thekami @the_kami Channel on Telegram

thekami

@the_kami


a learner.

Second channel - @bored_kami
to contact - @nimagapingizbor_bot

thekami (English)

Introducing thekami - your ultimate destination for all things related to Japanese culture and lifestyle. As the name suggests, thekami is a Telegram channel that aims to bring the essence of Kami, the Shinto spirits, into your everyday life. Whether you are a fan of Japanese art, cuisine, fashion, or traditions, thekami is your go-to source for inspiration, information, and entertainment. Who is thekami? Thekami is a team of passionate individuals who share a deep love for Japanese culture. From anime enthusiasts to history buffs, our contributors come from diverse backgrounds but are united in their passion for all things Japanese. Our goal is to create a community where like-minded individuals can come together to celebrate and learn about the rich tapestry of Japanese culture. What is thekami? Thekami is more than just a Telegram channel - it is a virtual hub where you can immerse yourself in the wonders of Japan. We curate content that covers a wide range of topics, including traditional festivals, modern pop culture trends, travel tips, language lessons, and much more. Whether you are a seasoned Japanophile or a newcomer to the world of Japanese culture, thekami has something for everyone. Join us on this journey as we explore the beauty, charm, and intrigue of Japan. Follow thekami on Telegram for daily updates, interactive discussions, exclusive interviews, and exciting giveaways. Let thekami be your guide to unlocking the mysteries of Japan and discovering the hidden gems that make this country truly unique. Embrace the spirit of Kami and let thekami light your path to a deeper understanding of Japanese culture. Don't miss out on this exciting adventure - join thekami today and let the magic of Japan enchant you!

thekami

23 Jan, 05:46


Self-study uchun tekin dars o'tib bering deganlarga kanalda juda ko'p postlarim va eski ovozli video darslarim bor. O'shalarni bir joyga yeg'dim. Sizdan esa ularni o'qib-eshitib, amal qilish va manfaatli bo'lsa meni duolarda eslab qo'yish🙏

🪻 Self-study uchun muhim ko'nikmalar.
🪻 Self-study qilishdagi TOP 3 xato.
🪻Speaking uchun foydali maslahat.
🪻Writing uchun maslahat.
🪻Kitobni qanday o'qish haqida maslahat.
🪻 IELTS self-study qilish uchun umumiy 5 ta maslahat.
🪻Sun'iy intellekt bilan o'rganishdagi o'shashligimiz.
🪻Noto'g'ri usullarni til o'rganishda ta'siri.
🪻Speaking qilsam uyalaman, uyatni qanday yengay?
🪻Til o'rganishda motivatsiya.
🪻O'rganishda stress va uni yengish.
🪻Grammatikadan ko'ra fikr muhim.
🪻Til biladiganlarni fikrlashi.
🪻Qiyin mavzu o'zi mavjudmi?
🪻Men bilan bo'lgan audio suhbat.
🪻Telefonga qaramlikni yengish.
🪻6-kurs talabasi, meditsinani yoshligidan beri o'zi o'rganadigan Elyor Fayzulla bilan suhbat.

Muhimi bu post saqlangan xabarlarda qolib ketmasin. Bularni 1 yil davomida yozganman, o'zim ham foydalanganman, sinovimdan o'tgan usullar. Do'stlaringizga ham ulashib qo'ying💜

@the_kami

thekami

21 Jan, 07:45


Kecha "Sukut saqlama" loyihasi tomonidan tashkillashtirilgan bookclubda bo'ldim. Keng fikrli ayol qizlar bilan bo'lganimiz uchun o'zimizni erkin his qilib, fikr alishdik, baxs-munozara qildik, sog'lom muhitni his qildik. Yana bu bookclub davom etadi, u haqidagi ma'lumotni @tillanisoen kanalidan olasizlar.

O'sha yerdagi erkaklarni ayollarga qaraganda sekinroq o'rganishi haqida fikrni bir kun o'yladim. Xa aqlli va saloyihatli erkaklar ko'p. Lekin umumiy olib qaraganda baribir ayollar yaxshiroq o'zlashtirishini hammamiz ko'rganmiz. Bunga bir necha sabablar bor.

Men o'ylagan va kuzatgan sabab, biz doim vaziyatdan chiqishga harakat qilamiz. Ya'ni juda ko'p holda bizga taqiqlar qo'yiladi. U taqiqlardan o'tish uchun bahonalar qilamiz, uydagilarimizga tushuntirishga harakat qilamiz. Mana shu vaziyatda biz savol berish ko'nikmasini rivojlantiramiz. Ya'ni "qanday qilsam, meni o'rtoqlarim bilan ko'rishishga ruhsat berishadi?", "kechikdim, nima desam ulardan gap eshitmayman?" Mana shularni o'zi bizda critical thinking va skeptiklikni oshirib yuboradi. Biz bu narsalarni yoshlikdan qo'llaymiz. Erkaklarga esa taqiq kam, ular bu narsalar haqida bosh qotirishi shart emas.

