Eng Eng Eng... @engengeng888 Channel on Telegram

Eng Eng Eng...

@engengeng888


Eng sara ma'lumotlar faqat bizda...
Zakovat savollari, qisqa faktlar, quiz viktorinalar, qiziqarli ma'lumotlar, xit musiqalar, ibratli postlar, mashhur shaxslardan iqtiboslar, yumoristik xabarlar...

Reklama uchun: @Warrior0798

Eng Eng Eng... (Uzbek)

Eng Eng Eng... Telegram kanalida eng eng ma'lumotlar topiladi! Zakovat savollari, qisqa faktlar, quiz viktorinalar, qiziqarli ma'lumotlar, xit musiqalar, ibratli postlar, mashhur shaxslardan iqtiboslar va yumoristik xabarlar sizni kutmoqda. Bu kanalda siz uchun eng yangi va zamonaviy ma'lumotlar to'plangan. Agar siz ham ma'lumotlar bilan do'stlar va yaqinlaringizni ijobiy tartibsiz, ushbu kanalga obuna bo'lishingizni maslahat beramiz. Kanalda reklama uchun aloqa: @Warrior0798

Eng Eng Eng...

28 Jan, 16:48


#malumot

"Silbo Gomero - hushtak tili"

Silbo Gomero - Kanar orollari tub aholisi orasida shakllangan noyob aloqa usullaridan biri bo'lib, uch kilometrgacha bo'lgan masofada gaplashish imkonini beradi. Bunda siz barmog'ingizni og'zingizga solib, tovush hosil qilasiz va hosil bo'lgan tovushni ikkinchi qo'lingiz kafti yordamida to'g'ri yo'nalishga yo'naltirasiz. Silbo Gomero hushtak tilida ispancha so'zlarni 5ta unli va 4ta undosh tovush ohangi yordamida hosil qilish mumkin. Natijada 4000dan ziyod hushtakli so'zlar shakllanadi.

XVI - asrda La Gomeraning tub aholisi bir-birlari bilan muloqot qilish va masofani qisqartirish uchun shu tilni o'ylab topishgan. Bunday tillardan Gretsiya, Turkiya, Xitoy va Meksikada ham foydalanishgan.

XX-asrda La Gomera hukumati oroldagi barcha maktab bolalariga hushtak tilini o'rganishni majbur qilib qo'ydi. 2009 - yilga kelib bu til YUNESKOning jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

28 Jan, 15:32


#malumot

"Vitelot"

Vitelot - ko'k-binafsha rangli kartoshkaning fransuzcha navi bo'lib, uni boshqa manbalarda "qora truflle" deb atashadi. Belgiya va Fransiyada XIX-asrning boshidan beri yetishtirib kelinadi. Uning po'stlog'i qoramtir ko'k, eti esa to'q binafsha rangda bo'ladi. Mazasi jihatidan yong'oqni eslatib yuboradi. Undan tayyorlangan taomlar ham binafsha rangda bo'ladi.

Vitelot o'ziga yog'ni shimib olmaydi. Shuning uchun ham undan fransuz chipslari tayyorlanadi. Uning nomini Aleksandr Dyuma asarlarida uchratish mumkin.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

28 Jan, 15:16


#fakt

Oltin shov-shuvi davrida Alyaskada kartoshka oltin bilan teng baholangan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

28 Jan, 15:12


#fakt

Kartoshka 80% dan ortiq suvdan iborat. Qolgan foizlarni uglevod "kartoshka kraxmali" tashkil qiladi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

28 Jan, 15:07


#fakt

Ekofaollar taniqli rassom Monening “Pichan gʻarami” asarini kartoshka pyuresi bilan “bejab qoʻyishgan”.

Vandalizm qurboni bo'lgan ushbu asarning qiymati 111 million AQSh dollariga teng.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

28 Jan, 14:28


#malumot

"Rikotta pishlog'i"

Rikotta - italyancha "qayta pishirilgan va tozalangan" degan ma'nolarni beruvchi, Italiyada asosan qo'y suti va zardobidan tayyorlanadigan pishloq turining nomidir. Rikottaning tayyorlanish tarixi juda uzoq o'tmishga borib taqaladi. Ilk bor Rikotta bronza davrida Apennin yarim orolida tayyorlangan. Rikottaning tarixiy mahsulot ekanligiga ko'plab dalillar bor.

Masalan 1580-yil mashhur rassom Vinchesto Kampi shu mahsulotdan ilhomlanib, o'zining "Rikotta yeyuvchilar" kartinasiga qo'l uradi. Kartina keyinchalik Van Gogning "Kartoshka yeyuvchilar" kartinasi yaratilishiga asos bo'lgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

28 Jan, 14:15


#malumot

"Kartoshka puli"

Xodimlarga har yili kuz mavsumida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun taqdim qilinadigan moddiy yordam shakli og‘zaki nutqda «kartoshka puli» deb yuritiladi. Bu pul nima va kimlarga berilishini qonun doirasida o'qib oling.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

28 Jan, 14:05


#fakt

"Tomtato" & "Pomidorfel"

2013-yil Yangi Zenlandiyada olimlar yangi sabzavot turini omma oldida namoyish qiladilar. Ammo bungacha bu sabzavot turini yaratish uchun ko'plab urinishlar bo'lgan.

Yangi sabzavot "tomtato" ya'ni "pomidorfel" deb nomlangan. Rasmda siz hech qanday sun'iy mahsulotni ko'rmayapsiz. Ular ituzumdoshlar oilasiga kiruvchi pomidor va kartoshka gibridi bo'lib, yuqori qismida pomidor, ildizida tuganak hosil qiladi. Mazasi esa odatdagi kartoshka va pomidordan ancha shirin ekanligi isbotlangan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

28 Jan, 13:56


#savol

1853-yilda Germaniyaning Offenburg shahrida Frensis Dreyk haykali o'rnatildi. Mashhur qaroqchi va tadqiqotchi qo'lida gul tutgan holda tasvirlangan. Diqqat savol: qaysi oʻsimlik guli.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

28 Jan, 13:33


#fakt

1950-yilda mashxur jurnalistlardan biri Merilin Monro haqida, "Uning chiroyli siri faqat eng chiroyli va so'ngi modadagi kiyimlarda" - deb aytgan.

Bu fikr xatoligini isbotlash uchun Merilin Monro "kartoshka" qopini kiyib ko'rinish bergan va barchani lol qoldirgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

28 Jan, 12:21


#malumot

"Bu fan nimani o'rganadi" 3-qism

1. Dipterologiya - entomologiyaning pashshalar va chivinlarni o'rganadigan bo'limi.

2. Felinologiya - bu mushuklar haqidagi fan.

3. Gippologiya - otlar toʻgʻrisidagi fan.

4. Ketologiya - kitsimonlar (kitlar, delfinlar, kashalotlar va kasatkalar) haqidagi fan.

5. Kinologiya - bu itlar haqidagi fan.

6. Koleopterologiya - entomologiyaning qo'ng'izlarni o'rganadigan bo'limi.

7. Mirmekologiya - entomologiyaning chumolilarni ilmiy o'rganishga bag'ishlangan bo'limi.

8. Odonatologiya - entomologiyaning ninachilar turkumi vakillarini o'rganadigan bo'limidir.

9. Ortopterologiya - entomologiyaning chigirtkalarni o'rganadigan bo'limi.

10. Primatologiya - maymunlarni o'rganuvchi fan.

11. Rodentologiya - kemiruvchilar haqidagi fan

12. Xiropterologiya - bu sutemizuvchilar orasida yagona havo muhitida yashashga moslashgan ko'rshapalaklarni o'rganuvchi fan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

28 Jan, 10:01


#malumot

"Disleksiya"

Disleksiya - raqamlarni, tarixiy sanalarni eslab qolish qobiliyatining buzilishi, raqamlar va harflar o'rnini almashtirib yuborish, harflarni o'qishda qiynalish bilan xarakterlanadigan irsiy kasallik.

Bu kasallikda 6 va 9 raqamlarini o'rnini almashtirib qo'yish, "top" so'zini "pot" deb yozib yuborish kabi holatlar kuzatiladi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

28 Jan, 09:02


#fakt

"Kartoshka free" XVII asrda Belgiyada o'ylab topilgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

28 Jan, 08:33


#fakt

Kartoshkagul (georgina, dahlia) - murakkabguldoshlar
(qoqio'tdoshlar) oilasiga kiruvchi ko'p yillik, ildizida tuganak hosil qilivchi o'simlik. To'pgullari har xil ranglardagi tilchasimon va naychasimon gullardan tuzilgan. Vatani - Meksika va Gvatemala.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

28 Jan, 08:22


#fakt

Kosmosda birinchi yetishtirilgan sabzavot 1995-yilda kartoshka bo'lgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

28 Jan, 08:18


#fakt

Kartoshka pyuresi alkogol uchun eng yaxshi gazak hisoblanadi - u spirtli ichimliklarning qonga singishini sekinlashtiradi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

28 Jan, 08:02


#malumot

"Kartoshkaga o'rnatilgan haykal

Germaniya Federativ Respublikasida yana bir odatdan tashqari haykal paydo bo'ldi. Bu haykal o'zimizning oddiy kartoshkaga o'rnatilgan. Uning tagidagi granit lavhada "Germaniyada birinchi marta kartoshka 1746-yili shu yerda ekilgan" deb yozib qo'yilgan.

Ma'lumot uchun, kartoshkani birinchi bo'lib Yevropaga ingliz qaroqchisi Frensis Dreyk olib kelgan. Shuning uchun ham aynan, Germaniyada Dreykga haykal o'rnatilgan. Yodgorlik tagida esa quyidagi yozuv bor: "Kartoshkani Yevropada tarqalishiga sababchi bo'lgan kishi".

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

24 Jan, 09:31


Ronaldo kattaroq raqamda o'ynamaydimi afsus)))

Eng Eng Eng...

24 Jan, 09:14


#donatello

Kanal rivojiga hissa qo'shishni istaganlar uchun:

https://tirikchilik.uz/@slimane_my_favourite_singer

@engengeng888

Eng Eng Eng...

23 Jan, 05:55


#fakt

Amerikalik Jon Bardin fizika bo'yicha ikki marta Nobel mukofotini olgan yagona olimdir. 1956-yilda mukofot topshirilgandan so‘ng Shvetsiya qiroli Bardinni marosimga o‘zining uch farzandidan faqat bittasini olib kelgani uchun tanbeh bergan. Fizik esa qirolga keyingi safar albatta barcha farzandlarini olib kelishini aytadi va 16 yildan keyin va'dasini bajardi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

23 Jan, 03:40


#musiqavaqti

Nostalgiya❤️

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

22 Jan, 14:14


#malumot

"Trimatlar"

Tirmatlar - Dian Fossi, Jeyn Gudoll va Birute Galdikas kabi uch ayoldan iborat guruh. Ularni "Liki farishtalari" deb ham atashadi.

Bu uch ayolning barchasi Afrika qit'asidagi primatlar turkumiga kiruvchi maymunlarni o'rganishgani uchun guruhga "trimat" deb nom berilgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

22 Jan, 13:40


#malumot

"Bengal olovi"

Bengal olovi - (nem: "bengalisches feuer") pirotexnika vositasi bo'lib, uchqunlanib yonadi. Uchqun tarkibida oksidlovchi sifatida bariy nitrat, yoqilg'i sifatida alyuminiy va magniy kukuni, simga yopishtiruvchi sifatida dekstrin va kraxmal, uchqun hosil qiluvchi sifatida oksidlangan temir bo'ladi.

Bengallar (Sharqiy Hindistonda yashagan) - bambuk naychalarida selitra, oltingugurt va surma sulfid aralashmasini yoqib, signal sifatida bu olovdan foydalanganlar. Shuning uchun bu pirotexnika vositasi "bengal olovi" deb ataladi.

Sizning yashash hududingizda bu vosita nima deb ataladi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

22 Jan, 12:32


#malumot

"Bu fan nimani o'rganadi" 2-qism

Botanika - (yun: "botane - o't, giyoh, ko'kat") o'simliklarni tashqi va ichki tuzilishini o'rganuvchi fan bo'lib, o'rganish obyektiga ko'ra quyidagi tarmoqlarga bo'linadi.

1. Algologiya (fikologiya) - suvo'tlarni (dengiz suvo'tlarini) o'rganuvchi fan.

2. Briologiya - mox (yo'sin) larni o'rganuvchi fan.

3. Dendrologiya - daraxtlarni o'rganuvchi fan.

4. Fitopatologiya - viruslar, bakteriyalar va zamburug'lar keltirib chiqaradigan o'simlik kasalliklarini o'rganuvchi fan.

5. Lixenologiya - lishayniklarni o'rganuvchi fan. Lishayniklar zamburug'lar va suvo'tlar qo'shilishidan hosil bo'ladi.

6. Mikologiya - zamburug'larni o'rganuvchi fan.

7. Mikrobiologiya - bakteriya va mikroorganizmlarni o'rganuvchi fan.

8. Virusologiya - viruslarni o'rganuvchi fan.

Botanikaning alohida tarmoqlari ham mavjud bo'lib, ular haqida keyingi postlarda bilib olishingiz mumkin. Reaksiya qoldirishni unutmang.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

22 Jan, 07:19


#malumot

"Vinikunka"

Vinikunka - Peruda And tog' tizmasida dengiz sathidan 5200 metr balandda joylashgan manzilgoh.

Bu joyning o'ziga xos jihati shundaki tog' jinslarining turlicha rangda bo'lishidir. Kremniy, fosfor va oltingugurt kabi moddalar bu joy rangiga o'zgacha ta'sir ko'rsatadi. Bu joyning ikkinchi nomi "kamalak tog'i"dir.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

22 Jan, 05:57


#malumot

"Bu fan nimani o'rganadi" 1-qism

Zoologiya - hayvonlarni o'rganuvchi fan. O'rganish obyektiga ko'ra zoologiya fani tarmoqlari:

1. Akarologiya - kanalarni o'rganuvchi fan.

2. Araxnologiya - o'rgimchaklarni o'rganuvchi fan.

3. Batraxologiya - amfibiyalar (baqa) ni o'rganuvchi fan.

4. Entomologiya - hasharotlarni o'rganuvchi fan.

5. Gelmintologiya - parazit chuvalchanglarni o'rganuvchi fan.

6. Gerpetologiya - sudralib yuruvchilarni o'rganuvchi fan.

7. Ixtiologiya - baliqlarni o'rganuvchi fan.

8. Karsinologiya - qisqichbaqalarni o'rganuvchi fan.

9. Malakologiya - molluskalarni o'rganuvchi fan.

10. Mammologiya (teriologiya) - sutemizuvchilarni o'rganuvchi fan.

11. Ornitologiya - qushlarni o'rganuvchi fan.

12. Protozoologiya - bir hujayrali jonzotlar (amyoba, tufelka) ni o'rganuvchi fan.

Bundan tashqari hayvonlarning har bir turini o'rganuvchi alohida fan tarmoqlari mavjud ular haqida keyingi postlarda ma'lumot beramiz. Like bosishni unutmang.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

22 Jan, 04:20


#malumot

"Leprikon"

Leprikon - Irlandiya mifologiyasidagi kichik (bolalardan kattaroq) keksa, soqolli odamcha bo'lib, buzg'unchilikni yoqtiradigan yashil kiyimdagi tilaklarni bajaruvchi sehrgar.

