Unda aviahalokatda jabrlangan to‘qqiz kishi, shu jumladan bir bola ham bor.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

27 Dec, 04:24


Bandlik vazirligi 2025-yildagi bayram kunlarini e’lon qildi

Bayram kunlari:
1-yanvar – Yangi yil.
8-mart – Xotin-qizlar kuni.
21-mart – Navro‘z bayrami.
31-mart – Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr).
9-may – Xotira va qadrlash kuni.
7-iyun – Qurbon hayit (Iyd al-Adha).
1-sentyabr – Mustaqillik kuni.
1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni.
8-dekabr – Konstitutsiya kuni.

Vazirlik Ramazon va Qurbon hayitlari kunlari bir kunga o‘zgarishi mumkinligini eslatgan.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

26 Dec, 13:17


Qozog‘istondan O‘zbekistonga neft mahsulotlari tashiladigan maxfiy tunnel topildi

«Ushbu tunnel orqali har kuni 5-7 tonna yoqilg‘i-moylash materiallari yashirincha olib chiqilar edi. Noqonuniy faoliyat ikki oyga yaqin davom etdi», deyiladi prokuratura xabarida.

👉 demokrat.uz/30932

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

26 Dec, 12:09


Yangiyo’lda qarzdordan 2 milliard so‘mdan ziyod naqd pul undirildi

Qarzdorning bankdagi hisob raqamiga kelib tushgan pul mablag‘lari MIB xodimlari tomonidan tezkorlik bilan naqd ko‘rinishda hatlab olinib, tegishli hisob raqam orqali bank qarzdorligi bo‘yicha yo‘naltirib berildi.

👉 demokrat.uz/30927

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

26 Dec, 11:02


Askiya bozorini Xitoy kompaniyasi 225,6 mlrd so‘mga sotib oldi

E-auksion platformasida joylashtirilgan ma’lumotga ko‘ra, savdo jarayoni 15 daqiqa davom etib, unda 2 ta kompaniya ishtirok etgan. Yakunda boshlang‘ich bahodan 5 foizga yuqori narx – 225,6 mlrd so‘m taklif qilgan Xitoyning Sheng Ke-International kompaniyasi g‘olib deb topilgan.

👉 demokrat.uz/30924

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

26 Dec, 10:02


Xalqaro kurash assosiatsiyasi Muxsin Hisomiddinovni yilning eng yaxshi kurashchisi deb topdi

O‘zbekistonlik kurashchi 2024-yilda:

🔸Pakhlavon Makhmud xalqaro turniri (Eron)
🔸Rim Xalqaro turniri (Italiya)
🔸World Series Pro Final (O‘zbekiston) musobaqalari mutloq vazn toifalarida oltin medallarni qo‘lga kiritdi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

26 Dec, 09:01


Toshkentda avtobuslar ham Yangi yil shukuhini ulashmoqda

Poytaxt ko‘chalarida qorbobo kiyimidagi avtobus haydovchilari bolalarga sovg‘alar ulashmoqda.

Bezatilgan avtobuslar 10-yanvargacha poytaxt ahli va mehmonlariga xursandchilik ulashadi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

26 Dec, 08:05


3 ta viloyatda jami 16,4 kg narkotik musodara qilindi

Huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida quyidagi holatlar aniqlandi:

- Samarqand tumanida "Neksiya" avtomobilidan 7 kg 230 gr "gashish" va 1 kg 289 gr "metamfetamin" topildi. Moddalar Afg‘onistondan yuborilgani aniqlangan.

- Urgut tumanida Tojikistondan olib kelingan 921 gr "opiy"ni sotmoqchi bo‘lgan ikki shaxs qo‘lga olindi.

- Namangan shahrida 3 kg 50 gr "gashish"ni olish paytida uch nafar shaxs ushlandi.

- Namangan-Andijon yo‘nalishida "Lasetti" avtomobildan 1 kg 911 gr "gashish" topildi. Bu moddalar Qirg‘izistondan olib kelingani ma’lum bo‘ldi.

- Surxondaryoning Denov tumanida 2 kg 16 gr "opiy"ni sotishga uringan shaxs ushlandi.

Barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi, tergov davom etmoqda.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

26 Dec, 07:03


#rasmiy_munosabat

Zomin aeroporti ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilib turgani yuzasidan ma’lumot berdi

Hozirgi kunda Zomin aeroportida katta aviabortlarni qabul qilish bo‘yicha ikkinchi bosqich ta’mirlash va qayta jihozlash ishlari amalga oshirilayotgani sababli yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishi to‘xtatilib turibdi.

Shu bilan birga, meteorologik qurilmalarni ham modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz.

Zomin aeroportida yuqorida ta’kidlab o‘tilgan ishlar yakunlanishi va aeroport yo‘lovchilarni yana qabul qilishni boshlashi haqida xabar beramiz.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

26 Dec, 06:00


Samolyotning qulab tushishi tasodifmas - Ekspertlar

Tarmoqlarda Aqtauda samolyot halokati oqibatlariga oid yangi videolar paydo bo‘lmoqda. Ozarboyjon pabliklari esa yiqilgan “Embraer” samolyotining fyuzelyajida shikast yetkazuvchi elementlar yoki parchalar izlariga o‘xshash teshiklar ko‘rinayotgan kadrlarni chop etmoqda.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, qushlar bilan to‘qnashuv yoki kislorod ballonining portlashi haqidagi versiyalar asosli bo‘lmasligi mumkin.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

26 Dec, 05:01


Shavkat Mirziyoyev MDH yetakchilarining norasmiy sammitida ishtirok etdi

Yig‘ilishda 2024-yil uchun birgalikdagi ishlar sarhisob qilindi va kelgusi yildagi asosiy vazifalar muhokama qilindi.

Shu qatori, savdoni rivojlantirish, o‘zaro to‘siqlarni bartaraf etish, internet texnologiyalari, "yashil" energetika, raqamli yechimlar va tinch atom sohasini rivojlantirish kabi yo‘nalishlar ham ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va umumiy tahdidlarga qarshi birgalikda choralar ko‘rish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

26 Dec, 04:01


Ozarbayjonda 26-dekabr motam kuni deb eʼlon qilindi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 26-dekabr kuni Oqtoudagi aviahalokat munosabati bilan mamlakatda motam eʼlon qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda “AzerTAJ” agentligi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

25 Dec, 15:00


#Taʼziya

Bugun “Новости Узбекистана” nashri asoschisi va bosh muharriri Viktor Mixaylov vafot etdi.

Qayd etilishicha, marhum vafotidan avvalroq pnevmoniyadan davolanish uchun Zangiotadagi klinikada muolaja olayotgandi.

Demokrat.uz sayti tahririyati Viktor Mixaylovning yaqinlariga ushbu judolik munosabati bilan hamdardlik bildiradi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

25 Dec, 14:31


AQSH dollarining rasmiy kursi ko‘tarilishda davom etmoqda

Markaziy bank 26-dekabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 928,27 soʻm (+18,47)
1 EUR 13 462,21 soʻm (+46,35)
1 RUB 129,66 soʻm (+0,57)

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

25 Dec, 13:50


Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga Qozog‘istonning Oqtou shahri yaqinida "Ozarbayjon havo yo‘llari"ning yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.

Davlat rahbari barcha jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tiladi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

04 Dec, 09:20


Tiklanadigan energiya manbalariga ko’proq e’tibor qaratish lozim

Bu haqda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etilgan «Yashil iqtisodiyotda global savdo tendensiyalari» mavzusidagi tadbirda mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumot berildi.

👉 demokrat.uz/30420

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

04 Dec, 06:51


«Bor mehrimiz senga bolajon» aksiyasi o‘tkazildi

3-dekabr — «Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan aksiyada
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi jamoasi gemotologik kasalliklar bilan og‘rigan bolajonlarga beg‘araz yordam ko‘rsatishdi.

👉 demokrat.uz/30414

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

04 Dec, 06:21


AQSh Kiyevga yordam paketini e’lon qildi

Qo‘shma Shtatlar yangi 725 million dollarlik harbiy yordam paketining bir qismi sifatida Kiyevga o‘z arsenallaridan yordam beradi.

👉 demokrat.uz/30411

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

04 Dec, 05:50


Qalin tuman sababli haydovchilar ogohlantirildi

Qo‘qon-Farg‘ona yo‘lida ko‘rinish darajasi cheklangan.

Zarurat bo‘lmasa avtomobildan foydalanmay turing, yo‘ldagi shopir akalar hushyorlikni oshiramiz!

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

04 Dec, 05:02


G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar soni ochiqlandi

2023-yil 7-oktyabrda Isroil harbiy kuchlari Falastinga hujum boshlagandan buyon 192 nafar jurnalist halok bo‘lgan.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

04 Dec, 04:01


Rossiya O‘rta Yer dengizida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Rossiyaning Harbiy-dengiz floti va Aerokosmik kuchlari O‘rta Yer dengizida, Suriya qirg‘oqlari yaqinida keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

Mashg‘ulotlar davomida “Sirkon”, “Kalibr” va “Oniks” kabi gipertovushli raketalar uchirildi.

O‘quvlarda jami 10ta kema, 24 uchuvchi apparatlar, jumladan MiG-31 qiruvchi samolyotlari  va jami mingdan ortiq askarlar jalb qilindi.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

04 Dec, 03:26


IIV JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i polkovnik Sherzod Ibragimov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida hududda jamoat tartibini saqlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

03 Dec, 16:03


Toshkent xalqaro aeroportida tuman tufayli samolyotlar boshqa aerodromlarga yo‘naltirildi

Uzbekistan Airports AJ Toshkent xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar joriy etilganini ma’lum qildi.

👉 demokrat.uz/30378

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

03 Dec, 15:24


AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi

Markaziy bank 4-dekabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 825,43 soʻm (–12,90)
1 RUB 120,98 soʻm (+1,28)
1 EUR 13 493,63 soʻm (–4,59)

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

03 Dec, 11:02


Toshkentda "Birodarlar qabristoni"da Noma’lum askar kuniga bag‘ishlangan xotira marosimi bo‘lib o‘tdi

Tadbirda Rossiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov va "Rossotrudnichestvo" vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya qatnashdi.

Ishtirokchilar Noma’lum askar xotirasiga ehtirom ko‘rsatib, Abadiy olov yoniga gulchambarlar qo‘yishdi.

Marosimda xalq vakillari, talabalar, vatandoshlar va diplomatik missiya vakillari ishtirok etdi.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

03 Dec, 10:27


Mahkumlarni nazorat qilish uchun elektron braslet ishlab chiqarilmoqda

Elektron braslet va dasturiy ta’minot ishlab chiqilmoqda. Xususan, Turkiya tajribasi asosida «Manzil koloniyalarda erkin harakatlanadigan va atrofi ochiq joylarda foydali mehnatga jalb etilgan mahkumlarni masofaviy nazorat qilish tizimi» ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari ishlab chiqilgan. Ishchi guruhlar shakllantirilib, tadqiqot faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.  

👉 demokrat.uz/30404

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

03 Dec, 09:30


 IUCNning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rasman o‘z ishini boshladi

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi ko‘magida bo‘lib o‘tayotgan COR16 konferensiyasi doirasida mezbon davlat shartnomasini imzolash va Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining (IUCN) Toshkent shahrida vakolatxonasini tashkil etish marosimi tashkil etildi.

👉 demokrat.uz/30399

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

03 Dec, 09:01


O‘zbekistonda aholi soni 37,4 millionga yetdi

O‘zbekistonda doimiy yashovchi aholi soni 2024-yilning 1-oktyabri holatiga 37,4 million kishini tashkil qilgan. Shahar aholisi qishloq aholisidan ko‘proq bo‘lib, ularning soni mos ravishda 19 mln 47,1 ming va 18 mln 308,3 ming kishini tashkil qilmoqda.

