Islom Urolov @islom_urolov Channel on Telegram

Islom Urolov

@islom_urolov


Research Analyst at IMF

Contact: @islomurolov_bot

Islom Urolov (English)

Do you want to stay informed about the latest trends and insights in the world of finance and economics? Look no further than the "Islom Urolov" Telegram channel! Run by a talented Research Analyst at the IMF, this channel is your one-stop destination for valuable information and analysis.

Who is Islom Urolov? He is a professional in the field of finance and economics, working at one of the most prestigious institutions in the world – the International Monetary Fund. With his expertise and knowledge, he provides unique perspectives and in-depth analysis on various economic topics.

What is "Islom Urolov" channel all about? It is a platform where you can find curated content, insightful articles, and expert opinions on finance, economics, and global markets. Whether you are a student, investor, or simply curious about the financial world, this channel is perfect for you.

Stay up-to-date with the latest articles, reports, and research findings shared by Islom Urolov. Gain valuable insights, learn about economic trends, and make informed decisions regarding your investments.

Don't miss out on this opportunity to expand your knowledge and understanding of the financial landscape. Join the "Islom Urolov" Telegram channel today and take your financial literacy to the next level! Links to access more content: https://linktr.ee/islomurolov

For any inquiries or questions, feel free to contact @islomurolov_bot. Start your journey towards financial empowerment with Islom Urolov!

Islom Urolov

14 Jan, 21:29


Xodimlarning faoliyati har yil o'rtasi va oxirida supervisor'lar tomonidan baholanib borilar ekan. Shu asosda xodimlar bilan suhbat o'tkazilib kamchiliklar ko'rsatilib, ularni qanday to'g'rilash bo'yicha tavsiyalar berishadi. Agar ishlaringizdan juda mamnun bo’lishsa hatto rahmat aytishadi.

Bugun men bilan shunday suhbat bo'lib o'tdi. Ishga kirganimdan buyon jamoaga qo'shgan ozgina hissamni yuqori baholashdi va rahmat aytishdi. Qoyil qolgan joyim, har bir holat bo'yicha fakt keltirib o'tishgani bo'ldi. Resume'yimga olvolsam bo'larkan deb o'yladim. Xullas, har bir vaziyat bo'yicha eng kichik xodimning ham faoliyati e'tiborga olinar ekan.

Menimcha, mana shu metod ishchilarning motivatsiyasini va samradorligini uzoq muddatli davrda oshirish nuqtayi nazaridan juda samarali (eng kamida mikromenejmentdan yaxshiroq).

@islom_urolov

Islom Urolov

07 Jan, 15:00


Germaniyada magistraturada o'qiyotgan bir do'stim kurs doirasidagi tadqiqot uchun so'rovnoma tayyorlagan ekan.

Ingliz tilini bilsangiz, iltimos ushbu so'rovnomani to'ldirishda ko'maklashing. Uzog'i 5 daqiqa vaqt ketar ekan.

https://www.soscisurvey.de/rp24/

@islom_urolov

Islom Urolov

06 Jan, 14:58


IMFda hozirgacha Kamerun va Sao Tome davlatlari uchun Policy Note va Staff Report yozishda yordamchi tadqiqotchi sifatida ishtirok etdim. Mening vazifam tahlillar uchun ishlatiladigan barcha zarur statistik ma'lumot (data)larni to'plash, kerakli ko'rinishga keltirish, hamma jadvallar va grafiklarni tayyorlash, shuningdek, iqtisodchilarga tahlillar yordamida ko'maklashishdan iborat. Sao Tome uchun yozilgan Staff Report o'tgan hafta tashkilot vebsaytida e'lon qilindi.