Uning nomi anglo-irland tilida "chap poyabzal" deb tarjima qilinadi. Chunki leprikon poyabzal tikishni yoqtiradi. Shuningdek leprikon oltinlarni yaxshi ko'radi. Uning oltinlari kamalakning tugash nuqtasida (oxirida) yashiringan.

Leprikonlar pivoxo'rlik qilishni juda yoqtirishadi. Qovoqxonalar ularning sevimli joylaridir. Bundan tashqari leprikon omad ramzi bo'lib, to'rt bargli beda (yoncha) bilan ko'rinish beradi.
Hazilkash, nayrangboz, mug'ombir va mitti mavjudotlar sifatida irland madaniyatida o'z o'rniga ega.

Qaysi multfilm yoki filmda leprikon ko'rinish bergan sahnalar mavjud?

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

21 Jan, 18:00


#malumot

"Molossiya - 37 kishi yashaydigan davlat"

Molossiya Respublikasi - 1977 yilda AQShning Nevada shtatidagi Deyton shahri yaqinida tashkil etilgan virtual davlatdir. Poytaxti va eng katta shahri - Boagston.

Molossiyadagi qonunlar va qoidalarga majburiy harbiy xizmat, o'lim jazosi, so'z erkinligi va chekishni taqiqlash kiradi. Shtat aholisi 37 kishi, jumladan, prezident Kevin Baughning o'zi, uning rafiqasi va ikki farzandi. Shuningdek, Molossiya hududida 3 ta it, mushuk va quyon yashaydi. Bundan tashqari, rasmiy ravishda Molossiya hatto kosmik va yadroviy dasturga ega.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

21 Jan, 16:17


#malumot

"Bongu"

Bongu - Papua-Yangi Gvineya xalqlari so'zlashuvchi til hisoblanadi. Bu til muallifi rus olimi Nikolay Mikluxo-Maklaydir. Bu shaxs Bongu qishlog'ida ilmiy izlanishlar olib borgan.

Maklay 350 dan ortiq so'zlar orqali "bongu" tilini yaratgan. Olim rus bo'lganligi uchun bu tilda ruscha so'zlar ham uchrab turadi.

Arbus - tarvuz
Bik - buqa
Gleba - non
Gugruz - makkajo'xori
Tapor - bolta

Yuqoridagi so'zlar "bongu" tiliga rus tilidan o'zlashgan so'zlardir.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

21 Jan, 15:46


#malumot

"Sunyoung"

Sunyoung - yagona davlat imtihoni hisoblanib, koreyslar hayotidagi muhim imtihonlardan biridir.

Har yili 18-noyabr umumta’lim maktablari bitiruvchilari uchun hal qiluvchi kun - imtihon topshirish kuni bo‘lib, uning natijalari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda hisobga olinadi.

Imtihon 8:40 da boshlanadi va 17:45 da tugaydi. Bu davrda avtomashina haydovchilariga signal chalishi, hatto samolyotlarning ovozi halal bermasligi uchun ularning havoga ko‘tarilishi va qo‘nishi taqiqlanadi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

21 Jan, 05:47


Ilmiy maqolalar va tarixiy faktlar haqida ko'proq malumotlar bizning kanalda
https://t.me/kvazar_quasar

Eng Eng Eng...

19 Jan, 13:24


“yaratilgan birinchi tajriba avtomobil tan olishlari uchun ilk sayohatga chiqyapti, qarangki yo'llarda bir necha yoqilg'i quyish shaxobchalarini qurib ulgurishibdi”

Tuningiz osuda o’tsin!

Eng Eng Eng...

19 Jan, 12:16


#kulgivaqti

-Jabrlanuvchi: Hurmatli tergovchi meni xitoylik bir o'g'ri tunab ketdi...

-Tergovchi: O'g'rini yuz tuzilishini tasvirlab bering...

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

19 Jan, 09:51


#mifologiya

"Merisa"

Merisa - Kavkaz mifologiyasidagi asalarilar homiysi. Afsonalarda yozilishicha bir kuni barcha asalarilar qirilib ketgan. Faqatgina bir asalari Merisa libosining yengida jon saqlab qolgan.

Keyinchalik barcha asalarilar o'sha saqlanib qolgan asalaridan paydo bo'lishgan degan afsonalar mavjud.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

18 Jan, 17:51


#musiqavaqti

Yak xanda kun ey gul (bir marta kul ey gul)

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

18 Jan, 16:32


#malumot

Gemolakriya (lot. haemolacria) - ko'z yoshlari bilan birga qonning chiqishi.

Chiqarilgan suyuqlikning rangi zaif rangdan to'q qizil ranggacha o'zgarishi mumkin. Burun va bosh terisidan qon ketishi, bosh og'rig'i bilan birga bo'lishi mumkin.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

15 Jan, 14:12


#malumot

"Google doodle"

Google doodle - turli bayramlar, ixtirolar, mashhur shaxslar hayoti uchun Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi. Doodleda o'sha mashhur shaxsga aloqador voqealar, buyumlar yoki ixtirolar ko'rsatiladi. Yuqoridagi rasmda ulardan bir nechtasi berilgan.

1. Klara Shuman - mashhur nemis pianinochisi. Doodleda uning 8 nafar bolasi va pianino ko'rsatilgan.

2. Diego Maradona - futbolist. Doodleda Argentina bayrog'i va futbol to'pi ko'rsatilgan.

3. Lyudvig van Betxoven - nemis bastakori. Doodleda musiqa notalari yozilgan qog'ozlar va pianino ko'rsatilgan.

4. Merilin Monro - aktrisa. Shamolda qimirlagan kiyimga urg'u berilgan.

5. Rozalind Franklin - biolog. DNK zanjiri ko'rsatilgan.

6. Agata Kristi - ingliz detektiv janr yozuvchi.

7. Janni Rodari - italyan yozuvchisi. Chippolino asariga ishora sifatida piyoz ko'rsatilgan.

8. Yunko Tabei - yaponiyalik alpinistka.

9. Mahatma Gandi - hind siyosiy arbobi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

14 Jan, 18:44


#malumot

Turli davlatlar banknotalarida asosan o'sha davlat uchun xizmat ko'rsatgan siyosiy arboblar, yozuvchilar, kashshoflar, rassomlar, prezidentlar, olimlar, sportchilar, aktyorlar va boshqa mashhur madaniyat arboblari tasvirlanadi. Yuqoridagi rasmda ulardan bir nechtasi keltirilgan.

1. Nikola Tesla - Serbiya dinorida.

2. Mixail Grushevskiy - Ukraina grivnasida.

3. Edmund Xillari - Yangi Zenlandiya dollarida.

4. Simon Bolivar - Venesuela bolivarida.

5. Nelson Mandela - Janubiy Afrika Respublikasi randida.

6. Xo Shi Min - Vietnam dongida.

7. Mariya Kyuri - Polsha złotysida.

8. Lev Yashin - Rossiyada xotira uchun chiqarilgan rublda.

9. Edvard Munk - Norvegiya kronasida.

Shuningdek o'zbek so'mida Mirzo Ulug'bek va Amir Temur kabi shaxslar tasvirlangan. Bundan tashqari pulda yuqolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar va o'simliklar, tarixiy inshoatlar ham tasvirlanadi.

Reaksiya qoldirishni unutmang:

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

14 Jan, 17:54


#fakt

Meksikaning 500 pesolik banknotasida meksikalik taniqli rassomlar Frida Kalo va Diego Rivera tasviri ko'rsatilgan. Bu er-xotin rassomlar Meksika madaniyati va rassomchiligi uchun juda katta ta'sir ko'rsatishgan.

Reaksiya qoldirishni unutmang:

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

14 Jan, 17:23


#fakt

"Silla Chelton"

Silla Chelton (1919-2012) frantsuz teatr va kino aktrisasi. 1990-yilgi "Tati Danielle" filmidagi bosh rolni o'ynashi bilan tanilgan hamda "Sezar mukofoti"ga nomzod bo'lgan.

Tati Danielle (Daniel xola) - 1990 yilgi fransuzlarning qora komediyaga boy bo'lgan filmi. Filmda Danielle Billard 82 yoshdagi armiya polkovnigining farzandsiz bevasi, salbiy rolni gavdalantirgan. U Oserdagi kichik uyida o'zining sodiq uy bekasi Odil bilan yashaydi. Odil esa qandil tozalayotib tasodifan yiqilib tushadi va vafot etadi. Siz bu film haqida qanday fikrga egasiz.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

14 Jan, 14:21


#malumot

2021-yil 15-yanvar kuni yaratilgan Google dudl 1891-yilda basketbol o'yinini ixtiro qilgan kanadalik amerikalik jismoniy tarbiyachi, professor, shifokor va murabbiy doktor Jeyms Neysmit uchun bag'ishlangan.

Jeyms Neysmit 1861-yil 6-noyabrda Kanadaning Ontario shtatidagi Almonte shahri yaqinida tug‘ilgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

14 Jan, 13:36


#fakt

Ushbu Google dudl amerikalik farmatsevt Uilbur Skovil sharafiga chiqarilgan bo'lib, dudl bolgar (paprika) qalampiri, Trinidad chayonlari, jalapeno, ajdaho nafasi, tabasko va pepper X kabi achchiq qalampir turlari bilan bezatilgan.

Chunki Uilbur Skovil achchiqlik shkalasi muallifi hisoblanadi.

*Jalapeno - mayda yashil holatida iste'mol qilinadigan juda achchiq qalampir turi bo'lib, qizargan sari shirinlashib boradi. Shuning uchun jalapeno yashil holatida iste'mol qilinadi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

13 Jan, 07:55


#fakt

Afrika qit'asida joylashgan Tanzaniya davlati oldinroq mavjud bo'lgan Zanzibar sultonligi va Tanganika davlatlarining qo'shilishidan hosil bo'lgan.

Tanganikadan "tan" va Zanzibardan "zan" qo'shimchasini olgan bu davlat Tanzaniya deb nomlangan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

13 Jan, 06:46


#fakt

Chilining 5000 pesolik banknotasida Chili madaniyati va adabiyoti namoyondasi bo'lgan Gabriela Mistral tasvirlangan.

Bu ayol 1945-yil adabiyot bo'yicha "Nobel mukofoti" sovrindori bo'lgan. Mistralning pulda tasvirlanishi Chili hukumati tomonidan unga bo'lgan hurmatni anglatadi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

13 Jan, 06:17


#fakt

2000-yilda zarb etilgan va muomalaga kiritilgan 1 dollarlik AQSh oltin tangalarida hindularning agaydeka qabilasidan bo'lgan ayol Sakajaveya tasvirlangan.

Sakajaveya - Lyuis va Klark ekspeditsiyasida tarjimonlik qilgan hindu ayol. Bu ayol qaysi kinoda ko'rsatilganini eslab ko'ring.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

13 Jan, 05:06


#malumot

"Zebu"

Zebu - tuya sigir, o'rkachli sigir sifatida tanilgan qoramollarning bir turi bo'lib, asosan Janubiy Osiyoda keng tarqalgan. Bu turning boshqa turlardan yagona farqi yelka qismidagi o'rkachidir.

O'rkachda yog' to'planadi. Issiq kunlarda yog' suvgacha parchalanib qoramol chanqog'ini bosadi. Shuning uchun bu turni tropik issiq hududlarda boqishadi. Hindiston va Pokiston hududida juda ko'p zebu zotlari uchraydi.

Hindistonda mashhur "Jallikattu" - "hind korridasi"da zebu buqalaridan foydalanishadi. Chunki sportchi zebuning o'rkachidan qattiq tutib oladi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

12 Jan, 17:37


#fakt

1849-yili AQSH prezidenti etib saylangan senator Devid Atchison bu lavozimda atigi 1 kun ishlagan. Shunda ham, kunning asosiy qismini uxlab oʻtkazgan.

*Takrorlashga urinmang.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

11 Jan, 19:21


#malumot

"Eng chiroyli deb baholangan banknotalar"

1. Janubiy Afrika Respublikasi "katta beshtalik" deb nomlanuvchi milliy valyutasida - sher, fil, karkifon, qoplon va buyvol yuqolib ketayotgan turlar sifatida tasvirlangan.

2. Yangi Zenlandiya 5 dollarida sariq ko'zli pingvin va sariq liliya tasviri ko'rsatilgan.

3. Qozog'iston 10000 tengesida qorda viqor bilan turgan qoplon tasvirlangan.

4. Kolon - Kosta Rika pul birligi (isp. Kristobal Kolon nomi bilan mashhur X. Kolumb sharafiga nomlangan). 2 minglik kolonda akula va dengiz yulduzi tasvirlangan.

5. Gibiskusli Malayziya ringgitlari.

6. Karkidonli Tanzaniya 5000 shillingi.

7. Qorda xokkey o'ynayotgan bolalar tasviri tushirilgan 5 dollarlik Kanada banknotasi.

8. Qatar bir rialida so'fito'rg'ay, ko'rkinak va rjanka qushlari tasvirlangan.

9. Misrning 1 funtlik milliy valyutasi.

Bundan tashqari Gonduras Bagama orollari va BAA pullari, Nigeriya nayralari ham bu ro'yxatda bor. Sizga qaysi banknota yoqdi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

11 Jan, 18:21


#fakt

Ernest Xeminguey mohir mergan boʻlgan. U bahs boylashib, bir odamning labida tutab turgan sigaretani otib tushirgan.