Ikkinchisi biz raqobatlashamiz. Biz uchun necha asrlardan beri imkoniyatlar kam berilgan. Ana shu ozgina imkoniyatga biz o'zimiz ega bo'lishimiz uchun borimizni berishga tayyor bo'lamiz. Lekin erkaklarga doim imkoniyatlar ko'p bo'lgan, ular bemalolroq harakat qilaveradi.

Mana shu ikki sabab meni kechadan beri o'ylantirdi. Balki yana boshqa sabablar bo'lishi mumkin. Ularni izohlarda yozib qoldiring.

@the_kami

thekami

20 Jan, 09:48


Odamlar haqida emas, balki olam, faslafa, adabiyot, moliyaviy erkinlik, yangi g'oyalar haqida gaplashadiganlar bilan birga o'tir. Hayoting qanchalik o'zgarganini bir necha oyda sezasan.

@the_kami 🤩

thekami

19 Jan, 09:22


Qizlar uchun ingliz tili kursim📎

Pre-intermediate darajadagilar uchun 2 ta qiz olinadi. Kursda:
🪻Grammatik qoidalar
🪻Cefr/IELTS mavzulari
🪻Eng muhimi self-study o'tiladi.

Umumiy yozgacha davom etishi mumkin. Bunda siz nafaqat ingliz tilini balki xohlagan til/faningizni self-study qilishni yani o'zingiz o'rganishni o'rganasiz 💗

💡Batafsil: @thekami12

UPD: Boldi guruhlar to'ldi 💕
Xa, guruhlar... 1 ta guruh qilmoqchidim, hozir 2 yo 3ta bo'lyapti. Boshqa odam olinmaydi hozircha! Agar o'quvchi chiqib ketsa yoki tugatishsa, ochishim mumkin🥲

thekami

18 Jan, 12:20


😏

thekami

17 Jan, 13:54


Mayli bitirvolay, shunday zo'r maqolalar yozaman universitetimga atab, axir jurnalistikada o'qiyman. Amalda qo'llash kerak-ku?! 💅

Shu yerda turadi!

thekami

17 Jan, 11:25


@the_kami 💅

thekami

16 Jan, 05:24


Yoqmagan narsasini o'rganish majburiyati ko'p abituriyentlarda uchraydi. "Ona tili yoqmaydi, lekin o'rganishim kerak, nima maslahat berasiz?" degan murojaat keldi kecha botga.

Men ham ona tili o'rgangamman abituriyent vaqtimda. Boshida menga ham xush kelmagan. Lekin o'sha payt ham blog yuritganim bois, ona tili o'rganishni blogim bilan bog'laganman. Ya'ni, blogimda juda ko'p xato yozardim. Ona tili o'rganish davomida bu narsani to'g'irladim. To'g'ri va ma'noli yozishni o'shanda o'rgandim. Atigi 3 oy shug'ullangamman bu fan bilan. Ammo foydasini ko'rib turibsiz.

Xo'sh, aynan blogga bog'lash shart emas. Masalan tarjimonlik yo'nalishiga topshiryapsiz, albatta ish faoliyatingizda ona tili kerak bo'ladi. Maqsadni ona tilidan test topshirish uchun emas, balki kelajakda katta maqsad uchun poydevor sifatida o'rganing. Niyat va maqsadni o'zgartiring. Shunda osonlashadi hammasi. Ishonavering. Bu narsani xohlagan faningizga qo'yib sinab ko'rishni tavsiya qilaman.

@the_kami 🤍

thekami

15 Jan, 16:06


2023-yil yozim juda produktivniy o'tgan. O'sha payt meni hursand qilgan eng katta narsa Najot Ta'limga grant yutganim edi. SMM o'qiganman u yerda. Ajiyb xotiralar qolgan o'sha maskanda.

O'qiganimdan so'ng, tushundimki SMM sohasi men uchun emas ekan. Xa o'rtoqlar, biror narsani o'qib tugatgandan keyin u soha sizga emasligini tushunish ayanchli emas. Shunchaki tajriba beradi.

Lekin guruhimda bir qizga havas qilardim. Kam gapirardi, lekin ma'noli so'zlardi. O'sha qiz bizni guruhda birinchi o'rinni olib bitirgan. Hozir qisqa vaqt ichida ko'tarilib, katta proyektlarda ishlayapti. Moliyaviy erkin qizga aylandi. Havas qilsa arziydi.