Quyida link qoldiraman.

https://www.imf.org/en/Publications/CR/Issues/2025/01/03/Democratic-Republic-of-So-Tom-and-Prncipe-Request-for-an-Arrangement-Under-the-Extended-560549

@islom_urolov

Islom Urolov

17 Dec, 04:03


Iqtisodiyot bo'yicha PhD talabalari uchun Xalqaro Valyuta Fondi yozgi amaliyot (internship) dasturini e'lon qilgan. Dunyoning istalgan davlatidagi 32 yoshdan kichik PhD talabalari topshirishlari mumkin. Dastur talablari bilan batafsil quyidagi link orqali tanishib chiqishingiz mumkin:

https://imf.wd5.myworkdayjobs.com/en-US/IMF/job/XMLNAME-2025-Fund-Internship-Program--FIP----Economists_24-R7435

@islom_urolov

Islom Urolov

17 Dec, 03:46


O'tgan yili GRE kursimda o'qiganlardan biri George Washington Universiteti magistraturasiga 50% scholarship bilan qabul qilinib, El-yurt umidini ham olib, yanvarda kelyapti ekan. Doim shunday yangiliklarni o'qiganimda juda xursand bo'laman. O'zim universitetga qabul qilinganim haqida xabarni olgan paytimdagi xursandchiliklar esga keladi. Eng katta orzularimdan biri ushalgan edi.

PS. GRE kurslarni deyarli bir yil oldin to'xtatganman.

@islom_urolov

Islom Urolov

20 Nov, 03:04


Телефонлар бошимизга етади(ми?)

Бундан бир неча йил олдин (10 йилга яқинлашиб қолди) талабаларимга танаффус эълон қилганим эсимда. 2 соатлик семинар бўлгани учун, 10 дақиқа тоза ҳаво олиб келсин, деган яхши ниятда, "10 дақиқа танаффус!" дегандим. Шунда 15 талабадан биронтаси ўрнидан туриб, ташқарига чиқмади. Улар нима қилди, айтайми? Топдингиз—барчаси ўтирган жойида телефонини чиқарди ва кўзини узмай титкилай бошлади.

Ўн йилларча олдин нима бўлганди ўзи? Нима учун айнан ўша пайтда илк бор юз берди бу ҳодиса? Ҳа-я, 10 йилча олдин экранлари катта айфон 6 ва 6 плюс чиққанди. Айфондан бошқа деярли барча телефон ишлаб чиқарувчилар катталиги ликопчадай телефонларни оммалаштириб бўлганди. Бу даврга келиб, телефонлар анча оммалашганди ҳам—тарихда биринчи бор айнан шу йилларда ўсмирларнинг кўпчилиги телефонли бўлди.

Яна ёшлардан нолияпти, деб ўйламанг—ёзадиганларим барчамизга тегишли.

Албатта, катта экранли телефонлар оммалашганининг ўзи етмади—бу телефонларни диққат магнитига айлантирган нарса—мобил интернет ҳам анча оммалашди. Шахсан мен телефондаги интернет пакетлари қиммат бўлган пайтларни яхши эслайман. Ҳозирда эса тез ва нисбатан арзон интернет катта янгилик эмас.

Натижадачи? Натижада одамлар ҳожатхонагаям телефонсиз киролмайдиган, телефонда бир нарса томоша қилмай томоғидан нон ўтмайдиган бўлиб қолди.

Телефонда кўпчилик нимани кўради? Ўша телефоннинг ўзи (ундаги апплар—Фейсбук, Инстаграм вҳк) танлаб берадиган, қўл теккизмаса бир-бирига уланиб кетаверадиган қисқа видеолар кўради. Бу видеолар шунчалик кўп ва хилма-хилки, улар тугамайди. Бир кунда миллионлаб янгилари чиқади, таржима қилинади, тарқалади. Буларни чиқарадиганлар бундан мўмайгина пул ҳам топади.

Натижада одамларда, айниқса ёшларда, диққатни бир жойга жамлаш, чуқур фикрлашга бўлган кўникма йўқолиб бормоқда. Чуқур фикрсиз, диққатни бир жойга жамламасдан эса бирон бир янгилик яратиш, бирон маррага етиш имконсиз.