*Takrorlashga urinmang.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

11 Jan, 18:14


#fakt

Jeki Channing onasida xomiladorlik davri 12 oy davom etgan. Uzoq kutilgan Jeki naq 5 kilogramm vazn bilan tug'ilgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

10 Jan, 06:57


#musiqavaqti

Shirin Zaitova - Orom orom❤️

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

09 Jan, 14:44


#elon

Assalomu alaykum hurmatli kanal obunachilari...

Erudit kvartet yoki shaxsiy o'yin uchun savollar tuzib beramiz. Savollar mualliflik va yangi faktlarga boy bo'lishi kafolatlangan. Faqat buyurtmalarni bir necha kun oldindan qabul qilamiz. Shunda savollar sifati yanada oshadi.

Narxlar va buyurtmalar uchun:
@Warrior0798 profili xizmatingizda.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

09 Jan, 07:36


#malumot

"Sergey Bubka"

Sergey Bubka - Ukraina qahramoni, yengil atletikachisi va sport fanlari doktori bo'lib, langarcho'pda sakrash bo'yicha 30 dan oshiq rekordlarni qayd etgan.

1993-yilda Donetskda bo'lgan chempionatda yopiq bino ichida 6 metr 15 sm balandga sakrab jahon rekordini o'rnatgan. Donetskda unga atab 6 metr 15 smlik yodgorlik o'rnatilgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

09 Jan, 03:05


#fakt

Arnold Shvartsnegger doimo o‘zi bilan shug‘ullangan do‘stlariga zararli maslahatlar bergan. Shu sababli u doimo g‘alaba qozongan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

07 Jan, 15:09


🔥 36 ta Zakovat Kanali – Bitta Joyda! 🔥

📚 Bilim doirangizni kengaytirishga tayyormisiz? Endi 36 ta eng qiziqarli va foydali Zakovat kanallari bitta platformada!

🎯 Nima uchun bizga qo‘shilish kerak?
10 000+ savollar va javoblar bazasi
Har kuni yangi faktlar, qiziqarli ma'lumotlar.
Intellektual musobaqalar va mukofotlar.

🌐 Bir joydan turib 36 ta kanal materiallariga ega bo‘ling – ortda qolmang, aqlingizni charxlang!

🏆 Hoziroq obuna bo‘ling va bilim olamiga sho‘ng‘ing!

👉 Barcha kanallar obuna bo'lish
👉
Barcha kanallar obuna bo'lish
👉 Barcha kanallar obuna bo'lish


👩‍🚀 Zakovat – bu faqat o‘yin emas, bu hayot tarzi!

Eng Eng Eng...

07 Jan, 12:01


Zakovatchi qanday faktlarga ko'proq e'tibor berishi kerak? Bilim doirangizni kengaytirishning eng effektiv yo'llari qiziqmi?

Bu savollarga Baxtiyor Xabibullayevning kanalida javob topishingiz mumkin: @baxtiyor_fellx

Kanalda yana nimalar bor?

1. Zakovat o'yinlariga oid kayfiyat ulashuvchi mualliflik memlari.
2. Har tongda mashxur shaxs haqida faktlar biriktirilgan storislar.
3. Intellektual o'yinlarda tushish ehtimoli baland bo'lgan faktlar.

Obuna bo'ling va intellektuallar davrasiga qo'shiling: https://t.me/baxtiyor_fellx

Eng Eng Eng...

06 Jan, 15:19


Yoshligida shu quyonlar iniga kirib uxlashni orzu qilmagan inson bo'lmasa kerak...

@engengeng888

Eng Eng Eng...

06 Jan, 11:50


#fakt

Arablarning aytishicha Damashq shahrining nomi ,,birodarning qoni'' ma'nosini berarkan. Chunki arablar Qobil o'z inisi Hobilni aynan Damashqda o'ldirgan deb hisoblasharkan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

06 Jan, 11:50


#fakt

Shanxaydagi Sheraton mehmonxonasida oyna yuvuvchilar "o'rgimchak odam" kiyimini kiyishi kerak. Bundan maqsad xona ichidagi kishilarni qo'rqitib yubormaslikdir.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

05 Jan, 14:48


#fakt

Afsonaviy Jorj Best Shimoliy Irlandiyada tug'ilgan. Vatanida shunday gap yuradi: "Maradona yaxshi, Pele yaxshiroq, Jorj eng yaxshi".

Futbolchi familiyasi bilan ingliz tilida so'z o'yini qilingan: "Maradona good", "Pele better", "George Best".

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

05 Jan, 14:16


#fakt

Dunyodagi oltita davlatda otalar uchun tug'ruq ta'tillari beriladi. Bunda ular ishdan va o'qishdan vaqtincha ozod qilinadi. Bu davlatlar: Shvetsiya, Islandiya, Sloveniya, Finlandiya, Litva, Portugaliya.

Yaqinda O'zbekistonda ham joriy qilishmoqchi ekan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

05 Jan, 13:48


#fakt

Shvetsariya hukumati aholi tinchligini birinchi o'ringa qo'yishadi. Shvetsariyada ko'p qavatli binolarda soat 22:00 dan keyin shovqin solish va xojatxona suvini tushirish qonunan man qilingan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

05 Jan, 13:28


#fakt

Hech qanday aralashmaga ega bo'lmagan, sof toza oltin shu qadar yumshoq bo'ladiki, uni bemalol qo'lda xamirdek mushtlash mumkin. Ishonmasangiz sinab ko'ring.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

05 Jan, 11:40


Bu aktyor esa hayotta juda bosiq va odobli ekan.

Eng Eng Eng...

05 Jan, 11:29


"Kalmar o'yini" 2 da men uchun rolini eng yaxshi ijro etgan aktrisa.

Eng Eng Eng...

05 Jan, 09:24


#fakt

Sitrus mevalar ustiga yopishtiriladigan nakleykalarni bemalol iste'mol qilsa bo'ladi. Ular iste'molga yaroqli.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

05 Jan, 06:33


#malumot

"Sassetta"

Sassetta - Smurfettaning singlisi ikkinchi ayol smurf bo'lib, Gargamel tomonidan ko'k loyni sehrlab yaratilgan. Shuning uchun Sassetta Gargamelni o'z otasi deb biladi.

Sassetta ekranlarga ko'rinish bergach "Smurfetta tamoyili" o'z kuchini yo'qotadi. "Smurfetta tamoyili" bu - kino olamida bir gala erkaklar orasida faqat bir nafar ayolning ko'rinish berishidir.

Reaksiya qoldirishni unutmang:

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

05 Jan, 06:04


#malumot

"Bengal mushugi"

Leopard mushuk nomi bilan ham tanilgan bu mushuk AQShda ilk bor urchitilgan.

Bu zotning tarixi o'tgan asrning 60-yillarida AQShdagi mushukni sevuvchi Jeyn Millning uyida boshlangan. Uning Malayziya ismli bengal mushugi qora uy mushugi bilan juftlashib, dog‘li mushukchani dunyoga keltirdi. Birinchi pro-bengal, shuningdek, uning avlodlari vafot etdi va zot ustida ishlash faqat 1980 yilda qayta tiklandi.

Reaksiya qoldirishni unutmang:

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

05 Jan, 05:56


#fakt

1872-yil Yamaykada kalamushlar ko'payib ketgani uchun, ularni yo'q qilish maqsadida mazkur davlatga mangustlar olib kelingan. Mangustlar shu darajada ochofat ekanki kalamushlardan tashqari baqalar, kaltakesaklar, ilonlar va hatto qushlarni ham qirib tashlagan.

Hozirda Yamaykaning asosiy muammosi bu - mangustlardir.

@engengeng888

Eng Eng Eng...

04 Jan, 16:44


#malumot

"Kalmar o'yini" filmidagi bosh qahramon rolini ijro etgan aktrisa Chon Xo Yon film chiqqanidan so'ng 3 hafta ichida instagramdagi obunachilari soni naqd 17 million kishiga ko'paygan. Ammo "Kalmar o'yini" ikkinchi mavsumida bu aktrisa ko'rinish bermagan.

@engengeng888

Eng Eng Eng...

03 Jan, 15:50


#malumot

"Yil nomlari" 2-qism

2011-yil - “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”
2012-yil - “Mustahkam oila yili”
2013-yil - “Obod turmush yili”
2014-yil - “Sogʻlom bola yili”
2015-yil - “Keksalarni eʼzozlash yili”
2016-yil - “Sogʻlom ona va bola yili”
2017-yil - “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”
2018-yil - “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”
2019-yil - “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”
2020-yil - “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”
2021-yil - “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”
2022-yil - “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”
2023-yil - “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”
2024-yil - “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”
2025-yil - “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”

Reaksiya qoldirishni unutmang:

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

03 Jan, 15:48


#malumot

"Yil nomlari" 1-qism

1991-yil - “Alisher Navoiy yili”
1992-yil - “Hamshiralar yili”
1993-yil - “Ahmad Yassaviy yili”
1994-yil - “Mirzo Ulugʻbek yili”
1995-yil - “Abu Ali ibn Sino yili”
1996-yil - “Amir Temur yili”
1997-yil - “Inson manfaatlari yili”
1998-yil - “Oila yili”
1999-yil - “Ayollar yili”
2000-yil - “Sogʻlom avlod yili”
2001-yil - “Ona va bola yili”
2002-yil - “Qariyalarni qadrlash yili”
2003-yil - “Obod mahalla yili”
2004-yil - “Mehr-muruvvat yili”
2005-yil - “Sihat-salomatlik yili”
2006-yil - “Homiylar va shifokorlar yili”
2007-yil - “Ijtimoiy himoya yili”
2008-yil - “Yoshlar yili”
2009-yil - “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”
2010-yil - “Barkamol avlod yili”

Reaksiya qoldirishni unutmang:

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

03 Jan, 13:21


#malumot

"Malta isitmasi"

Malta isitmasi (brutsellyoz, qora oqsoq, Gibraltar isitmasi, Bryus kasalligi) - odam va hayvonlarda uchraydigan infeksion kasallik bo'lib, brutsella bakteriyalari qo'zg'atadi. Bakteriyalari suv va tuproqda uchraydi. Dezinfeksiyalovchi vositalar ta'sirida bir necha daqiqada nobud bo'ladi.

Brutsellalar kasal hayvonning suti, siydigi, go'ngi bilan tashqariga chiqadi va tarqaladi. Shuningdek chala pishgan go'sht ham uning tarqatuvchilaridan biridir. Malta isitmasida asosan nerv sistemasi, qon aylanish sistemasi va suyakbo'g'im apparati zararlanadi. Asosiy belgisi uzoq vaqt davomida isitmaning ko'tarilib tushishidir.

Dunyo bo‘ylab har yili 500 000 odam brutsellyoz bilan ro‘yxatga olinadi.

Reaksiya qoldirishni unutmang:

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

27 Dec, 12:53


Qatordan quruq qolmaslik uchun biz ham bir yillik mehnatimiz natijalarini siz bilan bo'lishdik...

Eng Eng Eng...

26 Dec, 16:02


#malumot

"Matrap"

Matrap - kapalak, baliq, bedana va boshqa yovvoyi parrandalarni ovlash uchun ishlatiladigan anjom. Uzun dasta (2,5-3 m atrofida) va uning uchiga oʻrnatiladigan toʻr xaltali chambarak (diametri 1-1,5 m) dan iborat.

Dasta odatda, tol daraxtidan, chambarak tut daraxti novdasidan, toʻr xalta esa bakuvvat paxta ip yoki kapron ipdan tayyorlanadi. Toʻr xaltaning koʻzi ovlanadigan hasharot, baliq yoki parranda chiqib keta olmaydigan kattalikda boʻladi. Parranda yoki kapalak oʻtloqdan uchganida matrap bilan ilib olinadi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

26 Dec, 15:28


#fakt

O‘pishning foydalari!

O‘pishni yaxshi ko‘radigan kishi, o‘pishni sevmaydiganlarga qaraganda o‘rtacha 12 yil ko‘proq yashaydi. Ammo bu o‘pishning barcha afzalliklari emas. O‘pish asab tizimini tinchlantiradi va stressni oldini oladi. Biz o‘pishganimizda, tanamiz nafaqat stress gormonlarini yo‘q qiladigan turli xil biokimyoviy reaksiyalarni boshdan kechiradi, balki baxt gormonlari - endorfinlar ham chiqariladi.

Bir o‘pish uchun tanada gormonlarning tinchlantiruvchi qismi chiqariladi, bu morfinning minimal dozasidan oshadi. Shuning uchun o‘pishni sevuvchilar optimist, o‘z qobiliyatlariga ishonadilar.

Rasmda o'rtada admin.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

25 Dec, 09:37


#musiqavaqti

"Ranjib qaytdim ko'changdan
"

Eng Eng Eng...

25 Dec, 08:26


#malumot

"Geofagiya"

Geofagiya - bu majburan yer, tuproq, kesak, loy va qum kabi birikmalarni iste'mol qilish layoqati hisoblanadi.

Bu holat hayvonlarda, bolalarda va asosan homilador ayollarda kuzatiladi.
Yunoncha "Geo-Yer" + "Phago-ovqat" = geofagiya. *Takrorlashga urinmang.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

25 Dec, 06:52


#malumot

"Ampersand"

Ko'pincha "va" bog'lovchisi sifatida qo'llaniladigan ampersand logogrammasi e va t harflarining ligaturi sifatida paydo bo'lgan - lotincha "va" degan ma'noni hosil qilish uchun ishlatiladi. Atama 1837 yilda umumiy ingliz tiliga kirib kelgan.

*Ligatura ikki yoki undan ortiq harf va shakllarni birlashtirib qisqartma hamda belgilar yasash uslubi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

24 Dec, 03:03


#fakt

1915-yil AQShda tavallud topgan mashhur qo'shiqchi Frank Sinatra 1951-yildagi qattiq sovuq ob-havodan so'ng, o'z joniga qasd qilishni xohlab qoladi. Chunki sovuq ob-havo uning ovoz paychalarini qattiq zararlaydi.