Shu qizning kichik blogiga ulanib qo'ysangiz, SMM olamidagi so'nggi yangiliklar boxabar bo'lib borasiz. Bu sohaga endi kirib kelayotganlarga ham manfaatli bo'ladi.

@the_kami

thekami

14 Jan, 12:27


Abdulla Qahhor uy muzeyi 🌹

Yangi bilim, yangi yoqimli hid, yangi aura, yangi tajriba🕯

thekami

14 Jan, 01:13


Odatda og'ir mavzuda long-read yozsam, kanaldagi odamlar saralanadi, ya'ni bir necha odam tark etishni boshlaydi. Lekin unga e'tibor bermaslikka harakat qilaman. Chunki bu yerda 2 yo 3ta odamga foydam tegsa bo'ldi ✔️

Ingliz tili self-study uchun gruppa ham ochganimda juda ko'pchilik qatnashgan. Lekin 2ta o'quvchimni bilaman hozir. O'zlari self-studyni o'rganib olishgan. Nafaqat til balki boshqa fanlarni ham o'zlari o'rganishadi. Har safar ularni kanalidagi postlarni o'qiganimda ko'zim quvnaydi. Oz bo'lsa ham sababchi bo'lganimdan hursand bo'laman 💜

Huddi shunday og'ir depressiya yo kassalik bo'lmasa, aytganlarimga amal qilsangiz albatta u quduqdan chiqib ketasiz. Shunchaki sabr va kichik qadamlar kerak 📈

@the_kami

thekami

13 Jan, 15:34


Depressiya bu chuqur quduq. Oxiri yo'qga o'xshaydi. Hech oxirini ko'rmaysan. Kunlaring bir xillashadi. Hech kim va hech nima yoqmaydi. Kimdur hamma narsangni olsa ham mayli, lekin seni tinch qo'yishsa bo'ldi. Atrofingda do'stlaring, oilang bilan uzoqlashasan. Sevimli taoming bilan oddiy non suvni mazasi bir xil bo'lib qoladi. Hidlar bilan ham shunday. Yotishga joying, yeyishga oddiy ovqating bo'lsa bo'ldi. Ko'p odamlar orasida yana ham hislaring chalkashib ketadi. Tezroq qochish yo'lini izlaysan. Hammani yomon ko'rishni boshlaysan, dunyo tugashini istaysan. Atrofingda hamma baxtliligi yoqmay qolishi mumkin. Ma'nosizlik bilan to'qnashasan. Eng qizig'i tushlaring ham bir xillashadi. Ertalab ko'zingni ochib, yana o'sha bir xil muammo, odamlarga yo'liqasan. Tunda yig'laging kelsa yig'lolmaysan, lekin noqulay vaziyatda yig'lab yuborishing mumkin.

Xa birodar oson emas. Lekin bu bo'layotgan ishlar faqat senda emas, hammada bo'ladi. Menda ham. Men umuman fikrlolmayman shunaqa vaziyatda, vaziyatlarni tahlil qilolmayman. Keyin oxiri depressiyaga negativ qaramadim. Hammasini qabul qilib peshonasidan o'ptim. Sekin oyoqqa turdim. Yangi darslar oldim. Bunda do'stlarim va oilamni ham hissasi bor. Hammasi yangi bosqichga chiqishni boshladi. Munosabatlar, qarashlarim, kiyinishlarim, shaxsiy ishlarim. Muhimi buni iloji bor. Shunchaki vohima qilmay, biroz nafas olish kerak.

Men psixolog emasman. Balki seni darding og'irroqdir?! Albatta o'zingdan o'tganini o'zing bilasan. Shuning uchun mutaxassislarga ko'rin. Mablag'ing yo'q bo'lsa, atrofingdan yordam so'ra. Ular ham yordam bermasa, iymoning bo'lsa Xudoga yuzlan. Albatta nurni ko'rasan, tez orada.

Mehr bilan seni qadrlovchi Kami🤩

Do'stimga yozganday sensirab yozdim. Bu uchun uzr. Lekin shuni qulay bo'ldi men uchun.