👉 demokrat.uz/30393

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

03 Dec, 08:33


Ko‘p qavatli uylarga issiqlik yetkazish bo‘yicha gaz tariflari pasaytirildi

Raqobat qo‘mitasi tashabbusi bilan ko‘p qavatli uylarga issiqlik yetkazish bo‘yicha gaz tariflari pasaytirildi. Endilikda, aholi ehtiyojlari uchun yuqoridagi sub’ektlardagi lokal qozonxonalar orqali issiqlik energiyasi yetkazib berish xizmatlari tariflari mutanosib ravishda kamayishiga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

👉 demokrat.uz/30396

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

03 Dec, 08:01


Bugundan “Toshkent — Xojikent — Toshkent” yoʻnalishida yangi tezyurar poyezd harakati yoʻlga qoʻyiladi

Tezyurar elektropoyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

🔸7201-sonli “Toshkent – Xojikent” — Toshkent 06:18 — Xojikent 07:42

🔸7202-sonli “Xojikent – Toshkent” — Xojikent 08:02 — Toshkent 09:17

🔸7203-sonli “Toshkent – Xojikent” — Toshkent 12:53 — Xojikent 14:03

🔸7204-sonli “Xojikent – Toshkent” — Xojikent 14:33 — Toshkent 15:48

🔸7205-sonli “Toshkent – Xojikent” — Toshkent 18:10 — Xojikent 19:20

🔸7206-sonli “Xojikent – Toshkent” — Xojikent 19:45 — Toshkent 21:03

Maʼlumot oʻrnida, odatdagi jadval asosida qatnab kelayotgan elektropoyezdlar qatnovlarini davom ettiradi.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

03 Dec, 07:30


Ayni vaqtda Yerga 2 ta katta asteroid yaqinlashayotgani ma'lum bo'ldi

Newsweek nashri NASA ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, asteroidlar Yer yaqinidan 3 va 4-dekabr kunlari o‘tishi kutilmoqda.

Ularning o‘lchami taxminan 400 metrni tashkil etadi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, agar asteroidlar yo‘nalishini o‘zgartirsa, ular sayyoramiz bilan to‘qnashish xavfi bor.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

03 Dec, 07:01


Qirg‘iziston ta’lim muassasalarida telefondan foydalanish taqiqlanishi mumkin

Qirg‘iziston Ta’lim va fan vazirligi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlashni taklif qilmoqda. Bu borada Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

👉 demokrat.uz/30390

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

03 Dec, 06:30


Dunyoning 121 mamlakati orasida O‘zbekiston eng xavfsiz davlat deb tan olindi

“Safety Perception Index” xavfsizlikni baholash indeksi bo‘yicha 2021—2023 yillar oralig‘idagi ko‘rsatkichlar o‘rganilganda, mazkur reytingda O‘zbekiston eng yaxshi natijani qayd etdi. Ya’ni, O‘zbekiston jahonning 121 mamlakati orasida eng xavfsiz davlat deb tan olindi.

👉 demokrat.uz/30386

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

03 Dec, 06:01


Xorazmlik pedofil amaldorlar AQSh «qora ro’yxat»iga kiritildi

Ushbu ro‘yxatda butun dunyo bo‘ylab inson huquqlarining jiddiy buzilishiga mas’ul shaxslar o‘rin olgan. Endilikda ularga nisbatan viza cheklovlari joriy etiladi, ularning AQShda yoki AQSh nazoratida mulklari yoki mulkiy manfaatlari bo‘lsa, muzlatiladi, ushbu shaxslar 50 foiz yoki undan ortig‘iga egalik qiluvchi kompaniyalar ham sanksiyaga tushadi.

👉 demokrat.uz/30383

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

03 Dec, 05:31


Iroq Suriya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirmoqda

Iroq-Suriya chegarasida, ayniqsa Suriya shimoli-sharqidagi hududlarda xavfsizlik darajasi to‘liq taʼminlangan. Bu haqda Iroq qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni matbuot kotibi Yahyo Rasul Suriyadagi voqealar fonida maʼlum qildi.

👉 demokrat.uz/30379

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

29 Nov, 08:15


Rossiyada erkak yirik portlashning oldini oldi

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan ma'lumotga ko'ra, Stavropol shahrida avtomobilga yonilg‘i quyish vaqtida mashinada yong‘in chiqqan.

Haydovchi vaziyatda o‘zini yo‘qotmasdan, mashinani AYOQSHdan uzoqlashtirgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in salon yoritgichidagi nosozlik sababli kelib chiqqan.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

29 Nov, 07:43


Barcha din vakillari ibodat amallarini emin-erkin ado etmoqda

Davlat rahbariga ijtimoiy muhitni mustahkamlash hamda diniy ma’rifatni rivojlantirish borasidagi ishlar haqida axborot berildi. Oxirgi besh yilda diniy-ma’rifiy sohaga oid 3 ta qonun, 4 ta Prezident farmoni va ko‘plab qarorlar qabul qilindi. Yig‘ilishda ularning ijrosi din vakillariga xizmat qilayotgani qayd etildi.

👉 demokrat.uz/30247

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

29 Nov, 07:13


O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi

O‘zbekiston bo’ylab hafta oxirida qor yog‘ishi kutilmoqda. Shuningdek, noyabrning so‘nggi ikki kunida respublikaning ayrim hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo'lishi, dekabrning boshida hududlarda havo haroratining tunda nol darajadan pasayib ketishi mumkin.

👉 demokrat.uz/30225

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

29 Nov, 06:40


Turkiyaga sherigini fohishalik uchun yuborayotgan ayol ushlandi

Tezkor tadbirda Ohangaronda yashovch 22 yoshli fuqaro 20 yashar tanishini Turkiyaga fohishalik bilan shugʻullanish uchun joʻnatayotganda Toshkent aeroportida qoʻlga olindi.

Maʼlum boʻlishicha, ayolni Istanbulda Turkiya fuqarolari kutib olishi kerak boʻlgan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

29 Nov, 06:07


Ispaniya parlamenti spikeri o‘rinbosari G‘azoni qo‘llab-quvvatlab ochlik e’lon qildi

Siyosatchi ochlik aksiyasini hafta oxirigacha davom ettirishini aytdi. "Hayotda va siyosatda shunday paytlar bo‘ladiki, so‘zlar yetarli emas va namuna muhim bo‘lib qoladi», - dedi Pueyo.

👉 demokrat.uz/30237

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

29 Nov, 05:35


Rossiya Ukrainada yadroviy qurol paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi — Putin

Qayd etilishicha, agar u yerda yadroviy qurol paydo bo‘lsa, RF Qurolli Kuchlari o‘z arsenalida mavjud bo‘lgan barcha qurollardan foydalanadi.

👉 demokrat.uz/30230

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

29 Nov, 05:01


Migrantlarga qiyinchilik tug’diradigan qonun loyihasi bekor qilindi 

Rossiya Federatsiyasi hukumati migrantlarning oila a’zolarini mamlakatga olib kelishiga taqiq qo‘yishni ko‘zda tutgan qonun loyihasini bekor qildi.

👉 demokrat.uz/30234

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

29 Nov, 04:32


Rossiya askarlarining yer osti shaharchasi ochiqlandi

Xerson yo‘nalishida jang qiluvchi “Dnepr” qo‘shinlari guruhi askarlari RIA Novostiga o‘zlari yashayotgan yer osti shahrini ko‘rsatishdi. Aytilishicha, yer osti shaharchasi sig‘imi 500 kishiga mo‘ljallangan, yashash uchun barcha sharoit yaratilgan.

👉 demokrat.uz/30227

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

29 Nov, 04:07


🇺🇿 🇹🇲 Ravshanbek Alimov Oʻzbekistonning Turkmanistondagi elchisi etib tayinlandi

U 2020-2024-yillarda Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi vazifasida ishlagan.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

28 Nov, 15:33


Yangiyo‘lda 5 nafar odamni o‘ldirgan shaxs umrbod ozodlikdan mahrum qilindi

U qasddan odam o‘ldirish, nomusga tegish, qabrni tahqirlash, bosqinchilik hamda mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish jinoyatlarini sodir etishda aybli deb topilgan. Sud hukmiga ko‘ra, u tayinlangan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini maxsus tartibli koloniyalarda o‘taydi. 

👉 demokrat.uz/30222

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

28 Nov, 15:08


O‘zbekistonga turistik maqsadda 6,5 million nafar chet el fuqarolari kelgan

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-oktyabr oylarida 95,7 ming nafar Turkiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

👉 demokrat.uz/30217

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

28 Nov, 14:23


Livanda faol harbiy harakatlar to‘xtatildi

Isroil va «Hizbulloh» o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi.

Isroil va Livan o‘rtasidagi sulh bitimi 27-noyabr kuni rasman kuchga kirdi.

Isroil bosh vaziri devonining maslahatchisi Dmitriy Gendelmanning qayd etishicha, yahudiy davlati “Hizbulloh”ning har qanday hujumiga zudlik bilan javob berish huquqini saqlab qoladi.

Demokrat.uz'ning shu mavzuda tayyorlagan to'liq ko'rsatuvini 👉TOMOSHA QILING

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

28 Nov, 14:04


29-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

«O’zgidromet»ning xabar berishicha, ertaga, 29-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi.

👉 demokrat.uz/30214

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

28 Nov, 12:31


Oʻzbekistonda 8 yildan beri qidirilayotgan ayol Turkiyada qoʻlga olindi

Ma'lum bo'lishicha, Tursuntosh Qodirova odam savdosida ayblanib, IIV tomonidan qidiruvga berilgan.

Undan jabr koʻrganlardan ichki ishlar organlari va Oʻzbekistonning Istanbuldagi bosh konsulligiga xabar berish soʻralgan.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

28 Nov, 12:01


Turkiyada qalbaki dollarlar bilan bog‘liq yirik inqiroz avj oldi

Turkiyada qalbaki dollar bilan bog‘liq yirik inqiroz avj oldi. Mutaxassislarning fikricha, mamlakat bozorida 600 millionga yaqin qalbaki dollar mavjud bo‘lib, ularning aksariyati 50 va 100 dollar nominalida.

👉 demokrat.uz/30210

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

28 Nov, 11:30


Rossiya Ukraina hududiga 188 ta raketa va dronlar bilan yirik hujum uyushtirdi — Ukraina Harbiy-havo kuchlari

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, bir necha viloyatlarda kassetali o‘q-dorilar bilan jihozlangan “Kalibr” raketalari yordamida fuqarolik infratuzilmasiga hujumlar qayd etilgan.

👉 demokrat.uz/30207

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

28 Nov, 11:00


Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan Erkinjon Oqbutayevich Turdimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgani tasdiqlandi.

👉 demokrat.uz/30204

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

28 Nov, 10:45


Yangi rekord: Kolumbiyada 1 400 tonna narkotik musodara qilindi

The Guardian xabariga ko‘ra, 60 dan ortiq davlat hamkorligida o‘tkazilgan "Orion" operatsiyasida 1400 tonna giyohvand modda, jumladan 1000 tonnadan ziyod marixuana va 225 tonna kokain musodara qilindi.

Operatsiya olti hafta davom etgan. Narkotikning bir qismi yangi yo‘nalish bo‘ylab Avstraliyaga yo‘naltirilgan suvosti kemasidan topilgan. Jami 400 dan ziyod odam hibsga olindi.

Kolumbiyaning ilgarigi rekordi 2022-yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda 671 tonna kokain musodara qilingan edi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

28 Nov, 09:50


Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov lavozimidan ketishi mumkin

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov sog‘lig‘i sabab lavozimini tark etishi mumkin. Ma’lumotlarga ko’ra, Turdimov o‘rniga Hisob palata raisi Adiz Boboyev tayinlanishi kutilmoqda.

👉 demokrat.uz/30200

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

28 Nov, 09:05


Surxondaryoda fuqaro "sauna" uchun 1,8 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlagani aniqlandi

Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro xonadonida gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanib, “sauna” ishlatgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, gaz taʼminoti korxonasiga 1 mlrd 88 mln soʻmlik zarar yetkazilgan, deb xabar berdi “Oʻzenergoinspeksiya”.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

23 Nov, 14:13


DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan bo’shatilgani aytilmoqda

Kun.uz manbasiga ko‘ra, O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov lavozimidan chetlatilgan.

Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi

So‘nggi besh yil davomida O‘zbekiston mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelgan general-leytenant Bahodir Qurbonov Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlangan.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

23 Nov, 13:22


Putin dunyoga tahdid qildi

Istagan qurolimdan foydalanishga haqqim bor va bunga majbur boʻlsam bu qurolni hech kim to'xtata olmaydi, deydi Vladimir Putin Ukrainaga qurol yetkazib berayotgan g'arb mamlakatlariga.

Putinning ta'kidlashicha, Rossiya Ukrainani qurol bilan ta'minlovchi davlatlarga zarba berish huquqiga ega.

Ukrainaga raketa yetkazib berganlar endi bizning qonuniy nishonimiz, deydi Rossiya prezidenti.

Demokrat.uz'ning shu mavzuda tayyorlagan to'liq ko'rsatuvini 👉TOMOSHA QILING

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

23 Nov, 12:58


Toshkent viloyatida gastronomik, turistik hamda logistik qulaylikka ega loyiha ishga tushirildi

Xususan, Toshkent viloyatining 7 ta hududi - Chinoz, Bo‘stonliq, Ohangaron, Parkent, Bo‘ka va Zangiota tumanlari hamda Angren shahrida turizmni “Oltin halqa” konsepsiyasi asosida rivojlantirish belgilangan. Bugun, “Oltin halqa”ga kiruvchi, gastronomik turizm bo‘yicha peshqadam – Chinoz tumanida turizm infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida navbatdagi qadam tashlandi.

👉 demokrat.uz/30040

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

23 Nov, 11:27


Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent atrofida “yashil” belbogʻ barpo etish doirasidagi daraxt ekish tadbirida ishtirok etdi.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

23 Nov, 10:50


Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga kirish taqiqlanmoqda

Avstraliya aloqa vaziri Mishel Rouland parlamentga 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlashga qaratilgan noyob qonun loyihasini taqdim etdi.

👉 demokrat.uz/30037

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

23 Nov, 10:19


4 milliondan ortiq pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi

Yashnobod tumanidagi Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 20-yong‘in qutqaruv qismida pirotexnika vositalarini yo‘q qilishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi. Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonga noqonuniy pirotexnika vositalari asosan qo‘shni davlatlardan, xususan, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan olib kiriladi.

👉 demokrat.uz/30032

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

23 Nov, 08:02


2025-yil 1-choragi uchun ilmiy izlanuvchilikka 2 552 hujjat qabul qilindi

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlari soni 221 taga yetgan bo‘lib, unda 22 180 nafar izlanuvchi va stajyor tadqiqotchi faoliyat olib bormoqda. 2025-yil uchun ajratilgan kvotalarga ko‘ra, Stajyor-tadqiqotchilik uchun – 350 o‘rin, Tayanch doktoranturaga – 4 139 o‘rin, Doktoranturaga – 761 o‘rin ajratilgan.

👉 demokrat.uz/30028

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

23 Nov, 07:22


Starbucks boykot tufayli Malayziyadagi 50 ta filialini yopdi

Malayziyaning The Rakyat Post nashriga ko‘ra, Starbucks butun mamlakat bo‘ylab 408 ta do‘konidan 50 tasini vaqtincha yopgan. Ushbu yopilishlar sababi, garchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinmagan bo‘lsada, Isroilning G‘azo sektoriga qarshi davom etayotgan hujumi bilan bog‘liq.

👉 demokrat.uz/30025

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

23 Nov, 06:19


Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri atrofida “yashil” belbog‘ barpo etish loyihasi doirasida daraxt ekish tadbirida ishtirok etadi hamda Yangihayot tumaniga tashrif buyurib, sanoat korxonalari faoliyati va mahalladagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

23 Nov, 05:27


Turkiyadan O‘zbekistonga rejalashtirilgan bir necha parvozlar bekor qilindi

Bugun, 23-noyabr kuni Istanbulda kutilayotgan kuchli bo‘ron tufayli Turkish Airlines (THY) aviakompaniyasi rejalashtirgan 38 ta parvozni bekor qildi. “O‘z parvozingiz holatini oldindan tekshirishni va tegishli choralar ko‘rishni tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.

👉 demokrat.uz/30020

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

23 Nov, 04:43


Talaba AQShga Rossiya uchun josuslik qilganlikda ayblanib hibsga olindi

20 yoshli norvegiyalik talaba AQShning Oslodagi elchixonasida qo’riqchi bo’lib ishlayotganda Rossiya va Eron uchun josuslikda gumon qilinib hibsga olingan. Gumonlanayotgan fuqaro aybi to’liq aniqlanmagunicha to’rt hafta davomida hibsda saqlanadi. 

👉 demokrat.uz/30017

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Nov, 17:31


Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 25-noyabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 829,07 so‘m (- 15,14)
1 RUB 124,91 so‘m (-2,44)
1 EUR 13 344,80 so‘m (– 163,46)

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Nov, 16:37


Yangi konstitutsiya eski tizim

11-noyabrda Kosonsoy tuman IIBga chaqirilgan fuqaro qanday qilib Bektemir tumanida paydo bo’lib qolgan va ichki ishlar xodimlariga qo’pol munosabatda bo’lgan? Sud ishi bo’yicha jurnalistik surishtiruv davom etadi.

👉 demokrat.uz/30009

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Nov, 15:09


Putin ilk bor Ukrainaga qit’alararo ballistik raketa bilan zarbalar berdi

Rossiya 21-noyabr kuni o‘zining o‘rta masofali “Oreshnik” raketasini Ukrainadagi obyektga qarata uchirdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bayonot berdi.

Putin Rossiya o‘zini mamlakat hududiga qarata qurol ishlatayotgan davlatlarning harbiy obyektlariga qarshi qurol ishlatishga haqli deb hisoblashini aytdi.

Demokrat.uz'ning shu mavzuda tayyorlagan to'liq ko'rsatuvini 👉TOMOSHA QILING

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Nov, 14:43


Bloger Qobil Do‘sov aybdor deb topildi

Bo‘stonliq tumani sobiq deputati, bloger Qobil Do‘sov maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyevni haqorat qilganlikda aybli deb topilib, 1 yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi.

👉 demokrat.uz/30006

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Nov, 11:51


Endi ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar davlat fuqarolik xizmatiga tanlovsiz qabul qilinadi

2025-yil 1-martdan boshlab yolg‘iz ona (ota)ga bir nafar farzandi uchun bola(lar) 3 yoshga to‘lguniga qadar maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanish uchun BHMning 1 yarim baravarigacha (562 ming 500 so‘mgacha) miqdorda moddiy yordam beriladi.

👉 demokrat.uz/30002

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Nov, 11:09


Kanada Isroil Bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishini bildirdi

Isroil Bosh vaziri Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Gallant Kanadaga safar qilsalar hibsga olinadimi, degan savolga Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo “Xalqaro jinoiy sud qarorlariga rioya qilishlarini” aytdi.

Yaʼni, ular Kanadaga borsa, hech qanday ikkilanishsiz hibsga olinadi.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Nov, 10:40


Isroil deputati Netanyaxuga aytgan gapi uchun minbardan haydaldi

Isroil parlamenti aʼzosi Ayman Odex Bosh vazir Benyamin Netanyaxuni “dunyoning qotili” deb atagani uchun minbardan kuch bilan chiqarib tashlandi.

"G‘azoda 35 ming bola yetim qoldi. Ularning ruhi va qoni sizni taʼqib qiladi", dedi Isroillik deputat.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Nov, 09:50


DXX: Buyuk Britaniyaga ishga yuborish uchun 12 ming AQSH dollari olgan shaxs ushlandi

Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida yashovchi fuqaro Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, oʻzining mansabdor tanishlari orqali ularni Buyuk Britaniya davlatiga ishlash uchun yuborish va buning uchun zarur boʻladigan hujjatlarni rasmiylashtirish hamda viza olishda yordam berishini aytib, evaziga 12 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

👉 demokrat.uz/29996

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

22 Nov, 08:16


“Vatandosh” guvohnomasi va kartasi joriy etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishga intilayotgan vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi.

👉 demokrat.uz/29993

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

21 Nov, 05:59


Rossiya hujumi kutilayotgani tufayli Kiyevdagi bir qancha elchixonalar yopildi

AQShning Kiyevdagi elchixonasi 20- noyabr, chorshanba kuni ehtimoliy «kuchli havo hujumi» haqida ogohlantirdi. Amerika diplomatik missiyasidan so‘ng Ispaniya, Italiya va Gretsiya elchixonalari o‘z faoliyatini to‘xtatdi. 

👉 demokrat.uz/29959

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

21 Nov, 05:06


Putin KXDR zooparkiga 70 dan ortiq jonivor sovg‘a qildi

Rossiya Tabiat resurslari vazirligi xabariga ko‘ra, sovg‘a qilingan jonivorlar orasida afrika sherlari, qo‘ng‘ir ayiqlar, oq kakadular, yovvoyi qo‘toslar va boshqa sutemizuvchilar bor.

Barcha jonivorlar Moskva zooparkidan veterinarlar nazoratida samolyot orqali Pxenyan markaziy zooparkiga yetkazilgan.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Nov, 13:22


Qashqadaryo bugun yangiliklar manziliga aylanib qoldi

Bir necha kun avval Qarshqadaryoda 40 kunlik chaqaloqning qamoq jazosini o‘tayotgani haqida xabar bergandik.

Bugun tanqidiy materiallari uchun ruhiy xastaga chiqarilib, jinnixonaga joylashtirilgan bloger haqida so‘z boradi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u tanqidiy materiallari uchun bir necha marta ma'muriy jazoga tortilgan.

Demokrat.uz'ning shu mavzuda tayyorlagan to'liq ko'rsatuvini 👉TOMOSHA QILING

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Nov, 04:30


Rossiyada imkoniyati cheklanganlar va ularning hamrohlari uchun maxsus kupe-vagon yaratildi

RIA Novosti xabariga ko‘ra, mazkur vagon Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan 3-dekabrda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Maxsus vagon Moskvada bo‘lib o‘tgan "Rossiya transporti" ko‘rgazmasida namoyish etildi va katta qiziqish uyg‘otdi.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Nov, 04:00


Putin RFning yangilangan yadroviy doktrinasini tasdiqladi

Hujjatda Rossiyaning yadro qurolidan foydalanishga sabab bo‘luvchi omillar belgilangan.

👉 demokrat.uz/29951

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Nov, 03:32


Bugun Fargʻona vodiysi, Toshkent, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomgʻir yogʻadi

Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +13...+18° boʻladi.

Poytaxtda ertalab biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat +13...+15° boʻladi.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Nov, 03:00


Ukraina tomonidan uchirilgan olti ATACMS raketasidan beshtasi yo‘q qilindi, biri esa shikastlandi — Rossiya Mudofaa vazirligi

Raketalar S-400 va "Pansir" zenit-raketa tizimlari tomonidan yo‘q qilingan.

Xabarda ta’kidlanishicha, shikastlangan raketa Bryansk viloyatidagi harbiy obyektning texnik hududiga tushib, yong‘in keltirib chiqargan. Ammo qurbonlar va vayronagarchiliklar qayd etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Qurolli Kuchlari ilk bor Rossiya hududlariga zarba berish uchun ATACMS raketalaridan foydalandi.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Nov, 15:02


Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 20-noyabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 844,00 so‘m (+ 18,99)
1 RUB 128,30 so‘m (~ 0,32)
1 EUR 13 550,42 so‘m (– 1,77)

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Nov, 14:32


JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston Shimoliy Koreya bilan o‘yinda g‘alabaga erishdi

JCh-2026 hal qiluvchi saralash bosqich 6-turi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi Laosda Shimoliy Koreya mehmoni bo‘lib qiyin, ammo juda muhim g‘alabaga erishdi. Abbosbek Fayzullayevning yo‘llagan zarbasi jamoamizni tanaffusga g‘olib sifatida yo‘l olishini ta’minladi – 1:0.