Ишдан қайтишда кўча четида телефонидан кўзини узмай мактабдан қайтаётган—кўзини экрандан олмасдан юриб кетаётган—болаларни кўриб, шуларни ўйлайман.

Бу нарса мени қўрқитади, ростини айтсам. Чунки ўзим ҳам телефонга тикилиб ўтирганимни баъзида сезиб қоламан. Лекин биз—телефонсиз катта бўлганлар—телефонсиз ҳаёт қандай бўлишини биламиз. Кўп ирода талаб қилсада, ундан воз кеча оламиз, чунки бизда муқобил дунё ҳақида тушунчалар, хотиралар бор.

Аммо туғилганидан турли катта ва кичик экранлар ва у экранларда тинимсиз қимирлаб турадиган нарсаларни кўриб ўрганган ёшлар нима қилсин? Улардан неча фоизи телефонни четга қўйиб туриб, ҳеч бўлмаса бир соат давомида китоб ўқий олади? Ўрнидан турмасдан нечтаси 2 соат иншо ёзади? Буларни тасаввур қилиш қийин.

Бунга ечим нима? Ростини айтсам, билмайман. Бу жараён ҳали шунчалик янгики, оқибатларини ҳатто олимлар ҳам яхши тушунмайди. Аммо яхшиликка олиб келишини шахсан мен кутмайман.

Сизчи, сиз нима деб ўйлайсиз?

@profsherzod

Islom Urolov

07 Nov, 23:34


Iqtisodiyot bo'yicha PhD dasturiga tayyorlanish uchun qo'llanma

PhD dasturiga topshirish uchun tayyorgarlikni boshlaganman. Hujjatlarni tayyorlashda, yoki umuman olganda, bu uzoq yo'lga o'zimni tayyorlashda e'tibor berilishi kerak bo'lgan talaygina masalalarga duch kelyapman. Ularga javob topish uchun hozirgacha bu yo'lni bosib o'tganlar yoki bosib o'tayotganlar bilan ko'p suhbatlashib ularning tajribasini oldim, ba'zi joylardan o'qidim. Bugun IMFdagi boshlig'imga PhDda o'qish bo'yicha rejalarimni aytib undan ham ba'zi masalalarda fikrini oldim. Keyin u bir necha yillar oldin ayoli (ikkalasi ham Stanford universitetida PhD yoqlagan) bilan birga yozgan PhD uchun qo'llanmachani o'qib chiqishimni tavsiya qildi. O'sha qo'llanmada men ko'pchilikdan uzuq-yuluq eshitgan ma'lumotlarim tizimli va aniq tushuntirilgan ekan. Faqat ba'zi kichik ma'lumotlar sal eskirgan bo'lsa-da, ko'plab katta asosiy masalalar bo'yicha tavsiyalari haliyam juda aktual. Mendan ham PhDga topshirish masalasida tez-tez tavsiyalar so'rab turishadi. O'zim hali bu yo'lni hali bosib o'tmaganim uchun ba'zi nozik savollarga aniq javob berishga qiynalardim. Shuning uchun qo'llanmani kanalimda ham ulashishga qaror qildim.

Quyida qo'llanmadan ba'zi eng muhim nuqtalarni aytib o'taman:

- Professor yoki akademik iqtisodchi bo’lishni xohlamasangiz, PhD sizga nima uchun kerakligi borasida yaxshilab o'ylab ko'ring.
- Qabul qilinishning asosiy omillari yuqori GPA, matematika va iqtisodiyot fanlaridagi yuqori natijalar, tadqiqot faoliyati bo'yicha tajriba va kuchli akademik tavsiyanoma xatlarini o'z ichiga oladi.
- Kuchli matematik bilim talab etiladi; calculus, linear algebra va real analysis kurslari bo'yicha mustahkam bilim va yuqori baholar qattiq tavsiya qilinadi.

To'liq holatda quyidagi link orqali o'qishingiz mumkin: https://www.sitaslavov.com/home/advice

@islom_urolov

Islom Urolov

06 Nov, 13:14


Mayli.

Quvonarlisi, bu oxirgisi.

