Siddiqa Hasan @siddiiqa Channel on Telegram

Siddiqa Hasan

@siddiiqa


📬 Muharrir, musahhih, kopirayter, ssenarist va havaskor suratkash hamda yozuvchi qizning oddiygina sahifasi.

Hayotim kitoblar, matnlar, anglashlar va muhabbatdan iborat🪭

Manba bilan oling! Surat va matnlar muallifi oʻzim.

Reklama u/n: @tahrirchiqizz

siddiiqa (Uzbek)

📬 Siddiqa Hasan - Muharrir, musahhih, kopirayter, ssenarist va havaskor suratkash hamda yozuvchi qizning oddiygina sahifasi. Hayotim kitoblar, matnlar, anglashlar va muhabbatdan iborat. Manba bilan oling! Suratlar va matnlar muallifi oʻzim

Siddiqa Hasanning Telegram kanalida siz oʻzini barcha sohalarda mukammal his qilishingiz mumkin. U yozuvchilar, muhabbatdorlar va sanʼatshunoslar bilan aloqada boʻlib, ularning fikrlaridan foydalanishingiz mumkin. Bu kanal siz uchun yaratish, ilham va yaratuvchilikning eng qiziqilaydigan joyi boʻladi. Siddiqa Hasan - bu sizning oddiygina sahifangiz!

Siddiqa Hasan

18 Feb, 16:07


Turk, Koreys, Buyuk Britaniya va hokazo davlatlarning zoʻr kinolaridan tavsiya qilinglar.

Diniy boʻlishi shartmas.

Siddiqa Hasan

14 Feb, 11:23


​​2025-yilning 2-kitobi yakunlandi...

Badiiy kitoblar hayotimdan muhim o‘rin egallaydi. Ba’zan muammolardan qochish, ba’zan hayotning bir xilligidan chekinish uchun mutolaa qilaman. Bu safar qo‘limga tushgan Sara Joning "Londondan muhabbat ila"si esa chin ma’noda meni London ko‘chalari-yu, Santa Monika sohillariga sayr qildirdi.

Nimasi bilan bu kitob ko‘nglimdan joy egalladi?
- yengil tili;
- qiziqarli voqealari;
- sifati;
- kitoblarga aloqadorligi;
- samimiy tuyg‘ular haqida ekanligi.

Bundan bir necha yil avval "Mo‘yna mantoli madonna"ni o‘qiganimda shunaqa hislar og‘ushida qolgandim. O‘z hayotimni butkul unutgandim. Bu kitob ham ayni hislarni berdi.

Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo deganlaridek, bu kitobdan ham o‘zimga tegishli xulosalar oldim: orzu qilishga cho‘chimaslik, o‘tmishni tinch qo‘yib kelajak tomon odimlash, har doim qalb amriga quloq tutish, bu dunyoda insonni ertalab erta uyg‘ota oladigan bir maqsadi bo‘lishi, har doim muhabbat va yaxshi insonlar borligiga ishonish...

Mutolaa davomida kitobda kelgan joylarga virtual sayohat qildim. Bu mutolaamni yanada qiziqarli qildi. 7-sinfligimdan beri Londonga borish eng katta orzularimdan biri, uning ko‘chalari, muhtasham binolari, ob-havosiga muhabbatim bo‘lakcha. Kitobni o‘qib Londondagi Primrose Hillga, hamda Amerikadagi Santa Monika va uning sohillariga borishni orzularim qatoriga qo‘shdim.

Kitobni o‘qishingizni tavsiya qilaman!

P. S. Quyidagi suratlar asarda keltirilgan joylar.

Siddiqa Hasan

12 Feb, 09:28


Haqiqatda qalb kasbini topish bu juda muhim. Aks holda oʻzingni koʻrging kelmagan odamni har kun koʻrishga majbur insondan his qilasan. Bu esa juda ogʻir.

Men kopirayterman va hozir bu kasbsiz oʻzimni tasavvur qilolmayman. Chunki yozmasam men men emasman. Bu kasbni topguncha ham qilib koʻrmagan ishim qolmagan: doʻkonda salkam 4-5 yil sotuvchi, hamshira, farmaseft, hattoki tikuvchilik korxonasida tikuvchi, dazmolchi ham boʻlib ishlaganman. 😅

Jismoniy mehnat bilan shugʻullangan yillarim oʻzimni yomon his qilardim. Ammo keyin tushunib yetdimki, menga aqliy mehnat qilsamgina yaxshi boʻlarkan. Shunaqa ekan doʻstlar, robotdek emas, sevib ishlaydigan bir kasb boʻlsin ekan insonda.

Kunimning 2-qismi asosan ish, darslarga bagʻishlangan. 🌱

Siddiqa Hasan

11 Feb, 15:41


Ustoz dars boʻlmaydi dedilar. Men esa darrov sevimli kitobimni qoʻlimga oldim. Kitob kun boʻyi ogʻir darslardan charchagan miyamga dam beryapti.

Kitoblarsiz hayot zerikarli boʻlardi…

Siddiqa Hasan

11 Feb, 09:17


Hurmat talab qilinmaydi, qozoniladi.

Siddiqa Hasan

09 Feb, 16:29


Ha, bu eng sevimli soatlar. Kelinlik vazifalarini ado etib, kitoblar olamiga shoʻngʻish vaqti. Kitob qahramoni bookbloger Valentina esa meni blog yurgizishga undamoqda. 🤭

Siddiqa Hasan

08 Feb, 05:17


Oʻqish yanada koʻproq oʻqishga ragʻbat uygʻotadi.

“Londondan muhabbat ila” kitobidan.
__

Shuning uchun ham muntazam kitob oʻqish uchun nima qilish kerak deganlarga muntazam kitob oʻqish kerak deyman. 💡

Siddiqa Hasan

05 Feb, 08:05


#hayotiy

Quymoq

Ulgayganingni yana bir belgisi, endi sen onangga quymoq pishirib bering deyolmaysan, balki endi oʻzing tayyorlaysan.)

Avval onam quymoq tayyorlasalar, pishganini pishganlay yeb tugatardim oldilarida turvoldim. Bugun oʻzimnikini shunaqa qilishyapti bolajonlar. Onam nimani his qilganlarini his qildim. 🤭😂

Siddiqa Hasan

05 Feb, 04:39


Oʻtgan yil shu paytlar aeroportning kutish zalida, yuraklarimiz hapqirib oʻtirgandik. Men oʻzimni juda ham noqulay sezganman. Toki samalyot oʻz oʻrnidan siljib, havoga koʻtarilmaguncha ishonmagandim. Yonimdagi hamrohim yigʻlay boshlagach, sal oʻzimga kelib, ishona boshlagandim.