👉 demokrat.uz/29947

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Nov, 13:33


Isroil kuchlari Livandan chiqib ketishi uchun 60 kunlik loyiha

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga qaratilgan sa’y-harakatlarga to‘xtalib, kelishuvga erishilgan taqdirda ham Isroil Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan “Hizbulloh” guruhiga qarshi harbiy harakatlarni davom ettirishi kerakligini ta’kidladi.

"Shimolda (Isroil) xavfsizligimizni ta'minlash uchun nafaqat Hizbulloh hujumlariga qarshi, balki tizimli ravishda operatsiyalarni amalga oshirishimiz talab qilinadi", dedi Netanyaxu.

Demokrat.uz'ning shu mavzuda tayyorlagan to'liq ko'rsatuvini 👉TOMOSHA QILING

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Nov, 13:01


Tramp AQShdagi migrantlarni deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda

Newsweek xabariga ko’ra, AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp mamlakatdagi noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish uchun armiyani jalb qilmoqchi. 

👉 demokrat.uz/29942

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Nov, 11:10


Toshkentda avtobus va Lacetti to‘qnashdi

Bunyodkor-Qatortol ko‘chalari kesishgan chorrahada yuz bergan YTH oqibatida Lacetti yo‘lovchisi shifoxonaga olib ketilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

👉 demokrat.uz/29939

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Nov, 08:07


Bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlari uchramoqda

Prezident madaniyatimizga xos boʻlmagan bunday illatlarga qarshi murosasiz munosabatda boʻlishimiz va ayovsiz kurashishimiz shartligini va bu masala shaxsan Prezident nazoratida boʻlishini ta’kidladi.

👉 demokrat.uz/29936

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Nov, 07:29


Blogosferada qanday xatoliklar kuzatilmoqda?

Mustaqil jurnalistlar, blogerlar va jamoat vakillari o‘zlarining so‘z erkinligi hamda axborotni olish va tarqatish huquqlarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini hurmat qilish madaniyatini yuksaltirishga ko‘maklashish maqsadida seminar tashkil etildi.

👉 demokrat.uz/29926

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Nov, 06:37


O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul chet elliklar ro‘yxati yuritiladi

Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga, xavfsizligiga zid bo‘lgan, shuningdek, davlatlararo ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni keltirib chiqaruvchi, O‘zbekiston xalqining shaʼnini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar qilgan yoxud harakatlar sodir etgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekistonga kiritilmaydi, agar O‘zbekistonda bo‘lsa deport qilinadi.

👉 demokrat.uz/29927

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Nov, 04:30


Nyu Dehlida havo iflosligidan ko‘rish masofasi 150 metrga qisqardi

Nyu-Dehlidagi millionlab odamlarning sog‘lig‘iga tahdid solayotgan havo ifloslanish darajasi Havo sifati indeksi (AQI) bo‘yicha 481 ga chiqib, «o‘ta og‘ir» toifaga ko‘tarilgan.

👉 demokrat.uz/29922

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Nov, 04:00


Isroil ortodoksal yahudiylarni harbiy xizmatga chaqirdi

Bu dindor va dunyoviy isroilliklar o‘rtasidagi taranglikni yanada kuchaytirishi mumkin. Oliy sud yahudiy seminariyasi talabalari harbiy xizmatdan ozod qilinmaydi, degan qarorga keldi.

👉 demokrat.uz/29919

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Nov, 03:30


Isroil Livanga zarba berishda davom etmoqda

Isroil Livan janubidagi Nabatiya shahrida joylashgan biznes-markazga aviatsiya zarbasi berishi oqibatida 2 kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Nov, 03:05


«Sud muxbirlari» korpusini shakllantirishga ehtiyoj bormi?

Bu haqda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning matbuot kotiblari uchun «Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan ishlash: muammo va yechimlar» mavzusida o‘tkazilgan seminarda batafsil aytib o‘tildi.

👉 demokrat.uz/29916

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

18 Nov, 14:45


Vatan bayrogʻi – gʻurur va umid timsoli

Bugun, 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun. Bundan 33 yil muqaddam, yaʼni 1991-yil 18-noyabrda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilingan.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

18 Nov, 13:20


Ukraina raketalardan foydalanadimi?

Ukrainaliklarga armiyaning taktik raketa tizimlari yoki ATACMS deb nomlanuvchi uzoq masofaga uchuvchi raketalardan foydalanishga ruxsat berish Rossiyaning Shimoliy Koreya qo'shinlarini jangga jalb qilish haqidagi kutilmagan qaroriga javoban bo'ldi, deydi rasmiylar.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy raketa zarbasiga ruxsat berilganini tasdiqlamadi. Agar Ukraina raketalardan foydalansa Rossiyaning qanday javob berishi hozircha sirligicha qolmoqda.

Demokrat.uz'ning shu mavzuda tayyorlagan to'liq ko'rsatuvini 👉TOMOSHA QILING

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

18 Nov, 12:31


Toshkentda “Jibek Joly” birinchi temir yoʻl sayyohlik poyezdi kutib olindi

“Olmaota – Turkiston – Toshkent – Olmaota” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanadigan poyezdning ilk reysi 115 nafar turist bilan sayohatga chiqqan.

Tur 16-20-noyabr kunlariga moʻljallangan.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

18 Nov, 09:31


Parlamentda muxolifatni jonlantirish zarur — Prezident

Saylovlardagi sogʻlom raqobat, muxolif fikrlar kurashi parlamentga koʻchib oʻtsa, bu albatta xalq manfaatlariga mos qonunlar ishlab chiqilishiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

👉 demokrat.uz/29912

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

18 Nov, 09:03


Erdogʻan Ukraina mojarosini muzlatishni taklif qilmoqchi

Erdogʻan bugun boshlanadigan G20 sammitida Ukrainadagi mojaroni muzlatish rejasini taqdim qilmoqchi. 

👉 demokrat.uz/29909

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

18 Nov, 06:22


Turkiya Isroil prezidenti Isxak Gersog samolyoti uchun havo hududini yopib qoʻydi

Shu sababli Isroil rahbari BMTning iqlim boʻyicha sammitida (COR29) ishtirok eta olmadi.

Bu haqda “Milliyet” gazetasi Isroil va Turkiya diplomatik manbalariga tayanib yozmoqda.

16-noyabr kuni Isroil prezidentning COR29 doirasida Ozarbayjonga safari “xavfsizlik sabablari” tufayli bekor qilinganini eʼlon qilgandi.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

18 Nov, 04:46


Teleminora qarshisida Toyota, Malibu-2 va Cobalt to‘qnashdi

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi N.S. boshqaruvidagi Toyota rusumli, O.Sh. boshqaruvidagi Malibu-2 hamda A.I. boshqaruvidagi Cobalt rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. YTH natijasida Malibu transport vositasining yo‘lovchisi va haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

👉 demokrat.uz/29905

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

18 Nov, 04:08


“Toshkent — Buxoro — Toshkent” yoʻnalishida yangi poyezd qoʻyiladi

Mazkur dizel poyezdi tarkibi 12 ta vagondan (2 ta VIP, 4 ta biznes, 4 ta ekonom, 1 ta restoran va 1 ta dizel vagoni) iborat.

Poyezd harakat vaqti 6 soatdan iborat boʻlib, 592 km masofani bosib oʻtadi.

Yangi dizel poyezdi sinovi yakunlangach, yaqin kunlarda yoʻlovchilarga foydalanish uchun topshiriladi.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

18 Nov, 03:13


Bugun ayrim hududlarda yomgʻir kutiladi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlari shular jumlasidan.

Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +15...+20° boʻladi.

Togʻli hududlarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Harorat +5...+10° boʻladi.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

17 Nov, 14:08


Si Szinpin va Jo Bayden Peruda uchrashdi

Uchrashuv Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida bo‘lib o‘tdi.

Xitoy rahbari Pekin AQSHning yangi ma’muriyati bilan ishlashga tayyorligini va Vashington bilan “sog‘lom va barqaror” munosabatlarni saqlab qolish tarafdori ekanini aytdi.

Bu ularning Bayden prezidentligi davridagi uchinchi uchrashuvi hisoblanadi.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

17 Nov, 08:05


Bolalar ombudsmani Samarqandda jinsiy zo‘ravonlikka uchragan qiz bilan uchrashdi

Bolalar ombudsmani Samarqandda guruhli jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan maktab o‘quvchisi bilan uchrashdi. Qizga har tomonlama tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatila boshlandi. Jabrlanuvchining onasi OAVdan jinoyat tafsilotlarini e’lon qilmaslikni so‘radi.

👉 demokrat.uz/29900

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

17 Nov, 07:02


Ikki o‘zbek sablyachisi Jahon kubogining finalida bellashdi

Toshkent mezbonlik qilayotgan qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichida yakkalik bellashuvlari yakunlandi.

👉 demokrat.uz/29896

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

17 Nov, 05:38


Tanzila Narbayeva Bokuda BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida nutq so‘zladi

Senat raisi O‘zbekistonda prezident boshchiligida qator tashabbuslar ilgari surilayotganini, dunyo hamjamiyatini bir bo‘lishga chorlovchi xalqaro takliflar bildirilganini ta’kidladi.

👉 demokrat.uz/29893

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

17 Nov, 04:15


Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad soligʻidan ozod qilinadi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq kodeksiga qoʻshimcha kiritildi. Uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi.

👉 demokrat.uz/29890

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

17 Nov, 03:19


Namoyishchilar hukumat binolarini tark etsa, men iste’foga chiqishga tayyorman — Abxaziya prezidenti

RIA Novosti xabariga ko‘ra, Aslan Bjaniya bu haqda Tamish qishlog‘idagi maktabda o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvda aytgan.

Shuningdek, Bjaniya muddatidan oldin iste’foga chiqqan taqdirda, prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘yishga tayyorligini ham bildirgan.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

16 Nov, 16:46


#Attestatsiya_haqida_faktlar

Joriy yilning 29-oktabridan 20-noyabriga qadar maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglari malaka toifasi uchun navbatdagi attestatsiya jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Unda 150 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, nomzodlarning 18,3 ming nafari navbatdagi majburiy, 136,1 ming nafari navbatdan tashqari hamda 17,4 ming nafari to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka sinovlarida qatnashish uchun murojaat yuborganlar.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

16 Nov, 13:26


Samarqand shahrida 14 yashar qizni 8 kishi guruh bo‘lib zo‘rladi

Qizchani bir necha kun qamab qo‘yib, undan o‘zlarining  nafsini qondirish yo‘lida vahshiyona foydalanishdi. Bu ham yetmagandek  jinoyatchilar orasida prokuratura xodimi ham  bor.

Biroq jinoyat ishi faqat zo'ravonlik uchun qo'zgatilgan. Ya'ni, bunda nafaqat zo‘ravonlik, odam o'girlash, badanga shikast yetkazish, kaltaklash kabi zo‘ravonlik bor.

Afsuski, bu voyaga yetmagan bolalarga nisbatan birinchi zo‘ravonlik emas.

Demokrat.uz'ning shu mavzuda tayyorlagan to'liq ko'rsatuvini 👉TOMOSHA QILING

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

16 Nov, 12:29


Tramp OAV larni sudga bermoqchi

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Amerikaning eng yirik ommaviy axborot vositalarini uni tanqid qilgani va saylovoldi poygasida demokratlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun sudga berishga qaror qildi.

Da’volar The New York Times, Penguin Random House, CBS News, The Washington Post va The Daily Beast gazetalariga qarshi qaratilgan.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

16 Nov, 11:08


Prezident Oliy Majlis Senatiga 9 nafar senatorni tayinladi

Prezident farmoniga ko‘ra tayinlangan senatorlar qatoridan Sodiq Safoyev, Azamat Ziyo, Munojatxon Yo‘lchiyeva, Alisher Sa’dullayev va boshqalar o‘rin olgan.

