Take me home @takemetomyhome Channel on Telegram

Take me home

@takemetomyhome


Meni uyimizga olib bor. Qayg'u va ayriliq bo'lmaydigan va biz abadiy birga yashaydigan uyimizga...


Postlarni manbaasi bilan oling ©

Reklama: @takemehome_ads

Take me home (Uzbek)

Meni uyimizga olib bor kanalimiz sizga ayriliq va qayg'u bo'lmaydigan, abadiy birga yashash imkoniyatini taqdim etadi. Uyimizga xush kelibsiz!


'Take me home' kanali har kuni qiziqarli va ma'ruf maqolalar, fotosuratlar va videolar bilan sizni qiziqarli va munajjim qiladi. Bizning kanalimiz sizga qiziq va maqbul bo'lgan ma'lumotlar bilan to'ldirilgan. Uyimiz sizga qiziqarli edebiyot, san'at, tabiat, va boshqa ko'rganma maydonlardagi maqolalarni taqdim etadi.

Siz uyimizga a'zo bo'lganingizda, qiziqarli va foydali ko'rishlar, tajribalar va hikoyalar bilan tanishasiz. Bizning manzilimizga marhamat!

Postlarni manbaasi bilan oling ©

Reklama: @takemehome_ads

Take me home

10 Feb, 15:52


Odamlar har kuni soat 5 ni kutadi;
Har hafta Yakshanbani kutadi
Har qish yozni kutadi;
Va butun hayotida baxtni kutadi.

Ertani kutib yashamang, hozir va shu yerda baxtli bo’lishni tanlang…

Take me home

09 Feb, 15:46


Hayotda ko'plab muammolar bor, lekin ularni hal qilishning eng yaxshi usuli – ular bilan yuzlashish, qochish emas... Har bir og'ir holat o'zimizni qanday odam ekanligimizni bilishimizga yordam beradi. Hayotda bizni muammolar emas, balki ularni qanday qarshi olishimiz va ulardan qanday saboq olishimiz shakllantiradi.

Take me home

08 Feb, 09:46


umr huddi tushga o'xshaydi. juda tez tugaydi...

Take me home

07 Feb, 06:35


Hech qachon odamlar haqida xulosa qilishga shoshmang.

Vaqt oʻtadi, qilgan xulosalaringiz mutlaqo xato ekanligini anglay boshlaysiz.

Take me home

06 Feb, 20:11


Tungi rejalar: Butun hayotimni o‘zgartiraman! Ertalab: Balki ertaga…

Take me home

05 Feb, 04:37


Hammasi yaxshi bo’lib ketadi deymiz lekin yaxshi bo’lib ketishi uchun harakat qilyapmizmi..?

Take me home

04 Feb, 08:10


Hayotimda nimadir yomon voqea sodir bo'lsa yoki sinovda bo'lsam bu dunyo jannat emasligini o'zimga qayta qayta eslataman... Ba'zida shu oddiy narsani ham unutib qo'yar ekanman.

Take me home

03 Feb, 13:25


Ko’z yoshlar unutilishi mumkin ammo ko’z yoshlarga sababchi bo’lgan tuyg’ular aslo unutilmaydi…

Take me home

03 Feb, 07:25


Insonlar o'zini ga'm qayg'usini nega ko'rsatishdan qo'rqishadi bilasizmi?

Chunki atrofdagilaridan hech qanday yupatish, empatiya kelmaganligi uchun yaxshisi o'zlarini baxtsiz emas baxtli ko'rsatishni tanlaydilar.

Take me home

31 Jan, 18:20


Uxlasam ham chiqmaydigan charchog’im bor…

Take me home

31 Jan, 05:56


Hayot yo'llari uchun irodasiz odamni tanlamang. Irodasiz inson maqsadlari sari dadil bo'la olmaydi. Ibodatlarida mustahkam bo'la olmaydi. Hayot sinovlariga bardosh bera olmaydi... Aslo irodasiz insonni tanlamang! #singlimga

Take me home

29 Jan, 05:55


Mehribonlik – bu kuchsizlarning yuki emas, balki kuchlilarning qalbiga bitilgan eng buyuk fazilatdir.