@the_kami

thekami

11 Jan, 13:28


bugun
Sahrotun
Maryam Javlan
The kami
Mava mobilograf
Fehriya
Va yana yangi qizlar ham keldi tanishib oldim 💗🧺 mazza qilib suhbatlashib fikr almashdik

thekami

11 Jan, 09:07


Kimgadur maqtanish kerak-ku 🤭

thekami

02 Jan, 17:34


M-mood

thekami

02 Jan, 12:13


Foydali ilova topib oldim. Bu ilovada filmlarga o'z fikrlaringizni yozib borsangiz, ularni baholab borsangiz, boshqalarni fikrlarini ham o'qisangiz bo'ladi. Undan tashqari, watchlistda ko'rmoqchi bo'lgan filmlaringizni saqlaysiz. Xullas yopiq telegram kanalda shuncha ishni qilardim, Letterboxd ishimni osonlashtirdi. Topshiringlar. Mana meni profilimga link👇
https://boxd.it/cuKcL

@the_kami

thekami

02 Jan, 10:03


Jannatga tushib qoldim🥲

thekami

01 Jan, 13:33


Hayotni insonlar qiyinlashtirishiga misol:

thekami

30 Dec, 17:50


Har safar Yanvar orzularni Dekabr esa reallikni ko'rsatadi.

thekami

29 Dec, 05:36


Chidama trendidan keyin ba'zilar qarshi chiqishni boshladi. Oila institutiga zararmish, er-xotinlar ajrashib ketarmish, ayollar sal narsaga arazlarmish, feminizm g'arbni parokanda qilgan ekan endi bizni qizlarni bizarmish..

Qo'ysangizchi. Feminizm tarixini o'qib ko'rmaganlar bu haqida gapirsa kulgili tuyiladi. Qachon oxirgi martta uyda ota-onasi bilan dildan gaplashganini yoki aylanishga chiqganini bilmaydi shunaqalar. Oila instituti va institutlashuv nimaligini o'qib ko'rmaganlar komentda aql o'rgatishdan uyog'iga o'tolmaydi.

Biror g'oyaga qarshi turishdan oldin uni tarixini va falsafasini o'rganish kerak. O'rganmay turib, quruq gapdan uyog'iga o'tolmaysiz, hech qanday natijasi bo'lmaydi. 4-5 kun bir insonni feminizm haqida qarshi gapirgan hayp gapini ko'tarib yurasiz va keyin boshqa mavzuga sakraysiz.

Keyin farzand ko'payishi faqatgina oila instituti zo'rligidan emas. Bunga boshqa sabablar ham bor. Amerikada 10 ta bolasi bilan blog yuritadigan oilalar bor. Qaysidir ma'noda ko'p bolalikni trendga olib chiqishga harakat qilishadi.

Men bir oilani ko'rdim chirigan g'arbda. Ota-ona ajrashib boshqa oila qurgan. O'rtada bitta farzand bor. Lekin ikka oila ham baxtli. Bir-birinikiga mehmonga borishadi, bir stolda bemalol o'tirishadi, fikr alishishadi, maslahatlashishadi. Bizda shunaqa oilalarni ko'rganmiz. Ajrashib boshqa oila qurganlarni qo'yib turaylik, bitta oilani ichida ovsinlar, qaynisingil-opalar bir stolda o'tirolmaydi, yoki bir birini doim g'iybat qiladi. Shunda kimda oila instituti parchalangan?

@the_kami

thekami

28 Dec, 08:30


Lotoreyadan 1,000,000$ yutib oldingiz. Albatta shoshib qolasiz, oladigan narsalaringiz, boradigan joylaringiz, qilmoqchi bo'lgan ishlaringizni o'ylaysiz. Xa balki oramizda investitsiya qilishni o'rganaman deydiganlar bo'lar, lekin pulni qo'lga olganingizdan keyin o'zgarib qolishingizga hech kim kafolat bermaydi.

Dunyoda katta pul yutib so'ng avvalgi holiga qaytib qolganlar ko'p. Ya'ni hamma pulini ishlatib bo'lishadi va yana o'zlarini oddiy hayotlariga qaytishadi. Ko'p pul bilan baxtli bo'lamiz deb o'ylaymiz. Balki to'g'ridur lekin bittada yutilgan pul bilan uzoq muddatli baxtga erisholmaymiz.

Warren Buffet ham pul sabrsizlar qo'lidan sabrlilar qo'liga o'tadi deydi. Qancha ko'p pulga ega bo'lmang, sabrsiz va nafsimiz och bo'lsa, qisqa muddatda hammasini yo'qotamiz.

Shuning uchun agar ko'p pulim bo'lganda... degan hayollarga berilmay, hozirgi resurs va vaqtdan foydanalib baxtli bo'lishni o'rganaylik.

@the_kami

thekami

23 Dec, 15:44


Bir ateist "Buxoriy qisqa umri davomida shuncha hadisni yodlagani, kitoblar yozganiga ishonmayman." degandi. Lekin ozgina orqaga qarasak bir inson umri davomida aql bovar qilmas darajada ishlar qilganini ko'ramiz. Shulardan biri Yunus Rajabiy.