👉 demokrat.uz/29886

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

16 Nov, 10:38


Toshkentda 20 yoshli yigit Malibu’da YTHga uchradi

Bugun soat 00:10 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida Malibu-2 rusumli avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, ustunga urilgan.

👉 demokrat.uz/29883

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

16 Nov, 07:41


Mayk Tayson 27 yoshli bloger Jeyk Polga boksda mag‘lub bo‘ldi

Jang Texas shtati, Arlington shahridagi "AT&T Stadium" arenasida o‘tkazilib, 8 raund davom etdi.

Afsonaviy bokschi jangda 4 ochko farqi bilan mag‘lubiyatga uchradi. Tayson oxirgi bor 2005-yilda Kevin Maybraydga mag‘lub bo‘lgan edi.

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

14 Nov, 09:20


1-dekabrdan mahalliy qatnovdagi vagonlar orqali yuk tashish tariflari oshiriladi

«O’zbekiston temiryo’llari» AJ izohlashicha, yuk tashish xizmatlarining vagon qismiga bog‘liq xarajatlar oshgan. Bu xarajatlarni qisman qoplash va yuk vagon parkini yangilash maqsadida tariflar oshiriladi.

👉 demokrat.uz/29808

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

14 Nov, 08:27


JCH-2026: Bugun Oʻzbekiston Qatarga qarshi oʻynaydi

Oʻzbekiston MTJ oʻyinchilari bahsda oq, darvozabon esa yashil libosda harakat qiladi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:15 da Dohadagi “Jassim bin Hamad” stadionida boshlanadi.

Kanalga ulaning 👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

14 Nov, 08:01


1-dekabrdan mahalliy qatnovdagi vagonlar orqali yuk tashish tariflari oshiriladi

«O’zbekiston temiryo’llari» AJ izohlashicha, yuk tashish xizmatlarining vagon qismiga bog‘liq xarajatlar oshgan. Bu xarajatlarni qisman qoplash va yuk vagon parkini yangilash maqsadida tariflar oshiriladi.

👉 demokrat.uz/29808

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

14 Nov, 07:29


300 ming bola Livandan Suriyaga qochib o‘tdi

Aksariyat bolalar ota-onalari yoki oilalaridan ajralgan, yolg’iz qochib ketmoqda. Yaqinlashib kelayotgan qish, zo‘ravonlik, oziq-ovqat tanqisligi va kasallik xavfi ostida qolmoqdalar. 

👉 demokrat.uz/29804

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

14 Nov, 06:32


Samarqandda maktab o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu holatga Qo‘shrabot tumani prokuraturasining ish yurituvchisi ham aloqadorligi aniqlangan. Hozirda jinoyat ishi tergovi ustidan prokuratura nazorati o‘rnatilgan.

👉 demokrat.uz/29801

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

14 Nov, 04:15


Tramp va Bayden uchrashdi

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Oq uyning Oval kabinetida amaldagi prezident Jo Bayden bilan uchrashuvda Ukrainadagi urush va Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi.

👉 demokrat.uz/29795

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

14 Nov, 03:38


Bugun harorat -3° gacha tushadi

Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +5...+10° boʻladi.

Poytaxtda shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat +6...+8° boʻladi.

Togʻli hududlarda biroz qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Harorat -3...+2° boʻladi.

Kanalga ulaning 👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

14 Nov, 03:03


Ozarbayjonlik shoir Shavkat Mirziyoyevga o‘z kitobini sovg‘a qildi

Akif Bag‘irov Naxichevonda tug‘ilgan, ammo umrining katta qismini O‘zbekistonda yashab, ijod qilgan. U ko‘plab o‘zbek shoirlari, adiblarining asarlarini ozarbayjon tiliga tarjima qilib, qardosh millatni o‘zbek adabiyoti bilan tanishtirishda fidoyilik ko‘rsatib kelmoqda.

Uchrashuvda Bag‘irov Shavkat Mirziyoyevga o‘zi ozarbayjon tilida tayyorlagan “Shavkat Mirziyoyev fenomeni” kitobini taqdim etdi. Unda O‘zbekiston prezidenti haqida tayyorlangan publitsistik esselar o‘rin olgan.

Kanalga ulaning 👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

13 Nov, 15:35


Jo Bayden Donald Trampni qabul qiladi

Bugun, 13-noyabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Oq uyda saylovlarda g‘olib bo‘lgan Donald Trampni qabul qiladi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

“Prezident Bayden 13-noyabr kuni Oq uyda Donald Trampni qabul qilmoqda va mish-mishlarga ko‘ra, u sobiq prezidentni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga undamoqchi”, deyiladi xabarda.

Kanalga ulaning 👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

13 Nov, 15:06


Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonning COP29 dagi Milliy paviloniga tashrif buyurdi

O‘zbekiston prezidenti Boku shahrida o‘tayotgan BMTning Butunjahon iqlim sammitida (COP29) tashkil etilgan O‘zbekiston Milliy paviloni bilan tanishdi. Davlat rahbariga pavilonning g‘oyasi va unda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

👉 demokrat.uz/29785

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

13 Nov, 14:17


Ilon Mask dunyoning eng oldi milliarderlari ro‘yxatida turishiga qaramay, AQSh hukumatida ishlashga istak bildirdi

Ya'ni Amerika prezidentligi uchun bo'lgan saylovda Trampning g'alaba qozonishi uchun u yaxshigina harakat qildi. Manbalarga ko'ra, umimiy hisobda Trampning Oq uyga qaytishi uchun 200 million dollar sarflagan.

Undan tashqari, saylov jarayonlarida ham milliarder turli dasturlar uyushtirib saylovchilarning faolligini oshirgan edi.

Donald Tramp uni xizmati evaziga Hukumat samaradorligi departamentiga rahbar etib tayinladi.

Demokrat.uz'ning shu mavzuda tayyorlagan to'liq ko'rsatuvini 👉TOMOSHA QILING

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

13 Nov, 12:25


Avtobuslar uchun yana 7 ta ko’chada yo’laklar joriy etiladi

Hozirda mavjud 53 km uzunlikdagi avtobus yo’laklariga qo’shimcha ravishda yana umumiy uzunligi 18 km bo’lgan 7 ta ko’chada avtobus yo’laklari joriy etiladi. Natijada ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati yaxshilanadi, yo’lovchilar vaqti tejaladi.

👉 demokrat.uz/29782

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

13 Nov, 11:57


Dollar kursi yana pastladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14-noyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,65 so‘mga oshdi va 12 808,03 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi ham 16,85 so‘mga ko‘tarilib, 13 612,37 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli esa 0,58 so‘mga tushib, 130,15 so‘mni tashkil etdi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

13 Nov, 10:09


Xitoy oltinchi avlod qiruvchi samolyotini namoyish etdi

Xitoy dunyoga "White Emperor B." nomini olgan so‘nggi oltinchi avlod qiruvchi samolyoti prototipini ko‘rsatdi. Chjuxay aviako‘rgazmasida ilk bor taqdim etilgan samolyot nafaqat yerning havo hududida, balki koinotda ham missiyalarni bajarishga qodir.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

13 Nov, 09:29


O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston va Ozarbayjon Prezidentlari bilan birgalikda “yashil” energetikani rivojlantirish loyihasiga start berdi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

13 Nov, 08:58


Maktab o‘quvchisi bir guruh shaxslar tomonidan zo‘rlandi

Samarqand viloyatida 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qiz bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan va zo‘rlangan. Voyaga yetmagan qizga nisbatan sud-tibbiy va biologik ekspertizalari tayinlangan.

👉 demokrat.uz/29779

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

13 Nov, 08:28


Qamchiq dovonida qalin qor yog’di. Yo‘lda qolib ketgan haydovchilarga yordam ko‘rsatilmoqda

Qamchiq dovonining yuqori nuqtalarida qor yog‘ishda davom etmoqda. FVV qutqaruvchilari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilib, yo‘lda qolib ketgan haydovchi va ularning avtotransport vositalariga yordam ko‘rsatilmoqda. 

👉 demokrat.uz/29776

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

13 Nov, 07:58


Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan tashkilotlar ma’lum bo’ldi

«Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonun ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxati tasdiqlandi.

👉 demokrat.uz/29771

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

13 Nov, 07:26


Bugun respublikaning ayrim hududlarida qor yog‘moqda

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yog‘ayotgan qorning qalinligi 10 sm dan oshgani aytilmoqda.

Kanalga ulaning 👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

13 Nov, 06:51


Mirziyoyev global iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini birgalikda bartaraf etish bo‘yicha takliflarni bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonning Boku shahrida o‘tkazilgan BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida (COP29) nutq so‘zladi. Davlat rahbari iqlim o‘zgarishlari bugungi kunda asosiy global tahdidga aylanib borayotganini, geosiyosiy ziddiyatlar kuchayishiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

👉 demokrat.uz/29768

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Nov, 15:00


Shavkat Mirziyoyev arab-islom sammitida nutq so‘zladi

O‘zbekiston Prezidenti Yaqin Sharqdagi mojaroga tez fursatda yechim topilishi muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, muqaddas Al-Aqso masjidi, Quddusdagi boshqa noyob tarixiy-madaniy yodgorliklarning daxlsizligini ta’minlash hamda ularni beshikast saqlab qolish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

👉 demokrat.uz/29714

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Nov, 14:31


Qoraqalpog‘istonda «Yashil makon» aksiyasiga start berildi

Nukus shahrida Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va Vazirlar Kengashi tashabbusi bilan Qoraqalpog’istonda «Yashil makon» aksiyasiga start berildi. Aksiya davomida hudud iqlimiga mos ko’chatlar ekildi.

👉 demokrat.uz/29707

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Nov, 13:25


Trampning siyosiy maslahatchisi Brayan Lanza BBCga Ukraina gʻalaba qozongandan ko'ra tinchlikka erishishga eʼtibor qaratishi kerakligini aytgan.

Trampning matbuot kotibi esa Lanzaning sharhiga izoh berib: "u prezident Tramp uchun gapirmaydi" dedi.

Guardian nashriga kora, Tramp matbuot erkinligiga bevosita tahdiddir. U ko'p yillar davomida jurnalistlarga nisbatan nafrat uyg'otib, ularni "xalq dushmani" deb atagan.

Demokrat.uz'ning shu mavzuda tayyorlagan to'liq ko'rsatuvini 👉TOMOSHA QILING

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Nov, 13:05


Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati pasayadi

«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, chorshanba kuni O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massasi kirib keladi. G‘arbiy hududlardan tashqari deyarli hamma joyda yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi.

👉 demokrat.uz/29702

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Nov, 11:51


Gazlashmagan xonadonlarda elektr energiyasi uchun chegirma beriladi

O‘zbekistonda tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan hududlarda aholiga elektr energiyasi uchun to‘lov qilishda yengillik yaratishga qaratilgan qaror loyihasi ishlab chiqildi. 

👉 demokrat.uz/29698

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Nov, 11:10


Kreml: Putin va Tramp AQSHdagi prezidentlik saylovidan keyin gaplashmagan

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov The Washington Post nashrining 7-noyabr kuni Putin va Trampning telefon orqali muloqot qilgani haqidagi xabarga izoh berdi.

👉 demokrat.uz/29695

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Nov, 09:58


Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ar-Riyod shahriga keldi

Bugun Oʻzbekiston yetakchisi navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi. Tadbir kun tartibiga muvofiq, Gʻazo va Livandagi keskinlikni tez fursatda kamaytirish, mojaroni siyosiy-diplomatik yoʻl bilan hal etish masalalari koʻrib chiqiladi.

👉 demokrat.uz/29688

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Nov, 09:31


Mediamahsulotlar endilikda “maʼnaviyat ekspertizasi”dan o‘tkaziladi

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, AOKA, Madaniyat vazirligi, Kinematografiya agentligi, MTRK, O‘zbekiston Milliy media birlashmasining qarori bilan tele va radiokanallar hamda ijtimoiy tarmoqlar uchun tayyorlanayotgan mediamahsulotlar, xususan, serial, multfilm, kino va qo‘shiqlarni “maʼnaviy ekspertiza”dan o‘tkazish tartibi joriy etildi.