Lev Tolstoy

Take me home

27 Jan, 20:34


Aslida hozir hamma sinalmoqda.

Faqat boshiga tashvish tushgan, qiynalayotgan insonlar emas.

Hamma narsasi bor, muammosi yoʻq insonlar ham.

1 turdagi insondan koʻra 2 turdagi insonlarga qiyinroq. Chunki ne'matlarga koʻmilgan odam koʻpincha shukur qilishni unutadi. Neʼmatlar ularni aldab qoʻyadi,Allohning zikirdan toʻsadi koʻpincha.

Xullas hamma mazza qilib yashayapti deyolmaymiz. Albatta kimdir nimadir bilan sinalmoqda, kimdir oʻzida borlari bilan, kimdir yoʻqlari bilan.

#fikrlar

Take me home

27 Jan, 20:19


Sen meni baxtli deb o’ylayotganingda men eng og’ir kunlarimni yashayotgan edim…

Take me home

27 Jan, 08:33


Allohga tavakkal qilib hech och qolmadik.. Hecham qayg'uga botmadik. Qalbimizga shunday bir hotirjamlik soldiki hecham tashvishlanmadik kelajakni o'ylab...

Take me home

25 Jan, 18:16


Dunyo shovqinidan biroz chetga chiqib yolg’iz qolishni istaydi bu qalb.

Biroz tin olib Yaratganga dardini aytishni xohlaydi.

Faqat dardini aytavermasdan, Yaratganga shukur qilishni ham xohlaydi.

Ammo dunyo shovqinidan chetga chiqib biroz yolg’iz qolish shunchalik qiyin bo’lib ketganki, endi yolg’iz qolay deganda dunyo yana o’ziga tortib olaveradi…

#fikrlar

Take me home

25 Jan, 13:06


Boriga shukur qilishni bilmagan inson yo’qotgandan keyin isyon qilishga haqqi yo’q…

Jaloliddin Rumiy

Take me home

24 Jan, 06:51


— Yolg‘izlikni yoqtirasizmi? — deb so‘radi u, yuzini qo‘llariga suyab. — Yolg‘iz sayohat qilasiz, yolg‘iz ovqatlanasiz, darslarda ham hammadan chetda o‘tirib, jim bo‘lasiz.
— Men yolg‘izlikni yoqtirmayman, — dedim men. — Faqat ortiqcha tanishuvlardan o'zimni saqlayman, xolos. Chunki odamlar bilan ortiqcha tanishib, yana ulardan ko‘nglim qolishini istamayman.

Haruki Murakami, "Norvegiya o‘rmoni"

Take me home

23 Jan, 13:40


Orzularingni ro’yobini ko’rish ilk bora qalbda bo’ladi, so’ng esa haqiqatga aylanadi…

Take me home

22 Jan, 07:08


Agar gulga mehr bersang hatto u qishda ham gullaydi…

Take me home

20 Jan, 20:22


Lekin barchamiz Jannatda yana bir oila bo’lishimizni yana taskin topaman…

Allohni rahmatidan umidvorman…
Qachondir Jannatda ham barchamiz eng yaxshi ko’rgan insonlarimiz bilan abadiy uyimizda, hech qachon yakun topmaydigan abadiy hayotimizda yashaylik amiyn…

Take me home

20 Jan, 20:16


Men eng ko’p xafa qiladigan narsalardan biri - ota onam ko’z oldimda qarib sog’liklarini yo’qotishayotgani…😢

Take me home

20 Jan, 04:43


Gunohlarimiz sekin asta qalbimizni o’ldiradi.

Qalbimizda eng sof va toza tuyg’ularga joy qolmaydi.
Aksincha eng razil hislatlar tomir otib ketadi.

Eng yomoni qalbi o’lik inson buni sezmay ham qo’yadi…

Take me home

18 Jan, 20:34


Eng qizig’i — eng yomon tuyilgan holatlar, muammolar, musibatlar ortida bir yaxshilik borligiga unchalik ham e’tibor bermaymiz…

Vaqt o’tadi anglaymiz.
Aslida ular bizni o’stirdi, kuchli qildi. Hayotga boshqa ko’z bilan qarashni o’rgatdi.