@islom_urolov

Islom Urolov

31 Oct, 01:13


JJ/WBGSP (Yaponiya va Jahon Bankining qo’shma oliy ta’lim grantlari dasturi) e’lon qilindi!

Ushbu grant dasturi muayyan rivojlanayotgan davlatlar (jumladan, O’zbekiston) fuqarolari uchun moʻljallangan bo’lib, bunda nomzodlarning tegishli kasbiy va oʻz mamlakatlari rivojlanishiga qoʻshgan hissasi boʻyicha tajribasi boʻlishi hamda taraqqiyot bilan bogʻliq magistratura dasturiga hujjat topshirishi talab etiladi.

JJ/WBGSP iqtisodiy siyosatni boshqarish, soliq siyosati va infratuzilmani boshqarish kabi rivojlanishning asosiy magistratura yo‘nalishlaridagi AQSh, Yevropa, Afrika, Okeaniya va Yaponiyadagi 24 ta universitetning 41 ta dasturi uchun grantlar taqdim etadi.

Grant o’qish bilan bog’liq barcha xarajatlarni, hatto yashash va sug’urta xarajatlarini ham qoplar ekan.

Bu dasturga topshirishning talablaridan biri – bakalavrni bitirgandan keyin 3 yillik ish tajribasiga ega bo’lish kerak.

Deadline va yana boshqa ma’lumotlar bilan quyidagi linkda tanishishingiz mumkin

https://www.worldbank.org/en/programs/scholarships/jj-wbgsp#list

@islom_urolov

Islom Urolov

29 Oct, 16:43


"Iqtisodiyot fanini o'rganmoqchiman, qayerdan boshlay, qaysi kitoblarni yoki ilmiy maqolalarni o'qisam bo'ladi?" deb so'rab turishadi. Shunga oid bo'lgan bir qiziq kolonkaga ko'zim tushib qoldi, u yerda o'qilishi kerak (va nega) bo'lgan ba'zi tadqiqotlar keltirilgan ekan. Albatta, bularning orasida boshlang'ich tushunchalarni beradiganlari ko'p, lekin ba'zilari, masalan AJR 2001 ni tushunish uchun metodni bilish kerak. Metodni bilish uchun esa darslik, sinfxona kerak.

https://nicholasdecker.substack.com/p/so-you-want-to-learn-about-economics

@uzbekonomics

Islom Urolov

27 Oct, 21:39


Washington, DCdagi O’zbekiston elchixonasida parlament saylovida ishtirok etdik.

@islom_urolov

Islom Urolov

26 Oct, 17:23


Uchinchi natija.

Bu safar University of South Florida’ga MA in International Affairs dasturiga qabul qilindik.

2025 Fall semester uchun qabul davri hozir ochiq va noyabr-dekabr oylarigacha davom etadi.

Topshirmoqchi bo’lsangiz va yordam kerak bo’lsa konsalting xizmatimizga murojaat qilsangiz bo’ladi: @islomurolov_bot

@islom_urolov

Islom Urolov

24 Oct, 06:49


O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furkat Sidikov vatandosh yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

🇺🇿🇺🇸 Ochiq muloqotda elchi yoshlarning maqsadlari va kelgusi rejalari haqida suhbatlashib, qiziqtirgan savollariga javob berdi.

🗳 Uchrashuv so‘ngida, 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Parlament saylovlari haqida ham muhim ma’lumotlar taqdim etildi.

🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling -  @wayuuz

🌐Instagram🌐Facebook🌐YouTube | 🌐LinkedIn

www.wayu.uz

Islom Urolov

14 Oct, 12:28


Nobel mukofoti meni eng yoqtirgan iqtisodchilarimga berildi.