Keyin Jidda, undagi daraxtlar, uzun tekis yoʻli, havosi esimda qolgan. Telefonim quvvati oʻchgani sabab barchasini xotiramda muhrlashga tirishgandim.

Keyin esa muborak Madina, masjidunnabiyga xiyol qaragan mehmonxonamiz, uning oshxonasi, tahajjud azoni, bomdod. Hayajondanmi bilmadim sajdaga borganimda burnim qonab ketgandi. Juda qattiq titroqda edim oʻshanda.

Bir yil boʻlibdi. Alloh yana chorlasin. Ustozlarimiz bilan chorlasin. Ota-onamiz, yaqinlarimiz bilan chorlasin. Omin!

Siddiqa Hasan

05 Feb, 04:26


#hayotiy

Samarqanddan gapiramiz

Yana avvalgidek qahvaga "o'tirib qolyapman". Sababi avvalgidan mas'uliyatim 2 barobar oshgan. O'zimning energiyam pand beryapti. Hayot o'z oqimida suzdiryapti. Yangi hayotga ham ancha moslashdim. Umrimda ado etmagan ko'cha supurishni ham "chochvoryapman". Shu kungacha bitta banka sindirishga muvaffaq bo'ldim xolos. Bundan tashqari pirogni tagini kuydirvordim, grechkaga novot solib shirin qivordim, 3 marta 9 gacha uxlab qoldim.

Haa, bular fojea emas. Mening uchun fojea darslarimga vaqt ajratolmaslik, kitob o'qiyolmaslik, o'z ustida ishlolmaslik.

Yangiliklardan kitob javonimga ega bo'ldim.

“Kalmar oʻyini”ning 6-qismidamiz.🙂‍↔️

Siddiqa Hasan

04 Feb, 09:19


@qamarbooks hadya joʻnatgandi. Tasodifni qarangki, bu kitobni turmush oʻrtogʻim tas’hih qilgan ekanlar. Ammo texnik xato boʻlib, adashib boshqa insonning ism familiyasi yozilibdi.

@qamarbooks’ga hadya uchun tashakkur. Oʻqib, fikrlarimni bildiraman.

Siddiqa Hasan

02 Feb, 14:47


Ancha boʻlibdi suhbatlashmaganimizga.

Savollaringiz)

Siddiqa Hasan

01 Feb, 15:33


Ramazonga qanday tayyorlanishmi xohlaysiz, degan jumlalarni eshitsam, ichimdan chuqur sogʻinchni his etaman.

Oʻtgan yil ramazonga tayyorgarlikni Makka-yu Madinada boshlagandik. Bir yil oʻtdi. Yana shabon keldi. Ammo men bu safar oʻz vatanimdaman. Eng yaxshi tayyorgarlik u muborak diyorlardagi tayyorgarlik ekanligini his qildirgandi Alloh.

Qaniydi, har ramazonga tayyorgarlimiz Makka-yu Madinada boʻlsa. Har shabon oyini ul diyorlarda koʻrsak…

Siddiqa Hasan

31 Jan, 10:57


Xotira qoldirishni yaxshi koʻraman. Shu sababli koʻp yoqimli vaziyatlarni suratga muhrlashga harakat qilaman. Yillar oʻtib, yoshlik damlaringizni turmush oʻrtogʻingiz, farzandlaringiz, nabiralaringiz bilan eslab, hikoyalashib oʻtirish boshqacha boʻlsa kerak. Shu sababli suratlarni chiqarib qoʻyishga qaror qildik. Bunda bizga @mujda_bilan yaqindan yordam berdilar.

Suratlarni qoʻlimga olgach, yana oʻsha damlarga qaytib qolgandek his oʻtdi ichimdan.

Katta rahmat @mujda_bilan💕

Siz ham xotiralaringizni nashr ettirib qoʻying)

Siddiqa Hasan

29 Jan, 15:04


📎Insonni g'aflatdan uyg'oq tutadigan sabablardan biri ilmdir.

Sen ilmga boringni bermaguningcha ilm senga hech narsa bermaydi.

🪶Husayn Buxoriy

📎 Mufidam - bilim va ilhom manbai!
Har bir o‘qilgan sahifa bilan o‘z kelajagingizga ma’rifat olib keling. Eng yaxshi iqtiboslar va asarlar biz bilan birga! ☕️

Siddiqa Hasan

28 Jan, 11:55


Bir ustozim aytgandilar: “Ilm ichidagi inson ogʻirroq boʻladi. Sal narsaga asabiylashib, sal narsaga mahzunlashavermaydi. Agar shunday qilaversa, ilm olishda juda qiynaladi. Sababi mahzunlik shaytondan. Bu paytda insonning qoʻli bir narsaga borishi juda qiyin”.

Shu oʻgitlariga sentyabrning oxiridan beri qattiq amal qilishga harakat qilib kelaman. Oʻshandan buyon hayotimda juda koʻp oʻzgarish boʻldi, zehnim ham biroz kuchlanganini his qilaman ba’zan. Odamlat bilan munosabatim yaxshilandi. Salga asabiylashmasdan, muzokara qilishni oʻrgandim, odamlarning koʻnglini qoldirishni emas, ularning koʻnglidan joy olishga harakat qildim. Odamlar bilan talashadigan hech narsam yoʻqligini, talashadigan narsam ham arzimasligini angladim. Shundan buyon ancha xotirjamman. Koʻnglimda birovga gʻilla-gʻashlik yoʻq. Men uchun ilm olish va uni singdirish, rivojlanish, insonlarga yordam berish birinchi darajaga chiqdi. Oʻzimni juda ham yengil his qila boshladim.

Talabalarga, ilm ahllariga 4-5 oylik tajribamdan kelib chiqib aytamanki, vaqtingizni koʻngilxiralik va mahzunlik bilan oʻtkazmang. Insonlarga xoʻp deb, ilmingiz bilan shugʻullaning. Shaytonga hay bering. U sizni mahzunlik bilan chalgʻitaman desa chalgʻib ketavermang.

Bu post ustozdan shu gapni eshitgan onda yozilmoqchi edi. Ammo avval oʻzim amal qilib, keyin aytay dedim. 💕

Siddiqa Hasan

27 Jan, 15:35


💕

Siddiqa Hasan

27 Jan, 15:23


Uyimning tomi koʻrinib qolyapti…

Ertakdagi Zumradni endi tushunyapman. Uy sogʻinchini avval koʻp his qilganman, ammo bir kun baribir qaytish xayoli boʻlgani uchunmi bunchalik yuragimni jizillatmasdi.