Kanalga ulaning 👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Nov, 09:01


Ukraina harbiylari Rossiyaning vertolyotini olib qochmoqchi boʻldi

Rossiya FXX sabab Kiyev operatsiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Ukraina razvedkasi rossiyalik uchuvchini Telegram orqali oʻz tomoniga ogʻdirishga uringan. Kiyev rejasiga koʻra, uchuvchi oʻz ekipaj aʼzolarini zaharlashi kerak edi.

Rossiya, shuningdek, Ukraina pozitsiyalari haqida maʼlumotni qoʻlga kiritib, keyin u yerga zarba berdi.

Kanalga ulaning 👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Nov, 08:30


Giyohvandlikka targ’ib qiluvchi rasmlar chizgan o‘smirlar ushlandi

Toshkent shahrida ko‘p qavatli uy devorlariga giyohvand modda sotuvchi kanal manzilini chizgan o‘smirlarning ishi sudga yuborildi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘smirlardan biri devorga Telegram manzilini chizish bilan shug‘ullangan. Bu rasmlar giyohvand moddalar oldi-sotdisi yurgiziladigan guruhga tegishli bo‘lgan.  

👉 demokrat.uz/29682

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Nov, 07:59


Toshkentda noqonuniy tashqi reklama bannerlariga qarshi reyd o‘tkazildi

Reydlarda Mirobod tumanida 120 dan ortiq banner olib tashlandi. Shuningdek, Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarida ham demontaj ishlari olib borildi. Tadbir davomida o‘rnatilgan reklama konstruksiyalarining amaldagi me’yorlarga muvofiqligi sinchkovlik bilan tekshirildi, deyiladi hokimlik xabarida.

👉 demokrat.uz/29679

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Nov, 07:21


Allamjonovga suiqasdda Ramzan Qodirovning qo'li bormi?

Toshkent viloyatida 26-oktabrga oʻtar kechasi ikki nomaʼlum shaxs Range Rover avtomobiliga qarata oʻq uzdi, deb Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar bergan edi.

Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi.

“Gumonlanuvchilardan biri allaqachon hibsga olingan, tergov barcha aloqador shaxslar va suiqasd sabablarini aniqlashi kerak. Ammo, natijalarni kutmasdan, mamlakatdagi gʻarbparast va baʼzi muxolifat ommaviy axborot vositalari “chechen izi” haqidagi versiyani oʻrtaga tashladi va keyin bu izni yakunda menga bogʻlashdi”, deydi Qodirov.

Kanalga ulaning 👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Nov, 06:51


Yevrokomissiya Rossiyadan olinuvchi gazni Amerika gazi bilan almashtirishni taklif qildi

Yevrokomissiya rahbari AQSH prezidenti lavozimiga qayta saylangan Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatda ushbu mavzuga to‘xtalgan. «Yevropa hali ham Rossiya Federatsiyasidan katta hajmdagi suyultirilgan tabiiy gazni sotib oladi. Nega uni biz uchun arzonroq va energiya manbalarimiz narxini pasaytiradigan Amerikaning gazi bilan almashtirmasligimiz kerak», degan Ursula fon der Lyayen.

👉 demokrat.uz/29676

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Nov, 06:21


AQSHdagi universitetda ommaviy otishma yuz berdi

AQSHning Alabama shtatidagi Taskigi universiteti kampusida otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, yana 16 kishi yaralandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda 2024-yil boshidan beri 454 ta ommaviy otishma qayd etilgan.

👉 demokrat.uz/29673

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Nov, 05:11


O‘zbekistonda tergov izolyatorlari deyarli to‘lib bo‘lgan

O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi tergov hibsxonalari deyarli to‘lib bo‘lgan. Oliy sud raisi Baxtiyor Islomovga ko‘ra, bunday holat O‘zbekistonda ilk bor 2001-yilda kuzatilgan.

👉 demokrat.uz/29669

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Nov, 04:31


Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni va Ozarboyjonga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi — Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan davlatimiz rahbari 11-noyabr kuni G‘azo va Livandagi vaziyatning keskinlashuvi hamda Yaqin Sharqdagi mojaroga tez fursatda yechim topish choralarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi.

👉 demokrat.uz/29666

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Nov, 04:02


Rossiyada YTH sabab 3 nafar o‘zbekistonlik  halok bo‘ldi

Rossiyaning Penza oblastida o‘zbekistonliklar ketayotgan mashina yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Hodisada “KamAZ” yuk mashinasi va Cobalt o‘zaro to‘qnashgani aytilmoqda.

👉 demokrat.uz/29663

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

11 Nov, 03:38


☁️Bugun kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +10...+15° boʻladi.

Poytaxtda shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat +12...+14° boʻladi.

Kanalga ulaning 👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

10 Nov, 14:30


AQSH Isroilga katta miqdorda D9 buldozerlarini yetkazib berishni to‘xtatdi

Qo‘shma Shtatlar Isroil armiyasi ehtiyojlari uchun Isroil buyurtma qilgan va to‘lagan 134 ta D9 buldozerini yetkazib berishni to‘xtatdi, deb yozadi Ynet. Qayd etilishicha, buldozerlar AQSHdagi Saterpillar zavodlarida tiqilib qolgan va Davlat departamentidan eksport ruxsatini kutmoqda.

👉 demokrat.uz/29660

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

10 Nov, 12:51


Dronlar Moskva oblastiga hujum qildi

Bugun, yakshanba kuni tongda Moskva oblasti hududida 30 dan ortiq uchuvchisiz uchar qurilma urib tushirilgan. Xususiy uylarda yong‘in chiqqan, kamida bir kishi yaralangan.

👉 demokrat.uz/29657

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

04 Nov, 09:23


Prezident  Navoiy viloyatiga tashrif buyurarkan,Navoiy shahridagi “O’zbekiston vodorod peroksidi ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishuvdan boshladi.

Bu hudud rivojlangan industriyasi bilan mamlakatimiz iqtisodiyotida katta o‘rin tutadi.

Iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyatlar tufayli so‘nggi yillarda yangi korxonalar ko‘payib bormoqda.

Demokrat.uz'ning shu mavzuda tayyorlagan to'liq ko'rsatuvini 👉TOMOSHA QILING

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

04 Nov, 07:18


Mayya Sandu Moldovadagi prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi

Ovozlarning 99,82 foizi sanab chiqilgach, Moldovada amaldagi prezident Mayya Sandu saylovning ikkinchi bosqichida g‘alaba qozondi. Sandu 55,40 foiz, uning raqibi Aleksandr Stoyanoglo 44,60 foiz ovoz oldi. Prezident chet elda yashovchi fuqarolar ovozi hisobiga ustunlikka erishdi.

👉 demokrat.uz/29390

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

04 Nov, 06:48


Toshkentda 7-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi

Toshkent shahrida isitish mavsumi 7-noyabrdan bosqichma-bosqich boshlanadi. 5-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.

👉 demokrat.uz/29387

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

04 Nov, 06:15


Toshkentda avtobus va Cobalt to‘qnashdi

To‘qnashuvdan so‘ng, avtoulovlarda qisqa tutashuv sabab yong‘in kelib chiqqan. YTH oqibatida Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi tan jarohati olib, tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan.

👉 demokrat.uz/29383

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

04 Nov, 05:45


Metroning “Choshtepa” bekatida poyezd to‘xtab qoldi

Hodisa bugun, 4-noyabr soat 8:50lar atrofida Chilonzor yo‘lining “Olmazor – Choshtepa” bekatlari oralig‘ida yuz bergan.

Bu qarama qarshi yo‘nalishdagi qatnovda poyezdlarning 20 minutgacha kechikishiga, bekatlarda odamlar to‘planib qolishiga sabab bo‘lgan.

Kanalga ulaning 👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

04 Nov, 03:51


Oʻzbekiston boʻylab havo sifati qanday?

IQAir portaliga koʻra, mamlakat havosida PM 2.5 zarrachalari miqdori JSST tavsiya qilganidan oʻrtacha 5,7 baravar ortiq.

Kanalga ulaning 👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

03 Nov, 14:31


Ertaga ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi

O‘zgidromet ertaga, 4-noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir, qor yog‘adi.

👉 demokrat.uz/29376

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

03 Nov, 13:20


Jurnalistlar uchun 2024-yildagi eng xavfli mamlakatlar ro‘yxati e’lon qilindi 

Falastin hududlari jurnalistlar uchun eng xavfli hududga aylandi, u yerda yilning dastlabki o‘n oyida 14 ta o‘lim qayd etilgan.

👉 demokrat.uz/29364

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

03 Nov, 12:25


Farg‘onada ariqdan erkak kishining jasadi topildi

O‘lim sababini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumning tanasida jarohatlar aniqlanmagan. Holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

👉 demokrat.uz/29373

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

03 Nov, 11:16


Toshkent havosi rekord darajada ifloslandi

2-noyabrdan 3-noyabrga o‘tar kechasi poytaxt Toshkent shahri havosida zaharli zarrachalar miqdori 780 mkg/m3 darajagacha oshdi. Bu haqda Xalqaro IQAir ko‘rsatkichlarida keltirilgan

👉 demokrat.uz/29370

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

03 Nov, 10:21


FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorov o‘z o‘rnida

Jahon shaxmat federatsiyasi oktyabr oyi yakunlangach, o‘z reytingini yangiladi. Ushbu yangilangan jahon reytingida kuchli 100 likdan 5 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin oldi.

👉 demokrat.uz/29363

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

03 Nov, 09:20


Shirli AQSh prezidentlik saylovida birinchi qora tanli ayol sifatida tarixga kirdi

Joriy yil, 5-noyabr kuni AQSHda muhim siyosiy jarayon – 60-prezidentlik saylovi o‘tkaziladi. Qo‘shma Shtatlar tarixida prezident va vitse-prezident lavozimiga kam sonli xotin-qizlar nomzodi qo’yilgan.

👉 demokrat.uz/29359

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

03 Nov, 08:20


AQSHda 70 milliondan ortiq saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 70 053 286 AQSH aholisi muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalangan. Ularning 37,4 milliondan ortig‘i shaxsan o‘zi saylov uchastkalariga borib, ovoz bergan bo‘lsa, qolgan 32,6 millionga yaqini pochta orqali ovoz bergan.

👉 demokrat.uz/29356

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

03 Nov, 07:20


Toshkentdagi Chorsu maydoni rekonstruksiya qilinadi

Loyiha qiymati 170 million AQSH dollar deb baholandi. Chorsu maydonidagi 1982-yilda qurilgan va uzoq vaqt tashlandiq boʻlib qolgan “Chorsu” mehmonxonasi binosi buziladi va oʻrnidan mehmonxona, biznes-markaz, turar-joylar quriladi. Yangilangan maydonning qurilish ishlari 2025-yilda boshlanib, 2029-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.

👉 demokrat.uz/29350

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

03 Nov, 06:21


Andijonda maktab o‘quvchilarini kaltaklagan direktor ishdan bo‘shatildi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi maktabda o‘quvchilarni kaltaklagan direktor ishdan olindi. Viloyat MMTB rahbar pedagogik etika qoidalaridan chetga chiqqanini ma’lum qildi.

👉 demokrat.uz/29347

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

03 Nov, 05:19


Xitoyda elektromobillar uchun elektr yetkazib beruvchi poverbanklar ixtiro qilindi

Xitoyning elektromobil ishlab chiqaruvchi Wuling kompaniyasi elektr avtomobillar uchun o‘ziyurar zaryadlash qurilmasi prototipini taqdim etdi. Ushbu o‘ziga xos poverbank kutilmaganda akkumulyatori “o‘tirib qolgan” avtomobillarni qutqarishi mumkin.

👉 demokrat.uz/29343

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

03 Nov, 04:19


Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini 5 milliard kub metrdan oshirdi

Rossiyaning «Gazprom» va «LUKOYL» kompaniyalari O‘zbekiston hududidagi gaz konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha qator loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Bu haqda Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova ma’lumot berdi.

