Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step @admfin Channel on Telegram

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

@admfin


🇺🇿: Kanal TDYU Ma'muriy va moliya huquqi kafedrasi kanali hisoblanadi va unda Siz:
Ommaviy huquqning asosiy sohalariga oid
Kafedraga oid
Talabalarni va aholini rivojlantirishga qaratilgan ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Murojaat:
@Zoilboyev

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step (Uzbek)

Legal Step / Huquqiy qadam / Правовой шаг ChannelnnAre you interested in the legal field? Do you want to stay up to date with the latest information on public law and the activities of the Faculty of Law and Finance at TDYU? Then the Legal Step channel is perfect for you!nnThis channel is dedicated to providing valuable insights and updates on various aspects of public law, as well as news and events related to the Faculty. Whether you are a student looking to enhance your knowledge or a professional seeking to stay informed, Legal Step has got you covered.nnJoin us on Legal Step channel to access information aimed at the development of both students and the general public. For more details and inquiries, contact @Zoilboyev.n

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

05 Dec, 21:54


https://www.finlex.fi/en/laki/kaannokset/2019/en20190808_20210639.pdf

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

05 Dec, 21:54


📬 "Finnish administrative law and administrative judicial procedure" mavzusida xalqaro seminar o‘tkaziladi.

🇫🇮 Mazkur tadbir Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda Finlandiya Oliy ma’muriy sud raisi, professor Kari Kuusiniemi ishtirok etadi.

Seminar 2024-yil 13-dekabr kuni soat 9:30 da Zoom platformasi orqali ingliz tilida bo‘lib o‘tadi.

📚Seminardan oldin quyidagi materiallar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.


🖇Zoom havola:
https://us06web.zoom.us/j/83612195866?pwd=PoG46cF0Gj2RylGLWakIF6QlHDBNLy.1

ID: 836 1219 5866
Parol: 222018
________________________

📬Состоится международный семинар на тему: "Finnish administrative law and administrative judicial procedure".

🇫🇮 Мероприятие, организованное кафедрой административного и финансового права Ташкентского государственного юридического университета, пройдет с участием председателя Верховного административного суда Финляндии, профессора Кари Куусиниеми.

Семинар пройдет 13 декабря 2024 года в 9:30 утра на платформе Zoom на английском языке.

📚Рекомендуется ознакомиться с нижеперечисленными материалами перед семинаром.

🖇Ссылка на Zoom:
https://us06web.zoom.us/j/83612195866?pwd=PoG46cF0Gj2RylGLWakIF6QlHDBNLy.1

ID: 836 1219 5866
Пароль: 222018
________________________

📬An international seminar on the topic: "Finnish Administrative Law and Administrative Judicial Procedure" will be held.

🇫🇮The event is organized by the Department of Administrative and Financial Law of Tashkent State University of Law and will feature Professor Kari Kuusiniemi, President of the Supreme Administrative Court of Finland.

The seminar will take place on December 13, 2024, at 9:30 AM via Zoom and will be conducted in English.

📚It is recommended to review the following materials before the seminar.

🖇Zoom Link:
https://us06web.zoom.us/j/83612195866?pwd=PoG46cF0Gj2RylGLWakIF6QlHDBNLy.1

ID: 836 1219 5866
Passcode: 222018

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

25 Nov, 08:07


⚡️Mazkur mashg’ulot boshqa kunda ko’chirildi. Kuni va soati to’g’risida qo’shimcha xabar qilamiz.

⚡️Семинар перенесли на другой день. Мы сообщим вам дату и время.

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

24 Nov, 21:07


📌Assalomu alaykum!

Bugun 25-noyabr kuni soat 13:30 da Germaniyaning Regensburg universiteti professori Antje Himmelreich ishtirokida 🇩🇪 “Немецкий кодекс административного судопроизводства – модель для постсоциалистических государств?” mavzusida xalqaro seminar bo’lib o’tadi.

📮 Zoom link
https://us06web.zoom.us/j/88223275662?pwd=6GwvrBhadCWGPQm6WJTi5Nh0iMH6jl.1

ID: 882 2327 5662
Password: 226907

🖇️Barchangizni taklif etamiz.


📌 Здравствуйте

Сегодня, 25 ноября, в 13.30 состоится международный семинар на тему 🇩🇪 “Немецкий кодекс административного судопроизводства – модель для постсоциалистических государств?” с участием профессора Антье Химмельрайх из Регенсбургского университета (Германия).

📮 Zoom ссылка
https://us06web.zoom.us/j/88223275662?pwd=6GwvrBhadCWGPQm6WJTi5Nh0iMH6jl.1

ID: 882 2327 5662
Password: 226907

🖇️ Приглашаем всех интересующих

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

19 Nov, 11:25


🍀Ma'muriy va moliya huquqi kafedrasi jamoasi barcha talabalarga oraliq nazorat imtixonlarini topshirishda omad tilaydi!



🍀Кафедра административного и финансового права желает всем студентам удачи при сдаче промежуточного контроля!