Islom Urolov

10 Oct, 00:59


SSSRning qulashi, bozor imkoniyatlari va o'sish haqida

Birinchi ilmiy maqolam hozir taqriz jarayonida. Qiziq, hozirgacha temir parda qulashi va sobiq Sovet davlatlari o‘rtasida yangi chegaralarning paydo bo‘lishi shahar kesimida iqtisodiy ko‘rsatkichlarga qanday ta’sir ko‘rsatganini chuqur o‘rgangan iqtisodiy tadqiqotlar mavjud emas ekan. Ushbu maqolada men sobiq Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng hosil bo‘lgan yangi chegaralarning 1000 dan ortiq shaharlardagi aholi soni va iqtisodiy faoliyatga qanday ta’sir ko‘rsatganini o‘rganganman.

Men chegara yaqinidagi shaharlarni va chegaradan uzoq joylashgan shaharlarni ittifoq parchalanishidan oldin va keyin solishtirganman. Maqola natijalariga ko‘ra, 1991 yilda chegaralar paydo bo‘lib, bozor imkoniyatlari pasaygandan so‘ng yangi ichki chegaralar yaqinidagi shaharlarda aholining o‘sish sur’ati chegaradan uzoq joylashgan shaharlar bilan solishtirganda sezilarli darajada pasaygan. Ehtimol, agar sobiq Sovet Ittifoqi Yevropa Ittifoqi kabi formatga o‘zgartirilganida (mustaqil lekin integratsiyalashgan), bozor imkoniyatlari va o‘sish sur’ati yuqori bo‘lgan bo‘lar edi.

Natijaning asosiy mazmuni shundan iboratki, ichki chegaralarning o‘rnatilishi (masalan O'zbekiston va Qirgʻiziston orasida) sobiq Sovet hududidagi asosiy infratuzilma va savdo aloqalarining to‘satdan uzilishiga olib keldi. Natijada, bu yangi shakllangan chegaralar yaqinidagi sobiq Sovet shaharlari ichki hududlarga nisbatan bozorga kirish imkoniyatlarining sezilarli va nomutanosib ravishda qisqarishini boshdan kechirdi. Bu holat yangi chegaralar yaqinidagi shaharlar muhim savdo hamkorlarini yo‘qotganligi va ular bilan avvalgi qulay sharoitlarda savdo aloqalarini davom ettira olmaganligi bilan izohlanishi mumkin. Batafsil maqolada.

@musofir_iqtisodchi

Islom Urolov

09 Oct, 14:20


PhD ga tayyorlanish.

Iqtisod va shunga yaqin yo’nalishlarda doktorlik (PhD) qilish haqida mendan ko’p so’rashadi. Kimgadir foydasi tegadi degan maqsadda ba'zi qo’llanmalarni ulashaman va tavsiya qilaman. Bu qo’llanmalar shu jarayondan o’zlari o’tgan PhD talabalar, hozirda professorlar tomonidan yozilgan. Ular orqali PhDga qanday tayyorlanish, nimalar qilish, xujjatlarni topshirish paytida nimaga e’tibor berish kerak, va boshqa jarayonlari haqida to’liq bilib olsangiz bo’ladi. Bu qo’llanmalar agar siz shu yo’ldagi harakatlarni boshlagan bo’lsangiz foydaliroq bo’ladi:

Stanford Professori Susan Atheydan:
https://athey.people.stanford.edu/professional-advice

Chicago Professori Chris Blattmandan:
https://chrisblattman.com/about/contact/gradschool/
https://chrisblattman.com/phd-advice/

Michigandagi talabadan:
https://drive.google.com/file/d/1QozD6_4_bvMd2o-q-yh9Doc5aQ6i3nPV/view

Virginia, San Diego, Minnesota universitetlari talabalardan:
https://drive.google.com/file/d/1cTb8enoUZxFKscidXYwojK3bXSjb7dxr/view

Men bilganlar shular. Boshqa shunga o’xshash qo’llanma/tavsiyalarni ko'rsam shu postga qo’shib, yangilab turaman.

PhD dan oldin tadqiqotchi tajribasi haqida bu yerda o'qish mumkin.

@uzbekonomics

Islom Urolov

08 Oct, 20:22


Ikkinchi natija.