Vaqt o’tadi - asl haqiqatlarni tushunib yetamiz…

Take me home

17 Jan, 19:13


To'g'ri hozirgi vaqtda iymonni saqlash huddi qo'lda cho'gni ushlagandek gap. Ammo biz sabr qilishimiz kerak... Axir inson eng ko'p iymoni bilan sinaladi.

"Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo'lini (paydo) qilur. (Taloq surasi 2 -oyat)

Take me home

17 Jan, 08:09


Menimcha faqatgina oilangdagilar seni evazsiz sevishadi…

Take me home

17 Jan, 08:08


Kechadan oldin judayam xafa edim. Kecha onam ko’nglimni ko’tarish uchun men yoqtirgan sariq rangdagi gul olib kelibdilar🥲

Take me home

16 Jan, 18:18


Yomg’irning Allohning rahmati ekanligini qachon sezaman bilasizmi. Uzoq vaqt davom etgan changli havodan so’ng yomg’ir yog’sa…

#shunchaki

Take me home

16 Jan, 06:06


Sabr qilish – bu faqat qiyinchilikka chiday olish emas, balki Allohga tavakkul qilish va Uning rahmatidan umid uzmaslikdir.

Bu dunyo hayoti vaqtinchalik.
Yaxshiyam sabr qildim deyish vaqti kelib o’zgacha his beradi insonga…

Take me home

15 Jan, 08:11


Solih zotlardan biri shunday degan ekan:

Hech bir bandaga qalbi qotib qolishidan ham koʻra qattiqroq jazo berilmagay.

Take me home

14 Jan, 10:02


Kimdirdan yordam so’rasangiz ammo yordam berishmasa aslo hafa bo’lmang.

Hayolingizni bir chetida tursin.
Insonlarning kimgadir yordam berishi - bu ularning himmatiga bog’liq. Ya’ni yordam so’rganingizda insonlar sizga albatta yordam berishga majbur emas. Himmatli bo’lsa yordam beradi bo’lmasa yo’q. Ba’zan himmatli odamning ham yordam berishga imkoni topilmasligi mumkin.

Axir hayotda har xil vaziyat bo’ladi.
Insonlardan kutuvlarimizni kamaytirsak yashash ancha osonlashadi ishonavering :)

Take me home

14 Jan, 05:06


Rahmat oyi — Ramazon yaqinlashmoqda…🕊

Take me home

31 Dec, 19:25


O’tgan yil menga qiyinchilikdan so’ng osonchilik kelishini eslatdi…
Undan oldingi yil sinovli yil bo’lgan edi.
Bu yil qanday bo’ladi bilmayman.

Lekin qanday bo’lsa ham ham sinovda ham ne’matda iymon bilan o’tish nasib qilsin…

Take me home

30 Dec, 18:17


Hayot qanchalik sovuq bo’lmasin ichimizdagi yorug’likni o’chirmaylik.

#illustration

Take me home

30 Dec, 14:48


Hammasi yaxshi bo’lib ketsa, aslo unutma: qachondir qiyin ahvolda qolganingni.
Alloh senga sabr berganini, senga sinov berib hozirgi kuchli insonga aylantirganini…

Take me home

29 Dec, 17:33


Biz orzu qilgan narsalarimizga qachondir yetamiz. Faqat shu orzularga yetganimizda shukur qilishni unutib qo’yamiz…

Take me home

29 Dec, 05:31


Bulutlar ham huddi dengiz kabi.
Dengizga termulib tinchlanganingiz kabi bulutlarga termulib ham tinchlanasiz…

Bulutlar va dengiz o’rtasida o’xshashlik bor, sezganmisiz?

Take me home

29 Dec, 05:29


Qachonki qalbimga qayg’u bostirib kelsa qalbim jilmayguncha bulutlarga termulaman…

Take me home

27 Dec, 05:33


Sizning yaxshi amallaringiz Allohning huzurida qadrlanadi, hatto boshqalar buni bilmasa ham.