Natijada Frank Sinatra uzoq vaqt ijod qilishdan to'xtab qoladi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

24 Dec, 01:06


#kino

"Uyga qaytish"

Janubiy Koreya kinoijodkorlari tomonidan 2002-yil ishlangan bu dramani yig'lab tomosha qilgan so'ngi avlod biz bo'lsak kerak.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

23 Dec, 12:58


#fakt

Orhan Pamukning bobosida teri rangi paxta kabi juda oq bo'lgan. Shuning uchun odamlar uning bobosiga "pamuk" (paxta) deb laqab qo'yishgan. Bu esa keyinchalik Orhan uchun familiya sifatida qolib ketgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

23 Dec, 11:18


#malumot

"Tuareglar - yoxud Saxara sharpalari"

Tuareglar - (imoshaglar) Mali, Niger, Burkina-Faso, Jazoir va Liviyadagi barbarlar guruhiga mansub xalq bo'lib, matriarxat (ona urug' hukmron) tizimga ega ijtimoiy guruhdir.

Tuareglar - Saxara cho'llarida faol harakatlanadigan xalq bo'lib, doim yuzlari yopiq kiyimlar kiyib yuradigan erkaklardir. Agar ularni yuzini kimdir ko'rib qolsa, o'sha insonni o'ldirishga majbur bo'lishadi. Shuning uchun bu insonlarni "Saxara sharpalari" deb atashadi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

23 Dec, 03:35


Kecha bir tush ko'rgandim. Tushimda bir bolani oilaviy sharoiti yaxshi bo'lmagani uchun darsga kelmaganiga onasini maktabga chaqirishgan edi.

Bugun esa o'sha tushni davomini ko'rdim. O'sha bolani onasi maktabga davomatni yozib yuradigan xodim sifatida ishga kiribdi.

Ertaga voqea nima bo'larkin. Bola uyalib yana dars qoldirarmikan
.

Kimda shunday davomiy tush ko'rish holati bo'lgan.

Eng Eng Eng...

20 Dec, 14:18


#lirika

"Qarg‘alar uchsa qaraylik"

Qarg‘alar uchsa qaraylik
Marg‘ilonning yo‘liga,
Marg‘ilonning yo‘liga.
Hidi kelsa mast bo‘laylik,
Hidi kelsa mast bo‘laylik
Handalakning bo‘yiga,
Handalakning bo‘yiga.

Handalak bo‘ylikkinam,
Siz unda zor, biz bunda zor,
Siz unda zor, biz bunda zor.
To‘ti qushning bolasiday
Ikkalamiz intizor,
Ikkalamiz intizor.

Intizorlik torta-torta
Tanda toqat qolmadi,
Tanda toqat qolmadi.
Yo‘lchilikning holidan
Yurarga holat qolmadi,
Yurarga holat qolmadi.

Yo‘lchilikning holini
Yo‘lda yo‘lovchidan so‘rang,
Yo‘lda yo‘lovchidan so‘rang.
Biz g‘arib bechorani
Aqli raso yordan so‘rang,
Aqli raso yordan so‘rang.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

20 Dec, 11:23


#malumot

"Limbo raqsi"

Limbo - ( inglizcha limber - moslashuvchan) o'yin raqs turi boʻlib, Trinidad va Tobagodan kelib chiqqan. Raqsda oldindan oʻrnatilgan to'sin ostidan oʻtiladi.

Limbo so'zi 16-asrning o'rtalarida paydo bo'lgan. Ba'zi Afrika qabilalarida bu raqs hayotning o'lim ustidan g'alaba qozonishini anglatadi. Ba'zan dafn marosimlarida ishlatiladi.

Raqqos musiqa ritmiga rioya qilib, to'singa yaqinlashadi va go'yo gorizontal holatda raqsga tushayotgandek orqaga egiladi. Agar u to'singa tegsa yoki chalqancha yiqilsa, ball hisoblanmaydi. Agar bir necha kishi bu raqs turida bellashishsa unda to'sin tobora pasaytirib boriladi. Bellashuv toki oxirida bir inson g'olib bo'lgunicha davom etadi. Bu raqs Karib dengizi davlatlarining o'ziga xos belgisi bo'lib, sayyohlar orasida juda mashhur.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

20 Dec, 09:59


#malumot

"Xedbenging"

Xedbenging (Headbanging) - musiqa ritmiga kuchli bosh chayqashni ifodalovchi termin. Boshni chayqashning turlari ko'p bo'lib, odatda pastdan tepaga, chapdan o'ngga va doira shaklida bosh silkitiladi.

Bu atama 1968-yilda Led Zeppelinning AQShga birinchi gastrol safarida Boston choyxonasida bo‘lib o‘tgan konsert chog‘ida birinchi qatorda o‘tirgan tomoshabinlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri sahna oldidagi musiqaga boshlarini chayqaganlaridan so'ng paydo bo'lgan.

Boshni chayqash vaqtida harakat juda kuchli bo'lsa bo'yin umurtqalari jarohat olishi, bosh miyaga qon quyilishi, burun qonashi, orqa miya shikastlanishi mumkin. Insult natijasida tana falaj bo'lib ham qoladi. Jarayon operatsiya bilan tugashi mumkin. Bir qancha rok ijrochilari bu harakat orqali jarohat olishgani ma'lum.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

20 Dec, 07:03


#fakt

"Oliyjanob Kyuri"

Birinchi jahon urushi paytida Mariya Kyuri Nobel mukofotidan qolgan shaxsiy mablag'lariga rentgen portativ apparatlarini sotib olgan. Rentgen apparatlari orqali urushda yaralangan askarlarni operatsiya qilishda jarrohlarga yordam bergan.

Shuningdek Kyuri birinchi jahon urushi davrida Fransiya hukumatiga oltin tanqisligi paytida o'zining ikki dona Nobel haykalchalarini eritib yuborish taklifini bergan. Bu bilan Kyuri o'z xalqiga qo'lidan kelganicha yordam ulashgan.

P/s: Mana nima uchun opani yaxshi ko'raman...

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

19 Dec, 09:03


#fakt

"Oklend - eman daraxtlari mamlakati"

San-Fransiskoni qurish uchun bardoshli yog'och hozirgi kunda asosan Oklendda joylashgan o'rmonlardan kesib olinadi.

Kaliforniyadagi Oklend shahri nomi "eman daraxtlari mamlakti" degan ma'noni anglatadi. Chunki Oklend shahri eman daraxtidan qurilgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

19 Dec, 05:49


#malumot

"Innana"

Uzun yogʻoch yoki taxtani biror gʻoʻla ustiga muvozanatli oʻrnatib, ikki boshiga ikki kishi oʻtirib olib, nav-bat bilan koʻtarilib-tushib oʻynaladigan bolalar oʻyini va shunday moslamaning oʻzi shu nom bilan ataladi.

Mexanik nuqtai nazardan innana richag va tayanch nuqtasidir. Innana shuningdek ikki muvozanatdagi vaziyatli mexanik tizimga oddiy misoldir. Bir tomoni turgʻun, boshqa tomoni esa noturgʻun. Innanalarning joʻn tuzilishi sababli ularga oid masalalar maktab dasturida ishlatiladi.


©ZakoWiki+

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

18 Dec, 13:52


#malumot

"Manneken Pis" haykali

"Manneken Pis" - (gollandcha: "kichkina uchurayotgan bola") Bryusselda o'rnatilgan 55.5 sm lik bronza haykal bo'lib, bu haykal dushmanlar tomonidan shahar devorlari ostida yoqilgan olovni topib, qo'lidan kelgancha uni o'chirishga uringan yigit xotirasiga hurmat sifatida o'rnatilgan.

Haykal favvora ko'rinishini olgan. 1619-yil haykaltarosh Jerom Elder tomonidan o'rnatilgan. Haykal o'z tarixi davomida bir necha bor o'g'irlangan yoki vandallar tomonidan shikastlangan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

18 Dec, 13:31


#fakt

"Persil"

Dastlab "Henkel" kimyo va iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchi nemis kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan "persil" kir yuvish kukuni tarkibi ikki asosiy ingredentdan iborat bo'lgan.

Ular perborat va natriy silikatdir. Bu kir yuvish kukuni nomi perboratdagi "per" va silikatdagi "sil" qo'shimchalari qo'shilishidan hosil qilingan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

03 Dec, 10:57


#fakt

Vagitus - bu yangi tug'ilgan chaqaloqning qichqirig'i hisoblanadi. Eduard Munk o'zining "Qichqiriq" kartinasidagi holatda aynan "Vagitus"dan foydalangan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

03 Dec, 08:28


#fakt

Yaponiyada agar mashina sotib olmoqchi bo'lsangiz, tunda uni qo'yish uchun joyingiz borligini isbotlashingiz kerak. Aks holda mashina sotib ololmaysiz.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

02 Dec, 10:09


#malumot

"Kamembert pishlog'i"

Kamembert - to'liq sigir sutidan tayyorlanuvchi, oq rangli, yog'li pishloq bo'lib, issiq ob-havoda erib, oqish xususiyatiga ega. Biroz qo'ziqorinning nozik mazasiga ham ega. Fransiyada ishlab chiqarilivchi bu pishloq urush yillarida juda mashhur bo'lgan. Erib ketish xususiyatiga ega bo'lganligi uchun bu pishloq turi sentabrdan may oyigacha tayyorlanadi.

Mashhur ispan rassomi Salvador Dali o'zining 1931-yilda chizgan mashhur "Xotira abadiyligi" kartinasi syujetini erib, oqayotgan Kamembert pishlog'i xususiyatlari bilan izohlagan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

02 Dec, 04:57


#malumot

"Dalgona"

Dalgona (koreyscha: danggange) yoki Ppopgi - eritilgan shakar va sodadan tayyorlanadigan koreys shirinligi bo'lib, 1970-1980-yillarda ko'cha shirinligi sifatida mashhur bo'lgan.

Ishtirokchilar igna yordamida dalgonadagi figurani zarar bermasdan qolipdan ajratib olish sahnalari "The Squid Game" ("Kalmar o'yini" 2021) seriyasining birinchi mavsumining uchinchi epizodining asosiy syujetidir.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

01 Dec, 16:04


Qani endi shunday joy bo'lsada to'yib uxlab, hamma narsani unutib yuborsang...

Eng Eng Eng...

01 Dec, 09:34


Diamond jamoasi - Voha kubogi sohibi.🏆

Qashqadaryo viloyat Zakovat klubi rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | TikTok | YouTube

Eng Eng Eng...

30 Nov, 13:48


#malumot

"Uilyam Marston detektori"

"Uilyam Marston - sistolik qon bosim ko'rsatkichlari asosida yolg'onni aniqlash uslubini ishlab chiqqan amerikalik olim, psixologiya fanlari doktori va ixtirochi bo'lib, poligrafiya (yolg'on detektori) yaratuvchisi hisoblanadi.

Marston detektori - inson yolg'on gapirganda bilak arteriyasida sistolik bosim tezlashishi bilan xarakterlanadi. Shu orqali yolg'on gapirgan insonni fosh etish mumkin.

Feminist nazariyotchisi va komikslar muallifi bo'lgan Marston rafiqasi Elizabet bilan birga 1940-yil komikslarda "Mo'jizakor ayol" qahramonini ham paydo bo'lishiga sababchi bo'lgan. Shuningdek Marston Charlz Moulton taxallusiga ham ega edi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

30 Nov, 04:00


#fakt

"Cheggs"

Cheggs - bu shaxmatning bir turi bo'lib, bunda shaxmat donalari o'rniga tuxumlardan foydalaniladi.

Shaxmatning bu turiga nom shu tarzda "Chess (shaxmat) + egg (tuxum) = cheggs" hosil qilingan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

30 Nov, 03:12


#fakt

"6.2 million dollarlik banan"

6.2 million dollarlik bananni sotib olgan xitoylik kriptovalyuta tadbirkori va biznes boshqaruvchisi Jastin San ismli shaxs bananni skochdan yechib olib, yeb qo'ydi. U bananni sotib olgach yeyishini aytgan edi.

Aytishicha bu banan qolgan bananlardan ancha shirin ekan. Mazkur banan italiyalik rassom Mauritsio Kattelanning asari. U ilk bor 2019 yilda Mayamidagi ko‘rgazmada namoyish etilgan va shov-shuvga sabab bo‘lgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

29 Nov, 14:51


#malumot

"Hanako"

Hanako-kun - 2014-yildan beri Yaponiyada seriyalashtirilgan mangadagi hojatxonada yashovchi qahramondir. Hanako yovuzlikka qarshi kurashadi va ruhiy dunyo bilan insoniyat o'rtasidagi muvozanatni saqlaydi. Hojatxonada Hanako ismini aytish uni chaqirishga ishora sifatida talqin qilinadi. Shu sababdan Hanakoni yaponiyalik Plaks Mirtl deb atashadi.

*Plaks Mirtl - "Garry Potter" seriyalarida ko'rinish bergan, hojatxonada yashovchi 13-yoshli yig'loqi qizning ruhidir. Filmda uning rolini 40-yoshli aktrisa Shirli Xenderson gavdalantirgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

28 Nov, 06:17


#malumot

"Zippo zajigalkasi"

Zippo - Bradford (AQSh) dagi kompaniya tomonidan ishlab chiqariluvchi benzinli, metall va shamolga chidamli zajigalkadir. 1933-yildan shu vaqtga qadar 500 milliondan ziyod zippo zajigalkalari ishlab chiqarilgan. Uning misli, kumushli, titanli va oltindan qilingan partiyalari bor.

Zippo zajigalkasini bozorga 1933-yilda Jorj Grant Bleysdell ismli amerikalik tadbirkor ilk bor taqdim etgan.

Zajigalka ayniqsa Vetnam urushi davrida askarlar orasida juda mashhur bo'lgan. U askarlarga ovqatni isitishda asosiy olov manbasi bo'lib xizmat qilgan. Hatto zajigalka ko'plab askarlar hayotini saqlab qolgan. Chunki askarlar cho'ntagida turgan zajigalka o'qni to'xtatib qolgan. Uning Koreya va Vetnam urushi, Cho'l qalqoni operatsiyasi, Cho'l bo'roni va Iroq operatsiyasi uchun bag'ishlangan partiyalari ishlab chiqarilgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

26 Nov, 07:58


#fakt

Yaponiyaning "MuMi" deb nomlangan restoranida yolg'iz o'tirgan inson oldiga yumshoq o'yinchoqlar qo'yiladi. Bu o'yinchoqqa istasangiz sevgi izhor qilishingiz, dardingizni aytishingiz yoki pulini to'lab uyga olib ketishingiz mumkin. U sizga haqiqiy sirdosh va do'st bo'ladi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

25 Nov, 17:08


Qorni orasidan boychechak topdim...
Bahor yaqin...
Endi ishondinglarmi...

Eng Eng Eng...

25 Nov, 05:18


Bahor elchisi azizlar...
Bahor yaqin...