Kechki ovqat yeyish paytida birdan xayolimga dadam keldilar. Zumda koʻzimda yosh aylanib, yigʻlamsirab, burnimni torta boshladim. Hech kimga bildirmaslik uchun koʻzimni televizordan va ovqatdan uzmay oʻtirdim. Tomogʻimga nimadir tiqilganday boʻldi, nima yeyotganimni anglamay, yutinolmay qoldim.

Zoʻrgʻa chidab, idishlarni yigʻlagancha yuvdim. Ota uyimni sogʻinib, oilamiz a’zolarini, suhbatlarni qoʻmsab… Dadamga qoʻngʻiroq qilib, ovozlarini eshitmaguncha tinchimadim. Soat millari kechki sakkizga qarab ketyapti, dadam qoʻngʻirogʻimdan hayron…

Oson emas, 24 yil bir joyda oʻsib, soʻng boshqa joyga olib ketilish osonmas. His qilganimni 10 dan birini yigʻlab yozdim xotira uchun.

Qiz bola boʻlish ham qiyin…

Siddiqa Hasan

27 Jan, 14:49


Dadamni sogʻindim…

Siddiqa Hasan

25 Jan, 15:37


Shunaqa qadimiy obunachilarim borligidan juda ham xursand boʻlaman. Ayniqsa, meni faqat onlayn emas, oflayn taniydiganlar ham sahifamda boʻlsa.

Agar siz ham dinozavrlar davridan beri sahifamda boʻlsangiz, men bilan bogʻliq xotirangizni eshitishga tayyorman. 🥹💕

Siddiqa Hasan

25 Jan, 08:17


Ma’lum sabablar bilan @tahrirchiqizz hisobi yangilandi. Avvalgi xabarlar oʻchib ketdi. Reklama uchun qayta aloqaga chiqing:

@tahrirchiqizz

Siddiqa Hasan

24 Jan, 10:20


Ishonchlimi deb yozishibdi koʻpchilik.

Ha, ishonchli! Ushbu tanlovni qilayotgan inson umraga borganimizda ellikboshiga sherik boʻlganlar. Ya’ni shaxs sifatida ham taniyman. Ikkilanmasdan, tezroq roʻyxatdan oʻtib, tanlovda ishtirok eting.

Siz ikkilanib turgan bir vaqtda boshqalar kitobni oʻqib, gʻoliblikka tayyorlanishmoqda. ☺️

Siddiqa Hasan

24 Jan, 10:17


Reklama boʻyicha savollarga javob berolmayapman. Shuncha xabar boʻlib ketibdi. Inshaalloh, bugun javob berib chiqaman.

Narx soʻraganlar shu yerga kirib, bilib olishingiz mumkin.

Reklama boʻyicha murojaat: @tahrirchiqizz

Siddiqa Hasan

23 Jan, 16:44


🕋 Kitob oʻqing, evaziga “Umra”ga yoʻllanma yutib oling!

Qanday qilib deysizmi? Unda bu post yaxshilab oʻqing!

📚 “Ar-rohiqul al-Maxtum” va “Otamdan qolgan dalalar” kitobini oʻqing va ramazon oyining 15-kuni oʻtkaziladigan test sinoviga qatnashing. Sinovimizda gʻolib boʻlib, qimmatbaho sovgʻalarga ega boʻling.

🎁 Gʻoliblarni quyidagi sovrinlar kutmoqda:

📖 “Ar-rohiqul al-Maxtum” kitobi uchun

1-oʻrin uchun “Umra” safariga yoʻllanma.
2-oʻrin uchun 500$ pul mukofoti
3-oʻrin uchun 300$ pul mukofoti
4-10-oʻrinlar uchun ham mukofotlar bor.


📖 “Otamdan qolgan dalalar'' kitobi uchun

1-oʻrin uchun 300$ pul mukofoti
2- oʻrin uchun 200$ pul mukofoti
3- oʻrin uchun 100$ pul mukofoti


🕓 Bugundan mutolaani boshlang va sinovimizga tayyorlaning. Ushbu tanlovimizga yaqinlaringizni taklif qilishni ham unutmang. Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting 👇

Ar-rohiqul al-Maxtum
Otamdan qolgan dalalar

💡 Eslatma: tanlov hamma oʻzbeklar uchun!

@iqroloyihasi

Siddiqa Hasan

22 Jan, 03:54


Kelinlik

▫️Endi uygʻonganingda choy tayyor boʻlmaydi, balki uni oʻzing tayyorlaysan.

▫️Yoningda paypogʻinggacha topib beradigan singling boʻlmaydi. Mayda-chuyda yugur-yugurlarni ham oʻzing qilasan.

▫️Endi uy ishlarini xushing kelganda ham, xushing kelmaganda ham qilishga majbursan.

▫️Yuraging siqilganda sumkangni koʻtarib aylanishga ketolmaysan. Kamiga hali chillang ham chiqmagan boʻlsa))

Bular minuslar emas. Bu yangi davrning oʻziga xos xususiyati.

▫️Qolaversa, endi sen muammolaringni boshqa bir yelkaga ilib, oʻzing maza qilib youtube tomosha qilolasan)

▫️Yeging yoki olging kelgan narsaga bir tiyn sarflamasdan erisholasan.)

Darslaringga koʻmaklashadigan va seni qoʻllaydigan biriga ega boʻlasan:)

Hayotimning yangi sahifasini shu anglamlar ila toʻldiryapman)

Siddiqa Hasan

19 Jan, 05:20


Qashqadaryo dovoni🌫️⛅️

Siddiqa Hasan

18 Jan, 11:22


Bir savol, hozir ayni paytda siz turgan joy, siz turgan muhit, aynan siz loyiq boʻlgan va siz xohlagan joy degan fikrga qanday qaraysiz?

Kechda oʻz hayotimdagi voqealarni sizlar bilan bir tafakkur qilarmiz balki)

Siddiqa Hasan

17 Jan, 15:49


Sham yorug’ida maza qilib dars eshitayotgandim. Elektroset koʻrolmadi xursandchiligimni, svetni berishdi)))

Siddiqa Hasan

15 Jan, 06:23


He yoʻq, be yoʻq, izohlarga oʻzini kanalini reklamasini tashlab ketadiganlarni butun umr tushunmasam kerak.