Alloh Qur’onda shunday marhamat qilgan:
“Kim yaxshilik qilsa, bu yaxshilik faqat uning o‘ziga foyda beradi…”
(Ankabut surasi, 6-oyat)

Take me home

26 Dec, 12:25


Haddan tashqari fidokorlik ham insonni qachondir qadrsiz bo’lishiga olib keladi…

Take me home

25 Dec, 09:40


Unutma

Qachonki gunoh ish qilishinga to’g’ri kelib qolganda sinalayotganingni aslo unutma.

Halollik o’ta og’ir yo’ldek ko’rinishi mumkin ammo to’g’ri tanloving uchun Allohdan oladigan mukofotingni ham unutma…

Take me home

24 Dec, 10:47


Qu'roni Karim tafsirini o'qish bo'yicha jadval. Alloh manfaatli qilsin!

Take me home

24 Dec, 06:42


Musulmonlarni dushmanlari nahotki bir kun kelib o'lishini unutgan. Dunyo shunchalik unuttirdimi yo...

Take me home

24 Dec, 06:16


Bizni unutmang

Take me home

23 Dec, 17:15


To’g’ri xohishlarim juda ko’p.
Ammo qalbimni tub tubiga qarasam, ne’matlar haqida tafakkur qilsam, men hozirgi holatimda o’zimdagi bor narsalar bilan judayam baxtliman…🍃

Take me home

23 Dec, 09:40


Insonlar sendan mukammalikni istaydi go'yo. Lekin o'zlarining qanchalik nomumakkmmal maxluqot ekanliklarini unutishadi!

Take me home

22 Dec, 05:25


Siz uchun eng yaxshisini istaydigan, sizni yaxshi ko’rsa ham ba’zida bilintirmay o’rniga sizni koyiydigan, qalbidagi duolarida sizni tinmay eslaydigan va buni ham ochiq aytmaydigan ikki inson bu ota onangizdir.

Ikkisi ham tirik bo’lsa ularga yaxshilik qiling.
Vafot etgan bo’lsa ham yaxshilik qiling : haqlariga duo qiling….

Take me home

21 Dec, 15:15


Har kuni ertalab uyg’onar ekanmiz bizda ikkta yo’l turadi.

Qolgan hayotimizni masiyatlar bilan davom ettirish.

Yoki umrimizni insonlarga yaxshiliklar bilan, savob amallarga to’ldirib o’tkazish.

Take me home

21 Dec, 06:01


Hammasi umiding butkul uzulganda boshlansachi…?

Take me home

28 Nov, 14:53


Ba'zida shunday paytlar bo‘ladi: issiq ham, sovuq ham; tinchlik ham, shovqin ham; yorug‘ ham, zulmat ham g‘ashingga tegadi. Tashqi omillar mayli, xatto o‘zing ham o‘zingga ortiqchadek tuyula boshlaysan... Shunday paytda o‘zingni telbaliklardan asra...

(c) zayd qamar

Take me home

27 Nov, 16:56


Matcha love

Take me home

27 Nov, 11:26


Ba'zida huddi shoshilib yashayotgandek tuyilib ketaman. Go'yo hayolimda lahzalarni tutib qololmayotgandekman.

Nafas rostlab qarasam ota onam qariyapti ekan, men bo'lsam ularga hali ham keraksiz harhashalar qilaman.

Do'stlarimdan, qarindoshlarimdan xabar olmayotgan ekanman. Faqat o'zini o'ylaydigan xudbin insonga o'xshab ketayotgan ekanman.
Yo'q bu aybdorlik hissi emas. Shunchaki bir to'xtaganda hayolimga kelgan fikrlar xolos... Siz ham shoshilib yashamayapsizmi...?

Take me home

27 Nov, 07:04


-Axir charchadimda, yurakka yana qancha yara sig'ar ekan?

-U ko'tara oladigan darajada.


"Umidning beshinchi mavsumi"

Take me home

26 Nov, 08:46


Vitamin D dan bahramand bo’lamiz🥹

Take me home

25 Nov, 09:17


Boshimga nima musibat kelsa o’z gunohlarimdan ko’rdim.
Shundan so’ng menda qadarga norozilik qolmadi…

Take me home

24 Nov, 09:34


Rostdan ham...🌱

Take me home

24 Nov, 09:33


Ichingizdagi huzur va sakiynatga erishish uchun yolgʻizlikda qanchadan qancha janglarni oʻtkazganingizni hech kim bilmaydi)

Take me home

22 Nov, 09:59


Unutilmas xotiralar…🍃

Take me home

21 Nov, 17:58


“Duoda sabrli bo'l! Darhaqiqat, kim eshikni ko‘p taqillatsa, u eshikni ochish ehtimoli eng yuqori bo‘lgandir”.