👉 demokrat.uz/29340

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

02 Nov, 13:31


Oktyabr oyida ilk marta davlat budjeti oylik profitsitga chiqdi

O‘tgan oyda davlat budjeti daromadlari – 27 trln 290 mlrd so‘m, xarajatlari esa 24 trln 938 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ijobiy farq – 2 trln 352 mlrd so‘m. Oylik profitsit kunlik va oylik budjet ma’lumotlari ochila boshlagandan beri birinchi marta yuz berdi.

👉 demokrat.uz/29337

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

02 Nov, 13:01


Eron Isroilga javob qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qildi

Ta’kidlanishicha, Eronning Isroil zarbasiga javobi avvalgi javoblardan ancha kuchli bo‘ladi va “qarshilik o‘qi” kuchlari ishtirokida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Yaqin Sharqdagi qarshilik guruhlari Isroilga javob berish uchun Eron Qurolli kuchlari bilan birlashadi.

👉 demokrat.uz/29333

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

02 Nov, 12:27


Ekopartiya: Kelgusidagi vazifalar belgilab olindi

Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida partiyaning Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengash deputatlari saylovidagi ishtiroki tahlili hamda kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

👉 demokrat.uz/29327

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

02 Nov, 11:41


Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Hujjatda budjet tizimi mablag‘laridan maqsadli foydalanishni ta’minlash tartibi ham belgilangan. Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi “Davlat-xususiy sheriklik sohasini takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

👉 demokrat.uz/29322

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

02 Nov, 11:10


Andijonda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi maktabda direktor o‘quvchilarni kaltakladi. IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

👉 demokrat.uz/29316

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

02 Nov, 10:40


O’zbekistonga qo’shni davlatlardan olib kelingan giyohvandlik moddalari aniqlandi

Toshkent viloyatida tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan aylanma yo‘llar orqali olib kelinib, Quyichirchiq tumanidagi xufiya joyga qoldirib ketilgan 1 kg. 834 gr. “gashish” moddasi Toshkent shahrida yashovchi, 2 nafar fuqaro tomonidan qabul qilib olinayotganida qo’lga tushdi.

👉 demokrat.uz/29319

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

02 Nov, 10:08


Polsha Rossiya Federatsiyasi bilan chegarada istehkomlar qurishni boshladi

Polsha yirik Qalqon Sharq loyihasi doirasida Rossiya va Belarus bilan chegarada istehkomlar qurishni boshladi. Bu haqda kecha Polsha hukumati rahbari Donald Tusk X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

👉 demokrat.uz/29313

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

02 Nov, 09:38


Avtobus salonini erkak va ayollar uchun ajratgan samarqandlik haydovchi jazolandi

Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar qismiga ajratgan haydovchi intizomiy jazoga tortildi. U «yoʻlovchilarning erkin harakatlanishini cheklagan»likda ayblangan.

👉 demokrat.uz/29310

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

02 Nov, 09:08


O‘zbekistonda birinchi marta  Aralash jang san'ati bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi

Toshkent shahrida 5-10-noyabr kunlari Aralash jang san'ati bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Mazkur chempionatda 70 dan ortiq davlatdan tashrif buyuruvchi sportchilar kuch sinashadi.

Chempionat Xumo arena sport majmuasida 5-8-noyabr kunlari soat 10:00 dan boshlab 9-10- noyabr kunlari final janglari soat 15:00 boshlab bo‘lib o‘tadi. Kirish barcha tashrif buyuruvchilar uchun bepul.

Kanalga ulaning 👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

02 Nov, 07:55


«El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari 40ga yaqin davlatlarning 280 dan ortiq nufuzli oliygohlarida tahsil olmoqda 

Ayni vaqtda 550 nafar stipendiat AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Kanada, Italiya, Ispaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya kabi davlatlardagi OTMlarning bakalavriat, magistratura, ordinatura hamda doktorantura dasturlarida o‘qishlarini davom ettirmoqda.

👉 demokrat.uz/29305

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

02 Nov, 05:29


Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

“Men uchrashuvimizdan hayratdaman. Shavkat Miromonovichga bizning davlatga va bolalar uchun eng muhim bo‘lgan taʼlim sohasiga bo‘lgan sinchikov va sitqidil munosabat uchun minnatdorlik bildirmoqchiman.

Bu yerda 14ta Rossiya oliygohlari filiallari ochilgan va yaqinda 15ta bo‘ladi. Bu natija bizni hayratga soldi. Bunaqasi dunyoda boshqa hech qayerda yo‘q”, - dedi Chernishenko.

Kanalga ulaning 👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

02 Nov, 03:37


1 noyabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

- Xorijiy ish beruvchilar tomonidan taklif qilinayotgan ish o‘rinlari ochiq eʼlon qilib boriladi;  

- Avtobuslarni nogironlar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi;

- Tayyor zargarlik buyumlariga nisbatan import bojxona boji kamaytiriladi;

- “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” dasturi doirasida tadbirkorlarga beriladigan kredit 300 million so‘mgacha oshiriladi;

- Inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri yuritiladi;

- Ayrim garovsiz mikrokreditlar qayta moliyalashtiriladi;

Batafsil

Kanalga ulaning 👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

01 Nov, 13:18


Ispaniyada yuz bergan suv toshqini oqibatida 150 dan ziyod odam halok bo'ldi

Valensiyada minglab odamlar suv va elektr ta'minotisiz qoldi, yuzlab odamlar esa mashinalari bir bo'lak temirga aylangani yoki yo'llar to'sib qo'yilganidan keyin qochib ketishgan.

Mintaqa qisman izolyatsiya qilingan, bir nechta yo'llar uzilgan va poezd liniyalari, shu jumladan Madridga tezyurar qatnov to'xtatilgan, rasmiylarning aytishicha, bir necha kun davomida ta'mirlanmaydi.

Seshanba kuni Malaga yaqinida bortida 300 ga yaqin odam boʻlgan tezyurar poyezd relsdan chiqib ketdi, biroq hech kim jabrlanmagan.

Demokrat.uz'ning shu mavzuda tayyorlagan to'liq ko'rsatuvini 👉TOMOSHA QILING

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

01 Nov, 12:03


Toshkentda Nexia-3 yonib ketdi

Yunusobod tumanida Nexia-3 yo‘l chetidagi beton bordyurga borib urilishi oqibatida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in FVV xodimlari tomonidan o‘chirilgan, YTHda hech kim jarohatlanmagan.

👉 demokrat.uz/29300

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

01 Nov, 11:30


Germaniya uchta shahridagi Eron konsulxonalarini yopdi

Germaniya Frankfurt-na-Mayn, Gamburg va Myunxendagi Eron konsulxonalarini yopishga qaror qildi. Bunga Germaniya va Eronning ikki fuqaroligiga ega boʻlgan Jamshid Sharmahdning Eronda qatl etilishi sabab boʻldi.

👉 demokrat.uz/29295

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

01 Nov, 10:55


Turkiy davlatlar tashkilotining 11-sammiti Qirg’izistonda bo’lib o’tadi

6-noyabrda o’tkazilishi kutilayotgan sammitda tashkilot a’zolari – Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston rahbarlari, shuningdek, tashkilotning kuzatuvchi-mamlakatlari rahbarlari ishtirok etadi.

👉 demokrat.uz/29291

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

01 Nov, 10:26


O‘zbekistonda noyabr oyida qanday ob-havo kutilmoqda?

Noyabr oyining boshi iliq keladi, yog‘ingarchilik oktyabrdagidan ko‘proq, davomiy va jadal bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda harorat kechasi +3…+8 darajadan –5…0 darajagacha soviydi.

👉 demokrat.uz/29288

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

01 Nov, 09:56


Toshkent viloyatida bir oilaning ikki a’zosi is gazidan vafot etdi

Toshkent viloyati Bekobod tumanida ota va o‘g‘il is gazidan zaharlanib vafot etdi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

👉 demokrat.uz/29284

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

01 Nov, 09:05


Andijonda 24 yoshli yigit o‘zini yoqib yubordi

Andijon shahrida 24 yoshli yigit ustiga benzin qoʻyib, joniga qasd qilishga urindi. U kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.

👉 demokrat.uz/29281

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

01 Nov, 07:15


Prezident yangi – 2025-yilni Navoiy viloyatda “Alisher Navoiy yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi

Bu yil doirasida “Hazrat Navoiyni anglash – oʻzligimizni anglash” mavzusida Prezident sovgʻasi uchun respublika tanlovi tashkil etiladi. Har bir mahalla, maktab, oliygohlar va mehnat jamoalarida “Navoiyxonlik kechalari” oʻtkaziladi.

👉 demokrat.uz/29278

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

25 Oct, 12:01


So‘nggi debat: tashabbus qaysi siyosiy partiya tomonda bo‘ladi?

Bugun, 25-oktyabr kuni soat 17:00 da siyosiy partiyalar oʻrtasida ekologiya, sog‘liqni saqlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan so‘nggi debat boʻlib o'tadi.

Ushbu debatni quyidagi telekanallar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:

▫️Oʻzbek tilida: Uzreport TV, Sevimli, RTV, My5, Zoʻr TV
▫️Rus tilida: Dunyo boʻylab
▫️Ingliz tilida: Foreign Language.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

25 Oct, 11:32


Probatsiya xizmati inspektorlariga huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzish vakolati beriladi

O‘zbekistonda probatsiya xizmatining katta inspektori va inspektoriga probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomani tuzish vakolati berilmoqda. Bu qonunni Senat ma’qulladi.

👉 demokrat.uz/28867

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

25 Oct, 11:02


Yangi Toshkent qurilishi uchun Yuqori Chirchiqdan 110,4 gektar yer maydoni ajratildi

Viloyat hokimining qaroriga ko‘ra, bu yer «Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi»ga doimiy foydalanish uchun berildi. Tumanning «O‘zbekiston», «Guliston» va «Istiqlol» mahallalari yangi shahar hududiga qo‘shildi.

👉 demokrat.uz/28870

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

25 Oct, 10:30


Migratsiya agentligining ayrim funksiyalari xususiy sektorga o‘tkaziladi

Yangi tashkil etilgan Migratsiya agentligi 2026-yilgacha fuqarolarni xorijga yuborish va ishga joylashtirish bilan bog‘liq funksiyalarini xususiy bandlik agentliklariga o‘tkazadi. 

👉 demokrat.uz/28864

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

25 Oct, 10:01


Kurskka KXDRdan birinchi harbiy xizmatchilar yetib keldi – Ukraina razvedkasi

KXDRdan avvalroq Rossiya poligonlarida tayyorgarlikdan o‘tgan birinchi harbiy qismlar Kursk viloyatiga yetib keldi. Bu haqda kecha, 24-oktyabr kuni Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi maʼlum qildi.

👉 demokrat.uz/28861

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

25 Oct, 09:30


Falastin BRICS’ga qo‘shilishini ma’lum qildi

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos mamlakati BRICS guruhiga qo‘shilish istagi borligini tasdiqladi. Bu haqda u kecha, 24-oktyabr kuni Qozonda bo‘lib o‘tgan “autrich” / “BRICS plyus” yig‘ilishida bayonot berdi. «Umid qilamizki, Falastinning BRICS’ga qo‘shilish haqidagi arizasi imkon qadar tezroq qondiriladi», dedi Falastin rahbari bayonotda.

👉 demokrat.uz/28858

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

25 Oct, 09:00


Chechenistonda nomaʻlum shaxslar Rosgvardiya karvoniga hujum qildi

Chechenistonda noma’lum shaxslar Rossiya gvardiyasi karvoniga hujum qildi. Rosgvardiya matbuot xizmati bir harbiyning halok boʻlgani, bir xizmatchi yaralanganini ma’lum qildi. Hujum qilganlar voqea joyidan yashiringan.

👉 demokrat.uz/28854

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

25 Oct, 08:30


Toshkent metropoliteni saylov kuni oʻz ishini 1 soat avval boshlaydi

Shu yilning 27-oktyabr kuni Toshkent metrosining barcha bekatlari oʻz ishini 1 soat avval yaʼni 05:00 dan boshlaydi.