Bugun u kishining uy muzeyiga bordik. Kirishimiz bilan uydan o'zgacha va yoqimli tarovat kelishni boshladi. Ochiq yuz bilan bir ayol kutib oldilar. Yunus Rajabiy haqida gapirishni boshlarkanlar, ichlaridan nimadir toshib kelayotganini sezish qiyinmasdi. Mehr bilan har bir buyum va rasmni tarixini gapirib berdilar. Sayohatimizni yarmida u ayol Yunus Rajabiyni nevaralari ekanliklarini bildik. U muzeyni ochilishiga ham 10yildan ziyoq vaqt ketgan ekan. Ochilishi uchun Hasan Rajabiyning bormagan joylari va qilmagan ishlari qolmagan, shuning uchun bo'lsa kerak, bu muzeyni o'z avlodlari ko'z qora chig'idek asrab kelishadi.

12 ta bolali oilaga xo'jayin bo'lib, shu vaqtni o'zida musiqa yozish, bastalash, ustozlik qilish, kitoblar yozish, akademik darajasiga yetish, hamda doimiy o'rganishga qanday kuch va vaqt topish mumkin?!

@the_kami

thekami

23 Dec, 15:41


Yunus Rajabiy uy muzeyi📍

thekami

21 Dec, 14:54


Day with @sahrotun

thekami

20 Dec, 12:47


Har kuni ertalab kimlargadir ko'rsatib qo'yish uchun o'rningdan turib harakat qilma. Har kuni o'zing bilan kurash. Nafsing bilan kurash. Miyangdagi bema'ni fikrlar va bahonalar bilan kurash. O'zingga qanchalik kuchliligingni ko'rsatib qo'y.

Eng qiyini esa o'zingga bergan va'daningni bajarish bo'lib qoladi.

#formyself

Qandaydir motivatsion gap bo'lishi mumkin, lekin menga shu yordam beryapti.

thekami

19 Dec, 18:19


Yoshligimizda doim biz havas qilgan hammani qutqaruvchi qahramonlarimiz shunchaki kapilatizm va liberalizmning mahsuli bo'lsa o'zingizni qanday his qilasiz? The Boys seriali esa shu haqida. Meni hayron qoldirgani hozirgi Amerikani yoki umuman g'arbni haqiqiy yuzi ochib berilgani. O'zlari super qahramonlar yaratishadi lekin bu qahramonlarga nega kerak? Albatta yovuzlarga qarshi kurashish uchun. Qanchalik yozuvlar yomon va katastrofa katta bo'lsa, shuncha shov-shuv bo'ladi. Bu esa o'sha qahramonlarni reputatsiyasiga yanada foyda olib keladi. Yovuzlar qayerdan paydo bo'ladi? Bu serialning qaymoq joyi. Amerika siyosatini yashirmay ochib tashlashibdi. Hayron qoldim.

Bu serialni yaqinlarimdan hech kim tavsiya qilganini ko'rmaganman. Balki marvel ixlosmandlariga yoqmas. Lekin menga shunaqa asli reallik qanaqa bo'lishini ko'rsatadigan filmlar yoqadi.

"Hammadan kuchli bo'lish rostan ham qiyin. Bu yolg'izlanishga olib keladi. Xudolar bu og'riqni his qilmasligi kerak, Ryan. Bizni borimiz shunday. Biz Xudolarmiz." deydi bosh superqahramon Homelander. Aslida kuchsiz tomonlarga ega bo'lish, bularni ustida ishlash ham oddiy odamning bu dunyodagi yerdagi sayohatini bir qismi deb bilaman.

Serailni 2-sezonini yarmidaman lekin nimadir yozgim keldi. Uzmovidan o'zbekchasini topasiz. Lekin oxirgi 8ta qism chiqmagan ekan. Inglizcha va ruscha ko'radiganlar qayerdan topishni biladiku to'g'rimi?!

@the_kami

thekami

17 Dec, 15:21


Hamid Sodiqni 10 minutlik suhbatlarida meni 10 yildan beri qiynab kelayotgan javoblar bor. 1 bet konspekt qilib qo'ydim qisqa vaqt eshitib. Ozginasini bo'lishaman.

Insonlar ma'lum bir masalalar atrofida yig'ilishni boshlarkan hokimiyat paydo bo'la boshlaydi.

Demokratiya tiraniyani (zulmni) qanday jilovlaymiz deb so'roqlashni boshlagandan keyin vujudga keldi.

Platonga ko'ra demokratiya bu politiya. Politiya davlatni hamma boshqarishi kerak degan tushuncha.

Islom ham tiraniyaga qarshi kurashish uchun keldi. Lekin islom boshqa paradigma. Bizda transidentlik (o'limdan keyingi hayot) dunyosi bor. Politiyada bu yo'q.