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

13 Nov, 06:55


⚡️“МАНФААТЛАР ТЎҚНАШУВИ ТЎҒРИСИДА”ГИ ҚОНУН КИМЛАРГА ТАТБИҚ ЭТИЛИШИ АНИҚ БЎЛДИ

☑️Қуйидаги давлат органлари ва ташкилотларига:


▪️давлат органлари ва маҳаллий давлат ҳокимияти органларига;

▪️давлат муассасаларига, давлат унитар корхоналарига, давлат мақсадли жамғармаларига;

▪️давлат улуши 50 фоиз миқдорда ва ундан ортиқ бўлган акциядорлик жамиятларига татбиқ этилиши белгиланган.
Тўлиқ рўйхат юқорадаги расмларда кўрсатилган.

Ушбу қонун айни кунда кучга кирмаган, жорий йил 6 декабрдан бошлаб кучга киради.

☝️🏻Рўйҳатдаги Марказий банк ва давлат улуши мавжуд бўлган 9 та тижорат банклари ҳам киритилган. Бошқа банклар эса йўқ.

Рўйҳат Республика идоралараро комиссия томонидан жорий йил 1 июлга қадар шакллантирилиши лозим эди.

Энди қариндош-уруғ бир ташкилотда ишлаши қийинлашади, шунингдек, тадбиркорлик билан шуғулланадиган хизматчилар бу фаолиятини тугатади ёки бошқанинг номига ўтказади.

https://t.me/admfin

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

05 Nov, 14:13


0️⃣0️⃣0️⃣

"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida" gi qonuniga ko'ra mazkur yer uchsatkalariga bo`lgan huquqlarni e'tirof etish uchun belgilangan miqdorlarda bir martalik to'lov undiriladi.

Bir martalik to'lov miqdori:
😀O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga;

😀o‘zboshimchalik bilan qurilgan yakka tartibdagi uy-joylarga bo‘lgan mulk huquqini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tashkil etilgan Ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari (bundan buyon matnda Ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari deb yuritiladi) tomonidan e’tirof etish mumkin deb topilganligi hollariga yoki uni e’tirof etish rad etilganligi yoxud arizalarning ko‘rib chiqilishi bir martalik umumdavlat aksiyasining muddati o‘tganligi sababli yakuniga yetmaganligi hollariga;

😀fuqarolarning bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylariga hamda ular egallagan yer uchastkasiga;

😀xususiylashtirilgan binolar va inshootlar egallagan yer uchastkasiga;

fuqarolarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning va rezident bo‘lgan yuridik shaxslarning qonunchilikka muvofiq mulk (egalik qilish) huquqi e’tirof etilgan binolari va inshootlari egallagan yer uchastkalariga
nisbatan

✳️Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida;
✳️Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida;
✳️viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlardabazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;
✳️boshqa aholi punktlaridabazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida undiriladi.

Bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagilar ozod etiladi:
1) bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;
2) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.


“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan to‘lovning ellik foizi miqdorida undiriladi.

Ushbu qonun qabul qilinganidan 3 oy o'tgach kuchga kirishi belgilangan. Qonun 05.08.2024 sanada qabul qilingan. Demak ertadan kuchga kirishi mumkin.

Asos

https://t.me/admfin

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

04 Nov, 17:53


O'zganing mol-mulkiga zarar yetkazish bilan bog'liq ayrim jinoyatlarning nozik jihatlari.

O‘g‘rilik (JK 169-modda).
Jabrlanuvchining yoki boshqalarning yo‘qligida yoki ular bor bo‘lsada, ularga bildirmasdan o‘zganing mol-mulkini yashirin talon-toroj qilish o‘g‘rilik hisoblanadi.
Bordiyu jabrlanuvchi yoki boshqalar mol-mulkining olinayotganligini ko‘rgan bo‘lsada, lekin aybdor bildirmasdan harakat qilyapman deb o‘ylagan bo‘lsa, bunday qilmishni ham o‘g‘rilik deb tavsiflash lozim.


Talonchilik (JK 166-modda) .
O‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish bilan boshlangan, lekin jabrlanuvchi yoki boshqa shaxslar tomonidan sezib qolinganiga qaramasdan aybdor tomonidan mulkka egalik qilish maqsadida ularning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib qilingan harakatlar talonchilik deb tavsiflanadi.

Bosqinchilik (JK 164-modda).
O‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish bilan boshlangan, lekin jabrlanuvchi yoki boshqa shaxslar tomonidan sezib qolinganiga qaramasdan aybdor tomonidan mulkka egalik qilish maqsadida ularning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib hujum qilib, hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatganda yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitganda bosqinchilik deb tavsiflanadi.

Kissavurlik (JKning 169-moddasi 2-qismi “a” bandi).
Jabrlanuvchining egnida bo‘lgan kiyim-kechagi, qo‘lidagi yoki bevosita yonida bo‘lgan sumka, chamadon va boshqa anjomlaridan sodir etilgan yashirin talon-toroj qilish kissavurlik deb hisoblanadi.

Manbaa

PS: har qanday jinoiy qilmish jazoga muqarrar.