Eng Eng Eng...

25 Nov, 04:30


#fakt

AQSHning Luiziana shtati, Mayyami shahridagi politsiya hududlarida, ma’yus bolalarning ko’nglini olish uchun ayiqcha ko'tarib turuvchi patrullar xizmati bor. Ular xarxasha qiladigan va yig'loqi bolalarga ayiqchani sovg'a qilishadi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

25 Nov, 04:29


#fakt

Hayot haqiqatlariga ko'ra erkak kishi qanchalik ko'p va tez-tez sevishsa, uning yurak xuruji xavfi shunchalik kamayadi. Buni harakat uchun qo'llanma deb qabul qiling.

P/S: Afsuski, bu ayollarga taalluqli emas...

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

24 Nov, 05:59


#fakt

Ikki yaqin inson bir-biri bilan quchoqlashganida ular organizmida oksitotsin, dofamin, endorfin kabi garmonlar jadal sintezlanadi. Bu garmonlar surur va kayfiyat garmonlari bo'lib, har qanday jarohat tezroq bitishi uchun yordam beradi.

Do'stlarni va yaqinlarni asrab avaylay desangiz ular bilan tez-tez quchoqlashib turing.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

24 Nov, 05:11


#malumot

"Aql tish bilan bezatilgan uzuk"

Lukas Anger va Karli Leyfkes tanasidagi tatuirovkalari, aqldan ozar darajada sevgisi bilan hammani hayratda qoldiradigan juftlik hisoblanadi. Lukas o'z sevgilisi Karliga "aql tish" bilan bezatilgan uzuk sovg'a qilgani bilan mashhurdir.

Xellouin bayrami arafasida Lukas o'z sevgilisiga "aql tish" bilan bezatilgan uzuk sovg'a qiladi. Bu bilan Lukas oila qurishga tayyor ekanligini va aqlan balog'atga yetganini isbotlagan. Karli esa bu uzukni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. Hamda u Lukasning tishi har qanday olmosdan ko'ra qimmatliroq ekanini aytdi.

Uzuk gotika uslubida yasalgan va Lukasning "aql tish"i bilan bezatilgan edi. Yuqoridagi rasmda baxtli juftlik va ularning "nikoh uzugi" rasmi ko'rsatilgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

22 Nov, 08:48


🏆Zakovatga doir kanallar to'plami🏆

WikiZen / @WikiZenn

DzenWiki / @DzenWiki

Best facts / @Best_facts1

Zakomaniya / @zakomaniya

Piramidascience / @PiramidaScience

Fenomen / @Fenomen_123

ZakoWiki / @bilimdon_zakovatchi

Bibliosmia / @b1bliosmia

Toponimika / @toponimika_zakovat

De facto / @de_facto_zkvt

WikiTarjima / @wikitarjima

NoPoisk / @NoPoisk

Xyuston bizda muommo bor / @Xyuston

ZakovArt / @ZakovArt

Tarix va toponomika / @toponomik

1000 ta mashhur ayollar / @Buyuk_ayollar

Valkiriya / @Valkiriya_qizlari

Pandora | Qizlar jamoasi /@pandora_jamoasi

Eski savollar / @Eski_Savollar_Bazasi

Statistikalar | Faktlar / @jahon_statistikalar

Urfon intellektual klubi / @urfonklubi

Eng Eng Eng... / @engengeng888

ZAKOVAT 2024 / @bilimzakovatda

Svoyak City / @svoyakcity

Своя игра⚡️ / @shaxsiy_svoya_igra

Kunlik baza savollar kanalı / @kunlik_baza

📊Zakovat yoki umumiy bilimlarga, qiziqarli faktlarga qiziquvchilar uchun kanallarımızni tavsiya qilamiz⚡️

Barcha kanallarga obuna bo'lish
Barcha kanallarga obuna bo'lish
Barcha kanallarga obuna bo'lish

Eng Eng Eng...

20 Nov, 15:00


#malumot

"Ilonbo'yinli toshbaqa"

Ilonbo'yinli toshbaqalar - sudralib yuruvchilar sinfiga mansub jonivorlar bo'lib, Avstraliya, Janubiy Amerika va Yangi Gvineyada keng tarqalgan.

Ular boshlarini ichkariga tortib olisholmaydi. Faqatgina yassi kosalarining yoniga boshlarini qayrib yashirib qolishlari mumkin.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

20 Nov, 08:15


#malumot

"Oymyakon"

Oymyakon - Rossiya hududida, Sibirda joylashgan qishloq bo'lib, aholi yashaydigan eng sovuq hududligi bilan ajralib turadi. Qishloqda 500 dan ortiq inson istiqomat qiladi.

Bu qishloqda ro'yxatga olingan eng sovuq harorat -71,2°C ni tashkil qilgan. O'rtacha qishki harorat -50°C atrofida bo'ladi. Qishloq nomi shu nomdagi daryo nomidan olingan bo'lib, "baliq qishlaydigan joy", "muzlamaydigan suv bo'lagi" kabi ma'nolarda tarjima qilinadi.

Bu yerda mobil aloqa vositalari deyarli ishlamaydi. Dehqonchilik ham qilish imkonsiz. Aholi faqat chorvachilik bilan kun kechiradi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

20 Nov, 03:36


#malumot

"Qimiz, ayron, qimron"

Qimiz - biya sutidan tayyorlanadigan shifobaxsh ichimlik. Har 3 soatda bir marta sogʻiladigan biya sutini sut kislota bakteriyalari va achitqilari bilan maxsus meshlarda aralashtirib tayyorlanadi.

Ayron - qatiqning kuv(guppi)da moyi ajratib olingandan soʻng qolgan suyuq qismi. Oʻzbekistonning ayrim joylarida chalob ham deb ataladi. Qatiq yoki suzmadan suv, ziravorlar, oshkoʻklar, muz qoʻshib tayyorlanadigan chanqovbosar ichimlik.

Qimron - tuya sutidan tayyorlanadigan shifobaxsh ichimlik. Tuya boqiladigan mintaqalarda, qozoqlar, turkmanlar, qoraqalpoqlarda choʻl sharoitida chanqovbosar ichimlik sifatida koʻp tayyorlanadi. Qimizga nisbatan quyuqroq (yogʻ miqdori koʻp). Shifobaxsh, ayniqsa, qand kasalligini davolashda qadimdan qoʻllanib kelingan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

19 Nov, 13:07


#lirika

Bizlar arra tortamiz,
Arramizning tishi yo'q.
Nega arrang tishi yo'q deb,
So'raydigan kishi yo'q.

Bizlar anoyimasmiz,
Pishib ketgan ko'zimiz.
Arra tushgan shu shoxda,
O'tiribmiz o'zizmiz.

Erkin Vohidov

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

18 Nov, 14:51


#malumot

"Darla Sherman"

Darla - Disney va Pixar animatsion filmlarida ko'rinish bergan ikkinchi darajali antagonist hisoblanadi.

U 2003-yilda ishlab chiqarilgan "Nemoni izlab" multfilmida ko'rinish bergan tish shifokori Filipp Shermanning jiyanidir. 8 yoshli bu qiz juda tarbiyasiz va jasur xarakterga ega bo'ladi. Darla tug'ilgan kuni uchun amakisidan Nemoni sovg'a sifatida olmoqchi bo'ladi. Ammo Nemo qochib ketadi. Darla shuningdek "O'yinchoqlar tarixi 3" (2010) va "Dorini izlab" (2016) multfilmlarida ham ko'rinish bergan.

Darla ingliz tilidan kelib chiqqan qizlar ismi bo'lib, "azizim" degan ma'noni anglatadi. Sepkil, qo'ng'ir soch, ko'k ko'zlar uning o'ziga xos ko'rinishidir.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

18 Nov, 03:35


#malumot

"Danakil - syurrealistik cho'l"

Danakil choʻli (Afar choʻli) - Efiopiyaning shimoli-sharqidagi, Eritreyaning janubiy qismi va Jibutining shimoli-gʻarbiy qismidagi choʻl bo'lib, dunyodagi eng xavfli joylardan biridir.

Bu yer zaharli gazlar, tuzlar ajratib chiqaruvchi vulqonlarga, geyzerlarga ega. Hamda haddan tashqari issiq (+50°C) havo haroratini namoyon qiladi. Bu cho'l o'zining saroblari bilan aldaydi. Shuning uchun bu yerni "syurreal manzarali yer" deb atashadi. Bu manzarani ko'rish uchun esa insonlar o'lim xavfini bo'yniga olib, Danakilga kelishadi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

17 Nov, 15:37


#malumot

"Yan Opletal va 17-noyabr kuni"

Yan Opletal - (1914-yil 31-dekabr - 1939-yil 11-noyabr) Pragadagi Karl universitetining tibbiyot fakulteti talabasi bo‘lib, 1939-yil 28-oktabrda Chexoslovakiya mustaqilligi kuni munosabati bilan o‘tkazilgan mitingda otib tashlangan. Jarohati sabab 11-noyabrda vafot etgan.

1939-yil 28-oktabrda Chexoslovakiya mustaqilligi kuni munosabati bilan Yan Opletal va boshqa tibbiyot fakulteti talabalari nemis istilosiga qarshi qarshilik ko‘rsatishga chiqdilar va flayerlar tarqatdilar. Natijada shu kuni Opletal qornidan jarohat oladi.

Shu yilning 11-noyabrida vafot etadi. 16-noyabrda esa dafn qilinadi. Hamda 1939-yil 17-noyabr kuni esa Yan xotirasi uchun Xalqaro talabalar ittifoqi tomonidan "Xalqaro talabalar kuni" sifatida belgilanadi.

Yan Opletal natsizmga qarshi Chexiya qarshiligining ramziy figurasi sifatida ko'riladi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

17 Nov, 04:57


#malumot

"Ursula"

Ursula - 1989-yil Disneydagi "Kichik suv parisi" multfilimida ilk bor ko'rinish bergan sakkizoyoq bo'lib, yovuz dengiz jodugari sifatida talqin qilingan. Ursula Tritonning singlisi, Poseydonning qizi. Ariel esa Ursulaning jiyani.

Multfilmda yovuz Ursula Arielni insonga aylantirib, akasi qirol Tritonning o'rnini egallamoqchi bo'ladi. Ursula Atlantika okeanida yashaydi. Bu haqidagi ma'lumotlar Hans Kristian Andersenning 1837-yil yozilgan "Kichik suv parisi" nomli ertagida keltirilgan. Ursula otasi Poseydon vafot etgach "nautilus"ni meros sifatida o'ziga olib qoladi. Triton esa "trident"ga ega chiqadi va dengizlarni boshqaradi.

2023-yilda chiqarilgan filmda Melissa Makkarti Ursula rolini gavdalantirgan. Multfilmda ham, filmda ham Ursula o'z maqsadlariga erisha olmaydi. Ma'lumotlarda yozilishicha Ursula va Kruella Malefisentaning qizlari ekan.

Reaksiya qoldirishni va kanalga do'stlaringizni taklif qilishni unutmang:

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

16 Nov, 14:09


#malumot

"Aytuza"

Aytuza (Aithusa) - Merlin tufayli tuxumdan chiqqan urg'ochi oq ajdaho. Aytuza keyinchalik Morgananing yaralarini davolab hayotini saqlab qolgan. U Morgana bilan birga Artur, Merlin va Kamelotga qarshi makkorlikda qatnashadi.

Aytuza Merlin tuxumni Ashkanar qabridan qutqargach paydo bo'ladi. Merlin ajdahoga Aytuza deb nom bergan. Aytuza keyinchalik uch yil ichida Morgana bilan birga Amatalik Sarrum tomonidan qo'lga olinib, zindonga tashlangan. Zindonda aytuza tobora kattalashib boradi va Morgana bilan tor joyda qolib ketadi. Natijada aytuza qiyshayib, nogiron bo'lib qoladi.

Zindondan chiqqach aytuza Morgananing ittifoqchisi Mordredga nafasi bilan qilich yasaydi. Aytuza sakslar bilan jang vaqtida Kamelotga qarshi ritsarlarga havodan hujum qiladi. Merlin esa sehr bilan aytuzani haydab yuboradi. Shundan so'ng uning taqdiri noma'lum.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

15 Nov, 16:51


#fakt

"Eng qimmat qovun navi"

Yubari - Yaponiyaning Xokkaydo orolida tarqalgan Yubari provensiyasi qiroli sharafiga nomlangan qovun navi bo'lib, dalada bir dona qovun 200$ dollar baholansa, supermarketlarda bir juft qovun 28ming dollar turadi. Yaponlarning eng qimmat delikates taomidir.

Uning ta'mi tarvuz, ananas va qovun tamlari qorishmasini eslatib yuboradi.

P/S. Bir tilim bo'lsa yo'q demasdim.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

14 Nov, 18:07


#malumot

"Konjenital analjeziya"

Konjenital analjeziya - (congenital analgesia) - og'riqqa tug'ma befarqlik bo'lib, hech qanday og'riqni his qilmaslik bilan xarakterlanadi.

Bu kasallikda og'riq sezilmasada, jarohat tufayli inson nobud bo'lishi mumkin. Bu kasallikda insonlar bolalik davridayoq nobud bo'lishadi. Tirik qolgan insonlar esa kasallikning eng og'ir formalarida nobud bo'lishi mumkin. Misol uchun inson tanasi kuyib ketsa ham og'riqni his qilmaslikdan.

Bu holat miyada endorfin ishlab chiqarish ko'payishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin deb taxmin qilinadi.


Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

14 Nov, 16:45


#malumot

"Chand Baori zinapoyali quduq"

Chand Baori - Hindistonning Rajastan shtatida joylashgan zinapoyali quduq bo'lib, taxminan 30 metr chuqurga cho'zilgan.

Chand Baori Hindistondagi eng chuqur va eng katta quduqlardan biridir. Uning qurilishi 8-9-asrlarga tegishli bo'lib, Nikumb sulolasi hukmdori Raja Chanda nomi bilan atalgan. Quduq ichida harorat pastroq bo'lgani uchun issiq kunlarda mahalliy aholi undan dam olish maqsadida ham foydalanishadi.