Musannaf Ibn Abu Shayba, 22/6

Take me home

18 Nov, 05:31


Orzudagi ish stoli🧡

Take me home

17 Nov, 18:09


Amallar - sen Allohga taqdim qilayotgan narsalar.
Sen Allohga taqdim qilayotgan narsalar qayda - yu, Allohning senga taqdim qilayotganlari qayda…

Take me home

16 Nov, 06:36


Shu yaqin kunlardagi hayot…

Take me home

15 Nov, 20:15


«Qavmning javobi: «Ularni qishlog'ingizdan chiqarib yuboring, chunki ular juda ham pokiza bo'laveradigan odamlar ekan», deyishlaridan boshqa narsa bo'lmadi». (82 oyat)

Lut qavmining javobi esingizdami?
O’zi gunohkor va fosiq bo’lgan odam halol va pokiza insonlarni yomon ko’radi.
O’zi aroqxo’r bo’lsa ichmaydigan odamlardan nafratlanadi.
Og’ri hamma unga o’xshagan og’ri bo’lishini xohlaydi.
Yomon axloqli kishi odob egasini axloqiga toqat qila olmaydi.

Go’yo haqdagi insonlar gunohdan tiyilib ularni yashashiga halaqit qiladigandek…

(c) darslikdan xulosalar

Take me home

14 Nov, 18:07


Seni qalbing nimani eng koʻp xohlasa shu bilan sabring sinaladi.

Take me home

13 Nov, 07:07


Bu yil ko’p kitob o’qishni o’zimga reja qilmagan edim. Lekin ko’p vaqtim borligi sabab Alloh qodir qilgancha ko’proq kitob o’qishga harakat qilyapman.
1. Mukoshafatul qulub - G’zzoliyning kitobi. Men uchun eng manfaatlilaridan biri bo’ldi. Yana bir bor o’qishim kerak deb yuribman. Nafs islohi, gunohlarga tavba qilish, qalbni sayqallash va shunga o’xshash mavzular keng yoritilgan.

2. Hislatli hikmatlar sharhi 1-2 kitoblar. Shayximizning kitoblaridan biri. Men uchun eng tushunish qiyin bo’lgan kitoblardan biri bo’ldi. Aslida qiyin emas shunchaki meni zehnim bu kitoblarni tushunadigan darajada ochilmadi deb o’ylayman.

3. Tonggi suhbatlar. Menga eng yoqqan kitob. Shunchaki dam olish va tafakkur qilish uchun zo’r kitob. Har xil ibratli hikoyalar va ularning orqasidan undan olinadigan dars berilgan. Shuni o’qiganimdan keyin Tunggi suhbatlarni ham olishga qaror qildim.

4. Gunohi kabiralar. Bu ham G’azzoliyning kitobi. Diniy ilm olish uchun juda yaxshi kitob. Gunohi kabiralarni ko’pini hatto bilamagan ekanman (!) Yana o’qishim kerak esimda qolishi uchun.

5. Chunki Sen Allohsan Meni eng eng eng yaxshi ko’rgan kitobim. Hammaga birdek tavsiya qila oladigan kitobim. Eng kerakli paytda o’qigan kitobim. Shunchaki o’qib ko’ring ko’p narsalarni tafakkur qilishni boshlaysiz. #kitoblar

Take me home

10 Nov, 16:44


Bilasanmi odamlar nimadan taskin izlaydilar?

O’tkinchi muhabbatdan;
To’qima kinolardan;
Mungli musiqalardan;
Insonlarning asli soxta mehribonchiliklaridan…

Aslida hech biri seni yupata olmaydi. Qalbinga haqiqiy taskin berolmaydi.
Hammasi vaqtincha og’riq qoldiruvchi - hechqachon davolamaydigan doriga o’xshaydi…

Take me home

10 Nov, 16:41


Yolg’on narsalardan taskin izlab yurganingni izlagan taskiningni topolmaganingda anglab yetasan.