Bu safar THE ranking bo’yicha top300 ga kiruvchi Stony Brook Universityga Public Policy MA bo’yicha qabul qilindik.

2025 Fall semester uchun qabul davri hozir ochiq va noyabr-dekabr oylarigacha davom etadi.

Topshirmoqchi bo’lsangiz va yordam kerak bo’lsa konsalting xizmatimizga murojaat qilsangiz bo’ladi: @islomurolov_bot

@islom_urolov

Islom Urolov

07 Oct, 13:43


Иқтисодиёт бўйича Нобел мукофоти совриндори Жан Тироль Ўзбекистонга келади

Маълум қилинишича, унинг иштирокида ёшлар учун маъруза ташкил этилмоқда. Машҳур олим билан учрашув иқтисодиёт соҳасини ўрганаётган ўзбекистонлик ёшларга ҳам катта мотивация бериши, уларни янги марралар сари етаклаши шубҳасиз.

Жан Тиролнинг маърузаси 14 октябрь санасига белгиланган. Чипталарни бу ерда харид қилиш мумкин.

Islom Urolov

04 Oct, 16:52


Bu yil uchun birinchi natija.

Konsalting xizmatimizdan foydalangan birinchi inson 87.5% scholarship bilan magistraturaga qabul qilinibdi. To’g’risi, o’zim kirgandek xursand bo’ldim.

Hozir application period ochilgan payti. Kimdir Amerika, Kanada yoki Yevropa universitetlariga hujjat topshirishni o’ylayotgan bo’lsa menga yozishingiz mumkin. @islomurolov_bot

@islom_urolov

Islom Urolov

04 Oct, 00:35


Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon Banki yilda ikki bor (bahorda va kuzda) barcha a’zo davlatlardan vakillar taklif qilib katta masshtabdagi uchrashuv va majlislar o’tkazadi. Bu yilgi kuzgi yillik uchrashuvlar 21-26-oktyabrda bo’lib o’tadi.

Ushbu kunlar mobaynida IMF binolarida butun dunyodan kelgan Vazirlar, Markaziy bank rahbarlari va boshqa yuqori lavozimdagi mashhur shaxslarni uchratish mumkin.

@islom_urolov

Islom Urolov

03 Oct, 23:13


Islom Urolov pinned «Ushbu postdan keyin bot orqali yana juda ko’pchilik application process bo’yicha yordam so’rab yozyapti. Ularga javob berish uchun har birining portfoliolarini alohida o’rganish kerak va bu juda ko’p vaqt talab qiladi. Shuning uchun ayolim konsalting xizmatini…»

Islom Urolov

01 Oct, 22:24


Xalqaro Valyuta Fondi boshqaruv raisi Kristalina Georgiyeva bugun rais sifatida ikkinchi muddatini boshladi va yana 5 yil boshqaruv lavozimida bo’ladi.

@islom_urolov

Islom Urolov

28 Sep, 21:59


Ushbu postdan keyin bot orqali yana juda ko’pchilik application process bo’yicha yordam so’rab yozyapti. Ularga javob berish uchun har birining portfoliolarini alohida o’rganish kerak va bu juda ko’p vaqt talab qiladi.

Shuning uchun ayolim konsalting xizmatini yo’lga qo’yishni tavsiya qildi va o’zi ham yordam berishini aytdi. Uning o’zi 2019-yili SUSI Women’s leadership dasturi g’olibi bo’lgan va 2022-yilda University of Denverning Josef Korbel Xalqaro tadqiqotlar maktabida Global iqtisodiy jarayonlar bo’yicha magistratura uchun full scholarship yutgan hamda hozirgacha bir necha odamga Amerika universitetlarida talaba bo’lishi uchun yordam bergan.