Teskari piramida shaklida qurilgan Chand Baori 13 qavat bo'lib, 3500 ta zinapoyaga ega. Bu zinapoyali quduqni qaysi filmda ko'rganingizni eslang.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

14 Nov, 16:00


#fakt

Bolivar - Lotin Amerikasi erkaklari kiyadigan silindr shlyapa, mashhur xalq qahramoni - Simon Bolivar nomidan olingan. Bolivar pul birligi ham shu shaxs nomidan kelib chiqqan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

14 Nov, 04:07


15. Mavzu: -Faqat toshdan yasalgan-

10. 2008-yilda vandallar uning bir qismiga zarar yetkazgach Britaniya hukumati bu yodgorlik atrofini 6 km gacha qo'riqlashni boshladi. Yodgorlik nomi.

20. Daniyalik olim Tomsen 1983-yil Urxun yozuvini o'rganib undagi yozuvlarni o'qishga muvaffaq bo'lgan. Uni uch so'zda ayting.

30. U dunyoning yangi 7 moʻjizasidan biri bo'lib, yunonchadan tosh deb tarjima qilinadi.

40. Ularning soni hozirda 887ta bo'lib, gavayi tilida "haykal" deb tarjima qilinadi.

50. Bu Fransiyadagi eng qadimiy yodgorliklardan biri bo'lib, taxminlarga ko'ra bu yodgorlikdan osmon jismlarini o'rganishda foydalanishgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

13 Nov, 15:23


#malumot

"Dalay Lamalar"

Dalay Lama - bu vaqtinchalik Tibet hukmdori vazifasini o'tovchi shaxsdir. Ularning soni hozirgi kunga kelib 14 nafarni tashkil etadi.

1. Gedun Drupa (1391-1474)
2. Gedun Gyatso (1475-1542)
3. Sonam Gyatso (1543-1588)
4. Yonten Gyatso (1589-1617)
5. Lobsan Gyatso (1617-1682)
6. Sanyan Gyatso (1683-1706)
7. Kelzan Gyatso (1708-1757)
8. Jampel Gyatso (1758-1804)
9. Luntok Gyatso (1805-1815)
10. Sultrim Gyatso (1816-1837)
11. Xedrup Gyatso (1838-1856)
12. Trinli Gyatso (1857-1875)
13. Tubten Gyatso (1876-1933)
14. Tenzin Gyatso (1935)

*1707-yilda e'lon qilingan va oltinchi Dalay Lama bo'lishi kerak bo'lgan Yashe Gyatso Tibet xalqi tomonidan Dalay Lama deb qabul qilinmagan. Yuqoridagi rasmda 1 dan 8 gacha va 14-Dalay Lama ko'rsatilgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

13 Nov, 13:41


#savol

Meksikalik rassom Frida Kalo butun umri davomida Pau Grande shahrida tug'ilgan fuqaroning muammosiga o'xshash muammo tufayli uzun yubka kiyib yurishga majbur bo'lgan. Diqqat savol: Pau Grandelik shaxs kim?

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

12 Nov, 17:57


#fakt

"Shakira sharafiga nomlangan ari"

Shakira ari (aleiodes shakirae) - 2014-yil aniqlangan yovvoyi ari turi bo'lib, parazit tarzda hayot kechiradi.

Ari parazitlik qiladigan organizmni chaqqanida, xo'jayin organizm qorin qismini juda ko'p qimirlatadi. Bu xuddi Shakiraning "qorin qimirlatish raqsi"ni eslatib yuboradi. Olimlar shuning uchun bu turni Shakira ari deb nomlagan.

Reaksiya qoldirishni va kanalga do'stlaringizni taklif qilishni unutmang:

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

12 Nov, 05:38


#malumot

"80 yoshida Everestni zabt etgan Yuichiro Miura"

Yuichiro Miura - 1932-yil Yaponiyada tavallud topgan alpinist va yapon chang'ichisi. U ko'plab tog'larga tirmashib chiqqan, shuningdek ko'plab tog'lardan chang'ida sirpanib ham tushgan. Jumladan Tasman muzliklaridagi Kuk tog'iga va Alp tog' tizmalariga sayohat qilgan. Yaponiyadagi barcha cho'qqilardan pastga qarab chang'ida sirpanib tushgan.

Uning eng mashhur ishi 80 yoshida Everestni zabt qilganidadir. Bu bilan u dunyoda Everestni zabt qilgan eng qari inson unvonini olgan. Miura Everest tepasida kameralarga qo'l silkitib, do'stlariga salom yo'llagan kamtar insondir.

1970-yil ilk bor Everestdan pastga chang'ida uchib tushgan. Uning qahramonligi 1975-yil "Everestdan tushgan odam" nomli filmda aks etgan.

Reaksiya qoldirishni va kanalga do'stlaringizni taklif qilishni unutmang:

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

11 Nov, 11:03


#savol

Bir kollajda uch inson tasvirlangan. Insonlar yonida esa uni ko'rishingiz mumkin. U insonlarga bag'ishlab dunyoning yaratilishi, 1687-yil va 1976-yil ham mos ravishda yozib qoldirilgan. Diqqat savol: bu insonlar kimligini va ularning yonida ko'rsatilgan uni yozib bering.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

11 Nov, 09:32


#malumot

"Dronkeylar"

Dronkeylar - "Shrek" multfilmining ikkinchi va uchinchi qismlarida ko'rinish bergan gibrid mavjudodlar bo'lib, eshak va ajdardan dunyoga kelishgan.

Dronkeylar soni oltita bo'lib, uch nafari urg'ochi, uch nafari erkak jinsidadir. Multfilmda Shrekning do'sti bo'lgan eshak ularning otasi, Fiona minorasining qo'riqchisi bo'lgan ajdar esa ularning onasi sifatida ko'rinish bergan.

Dronkeylar:

1. Debbi (qiz)
2. Parfe (og'il)
3. Koko (qiz)
4. Banana (og'il)
5. Peanut (og'il)
6. Ekler (qiz)

Bu gibrid jonivorlar ayrimlarining nomi ular yaxshi ko'radigan taomlar yoki mevalar nomidan olingan. Ularning umumiy dronkey nomi esa (Dragon + Donkey = Dronkey) shu tarzda hosil qilingan. Dronkeylar juda quvnoq va doim otasiga yordam berib yuruvchi mavjudotlardir.

Reaksiya qoldirishni va kanalga do'stlaringizni taklif qilishni unutmang:

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

11 Nov, 03:03


#malumot

"Jakalopa"

Jakalopa - Shimoliy Amerika folkloridagi shoxli quyon, afsonaviy hayvon. Jakalopa so'zi quyonning jackrabbit turi nomi va antilopa nomining qo'shilishidan hosil qilingan.

1932-yilda Duglasdagi o'rmondan Xerrik akasi bilan quyon ovidan qaytganida quyon tanasini taksidermiya do'koniga tashlab ketishgan. U yerda quyon tanasi bir juft kiyik shoxlari yoniga kelib qolgan. Hayvonlarning tasodifiy kombinatsiyasi Xerrikga jakalopa yaratish g'oyasini bergan. Xerrik Duglasda jakalopa boshini sotuvchi do'kon ochgan. Shu tarzda Shimoliy Amerikada taksidermiya usulida jakalopa ko'rinishini hosil qilish ommalashgan.

Keyinchalik jakalopa boshini va otkritkalarini sotuvchi do'konlar boshqa joylarda ham ochilgan. Miksika san'at va dizayn jurnali, Avstraliya pivo kafesi jakalopa nomi bilan atalgan. R. Reyganning taksidermik "jakalopa"si bo'lgan.

Taksidermiya - hayvon tanalarini maxsus kimyoviy moddalar yordamida, tirikdek ko'rinishda qotirib saqlash usuli.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

11 Nov, 01:53


#fakt

"Qora tarvuz"

Yaponiyada yetishtiriladigan tarvuz navi bo'lib, bir donasi 5000$ narxda sotiladi. Bu dunyodagi eng qimmat tarvuz navidir. Mazasi esa qolgan barcha tarvuzlarni ortda qoldiradi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

10 Nov, 17:24


#fakt

"Rim yoquti"

Rim yoquti - eng qimmat uzum navi bo'lib, bir bosh uzum 4 ming dan 12 ming dollargacha baholanadi. Bir uzum donasi 30 grammgacha tosh bosib, 360 dollargacha narxlangan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

10 Nov, 09:53


#musiqavaqti

Gloria Gaynor - I Will Survive❤️

Har doim qo'shiqlarim orasidan o'chirib yubormoqchi bo'laman. Ammo ko'zim qiymaydi. Juda zo'r qo'shiq bo'lganda o'ziyam.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

08 Nov, 14:39


14. Mavzu: -Javoblarda hayvon nomlari qatnashadi-

10. Artur Shopengauerning bir hikoyasida yaqin munosabatlarda yuzaga keladigan qiyinchiliklar yozib qoldirilgan. Bu hikoya qaysi terminning kelib chiqishiga asos bo'lgan.

20. Braziliyaliklar tarixida mavjud bo'lgan hokimiyat va saylovlarga norozilik sifatida ishlatiladigan bu iborani ikki so'zda ayting.

30. O'tgan asrning 90-yillarida undagi a'zo insonlar soni 200 ga yaqinlashgan. Bu yashirin tashkilot olmoslar o'g'irligi bilan shug'ullangan. Tashkilot nomini ayting.

40. Inson o’zining bosqichma-bosqich mag’lubiyatga yoki halokatga qarab borayotganini bilib turib, qiyinchiliklarga dosh berishga majbur bo’lish holati shu sindromga misol bo'ladi.

50. Bu ibora birinchi marta 1940-yillarning oxiridagi sovet hazillarida paydo bo'lgan, ilmiy kashfiyotlar tarixini siyosiy maqsadlarda buzib ko'rsatishga urinishlarni masxara qiluvchi fraza hisoblanadi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

08 Nov, 13:33


#malumot

"Indikator"

Kimyoviy indikatorlar (lot: "indico" - ko'rsataman, aniqlayman, inglizcha: "indicate" - ko'rsatuvchi) - bir jarayonning borishini qulay holatda aks ettiruvchi moddalar bo'lib, bu tushunchani ilk bor XVII asrda ingliz olimi Robert Boyl kiritgan. Bu moddalar eritma muhitini aniqlab beradi. Muhit neytral, kislotali, ishqoriy bo'lishi mumkin.

Indikator moddalar:

1.Lakmus qog'ozi
2.Metiloranj (metil zarg'aldog'i)
3.Fenolftalin
4.Pion yaproqlari
5.Brilliant ko'ki yoki yashili (zelyonka)

Lakmus qog'ozi - neytral eritmada binafsha, kislotalida qizil, ishqoriyda ko'k rangni beradi.

Metiloranj - neytral eritmada to'q sariq, kislotalida qizil, ishqoriyda sariq rangni beradi.

Fenolftalin - neytral eritmada rangsiz, kislotalida rangsiz, ishqoriyda pushti rangni beradi.

Pion yaproqlari - neytral eritmada jigarrang, kislotalida yorqin qizil, ishqoriyda yashil rangni beradi.

Zelyonka - neytral holatda ko'k, kislotada sariq, ishqorda rangsizlanadi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

08 Nov, 10:59


#iqtibos

"Keyin pushaymon bo'lmaslik uchun: Xursandligingda so'z berma. Xafaligingda javob berma. Jahling borida qaror chiqarma".

Jaloliddin Rumiy

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

07 Nov, 17:06


13. Mavzu: -Matritsada at-

10. Kino olamida suratga olingan filmdagi kadrlarda faqat bir nafar ayol ko'rinish berish sahnalari ushbu termin bilan ataladi.

20. Islom olamining Marko Polosi laqabiga ega bu insonning tavallud topgan joyi kordinatalari Marokashning Tanjer hududini ko'rsatadi. Shuning uchun uning ismida at-Tanjiy jumlasi ham uchraydi. Kim?

30. U Yaponiyadagi turli mintaqalarda turlicha uzunlikda bo'ladi. Tokioda 1.76 metr bo'lsa Nagoyada 1.82 metr. Kiotoda an'anaviy ravishda 1.91 metrgacha bo'ladi. U uchun asosiy xomashyo kanop tolasidir.

40. Etorre ismli shaxs o'zi yaratgan bu avtomobilni bezashda otasi Karloning mahoratidan foydalangan. 1909-yil Fransiyaning Molshaym shahrida tashkil etilgan avtomobil nomini ayting.

50. Polshada istiqomat qiluvchi ksenofob qatlam bu yozuvchini irqchi sifatida qoralagan. U o'z asarlari orqali o'zini Kanadalik yozuvchi Margaret Atvudga qiyoslagan. Kim.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

07 Nov, 16:44


#kulgivaqti

-Oshni go'shti tugashi bilan qorni to'yib qoladiganlarga xayrli tun...

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

07 Nov, 07:59


#malumot

"Uillard Uigan"

Uillar Uigan - (1957-yilda yamaykalik muhojir oilasida tug'ilgan) Angliyalik mikro miniatyurachi.

Uning ishlari odatda igna teshigiga yoki igna boshiga joylashtiriladi. Bitta haykal 0,005 mm (0,0002 dyum) gacha kichik bo'lishi mumkin. Yuqorida siz uning ijodidan namunalarni ko'rib turibsiz.

👉Ulanib oling:
@artosfera777

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

07 Nov, 04:28


#malumot

"Zinapoyadagi Madonna"

Mikelanjelo Bounarroti 1491-yil

Mikelanjelo tomonidan ishlangan relyefli haykal. Haykal Florensiyadagi Casa Bounarroti muzeyida saqlanadi. Italiyalik rassom bu haykalni tugatganida atigi 15-17 yoshlarda atrofida edi. Bu asar haqidagi dastlabki ma'lumotlar Jorjio Vasarining "Eng zo'r rassomlar, haykaltaroshlar va me'morlar hayoti" kitobining 1568- yilgi nashrida bo'lgan.

👉 Ulanib oling:
@artosfera777

@engengeng888

Eng Eng Eng...

06 Nov, 09:16


#malumot

"O'z zamonasida taqiqlangan asarlar"

1. "Uliss" - Jeyms Joys.
2. "Geklberri Finning sarguzashtlari" - Mark Tven.
3. "Kandid" - Volter.
4. "Ajib yangi dunyo" - Oldos Xaksli.
5. "1984" - Jorj Oruell.
6. "Javdarzordagi xaloskor" - Jerom Selinjer.
7. "Sichqonlar va insonlar" - Jon Steynbek.
8. "Tom tog'aning kulbasi" - Garriet Bicher Stou.
9. "Pashshalar hukmdori" - Uilyam Golding.
10. "Shaytoniy oyatlar" - Salmon Rushdiy.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

05 Nov, 15:33


12. Mavzu: -Kimyoviy elementlar-

10. 1829-yil Yans Yakob Bersilius bu radioaktiv elementni kashf etgach uni Skandinav xudosi sharafiga nomlagan. Bu skandinav xudosi ilk bor 2011-yil Marvel olamida Kris Xemsvort tomonidan gavdalantirilgan. Qaysi element.