Ularda zulmga qarshi kurashishning to'liq modeli bor. Biz shuni yaratmadik. Juda ham katta ilohiy platformamiz bo'lgan holda, uni hokimiyat nuqtai nazaridan ilmiy rivojlantirish imkoniyatiga ega bo'lmadik. Ammo Farobiylarni yetishdirdik. Undan keyin to'xtab qoldik. Yevropada bu jarayon to'xtagani yo'q.

Davomini shu yerda ko'rasilar👇
https://youtu.be/etlMYqnhfPQ?si=5eldSthhhyk9KchB

thekami

17 Dec, 11:33


Baxtni menga yetishmayotgan narsalardan izlashni to'xtatdim.

thekami

15 Dec, 11:31


Qorda mazza qilish uchun yoningda kimdir bo'lish shart emas. Bitta issiq kakaoni ovolib hech kim yurmagan qorlardan bir o'zing yur, archani silkitib tagida tur, sirpanchiq uch. Qo'ling sovuq qotsa isitib qoyishlarini kutma, perchatkangni kiy. O'z qalbingni o'zing ilit 🫂

thekami

14 Dec, 20:33


If I could just lay my head down and rest
If there was nothing to fight or protect
Maybe then I could finally be free
Maybe death is like falling asleep

thekami

14 Dec, 14:19


Manfaatsiz do'stlik, sevgi, munosabat...

Tashqaridan chiroyli ko'rinadi. Hamma istaydi shunday munosabat. Lekin loyiqmizmi shunga? Xonaningizni bir burchagiga kirib ketganda, xabar oladigan do'stingiz bormi? "Yur aylanib kelamiz" deb, gallareya, muzey yoki miyangiz dam oladiygan joyga sudiraydigan tanishingiz bormi? Yoki o'zingiz shunaqamisiz? Oson emas, chuqur depressiyaga kirib qolgan odam bilan yurish. U indamaydi, oldingidek bo'lolmaydi, motivatsiya berolmaydi, balki yonidagini ham ezib yuborishi mumkin. Bunaqa odamlar qochishga harakat qiladi. Lekin yaqinlari yordam berishi mumkin. Yillar davomida yonida bo'lgan insonlari hech qanday manfaatsiz yana umid bag'ishlashi mumkin. Men shunday munosabat istaganman. Va manimcha "i'm blessed". Eng katta qovunlarimda ham, siqilganimda ham shu yerda bo'lganlarga adushe rahmat. Aslida rahmatni o'zi ham oddiy va arzimasdek tuyilyapti. Bu borada hislarimni ochib berolmayman hozircha.

thekami

13 Dec, 18:09


Same old energy baby, history repeats
Same old energy baby, they'll march you through the streets
Same old energy baby, they fear what they don't know
Same old energy baby, you've burned this way before

thekami

03 Dec, 17:00


Nimadir boshladik manetta🦦
https://t.me/two_lazies

thekami

02 Dec, 15:11


Tanlov bu erkinlik, erkinlik bu fazilat
©Hamid Sodiq

Rivojlangan mamlakatlar nega rivojlangan? Bu bir necha faktorlarga bog'liq. Eng katta sababi esa u yerdagi fuqorolar yoshlikdan tanlov erkinligiga egaligida. Maktabdan boshlab o'zlari qiziqqan fanlarni tanlay olishadi. Xatto o'zlari xohlagan kiyim yoki ovqat kabi oddiy narsalarni tanlashga ota-onalar imkon berishadi. Bu desicion making (qaror qabul qila olish) skillini rivojlantiradi.

Katta bo'lib biz esa universitetda fan tanlay olmaymiz. Ko'p xollarda dekanat tanlab beradi. Bundan bir necha yil oldin bittagina universitetga topshira olishgan. Tanlov huquqlarimiz bundan ham kam bo'lgan.

Hayotingni butun umrini bog'laydigan insonni ham tanlay olmasliging boshqa daraja.

Ozgina tafakkur qilsak bu narsa zanjir bo'lib siyosatga ulanib ketganini ko'rishimiz mumkin.

thekami

30 Nov, 17:40


- Kuzda nimalarga erishding?
- Tirik qoldim.

Sizchi?

thekami

26 Nov, 21:32


Bir insoning bo'lsa, u bilan kim tuqqani, kim erga teygani, mashhurlar nima qilayotgani, hayotdagi maishiy muammolardan boshqa gaplashadigan mavzuying juda ko'p bo'lsa. Fonga sevimli ashulangni qo'yib chatlashsang...