Qaniydi farosat sotilganda, balki ehson qilsa boʻlardi…

Siddiqa Hasan

14 Jan, 18:22


“Asal oyi emas, asal hayot” kitobi tugadi va orqasidan “Oila axloqi”ni boshlavordim. Turkcha kitoblarni bitta gapni qayta-qayta takrorlashi yoqmaydi. Bu kitobda ham bor ekan shu holat. Shunaqa joylariga sabr qibersam, marra meniki))

Siddiqa Hasan

14 Jan, 12:39


Bundan keyin trend bilan hamohang yashaysiz. ))😜

Siddiqa Hasan

14 Jan, 10:25


Ibn Xaldun “Muqaddima”sining turkchasi ham Turkiyadan qoʻlimga yetib keldi. Endi ikkita kitobni qiyoslab oʻqib koʻraman, nasib.

Vanihoyat bir kitob oʻquvchiga, bir kitob olib beruvchi boʻlsin degandek, kitoblar oberish uchun oʻz shaxsiy xomiyimga ega boʻldim, hamd. 🙊💕

Siddiqa Hasan

13 Jan, 10:29


Oxirgi paytlar koʻp savol kelyapti yangi oila, yangi odamlar, yangi muhit haqida. Qoʻrqinchli emasmi, yomon emasmi, baribir ularning oʻz oilasidek boʻlmaysiz, baribir begonasiz, qanday qilyapsiz?

Agar oxirgi 4 yilda oʻz ustimda ishlamasam, kitob oʻqimasam, odamlarni kuzatmasam, tafakkur qilmasam, balki shunaqa fikrlar, qoʻrquvlar kelardi xayolimga.

Ammo men bir narsani tushunganman, siz samimiy boʻlsangiz, qalbingizda insonlar emas, Alloh roziligi dardini koʻtarib yursangiz, beminnat, kutuvlarsiz insonlarga yaxshilik ulashsangiz, oʻzingizga, qalbingizga toʻgʻri boʻlsangiz va Alloh, insonlar haqidagi gumoningizni yaxshilasangiz Buyuk Rob sizni hecham zoye qilmaydi.

Insonlardan ulardan kutgan narsamizni, kutgan muomalamizni olamiz aksar holatda. Goʻzal gumonli va har ishdan hikmat izlovchi inson yutqazmaydi.

2 haftalik kelinchak anglamlari))

Siddiqa Hasan

13 Jan, 09:00


Endi buyogʻiga joʻnatmalarni Samarqanddan turib qabul qilaman. 😁 Tandirdan uzilgan kitoblarga ega boʻlish uchun masofalar ahamiyatsiz. Asosiysi, xohish boʻlsa bas)))

Alhamdulillah, kitobim keldi. 💕
Ertaga turkchasi ham qoʻlimda boʻladi, inshaalloh.

Sovgʻa qilgan Kumush opaga alohida rahmat. 😍💕

Siddiqa Hasan

11 Jan, 06:19


Ibn Xaldun “Muqaddima”sining oʻzbekcha tarjimasini oldingizmi?

Siddiqa Hasan

09 Jan, 10:47


Kunlarim judayam qiziqarli oʻtyapti deyolmayman, ammo zerikarli ham emas. Toʻgʻrirogʻi zerikishga vaqt ham imkon ham yoʻq. Uy ishlarini qilib, yugurib dars, ish qilishga kiraman. Soʻng yana uy ishlari, soʻng yana dars. 2 marta mehmon kuzatib koʻchani boshiga chiqqanimni aytmasa, uydaman har kun.

Avvallari koʻchadan uyga kirishim qiyin boʻlardi. Ertalab chiqib, xuftonda qaytardim uyga. Ajoyib bir shoshqin hayotim bor edi. Hozir esa uyga toʻyinib olyapman. Koʻchaga chiqishga juda xohisham yoʻq. Vaqt qadriga yetyapman tobora. Ijtimoiy tarmoqlardagi vaqt sarfim 1 soatga bormaydi ba’zan. Telefonimni unutib qoʻyyapman. Instagram uchun 10 minut sarflasam ham katta gap boʻlib qoldi.

Heh, katta hayotga xush kelding, qizaloq.💕

Siddiqa Hasan

06 Jan, 08:18


Кеча Маккайи мукаррамада устоз Абдулҳаким қори домлани зиёрат қилган эдик, суҳбат асносида бир гап айтдилар:
— Шайх ҳазратлари кўп шундай дер эдилар, “онаси илм учун етаклаб келган болалар одатда, олим бўлиб етишади, энг озида, қори бўлмай қолмайди”.
Бунга мисол қилиб, ўзларига онаси етаклаб келган, ўзлари ўқитган кишиларни ва бунинг исботи аслида тарихда имом Бухорий, имом Молик, имом Аҳмадларнинг мисолида ўз тасдиғини топганини эсладилар.

Ҳа, бу гапни кўп эшитганмиз. Аммо бу гапни такарор ва такрор эшитиб туравериш керак экан. Айниқса, ҳаётда ўзлари бунга гувоҳ бўлган улуғ устозлардан эшитиб, сир-синоатини сўраб туриш керак. Ўзим ҳам олдиндан онаси илмга ихлос қилган, боласининг одоби, илми учун куйиниб юрган оналарни кўрсам, ўша болалардан катта яхшиликлар умид қиламан.

Азиз оналар — опа-сингиллар, сизларда гап кўп. Бугунги фитналарга, турли макр-ҳийлаларга чалғиманг, алданманг.
Сизлар тепратаётган бешикда, сизлар ювиб-тараётган ўша кир устибошнинг ичида буюк инсонлар ўсаяпти аслида. Уларнинг буюклиги сиз билан! Сизнинг ихлосингиз, иффатингиз, сабр-матонатингиз, қаноатингиз ва ғайратингиз билан!

@IkromSharif

Siddiqa Hasan

05 Jan, 10:02


Kaminani kutganlar, sogʻinganlar boʻlsa, u qaytdi, inshaalloh!)

Menda hozir yangi hayotga moslashish jarayoni ketmoqda.

Rasmdagi kitobli hadyalar hamkasblarimdan menga toʻy hadyasi. Shunchalik e’tibor bilan tanlashganki, birortasi menda yoʻq edi. Bu juda quvonarli holat men uchun)). Farzand tarbiyasidagi ikkita kitobni opam olib ketib qoldi. 😏🫠

Buyogʻiga kelinlik hayoti va ta’limni bir tekis olib borishga harakat qilishim kerak. Duolarga ochiqman) ❤️

P.S. Gul toʻyimizniki. 10 kunda shunaqa holatga kelib qoldi. 😢

Assalomu alaykum!

Siddiqa Hasan

24 Dec, 13:37


Bugun kitoblarimni yangi makonlariga kuzatdik. Oʻsha yerda unib, oʻsib, koʻpayib ketishsin. 🌝💌

4 yil ichida yiqqan tergan boyligim shular ekan.

Siddiqa Hasan

23 Dec, 21:31


Bugundan e’tiboran menga kanalda u haqida yozishga huquq berildi.))

Bu kunga yetib kelish oson boʻlmadi, hatto hozir ham oson kechmayapti. Ammo biz birgalikda uddaladik, uddalayapmiz, biznillah!

Quvonchli kunlarni sizlar bilan boʻlishishni niyat qilgandim. 💌

Allohdan qurilayotgan oilamizga baraka tilab qoʻyasizlar-a?)

Siddiqa Hasan

23 Dec, 19:13


Bu yerdagi qizlar, ba’zi narsalardan quruq qolib ketyapsizlar. 😁

Tez qoʻshilvolila))

https://t.me/+4KlfA8da1BU5Njcy

Faqat qiz bolaligingizni tasdiqlaydigan ismingiz boʻlsagina qoʻshilolasiz.

Siddiqa Hasan

23 Dec, 17:24


Tanlov haqidagi barcha ma’lumotni shu sahifadan olasiz: 👇🏻👇🏻👇🏻
@iqroloyihasi

Siddiqa Hasan

23 Dec, 17:21


🌊 Vaqt suvdek oqib oʻtadi siz biror manfaatli ish qilsangiz ham, qilmasangiz ham.

‼️ Oldingizda esa ikkita yoʻl bor:
— hozirdan harakat qilib, orzularingizga erishish.
— yoki sizning orzularingizda yashayotganlarni shunchaki reelslar orqali kuzatish.

😕 Nima siz 2025-yilni muborak diyorlarda oʻtkazishni xohlamaysizmi?

🧐 Pul mukofoti yutib olib, anchadan beri xohlab yurgan buyumingiz yoki qimmat kitoblarni sotib olishni-chi?

😏 Xohlaysiz, ammo harakat qilishga erinyapsiz. Ammo shu yerda katta xato qilasiz. Orzu maqsadlaringiz tomon oʻzingiz qadam bosmas ekansiz, ularni sizga hech kim olib kelib bermaydi!

🥳 Shunday ekan, orzularingiz tomon ilk qadam boʻladigan tanlovimizda ishtirok eting. Balki, Umra yoʻllanmasini qoʻlga kiritadigan oʻsha baxtli inson sizdirsiz!

📝 Tanlov haqida batafsil ma’lumot quyidagi havolada:

https://t.me/iqroloyihasi/535
https://t.me/iqroloyihasi/535
https://t.me/iqroloyihasi/535

💌 Darvoqe, yaxshilikni ulashgan, uni qilgan bilan barobar. Shunday ekan, ushbu postni doʻstlaringiz, qarindoshlaringizga ham yuborib qoʻyishni unutmang.

Siddiqa Hasan

22 Dec, 16:36


Kechadan boshlab “Toʻy qachon?” degan soʻroq-savollardan vanihoyat qutuldim. )

Aslida bu e’lonni berish-bermaslikni oʻylab yurdim, ammo ozmi-koʻpmi media odami boʻlganim uchun, buning ham mas’uliyatini oldim.

“Boʻl” desa boʻladigan, barcha ishining ortida oʻz hikmatni jo qilgan va Oʻzining roziligini koʻzlab amal qilganlarga ikki dunyo saodatini va’da qilgan Zot shu vaqtda nikohimizni yozgan ekan.

Oldindan sizdan kelgan samimiy tilaklar uchun minnatdorchilik bildiraman. Va albatta qurilajak yangi oilamiz uchun qalbingizdan samoga yoʻnalgan duolaringizga ehtiyojmandmiz. Allohdan bizga baraka soʻrashingizga mushtoqmiz.

Barchangizga rahmat. ❤️

Siddiqa Hasan

21 Dec, 19:38


Ba’zi muvaffaqiyatlar ogʻriqli boʻladi. Ogʻrigʻiga sabr qilmasangiz, oshib oʻtolmaysiz.

Mahmud Mahkam

Siddiqa Hasan

21 Dec, 16:46


🕋 Kitob oʻqing, evaziga “Umra”ga yoʻllanma yutib oling!

Qanday qilib deysizmi? Unda bu post yaxshilab oʻqing!

📚 “Ar-rohiqul al-Maxtum” va “Otamdan qolgan dalalar” kitobini oʻqing va ramazon oyining 15-kuni oʻtkaziladigan test sinoviga qatnashing. Sinovimizda gʻolib boʻlib, qimmatbaho sovgʻalarga ega boʻling.

🎁 Gʻoliblarni quyidagi sovrinlar kutmoqda:

📖 “Ar-rohiqul al-Maxtum” kitobi uchun

1-oʻrin uchun “Umra” safariga yoʻllanma.
2-oʻrin uchun 500$ pul mukofoti
3-oʻrin uchun 300$ pul mukofoti
4-10-oʻrinlar uchun ham mukofotlar bor.


📖 “Otamdan qolgan dalalar'' kitobi uchun

1-oʻrin uchun 300$ pul mukofoti
2- oʻrin uchun 200$ pul mukofoti
3- oʻrin uchun 100$ pul mukofoti


🕓 Bugundan mutolaani boshlang va sinovimizga tayyorlaning. Ushbu tanlovimizga yaqinlaringizni taklif qilishni ham unutmang. Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting 👇

Ar-rohiqul al-Maxtum
Otamdan qolgan dalalar

💡 Eslatma: tanlov hamma oʻzbeklar uchun!

@iqroloyihasi

Siddiqa Hasan

21 Dec, 16:46


Hozir uzunroq matn keladi. Diqqat bilan oʻqing va bu imkoniyatni qoʻldan chiqarmang!🔥🔥🔥

Siddiqa Hasan

21 Dec, 16:31


🤗 Kim ham Umraga borishni orzu qilmaydi, toʻgʻrimi?!

💭 Tasavvur qiling, siz Umra safariga otlandingiz. Va nihoyat bir necha yillik orzungiz amalga oshdi. Paygʻambarimiz ravzalarida ularga oʻzingiz va qarindoshlaringiz salomini yetkazmoqdasiz. Ka’bayi Muazzamani tavof qilib, Allohdan gunohlaringiz magʻfiratini soʻrayapsiz…

Goʻzal xayol-a?

🌝 Bu xayollaringizni reallikka aylantirishning oson yoʻli bor desam, ishonasizmi?

Buning uchun sizdan faqatgina kitob mutolaa qilsangiz boʻldi, desam-chi?📚

‼️ Yoʻq, siz tush koʻrmayapsiz. Yoki bu qanaqadir hazl emas. Ha, siz rostan ham kitob oʻqib, Umra safariga yoʻllanma olishingiz mumkin.

🥳 Hayotingizni oʻzgartirib yuboradigan yangilikni eshitishga tayyormisiz?

Qani, tayyorligingizni izohlar va reaksiyalar orqali bildiring-chi. 😌

Siddiqa Hasan

19 Dec, 19:06


Universitetda mifologiyalarni faqatgina “2” baho olmaslik uchun oʻqirdim zoʻrgʻa. Hozir esa yunon mifologiyasi namunasi “Kirka”ni oʻqiyapman qiziqish bilan.

Hali tugatmadim-ku, lekin asar gʻoyasining 70-80% qismini tushungandekman. Tugatsam, jamlab, nimadir yozaman.

Sizlarda qaysi kitob mutolaasi?

Siddiqa Hasan

24 Nov, 18:46


Dars vaqti 🌌

Siddiqa Hasan

23 Nov, 20:36


Boshiga koʻp sinovlar kelgan kishiga oxiratda koʻp savoblar beriladi. Balo-musibatga uchraganlarga berilgan ajru savoblar ini koʻpligini koʻrib, bu dunyoda tinch-xotirjam yashaganlar ham balolarga koʻmilib yashashni orzu qilib qoladi.

Eng sharafli ummat 📚

@Siddiiqa

Siddiqa Hasan

23 Nov, 14:09


Oʻqib boʻlgan kitoblarimni Qashqadaryoga berib yuborgandim. Bugun shularni tartibladim. 🫰🏻

Siddiqa Hasan

22 Nov, 17:57


5 ta yoki 10 ta eng qiziq savolga javob beraman.)

https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=7defa3ab770f44

Siddiqa Hasan

22 Nov, 17:53


Qishloq vibe🤍

Oilaviy xotirjamlikni hech narsaga almashib boʻlmaydi.

Ertalabdan beri “Ayaa, qaydandir oshni hidi kelyapti” deyverganimga osh qiberdila. 🌝

Mashaalloh. Allohumma baarik.

Siddiqa Hasan

18 Nov, 19:12


18.11.2024 hisobi boʻyicha 28 bet mutolaa ✔️

Sizda-chi?

Siddiqa Hasan

17 Nov, 15:22


Keyingi savol:
Shu kitobni oʻqiganmisiz?

(Faqat oilalilar javob bersin!)

Kitob asosida oilalar uchun marafon qilish fikri tugʻildi. Ragʻbat koʻp boʻlsa, boshlavoramiz.

Siddiqa Hasan

17 Nov, 15:08


Oramizda oilalilar bormi?
Izohlarda yozib qoldiring.

Siddiqa Hasan

17 Nov, 14:34


Bugun 40 sahifa ✔️

Siz-chi?

Siddiqa Hasan

17 Nov, 14:33


Kecha hisobot yuborishim kerakligi esimdan chiqibdi. 65 sahifa oʻqildi✔️

Siz-chi?

“Ixtiloflar” bitdi.

Siddiqa Hasan

16 Nov, 15:48


Banda Alloh taoloning karami va ehsoni tufayligina Allohni taniydi va istaydi. Bu qadamlar Alloh tomonidan yurgizilmasa, bandaning oʻzi Alloh taoloning yoʻlida bir qadam ham bosa olmaydi.

“Majolisi hakimul umma” kitobidan

Siddiqa Hasan

16 Nov, 15:31


“Alloh taolo ba’zilaringizni ba’zilaringizdan ortiq qilgan narsalarni orzu qilmanglar”.

Niso surasi, 32-oyat

Siddiqa Hasan

15 Nov, 19:29


Bugungi mutolaa 32 sahifa.

Sizda-chi?

Siddiqa Hasan

15 Nov, 17:05


Hayotim ikkiga boʻlinadi:
Karvondan avvalgi va keyingi…

Siddiqa Hasan

14 Nov, 20:23


Oxirgi vaqtlar mutolaaga kam vaqt ajratadigan va ba’zan ajratmaydigan odat chiqardim. Endi unday qilmayman. Har kun qancha boʻlsa ham oʻqib boraman va yana odatimga aylantirgunimcha sizlarga hisobot berib boraman. 🙂‍↔️

Bugun bu kitobdan 35 sahifa oʻqidim.

Xohlovchilar qoʻshilishi mumkin. 🤓

Siddiqa Hasan

14 Nov, 06:04


Reklama xizmati boʻyicha @tahrirchiqizz’ga yozasila.

Reklama olganlarning fikrlarini esa bu yerga joylab borishga qaror qildim:

https://t.me/+TDB6Ki8Rzrc2MWUy

Siddiqa Hasan

13 Nov, 18:31


Har yili bir marta “Qish sonatasi”ni koʻrib chiqaman. Manimcha yana koʻrish vaqti keldi. 🥹

Ey Allohim, vaqtimga baraka berkinki, dars-u ishlarimdan ortib, shu serialni koʻrishga vaqt topa olay. 🥹

Siddiqa Hasan

13 Nov, 17:13


Kayfiyatim yoʻq boʻlsa, ba’zan suhbatlashsam oʻtib ketadi. Sinaymizmi?)
Yo yaxshi boʻladi yoki battar. 🫠

Anonim savollar uchun:
https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=7defa3ab770f44

Siddiqa Hasan

13 Nov, 17:11


Bugun)
Yomgʻirni aytmagan-da, juda omadsiz va kayfiyatsiz kun boʻldi.

Siddiqa Hasan

03 Nov, 18:26


Instagramda sal faollashdim, qizlar bilan biroz dardlashdik, xitoydan kelgan buyurtmalarimni birgalikda ochib koʻrdik, endi esa moychechakli choyim va hurmolarim bilan ertangi kun vazifalarimni bajarishga oʻtirdim.

Aytgancha, 6 kundan beri shakarsiz kun chellenjini oʻtkazyapman oʻzim uchun. Shirinlik oʻrniga manavi hurmodan yeyapman.

Siddiqa Hasan

03 Nov, 15:48


Bugungi estetikadan lavhalarni ulashmoqchiman.

Izohlari bilan instagram hikoyalarida batafsil oʻqib olishingiz mumkin:

https://www.instagram.com/stories/siddiqa.hasan/3493210367072124604?igsh=ZjczbHdsa3M0YWQw

Siddiqa Hasan

02 Nov, 17:10


Bu post 1 hafta avval yozilishi kerak edi. Ammo ma’lum sabablar bilan nasibasi bugunga ekan.

Kunimni doimiy ravishda tartiblab, yozgan holda rejalab yuradigan odamman. Va kun boʻyi ana shu rejalar asosida yashayman. Bu narsa vaqtimni behuda sarflamaslikka, hamma narsaga ulgurishga yordam beradi. Ammo shunday boʻlishiga qaramay, men har doim ham rejadagi ishlarimni 100/100 bajarolmayman. Shunday paytlar esa kun oxirida meni aybdorlik hissi chulgʻab oladi.

Shunday kunlarning birida manga Vasatiya bir taklif bilan chiqdilar. Ya’ni konsultatsiya berish taklifi. Ikkilanmasdan rozi boʻldim va qilgan qarorim xato boʻlmaganiga amin boʻldim.

Konsultatsiyalarida kunni toʻgʻri rejalash, nega hamma rejalarga ulgurormasligimiz, tanamizga toʻgʻri gʻamxoʻrlik qilish va hatto toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha ham oʻz tavsiyalarini berib oʻtdila.

Agar siladayam yuqoridagi muammolar boʻlsa yoki shaxsiy rivojlanish, kunni samarali oʻtkazish va boshqa masalalarda yordam kerak boʻlsa, Vasatiyani noyabr oyidagi konsultiyalariga yozilishilani maslahat beraman. Chunki ilmiga amal qiladigan insondan koʻproq manfaat oladi inson.

Vasatiyani deyarli 3 yildan beri taniyman. Avvaldan intizomi, shijoati, har kunini samarali oʻtkazishga harakat qilishi bilan e’tiborimni tortgan va shundan buyon bir-birimizni qoʻldan kelgancha qoʻllab kelamiz.

Konsultatsiyalari ham juda tez toʻlib qoladi, mashaalloh. Ulgurib qolish uchun tezda sahifalariga ulanvolila. 🤗

https://t.me/+GxIwDCF4D3ZlM2M8

Siddiqa Hasan

02 Nov, 15:28


Hayotdagi ayrim haqiqatlarga umrining 30-40 yoshida emas, 24 yoshida anglab yetgan oʻzimga tashakkur aytmoqchiman.

U haqiqatlar qaysilar?

• Angladimki, inson doim harakatiga, amaliga yarasha mukofot va jazo, muomalasiga yarasha javob, berganiga yarasha qaytim olarkan. Menam harakatimga yarasha mukofotlantirildim, qilgan muomalamga yarasha javob oldim. Dangasaligimga yarasha koʻp narsadan quruq qoldim.

Hayotda shunday ogʻir vaziyatlarni yashadimki, ortiq meni kambagʻallik, rizq masalasi tashvishga solmay, qoʻrqitmay qoʻydi. Qoʻlimdan pul qochganda, xafa boʻlmayman, kelganda oʻzimni yoʻqotmayman. Rizqim Razzoqqa havola. Puldorlar esa meni avrayolmaydi. Har tun toʻq qorinda uxlayotganimning oʻzi Allohga shukur keltirishimga yetarli ekan.

Kishilar koʻnglini faqat ochiqkoʻngillilik bilan zabt eta olarkansan. Qanchalik qobiliyatli boʻlma, muomalang boʻlmasa, jamiyat seni chekkaga itqitib yuboraveradi. Paygʻambarimizning naqadar haq ekanliklarini ham shunda yanada angladim.

Aslida bu haqiqatlarni yanada avvalroq anglashim mumkin edi. Ammo hozir ham kech emas, sizga ham, menga ham. Siz ham bir tafakkur qilib koʻring-chi ayni yoshingizda nimalarni angladingiz?

Davomi bor…

Siddiqa Hasan

02 Nov, 13:32


Orada reklama boʻyicha yozganlarga ham javob berolmadim.

@tahrirchiqizz’ga qayta yozvorishingiz mumkin.

Siddiqa Hasan

02 Nov, 10:07


Bu va’da endi bajarildi. Mobodo oʻtib, kereli narsalani ovolila, tugab qomasin)

Siddiqa Hasan

02 Nov, 09:48


Eng sevgan oyim Noyabr

Hamma joy sap-sariq, havo ham oʻzgacha kayfiyatda. Ayniqsa, bu oy oʻzi bilan qish iforini yetaklab keladi. Qanday yaxshi, bu yogʻi endi hecham issiq boʻlmaydi. Sovuq, qalin kiyimlar qurshovidamiz.

Men esa Noyabrni betoblikda, bemorlik toʻshagida kutib olaman deb oʻylamagan edim. Sogʻliq bizdan hisob soʻramas ekan.

Bugundan sal boʻlsa-da oyoqqa turdim, kayfiyatim ham sal joylashmoqda. Yugurib tashqariga chiqqim, sayr qilgim kelyapti. Ammo hali toʻla majolim yoʻq. 3-4 kundan beri uzzukun toʻshakda yotganimga oʻrnimdan tursam boshim xiyol aylanyapti. Ishtaham yoʻqligi sababli doktor ta’qiqlagan boʻlsa ham achchiq ovqat yeb oldim.

Yaxshi kunlarga yaqinlashayotganim hissi vujudimni egallab olmoqda. Hayotga yana umid koʻzi bilan yuzlashyapman. Kasallik bir azob boʻlsa, undan tuzalayotganing hissi oʻsha azoblarni unuttirib yuboradi.


Barchangizga xayrli noyabrlar. 🫶🏻

Siddiqa Hasan

28 Oct, 19:02


Darslarni, ishlarni tugatib endi ovqatlanishga fursat boʻldi. Afsuski, deyarli har kunim shunaqa tarzda oʻtadi. Yaqinda @vasatiya_bilan menga konsultatsiya oʻtib berdilar, shuning 70 % sogʻlom ovqatlanishga bagʻishlandi. Ularam sal kam dod devordilar ratsionimdan. Ammo afsuski ba’zan hayot seni tartiblarni buzishga majburlaydi. 😅

Sekin-sekin ovqatlanishimni tartiblashga harakat qilyapman. Masalan, qahvani toʻq qoringa ichishdan boshladim tartibni.

Xullas, menga oʻxshagan qorin gʻami bilan darslarini, ishlarini tartiblolmayotganlarning holatini koʻrsatgim keldi.

Ushbu post sogʻlom ovqatlanish targʻibotchilariga juda yomon ta’siri qilishi mumkin. 🥲 Uzr soʻraymaaaan!

Ovqatlanish paytida esa kino zoʻr ketadi)

Siddiqa Hasan

25 Oct, 04:20


Ertalabdan meni judayam koʻp narsa ilhomlantiradi.

Masalan:
— erkak kishining katta-kichik ayol-qizlarga malollanmasdan joy berishi;
— kitob oʻqib ketayotgan odamlar;
— mashininaning old oʻrindigʻiga va avtobus derazasining quyosh tushmaydigan tomoniga oʻtirib qolishim;
— sabrli, ogʻir bosiq, xushmuomala haydovchilar;
— metro eshigini oʻtib olishim uchun tutib turishlari;
— sap-sariq tusga kira boshlagan daraxtlar;
— avtobusga ulgurib olishim;
— quloqchinda oʻzim sevgan musiqalarni tinglab, ishga joʻnashim, ba’zan mutolaa, ba’zan shunchaki xayolsurish…

Sizni ertalabdan nima ilhomlantiradi?

Siddiqa Hasan

22 Oct, 13:30


Bugun anchadan beri xohlayotgan (kecha sanaganim) narsalarimning bir nechtasini bajarishga muvaffaq boʻldim. Buning uchun 2 soat uyqumdan kechishga majbur boʻldim, xolos.

Ertaga ham bir necha soat uyqumdan kechib qolgan yana bir nechtasini amalga oshirmoqchiman.

Haa, istaganga imkon toʻla, istamaganga bahona)))

Siddiqa Hasan

22 Oct, 12:33


Kuzda menga oʻxshab siqilishni yaxshi koʻradiganlar uchun)))

Eshitib, xayol surishga yaxshi ketarkan. 🪐

Ayniqsa, bulutli osmon hamrohligida, mashinaning old oʻrindigʻida boʻlsangiz-u, uzoqlarga termulib ketsangiz)

Siddiqa Hasan

21 Oct, 18:45


Oxirgi vaqtlar judayam xohlayotgan, ammo hecham qilolmayotgan ishlarim:

— kuzgi Toshkentda soatlab sayohat qilish.
— yolgʻiz biror kafeda kofe yoki issiq shokolad ichgancha dars tayyorlash.
— sportga qaytish.
— muntazam koʻzoynak taqishga oʻtish (koʻzim ogʻrib ketyapti, ammo koʻzoynakka yana oʻrganolmayapman).
— soatlab oʻzim sevgan kitobni oʻqish.
— biror koreys seriali koʻrish…
— yomgʻir ostida biror kafeda xayol surish.
— biror davlatga sayohat. 😭
— sevimli musiqamni eshitish.
— muntazam kundalik yozishga oʻtish.
— biror yangi ish bilan shugʻullanish.

Baxtli boʻlishimga shular yetarli edi. 🥲

Siddiqa Hasan

21 Oct, 18:39


Ortiq soʻzlar ta’sirlantirmay qoʻydi. Amalingiz bilan lol qiling.

Siddiqa Hasan

21 Oct, 13:33


Bugun estetikalar 🩶

Siddiqa Hasan

21 Oct, 10:47



Siddiqa Hasan

21 Oct, 04:12


Ona tilimga xat

Onaning farzandi uni ilk marta chaqirganidagi quvonchni tasvirlab bo‘lmasa kerak. Men ham volidamni ilk marta sen orqali xursand qilganman. Jonim og‘risa ham, qalbim sururga to‘lsa ham faqat sen tufayli uni onamga bildira olganman. Unga bo‘lgan mehr-muhabbatimni sen orqali ifodalaganman. Maktabda ustozlarimdan eshitgan maqtovlarim, alqovlarimga ham sen sababchisan. Barcha muvaffaqiyatim sendan unumli foydalanganim, mag‘lubiyatim esa seni to‘g‘ri ishlata olmaganimdandir.

Sen tufayli insonlarni sevdim, ularga sevikli bo‘ldim. Sen tufayli yaxshi-yomonni ajratdim. Sen tufayli bu dunyoning go‘zal tomonlarini ilg‘ay oldim. Ha, seni qanchalik sevsam shunchalik sevildim. Sendan uzoqlashgan onim o‘z qadrimni yo‘qotdim. Sen tufayli do‘stlar orttirdim, sen tufayli ilm o‘rgandim va sen tufayli sevimli kasbimga ega bo‘ldim.

Ha, hammasi sen tufayli, Ona tilim. Sen bo‘lmaganingda hozir kimlarningdir etaklaridan tutib, boshim egib, faqat ular ko‘rsatgan yo‘ldangina yurishga majbur bo‘lar edim. Ammo sen menga boshimni tik tutish, mustaqil, hur inson bo‘lish, o‘z yo‘limga, qiymatimga ega bo‘lish imkonini berding.

Sen biz, o‘zbek farzandlaring uchun qo‘lingdan kelgan hammasini qilding. Biz esa farzandlaring o‘laroq sening haqqingga rioya eta olmadik. Sen tufayli xalq sifatida shakllanib, so‘ng sendan uyala boshladik, seni berkita boshladik, "omiligimizni" bildirmaslik uchun senga yot unsurlarni aralashtirib yubordik. Bizni maqtashlari, ko‘kka ko‘tarishlari uchun sendan kechishga majbur bo‘ldik. Ammo bilmadikki, sendan kechganimiz hamono o‘zimiz ham jar yoqasiga kelib qoldik. Sendan qancha uzoqlashsak, o‘zimizdan ikki barobar ko‘proq uzoqlashdik. Sendan kechib topmoqchi bo‘lgan qadrimizni sharmandalarcha yo‘qotdik. Biz senga zulm qildik... Bizni kechir, Oʻzbek tilim...

Ona tilim, sen ayoldeksan. Faqat bayramida qadr topadigan, ayyomda eslanadigan. Tilim, sen olimdeksan, o‘z yurtidan quviladigan, zulm qilib, so‘ngra afsus bilan eslanadigan. Sen yetimdeksan qarovsiz, himoyasiz. Sen o‘gaydeksan kun berilmaydigan, ajratib qo‘yiladigan...

Biz senga munosib voris boʻla olmadik. Hazrat Navoiy-u Boburning ishonchini oqlay olmadik, soʻzlarini quloqqa ilmadik. Natija esa bugun barchaga ayon…

Bayraming qutlugʻ boʻlsin!

Siddiqa Hasan

@Siddiiqa

Siddiqa Hasan

20 Oct, 13:56


Dars jarayonidagi estetika 🍂
____
Millionta marta aytgan boʻlsam ham yana aytay. Planshet markasi: Xiomi Pad 6. Olcha.uz dan olganman.

Choy idishni chinni sotadigan doʻkondan olganman.

Dars stolchani uzumdan. Dars stol deb yozsangiz chiqadi.

Klaviatura va sichqonchani xitoydan olib keltirganman.

Shokoladlar Rossiyadan kelgan.

Kitobni kitob doʻkonlardan olganman.

Lampa oʻrikzordan

Stikeram xitoydan

Telefonim iphone 11 pro

Kitob nomi “Mabda ul qiroat”