Xullas, ko’pchilikning talab va iltimoslariga binoan AQSh, Kanada yoki Yevropa universitetlarida bakalavr, magistratura yoki PhD bosqichlarida o’qimoqchi bo’lganlar uchun konsalting xizmatini yo’lga qo’ymoqchiman. Xizmat yo’nalishlari universitet tanlashdan boshlab viza (US) masalalarigacha barcha bosqichlar bo’yicha har bir applicantning xohish va ehtiyojlaridan kelib chiqib individual shakllantiriladi. Narxlar ham shunga ko’ra kelishiladi.

Qiziqqanlar bo’lsa doimgidek o’zimga yozaverasizlar: @islomurolov_bot

@islom_urolov

Islom Urolov

26 Sep, 23:29


GRE quant va application process bo’yicha kurs o’tgan vaqtimda berayotgan ma’lumotlarim qanchalik ahamiyatli va qimmatli ekanligi haqida tashvishlanardim. Chunki ular o’zim mustaqil shug’ullanib va uzoq vaqt davomida boshqalardan o’rganib orttirgan bilimlar edi. Shuning uchun kurslarimda o’qiganlar GREdan yaxshi ball olib o’zlari xohlagan universitetlarga kirganliklarini eshitsam sal xotirjam bo’laman va kimgadir nafim tegganidan ko’nglim yorishadi.

Kursimda o’qigan bir bola biroz vaqt oldin Xitoy hukumati stipendiyasini yutganini aytgan edi, bugun yana boshqa biri Turkiya hukumati grantini yutganini aytdi.

Eshitib xursand bo’ldim!

PS. Kurslarni shu yil boshida to’xtatganman.

@islom_urolov

Islom Urolov

20 Sep, 14:43


Ish boshlaganimga ham bir oy bo’libdi. Lekin bir oy qanday o’tib ketganini umuman sezmay qoldim.

Menga yuklatilgan vazifalar kutganimdan ko’ra ancha mas’uliyatli, murakkab va qiziqroq ekan. Vaqtimning yarmida qilishim kerak bo’lgan ishlarni o’rgandim. Ishimning texnik jihatdan nyuanslari ham ko’p ekan. Qolgan yarmida men bevosita ishlaydigan davlatlar uchun Policy Note yozishda, shuningdek IMF e’lon qiladigan asosiy publication’lardan biri World Economic Outlook ma’lumotlarini yig’ishda ishtirok etdim.

Umuman olganda, ish og’ir emas. Balki jarayondan zavq olayotganim uchun va vaqtida dam olishga yetarlicha imkoniyat borligi uchun kuchli charchoq ham sezmadim.

Bundan tashqari, odatda yangi joyda o’qish yoki ish boshlaganda imposter syndrome his qilardim. Bu safar negadir unday bo’lmadi, aksincha katta ishtiyoq va kuch his qildim o’zimda.

@islom_urolov

Islom Urolov

18 Sep, 13:37


Qahva madaniyati

Amerikadagi tashkilotlarga ishga hujjat topshirishimdan hozirgacha meni eng qiziqtirgan jihat bu ishjoyi madaniyati edi(workplace culture).

Hozir ishlayotgan joyimda ham bir qiziq madaniyat bor ekan, yangi qabul qilingan xodimni ko’pchilik, asosan, undan yuqorida turuvchi va to’g’ridan-to’g’ri vazifa beradigan menejerlari qahvaga taklif qilar ekan. Qahva ustida esa ishdan boshqa barcha masalada – oila, shaxsiy hayot, qiziqishlar, rejalar haqida gaplashiladi, asosan yaqindan tanishiladi.

Kelganimdan beri deyarli har kun kim bilandir qahvaxo’rlik qilaman. Menga ushbu an’ananing qiziq va manfaatli tuyulgan jihati shundaki, bu yo’l orqali menejerlar qo’liga yangi kelgan xodimning inson sifatida qanday ekanligi, sharoiti, muammolari va rejalari haqida bilib, kelgusida shunga asosan munosabat qila oladi. Bundan tashqari yangi inson ham o’zini uzoq vaqt begona his qilmay, tezda jamoa muhitiga moslashadi.

PS. Qahva pulini taklif qilgan odam to’laydi;)

@islom_urolov