Xa, men shunaqasini topdim, nihoyat. Oq qora hayotga jicha rang kirdi.

thekami

26 Nov, 17:02


Hazillashib ham yangi kelin bo'lganlardan "yangilik bormi" deb so'ramayman. Birinchidan, bu men uchun kulgili emas, jirkanch savol. Ikkinchidan, o'zi shundog'am emotsional va jismonan charchagan odamni battar ezishdan yiroqman.

thekami

18 Nov, 13:46


Va so'ngida men depressiyani qabul qildim, undan nafratlanishni to'xtatdim, birga yashashni boshladim, u bilan birga harakat qilishga qaror qildim, u ham bir qismim ekaniga amin bo'ldim.

thekami

14 Aug, 16:51


https://youtu.be/hE3G4OgSGtg?si=HagoyAyTaH1JKuCR

thekami

30 Jul, 21:55


Maqsadga qanday erishiladi..

thekami

28 Jul, 16:48


Yoningda shunaqa qo'llab-quvvatlaydigan odam bo'lsa, chempion bo'lasanda🥹❤️

thekami

15 Jul, 17:17


"Meditsinamiz maqsadi insonlarni tuzatish emas, balki pul ishlash maqsadida.
Insonlar to'g'ri ovqatlanib, kam tuzli narsalar iste'mol qilib, stresga tushmay, chakmay, sport bilan shug'ullansa, tana o'zidagi kasalliklarni o'zi davolaydi."

Dunyoning TOP 1 universtitetida o'qib, 9 yil jarroh bo'lib ishlagan, keyin hamma narsasini tashlab tog'larga ketgan insonning fikrlari.

Men ham ingliz tilidan dars berishni tashladim. Nega? Chunki inson o'zi xohlasa bu tilni bemalol ko'p pul sarflamay o'rgana oladi. Men ham o'zim o'rgangamman deyarli. Lekin hozir yurtimizda til o'rgatishdan maqsad ko'proq pul ishlash. Men esa shu jarayonni ko'rib o'yindan chiqdim)

Matematik Grigoriy Perelman ham matematika olamida adolat ko'rmagani sababli hamma ishini to'xtatgan. Endi men o'zimni bunday insonlar darajasida ko'rmayman. Lekin adolatsizlik ko'rmayotgan joyimizda, kurasholmasak, to'xtatishimiz kerak deb o'ylayman.

thekami

12 Jul, 15:10


Meni men istagan oʻz suhbatigʻa arjumand etmas,
Meni istar kishilar suhbatin koʻnglum pisand etmas.

Alisher Navoiy

thekami

06 Jul, 18:21


Shablon gap yozgim kelmayapti. Borgan sari oldi-qochdi post yozayotgandekman. Hech nima haqida yozgim kelmay qolgan. Internetdan olib tarjima qilib qo'yish ham vaqtni bekorga oladi. Hamma yerda bir xil fikrlar yurgandek. Yoki men ijtimoiy tarmoq olamida nima qanday bo'lishini va oxiri nima bilan tugashini sezaman. Va bu yerni qizig'i ham qolmadi.

Yangiliklarga bo'lgan reaksiyam ham kuchli emas. O'qisam faqat bitta fikr keladi. Texnologiya rivojlandi lekin mana shu yangi texnologiyalar bilan mos ravishda o'z ongsizligini yana ham rivojlantirayotganlar bor.

Qaniydi hamma his qilolgan narsamni yozolsam. Yozgan taqdirimda ham hech nima o'zgarmaydi.

thekami

06 Jul, 18:09


Yo'lda o'lib ketayotgan bolalar, tegajonlikka uchrayotgan yosh qizlar, shkafdan chiqib kelgan amakini bir deganda ko'tarilib ketishi...

2 3kun oldin yangilik o'qimayotgandim. Lekin yana nimadir bo'ldi, yangilik kanallarini o'qishni boshladim. Insonlarga nima bo'lyapti? 1haftada botga 2 3 xabar kelib tushdi qizlarga nisbatan oilasi yoki begona bir erkak tomonidan bo'layotgan tajavvuzliklar bo'yicha. Meni qo'limdan hech nima kelmaydi. Lekin negadur shunaqa vaziyatga duch kelsa menga aytadigan bo'lishdi. Men yurist yo advokat emasman..Yana har xil yangiliklar aralashib, butun energiyani oldi.

Nima yozishni ham bilmayman..

thekami

04 Jul, 02:07


Oxirgi payt aktiv bo'lmayotganim sababi, hammasini 0 dan qurayotganim)

Tez kunda yaxshi qaytish bo'ladi, duo qilib tursangiz🌷

thekami

29 Jun, 17:05


Bitta xabar qilib yozgim keldi.

Xullas internetda arzimagan pulga ish o'rgatamiz degan xabarlar tarqalibdi. Oylik 200-300$ beramiz keyin deb qop qop va'da berishayotgan ekan. Onlin ish emish yana. Minglab odam kanalga yig'ilgan. Aslida siyiqasi chiqqan gaplarni ovozli chatda gapirib, hech nima o'rgatishmayapti.