👉 demokrat.uz/28851

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

25 Oct, 08:01


Prezident bir guruh ichki ishlar xodimlarini mukofotladi

Prezidentning “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash toʻgʻrisida” gi farmoni bilan bir guruh soha vakillari taqdirlandi.

👉 demokrat.uz/28848

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

25 Oct, 07:31


Norvegiyada yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi

Norvegiyada poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi og‘ir jarohatlandi. Mahalliy politsiyaning aytishicha, poyezdning relsdan chiqib ketishiga tog‘dagi o‘pirilish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

👉 demokrat.uz/28844

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

25 Oct, 07:00


Oʻzbekiston togʻlarida ikkita qadimiy shaharning qoldiqlari topildi

Oʻzbekiston togʻlarida arxeologlar lazer yordamida masofadan turib zondlash texnologiyasi bilan milodiy 6—11-asrlaridagi afsonaviy Ipak yoʻli savdo yoʻli boʻylab gullab-yashnagan ikkita qadimiy shaharni aniqladilar.

👉 demokrat.uz/28841

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

25 Oct, 06:30


Endi import qilinadigan avtotransportlar Piskent poligonida sinovdan o‘tkaziladi

1-noyabrdan boshlab O‘zbekistonga rasmiy dilerlar tomonidan chetdan olib kelinadigan avtotransport vositalari Piskent tumanidagi poligonda 3 oylik sinovdan o‘tadi. Bu talab o‘z ehtiyoji uchun xorijdan avtomobil olib keladiganlarga tegishli emas.

👉 demokrat.uz/28838

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

25 Oct, 06:05


Quyoshda eng yuqori darajadagi chaqnash sodir bo‘ldi

Amaliy geofizika instituti (Rossiya Federatsiyasi) xabariga ko‘ra, bu so‘nggi ikki hafta ichida sodir bo‘lgan birinchi shunday hodisadir. Olimlar 9-oktabrdan beri birinchi marta Quyoshda eng yuqori X toifali yangi chaqnashni qayd etdi, deb xabar berdi Amaliy geofizika instituti.

👉 demokrat.uz/28835

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

25 Oct, 05:41


O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatlari maqomini oldi

Qozondagi BRIKS sammiti davomida 13 ta davlat birlashmaning hamkor davlatlari maqomini oldi. Ular qatorida O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston va Belarus bor.

👉 demokrat.uz/28832

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

25 Oct, 05:11


Toshkentda maktab oʻquvchisi IELTS dan 8 ballik sertifikatga ega boʻldi

Toshkent shahri, Yangihayot tumanidagi 331-sonli umumtaʼlim maktabi 10-sinf oʻquvchisi Rustam Neʼmatov IELTS xalqaro imtihonidan 8 ballik sertifikatga ega boʻldi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

👉 demokrat.uz/28828

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

25 Oct, 04:31


Turkiyadagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi

Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Anqaradagi teraktdan keyin xavfsizlik choralari kuchaytirilganini maʼlum qildi.

👉 demokrat.uz/28825

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

25 Oct, 04:00


Oʻzbekistondagi ikkilamchi avtomobil bozorida holat qanday?

Joriy yilning sentabr oyida oʻrtacha va koʻp foydalanilgan ommabop avtomobillar narxi sezilarli darajada pasaygan. 

👉 demokrat.uz/28816

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

25 Oct, 03:31


Biz dunyo bilan ijobiy hamkorlik qilishga tayyormiz

−Afg‘onistondagi “Tolibon”muvaqqat hukumati endi dunyo bilan ijobiy hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda muvaqqat hukumat ichki ishlar vaziri Sirajuddin Haqqoniy “The New York Times” ga bergan maxsus intervyusida so‘z ochdi.

👉 demokrat.uz/28811

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

25 Oct, 03:00


Bugun, 25-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo malumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 25- oktyabr kuni havo o‘zgarib turadi, kechqurun yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Tog‘larda yomg‘ir qorga aylanadi.

👉 demokrat.uz/28819

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

24 Oct, 13:46


Sardor Kariyevning uyi xatlandi. Ayoli sudga shikoyat qildi

Farmagentlikning sobiq rahbari Sardor Kariyevning farzandlari yashab turgan uy xatlandi. Natijada bundan norozi bo‘lgan Kariyevning xotini sudga shikoyat qildi. Sardor Kariyev «Dok-1 Maks» ishida aybdor deb topilib, 18 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

👉 demokrat.uz/28805

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Oct, 13:29


Yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 4 mlrd kVt⋅soatni tashkil qildi

Bugun soat 12:00 da O‘zbekistondagi barcha quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori joriy yil boshidan 4 mlrd kVt⋅soatni tashkil qildi.

👉 demokrat.uz/28642

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Oct, 12:42


Oʻzbekiston fuqarolariga Rossiyaga kirish uchun viza rejimi joriy etilishi mumkin

Rossiyalik deputat Oʻzbekiston fuqarolariga viza rejimi joriy etishni taklif qildi. Deputat bunday taklifni Oʻzbekiston konsulxonasi Rossiya armiyasiga qoʻshilmaslikka chaqirgani sababidan bildirgan.

👉 demokrat.uz/28639

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Oct, 11:32


Bugun Moldovada prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda

Moldova Markaziy saylov komissiyasi mamlakat prezidentligiga 11 nafar nomzodni ro‘yxatga olgan. Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 07:00 dan 21:00 gacha ochiq bo‘ladi.

👉 demokrat.uz/28636

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Oct, 10:32


«Matonat» hujjatli filmi: tomoshabin nimadan ko‘proq ta’sirlandi?

Tomoshabinlar fikricha, film shunchaki hayot xronikasi emas, balki qiyinchiliklarni yengib o‘tish va ruhiy kuchning chuqur, shaxsiy qissasidir. 

👉 demokrat.uz/28630

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Oct, 08:23


AI-80 benzinni asossiz sotmasdan saqlab turgan AYOQSHga chora ko‘rildi

Buxoro tumani “Shergiron” MFYda joylashgan “E.N.M.” MCHJga qarashli AYOQSH o‘rganilganda joriy yilning oktyabr oyi boshida faoliyati to‘xtatilganligiga qaramasdan, 10-, 16-, 18-oktyabr kunlari davomida jami 11,3 tonna AI-80 rusumli avtobenzin birja orqali xarid qilinib, shoxobchaga tushirilmasdan xaridorlarga sotilmaganligi aniqlandi.

👉 demokrat.uz/28626

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Oct, 06:58


Xorijdagi o‘zbekistonliklar yangicha saylov tizimi orqali ovoz berishadi

Chet davlatlardagi O‘zbekiston fuqarolari saylovchilar ro‘yxatiga kirish uchun yozma shaklda xorijdagi saylov komissiyalariga yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga saylov.mfa.uz veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qiladilar.

👉 demokrat.uz/28623

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Oct, 05:22


Xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun shu yerda sharoit yaratishimiz kerak — prezident

Toshkent viloyatida 157 ming aholi chetda yuribdi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. “Agar ular 1500-2000 dollar olsa, nur ustiga nur, ularga ko‘makchi-yelkadosh bo‘lamiz. Lekin undan kam oylik olsa, o‘zimizda sharoit yaratib ishlatsak, o‘ylaymanki, ana shunda adolatli tizim bo‘ladi”, dedi prezident.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Oct, 05:18


Ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish tizim takomillashtiriladi

Shuningdek, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarni vaqtincha roʻyxatga olishda ham davlat boji undirilmaydi.

👉 demokrat.uz/28620

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

20 Oct, 04:18


Pora olish kamayib, budjet mablag‘larini talon-toroj qilish ortgan — Akmal Burhonov

O‘zbekistonda amaldorlarning pora berishi va olishi keskin kamaygan, lekin budjetni talon-toroj qilish va vakolatini suiiste’mol qilish holatlari ko‘paygan.

👉 demokrat.uz/28617

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Oct, 15:02


Chilonzor metro bekati yonidagi avtobekat zamonaviy shaklda qayta quriladi

Bu haqda hokimlikning matbuot xizmati o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, ushbu avtobekatga aqlli svetofor o‘rnatish ham rejalashtirilgan, chunki bu hudud har doim gavjumligi bilan ajralib turadi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Oct, 14:21


Toshkentda xalqaro madaniy meros haftaligi boshlandi

Haftalik doirasida 20 dan ortiq davlatdan tashrif buyurgan turli nufuzli tashkilotlarning 100dan ortiq olimlari ma’ruzalari tinglanadi.

👉 demokrat.uz/28612

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Oct, 12:03


"Hizbulloh" Netanyaxuning qarorgohiga hujum qildi

Isroil ommaviy axborot vositalari Livandan uchirilgan 3 ta dron Isroil havo hududini kesib o‘tgani, ulardan 2 tasi urib tushirilgani, uchinchisi Keysariyadagi binoga urilgani haqida xabar berdi.

Netanyaxu va uning rafiqasi hujum vaqtida qarorgohda bo‘lmagan.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Oct, 10:06


Erdo‘g‘an Isroilga qarshi qurol emborgosini joriy qilishga chaqirdi

Erdo’g‘an Isroilning provokatsiyalari mintaqaviy urushga olib kelishi haqida ogohlantirdi va embargoni agressiyani to‘xtatish uchun samarali qadam sifatida ta’kidladi.

👉 demokrat.uz/28609

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Oct, 09:00


Tug‘ruq ta’tilida bo‘lgan ayollarning ish joyi saqlanishi lozimmi?

Ombudsmanga tug‘ruq taʼtilidan ishga qaytgan xodimni noqonuniy bo‘shatib yuborishgani haqida murojaat kelib tushdi. 

👉 demokrat.uz/28606

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Oct, 08:30


G‘azoda 200 mingga yaqin aholi oziq-ovqatsiz qolmoqda

G‘azoning shimolida, ayniqsa Jabaliyada 200 mingga yaqin aholi Isroilning 14 kundan beri davom etayotgan qurolli hujumi oqibatida oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar ta’minotida jiddiy tanqislikka duch kelmoqda.

👉 demokrat.uz/28603

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Oct, 08:00


11 ming shimoliy koreyalik Ukraina bilan jang qilishga tayyorlanmoqda

Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi boshligʻi Kirill Budanov The War Zone nashriga bergan intervʻyusida Shimoliy Koreya qoʻshinlari Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiyada tayyorgarlikdan oʻtayotgani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.

👉 demokrat.uz/28600

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Oct, 07:30


“Koʻmir taʼminot” MChJ mudiri aholi uchun moʻljallangan koʻmirni boshqa joyga sotib yubordi

Aholi va ijtimoiy soha obʼektlarini isitish uchun olib kelingan bahosi 447,2 mln soʻm boʻlgan jami 1 470 tonna koʻmir boshqalarga pullab yuborilgani aniqlandi.

👉 demokrat.uz/28593

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Oct, 07:00


Qozog‘istonda hokim o‘rinbosari xizmat mashinasida non olishga borgani uchun javobgarlikka tortildi

Ta’kidlanishicha, tuman hokimi o‘rinbosari xizmat mashinasida kechki soat 19:00 da uyiga ketayotib, non olish uchun to‘xtagan. U avtomobilini to‘xtash taqiqlanadigan belgi ta’sir qiladigan hududda qoldirganiga e’tibor qaratmagan. Shunday qilib, hokim o‘rinbosari «Davlat xizmati to‘g‘risida»gi qonun hamda Davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksini buzgan.

👉 demokrat.uz/28597

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Oct, 06:30


Usmon Sharifxodjayev yangi lavozimga kuzatildi

Bugungacha maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan Usmon Sharifxodjayev Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.

👉 demokrat.uz/28590

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

19 Oct, 06:01


Toshkent viloyatida zilzila kuzatildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, bugun 19-oktyabr kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 01:32 da zilzila sodir bo‘ldi.

👉 demokrat.uz/28587

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz