Hammaga yordam bergan odam qachonlardir yordamga muhtoj bo’lish qandayligini his qilgan.
Endi hech kim ishonolmayotgan odam qachonlardir juda qattiq ishongan kishisi bo’lgan.
Mayda gaplarga ham kulib yuboradigan odamni qachonlardir uzoq muddatli mahzun oylari o’tgan.
Yolg’izlikni sevib qolgan odam qachonlardir dunyoni sovuq tarsakilarini yegan.
O’zini oqlamaydigan odam qachonlardir qattiq ayblangan.
Barchani tushunishga harakat qiladigan odamni qachonlardir anglashmagan.
O’zi haqida ko’p gapiradigan odamni qachonlardir eshitishmagan.
Tez yig’lab yuboradigan odam qachonlardir uzoq muddat bo’g’zida alamini ushlab yurgan.
Nafrat tuyg’usi baland odam qachonlardir juda hokisor, sevgisi yuqori odam edi…
Maryam Javlan