Hech nima bunchalik arzonga o'rgatilinmaydi. Yo tekin yo qimmat bo'ladi. Bunaqa ishlarga aralashishdan oldin rasmiy sertifikat yo ruxsatnoma va kim boshligida boshlanganini so'rang.

Yaxshi maosh qattiq mexnat orqasidan keladi, 2 3kunlik arzon garov treninglar bilan emas.

thekami

28 Jun, 17:13


Mana bunday stol uchun setka va kitob turadiganlarni @hafsasstore yuvoradilar doim. Shunaqa chiroyli bo'lib turadi, dars qilgan saring qilging keladi ularga qarab.

Estetikani sevadigan qizlar uchun 🌷

thekami

28 Jun, 08:37


Bir inson bo'lardi. Biror mavzuda gap boshlasam ikki qator javob berib, bu haqida gaplashmaylik derdi. Keyin negaligini so'rasam, "men u mavzularda o'ylab bo'lganman" derdi. Ya'ni men fikr so'ragan mavzularda o'z xulosasini chiqarib bo'lgan.

U inson hozir ancha muvaffaqiyatga erishgan. O'zi istagan narsaga erisha oladi. Manimcha bunga sabablardan biri o'ylab bo'lgan mavzularni qayta chuqur o'ylamaslik. Yana bunga qo'shimcha ravishda inson o'zi o'zgartirolmaydigan narsalarga bosh qotirmasligi kerak.

Biz ta'sir o'tkazolmaydigan narsalarni o'ylab oylarimizni yoki yillarimizni o'tkazvormay, hozir o'zimiz uchun nima qila olsak hayotimizni yaxshi tomonga o'zgartira olishimizni o'ylashimiz kerak.

thekami

27 Jun, 06:22


Chiroyli bardak stolim)

Guzallikdan bahra olib turinglar🐳

thekami

26 Jun, 19:00


21.

Yana bir yil o'tdi. 1 yilda 20 yil yashaganlarimni yana his qildim. Qaysidir ma'noda yo'limni topdim, nima istashimni bildim. Odamlarni gapiga immunitet kuchayganini his qildim.

Ko'p xato qildim, to'g'irladim, sarguzasht qildim, yangi insonlar bilan tanishdim, eski menga zararli tanishlardan uzoqlashdim, ko'proq yashadim, lahzalardan zavq oldim. Endi oldinda yana ham yaxshiroq narsalar kutyapti xudo xohlasa. Ko'proq o'rganib, yana yangi muhitni his qilaman.

Bugun shunchaki yoshimdagi raqam bittaga ko'tarildi. Endi katta bo'ldim, jiddiyroq qarashim kerak hayotga demayman. Endi ko'proq sarguzasht qilish kerak, yangi olamlarga shong'ib, yangi narsalarni kashf qilish kerak. Nima bo'lsa ham hammasi o'zim uchun bo'lish kerak avval.

Bugun mening kunim)

thekami

26 Jun, 10:38


Biz Oyning faqat bir tarafini ko'ra olamiz. Bunga sabab Oy o'zi o'qi atrofida bir marotaba aylanguncha yer atrofida ham bir marotaba aylanadi. Bu hodisa ingliz tilida "tidal locking" deb ataladi.

Oyning bizga ko'rinmaydigan tarafi suratlari birinchi bo'lib 1959-yilda Rossiya kosmik kemasi Luna-3 tomonidan olingan.

2019-yilda Xitoyni Yutu-2 nomli qurilmasi birinchi bo'lib u yerga qo'ngan. Kechagina esa oyning bizga teskari tarafidan yana Xitoyning Chen'e-6 moduli birinchi tuproq namunalarini yerga olib keldi.

@the_kami

thekami

25 Jun, 15:28


Matematika koinot tili. Qancha ko'p tenglama yechishni bilsang, shuncha ko'p kosmos bilan suhbatlasha olasan.

Astrofizik Neil DeGrasse Tyson.

thekami

24 Jun, 17:26


Grigori Perelman men o'ylagandanda halol, bir gapida turadigan, axloqli inson ekan. Mana bu hujjatli filmni ko'rishni tavsiya qilaman.

https://youtu.be/Ng1W2KUHI2s?si=hKIyZjv_OSfOJ27s

thekami

24 Jun, 08:26


Hamma pul, mukofotlar, sertifikatlar, sovrinlar ortidan quvayotganda, bu shaxs shunchaki hammasini rad etgan. Uyiga kelib taqdirlash marosimiga borish uchun 2 kun iltimos qilishgan, top universtitetlarda dars berishi uchun taklifnomalar yuvorishgan. Bu inson esa oddiy yashashni tanlagan.