Ammo haqiqiy taskin aslida nimada ekanini tushuningda buni bila olasan…

Take me home

09 Nov, 05:44


O’ylab qarasam yozganlarimni barchasi avval o’zimni o’zim yupatish uchun, o’zimga o’zim eslatma qilish uchun yozilgan maktublar ekan.

Yana hech kimga aytmagan sirmni ochaymi sizga?

Menga taskin kerak bo’lsa o’zim avval yozganlarimni o’qishni yaxshi ko’raman. Huddi o’tmishdagi men kelajakdagi menga eslatma yozgandek tuyiladi.

Ammo yozganlarim sizga ham taskin bersa, yoki yupatsa demak bu faqat men uchun foyda bo’lmabdi, siz uchun ham hursandman qadrli meni o’qiyotgan omma.🥹🧡

Take me home

07 Nov, 18:58


Kechagina sinovim og’ir bo’ldi ortiq sabrim yetmaydi deb ko’z yoshlar to’kkanim ko’z oldimda…

Kechagina.

Eng og’ir kuningda esa kechagina baxtli edima deysan.
Dunyo hayoti shunday.
O’tmaydi degan og’irqlar ham tez o’tadi aslida faqat sabr har doim qiyin bo’lgan.

Baxtli kunlar ham tez o’tadi.
O’zi vaqt tez o’tadi.
Kechagina go’dak edim,
qachon ulg’aydim deysan.

Huddi bir zum yashagandek bo’lasan aslida bu dunyoda…

#fikrlar

Take me home

07 Nov, 05:24


Afsuski sal puli ko'paysa Alloh meni sevgani uchun boy qildi deydigan insonlar, boshqalarga ham shu fikrni singdiryapti.

Take me home

07 Nov, 05:08


Alloh molu davlatni hammagayam beraveradi, ammo iymonni O’zi sevgan bandalariga beradi.

Eslatma

Take me home

04 Nov, 07:55


Taqdir har doim ham o’zinga o’xshagan insonlar bilan seni yuzlashtiravermaydi.

Yaxshi inson bo’lganing bilan eng yomon insonlar bilan yo’llaring kesishib qoladi ba’zan.
Ulardan ham nimadir o’rgan, ammo ulardan aslo rang olma))

Take me home

02 Nov, 19:08


Dunyodagi eng gunohkor insonni ko’rsang ham undan o’zingni past ko’rgin. Undan yaxshiroqman demagin.

Chunki ikkingizni ham qay holda o’lim bilan yuzlashishingizni bilmaysan…


Darslikdan eshitgan eslatmalarimdan biri

Take me home

02 Nov, 14:30


Alloh qalbingda nimani saqlayotganingni biladi.
Qalbing faqat yaxshiliklarga to’la bo’lsin…🪴

Take me home

01 Nov, 12:01


Odamlarni asl yuzini koʻrishni xohlasangiz shunchaki ularga "yo'q" deb koʻring ))

Take me home

31 Oct, 06:19


Nega bu sodir bo'lyapti deyishni o'rniga bu menga qanday dars beryapti deyishga urinib ko'r...

Take me home

30 Oct, 05:02


Hayotimda yaqinlarim yo'q bo'lib qolishini ba'zida tasavvur qilib ko'raman. Qo'rqib ketaman. Lekin qachondir shu kun kelishini ham aniq bilaman.

Hech kimni o'zimiz bilan qabrga olib keta olmaymiz axir. Hayotimda men sodir bo'lishini biladigan lekin yuzlashishdan qo'rqadigan kunlar qachondir keladi. Bu aniq.

Take me home

28 Oct, 15:13


Kuz ranglari…

Take me home

27 Oct, 12:28


Vaqt o’tib orqaga qarab qilgan ishlaringdan hursand bo’lish - yaxshiyam shunaqa yo’l tutibman deyish ham baxt aslida.