20. Bu oqish-kulrang metalni 1879-yilda shved kimyogari Kleve aniqlagan. Hamda bu elementni o'zi tug'ilgan davlat poytaxti sharafiga nomlagan. Qaysi element.

30. Bu element o'z nomini nemislarning Nikolay nomli yovuz tog' ruhi sharafiga olgan.

40. U 2004-yilda rux va vismut yadrolarining qo'shilishidan olingan bo'lib, Yaponiya sharafiga nomlangan. Qaysi element

50. Mendeleyev davriy sistemasida osmon jismlari sharafiga nomlangan elementlar orasida Shu element Merkuriy sayyorasiga bag'ishlangan. Element nomini ayting.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

05 Nov, 13:08


#fakt

Saksafon - musiqa asbobini yaratgan usta, olim Gektor Berlioz oʻz ijod mahsuliga yaqin doʻsti Adolf Saksning nomini beradi va saksafon deb ataydi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

05 Nov, 06:12


#malumot

"Befstrogan"

Befstrogan - fransuz oshpazi Andre Dyupon tomonidan o'ylab topilgan bo'lib, rus grafi Aleksandr Grigoryevich Strogonov sharafiga nomlangan.

Fransuzchadan bu taom nomi "Strogonovcha tayyorlangan goʻsht" degan ma'noni bildiradi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

05 Nov, 06:08


#malumot

"Boykot"

Boykot - ish tashlash ma'nosida keladigan bu so'z, Irlandiyaliyalik yollanma dehqon Charlz Boykot nomidan kelib chiqqan.

Boykot pudratchi yaxshi haq to'lamagani uchun bir nechta dehqonlar bilan ish tashlagan va bu haqida Britaniya matbuotida maqolalar chiqqan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

05 Nov, 05:21


11. Mavzu: -2010-yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionatiga aloqador faktlar-

10. Sepedilar tilida u Lepatata deb nomlangan. 1870-yil yaratilgan kartinada uni puflayotgan ayolni ko'rishimiz mumkin. U nima?

20. Zulu tilida uning tarjimasi "baxtli bo'l" deya yangrasada, ammo u ko'plab futbolistlar tomonidan yomon qabul qilingan. Natijda 2012-yilga kelib u boshqa ishlab chiqarilmagan.

30. U o'z nomini Janubiy Afrika so'zining qisqartmasi va o'n sonining Afrika tillaridagi talaffuzi qo'shilishidan olgan. Uning sochini yashil rangda bo'yalgani antropomorflanganini bildiradi. U.

40. 2010-yil Janubiy Afrikadagi futbol bo'yicha Jahon chempionatida futbolislar orasida u mashhur bo'lib ketdi. Uni qo'l va oyoqni harakatga keltirib yaratish mumkin.

50. 2010-yil 11-iyul kuni bo'lib o'tgan JCHning final o'yini Yoxanesburgdagi aynan shu stadionda bo'lib o'tgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

04 Nov, 13:01


🏆Zakovatga doir kanallar to'plami🏆

WikiZen / @WikiZenn

DzenWiki / @DzenWiki

Best facts / @Best_facts1

Zakomaniya / @zakomaniya

Piramidascience / @PiramidaScience

Fenomen / @Fenomen_123

ZakoWiki / @bilimdon_zakovatchi

Bibliosmia / @b1bliosmia

Toponimika / @toponimika_zakovat

De facto / @de_facto_zkvt

WikiTarjima / @wikitarjima

NoPoisk / @NoPoisk

Xyuston bizda muommo bor / @Xyuston

ZakovArt / @ZakovArt

Tarix va toponomika / @toponomik

1000 ta mashhur ayollar / @Buyuk_ayollar

Valkiriya / @Valkiriya_qizlari

Pandora | Qizlar jamoasi /@pandora_jamoasi

Eski savollar / @Eski_Savollar_Bazasi

Statistikalar | Faktlar / @jahon_statistikalar

Urfon intellektual klubi / @urfonklubi

Eng Eng Eng... / @engengeng888

ZAKOVAT 2024 / @bilimzakovatda

Orif Tolib / @oriftolib

Своя игра⚡️ / @shaxsiy_svoya_igra

📊Zakovat yoki umumiy bilimlarga, qiziqarli faktlarga qiziquvchilar uchun kanallarımızni tavsiya qilamiz⚡️

Barcha kanallarda obuna bo'lish
Barcha kanallarda obuna bo'lish
Barcha kanallarda obuna bo'lish

Eng Eng Eng...

04 Nov, 08:59


Yana bir kino bor edi afsus unisini ham nomi esimda yo'q. Esimda bori suv ostida Afrikaga yaqin joyda yuzlab km chuqurlikda qamoqxonada olingan. Bu kinoning ham nomi kerak. Qayta ko'rmoqchiman aytib yuboringlar.

Eng Eng Eng...

04 Nov, 08:57


Bir kino bo'lar edi nomi yodimda emas. Eslab qolgan joyim shuki kinoda uzoq yillar davomida umrida bir marotaba gullaydigan gul bor edi. Uzoq muddat gulni gullashini kutgan gul egasi u gulni gullashini o'tkazib yuboradi. Kim shu filmni nomini bilsa yozib yuborsin.

Eng Eng Eng...

04 Nov, 06:27


#fakt

Rasmda siz 1982-yil Turkiyada tug'ilgan Sultan Kösen va 1993-yil Hindistonda tug'ilgan Joti Amejini ko'rib turibsiz.

Bu ikki inson hozirda yer yuzidagi eng baland va eng pakana inson sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Sultan 251 sm Joti esa 60 sm bo'yga ega.

Reaksiya qoldirishni va kanalga do'stlaringizni taklif qilishni unutmang:

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

03 Nov, 15:24


#malumot

"Gipnik silkinish"

Gipnik silkinish (gypnic jerk) - bu odam uxlashni boshlaganda sodir bo'ladigan tana mushaklarining to'satdan qisqa va ixtiyorsiz qisqarishi bo'lib, ko'pincha insonning sakrashiga sabab bo'ladi. Ba'zan esa tushda baland joylardan yiqilib tushish hissi bilan namoyon bo'ladi.

Gipnik silkinishlar yurak urishi tezlashishi, tez nafas olish, terlash bilan xarakterlanadi. Bu fiziologik holat keng tarqalgan bo'lib, taxminan 70% odamlar hayotida bir marta, 10% odamlarda esa har kuni takrorlanadi.

Bu holat asosan tashvish, kofein va nikotin iste'moli, stress va og'ir mehnat qilganlarda takrorlanadi.

Reaksiya qoldirishni va kanalga do'stlaringizni taklif qilishni unutmang:

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

01 Nov, 15:04


#malumot

"Yaponofiliya"

Yaponofiliya - yaponchadan "Yaponiya uchun" deb tarjima qilinib, yapon madaniyati, xalqi va tarixiga, keng ma'noda Yaponiya bilan bog'liq hamma narsaga nisbatan qiziqish va muhabbat hissi.

"Yaponofobiya"

Yaponofobiya - yaponofiliyaning aksi bo'lib, Yaponiyaga tegishli har qanday narsaga nisbatan nafrat va qo'rquv hissini anglatadi. Yaponiyani o'rganadigan soha esa "Yaponologiya" deb ataladi.

P/S: Men ham "yaponofil" ekanman...

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

01 Nov, 06:33


#malumot

"Erdan Uruch - ekvatorni inson kuchi yordamida to'laligicha aylanib chiqqan ilk inson"

Erdan Uruch - Nikosiyada tavallud topgan millati turk Kiprlik sayohatchi. U ilk bor ekvatorni aylanib chiqqan inson sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. U quruqlikni velosiped bilan suvlarni esa eshkak eshib, daryolarda baydarka yordamida o'z kuchi bilan Yer sharini aylanib chiqqan.

Ginnesning rekordlar kitobi Eruchni 5 yil 11 kun 12 soat 22 daqiqa davom etgan sayohatda "Inson kuchidan foydalangan holda Yer yuzini birinchi yakka aylangani" uchun rasman tan olgan. U dastlab Tinch, keyin Atlantika va oxirida Hind okeanini qayiq bilan eshkak eshib kesib o'tgan.

Bundan tashqari u 2003-yil Denali tog'ini, 2010-yil Avstraliyadagi Kastyushko cho'qqisini va 2011-yil Afrikadagi Kilimanjaro tog'ini ham zabt etgan.

Reaksiya qoldirishni va kanalga do'stlaringizni taklif qilishni unutmang:

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

31 Oct, 16:38


#malumot

"Endryu Dal - burun teshiklari yordamida shar puflaydigan rekordchi"

Endryu Dal - 13 yoshida 213 ta sharni burun teshiklari yordamida puflab rekordlar kitobiga kirgan bolakay. U uch daqiqada 23 ta sharni burun teshiklari yordamida shishirgan. Natijada u bu mahorati orqali Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan.

Reaksiya qoldirishni va kanalga do'stlaringizni taklif qilishni unutmang:

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

31 Oct, 15:24


#malumot

"Hibakusha"

Hibakusha - yaponcha so'z bo'lib, Yaponiyada atom bomba portlashidan zarar ko'rgan insonlarga nisbatan ishlatiladi.

Eng mashhur hibakushalarga Sadako Sasaki (origami turnalar yasashi bilan mashur), Sutomu Yamaguchi (ham Xirosimada ham Nagasakida nurlangan yagona inson), Isao Xarimoto (beysbolchi), Osamu Shimomura (2008-yil kimyo bo'yicha Nobel mukofoti sohibi) va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

31 Oct, 08:23


"Hayot lazzati" filmini qayta ko'rdim. Nimgadir qaysidir filmni qaytadan ko'rsam yangi g'oyalar va so'zlarni ilg'ab qolaman.

Misol uchun: "Renaissance man" kinosini ko'rganimda Hans Zimmer musiqalarini eshitib qoldim. Oldingi safar ko'rganimda esa "Oxymoron" yodimga qolgandi. Shuningdek Shekspirning "Gamlet" asaridan ham ajoyib o'xshatishlar berilgan.

Eng Eng Eng...

30 Oct, 14:46


#malumot

"Sheetal Devi - qo'lsiz farishta"

Sheetal Devi - 2007-yil tug'ilgan hindistonlik para-kamonchi. U 2024-yilgi Paralimpiya o'yinlarida aralash jamoaviy musobaqada bronza medalini qo'lga kiritdi va Hindistonlik eng yosh paralimpiya sovrindori bo'ldi.

U 2022-yilgi Para Osiyo o'yinlarida ikkita oltin va bitta kumush medalga ega chiqdi. U Arjuna mukofoti sovrindori va 2023-yilda kamondan otish bo'yicha para-jahon reytingida birinchi o'rinni egalladi.

Devi fokomeliya bilan tug'ilgan. Fokomeliya bu kamdan-kam uchraydigan mutatsiya bo'lib, qo'llarga ta'sir qiladi. U qo'llari bo'lmagan para-kamondan otish bo'yicha birinchi va yagona ayol chempiondir.

Reaksiya qoldirishni va kanalga do'stlaringizni taklif qilishni unutmang:

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

30 Oct, 07:22


#malumot

"Leng Jun - giperrealizm dahosi"

Leng Jun (Лен Цзюн) - 1963-yil Xitoyning Sichuan provinsiyasida tavallud topgan xitoylik rassom bo'lib, u giper realistik rasmlari va fotosuratlar kabi ko'rinadigan chizmalari bilan mashhur.

U hozir Xitoyda Rassomlik Akademiyasi rahbari va Uxan rassomlar uyushmasi raisi sifatida ishlaydi. 1984 yilda Uxan shahridagi Xankou o'qituvchilar kollejini, San'at bo'limi filialini tamomlagan.

U 2018-yilda Birmingem Universitetining faxriy doktori unvoni bilan taqdirlangan. Uning chizgan rasmlari reallikka juda yaqin. Yuqorida uning "Mona Liza" kartinasidan ilhomlanib yaratgan san'at asarini ko'rib turibsiz.

Reaksiya qoldirishni va kanalga do'stlaringizni taklif qilishni unutmang:

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

29 Oct, 15:49


#malumot

"Zakumi"

Zakumi - 2010-yil Janubiy Afrika Respublikasida bo'lib o'tgan futbol bo'yicha jahon chempionatining rasmiy maskotida tasvirlangan leopardning nomi.

U qo'lida "Jabulani" bilan tasvirlangan. Jabulani bu aynan shu yil uchun ishlab chiqarilgan chempionat to'pidir.

Zakumi so'zi Afrika xalqlari tillarida "ZA" - "JA" (Janubiy Afrika), "kumi" - "o'n" (10) ma'nosini beradi. Bu esa 2010-yil Janubiy Afrikada bo'lib o'tgan chempionat uchun maxsus tanlangan. Sariq va yashil rang esa Janubiy Afrika milliy terma jamoasi libosidagi ranglarni aks ettiradi.

Reaksiya qoldirishni va kanalga do'stlaringizni taklif qilishni unutmang:

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

28 Oct, 14:54


Xuddi shunday filmlardan yana biri "Qutqaruvchi" bu film ham harbiy bilim yurtida sodir bo'ladi. Juda ko'p qiziq ma'lumotlar haqida eslab o'tilgan. Ko'rishni tavsiya beraman.

Eng Eng Eng...

28 Oct, 14:48


Bir film bor edi nomi esimda yo'q. O'sha filmda bir inson ish izlab harbiy bilim yurtiga ishga kiradi va dars berishni boshlaydi. Hamda "oxymoron" nima ekanligini o'rgatadi. Filmni inglizlar ishlagani aniq ammo nomi aniq emas kim shu filmni nomini bilsa yozvorsin.

Eng Eng Eng...

27 Oct, 08:44


#malumot

"Ayiqcha iltifot"

Ayiqcha iltifot - chin dildan yordam bermoqchi, ammo yordam berish o'rniga hamma narsani vayron qilgan vaqtda ishlatiladigan ibora hisoblanadi.

Kimdir sizga yordam berishni istaydi, ammo har gal yordam berish vaqtida sizga zarar keltiradi. Vaziyatni yanada chigallashtiradi. Xuddi shu holat "Ayiqcha iltifot" iborasiga mos keladi.

Reaksiya qoldirishni va kanalga do'stlaringizni taklif qilishni unutmang:

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

27 Oct, 05:44


#malumot

"Omamori"

Omamori - yapon tumorlari bo'lib, asosan "shinto" diniga e'tiqod qiluvchilar tomonidan yaratilgan. Ular "omamori" insonni himoya qiladi va baxt olib keladi deb hisoblashgan.

"Mamori" so'zi "himoya" so'zidan kelib chiqqan. Yaponiyada hatto "Mikki Maus", "Hello Kitty" va "Snoopy" kabi mashhur qahramonlar tasvirlari bo'lgan "omamori"lar ham sotiladi. "Totoro", "Maneki-neko", "To'rt bargli beda" va "Daruma" tasviri tushirilgan tumorlar esa eng ko'p sotiladi.

Yuqoridagi rasmda "daruma", "hello kitty" va "maneki-neko" kabi yapon madaniyatini o'zida jamlagan tasvirlarga ega "omamori"lar ko'rsatilgan.

Reaksiya qoldirishni va kanalga do'stlaringizni taklif qilishni unutmang:

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

26 Oct, 18:44


#malumot

"Korbut halqasi"

Korbut halqasi - gimnastikaning eng qiyin elementlaridan biri bo'lib, Belarussiyada tug'ilgan sport ustasi Olga Valentinovna Korbut nomi bilan atalgan.

Ushbu elementda sportchilar orqaga salto oshishlari kerak. Olga Korbut bu elementni birinchi bo'lib muvaffaqiyatli bajargan. Qanday holatda salto oshish rasmda ko'rsatilgan.

Hozirda rasmiy musobaqalarda “Korbut halqasi” bajarilmaydi. Chunki bu qoidalar bilan taqiqlangan. Agar sportchi bu elementni muvaffaqiyatsiz yakunlasa tanasiga shikast yetkazishi mumkin.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

26 Oct, 18:16


#malumot

"Pushti ko'zoynak"

Pushti ko'zoynak - bu ibora odatda avtobiografiya yozishda ishlatiladi. U orqali yozuvchining hayoti haqida ma'lumot olish mumkin.

Sababi insonlar eng yaxshi hayot tarzini ko'rsatishda "pushti ko'zoynak"dan foydalanishadi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

26 Oct, 07:09


География ҳақида маълумотлар бериб борувчи янги канал!!

Бизнинг каналда:

• Дунё бўйлаб мамлакатлар миллий ҳайвонлар
• Тарихдаги энг йирик норозилик намойишлари 📢
• Мамлакатлар бўйича электр энергияси ишлаб чиқаришнинг асосий турлари. ⚡️
#⃣Фавқулодда хизматлар рақамлари
• Дунёнинг турли мамлакатларидаги энг кенг тарқалган қишлоқ хўжалиги ҳайвонлари

Шу ва бошқа қизиқарли маълумотларни билиб оласиз.

💬 Фикрингизни қолдиринг ва лайклар босинг, бизга қўшилинг:
📡 @Siyosiy_Geografiya_uz

Eng Eng Eng...

25 Oct, 15:42


Qulaylik boʻlishi uchun barcha kanallarni bitta linkda toʻpladik. Link orqali barcha kanallarga aʼzo boʻlishingiz mumkin. Birma-bir koʻrib, saralab ham aʼzo boʻlishingiz mumkin, buyogʻini oʻzingiz hal qilasiz.

Marhamat havolaga!

Eng Eng Eng...

25 Oct, 15:00


Bugun sizlarga zamonaviy, dunyoviy, (yuqori ma'lumotli qatlam) asosan o'zbek tilida sifatli kontent yaratadigan turli xil soha egalarining foydali telegram kanallarini tavsiya qilamiz.

@nota_bene1 - shunchaki yaxshi kanal.

@blogdilshoda - Xalqaro va O'zbekistondagi grantlarni yutmoqchilar uchun maxsus kanal.

@engengeng888 - eng zo'r ma'lumotlar - hammasi faqat obunachilar uchun.

@Azizbekh17mem - Ijtimoiy, siyosiy muammolar kulgu orqali olib chiqiladi.

@Economics_ITE - Iqtisod va marketingga oid ma'lumotlar, fikrlar hamda sohaga aloqador boʻlmagan qiziq ma’lumotlar.

@sharqshunos_tarixchi -
Tarix | Siyosat | Madaniyat. Yaponiyadan Ispaniyagacha. Sharq xalqalari boʻyicha ilmiy ommabop resurslar yig‘indisi

@Uzbekchilik17 - Asosan kayfiyatni ko‘taruvchi kontent.

@bilimdon_zakovatchi - Yangi faktlar, savollar, zakovat haqida va xullas ideal kanal.

@legal_mind — sarkazm, yumor va xalq tushunadigan tilda huquqiy fikrlar.

@economist_martin - iqtisodiyot, siyosat, jamiyat hamda hayotimizdagi oʻzgarishlar haqida.

@santuagaraoflibrary - falsafaning bugungi kunga evrilishi va uning kelajakka ta'siri xususida.

@xoshimovuz - Hayotimizda boʻlayotgan voqea-hodisalar yuzasidan kuzatuvlar, tahlillar, huquqiy sharhlar.

@korinmas_qol - ijtimoiy-iqtisodiy mavzularda tahlil hamda AQSHdagi ta’lim va hayot haqida.

@therealniyozov - siyosat maydoni shaxsiy qarash va tahlillarda.

@ZakovArt - tasviriy sanʼat: rassomlar va kartinalar.

@jahon_statistikalar – statistikalar, raqamlar va faktlar olami.

Eng Eng Eng...

25 Oct, 07:25


#musiqavaqti

"Bellyache"

Justin - Ovoz bolalar loyihasida Billie Eilishning "Bellyache" taronasini muallifdan zo'r kuylagan. Quloqchinlarda eshitsangiz yanada zavqli tarona bo'lgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

25 Oct, 06:12


#malumot

"Geysha"

Geyshalar - tomoshabinlar uchun raqs, musiqa va qo'shiq aytish kabi an'anaviy yapon sahna san'ati uslublarida o'qitilgan, mohir suhbatdoshlar va mezbonlardir.

Ularning o'ziga xos ko'rinishi kimono, an'anaviy soch turmagi va haddan ziyod bo'yanish bilan ajralib turadi. Geyshalar "ozashiki" deb nomlanuvchi ziyofatlarda, ko'pincha boy mijozlarning o'yin-kulgisi uchun xizmat qilishadi.

Birinchi ayol geysha 1751-yilda paydo bo'lgan, bundan oldin geysha mehmonlarni kutib oladigan erkak ijrochilar edi. Faqat keyinroq bu kasb asosan ayol ishchilarga xos bo'ldi.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

25 Oct, 05:42


#malumot

"Jangjaji tog'lari"

Jangjaji - (Zhangjiajie) Xitoyda joylashgan toshlardan iborat o'rmonli tog' bo'lib, 2009-yil ishlab chiqarilgan "Avatar" filmining tog'li sahnalarini suratga olishga ilhomlantirgan.

J. Kemeron Xitoydagi bu tog'larni "Pandora" sayyorasidagi uchar tog'lar uchun andoza qilib olgan. "Avatar" filmi orqali mashhurlikka erishgan bu tog'lar 2012-yil YUNESKOning Butun jahon madaniy merosi tarkibiga kiritilgan. Filmdan so'ng bu tog'larga sayyohlar tashrifi tobora ortgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

25 Oct, 04:36


#fakt

Sharlatan - fransuz vrachi Sharl Laten familiyasidan kelib chiqqan. U kasallarga tezda sog'ayishni va'da berib, bema'ni operatsiyalarni amalga oshirgan. Bemorlar ahvoli og'irlashangandan so'ng pulni olib juftakni rostlagan.

Bu so'z muttaxam qalloblarga nisbatan ishlatiladigan so'z sifatida tarixda qolgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

24 Oct, 14:49


#fakt

Terri Savchuk - Kanadalik professional xokkey darvozaboni bo'lib, yuzida juda ko'p chandiqlari bor. Shuning uchun unga "Frankenshteyn" deb laqab qo'yishgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

24 Oct, 09:44


#malumot

"Roza Otunbayeva - Markaziy Osiyodagi ilk ayol prezident"

Roza Otunbayeva - qirg'izistonlik diplomat va siyosatchi bo'lib, 2010-yil 7-apreldan 2011-yil 1-dekabrgacha Qirg'iziston prezidenti lavozimida ishlagan va Markaziy Osiyoning birinchi ayol davlat rahbari bo'lgan.

2010-yilgi aprel oyida bo'lib o'tgan "lola inqilobi"dan so'ng Roza rahbar sifatida qasamyod qilgan. Rozadan oldin Qurmanbek Bakiyev qirg'iz xalqi rahbari sifatida faoliyat olib borgan. 2010-yilgi qirg'iz va o'zbek etnik guruhlarining urushida Roza Otunbayeva befarqlikda ayblangan va 2011-yil 1-dekabrdan boshlab Qirg'izistonda Almazbek Atambayev prezident etib saylangan.

2022-yildan beri Otunbayeva BMTning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili va BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi rahbari lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Reaksiya qoldirishni va kanalga do'stlaringizni taklif qilishni unutmang:

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

23 Oct, 05:05


#malumot

"Miriam Makeba - Afrikaning onasi"

Miriam Makeba - 1932-yil Yoxanesburgda tavallud topgan Janubiy Afrikalik afropop qo'shiqchi bo'lib, jahon miqyosida tan olingan birinchi afrikalik musiqachilardan bir bo'lgan. U bundan tashqari fuqarolik huquqlari faoli bo'lganligi uchun "Mama Afrika" laqabiga ham ega edi.

U Birlashgan Millatlar Tashkilotida Janubiy Afrika hukumatiga qarshi guvohlik berdi va Janubiy Afrika fuqaroligini yo'qotdi. Makeba AQShda karera qila boshladi. Uning "Pata Pata", "Qongqothwane", "The Click Song", "Malayka" taronalari butun dunyo bo'ylab tarqaldi. U Afrikadagi ko'plab bayramlarda chiqish qildi, shuningdek AQShda Jon Kennedining tavallud ayyomida ham qo'shiq kuylagan.

JAR undan fuqarolik huquqini tortib olgach Jazoir, Belgiya, Gana va Gvineya davlatlari hukumati unga pasport berishgan. Umri davomida 9 ta pasportga ega Makeba 10 ta davlat fuqaroligini olgan. Makeba 2008-yil vafot etgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

22 Oct, 15:58


#musiqavaqti

Mahsun Kırmızıgül - Belalım❤️

Turk tilini bilmasimdan oldin bu ashula yoqmasdi. Endi esa eng sevimli ashulalarimdan biri bo'lib qolgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

22 Oct, 10:42


#malumot

"Zaha Hadid - egri chiziqlar malikasi"

Zaha Hadid - 1950-yil Iroqning Bag'dod shahrida tavallud topgan arxitektor ayol bo'lib, dunyo bo'ylab joylashgan ko'plab mashhur binolarning loyiha muallifidir. Hadid barcha binolarni asosan suprematizm va rus avangardi ta’sirida loyihalagan.

2004-yilda Zaha Hadid - Pritsker arxitektura mukofotining birinchi ayol laureati bo'ldi. Pritzker mukofoti - arxitektura sohasidagi yutuqlar uchun beriladigan mukofot. Nobel mukofotining analogi hisoblanib, laureatga - 100 ming AQSh dollari va bronza medalyon taqdim etadi.

Uning quyidagi ishlari mashhur:

1. Bokudagi Haydar Aliyev markazi.
2. Michigandagi san'at muzeyi.
3. Qatardagi Al-Vakra stadioni.
4. Guanchjoudagi opera teatri.
5. Bratislavadagi Sky parki.
6. Bag'doddagi Iroq Markaziy banki.
7. Merkuriy minorasi.
8. Floridadagi muzey.
9. Salernodagi port stansiya.
10. Nankindagi Xalqaro Yoshlar markazi va boshqalar.

Zaha Hadid 2016-yil Mayamida vafot etgan.

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

22 Oct, 05:40


#fakt

Telefon ixtirochisi Aleksandr Bell sevgilisining ismi Alessandra Lolita Osvaldo bo'lgan. Shuning uchun biz telefon trubkasini olganimizda "ALO" deb javob beramiz. "ALO" jumlasi Alessandra Lolita Osvaldo ismining birinchi harflari qisqartmasidir.

P/S: Aleksandr akani Santa Klausga, Lolitani qorqizga qarindoshlik joyi yo'q...

Reaksiya qoldirishni va kanalga do'stlaringizni taklif qilishni unutmang:

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

22 Oct, 04:40


#malumot

"Ahmad Chalabiy - ilk bor havoda parvoz qilgan inson"

Ahmad Chalabiy - XVII-asrda Usmonlilar imperiyasining Istanbul shahrida yashagan olim bo'lib, uchishga juda qiziqishi tufayli mashhur bo'lgan.

Chalabiyning parvoz mashinasi dizayni qush qanotlariga o'xshash tuzilishga asoslangan edi. Chalabiy ilk bor 1632-yil Istanbulning Galata minorasidan uchishga uringan. U qush qanotlariga o'xshash qanot kiygan holda Bosfor ustidan uchib o'tishga erishgan. Bu voqea Usmonlilar imperiyasi tarixida birinchi bo'ldi.

Uning parvozini faqat bir necha kishigina kuzatishga musharraf bo'lgan. Uning parvozi haqida bizgacha juda kam ma'lumot yetib kelgan bo'lsada, ammo uning qo'lyozmalari hozirgi zamon parvoz texnikalari uchun asos bo'lib xizmat qilgan.

Reaksiya qoldirishni va kanalga do'stlaringizni taklif qilishni unutmang:

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

20 Oct, 17:02


#musiqavaqti

Señorita❤️

Kanal obunachilari uchun maxsus nostalgiya...

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Eng Eng Eng...

20 Oct, 13:24


#fakt

Telefon ixtirochisi Aleksandr Grem Bell dafn etilgan kuni butun AQSh telefon tizimi hurmat sifatida bir daqiqa yopib qo'yilgan.

P/S: Aleksandr akani Santa Klausga qarindoshlik joyi yo'q...

Do'stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888