@INSONvaHUQUQ

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

01 Nov, 05:01


O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi tomonidan 2019-2024 yillarda Internet jahon tarmog'idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan deb topilgan hamda O'zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manbaa va kontentlar (materiallar) Ro'yxati

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

31 Oct, 08:32


0️⃣0️⃣0️⃣ • TDYU rektori v.v.b., professor Islambek Rustambekovning “Наши юристы станут локомотивами социально-экономического развития Нового Узбекистана” nomli intervyusi “The mag” jurnalining navbatdagi sonida chop etildi

👉 Batafsil...

0️⃣0️⃣0️⃣ • Интервью с врио ректора Ташкентского государственного юридического университета, профессором Исламбеком Рустамбековым опубликовано в очередном номере журнала «The mag»

👉 Подробнее...

0️⃣0️⃣0️⃣ • An interview with the Acting Rector of TSUL, Professor Islambek Rustambekov, titled "Our lawyers will become the driving force of socio-economic development in New Uzbekistan" has been published in the latest issue of the journal 'The Mag'

👉 More...

⚫️ 🔴 🔵 🟣 ⚪️ @tsulofficial #yangilik #новость #news

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

23 Oct, 13:47


Ishga joylashayotgan talabaning qanday huquqlari bor?

Talaba nechanchi kursdan ta’lim olayotgan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlashi mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli nizomiga ko‘ra, OTMning kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy ta'rif stavkasi singari bazaviy ta'rif stavkasi belgilanadi.

Yuridik va sog‘liqni saqlash sohasi talabalari-chi?

Prezidentning 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qaroriga ko‘ra, Yuriskonsult yordamchisi lavozimida oliy yoki o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoxud Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxs, shuningdek, oliy ta’lim muassasasining “Yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavriat bosqichining bitiruvchi kursi talabasi yoki magistranti ishlashi mumkin.

Qaysi kasbga qanday ma’lumot zarur ekanini qanday bilsa bo‘ladi?

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori (XALIKK-2020)” qarorida ishchi kasb va xizmatchilarning asosiy lavozimlariga ma’lumotning eng past darajasiga qo‘yiladigan talablar belgilangan. Demak, mana shu klassifikatordan kasblarga qo‘yilgan ma’lumotning eng past darajasini bilib olishingiz mumkin.

Bundan tashqari, vazirlik va idoralarning hujjatlarida ham tegishli sohalar bo‘yicha malaka tavsiflari belgilab beriladi.

https://t.me/karimjonovich_j

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

22 Oct, 06:25


❗️ Soliq nazorati

https://t.me/admfin

#soliq #tax

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

16 Oct, 13:48


🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🇺🇿 🤝 🇹🇷 • Turkiyada O‘zbek-Turk huquq kunlari o‘tkazildi

👉 Batafsil va FOTOlar...

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🇺🇿 🤝 🇹🇷 • В Турции прошли узбекско-турецкие дни права

👉 Подробнее и ФОТОграфии...

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🇺🇿 🤝 🇹🇷 • Days of Uzbek-Turkish Law were held in Turkiye

👉 More & PHOTOs...

👍 ❤️ 📩 @tsulofficial #hamkorlik #сотрудничество #cooperation

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

16 Oct, 13:38


Demak, juma kunidan tartib ishlashni boshlaydi.

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

16 Oct, 13:37


#Muhim

Endi mopedlar hamda elektroskuterlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish hamda maxsus haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lish talab etiladi
.

Dvigatelining ish hajmi 25 sm3 va undan ortiq, lekin 50 sm3dan oshmaydigan, shuningdek, elektr dvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, biroq 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometr va undan ortiq, lekin 50 kilometrdan oshmaydigan transport vositalari (moped va skuter) uchun alohida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi hamda bu turdagi transport vositalari belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Foydalanishda bo‘lgan moped va skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida" gi 08.07.2024 yildagi 393-son qarori bilan ushbu tartib belgilamoqda.

Qaror 18-oktabr 2024-yildan boshlab kuchga kiradi. Haydovchilik guvohnomasi berish tartibi esa 2025-yil 1-martdan amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

Moped yoki skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hududiy boshqarmalarining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Yangi moped yoki skuterlar Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

https://t.me/admfin

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

15 Oct, 13:19


💡сегодня мы развеем мифы про модуль «Административное право».
готовы ли вы к новым открытиям?
не упустите возможность быть в курсе и продолжайте следить за нами!

💡Bugun biz "Ma'muriy huquq" moduli haqidagi afsonalarni yo'q qilamiz.

Siz yangiliklarga tayyormisiz?

Yangiliklardan xabardor bo'lish imkoniyatini qo’ldan boy bermang va bizni kuzatishda davom eting!

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

24 Sep, 03:55


📌 Advokatlarga soliq solish masalalari

Safimizga qo`shiling: https://t.me/admfin

#tax #soliq #law

Huquqiy qadam/Правовой шаг/Legal Step

21 Jun, 05:18


❗️ Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i 2/2

https://t.me/admfin

#soliq #tax