Ammo vaqt o’tib nadomatga sabab bo’luvchi amallarni qilganingni anglash - nihoyatda alamli va og’riqlidir.
Mana shu aslida o’zinga o’zing zulm qilishga o’xshaydi…

Take me home

25 Oct, 15:56


O’ylab ko’rsak qalb kasalliklarini ko’pi, qalb ta’sirlanmay qolishi, hasad, g’iybat, chaqimchilik va hakazo illatlarga sho’ng’ib ketishimizni boshi dunyoga muhabbatdan boshlanar ekan.

Dunyoni sevamiz, pul topishga yaxshi hayotga qiziqamiz, ibodatlarni unutamiz.

Dunyo sevgisi juda xatarli. Seni shunday sehrlaydiki unutasan hammasini: ayniqsa nega yaralganingni…

#fikrlar

Take me home

24 Oct, 06:47


Rejalaring sen xohlagan ko'rinishda amalga oshmasligi mumkin ammo sening tasavvuringdagidan ham a'lo ko'rinishda amalga oshadi. Chunki bu Alloh rejalarining go'zalligidir.

Take me home

23 Oct, 18:01


Ba'zida eng yaxshi koʻrganlaringdan senga ozor yetadi.
Qalb ogʻrigʻi shunday seni parchalarga boʻlgandek boʻladi.

Lekin sen bu ogʻriqlarga aldanma.
Chunki vaqt toʻxtab qolgani yoʻq, u davom etyapti.

Vaqtdagi nasibangni foydali ishlarga qarat.
Kul, mutolaa qil, oʻzingga gul hadya qil. Yaqinlaringni xursand qil.
Robbinga shukur ayt.

Chunki vaqt oʻtib ketyapti...
Sen gʻamgin boʻlsang ham xursand boʻlsang ham u baribir tugab boraveradi.
Sen uni yaxshiliklarga sarfla

#shunchaki

Take me home

22 Oct, 20:04


Taslimiyat kuchi ichingizdagi har qanday olovni oʻchirishi mumkin...

Take me home

21 Oct, 16:35


Insonlarning boshida aytgan gaplariga emas, oxirida qilgan ishlariga qaraladi.
Boshida hamma ham yaxshi…

(c) Nxauthor

Take me home

21 Oct, 10:11


Aslida hayotimiz to’la imtihonlardan iborat.

Take me home

19 Oct, 11:58


Insonni ulg’ayganini qachon bilinadi?

- Muammolardan qochish yechim emasligini tushunib yetganida

- O’z qo’rquvlari bilan yuzlashishni o’rganganida

- O’zining hayotiga va muammolariga faqat o’zi javobgar ekanligini bilganida.

- Qiyin ahvoldaligiga boshqalarni ayblamaganida.

- O’ziga o’zi do’st bo’la olganida.

- Nolish o’rniga har qanday holatda shukur qilishni tanlaganida.

Xo’sh aytingchi insonlarning qanchasi haqiqatda ulg’aygan insonlar?

#fikrlar

Take me home

18 Oct, 20:33


Eng qorong’u tundagina eng yorqin yulduzlar yaqqol ko’rinadi.

Take me home

17 Oct, 20:23


Eh judayam mayda narsalar bilan o’ralashib qolgan odamlar bo’lib qoldik…

Kim kim bilan oila quryapti
Kim kimni tashlab ketdi
Kim qachon bolali bo’ladi
Kim qayerga ketdi

Biz chi biz.
Bugun nima qildik.
Hech bo’lmaganda o’zimizni so’roq qilmadik…

Take me home

16 Oct, 21:45


Ishlaringni barakasi Ota onang sendan roziligiga ham bog'liq ekan.

Take me home

16 Oct, 10:15


Baʼzida hammasini vaqt izmiga tashlab qoʻyish eng toʻgʻri yoʻldek tuyuladi...

Take me home

14 Oct, 09:47


Kuz yomg’iri..

Take me home

13 Oct, 20:24


Hayotda ko’p afsuslandimmi?
Ha afsuslandim.

Lekin o’ylab qarasam afsusdan hech qanday foyda yo’q ekanligini tushundim.

Aslida men qilishim kerak bo’lgan ish o’tgan ishlardan dars olib kelajakda takrorlamaslik - afsus qilmaslikka bugundan harakat qilish ekan…

Take me home

13 Oct, 10:54


Eng yaxshi yo’l- uy tomon yo’l.